BAKTERIAL VA KO‘KAT O‘G‘ITLAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

35,6 KB


BAKTERIAL VA KO‘KAT O‘G‘ITLAR
Reja
1. Bakterial preparatlar va ularni qo’llashning ahamiyati
2. Ko’kat o’g’itlar va ularning ahamiyati
Kalit so’zlar: nitrogin rizotorfin,azotobakterin, fosforobakterin, AMB preparati,
sideratsiya, dukkakli ekinlar, yashil massa.
O’simliklarning me’yorida usib-rivojlanishi tuproq  mikroorganizmlarining
faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Tuproq tarkibida juda ko’p va turli-tuman
mikroorganizmlar  uchraydi,  ularning  orasida  o’simliklar  uchun  zarurlari  va
zararlilari mavjud.
Dehqonchilikda bakterial preparatlar tuproq mikroorganizmlarining tarkibi
va  miqdorini  ko’paytirish  hamda  ular  faoliyatini  kuchaytirish  maqsadida
qo’llaniladi.  Ayrim hollarda darslik va adabiyotlarda  «bakterial preparat» urniga
«bakterial  o’g’it» iborasini  qo’llaydilar, bu  noto’g’ri,  albatta.  Chunki,  odatda
o’g’it  deganda,  tarkibida  bironta  oziq  elementini  tutgan,  bevosita  tuproq
unumdorligini oshiradigan moddalar tushuniladi.  Bakterial preparatlar esa tirik
organizmlar  bo’lib,  o’z tarkibida oziq moddalarni tutmaydi, lekin tuproqdagi
zaxira oziq moddalarni tezroq mineral holatga o’tkazadi va atmosfera azotning
o’zlashtirilishida  muxim  rol  o’inaydi,  shu  bilan  o’simliklarning  oziqlanish
sharoitlarini yaxshilashda ishtirok etadi. Eng keng tarqalgan bakterial preparatlar
jumlasiga
 nitragin,  azotobakterin,  fosfobak-terin,  AMB-preparati  va
silikobakterinlarni kiritish mumkin.
Logotip
BAKTERIAL VA KO‘KAT O‘G‘ITLAR Reja 1. Bakterial preparatlar va ularni qo’llashning ahamiyati 2. Ko’kat o’g’itlar va ularning ahamiyati Kalit so’zlar: nitrogin rizotorfin,azotobakterin, fosforobakterin, AMB preparati, sideratsiya, dukkakli ekinlar, yashil massa. O’simliklarning me’yorida usib-rivojlanishi tuproq mikroorganizmlarining faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Tuproq tarkibida juda ko’p va turli-tuman mikroorganizmlar uchraydi, ularning orasida o’simliklar uchun zarurlari va zararlilari mavjud. Dehqonchilikda bakterial preparatlar tuproq mikroorganizmlarining tarkibi va miqdorini ko’paytirish hamda ular faoliyatini kuchaytirish maqsadida qo’llaniladi. Ayrim hollarda darslik va adabiyotlarda «bakterial preparat» urniga «bakterial o’g’it» iborasini qo’llaydilar, bu noto’g’ri, albatta. Chunki, odatda o’g’it deganda, tarkibida bironta oziq elementini tutgan, bevosita tuproq unumdorligini oshiradigan moddalar tushuniladi. Bakterial preparatlar esa tirik organizmlar bo’lib, o’z tarkibida oziq moddalarni tutmaydi, lekin tuproqdagi zaxira oziq moddalarni tezroq mineral holatga o’tkazadi va atmosfera azotning o’zlashtirilishida muxim rol o’inaydi, shu bilan o’simliklarning oziqlanish sharoitlarini yaxshilashda ishtirok etadi. Eng keng tarqalgan bakterial preparatlar jumlasiga nitragin, azotobakterin, fosfobak-terin, AMB-preparati va silikobakterinlarni kiritish mumkin.
Nitragin  -  juda  faol  tugunak  bakteriyalarni  tutgan  bakterial  preparat.
Tuproqdagi tugunak bakteriyalar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, har bir
dukkakli ekin o’ziga xos bakteriyaga ega. Masalan. bazi bakteriyalar bedaning
ildizida  tugunak  hosil  kilsa,  ayrimlari fakat  nuxatning,  yana  boshqalari  esa
faqatgina lyupinning ildiz tizimi bilan simbioz hayot  kechiradi. Bunday o’ziga
xoslik ayrim xollarda juda kichikdoirada namoyon bo’ladi.
