BAYROG‘IMIZ – G‘URURIMIZ

Yuklangan vaqt

2024-03-30

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

44,5 KB


MAVZU: BAYROG‘IMIZ – G‘URURIMIZ 
 
 
 
Darsning maqsadi: O’quvchilar qalbi va ongiga Vatanga bo’lgan mehr-
muhabbat tuyg’ularini yanada chuqurroq singdirish, ularni vatanimiz tariviga, 
uning boy madaniy merosiga, ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash. Shunday 
aziz Vatanda yashashdan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish.Davlat ramzlari 
muqaddasligini uqtirish 
Darsning turi: Umumlashtirilgan sahna ko’rinishi darsi 
O’qituvchi: -Assalomu alaykum, aziz o’quvchilar! Bugungi mavzumiz 
“Bayrog’imiz – g’ururimiz”. 
 
 
Darsimiz shiori: 
                  Mangu faxrim, e’tiqodu 
                  Nurli iymonim mening, 
                  Zar tuprog’ingni avaylash 
                  Muqaddas burchim mening. 
 
O’zbekiston madhiyasi ijro etiladi. Sahnada Humo qushi ramzi sifatida bir 
o’quvchi qiz paydo bo’ladi 
 
Humo qushi: Bayramona saboqlaringizni eshitib, sizlarni Vatanga bo’lgan 
mehr-muhabbatlaringiz qay darajada ekanligini bilish uchun bu yerga uchib 
keldim. 
 
O’quvchilar: - Xush kelibsan Humo qushi, davramizga marhabo! 
 
Humo qushi: -Men humo qushiman, edim afsona, 
                              Bugun afsonamas qarshingizdaman 
                              Siz bilan bo’lurman yelkama-yelka, 
                              Hur bo’lsin , gullasin shu aziz o’lka 
 
O’qituvchi: - Qani aziz o’quvchilar, aytinglar-chi, Vatan o’zi nima? 
 
1-o’quvchi: -Vatan –ota-onamiz 
 
2-o’quvchi: - Vatan –katta bo’lgan beshigimiz 
MAVZU: BAYROG‘IMIZ – G‘URURIMIZ Darsning maqsadi: O’quvchilar qalbi va ongiga Vatanga bo’lgan mehr- muhabbat tuyg’ularini yanada chuqurroq singdirish, ularni vatanimiz tariviga, uning boy madaniy merosiga, ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash. Shunday aziz Vatanda yashashdan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish.Davlat ramzlari muqaddasligini uqtirish Darsning turi: Umumlashtirilgan sahna ko’rinishi darsi O’qituvchi: -Assalomu alaykum, aziz o’quvchilar! Bugungi mavzumiz “Bayrog’imiz – g’ururimiz”. Darsimiz shiori: Mangu faxrim, e’tiqodu Nurli iymonim mening, Zar tuprog’ingni avaylash Muqaddas burchim mening. O’zbekiston madhiyasi ijro etiladi. Sahnada Humo qushi ramzi sifatida bir o’quvchi qiz paydo bo’ladi Humo qushi: Bayramona saboqlaringizni eshitib, sizlarni Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatlaringiz qay darajada ekanligini bilish uchun bu yerga uchib keldim. O’quvchilar: - Xush kelibsan Humo qushi, davramizga marhabo! Humo qushi: -Men humo qushiman, edim afsona, Bugun afsonamas qarshingizdaman Siz bilan bo’lurman yelkama-yelka, Hur bo’lsin , gullasin shu aziz o’lka O’qituvchi: - Qani aziz o’quvchilar, aytinglar-chi, Vatan o’zi nima? 1-o’quvchi: -Vatan –ota-onamiz 2-o’quvchi: - Vatan –katta bo’lgan beshigimiz
 
3-o’quvchi: - Vatan – yashab turgan xonadonimiz 
 
4-o’quvchi: - Vatan – ta’lim olayotgan maktabimiz. 
 
5-o’quvchi: - Vatan – qishlog’imiz, so’lim go’shamiz 
 
6-o’quvchi: - Vatan- mustaqil O’zbekistonimiz. 
 
