Bilish nazariyasi (Gnoseologiya)

Yuklangan vaqt

2024-08-29

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

39

Faytl hajmi

164,9 KB


 
 
 
 
 
 
Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) 
 
 
 
Ma’ruza rejasi: 
1. 
Bilishning mazmun va mohiyati. Bilimning asosiy turlari va shakllari. 
Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasi. 
2. 
Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining 
o‘zaro aloqasi va farqi. 
3. 
Haqiqat 
– 
bilish 
mezoni. 
Haqiqatning 
asosiy 
shakllari 
va 
konsepsiyalari. Haqiqat, amaliyot va faoliyatning mutanosibligi.  
4. 
Bilish 
metodologiyasi. 
Metodlarning 
tasnifi. 
Hozirgi 
zamon 
metodologiyasi. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar: 
Bilish, gnoseologiya, empirizm, ratsionalizm, persepsiya, apersepsiya, 
gnoseologik optimizm, skeptitsizm, agnostitsizm, gnoseologik relyativizm, bilishda 
sub’ekt va ob’ekt, bilish – faoliyat, bilish darajalari, hissiy bilish, ratsionallik, 
tafakkur, tushuncha, mulohaza, aqliy xulosa, empirik bilim, ilmiy dalil, 
verifikatsiya, falsifikatsiya, kuzatish, eksperiment, nazariy bilim, ilmiy muammo, 
gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigma, intuitsiya, ijod, 
haqiqat, ob’ektiv haqiqat, mutlaq haqiqat, nisbiy haqiqat, bilish va amaliyot, 
faoliyat, metod, metodologiya. 
 
  1-savol 
bayoni: 
Insonning 
 
o‘zini 
qurshagan 
dunyoga 
bo‘lgan 
munosabatlaridan biri bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, 
Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Ma’ruza rejasi: 1. Bilishning mazmun va mohiyati. Bilimning asosiy turlari va shakllari. Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasi. 2. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va farqi. 3. Haqiqat – bilish mezoni. Haqiqatning asosiy shakllari va konsepsiyalari. Haqiqat, amaliyot va faoliyatning mutanosibligi. 4. Bilish metodologiyasi. Metodlarning tasnifi. Hozirgi zamon metodologiyasi. Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar: Bilish, gnoseologiya, empirizm, ratsionalizm, persepsiya, apersepsiya, gnoseologik optimizm, skeptitsizm, agnostitsizm, gnoseologik relyativizm, bilishda sub’ekt va ob’ekt, bilish – faoliyat, bilish darajalari, hissiy bilish, ratsionallik, tafakkur, tushuncha, mulohaza, aqliy xulosa, empirik bilim, ilmiy dalil, verifikatsiya, falsifikatsiya, kuzatish, eksperiment, nazariy bilim, ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigma, intuitsiya, ijod, haqiqat, ob’ektiv haqiqat, mutlaq haqiqat, nisbiy haqiqat, bilish va amaliyot, faoliyat, metod, metodologiya. 1-savol bayoni: Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni,  
 
ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-ma’naviy 
dunyosini ham bilib boradi. 
Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham 
o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli aniq tomonlarini, ularning 
qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi.  
 Falsafa esa, aniq fanlardan farqli ravishda, inson bilishining tabiati va 
mohiyatini nima tashkil qiladi? Uning  eng muhim qonuniyatlari va xususiyatlari 
nimalardan iborat? degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. Shu sababli, 
falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham 
falsafiy oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va 
falsafiy yo‘nalishlar bu sohaga oid o‘z qarashlarining ma’lum tizimini ishlab 
chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil 
ta’limotlar, turli xil qarashlar va nazariyalar kelib chiqdi.  
Voqelikni bilishning falsafiy muammolari: bilishning mohiyati, shakllanish va 
rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim o‘rin 
egallab kelmoqda. Shu bois falsafa fanining bilish masalalari va muammolari bilan 
shug‘ullanuvchi maxsus umumnazariy sohasi – bilish nazariyasi, ya’ni 
gnoseologiya vujudga keldi. (Gnoseologiya yunoncha gnosis – bilish, bilim va logos 
– ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan). 
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar bo‘limi bo‘lib, unda: 
 
