BADIIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI
REJA:
1. Tahlil tamoyillari tushunchasi va uning mohiyati.
2. Badiiy tahlil tamoyillarini tayin etishning ilmiy-nazariy asoslari.
3. Tahlil turlari va uning tamoyillari munosabati.
4. Badiiy tahlil tamoyillarining tahlil amaliyotidagi o’rni.
Tayanch tushunchalar:
Tamoyil, Tahlil tamoyillari, Tugal tahlilning bo’lishi mumkin emasligi, Har qanday
tahlilning shaxsiy mulohazadan iborat ekanligi, Badiiy asarning goya ifodalash
vositasi emasligi, Badiiy asar borliqning nusxasi emasligi, Estetik asoslarga
tayanish zarurligi, Tahlil va tamoyil.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.
Kamalak. 2016.
2. M. Jo’raev. Fol’klorshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2009 yil
3. B. Nazarov va b. O’zbek adabiy tanqidi tarixi. – T., 2012 yil
4. S. Mirzaev. XX asr o’zbek adabiyoti. – T., “Yangi asr avlodi”, 2005 yil
5. I. Haqqul. Kim nimaga tayanadi?- T., “Zarqalam”, 2006 yil
6. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., A. Qodiriy, 2004 yil
7. B . Umurqulov. Badiiy adabiyotda so’z. – T., Fan, 2004 yil
Badiiy asarning hayotiy, badiiy mantig‘i hamda estetik jozibasini ochish
muayyan tamoyillarga suyangan holdagina amalga oshirish mumkin. Badiiy
tahlilda ilmiy tushunchalar asosida ish ko’rilib, xulosalar chiqarilsa-da, undan
ilmga xos bir xillik kutish mumkin emas. Badiiy asarning butun sehri jozibasi
to’liq namoyon bo’lishi, o’rganilayotgan asarning g‘oyasigina emas, balki aks
ettirilgan inson ruhiyati manzaralari ham anglashilishi uchun badiiy tahlil bir qator
tamoyillarga amal qilingan holda bajarilishi kerak. Asarni nafosat talablariga
muvofiq tarzda badiiy tahlil etish uchun rioya qilinishi shart bo’lgan muayyan
talablar tizimi mavjudki, ularga bo’ysunmaslik mumkin emas. Tamoyil tushunchasi
biror faoliyatning amalga oshirilishi uchun shart bo’lgan qoida va talablarni o’z
ichiga oladi. Tahlilga qo’yiladigan birinchi talab bu mukammal, tugal tahlilning
bo’lishi mumkin emasligidir. San'at hodisasiga xos xususiyatlarni mantiq
kategoriyalari va tafakkur tushunchalari qolipiga to‘liq, tugal va beshikast
ag‘darish mumkin emas. Mantiqiy kategoriyalarga to‘liq ag‘darish, barcha
jihatlarini beistisno tugal tushuntirish mumkin bo’lgan hodisa-san'at hodisasi emas.
San'at fenomeni mantiqiy tushunchalarga sig‘magan joydan boshlanadi. Binobarin,
eng zo‘r tadqiqotchi ham asl ijod namunasini to’liq o’zgacha talqinga o’rin
qoldirmaydigan tarzda tahlil qilolmaydi. Aytish kerakki, kommunistik mafkura
badiiy asarlarining mantiqiy qoliplarga to’liq tushadigan, izohlash imkoniyati
bo’ladigan tarzda yaratilishini talab etardi. Mazkur talabga bo’ysungan, o’z
talantini g‘ayri estetik ko’rsatmaga moslashtirmoqchi bo’lgan ijodkorlar yaratgan
bitiklar shuning uchun ham asl badiiyyat namunasi bo’la olmaganlar. Cho’lponning
"Go’zal", "Binafsha", "Sirlar", Rauf Parfining "Yoshlik zangor fasl", "Xato
qildim", "Yomg‘ir tinmadi", "Daryo mavjlariga yozilmish g‘azal", Abdulla
Oripovning "O’ylarim", "Genetika", "Dengizga", "Bahor", "Saraton", "Onajon" va
hokazo asarlarini oxirigacha hammani qoniqtiradigan tarzda izohlab, tushuntirib
berib bo’lmaydi. Ularni mantiq ilmining tor va hissiz qoliplariga tushirish-
imkonsiz. Aql bilan izohlash mushkul bo’lgani uchun ham badiiy adabiyot
yaratiladi. Chinakam badiiy matn o’z umri bilan yashaydi. U matnni idrok etgan
avlodning saviyasi, didi, intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli davrlarda
turlicha qabul etiladi. Hatto ba'zan bir asarning o’zi bir odam tomonidan
kayfiyatining qandayligiga qarab har xil idrok etilishi mumkinki, asl badiiy
matnning xususiyati shundan iboratdir. Turli davrlarda idrok etilgan ayni matn
turlicha talqinini topaveradi va bu tabiiy holdir. Demak, badiiy matnning tahlili
hech qachon tugallanmaydi. Badiiy asar tahliliga qo’yiladigan ikkinchi bir talab-bu
har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza xarakterida bo’lishi va u hech qachon
