BANKLARNING KREDITLASHTIRISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Yuklangan vaqt
2024-03-02
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
39
Faytl hajmi
323,0 KB
BANKLARNING KREDITLASHTIRISH FAOLIYATINI
TAKOMILLASHTIRISH
Reja:
Kirish
1. Banklarni kredıtlash amalıyotı va tashqı
ıqtısodıy faolıyatnıng
o‘zaro
munosabatı va kredıt operatsıyaları
2. Banklarni imtiyozli asoslarda kreditlash amaliyotining mohiyati va iqtisodiy asoslari
3. Banklarning kreditlash faoliyatini takomillashtirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
3
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, mulkchilik
shakllari rivojlanishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni faollashtirish zarurati,
bank ishining erkinlashtirilishi kredit xizmatini ko‘rsatish va iqtisodiyotni
moliyalashtirishning yangi xizmatlarini amaliyotga kiritilishini talab qildi.
Respublika bank tizimi oxirgi yillarda sezilarli darajada rivojlandi, moliyaviy
salohiyati bir necha barobarga o‘sdi, mijozlarga bank xizmatlari xususan kredit
xizmatlari ko‘rsatish sifati davr talabi darajasiga ko‘tarildi, bundan tashqari banklar
o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishning bir qator zamonaviy va samarali turlarini joriy
qilishdi, jumladan, kredit xizmatlarining faktoring va skoring operatsiyalari, plastik
kartochkalar bilan operatsiyalar onlayn kartalar, klik xizmatlari, shuningdek, eng
zamonaviy bank xizmatlaridan internet-bank, mobil-bank kabi operatsiyalarni misol
sifatida keltirish mumkin.
Tijorat banklari iqtisodiyotga kreditlar ajratishni yildan-yilga kengaytirib
borayotganligi va bu boradagi ishlarni yanada oshirish yuzasidan Prezidentimiz
Shavkat
Miromonovich
Mirziyoev
O‘zbekiston
Respublikasining
yanada
rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasida alohida e’tibor qaratib shunday
deyiladi: “ banklarining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlab,
istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish1” asosiy vazifamiz hisoblanadi.
Hozirgi paytda banklarning kredit portfeli salmog‘i va tarkibida jiddiy
o‘zgarishlar yuz bermoqda, banklarimiz tomonidan iqtisodiyotni real sektori
korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Shu bilan birga mamlakatimiz tijorat banklari kredit amaliyotlarida ba’zi
muammolar mavjud bo‘lib ular:
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezindenti Sh. M.Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni. PF-4947-son 2019 yil 7 fevral.
4
Birinchidan, hozirda tijorat banklarining kredit xizmatlariga bo‘lgan jami
taklifining ushbu xizmatning aholi va tadbirkorlar tomonidan berilgan jami talabini
to‘liq qondira olmayotganligi.
Ikkinchidan, tijorat banklari tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga
kredit xizmatlarini xususan, imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlari ko‘rsatishda faol
tijorat banklariga imtiyozlar berish mexanizmi mavjud emasligi.
Uchinchidan, muammoli kreditlar. Ushbu kreditlarni iloji boricha kamaytirish
uchun avvalo kreditlarni skoring qilishni mamlakatimiz barcha banklarida (hozirda
ba’zi banklar foydalanadi) joriy qilish, bunda faqatgina mijoz faktorini xisobga
olmasdan inson omolini qo‘shishimiz zarur. Bundan tashqari xozirda “garov
reestri”ga faqatgina garovlarni registratsiya qilmasdan kafilliklarni ham qo‘shish
lozim. Fikrimizcha ushbu orqali muammoli kreditlarni kamaytirish mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib tijorat banklarining kredit operatsiyalarini
o‘rganishni, takomillashtirish xamda ushbu jarayonni tahlil qilishni lozimligini
ko‘rsatadi. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishning maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishning asosiy
maqsadi bo‘lib tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Qo‘yilgan maqsad quyidagi vazifalarni ilmiy yechimini asoslab berishni taqozo
etadi:
tijorat banklari kreditlash amaliyotining mohiyati va iqtisodiy asoslarini
tadqiq etish va nazariy takliflar ishlab chiqish;
tijorat banklari kreditlash tizimining huquqiy asoslarini tahlil qilish va
xulosalar chiqarish;
tijorat banklari kreditlash amaliyotining xususiyatlarini yoritib berish;
aholi tadbirkorlik salohiyatini oshirishda tijorat banklari kreditlash
amaliyoti tahlili;
Kurs ishining predmeti bo‘lib tijorat banklari tomonidan kreditlash
jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
5
Kurs ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishi natijalari, xulosa va
takliflari tijorat banklari kredit operatsiyalarini takomillashtirish borasidagi nazariy
va amaliy bilimlar doirasini kengaytiradi. Bitiruv malakaviy ishning amaliy
ahamiyati undagi taklif va amaliy tavsiyalardan respublikamiz tijorat banklari
amaliyotida kredit operatsiyalarini samarali tashkil etishda foydalanish mumkinligi
bilan belgilanadi.
Shuningdek, kurs ishi materiallaridan oliy o‘quv yurtlarida “Bank ishi”,
“Kreditlash operatsiyalari va siyosati”, “Tijorat banklari resurslarini boshqarish”,
“Kredit tavakkalchiliklari va ularni boshqarish” kabi fanlarini o‘qitishda manba
sifatida foydalanish mumkin.
Kurs ishining tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxatidan tashkil topgan, umumiy hajmi 40 betdan iborat bo‘lib, unda jami 9ta
rasm va 2 ta jadvallar mavjud.
Birinchi rejada tijorat banklari kreditlash amaliyoti va tashqi iqtisodiy
faoliyatning o‘zaro munosabati asoslari yoritilgan, O‘zbekiston Respublikasi tijorat
banklari imtiyozli kreditlash amaliyotining holati va tahlil qilingan, va O‘zbekiston
Respublikasi tijorat banklari kreditlash amaliyotining takomillashtirish yo‘nalishlari
yoritib berilgan.
6
1. Tıjorat bankları kredıtlash amalıyotı va tashqı ıqtısodıy faolıyatnıng
o‘zaro munosabatı va kredıt operatsıyaları
Kredit qadimdan ma’lum bo‘lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo
bo‘lgan bo‘lib, kredit avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog‘liq jarayonlarni
o‘zida ifoda etgan. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli
bo‘lmaydi, naqd pul ma’lum muddatdan so‘ng ega bo‘lishi mumkin. Bu vaqt
oralig‘ida tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin. Shu va boshqa
holatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va
tovar muomalasining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan
bog‘liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo
bo‘ldi. Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy
funksiyasi bo‘lib pul egalari va unga vaqtincha muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi
vositachilikdir. Hozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo‘lgan maxsus
ixtisoslashgan muassasalar-banklar tomonidan amalga oshirilmoqda. Kreditning
imkoniyati va zarurligi shu bilan bog‘liqki korxonalar mahsulot sotishda,
xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o‘z pullarini
banklarda saqlashi va boshqa hollarda vaqtinchalik bo‘sh bo‘lgan pul mablag‘lari
bo‘lgani holda boshqa korxona va tashkilotlarda o‘z faoliyatlarini uzluksizligini
ta’minlash uchun tegishli pul mablag‘iga ehtiyoj sezadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga va aholiga kreditlar berish tarixan tijorat
banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Tijorat banklarining paydo
bo‘lish tarixiga bag‘ishlangan ilmiy kurs ishi larga ko‘ra, banklar birinchi navbatda
kredit operatsiyalarini bajarish zaruriyati tufayli yuzaga kelganligini guvohi
bo‘lamiz. Aksariyat mualliflarning qarashlariga ko‘ra, banklar tovar-pul
munosabatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda emas, balki keng ko‘lamdagi
kredit operatsiyalarini amalga oshirish zaruriyati tufayli paydo bo‘lgan.
Dastlabki banklarning xodimlari shuni tushunib yetdilarki, harakatsiz yotgan
yirik miqdordagi pul mablag‘larini vaqtinchalik foydalanishga berish orqali katta
7
miqdorda daromad olish mumkin. Shu sababli, kreditni berishva uning qaytarilishini
ta’minlash masalasi yuzaga keldi. Dastlabki davrlarda kreditlar uchun garov sifatida
kemalar, tovarlar, nodir metallar, uy-joylar va qullardan foydalanildi.
Tijorat banklarining yuzaga kelishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan qator ilmiy
kurs ishi larda banklarning faoliyatida mijozlarga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish
kredit operatsiyalaridan keyin yuzaga kelganligi o‘z isbotini topgan4.
Ma’lumki, kredit to‘g‘risidagi nazariyalar, jumladan, kreditning qiymat
nazariyasi, kapitallashuv nazariyasi o‘tgan asrning boshlarida yaratilgan. Shu
sababli, mazkur nazariyalarda kreditdan foydalanishning hozirgi zamon sharoitidagi
xususiyatlari inobatga olinmagan.