insonning dunyoni bilish imkoniyatlari; 
 
insonning o‘zlikni anglash jarayoni; 
 
bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, rivojlanishi; 
 
bilimlarimiz tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi ob’ektiv 
voqelik bilan o‘zaro nisbati kabi masalalar o‘rganiladi. 
Moddiy voqelikning ongda aks etishi murakkab dialektik jarayon bo‘lib, bu 
jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Gnoseologiyaning vazifasi ongni idrok etish, 
uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z 
muhokama va tadqiqot ob’ekti va predmetiga aylantirishdan iborat. 
ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-ma’naviy dunyosini ham bilib boradi. Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli aniq tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Falsafa esa, aniq fanlardan farqli ravishda, inson bilishining tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi? Uning eng muhim qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat? degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. Shu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham falsafiy oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yo‘nalishlar bu sohaga oid o‘z qarashlarining ma’lum tizimini ishlab chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta’limotlar, turli xil qarashlar va nazariyalar kelib chiqdi. Voqelikni bilishning falsafiy muammolari: bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Shu bois falsafa fanining bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus umumnazariy sohasi – bilish nazariyasi, ya’ni gnoseologiya vujudga keldi. (Gnoseologiya yunoncha gnosis – bilish, bilim va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan). Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar bo‘limi bo‘lib, unda:  insonning dunyoni bilish imkoniyatlari;  insonning o‘zlikni anglash jarayoni;  bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, rivojlanishi;  bilimlarimiz tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi ob’ektiv voqelik bilan o‘zaro nisbati kabi masalalar o‘rganiladi. Moddiy voqelikning ongda aks etishi murakkab dialektik jarayon bo‘lib, bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Gnoseologiyaning vazifasi ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot ob’ekti va predmetiga aylantirishdan iborat.  
 
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bo‘lgan bizning barcha bilimlarimiz 
tajribada sinalganmi yoki yo‘qmi? degan masalada falsafada ikki muxolif an’ana: 
bilimlarimizning tajribada sinalganini, tajribaga asoslangan bilimlargina haqiqiy 
bilim ekanligini qayd etuvchi empirizm (lot. empirius – his, tajriba) va bilim va 
g‘oyalar faqat inson aqliga, tafakkuriga xos bo‘lib, aqlda tafakkur va mushohada 
yuritish jarayonidagina tug‘ilishini ta’kidlaydigan ratsionalizm (lot. ratsionalius – 
aql, tafakkur) ta’limotlari to‘qnashadi. 
Falsafada idrok etish – persepsiya (lot. “perception”- idrok etish) deb ataladi. 
Persepsiya – bu o‘zini qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali 
idrok qilishdir. Borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oya va bilimlarda 
ifodalash esa apersepsiya deb ataladi. Inson bilishi persepsiya chegaralarini ham, 
tafakkurimiz doirasini ham, ya’ni empirik va ratsional jihatlarni ham qamrab oladi. 
Bilish nazariyasining asosiy masalasi – “Dunyoni, undagi buyum va 
hodisalarni, ularning mohiyatini haqqoniy bilish mumkinmi?, qanday bilish 
mumkin?, bilishning chegaralari bormi?” kabi savollarga javob beruvchi uch asosiy 
yo‘nalishni falsafada farqlash mumkin: gnoseologik optimizm, skeptitsizm va 
agnostitsizm. Biz ularning ba’zilari bilan  tanishib chiqamiz. 
Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, 
dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz yig‘indisi (kompleksi 
yoki 
kombinatsiyalari)dan 
iborat 
xolos. 
Binobarin, 
biz 
o‘z 
sezgi 
va 
idroklarimiznigina bila olamiz, deyishadi.  
Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishiga shubha 
bilan qaraydilar, inson dunyoni to‘liq bila olmaydi, deyishib, inson bilishini 
cheklaydi yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. Ulardan skeptitsizm1 
ta’limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar 
bilan bog‘liq ekanligini aytishib hamma e’tirof qiluvchi, isbot talab qilmaydigan 
inson bilimlarining bo‘lishi mumkinligiga shubhalanadilar. 
Skeptitsizm tarafdorlari ikki qoidadan kelib chiqqanlar. Birinchisi – falsafada 
tizimni tashkil etuvchi yagona asos yo‘q, ya’ni u o‘z ichida mantiqan ziddiyatlidir. 
                                                           
