BILISH JARAYONLARI VA FAOLIYAT PSIXOLOGIYASI (Sezgilarning tasnifi, Idrok haqida tushuncha, Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya, Xayol haqida tushuncha)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
49
Faytl hajmi
246,1 KB
BILISH JARAYONLARI VA FAOLIYAT PSIXOLOGIYASI
Reja:
1. Sezgilarning tasnifi.
2. Idrok haqida tushuncha.
3. Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya.
4. Xayol haqida tushuncha.
Tayanch so`z va iboralar:
Bilish jarayaoni: sezgi, analizator, retseptor, nerv tola, sezgi turi: ko`rish,
eshitish, hid bilish, tam bilish, teri-taktil, muskul-harakat, statik, organik; sezgi
qonuniyati: sezgirlik, sinezteziya,sensibilizatsiya, adaptatsiya, hayol, taassurot,
xayol jarayoni: agglyutinatsiya, giperbolizatsiya, tipiklashtirish, sxematizatsiya,
xayol turi: tasavvur, ijodiy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy, orzu, tush ko`rish, shirin, xayol
sifati: kengligi, torligi, chuqurligi, realligi, mazmundorligi, kuchi.
1.Sezgilarning tasnifi.
Ma’lumki bizni o’rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko’p
belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki
yumshoqligi, g’adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va
hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a’zolarimiz orqali
ongimizda aks ettiramiz.
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda
xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turadi. Natijada
bizda turli sezgilar hosil bo’ladi. CHunonchi, nurlarning ko’zimizga ta’sir qilishi
natijasida ko’rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to’lqinlarining
qulog’imizga ta’sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan
birga burun bo’shlig’iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta’siri natijasida hid
sezgisi, biror narsani qo’limiz yoki badanimizga tegib ta’sir etish natijasida teri
(taktil – biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar
har doim hosil bo’ladi.
Demak, sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga
bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda
aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi
narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo’zg’atuvchilarning
muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va
organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan sezishning dastlabki
bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o’tadi. Sezgi
ham oddiy psixologik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o’z-o’zidan hosil
bo’lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo’lishi.
2. Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo’lishi.
Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va
boshqalarni sezamiz.
Sezgi idrok bilan bog’liq bo’ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin
uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri
natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to’plab, har bir sekundda
axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada
tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o’z ichki holatini adekvat “mos” aks
ettirishi hosil bo’ladi. Sezgi a’zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan
yo’llaridan biridir.
Sezgilarning nerv - fiziologik asoslari
Ma’lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta’sirlar natijasida hosil bo’lmay, balki
organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu
qo’zg’atuvchidan ta’sirlanuvchi reaktsiyalari tarzida hosil bo’ladi va har qanday
psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv - fiziologik
asosini qo’zg’atuvchining o’ziga aynan o’xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida
hosil bo’ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. SHuningdek, sezgilarning nerv
fiziologik asosini o’rganishda I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati
tashkil etadi.
Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib,
fiziologik jarayon bo’lgan qo’zg’alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga
aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil
topgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o’tkazadigan maxsus
transformator qismi;
analizatorning
periferik
bo’limining
markaziy
analizator
bilan
bog’laydigan yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent
(markazdan qochuvchi) nervlar;
analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv signallarining qayta
ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq bo’limlari.
Analizatorning qobiq bo’limida retseptor hujayralarining asosiy qismi
jamlangan o’zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma’lum miqdorda
mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo’ladi.
Analizatorning o’zak qismida retseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan
bo’lib, ko’plab hujayralardan iborat. Mazkur analizatorning periferik, ya’ni tarqalib
ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o’zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi
va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobig’ining katta qismi
ishtirok etishiga erishiladi. Analizatorning o’zagi analiz va sintez qilish funktsiyasini
bajaradi, masalan, tovushlarning balandligi.
Tarqoq qismlar dag’al analiz funktsiyalarni, masalan musiqiy ohang va
tovushlarni farqlash bilan bog’liq bo’ladi.
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo’li manbasi
va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan ta’sirotni miyaga
olib boruvchi nerv yo’llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi
elementlarning o’zaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi
olamda to’g’ri mo’ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq
tarzdagi faoliyatining negizini ta’minlaydi.
1. Sezgilar tasnifi va turlari
Sezgilar qaysi a’zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga,
ya’ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri, muskul–harakat, organik
sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a’zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan
sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki
ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U retseptorning qaerda
joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi.
Tashqi
muhitdagi
narsa
va
hodisalarning
xususiyatlarini
aks
ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan
sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar;
Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana
a’zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot
(axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda
joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.
Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki
mulohazalar interoretseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot
ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, ma’nodagi
sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida
namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to’la o’rganilmaganligi
sababli uni “noma’lum hislar” deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning
xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat
kasb etadi.
Interoretseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaktsiyalari
o’zgarishida ko’zga tashlanadi , bolada esa xatti–harakatning keskin o’zgarishiga
sabab bo’ladi. Chunki bola tana a’zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish
imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o’zgarishi
belgilardan buni sezish mumkin.
Interoretseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o’zaro o’rin
almashtirish muvozanatini ta’minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir
so’z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o’zaro o’rin almashib turishning
gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Shuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga
keladigan pulьs, zo’riqish, affekt holatlarini yo’qotish, tug’ilib kelayotgan mayllarni
qondirish bilan bog’liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a’zolarining faoliyatini
izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin.
Interoretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interotseptsiya bilan
birgalikda K.M.Bikov, V.N. Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o’rganilgan.
Ularning fikriga ko’ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati
mexanizmlaridan kelib chiqqadi
Propriotseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to’g’risida signallar bilan
ta’minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent
asosini tashkil qiladi.
Pereferik retseptorlar muskullar, pay va bo’g’imlarda joylashgan bo’lib,
maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo’zg’atuvchilar muskullarning harakatlashuvi
natijasida va bo’g’imlar holatining o’zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa
miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga yetkaziladi. Qo’zg’ovchilar Burdax va
Goll yadrosining quyi bo’limlariga yetib keladi va undan po’stosti tugunchalaridan
o’tib, bosh miya katta yarim sharining qorong’ulashgan zonasida harakatlarini
yakunlaydilar.
Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan,
hayvonlarda P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o’rganilgan.
Psixologik ma’lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik
sezgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan
bo’lib, ular o’zaro bir-biriga perpendikulyar bo’shliqda tutash holatda yotadi.
Masalan, bosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemada ko’rish mumkin:
a) endolimfa suyuqligiga bog’liq qo’zg’alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyar nervi;
g) bosh miya po’stining chakka bo’lmasi;
d) miya apparatiga o’tadi;
Vestibulyator sezgi apparati ko’rish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni
mo’ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi.
Masalan, avtomobil yo’lidan o’tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda
ham uchrashi mumkin.
Ekstroretseptiv sezgilar intermodal, nospetsifik sezgi turkumlariga ham
ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish
mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog’i, tirsak,
tizza uchlari) payqash – vibratsiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni
idrok qilishi. Odatda vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi.
Uning quyidagi ko’rinishlari ham mavjud:
a) hid, ta’m, va maza sezgilarida;
b) o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug’likda;
v) uch xil ta’sirning uyg’unlashgan integrativ holatida;
Sezgining nospetsifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik
jumlalarni ajratish, qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi. Terining foto
sezgirligi A.N.Leontьev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu narsa ko’pgina
holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo’l
uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto
sezgirligi tabiati psixologiyada yetarli darajada o’rganilmagan.
Sezgi turlari:
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroretseptiv,
proprioretseptiv, introretseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Ko’rish sezgilari;
2. Eshitish sezgilari;
3. Hid bilish sezgilari;
4. Ta’m bilish sezgilari;
5. Teri sezgilari;
6. Muskul-harakat (kinestetik);
7. Statistik sezgilar;
8. Organik sezgilar.
Ko’rish sezgilari
Insonlar tomonidan rang va yorug’likni sezish ko’rish sezgilari orqali amalga
oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo’linadi.
Psixofiziologik qonunga ko’ra yorug’lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali
o’tib singanda hosil bo’ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak
ranglar, ya’ni qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko’k, binafsha tuslarini
qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko’rinishlari
axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko’rish sezgilarining organi ko’z hisoblanib, u ko’z soqqasi undan chiqib
keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgan bo’lib, ko’z soqqasini tashqi tomirlari
va to’r pardalari o’rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo’lmagan oq qismi sklera yoki
qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha
qavariq qismi tiniq mugus parda bo’lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb
ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko’z
ko’k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o’rta qismida yumoloq tiniq modda
bo’lib, uni qorachig’ deb ataymiz va u orqali ko’z ichiga yorug’lik nurlari kiradi.
Ko’zlarning uchinchi pardasi to’r parda deb nomlanib, u ko’z soqqasining
deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachig’ bilan rangdor pardaning orqasida
ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko’z gavhari joylashgan bo’ladi. Yorug’lik nurlari
unda to’planib, so’ng sinadi va to’r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi.
Ko’z soqqasining gavhari bilan to’r parda o’rtasidagi butun ichki yuzasi
shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo’ladi.
To’r parda rang va yorug’likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda
ko’ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkadagi
uchlarida tayoqcha va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari
mavjuddir. Inson ko’zini to’r pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va
kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko’zining to’r
pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb
taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik, ya’ni kunduzgi ranglar
ko’riladi.
Tayoqchalar yorug’likni yaxshi sezuvchan bo’lib, xira va qorong’u paytlarda
o’z funktsiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To’r pardaning eng sezgir joyi – sariq dog’ning asosan, kolbachalar bilan
markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni
hammadan ravshanroq ko’ramiz. Obьektga tik qarash natijasida ko’z muskullari
unga qaratiladi va aks ettiruvchining sur’ati sariq dog’ga tushadi. Bunday tarzdagi
ko’rish to’g’ri ko’rish deyiladi.
Odam ko’zi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 millimikrongacha
uzunlikdagi to’lqinlarning ta’sirini sezadi.
Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari 1756 yilda M.V.Lomonosov
tomonidan bayon qilingan bo’lsa, 1856 yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgolts
tomonidan uni to’la isbotlab berilgan.
Ushbu nazariyaga binoan to’r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element
mavjuddir, ulardan birining qo’zg’alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi qo’zg’alishi
yashil rang sezgisi va uchinchi qo’zg’alishi binafsha rang sezgisini hosil qiladi.
Nazariyaga ko’ra yorug’lik to’lqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda
qo’zg’atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug’lik to’lqinlari ikki yoki uch
elementga ta’sir qilsa-yu, ammo bu bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi
elementlardan har birining qanchalik qo’zg’aluvchanligiga qarab, har xil rang
sezgilari namoyon bo’ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg’iz to’r pardasidagi
jarayonlar bilangina emas, balki miya po’stida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar
bilan ham bog’liq ekanligi to’g’risida ma’lumotlar mavjuddir. Zamonaviy
ma’lumotlarga binoan tayoqchalarda ko’rish purpuri degan maxsus modda borligi
isbotlangan. Ko’zga yorug’lik ta’siri etganda ko’rish purpuri kimyoviy yo’l bilan
parchalanib, tarkibiy qismlarga bo’linadi va mazkur jarayon ko’rish nervini
qo’zg’atib, yorug’lik sezgisini hosil qiladi va qorong’ulikda esa purpur funktsional
holatini qayta tiklaydi.
Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib, musiqaviy va shovqinli
tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi,
ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan
biri asosiy ton hisoblanib, u tovushning balandigini, kuchini belgilaydi, boshqalari
keluvchi tovushlar sanalib, ular obertonlar deyiladi. Musiqa asboblaridan
taralayotgan tovushlarning o’ziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. Hatto nutq
tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqinlardan (undosh
tovushlar) tashkil topgan bo’ladi.
Eshitish sezgilari organi quloq bo’lib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv
yo’lidan iborat. O’sha quloqlar nog’ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha:
bolg’acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq (quloq labirinti) o’zaro
birlashmagan uchta bo’lakdan tuzilgan.
