BELLASHUVLARNING MAZMUNI VA ULARNI TASHKIL QILISH
USULLARI
Reja:
1. Tanlovlarning mazmuni va ularni tashkil qilish usullari.
2. Ifodali o‘qish konkursini tashkil qilish.
3. “Kimning xati chiroyli?” tanlovini tashkil qilish.
Bugungi navqiron yoshlarimiz yurtimizda demokratik davlat, fuqarolik
jamiyati taraqqiy topgan iqtisodiyot, shular asosida erkin va farorvon hayot barpo
etishda, barcha ezgu orzu-umidlarimizga erishishda Vatanimizning haqiqiy
tayanchi va suyanchi boʻladi.
Yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga katta eʼtibor berish bugungi kundagi eng
dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning barcha
turlarida amalga oshirilayotgan va yana qayta tiklanayotgan turli dasturlarida shaxs
shakllanishiga, uning maʼnaviy kamolotiga, murakkab hayot yoʻlida maʼnaviy
masʼuliyat bilan yashashga oʻrganishni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish
lozim.
Sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati.
Oʻquvchi taʼlim -tarbiyasida sinfdan va maktabdan tashqari ishlar alohida
oʻrin tutadi. Faqatgina sinfda bilim olish bilan chegaralanibgina qolmay, balki turli-
tuman koʻngilochar tadbirlarda, bayram va kechalarda, intellektual oʻyinlarda
ishtirok etish oʻquvchining dunyoqarashini kengaytiradi. Sinfdan tashqari ishlarda
oʻquvchi hushyorlikni, xushmuomalalikni, topqirlikni, tez va aniq fikrlashni
oʻrganadi.
Baʼzi oʻquvchilar borki, ular fanlarga uncha qiziqmaydilar, balki turli
tadbirlarga qiziqib, faol ishtirok etishga harakat qiladilar. Balki bu bolalar noyob
isteʼdod, qobiliyat, mohir talant sohibidir. U oʻzining shu xislatlarini namoyon
qilish uchun imkon topa olmayotgandir. Balki u ajoyib ovoz sohibidir, yoki
betakror moʻyqalam ustasidir....
Ana shunday tortinchoq, biroq isteʼdodli bolalar tanlov va tadbirlarda kashf
etiladi. Bularni harakatga keltiruvchi kuch bu sinfdan tashqari ishlardir.
Sinfdan tashqari ishlar bir necha turlarga boʻlinadi. Masalan, quyidagi
turlarini koʻrsatib oʻtish mumkin:
Seminarlar.
Davra suhbatlari.
Mavzuiy uchrashuvlar.
Musobaqalar.
Ekskursiyalar.
Sahna koʻrinishlari.
Intellektual oʻyinlar.
Loyihalar tanlovi.
Toʻgaraklar.
Koʻrik-tanlovlar.
Aksiyalar.
Bayram tadbirlari.
Tantanali marosimlar...
Seminarlar tashkil etish
Seminar – bu maʼlum mavzuga bagʻishlangan axborotni tegishli soha
mutaxassislariga yetkazish vositasidir.
Seminarning maqsadiga koʻra turlari:
ish tajribalarni ommalashtirish;
kasbiy malaka va mahoratni oshirishga oid maʼlumotlarni yetkazish;
tashkilot yoki jamoa faoliyatiga oid maʼlumotlarni berish;
aniq bir muammoga eʼtiborni qaratish yuzasidan statistik maʼlumotlar tahlilini
berish.
Seminarlarni tashkil etish tartibi:
- mavzuga oid materiallar toʻplash;
- tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
- seminar dasturi va taklifnomasini ishlab chiqish;
- ishtirokchilar roʻyxatini tuzish;
- seminar oʻtish joyini mavzuga oid koʻrgazmalar bilan jihozlash;
- texnik vosita bilan taʼminlash (ekran, proyektor, video-audio magnitofon,
mikrofon).
Seminarlarni tashkil etish davomida qoʻllanilishi tavsiya etiladigan samarali
usullar:
anʼanaviy maʼruza;
taqdimot;
trening-mashgʻulot.
Davra suhbatlarini tashkil etish
Davra suhbati – gʻoyalar yoki maʼlum bir muammo yechimini hamkorlikda
topishning samarali shaklidir. Davra suhbatida ishtirokchilar biror-bir mavzu
boʻyicha oʻz bilimlarini chuqurlashtiradi, mavjud bilimlarni qoʻllash imkoniyatiga
ega boʻladi va jamoada ishlashni oʻrganish orqali taklif etilgan fikrlar orasidan
oqilonasini tanlab olish asosida yagona fikrga kelish koʻnikmalari shakllantiriladi.
Davra suhbati turlari:
gʻoyani rivojlantirishga bagʻishlangan; muammoning yechimini topishga
qaratilgan; global muammolarga jamoatchilik eʼtiborini qaratishga moʻljallangan;
yoshlarning ijod namunalarini namoyish etishga bagʻishlangan.
Davra suhbatlarini tashkil etish tartibi:
Tayyorgarlik davri:
- davra suhbati mavzusini va koʻriladigan masalalarni aniqlash uchun yoshlar
oʻrtasida
soʻrovnoma oʻtkazish;
- qatnashchilarga oldindan mavzuni eʼlon qilish;
- mavzuga oid materiallarni toʻplash.
2. Tashkiliy davr:
- qatnashchilardan guruhlarni shakllantirish;
- davrani olib boruvchini tayinlash;
- olimlar, sanʼat ustalari, tajribali mutaxassislarni jalb qilish;
- mavzuga oid metodik qoʻllanma, adabiyot, maqolalar, statistik maʼlumotlar
bilan taʼminlash;
- ssenariyni ishlab chiqish.
Davra suhbatlarini tashkil etish davomida qoʻllanilishi tavsiya etiladigan
samarali usullar: aqliy hujum; brifing; insert.
Davra suhbatlarini tashkil etishning namunaviy mavzulari:
Mavzuiy uchrashuvlarni tashkil etish
Mavzuiy uchrashuvlar – yoshlarning maʼlum bir tantanali sanaga, qiziqarli
mavzuga yoki biror-bir ijtimoiy ahamiyatli hodisaga bagʻishlangan sohaning yetuk
namoyandalari bilan oʻtkaziladigan tadbiridir.
Mavzuiy uchrashuv turlari:
ijtimoiy ahamiyatli hodisalarni oʻrganish;
sanʼat va madaniyat sohasi bilan tanishish;
fan arboblari va faxriylar, ustozlar ish tajribasini oʻrganish;
huquq-tartibot organlari bilan muloqot;
mudofaa va davlat idoralari vakillari bilan muloqot;
tibbiyot muassasalari vakillari bilan muloqot.
Mavzuiy uchrashuvlarni tashkil etish tartibi:
- uchrashuv dasturini ishlab chiqish va taklifnomalarni tayyorlash;
- olimlar, sanʼat ustalari va tajribali mutaxassislarni taklif etish;
- mavzuga oid koʻrgazmali qurollar bilan zalni jihozlash;
- davrani olib boruvchini tayinlash;
- texnika vositalari bilan taʼminlash.