1 Скептицизм - юнонча: skeptoma - ўзбекча: шубҳаланаман дегани 
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bo‘lgan bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi yoki yo‘qmi? degan masalada falsafada ikki muxolif an’ana: bilimlarimizning tajribada sinalganini, tajribaga asoslangan bilimlargina haqiqiy bilim ekanligini qayd etuvchi empirizm (lot. empirius – his, tajriba) va bilim va g‘oyalar faqat inson aqliga, tafakkuriga xos bo‘lib, aqlda tafakkur va mushohada yuritish jarayonidagina tug‘ilishini ta’kidlaydigan ratsionalizm (lot. ratsionalius – aql, tafakkur) ta’limotlari to‘qnashadi. Falsafada idrok etish – persepsiya (lot. “perception”- idrok etish) deb ataladi. Persepsiya – bu o‘zini qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok qilishdir. Borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oya va bilimlarda ifodalash esa apersepsiya deb ataladi. Inson bilishi persepsiya chegaralarini ham, tafakkurimiz doirasini ham, ya’ni empirik va ratsional jihatlarni ham qamrab oladi. Bilish nazariyasining asosiy masalasi – “Dunyoni, undagi buyum va hodisalarni, ularning mohiyatini haqqoniy bilish mumkinmi?, qanday bilish mumkin?, bilishning chegaralari bormi?” kabi savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni falsafada farqlash mumkin: gnoseologik optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm. Biz ularning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz. Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz yig‘indisi (kompleksi yoki kombinatsiyalari)dan iborat xolos. Binobarin, biz o‘z sezgi va idroklarimiznigina bila olamiz, deyishadi. Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to‘liq bila olmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydi yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. Ulardan skeptitsizm1 ta’limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog‘liq ekanligini aytishib hamma e’tirof qiluvchi, isbot talab qilmaydigan inson bilimlarining bo‘lishi mumkinligiga shubhalanadilar. Skeptitsizm tarafdorlari ikki qoidadan kelib chiqqanlar. Birinchisi – falsafada tizimni tashkil etuvchi yagona asos yo‘q, ya’ni u o‘z ichida mantiqan ziddiyatlidir. 1 Скептицизм - юнонча: skeptoma - ўзбекча: шубҳаланаман дегани  
 