Tashqi quloq havo to’lqinlarini yig’uvchi karnay vazifasini bajaradi. Nog’ora
parda va unga yopishgan suyakchalar havo to’lqinlarini ichki quloqqa uzatadi. O’rta
quloq maxsus yo’l orqali og’iz va burun bo’shlig’i bilan tutashgan bo’ladi. Ichki
quloqlarning yuqori qismi uchta yarim doira kanaldan, o’rta qismi kameradan va
pastki qismi chig’anoqdan tashkil topgan.
Ichki quloqlarning uchchala bo’limi endolimfa nomli suyuqlikdan iboratdir.
Ichki quloqlarning asosiy qismi chig’anoqdan iborat bo’lib, uning ichida kortiy
organ mavjud, u gumbaz shakliga ega bo’lib, asosida membrana joylashgan.
Membrana uzunligi qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat bo’lib, ular tarang
tortilgan to’rlarga o’xshaydi. Uning yuqori qismida maxsus, tayoqchasimon
hujayralar mavjud va ular kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari
endolimfaga ingichka qo’llari bor maxsus hujayralar yordamida korniy dugalari
orqali katta yarim sharlar po’stining bo’lagida joylashgan.
Havo to’lqinlarining harakati tufayli tovush chiqaruvchi jismlar tebranganida
eshitish sezgilari hosil bo’ladi. Agar musiqaviy tovushlar havo to’lqinlarining sekin
harakatlari natijasida vujudga kelsa, shovqinli tovushlar esa ularning notekis
harakatlari natijasida yuzaga keladi. Odamning eshitish organi bir sekundda 16
martadan 20000 martagacha tebranishli tovushlarni qabul qiladi.
Hid bilish sezgilari
Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun
kavagining yuqori tomoni hisoblanib, bu yerda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi
nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi.
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo’zg’aydi. Hid bilish markazi bosh miya
yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi. Hidli
moddalar hid bilish hujayralariga gaz holatida ta’sir etib, kimyoviy reaktsiyalar yo’li
bilan ularni qo’zg’atadi. Oddiy gaz holatidagi hidli moddalar havo bilan nafas olish
jarayonida burun havosiga kirib keladi, natijada aks ettirish holati hosil bo’ladi.
Ta’m bilish sezgilari
Ta’m bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho’r singari mazalarni his qilish
bilan tavsiflanadi. Ta’m bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning
yumshoq qismidan tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish
so’rg’ichlari mavjud bo’lib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan
maxsus ta’m bilish “kurtaklari”ga ega. Ta’m bilish so’rg’ichlari til yuzasida bir tekis
taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi achchiqni, uchi shirin mazani, chetlari
esa nordon mazani sezadi. Lekin ularning o’rtasida bo’lsa, mazani aks ettira
olmaydi. Ta’m bilish so’rg’ichlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchi
nervlarning chekka uchlari joylashgan, ular ta’m bilish organidagi qo’zg’alishni
bosh miyaga uzatib turadi, uning markazlariga yaqin joylashgan.
Teri sezgilari
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo’lib, ularning bunday
nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq
pardalarida joylashganligidadir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lib,
birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki g’adir–
budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a’zosiga narsalarning tegishini sezish
tashqi qo’zg’atuvchi kuchayganda siqiq sezgiga aylanadi, u yanada kuchayganda
og’riq sezgisiga aylanadi.
Tuyish sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari
deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida va qisman
tashqarisida tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq
pardalarda bir tekis taqsimlangan, barmoqlarning uchlarida til uchida labda zich
joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari
zichligi ekstiziometr asbobi yordami bilan o’lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli
tsirkuldan tashkil topgan, bo’lib, uning o’zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari
o’rtasidagi masofani o’lchaydi.
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po’stining orqadagi markaziy
nuqtasida joylashgan deb taxmin qilinadi. Tuyish sezgilarining tashqi, ya’ni fizik
sababi bu biron-bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Muskul – harakat sezgilari, statik sezgilar
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga og’irlikni,
qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari–gavda
muskullari, paylar, bo’g’imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi
nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo’lib, ularning ta’sirida harakat va statik
sezgilar vujudga keladi.
Muskul - harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta’sir etuvchi
narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash
sezgilari deb ataladi.
Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki
quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat
quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo’ladi, sezuvchi nerv
tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda
muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib
yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan.
Organik sezgilar
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda, qizilo’ngach, me’da, ichak,
qon tomirlari, o’pka va shu kabilarda joylashgan bo’ladi. Ichki organlardagi
jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining qo’zg’atuvchilaridir.
Ularga quyidagilar kiradi;
a) og’riq sezgilar;
b) chanqov sezgilari;
v) noxush tuyg’ular;
g) ochlikni sezish.
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari
Sezgilarning yuzaga kelishi ma’lum qonuniyatlarning asosida yuz beradi.
Sezgilar biror bir sezgi a’zosining qo’zg’alishidan hosil bo’ladi. Qo’zg’atuvchi
retseptorga ta’sir etishi bilanoq sezgi hosil bo’lmaydi. Qo’zg’atuvchi ta’sir eta
boshlagandan bir necha vaqtdan keyin sezgi hosil bo’ladi. Lekin sezgilarning har xil
turlari faqat o’ziga xosligi bilan emas, balki ular uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar
bilan ham ifodalanadi. Sezgilarning sifati, jadalligi uzoq davom etishi va ko’p
joylarda yuz berishi ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi. Quyida sezgilarning
xususiyatlari yaqqol ifodalangan.
Sifat – mazkur sezgining asosiy xususiyati bo’lib, uni boshqa sezgi turlaridan
farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o’zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisi
past–balandligi, mayinligi, zo’rligi bilan farq qiladi va hokazo.
Sezgining jadalligi uning miqdorini ifoda etadigan xususiyat bo’lib, ta’sir
kelayotgan qo’zg’atuvchining kuchi va retseptorning funktsional holati bilan
belgilanadi. Sezgining davomiyligi uning vaqtinchalik xususiyati hisoblanadi. U
ham sezgi a’zosining funktsional holati bilan lekin asosan qo’zg’atuvchining ta’sir
qilish vaqti va ta’sirning jadalligi bilan belgilanadi. Qo’zg’atuvchi sezgi a’zosiga
ta’sir qilishi bilanoq sezgi hosil bo’lmaydi, balki bir oz vaqt o’tgach hosil bo’ladi.
Bu sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri har xil sezgi turi uchun
turlicha, masalan, taktil sezgilari uchun 130 millisekund bo’lsa, og’riq sezgisi uchun
370 millisekundan iborat.
Bilinar – bilinmas sezgi hosil qiluvchi qo’zg’atuvchining minimal kuchi
sezgirlikning quyi chegarasi deyiladi. Sezgilarning quyi chegarasi analizatorning
absolyut sezgirligi darajasini aniqlaydi. Masalan, 1 gramm qandni 1 piyola choydagi
mazasi uncha sezilmaydi. 0.1 sm qog’ozni qo’l kaftiga qo’yilsa, uning og’irligi
sezilmaydi. Sezgi chegarasining me’yori qanchalik kichik bo’lsa, mazkur
analizatorning sezgirligi shunchalik yuksak bo’ladi.
Ko’rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov
(1851-1951)ning tajribalarida ko’rsatilganidek, kishining ko’zlari to’rpardagi bor
yo’g’i 28 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yorug’likni ko’ra oladi. Tim
qorong’ulikda 27 kilometr masofada yonib turgan shamni ko’rish qobiliyatiga
egamiz. Ayni paytda badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko’rish va
eshitish sezgilari hosil bo’lishiga sarflanganiga nisbatan, 100-10000000 barovar zid
quvvat talab qilinadi.
Analizatorning mutlaq sezuvchanligi sezgining faqat quyi emas, balki yuqori
chegarasi bilan kifoyalanadi. Sezgining mutlaqo yuqori sezuvchanligi deb
qo’zg’atuvchining kuch bilan ta’sir qilishiga aytiladi. Bunda ta’sir ko’rsatayotgan
qo’zg’atuvchiga aynan o’xshaydigan sezgi hosil bo’ladi. Bizning retseptorlarimizga
ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchilar kuchining yana ham oshishi og’riq sezgisini hosil
qiladi.
Sezgi a’zolari yordamida u yoki bu qo’zg’atuvchining faqat bor yo yo’qligini
qayd etmasdan, balki qo’zg’atuvchilarning kuchiga va sifatiga qarab farqlay
olishimiz mumkin. Sezgilar o’rtasidagi bilanar-bilinmas farqni hosil qiluvchi ikkita
qo’zg’atuvchi o’rtasida mavjud bo’lgan minimal farq ajratish chegarasi yoki
ayirma chegarasi deb ataladi.
Nemis fiziologi E.Veber (1795-1878) kishining o’ng va chap qo’llarida
ko’tarib turgan ikkita narsaning qaysi biri og’irroq ekanligini aniqlay bilish
qobiliyatini tekshirar ekan, farq ajratish sezgirligi mutloq emas, balki nisbiyligini
qayd etgan edi. Bundan qo’shimcha qo’zg’atuvchining asosiy qo’zg’atuvchiga
nisbatan doimiy o’lcham bo’lishi kerak, degan ma’no kelib chiqadi. Jumladan,
qo’lda 100 gramm og’irlikdagi yuk turgan bo’lsa yukning bilinar-bilinmas
og’irligini payqash uchun og’irlik 3.4 gramm atrofida oshirilishi kerak. Yukning
og’irligi 1000 gramm bo’lgan taqdirda esa sezgi hosil qilishida salgina farq sezishi
uchun og’irlik 33.3 gramm chamasi oshirilishi kerak. SHunday qilib, ilk
qo’zg’atuvchining o’lchami qanchalik katta bo’lsa, unga qo’shimcha ham
shunchalik katta bo’lishi lozim.
Sezgining jadalligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proportsionaldir.
Boshqacha qilib aytganda, qo’zg’atuvchining kuchi geometrik progressiya yo’li
bilan osha borgan taqdirda sezgilarning jadalligi arifmetik progressiya yo’li bilan
oshadi. Bu qonun Veber - Fexner qonuni ham deb ataladi.
Ayirma sezuvchanlik yoxud farq ajratish sezuvchanligi ham farqlanish
chegarasining o’lchamiga nisbatan teskari bog’lanishda bo’ladi; farqlanish
chegarasi qanchalik katta bo’lsa, ayirma sezuvchanlik ham shunchalik kam bo’ladi.
Sezgilar chegarasining absolyut me’yori bilan belgilanadigan analizatorning
sezgirligi barqaror bo’lmasdan qator fiziologik va psixologik shart-sharoitlar ta’siri
ostida o’zgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptatsiya (moslashish)
hodisasi alohida o’rin egallaydi.
Adaptatsiya – yoxud moslashuv – sezgi organlari sezgirligining qo’zg’atuvchi
ta’siri ostida o’zgarishi demakdir.
Adaptatsiya (yoki moslashish) ikki turga bo’linadi:
a) negativ adaptatsiya;
b) pozitiv adaptatsiya.
Pozitiv adaptatsiyada kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgirlik oshadi.
Ko’rish analizatorida pozitiv adaptatsiya, qorong’ulik adaptatsiyasi deyiladi.
Negativ adaptatsiya ikki xil bo’ladi:
a) qo’zg’atuvchining davomiy ta’siridan sezgirlik yo’qoladi. Masalan,
qo’limizga yuk qo’yilsa sezamiz, ammo vaqt o’tishi bilan sezmay qolamiz.
b) kuchli qo’zg’atuvchi ta’siridan sezgirlikning susayishi. Masalan, qorong’u
xonadan birdaniga chiqib qolsak, avvaliga hech narsa ko’rmaymiz, vaqt o’tishi bilan
sezgirlik pasayib biz normal ko’ramiz.