Mavzuiy uchrashuvlarni tashkil etish davomida qoʻllanilishi tavsiya etiladigan
samarali usullar: brifing; ogʻzaki davra suhbati; anʼanaviy maʼruza;
ilgarilangan maʼruza; taqdimot.
Intellektual oʻyinlarni tashkil etishdan iborat.
Tanlovlarning mazmuni va ularni tashkil qilish usullari
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tavsiya qilinayotgan tadbirlar mavzuining
asosiy maqsadi, mazmuni asosan o’zbekcha to’g’ri talaffuz, imlo va ifodali o’qish
yuzasidan o’quvchilar egallagan bilim va malakalarini takomillashtirish
masalalariga qaratiladi. Аyni maqsadda quyidagi mavzularni tavsiya qilamiz:
1. «Kimning nutqi ifodali?» ruknida eng yaxshi talaffuz uchun sinflar va yaqin
maktablar o’rtasida tanlovlar tashkil qilish.
2. Tanish va notanish matndan ifodali o’qish mashg’ulotlari tashkil etish.
Bunday mashg’ulotlar boshlang’ich taʼlimni bitiruvchilarning tayyorgarlik
darajasiga qo’yiladigan bir daqiqada 70-100 so’z tezligida o’qish (DTS. 252) kabi
minimal talabni bajarishning tajribada sinalgan omillaridan biridir.
3. «Savodxonlikning siri nimada?» ruknida o’zbekqoraqalpoq yoki o’zbek-
qozoq tillarida «Unli tovushlar bahslashadi», «Undosh tovushlar bahslashadi»,
«Qo’shimchalar bahslashadi» kabi mavzularda muloqot, munozara kechalari
o’tkazish: ota-ata; basbos: kelbel: tosh-bosh va shu kabilar. Bu tadbirda didaktik
tamoyilga amal qilish lozim: А-O: huro nimayu, xurmo nima? Yoki amir nimayu
amr nima? Аfzal nimayu abzal nima? meʼyorida murakkablasha boradi. Bu rukn
yozuv, yozma nutqqa qo’yilgan talablarni bajarishda samarador usuldir. (DTS.254)
4. Sheʼrxonlar bellashuvi - mushoira. Bu DTS da boshlang’ich sinf
o’quvchilari uchun meʼyor sifatida taʼkidlangan 20-25 ta sheʼrni yoddan ayta
bilish, 12-15 ta matnni sinfdan tashqari o’qishga daʼvat qiluvchi (DTS. 254) o’yin-
musobaqa xarakteridagi eng samarador omildir.
5. Mohir maqolchilar bellashuvi. Buni tanlagan, yaʼni bahs obʼekti bo’lmish
mavzu doirasidagina tashkil qilgan maʼqul:
a) «Do’stlik» mavzusi bellashudi. I guruh vakili aytadi: Do’stinga qo’shiq ayt,
mehringni qo’shib ayt. II guruh vakili javob beradi: Do’stlik ipi uzilmasin, qonun
yo’li buzilmasin…
b) «Ilm» mavzusi bellashadi.
v) «Odob» mavzusi bellashadi kabilar.
Birinchi bosqichda imloviy malakalarni takomillashtirishga oid sinfdan
tashqari ishlarning eng samaradori didaktik xarakterdagi grammatik o’yinlar
hisoblanadi.
Zero, grammatik o’yin o’quvchining til sezgirligiyu didi va nihoyat, iqtidori,
ijodini namoyish qiluvchi asosiy omildir.Tajribada sinalgan, ijobiy natija berib
kelayotgan, o’quvchilarni til o’rganishga qziqtiradigan didaktik xarakterdagi
grammatik o’yinlar (mavzulari turlari)ga baʼzi bir namunalar:
1. O’rganilayotgan til va ona tili (o’zb-qq, o’zb-qozoq, o’zbturkman) alifbosi
tartibida o’ngdan chapga, chapdan o’ngga bir xil o’qiladigan so’zlarga misollar
(meʼyori tadbir rejasi, dasturiga bog’liq) keltirng va maʼnosini sharhlang. Ularning
har ikki tildagi shaklini (muqobil variantini) xattaxtada yozib ko’rsating, fonetik
farqlarini tushuntiring. Misollar: aka, amma, arra…non, …tut…qochoq.
Mazkur o’yindan tubandagi uch maqsad nazarda tutilmoqda: o’quvchida
so’zga zaruriyat hissini orttirish, o’sha so’zlarning ikki tildagi lug’aviy maʼnosini
o’rgatish, nihoyat, ularning har ikki tildagi imlosini o’rgatish. Zero, o’quvchi daryo
o’rtasida turib suv izlayotgan kimsadir. Daryo to’la suv-o’quvchi chanqoq.
Lug’atlarimiz grammatik o’yinning mazkur turiga alifbo sirasidagi harflardan 2-3
tasi ilgaridan aniq belgilanadi. Chunki bellashuvchilar faqat o’sha harflargagina
so’z topadilar, aksincha o’yin qoidasi buziladi. Ilovalarga qarang.so’zdan to’lib
toshgan; o’quvchi bisotida so’z yo’q. Ijodiy fikr mahsulotini og’zaki va yozma
shakllarda to’g’ri ravon ifodalash uchun o’quvchiga so’z kerak. (А. Q. G’ulomov
«Buxoro muallimi» 2000 yil, №23, 1-15 dekabr).
Fikrimizcha, so’zga chanqoq o’quvchining ehtiyojini qondirishda didaktik
xarakterdagi grammatik o’yin topshiriqlari eng samarador lisoniy-didaktik omildir.
2. Harf miqdoriga ko’ra: «Uchlik», «To’rtlik», «Beshlik» tarzida nomlanadigan
o’yinlar. Bu o’yin o’quvchilarning so’z zaxirasini boyitadi, imloviy
malakalarinimustahkamlaydi, takomillashtira boradi. O’yinning sharti va tartibi:
uch, to’rt, yoki besh marta yozilgan
birinchi qatordagi so’zlar ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi, beshinchi qatorlarda
takrorlanmasligi lozim. Ikkinchidan, «Uchlik», «To’rtlik», «Beshlik» larni chapdan
o’ngga, yuqoridan pastga o’qilganda ayni o’sha so’z kelib chiqishi shart:
1. non non non non non non ota ona opa ost ort ola nok nay nom nam nil nor
2. olma olma olma olma olma olma olma olma lola lo’li lanj lama lavr lavh
lupa lutf mavj maza makr mashq mavr madh mana maosh adib ajib azob amal amin
alif alam alla
3. bodom bodom bodom bodom bodom bodom bodom ovoza ovqat ozg’in
olmosh ozuqa osmon olqish davra dalil darg’a devon do’kon devon
Daroz oshpaz oshxo’r oshko’k oqshom ochqich ochko’z ofto mavzu madad
mayna makka masal muqim muhim
-Bu o’yin ijrosidan nimaga erishdik?
