BESHINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING MAZMUNI VA METODIKASI
Yuklangan vaqt
2024-09-10
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
24,7 KB
1
BESHINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING MAZMUNI VA
METODIKASI
REJA:
1. Beshinchi sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari.
2. Beshinchi sinfda vokal-xor ishlari va ikki ovozda kuylashning maqsad va
vazifalari.
3. Beshinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi.
Ma’ruza matni
Beshinchi sinfda o’rta ta’lim etapi boshlanadi. 5-sinf o’quvchilari psixologik-
fiziologik jihatdan ancha o’zgargan bo’ladilar. Vokal-xor ko’nikma va malakalariga
ega bo’ladi. Sof unisonda kuylashga, ikki ovozli mashqlarni kuylashga, ansamblda
kuylashga ega bo’ladi. Qo’shiq haqida, tinglangan asar haqida mustaqil fikr юritish
qobiliyatiga ham ega bo’ladilar. Ovoz diapazoni (Do1 – Fa2) ma’lum miqdorda
rivojlangan bo’ladi, ular hayotiy tajribaga boy bo’ladilar. Fanlarga qiziquvchan va
o’zlarining sevgan mashg’ulotlariga astoydil mehr bilan qaraydilar. Bolalarda
diqqat-e’tibor ancha turg’unlashgan bo’ladi. Hajm jihatdan kattaroq musiqani
tinglashga va kuylashga qodir bo’ladi. Musiqa darsida ko’rgazmalilik asosiy o’rinni
egallaydi. O’qituvchi o’z qo’shiqni ifodali qilib kuylab berish va o’quvchilarni
musiqiy o’quv qobiliyatlarini o’stirishi kerak:
1. Sof unisonga erishishi
2. Musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to’la idrok etishi.
3. Notaga qarab kuylash qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Musiqa savodidan asar tahlili, notalarni joylanishi o’lchovlar, ansamblь, xor,
orkestr haqidagi bilimlarga ega bo’lishi maqsadga muvoffiqdir. Musiqa darslarida
2
iloji boricha, o’qituvchi ko’rgazmali qurollardan, texnika vositalardan ko’proq
foydalanishi kerak. O’quvchilar musiqa fanini boshqa fanlar bilan bog’liq ekanligini
ongli ravishda anglashi kerak. Beshinchi sinf o’quvchilarini qiziqishi, qobiliyatiga,
qarab to’garaklarga jalb etilishi lozim. Beshinchi sinfda bir ovozda qo’shiq kuylash
ustida ish olib borish davridayoq, o’quvchilarni ikki ovozda kuylashga asta-sekin
tayyorlab borish lozim. O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nihoyatda oddiy
mashqlardan, qo’shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qulay bo’lgan ladlardan
boshlash maqsadga muvofiqdir. Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham, asosan
solьfedjio qilish yo’li bilan o’rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda
notalarni nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda
kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko’rsatib notalar nomini
va tovushining balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab
so’ng, kuylash zarur. Dastlab katta tertsiya, sof kvarta, sof kvinta, katta seksta singari
ohangdosh intervallar, mashqlar kuylash uchun asos bo’la oladi. CHunki bu
intervallar kuylash uchun qulay yoqimli va o’quvchilar xotirasida saqlanishi oson.
Intervallar faqat ikki ovozda kuylanmasdan, balki tinglash uchun ijro etib, ularda
юqori va pastgi tovushni aniqlashni topshirish lozim. Bunday savollar o’quvchilarni
garmonik o’quvini kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o’zlashtirish to’yg’usi
paydo bo’ladi. Ikki ovozlik qo’shiqlarni kuylash uchun, kichik kanonlardan boshlab
kattaroq hajmdagi jo’rsiz (akapella) asarlarga o’tish, o’quvchilarni bir-birini diqqat
bilan eshitib, kuylash qobiliyatlarini o’stiradi. Ikki ovozli qo’shiqlarni tanlaganda,
ikki ovozli elementi bor, kichik hajmdagi asarlar maqsadga muvofiqdir. Har qaysi
ovozning ohangi aniq, ravshan, mustaqil bo’lishi kerak. Pastgi ovoz kuyi shirali,
xushohang, yaxshi esda qoladigan bo’lishi ayniqsa muhimdir. Ovoz partiyalarining
diapazoni seksta, septima, oktavalar hajmidan oshmaydigan qo’shiqlar aytishga
ayniqsa qulaydir.
Qo’shiqlar o’rtacha tempda yozilgan bo’lishi kuylash uchun foydali va osondir.
