BEMORLARNING FUNKTSIONAL HOLATINI BAHOLASH. UMUMIY SALOMATLIKNI BAHOLASH.
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
30,4 KB
Ilmiybaza.uz
BEMORLARNING FUNKTSIONAL HOLATINI BAHOLASH.
UMUMIY SALOMATLIKNI BAHOLASH.
Salomatlik darajasini baholash haqida tushuncha.
Salomatlik darajasini baholash nima?
Salomatlik darajasini baholash-bu inson salomatligi darajasini baholash bo`lib,
kishi hayoti davomida bir necha marta amalga oshiriladi. Salomatlik darajasini
baholash o`z tarkibiga quyidagilarni oladi: anamnez yig`ish, organizmni tekshirish
va analiz natijalarini o`rganish. Ushbular asosida bemordagi mavjud muammolar,
ularni bartaraf etish yo`llari aniqlanib vazifalar qo`yiladi va shifokor faoliyati tahlil
etib boriladi. Salomatlik darajasini baholashda bemorning jismoniy ahvoli haqidagi
ma`lumotlardan foydalaniladi. Bunda bemorning sog`lig`i haqida shikoyatlari
tarzidagi subyektiv ma`lumotlar hamda tibbiy tekshiruv, palpatsiya, perkussiya va
auskultatsiya tarzidagi obyektiv ma`lumotlardan foydalaniladi. Boshqacha qilib
aytganda salomatlik darajasini baholash hamshiralik jarayoninig tarkibiy
qismlaridan biri bo`lib, bemorning salomatligidagi muammolarni aniqlash va uni
to`g`ri parvarish qilishga yordam beradi.
1) Fizikal tekshiruv nima?
Fizikal tekshiruvga shifokorning asosiy majburiyatlaridan biri sifatida qaraladi.
Fizikal tekshiruv shifokorning birlamchi vazifalari bo`lgan tashxis qo`yish va
davolashga ko`mak berish maqsadida o`tkaziladi. Ammo bugungi kunda fizikal
tekshiruv va salomatlik darajasini baholash o`rtasida aniq bir chegara belgilanmagan.
2) Salomatlik darajasini baholash jarayonini o`tkazishdan maqsad.
- Hamshiralik aralashuvi uchun asosiy ma’lumotlarni yig`ish.
Ilmiybaza.uz
- Bemorni o`rab turgan muhit va hayotiy tajribasini e’tiborga olgan holda uning
salomatlik darajasini aniqlash.
- Bemor ishonchini qozongan holda u bilan ochiq munosabat o`rnatish.
- Bemor ishonchini qozonish va uni tushunish deganda uning sog`yishi uchun
g`amxo`rlik ko`rsatish va ko`maklashish tushuniladi.
- Bemor roziligini olgan holda shifokor va boshqa tibbiy xodimlarga zaruiy
ma’lumotlarni berish.
3) Salomatlik darajasini baholash tizimi. Bunda qulaylik uchun jismoniy,
funksional va maishiy qismlarga bo`lish uslubi qo`llaniladi. Ammo salomatlilik
darajasini baholashda qanday tizim yoki uslub qo`llanilmasin uning asosiy
maqsadini yodda tutish zarur.
4) Salomatlik darajasini baholashga ta’sir ko`rsatuvchi faktorlar.
Bemorning salomatlilik darajasini baholashda hal qiluvchi rolni bemorning holati
belgilamasligini balki natijalar boshqa mutaxassis tomonidan ushbu jarayon amalga
oshirilganda farq qilishi mumkinligini ham e’tiborga olish lozim.
- Hamshiraning bilimi va tajribasi.
Bilim va tajriba salomatlik darajasini baholashni to`g`ri amalga oshirishga
yordam beradi, ammo ba’zan ular fikr o`zgarishi yoki noto`g`ri munosabat
bildirishiga olib kelishi mumkinligini ham yodda tutish kerak.
- Hamshirani tashvishlantiradigan va noqulaylik tug`diradigan holatlar.
Agar hamshira salomatlik darajasini baholash jarayonida o`ziga ishonmasa yoki
noqulaylik sezsa, unda u jarayonga va bemorga to`liq diqqat e’tiborini qarata
olmaydi. Bunday vaziyatni oldindan ko`zda tutish, hamkasblar yordamiga tayanish
shuning bilan muvaffaqiyatli ish uchun zamin hozirlash zarur.
- Bemor va hamshira o`rtasidagi o`zaro munosabat.
Hamshira va bemor o`rtasida o`zaro yoqimli insoniy munosabatlar o`rnatilganda
bemor salomatlik darajasini baholashni to`g`ri va muvaffaqiyatli amalga oshirish
mumkin.
- Hamshirani o`rab turuvchi biologik, psixoijtimoiy va madaniy muhit. Shuni
yodda tutish joizki hamshiraning kayfiyati, charchog`i, manfaati, roli shuningdek
Ilmiybaza.uz
bo`limning hajmi egallagan lavozimi bularning barchasi baholash jarayonida
ta’sir ko`rsatuvchi faktorlardir.
