Badiiy tahlilni turlarga ajratishning ilmiy asoslari va xususiyatlari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

21,6 KB


BADIIY TAHLIL TURLARI
REJA:
1. Badiiy tahlil tushunchasining mohiyati, mazmun-mundarijasi.
2. Badiiy tahlilni turlarga ajratishning ilmiy asoslari va xususiyatlari.
3. Badiiy tahlilning shakliga ko‘ra turlari va xillari.
4. Badiiy tahlilning maqsadiga ko’ra turlari.
5. Tahlil turlarining o’zaro mutanosibligi va aloqadorligi.
Tayanch tushunchalar:
Badiiy  tahlil  ,  Tahlil  turlari  ,  Tahlilni  turlarga  ajratish  sabablari  ,  Tahlilning
yetakchi belgilari , Ilmiy tahlil , O’quv tahlili , Talqin va tahlil.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
1. Adabiy tur va janrlar.Uch jildlik. – Toshkent: Fan, 1991- 1992 yil
2. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.
Kamalak. 2016.
3. Q. Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent:”Yangi asr avlodi”, 2006 yil
4.N. Ivanov. Osobennosti analiza xudajestvennogo proizvedenie.-M., 2001g.
5. U.Jo’raqulov.Hududsiz jilva. – Toshkend: Fan, 2006 yil.
Badiiy tahlil tushunchasi ko’p asrlar mobaynida o’z ta'rifiga ega bo’lmay
keldi.  Tahlilga  dastlabki  ta'rif  Ovrupo  adabiyotshunosligida  XIX  asr  ikkinchi
yarmidan berila boshlandi. Lekin Botishda badiiy tahlilni interpretatsiya (talqin)
tarzida  tushunishga  moyillik  kuchli  edi.  Bunday  yondashuv  badiiy  asarlardan
ko’proq ijtimoiy ma'no qidirishga olib kelardi. Adabiyotshunoslik ilmida hozirga
qadar  badiiy  tahlil  nima,  u  qanday  maqsadlarni  ko’zda  tutgan  holda  amalga
Logotip
BADIIY TAHLIL TURLARI REJA: 1. Badiiy tahlil tushunchasining mohiyati, mazmun-mundarijasi. 2. Badiiy tahlilni turlarga ajratishning ilmiy asoslari va xususiyatlari. 3. Badiiy tahlilning shakliga ko‘ra turlari va xillari. 4. Badiiy tahlilning maqsadiga ko’ra turlari. 5. Tahlil turlarining o’zaro mutanosibligi va aloqadorligi. Tayanch tushunchalar: Badiiy tahlil , Tahlil turlari , Tahlilni turlarga ajratish sabablari , Tahlilning yetakchi belgilari , Ilmiy tahlil , O’quv tahlili , Talqin va tahlil. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati 1. Adabiy tur va janrlar.Uch jildlik. – Toshkent: Fan, 1991- 1992 yil 2. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 3. Q. Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent:”Yangi asr avlodi”, 2006 yil 4.N. Ivanov. Osobennosti analiza xudajestvennogo proizvedenie.-M., 2001g. 5. U.Jo’raqulov.Hududsiz jilva. – Toshkend: Fan, 2006 yil. Badiiy tahlil tushunchasi ko’p asrlar mobaynida o’z ta'rifiga ega bo’lmay keldi. Tahlilga dastlabki ta'rif Ovrupo adabiyotshunosligida XIX asr ikkinchi yarmidan berila boshlandi. Lekin Botishda badiiy tahlilni interpretatsiya (talqin) tarzida tushunishga moyillik kuchli edi. Bunday yondashuv badiiy asarlardan ko’proq ijtimoiy ma'no qidirishga olib kelardi. Adabiyotshunoslik ilmida hozirga qadar badiiy tahlil nima, u qanday maqsadlarni ko’zda tutgan holda amalga
oshirilishi kerak degan savolga qat'iy javob berilgani yuq. Garchi, Botish filologlari
tomonidan "Hermenevtika", "Interpretatsiya" nomlari bilan katta-katta bir qator
kitoblar chop etilgan bo’lsa-da, tushunchaga aniq ta'rif berilgan emas. Har bir olim
badiiy asar tahlilini o‘zicha izohlaydi. Metodist olim B. Bobilev "Milliy oliy o’quv
yurtlarida  badiiy  matnni  filologik  tahlillashning  nazariy  asoslari"  mavzuidagi
doktorlik  dissertatsiyasida  badiiy  tahlilning  maqsadini  shunday  tushuntiradi:
