Beton uchun ishlatiladigan materiallar

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

1,1 MB


 
 
 
 
 
 
Beton uchun ishlatiladigan materiallar 
 
 
Yangi materiallar yaratish, ularning xususiyatlari va ishlov berish usullarini 
o‘rganish zamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. 
Ayni paytda iqtisodiyotning sanoat, arxitektura, shaharsozlik kabi turli sohalari 
talablarini qondiradigan va barcha qurilish me’yorlariga mos keladigan 
kompozitsion sement turlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo 
institutining “Strom” ilmiy-tadqiqot va sinov "Markazi 2008 yilda O’zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institute 
huzurida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom 
Karimovning 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab 
chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, markazda mahalliy xomashyo resurslari va turli 
ishlab chiqarish chiqindilari asosida yuqori sifatli qurilish materiallari ishlab 
chiqarish uchun resurs va energiya tejaydigan samarali texnologiyalar yaratish 
hamda ularni o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda. 
Markazdagi mavjud zamonaviy asbob-uskunalar sement, beton, gips, ohak, 
asbest, dolomit, bo’r, tosh, sopol, silikat va xom g’ishtni fizika-kimyoviy tahlil qilish 
hamda fizika-mexanik sinovdan o’tkazish imkonini beradi. Ayni paytda 
mutaxassislarimiz barcha turdagi xomashyo va qurilish materiallarini sinovdan 
o’tkazish imkonini beradigan 76 nomdagi tadqiqot asbob-uskunalari, o’lchov 
priborlaridan foydalanmoqda. Markazning yuqori malakali xodimlari qurilish 
materiallari va buyumlarini yaratish, tadqiq etish va sinovdan o’tkazish sohasida 
katta ilmiy-amaliy tajribaga ega. 
Beton uchun ishlatiladigan materiallar Yangi materiallar yaratish, ularning xususiyatlari va ishlov berish usullarini o‘rganish zamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ayni paytda iqtisodiyotning sanoat, arxitektura, shaharsozlik kabi turli sohalari talablarini qondiradigan va barcha qurilish me’yorlariga mos keladigan kompozitsion sement turlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining “Strom” ilmiy-tadqiqot va sinov "Markazi 2008 yilda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institute huzurida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, markazda mahalliy xomashyo resurslari va turli ishlab chiqarish chiqindilari asosida yuqori sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun resurs va energiya tejaydigan samarali texnologiyalar yaratish hamda ularni o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda. Markazdagi mavjud zamonaviy asbob-uskunalar sement, beton, gips, ohak, asbest, dolomit, bo’r, tosh, sopol, silikat va xom g’ishtni fizika-kimyoviy tahlil qilish hamda fizika-mexanik sinovdan o’tkazish imkonini beradi. Ayni paytda mutaxassislarimiz barcha turdagi xomashyo va qurilish materiallarini sinovdan o’tkazish imkonini beradigan 76 nomdagi tadqiqot asbob-uskunalari, o’lchov priborlaridan foydalanmoqda. Markazning yuqori malakali xodimlari qurilish materiallari va buyumlarini yaratish, tadqiq etish va sinovdan o’tkazish sohasida katta ilmiy-amaliy tajribaga ega.  
 