Adaptatsiya teri retseptorlarida tez yuzaga keladi. I.P.Pavlov fikricha,
“Adaptatsiya bosh miya po’stloq qismidagi muhofazalovchi tormozlanishi tufayli
hosil bo’ladi”. Haroratga, hidlarga nisbatan ham adaptatsiya bo’ladi.
Sensibilizatsiya – analizatorlarning o’zaro munosabati va mashq qilishi
natijasida sezgirlikning kuchayishidir.
Sensibilizatsiyaning adaptatsiyadan farqi:
1. Adaptatsiyada sezgirlik oshadi yoki kamayadi, sensibilizatsiyada esa faqat
oshadi;
2. adaptatsiyada sezgirlikning o’zgarishi tashqi chegaralarga bog’liq bo’lsa,
sensibilizatsiyada psixologik, fiziologik holatlarga bog’liq bo’ladi.
Sinesteziya qo’zg’atuvchining bir analizatorga ta’siri bilan boshqa
analizatorga xos sezgining paydo bo’lishidir. Ko’rish, eshitish sinesteziyasi ko’proq
uchraydi. Sinesteziyalar har bir shaxs uchun doimiy bo’ladi. Masalan,
kompozitorlardan Skrebin, A.F.Lest, N.Rimskiy Korsakovlarda “rangdor eshitish”
qobiliyati bo’lgan. Demak, sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo’lib qo’shilishidir.
“Masalan, “shirin so’z”, “bag’ri tosh”.
Sezgilar kontrasti qarama–qarshi sifatga ega bo’lgan bir vaqtdagi qo’zg’alish
tufayli sezgirlikning o’zgarishidir. Masalan, tinch joyda tovush kuchliroq seziladi.
Oqimtir fonda qora rang qoraroq, qoramtir fonda oq rang yana ham och bo’lib
seziladi. Odam charchaganda sezgirlik pasayadi. Harakat oshganda sovuqqa
sezgirlik o’tkirlashadi. Sezgirlik kasbga ham bog’liq. Masalan, rassomlarda rang
sezish, musiqachilarda tovush sezish va shu kabilar.
Sezgi borasidagi nazariyalar
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mobodo inson
axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo’lsa, u holda u uyqu faoliyatiga
sho’ng’iydi. Masalan, teri tuyish sezgilari patologiyaga uchrasa, unda odam
(ko’pincha vaqtincha muvaqqat) ko’rish, eshitish, hid sezgisidan mahrum bo’lishi
mumkin. Mobodo axborotlarni kuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida
buzilsa, kar yoki ko’r bo’lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin
to’xtalish, vaqtincha orqada qolish yuzaga keladi. Agar bola maxsus usul yoki
uslubga o’rgatilmasa, tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o’rnini to’ldirib
bo’lmaydi.
Nemis faylasufi Xristian Volf «Ratsional psixologiya» (1732 yil) va “Empirik
psixologiya” (1734 yil) kitoblarida ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga
qobiliyatning tabiiy moddiy asosi zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib
tushadigan axborotlar shaxobchasiga, ya’ni sezgi kanaliga hech qanday bog’liq
emas, deb tushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish
nazariyotchisi “fanga ratsionalizm” tushunchasi bilan birga kirib keldi. X.Volf va
uning tarafdorlari psixologik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab
ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g’oyani ilgari surdilar.
Shuning bilan birga “Ong”, “Aql” tarixiy evalyutsiya natijasi emas, deb inson
psixikasiga o’zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo’lgan “birlamchi”
xususiyat ekanligini tushuntirishga intiladilar. Mazkur nazariyaga asoslangan
psixologlar insonning sezgilari uni tashqi olam bilan bog’lab turuvchi birdan bir
shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar va voqelikni mana bunday
tarzda izohlashga harakat qildilar; sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar,
ular atrof-muhit o’rtasidagi bartaraf qilib bo’lmaydigan devor hisoblanadilar. Berkli,
Yung, Myuller, Gelmolts singari olimlar sezgi organlarining “Spetsifik energiyasi”
nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g’oyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qat’iy
pozitsiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga
binoan har qaysi sezgi a’zosi hoh quloq, hoh til, hoh teri bo’lishidan qat’iy nazar
tashqi dunyoning ta’sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda bo’lib turgan real, jarayonlar
yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi ta’sirdan shaxsiy
jarayonlarning qo’zg’atuvchisidan turtki oladi, xolos. Mazkur nazariyaga ko’ra har
bir sezgi a’zolari o’zining spetsifik energiyasiga ega bo’lib, u har qanday ta’sirdan
qo’zg’aladi. Masalan, ko’zni bosib, unga elektr toki bilan ta’sir qilib ko’rilsa,
yorug’lik sezgisi hosil qilinadi. Quloqqa elektr qo’zg’atuvchisi bilan ta’sir
o’tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. Binobarin, sezgi a’zolari tashqi
ta’sirni aks ettirmaydi, balki ularning ta’siridan qo’zg’aladi. Inson hech qachon
tashqi voqelikni, dunyoni ob’ektiv ta’sirlarini idrok qilmaydi, balki sezgi a’zolari
faoliyatida o’zlarining shaxsiy sub’ektiv holatlarini aks ettiradi.
Sezgilarning retseptor nazariyasiga ko’ra retseptor-sezgi a’zolari ularga ta’sir
qiluvchi qo’zg’atuvchilarga nisbatan sust javob qaytaradi, sezgilar harakatga qarama
– qarshi turuvchi sust jarayondir. Harakatning o’zi esa aksincha faol (aktiv)dir.
Hozirgi davrda sezgilarning retseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonlarining
fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligi qator tadqiqotchilar
tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda ta’kidlab o’tilgandir.
Sezgi jarayonining faolligini tan oluvchi nazariya sezgilarning reflektor
nazariyasi deb ataladi. Hayvonlar va jonivorlarning sezgilari sust xususiyatga emas,
balki tashqi olam ta’sirining biologik ahamiyatga molik jihatlarini faol ravishda
ajratgan holda hatti-harakatni amalga oshiradilar. Masalan, asalari bir xil
turkumdagi gullarga nisbatan aralash hollardagi gullarga faolroq javob reaktsiyasini
bildiradi. Mushuk sichqonning qimirlashiga e’tiborini kuchaytiradi, lekin xuddi
shunga o’xshash kamerton tovushiga aslo parvo ham qilib qo’ymaydi.
Bu omillar shuni ko’rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik xususiyatiga
ega, ikkinchidan ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari ishtirok etadi.
AQSHlik psixolog Neffning ta’kidlashicha, mikroskop ostiga olib teriga igna
sanchilsa, xuddi shu uchastkada reflektor harakat reaktsiyalari kuzatilgan: tomirning
qisishi, teri galьvanik refleks, goho ko’z harakati, bo’yin muskullarining,
taranglashuvchi qo’lning harakat reaktsiyasi sodir bo’lishi mumkin.
Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish,
farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta’kidlab o’tilgan. Masalan,
ko’zni yumib, jismni farqlash uchun qo’l bilan uni paypaslash kerak, aks holda uning
holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi g’adir-budurligini bilib, sezib bo’lmaydi.
I.M.Sechenovning fikriga ko’ra jismni ko’z bilan idrok qilish uchun ko’z o’sha
narsani “qidirsin”, faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga chiqqan
bo’ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida ko’z harakatlari nazariyasi ishlab
chiqilgan bo’lib, ular makro va mikro ixtiyoriy va ixtiyorsiz ko’rinishlarga ajratiladi.
Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi:
Konvergent, divergent, gorizontal, vertikal, parsimon va boshqalar. Ko’z
harakati yordami bilan fazoda o’rin almashib turgan jismlarni topish, bilib olish va
idenfikatsiyalash amalga oshiriladi. Ko’z harakatlari uch jufti tashqi muskullari,
ya’ni miya bosh suyagining III, IV va VI juft nervlari orqali ro’yobga chiqadi,
ko’zning makro va mikro harakatlari sezgining mexanizmi rolini bajarish
imkoniyatiga ega.
Jahon psixologiya fani ma’lumotlariga qaraganda sezgilar atrof- muhit
to’g’risida va o’zimiz haqimizda yagona bilish manbai sifatida xizmat qiladi.
Sezgilar shunday bir axborot kanaliki, ular tashqi olamdan va ichki tana a’zolaridan
keladigan barcha holatlar, taassurotlar xuddi shu yo’llar orqali miya po’stiga yetib
boradi, insonga ta’sirlarga nisbatan to’g’ri javob reaktsiyalari qaytarishga yordam
beradi.
His etish yoki sezgining filogenetik taraqqiyoti shuni ko’rsatadiki, hayvonlarda
ma’lum narsani sezish, his etish ularning biologik jihatdan zaruriyat ehtiyoj
ekanligiga qarab rivojlangan.
Bu holatlar ko’pincha xorij olimlari tomonidan izchil ravishda o’rganilgan,
ularning o’ziga xos omillar mexanizmlari mavjudligi ta’kidlab o’tilgan. Masalan,
turli asalari xatti-harakatlari kuzatilganda, gulga o’xshash murakkab geometrik
shaklga nisbatan asalarining differentsirovkasi oson kechgan. Agarda shu murakkab
geometrik shakl gullarga oid bo’lmasa, u holda arida differentsirovka juda
qiyinchilik bilan vujudga kelgan. Tadqiqotchi Botsning kuzatishicha, jonivorlar
qurt-qumursqalarga xos bo’lgan tovushlarga nisbatan xuddi shu turdagi harakatlarga
befarqlik bildirmagan, moboda tovushlar qattiq va tez sur’atda kechsa, ularga hech
qanday e’tibor bermagan. Ushbu vazifani olim biologik shartlanganlikdan kelib
chiqqan tabiiy ehtiyoj, instinkt bilan uzviy bog’lagan.
S.V.Kravkov (1893-1951) ma’lumotlariga ko’ra bir sezgi a’zolarining faoliyati
ikkinchisining ta’siri tufayli o’zgaradi, tovush asosan ko’rish sezgisi, yorug’lik
sezuvchanligini orttiradi, shunga o’xshash turli hidlar hamda yorug’lik va hid
bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday o’zaro
ta’sir sababli miya ustuni yuqori qismi va ko’rish bo’rtiqlariga tegishli
o’simtalarning yaqin joylashganligi tufayli boshqasiga o’tishi osonroq amalga
oshadi.
Bundan tashqari sezgilarning o’zaro qo’zg’alishi va tormozlanishini o’rganish
ham alohida ahamiyatga ega, chunki ayrim hollarda avtomatik boshqarish tufayli
unga uchishda sun’iy sezgirlikning pasayishi yoki ortishi zarurati tug’iladi.
I.P.Pavlov tomonidan analizatorlarning murakkab o’zaro ta’sir shakllari
mavjud ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po’stida namoyon bo’lib,
bir vaqtning o’zida ko’rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni
sezishimizda o’z ifodasini topadi. Bu bosh miya po’stida kechadigan fiziologik
jarayonlarni bosib o’tishi zarur bo’lgan zonalar perekretik zonalar deb nomlanadi.
Sezgilarning klassifikatsiyasi ularning turli spetsifik tavsiflariga, ya’ni moddalligiga
qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab ham ajratiladi.
Sezgilarni ob’ektiv yo’nalishi bo’yicha Ye.N.Sokolov, Vinogradovlar
tekshirganlar va ular passiv jarayon emasligi, vegetativ elementlar fiziologik nafas
olish tizimida o’zgarishga sabab bo’lishini tushuntirib berilgan. Ushbu vaqt reflektor
o’zgarishlarni sezgining ob’ektiv ko’rsatkichi sifatida ishlashga imkoniyat yaratadi.
Ma’lumki, sezgini paydo qiluvchi har bir qo’zg’atuvchi, reflektor jihatdan yuzaga
keluvchi jarayonlarni chaqiradi, chunonchi tomirlarning torayishini, teri galьvanik
reflektorlarning paydo bo’lishi, teri qalinligining o’zgarishi miyaning elektr
faoliyatining o’zgarishi, ko’zlarning qo’zg’atuvchi tomon burilishi kabilar.