"Badiiy matnning filologik tahlilidan asosiy maqsad muallif obrazini idrok etishdir,
unga yetishishdir. Ayni shu holat badiiy matnni filologik tahlil qilishning asosiga
qo‘yilishi lozim". Mazkur qarash ko’p jihatdan, tahlilga oid xususiyatlarni qamrab
olgan.  Darhaqiqat,  kitobxon  yoki  tadqiqotchining  muallifga  yetishishi,  uning
tajallisiga  aylanishi  adabiy  asarni  butun  serqirraligi  bilan  anglab  yetganligini
bildiradi. Badiiy asarni muallif darajasida idrok etish san'at namunasiga xos deyarli
barcha  jihatlarni  his  etish,  asar  zamiridagi  mantiqiy  va  badiiy  ma'noni  to’liq
anglash imkonini beradi. Adabiyotshunoslik uchun muallif darajasiga yetib, uning
holatiga tushib tahlil qilish badiiy asarni tushunishning oliy bosqichidir. Ayni
vaqtda, badiiy adabiyot namunalari orasida muallif istagidan tashqari ma'nolarni
tashiydigan, uning muljalidan ko’ra og‘irroq ijtimoiy-estetik "yuk"ni zimmasiga
olgan,  muallifning  o’zi  kutmagan  yoki  bilmagan  holda  badiiy  kashfiyotlarga
aylangan  ko’plab  asarlar  borligiga  adabiyot  tarixi  guvoh.  Chunki  muallif
tasvirlagan badiiy manzara bilan o’quvchi tomonidan idrok etilgan badiiy manzara
hamisha  ham  bir  xil  bo’lavermaydi.  Ba'zan  o’quvchi  adib  mutlaqo  ko’zda
tutmagan,  xayoliga  keltirmagan,  hatto  muallifning  qarashlariga  zid,  ammo
o’quvchi tug‘ri deb hisoblaydigan badiiy xulosaga kelinishi ham mumkin. Chunki
hayotiy  vaziyatning  o’zgarishi,  ijtimoiy  voqelikdagi  yangicha  holat  ba'zan
ijodkorning oddiy izhori dilidan chuqur sotsial ma'no keltirib chiqaradi. Haqiqiy
badiiy asarning umri uzun va u faqat yaratilgan dam uchungina mansub bo’la
olmaydi.  Taniqli  rus  psixologi  L.S.Vigotskiyning:  "San'atni  ko’proq  darajada
kechikkan munosobat deyish mumkin, negaki, uning dunyoga kelishi bilan ta'sir
ko’rsata boshlashi o’rtasida hamisha ozdir ko’pdir zamoniy oraliq bo’ladi",- degan
fikri  bunga dalil  bo’la oladi.  Zamoniy oraliq o’quvchiga adabiy  asardan  o’zi
yashayotgan zamonga muvofiq xulosa chiqarish, asarning badiiy tizimidan ham
davriga  mos  zavq  ola  bilish  imkonini  beradi.  Usmon  Nosirning  faxriya
Logotip
oshirilishi kerak degan savolga qat'iy javob berilgani yuq. Garchi, Botish filologlari tomonidan "Hermenevtika", "Interpretatsiya" nomlari bilan katta-katta bir qator kitoblar chop etilgan bo’lsa-da, tushunchaga aniq ta'rif berilgan emas. Har bir olim badiiy asar tahlilini o‘zicha izohlaydi. Metodist olim B. Bobilev "Milliy oliy o’quv yurtlarida badiiy matnni filologik tahlillashning nazariy asoslari" mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasida badiiy tahlilning maqsadini shunday tushuntiradi: "Badiiy matnning filologik tahlilidan asosiy maqsad muallif obrazini idrok etishdir, unga yetishishdir. Ayni shu holat badiiy matnni filologik tahlil qilishning asosiga qo‘yilishi lozim". Mazkur qarash ko’p jihatdan, tahlilga oid xususiyatlarni qamrab olgan. Darhaqiqat, kitobxon yoki tadqiqotchining muallifga yetishishi, uning tajallisiga aylanishi adabiy asarni butun serqirraligi bilan anglab yetganligini bildiradi. Badiiy asarni muallif darajasida idrok etish san'at namunasiga xos deyarli barcha jihatlarni his etish, asar zamiridagi mantiqiy va badiiy ma'noni to’liq anglash imkonini beradi. Adabiyotshunoslik uchun muallif darajasiga yetib, uning holatiga tushib tahlil qilish badiiy asarni tushunishning oliy bosqichidir. Ayni vaqtda, badiiy adabiyot namunalari orasida muallif istagidan tashqari ma'nolarni