Holbuki, hozirda kreditdan foydalanish shart-sharoitlarida sezilarli o‘zgarishlar
yuz berdi. Bu o‘zgarishlar, bizning nazarimizda, birinchi navbatda, xalqaro bank
amaliyotida keng qo‘llanilayotgan Bazel talablari bilan bog‘liq. Bunda kredit riskini
boshqarishga nisbatan belgilangan talablarni kuchayishida, dunyoning ko‘plab
davlatlarida kreditning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi salmog‘ining sezilarli
darajada o‘sayotganligida, kreditlashning nisbatan yangi shakllaridan foydalanish
ko‘lami kengayayotganligida va kredit ta’minotiga nisbatan belgilangan talablarni
kuchayishida namoyon bo‘lmoqda.
Kredit qiymatning harakati ekanligi hamda bu harakatni tovar va pul
ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berishlik, muddatlilik, to‘lovlilik asosida berish
natijasida yuzaga kelishi ko‘pgina yetakchi iqtisodchi olimlarning ilmiy
izlanishlarida o‘z aksini topgan.
4 Бортник М.Ю. Денежное обращение и кредит капиталистических стран.- Москва:Финансы, 2018.
8
Sobiq ittifoq davrida kreditning iqtisodiy kategoriya ekanligi qator olimlar
tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan. Kreditning iqtisodiy kategoriya
ekanligi Yu.Shenger, M.Usoskin, M.Atlas, G.Shvars, V.Geraщenko, I.Levchuk,
O.Lavrushin, N.Valenseva, I.Mamonova, V.Ribin, M.Yampolskiy va boshqa
olimlarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ayrim mualliflarning kredit munosabatlariga
bag‘ishlangan ishlarida tahlil qilish jarayonida kredit termini, kreditlash jarayoni
ko‘rsatib o‘tilgan. Ayni vaqtda, ushbu kategoriyaga berilgan ta’rifdan kredit va
kreditlash faoliyati to‘g‘risidagi, kreditning makrodarajada faqat bir tomonlama
emasligi isbotlangan. Kreditning funksiyalari, harakat qonunlari va oxir-oqibat uning
iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni haqida to‘laqonli ma’lumot beruvchi nazariyalar
shakllangan.
Aksariyat
olimlarning,
xususan,
O.Lavrushin,
I.Levchuk,
V.Ribin,
Yu.Shengerlarning5 fikricha, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida qiymatning ssuda
kapitali shaklidagi harakatidir. Shunisi xarakterliki, iqtisodiy adabiyotlarda kredit
tushunchasining o‘zi bir-biridan farqlanuvchi ikki shaklda talqin etiladi.
Birinchidan, kredit pul mablag‘larini ma’lum muddatga qaytarib berishlik va foiz
to‘lashlilik shartlari asosida berishni anglatadi. Ikkinchidan, kredit so‘zi tarjima
qilinganda “ishonch” degan ma’noni anglatishini inobatga olsak, mijozning kredit
to‘loviga layoqatliligi kreditorning unga ishonish imkoniyati sifatida tushuniladi.
Shu sababli, kredit banklar uchun nafaqat pul mablag‘larini mijozga berishni, balki
boshqa bir qator amaliyotlarni, jumladan, bank tomonidan mijoz majburiyatlari
bo‘yicha kafolatlar berishni ham anglatadi. Bunda banklar tomonidan ko‘pchilik
hollarda kreditni berish va mijozning majburiyatlarini kafolatlash o‘rtasida mavjud
bo‘lgan aniq farqlar hisobga olinmaydi.
Mamlakatimiz iqtisodchilaridan Sh.Abdullayeva kreditga quyidagicha ta’rif
5Лаврушин О.И. Кредит как стоимостная категория социалистического воспроизводства. - Москва: Финансы и
статистика, 2018. -173 с.; Левчук К.И.Ссудный фонд и кредит. - Москва: Финансы и статистика, 2020 -109 с.; Рыбин
В.И. Кредит как экономическая категория социализма. - Москва: Мысль, 2019.-252 с.
9
beradi. Kredit – bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini pul egasi yoki boshqalar
tomonidan ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish
yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir6.
Mamlakatimiz iqtisodchilaridan yana biri D.A.Saidovning fikricha kreditga
eng maqbul ta’rif bu – mablag‘larni ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan
qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan iqtisodiy munosabatlar
majmuasidir7.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Kredit” tushunchasi to‘g‘risida yana
to‘xtaladigan bo‘lsak, kreditning ssuda kapitali harakatining shakli ekanligini
ko‘rish mumkin. Ayrim hollarda kredit tushunchasiga “qarzga berilayotgan ssuda
(tovar, pul ko‘rinishida) tijorat ishonchi” deya ta’rif berilishini guvohi bo‘lamiz.
Bizning fikrimizcha, kreditga eng maqbul ta’rif bu – daromad olish maqsadida
mablag‘lar (yoki tovar)ni shartnoma asosida ma’lum muddatda ma’lum foizi bilan
qaytarish sharti bilan pul (yoki tavar)ni olish va qaytarib berish bilan bog‘liq
munosabatlar hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda kredit faoliyatining ob’ekti va sub’ektiga ta’rif berish
orqali iqtisodiy faoliyat turiga kiruvchi va asosiy maqsadi daromad olishga hamda
o‘z manfaatlariga erishishga yo‘naltirilgan faoliyatga kredit faoliyati sifatida ta’rif
berilgan. Kredit faoliyati deganda kredit munosabatlari qatnashchilarining
manfaatlarini ko‘zlab, ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan hamda bank
xizmatlari va operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan faoliyatning yig‘indisini
tushunishimiz mumkin. Kredit faoliyati kredit resurslariga ehtiyojni qondirishga
yo‘naltirilgan qayta taqsimlashni amalga oshirish hamda kredit faoliyatining
sub’ektlari uchun daromad olish imkonini beradi.
Kredit faoliyati barcha manfaatdor taraflarga real foyda keltiradi. Qarz
oluvchilar ma’lum bir muddatga o‘zlarining tijorat, ishlab chiqarish va boshqa shu
kabi manfaatlariga yetishish maqsadida yirik pul kapitalidan foydalanish imkoniga
6Pul, kredit va banklar. Sh. Abdullayeva Toshkent 2023 y
7 D.A.Saidov. Tijorat banklarining kreditlash amaliyoti va uni takomillashtirish yo‘llari. Monografiya. – Toshkent.
2021 yil.
10
ega bo‘ladilar. Kreditorlar esa foiz ko‘rinishida daromad oladilar. Bundan tashqari,
kredit faoliyati ishlab chiqarishga investisiyaning kirib kelishini rag‘batlantiradi,
progressiv tarkibiy siljishlarga turtki bo‘ladi. Bugungi kunda kredit iqtisodiyotni
makrodarajada tartibga solishning muhim vositalaridan biriga aylangan. U milliy
valyuta va baholar barqarorligini, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash kabi birlamchi
masalalarni hal etishda yordam beradi. Shunday qilib, kredit faoliyatini ikki sub’ekt
- qarz oluvchi va qarz beruvchilarning bo‘lishini taqozo etadigan amaliyot deyish
mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’ektlari iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanish uchun doimo qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadilar. Ana
shunday pul mablag‘larining manbalari banklarning o‘z va jalb qilingan mablag‘lari
bo‘lishi mumkin. Korxonalar mablag‘ yetishmovchiligidan qiynalayotgan hollarda
kredit resurslari bozoriga murojaat qilishga majbur bo‘ladilar.
Kredit munosabatlarini rivojlanish jarayonida kreditning ikki asosiy nazariyasi
shakllangan bo‘lib, ular naturalistik va kapital yaratuvchiliknazariyalaridir. Ushbu
nazariyalarni o‘rganish alohida qiziqish uyg‘otadi va foydadan holi bo‘lmaydi.
Naturalistik nazariyaning asoschilari ingliz iqtisodchilari A.Smit va
D.Rikardolardir. Fransuz iqtisodchilari J.B.Sey, F.Bastiya hamda amerikalik
iqtisodchi D.Mak-Kulloxlar ham ushbu nazariya tarafdorlaridir. Ular yaratgan
g‘oyaning mazmuni shundan iboratki, iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larni yig‘ish
orqali keyinchalik qayta taqsimlanadigan ssuda fondi tashkil etiladi, mablag‘lar
natural ko‘rinishda qayta taqsimlanadi. Kredit ishlab chiqarishga bog‘liq ravishda
puldan foydalanish huquqlarining o‘zgarish jarayoni yuz beradi. Bu nazariyaning
asosiy xulosalari quyidagilardan iborat:
-kredit ob’ekti bo‘lib natural, ashyoviy boyliklar hisoblanadi;
- kredit o‘zida natural boyliklarning harakatini aks ettirganligi sababli
jamiyatdagi mavjud moddiy boyliklarni qayta taqsimlash usulihisoblanadi;
11
- kredit passiv rolga ega bo‘lishi sababli tijorat banklari faqatgina vositachi
bo‘ladilar xolos.
Naturalistik nazariya tarafdorlari kreditga bir-biriga qarama - qarshi bo‘lgan
ta’riflar berishgan. Ularning fikricha, bir tomondan kredit ishlab chiqarish natijasida
hosil bo‘ladigan real kapitalni yaratmaydi va kreditning ishlab chiqarishga
bog‘liqligini ko‘rsatib, foizning daromad o‘zgarishi va dinamikasiga bevosita
bog‘liqligini uqtiradilar. Ikkinchi tomondan esa kredit va uning yaratuvchisi
bo‘lmish banklarning ahamiyatini tushunmaslik bilan bir vaqtda kredit kapitalning
o‘sishiga va shu bilan birga undagi qarama -qarshiliklarining kuchayishiga ham olib
keladigan ikkilamchi xarakterini tushunib yetmaganlar.