Ikki ovozli qo’shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatdan shakli yengil va oson bo’lishi
kerak. O’zbek xalq qo’shiqlarini o’qituvchi ikki ovozlik qilib, qayta ishlab o’rgatishi
o’quvchilarni talaffuzi intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni
3
kuylashda, bir ovoz cho’zib, ikkinchi ovoz harakatlishishi ham, bolalarni eshitish
qobiliyatlarini o’stiradi. Keyinchalik esa, ovozlarni parallelь bir tomonga yo’nalishi,
ovozlarni qarama-qarshi yo’nalishi va har xil murakkabroq holatida ham kuylash
mumkin bo’ladi. Musiqa darsi jarayonida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini
diskant va alьtga bo’lish shart emas, balki taxminiy bo’lishi ham mumkin. CHunki
ikkinchi, uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o’quvi ko’proq o’sadi.
SHuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim. Buning uchun
albatta dastlab, sof unisonga erishiladi. So’ngra, ikki ovozli asarlarga o’tiladi.
Beshinchi sinf bolalarining ovozlari yangroq, ovoz apparatlari shakllangan,
ko’nikma va malakalarga ega bo’lganligi sababli ikki ovozli qo’shiqlarni o’rgatish
maqsadga muvofiqdir.
Beshinchi sinfda musiqa darslarini yil mavzusi:
«Kompozitorlik musiqa janri»
I-chorak: «O’zbek xalq cholg’ulari orkestri. Xor san’ati».
II-chorak: «Simfonik orkestr. Musiqada vokal-simfonik janrlari».
III-chorak: «Sahnaviy musiqa asarlari. Balet va raqs san’ati. Musiqali drama va
komediya».
IV-chorak: «Opera san’ati. O’zbek musiqasida opera janri».
Beshinchi sinfda musiqa darslarining asosiy maqsadi, o’quvchilarni
boshlang’ich sinflarda olgan bilimlarini va tayyorgarlik darajasini aniqlab, musiqa
mashg’ulotlariga, to’garak ishlariga qiziqtirishdan iborat. Mazkur maqsad юzasidan
kirish suhbati o’tkaziladi va ko’pchilik yoddan biladigan qo’shiq kuylanadi.
Kuylashdan oldin ashula aytish holati, o’tirib va turib kuylash qoidalari tanishtiriladi
va tartibga solinib, vokal mashqlari yordamida ovozlar sozlanadi. So’ngra qo’shiq
ijro etiladi hamda ijro юtuq va kamchiliklari baholanadi. Qo’shiq mazmuni suhbatda
aniqlanib asar xarakteri, tempi, shakli belgilanadi va talablarga ko’ra qayta
kuylanadi, toki o’quvchilarda darsning professional darajasi sezilsin. Bunda ayniqsa
ovoz erkinligi va ravonligi, soz va ansamblga e’tibor kuchayadi. Qo’shiq ijrosi
xarakter jihatdan taqqoslanadi va badiiy mazmun jihatdan tahlil etiladi. Natijada
o’quvchilarni qo’shiq kuylashga, musiqa tinglashga, asarlarni savodli tahlil qilishga,
4
to’garaklarga qatnashishga, chiroyli ovoz hosil qilib kuylashga qiziqishi va
mas’uliyati oshib boradi. Keyinchalik esa ikki ovozli qo’shiq kuylashga qiziqishi
ham ortib boradi. Ikki ovozli kuylash malakasi singdiriladi. Bu to’garak ishlarida
o’z natijasini ko’rsatadi. Musiqiy asarni tinglash va kuylash uchun albatta musiqiy
bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish kerakligi va hayotda musiqa tarbiyasining
ahamiyati haqida musiqa o’qituvchisi tushuntirib borishi lozim.
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR:
1. Beshinchi sinfda musiqa o’qitishning ish mazmuni va metodikasi nimadan
iborat?
2. Beshinchi sinf o’quvchilarining fiziologik-psixologik xususiyatlari?
3. Beshinchi sinfda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va o’rgatish yo’llari
qanday?
4. Beshinchi sinfda o’quvchilarning o’qish davomida o’zlashtirgan ko’nikma va
malakalari nimalardan iborat?
Tayanch tushunchalar
Katta ashula– Farg’ona vodiysi, qisman Toshkentda ijro etiladigan jo’rsiz ashula
turi.
Interval - aniq balandlikka ega bo’lgan, ikki tovush balandligi bo’yicha oraligi.
Opera–musiqali dramatik asar, nutqning ma’lum bir qismi yoki deyarli hammasi
kuylanadi.
Xalq cholg’u asboblari orkestri – xalq cholg’u asboblaridan tuzilgan orkestrlar.
5