Bularning hamma sezgi jarayonlarning paydo bo’lishini o’z ichiga oladi. Xuddi shu
sababdan ular sezgilarning ob’ektiv ko’rsatkichlari tariqasida xizmat qila oladi.
Idrok haqida tushuncha
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib,
barcha ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni
egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi,
aks ettirishda ishtirok etadi.
Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, to’laroq aks ettirish jarayoni
bo’lib, sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi hamda
xususiyatlari bilan butunligicha, ya’ni yaxlit aks ettirishdan iboratdir. Masalan,
olmani ko’rgan paytimizda uning shakli, rangi, ta’mi, hidi va navi bilan birgalikda
bir butun narsa tarzida idrok etamiz. Demak, idrok qilish jarayonida deyarli barcha
sezgilarimiz qatnashadi.
Shuning uchun ham idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab aks ettirish
jarayonidir.
Shaxs tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda
aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda
ham aks ettiradi.
Psixologik adabiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha ta’riflar uchraydi.
Jumladan M.Vohidovning “Psixologiya” darsligida idrok deb sezgi a’zolarimizga
ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, deb
keltiriladi.
V.Karimovaning “Psixologiya” o’quv qo’llanmasida idrok bu bilishimizning
shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga
ayni paytda kerak bo’lgan ob’ektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks
ettirishimizni ta’minlaydi.
Keltirilgan ta’riflardan kelib chiqqan holda idrokka quyidigicha ta’rif berish
mumkin:
Idrok deb sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini
kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.
Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok
qiladi. Chunki narsa va xossa bir-biridan ajralgan holda mavjud bo’lmaydi. Odam
narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmoq
qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. Quyoshni idrok qilinadi, uning
issiqligi seziladi va boshqalar.
Idrok qo’zg’atuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan
farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan
birgalikda aks ettiriladi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidan
iboratdir, degan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Idrok o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan
hissiy bilishning sifat jihatidan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrokning muhim tomonlaridan biri – uning xususiyatlarini turli jabhalar,
vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo’lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan
biri – bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda
insonning idrok qilish (pertseptiv) faoliyatini uning o’zlashtirilgan bilimlari,
to’plagan tajribalari shuningdek, murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi
zamirida yuzaga keladi.
Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni
umumlashgan holda aks ettirilishdir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib
borayotgan ko’p qirrali, ko’p yoqlama amallari idrok qilish bilan cheklanib,
chegaralanib qolmasdan, balki o’sha majmua aniq qism yoki hodisa sifatida
baholanadi.
Idrokning
navbatdagi
xususiyati
uning
harakatchanligi
va
boshqaruvchanligidir. Masalan: toshko’mir yorug’likda yog’du sochadi, oq
qog’ozdan ko’proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni “qora” va “oq” deb idrok
qiladi, vujudga kelgan bevosita sub’ektiv taassurotlarga nisbatan o’zgartirishlar,
tuzatishlar kiritadi.
Idrok jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz ishtirok etsa ham idrok
sezgilarimizning oddiy yig’indisidan iborat deb bo’lmaydi. Idrok jarayonida turli
sezgilarimizdan tashqari odamning shu paytgacha orttirilgan turmush tajribasi ham
ishtirok etadi. Odam o’z turmush tajribasida juda ko’p narsa va hodisalarni takror-
takror idrok qilgani tufayli odamning idroki anglanilgan harakatlarga egadir.
SHuning uchun yetarli turmush tajribasiga ega bo’lgan odam (ya’ni katta yoshli
odamlar) idrok qilayotgan narsasi nima ekanligini anglashga yordam beradi. Hech
qanday turmush tajribasiga ega bo’lmagan odam, (ya’ni chaqaloq, bolalar) idrok
qilayotgan narsasi nima ekanini hali mutlaqo bilmaydi.
Idrok jarayoni shunchaki oddiy aks ettirishdan iborat emas. Idrok jarayonida
odamning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xayoli, hissiyoti va irodasi ishtirok etadi.
Chunonchi, odam diqqatini qaratmasdan (yo’naltirmasdan) birorta narsani ham
mutlaqo idrok eta olmaydi.
Diqqat qaratilgandagina ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni ravshan idrok
etamiz. Idrok jarayonida odamning ilgari orttirgan turmush tajribasi ishtirok qilar
ekan, binobarin idrok jarayoni odamning xotirasi bilan bog’liqdir.
Idrokda har doim xususan tanish jarayoni ishtirok etadi. Tanish jarayoni
qatnashayotganini tufayli odam idrok qilayotgan narsalarini darrov anglab ola biladi.
Mashhur rus fizologlaridan I.I.Sechenovning ta’kidlashicha, odam hozirgi idrokidan
hosil bo’lgan obrazlar ilgarigi idroklarida vujudga kelgan va xotirasida saqlanib
qolgan obrazlar bilan taqqoslab ko’radi. Agar hozirgi idrokdan hosil bo’lgan obraz
ilgari xuddi shu narsani idrok qilishdan vujudga keltirilgan obrazga to’la mos kelsa,
ayni choqda idrok qilayotgan narsasini taniydi. Aksincha, agar hozirgi idrokdan
hosil bo’lgan obraz ilgarigi obrazga mos kelmasa, ya’ni ayni choqda idrok
qilayotgan narsani odam tanimasa idrok davom ettirila beradi. Idrok jarayonida nutq
va tafakkurning qatnashishi shunda namoyon bo’ladiki, har bir idrok nihoyasiga
borib, hukm shaklida, ya’ni chigal gap shaklida ifodalanadi. Chunonchi odamni yoki
biror idishni idrok qilayotganimizda idrokimizni, "bu piyola" deb tugallaymiz.
Narsalarning nomini atash bilan idrokimizning mazmunini ravshanlashtiramiz. Agar
idrok jarayonida narsalarning nomini atay olmasak, ya’ni idrok qilayotgan narsalar
bizga notanish qandaydir yangi narsalar bo’lsa, unday paytda idrok jarayonidagi
tafakkur faollashib ketadi. Odam idrok qilayotgan narsasi nima ekanligi haqida
o’ylay boshlaydi.
Idrok jarayonida xayolning qatnashishi shunda ko’rinadiki, odam o’zidan
allanimalarni qo’shib, idrok qilayotgan narsasidan hosil bo’lgan obrazning
mazmunini kengaytirib yuboradi. Masalan, osmondagi to’da-to’da bulutlarga qarab,
ularning shaklini nimalargadir o’xshatish mumkin. Idrok jarayonida xayolning
ishtirok qilishi, xususan, bolalarda yaqqol ko’rinadi.
Idrok jarayonida his-tuyg’ularning ishtirok qilishi shu idrok qilayotgan
narsalarimizga nisbatan hosil bo’ladigan munosabatlarimizda ko’rinadi. Odam idrok
qilayotgan hamma narsalarga nisbatan bir xilda munosabatda bo’lmaydi. Agar odam
ilgari biror narsani idrok qilayotgan paytda qattiq xafa bo’lgan, kayfiyati buzilgan
bo’lsa, shu narsani yana ikkinchi marta idrok qilganda yana hissiyotlarga nisbatan
bo’lsa ham sodir bo’ladi. Bundan tashqari idrok hissiy holatning ishtiroki yana
shunda ochiq ravshan ko’rinadiki, odam qattiq qo’rqinch hissini boshidan
kechirayotgan paytda idroki yanglish bo’ladi, ya’ni kuchli hissiy holat ta’sirida
ayrim narsalar boshqacha bo’lib ko’rinadi. Chunonchi kechasi qorong’i ko’chada
qo’rqib kelayotgan odamga ro’parasidagi to’nka pisib, poylab, o’tirgan odamga
o’xshab ko’rinadi. Shuning uchun ham "ko’rqqanga qo’sha ko’rinar" degan xalq
maqoli bejiz aytilgan emas. Aksincha, odamning kayfiyati chog’, xursand paytida
hamma idrok qilayotgan narsalari chiroyli va yoqimli bo’lib tuyuladi.
Ma’lumki, idrok sezgi a’zolari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida
bir necha sezgi a’zosi ishtirok etadi. Lekin ulardan biri eng muhim o’rinda turadi.
Masalan, suratni idrok qilishda ko’rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda
eshitish organi yetakchilik qiladi. Idrok jarayonida qaysi sezgi a’zosining
yetakchilik rolini o’ynashiga qarab, idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin.
Masalan, ko’rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta’m bilish idroki va
boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo’lib, bunda bir
necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan, kinofilmni idrok qilishda ko’rish
va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak atrofdagi narsa va hodisalar bir-biriga
bog’liq. Ular muayyan makonda ma’lum vaqtda sodir bo’ladi. Shuningdek, ular bir-
birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma’lum munosabatda shakl, hajm va boshqa
xossalarga egadir.
Sezgilar eng oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda
murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda
ifodalanadi:
1) har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni
idrok qilish, bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning shakli va rangini aks
ettiruvchi ko’rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi
ta’m bilish sezgisi, harakatini aks ettiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar
tahlil yordamida ajratib olinadi va idrokning pertseptiv tomonini tashkil qiladi. Ular
ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu esa idrokning
pertseptiv tomonini tashkil qiladi.
2) Har bir idrok tarkibiga kishining o’tmishda hosil qilingan bilim va
tajribalari kiradi.
Idrokning nerv fiziologik asosi
Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. I.P.Pavlov bo’yicha
idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar retseptorlarga ta’sir
etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobig’ida hosil bo’ladigan shartli
reflekslarning muvaqqat nerv bog’lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar
va hodisalar kompleks qo’zg’atuvchi sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiq
bo’linmalar o’zagida ana shu kompleks qo’zg’atuvchilarning murakkab tahlili va
sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak
darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib,
idrokning anglangan bo’lishi mumkin emas. Jumladan, notanish xorijiy tilda
aytilgan nutq boshdan - oyoq tovushlar oqimi tarzida idrok etiladi. Nutqning
anglangan holda idrok etilishi, ya’ni u tushunishi uchun nutqning alohida iboralarga
mohiyat e’tibori bilan so’zlarga ajratish shartidir. Ayni paytda nutqni idrok etish
jarayonida tahlil bilan bab- baravar tarzda sintez qilinadi, shu tufayli biz alohida
tarqoq tovushlarni emas, balki so’zlarni va iboralarni idrok etamiz. Muvaqqat nerv
bog’lanishlarining o’rnatilishi sintezning negizini tashkil qiladi. Idrokning negizi
nerv bog’lanishlarining ikki turidan, bitta analizator doirasida hosil bo’ladigan
bog’lanishlardan va analizatorlararo bog’lanishlardan tarkib topadi. Birinchi holat
organizmga bitta modallikdagi kopleks qo’zg’atuvchi ta’sir etganda kuzatiladi.
Eshitish analizatorlariga ta’sir qiladigan alohida tovushlarning o’ziga xos
birikmasidan iborat kuy ana shunday qo’zg’atuvchi bo’lishi mumkin. Ushbu
kompleksning hammasi bitta murakkab qo’zg’atuvchi sifatida ta’sir qiladi.
Kompleks
qo’zg’atuvchining
ta’siri
ostida
hosil
bo’ladigan
nerv
bog’lanishlarining boshqa bir turi ham borki, ular turli xildagi analizatorlar
doirasidagi bog’lanishlardan iboratdir. I.M.Sechenov narsani yoki fazoni ko’rish
kinestezik, paypaslash assotsiatsiyalari orqali va boshqa sezgilarning assotsiatsiyasi
orqali idrok etilishini izohlab bergan edi.
Kishidagi bog’lanishlarga albatta so’zning eshitilishi bilan obrazi ham
qo’shiladiki, unda muayyan narsa yoki fazoga munosabat gavdalangan bo’ladi.
Idrok negizida hosil bo’ladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari tashqi olamdagi
narsalar va hodisalar xususiyatlarining ob’ektiv bog’lanishlar asosida tarkib topadi.