Bugungi kunda O’zbekistonda portlandsementning deyarli barcha turlari ishlab 
chiqarilmoqda, ayni paytda ushbu qurilish materialiga bo’lgan talab muttasil oshib 
bormoqda va buning natijasida portlandsement muhim strategik resursga 
aylanmoqda. 
Portland 
sementning 
xususiyatlari 
uni 
ishlab 
chiqarishda 
foydalaniladigan mineral qo’shimchalar va to’ldirgichlar bilan bog’liq hisoblanadi. 
Mamlakatimiz sement zavodlarida har yili 15 turdagi 10 million tonnadan ziyot 
sement ishlab chiqarilmoqda. Qurilish tarmog’i va sanoatda umumiy maqsadlarda 
foydalaniladigan sement, neft va gaz quduqlarini sementlash uchun mo’ljallangan 
tamponj sement, gidrotexnik inshootlar qurilishida qo’llaniladigan sulfatga chidamli 
sement shular jumlasidan. Bundan tashqari, mamlakatimizda bezak ishlarida 
foydalaniladigan oq sement ham ishlab chiqarilayotir. Keyingi yillarda 
mamlakatimizda yangidan –yangi sement ishlab chiqaruvchi zavodlar ko’payib 
bormoqda. 
Jizzax sement zavodi. Yangi texnologiya asosidagi quruq usulda ishlaydigan 
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida Jizzax sement zavodining foydalanishga 
topshirilishi, ushbu hududda sement tayyorlash uchun asosiy xomashyo – yuqori 
sifatli ohaktosh qatlamlarining mavjudligi ushbu zavod qurilishiga asos bo’lib 
xizmat qildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida faoliyat yuritayotgan 
mazkur korxona yiliga 350 ming tonnagacha oq sement va 760 ming tonna portland 
sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zavodda ishlab chiqarilgan oq sementdan 
pardozlash ishlari va sun’iy marmar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. OPS I-
1 500/42,5 oq portlandsement bo’yicha zavodning loyihaviy quvvati yiliga 350 000 
tonna, SEM I 32.5 N umumiy qurilish portlandsementi - yiliga 760 000 tonnani 
tashkil etadi. 
Ichki bozorga sotishga mo’ljallangan: oq portlandsement - 3%, umumiy 
qurilish portlandsementi - 86%. 
Eksportga sotish mo’ljallangan: oq portlandsement - 97%, umumiy qurilish 
portlandsementi - 14%. 
Chiqarilayotgan sement O'z DSt 761-96, GOST 31108-2003, GOST 30515-97 
me'yoriy hujjatlarga mos keladi. 
Bugungi kunda O’zbekistonda portlandsementning deyarli barcha turlari ishlab chiqarilmoqda, ayni paytda ushbu qurilish materialiga bo’lgan talab muttasil oshib bormoqda va buning natijasida portlandsement muhim strategik resursga aylanmoqda. Portland sementning xususiyatlari uni ishlab chiqarishda foydalaniladigan mineral qo’shimchalar va to’ldirgichlar bilan bog’liq hisoblanadi. Mamlakatimiz sement zavodlarida har yili 15 turdagi 10 million tonnadan ziyot sement ishlab chiqarilmoqda. Qurilish tarmog’i va sanoatda umumiy maqsadlarda foydalaniladigan sement, neft va gaz quduqlarini sementlash uchun mo’ljallangan tamponj sement, gidrotexnik inshootlar qurilishida qo’llaniladigan sulfatga chidamli sement shular jumlasidan. Bundan tashqari, mamlakatimizda bezak ishlarida foydalaniladigan oq sement ham ishlab chiqarilayotir. Keyingi yillarda mamlakatimizda yangidan –yangi sement ishlab chiqaruvchi zavodlar ko’payib bormoqda. Jizzax sement zavodi. Yangi texnologiya asosidagi quruq usulda ishlaydigan Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida Jizzax sement zavodining foydalanishga topshirilishi, ushbu hududda sement tayyorlash uchun asosiy xomashyo – yuqori sifatli ohaktosh qatlamlarining mavjudligi ushbu zavod qurilishiga asos bo’lib xizmat qildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida faoliyat yuritayotgan mazkur korxona yiliga 350 ming tonnagacha oq sement va 760 ming tonna portland sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zavodda ishlab chiqarilgan oq sementdan pardozlash ishlari va sun’iy marmar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. OPS I- 1 500/42,5 oq portlandsement bo’yicha zavodning loyihaviy quvvati yiliga 350 000 tonna, SEM I 32.5 N umumiy qurilish portlandsementi - yiliga 760 000 tonnani tashkil etadi. Ichki bozorga sotishga mo’ljallangan: oq portlandsement - 3%, umumiy qurilish portlandsementi - 86%. Eksportga sotish mo’ljallangan: oq portlandsement - 97%, umumiy qurilish portlandsementi - 14%. Chiqarilayotgan sement O'z DSt 761-96, GOST 31108-2003, GOST 30515-97 me'yoriy hujjatlarga mos keladi.  
 
Maqsad: 
•eksport hajmlarini pasaytirmasdan O’zbekistonda sementga o’sib 
borayotgan ehtiyojini qoniqtirish; 
•portlandsement chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini 
kengaytirish; 
•sementning yangi turini chiqarilishini o’zlashtirish; 
•valuta mablag’larini tejash maqsadida, import o’rnini bosuvchi 
mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish; 
•eksport salohiyatini yanada kengaytirilishini va qo’shimcha valyuta 
mablag’larining 
kelib 
tushishini 
ta'minlash 
maqsadida, 
eksportga 
mo’ljallangan mahsulotlarni chiqarish. 
 