tashiydigan, uning muljalidan ko’ra og‘irroq ijtimoiy-estetik "yuk"ni zimmasiga olgan, muallifning o’zi kutmagan yoki bilmagan holda badiiy kashfiyotlarga aylangan ko’plab asarlar borligiga adabiyot tarixi guvoh. Chunki muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o’quvchi tomonidan idrok etilgan badiiy manzara hamisha ham bir xil bo’lavermaydi. Ba'zan o’quvchi adib mutlaqo ko’zda tutmagan, xayoliga keltirmagan, hatto muallifning qarashlariga zid, ammo o’quvchi tug‘ri deb hisoblaydigan badiiy xulosaga kelinishi ham mumkin. Chunki hayotiy vaziyatning o’zgarishi, ijtimoiy voqelikdagi yangicha holat ba'zan ijodkorning oddiy izhori dilidan chuqur sotsial ma'no keltirib chiqaradi. Haqiqiy badiiy asarning umri uzun va u faqat yaratilgan dam uchungina mansub bo’la olmaydi. Taniqli rus psixologi L.S.Vigotskiyning: "San'atni ko’proq darajada kechikkan munosobat deyish mumkin, negaki, uning dunyoga kelishi bilan ta'sir ko’rsata boshlashi o’rtasida hamisha ozdir ko’pdir zamoniy oraliq bo’ladi",- degan fikri bunga dalil bo’la oladi. Zamoniy oraliq o’quvchiga adabiy asardan o’zi yashayotgan zamonga muvofiq xulosa chiqarish, asarning badiiy tizimidan ham davriga mos zavq ola bilish imkonini beradi. Usmon Nosirning faxriya
xarakteridagi iqrori shoir shaxsga sig‘inish qurboni bo’lib ketganidan s‘ng mutlaqo
o’zgacha ma'no kasb etdi, san'atkorni bashoratchi maqomiga ko’tardi:
Ilhomimning vaqti yo‘q, selday keladi,
Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi.
Ayondir bir kuni aylaydi xarob...
satrlari bitilgan fursatda shoir o’zining qatag‘on qurboni bo’lishini xayoliga ham
keltirmaganligi ayon. Shuning uchun ham bu satrlar Usmon Nosir uchun o’zgacha
ma'noga ega bo’lgan, ammo bugungi o’quvchi uchun tamomila bo’lakcha mazmun
tashiyajagi tushunarli. Shoir Mirtemirning"Betobligimda" she'ridagi:
Majnuntol tagiga o‘tqazing meni,
Men uchun yig‘lasin, men yig‘lab bo’ldim.
misralari,  aslida,  bemor  san'atkorning  tushkun  ruhiy  holati  ifodasi  bo’lgan.
Bugungi o’quvchilarning tushunchalari tufayli, mustamlaka zanjirlaridan qutulgan
zamondoshlarimizning dunyoqarashlari, didlari sababli  esa  adolatsiz zamondan
norozi  isyonkorning  nolasi  darajasiga  ko’tarilgan.  Badiiy  ijod  tarixida
yuqoridagilardan ham ta'sirliroq misollarni juda ko’p keltirish mumkin. Bu holat
ko’rsatadiki, adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish,
muallifning  jilvasiga  aylanish  yagona  asos  sifatida  qaralishi  haqiqiy  holatga
unchalik ham mos kelmas, badiiy asar tahlili mohiyatini tuligicha idrok qilish
imkonini bermas ekan. Tanishgan badiiy asardan xulosa chiqarish, uni tadqiq qilish
tahlil etuvchining saviyasi, didi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va boshqa bir qator
omillarga bog‘liq ekanligi ma'lum haqiqatdir. Rauf Parfi va unga izdosh bo’lgan
ijodkorlarning asarlari aksariyat o’zbek tanqidchilari tomonidan mutlaqo bir-biriga
zid tarzda tahlil etib kelinganligi, ularning har biri shoirlarning badiiy niyati,
san'atkorlik mahoratini o’zicha anglaganligi ham shuni ko’rsatadi. Badiiy tahlilni
asarning estetik unsurlarini qidiradigan faoliyat deb qaraydigan mutaxassislar ham
bor. Chunonchi, G.N.Taranosova nazarida: "..tahlil adabiy asarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
va jun tushunish o‘rniga fikran ma'noli qism va unsurlarga bo’lib qabul etishni
ko’zda  tutadigan  ilmiy  faoliyatdir".  Bu  xilda  fikrlaydigan  mutaxassislarning
qarashlarida asosli  o‘rinlar juda ko’p.