Analizatorlar o’rtasida hosil bo’ladigan bog’lanishlar tufayli biz idrokimizda narsa
va hodisalarning buning uchun moslashgan analizator bo’lmagan xususiyatlarini
(masalan, narsaning hajmi, solishtirma og’irligi) ham aks ettiramiz.
Shuning uchun ham biz idrok qilganimizda olamni sezgilarimizga nisbatan
chuqurroq qilib olamiz. Bu muvaqqat nerv bog’lanishlar narsa - hodisaning birgina
xossasi bilan emas, balki barcha xossalari kompleks qo’zg’atuvchilar ta’siri bilan
vujudga keladi. Masalan, talaba butun bir dars jarayonida idrok qilayotganda
o’qituvchini ko’radi, uning nutqini tinglaydi, yozadi. Bu kompleks qo’zg’atuvchilar
ko’rish,
eshitish,
muskul-harakat
retseptorlarini
qo’zg’aydi.
Kompleks
qo’zg’atuvchilarning analizatorlarning miya po’sti qismidagi yadrolarida murakkab
tahlil va sintez qilishi amalga oshadi. Idrok jarayonida tahlil bilan bir vaqtda sintez
ham ro’y beradi. Shuning uchun biz ayrim tovushlarni emas, butun so’z va iboralarni
idrok qilamiz. Demak, idrokning nerv fiziologik asosida ikkinchi signal tizimining
muvaqqat nerv bog’lanishlari yotadi. Muvaqqat nerv bog’lanishlarining hosil bo’lish
jarayoni sintez asosini ikki xil nerv bog’lanishlari yotadi.
Bir analizator doirasida hosil bo’ladigan bog’lanishlar bir narsadagi kompleks
qo’zg’aluvchilarining organizmga ta’sir etishdan vujudga keladi. Masalan, eshitish
analizatoriga ta’sir qiladigan ayrim tovushlarning o’ziga birikishi shunday
qo’zg’ovchi bo’la oladi. Musiqa tinglash, rasm ko’rish, ular analizatorlararo
bog’lanishlar, bir narsa yoki bir necha analizatorlarga ta’sir etadi. Masalan, ko’rish,
muskul analizatorlari, ma’ruza, monolog.
Kuzatish va kuzatuvchanlik
Idrokning o’ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri kuzatuvchanlikdir.
Umuman olganda idrok jarayonining hammasi kuzatish bilan har doim uzviy
bog’liq. Chunki odam idrok qilayotganida nimanidir kuzatadi. Lekin ixtiyorsiz idrok
jarayonidagi kuzatiladigan narsa va hodisalar odamning esida saqlanib qola
bermaydi.
Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qo’yiladigan tayyorgarlikka, kishining
bilim va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog’liq. Kishining
rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi.
Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va hodisalarning unga
bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi.
Akademik I.P.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak
baho bergan. U Sankt-Peterburg yaqinidagi Pavlova shahridagi fiziologiya
institutining
oldi
tomoniga
“Kuzatuvchanlik,
kuzatuvchanlik
va
yana
kuzatuvchanlik” deb yozdirib qo’ygan.
Idrokda obyekt va fon
Odamga juda ko’p narsa va hodisalar ta’sir qilib turadi. Bular shunday ko’p
xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning o’zida ularga javob reaktsiyasi qaytara
olmaydi. Odam ko’p sonli qo’zg’ovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib
oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan narsani
o’rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt hisoblanib,
ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Masalan, o’qituvchi bir darsda bir necha
o’quvchilardan so’raydi. Har safar so’rayotganlarni ko’radi. Chaqirilgan o’quvchi
uning javobi xatti-harakati idrok ob’ekti hisoblanadi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism
idrokning ob’ekti deb ataladi. Boshqa o’quvchilar faoliyati idrok foni bo’lib qoladi.
Idrok foniga kirgan o’quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa, idrok ob’ektiga
aylanadi va aksincha. Demak, idrok obyekti va foni dinamik tabiatga ega bo’lib,
doimo o’zgarib turadi. Obyekt va fonning dinamikligi bosh miya katta yarim sharlari
po’stida vujudga keladigan optimal qo’zg’alish o’chog’ining almashinishi bilan
taqozo etiladigan diqqatning bir ob’ektdan boshqa ob’ektga o’tishi bilan izohlanadi.
Idrok fonidan ob’ektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar,
shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini ajralishi kabilarda aniq ko’rish mumkin.
Juda ko’p hollarda ob’ektni fondan tez va aniq ajratib olish uchun uni alohida
rang, shakl va belgilar bilan ta’kidlab qo’yiladi. Masalan, transport belgilari, temir
yo’l ishchilari maxsus to’q sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar.
Apertseptsiya
Idrokning o’ziga xos xususiyatlaridan biri idrok jarayoniga butun psixik hayot
mazmunining (ya’ni butun ma’naviy boyligining) ta’sir etishidir. Yuqorida
aytilganidek, idrok jarayoni odamning turmush tajribasi bilan bog’liq ekan,
binobarin, idrok jarayoniga bilim boyligi odamning ishonch, e’tiqodlari,
dunyoqarashi, qiziqish va ehtiyojlari hamda kasbi ta’sir qiladi. Psixologiyada idrok
jarayoniga odamning butun ma’naviy hayot boyligini ta’sir etishini appertseptsiya
deb yuritiladi.
Appertseptsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va
ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy
hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir.
Appertseptsiya xodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni bilan bir-
birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani
uzining bilimi, saviyasi, nuqtai nazari, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga
asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, daladagi
gullab turgan paxtani oddiy bir talaba bilan tajribali agronom idrok qiladigan bo’lsa,
albatta, ularning idroklari, ya’ni paxtani aks ettirishlari juda katta farq bo’ladi.
Talaba shunchaki, odatdagi oddiy bir paxta sifatida aks ettirsa, agronom paxtaning
qanday navi, taraqqiyotning qaysi bosqichda ekanligi, taxminan qancha hosil berishi
va shu kabilar bilan birga chuqur hamda juda to’la idrok etadi. Pedagogik va
psixologik bilimlarga ega bo’lgan tarbiyachi bilan bunday bilimlardan mutlaqo
xabarsiz bo’lgan oddiy bir onaning bolalaridagi turli extiyojlar va harakatlarni idrok
qilishlari o’rtasida keskin farq mavjud. Masalan, ildiz tushunchasini bolalar
o’simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildizi ko’rinishida,
ijtimoiy nuqtai-nazardan qarindosh-urug’chilik shaklida ko’z oldiga keltiradilar.
Appertseptsiya tushunchasi ba’zi hollarda idrokning aniqligi, to’liqligi, ravshanligi,
predmetliligi, tanlovchanlik kabi sifatlarning ma’nosi o’rnida qo’llanilgan.
Psixologik nazariyalariga ko’ra, appertseptsiya hodisasi barqaror va vaqtincha
(muvaqqat) deb yuritiluvchi ikki turga ajratiladi. Barqaror appertseptsiya hodisasi
shaxsning dunyoqarashi, qat’iy maslagi, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi,
madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog’liq bo’lib,
u o’ta murakkab tuzilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appertseptsiya turi esa
shaxsning faqat idrok qilishi jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning kayfiyati,
ruhlanishi, shijoati, stress, affekt ko’rinishidagi his-tuyg’ularida, ularning sur’ati,
davomiyligi tizimida o’z ifodasini topadi.
Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilishdan ongimizda hosil bo’lgan
obrazning real voqelikdagi bizga ta’sir etib turgan narsaning tabiiy holatiga har
jihatdan mos bo’lishini tushunamiz.
Ma’lumki, narsalarning hajmi (katta yoki kichikligi) shu narsalarni qanday
masofadan (uzokdan yoki yaqindan) idrok qilayotganimizga qarab o’zgarib turadi.
Lekin shunday bo’lsa ham idrok qilishdan hosil bo’lgan narsalarning ongimizdagi
obrazlari hamma vaqt shu narsaning tabiiy holatiga mos bo’ladi, masalan, katta
yo’lda ketayotib, uzoqdan gugurt qutichasidek kichkina bo’lib kelayotgan avtobusni
ko’rib, “kichkinagina avtobus” kelyapti demaymiz. Uzoqdagi avtobusni idrok
qilishda ongimizda hosil bo’lgan obraz avtobusning real hajmiga teng bo’ladi. Yoki
tepamizdan katta balandlikda uchib ketayotgan hozirgi zamon yirik passajir
samolyotlarini ko’rib, kichkina samolyotchalar uchib ketishayapti, deb aytmaymiz.
Biroq shu narsani aytish kerakki, idrokning konstantligi hususiyati ham odamning
turmush tajribasi bilan bog’liqdir. Chunonchi, umrida hech qachon hozirgi zamon
katta passajir samolyotlarini ko’rmagan odam baland uchib ketayotgan samolyotni
idrok qilib, uning real hajmini (qanchalik kattaligini) tasavvur eta olmaydi.
Ko’rishda masofa, rang, shakl, hajm konstantliklari ro’y beradi. Qalamni 20 va
1sm masofadan idrok qilish, doskani 1 va 10 m masofadan idrok qilish, oq qog’oz
yoki quyoshda, xona ichida, koridorda ham oq idrok qilinadi. Konstantlik hodisasida
odam narsalarni ko’z shuur pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq ko’rmaydi,
balki ular haqiqatdan qanday mavjud bo’lsa, shunday ko’radi. Bu kishining tajribasi,
ommaviy faoliyati jarayonida vujudga keladi.
3. Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya.
Idrok jarayonining navbatdagi yana bir o’ziga xos xususiyati idrok qilishda
ba’zan yuz beradigan illyuziya xodisasidir. Illyuziya – bizga ta’sir qilayotgan
narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi:
a) ob’ektiv illyuziya;
b) sub’ektiv illyuziya.
Obyektiv illyuziya – hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo’lib,
uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob’ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan
narsalarning o’zaro bir-biriga ta’siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil
geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi baravar
bo’lgan ikkita gorizontal to’g’ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga
tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo’lib ko’rinadi. Idrok
jarayonida yuz beradigan illyuziyaning bu turiga juda ko’plab misol keltirish
mumkin. Masalan, baravar kattalikka ega bo’lgan uchta ketma-ket turgan to’g’ri
burchakli ustunchalarni chizib, ularning atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlarni
chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda bo’lib ko’rina
boshlaydi. Bu yerda uzoqlashtiruvchi chiziqlarning ta’sirida illyuziya hosil bo’ladi.
Subyektiv illyuziyalar odamning ayni chog’dagi hissiy holati bilan bog’liq
bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro’y beradigan
o’zgarishlar idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Masalan, yuqorida aytib o’tilganidek,
odam kechasi yolg’iz ko’chada qo’rqib ketayotgan bo’lsa, har bir sharpa uning
qo’rqinch hissini kuchaytirib yuboradi. Natijada uning ro’parasidan chiqib qolgan
butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o’xshab ko’rinadi.
Hayotda keng tarqalgan har xil ins-u jins, devlar, ajinalar va shu kabi nojins
narsalar haqidagi ko’plab gaplar kuchli qo’rqinch hissi ta’sirida noto’g’ri idrok
qilish, ya’ni sub’ektiv illyuziya tufayli vujudga kelgandir. Ba’zan odam qattiq
qo’rqqan paytida bosh miya katta yarim sharlarining po’stidagi muhim
markazlardan birortasi uzoq muddatli tormozlanish holatiga tushib qolishi mumkin.
Buni akademik I.I.Pavlov hayotni muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atagan edi.
Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bog’liq bo’lgan organizmning
biror qismida keskin o’zgarish paydo bo’ladi. Chunonchi odamning og’zi yoki ko’zi
qiyshayib qolishi mumkin yoki qo’li, oyog’i falaj bo’lib qolishi mumkin.
Subyektiv illyuziya hodisasi, ya’ni qattiq qo’rqinch hissi ta’sirida noto’g’ri
idrok qilish hodisasi bolalarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun ana shu
yuqoridagi mulohazalarni, ya’ni yanglish idrok natijasida paydo bo’ladigan
qo’rqinchli obrazlarni nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qo’rqitish kerak emas.