Kreditning kapital yaratuvchilik nazariyasining asosiy konsepsiyalari ingliz
iqtisodchisi Dj.Lo tomonidan shakllantirilgan. Uning fikriga ko‘ra, kredit takror
ishlab chiqarish jarayoniga bog‘liq bo‘lmasdan, u iqtisodiyotda hal qiluvchi bo‘lgan
o‘rinni egallaydi. Kredit mamlakatning ishlatilmayotgan barcha ishlab chiqarish
imkoniyatlarini harakatga keltira olishi, boylik va kapital yarata olishi mumkin,
bunda banklar vositachilar emas, balki kapital yaratuvchilari bo‘ladilar.
Resurslarni qayta taqsimlash maxsus vositachilar – ya’ni, yangi pul
yaratuvchilari bo‘lmish banklar orqali amalga oshirilishiga asosiy urg‘u beriladi.
Mijozlarning hisob raqamlarida saqlanayotgan mablag‘larni banklar nazariy
jihatdan o‘z hohishlariga ko‘ra ishlata olmaydilar. Bu mablag‘lar bankka emas, balki
mijozga tegishlidir. Lekin aynan bir ob’ektga turli tomonlar egalik qila olmaydilar,
kreditning hajmi nazariy jihatdan hech qanday cheklanish (chegara)larga ega
emasligi sababi bu pullarning sof generatsiyasi banklardir.
Xorijlik iqtisodchilar – I.Shumpeter, A.Gan, Dj.Keyns, R.Xoutrilar XX asr
boshlarida kapital yaratuvchilik nazariyasi tarafdorlari bo‘lib maydonga chiqdi.
I.Shumpeter va A.Ganlar kredit kapitalni ham yaratadi deya banklarni o‘ta qudratli
deb hisoblaganlar. Ular kredit cheksiz bo‘lishi mumkin, demakki u yaratadigan
depozit va kapital ham cheksiz bo‘ladi deb hisoblashgan. Ularning fikricha,
inflyatsion kredit takror ishlab chiqarish jarayonini, iqtisodiy rivojlanishni
12
harakatga keltiruvchi kuch hisoblanib, iqtisodiy o‘sishga doimo turtki berib turadi.
J.Keyns nazariyasi kreditning kapital yaratuvchilik qobiliyatiga asoslangan8.
Bunda kredit iqtisodiy o‘sishni belgilab beruvchi omil sifatida qaralgan.
Iqtisodiyotni kredit orqali boshqarishning asosiy tamoyillari asoslab berilgan. Shu
sababli ishlab chiqarishni va iste’mol bozorini rag‘batlantirish uchun ssuda foizini
kamaytirish orqali investisiyaning ko‘payishi (kengayishi)ga erishish zarur, shart-
sharoit yaratish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish va iste’mol
talablarining oshishiga hamda ishsizlikning kamayishiga olib keladi. J.Keyns ssuda
kapitalini pulga tenglashtirgan va foiz darajasini umumiy muomaladagi pul miqdori
orqali aniqlagan. Uning biroz keyin yaratgan konsepsiyasiga ko‘ra pul foizga ta’sir
ko‘rsatadi, foiz – investisiyaga, investisiya – ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish –
daromadga, daromad esa narxga ta’sir qiladi. Ayni vaqtda, pul massasi foizga
ma’lum bir darajagacha ta’sir qiladi, foiz esa har doim ham investisiyaga istalgan
shaklda ta’sir qila olmaydi.
Kapital yaratuvchilik nazariyasining keyingi rivoji monetarizm nazariyasida
o‘z aksini topdi. Monetarizm nazariyasi (ta’limotchilari) vakillari AQShda
M.Fridmen, P.Rouz, A.Berns, Fransiyada J.Ryueff, GFRda O.Faytlardir. Ushbu
nazariyaning yetakchi namoyondasi bo‘lib, M.Fridmen hisoblanadi. Uning
konsepsiyasiga ko‘ra iqtisodiyotni boshqarishning asosiy instrumenti kredit emas,
balki pul massasi hamda foiz stavkalarining o‘zgarishidir.
Kredit yordamida iqtisodiyotning to‘lov vositalariga bo‘lgan ehtiyoji
ta’minlanadi, pul mablag‘larini faol to‘lov oborotidan chiqib qolishiga barham
beriladi, iqtisodiyotning kapitallashuv darajasi oshadi. Ayni vaqtda, kreditning
iqtisodiyotga va u orqali jamiyat hayotiga salbiy ta’siri ham mavjud. Masalan,
iqtisodiyotga haddan ziyod ko‘p kredit ajratilsa, bu holat inflyatsiyaning
kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin. M.Fridmenning fikriga ko‘ra, tijorat banklari
tomonidan iqtisodiyotni kreditlashni keskin oshirib yuborilishi pullar taklifini
kuchayishiga va shuning asosida baholarning o‘sishiga olib keladi.
8 Кейнс Дж. М. Общая теория занятости процента и денег. Пер. с англ. - Москва: Прогресс, 2020. -297 с.
13
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kredit vositasida pullarni xo‘jalik aylanmasiga
kiritish har qanday holatda mumkin. Naqd pulsiz o‘tkazmalar sharoitida Markaziy
bank ham, tijorat banklari ham texnik jihatdan istalgan miqdordagi pulni muomalaga
chiqarishi mumkin. Ammo tijorat banklarining naqd pulni muomalaga chiqarish
imkoniyati cheklangan. Chunki muomaladagi naqd pul miqdori Markaziy bank
balansining passividagi majburiyatlar summasidan oshmaydi va naqd pulni emissiya
qilish vakolati faqat Markaziy bank zimmasidadir.
Markaziy bank muomalaga chiqaradigan to‘lov vositalari uning balansini aktiv
qismi doirasida amalga oshiriladi, tijorat banklarining imkoniyati esa, ularning
likvidliligiga nisbatan belgilangan talablar bilan chegaralanadi.
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tashkil qilish, uning samaradorligini
ta’minlash xususidagi masalalar to‘g‘risida to‘xtalib, D.MakNoton rivojlanayotgan
mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biri
kreditlarni garov ta’minoti asosida berishni odatiy hol sifatida qabul qilishdir, degan
xulosaga keldi.9 Uning fikriga ko‘ra, garov sifatida olinadigan mulkning sotilish
bahosi kredit va uning foizini qaytarishga yetishi lozim. Bu esa, mulkni doimiy
ravishda qayta baholab turishni taqozo qiladi. Bizning fikrimizcha, olimning mulkni
davriy baholash to‘g‘risidagi fikri respublikamiz amaliyoti uchun ham juda muhim
hisoblanadi. Chunki mulklarning joriy bahosini tez-tez o‘zgarish holati
mamlakatimizning xo‘jalik amaliyotiga xos bo‘lgan holat hisoblanadi.
Hozirgi kunda respublikamizda milliy valyuta kursining chet el valyutalariga
nisbatan doimiy ravishda o‘sib borish tendensiyasini hamda baholarning muntazam
o‘sishini inobatga olgan holda kredit uchun garov sifatida qabul qilingan mol-mulk
bahosini har oy yoki har chorak yakuniga qayta baholashni yo‘lga qo‘yish zarurdir.
V.Usoskin o‘zining “Zamonaviy tijorat banki: operatsiyalari va boshqarish” nomli
monografiyasida tijorat banklari kreditlash amaliyotining asosiy jihatlarini tadqiq
qilgan. U kurs ishi natijalariga asoslangan holda, bir qator ilmiy xulosalarni
shakllantirgan. Ana shunday muhim xulosalardan biri mijozni bank tomonidan
kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash orqali kredit riski darajasini sezilarli
14
darajada pasaytirish mumkinligidir10. Uning fikriga ko‘ra, kredit liniyasi orqali
mijozni kreditlashda kompensasion qoldiqdan foydalanish orqali mijozni nisbatan
past foiz stavkasida kreditlash mumkin. Bu esa, kredit riskini kamayishiga, kreditni
qaytish ehtimolini oshishiga olib keladi.
Fikrimizcha, kompensasion qoldiq xalqaro bank amaliyotida mijozning kredit
to‘lovi bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirish vositasi sifatida o‘zini oqlagan. Uni
respublikamiz bank amaliyotida qo‘llash kredit liniyasining mijoz uchun qulay
kreditlash shakli sifatidagi ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilgan bo‘lar edi.
D.Polfreman, F.Fordlar muallifligidagi “Osnovi bankovskogo delo” kitobida
mijozning kredit yig‘ma jildini o‘rganishga e’tiborni kuchaytirish kreditlash
amaliyotini samarali tashkil etishning muhim omili sifatida qaralgan11.
Hozirgi zamon jamiyatida banklar ko‘p sonli va xilma - xil moliyaviy xizmatlar
ko‘rsatadigan muassasaga aylandi. Ular orqali iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash,
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish operatsiyalari, korxonalarga tegishli
mulklarni boshqarish operatsiyalari va boshqa bir qator moliyaviy operatsiyalar
amalga oshirilmoqda. Biroq shunga qaramasdan kredit operatsiyalari tijorat banklari
uchun birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan operatsiya sifatida saqlanib qolmoqda.