Darhaqiqat, badiiy tahlilgina adabiy asarni jun, to’pori qabul etishdan, uni
hayot hodisasi bilan aralashtirib yuborishdan, "qahramonlarning keyingi taqdiri
Logotip
xarakteridagi iqrori shoir shaxsga sig‘inish qurboni bo’lib ketganidan s‘ng mutlaqo o’zgacha ma'no kasb etdi, san'atkorni bashoratchi maqomiga ko’tardi: Ilhomimning vaqti yo‘q, selday keladi, Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi. Ayondir bir kuni aylaydi xarob... satrlari bitilgan fursatda shoir o’zining qatag‘on qurboni bo’lishini xayoliga ham keltirmaganligi ayon. Shuning uchun ham bu satrlar Usmon Nosir uchun o’zgacha ma'noga ega bo’lgan, ammo bugungi o’quvchi uchun tamomila bo’lakcha mazmun tashiyajagi tushunarli. Shoir Mirtemirning"Betobligimda" she'ridagi: Majnuntol tagiga o‘tqazing meni, Men uchun yig‘lasin, men yig‘lab bo’ldim. misralari, aslida, bemor san'atkorning tushkun ruhiy holati ifodasi bo’lgan. Bugungi o’quvchilarning tushunchalari tufayli, mustamlaka zanjirlaridan qutulgan zamondoshlarimizning dunyoqarashlari, didlari sababli esa adolatsiz zamondan norozi isyonkorning nolasi darajasiga ko’tarilgan. Badiiy ijod tarixida yuqoridagilardan ham ta'sirliroq misollarni juda ko’p keltirish mumkin. Bu holat ko’rsatadiki, adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish, muallifning jilvasiga aylanish yagona asos sifatida qaralishi haqiqiy holatga unchalik ham mos kelmas, badiiy asar tahlili mohiyatini tuligicha idrok qilish imkonini bermas ekan. Tanishgan badiiy asardan xulosa chiqarish, uni tadqiq qilish tahlil etuvchining saviyasi, didi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va boshqa bir qator omillarga bog‘liq ekanligi ma'lum haqiqatdir. Rauf Parfi va unga izdosh bo’lgan ijodkorlarning asarlari aksariyat o’zbek tanqidchilari tomonidan mutlaqo bir-biriga zid tarzda tahlil etib kelinganligi, ularning har biri shoirlarning badiiy niyati, san'atkorlik mahoratini o’zicha anglaganligi ham shuni ko’rsatadi. Badiiy tahlilni asarning estetik unsurlarini qidiradigan faoliyat deb qaraydigan mutaxassislar ham bor. Chunonchi, G.N.Taranosova nazarida: "..tahlil adabiy asarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va jun tushunish o‘rniga fikran ma'noli qism va unsurlarga bo’lib qabul etishni ko’zda tutadigan ilmiy faoliyatdir". Bu xilda fikrlaydigan mutaxassislarning qarashlarida asosli o‘rinlar juda ko’p. Darhaqiqat, badiiy tahlilgina adabiy asarni jun, to’pori qabul etishdan, uni hayot hodisasi bilan aralashtirib yuborishdan, "qahramonlarning keyingi taqdiri
nima bo’ladi, falonchi pistonchiga uylandimi?", "Falon asarlarning qahramonlari
hozir nima qilishmoqda?" singari asarning badiiy o’ziga xosligini, estetik hodisa
ekanini  yo’qqa  chiqaruvchi  qarashlardan  qutqaradi.  Lekin  masalaning  boshqa
tomoni bor: Har qanday asl badiiy asar yaxlit poetik butunlik hisoblanadi va
mazkur yaxlitlikka daxl qilish uning jozibasini, sehrini yo’qqa chiqarishi aniq.