-Keltirilganlarning birinchisidan 7 yoki 17, ikkinchisidan 13 yoki 26,
uchinchisidan 20 ta, jami 40 ta yoki 69 ta so’zning maʼnosi, talaffuzi va imlosi
grammatik o’yin vositasida osongina o’rgatiladi.
Аgar bunga ikkinchi guruhniki ham qo’shilsa, yuzdan ortiq so’zning
maʼnosiyu imlosi va talaffuziga doir mashq bajarilgan bo’ladi. Xuddi shunday, bu
o’yin topshirig’iga ishtirokchilarning ona tili materiallariga ham qiyoslashi,
aniqrog’i, muqobil variantlaridan birini tanlab oddiy tarjima qilishlari ham talab
qilinsa, o’qituvchi beqiyos muvoffaqiyatga erishgan hisoblanishi tabiiy, albatta.
Shuningdek, DTS da belgilangan 700 so’zning faol o’zlashtirilishiga katta
ulush qo’shildi, umumiy o’rta taʼlimda leksika yuzasidan o’zlashtiriladigan 1400
yangi so’zga (DTS. 252, 255) lisoniy baza yaratildi.
3. «Unli tovushlar bahslashadi», «Undoshlar bahslashadi» ruknlarida harf
almashtirish, harflardan birining o’rnini o’zgartirish, harflardan birini tushirish,
harf orttirish kabi grammatik o’yinlar ikkinchi tilni o’rganuvchilarning so’z
boyligini orttirishga qaratilgan samarali didaktik tadbirlardan biri hisoblanadi: toy,
tosh, tol, tok, tor…temir, ko’mir, parcha, archa…barra, arra, malla, alla, patir, atir;
asta, xasta, dasta va sh.k.
O’yinning tartibi va shartlari:
Boshlovchi yoki o’qituvchi guruhlardan o’yinga ishtirok qiluvchilarga o’yin
davomida «Unlini o’zgart, hosil qilingan so’z maʼnosini tushuntir», «Undoshlardan
birini o’zgart, hosil qilingan so’z maʼnosini tushuntir», «Unli harf qo’sh», «Undosh
harf qo’sh» kabi ko’rsatmalar berib turadi. O’yin davomida har ikki so’z
ishtirokida gap tuzish, uni ona tiliga (qq, qozoq, turkman) qiyoslash fonetik,
lug’aviy farqlarini aniqlash kabi topshiriqlar ham didaktik tamoyil meʼyorida
qo’shila boradi. Аyni holat pirovard maqsad hisoblanadi.Аyrim metodik
qo’llanmalarda grammatik o’yinning ayni ko’rinishiga to’la mos keladigan
«Tovushdosh so’zlar» atamasi ishlatilgan. Qo’llanma mualliflari bu atama
mazmunidagi tadbirlarning maktabda fonetikani o’rgatish jarayonida tovush
juftlarining maʼno farqlash vazifalari ekanligini juda to’g’ri taʼkidlab, uni o’yin-
mashqlari sirasiga kiritganlar.
Fikrimizcha, fonetikani o’rgatishda o’quvchilar so’z boyligini oshirishning
muhim omili hisoblanuvchi mazkur o’yin-mashqlarini noo’zbek sinflarda
o’kaziladigan sinfdan tashqari ishlarda ham «Tovushdosh so’zlar» o’yini atamasi
bilan kiritib, uni qisman murakkabroq mazmunda qo’llanish, shubhasiz, samarali
tadbir bo’ladi. Tadqiqotchilar tavsiyasiga ko’ra, o’qituvchi topshirig’i bilan
o’quvchilar berilgan so’zga, birinchidan, tovushdosh so’zlar tanlaydilar: ot-ol-osh;
ot-it-o’t-et; aka-ada-aya; bir-pir-kir-qir; loy-moy soytoy-boy va sh.k.Ikkinchidan,
faqat unlilarni almashtirib, ularning maʼno farqlash vazifasini aniqlaydilar: u-o:
bur-bor, tur-tor, qurqor, dur-dor7 va sh.k.
Аyrim metodik qo’llanmalarda bunday tadbirlar majmuiga nisbatan tilsim
topishmoqlar atamasi ishlatilgan.
Darhaqiqat, muallif o’yin-topshiriqlarining keng maʼnoda didaktik
xarakterdagi serqirra grammatik o’yinlarning o’quvchi nutqiy salohiyatini
takomillashtirish, uni izlanuvchanlik, ijodkorlik va mustaqil fikrlashga
o’rgatishdagi umumdidaktik
ahamiyatini taʼlim aksiomasi darajasida to’g’ri ko’rsatgan.Boshlang’ich
sinfo’quvchilari bilan o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar dasturidan
«Sheʼrxonlar», «Mohir maqolchilar» bellashuvi ruknida olib boriladigan
mashg’ulot bahsmushoira tarzida bo’ladi. Uning tartibi va sharti: O’yinni
boshlovchi-olib boruvchi yoki o’qituvchi topshirig’i bilan guruhlardan 2-
3nafardanjami 4 yoki 6 nafar o’quvchi taklif qilinadi. Ular ikki tomonda safga
tizilib turadilar. Kurʼa tashlash yo’li bilan birinchi bo’lgan guruhdan bir vakil
alifboning biror harfi bilan ikki yoki to’rt misra sheʼr aytib, uning muallifi
kimligini taʼkidlaydi. Unga «raqib» bo’lgan tomon vakili birinchi guruh boshlagan
harf bilan ikki, to’rt misra sheʼrni yod o’qiydi. Belgilangan vaqtda o’sha harf bilan
boshlanuvchi yoki tugovchi sheʼriy misra keltirolmagan tomon mag’lub
hisoblanadi.
Namunalar:
«Mushoira» yoki «Bahri bayt» o’yinida birinchi guruh vakili
-G’uncha o’qiydi:
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko’p ertak eshitardim,
So’zlab berardi buvim.
-Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor» dostonidan.
Ikkinchi guruh Nihol o’qiydi:
-Buncha go’zalsan, hay-hay,
Chehrang quvnoq boladay,
Qir-dalalar ko’ksini,
Bezatibsan loladay.
-Bolalar shoiri Qambar O’taevning «Chumoma» sheʼridan.
-G’uncha:
Bahor kelgan elimizga,
Quvonch to’lgan dilimizga.
Keling qushlar, uching qushlar,
Bizlar do’stmiz, doim sizga.
-Bolalar shoiri P. Mo’minning «Sayrang, qushlar» sheʼridan.
-Nihol:
Buvijonim shirin-shirin so’zlaydilar,
«Oppog’im» deb yana meni sizlaydilar.
Buvijonim chiroy bo’lar xonamizga,
Bu yil qarang, kiradilar bir kam yuzga.
Gulchehra Sulaymonovaning «Buvijonim» sheʼridan.
-Nihol:
Ona Vatanimizga,
Tip-tiniq, osmon kerak.
Biz yashayotgan zaminga,
Pokiza bog’bon kerak.
-Bolalar adibi Qambar O’taevning «Vatanni yashnataylik»
sheʼridan.
