BEMORNI OPERATSIYA OLDI DAVRIDA SHIFOKOR TOMONIDAN
OLIB BORILISHI LOZIM BO’LGAN MUOLAJALARNING AHAMIYATI.
XANTAL, KOMPRESS VA ISITGICHLAR QO’YISH
Bemor kasalxonada yotib operatsiyaga tayyorlanayotgan vaqti operatsiya
oldi davri deyiladi. Bemorni operatsiyaga tayyorlayotganda operatsiya turi, og’irlik
darajasi, asosiy hayotiy a’zolar holati (yurak, o’pka, jigar, buyrak) va
og`riqsizlantirish turini inobatga olish kerak.
Tibbiyot hodimi vazifasi – bemorni tinchlantirishdir. Tibbiyot hodimini
bemorga yaxshi va o’z vaqtida to’gri muomalasi bemor bolani tez tuzalishini
garovidir. Bolaga toza havo juda zarur. Qishda bolani issiq kiyintirib xonani
shomollatib turish zarur. Yozda esa derazalarni doimo ochiq holda, iloji boricha
setka bilan qo’yish lozim. Ko’rpa va choyshablarni toza tutish, qoqib turish lozim,
ularda yig’ilmalar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim, kamida haftasiga bir
marta almashtirib turish zarur. Agar bolada siydik tuta olmaslik alomati bo’lsa
to’shak usti kleyonka bilan qoplangan bo’lishi, ustidan choyshab to’shalishi
lozim,Bolani har kuni cho’miltirish, har ovqatdan oldin qo’lini yuvish, ko’p terlasa
terini toza, quruq sochiq bilan artib turish va kiyimlarini tez-tez almashtirib turish
lozim. Tana harorati ko’tarilib turadigan bolalarda doimo quruq lablar bo’ladi. Shu
sababli kuniga bir necha bor lablarni tuzsiz sariyog’ yoki vazelin bilan namlab
turish kerak bo’ladi. Har ichi kelganda albatta bolani oraliq sohasini yuvish kerak.
Bemor bolalar ko’pincha injiq va ta’sirchan bo’ladi. Gigienik va davo
muolajalari, ovqatlantirishlar ko’pincha bola tomonidan qarshilik bilan kutib
olinadi. Shu sababli ham vrach bolaga kamroq psixik va jismoniy jarohat
yetkazmasdan muolajalarni bajarishi, sabrli bo’lishi lozim. Bemor bolalarga
operatsiya kerakligi to’g’ri tushuntirilishi, operatsiya natijasi yaxshi chiqishiga
ishontirish lozim. Misol tariqasida shunga o’hshash operatsiyadan yaxshi bo’lib
tuzalgan bemorlarni keltirib o’tish kerak.
Yuqoridagi holatlarni tushuntirishda hamshira ham vrach bergan
ko’rsatmalarga mos holatda tushuntirish o’tkazishi lozim. Moboda vrach va
hamshira tushuntirishlarida qarama-qarshilikni bemor sezsa, unda tibbiyot
xodimiga nisbatan ishonchsizlik kuzatiladi. Kasallik tarixini bemor qo’liga
tushishidan saqlash lozim. Aks holda maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan bemor
bola kasallik tarixidagi ma’lumotlarni noto’g’ri tushunishi mumkin.
Teri qoplamlarini ko’zdan kechirganda yiringdonlar, yallig’lanish infil’tratlari
borligiga ahamiyat qilish lozim. Operatsiyadan oldin teridagi hamma yallig’lanish
o’chog’larnini davolash zarur, bo’lmasa operatsiyadan keyingi davrda bu
yiringdonlar endogen infeksiya o’chog’i bo’lishi va og’ir asortalarga olib kelishi
mumkin, hattoki yiringli jarayonni butun organizmga tarqalishigacha.
Operatsiyadan bir kun oldin bemor bola vanna qabul qilishi zarur. Operatsiya
maydonidagi sochlarni operatsiya kuni tozalanadi. Sanitar tozalash ishlari issiq
dush xonasida o’tkaziladi. Agar vanna tavsiya etilgan bo’lsa suv harorati 36-
37°Cdan oshmasligi kerak. Organizm himoya funksiyasi pasaymasligi uchun
bolani sovuq qotishdan asrash lozim.
