BAKTERIOLOGIK QUROL. O‘TA XAVFLI INFEKSIYALAR
Reja:
1.
Bakteriologik qurol va qo‘llanilishi usullari.
2.
O‘ta xavfli infeksiyalar
3.
Bakteriologik o‘choqda olib boriladigan tadbirlar.
Tayanch so‘z va iboralar: bakteriologik qurol, bakteriologik o‘choq,
observatsiya, karantin, transmissiv, diversiya, kontagiozlik, aerogen, kimyoterapiya,
vaksinatsiya, degidrotatsiya, tenizm, bubon, vibrion, sepsis, gemorragik.
Bakteriologik qurol to‘g‘risida tushuncha.
Bakteriologik qurol ommaviy qirish quroli hisoblanib, odamlar, hayvonlar,
qishloq xo‘jalik o‘simliklarini va oziq- ovqatlarni zaharlash uchun mo‘ljal langan.
Bakterial vositalar – kasallik chaqiruvchi mikroblar va ularning tok sinlaridan,
hamda mikroblarni tashqi muhitda tarqatish uchun zararlangan ha shorotlardan
iborat. Bakterial vositalar kasallik chaqiruvchi mikroblarning va ularning
toksinlarini suyuq yoki quruq aralashmalar ko‘rinishda bo‘ladi.
Bakterial vositalar sifatida etarli miqdorda tez ajratib olinadigan oddiy usullar
bilan oson tarqatiladigan va ularga qarshi effektiv davo chorasi va profilaktikasi yo‘q
kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari ishlatiladi.
Bakteriologik qurolni qo‘llash usullari, zararlash xususiyatlari.
CHet el mutaxassislarining fikricha bakteriologik qurolni quyidagi qo‘llash
usullari mavjud:
1.
Mikrob va uning toksinlarini mayda zarrachali aerozol ko‘rinishda
qo‘llash usuli. Bunday aerozollarni aviobomba, raketa, artsnaryad va mina lar
yordamida hosil qilinadi. Mayda zarrachali aerozollar havo oqimi bilan uzoq
masofalarga, bino va boshpanalarga oson kirib borishi va u er dagi odamlarni
zararlashi mumkin. Masalan, 10.000kg kuydirgi aerozo lini purkash natijasida 100
km atrofdagi odamlar zararlanishi mumkin.
2.
Transmissiv usul – ba’zi bo‘g‘imoyoqli hashoratlarning chaqishi orqa
li yuqumli kasalliklarni yuqishiga asoslangan. SHunday yo‘l bilan o‘lat, sariq isitma,
ensefalit, toshmali tif va boshqa kasalliklar yuqadi. Bunday zararlangan
hashoratlarni samolyot va raketalardan konteyner va xaltachalarga solib tashlash
usuli.
3.
Diversiya usuli – suv va oziq-ovqat tarmoqlari, yopiq binolar havosi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bakterial vositalar bilan zararlanadi. Bakteriologik qurol
qo‘llanilgan joyda uning ta’sirini davomliligi qo‘zg‘atuvchining tabiatiga bog‘liq.
Masalan, kuydirgi kasalligining qo‘zg‘atuvchisi tuproq da bir necha yil saqlanishi
mumkin.
Bakteriologik qurolning zararlovchi xususiyati quyidagilar bilan aniqlanadi:
1.Bakterial vositalar juda kichik dozada odam organizmiga kirib, ommaviy
ravishda yuqumli kasalliklarni chaqiradi.
2.YUqori kontagiozlik, ya’ni tez tarqash xususiyatiga ega(o‘lat, chin che chak,
kuydirgi, vabo.)
3.Zararlanish o‘chog‘ini uzoq davom etishi va yashirin davrni bo‘lishi (1-2dan
20-30 kungacha). Infeksiya aerogen yo‘l bilan yuqqanda inkubatsion davr qisqaroq
bo‘ladi(bir necha soatdan 2-3 kungacha).
4.Tashqi muhitda qo‘zg‘atuvchini aniqlash, ya’ni indikatsiya qilishni
murakkabligi va davomliligi va kombinirlangan retsepturali bakterial vositalarni
qo‘llanganda tashxis qo‘yishni qiyinlashuvi.
5.Mikrob aerozollarini binolarga, boshpana va pana joylarga kirib borishi va
undagi odamlarni zararlashi.
Bu xususiyatlar epidemik jarayonni rivojlantirishga yo‘l ochib, tibbiy yordamni
tashkil qilib, bakteriologik o‘choqni tez tugatishga qiyinchilik tug‘diradi.
