Beshiktervatarsimonlar, termitlar, to‘g‘riqanotlilar, tengqanotlilar, tripslar
yoki hoshiyaqanotlilar, yarimqattiqqanotlilar turkumlari
1. Beshiktervatarsimonlar va termitlar
2. To‘g‘ri qanotlilar turkumi
3. Teng qanotli xartumlilar turkumi
4. YArimqattiq qanotlilar turkumi
Beshiktervatrsimonlar turkumi
Bular ancha yirik yirtqich, tanasi cho‘ziq, boshi harakatchan, qanoti va
qorinchasi katta, oldingi oyoqlari yirtqichlikka moslashgan ushlovchi tipda bo‘ladi,
og‘iz apparati kemiruvchi tipda.
Tanasining rangi yashash muxitiga mos (yashil ba’zida jigarrang) bo‘lganidan
dushmanlaridan yaxshi ximoyalanadi. Tuxumlarini ooteka ichiga joylashtirib
qo‘yadi. Voyaga etgan beshiktervatar va uning lichinkalari turli hasharotlar bilan
oziqlanadi.
18 - rasm. Beshiktervatarsimonlar turkumi.
Tropik mamlakatlarda uchraydigan yirik turlari hatto qushlar, sudralib
yuruvchilar va baqalarga ham xujum qila oladi. Beshiktervatarlarni 2 mingdan ortiq
turi ma’lum. Rossiyada 20 ga yaqin turi uchraydi.
Vakil oddiy beshiktervatar ko‘proq daraxtlarda uchraydi, rangi yashil, kattaligi
40-70 mm. Orqa oyoqlari soni uchida ingichka tikanchalari bor. Oddiy
beshiktervatar ba’zan ikkita avlod beradi.
Termitlar turkumi Ular asosan tropik qitalarda tarqalgan jamoa bo‘lib
yashovchi hasharotlardir. Boshi prognatik, qanotlari pardasimon, oyoqlari yuruvchi
tipda, panjalari to‘rt bo‘g‘imli.
Ularning jamoalarida 100 minglarcha (ba’zida milliongacha) individlar bo‘lib,
har bir kaloniyada bitta urg‘ochi (ona yoki poshshosi) bir necha erkak va ko‘p ishchi
va askarlari bo‘ladi.
Ishchi termitlarda jinsiy organlari rivojlanmagan. Kattaligi 8-12 mm. Boshi
katta, mo‘ylovi 20-25 bo‘g‘imli, og‘iz apparati kemiruvchi tipda. Ularning vazifasi
erkak, urg‘ochi va askarchalarni boqish, uy qurish va lichinkalarni tarbiyalash.
Askarcha. Askarchalarning boshi juda katta, ustki jag‘lari baquvvat bular
jamoani boshqa avlodlar yoki chumolilardan himoya qiladi. Kattaligi 14-15 mm.
19- расм. Термитлар туркуми:
1-ёш қанотли урғочиси; 2-
қанотларини ташлаб юборган эркаги;
3- қорни тухум Билан тўлган
урғочиси; 4- ва 5-“аскарчалари”; 6-
ишчиси; 7-“аскарчаси”
Erkak termitlar. Tashqi tuzilishiga ko‘ra ishchilarga o‘xshasa ham o‘zicha
ovqatlana olmaydi. Bular faqat urg‘ochilarni urug‘lantiradi.
Urg‘ochi yoki poshsho termitlar voyaga etganda qorinchasi katta bo‘ladi. Faqat
ishchilarning parvarishi bilan yashaydi. Asosiy vazifasi tuxum qo‘yish. Bir kecha
kunduzda 1500 dan 3000 tagacha tuxum qo‘yadi. Agar urg‘ochisi o‘lsa yosh
urg‘ochisi uning o‘rnini egallaydi. Termitlarning faqat jinsli individlari qanotli
bo‘ladi.
Termitlar tuproq ichida, daraxtlarda, juda murakkab qurilgan uyalarda yashaydi.
Termitlar daraxtlarning yog‘ochlik qismi, dag‘al poyalar, ularning qoldiqlari,
po‘panaklar bilan oziqlanib, yog‘ochdan qurilgan imoratlarga, telegraf ustunlarga
katta zarar etkazadi. 2500 ga yaqin turi ma’lum. Rossiyada 7 turi, O‘zbekistonda
turkiston termiti tarqalgan. Bu termit o‘rta osiyoning dasht va saxrolarida qisman
aholi yashaydigan joylarda uchraydi. Mo‘ylovlari ingichka, 23-25 bo‘g‘imli.