Respublikamiz bank amaliyotida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining 2022 yil 17 iyuldagi 578-sonli «O‘zbekiston Respublikasi tijorat
banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi» nomli yo‘riqnomasiga asosan
o‘rta muddatli kreditlar toifasi bekor qilindi12.
Aksariyat
mamlakatlarda,
jumladan,
G‘arbiy
Yevropaning
ko‘pgina
mamlakatlarida kreditlar muddatiga ko‘ra uch turga: qisqa, o‘rta va uzoq muddatli
10 В.М.Усоскин. Современный коммерческий банк: управление и операции. - Москва:ВАЗАР-ФЕРРО», 2019
11 Д.Полфреман, Филип Форд. Основы банковского дело. Пер. с англ. - Москва:ИФРА-М, 2018.
12O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi.-Toshkent: Yangi asr avlodi,
2020.
15
kreditlarga bo‘linadi. Bunda qisqa muddatli kreditlar jumlasiga bir yil muddatgacha
beriladigan kreditlar, o‘rta muddatli kreditlarga bir yildan besh yilgacha va uzoq
muddatli kreditlarga besh yildan ortiq muddatga beriladigan kreditlar kiritiladi.
Qisqa muddatli kreditlash bu kreditlash ob’ektlari, kreditlash metodlari, ya’ni
kreditlash tamoyillari bo‘yicha kredit berish va qaytarish usullariga asoslangan
holda kreditning kapital aylanishida qatnashishi tushuniladi.
Banklarning qisqa muddatli kreditlashni tashkil qilish turli mamlakatlarda
davlatning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga asoslanadi. Ya’ni, banklar uchun mijoz
va bank talablarini, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari, shuningdek, milliy
tarixiy bank ishlarini hisobga olish zaruriyatini bildiradi.
Xorijiy va milliy iqtisodchilar kreditning mohiyati va roliga nisbatan turli xil
nazariy yondashuvlarga ega bo‘lsalarda, ularning barchasi banklarni qisqa muddatli
kreditlashni tashkil qilish asosini korxonaning to‘lov aylanmasi qonuniy ekanligi
bilan bog‘lashadi13.
Mamlakat tijorat banklarining kreditlash amaliyotida korxonalarda o‘z aylanma
mablag‘larining keskin yetishmovchiligi, biznesini rivojlantirishga va yangi
texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha yetarlicha mablag‘ga ega emasligi banklar
tomonidan kreditlashni rivojlantirishning dolzarbligini belgilaydi.
Tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli kreditlar – bu, qurilish, qayta qurish,
ishlab chiqarish va ijtimoiy yo‘nalish ob’ektlarini texnik qayta jihozlash, texnika,
texnologiya hamda uskunalar sotib olish, asosiy podani shakllantirish, ko‘p yillik
ekinlar xarajatlari bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish hamda boshqa
investisiya maqsadlariga mo‘ljallangan kreditlardir.
Uzoq muddatli kreditlar asosan, asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va
ular bilan bog‘liq sohalarni ta’minlashda ishlatiladi. Hozirgi davrda bank kredit
13 Левчук К.И. Эффективность краткосрочных кредитных вложений. - Москва: Финансы и статистика, 2018.
-109 с.;Лаврушин О.И. Банковское дело: современная система кредитования. Учеб. пос. / под. ред. О.И.
Лаврушина. - Москва: КНОРУС, 2020. -256 с.; Qoraliev T.M. va boshqalar. Xo‘jalik yuritishning hozirgi
bosqichida kredit mexanizmi va banklar. –Toshkent, 20201. -80 b.; Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –
Toshkent: Moliya, 2021. - 348 b.
16
qo‘yilmalarining asosiy qismini uzoq muddatli kreditlar tashkil qilib, ular kapital
qo‘yilmalarini, loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida davlatimiz
iqtisodini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar
xo‘jalik tashkilotlari tomonidan quyidagi ob’ektlar uchun jalb qilinishi mumkin:
– qayta tiklashga kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun;
– harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va modernizatsiya qilish bilan
bog‘liq xarajatlar uchun;
– yangi qurilish va qo‘shimcha yuqori samarali tadbirlar bo‘yicha xarajatlarni
amalga oshirish uchun;
– yangi fan, ilmiy texnika sohasida kurs ishi lar olib borish va yutuqlarini
ishlab chiqarishga joriy qilish uchun va boshqalar.
Uzoq muddatli kreditlar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, qonunchilikda
ko‘zda tutilgan tartibda ro‘yxatga olingan yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lmish
xo‘jalik sub’ektlariga beriladi.
Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan uzoq
muddatli kreditlar miqdori yildan yilga oshib bormoqda. Shu sababli tijorat banklari
oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu, kredit resurslarini samarali joylashtirish va
ularni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun avvalam bor kreditlash jarayonini
to‘g‘ri tashkil etish, mijozni moliyaviy ahvolini har tomonlama o‘rganish muhim
hisoblanadi.
2. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning moliyaviy
mexanizmlari
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror va muvozanatlashtirilgan
o‘sishini ta’minlashda ichki va tashqi sharoitlardan kelib chiqqan holda,tashqi
iqtisodiy faoliyatni (TIF) boshqarish siyosatini to‘g‘ri tanlash muhim o‘rin
tutadi.TIFni boshqarish siyosatida tarif va notarif usullardan foydalanish darajalari
mamlakat iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha
17
bo‘ladi.O‘zbekiston jahon bozoriga chiqib faol tashqi savdo siyosatini amalga
oshirishi uchun yuqorida ta’kidlangan usul va vositalardan imkoni boricha
qayishqoq grafik shaklda, milliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlaridan kelib
chiqib, ularning mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilgan tashqi savdo
siyosatini amalga oshirishi maqsadga muvofiq. Buning uchun taraqqiy etgan
mamlakatlar xususan, Yaponiya tomonidan qo‘llanilayotgan usul va vositalarni
doimiy tahlil etish,ularni O‘zbekiston sharoitiga muvofiq keladiganlarini
o‘zlashtirib olish lozim. Jahon savdosi erkinlashib borishi bilan barcha rivojlangan
davlatlar notarif usullardan ichki bozorlarini himoyalash yoki tashqi bozorda
faoliyat ko‘rsatayotgan eksportchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘llashga
harakat qilmoqdalar.
1-rasm. Tashqi savdoni notarif usulda tartibga solish choralari14:
Zamonaviy hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirda davlatlar, Xalqaro savdo
ishtirokchilari, jahon importining umumiy hajmining18-30 foiziga nisbatan notarif
14 Трошкина Т.Н. Нетарифные меры в системе государственного регулирования международной торговли
(на примере развитых стран). Автореф.дис...... канд. экон. наук. – М.: 2020.
18
tartibga solish choralarini qo‘llashmoqda. Ayni paytda, barcha rivojlanayotgan
davlatlar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun (ba’zi
mamlakatlarda
jami
importning
40%
miqdorida)
notarif
to‘siqlardan
foydalanadilar15.
Rus kurs ishi chisi T.N. Troshkina xalqaro savdoda davlatlar tomonidan TIFni
tartibga solishda notarif choralarning ma’lum bir usullarini qo‘llash orqali bir
tomondan TIFni boshqarish bo‘yicha milliy mexanizmlarning tashkiliy-huquqiy
asoslarigato‘la mos keladigan, boshqa tomondan esa ichki bozorni himoya qiluvchi
eng maqbul himoya chorasiga ega bo‘lishini tushuntirib bergan. Kurs ishi chi
tashqisavdoni notarif boshqarishni tasniflaydi.
Umuman olganda xalqaro savdoda mahsulotlarga qo‘llaniladigan notarif
usullarning mavjudligi, har bir mamlakatning o‘z milliy ishlab chiqaruvchilarini
qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro savdoda mahsulotlarini raqobatbardoshliligini
ta’minlashga olib keladi.
2-rasm. Dunyodagi savdo cheklovlarining tuzilishi16.
15 Дудин С.Г., Толстова А.З., Суровцева Е.С. Доверие в макроэкономике.// Экономика: теория и практика.
2021. №2 (38). С. 44-49.
16 Manba: https://i-tip.wto.org ma’lumotlari asosida tuzilgan.
19
Butun jahon savdo tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kundagi
savdo cheklovlarining tuzilishida texnik to‘siqlar 51,2% (qadoqlash va markerlash,
xom-ashyoni sertifikatlash qoidalari va tartibiga oid talablar va standartlar kiradi),
sanitar
va
fitosanitar
chora-tadbirlar
37,7%
(o‘simliklar
va
o‘simlik
mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun O‘zbekiston Respublikasi
o‘simlik karantini bosh inspeksiyasi tomonidan ularning xavfsizligini tasdiqlash
uchun beriladigan hujjat), dempingga qarshi tekshirishlar 4,9% (tovarlar bojxona
hududiga real bahosidan past narxlarda olib kirilgan, bunday olib kirish ichki ishlab
chiqaruvchilarga ziyon yetkazgan yoki yetkazish xavfini tug‘dirgan hollarda
qo‘llaniladi), miqdoriy cheklovlar 2,6% (import kvotalari, eksport cheklovlari,
lisenziyalash, taqiqlar, valyuta cheklovlari),maxsus himoyachoralari 1,6% va
boshqa turdagi choralar 1,1%ni tashkil qiladi17.