Bakteriologik o‘choq.
Bakteriologik qurol qo‘llanilgan va ommaviy yuqumli kasalliklar vu judga
kelish xavfi bo‘lgan shahar, aholi punkti va xalq xo‘jalik ob’ektiga bakterologik
o‘choq deyiladi. O‘choqning kattaligi qo‘llanilgan bakterial preparatning turiga,
qo‘llash usuliga, metereologik sharoitlarga, o‘z vaqtida aniqlanishiga, himoya va
profilaktik choralarni o‘tkazishga bog‘liq.
Bakteriologik o‘choqning turi qo‘llanilgan bakterial vositalar bilan belgilanadi.
Kombinirlangan bakterial preparatlar kombinirlangan o‘choq ni vujudga keltiradi.
Sun’iy ravishda vujudga kelgan epidemik jarayondan tubdan farq qiladi va shuning
uchun uni aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi.
Dushman tomonidan bakteriologik qurol qo‘llanilganligini o‘z vaqtida aniqlash
uchun Fuqaro muhofazasining maxsus kuchlari bakterio logik razvedka o‘tkazadi.
Bakteriologik razvedka quyidagilarni bajaradi:
Havoni, suv tarmoqlari manbalarini, joylarni, ovqat mahsulotlari bakterial
vositalar bilan zararlanganligini aniqlash;
Zararlanish zonasi chegarasini aniqlash va belgilab qo‘yish;
Bakterial vositalarni indikatsiya qilish;
Hujum oqibatlarini tugatish bo‘yicha o‘tkaziladigan chora-tadbirlar hajmini
aniqlash;
Bakteriologik
o‘choqni
aniqlangandan
keyin
zararlangan
xududda
observatsiya yoki karantin o‘rnatiladi.
Observatsiya - yuqumli kasalliklarning vujudga kelish va tarqalish oldini
olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.
Observatsiya quyidagilarni nazarda tutadi:
1.O‘choqqa kirish va undan chiqishni chegaralanishi, jihozlarni dezin feksiya
qilmasdan olib chiqish.
2.Aholi o‘rtasidagi kontaktni chegaralash.
3.Tez ximioterapevtik vositalar yordamida infeksiyani oldini olish.
4.Odamlarni sanitariya ishlovidan o‘tkazib, vaksinatsiya qilish, ularning
kiyimlari, poyafzallari va turar joylarini dezinfeksiya qilish.
5.Tibbiy nazoratni kuchaytirish: har kuni kuzatish, termometriya, labo ratoriya
tekshirishlarini o‘tkazish va kasallanganlarni izolyasiya qilish.
6.Sanitariya rejimiga rioya qilishni, suv va oziq-ovqatlarni zararsiz lantirishni
ustidan tibbiy nazoratni kuchaytirish.
7.Tibbiy muassasalarda epidemiyaga qarshi ish rejimini o‘rnatish.
Bakterial vositaning turi aniqlanib, u kasallik chaqirmaydigan mikrob yoki
uning toksini ekanligi aniqlangach, izolyasiya-chegaralash chora-tad birlari tugatilib
observatsiya tugatiladi.Agar kasallik chaqiruvchi qo‘zg‘atuvchi (ich terlama, paratif,
tulyaremiya, bursellez, melioidoz, manqa) aniqlansa, observatsiya davom ettiriladi.
Agar o‘ta xafli infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilari (o‘lat, vabo, kuydirgi, chin chechak)
qo‘llanilganligi aniqlansa, observatsiya o‘rniga karantin o‘rnatiladi.
Karantin – yuqumli kasallik o‘chog‘ini to‘liq ajratish (izolyasiya) va uni
tugatishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va rejimli chora-tadbirlar bilan to‘ldiriladi.
1.
O‘choqdan chiqish va zararsizlantirmasdan biror jihozni olib chiqish man
qilinadi.
2.
O‘choqqa faqat FX ning kuchlari, uni tugatish uchun kiritiladi. Ki rishdan
avval ko‘chma epidemiyaga qarshi otryad va sanitar drujinaning shaxsiy tarkibi
shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanib, tez profilaktika va vaksinatsiyadan
o‘tadilar.
3.
Karantin zonasining chegarasi ogohlantiruvchi belgi bilan belgila nadi,
ular o‘rtasiga qurolli muhofaza postlari qo‘yilib, sutka davomida patrullik joriy
qilinadi, yo‘llarda nazorat punktlari tashkil qilinib, o‘choqqa oziq-ovqat
maxsulotlarini olib kelish rejimiga rioya qilish ta’minlanadi.