-G’uncha:
Olamning doim oftobi bo’lsin,
Odamning doim odobi bo’lsin,
Lolalar uchun oftob yaxshidir.
Bolalar uchun odob yaxshidir.
-Bolalar shoiri Quddus Muhammadiy.
-Nihol:
Odamlardan tinglab hikoya
O’sar edi shoirda g’oya…
-Hamid Olimjonning «O’zbekiston» sheʼridan.
G’uncha Nihol boshlagan «O» harf bilan ham, tamomlagan «Ya» harfi bilan
ham javob bera olmadi. Yana navbat Niholga berildi.
-Nihol:
- Dostonlarda bitgan guliston,
O’zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
-Hamid Olimjonning «O’zbekiston» sheʼridan.
-G’uncha:
Do’st bilan obod uying,
Gar bo’lsa u vayrona ham,
Do’st qadam qo’ysa esa,
Vayronadir koshona ham.
-Erkin Vohidovning «Do’st bilan obod uying» sheʼridan.Mushoira uchun
dasturda belgilangan vaqt tamon bo’lgach, mohir maqolchilar bellashuviga navbat
beriladi. U ham yuqoridagicha alifbo tartibida yoki mavzuviy rejada o’tkaziladi.
Didaktik tamoyilga qatʼiy amal qilgan holda maqollarning tarbiyaviy
tomonigaham alohida eʼtibor berib, g’oyasi sharhlana boradi.
Masalan: Boshlovchi: -Navbat «Do’stlik» mavzusidagi maqollarga.
-G’uncha: -Do’stini yomonlagandan qoch.
-Nihol: -Do’stinga qo’shiq ayt, mehringni qo’shib ayt va sh.k.
Mushoira hakamlar hayʼati tomonidan yakunlanadi. G’oliblar rag’batlantiriladi.
Аgar mazkur kechaga ota-onalar qo’mitasi, mahalla oqsoqollaridan ham vakillar
tashrif buyurishgan bo’lsalar, nur ustiga aʼlo nur deb hisoblaymiz.Chunki
o’qituvchining kasbga sodiqligi, burchga fidoyiligi, shogirdlarining bilim darajasi,
malakayu iqtidori ommaviy ko’riktanlovdan o’tdi. Bu bir. Ikkinchidan, taʼlim
tizimida raqobat, musobaqa muhitining qanchalik zarur ekanligi amalda
isbotlandi.Zero, davlat tili taʼlimdan boshlang’ich taʼlimni bitiruvchilarining
tayyorgarlik darajasiga –nutqiy malakalarining sifat va miqdoriy ko’rsatkichlariga
qo’yiladigan minimal talablar:
(DTS. 252-255) sinf mashg’ulotlarida berilgan bilim, hosil qilingan malakalar
sinfdan tashqari mashg’ulotlar bilan uyg’unlashsagina qutilgan natijani beradi,
nihoyat, fan oldiga qo’yilgan bosh maqsad bajariladi.
Ifodali o’qish konkursini tashkil qilish
Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi qanchalik qadimiy bo’Isa, ifodali
o’qish tarixi ham shu qadar nzoq zamonlarga borib taqaladi. Mazmnndor va ifodali
nutq hamma davrlarda ham kishilami o’ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o’rin
egallab kelgan. Ifodali o’qish, aw alo, xalq san’atidir. Chunki badiiy adabiyot
dastavval xalq og’zaki ijodi shaklida paydo bo’lgan. Xalq yaratgan asarlaming
keng tarqalishida esa og’zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan.
Qo’shiq, ertak, doston, qissa kabi og’zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq
namoyandasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o’zida ham ijodkor, ham
ijrochi edi. Binobarin, asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va
matallar, qo’shiq va dostonlar, og’zaki ijrochilik, ifodali nutq san’ati tufayligina
bizgacha yetib keldi.
Xalq yaratgan asarlar qanchalik donishmandlik va san’atkorlik mahsuli
sifatida yuzaga kelgan bo’Isa, ulam ing og’zaki ijrochiligi ham shu qadar mahorat
va san’atkorlikni talab qilgan. Qadim tariximizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-
siyosiy voqealami, inson qalbidagi g’am-andun, shodlik va quvonch tuyg’ularining
badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan jamiki adabiyot namunalarini xalq
san’atkorlari (qo’shiqchi, roviy, qissaxon, baxshi) shunchaki jo’n, badiiy tasvir
vositalarisiz, xilma-xil ovoz tovlanishlarisiz, shukuhsiz bir tarzda ijro etganlarida
edi, ehtimol bu asarlar uzoq saqlanib qolmagan bo’lur edi.
Ifodali o’qish san’ati o’tmish zamonlarda og’zaki ijodda qanday ahamiyat
kasb etgan bo’lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o’rin tutadi. Zero,
badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o’qish jarayonida yanada yorqinroq
namoyon bo’ladi. Ifodali o’qish, ayniqsa, asaming g’oyaviy mazmunini chuqur
tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy
asarlami ifodali o’qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik
tuyg’ularini shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi. To’g’ri,
g’oyaviy-badiiy jihatdan mukammal yaratilgan har qanday asar og’zaki ifodali
nutqsiz, ovoz chiqarmasdan mustaqil o’qilganda ham o’zining axloqiy-estetik
jihatdan ta’sir kuchini yo’qotmaydi, insonni tarbiyalash vazifasi kamayib
qolmaydi. Lekin ifodali o’qish jarayonidagi maftunkor ohang, xilma-xil ovoz
tovlanishlari, jozibador intonatsiya kabi vositalar badiiy asaming emotsional ta’sir
kuchini yanada oshiradi, eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag’ishlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so’z san’ati bilan shug’ullanuvchi kishilar,
ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo’lgan muallimlar notiqlik san’atini,
ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bolishlari zarur. Holbuki, o’qituvchining
butun siymosi - xatti-harakatlaridan tortib, gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz,
taqlidchan o’quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan,
Respublikamiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “o’z fikrini ravon, go’zal va lo’nda
ifoda eta olmaydigan mutaxassisni avvalambor, rahbar kursisida o’tirganlami
bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”1 “...Kishining martabasini so’zi bila
bilurlar, ammo so’zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining
ahvoli o’z so’zining ostida pinhondur”2 - deydi unsurulmaoliy Kaykovus. Zotan
har bir kishining kim ekanligini, uning bilim darajasini so’zlariga qarab bilib olish
mumkin. Donishmandlar nazdida, inson so’zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi.
Binobarin, yosh avlodning shaxs sifatida kamol topishida muhim rol o’ynovchi
muallimning ravon va ifodali nutqi, go’zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo’lib
xizmat qiladi.