Psixologiyada ko’rish illyuziyalarining o’rganilishi muayyan o’zining tadqiqot
tarixiga ega. Ba’zi hollarda narsalarni noto’g’ri, yanglish idrok qilinishiga illyuziya
deyiladi. Masalan, agarda biz ko’rsatkich va o’rta barmoqlarimizni chalishtirib,
no’xot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmog’imizning
uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda
barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no’xot bordek his qilamiz.
Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo’lib sezilishi Aristotel (Arastu)
illyuziyasi deb ataladi.
Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan yuzaga
keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Sahroda chanqagan inson uzoqda
yarqirab turgan sho’rhok yerni ko’l deb idrok qilishi (lekin bu illyuziyani sahrodan
farq qila olishi joiz) yoki o’rmondagi to’nka qo’rqoq insonning ko’ziga bironta
yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir.
O’q chiziqlari illyuziyasi uzunligi baravar bo’lgan ikki o’q chiziqning
chetlariga ikki xil (kesishmaydigan va kesishadigan) chiziqlar chizilsa, illyuziya
paydo bo’ladi. Ya’ni, kesishadigan chiziqlar o’q chiziqga nisbatan kesishmaydigan
chiziqlar chizilgan, o’q chizig’idan uzunroq bo’lib ko’rinadi. Bu illyuziya
kesishadigan va kesishmaydigan chiziqlar tamoyillariga asoslangan.
Parallel qilib chizilgan bir necha chiziqlar parallel emas, balki har xil tomonga
kesilgan chiziqlardek tuyuladi.
“Temir yo’l” illyuziyasi kesishadigan to’g’ri chiziqlarning torroq joyiga
joylashgan chiziq uzunroq bo’lib ko’rinadi. Aslida esa har ikkala parallel chiziqning
uzunligi tengdir.
Ikkita barovar doira shaklini chizib, ulardan birini o’sha doiradan kattaroq,
ikkinchisini esa kichikroq doiralar ichiga olinsa, ikkinchi doira kattaroq
ko’rinadigan bo’lib qoladi. Ya’ni kichik doiralar o’rtasida berilgani katta doiralar
orasida berilganiga qaraganda kattaroq bo’lib ko’rinadi.
Birinchi odamga qaraganda ikkinchisi uzunroq, uchinchisi esa undan ham
uzunroq bo’lib ko’rinadi. Aslida esa ular balandligi jihatidan bir – biriga teng.
Tik chiziqlarni ortiqcha baholash illyuziyasi silindrning balandligi,
hoshiyasining kengligidan kattaroq bo’lib ko’rinadi. Aslida silindirning balandligi
va hoshiyasining kengligiga bab-barovar. “yelpig’ich” ilyuziyasi-parallel chiziqlar
orasidagi chiziqlarning ta’siri bilan ba’zida egilgandek, ba’zida esa burilib
ketgandek bo’lib ko’rinadi.
Daryoda suzib ketayotgan katta va kichik ikki kema palubasi uzunligi
jihatidan bir-biriga barovar to’g’ri chiziq kesmalari bilan tasvirlangan bo’lsada, katta
kema palubasi uzunroq bo’lib ko’rinadi.
“Jonli doiralar” illyuziyasi. Katta va kichik doiralar chizilgan rasmlar
aylanmaydi, albatta. Lekin kitobni qo’lga olib, uni o’ngdan chapga yoki chapdan
o’ngga bir necha sekund aylantirsak, doiralar go’yo aylanayotgandek tuyuladi.
Gallyutsinatsiya
Voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlarga
bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi,
sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning
psixopatalogik
(ruhiy
xastalik)
hodisasiga
gallyutsinatsiya
deyiladi.
Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati, ba’zan qo’rqinch
hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi qo’zg’alish
jarayonlarining nuqsonli sust (patologik) harakati natijasida goho asab tizimining
zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko’rinishga ega bo’lishi mumkin, ularning
eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a ) yo’q narsalarning ko’zga ko’rinishi; b) u
yoki bu ovozlar, tovushlar eshitilishi; v) yo’q sharpalar, hidlar sezilishi kabilardir.
Odatda illyuziyani gallyutsinatsiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu
lahzada shaxsning sezgi a’zolariga ta’sir etib turgan biror narsani yanglish, noto’g’ri
idrok qilish jarayoni bo’lsa, gallyutsinatsiya yo’q mavjud bo’lmagan narsalarni
tashqi ta’surotsiz idrok qilishdir. Masalan, yo’q narsalarning ko’zga bordek
ko’rinishi, yo’q ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo’q hidlarning dimoqqa urilishi
kabilar gallyutsinatsiyaning mahsuli bo’lib hisoblanadi. Gallyutsinatsiya shaxsning
biror narsa va holatni ko’rgandek, eshitilgandek, his qilgandek kabi tasavvurning
aks etishidir xolos. Gallyutsinatsiya hodisasi ko’pincha kasallikdan (isitma,
alahsirashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv tizimini buzadigan kasalliklarning
oqibatida ro’y berishi mumkin
Idrokning tasnifi
Idrokni klassifikatsiya qilishda quyidagi 3 ta muhim tomoni hisobga olinishi
kerak va ular quyidagi jadvalda keltirilgan.
1. Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o’ynashiga qarab: ko’rish,
eshitish, teri tuyish knestezik harakat, hid bilish va ta’m bilish idroklari bir-biridan
farq qiladi.
Materyaning yashash
shakliga qarab
Idrokning tasnifi
Analizatorga qarab
Fazoni idrok qilish
Vaqtni idrok qilish
Aktivligiga ko’ra
Ixtiyoriy
Ixtiyorsiz
2. Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o’ynashiga qarab: ko’rish,
eshitish, teri tuyish knestezik harakat, hid bilish va ta’m bilish idroklari bir-biridan
farq qiladi.
3. Yashash shakllariga qarab idrok: fazoni vaqtni va harakatni idrok qilishga
bo’linadi.
4. Idrok faollik darajasiga qarab: ixtiyorsiz va ixtiyoriy shakllarga bo’linadi.
Bunga sabab idrokning diqqat bilan uzviy bog’liqligidir. Diqqat idrokning faolligini
oshiradi hamda idrokning mukammal, ravshan, aniq bo’lishiga xizmat qiladi.
Ma’lumki idrok odatda ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’ladi. Ixtiyorsiz idrok hamisha
ixtiyorsiz diqqat bilan bog’liq bo’lib, muayyan bir maqsadsiz, hech qanday iroda
kuchi sarf qilinmasdan amalga oshiriladi. Ixtiyorsiz idrok biror narsani to’satdan,
ta’sir etayotgan narsalarning boshqa narsalardan keskin farq qilishi, haddan tashqari
originalligi, yorqinligi natijasida yuzaga keladi. Ixtiyorsiz idrok odamning butun
faoliyati davomida uzluksiz davom etib, ayrim paytlarda ixtiyoriy idrok bilan
almashinib turadi. Lekin shunday bo’lsa ham inson hayotida ixtiyoriy idrokning roli
benihoya kattadir.
Ixtiyoriy idrok oldindan belgilangan muayyan bir maqsad asosida amalga
oshiriladi. Idrokning ishtiroki asosan ixtiyoriy idrokda namoyon bo’ladi. CHunki
ixtiyoriy idrok ko’pincha odamda irodaviy zo’r berishni talab qiladi. Masalan, darsni
ixtiyoriy idrok bilan eshitib o’tirish odamdan anchagina iroda kuchini talab qiladi.
Umuman olganda, har qanday ixtiyoriy idrokda albatta diqqat qatnashadi.
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarni yaxlit aks ettirishdan iborat bo’lgan
iroda jarayonining bir qancha o’ziga xos xususiyatlari bordir. Odatda ikki idrok turi
farq qilinadi. Ulardan biri sodda idrok bo’lsa, ikkinchisi murakkab idrokdir. Sodda
idrok deganda atrofimizdagi turli-tuman narsalari masalan, xonadagi stol-stullar,
shkaflar hamda shkaflardagi o’yinchoqlarni idrok qilish sodda idrok qilishdan
iboratdir.
Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos
qilib olinadi, unga ko’ra idrok quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Fazoni idrok qilish
2. Vaqtni idrok qilish
3. Harakatni idrok qilish
Fazoni idrok qilish. Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning
fazoda egallagan o’rnini, shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish
jarayonining shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to’g’risida, uning
xususiyatlari, xajmi, masofasi (ich tomonni, chuqurligi) yuzasida muayyan
ma’lumotlar, xossalar, axborotlar to’plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini, hajmini va o’zaro
munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o’lchovda idrok
qilinadi; narsalarning shakli: uch burchakli, to’rt burchakli, kub, kvadrat, doira,
konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta, kichik, o’rtacha, yirik, mayda va
boshqalar. Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o’ngda, chapda,
yuqorida, pastda, uzoqda va hokazo. Fazoni ko’rish teri, muskul-harakat organlari
bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko’z bilan yoki ikki ko’z bilan idrok qilamiz.
Monokulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko’zning to’r
pardasida aks etadi. Bu nurlar ko’z gavharlarida bir-birini kesib o’tadi va ularning
kesishgan joyida ko’rish burchagi hosil bo’ladi. Bu burchakning katta-kichikligiga
hamda uning ko’zdan qanchalik uzoq-yaqinligiga bog’liq. Ko’z gavharlarining va
umuman
ko’zning
narsalarni
eng
yaxshi
ko’rish
uchun
moslashuvini
akkomadatsiya deyiladi.
Odatda fazodagi narsalarning shakli, hajmi va o’zaro munosabatlarini ikki ko’z
bilan binokulyar idrok qilinadi.
Biz bir narsaga ikki ko’z bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta aks etadi. Buning
sababi o’sha narsadan keladigan nurlarning ko’z pardasiga mos yoki mos bo’lmagan
nuqtalariga to’g’ri kelishidir.
Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergentsiya
muhim ahamiyatga ega.
Konvergentsiya – biror narsaga qaraganda ikkala ko’z soqqasining qanshar
tomon bab-barobar burilishidir. Konvergentsiya masofani, chuqurligini aniq, to’liq
idrok qilishga imkon beradi.
Vaqtni idrok qilish
Odamda inson tomonidan vaqtni idrok qilish asosan ruhiy hodisalar, holatlar,
vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va
o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi.
Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining ob’ektiv
(haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning o’ziga nisbatan munosabatiga bog’liq
bo’lib, shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi. Masalan, shaxsning
ehtiyoji motivatsiyasi, qiziqishi va intilishlariga mutanosib vaqt birligini, idrok
birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt ob’ektiv jihatdan kechinmalar, his-
tuyg’ularga nisbatan shaxsning ijobiy, haqqoniy munosabatlarida tez o’tganday
idrok qilinadi, odatda yoqtirmaslik idrok maydoniga (qamroviga) nomutanosiblik
esa shaxsda zerikish, vaqt “sekin” o’tish tuyg’usini uyg’otadi.
Biz idrok qilib turgan narsa-hodisalar muayyan vaqt davomida paydo bo’ladi,
o’zgaradi va o’tib ketadi. Vaqt materiya mavjudligining asosiy shakllaridan biridir.
Vaqtni idrok qilish voqelikdagi hodisalar va ularning muntazamligini aks ettirishdir.
Vaqtni idrok qilish ob’ektiv reallikni aks ettirib, kishini o’rab olgan muhitda mo’ljal
olishiga imkon beradi. Vaqtni mo’ljal olish orientirovkasi miyaning po’st bo’limlari
yordamida amalga oshadi. Lekin vaqtni idrok qiluvchi maxsus a’zo mavjud emas.
Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar qatnashadi, biroq vaqtlar oralig’inining
bir muncha aniq farqini kinestezik va eshitish sezgilari beradi.