Salomatlik darajasini baholashning ahamiyati.
1) Patologik holatlar va me’yorni ahiqlash.
- Patologiya va me’yorni shifokor belgilaydi so`ngra sabablarni o`rganadi.
Qo`shimcha tahlil va tekshiruvlardan so`ng kasallik nomini aytadi. Hamshira esa
mutaxassis sifatida doimiy ravishda bemor krovati yonida bo`lib, patologiya va
meyorni belgilaydi. Zarurat tug`ilganda shifokorga ma’lumot beradi.
- Hamshira shifokor bilan birgalikda ko`rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun javob
beradigan tibbiy xizmatchi hisoblanadi. Shunig uchun ham u bemorlarda
kuzatiladigan fiziologik muammolarni aniqlash qobiliyati va malakasiga ega
bo`lishi lozim.
2) Kasallik og`irlik darajasi va tezkor yordamni aniqlash.
- Bemorda patologiya aniqlangandan so`ng uning sabablarini tahlil qilish,
mavjud holat tezkor choralar ko`rishni talab etadimi–yo`qmi, kasallik yanada
og`irlashishi mumkinmi, shularni aniqlash va shifokorga xabar berish zarur.
- Shifokor doimo bemor yonida bo`lishi imkoniyatiga ega emas, shuning uchun
mavjud muammo og`irlik darajasi va yordam berish tezkorligini aniqlash uchun
yetarli darajadagi tibbiy bilimga ega bo`lish lozim.
- Kasallikning og`irlik darajasi va yordam berish tezkorligini mustaqil ravishda
aniqlaydigan hamshiralarni tarbiyalar ekanmiz, biz shifokor va hamshira birgalikda
tibbiy yordam beradigan hamda bemorning tez shifo topishiga xizmat qiladigan
tizimni yaratamiz.
3) Bemor hayotini saqlashga qaratilgan salomatlikni baholash tizimi.
- Hamshira – bemorning hayoti va yashash uchun kurashadigan, zaruriy
sharoitlarni ta’minlaydigan mutaxassisdir. Bunda bemor sog`lig`idagi muammo
bemorning kundalik faoliyatiga ta’siriga qarab parvarish qilish salomatlik darajasini
baholashning asosiy prinsipi bo`lishi lozim.
Ilmiybaza.uz
- Talabalar asosan V. Xendersonning 14 ehtiyoji modeli bo`yicha ta’lim oladilar.
Shuning uchun salomatlik darajasini baholashni Xendersonning asosiy ehtiyojlar
teoriyasiga bog`lagan holda o`rganish kerak.
4) Salomatlik darjasini baholash parvarish qilish jarayoni sifatida.
- Shifokor tomonidan bemorning sog`lig`i to`g`risidagi shikoyatini eshitish uning
ahvolini yanada chuqurroq o`rganish maqsadida ko`rikdan o`tkazish, palpatsiya va
perkussiya jarayonining o`zi bemor uchun parvarish sanaladi. Chunki bunda bemor
o`ziga bo`lgan qiziqishni his etadi.
5) Salomatlik darajasini aniqlashni baholash.
- Shifokor ishining o`ziga xos jihati shundan iboratki u xastalangan a’zo yoki
joyni o`rganadi va davolaydi, hamshira esa bemorning xastalangan a’zo va joylarini,
sog`lom a’zo va joylarga qo`shib parvrih qilasdi. Bundan tashqari u bemorga
o`zining sog`lom joylarini his etishi va shundan foydalangan holda ahvolini yanada
yaxshilashga ko`maklashadi.
Salomatlik darajasini baholashning asosiy ko`nikmalari.
1) Suhbatlashish, sorash. Bemor sog`lig`ining muammoli tomoniga e’tiborni
qaratgan holda maqsadli suhbat o`tkazish. O`zaro ishonch asosida qurilgan
munosabatlarni dastlabki bosqichi. Bemordan faqatgina hamshiraga zaruriy
ma’lumotlarni olib qolmay, unga suhbatdosh sifatida faol qiziqish bildirish va suhbat
jarayonida uni tushunishga harakat qilish. Bemor erkin nafas olishi uchun zaruriy
muhitni yaratish. Suhbatni bemorning hayotidan kelib chiqqan holda o`tkazib
kasallik uning oilaviy hayoti va ishiga qanday ta`sir qilayotgani bilan qiziqish.
Suhbatlashish uchun zaruriy imkoniyat.
Diqqat bilan eshitish.
Bemor fikrini bildirishga yordamlashish.
Parallel ravishda bemor qanday tushunchani aniqlash.
Yopiq savol berishdan qochish («Ha» yoki «Yo`q» deb javob qaytarishga
majbur qiladigan savollar), bemor o`zining fikrini erkin bildirishga imkon beradigan
savollar berish, masalan: «O`zingizni qanday sezayapsiz», «Og`riq qanday
kechayapti».