Ajdodlarlarimiz so’z san’atining, ayniqsa, og’zaki ijrochilik san’atining inson
ruhiga ko’rsatadigan ta’siriga qadim zamonlardan boshlab katta e’tibor bilan
qaraganlar. Shuning uchun ham, o’rta asrlarda adabiy talaffuz normalarini
o’rgatuvchi “ilmi tajvid” jonli nutq asoslarini o’rgatuvchi “ilmi kalom”, ilmiy va
adabiy bahsni o’rgatuvchi “ilmi munozara” kabi fanlar o’qitilgan. Natijada maxsus
bilim olgan har bir savodli kishi ayni paytda ifodali o’qish asoslarini egallagan so’z
ustasi ham bolib yetishgan. Shu boisdan ham, o’tmishda badiiy so’z ijrochiligining
dostonxonlik, qissaxonlik, g’azalxonlik kabi turlari keng tarqalgan. O’qimishli
kishilar tomonidan o’tkazilgan she’rxonlik anjumanlarida so’z san’atining yuksak
namunalari og’zaki ijro - ifodali o’qish vositasida chuqur tahlil qilingan. Ifodali
gapirish yoxud ifodali o’qish shunchaki o’z-o’zidan shakllanib qoladigan oson
jarayon emas. Buning uchun, dastavval, insonning o’zida tug’ma iqtidor, qobiliyat
bolishi lozim.
Afsuski, hamma ham ifodali nutq so’zlash qobiliyatiga ega boMavermaydi.
Lekin har bir kishi o’z nutqi ustida muntazam ishlashi, to’xtovsiz mashqlar qilishi
natijasida ifodali nutq qobiliyatini shakllantirishi mumkin. Bunga mashhur notiq
Demosfenning ibratli hayot yo’li va faoliyati yorqin misol bo’la oladi. Hatto ba’zi
tovushlami to’g’ri talaffuz qilishga qiynaladigan, ko’pchilik oldida o’zini erkin tuta
olmaydigan Demosfen keyinchalik, tinimsiz mehnat va mashaqqatlar orqali buyuk
notiq bo’lib yetishgan. Taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov “0 ‘qituvchi
nutqi madaniyati” kitobida nutqning ifodaliligi haqida fikr-mulohaza yuritib
shunday deydi: “Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar
juda ham ko’p va xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha
sathlarida mavjud.
Tilning tovush qurilishi, so’z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik
birliklari, intonatsiya, uslub kabilaming har biri nutq ifodaliligining bitmas-
tuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchi bu manbalaming mohiyati, tabiati va ulami
unumli ishga solish usullaridan yetarli xabardor bo’lsa, nutqning ifodalilik sifatini
ta’minlashga qiynalmaydi”1. Darhaqiqat, ifodali nutq vositalarini puxta
o’zlashtirish, o’zbek tilining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur o’rganish orqaligina,
ifodali o’qishda ma’lum natijalarga erishish mumkin. Xo’sh, ifodali nutqni
o’rganish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Ifodali o’qish o’zi nima? Sodda
qilib aytganda, “Ifodali o’qish adabiy asami tushunarli va ta’sirchan o’qish
demakdir. Bu o’qish san’ati yod olingan matnni ifodali o’qishni ham o’z ichiga
oladi.
Ifodali o’qishda fikrlami yanada silliq, aniq, go’zal shaklda talqin etish uchun
emotsional vositalardan unumli foydalaniladi. Ifodali o’qishning badiiy emotsional
bo’lishi uchun o’quvchi-ijrochi asar mazmuni, g’oyaviy-badiiy jihatlari haqida
tasavvurga ega bo’lishi lozim”1. Ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyati shundaki,
u insonda tuyg’u va kayfiyatlar hosil qiladi, aniqrog’i, voqelikning his-tuyg’uli
qiyofasini yaratadi. Ifodali o’qish jarayonida asar voqealari “jonlanadi”,
qahramonlar “tilga kiradi”.
O’quvchi bir vaqtning o’zida ham muallif, ham qiyofa (obraz) yaratuvchi,
ham ijrochi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, ifodali o’quvchi m a’lum darajada
aktyorlik san’atidan ham xabardor bo’lishi lozim. Ifodali nutq san’atini
o’rganishning muhim vositalardan biri badiiy asarlami ko’proq mutolaa qilishdir.
Asaming mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakter xususiyati, maqsad va
intilishlari chuqur o’rganilgandagina og’zaki talqinda asar ruhiga mos ohang va
intonatsiya paydo bo’ladi. Badiiy asarlami mutolaa qilish o’quvchining
dunyoqarashini kengaytirish barobarida adabiy tilni puxta o’zlashtirishga, ifodali
o’qish san’atini egallashga yaqindan yordam beradi. Adabiyot hayotni in’ikos
ettirar ekan, u insonning o’zini o’ziga ko’rsatuvchi ulkan ko’zgu vazifasini ham
bajaradi. 0 ‘sha ko’zgu orqali har bir kishi o’zining yaxshi va yomon tomonlarini
ko’radi, qusur va kamchiliklardan forig’ bo’lishga, ruhan tozarishga intiladi.
Forig’lanish yoxud ruhan tozaiish buyuk faylasuf Aristotel talqiniga ko’ra,
san’atning o’z oldiga qo’ygan bosh maqsadidir.
San’at, xususan, adabiyot insonni ziddiyatlar asosiga qurilgan, hayot atalmish
mo’jizaning nima ekanligini anglashga o’rgatadi, yovuzlikka nafrat, ezgulikka
muhabbat tuyg’ularini uyg’otadi va, shu tariqa, inson ma’naviy olamini
go’zallashtiradi. Mana shu vazifalami ado etishda ifodali o’qish san’ati badiiy
adabiyotning eng yaqin ko’makchisi hisoblanadi. Zero, badiiy asardagi nafosat va
go’zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg’ulami shakllantirish
ifodali o’qish praktikumi fanining asosiy vazifasidir.
Adabiyotning barcha tur va janrlaridagi badiiy asarlar ifodali o’qish
praktikumi fanining o’rganish ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Ifodali o’qish deganda,
faqat lirik turga mansub asarlargina emas, balki nasriy va dramatik turdagi asarlami
o’qish ham nazarda tutiladi. Badiiy asarlami ifodali o’qish ijrochidan alohida
iqtidor va mahoratni talab qiladi. Zero, adabiy asaming badiiy xususiyatlari, unda
ilgari surilgan g’oyalar, muallif dunyoqarashi kabi muhim masalalami aniqlashda
ifodali o’qish alohida ahamiyat kasb etadi. Ifodali o’qish mohiyatan kishining his-
tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim jarayon hisoblanadi.
Badiiy adabiyot insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga ta’sir qilib uni
yigMatadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi va oxir-oqibat kamolotga yetaklaydi.
Shu boisdan ham badiiy adabiyot bilan og’zaki ijro - ifodali o’qish san’ati asrlar
davomidayonma-yon yashab, insonning ma’naviy hamrohi bo’lib kelgan.
Binobarin, badiiy adabiyot va ifodali o’qish san’ati chambarchas bog’liq holda
insonni axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalashda eng ta’sirchan vosita hisoblanadi.
Zero, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlaming
markazida ham yosh avlodni ma’naviy barkamollik mhida tarbiyalash vazifasi
ustuvor masalalardan biri bo’lib turibdi.