Markaziy asab tizimida bosh miya katta yarim sharlarida qo’zg’alish va
tormozlanishning ritmik almashinuvi vaqtni idrok qilish asosida yotadi. Agar bosh
miya po’stida qo’zg’alish jarayoni ustunlik qilsa, vaqt “tez” o’tgandek, agar
tormozlanish ustunlik qilsa, vaqt “sekin” o’tgandek idrok qilinadi. Vaqtning “tez”
yoki “sekin” o’tishi kishining vaqtga va diqqati yo’naltirilgan ob’ektga
munosabatiga ham bog’liq. Masalan, biror darsning o’tishi, kinofilьmni ko’rish,
avtobus yoki biror kishining kelishini kutish va hokazo. Odamlar vaqtni ob’ektiv
belgilash, uning oralig’ini to’g’ri farqlashga imkon beradigan narsalar oy, quyosh,
yulduzlar harakatidan foydalanib kelganlar.
Harakatni idrok qilish
Biosfera va nosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba’zan nisbiy
jihatdan boshqa ijtimoiy-siyosiy, tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi)
o’rin almashinuvini bevosita (bavosita) aks ettirishdan iboratdir. SHu sababdan,
harakat taqqoslanmasdan idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib
o’tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa jismlarga
taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb
ataladi. Agarda harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan
idrok qilinsa, bu ko’rinishdagi harakat esa nisbat berilmasdan nisbatsiz idrok qilish
deyiladi.
Tevarak-atrofdagi narsa-hodisalar muayyan vaqt davomida o’z o’rinlarini
almashtirib turadilar. Kishilar narsa-hodisalarning fazoda o’rin almashtirib turishini,
ya’ni harakatini ham idrok qiladilar. Harakatni idrok qilishda ko’rish va kinestezik
analizator asosiy rolь o’ynaydi. Tezlik, tezlanish va harakatning yo’nalishi harakat
qilayotgan ob’ekt parametridir. Odam narsalarni harakati haqida ikki yo’l bilan
ma’lumot olishi mumkin.
1. Harakatni bevosita idrok qilish
2. Harakat haqida xulosa chiqarish.
Harakatni bevosita ko’rish orqali idrok qilish ikki xildir.
a) ko’zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish
b) ko’zni bir nuqtaga qaratib turish.
Harakat tez yoki sekin bo’layotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok
qilinishi narsalarning obyektiv tezligiga va uning idrok qilinuvchidan qanchalik
uzoq yaqinligiga bog’liq. Harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok
qilinadi.
4. Xayol haqida tushuncha
Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur
etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur
eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina
eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi
narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi.
Shuningdek,
avlod-ajdodlarimizning
hayotiga
doir
tarixiy
kitoblarni
o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi
qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil
bo’ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan
tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli
yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo’lishi uchun xotira tasavvurlarining
bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi,
turmush tajribasi bilan bog’liq.
Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning
(assotsiatsiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali
narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
Xayol – obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong
faoliyati, ya’ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar
asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir.
Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini
oladigan bo’lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’lmaydi. Masalan,
biror narsa yasash, biror o’simlikni o’stirish uchun qo’lga kiritiladigan natijalarni
oldindan bilish, ya’ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. Shuning uchun
xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi.
Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emotsional irodaviy
holatlari bilan uzviy bog’liq. Xayol idrok, xotira, tafakkur kabi mantiqiy bilish
jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u
orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog’liq-ki,
xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs
ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi.
Xayol jarayonlarining nerv fiziologik asoslari
Xayol qilish jarayoni juda ham murakkab aks ettirish jarayoni bo’lishiga
qaramay, uning asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni akademik I.P.Pavlovning
oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida ma’lum darajada tushuntirib o’tish
mumkin. Xayolning nerv fiziologik asosida ham miyaning po’stida ilgari hosil
qilingan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarning) yana qayta tiklanib, bir-biri bilan
yangicha qo’shilish jarayoni yotadi. Shuni ham aytish kerakki, bosh miya yarim
sharlarida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin
ularning qo’shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh
miyaning po’stida inson o’z shaxsiy hayotida hech qachon idrok qilmagan
narsalarning obrazlari paydo bo’ladi. Bu obrazlarning ko’pi voqelikka mutlaqo
to’g’ri kelmaydi va natijada tormozlanib qoladilar. Boshqa birlari esa voqelikka
to’g’ri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi imkoniyatlar ochib
bergani tufayli amaliy faoliyat natijalari bilan mustahkamlanadilar. Xayol qilish
jarayoni hamisha nutq orqali amalga oshirilishi tufayli nutqning nerv-fiziologik
asosida ikkinchi signallar tizimining faoliyati ham faol qatnashadi. Bundan tashqari
xayol qilish jarayonida diqqat, xotira, tafakkur va iroda jarayonlari ham ishtirok
qiladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda xayolning (xususan ijodiy xayolning) nerv
fiziologik mexanizmlarni to’la tushuntirib berish uchun yetarli ilmiy ma’lumotlar
yo’q. Hozirgi kunda fan va texnikaning juda tez temp bilan rivojlanishi ijodiy xayol
jarayonining oldiga katta vazifalar qo’ymoqda. Masalan, kosmik fazoni zabt etish,
insonning oyga chiqishi, murakkab aqlli mashinalarning yaratilishi va shu kabilar
inson tafakkuri hamda ijodiy xayolning yuksak taraqqiyoti natijasida qo’lga
kiritilmoqda.
Odamning uyg’oq paytida yuzaga keladigan xayol jarayoni ma’lum darajada
tartibot va ixtiyoriy xarakterga ega bo’ladi. Shuning uchun odam o’zining xayol
qilish jarayonini oldidagi maqsad va vazifalarga bo’ysindira oladi. Odam o’zining
bilimlari, tushunchalariga asoslangan holda xayoliy obrazlarning paydo bo’lishini
idora qila oladi.
Bosh miya katta yarim sharlarining barcha tomonlari tormozlanib, odam
uxlagan paytida ham xayol tush ko’rish shaklida yuzaga keladi. Odatda odam uxlay
boshlagan paytida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog’liq bo’lgan nerv
hujayralari hammadan oldin tormozlanadi. Uyqu bilan bog’liq bo’lgan tormozlanish
jarayoni miyaning hamma joyiga baravar ravishda tarqalmaydi. Natijada ayrim
joylar tormozlanmasdan qoladi va kutilmagan darajada ajoyib munosabatlarga
kirisha boshlaydi. Ana shuning uchun tush ko’rish ikkinchi signallar tizimining
nazoratisiz juda betartib, pala-partish ravishda yuzaga keladigan assotsiatsiyalardan
iborat bo’ladi.
Xayol jarayonlari
Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish
tajribalari bilan belgilanadi. Shuningdek xayol jarayonlari sifatida quyidagilar
ajratib ko’rsatiladi va ular yaqqol ifodalash maqsadida jadval ko’rinishida aks
ettirildi.
Analitik
Gipperbolizatsiya
Aksentyirovka
S
l hti i h
Sintetik
Aggliyutinatsiya
Tipiklashtirish
Qi
l
h
Hayol jarayonlari
Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta
qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, sfinks
obrazlari va boshqalar.
Giperbolizatsiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek,
alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, Liliput, Alpomish, Rustam
pahlavon obrazlari kabilar.
Tizimlashtirish - o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni
silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik
bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Qahhor hikoyalari («O’g’ri», «Bemor»)
A.Qodiriy («O’tgan kunlar») romani kabilar.
Aktsentlashtirish - ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish
Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aktsentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p
qo’llaniladi.
Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez
jarayonida ro’y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib
ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi.
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim
ahamiyatga ega.
Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.
Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol
tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.
Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani
sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi.
Xayol turlari
Odatda biz tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol deb
xayolni bir necha turlarga ajratamiz. Aynan xayol turlarini quyidagi tarzda ifodalash
muhim sanaladi.
Tasavvur xayoli deb o’tmishda bo’lib o’tgan yoki hozirda bor bo’lgan lekin
bizning turmush tajribamizda shu paytgacha uchratmagan, ya’ni biz idrok qilmagan
tasavvur va obrazlar yaratishga aytiladi.
Tasavvur xayolini odatda tiklovchi xayol deb ham yuritiladi. Tiklovchi yoki
tasavvur xayolini inson hayotidagi roli g’oyat darajada kattadir. Agar tiklovchi xayol
bo’lmaganda odam o’qiy xam olmagan bo’lar edi. Biz juda ko’p narsalarni
ko’rmagan, ya’ni bevosita idrok qilmagan bo’lsak, ham ularni tasavvur eta olamiz:
bunda biz boshqa odamlarning aytib bo’lgan so’zlari asosida o’qigan kitoblarimiz
asosida xayoliy tasavvur va obrazlar yaratamiz.
Xayol turlari
Passiv hayol
ixtiyorsiz
Shirin hayol
Tush ko’rish
Gallyutsinatsiya
Aktiv hayol
Ixtiyoriy
Qayta tiklovchi
Ijoddiy
Orzu
Masalan, bolalar kitobchalardan o’qib berilgan ertaklardagi qahramonlarni
ularning bag’oyat botirliklarini, qo’rqoqliklarini va bir-birlariga yordam berishlarini
xayoliy tasavvur orqali aks ettiradilar. Tiklovchi yoki tasavvur xayoli jarayonida
odam ko’z oldiga keltirayotgan obrazning ob’ekti haqiqatdan ham muayyan bir
joyda bo’lganligini anglatadi. Tasavvur yoki tiklovchi xayol bog’cha yoshidagi
bolalarda ham bo’ladi. Masalan: ularga o’qib berilayotgan hikoyani eshitar ekanlar,
hikoyadagi afsonaviy qahramonlar, ularning baland qoyalar ustidagi qurilgan
qasrlari ko’z o’ngilarida gavdalana boshlaydi.
Ijodiy xayol - deb tajribamizda bo’lmagan va voqelikning o’zida ham
uchratmagan narsa va hodisalar haqida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat
xayol turiga aytiladi.
Ijodiy xayol murakkab aks ettirish jarayoni bo’lib, odamning hayotida juda
katta ahamiyatga egadir. Odam o’zining ijodiy xayoli orqali biror yangi, shu
paytgacha qo’rilmagan narsa yaratadi. Masalan: Yozuvchi asari uchun tipik obraz
yaratganda uning xayoli ijodiy bo’ladi. Tadqiqotchining biror tadqiqot ustida
ishlaganida ham uning xayoli ijodiy bo’ladi.
Ijodiy xayol obrazlari so’zlarda yoki moddiy ob’ektlarda tasvirlanishi mumkin.
Ijodiy xayol mahsuli, ya’ni tasavvur va obrazlari san’atning hamma turlarida
arxitekturada, fan va texnika sohasidagi ixtirolarda namoyon bo’ladi. Shuni ham
nazarda tutish kerakki, tasavvur xayoli bilan ijodiy xayol o’rtasidagi farq faqat
nisbiy xarakterga egadir. Xuddi ijodiy xayol jarayonidagi kabi tasavvur xayoli
jarayonida ham aslida narsalarning obrazlari yangidan ijod qilinadi. Ana shuning
uchun xayolning bu ikki turini bir-biridan batamom ajratib bo’lmaydi.
Ijodiy xayolning maxsus turi orzudir. Orzu ijodiy xayolning, tilakning
kelajakka qaratilgan shaklidir. Orzusiz kishi bo’lmaydi. Orzu odamning u yoki bu
faoliyatiga undaydigan stimul turtkich hisoblanadi. Lekin orzuning boshqa salbiy
turlari ham bor. Masalan, odamni asosiy ish faoliyatidan boshqa ishga sudraydigan
orzular ham bo’ladi. Shunday odamlar ham bo’ladiki, ular o’zlarining aniq
faoliyatlarini orzu bilan almashtirib, tilak va istaklariga shirin orzudagina yetib
yuradilar. Ularning «quruq xayolparastlar» deb yuritiladi.
Xayol qilish jarayoni hamma bilish jarayonlaridagi kabi ixtiyorsiz va ixtiyoriy
xayol turlariga bo’linadi.
Ixtiyorsiz xayol deb – odam o’zining oldiga hech qanday maqsad qo’ymasdan,
irodani ishga solmasdan, qandaydir o’z-o’ziga obraz va tasavvurlarni yaratishiga
aytiladi.