Shuningdek, Butun jahon savdo tashkilotining tashqi savdoni erkinlashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlariga qaramasdan, jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining
keyingi
to‘lqinlari
sharoitida
tashkilotga
a’zo
mamlakatlar
o‘rtasida
qo‘llanilayotgan notarif chora- tadbirlar,jumladan, sanitar va fitosanitar chora-
tadbirlar soni o‘sib bormoqda18.
2020-2021 yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘llanilgan sanitar va fito sanitar
chora-tadbirlar soni 468 tadan 1681 tagacha, texnik to‘siqlar soni esa 633 tadan 1989
tagacha ortganligini ko‘rsatmoqda. 2020-2021 yillarda mamlakatlarning taraqqiy
etishi va insonlarni iste’mol sog‘lig‘iga bo‘lgan e’tiborning ortishi sababli sanitar va
fito sanitar chora-tadbirlarning 3,6 martaga ko‘payishiga olib keldi.Texnik
to‘siqlarning esa 3 marta ko‘p qo‘llanilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Umuman
olganda, xalqaro savdoda foydalanilgan notarifusullarning qo‘llanilishi o‘rtacha 0,4
foizga ortdi.
17“Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishning innovatsion jihatlari: xorij tajribasi, zamonaviy
tendensiyalar, ustuvor yo’nalishlari”, Respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2017-yil 10-may, -T.: ToshDShI. - 295 b.
18http://i-tip.wto.org/goods/Forms/GraphView. (World Trade Organization)
20
3-rasm. Xalqaro savdoda qo‘llanilgan notarifusullar sonining
o‘zgarishi, birlik19.
O‘zbekiston Respublikasida texnik to‘siqlar, milliy standartlarni ishlab
chiqish tovarlarni sertifikatlash va respublikaning boshqa milliy manfaatlarini
himoya qilish maqsadida qo‘llanilmoqda20.
Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan
rivojlanayotgan mamlakatlar qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari eksportiga
nisbatan qo‘llanilayotgan tariflar kamlik qilsa, ularga nisbatan notarif xarakterdagi
to‘siqlar ham joriy etilmoqda.
Yaponiya misolida mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan eksport
tovarlarga nisbatan notarif to‘siqlarni qo‘llash hollari kuzatilgan. Notarif to‘siqlarni
qo‘llash bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoriga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari,
Yaponiya va Shveysariyani kiritish mumkin21.
TIFda notarif usullardan foydalanish va ularning soniga ko‘ra, Yaponiya
19 Министерство экономического развития Российской Федерации Департамент координации, развития и
регулирования внешнеэкономической деятельности бизнес – путеводитель по Японии. Япония. 2022 год.
20O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 noyabrdagi “Ozonni buzuvchi moddalarni ва
tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni o‘zbekiston respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston respublikasidan
olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” gi 247-son qarori.
21Vahabov A.L., Tadjibayeva D.A., Xajibaknev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqgisodiy munosabatlar. O‘quv
qo‘llanma. - T.Moliya. 2017. - 708 b.
21
yuqori darajada rivojlangan mamlakat hisoblanib, notarif boshqarishning huquqiy
va tashkiliy asoslari mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish va aholi
salomatligini ta’minlashda samarali faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda Yaponiyaning xalqaro savdoda mamalakatlarga qo‘llaydigan
notarifusullari jami 1397 tani tashkil qiladi. Jumladan, texnik to‘siqlar
775 ta, sanitar va fito sanitar chora-tadbirlar 498tani tashkilqiladi. Bundan
ko‘rinadiki, Yaponiya o‘zi import qilayotgan tovarlarni sifatiga jiddiy e’tibor
beradi22.
Yaponiya, asosan olib kiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari-sut va
an’anaviy chorvachilik mahsulotlariga cheklovlar joriy etgan bo‘lib, agar ularning
importi me’yordan oshib ketsa- import bojlarining yuqori stavkalari qo‘llaniladi.
Yaponiyaning “Sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida
importyorlarning majburiyatlari belgilangan bo‘lib, bunda tovarlar importi vaqtida
unga nisbatan vakolatli shaxs oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqatga qo‘shimchalar,
sotish yoki tadbirkorlik faoliyatida foydalanish niyatida olib kelingan tegishli
uskunalar va qadoqlar uchun, Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli
karantin stansiyasi tomonidan tasdiqlangan ruxsatnomani taqdim etishi lozim.
Shuningdek, import haqidagi xabar nomani taqdim etish talabi yuqorida ko‘rsatilgan
mahsulotlar bilan birga Yaponiyaga pochta jo‘natmalari orqali olib kiriladigan
bolalar o‘yinchoqlariga ham tegishli hisoblanadi23.
Bugungi kunda, dunyo mamlakatlarida aholining oziq-ovqatga nisbatan
talabini
qondirish
maqsadida
genetik
jihatidan
o‘zgartirilgan
(GMO)
mahsulotlardan foydalanish ko‘payib bormoqda. Jumladan, "Genetika jihatidan
o‘zgartirilgan organizmlardan foydalanishni tartibga solish orqali o‘simlik va
hayvonot dunyosining biologik xilma-xilligini saqlash to‘g‘risida"gi 2003 yil 18
iyundagi Yaponiyaning №97 sonli Qonuniga muvofiq, GMO mahsulotni olib
22 Соркин, С.Л. Внешнеэкономическая деятельность предприятия: экономика и управление / С. Л. Соркин. –
Минск: Современная школа, 2021. – 283 с.
23 Министерствоэкономического развития Российской Федерации Департамент координации, развития и
регулирования внешнеэкономической деятельности бизнес – путеводитель по Японии. Япония. 2022 год.
22
kiruvchi shaxslar ushbu mahsulotlarni tasarruf etishidan oldin vakolatli vazirlikdan
tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lishi lozim. Mazkur shaxslar Yaponiya hukumatini
GMOlardan foydalanish rejasi va ularning bioxilma-xillikka yetkazishi mumkin
bo‘lgan salbiy ta’siri bilan tanishtirishi kerak.
Bundan tashqari, Yaponiya hukumati har qanday tovarlarga ularni import
qilish bo‘yicha hukumat tasdig‘ini olish majburiy bo‘lgan cheklash choralarini
kiritishi mumkin. (“Tashqi savdo to‘g‘risida”gi Yaponiya Qonunining 52-
moddasi).
Bunday choralar quyidagi sabablarga ko‘ra joriy etilishi mumkin:
tashqi savdo va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishish
uchun;
Yaponiya tomonidan imzolangan shartnomalar va boshqa Xalqaro
bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni adolatli bajarish maqsadida;
Vazirlar Mahkamasining qarorini amalga oshirish uchun;
Yaponiyada tinchlik va xavfsizlikni saqlab qolish uchun cheklovlar qo‘yish
zarur bo‘lganda.
Tovarlar importini cheklovchi hokimiyatning ijro organi Yaponiyaning
iqtisodiyot,savdo va sanoat vazirligi (ISSV) hisoblanadi. Qonun normalariga
muvofiq vazirlikka ba’zi mahsulotlar importini cheklash huquqi berilgan. Shu bilan
birga, har qanday Qonunni buzgan yoki unga muvofiq biron-bir noto‘g‘ri hujjatni
qabul qiladigan importyorga ISSVning buyrug‘i bilan tovarlarni bir yilgacha import
qilishi ta’qiqlanishi mumkin («Tashqi savdo to‘g‘risida»gi Qonunning 53-
moddasi)24.
Bundan tashqari, mahsulotlar importida mamlakat tomonidan qattiq tartibda
o‘rnatilgan sertifikatlash, sifat nazorati inspeksiyasi,texnik xavfsizlikka biotexnik va
boshqa turdagi maxsus standartlardan foydalanadi. Bunda asosan mahsulotlar
sifatiga, xususan, ularning ekologik tozaligiga, tarkibidagi komponentlar miqdori,
24 Министерство экономического развития Российской Федерации Департамент развития и регулирования
внешнеэкономической деятельности бизнес – путеводитель по Японии. Япония. 2017 год.
23
tarkibidagi moddalarning to‘yimlilik darajasiga qaraladi25.
Shu bilan birga, Yaponiyada TIFni notarif tartibga soluvchi barcha normativ
hujjatlar ikki guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruh tashqi savdo rejimini va eksport-importni tartibga solishni
belgilaydi.Unga eksport-import operatsiyalarining bevosita predmeti hisoblanuvchi
hujjatlar va notarif boshqaruvning turli jihatlarini o‘zida aks ettirgan me’yorlar
kiradi.
Ikkinchi guruhga turli ijtimoiy-foydali maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan
huquqiy normalar (masalan, karantin va sanitar choralarni, farmasevtikani, davlat
monopoliyasini, qurol aylanishi ustidan nazorat, avtomobil sanoati mahsulotlari
xavfsizligini oshiruvchi, tarixiy yodgorliklarni asrash choralarinitartibgasoluvchi
vab.) kiradi.