Tayanch tushunchalar Ifodali o’qish - axloqiy-estetik tuyg’ularni
shakllantirish. Ilmi tajvid - o’rta asrlarda adabiy talaffuz me’yorlarini o’rgatuvchi
fan bo’lgan. Ilmi kalom - jonli nutq asoslarini o’rgatuvchi fan. Ilmi munozara fani
ilmiy va adabiy bahsni o’rgatgan.
O’RTA OSIYODA NOTIQLIK SAN’ATI
Ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab so’z san’atining, xususan, og’zaki
ijrochilik san’atining inson ruhiyatiga ko’rsatadigan ta’sirigajuda katta c’tibor bilan
qaraganlar. Shum a’noda, ifodali o’qish san’atining tarixi uzoq davrlarga borib
taqaladi.
O’rta Osiyoda ifodali o’qish san’atining taraqqiy etishida “Avesto”,
“Bundaxishn”, “Dinkard” kabi diniy xarakterdagi asarlaming ahamiyati katta
bo’lgan. Inson axloqini poklashga qaratilgan ushbu asarlar ko’proq og’zaki
ijrochilik vositasida xalq orasiga kirib borganligi m a’lum. Jumladan, “Avesto”ning
asosiy mohiyatini tashkil etgan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu am al” ta’limotini xalq
o’rtasida targ’ib qilib, odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otishda
kohinlaming xizmati beqiyos edi. Kohinlar faqat din targ’ibotchilari sifatidagina
emas, balki ifodali so’z sehri bilan m o’jizalar ko’rsatuvchi san’atkor ijrochilar
sifatida ham shuhrat qozonganlar. Ular “Avesto”dagi ibodat qo’shiqlarini, Ahura
Mazda so’zlarini, afsona va rivoyatlami yorqin nutq, ifodali so’z va jozibador ovoz
bilan ijro etib xalq ommasini o’z g’oyalariga ishontirganlar. Badiiy so’z san’ati,
shu jumladan, ifodali o’qish san’ati xalqning umumtaraqqiyot tarixiga bog’liq
holda rivojlanib bordi. Jamiyat taraqqiyoti o’rtaga qo’ygan talablar hamda mavjud
shart-sharoit tufayli, IX - XV asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat
yuksak taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi.
Mana shu davrlarda Qur’oni Karim targ’ibi bilan bog’liq holda, voizlik
san’ati rivojlandi. Voizlik san’atining taraqqiy etishi esa, ifodali o’qish san’ati
tarixida muhim o’rin tutadi. M a’lumki, Qur’oni Karim o’z zamonasining nafis
adabiy usuli saj’da vahiy qilingan b o’lib, u so’z san’atining oliy namunasi
hisoblanadi. Qur’oni Karimni o’qish voizdan juda katta ilmiy salohiyatni, ayni
paytda, yoqimli ovoz sohibi boMishni ham talab qilardi. Shu boisdan ham Qur’on
suralarini maftunkor qiroat, jozibali ohangda o’qishga o’rgatuvchi “Ilmi balog’a”
san’atiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy “Geodeziya”
asarining kirish qismida shunday deydi: “Arab nutqida balog’aning m avjudligi
Qur’on ta rg’ibotida muhim aham iyat kasb etadi. Balog’a arab nutqining
ziynatidir” 1. Voizlik (notiqlik) san’ati o’rta asrlarda juda katta ijtimoiy-siyosiy
mavqega ega bo’lib, umumdavlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan.
Voizlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik kabi turlari mavjud bo’lib,
ba’zi voizlar dabirlik - davlat ahamiyatiga ega bo’lgan yozishmalami o’qish va
yozib berish bilan, ba’zi voizlar xatiblik - juma kunlari Qur’oni Karim suralari
asosida xalqni odob-axloqqa chaqirish bilan, ba’zilari esa muzakkirlik - tarixiy
voqea-hodisalami gapirib berish bilan shug’ullanganlar.
Qadimda xalq ommasi oldida nutq so’zlovchi kishi voiz, uning nutqi esa va’z
deb yuritilgan. Voizlik nihoyatda sharafli va, ayni paytda, mas’uliyatli kasb
bo’lgan. Omma oldiga chiqib bir necha soatlab nutq so’zlovchi kishi
tinglovchilaming tuyg4ulariga ta’sir o’tkazishi, ishontirishi, so’z sehri bilan ularni
toMqinlantirishi uchun juda katta bilim va iqtidorga, fasohat va mahoratga ega
bo’lishi lozim edi. Shu boisdan minbarga chiqib so’zlovchi kishilaming hammasi
ham voiz degan sharafli nomga ega bo’lavermagan.
So’z ijrochiligi san’atiga asoslangan voizlik va suxandonlik, lining inson
hayotida tutgan o’mi haqida Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Aruziy
Samarqandiyning “Nodir hikoyatlar”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”,
Husayn Voiz Koshifiyning “Dah majlis”, “Sahifai shohi”, Faxriddin Ali Safiyning
“Latoif ut-tavoif ‘ kabi asarlarida qimmatli fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Jumladan, Alisher Navoiy voizlar haqida shunday fikrlami yozadi: “Va’zxon
shunday bo’lishi kerakki, uning majlisiga bo’sh kirgan odam to’lib chiqsin, to’la
kirgan odam esa, yengil tortib holi qaytsin. Voiz olim va halol ish ko’ruvchi bo’lsa,
uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo’ladi. Agar u boshqalarga
buyursa-yu, o’zi qilmasa, uning so’zlari hech kimga ta’sir etmaydi va foyda
keltirmaydi”1. Ushbu fikrlar zamiriga juda katta ibrat va hikmat m a’nolari
singdirilgan. Demak, xalqqa pand-nasihat aytib, ulami to’g’ri yo’lga boshlovchi
voiz nafaqat ilmi va chiroyli so’zlari bilan, balki o’zining yuksak axloqodobi, halol
hayot tarzi bilan ham boshqalarga namuna bo’lishi lozim. Buyuk tafakkur
egalarining butun bir avlodi yetishib chiqqan, jahonni ilm-ma’rifat nuri bilan
yoritgan uyg’onish davri deb yuritiladigan zamonlarda O’rta Osiyoda so’z san’ati,
shuningdek, notiqlik san’ati ham taraqqiy etdi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu
Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg’ariy, Abulqosim Zamaxshariy, Alisher Navoiy
kabi ulug’ siymolar ilm-fanning turli sohalariga oid kashfiyotlar bilan bir qatorda,
notiqlik san’ati asoslarini ham yaratdilar.
Abu Nasi Forobiy ko’plab asarlarida so’z san’atiga doir qimmatli fikr-
mulohazalar bildirish bilan cheklanmasdan suxandonlik nazariyasi, notiqlik san’ati
ilmiga doir maxsus “Kitob al-xitobat” risolasini ham yozgan. Jumladan, Forobiy
chuqur mantiqiy asosga ega bo’lgan yorqin nutq tuzishda leksikologiya,
grammatika va mantiq fanlarining ahamiyati haqida shunday deydi: “Qanday qilib
ta’lim berish, ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so’rash va
qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi
jismlarga (substantsiya - narsalar) va aktsidentsiya (hodisalar)ga ism beruvchi til
baqidagi ilmlar deb tasdiqlayman. Ikkinchi Om grammatikadir; u jismlarga
berilgan ism (nom) !larni qanday tartibga solishni ham da substantsiya va
aktsidentsiyaning joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikm
atli so’zlarni va nutqni qanday tuzishni o’rgatadi.