O’qituvchi:- Juda yaxshi aziz bolajonlar! Qani Mustaqillik bayrog’ini bir 
ta’riflab beringchi 
Sahnada bayroq ranglariga mos ravishda kiyingan o’quvchilar chiqib 
bayroqni ta’riflaydilar. 
1 – o’quvchi: Ma’lumki, turkiy xalqlar makon tutgan hududlarga islom kirib 
kelishi bilan be yerda yashovchi xalqlarning bayroqlari ham ma’lum 
o’zgarishlarga yuz tutgan. Yangi chiqqan oy va yulduzlar islom dini ramzidir. 
Yashil rang ham Islomning ramzlaridan biri hisoblanadi. 
2 – o’quvchi: Shu ramzlarning u yoki bunisi islom dinini qabul qilgan 
o’lkalar yoki mamlakatlar bayrog’ida hozirgi kunda ham mavjuddir. Agar dunyo 
mamlakatlari bayroqlarini ko’zdan kechirsak, garchi bayroqlar qaysi davlatga 
tegishli ekanligi yozib qo’yilmagan bo’lsa ham, qaysi davlatda islomga e’tiqod 
qo’ygan xalqlar yashayotganini o’sha ramzlardan bilib olamiz. 
3 – o’quvchi: Bayroqning moviy ko’k rangi, osmon va tiniq suv, ya’ni 
ko’kdagi hayot manbalari ramzidir. 
4 – o’quvchi: Oq rang tinchlik va poklikni bildiradi. 
5 –o’quvchi: Yashil rang yashnab turgan hayot va hosildorlikni ifodalaydi. 
6 – o’quvchi: Qizil chiziqlar har bir tirik jonzot tanasida mavjlanib turgan 
tiriklik manbai – qon ramzi hamda yeru osmonni bir – biriga bog’lab turuvchi 
tiriklik rishtasidir. 
7 – o’quvchi: Yangi oy ko’p yillik an’analarimizga mos bo’lishi bilan birga, 
yangi paydo bo’lgan mustaqillik nishonasi hamdir. 
8 – o’quvchi: Yulduzlar hamma xalqlarda tiniq osmon belgisi, ya’ni saodat 
ramzidir.Ularning 12 ta ekanligi osmondagi 12 ta yulduzlar burji bilan bog’liq. 
 
 
Hamma:- Ulug’lar ruhini shod qilmoq uchun 
                 Aytar bo’lsang so’zni Vatandin aytgin 
3-o’quvchi: - Vatan – yashab turgan xonadonimiz 4-o’quvchi: - Vatan – ta’lim olayotgan maktabimiz. 5-o’quvchi: - Vatan – qishlog’imiz, so’lim go’shamiz 6-o’quvchi: - Vatan- mustaqil O’zbekistonimiz. O’qituvchi:- Juda yaxshi aziz bolajonlar! Qani Mustaqillik bayrog’ini bir ta’riflab beringchi Sahnada bayroq ranglariga mos ravishda kiyingan o’quvchilar chiqib bayroqni ta’riflaydilar. 1 – o’quvchi: Ma’lumki, turkiy xalqlar makon tutgan hududlarga islom kirib kelishi bilan be yerda yashovchi xalqlarning bayroqlari ham ma’lum o’zgarishlarga yuz tutgan. Yangi chiqqan oy va yulduzlar islom dini ramzidir. Yashil rang ham Islomning ramzlaridan biri hisoblanadi. 2 – o’quvchi: Shu ramzlarning u yoki bunisi islom dinini qabul qilgan o’lkalar yoki mamlakatlar bayrog’ida hozirgi kunda ham mavjuddir. Agar dunyo mamlakatlari bayroqlarini ko’zdan kechirsak, garchi bayroqlar qaysi davlatga tegishli ekanligi yozib qo’yilmagan bo’lsa ham, qaysi davlatda islomga e’tiqod qo’ygan xalqlar yashayotganini o’sha ramzlardan bilib olamiz. 3 – o’quvchi: Bayroqning moviy ko’k rangi, osmon va tiniq suv, ya’ni ko’kdagi hayot manbalari ramzidir. 4 – o’quvchi: Oq rang tinchlik va poklikni bildiradi. 5 –o’quvchi: Yashil rang yashnab turgan hayot va hosildorlikni ifodalaydi. 6 – o’quvchi: Qizil chiziqlar har bir tirik jonzot tanasida mavjlanib turgan tiriklik manbai – qon ramzi hamda yeru osmonni bir – biriga bog’lab turuvchi tiriklik rishtasidir. 7 – o’quvchi: Yangi oy ko’p yillik an’analarimizga mos bo’lishi bilan birga, yangi paydo bo’lgan mustaqillik nishonasi hamdir. 8 – o’quvchi: Yulduzlar hamma xalqlarda tiniq osmon belgisi, ya’ni saodat ramzidir.Ularning 12 ta ekanligi osmondagi 12 ta yulduzlar burji bilan bog’liq. Hamma:- Ulug’lar ruhini shod qilmoq uchun Aytar bo’lsang so’zni Vatandin aytgin
 
O’quvchi: - Yetmish yilki shunday qo’rqinch tush ko’rdim, 
                  Zaminda qanotsiz tutqin qush ko’rdim.  
                 Yo’qlikka Qodiriy, Cho’lponlar ketdi, 
                  Abdurauf Fitrat, Elbek, Usmonlarim 
                   Har qaysisi nuri jahonlar ketdi. 
Shundan so’ng o’quvchilardan biri “Vatan yagonadir-Vatan bittadir” qo’shig’ini 
ijro etadi. 
 