Kuniga ikki marta bemor tana haroratini o’lchash lozim. Haroratni o’lchash
vaqti asosan ertalab uyqudan uyg’ongach va kechqurun kunduzgi uyqudan keyin
soat 16-17 larda. Mabodo tana haroratini tez-tez o’lchash kerak bo’lsa vrach
ko’rsatma beradi. Xonada tinch holat hosil qilish lozim. Bolada kunduzi ham,
kechasi ham tinch uyqu bo’lishi lozim. Hamma kuzatuv natijalarini hamshira yozib
borishi shart. Ushbu yozuvlar uchun bemorga alohida hamshira varag’i ochiladi.
Unda tana haroratini belgilash, ishtahasi, ichi kelishi, siyishi, qusish va h.o.lar
to’g’risida ma’lumotlar bo’ladi.
Bemor bolada operatsiya o’tkazish uchun albatta ota-onasidan yoki
vasiylaridan yozma rozilik olinishi shart. Ularga operatsiya mohiyati, og’irlik
darajasi, kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar to’g’risida tushuntirish o’tkazish
lozim. Ushbu qoidaga faqat shoshilinch operatsiyaga muhtojlik bo’lgan va Shu
paytda ota-ona kelmagan holat bo’lsa amal qilinmaydi. Bunday paytda
operatsiyaga ko’rsatma kamida ikkita vrach konsiliumi asosida qabul qilinadi.
Bo’lim boshlig’i va bosh shifokor qabul qilingan qaror to’g’risida
ogohlantiriladilar.
Operatsiyani o’tkazish muddati kasallik xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Operatsiya bolani turli yoshida, hattoki yangi tug’ilgan paytida ham o’tkaziladi.
Operatsiyaga tayyorlash kasallik xarakteriga, bemor yoshiga va umumiy
holatiga bog’liq bo’ladi. Og’ir operatsiyalardan oldin funksional diagnostika
usullaridan foydalanib to’liq tekshiruvlar o’tkazilishi shart. Bemorni operatsiyaga
tayyorlashda psixologik faktor katta rol o’ynaydi. Bunda ota-ona, tarbiyachi va
bolaning do’stlari yordami zarur bo’ladi.
Ko’krak yoshidagi bolalar bir kun oldin soat 22:00 gacha ovqatlantiriladilar.
Kattaroq yoshli bolalarga yengil kechki ovqat beriladi. Operatsiyagacha 3 soat
qolganda bolaga shirin choy berish mumkin. U 2 soatdan keyin so’riladi va qusish
chaqirmaydi. Operatsiya bo’ladigan bemorlarga surgi dori berilmaydi. Bir kun
oldin kechqurun va operatsiya kuni ertalab huqna qilinadi.
Bemorni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Qisqacha anamnez yig’iladi,
umumiy ko’rik: perkussiya, auskultatsiya va paypaslash o’tkaziladi. Umumiy qon,
siydik tahlili, rentgenoskopiya yoki rentgenografiya, maxsus ko’rsatmalar bo’yicha
boshqa tekshiruvlar qilinadi. Qabul bo’limida bemor ahvoliga qarab chala yoki
to’liq sanitar tozalash o’tkaziladi. Shoshilinch holatlarda bemor kiyimi yechiladi,
nam gubka bilan tana artiladi, sochli qismi olinadi. Oshqozon to’la bo’lsa zond
yordamida bo’shatiladi. Huqna qilinmaydi. Siyishda qiyinchilik bo’lsa siydik
qopiga kateter qo’yiladi.
Xantal qo’yish
Ta’sir mehanizmi: xantaldagi efir moyi qon aylanishini yaxshilaydi, teri
retseptorlarini qitiqlaydi, to’qima va a’zolar qon tomirlarini kengaytiradi,
so’rdiruvchi, yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi ta’sir etadi.
Ko’rstama:
• Ko’krak qafasi a’zolari yallig’lanish kasalliklari.
• Gipertonik kriz.
• Yurak sohasidagi og’riqlar (stenokardiya xurujini bartaraf etish).
• Radikulit.
• Mushak va bo’g’imlardagi og’riqlar.