Urg‘ochi ona termit qanotini tashlab yuborgan erkak individlarga o‘xshaydi.
Inlarining chuqurligi 8-100 sm. Xatto 12 m gacha borishi mumkin. Turkiston termiti
inidan mayning birinchi yarmida uchib chiqadi. Urg‘ochisi uchish vaqtida
urug‘lanadi. Bular yog‘och, turli tuman mahsulot qoldiqlari bilan oziqlanib,
qurilishlarga va mahsulotlarga zarar keltiradi.
To‘g‘ri qanotlilar turkumi
Bu turkumning vakillari er yuzida keng tarqalgan. Bular ancha yirik
hasharotlar bo‘lib, tanasi cho‘ziq, boshi gipognatik tipda. Og‘iz apparati
kemiruvchi tipda. Bir juft murakkab ko‘zdan tashqari 3-4 ta oddiy ko‘zlari ham
bor. Mo‘ylovlari ko‘p bo‘g‘imli. Ba’zan tanasidan uzun (masalan temirchaklarda)
qanotlari yaxshi taraqqiy etgan. Orqa oyoqlari sakrovchi tipda. CHigirtkalar
qorinchasining birinchi tergitida tovush eshitish timpanal organi bo‘ladi.
Tuxumlarini asosoan erga qo‘yadi. CHigirtkalar qishloq xo‘jaligi zararkunandalari
hisoblanadi. 20 minga yaqin turlarni o‘z ichiga oladi. Rossiyada 7 turi uchraydi.
Ikkita kenja turkumga bo‘linadi. 1) uzun mo‘ylovlilar kenja turkumi, 2) kalta
mo‘ylovlilar kenja turkumi.
Uzun mo‘ylovlilarga temirchaklar va chirildoqlar kiradi.
Temirchaklar vakillarining mo‘ylovlari uzun, oyoq panjalari to‘rt bo‘g‘imli,
tuxum qo‘ygichlari o‘roqsimon yoki qilichsimon bo‘ladi. Erkaklarining ust
qanotlari birining asosida yo‘g‘onlashgan tomir, ikkinchi qanotida ingichkalashgan
qismi bor. Ular bir biriga ishqalanish natijasida chirillagan ovoz chiqaradi. Eshitish
organi oldingi boldirlar asosida o‘rnashgan. Qo‘pchilik turlari tuxumlik bosqichida
qishlaydi. Rossiyaning evropa qismida , qozog‘istonda, o‘rta osiyoda uchraydi.
CHirildoqlar oilasi. Belgilari temirchaklarnikiga o‘xshash, oyoq panjalari
uch bo‘g‘imli, mo‘ylovlari ingichka va qilsimon. Ular chirildoqlar oilasi va
buzoqboshilar oilasiga bo‘linadi. CHirildoqlar yoki qorachigirtkalar xonadonlarda
uchraydi. Kechqurun chirillagani uchun uy qora chirildog‘i deb ataladi. Ozuqa
qoldiqlari non ushoqlari bilan oziqlanadi. Tuxumini iyun oyida qo‘yadi. Iyul oyida
lichinkalar chiqib o‘simliklarni zararlaydi. Parnik va poliz ekinlariga katta zarar
keltiradi.
Buzoqboshilar oilasi. Oldingi oyoqlari kavlovchi tipda (47 rasm). Qanotlari
kalta, boshi katta, urg‘ochilarida tuxum qo‘ygichlari yo‘q, kattaligi 3,5 -5- sm. Zax
tuproqli erlarda uya kavlab, kechasi aktiv xarakatlanadi. O‘simlik ildizi, kartoshka,
sabzavot va g‘o‘za ildizini qirqish yo‘li bilan zarar etkazadi.
Ko‘pchiligi yirik hasharot tanasining uzunligi 60-70 mm, mo‘ylovlari
ipsimon, ba’zan to‘g‘nag‘ichsimon, tuxum qo‘ygichi kalta bo‘ladi. Qanotlari
yaxshi taraqqiy etgan (qanotsizlari ham bor). CHigirtkalarning ovozi orqa
oyog‘ining ust qanot tolalariga ishqalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Timponal
organi oldingi qorincha bo‘g‘imi yon tomonda joylashib, xitin bilan o‘ralgan
maxsus parda shaklida tuzilgan. CHigirtkalar asosan tuxumlik, bir necha turlari
voyaga etgan hasharot yoki lichinkalik bosqichida qishlaydi.