4.
Oziq-ovqatlarni olish joyi belgilanadi.
5.
O‘choqdagi barcha aholi binolardan chiqqanda individual vositalaridan
foydalanishlari kerak.
O‘choqdagi aholi shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari
kerak: respirator, protivagaz, o‘latga qarshi kastyum, filьtrlovchi himoya kiyimi va
qo‘l ostidagi vositalar (og‘iz va burunga paxta va dokadan tayyorlangan niqob,
kombenizonlar, plash va boshqalar). Hashoratlardan himoyalanish uchun
repellentlar va pashshaxonalar qo‘llaniladi.
Karantin o‘rnatilgan territoriyada muhim xalq xo‘jaligi mudofaa ahamiyatga
ega bo‘lgan ishlab chiqarish muasassasalardan tashqari barcha muassasalarning ish
faoliyatlari to‘xtatiladi. Territoriya, binolar, qurol-aslahalar, tayyor va xom ashyo
mahsulotlari zararsizlantiriladi; xodimlar sanitar tozalovidan va tez profilaktikadan
o‘tkazilgach, muassasa yana ish faoliyatini davom ettiradi. Xodimlar kazarma
sharoitiga o‘tkaziladi.
Karantin vaqtining davomliligi kasallikning inkubatsion davriga bog‘liq va u
oxirgi bemorni izolyasiya qilingan vaqtdan boshlanadi. O‘choqdagi rejimli chora-
tadbirlarga rioya qilish nazorati jamoat tartibini saqlash xizmatiga yuklanadi.
COVID-19.
COVID-19 pandemiyasi — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish
sindromi koronavirusi keltirib
chiqaradigan COVID-19
koronavirus
infeksiyasi kasalligi pandemiyasi.[3] Ilk
marotaba
2019-yilning
dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-
martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi. 16-
avgust 2020-yilga qadar virusni 188 dan oshiq mamlakat va hududda yashovchi
21,4 milliondan oshiq odam yuqtirdi; 771 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok
boʻldi, 13,4 milliondan oshiq odam esa tuzaldi. Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy
Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.
Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksirganda chiqariladigan
tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi. Virus bemorda kasallik alomatlari
yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin
ham boshqalarga yuqishi mumkin. Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo
boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Kasallikning
asosiy
alomatlari
isitma,
yoʻtal
va
nafas
qisishidir. Kasallik
bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi
mumkin. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni
boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik
tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish,
boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada
boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun
davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi.
Kasallik tarqalishi oldini ilish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin,
komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda
muassasalarni
yopish
kabi
choralar
koʻrildi.
Xususan,
virus
tarqala
boshlagan Xubey provinsiyasi
karantinga
olindi, Italiya,
Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy
qilindi, Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi, turli
mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar
joriy qilindi, aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga
qoʻyildi, virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar
eʼlon qilindi. Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim
hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir
koʻrsatdi. Oʻzbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd
etildi.
Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib
chiqardi, sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga
sababchi boʻldi, dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari
yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi. Shuningdek,
Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna
nazariyalari urchidi, turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi,
vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozikabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi
kuzatildi.
Дунёда коронавирус билан боғлиқ вазият*:
⚡Умумий зарарланганлар сони 22 309 785 (+ 260 336)
1. 🇷🇺 Россия ➖ 932 493 (+ 4 748)
2. 🇰🇿 Қозоғистон ➖ 103 300 (+ 267)
3. 🇺🇦 Украина ➖ 94 436 (+ 1 616)
4. 🇧🇾 Беларусь ➖ 69 673 (+ 84)
5. 🇰🇬 Қирғизистон ➖ 42 146 (+ 155)
6. 🇦🇲 Арманистон ➖ 41 846 (+ 145)
7. 🇺🇿 Ўзбекистон ➖ 36 760 (+ 660)
8. 🇦🇿 Озарбайжон ➖ 34 474 (+ 131)
9. 🇲🇩 Молдова ➖ 30 789 (+ 412)
10. 🇹🇯 Тожикистон ➖ 8 131 (+ 32)
*-2020 йил 19 август ҳолатига
O‘LAT (TOUN).
O‘lat(toun) juda xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, kuchli intoksikatsiya
boshlanishi va limfa tugunlari, teri, o‘pka va boshqa organlarning yallig‘lanishi bilan
ta’riflanadi. Odamzodga ma’lum bo‘lgan kasallik larning eng qo‘rqinchlisi va eng
ko‘p qirg‘in keltiradigani o‘latdir.