G.Taranosova ham asar tahlilining birinchi tamoyili unga yaxlit hodisa sifatida
yondashish  ekanligini  ta'kidlaydi.  Lekin  olimaning  adabiy  tahlil  mohiyatini
tushuntiruvchi fikrida badiiy asarni "qismlar" va "unsurlar"ga ajratib o‘rganish
asosiy  tadbir  hisoblanadiki,  bu  hol  amaliyotda  uning  qarashlariga  zid  keladi.
Adabiyotshunoslar J.Azizov va G. Usovalarining qalamiga mansub "Adabiy tahlil
nazariyasi va amaliyoti" risolasida " ..tahlil adabiy asarning badiiy mantig‘iga
singishish  maqsad qilib qo’yilgan ilmiy izohdir" tarzida ta'rif beriladi. Badiiy
tahlilning asl mantig‘ini aks ettirish jihatidan J.Azizov hamda G.Usovalarning
qarashlari  haqiqatga  yaqinroq.  Chindanda,  "muallif  obraziga  yetishish"  ham,
"adabiy asarni fikran qism va unsurlarga ajratish" ham o’z holicha badiiy tahlil
mohiyatini  aks  ettira  olmaydi.  Balki  ular  badiiy  mantiqni  kashf  etish,  unga
yetishish yo’lidagi bosqichlardir. Biroq yurtdosh olimlar juftligiga mansub mazkur
xulosada ham, bizning nazarimizda, kichik bir yoqlamalik borday. Chunonchi,
unda  hayotiy  mantiqqa  yetishish  zarurligi  ko’zda  tutilmaydi.  To’gri,  badiiy
adabiyot uchun estetik mantiq birlamchi ahamiyat kasb etadi, ammo bu holat
asarlardan kelib chiqadigan hayotiy mantiqning muhimligini aslo inkor etmaydi.
Shuning uchun ham badiiy tahlil tushunchasini xarakterlashda badiiy va hayotiy
mantiq tushunchalari yonma yon qo’yilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yuqorida  aytilganlardan  kelib  chiqib,  badiiy  asar  tahlili  tushunchasiga
quyidagicha ta'rif berish mumkin: Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy
mantigi hamda estetik jozibasini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy
tahlilga  ana  shu  tariqa  ta'rif  berilganda,  hodisaga  xos  deyarli  barcha  asosiy
xususiyatlar qamrab olinadi deyish mumkin. Aslida "tahlil" atamasi arabcha bo’lib,
"halollash", "eritib yuborish", "murakkab butunni qismlarga ajratish"ma'nolarini
anglatadi. Ya'ni tahlil deyilganda, badiiy matnning ma'nosi va jozibasining halollab
berilishi,  o’quvchiga  begona  bo’lgan  matnni  eritib,  uning  shuuriga  joylashga
qaratilgan faoliyat ko’zda tutiladi. San'at asaridan kelib chiqadigan hayotiy ma'noni
Logotip
nima bo’ladi, falonchi pistonchiga uylandimi?", "Falon asarlarning qahramonlari hozir nima qilishmoqda?" singari asarning badiiy o’ziga xosligini, estetik hodisa ekanini yo’qqa chiqaruvchi qarashlardan qutqaradi. Lekin masalaning boshqa tomoni bor: Har qanday asl badiiy asar yaxlit poetik butunlik hisoblanadi va mazkur yaxlitlikka daxl qilish uning jozibasini, sehrini yo’qqa chiqarishi aniq. G.Taranosova ham asar tahlilining birinchi tamoyili unga yaxlit hodisa sifatida yondashish ekanligini ta'kidlaydi. Lekin olimaning adabiy tahlil mohiyatini tushuntiruvchi fikrida badiiy asarni "qismlar" va "unsurlar"ga ajratib o‘rganish asosiy tadbir hisoblanadiki, bu hol amaliyotda uning qarashlariga zid keladi. Adabiyotshunoslar J.Azizov va G. Usovalarining qalamiga mansub "Adabiy tahlil nazariyasi va amaliyoti" risolasida " ..tahlil adabiy asarning badiiy mantig‘iga singishish maqsad qilib qo’yilgan ilmiy izohdir" tarzida ta'rif beriladi. Badiiy tahlilning asl mantig‘ini aks ettirish jihatidan J.Azizov hamda G.Usovalarning qarashlari haqiqatga yaqinroq. Chindanda, "muallif obraziga yetishish" ham, "adabiy asarni fikran qism va unsurlarga ajratish" ham o’z holicha badiiy tahlil mohiyatini aks ettira olmaydi. Balki ular