Tugunak bakteriyalarga xos yana bir xususiyat -  virulentlikdir.  Virulentlik
yoki boshqacha aytganda virusga  moyillik bakteriyalarning ildiz ichiga kirib,
tugunak hosil qilishidir.
Faollik  -  tuganak  bakteriyalarga  xos  uchinchi  xususiyat.  Tuganak
bakteriyalarning faolligi deganda, atmosfera azotini o’zlashtira olish xususiyati
tushuniladi. Ushbu bakteriyalarning faqat faol shtammlarigina dukkakli ekinlarni
atmosfera azoti bilan ta’minlay oladi. Dukkakli ekin ildiz tizimiga virulentlikka
ega lekin faol bo’lmagan bakteriyalar kiritilsa, tugunaklar hosil bo’ladi, ammo
atmosfera azotining o’zlashtirilishi sodir bo’lmaydi.
Tuproqqa kiritiladigan nitragindagi tugunak bakteriyalar virulentligi avvaldan
mavjud bo’lgan bakteriyalar virulentligidan yuqori bo’lsagina o’simlik ildiziga
ko’p miqdorda kiradi. Qadimdan sug’oriladigan, tuproqlarda avvaldan dukkakli
yoki  dukkakli  don  ekini  yetishtirilayotgan  bo’lsa, nitragin  ishlatishga  hojat
qolmaydi. Lekin yangidan dukkakli ekin ekiladigan paykalga nitragin preparata
ishlatilmasa, tugunak bakteriyalar hosil bo’lmaydi.
Nordon tuproqlarda tugunak bakteriyalar o’z faolligini juda tez yo’qotadi.
Botqoq, tuproqlarda tugunak bakteriyalar deyarli uchramaydi (bunday tuproqlarda
har gal dukkakli ekin ekish oldidan nitragin ishlatish kerak). Nordon tuproqlarga
ohak  mahalliy,  mineral  (fosforli  va  kaliyli)  va  mikroo’g’itlar  kiritilsa,
bakteriyalarning  virulentligi  va  faolligi  oshadi.  Azotli  o’g’itlar  bakteriyalarga
salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Tuproqlarda  tugunak  bakteriyalar  soni  va  faolligini  oshirishning  eng
samarali  va  ishonchli  usuli  -  nitragin  kiritishdir.  Sanoat  usulida va  mahalliy
sharoitlarda  tayyorlanadigan  nitragin  farqlanadi.  Zavodda  tayyorlanadigan
Logotip
Nitragin - juda faol tugunak bakteriyalarni tutgan bakterial preparat. Tuproqdagi tugunak bakteriyalar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, har bir dukkakli ekin o’ziga xos bakteriyaga ega. Masalan. bazi bakteriyalar bedaning ildizida tugunak hosil kilsa, ayrimlari fakat nuxatning, yana boshqalari esa faqatgina lyupinning ildiz tizimi bilan simbioz hayot kechiradi. Bunday o’ziga xoslik ayrim xollarda juda kichikdoirada namoyon bo’ladi. Tugunak bakteriyalarga xos yana bir xususiyat - virulentlikdir. Virulentlik yoki boshqacha aytganda virusga moyillik bakteriyalarning ildiz ichiga kirib, tugunak hosil qilishidir. Faollik - tuganak bakteriyalarga xos uchinchi xususiyat. Tuganak bakteriyalarning faolligi deganda, atmosfera azotini o’zlashtira olish xususiyati tushuniladi. Ushbu bakteriyalarning faqat faol shtammlarigina dukkakli ekinlarni atmosfera azoti bilan ta’minlay oladi. Dukkakli ekin ildiz tizimiga virulentlikka ega lekin faol bo’lmagan bakteriyalar kiritilsa, tugunaklar hosil bo’ladi, ammo atmosfera azotining o’zlashtirilishi sodir bo’lmaydi. Tuproqqa kiritiladigan nitragindagi tugunak bakteriyalar virulentligi avvaldan mavjud bo’lgan bakteriyalar virulentligidan yuqori bo’lsagina o’simlik ildiziga ko’p miqdorda kiradi. Qadimdan sug’oriladigan, tuproqlarda avvaldan dukkakli yoki dukkakli don ekini yetishtirilayotgan bo’lsa, nitragin ishlatishga hojat qolmaydi. Lekin yangidan dukkakli ekin ekiladigan paykalga nitragin preparata ishlatilmasa, tugunak bakteriyalar hosil bo’lmaydi. Nordon tuproqlarda tugunak bakteriyalar o’z faolligini juda tez yo’qotadi. Botqoq, tuproqlarda tugunak bakteriyalar deyarli uchramaydi (bunday tuproqlarda har gal dukkakli ekin ekish oldidan nitragin ishlatish kerak). Nordon tuproqlarga ohak mahalliy, mineral (fosforli va kaliyli) va mikroo’g’itlar kiritilsa, bakteriyalarning virulentligi va faolligi oshadi. Azotli o’g’itlar bakteriyalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tuproqlarda tugunak bakteriyalar soni va faolligini oshirishning eng samarali va ishonchli usuli - nitragin kiritishdir. Sanoat usulida va mahalliy sharoitlarda tayyorlanadigan nitragin farqlanadi. Zavodda tayyorlanadigan
nitraginning bir shishasi (0,5 kg) bir ga maydondagi dukkakli ekinlarga yetadi.