Etiologiyasi.O‘latni
qo‘zg‘atuvchi
mikrobni
1894
yildagi
Gonkong
epidemiyasi vaqtida Iersen va Kitazatolar topgan. Jersinia pestis deb ataladigan bu
mikrob ichki tomoni yoysimon bo‘lib ketgan uzun bochkaga o‘xshaydi. Tashqi
muhitda chidamli, bir qadar past haroratda, masalan, -20 darajada ham ko‘paya
oladi. Quritish, isitishga sezuvchan. 60 daraja issiqda 30 minutda, 100 daraja issiqda
esa darhol halok bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Tabiiy sharoitda o‘lat mikroblari yovvoyi kemi ruvchi
hayvonlarda(yumronqoziq, kalamushlar) uchraydi. Bu hayvonlar o‘lat mikroblari
saqlanadigan manba hisoblanadi. Ko‘pincha bu hayvonlar o‘latning o‘tkir formasi
oqibatida halok bo‘lib ketadi, lekin ba’zan ularda o‘lat surunkali formada o‘tadi va
muayyan bir joyda infeksiya uzoq muddat saqlana oladi.
O‘lat asosan transmissiv yo‘l bilan – burgalar chaqqan paytida yuqadi. Burga
o‘lat bilan og‘rigan kemiruvchi hayvonni chaqqanda, uning qoni bi lan burganing
hazm yo‘liga o‘lat mikroblari tushib, shu erda ko‘payadi. Ana shu burga odamni
chaqqanda odam terisiga birtalay o‘lat mikroblari tu shadi. Burga chaqqan joyni
qashilganda mikroblar teri ostiga kiradi va shunday qilib kasallik yuqadi. O‘lat
kontakt yo‘li bilan ham yuqadi. Masalan, kemiruvchi hayvonlarning terisini
shilayotganda odam terisi yoki shilliq pardasining yorilgan, tirnalgan joyidan o‘lat
mikrobi kiri shi mumkin. O‘latning o‘pka formasi havo-tomchi yo‘li bilan ham
yuqadi. Nihoyat, o‘lat bilan og‘rigan hayvon(tuya) go‘shtini iste’mol qilganda
kasallik alimentar yo‘l bilan ham yuqadi.
O‘latdan sog‘aygan odamda umrbod saqlanadigan immunitet paydo bo‘ladi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 3-6 kun, o‘latga qarshi emlatganlarda
8-10 kungacha cho‘ziladi. G.P.Rudnev o‘latning quyidagi klinik formalarini
ajratadi:
A. 1) teri; 2) bubon; 3) teri-bubon formasi.
B. 1) birlamchi septik formasi; 2) ikkilamchi septik formasi.
V. 1)birlamchi o‘pka formasi; 2) ikkilamchi o‘pka formasi; 3) ichak formasi.
O‘lat to‘satdan boshlanadi. Bemorning badani titrab, harorati 39-40 drajagacha
ko‘tariladi va bu isitma 3-10 kun davom etadi. Isitma bilan bir qatorda intoksikatsiya
ham boshlanada. Bemorning darmoni quriydi, boshi aylanib qattiq og‘riydi.
Ishtahasi yo‘qoladi, tashna bo‘ladi. Ko‘ngli aynib, qon aralash qayt qiladi.
Muskullari, umurtqa pog‘onasi, orqasi og‘riydi. Bemorning yuzi qizargan, salqigan
va ko‘zlari qip-qizil bo‘ladi. Badani quruq va issiq, petexiyalar ko‘zga tashlanadi.
YUrak chegarasi kenga yib, tonlari bo‘g‘iq eshitiladi. Qon bosimi pasayadi, kuchli
taxikardiya aniqlanadi. Til oppoq karash bilan qoplanadi. Ba’zan bemorning qorni
og‘riydi, taloq kattalashadi. Bemor bezovtalanadi, ko‘pincha alahlaydi, yurganda
gandiraklaydi. Qonda neytrofil leykotsitoz bo‘ladi.
Teri formasi. O‘lat mikrobi kirgan joyda kichkina dog‘ paydo bo‘la di. Keyin
bu dog‘ papula, vezikula va pustulaga aylanadi. Pustula yoril gach, o‘rni yara bo‘lib,
uzoq vaqtgacha bitmaydi. O‘latning teri formasi ju da kam (3-3% hollarda) uchraydi.
Mikrob kirgan joyda o‘lat karbunkuli paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda terida
gemorragik va pustulyoz toshmalar uchraydi.
Bubonli formasi. O‘latning bubonli formasida yuqori harorat va intoksikatsiya
bilan bir qatorda bemorning limfa tugunlari shishib, kattalashadi va og‘riydi.
Zararlangan limfa tugunlari kasallikning ikkin chi kunidan boshlab qo‘lga unnaydi,
keyin ular tez kattalashadi, tovuq tuxu midek bo‘lib qoladi yoki bundan ham
kattalashadi. Limfa tugunidagi yallig‘ lanish jarayoni teri osti to‘qimasiga ham
o‘tadi. 6-8 kundan so‘ng bubon yiringlaydi, og‘riq kamayadi, teri ko‘kimtir tus oladi.
Bubonda flyuktuatsiya aniqlanadi. 8-12-kun bubon yoriladi va ko‘p miqdorda sariq-
yashil rangli quyuq yiring chiqadi. Bubon yorilgach, harorat pasayadi va 10-12
kunlari yara bitib, o‘rni yamoq bo‘lib qoladi. Ba’zi hollarda bubon yiringlamaydida,
6-7 kunlardan boshlab sekin-asta kichrayadi va shishi kamayib, yo‘qolib ketadi.
Bo‘yin limfa tugunlarida bubonlar rivojlanganda kasallik juda og‘ir o‘tadi.
Birlamchi septik formasi.O‘latning bu formasida odamning teri yokishilliq
pardasi orqali ko‘p miqdorda kuchli patogen o‘lat tayoqchalari kirishi organizmning
himoya vositalarini engib qonga tushishi natijasida kasallik birdaniga boshlanadi.
Qisqa inkubatsion davrdan so‘ng (bir necha soatdan 1-2 kungacha davom etadi)
bemorning eti uvishib, qaltiraydi, harorat ko‘tari ladi, badanida ko‘pincha
gemorragik toshma ko‘rinadi. Pulьsi juda tez uradi(har daqiqada 150-160), ba’zan
sanoqqa kelmaydi. Ba’zi hollarda meningo ensefalit belgilari aniqlanadi. Ko‘p
o‘tmay infeksion-toksik shok rivoj lanadi va bemor koma holatiga tushib, uzog‘i
bilan 2-3 kun ichida juda kuchli intoksikatsiya va gemorragik sindrom oqibatida
halok bo‘ladi. O‘latning sep tik formasidan bemorning sog‘ayishi juda kam
uchraydi.
Birlamchi o‘pka formasi. Bu o‘latning eng og‘ir formasidir. U to‘satdan
boshlanadi. Bemorni eti uvishib, qaltiraydi va xarorat ko‘tariladi va boshi qattiq
og‘riydi, ko‘kragi sanchadi, yo‘taladi. Yo‘talganda oldin tiniq shilim shiqdan iborat,
keyin qon aralash balg‘am tashlaydi. Bemor bezovtalanib, alahlaydi. Uni tekshirib
ko‘rilganda pnevmoniyaga xos alomatlar aniqla nadi. Ammo o‘pkani dukillatib va
eshitib ko‘rilganda belgilar uncha ko‘p bo‘l magani holda, bemorning ahvoli juda
og‘ir bo‘ladi. YUrak juda tez uradi, toni bo‘g‘iq bo‘ladi, nafas ancha tezlashadi,
bemorni yuzi ko‘karadi, pulьsi qo‘ liga ilinar-ilinmas bo‘ladi, so‘ngra bemor behush
xolga tushadi va oxiri o‘lib qoladi.
Ichak formasi. Oxirgi yillar dalillariga ko‘ra, o‘latning ichak formasi septik
jarayon oqibatida yuz beradi. Harorat yuqori darajaga ko‘tariladi, kuchli
intoksikatsiya bo‘ladi. Bemor ko‘ngli aynab, qayt qiladi. Qon va yiring aralash tez-
tez ichi ketadi, qorni og‘riydi, kuchaniq bezovta qiladi. O‘latning ichak formasida
bemor bir necha kun ichida halok bo‘ladi.
Davosi. O‘latga davo qilishda streptomitsin yaxshi natija beradi. O‘latning
bubonli va teri formalaridabemorga bir necha kunduzda 2,5-3,5g dan strepto mitsin
yuboriladi. Harorat pasaygach, bu preparat dozasi ikki barovar kamay tirilib, yana
3-5 kun beriladi. O‘latning septik va o‘pka formalarida streptomitsin oldin kuniga
4,5-5g dan ishlatilib, harorat pasayganidan keyin yana 5-7 kun davomida har kuni
2-2,5g dan yuborib turiladi.