badiiy mantiqni kashf etish, unga yetishish yo’lidagi bosqichlardir. Biroq yurtdosh olimlar juftligiga mansub mazkur xulosada ham, bizning nazarimizda, kichik bir yoqlamalik borday. Chunonchi, unda hayotiy mantiqqa yetishish zarurligi ko’zda tutilmaydi. To’gri, badiiy adabiyot uchun estetik mantiq birlamchi ahamiyat kasb etadi, ammo bu holat asarlardan kelib chiqadigan hayotiy mantiqning muhimligini aslo inkor etmaydi. Shuning uchun ham badiiy tahlil tushunchasini xarakterlashda badiiy va hayotiy mantiq tushunchalari yonma yon qo’yilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, badiiy asar tahlili tushunchasiga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantigi hamda estetik jozibasini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy tahlilga ana shu tariqa ta'rif berilganda, hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab olinadi deyish mumkin. Aslida "tahlil" atamasi arabcha bo’lib, "halollash", "eritib yuborish", "murakkab butunni qismlarga ajratish"ma'nolarini anglatadi. Ya'ni tahlil deyilganda, badiiy matnning ma'nosi va jozibasining halollab berilishi, o’quvchiga begona bo’lgan matnni eritib, uning shuuriga joylashga qaratilgan faoliyat ko’zda tutiladi. San'at asaridan kelib chiqadigan hayotiy ma'noni
topish, estetik unsurlarni kashf etish, o‘rganilayotgan asarning boshqa asarlardan
farqini aniqlash, muayyan millat yoki insoniyat estetik tafakkurini rivojlantirishga
qo’shgan hissasini ko‘rsatish g‘oyat muhim. Ayni vaqtda, badiiy zavq manbai
nimada ekanini, kitobxonni muayyan asardan ta'sirlanishga  olib kelgan badiiy
omillar, ko’rkam so’zning mantiqiy tushunchalar doirasiga sig‘maydigan jozibasi
qayerdan kelib chiqayotganini aniqlash ham o’ta ahamiyatlidir.
Badiiy tahlil shakliga ko’ra ikki turga bo’linadi:1) og‘zaki;2) yozma.
Badiiy asar og‘zaki shaklda ham tahlil qilinadi. Lekin bunday tahlilga yozma
ravishda tayyorgarlik ko’rilsa, samaraliroq bo’ladi. Badiiy tahlil orasida yozma
shakl keng yoyilgan. Bu tahlil turi faqat aytilgan vaqt uchungina daxldor bo’lmay,
keyinchalik, katta zamonaviy oraliqlardan so’ng ham odamlarga ta'sir ko’rsatishi,
millat badiiy tafakkurini shakllantira olishi, ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib
o‘tishi bilan xarakterlanadi.
Badiiy asar tahlilini undan kuzatilgan maqsadga ko‘ra:
1) ilmiy (filologik);
2) o’quv (didaktik) singari ikki turga bo’lish mumkin.
Filologik  (ilmiy)  tahlil  adabiy  asarning  mantig‘i  va  estetik  xosligini
anglashga yo‘naltirilgan kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy
asardan  chiqarilgan  xulosalarning  adabiyotshunoslik  ilmi  erishgan  darajalarga
muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham
mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo’lishi lozimdir.
Shuningdek,  ilmiy  tahlilda  o‘rganilayotgan  asarning  umummilliy  adabiyotdagi
o‘rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta'siri darajasi ko’rsatilishi ko’zda tutilishi
kerak. Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishini va har qanday adabiy
hodisaga mutaxassis nazari bilan qaralishini taqozo qiladi. Ilmiy tahlildagi asosiy
narsa badiiy asarning badiiyligini, ta'sirchanligini, jozibasini, sehrini ta'minlagan
jihatlarni ko’rsata bilishdir. Filologik tahlil ilmiy, estetik faoliyat natijasidir. U,
asosan, bir kishi tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy tahlil bilan shug‘ullanayotgan
mutaxasis vaqt jihatidan ham, imkoniyat jihatidan ham cheklanmagan bo’ladi.