mutlaq haqiqatlik da'vosini qilishi mumkin emasligidir. Tahlilchi qanchalik
bilimdon, talantli, tajribali va mohir bo’lishiga qaramay, uning fikrlari hamisha
ham faqat shaxsiy mulohaza, subyektiv qarash maqomida bo’ladi. Ilmiy haqiqatlar
haqida bunday deyish mumkin emas. Har bir o’quvchi, kitobxon, mutaxassis har
qanday asarni o’zicha o’qiydi, o’zicha tushunadi, o’zicha ta'sirlanadi, o’zicha his
etadi. Demakki, o’zicha xulosa chiqaradi. Bir asarni o’qigan ko’pchilik kishilar
o’rtasida o’zaro o’xshash, bir-biriga to’gri keluvchi fikrlar bo’lish mumkin bo’lgani
singari, mutlaqo bir-biriga to’gri kelmaydigan qarashlar bo’lishi ham mumkin va
bu tabiiy hol hisoblanishi kerak. Kommunistik mafkura har qanday asarning
hamma tomonidan birday qabul etilishini talab qilardi. Aslida, bu-jamiyat a'zolarini
estetik yo’l bilan bir qolipga solishga urinish edi. Kommunistik partiyaning oliy
organlari tomonidan "Zvezda", "Leningrad" jurnallari haqidagi, M.Zoshchenko,
A.Axmatovalarning ijodi to’g‘risidagi qatag‘onga chorlovchi qarorlarning yuzaga
kelishi sababi hamda bu jurnallar va tilga olingan ijodkorlar ommani bir xil
o’ylashga, aniqrog‘i o’ylamaslikka o’rgatadigan adabiy vaziyatga daxl qilgan
edilar. Ular xar xil qabul qilish mumkin bo’lgan ijod namunalari yaratgandilar,
chop etgandilar. Adabiy asarning tahlili nechog‘lik chuqur bo’lsa-da, o’zga bir
shaxs bu xildagi talqinni qabul etmasligi va badiiy hodisaga o’z pozitsiyasidan
kelib chiqib baho berishi mumkin. Badiiy asarning o’ta individual faoliyat natijasi
ekanidan uning qabul etilishi ham g‘oyat individual jarayonligini ko’zda tutish joiz
bo’ladi. Adabiy asarning ilmiy tahlili oldiga qo’yiladigan talablardan yana biri
san'at asariga ifodalash vositasi, fikr bildirish yo’ligina deb qaramaslik va uning
estetik hodisa ekanini hisobga olish kerakligidir. O’zbek adabiyotshunosligi va
filologik ta'limida hanuzgacha san'at asarlariga ijtimoiy yondashish ustuvor
mavqeda turganligi hamda bu nuqsonni bartaraf etish, undan qutulish bir muncha
uzoq davom etadigan jarayon ekanligi ayon bo’lganligi uchun ham badiiy asarga
qandaydir g‘oyani o’tkazish yo’li deb qarash noto’gridir. Badiiy asarlar tahlilida
amal qilinishi zarur talablardan yana biri san'at hodisalariga borliqning nusxasi
tarzida munosabatda bo’lishining mumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan,
real borliq bilan solishtirib baholash, undan hayotning badiiy nusxasi tarzida
munosabatda bo’lishining mumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real
borliq bilan solishtirib baholash,.Undan hayotning badiiy nusxasi bo’lishni talab
qilish "mimesis" nazariyasiga borib taqaladi. San'at hodisasini ijodkorning tabiatga
yoki ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan yoki ijtimoiy
hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan har qanday asarga uning
voqelikka mos kelishi yoxud kelmasligi nuqtai nazaridan yondashishni taqozo
etadi. Buyuk mutafakkir, mimesisning asoschisi Aristotel yashagan zamonlardayoq
san'at hodisalarining hayotga hamisha ham muvofiq kelavermasligi kuzatilgan va
buni allomaning o’zi ham Sofokl va Evripid tragediyalarini qiyoslash munosabati
bilan aytib o’tgan. Badiiy adabiyot insonning ichki tuyg‘ularini, nozik sezimlarini,
so’zga bo’y bermaydigan ruhiy holatlarini ifodalash vositasi ekanligi ko’zda
tutilgandagina tahlil sog‘lom mantiqqa muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Negaki, badiiy mantiq hamisha ham hayot mantig‘iga muvofiq kelavermaydi.
Ba'zan badiiy tasvir hayot hodisasiga qaraganda teranroq, ahamiyatliroq,
salmoqliroq, bo’lishi ham mumkin. Chunki badiiy asar tartibsiz, xaotik
ko’rinishdagi hayot voqeligidan yaxlit va ichki intizomga buysunuvchi, qat'iy
badiiy mantiqqa binoan harakatlanuvchi estetik voqelik yaratish natijasida vujudga
keladi. Bu haqda norvegiyalik modernchi adib va adabiyotshunos E.Xovardsxolm:
"Poeziya real borliqning taqlidi ham yoki uning qandaydir talqini ham emas.