Streptomitsin har 8 soat oralab in’eksiya qilinadi. Streptomitsin o‘rni ga
neomitsin (kunlik dozasi 2 mln TB), oksitetratsiklin (kunlik dozasi 3-6 mln TB)
ichishni buyurish ham mumkin. SHuningdek, morfotsiklin, ampitsil lin, ampioks
ham qo‘llaniladi. O‘latga har xil kasalliklar qo‘shilganligida kefzol,sseporin,
oksatsillin, metitsillin beriladi. O‘latning septik for malarida streptomitsin (kundalik
dozasi 2 000. 000 TB) bilan bir vaqtda xlortetratsiklin (kundalik dozasi 2 g gacha)
buyuriladi. Ikki xil antibiotik berilganda ulardan har birini dozasi ikki barovar
kamaytirish mumkin.
Antibotiklar davolash kursi 7-10 kun davom etadi.
O‘lat bubonlari tezroq yo‘qolib ketish uchun bevosita bubon ichiga har kuni bir
martadan streptomitsin (500. 000 TB) yoki ampitsillin (0,5 g) yuborib turiladi.
Intoksikatsiyani
kamaytirish
uchun
Ringer
eritmasi,
neokompen
san,
reopoliglyukin, izotonik glyukoza eritmasi qo‘llaniladi. Kuchli intok sikatsiyaga
qarshi glyukokortikoidlar(kuniga 100-150 mgdan prenizalon) beriladi. Bemorlarga
askorbinat kislotasi(1kunda 1,5-2 gdan), V1, V6, V12, K vitaminlarini berish zarur.
O‘latning bubon formasidan sog‘aygan bemor isitmasi tushganidan boshlab
hisoblaganda 2 haftadan keyin kasalxonadan chiqariladi.
Profilaktikasi. O‘latning tabiiy o‘choqlarini yo‘qotish uchun kemiruv chilarning
inlariga zaharli moddalar sepiladi. O‘lat diagnozi aniqlangach, bemor darhol
kasalxonaga yotqiziladi, bemor yashagan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya,
deratizatsiya o‘tkazilib, bu joyda 6 kun muddatga karantin e’lon qilinadi. Bemorga
yaqin yurgan odamlar 6 kun davomida vrach nazoratida bo‘ladi, har kuni 3 marta
ularning harorati o‘lchanib turiladi. Ehtiyot shart yuzasidan ularga streptomitsin
tayinlanadi. O‘lat o‘chog‘ida ishlaydigan tib biy xodimlar shaxsiy profilaktika
qoidalariga rioya qilishlari kerak, ular albatta o‘latga qarshi maxsus kiyim kiyib
ishlashlari zarur. Biror kishi o‘lat bilan kasallansa, yoki o‘lat epidemiyasi boshlanib
qolgudek bo‘lsa, o‘sha joyda yashovchi aholining hammasi (2 yoshli bolalardan
boshlab) o‘latga qarshi emlanadi. Vaksina in’eksiya qilingach, bir haftadan so‘ng
immunitet paydo bo‘ladi. Immunitet bir yilgacha davom etadi.
Kuydirgi. (sibirь yarasi)
Zoonozlar (hayvonlardan yuqadigan) guruhiga kiradigan o‘tkir yuqumli
kasallikdir.
Etiologiyasi: Kuydirgini qo‘zg‘atuvchi mikrobni birinchi marta 1855 yilda shu
kasallikni nobud bo‘lgan ot organizmidan rus olimi Brauelar topgan. Kuydirgi
mikrobi (Bacteriya anthacis) uzunligi 5-8mkm., yo‘g‘onligi 1-1,5 mkm. keladigan
tayoqchadir. Mikroskop ostida zanjirga o‘xshab qator bo‘lib joylashadi.
Tayoqchaning vegetativ formasi yuqori temperaturada va turli dezinfeksiyalovchi
moddalar ta’sirida bir necha minut ichida halok bo‘ladi. Sporalari esa tashqi muhitga
juda chidamli, qaynatilganda 30 minutdan keyingina parchalanadi. Tuzlangan
go‘shtlarda uzoq saqlanadi. 70S dagi issiqda sporalar bir necha soatgacha halok
bo‘lmaydi.