Ilmiy tahlilni amalga oshirayotgan kishi faqat o’zi belgilab olgan bosh maqsadga
qarab  intiladi.  O’quv  tahlili  estetik-pedagogik  faoliyat  bo’lib,  o’quvchilarni
barkamol shaxs sifatida shakllantirish kabi pedagogik maqsadga erishish uchun
Logotip
topish, estetik unsurlarni kashf etish, o‘rganilayotgan asarning boshqa asarlardan farqini aniqlash, muayyan millat yoki insoniyat estetik tafakkurini rivojlantirishga qo’shgan hissasini ko‘rsatish g‘oyat muhim. Ayni vaqtda, badiiy zavq manbai nimada ekanini, kitobxonni muayyan asardan ta'sirlanishga olib kelgan badiiy omillar, ko’rkam so’zning mantiqiy tushunchalar doirasiga sig‘maydigan jozibasi qayerdan kelib chiqayotganini aniqlash ham o’ta ahamiyatlidir. Badiiy tahlil shakliga ko’ra ikki turga bo’linadi:1) og‘zaki;2) yozma. Badiiy asar og‘zaki shaklda ham tahlil qilinadi. Lekin bunday tahlilga yozma ravishda tayyorgarlik ko’rilsa, samaraliroq bo’ladi. Badiiy tahlil orasida yozma shakl keng yoyilgan. Bu tahlil turi faqat aytilgan vaqt uchungina daxldor bo’lmay, keyinchalik, katta zamonaviy oraliqlardan so’ng ham odamlarga ta'sir ko’rsatishi, millat badiiy tafakkurini shakllantira olishi, ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib o‘tishi bilan xarakterlanadi. Badiiy asar tahlilini undan kuzatilgan maqsadga ko‘ra: 1) ilmiy (filologik); 2) o’quv (didaktik) singari ikki turga bo’lish mumkin. Filologik (ilmiy) tahlil adabiy asarning mantig‘i va estetik xosligini anglashga yo‘naltirilgan kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo’lishi lozimdir. Shuningdek, ilmiy tahlilda o‘rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o‘rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta'siri darajasi ko’rsatilishi ko’zda tutilishi kerak. Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishini va har qanday adabiy hodisaga mutaxassis nazari bilan qaralishini taqozo qiladi. Ilmiy tahlildagi asosiy narsa badiiy asarning badiiyligini, ta'sirchanligini, jozibasini, sehrini ta'minlagan jihatlarni ko’rsata bilishdir. Filologik tahlil ilmiy, estetik faoliyat natijasidir. U, asosan, bir kishi tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy tahlil bilan shug‘ullanayotgan mutaxasis vaqt jihatidan ham, imkoniyat jihatidan ham cheklanmagan bo’ladi. Ilmiy tahlilni amalga oshirayotgan kishi faqat o’zi belgilab olgan bosh maqsadga qarab intiladi. O’quv tahlili estetik-pedagogik faoliyat bo’lib, o’quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish kabi pedagogik maqsadga erishish uchun
amalga oshiriladi. O‘quv tahlili mobaynida o’qituvchi asarni tanlash imkoniga ega
emas. Tahlil etiladigan asar muayyan vaqt davomidagina tekshirilishi, bu jarayonda
o’quvchilarning yosh va intellektual darajasiga muvofiqlashtirilishi lozim bo’ladi.
Shu jihatdan didaktik tahlil filologik tahlilga nisbatan murakkabroqdir. Adabiy
asarni didaktik tahlil etish jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyati quyidagi uch
yunalishda uyushtirilishi mumkin:
A) muallifga yoki matnga ergashib yoxud yalpi tahlil;
B) asardagi obrazlarga tayanib tahlil qilish;
V) o’quv tahlilini muammoli tarzda amalga oshirish.
Birinchi yo‘nalishda adabiyot o’qituvchisi faqat badiiy matnga suyanadi va matn
matnigini, uning tartibini aslo o’zgartirmagan holda asar zamiridagi ma'noning
jozibani u o’quvchilarga ko’rsata boradi. Bu usulni tekstual tahlil usuli deyish
mumkin va bunda o’qituvchi ko’proq faoliyat ko’rsatadi.
Ikkinchi yo‘nalishda o’qituvchining e'tibori asardagi personajlarga qaratiladi
va  obrazlar  ruhiyatini  anglab  borish  jarayonida  asarning  badiiy  ma'nosi
o’zlashtiriladi. Adibning san'atkorlik mahorati ham badiiy obrazlarning qanchalik
jonli va ta'sirchan ishlanganligini tahlillash asnosida ochib boriladi. Bu yunalishni
timsoli  tahlil  yo‘li  deyish  mumkin  va  bu  yo‘nalishda  o’quvchilarning  ham
anchagina faol ishtirok etishlariga imkoniyat bo’ladi.