Yaponiyada tashqi savdoni notarifusulda tartibga solish bo‘yicha aniq belgilab
qo‘yilgan normalarning mavjudligi xorijiy investorlarning ikkilanishlarsiz ushbu
davlat hududiga mablag‘ olib kirishiga yordam beradi. Bundan tashqari, TIFni
notarif boshqarish orqali Yaponiya milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi ta’sirlardan
himoya qiladi, aholi salomatligiga zararli mahsulotlar importini cheklaydi hamda
Yaponiyaning hududiga uning ekologik holatiga zarar putur yetkazishi mumkin
bo‘lgan jahon standartlariga mos kelmaydigan mahsulotlarni olib kirilishini oldini
oladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki,O‘zbekiston jahon bozoriga chiqib faol tashqi
savdo siyosatini amalga oshirishi uchun yuqorida ta’kidlangan, tinchlik va
xavfsizlikni, aholi salomatligi, ekologik tozalikni himoya qilishga, mahsulotlar
importi jarayonidagi qonunga hilof harakatlarni oldini olishga yo‘naltirilgan usul va
vositalardan imkoni boricha qayishqoq (egiluvchan) grafik shaklda, milliy ishlab
chiqaruvchilarning manfaatlaridan kelib chiqib, ularning mavqeini yanada
mustahkamlashga qaratilgan tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda foydalanishi
mumkin. Shuningdek,tashqi savdoni tartibga solishda
25 https://i-tip.wto.org (World Trade Organization)
24
mamlakatimizda Yaponiya tomonidan bosqichma-bosqich qo‘llanilayotgan vosita
va usullarni ichki vaziyatidan kelib chiqib, shuningdek, asosiy hamkorlarimizning
biz bilan amalga oshirayotgan investisiyaviy, infratuzilmaviy loyiha va
dasturlarining istiqbolidan kelib chiqib qo‘llash natija beradi, deb hisoblash
mumkin. Demak, Yaponiya tajribasidan kelib chiqib, respublikadagi mavjud siyosiy
va iqtisodiy vaziyatni e’tiborga olib, notarifusulda tartibga solish choralarini
qo‘llash va bu borada doimiy faoliyat yuritadigan idoralararo ishchi guruhini tuzish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bugungi
kunga
kelib
mamlakatimiz
tijorat
banklarining
kreditlash
amaliyotining mohiyati va iqtisodiy asoslari mamlakatimiz iqtisodchilari tomonidan
yetarli darajada tadqiq qilingan bo‘lib, ularni o‘rganib, umumlashtirib bizning
fikrimizcha, kreditga eng maqbul ta’rif bu – daromad olish maqsadida mablag‘lar
(yoki tovar)ni shartnoma asosida ma’lum muddatda ma’lum foizi bilan qaytarish
sharti bilan pul (yoki tovar)ni olish va qaytarib berish bilan bog‘liq munosabatlar
hisoblanadi.
Kredit amaliyoti daromad olish maqsadida mablag‘lar (yoki tovar)ni shartnoma
asosida ma’lum muddatda ma’lum foizi bilan qaytarish sharti bilan pul (yoki
tovar)ni olish va qaytarib berish bilan bog‘liq munosabatlar.
Shunga mos ravishda tijorat banklari kreditlash tizimining huquqiy asoslari
ham yaratilib, ushbu normativlar jahon tajribasini hisobga olgan xolda, ularni
mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari o‘rganib, hozirda jahon andozalariga deyarli
mos tushadigan shaklga keltirilgan.
Bundan tashqari mamlakatimiz rahbarining 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan
2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining «O‘zbekiston
Respublikasining yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi
PF-4947-sonli farmoni asosida barcha sohalarda bo‘lgani kabi keng ko‘lamli
islohatlar amalga oshirilmoqda.
25
3. Tijorat banklarining kreditlash amaliyotidagi mavjud muammolar
Jamiyatning rivojlanishi hamda bozor munosabatlarining qaror topishi ko‘p
sonli banklar va ularning xilma-xil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarga
aylanishiga zamin yaratadi. Banklar orqali iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash,
qimmatli qog‘ozlar va chet el valyutalarini sotib olish hamda sotish operatsiyalari,
korxonalarga tegishli mulklarni boshqarish operatsiyalari va boshqa qator moliyaviy
operatsiyalar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan tijorat banklari faoliyatida
kredit operatsiyalarining o‘rni alohida bo‘lib, birlamchi ahamiyatini saqlab qoldi.
Ayni vaqtda, banklar faoliyatida kreditlash amaliyotining o‘rni va ahamiyati kundan
- kunga oshib bormoqda.
Xalqaro bank amaliyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida kreditlarning yalpi
ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Masalan,G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu ko‘rsatkichning o‘rtacha darajasi 42
foizni, Yaponiyada 64 foizni, Rossiyada 17 foizni tashkil etgan26.
Bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining oshishi
iqtisodiyotning kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini
oshayotganligidan dalolat beradi. Bu jarayon, pirovard natijada, iqtisodiy o‘sish
uchun qulay zamin hozirlaydi. Shunday ekan kreditlash amaliyotining tijorat
banklari faoliyatida tutgan o‘rnini baholashda kredit qo‘yilmalarining YaIMdagi
xamda tijorat banklarining aktivlaridagi salmog‘ini o‘rganish muhim ahamiyat kasb
etadi.
26 Кредитование реального сектора экономики. Материалi круглого стола конференции // Банковское дело. –
Москва, 2020.- №5 -С.3.
26
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining aktivlari va kredit
qo‘yilmalari dinamikasi27, (mlrd. so‘m)
Ko‘rsatkichlar
2017 yil
2018 yil
2019 yil
2020 yil
2021 yil
2022 yil
YaIM
77 751
96600
119000
144900
177400
199300
Aktivlar
27453
35744
43868
56223
65176
80362
YaIMga nisbatan
foizda
35,3
37
36,9
38,8
36,7
40,3
Kreditlar
15652
20392
26530
34809
42685
53379
YaIMga nisbatan
foizda
20,1
21,1
22,3
24
24,1
26,8
Aktivlarga nisbatan
foizda
57
57,1
60,5
61,9
65,5
66,4
Yuqoridagi 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2017-2022 yillar mobaynida
kredit qo‘yilmalari mutlaq miqdorining o‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Ya’ni, kredit
qo‘yilmalari 2017 yilda 15652 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu 2022 yilga kelib
53379 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2017 yilga nisbatan 37727 mlrd. so‘mga yoki
3,4 barobarga oshgan. Shunga mos holda uning YaIMdagi salmog‘i mazkur davr
mobaynida 2017 yilda kredit qo‘yilmalarining YaIMdagi ulushi 20,1 foizni tashkil
etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib esa 26,8 foizni tashkil etgan. Bu ijobiy holat
hisoblanib, bank tizimi aktivlari hisobidan iqtisodiyotni real tarmoqlarini bank
kreditlari bilan ta’minlash imkoniyatini oshayotganligini bildiradi.
Bundan tashqari jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2017–2022 yillar
mobaynida iqtisodiyotning real sektorlariga tijorat banklari tomonidan yo‘naltirigan
kredit qo‘yilmalari va bank aktivlarining dinamikasi keltirilgan. Tijorat banklari
kredit qo‘yilmalari va aktivlari o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan.
27Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlari asosida hisoblandi.
27
Tahlil qilingan davr mobaynida bank kreditlarining aktivlar hajmidagi salmog‘i
o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Ya’ni, 2017 yilda jami bank aktivlari tarkibida
kreditlarning hajmi 57 foizni tashil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib esa 66,4 foizni
tashkil qilgan. Bu ijobiy holat hisoblanadi va tijorat banklari tomonidan iqtisodiyot
tarmoqlariga ajratilayotgan kreditlar hajmini oshayotganligidan dalolat beradi.
Germaniya, Fransiya, Yaponiya va Italiyaning yirik banklarida kreditlarning
aktivlar hajmidagi salmog‘i 62 foizdan 83 foizgacha boradi28.
Dunyoning ayrim yirik tijorat banklari aktivlarining tahlili ko‘rsatadiki,
aktivlar tarkibida kreditlar, salmog‘iga ko‘ra, birinchi o‘rinni egallaydi. Tijorat
banklari yalpi daromadining asosiy qismini kredit operatsiyalaridan olingan
daromadlar tashkil etishini tegishli jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin. Bu esa,
kreditlash amaliyotining banklar faoliyatidagi ahamiyatining yuqori ekanligidan
dalolat beradi.
Banklarning aktivlari tarkibida salmog‘iga ko‘ra ikkinchi o‘rinni qimmatli
qog‘ozlarga qilingan investisiyalar egallaydi. Bu esa, ularning fond birjalaridagi
faoliyati ko‘lamining kengayayotganligidan hamda joriy likvidlilikni yuqori likvidli
qimmatli qog‘ozlar hisobidan ta’minlayotganligidan dalolat beradi. Buning boisi
shundaki, kassali aktivlarning jami aktivlar hajmidagi salmog‘i kichik bo‘lib, yuqori
likvidli qimmatli qog‘ozlar banklar likvidliligini ta’minlashning asosiy vositasiga
aylanib bormoqda.
Xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan andozalarga muvofiq, kreditlar tijorat
banklari aktivlarining tarkibida kamida 60 foizni tashkil etadi.