Epidemiologiyasi:Kuydirgi kasalligining manbai uy hayvonlari, asosan katta va
mayda shoxli hayvonlar, shuningdek otlar hisoblanadi. Kuydirgi bilan og‘rigan
hayvonlar kasallik mikroblarini axlati va siydigi bilan tashqariga chiqaradi. Hayvon
o‘lgandan so‘ng uning terisi, juni, ichki organlari va qoni uzoq muddat yuqumli
bo‘lib turadi. Odamlarga kasallik tirik yoki o‘lik hayvonlardan yuqadi. Kuydirgi
hayvonga yaqin yurganda, parvarish qilganda osongina yuqadi. Kuydirgidan o‘lgan
hayvon terisi va junidan tayyorlangan har xil mo‘yna buyumlar orqali ham yuqishi
mumkin. Kuydirgi asosan cho‘pon, veterinar xodimlari, qushxona, teri zavodi
ishchilari, mo‘ynado‘zlarda uchraydi.
Patogenezi – Kuydirgi mikrobi organizmga shilingan teri, me’da ichak shilliq
pardalari va havo yo‘llari orqali o‘tadi. Odam organizmiga kirgan kuydirgi
tayoqchasining vegetativformasini bir qismini fagotsitlar yutib oladi (fagotsitoz),
kolganlari limfa va qon orqali organizmiga tarqaladi. Kuydirgi mikroblari jigar,
taloq, o‘pka, ichak devori, teri osti biriktiruvchi to‘qimasiga etib boradi. Keyinchalik
shu organlarda ular organizmni himoya kuchlari ta’sirida halok bo‘ladi yoki
infeksiya
o‘choqlarini
paydo
qiladi.
Bemor
organizmda
pretsipitinlar,
agglyutininlar, komplementni biriktiruvchi antitelalar hosil bo‘ladi. O‘lgan bemor
jasadi yorib tekshirilganida qon quyilib, qorayib qolganligi, jigar va taloq
kattalashganligi, to‘q – qizil rangdaligi ko‘rinadi. Boshqa organlarga qon quyiladi.
Gemorragiya yuz bergan joylarda ko‘plab kuydirgi tayoqchalari topiladi.
Klinikasi – Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 6 – 8 kungacha
cho‘ziladi, o‘rtacha 2 – 3 kun davom etadi.
Klinik turlari: teri va septik turi.
Teri turida kuydirgi karbunkuli (pustulamaligna) deb ham yuritiladi. Kuydirgi
karbunkuli ko‘pincha, badanning ochiq erlarida (yuz, bo‘yin, qo‘llar) joylashadi.
Kuydirgi tayoqchasi kirgan joyda avvalo qizil tuguncha (papula) paydo bo‘ladi. Bu
tuguncha tez orada pufakchaga (vezikula) aylanadi.
Pufakcha ichida qon aralash seroz suyuqlik bo‘ladi. Pufakcha yorilgach, o‘rnida
yara paydo bo‘ladi, bu yara tezda qotib, quriydi va qo‘ng‘ir rangli qora qo‘tir bilan
qoplanadi. qora qo‘tir og‘rimaydi, lekin asta-sekin kattalashib boradi. Qora qo‘tir
atrofida mayda pufakchalar paydo bo‘ladi, bu kuydirgiga juda xarakterlidir.
Kuydirgi karbunkuli atrofidagi ancha joy shishib chiqadi.
Kasallikning birinchi kuni bemor badani qaqshab, ozgina bosh og‘riydi,
darmonsizlik seziladi. Ikkinchi kuni bemor eti uvishib, qaltiraydi va tana harorati
39-40ga ko‘tariladi, bosh og‘rig‘i kuchayadi, uyqu buziladi, taxikardiya
aniqlaniladi. Harorat 5-6kundan so‘ng pasaya boshlaydi, bemorning ahvoli
yaxshilanadi, karbunkul ham qayta boshlaydi: avval shishi kamayadi, 2-3 hafta
oxirida qora qo‘tiri ko‘chib tushadi va tagida chandiq ko‘rinadi.
Kuydirgi og‘ir o‘tganda kasallikning ikkilamchi septik xili boshlanishi mumkin.
Septik xili juda kam uchraydi. Kasallik alimentar yoki havo-tomchi yo‘li bilan
yuqqan hollarda paydo bo‘ladi. Ba’zan teri xilining asorati tarzida ham uchraydi.
Septik turi birdaniga boshlanadi. Bemor eti uvishib, qaltiraydi, harorati 39-40ga
ko‘tariladi. Tez-tez nafas oladi, taxikardiya aniqlanadi. Ko‘pincha bemorning biqini
sanchib, yo‘taladi va qon aralash balg‘am tashlaydi. Tekshirib ko‘rilganda
pnevmoniya va ekssudativ plevrit belgilari aniqlanadi. Ba’zan infeksion toksik shok
yuz beradi. Bemorning qoni va balg‘amida juda ko‘p kasallik mikroblari topiladi.
