Badiiy uslub. Uslubning umumiy va xususiy hollari
Reja
1. San’at va adabiyotda uslub masalasi.
2. Badiiy uslub xarakteri.
3. Uslubning umumiy va xususiy belgilari.
4. Ijodkor uslubi.
Uslub ijodkor xayolotining namoyon bo‘lish tarzi sanaladi. Ijodkor
qahramonlarni, ular yashaydigan manzillarni qanday tasavvur qilsa shunday
ifodalaydi. «San’atkor voqelikdan tanlab olgan unsurlarni badiiy til yordamida
xayoloti bilan uyg‘unlashtiruvchi va u yaratgan badiiy dunyoning tugal
bo‘lishini ta’minlovchi vosita uslub deb ataladi», - deydi fransuz adibi
A.Kamyu. Adabiyot va san’atning biror taraqqiyot bosqichida badiiy ijodga xos
bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha barqaror xususiyatlarning
asosiy vosita va prinsiplari bo‘ladi. Chunonchi, biz bir yozuvchiga mansub
bo‘lgan bir necha asarni o‘rganib, ularni bir-biriga taqqoslab ko‘rsak, ilgari
surilgan g‘oyalar va turmush voqealari talqinida, xarakter va hodisalar
tasvirida, yozuvchi nutqi va bayon etish vositasida o‘xshashlik borligini
ko‘ramiz. Bu o‘xshashlik yozuvchi uslubining, ya’ni uning ijodiga xos g‘oyaviy -
badiiy xususiyatlar (g‘oyaviy pozitsiya, xarakter va syujetlar, o‘ziga xos til)ning
asosini tashkil etadi. Yozuvchining uslubi esa uning individualligi, iste’dodi,
turmush tajribasi, dunyoqarashi, nutqining o‘ziga xosligi bilan uzviy bog‘liq
bo‘ladi. Ammo uslub tushunchasi asardagi takrorlanishning barcha tomonlarini
qamrab olmaydi. Chunki yozuvchilar ijodida umumiy takrorlanish ham
mavjuddir. Turli tarixiy davr va turli mamlakat YOzuvchilari ijodini o‘zaro
yaqinlashtiruvchi badiiy xususiyatning o‘xshashligi badiiy metod yordamida
aniqlanadi. Badiiy metod ijodkorning voqelikka munosabati, o‘zi tanlagan hayotiy
voqelikni aks ettiruvchi badiiy vositalarni qo‘llashdagi asosiy ijodiy prinsiplari
(masalan, romantizm, realizm kabi)dan iboratdir. Demak, badiiy metod borliq
hodisalarini tanlash, umumlashtirish va baholash prinsipidir.
Ma’lumki, hayot muntazam ravishda o‘zgarib, yangilanib turadi. Bu esa
san’atdan ham o‘z xarakterini o‘zgartirib borishni, ob’ektiv hayotni aniq
obrazlarda aks ettirishni talab etadi. Bu estetik talabdir, ya’ni mavjud tarixiy
sharoitda estitek normalar asosida turmushni aks ettirish demakdir. Hayotni
qayta tiklash turmushning eski shakllari o‘rniga Yuzaga kelgan yangiliklarni
aks ettirgandagina to‘g‘ri, haqqoniy bo‘ladi. Realizm va romantizm
tushunchalarida hayotni obrazli aks ettirishning ana shu xususiyati
mujassamlashgan. Badiiy metodda sub’ektivlik bilan birga, ob’ektivlik xususiyati
ham bor. San’atkorni o‘rab olgan kishilar tipi, ular o‘rtasidagi ijtimoiy
konfliktlar, o‘zaro munosabat-laridagi so‘zlashuv formalari-bularning hammasi
yozuvchiga emas, balki davrga bog‘liq bo‘lgan hodisalardir. Yozuvchi hayotiy
faktlar, hodisalardan muhimlarini tanlab oladi, ularni g‘oyaviy tomondan
yoritadi. Lekin shunga qaramay, uning ijodi asosan u yashayotgan davrdagi
hayotiy jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi («Jahon adabiyoti» jurnali. 1997, №1, 192 b.).
Badiiy asarda turli elementlar va til ko‘rinishlari sistem butunlik sifatida
o‘zaro aloqada bo‘ladi. Misol uchun, biron bir tadbirda ishtirok etish uchun
yozilgan taklifnoma matni uning asl mohiyatini ochib bermaydi. Lekin badiiy
asarda bu o‘zgacha holat: kuchaytirish, kontrast yoki qarshilantirish – turli
darajalarda jaranglashi, ma’nosi, mavzu va grammatik jihatdan qanday tashkil
etilgani muhim. Masalan, “taxmin qilamiz – biladi”. Har bir kitobxon badiiy
asarni turlicha qabul qiladi. Buning sababi shundaki, biz “ijodiy niyat” deb
ataydigan tushunchamiz adabiyotning dunyoqarash bilan bog‘liqligini
belgilaydi. Badiiy asar til fenomeni sifatida yozuvchi yaratgan dunyoning
in’ikosi hisoblanadi. Bu o‘rinda ikki holatni kuzatishimiz mumkin: biri personaj
va hikoyachi bayonidan kelib chiqadigan haqiqat va ikkinchisi asar tubida yotgan
tagma’no. Ko‘pincha badiiy asarlarda tarixiy ma’lumotlar emas, ko‘proq
uydirma qahramonlar hayoti haqida ma’lumotlar bayon qilinadi (Misol uchun
Emma Bovari, Gekelberi Finn). SHu bilan birga matnda qo‘llanidigan
olmoshlarning ham (“men”, “sen”, “shu erda”, “hozir”, “kecha”, “bugun”)
vazifasi, ularga yuklatilgan mas’uliyat badiiy asar mukammalligini ta’minlaydi.
Fikrimizcha, bizning kitobxon adabiyotshunoslikka oid manbalarda
ko‘pincha uchramaydigan strukturalizm, dekonstruktivizm atamalari haqida
ma’lumotga ega bo‘lishga haqli. SHu munosabat bilan ushbu yo‘nalishlar haqida
qisqacha ma’lumot berib o‘tishni o‘rinli deb hisoblaymiz. Adabiyot nazariyasi
– bu tarqoq fikrlar yig‘indisi emas, balki yaxlit bir kuch. 1960 yillargacha
bir necha nazariy yo‘nalishlar mavjud bo‘lgan: formalizm, yangi tanqid,
fenomenologiya, strukturalizm, poststrukturalizm va h.k.
Adabiy metod san’atda bir guruh yozuvchilarning ijodiy prinsipi bilan
tarixiy asos birligida, davrdagi asosiy masalalarni talqin etishda, ya’ni ideal,
qahramon, hayotiy jarayon masalalarini hal etishda Yuzaga keladi. SHu ma’noda
metod tushunchasi adabiy yo‘nalish, adabiy maktab tushunchasi bilan
birlashadi. Chunki adabiy yo‘nalish ma’lum tarixiy davrda o‘z ideologiyasi va
tajribasi bilan bir-biriga yaqin turgan bir talay yozuvchilar ijodidagi g‘oyaviy-
badiiy xususiyatlar - mavzu, g‘oya, badiiy tasvir prinsiplari kabilar birligidan
iboratdir. Adabiy yo‘nalishning muhim belgilaridan biri har bir yo‘nalishning
o‘ziga xos g‘oyaviy-estetik prinsiplari programma tusiga kirganligidadir
(J.Koller .Adabiyot nazariyasi va qisqacha adabiyotshunoslikka kirish. – OUP:
Buyuk Britaniya. 2011 – 84-bet.) Programma tusiga kirgan g‘oyaviy-estetik
prnsip har bir adabiy yo‘nalish vakili ijodida amalga oshirilishi shart. SHu
ma’noda adabiy yo‘nalishda YOzuvchilarning o‘zaro birligi o‘z ifodasini
topadi. Busiz adabiy yo‘nalish Yuzaga kelmaydi.Adabiy yo‘nalish u yoki bu
milliy adabiyotda ma’lum bir davrda Yuzaga kelib, ma’lum bir davrda
yo‘qoluvchi tarixiy hodisa sanaladi. Biror asarning tarixiy jihatdan avtor
dunyoqarashi, turmush tajribasi, u yashagan davrdagi tarixiy muhit sinfiy
kurashlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi SHu tarixiy hodisa bilan izohlanadi.
Ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi, ijtimoiy kurashdagi ishtiroki jihatidan bir-biriga
yaqin bo‘lgan yozuvchilar ichki birlik va tarixiy sharoitga ko‘ra adabiy
maktab sifatida adabiy yo‘nalishni yuzaga keltiradilar. Bu tushunchalarning
barchasi-asarlar, yozuvchi uslubi, adabiy oqim-tarixiy sharoitga bog‘liqdir.
XX asrning boshlarida rus adabiyotshunosligida paydo bo‘lgan rus
formalizmi asarlarning poetik til xususiyatlariga ko‘proq e’tibor qaratish
lozimligi, bu badiiy matnning qimmatini oshirishi va bu o‘z navbatida
“adabiyotning yagona qahramoni – so‘z” ekanligini e’tirof etishadi. Ularning
fikricha, ko‘nikib qolingan: “Bu o‘rinda muallif nima deyapti?” degan savol
o‘rniga: “Sonet bilan nima holat kechyapti?” yoki “ Dikkens romanining qismati
qanday?” degan savollar o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu guruhning uch asosiy
vakili – Roman YAkobson, Boris Eyxenbaum va Viktor Shklovskiy. Ular
adabiyotshunoslikni shakl va yozuvchi texnikasini o‘rganishga yo‘naltirishdi.
Turmushni obrazli aks ettirishda ikki asosiy xususiyat, birinchidan,
individuallashtirish, borliqni insoniy munosabatlar bilan bog‘lagan holda qayta
ishlab chiqish va umumlashtirish, ikkinchidan, turmushni ma’lum ijtimoiy ideallar
asosida estetik anglash o‘z ifodasini topadi. Turmushni estetik anglash borliqni
qayta yaratish, ijtimoiy ideallarga zid bo‘lgan hodisalarga qarshi kurashish,
borliqni badiiy fantaziya asosida tasavvur etish, fantaziyaning ideallarga mos
bo‘lishi uchun kurashishdan iboratdir.
Qayta ishlash bilan qaytadan tuzish o‘rtasidagi birlik borliqni obrazli aks
ettirishning muhim belgisidir. Bu birlikning asosi san’atda aks ettirilgan real
borliqdir. Har bir san’at asari borliqni aks ettirish qonunlarini real tarixiy sharoitda
amalga oshirish demakdir (J.Koller .Adabiyot nazariyasi va qisqacha
adabiyotshunoslikka kirish. – OUP: Buyuk Britaniya. 2011 – 85-bet).
Yozuvchining individualligi dunyoqarashining kengligi va ko‘p
qirraligida, hayotda yuz berayotgan yangiliklarni tezlik bilan payqab olishi va
yoritishida ko‘rinadi. Ijodning yo‘nalishini, hayotiy materiallarni tanlash va
yoritish prinsipini esa u yashagan tarixiy davr, muhit belgilab beradi. Tarixiy
jarayon badiiy metodlarning ichki aloqasini ham aniqlab beradi. SHu sababli
borliqni aks ettirishda yozuvchining u yoki bu metodga murojaat etishini sof
sub’ektiv hol deb aytib bo‘lmaydi. Shunday qilib, adabiy yo‘nalish biror tarixiy
davrdagi ijodiy prinsiplardan iborat bo‘lib, u real adabiyot taraqqiyoti
jarayonida asosiy hayotiy (estetik ideal, ijobiy qahramon, hayotiy jarayon, shu
jarayonni harakatga keltiruvchi kuch) masalalarning umumiy tasviri, talqini va
bahosida namoyon bo‘ladi. Shu bilan adabiy yo‘nalish yozuvchining dunyoqarashi
u yashagan tarixiy muhit bilan bog‘lanadi, o‘zaro aloqada bo‘lgan adabiy
oqimlar, guruhlar va maktablar doirasida o‘z badiiy imkoniyatlariga keng yo‘l
ochadi. Lekin adabiy yo‘nalsh adabiy oqimga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u
ma’lum bir tarixiy-adabiy muhitda umumadabiy doirada harakat qiladi. Adabiy
oqim esa adabiy yo‘nalishga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u biror
umumadabiy doirada harakat qila olmaydi.
Masalan, klassitsizm yo‘nalishi XVII-XVIII asrlar Umumevropa
adabiyotida harakat qilgan bo‘lsa, adabiy oqim bunday keng masshtabda
harakat qila olmaydi. Shuningdek, ma’lum bir davr adabiyotida adabiy yo‘nalish
bitta bo‘lib, u shu davr adabiy jarayonini ma’lum bir tomonga yo‘naltirib
Yuboradi (masalan, romantizm yo‘nalishi, realistik yo‘nalish va h.k.), ma’lum
bir davr adabiyotida bir nechta adabiy oqim bo‘lishi mumkin, lekin ular
umumadabiy jarayonni biror tomonga yo‘naltira olmaydi. (Masalan, naturalizm,
sentimentalizm, akmeizm, futurizm va h. k.) Romantizm, realizm, tanqidiy
realizm adabiyot va san’atdagi ijodiy metodlar bo‘lib, ularning har biri adabiy
taraqqiyot jarayonining ma’lum bosqichida tarixiy-zaruriy ehtiyoj natijasida
yuzaga kelgan, biri ikkinchisining tug‘ilishiga zamin hozirlagan. Shuning
uchun bu ijodiy metodlarning bir-biridan farqli belgilarini, har biriga xos
xususiyatni bilib olish biror tarixiy davrda yaratilgan asarlarning qanday
yo‘nalishda yozilganligini aniqlashimizga yordam beradi.
Yozuvchi o‘z davri uchun xarakterli hodisa va hayotiy faktlarni ajratib olib,
ularni o‘z asarida umumlashtirib tasvirlar ekan, bu hodisa va faktlarga o‘z
munosabatini bildiradi, ularni estetik jihatdan baholaydi. Yozuvchining xuddi ana
Shu munosabati va bahosida uning qanday tasvirlash prinsipidan, ya’ni qaysi
ijodiy metoddan foydalanganligi o‘z ifodasini topadi. Chunonchi, romantizm
hayotning o‘zidan ko‘ra ko‘proq turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlash
prinsipiga asoslanadi. Shuning uchun romantizm metodi asosida yaratilgan
asarlarda hayotiy voqelikka nisbatan ijodkor erkin munosabatda bo‘ladi, ya’ni
tasvirda hayotiy faktga qaraganda badiiy to‘qima ustunlik qiladi, fantaziyaga,
ramziylikka va mubolag‘aga keng o‘rin beriladi, yuksak xarakterlarni tasvirlash
birinchi planda turadi. Romantik asarlarda yozuvchi orzu qilgan narsalar
ideallashtirib tasvirlanadi, shu bilan yozuvchilarning o‘zlari yashab turgan
hayotdan noroziligi ifodalanadi. Shuning uchun bunday asarlarda yozuvchi
yashagan davr, ijtimoiy munosabatlar ifodalanishi bilan birga, asar qahramoni
hukmron sinfga qarshi qo‘yiladi. Romantik yozuvchilar yaratgan obrazlar butunlay
hayot haqiqatidan uzoq, undan ajralib qolmagan bo‘lsalar ham, biroq bu
obrazlar bevosita hayotiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylangan obrazi
bo‘lmay, balki ular orzu qilgan hayotning in’ikosidan iborat. Romantizm metodi
asosida yaratilgan asardagi obrazlar romantiq obrazlar deyiladi. Masalan.
Alisher Navoiy ijodidagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqa obrazlar
romantiq obrazlar namunasi bo‘lib, yozuvchi bu obrazlar orqali o‘zining
ilg‘or, olijanob orzu-umidlarini ifodalagan.
Realizm yozuvidan hayotni badiiy obrazlarda butun to‘laligi bilan
haqqoniy va to‘g‘ri tasvirlashni talab etadi. Realizm kurtaklari adabiyot va san’at
tarixining dastlabki bosqichlaridayoq mavjud bo‘lib, uning butun tarixiy
taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlanib, turli xarakter kasb etib keldi va
nihoyat, ijodiy metodga aylandi. Realizm ijodiy metod sifatida yozuvchiga
hayotiy haqiqatni to‘la va mukammal tasvirlash, uning kengroq badiiy
umumlashtirish imkonini beradi. Realizm ijodiy metod sifatida aniq va tarixiy
xarakter kasb etadi. Chunki u ijtimoiy hayot, inson ongining o‘sishi bilan
bog‘liq holda o‘sib, rivojlanib boradi, mohiyati va ijtimoiy-estitek vazifasi
kengayadi. Realist yozuvchilar jamiyatning barcha yaramas illatlarini shafqatsiz
tanqid qildilar. Shuning uchun ham XIX asr rus realizm-tanqidiy realizm deb
ataladi. Demak, tanqidiy realizmning asosiy xususiyati hayotdagi salbiy
hodisalarni chuqur va haqqoniy tasvirlashdan iboratdir. Tanqidiy realizm
xalqparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalariga asoslanadi. U shu ilg‘or g‘oyalar
pozitsiyasidan turib turmush hodisalariga baho beradi, mehnatkash xalq
manfaatlariga, ijtimoiy hayot taraqqiyotiga, adolatli turmush uchun olib
borilgan kurashlarga va bu yo‘ldagi intilishlarga to‘sqinlik qilgan turmush
illatlarini keskin qoralaydi, ularni tanqid ostiga oladi, fosh qiladi.
Masalan, Muqimiyning "Tanobchilar" va «Dodxohim», Avaz O‘tarning
«Sipohilariga» asarlarida chorizm davrida mahalliy hokimiyat idoralarida
ishlovchi amaldorlarning tipik obrazi (Hakimjon, Sulton Alixo‘ja va boshqalar)
yaratildi, ular orqali amaldorlarning yovuz niyatlari, iflos kirdikorlari fosh etildi,