20 – rasm. Kalta mo‘ylovlilar kenja turkumi, chigirtkasimonlar oilasi
CHigirtkalar tuxum qo‘yuvchi o‘simtasi yordamida erni kavlab maxsus
bezdan ajratilgan ko‘piksimon suyuqlik yordamida “ko‘zacha” hosil qiladi va
uning ichiga 150 tagacha tuxum qo‘yadi. (ayrim xollarda 1 m kvadrat erda 1800
tagacha ko‘zacha bo‘lib, ularning xar biridan 100-120 tacha lichinka chiqadi).
Tuxum qo‘yish davri 1 oy davom etadi. Tuxum qo‘yib bo‘lgach avval erkaklari
keyin urg‘ochilari xalok bo‘ladi. Lichinkalari tuxumdan kelasi yili bahorda ochib
chiqadi. Rivojlanish davrida lichinka 4-5 marta tulaydi. CHigirtkalar oilasiga o‘rta
osiyoda keng tarqalgan to‘qay chigirtkasi, marokash chigirtkasi va boshqalar
kiradi.
Teng qanotli xartumlilar turkumi
Bu turkum o‘z ichiga xilma-xil hasharotlarni oladi. Ular dalalarga, bog‘larga,
poliz ekinlariga, o‘rmon va qishloq xo‘jaligiga katta zarar etkazadi. Boshi
opistognatik tipda, og‘iz apparati sanchib so‘ruvchi o‘simlik shirasi bilan
oziqlanadi. (50 rasm). O‘rta ko‘kragi boshqalarga qaraganda baquvvat. Qanotlari
uchburchak qalqonchali bo‘ladi. Saratonsimonlar va barg burgachalarining orqa
oyoqlari sakrovchi tipda. SHiralar, koksidlar va oq qanotlilar lichinkalarida oyoqlar
juda kaltalashgan yoki taraqqiy etmagan bo‘ladi. Ular o‘simlikning hujayra
shirasining so‘rib, kuchsizlantiradi va hosilini kamaytiradi. Ba’zan uni quritadi.
G‘uddalar hosil qiladi. Teng qanotli xartumlilarning 30 mingdan ortiq turi ma’lum.
SHundan 4 mingga yaqin turi rossiyada uchraydi. Ularning 5 ta kenja turkumi
ma’lum. 1) saratonsimonlar. 2) oq qanotlilar, 3) barg burgachalari, 4) o‘simlik
bitlari, 5) qalqon bitlari.
Saratonsimonlar turkumi
Rossiyada 7 mingdan ortiq turi ma’lum. Mo‘ylovlari kalta 3 bo‘g‘imli,
uchinchi bo‘g‘imi uchida uzun bo‘g‘imli qilchasi bor. Oyoq panjalari uch
bo‘g‘imli, orqa oyoqlari sakrovchi tipda. Qorinchasi 8 bo‘g‘imdan iborat.
Tuxumlarini o‘simlik poyasini teshib qo‘yadi. Sayroqi saratonlarni lichinkasi
tuproqda yashaydi. Lichinkalarning rivojlanishi 3-4 yil. Amerikada tarqalgan
turlari esa 15-18 yil yashaydi. Saratonlarning ko‘pchilik turlari o‘simliklar
zararkunandasi hisoblanadi. Ular hartumchasi yordamida virus kasalligini
tarqatadi.
SHiralar yoki o‘simlik bitlari
Er yuzida ko‘p tarqalgan mayda (0,5 mm) hasharotlardir. Tanasi yumshoq,
oval ko‘rinishda. Ba’zan sharsimon va silindrsimonlari ham bo‘ladi. Rangi
sarg‘ish, to‘q yashil, qoramtir va qora bo‘lishi mumkin. Mo‘ylovlari 5-6 bo‘g‘imli.
Xartumi cho‘ziq pastki labdan iborat bo‘lib 3 bo‘g‘imlidir. Qanotlari nozik,
pardasimon, oyoqlari tuklar bilan qoplangan. Panjalari ikki bo‘g‘imli, qorinchasi 9
ta bo‘g‘imdan iborat. Ko‘pchilik tur shiralar voyaga etgan davrda quyidagi
shakllarda bo‘ladi. Tirik tug‘uvchi qanotsiz, tirik tug‘uvchi qanotli, tuxum
qo‘yuvchi, qonotsiz urg‘ochi individlar, qonotli erkak individlar uchraydi (52
rasm).