Qarshi ko’rsatma:
• Xantal qo’yiladigan sohada teri kasalliklari yoki jarohatlari.
• O’pkadan qon ketish.
• Xantalga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.
• Yuqori tana harorati.
• Yomon va yaxshi sifatli o’smalar.
Kerakli anjomlar:
• Xanatal va xantal paketchalari.
• Lotok, iliq suv (harorat 40-45 °C).
• Ko’rpa, papiros qog’oz yoki doka salfetka.
• Paxtali tamponlar, sochiq, vazelin.
• Ishlatilgan anjomlar uchun lotok.
Bajarilish ketma-ketligi:
1. Xantal yaroqliligini tekshirish: ishlab chiqarilgan sana, xantal sochilib
ketmasligi kerak, xantalni namlaganda o’tkir xidning paydo bo’lishi.
2. Xantal qo’yish joyini aniqlash, teri qoplamlarini ko’zdan kechirish.
3. Bemorni yotqizamiz (rasm.1).
4. Xantalni 5-10 daqiqa iliq suvga solamiz (harora 40-45 °C), suvni
chayqatamiz va xantal tomoni bilan teriga yopishtiramiz (terida yuqori
sezuvchanlik bo’lsa va chaqaloqlarda xantal ostiga pipiros qog’oz yoki doka
salfetka qo’yiladi yoki ikkita xantalni bir-biriga ichki tomoni bilan
yopishtiriladi).
5. Bemorni avval sochiq bilan, keyin ko’rpa bilan o’raymiz. Bir necha
daqiqadan so’ng bemor terisida issiq va ozgina jizillashni sezishi kerak.
6. 5-15 daqiqadan keyin xantal olinadi (terida giperemiya bo’lishi kerak).
7. Teridagi xantal qoldiqlari nam salfetka bilan artiladi va sochiq bilan teri
quritiladi.
8. Teridagi qizargan sohalar vazelin yog’iga namlangan paxta tamponlar bilan
artiladi.
9. Bemor issiq qilib o’raladi.
10.O’tkazilgan protseduradan keyin bemor 30-40 daqiqa yotishi lozim.
Asorati:
• Uzoq vaqt xantal terida qolib ketsa pufakchalar hosil qilgan holda teri
kuyishini chaqiradi.
• Xantalni bir necha bor bir xil joyga qo’yilsa terini Shu sohasida
pigmentatsiya yuzaga keladi.
Izoh: ko’krak yoshidagi bolalarga muolaja davomiyligi – teri qizarishigacha
bo’lishi lozim (5-7 daqiqa); - Xantal qo’yish sohalari – yurak, ensa, yelka, ko’krak
sohalari, boldir mushaklari.
Isitkichni ishlatish
Ta’sir mehanizmi: silliq mushaklarni reflektor bo’shashishini chaqiradi, ichki
a’zolarga qon kelishini kuchaytiradi, og’riq qoldiruvchi va bo’shashtiruvchi ta’sir
qiladi.
Ko’rsatma:
•
Umumiy yoki mahalliy isitish.
•
Qorin bo’shlig’i a’zolarini surunkali kasalliklari (gastrit, kolit,
asoratlanmagan oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi).
•
Gipertonik kriz.
•
Yallig’lanish infiltratlari.
Qarshi ko’rsatma:
•
Qorin bo’shlig’i a’zolari o’tkir yallig’lanish kasalliklari (appenditsit,
xoletsistit, pankreatit, peritonit).
•
O’smalar, qon ketish holatlari, birinchi soatlardagi lat yeyishlar va
jarohatdan keyingi birinchi kunlar.
•
Infitsirlangan yaralar.
Kerakli anjomlar:
•
Rezina isitkich.
•
70 °C haroratli suv.
•
Sochiq yoki kichik choyshab.
•
Vazelin.
•
1% xloramin eritmasi.
Bajarish ketma-ketligi:
1. Isitkichning 2/3 qismi suv bilan to’ldiriladi (rasm.2).
2. Isitkichni siqib og’zigacha suv keltiriladi va havosi chiqariladi.
3. Isitkich og’zidagi probkani yaxshilab buraymiz.
4. Isitkich og’zi pastka qaratiladi va germetikligi tekshiriladi.