 
Qo’llanilish sohasi. Portlandsement va uning turlari - zamonaviy 
qurilishda eng ko’p tarqalgan sement turlaridan biri. Portlandsement 
klinkerini gips bilan yupqa maydalash, shuningdek maxsus qo’shilmalar 
qo’shish orqali olinadigan gidravlik biriktiruvchi modda portlandsement deb 
ataladi. 
Umumiy qurilish portlandsementi asosan temirbeton ishlari uchun 
qo’llaniladi. Shuni qayd etib o’tish joizki, portlandsement penobeton, beton 
tayyorlashda va umumiy qurilish ishlarida, shuningdek yo’lakchalar va yo’l 
plitalarini terishda keng foydalaniladi. 
Maqsad: •eksport hajmlarini pasaytirmasdan O’zbekistonda sementga o’sib borayotgan ehtiyojini qoniqtirish; •portlandsement chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish; •sementning yangi turini chiqarilishini o’zlashtirish; •valuta mablag’larini tejash maqsadida, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish; •eksport salohiyatini yanada kengaytirilishini va qo’shimcha valyuta mablag’larining kelib tushishini ta'minlash maqsadida, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni chiqarish. Qo’llanilish sohasi. Portlandsement va uning turlari - zamonaviy qurilishda eng ko’p tarqalgan sement turlaridan biri. Portlandsement klinkerini gips bilan yupqa maydalash, shuningdek maxsus qo’shilmalar qo’shish orqali olinadigan gidravlik biriktiruvchi modda portlandsement deb ataladi. Umumiy qurilish portlandsementi asosan temirbeton ishlari uchun qo’llaniladi. Shuni qayd etib o’tish joizki, portlandsement penobeton, beton tayyorlashda va umumiy qurilish ishlarida, shuningdek yo’lakchalar va yo’l plitalarini terishda keng foydalaniladi.  
 
Oq sement toza ko’rinishda qo’llanilishga tayyor bo’lgan yakuniy 
mahsulot hisoblanmaydi, bu turli xil qurilish materiallarini ishlab chiqarish 
uchun foydalaniladigan xom ashyo komponenti bo’lib, quyidagi sohalarda 
qo’llaniladi. 
Quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarishda: 
• 
ichki va sirtqi ishlar uchun shpaklevka va suvoqchilik 
aralashmasi; 
• 
rangli terish uchun mo’ljallangan qorishma; 
• 
pol uchun o’z-o’zidan tekislanadigan qorishmalar; 
• 
qurilish kimyosi (plita yelimlari va choklar uchun ishqalab 
tekislaydigan qorishma). 
Beton mahsulotlarini ishlab chiqarishda: 
• 
sun'iy qoplash toshlari va g’ishtlari; 
• 
pol va qoplash plitalari; 
• 
yo’lakchalar plitalar va bordyurlar; 
• 
kichik arxitektura shaklidagi buyumlar. 
Sherobod sement zavodi.“Olmaliq KMK” AJ umumiy qurilish 
portlandsementi ishlab chiqaruvchi sement zavodi 2018-yil Surxondaryo 
viloyatida tashkil etildi. 
TSEM I 32,5 N markadagi umumiy qurilish portlandtsementi yiliga 1 
500 000 tonnani tashkil etadi. 
100 % ichki bozorga sotishga mo’ljallangan. 
 
 
Oq sement toza ko’rinishda qo’llanilishga tayyor bo’lgan yakuniy mahsulot hisoblanmaydi, bu turli xil qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo komponenti bo’lib, quyidagi sohalarda qo’llaniladi. Quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarishda: • ichki va sirtqi ishlar uchun shpaklevka va suvoqchilik aralashmasi; • rangli terish uchun mo’ljallangan qorishma; • pol uchun o’z-o’zidan tekislanadigan qorishmalar; • qurilish kimyosi (plita yelimlari va choklar uchun ishqalab tekislaydigan qorishma). Beton mahsulotlarini ishlab chiqarishda: • sun'iy qoplash toshlari va g’ishtlari; • pol va qoplash plitalari; • yo’lakchalar plitalar va bordyurlar; • kichik arxitektura shaklidagi buyumlar. Sherobod sement zavodi.“Olmaliq KMK” AJ umumiy qurilish portlandsementi ishlab chiqaruvchi sement zavodi 2018-yil Surxondaryo viloyatida tashkil etildi. TSEM I 32,5 N markadagi umumiy qurilish portlandtsementi yiliga 1 500 000 tonnani tashkil etadi. 100 % ichki bozorga sotishga mo’ljallangan.  
 