Ayni nitraginning saqlanish muddati - 9 oy. Harorat  O-10°C atrofida bo’lsa,
nitragin  uzoq  vaqt  bo’zilmasdan  saqlanadi.  Preparat  zax  joyda  saqlansa,
mog’orlaydi.  Mog’or zamburug’i nitragin uchun kuchli  antagonist  hisoblanadi.
Nitraginni zaharli kimyoviy moddalarga yakin joyda saqlash aslo mumkin emas,
chunki bunday sharoitda bakteriyalar qirilib ketadi.
Nitragin  tuproqda  dukkakli  ekin  urug’iga  aralashtirib,  kiritiladi.  Buning
uchun mayda urug’larning har 10 kg ga, yirik urug’larning har 20 kg ga 500 ml
suv  sepiladi  va  tekis  yuzaga  bir  tekisda  yoyiladi.  Ustiga  kerakli  miqdordagi
nitragin sepiladi, belko’rak yordamida yaxshilab aralashtiriladi, qurigandan keyin
qoplarga  joylab,  dalaga  jo’natiladi.  Mazkur  tadbirlar  soya  joyda  amalga
oshirilishi kerak chunki quyosh nuri ta’sirida bakteriyalar nobud bo’ladi. Nitragin
eritmasiga 25-50  g  molibdenli (Mo) mikroo’g’it ko’shib  eritilsa, yanada yaxshi
samara beradi. Agar urug’larni hasharotlarga qarshi dorilash darkor bo’lsa, avval
dorilanadi, so’ngra nitragin bilan ishlanadi.
Nitraginni  dukkakli  ekin  ekiladigan  maydon  tuprog’i  bilan  aralashtirish
mumkin. Paykaldan 400-500  kg  tuproq olinadi, unga nitragin qushib aralashti-
riladi va 1 ga maydonga bir tekisda sochib chiqiladi.
Mahalliy  nitragin  esa  bevosita  xo’jalikning  o’zida  tayyorlanadi.  Buning
uchun ko’p yillik o’simliklarning kasallikka  chalinmagan ildizlari  hayotining
ikkinchi yoki uchinchi yilida, bir yillik o’simliklarniki esa o’rimdan keyin yig’ib
olinadi. Ildizlar yaxshilab yuviladi, yoyib 20-25° C haroratda soya joyda quritiladi
va maydalab 1  mm  teshikchali elakdan o’tkaziladi.  Shu  usulda  tayyorlangan
talqoNning I g da 8-19 mln dona tuganak bakteriya bo’ladi. Mahalliy nitraginni 2
yil saqlash mumkin. 1 ga maydondagi dukkakli ekinlar uchun 100-300 g mahalliy
nitragin ishlatiladi.
- Azotobakterin. Azotobakterin - azotobakter (Azotobacter chroococcum va
Azotobaaer  agile)  tuzuvchi  preparatdir.  Azotobakterlar  -  azotfiksasiyalovchilar
toifasiga kirib, tuproqda erkin yashovchi aerob bakteriyalardan hisoblanadi.
Logotip
nitraginning bir shishasi (0,5 kg) bir ga maydondagi dukkakli ekinlarga yetadi. Ayni nitraginning saqlanish muddati - 9 oy. Harorat O-10°C atrofida bo’lsa, nitragin uzoq vaqt bo’zilmasdan saqlanadi. Preparat zax joyda saqlansa, mog’orlaydi. Mog’or zamburug’i nitragin uchun kuchli antagonist hisoblanadi. Nitraginni zaharli kimyoviy moddalarga yakin joyda saqlash aslo mumkin emas, chunki bunday sharoitda bakteriyalar qirilib ketadi. Nitragin tuproqda dukkakli ekin urug’iga aralashtirib, kiritiladi. Buning uchun mayda urug’larning har 10 kg ga, yirik urug’larning har 20 kg ga 500 ml suv sepiladi va tekis yuzaga bir tekisda yoyiladi. Ustiga kerakli miqdordagi nitragin sepiladi, belko’rak yordamida yaxshilab aralashtiriladi, qurigandan keyin qoplarga joylab, dalaga jo’natiladi. Mazkur tadbirlar soya joyda amalga oshirilishi kerak chunki quyosh nuri ta’sirida bakteriyalar nobud bo’ladi. Nitragin eritmasiga 25-50 g molibdenli (Mo) mikroo’g’it ko’shib eritilsa, yanada yaxshi samara beradi. Agar urug’larni hasharotlarga qarshi dorilash darkor bo’lsa, avval dorilanadi, so’ngra nitragin bilan ishlanadi. Nitraginni dukkakli ekin ekiladigan maydon tuprog’i bilan aralashtirish mumkin. Paykaldan 400-500 kg tuproq olinadi, unga nitragin qushib aralashti- riladi va 1 ga maydonga bir tekisda sochib chiqiladi. Mahalliy nitragin esa bevosita xo’jalikning o’zida tayyorlanadi. Buning uchun ko’p yillik o’simliklarning kasallikka chalinmagan ildizlari hayotining ikkinchi yoki uchinchi yilida, bir yillik o’simliklarniki esa o’rimdan keyin yig’ib olinadi. Ildizlar yaxshilab yuviladi, yoyib 20-25° C haroratda soya joyda quritiladi va maydalab 1 mm teshikchali elakdan o’tkaziladi. Shu usulda tayyorlangan talqoNning I g da 8-19 mln dona tuganak bakteriya bo’ladi. Mahalliy nitraginni 2 yil saqlash mumkin. 1 ga maydondagi dukkakli ekinlar uchun 100-300 g mahalliy nitragin ishlatiladi. - Azotobakterin. Azotobakterin - azotobakter (Azotobacter chroococcum va Azotobaaer agile) tuzuvchi preparatdir. Azotobakterlar - azotfiksasiyalovchilar toifasiga kirib, tuproqda erkin yashovchi aerob bakteriyalardan hisoblanadi.
Ular tugunak bakteriyalardan farq qilib, ildiz atrofida erkin yashaydi. Ildiz
ajratmalari va ildizning chiriyottan qoldiqlari bilan oziqlanib, o’simliklarni azot
bilan oziqlanishini yaxshilaydi.
Tuproqdagi va agar-agardagi azotobakterin farqlanadi. Tuproq azotobakterini
don, poliz va texnikaviy ekinlarning urug’lari uchun 3 kg, kartoshka uchun 6-9
kg/ga miqdorida ishlatiladi. Urug’lar pol yoki brezentga yoyiladi: har 30-40  kg
urug’  uchun  bir  l  suv  olib,  kerakli  miqdorda  azotobakterin  bilan  belko’rak
yordamida  yaxshilab  aralashtiriladi.  Ishlov  berilgan  ypyg’lar  24  soat  ichida
ekilmasa. azotobakterin bilan qaytadan ishlanadi.
Agar-agarli azotobakterin solingan shishaga (0,5 l) 100-200 ml suv solib bir
kecha-kunduz davomida chayqatib turiladi va ekiladigan kunning o’zida 1 ga yerga
ekiladigan don ekinlari uchun 1 ga yerga ekiladigan kartoshka uchun 10 l suvda
eritiladi va aralashtiriladi. O’simliklarning kuchatlariga ishlov berilganda 1 shisha
azotobakterin 20 l suvda eritilib, unga ko’chatlarning ildizlari botirib olinadi.