Uchinchi ilm m antiqdir: m alu m xulosalar keltirib chiqarish uchun logik
figuralarga binoan qanday qilib d arak gaplarni joylashtirishni o’rgatadi, bu
xulosalar yordamida biz bilmagann arsalarni bilib olamiz ham da nima to6g6ri,
nima yolg’on ekanligi haqida hukm chiqaram iz” . Forobiyning ushbu fikrlari
to’g’ri nutq tuzish va uni og’zaki ijro etishni o’rganish uchun juda chuqur va har
tomonlama bilim olish muhim ekanligini ko’rsatadi. “ ...
Xullas, yaxshi nutq uchun nahv, aruz, m antiq fanlari hamkorligidan
foydalanish zaru r bo’ladi. Ularning birortasiga ahamiyat bermaslik, bulardan
birining qoidasining buzilishi, qolgan ikkitasiga ta ‘sir qilmay iloji yo’q”, - deb
yozadi Beruniy. Forobiy, Beruniy kabi allomalarning to’g’ri nutq tuzish masalasiga
bu qadar e’tibor bilan qarashlari X asrlardayoq, yorqin nutq chiroyli gapirish,
ifodali o’qish san’atining taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Ibn Sinoning “She’r
san’ati”, Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish ajdodlardan qolgan yodgorliklar”,
“Geodeziya” va boshqa asarlari tarkibida keltirilgan mukammal nutq tuzish
haqidagi qimmatli fikrlari bugungi kunimiz uchun, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Shuningdek, Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk”,
Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab”, “Notiqlik asoslari” kabi asarlari so’z
san’ati ilmiga bag’ishlangan bebaho m a’naviy xazina hisoblanadi. Yusuf Xos
Hojib, Alisher Navoiy kabi allomalar o’z asarlarining butun-butun boblarini
so’zning ilohiy ne’mat ekanligi, so’zning mo’jizali qudratini ko’rsatishga
bag’ishlaganlar. Jumladan: Zakovat ko’rki so’zdur, bu tilning ko’rki so’zdur,
Kishining ko’rki yuzdur, bu yuzning ko’rki ko’zdur. (Yusuf Xos Hojib) M a’dani
inson gavhari so’zdurur, Gulshani odam samari so’zdurur. (Alisher Navoiy) kabi
hikmatli misralami bitdilar.
O’rta asrlarda Bahouddin Valad, Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy,
Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz Koshifiy, M
u’iniddin Voiz, Voiz Hiraviy, Zayniddin Vosifiy kabi notiqlik san’atini puxta
egallagan so’z ustalari yetishib chiqdilar. Bu ulug’ zotlar o’zlarining ibratli hayot
tarzi bilan imon-e’tiqod, ilmm a’rifat, axloq-odob haqidagi beqiyos o’gitlari bilan
minglab insonlar qalbini m a’rifat nurlari ila m unaw ar qilishga erishdilar.
XV -X VI asrlarda notiqlik san’ati turlari, qonun-qoidalarini aks ettiruvchi bir
necha qoMlanmalar vujudga keldi. Ayniqsa, Muhammad Rafi’ Voizning “Abvob
ul-jinon” (“Jannat eshiklari”), Voiz Qazviniyning “Ziloli maqol” (“Maqol
nafosati”), Voiz Shirvoniyning “Ahsan ul-ahodis” (“Nafis kalimalar”), Quraysh
Sindiyning “Anis ul-voizin” (“Voizlar do’sti”), Mulla Kalon Voiz
Samarqandiyning “ Ravzat ul-voizin” (“Voizlar bo’stoni”), Qozi 0 ‘shiyning
“Miftoh un-najot” (“Najot kaliti”) kabi asarlari keyingi davrlarda yetishib chiqqan
notiqlar uchun asosiy dasturulamal bo’lib xizmat qilgan. Shuningdek, Alisher
Navoiyning “M ajolis un-nafois”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’”,
Xondamiming “Makorim ul-axloq” kabi asarlarida ham voizlik san’ati haqida
qimmatli fikrmulohazalar bayon qilingan.
Tariximizda nurli iz qoldirgan ulug’ allomalar tomonidan notiqlik san’ati
haqida maxsus asarlar yaratilishi, so’z ijrochiligiga bu qadar katta e ‘tibor berilishi
qadim-qadimdan O’rta Osiyoda ifodali nutq san’atining juda katta ijtimoiy-siyosiy
mavqega ega bo’lgan davlat ahamiyatiga molik ish ekanligidan dalolat beradi. M
avlono Irshod. XV asrda Hirotda yashab - faoliyat ko’rsatgan voizlardan biri
Mavlono Irshoddir. U o’zining donishmandligi va so’zga chechanligi bilan el
nazariga tushgan. Mavlono Irshod faqat xalqqa va’z aytish bilangina cheklanib
qolmasdan, rasmiy davlat ishlarida ham qatnashib. qo’shni mamlakatlar bilan
diplomatik aloqalami mustahkamlashda munosib xizmallar qilgan.
Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoif ‘ asarida hikoya qilinishicha,
Sulton Husayn Boyqaro rasmiy davlat ishi yuzasidan muzokara olib borish uchun
Sherozga vakil yubormoqchi bo’ladi. Saroy a’yonlari o’zaro maslahatlashib,
bunday nozik va mas’uliyatli vazifani faqat Mavlono Irshod bajara oladi, degan
xulosaga kelishadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Mavlono Irshod Sherozga borib
kutilganidek, rasmiy ishlami oz fursatda ijobiy hal qilishga erishadi. Uning notiqlik
mahoratiga qoyil qolgan Shoh Shujo’ Irshodga ruxsat bermay, bir majlis qurib
keyin ketishni iltimos qiladi. Majlis juma kuniga belgilanadi. Juma namozidan
keyin Masjidi jom e’ga yig’ilgan xalq oldida Mavlono Irshod shunday ehtirosli
nutq so’zlaydiki, odamlar uning ta’sirchan sobzlaridan junbushga kelib, ko’z
yoshlarini tiya olmay qolishadi. Buni ko’rgan voiz notiqlik mahoratining yana bir
qirrasini namoyish etib, o’z nutqida keskin burilish yasaydiki, endi hamma
birdaniga ko’z yoshi aralash kula boshlaydi. “Latoyif ut-tavoyif’ asarida keltirilgan
bu voqea Mavlono Irshodning odamlar ruhiyatini chuqur tushunadigan, nihoyatda
mahoratli so’z ustasi bo’lganidan dalolat beradi. Qozi O’shiy. O’zining purhikmat
so’zlari va jarangdor ovozi bilan xalqqa maqbul va manzur bo’lgan voizlardan
yana biri Qozi O’shiydir. Mavlono asli farg’onalik bo’lib, O’sh shahrida qozilik
lavozimida ham ishlagan. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok
etgan Qozi O’shiy jamiyatda yuzaga keladigan chigal muammolami yechishda,
odamlar qalbiga yo’l topishda benazir zot bo’lgan. Bu haqida Faxriddin Ali
Safiyning “Latoyif ut-tavoyif’ asarida quyidagi voqea hikoya qilinadi: “Seiston
viloyatining xalqi qattiq qo’lligi, hatto gadoyga ham sadaqa bermasligi bilan nom
chiqargan ekan.