Chiqarilgan sement GOST 31108-2003, GOST 30515-97 me’yoriy 
hujjatlarga mos keladi. 
Maqsad: 
• 
Portlandsement chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish 
quvvatlarini kengaytirish; 
• 
Sementning yangi turini ishlab chiqarilishini o’zlashtirish; 
• 
Valyuta mablag’larini tejash maqsadida, import o’rnini 
bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish; 
• 
Kelgusida eksport salohiyatini kengaytirilishini va 
qo’shimcha valyuta mablag’larining kelib tushishini ta’minlash 
maqsadida, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni chiqarish. 
• 
Surxondaryo viloyati chekka qishloq va mahalla aholisini 
ish bilan ta’minlash. 
Texnologiya va jihozlar: 
Sement 
zavodida 
texnologik 
jarayoni 
yuqori 
darajada 
avtomatlashtirilgan dunyo ishlab chiqaruvchilaridan zamonaviy jihozlar 
o’rnatilgan. 
Sement ishlab chiqarishning quruq usuli zamonaviy texnologiya 
hisoblanadi va u avalgisiga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Masalan, 
elektr energiyasi iste'molini 2 baravarga, yoqilg’i iste'molini deyarli 1,5 
baravarga qisqartirish. Ushbu texnologiya hozirgi vaqtda portlandsement 
ishlab chiqarish uchun eng samarali usul hisoblanadi. 
Sement zavodining noyobligi shundaki, oq va umumiy qurilish 
portlandsementi yiliga 760 ming tonna quvvatga ega bo’lgan bir texnologik 
liniyada, yoki yiliga 350 ming tonna oq sement ishlab chiqarilishi mumkin. 
(Jizzax sement zavodi) 
Ishlab chiqarish majmui uchta karyerli uchun konchilik sexidan va 
sement ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish-texnologik liniyalardan iborat. 
Chiqarilgan sement GOST 31108-2003, GOST 30515-97 me’yoriy hujjatlarga mos keladi. Maqsad: • Portlandsement chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish; • Sementning yangi turini ishlab chiqarilishini o’zlashtirish; • Valyuta mablag’larini tejash maqsadida, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish; • Kelgusida eksport salohiyatini kengaytirilishini va qo’shimcha valyuta mablag’larining kelib tushishini ta’minlash maqsadida, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni chiqarish. • Surxondaryo viloyati chekka qishloq va mahalla aholisini ish bilan ta’minlash. Texnologiya va jihozlar: Sement zavodida texnologik jarayoni yuqori darajada avtomatlashtirilgan dunyo ishlab chiqaruvchilaridan zamonaviy jihozlar o’rnatilgan. Sement ishlab chiqarishning quruq usuli zamonaviy texnologiya hisoblanadi va u avalgisiga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Masalan, elektr energiyasi iste'molini 2 baravarga, yoqilg’i iste'molini deyarli 1,5 baravarga qisqartirish. Ushbu texnologiya hozirgi vaqtda portlandsement ishlab chiqarish uchun eng samarali usul hisoblanadi. Sement zavodining noyobligi shundaki, oq va umumiy qurilish portlandsementi yiliga 760 ming tonna quvvatga ega bo’lgan bir texnologik liniyada, yoki yiliga 350 ming tonna oq sement ishlab chiqarilishi mumkin. (Jizzax sement zavodi) Ishlab chiqarish majmui uchta karyerli uchun konchilik sexidan va sement ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish-texnologik liniyalardan iborat.  
 