Ixtiyorsiz xayol shu topdagi kuchli ehtiyoj tufayli maydonga keladi. Masalan:
odam juda tashna yoki juda och bo’lgan paytida uning xayolida har turli taomlar,
daryo va buloq suvlari paydo bo’la boshlaydi. Odamning ayni shu choqdagi hissiy
holati, ya’ni his-tuyg’ulari ham ixtiyorsiz xayolning maydonga kelishiga sabab
bo’ladi. Chunonchi, vahima yoki qo’rqinch hissi paytida odamning xayoliga
qo’rqinchli narsalarning obrazlari kela boshlaydi.
Odamning tush ko’rishi ham ixtiyorsiz xayol faoliyatlaridan hisoblanadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, odam uxlay boshlagan paytda bosh miya po’stining
hamma joylari tormozlanmay, ayrim joylari ishlab turadi. Ana shu ishlab turgan
joylaridagi nerv hujayralarida ilgari hosil qilingan obraz va tasavvurlar qayta
tiklanib, odam tush ko’ra boshlaydi. Bunda miya po’stining eng asosiy markazlari
(ikkinchi signallar tizimi) tormozlangan bo’lgani tufayli hech qanday nazorat
bo’lmaydi. Natijada obraz va tasavvurlar bir-biri bilan allaqanday munosabatlarga
kirib, odam palapartish tush ko’ra boshlaydi.
Ixtiyoriy xayol jarayonlari betartib ravishda, emas balki muayyan bir jarayonda
o’tadi. Bu tartib odamning ehtiyojlari, maqsadlari, hissiyotlari fikr hamda maslaklari
bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy xayol deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga
solib muayyan obraz va tasavvurlarni yaratishga aytiladi. Demak, ixtiyoriy xayol
hamisha ma’lum maqsad va vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday
maqsad va vazifalar boshqalar tomonidan qo’yilishi mumkin. Masalan, rassom o’zi
ishlamoqchi bo’lgan suratning mavzusini o’zi belgilaydi. Yozuvchi yozmoqchi
bo’lgan asarning mavzusini o’zi tanlaydi va o’zi badiiy obrazlarni yaratadi.
Umuman san’at asarlarining hammasi ixtiyoriy xayol natijasida maydonga keladi.
Biroq shuni ham aytib o’tish kerakki, ixtiyoriy xayol ba’zan ixtiyorsiz xayolga
o’tib ketishi mumkin. Shuning uchun ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayoldan batamom
ajralgan holda ro’y bermaydi. Ixtiyoriy xayol jarayoni hamisha beixtiyor qilinadigan
xayol daqiqalarini o’z ichiga oladi. Masalan, rassomlar yoki kompozitorlar
o’zlarining biror yangi asarlarini ixtiyoriy tarzda yaratayotganlarida ba’zan
ixtiyorsiz ravishda ayrim fikrlarga berilib ketishlari mumkin.
Realistik xayol - turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi.
Fantastik xayol - amalga oshmaydigan xayol turidir.
Xayol sifatlari
Kishilarning xayoli kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi, fantaziya
boyligi jihatidan farq qiladi. Xayol kengligi voqelikning kishilar faoliyati uchun
bo’ladigan doirasi bilan belgilanadi. Masalan, kishi san’at, texnika, sport, bilimga
qiziqsa va ular haqida xayol qilsa, bunday kishining xayoli keng bo’ladi.
Xayolning unumdorligi biror narsaga nisbatan xayolning boyligi, xilma-xilligi
bilan belgilanadi. Xayol keng bo’lsa, u mazmundor ham bo’ladi. Xayol faoliyatning
biror sohasida namoyon bo’ladi. Xayolning kengligi va mazmundorligi kishining
bilim va tajribasiga bog’liq.
Xayol kuchi kuchsiz va kuchli bo’ladi. Kuchli xayolda odam juda tez
ta’sirlanadi. Masalan, biz “O’tgan kunlar” romanini, “Shaytanat” romanlarini
o’qiganimizda xayol kuchli bo’lishi natijasida ta’sirlanamiz. Ilmiy asarni, zerikarli,
hikoyalarni o’qiganmizda esa xayolimiz kuchsiz bo’ladi. Qiziqish kuchli bo’lsa,
xayol ham kuchli bo’ladi. Bolalarning xayoli fantaziyaga boy bo’ladi. Mehnat
faoliyati natijasida xayol sifatlari rivojlanadi.
Xayol kuchi quyidagilarga bog’liq bo’ladi.
Xayol kuchi ehtiyoj, qiziqish, istaklarning kuchiga bog’liq bo’ladi.
Masalan: faqat shu bugungi kun haqida o’ylasa, odamning xayoli kuchsiz bo’ladi.
Xayol kuchi hissiyotga bog’liq bo’ladi, hissiyot qanchalik kuchli bo’lsa,
xayol shunchalik erkin bo’ladi.
Xayol kuchi idrokka bog’liq bo’ladi. Biz idrok qilganimizda diqqat bilan
idrok qilsak, xayol kuchayib, kengayadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa, unda
idrok qilsak, xayol kuchayib kengayadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa unda
idrok susayadi. Masalan, ba’zan bir xayolga berilib, atrofdagi narsalarni
ko’rmaymiz, eshitmaymiz.
Xayol kuchi kishining ahvoliga, asab tizimiga bog’liq bo’ladi, ya’ni asab
tizimining tetikligiga, charchab qolganligiga, sog’ligiga va betobligiga bog’liq
bo’ladi. Masalan: harorat juda baland bo’lishi natijasida obrazlar juda yorqinlashib
ketadi. Natijada bunday paytda odam alahsiraydi. Gallyutsinatsiya xayolning kuchli
namoyon bo’lishidir.
Xayolning realligi - voqelikni to’g’ri aks ettiruvchi xayoliy obrazlarning
yaratilishi, geniylarni xayolining kuchi real xayoldir. Masalan, kosmosga uchish
xayolni oldindan tasavvur etish. Xayolning realligi odamning tajribasiga, bilimiga,
tafakkuriga bog’liq bo’ladi. Obrazlar amalga oshmasa, bu real xayol bo’lmaydi,
balki fantastik xayol bo’ladi. Bolalarda xayol kattalarga taqlid qilish orqali o’sadi.
Bolalarda fantaziya juda kuchli, masalan, ular oddiy cho’pni «uchqur ot» deb
tasavvur qilib o’ynaydilar. Ularni qahramon deb his qiladilar. Yasli yoshiga nisbatan
bog’cha yoshidagi bolalar xayoli bir muncha kengroq bo’ladi. Ularda xayol asosan
kengroq bo’ladi. Bola kattalarga taqlid qilib, shofyor, doktor bo’ladi va hokazo.
Bog’cha yoshidagi bolalarda xayol ixtiyoriy bo’ladi. Masalan, katta odam bolaga
kubiklardan uy yasash, rasm chizish kabi topshiriqlar beradi. Bog’cha yoshidagi
bolalarning xayoli kattalar bilan muloqotda bo’lish ta’sirida o’sadi. Bolalar
ertaklarni tinglashni, voqealarni eshitishni yoqtiradilar.
Kattalarning fikrlarini eshitish natijasida bolalarda ular hali ko’rmagan narsalar
to’g’risida obrazlar paydo bo’ladi. Bolalar o’yin vaqtida erkin obrazlarni yaratadilar.
Kichik yoshdagi bolalar xayolining o’sishi uchun tarbiyachining olib boradigan
mashg’ulotlari, turli o’yinlarini tasavvur etishlari katta ahamiyatga ega. Asosan
qiziqishlar xayolning o’sishiga yordam beradi.
Xayol faoliyati kuchli bo’lsa uning mazmuni kengroq idrok qilinadi. Xayol
tasavvurlari esda olib qolish, esga tushirish bog’lanishlarini vujudga keltirish uchun
tayanch bo’ladi. Tafakkur jarayonidagi yaqqollik xayol faoliyati tufayli sodir
bo’ladi. Xayol faoliyati tufayli tug’iladigan hislar ko’pincha ancha kuchli va
barqaror hislar bo’ladi.
Xayolning asosiy xususiyatlari
Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlarga bog’liqdir.
Xayol har doim ma’lum bir yo’nalishga ega. Odatda vujudga kelgan xayol odamning
o’z faoliyati davomida nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog’liq
bo’ladi. Masalan, tarbiyachi tarbiyalangan bolalarning kim bo’lib yetishishlarini
xayolan ko’z oldiga keltirib ko’radi.
Xayol jarayonining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, xayol odamning
ehtiyojlari, qiziqishlari va o’z oldiga qo’ygan vazifalari bilan bog’liq holda yuzaga
keladi. Lekin shuni aytib o’tish lozimki, odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma
vaqt ham istagan narsalarga erishavermaydi. Ko’proq odamning xayolida hamma
vaqt qo’rqinchli narsalar gavdalana boradi.
Ana shu paytdagi ehtiyojining ta’siri bilan odamning xayoli o’tmishda idrok
qilingan narsalardan hosil bo’lgan tasavvurni ijodiy ravishda qayta ishlab, yangi
obrazlar yarata boshlaydi.
Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, xayol
xamisha boy tajriba hamda bilimlarga asoslanadi. Agar bilim yetishmasa, xayoliy
tasavvur hosil bo’lmaydi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga qadimgi
davr insonlari haqida gapirilsa, ular xuddi hozirgi zamon kishilari singari tasavvur
qiladilar. Buning asosiy sababi bilimlarning yetishmasligi, shuningdek mazkur
yoshdagi bolalar tarixiy muzeylarda bo’lmaganliklari, teatrlarga tushib, tarixiy
asarlarni ko’rmaganliklari, tarixiy kinolarni hali juda kam ko’rganliklari tufayli
bunday tasavvurlarni hosil qilishning uddasidan chiqa olmaydilar.
Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan navbatdagisi xotira
tasavvurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir. Xayol uchun material bo’ladigan
tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko’pincha to’liq holda kirmasdan,
balki qisman faoliyatida ro’y beradi. Bunda muayyan tasavvurlardan ajratib olingan
elementlarni boshqa tasavvurlar bilan qo’shish va bir turkum qilish jarayoni ro’y
beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida foydalanadilar, ular ya’ni yozuvchilar
o’z asarlaridagi qaydnomalarning tiplarini bir qancha ayrim tasavvurlardan vujudga
keltiradilar.
Nihoyat xayolning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, agar idrok
obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog’liq bo’lsa, xotira obrazlari o’tgan
zamondagi narsalarning obrazlarini tiklash bilan bog’liq bo’lsa, xayoliy yo’l bilan
yaratilgan obrazlar esa hozirgi va o’tgan zamongagina emas, balki kelajak zamonga,
odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib ko’rish bilan bog’liq
bo’lishi mumkin.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Sezgi tushunchasining mazmunini izohlang?
2. Sezgilarning nerv fiziologik asoslari nimalar bilan belgilanadi?
3. Sezgi qanday asosga ko’ra klasifikasiya qilingan?
4. Sezgilarning turlarini sanang?
5. Sezgi sohasidagi qonuniyatlarni izohlang?
6. Psixologiya fanida sezgi nazariyalarining mohiyatini izohlang?
7. Idrok tushunchasining mohiyatini ko’rsating?
8. Idrokning nerv fiziologik asoslarini ko’rsating?
9. Idrokning murakkabligi nimalardan ko’rinadi?
10. Idrokda kuzatish va kuzatuvchanlikning mohiyati nimalarda ko’rinadi?
11. Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya hodisalarini izohlang?
12. Idrokning tasnifini izohlang?
13. Xayol tushunchasining mazmunini izohlang?
14. Xayol jarayonlarining mohiyatini asoslang?
15. Xayol turlarining mazmuni nimalar bilan belgilanadi?
16. Xayol sifatlarining mazmuni nimalarda ko’rinadi?
17. Xayolning xususiyatlarining mazmuni nimalar bilan belgilanadi?
18. Xayol shakllarining mazmunini izohlang?