Azotobakterin ham xuddi nitraginday quruq joyda, ancha salkin haroratlarda,
kimyoviy moddalardan uzoqroqda saqlanishi kerak Saqlash muddati - 3 oy.
Fosfobakterin. Fosfobakterin - tuproqdagi fosforli birikmalarni minerallashtira
oladigan (Vaklerium megatherium phosphaticus) turkumiga mansub bakteriyalarni
tutgan preparat. Mikroorganizmlar ishlov berilgan urug’lar bilan tuproqda tushib,
ildizlarning  atrofida  yashaydi  va  organik  birikmalar  tarkibidagi  fosforni
o’simliklar oson o’zlashtiradigan mineral xolatga o’tkazib beradi.
Fosfobakterin suyuq va quyuq holatda bo’lishi mumkin. Suyuq fosfobakterin
shisha idishlarda chiqariladi.  Bir  ga  maydonga ekish uchun mo’ljallangan donli
ekinlar  urug’iga  50  ml,  paxta,  kartoshka  va  qandlavlagi  urug’iga  100  ml
fosfobakterin eritmasi ishlatiladi. Preparat bochkada iliq suv yordamida eritiladi,
undan 1 l  olib, mayda urug’larning 50-70, yirik urug’larning 100-200 kg bilan
aralashtiriladi  va  20-25  sm  qalinlikda  yoyib  quritiladi.  Quruq  holatdagi
fosfobakterindan 250 g/ga hisobida olib, suyultiriladi. Suyuqlikning 2,5-3,0 l bilan
200 kg ypyg’ namlanadi.
Logotip
Ular tugunak bakteriyalardan farq qilib, ildiz atrofida erkin yashaydi. Ildiz ajratmalari va ildizning chiriyottan qoldiqlari bilan oziqlanib, o’simliklarni azot bilan oziqlanishini yaxshilaydi. Tuproqdagi va agar-agardagi azotobakterin farqlanadi. Tuproq azotobakterini don, poliz va texnikaviy ekinlarning urug’lari uchun 3 kg, kartoshka uchun 6-9 kg/ga miqdorida ishlatiladi. Urug’lar pol yoki brezentga yoyiladi: har 30-40 kg urug’ uchun bir l suv olib, kerakli miqdorda azotobakterin bilan belko’rak yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Ishlov berilgan ypyg’lar 24 soat ichida ekilmasa. azotobakterin bilan qaytadan ishlanadi. Agar-agarli azotobakterin solingan shishaga (0,5 l) 100-200 ml suv solib bir kecha-kunduz davomida chayqatib turiladi va ekiladigan kunning o’zida 1 ga yerga ekiladigan don ekinlari uchun 1 ga yerga ekiladigan kartoshka uchun 10 l suvda eritiladi va aralashtiriladi. O’simliklarning kuchatlariga ishlov berilganda 1 shisha azotobakterin 20 l suvda eritilib, unga ko’chatlarning ildizlari botirib olinadi. Azotobakterin ham xuddi nitraginday quruq joyda, ancha salkin haroratlarda, kimyoviy moddalardan uzoqroqda saqlanishi kerak Saqlash muddati - 3 oy. Fosfobakterin. Fosfobakterin - tuproqdagi fosforli birikmalarni minerallashtira oladigan (Vaklerium megatherium phosphaticus) turkumiga mansub bakteriyalarni tutgan preparat. Mikroorganizmlar ishlov berilgan urug’lar bilan tuproqda tushib, ildizlarning atrofida yashaydi va organik birikmalar tarkibidagi fosforni o’simliklar oson o’zlashtiradigan mineral xolatga o’tkazib beradi. Fosfobakterin suyuq va quyuq holatda bo’lishi mumkin. Suyuq fosfobakterin shisha idishlarda chiqariladi. Bir ga maydonga ekish uchun mo’ljallangan donli ekinlar urug’iga 50 ml, paxta, kartoshka va qandlavlagi urug’iga 100 ml fosfobakterin eritmasi ishlatiladi. Preparat bochkada iliq suv yordamida eritiladi, undan 1 l olib, mayda urug’larning 50-70, yirik urug’larning 100-200 kg bilan aralashtiriladi va 20-25 sm qalinlikda yoyib quritiladi. Quruq holatdagi fosfobakterindan 250 g/ga hisobida olib, suyultiriladi. Suyuqlikning 2,5-3,0 l bilan 200 kg ypyg’ namlanadi.