Xom ashyo, mahsulotlar, yoqilg’i, suv sifatini nazorat qilish monitoringi 
va nazorati uchun barcha kerakli jihozlar bilan ta'minlangan laboratoriya 
mavjud. 
Sifat nazorati: 
Sement ishlab chiqarishda quydagi nazorat va sinovlar o’tkaziladi: 
• 
barcha turlar va tasniflarning siqishga bo’lgan pishiqligi; 
• 
bug’lantirilgandagi samaradorlik ko’rsatkichlari; 
• 
qotishning boshlanish va tugash vaqti; 
• 
maydalanishining yupqaligi va solishtirma yuzasi; 
• 
nazorat va sinov zavod laboratoriyasida namunalar tanlash 
uslubi bo’yicha bajariladi. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ta’minlash maqsadida, 
zavod ISO 9001 tizimi bo’yicha keyinchalik sifat olish uchun zarur bo’ladigan 
kimyoviy tahlil va fizika-mexanikaviy sinovlar o’tkazilishini ta’minlab 
beruvchi Shveytsariyaning “Termo Fisher”, Germaniyaning “Inolab”, 
Turkiyaning “Atom texnik’’ yetakchi kompaniyalarining jihozlari bilan 
jihozlangan. 
Zavodning 
tahliliy 
laboratoriyasi 
O’zbekiston 
Respublikasi 
“O’zstandart” Agentligi tomonidan attestatsiyadan o’tkazilgan. 
"Ayni paytda “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati yurtimizda 
sement ishlab chiqaradigan yetakchi korxona hisoblanadi. Mamlakatimizda 
ishlab chiqarilayotgan sementning yarmi ushbu korxona hissasiga to’g’ri 
kelmoqda. Bu yiliga qariyib 3,5 million tonnani tashkil qiladi. Bundan 
tashqari, “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyatida yiliga 1,7 million 
tonnagacha, “Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyatida 1 million tonnadan 
ortiq va “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatida 1 million tonnaga yaqin 
sement ishlab chiqarilayotir. Ushbu korxonalar har yili yangi ishlab chiqarish 
quvvatlarini barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish hisobidan 
ishlab chiqarish quvvatlarini oshirmoqda. 
Xom ashyo, mahsulotlar, yoqilg’i, suv sifatini nazorat qilish monitoringi va nazorati uchun barcha kerakli jihozlar bilan ta'minlangan laboratoriya mavjud. Sifat nazorati: Sement ishlab chiqarishda quydagi nazorat va sinovlar o’tkaziladi: • barcha turlar va tasniflarning siqishga bo’lgan pishiqligi; • bug’lantirilgandagi samaradorlik ko’rsatkichlari; • qotishning boshlanish va tugash vaqti; • maydalanishining yupqaligi va solishtirma yuzasi; • nazorat va sinov zavod laboratoriyasida namunalar tanlash uslubi bo’yicha bajariladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ta’minlash maqsadida, zavod ISO 9001 tizimi bo’yicha keyinchalik sifat olish uchun zarur bo’ladigan kimyoviy tahlil va fizika-mexanikaviy sinovlar o’tkazilishini ta’minlab beruvchi Shveytsariyaning “Termo Fisher”, Germaniyaning “Inolab”, Turkiyaning “Atom texnik’’ yetakchi kompaniyalarining jihozlari bilan jihozlangan. Zavodning tahliliy laboratoriyasi O’zbekiston Respublikasi “O’zstandart” Agentligi tomonidan attestatsiyadan o’tkazilgan. "Ayni paytda “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati yurtimizda sement ishlab chiqaradigan yetakchi korxona hisoblanadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sementning yarmi ushbu korxona hissasiga to’g’ri kelmoqda. Bu yiliga qariyib 3,5 million tonnani tashkil qiladi. Bundan tashqari, “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyatida yiliga 1,7 million tonnagacha, “Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyatida 1 million tonnadan ortiq va “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatida 1 million tonnaga yaqin sement ishlab chiqarilayotir. Ushbu korxonalar har yili yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarish quvvatlarini oshirmoqda.  
 
 
Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida 
sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori 
qabul qilindi. Ushbu qarorda Qayd etilishicha, prezidentning “2018-2019 
yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni 
jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2018 yil 19 
iyuldagi PQ-3874-son qaroriga muvofiq Jizzax viloyatining Zafarobod 
tumanida yirik sement zavodi "Huaxin Cement Jizzakh" MChJ QKning 
birinchi bosqichi ishga tushirildi. Korxona yiliga 1,2 mln tonna sement ishlab 
chiqarish quvvatiga ega. Loyihaning umumiy qiymati 150,0 mln dollarni 
tashkil etadi. E’tiborlisi, zavod to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya hisobiga 
bunyod etilgan. Muhimi pandemiya sharoitida bu yerda 300 dan ortiq yangi 
ish o’rinlari yaratildi. 
Endilikda korxonada M-400 va M-500 markadagi sifatli sement 
mahsulotlari ishlab chiqariladi. Buning uchun korxona eng so’nggi rusumdagi 
energiya tejamkor, ekologiyaga ta’sir kuchi kam bo’lgan texnologiyalar bilan 
jihozlangan. Hozirda zavodda kuniga 2,5-3 ming tonna yarim tayyor mahsulot 
klinker ishlab chiqarilmoqda. Sinov-tekshiruv davri yakunlangach zavod 
kuniga 5 ming tonna sifatli sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
«O’zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi investitsiya loyihalar, hamda 
hududiy dasturiga ko’ra viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda joriy yilda 
umumiy quvvati 5 mln tonna bo’lgan jami 6 ta yangi sement zavodlari 
Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda Qayd etilishicha, prezidentning “2018-2019 yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2018 yil 19 iyuldagi PQ-3874-son qaroriga muvofiq Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida yirik sement zavodi "Huaxin Cement Jizzakh" MChJ QKning birinchi bosqichi ishga tushirildi. Korxona yiliga 1,2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyihaning umumiy qiymati 150,0 mln dollarni tashkil etadi. E’tiborlisi, zavod to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya hisobiga bunyod etilgan. Muhimi pandemiya sharoitida bu yerda 300 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi. Endilikda korxonada M-400 va M-500 markadagi sifatli sement mahsulotlari ishlab chiqariladi. Buning uchun korxona eng so’nggi rusumdagi energiya tejamkor, ekologiyaga ta’sir kuchi kam bo’lgan texnologiyalar bilan jihozlangan. Hozirda zavodda kuniga 2,5-3 ming tonna yarim tayyor mahsulot klinker ishlab chiqarilmoqda. Sinov-tekshiruv davri yakunlangach zavod kuniga 5 ming tonna sifatli sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladi. «O’zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi investitsiya loyihalar, hamda hududiy dasturiga ko’ra viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda joriy yilda umumiy quvvati 5 mln tonna bo’lgan jami 6 ta yangi sement zavodlari  
 