Qozi O’shiy esa mana shu xalqning ko’ngil qulfini so’z kaliti vositasida
ochishga erishadi. U Seistonga borib ma’lum muddat shu xalqning ichida yashaydi;
ulaming ruhiyatini o’rganadi, odamlami qiynayotgan muammolami aniqlaydi. Ana
shundan keyin shahar qozisidan ruxsat olib, juma kuni masjidi jom e’da xalqqa
va’z aytadi. U o’z nutqida xalqning ayni dilidagi gaplami, ulami qiynayotgan
muammolami shunday aniq va ravon bayon etadiki, xalq topgan-tutganini minbar
ostiga keltirib tashlaydi. Mavlono 0 ‘shiy nutqi uchun haq olmasligini, va’z va
nasihat faqat savob uchun, odamlami to’g’ri yo’lga boshlash uchun aytilishini
tushuntirganda Seiston xalqining voizga bo’lgan hurmat va muhabbati yanada
oshadi. Mana shu voqeadan keyin bu xalqning xasis emas, aksincha, oliyjanob
ekanligi, faqat o’z davrining ba’zi muammolariga javob topa olmay
qiynalayotganliklari ma’lum bo’ladi.
Xoja Muayyad Mehnagiy. “Majolis un-nafois” tazkirasida Xoja Muayyad
Mehnagiy nomi o’z zamonasining yetuk notiqlaridan biri www.ziyouz.com
kutubxonasi sifatida tilga olinadi. Dunyoviy va diniy bilimlami chuqur egallagan
bu kishining va’zlari hamisha jo’shqin o’tgan. Mehnagiy va’zlarining asosini imon-
e’tiqod, dinu diyonat, axloq-odob haqidagi umuminsoniy masalalar tashkil etgan. U
o’zining pandu nasihat so’zlari bilan zamondoshlarini ezgulikka da’vat etishdan
charchamagan. Voiz o’z nutqini hamisha Qur’on hikmatlari va hadislar, hikoyat va
rivoyatlar bilan bezab, ulami tinglovchilarning didi va saviyasiga muvofiqlashtirib
dilkash ohangda bayon etgan. Shuning uchun ham, uning va’zlari xalq tomonidan
qizg’in kutib olingan, bahs-munozaralarga sabab bo’lgan.
Komil ma’rifat egasi Xoja Muayyad Mehnagiy o’z davrining fidoiy
murabbiysi sifatida boshqalarni ham kamolot sari yetaklashga intilgan. Shu boisdan
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da taniqli adiblar va shoirlar qatorida Xoja
Muayyad nomini ham hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. “Xoja Muayyad Mehna
- Hazrat Shayx Abusaid Abulxayr (quddisa sirrihu)ning nabiralaridindur. Yillar
mozor bosbida shayx erdi va zohir ulumin takmil qilib erdi va va’z majolisi
bag’oyat garm va pursho’r voqe’ erdi. Va Xoja samo’ni dag’i muassir qilur erdi.
Salotin Xojani ta’zim qilur erdi”1.
Mavlono Riyoziy. “Majolis un-nafois” tazkirasining uchinchi majlisida
Riyoziy haqida shunday ma’lumot keltirilgan: “Mavlono Riyoziy - Zova
muhawilotidindur. Atvori mutalavvin kishidur. U1 viloyatning qozisi erdi. U
jamg’arma munofiy ishlar andin sodir bo’lib, ma’zul bo’ldi va qayd va musodaralar
tortdi va base zabmatlar ko’rdi, hamul mansab muddaosig’a ammo muyassar
bo’lmadi. Va’z aytib minbarda o’z ash’orin o’qub, yig’lab vajdu hoi qilur”2. .
Hazrat Navoiyning ushbu fikr-mulohazalaridaji shu narsa m a’lum bo’ladiki,
Mavlono Riyoziy bir necha muddat Zova viloyatining qozisi bo’lgan. Ammo o’z
davri xukmronlarining siyosatiga qarshi borgani uchun qozilik lavozimidan
chetlashtirilib, ancha zahmatlar chekkan. Mavlono Riyoziy davrining taniqli so’z
ustasi sifatida o’z va’zlarida yuksak insonparvarlik qarashlarini ilgari surgan.
Jamiyatda ro’y beradigan axloqsizlik, zo’ravonlik kabi g’ayriinsoniy hodisalarga
befarq qaray olmagan. Binobarin, hukmronlarni insofga chaqirish e’tiqodsiz va
порок kimsalami haq yo’lga hidoyat etish Mavlono Riyoziy va’zlarining asosiy
mazmunini tashkil etgan.
Riyoziy voiz, ayni paytda iste’dodli shoir ham boMgan. Shu boisdan ham
xalqqa va’z aytayotganda ba’zan o’z she’rlarini hissiyot bilan o’qib, eshituvchilami
ham toMqinlantirgan, ularda xayrixohlik va hamdardlik tuyg’usini uyg’ota olgan.
Hayoti va faoliyatini ezgulikni targ’ib etishga bag’ishlagan mavlono Riyoziy fidoiy
murabbiy sifatida xalq qalbidan chuqur joy olganligi sababli ham, Alisher
Navoiydek zotning nazariga tushgan. Tayanch tushunchalar Kohinlar - “Avesto”
targ’ibotchilari. Qadimgi notiqlar. Voizlar - axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy
mavzularda nutq so’zlovchi ma’rifat targ’ibotchilari. Voizlik turlari: dabirlik,
xatiblik, muzakkirlik. Substantsiya - tub mohiyat. Aksidentsiya - tasodifiy hoi,
hodisa; tub mohiyati e’tibori bilan uncha ahamiyati bo’lmagan juz ‘iy xususiyat.
“Kimning xati chiroyli?” tanlovini tashkil qilish.
Husnixat va uni o’qitish metodikasi - pedagogik fan. Inson o’z fikrini boshqa
kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu ikki
shaklining o’xshash va farqli tomonlari mavjud bo’lib, ular o’z o’mida
afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun
mo’jallanadi. U kishilaming nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat
qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga ko’rish asosida
idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi. Yozuv kishilaming o’zaro
fikr almashishi va bilimlami egallashning qudratli vositasi hisoblanadi.
Yozma nutq avlodlami bir-biriga bogMaydi, uzoq davrlar mobaynida
saqlanadi. Yozuv tufayli kishilar fikri, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-
avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni