BAHR TUSHUNCHASI VA ULARNING O’ZBEK ADABIYOTIDA QO`LLANILISHI
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
31,0 KB
Ilmiybaza.uz
BAHR TUSHUNCHASI VA ULARNING O’ZBEK ADABIYOTIDA
QO`LLANILISHI
Aruz vaznidagi she’r o’lchovlarining asosiy turlari – bahrlar yuqoridagi 8
ruknning turli tartibda birikib takrorlanishidan hosil bo’ladi. Ularni quyidagicha
guruhlash mumkin:
1.Bir ruknning aynan takroridan tuzilgan bahrlar. Bunday bahrlar 7 ta
bo’lib, maf’ulotu ruknidan bo’lak, yuqoridagi yetti ruknning aynan takroridan hosil
bo’ladi. Ya’ni fauvlun rukni takroridan mutaqorib bahri, foilun rukni takroridan
mutadorik bahri, mafoiylun rukni takroridan hazaj bahri, foilotun rukni takroridan
ramal bahri,mustaf’ilun rukni takroridan rajaz bahri, mutafoilun rukni takroridan
komil bahri hamda mafoilatun rukni takroridan vofir bahri hosil bo’ladi.
Bir baytda bu ruknlar to’rt marta takrorlansa, bunday vaznni murabba
(arabcha “to’rtlik” degani), olti marta takrorlansa, musaddas (arabcha”oltilik”),
sakkiz marta takrorlansa, musamman (arabcha “sakkizlik”) deb yuritiladi. Misollar:
Zamona kulfatidin bu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi,
Bu charxi bemuruvvatdin ko’ngul do’g’ o’ldi, dog’ o’ldi.
(Uvaysiy)
Mazkur baytning ruknlari va chizmasi quyidagicha:
Za –mo-na-kul fa-ti-din-bu ko’-ngul-do-g’ul di-do-g’ul-di,
V_ _ _ V_ _ _ V _ _ _ V _ _ _
Bu-char-xi-be mu-ruv-vat-din ko’-ngil-do-g’ul di-do-g’ul-di.
V _ _ _ V _ _ _ V _ _ _ V _ _ _
Ilmiybaza.uz
Mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
Ko’rinadiki, bu baytda mafoiylun rukni sakkiz marta takrorlanayapti. Demak,
ushbu she’r hazaji musammani solim vaznida yozilgan ekan.
Ko’zdin to’kuldi qon yoshim, men mubtalo qayga boray?
Rahm aylamas ul mahvamish, men mubtalo qayga boray?
(Muqimiy)
Bu misralarning ruknlari va chizmasi quyidagicha
Ko’z-din-to’-kul di-qon-yo-shim men-mub-ta-lo qay-ga bo-ray?
_ _ V _ _ _ V _ _ _ V _ _ _ V _
Mustaf’lun mstaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun
Rah-may-la –mas ul-mah-va –shim men- mub-ta-lo qay-ga –bo-ray?
_ _V _ _ _V _ _ _ V _ _ _ V _
Mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun
Baytda mustaf’ilun rukni 8 marta takrorlangan . Demak, bu she’rning bahri rajaz
bo’lib, vaznining nomi rajazi musammani solimdir.
Ne hayol edi yanakim ko’ngul qushi saydinin havas aylading ,
Badanimga har saridin haling urubon anga qafas aylading.
(Alisher Navoiy)
Ushbu bayt ruknlari va chizmasini quyidagicha ko’rsatish mumkin.
Ne-ha-yol-e-di ya-na-kim- ko’-ngul qu-shi-say-la-ding ha-va-say-la ding
V V_ V_ VV _ V VV _V VV _ V
Mutafoilun mutafoilun mutafoilun mutafoilun
Ba –da-nim-g’a-har sa-ri-din-ha-dang u-ru-bon a-nga qa-fa-say-la-
ding
VV_V_ VV_V_ VV_V - VV_V_
Mutafoilun mutafoilun mutafoilun mutafoilun
Bu baytda mutafoilun rukni 8 marta takrorlanayapti. Shunga ko’ra, uning bahri
komil sanalib, vaznnning nomi komili musammani solimdir.
Yuqorida ko’rib o’tganimiz bir xil ruknnning aynan takroridan tuziladigan
mutaqorib, hazaj, rajaz bahrlari o’zek adabiyotida asosan sakkiz ruknli vaznlar
Ilmiybaza.uz
sifatida eng ko’p qo’llnadi. Ayniqsa, hazaji musammani solim va rajazi musammani
solim vaznlarida shoirlar ko’plab lirik she’rlar yaratganlar. Masalan, Navoiyning
“Xazoyin ul maoniy” kitobiga kirgan 3132 she’rdan 259 tasi, shu jumladan 245
g’azali hazaji musammani solim vaznida yozilgan. Muqimiyning ikki jildlik
tanlangan asarlariga kirgan 48 she’ri shu vaznda yozilgan.
11. Ikki xil ruknli bahrlar. Aruz vazniga mansub bir qator bahrlar ikki xil
ruknnning ma’lum tartibda takrorlanishidan yuzaga keladi. Bunday birikib
takrorlanish ikki turlidir:
Bittadan olingan ikki xil ruknning takrorlanishidan hosil bo’lgan bahrlar.
Bunday bahrlar bizga ma’lum 8 ruknnning ikkita –ikkita bo’lib takrorlanishidan
tuziladi.
Mafoiylun va foilotun ruknlarining ketma-ket takrorlanishidan muzore bahri
yuzaga keladi. Ular bir baytda :
Mafoiylun foilotun
Mafoiylun foiloyun
Tarzida takrorlansa, muzorei murabbai solim vazni,
Mafoiylun foilotun mafoiylun
Mafoiylun foilotun mafoiylun
Tarzida takrorlansa, muzorei musaddasi solim vazni,
Mafoiylun foilotun mafoiylun foilotun
Mafoiylun foilotun mafoiylun foilotun
Tarzida takrorlansa, muzorei musammani solim vazni hosil bo’ladi.
Foilotun va mustaf’ilun ruknlarining birikib takrorlanishidan xafif va mujtass
bahrlari tuziladi. Foilotun rukni mustaf’ilundan oldin kelib takrorlansa, xafif bahri
hosil bo’ladi. Ularning o’rin almashinib takrorlanishidan esa mujtass bahri yuzaga
keladi.
Mustaf’ilun va maf’ulotu ruknlari takroridan munsarih va muqtazab bahrlari
tuziladi. Agar mustaf’ilun rukni maf’ulotu ruknidan avval kelib takrorlansa ,
munsarih bahri hosil bo’ladi. Maf’ulotu rukni mustaf’ilun ruknidan avval kelib
takrorlanganda esa muqtazab bahri tuziladi.