foydalanishga topshiriladi. Natijada, sement ishlab chiqarish bo’yicha 
umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 mln.tonnaga yetkaziladi. 
Beton 
to‘ldiruvchilari- 
Beton 
to‘ldiruvchilari 
asosiy 
qurilish 
materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib 
bormoqda. 
To‘ldiruvchilar - bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sun’iy 
materiallar bo‘lib, bog’lovchilar va suv ratsional aralashmasi bilan beton hosil 
qiluvchi materialdir. To’ldiruvchi sifatida asosan mahalliy tog‘ jinslari va 
ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Keyingi 
yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton 
keng ko’lamda qo'llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini 
pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. 
To'ldiruvchilar beton va temir-beton konstruksiyalarning 30. ...50 % 
narxini, 80-85% hajmini tashkil qiladi. Kapital va umuman qurilishdagi 
asosiy masala, bu to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashni 
takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda to'ldiruvchilar ishlab chiqarish 
texnologiyasida ilmiy-texnik yutuqlarni qo‘llashdir. 
Tosh materiallar va ular asosida olinadigan to’ldiruvchilar qadim 
zamondan bino va inshootlarni tiklashda keng qo‘llanilgan. 
Misrdagi hashamatli yodgorliklardan fir’avn qabrlari, Xeops piramidasi, 
Karnakedagi Amona ibodatxonasi kabi ulkan noyob yodgorliklar eramizdan 
ikki-to‘rt ming yil avval xarsang tosh elementlari vositasida qurilgan. 
Vatanimizda tosh materiallarni bino va inshootlarda keng qo‘llab 
kelinganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Masalan shahar devorlari, 
minoralar, masjid va qasrlar, Buxoro, Samarqand, Xiva yodgorliklari kabi 
inshootlarda tosh materiallardan keng foydalanilgan. 
Asrlar osha tosh materiallarni qo’llash ahamiyati osha borgan, ulardan 
foydalanib ko‘plab binolar, to‘g‘onlar hamda turli muhandislik inshootlari 
qurilgan. Keyingi yillarda qurilishda beton va temir-betonlarni qo‘llash hajmi 
oshdi va beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilami ishlab chiqarish hajmi 
foydalanishga topshiriladi. Natijada, sement ishlab chiqarish bo’yicha umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 mln.tonnaga yetkaziladi. Beton to‘ldiruvchilari- Beton to‘ldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. To‘ldiruvchilar - bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sun’iy materiallar bo‘lib, bog’lovchilar va suv ratsional aralashmasi bilan beton hosil qiluvchi materialdir. To’ldiruvchi sifatida asosan mahalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng ko’lamda qo'llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. To'ldiruvchilar beton va temir-beton konstruksiyalarning 30. ...50 % narxini, 80-85% hajmini tashkil qiladi. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda to'ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasida ilmiy-texnik yutuqlarni qo‘llashdir. Tosh materiallar va ular asosida olinadigan to’ldiruvchilar qadim zamondan bino va inshootlarni tiklashda keng qo‘llanilgan. Misrdagi hashamatli yodgorliklardan fir’avn qabrlari, Xeops piramidasi, Karnakedagi Amona ibodatxonasi kabi ulkan noyob yodgorliklar eramizdan ikki-to‘rt ming yil avval xarsang tosh elementlari vositasida qurilgan. Vatanimizda tosh materiallarni bino va inshootlarda keng qo‘llab kelinganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Masalan shahar devorlari, minoralar, masjid va qasrlar, Buxoro, Samarqand, Xiva yodgorliklari kabi inshootlarda tosh materiallardan keng foydalanilgan. Asrlar osha tosh materiallarni qo’llash ahamiyati osha borgan, ulardan foydalanib ko‘plab binolar, to‘g‘onlar hamda turli muhandislik inshootlari qurilgan. Keyingi yillarda qurilishda beton va temir-betonlarni qo‘llash hajmi oshdi va beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilami ishlab chiqarish hajmi  
 
ham bir necha marta ortdi. To’ldiruvchilarning sifati yaxshilandi, assortimenti 
ko‘paydi va yangi texnologik usullar ishga tushirildi. 
 
Hozirgi qurilish materiallari korxonalari Vatanimizda ishlab chiqarilgan 
yuqori unumli mashinalar bilan ta’minlangan. Ishlab chiqarishdagi deyarli 
hamma texnologik bosqichlar mexanizatsiyalashtirilgan. 
Beton to‘ldiruvchilari ishlab chiqarish sanoatining eng muhim vazifalari 
mahalliy xom ashyodan, shu jumladan sanoat chiqindilaridan keng 
foydalanish va ishlab chiqarishni rivojlantirish, ularning sifatini oshirish va 
qurilishning tannarxini kamaytirishdir. O‘zbekistonda qurilish materiallari 
sanoati o‘tgan yillar ichida qoloq va mayda tarqoq hunarmandchilik ishlab 
chiqarish holatidan zamonaviy va to‘la avtomatlashtirilgan og'ir industriyaga 
aylandi. 
Respublikamizdagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodlar 
yuqori unumli mashina va agregatlar bilan jihozlangan. 
ham bir necha marta ortdi. To’ldiruvchilarning sifati yaxshilandi, assortimenti ko‘paydi va yangi texnologik usullar ishga tushirildi. Hozirgi qurilish materiallari korxonalari Vatanimizda ishlab chiqarilgan yuqori unumli mashinalar bilan ta’minlangan. Ishlab chiqarishdagi deyarli hamma texnologik bosqichlar mexanizatsiyalashtirilgan. Beton to‘ldiruvchilari ishlab chiqarish sanoatining eng muhim vazifalari mahalliy xom ashyodan, shu jumladan sanoat chiqindilaridan keng foydalanish va ishlab chiqarishni rivojlantirish, ularning sifatini oshirish va qurilishning tannarxini kamaytirishdir. O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati o‘tgan yillar ichida qoloq va mayda tarqoq hunarmandchilik ishlab chiqarish holatidan zamonaviy va to‘la avtomatlashtirilgan og'ir industriyaga aylandi. Respublikamizdagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodlar yuqori unumli mashina va agregatlar bilan jihozlangan.  
 