Respublikamiz bank amaliyotida tijorat banki Boshqaruvi va bank Kengashi
kelishgan holda muddati o‘tgan kreditlarni bankning balansidan chiqarishlari
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga
ajratilgan kredit qo‘yilmalarining o‘sishi qisqa muddatli yoki uzoq muddatli
28 D.A.Saidov. Tijorat banklarining kreditlash amaliyoti va uni takomillashtirish yo‘llari. Monografiya. – Toshkent.
2021 yil.
28
kreditlar o‘sishi evaziga o‘zgarishini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
iqtisodiyotning real sektorlariga beriladigan kreditlarning muddati bo‘yicha
taqsimlanishi, bank resurslarining muddatiga ham bog‘liqdir.
Banklarning kredit qo‘yilmalari tarkibida tijorat banklarining uzoq muddatli
kreditlari ulushini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar tufayli uzoq muddatga
berilgan kreditlarning banklar kredit portfelining umumiy hajmidagi ulushi hozirgi
paytda 80 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda29.
Mamlakatimizda keng ko‘lamli aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan birga
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarni faoliyatini yerkinlashtirish ularga
xar tomonlama ko‘maklashish davlat siyosati darajasida qaralmoqda.
Bu ishlarni amalga oshirishda tijorat banklarining o‘rni beqiyosdir.
Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida
yaratilayotgan kulay ishbilarmonlik muhiti ushbu soha hamda bank faoliyati
chambarchas ravishda rivojlanib borishiga asos bo‘lmoqda. Natijada sohada amalga
oshirilgan chora-tadbirlar bank tizimida erishilgan ko‘rsatkichlar nafaqat xalqaro
umumqabul qilingan me’yorlarga mos keladi, balki ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha
undan ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi.
4-rasm. O’zbekiston tijorat banklari tomonidan ajratilgan investision
kreditlar30 (trln. so‘m)
29 www.cbu.uz sayti ma’lumotlaridan olindi.
30Markaziy bankning yillik hisobotlari
29
Yaratilgan qulay investisiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli
tarkibida
uzoq
muddatli
investisiyaviy
moliyalashning
ulushiga
qarab
tabaqalashtirilgan foyda solig‘i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining
investisiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Jumladan, banklarning investisiya maqsadlariga ajratilgan kreditlari hajmi ham
2021 yilga nisbatan qariyb 1,2 barobar oshib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra
12,2 trln. so‘mni tashkil qildi.
Hukumatimizning kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik
muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish borasida ilgari
surilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirildi va natijada ajratilgan kreditlar hajmi 2022 yilda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 2021 yilga nisbatan 1,3
barobardan ziyodga oshib, qariyb 15,9 trln. so‘mni, shundan mikrokreditlar hajmi
1,3 barobarga ortib, 3,3 trln. so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
5- rasm. O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari tomonidan barcha
moliyalashtirish manbalari xisobidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan
kreditlar, shundan, mikromoliyaviy xizmatlar va “Asakabank” ATB
tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar31. (trln. so‘m)
31Markaziy bankning yillik hisobotlari asosida tayyorlandi.
30
Jumladan, mikrokreditlar hajmi 2,5 trln. so‘mdan oshib, bu ko‘rsatkich ham
o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyodga o‘sdi. Tijorat banklari tomonidan
ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kreditlar
hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar o‘sib, shu yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra
1,2 trln. so‘mdan oshib ketdi.
Shuningdek, banklar tomonidan yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari
bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning biznes loyihalarini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2022 yili mazkur
yo‘nalishga ajratilgan mikrokreditlar 362,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi yoki 2021 yilga
nisbatan qariyb 1,3 barobar o‘sishi ta’minlandi.
6-rasm. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ajratilgan
mikrokreditlar32 (mlrd. so‘m)
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish va
erkinlashtirish borasida erishilgan yutuqlar Jahon banki va Xalqaro moliya
korporatsiyasining tadbirkorlik faoliyatini yuritish shart-sharoitlari bo‘yicha
«Doing Businees - 2022» navbatdagi yillik hisobotida yana bir bor o‘z tasdig‘ini
topdi. 2021 yilning oktabr oyida chop etilgan hisobotga ko‘ra, kreditlash shartlari
bo‘yicha so‘nggi uch yilda mamlakatimizning reytingi 113 pog‘ona, ya’ni 154-
32Markaziy bankning yillik hisobotlari.
31
o‘rindan 42-o‘ringa ko‘tarildi.
Bu esa, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini kengayishida bank
kreditlaridan foydalanishni sezilarli darajada o‘sganligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari tijorat banklari o‘zlarining kredit amaliyotlari orqali
o‘zlarining daromadliligini ta’minlamoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Quyidagi
jadvalda mamlakatimiz tijorat banklarining daromadlari tarkibida kredit
operatsiyalaridan olingan daromadlar ulushini tahlil qilamiz.
2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining daromadlari tarkibida
kredit operatsiyalaridan olingan daromadlar ulushi33
№
Daromadlar
2018
2019
2020
2021
2022
1.
Berilgan kreditlar va boshqa
mablag‘larni
joylashtirishdan olingan
foizlar
56,42
56,87
56,17
57,46
59,76
2.
Komission daromadlar
34,70
33,18
33,91
31,97
29,91
3.
Xorijiy valyutadagi
daromadlar
4,65
4,55
3,43
4,05
4,25
4.
Tijorat operatsiyalaridan
olingan daromadlar
0,02
0,0001
0,0007
0,0008
0,0016
5.
Investisiyadan olingan
daromadlar
0,48
0,91
1,46
1,27
1,07
6.
Boshqa daromadlar
3,78
4,49
5,03
5,25
5,00
JAMI
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari orqali shuni ko‘rish mumkinki, banklarning
daromadlari tarkibida berilgan kreditlar va boshqa mablag‘larni joylashtirishdan
olingan foizlar yuqori salmoqqa ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 56,42 foizni
tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda esa, 59,76 foizni tashkil etmoqda. Banklarning
daromadlari tarkibida tijorat operatsiyalaridan olingan daromadlar va investisiyadan
olingan daromadlar eng past salmoqqa ega bo‘lib, 2020 yilda investisiyadan olingan
daromadlar birmuncha ko‘payib, bu ko‘rsatkich jami
33 Manba: “Ahbor-Reyting” reyting agentligining hisobot ma’lumotlari. (2018-2022)
32
daromadlar tarkibida 1,46 foizga oshgan. 2022 yilda esa, investisiyadan olingan
daromadlar 0,39 foizli punktga pasaygan (2-jadvalga qarang).
Shu bilan bir qatorda, tijorat banklari daromadlari tarkibida komission
daromadlar ham birmuncha yuqori salmoqqa ega bo‘lib turibdi. 2018 yilda tijorat
banklari komission daromadlarining jami daromadlardagi hissasi 34,7 foizni tashkil
etgan bo‘lsa, 2022 yilda esa, bu ko‘rsatkich 4,79 foizli punktga sezilarli ravishda
pasaygan.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari kreditlardan olingan foizli
daromadlarning jami foizli daromadlardagi salmog‘i 60 foizdan kam bo‘lmasligi
kerak, deb hisoblashadi. Buning uchun kreditlarning tijorat banklari aktivlari
salmog‘i ham 60 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Bu holat ayrim tijorat banklarida
salbiy hisoblanadi, ya’ni bank aktivlari tarkibida kreditlarning ulushi 60 foizdan
kamni tashkil etadi.
Mamlakatimiz moliya-bank tizimidagi izchil islohotlar, uni modernizatsiya
qilish va barqarorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlar natijasida tijorat banklari
aktivlari, jumladan, kreditlar hajmida barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Mamlakatimiz banklarining barqaror holati, bank tizimiga bo‘lgan ishonchning
yildan-yilga oshishi hamda aholi real daromadlarining o‘sib borishi aholi va xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilishning
mustahkam asosi bo‘lib qolmoqda.
Shu o‘rinda kurs ishi sifatida o‘rganish maqsadida “Asakabank” ATB faoliyati
tanlandi. “Asakabank” Aksiyadorlik tijorat banki 5 may 2019 yilda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF 3750-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 78-
sonli qaroriga asosan bank tashkil etilib, 2019 yil 13 mayda 37-sonli bank
operatsiyalarini o‘tkazish uchun Respublika Markaziy banki lisenziyasi berilgan.
bugungi kunda 2019 yil 13 maydagi 26-sonli asosiy bank lisenziyasi va 2019 yil
13 apreldagi 27-sonli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi
lisenziya orqali faoliyat yuritib kelmoqda.
33
“Asakabank” ATB tarmog‘i, jumladan 85 ta filial va 110 ta minibanklari 3894
nafar hodimdar respublikamizning barcha mintaqalaridagi jumladan, eng chekka
hududlardagi aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank xizmatlaridan foydalanish
imkoniyatini kengaytirdi va bank mijozlari soni qariyb 403 mingtaga yetdi.
Kreditlash bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bankning
kreditlash siyosati xalqaro tajribaga tayangan holda qarzdorliklarni diversifikatsiya
qilish orqali xatarlilik darajasini kamaytirish hamda bank daromadlilik darajasini
oshirish bilan uning raqobatbardoshlik holatini mustahkamlashga qaratilgan.
Bankning kreditlash bozoridagi ustuvor yo‘nalishi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy
xizmatlar ko‘rsatishdan iborat.