O’qituvchi: Rahmat aziz bolajonlarim? Bugun Vatanimizda  mustaqillik 
hukm surmoqda. Mustaqilligimizni asrab-avaylash hammamizning burchimizdir. 
Prezidentimiz tashabbusi bilan  mustaqillikka erishganimizdan buyon har bir yil 
nomlanmoqda. Yilnoma varaqlanganda siz buni yanada chuqurroq bilib olasiz.           
(Yilnoma varaqlanadi) 
 
O’quvchi:- 1991 yil 1 sentabr O’zbekiston mustaqillikka erishdi hamda 
Alisher Navoiy yili deb e’lon qilindi. O’zbekiston Prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi 
va Islom Karimov Prezident etib saylandi. 
 
O’quvchi: - 1992 yil Ahmad Yassaviy yili deb e’lon qilindi va shu yili 
O’zbekiston Respublikasi o’z gerbi va madhiyasiga ega bo’ldi. BMT ga a’zo 
bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
 
O’quvchi: - Men baxtli o’zbekman, ozod insonman,  
 
             Tenglar ichra tengman, taxtim-baxtim yor. 
 
            Men ko’hna jahonman, yangi zamonman, 
                   Xalqim taqdirida o’z  qonunim bor. 
 
O’quvchi: -1993 yil Mirzo Bobur yili deb e’lon qilindi. Shu yili 
O’zbekistonning birinchi ordeni “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.  
 
O’quvchi: - 1994 yil Mirzo Ulug’bek yili deb e’lon qilindi. Xuddi shu yil 
iyulda O’zbekistonimizning milliy valyutasi –so’m muomalaga kiritildi 
 
O’qituvchi: - Shu tariqa mustaqillik yillarining  har bir o’ziga xos nomlar 
bilan atalib, qator jabhalardagi taraqqiyotga ezgu ishlarga bosh bo’ladi. Qani 
bolajonlarim, ana shunday go’zal vatanimiz boyliklari haqidagi bilimlaringizni 
ham bir sinovdan o’tkazsak. 
O’quvchi: - Yetmish yilki shunday qo’rqinch tush ko’rdim, Zaminda qanotsiz tutqin qush ko’rdim. Yo’qlikka Qodiriy, Cho’lponlar ketdi, Abdurauf Fitrat, Elbek, Usmonlarim Har qaysisi nuri jahonlar ketdi. Shundan so’ng o’quvchilardan biri “Vatan yagonadir-Vatan bittadir” qo’shig’ini ijro etadi. O’qituvchi: Rahmat aziz bolajonlarim? Bugun Vatanimizda mustaqillik hukm surmoqda. Mustaqilligimizni asrab-avaylash hammamizning burchimizdir. Prezidentimiz tashabbusi bilan mustaqillikka erishganimizdan buyon har bir yil nomlanmoqda. Yilnoma varaqlanganda siz buni yanada chuqurroq bilib olasiz. (Yilnoma varaqlanadi) O’quvchi:- 1991 yil 1 sentabr O’zbekiston mustaqillikka erishdi hamda Alisher Navoiy yili deb e’lon qilindi. O’zbekiston Prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi va Islom Karimov Prezident etib saylandi. O’quvchi: - 1992 yil Ahmad Yassaviy yili deb e’lon qilindi va shu yili O’zbekiston Respublikasi o’z gerbi va madhiyasiga ega bo’ldi. BMT ga a’zo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O’quvchi: - Men baxtli o’zbekman, ozod insonman, Tenglar ichra tengman, taxtim-baxtim yor. Men ko’hna jahonman, yangi zamonman, Xalqim taqdirida o’z qonunim bor. O’quvchi: -1993 yil Mirzo Bobur yili deb e’lon qilindi. Shu yili O’zbekistonning birinchi ordeni “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi. O’quvchi: - 1994 yil Mirzo Ulug’bek yili deb e’lon qilindi. Xuddi shu yil iyulda O’zbekistonimizning milliy valyutasi –so’m muomalaga kiritildi O’qituvchi: - Shu tariqa mustaqillik yillarining har bir o’ziga xos nomlar bilan atalib, qator jabhalardagi taraqqiyotga ezgu ishlarga bosh bo’ladi. Qani bolajonlarim, ana shunday go’zal vatanimiz boyliklari haqidagi bilimlaringizni ham bir sinovdan o’tkazsak.