Beton va temir beton zamonaviy qurilishda asosiy material bo’lib, ularni 
yuqori ishlatilish xususiyatlari (mustahkamlik, shaklsizlanishi, uzoq muddat 
ishlatilishi va boshqalar) yuqori texnologiklik xususiyati bilan bog’lik, ya’ni 
ortiqcha xarakatchanlikka ega, bu esa beton qorishmasini oquvchanligini va 
yaxshi o’rnashini ta’minlaydi. Bu masala faqat zamonaviy, samarador 
qo’shimchalar superplastifikatorlardan - foydalanish bilan hal bo’lishi 
mumkin. 
Superplastifikatorlar to’g’risida ilk bor ma’lumotlar XX asrning 30-
yillarida paydo bo’lgan va 1955 yilda birinchi patent olingan. Urush yillarida 
(1941-1945) bu qo’shimchalarni ishlatilishi 50-yillar oxiriga surildi. 
Germaniya va Yaponiya davlatlari sanoat miqiyosida tovar mahsuloti 
sifatida superplastifikatorlarni ishlab chiqara boshladilar. SNG davlatlarida 
superplastifikatorlarni qurilish qorishmalar va betonlar ishlab chiqarishni 
texnologiyasida 
qo’llanilishi 
70-80 
yillarda 
boshlandi. 
Beton 
va 
qorishmalarga har xil turli qo’shimchalarni ishlatilishiga va yaratish 
muammosini hal qilishda ko’pgina institutlarni, ayniqsa NIIJBIning sement 
hissasi 
katta. 
L.A.Alimov., 
N.V.Axverdov., 
Yu.M.Bajenov., 
V.A.Voljenskiy., G.I.Gorchakov., B.V.Gusyev., F.M.Ivanov., L.A.Malinin., 
O.P.Mchalov-Petrosyan., V.B.Ratinov., P.A.Rebinder., T.I.Rozinberg., 
A.V.Satalkin., 
V.I.Solomatov., 
K.G.Skromtayev, 
M.I.Xigerovich., 
S.V.Shestoperov va boshqalar rahbarligida katta izlanishlar olib borildi. Chet 
tilida N A.Adam., I.Bauzol., S.Brunauer., M.Venua., D Konard., G.Kyul., 
F.M.Li., T.Pauere., B.Rayxel., V.Ramachandrant va boshqalar tomonidan 
izlanishlar olib 
borildi. 
Har xil qo’shimchalarni Beton va qorishmalarga ayniqsa kimyoviy 
turdoshlar, ishlab chiqarish va amalda qo’llanish muammosiga katta e’tibor 
berildi. Bu esa qorishma va beton qorishmalarini texnologik parametrlarini 
boshqarishni, realogik va ekspluatatsiya xossalarini to’g’rilash usullaridan 
biri deb hisoblasa bo’ladi. Bugun butun dunyoda qo’shimchalar hozirgi 
Beton va temir beton zamonaviy qurilishda asosiy material bo’lib, ularni yuqori ishlatilish xususiyatlari (mustahkamlik, shaklsizlanishi, uzoq muddat ishlatilishi va boshqalar) yuqori texnologiklik xususiyati bilan bog’lik, ya’ni ortiqcha xarakatchanlikka ega, bu esa beton qorishmasini oquvchanligini va yaxshi o’rnashini ta’minlaydi. Bu masala faqat zamonaviy, samarador qo’shimchalar superplastifikatorlardan - foydalanish bilan hal bo’lishi mumkin. Superplastifikatorlar to’g’risida ilk bor ma’lumotlar XX asrning 30- yillarida paydo bo’lgan va 1955 yilda birinchi patent olingan. Urush yillarida (1941-1945) bu qo’shimchalarni ishlatilishi 50-yillar oxiriga surildi. Germaniya va Yaponiya davlatlari sanoat miqiyosida tovar mahsuloti sifatida superplastifikatorlarni ishlab chiqara boshladilar. SNG davlatlarida superplastifikatorlarni qurilish qorishmalar va betonlar ishlab chiqarishni texnologiyasida qo’llanilishi 70-80 yillarda boshlandi. Beton va qorishmalarga har xil turli qo’shimchalarni ishlatilishiga va yaratish muammosini hal qilishda ko’pgina institutlarni, ayniqsa NIIJBIning sement hissasi katta. L.A.Alimov., N.V.Axverdov., Yu.M.Bajenov., V.A.Voljenskiy., G.I.Gorchakov., B.V.Gusyev., F.M.Ivanov., L.A.Malinin., O.P.Mchalov-Petrosyan., V.B.Ratinov., P.A.Rebinder., T.I.Rozinberg., A.V.Satalkin., V.I.Solomatov., K.G.Skromtayev, M.I.Xigerovich., S.V.Shestoperov va boshqalar rahbarligida katta izlanishlar olib borildi. Chet tilida N A.Adam., I.Bauzol., S.Brunauer., M.Venua., D Konard., G.Kyul., F.M.Li., T.Pauere., B.Rayxel., V.Ramachandrant va boshqalar tomonidan izlanishlar olib borildi. Har xil qo’shimchalarni Beton va qorishmalarga ayniqsa kimyoviy turdoshlar, ishlab chiqarish va amalda qo’llanish muammosiga katta e’tibor berildi. Bu esa qorishma va beton qorishmalarini texnologik parametrlarini boshqarishni, realogik va ekspluatatsiya xossalarini to’g’rilash usullaridan biri deb hisoblasa bo’ladi. Bugun butun dunyoda qo’shimchalar hozirgi  
 
vaqtda qorishmalar va betonlar uchun talab qilinadigan qism bo’lishi kerak, 
chunki bu materiallarni taxminan 85-90% har xil kimyoviy mineral 
qo’shimchalar ishlatilishi bilan qo’llanadi. 
 
vaqtda qorishmalar va betonlar uchun talab qilinadigan qism bo’lishi kerak, chunki bu materiallarni taxminan 85-90% har xil kimyoviy mineral qo’shimchalar ishlatilishi bilan qo’llanadi.