Bank mamlakat iqtisodiyotining real sektorini kreditlashda katta rol egallab,
ushbu muhim yo‘nalishni to‘xtovsiz rivojlantirdi va kredit portfeli hajmini
kengaytirib bordi. 2017 yil boshida bank kredit portfeli 2021 yil boshiga nisbatan
27,6 foizga o‘sgan holda, 1055,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
7- rasm. Bank aktivlari va kredit qo‘yilmalarini o‘sish dinamikasi34
(mlrd.so‘mda)
Bank kredit portfeli umumiy miqdori 1055,1 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
34“Asaka” ATBning yillik hisobotlari asosida tayyorlandi.
35
Bank kredit portfeli sifati yuqori darajada saqlanib kelinmoqda. yillik taqqoslaganda
muammoli kreditlar ulushi deyarli o‘smagan va Bank kredit portfelining 4,0 foizini
tashkil qilgan.
Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini shakllantirish siyosati negizida pul
resurslarining bozor bahosi, shuningdek raqobatchi banklar takliflarining doimiy
monitoringini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida Bank
tomonidan mijozlarga aktual kredit mahsulotlarini bozor bahosida taklif etish
imkonini yaratadi. Kreditlash nuqtai nazaridan asosiy e’tibor ijobiy kredit tarixiga
ega bo‘lgan, asosiy aylanmalari hajmi bankdagi hisobvaraqlari orqali o‘tadigan
korxonalarga qaratilmoqda.
8- rasm. Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kredit portfeli tahlili35
Bankning aktiv amaliyotlarini diversifikatsiyalash siyosati natijasida kredit
quyilmalari iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi, xususan
sanoatga 102,9 mlrd. so‘m, qishloq xo‘jaligiga 414,4 mlrd. so‘m, transportga 5,9
mlrd. so‘m, qurilishga 53,5 mlrd. so‘m, savdoga 87,4 mlrd. so‘m, aholiga maishiy
xizmat ko‘rsatish sohasiga 89,1 mlrd. so‘m va boshqa tarmoqlarga 75,9 mlrd. so‘mni
tashkil qilmoqda ajratildi.
35“Asaka” ATBning 2022 yil yakuniga bag‘ishlangan hisobotlari asosida tayyorlandi.
35
Kreditlarning qaytmaslik xatarini xedjirlash maqsadida Bank yil davomida
kredit portfelini zahiralar bilan qoplanishini ta’minlagan. Mazkur holat kreditlarni
hisobdan chiqarish tufayli foyda miqdorining o‘zgarishlaridan holi bo‘lish,
moliyaviy faoliyatga barqaror shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. 2022 yil
yakuniga shakllantirilgan zaxiralarning kredit portfeliga nisbati 4,7 foiz darajasida
bo‘lgan.
9- rasm. Kredit qo‘yilmasi tarkibi36 (mlrd. so‘m)
Bank tomonidan jami 1055,1 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar, shu jumladan
384,6 mlrd. so‘mi kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan. Bank oxirgi yillarda kichik
biznes sub’ektlarini tashkiliy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash faoliyatini yanada
kengaytirib, bank tizimida yuqori ulushga ega bo‘ldi.
Kreditlash yo‘nalishi bo‘yicha bank o‘z oldiga kredit portfelining o‘sishi, uning
daromadliligi
va
sifati
o‘rtasidagi
mutanosiblikni
ta’minlash,
kreditlash
jarayonlarini maqbullashtirish, mijozlarga mo‘ljallangan ish modelini ishlab chiqish
va tadbiq qilish vazifalarini qo‘yadi.
2019 2020 2021 2022
36
XULOSA VA TAKLIFLAR
Kredit amaliyoti daromad olish maqsadida mablag‘lar (yoki tovar)ni shartnoma
asosida ma’lum muddatda ma’lum foizi bilan qaytarish sharti bilan pul (yoki
tovar)ni olish va qaytarib berish bilan bog‘liq munosabatlar.
Shunga mos ravishda tijorat banklari kreditlash tizimining huquqiy asoslari
xam yaratilib, ushbu normativlar jahon tajribasini hisobga olgan xolda, ularni
mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari o‘rganib, hozirda jahon andozalariga deyarli
mos tushadigan shaklga keltirilgan.
Ularga ko‘ra yangi ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka
tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyatini amalga
oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish
haqining 20 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratish;
Yangi davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi
tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
eng kam ish haqining 60 barobarigacha miqdorda mikrokreditlashga oid qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan ta’minot turlari bilan bir qatorda fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlarining "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11- moddasida ko‘rsatilgan
vakolatlar doirasida kafilligi asosida ajratishni kengaytirish.
Bundan tashqari mamlakatimiz rahbarining 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan
2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining «O‘zbekiston
Respublikasining yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi
PF-4947-sonli farmoni asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohatlar amalga
oshirilmoqda.
Bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining oshishi
iqtisodiyotning kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini
oshayotganligidan dalolat beradi. Bu jarayon, pirovard natijada, iqtisodiy o‘sish
37
uchun qulay zamin hozirlaydi. Shunday ekan kreditlash amaliyotining tijorat
banklari faoliyatida tutgan o‘rnini baholashda kredit qo‘yilmalarining YaIMdagi
xamda tijorat banklarining aktivlaridagi salmog‘i yildan-yilga oshib bormoqda.
Kreditlash bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bankning
kreditlash siyosati xalqaro tajribaga tayangan holda qarzdorliklarni diversifikatsiya
qilish orqali xatarlilik darajasini kamaytirish hamda bank daromadlilik darajasini
oshirish bilan uning raqobatbardoshlik holatini mustahkamlashga qaratilgan.
Bankning kreditlash bozoridagi ustuvor yo‘nalishi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy
xizmatlar ko‘rsatishdan iborat.
Fikrimizcha yuqoridagi tavsiyalar orqali mamlakatimiz tijorat banklari
kreditlash amaliyotini oz bo‘lsada takomillashtirish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni mamnuniyat bilan aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda
ko‘plab dunyo mamlakatlari, hatto rivojlangan mamlakatlardan ham farqli ravishda
tijorat banklarining kreditlash amaliyotlarini takomillashtirish masalasini davlat
orqali qo‘llab-quvvatlash tizimi rivojlangan bo‘lib, bu kelajakda mamlakatiz
iqtisodiyotida raqobatbardosh va har tomonlama jahon bank xizmatlari bozori
talablariga mos keluvchi tijorat banklari tizimini rivojlantirishga muhim turtki
bo‘ladi.
38
FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konctitutsiyasi. T.: O‘zbekistan, 2018 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonuni.
15.11.2019, №O‘RQ-582.
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga
solish
to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonuni. 22.10.2019, №O‘RQ-573.
4.
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar
va
bank faoliyati
to‘g‘risida”gi qonuni. 2019 yil 07 noyabr, №O‘RQ-580.
5.
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov
tizimlari
to‘g‘risida”gi Qonuni. 2019 yil 07 noyabr, №O‘RQ-578
6.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2020 yil
24
yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi.
7.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
«Davlat
aktivlarini
boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital
bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019 yil 14
yanvardagi PF-5630-sonli farmoni
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-
5635-son, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy
rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” farmoni.
9.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Bank
xizmatlari
ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3620
sonli farmoni. 2018 yil 23 mart.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimining moliyaviy
barqarorligini yanada oshirish va investisiyaviy faolligini kuchaytirish chora–
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–1317–sonli qarori. 2010 yil 6 aprel.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Tijorat banklarining
moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 2344- sonli qarori. 2015 yil 6 may.
39
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlikni
rivojlantirish kafolat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2768-sonli
qarori. 2017 yil 10 fevral.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul muomilasini yanada
takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-
kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 2777-sonli qarori. 2017
yil 15 fevral.
14. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
– 488 b.
15. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent:
“O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.
16. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.
17. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash
– yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU,
2017. – 48 b.
18. O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
bankining
“O‘zbekiston
Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi qarori, 31.08.2020, №3281.
19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020 yil 15
fevraldagi 3/12-son qaroriga ilova “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-
kitoblar to‘g‘risida”gi nizomi
20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarida
korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori,
26.02.2019, №943-5.
21. O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
bankining
“O‘zbekiston
Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
40
yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori, 19.03.2019, №2711-4.
22. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari
kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori, 06.03.2019, №2693-5.
23. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. T.: Moliya. 2017 yil. 148-bet.
24. Azizov U.O‘., Qoraliyev T.M. va b. Bank ishi. Darslik. T.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2016 yil, 760 b.
25. Банковское дело. Учебник. Под ред. Проф О.И. Лаврушина – М.:
КНОРУС, 2015. – 768 с.
26. Деньги, кредит, банки. Под ред. Проф. О.И. Лаврушина. – М.:
КНОРУС, 2015. – 560 с.
27. Костерина Т.М. Банковское дело: учебник
для
бакалавров.
М.: Юрайт-Издат, 2012. 345 c.
Internet saytlari
28. www.ahbor-reyting.uz – (“Ahbor-Reyting” reyting agentligi sayti)
29. www.cbu.uz (O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
banki
rasmiy vev sayti).
30. www.lex.uz (O‘zbekiston
Respublikasi
Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi rasmiy vev sayti).
31. www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi rasmiy vev
sayti).
32. https://www.uzse.uz - “Toshkent” Respublika fond birjasi rasmiy sayti
ma’lumotlari.