Ba’zi bemorlar ko‘ngli aynab, qon aralash qusadi, qorni qattiq og‘riydi, qon aralash
ichi ketadi. Ba’zi hollarda bemorda meningoensefalit belgilari paydo bo‘ladi.
Septik xilida bemorning ahvoli ko‘pincha og‘ir bo‘ladi. Tana harorati 40-41ga
ko‘tariladi, bemorning ahvoli birdan og‘irlashib, qayta-qayta qaltiraydi, kuchli
taxikardiya va terida gemorragik toshma paydo bo‘ladi, shilliq pardalarga qon
quyiladi, bemor qon aralash balg‘am tashlaydi.
Bemor oldin sopor, keyin koma holatiga tushib, o‘lim yuzaga keladi.
Laboratoriya diagnostikasi :
1. Bakteriologiya usul. Pufakcha suyuqligi, septik xilida bemor qoni, balg‘ami,
axlati, siydigi maxsus ozuqa muhitlariga ekiladi.
2. Bakterioskopik – tekshirishga kerak bo‘lgan materialdan surtma tayyorlanib,
bo‘yaladi va mikroskop ostida ko‘riladi.
3. Biologik usul – tekshiriladigan materialni fiziorlogik eritma bilan 10 barobar
suyultirib, undan 0,1-0,2ml olinadi va oq sichqon yoki dengiz cho‘chqasining terisi
ostiga yuboriladi. Ular 10 kun kuzatiladi. Agar materialda kuydirgi mikrobi bo‘lsa,
hayvonlarda sepsis rivojlanib, 1-3 kunda o‘ladi.
4. Allergik reaksiya – 0,1 ml mikrobdagi antraksin bemor qo‘li terisi orasiga
yuboriladi. 24-49 soatdan shu joydayallig‘lanish alomatlari bo‘lsa, reaksiya ()
bo‘ladi. Qizargan va shishgan joyining sathi 15 mm gacha bo‘lsa, reaksiya sal (),
10-25 mm bo‘lsa (), 20-40 mm va undan yuqori ( deb baholanadi.
Qiyosiy tashxis-teri turini oddiy karbunkul va o‘latdan farqlash kerak. Oddiy
kabunkul og‘riydi, o‘rtasida yiringli uchi ko‘rinadi, uning atrofi qizargan bo‘lib,
sarg‘ish rangi qora qo‘tir xosil hosil bo‘ladi.
O‘latningteri xili qattiq og‘riydi, o‘rtasidagi qora qo‘tir atrofida mayda
pufakchalar bo‘lmaydi. SHish kuydirgidan ancha kam bo‘ladi.
Kuydirgini septik turini o‘latning o‘pka formasidan farqi, o‘lat bilan
kasallangan bemor balg‘amida kuydirgi tayoqchalari topilmaydi.
Davolash:1. Penitsillin 6-24 mln TB 7-10 kun 6-9 mahal kuniga.
2. Septik xilidassefalosporin, levomitsetin, natriy
suksinat, gentamitsin buyuriladi.
Sefalosporin –4-6 g.
Levomitsetin natriy suksinat 3-4 g.
Gentamitsin 240-320 mgdan buyuriladi.
3. Gamma globulin kasallikning engil xilida 20 ml dan
o‘rta og‘ir va og‘ir xilida 40-80 ml dan tayinlanadi.
4. Ahvoliga qarab plazma, alьbumin vena ichiga tomchilab.
5. Teri xilida jarrohlik usullarini qo‘llash man etiladi.
Profilaktika
-
Infeksiya manbalarini yo‘qotish.
-
Hayvonlar bilan ish olib boradiganlar maxsus vaksina bilan emlanadilar.
-
Bemor kasalxonada alohida xonaga yotqaziladi.
-
Bemor uyi dezinfeksiya qilinadi.
-
Bemor bilan kontaktda bo‘lganlar 8 kun nazorat ostida bo‘ladilar.
-
Kuydirgidan halok bo‘lgan hayvon vaodam jasadi kuydiriladi yoki maxsus
tobitga solib 2 metr chuqurlikka ko‘miladi.
- Infeksiya o‘chog‘ida bo‘lganlar gammaglobulin va penitsillin qilinadi. (7-
10 kun) keyin vaksina bilan emlanadi.
- VABO (XOLERA).