Uchinchi yo‘nalishda esa tahlil asosan o’quvchilar tomonidan olib borilishi
ko’zda  tutiladi.  O’qituvchi  talabalar  oldiga  muammo  qo’yadi  va  ularga  bu
muammoni yechish yo‘llarini ko’rsatadi. Asar tahlili jarayonida o’quvchilar faqat
bilgan tushunchalaridangina foydalanib qolmay, bir qator yangi estetik-mantiqiy
tushunchalarni o’zlashtirib ham olishadi. Negaki, ular jamoa bo’lib ishlaydilar.
O‘zaro fikr almashadilar, bahslashadilar. Tabiiyki, bu jarayonda o’quvchilarning
ma'naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o’zgarishlar sodir bo’ladi.
O’quv tahlilning bu usuli muammoli tahlil deyiladi. Alohida ta'kidlash kerakki,
tahlilning aytilgan usullari  bir-birini  inkor  qiluvchi  alohida  yo‘nalishlar  emas.
Adabiy ta'lim amaliyotida tahlilning har uch usuli deyarli hamisha aralash, qorishiq
holda keladi. Tekstual tahlilni obrazlarga tayanmay turib amalga oshirib bo’lmaydi.
Muammoli tahlilni ham badiiy matnga asoslanmay bajarish mumkin emas. Har
qanday muammo matndan kelib chiqishi, har qanday mustaqil fikr ham matnning
Logotip
amalga oshiriladi. O‘quv tahlili mobaynida o’qituvchi asarni tanlash imkoniga ega emas. Tahlil etiladigan asar muayyan vaqt davomidagina tekshirilishi, bu jarayonda o’quvchilarning yosh va intellektual darajasiga muvofiqlashtirilishi lozim bo’ladi. Shu jihatdan didaktik tahlil filologik tahlilga nisbatan murakkabroqdir. Adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyati quyidagi uch yunalishda uyushtirilishi mumkin: A) muallifga yoki matnga ergashib yoxud yalpi tahlil; B) asardagi obrazlarga tayanib tahlil qilish; V) o’quv tahlilini muammoli tarzda amalga oshirish. Birinchi yo‘nalishda adabiyot o’qituvchisi faqat badiiy matnga suyanadi va matn matnigini, uning tartibini aslo o’zgartirmagan holda asar zamiridagi ma'noning jozibani u o’quvchilarga ko’rsata boradi. Bu usulni tekstual tahlil usuli deyish mumkin va bunda o’qituvchi ko’proq faoliyat ko’rsatadi. Ikkinchi yo‘nalishda o’qituvchining e'tibori asardagi personajlarga qaratiladi va obrazlar ruhiyatini anglab borish jarayonida asarning badiiy ma'nosi o’zlashtiriladi. Adibning san'atkorlik mahorati ham badiiy obrazlarning qanchalik jonli va ta'sirchan ishlanganligini tahlillash asnosida ochib boriladi. Bu yunalishni timsoli tahlil yo‘li deyish mumkin va bu yo‘nalishda o’quvchilarning ham anchagina faol ishtirok etishlariga imkoniyat bo’ladi. Uchinchi yo‘nalishda esa tahlil asosan o’quvchilar tomonidan olib borilishi ko’zda tutiladi. O’qituvchi talabalar oldiga muammo qo’yadi va ularga bu muammoni yechish yo‘llarini ko’rsatadi. Asar tahlili jarayonida o’quvchilar faqat bilgan tushunchalaridangina foydalanib qolmay, bir qator yangi estetik-mantiqiy tushunchalarni o’zlashtirib ham olishadi. Negaki, ular jamoa bo’lib ishlaydilar. O‘zaro fikr almashadilar, bahslashadilar. Tabiiyki, bu jarayonda o’quvchilarning ma'naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’quv tahlilning bu usuli muammoli tahlil deyiladi. Alohida ta'kidlash kerakki, tahlilning aytilgan usullari bir-birini inkor qiluvchi alohida yo‘nalishlar emas. Adabiy ta'lim amaliyotida tahlilning har uch usuli deyarli hamisha aralash, qorishiq holda keladi. Tekstual tahlilni obrazlarga tayanmay turib amalga oshirib bo’lmaydi. Muammoli tahlilni ham badiiy matnga asoslanmay bajarish mumkin emas. Har qanday muammo matndan kelib chiqishi, har qanday mustaqil fikr ham matnning