Poeziya o’z holicha ortiq darajadagi reallikdir ". Shuning uchun ham badiiy asarga
yondashilganda, uning real hayot manzarasini ko’rsata bilishini mezon qilib ish
ko’rish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Ayniqsa, lirik yoxud satirik asarlar talqinida
badiiy ijodning hayot haqiqati tarzida qabul qilinishi asarlarining jozibasini ham,
ta'sir kuchini ham mutlaqo yo’qqa chiqarishi mumkin. Badiiy asarga yuqorida
aytilgan talablarga amal qilgan holda yondashilgandagina to’gri tahlil yuzaga
kelishi va uning milliy tafakkur hamda ruhiyat taraqqiyotida bir qadar samarasi
bo’lishi mumkin. Badiiy tahlilning eng muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlikdir.
Yaxlitlik talabi, avvalo, o’rganiladigan badiiy asarga zo’ravonlik bilan qismlarga
ajratib tashlash mumkin bo’lmagan estetik butunlik tarzida yondashishni taqozo
qiladi. Darhaqiqat, asl san'at yaxlitlikdan iboratdir. San'at asarining butunligiga
daxl qilinmagandagina uning mohiyatini anglash mumkin. Buning ustiga, tahlil
yordamida barkamol shaxs ma'naviyatini shakllantirish ham ko’zda tutilar ekan
shaxsni ham faqatgina yaxlit holda shakllantirish mumkinligini hisobga olish zarur
bo’ladi. Chunki insonga avval aqliy, so’ng axloqiy, so’ngra jismoniy, undan keyin
mehnat, undan so’ng vatanga muhabbat, ulardan keyin insonparvarlik va hakozo
tarzidagi sifatlarni singdirib bo’lmaydi. Inson yo turli omillar ta'sirida bir qator
ma'naviy fazilatlar majmuiga ega yaxlit bir qator ma'naviy fazilatlar majmuiga ega
yaxlit bir shaxs sifatida shakllanadi yoxud hech qachon to’la ma'nodagi shaxsga
aylanolmay qolaveradi. Ezgu insoniy fazilatlarning biri ikkinchisini, albatta, taqozo
qiladi, biri boshqasidan kelib chiqadi. Agar badiiy asarga mu'jizaviy bir butunlik
tarzida yondashilmaydigan bo’lsa, uning siru jozibasi bir zumda yo’qqa chiqadi va
adabiy asar o’ziga xos ta'sir qudratidan tamomila mahrum bo’ladi. Tahlil
qilinayotgan asarning barcha jihatiga birvarakayiga sinchkovlik bilan yondasha
bilish va uning uzvlaridagi jozibani kashf etishga e'tibor qaratish tahlilning
muvaffaqiyatini ta'minlaydigan omildir. Badiiy tahlilda amal qilinishi zarur bo’lgan
tamoyillardan yana biri sistemalilikdir. Tizimlilik prinsipi yaxlitlik tamoyilining
mantiqiy davomi bo’lib, badiiy asarni tashkil etgan komponentlarning muayyan
tizimiy ko’rinishga egaligini ko’zda tutadi va tahlilda shu holat hisobga olinishini
talab qiladi. Asl san'at asarida biri ikkinchisiga bog‘liq bo’lmagan biror badiiy
unsur uchramaydi. Ko’chim, portret, o’xshatish, peyzaj, mubolag‘a, kichraytirish
singari qator tasvir vositalari bir asarda tasodifiy ravishda yig‘ilib qolmaydi.
Ularning shu asarda, ayni shu tartibda guruhlashuvining ichki mantiqiy qonuniyati
mavjudki, tahlil mobaynida ayni shu qonuniyat ochilishi kerak. Shuning uchun
ham tahlilni uyushtirishga tutingan mutaxassis sistemalilikka amal qilishi joiz.
Tizimlilik tamoyili badiiy asar unsurlariga estetik zaruriyat, sababiy aloqadorlik
silsilasi ko’zda tutadi. "O’g‘ri" hikoyasidagi amin portreti asar umumiy
organizmidan uzilgan holda, shunchaki personajning qanday qiyofali ekanini
bildirib qo’yish uchungina berilmaganligi, balki ayni shu berilmaganligi, balki ayni
shu portret tasviri asar yaxlitligi, syujet rivoji tabiiyligini ta'minlovchi asosiy
omillardan biri ekanligi tahlillovchilar nazaridan qochirilmasligi zarurdir. Zero, bu
portret tasvirisiz amin va Qobil bobo munosabati tushunarli bo’lmas edi. Badiiy
asar tahlilida hamisha suyaniladigan tamoyillardan biri tarixiylikdir. Garchi badiiy
asarga tarixning illyustratsiyasi yoxud uning shunchaki estetik in'ikosi deb qarash
to’g‘ri bo’lmasa-da, har qanday adabiy asarning muayyan zamonda, muayyan
tarixiy sharoitda, konkret vaqtda yashab o’tgan odam tomonidan yaratilganligini va
unda aks etttirilgan voqealargina emas, balki ruhiy holat manzaralarida ham o’sha