Ikkinchisi – faylasuflar bir-biriga zid keladigan va bab-baravar rad etilishi mumkin 
bo‘lgan qoidalarni asoslashlari sababli falsafa haqiqatni topa olmaydi. Binobarin, 
dunyo haqida ishonchli bilimning bo‘lishi mumkin emas.  
Skeptitsizmning asoschilaridan biri Pirron (eramizdan oldingi taxminan 365-
275 yillar) xissiy idrokni ishonchli deb hisoblagan (masalan, agar biron narsa 
sub’ektga achchiq yoki shirin tuyulsa, shu haqidagi fikr haqiqat bo‘ladi), yanglishuv 
esa, uningcha sub’ekt bevosita hodisadan mohiyatni, ob’ekt asosini bilishga 
o‘tmoqchi bo‘lganda paydo bo‘ladi. Uning fikricha, ob’ekt haqidagi har qanday 
da’voga uning mazmuniga zid bo‘lgan da’voni qarama-qarshi qo‘yish mumkin. 
Demak skeptik uzil-kesil hukmlardan tiyilib turmog‘i lozim. 
Sinopalik Diogen va Sekst Empirik shunga o‘xshash g‘oyalarni yoqlab 
chiqdilar. Ular bilish faoliyatida, shuningdek kundalik hayotda ham sub’ekt o‘z 
sog‘lom fikriga tayanmog‘i kerak deb hisoblaganlar. O‘rta asrlar davrida skeptitsizm 
g‘oyalari  G‘arbda ham (Per Abelyar), Sharqda ham (al-G‘azzoliy) rivoj topdi. 
Masalan, Al-G‘azzoliy bunday degan: «Oxirigacha bilishga ojizlik ham bilishdir; 
kishilarga Uni bilish yo‘lini faqat Uni bilishga ojizlik orqali yaratib bergan Zotga 
sharaflar bo‘lsin»1. 
Yangi zamon falsafasida skeptitsizm pozitsiyasini Yum izchilik bilan himoya 
qilib chiqdi. Yum tashqi dunyoning realligini shubha ostiga oldi. Faqat o‘z 
sezgilarimizning realligiga shubhalanish mumkin emas, deydi shotlandiyalik bu 
mutafakkir. Sezgi organlarining bu taassurotlari yo ularga tashqi dunyo ta’siri 
tufaylik yoki inson aqlining alohida energiyasi tufayli kelib chiqishi mumkin. Bu 
yerda tajriba sezgilarimizning haqiqiy manbaini aniqlashga ojizdir. Yum dunyoni 
bilish mumkinligini inkor etibgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, sub’ektning 
xissiy taassurotlari doirasidan tashqarida biron-bir real narsaning mavjudligi  
to‘g‘risidagi masalani ochiq qoldirdi. 
 Falsafiy ta’limotlardan biri bo‘lgan agnostitsizm2 vakillari esa inson dunyoni 
bila olmaydi, bilishga qodir emas, degan g‘oyani ilgari suradi. Masalan, ingliz 
                                                           
1 Антология мировой философии. М, 1969. Ч.II. 748-б. 
2 агностицизм - юнонча: «а» ва «gnosis» - ўзбекча: билишни инкор киламан. 
Ikkinchisi – faylasuflar bir-biriga zid keladigan va bab-baravar rad etilishi mumkin bo‘lgan qoidalarni asoslashlari sababli falsafa haqiqatni topa olmaydi. Binobarin, dunyo haqida ishonchli bilimning bo‘lishi mumkin emas. Skeptitsizmning asoschilaridan biri Pirron (eramizdan oldingi taxminan 365- 275 yillar) xissiy idrokni ishonchli deb hisoblagan (masalan, agar biron narsa sub’ektga achchiq yoki shirin tuyulsa, shu haqidagi fikr haqiqat bo‘ladi), yanglishuv esa, uningcha sub’ekt bevosita hodisadan mohiyatni, ob’ekt asosini bilishga o‘tmoqchi bo‘lganda paydo bo‘ladi. Uning fikricha, ob’ekt haqidagi har qanday da’voga uning mazmuniga zid bo‘lgan da’voni qarama-qarshi qo‘yish mumkin. Demak skeptik uzil-kesil hukmlardan tiyilib turmog‘i lozim. Sinopalik Diogen va Sekst Empirik shunga o‘xshash g‘oyalarni yoqlab chiqdilar. Ular bilish faoliyatida, shuningdek kundalik hayotda ham sub’ekt o‘z sog‘lom fikriga tayanmog‘i kerak deb hisoblaganlar. O‘rta asrlar davrida skeptitsizm g‘oyalari G‘arbda ham (Per Abelyar), Sharqda ham (al-G‘azzoliy) rivoj topdi. Masalan, Al-G‘azzoliy bunday degan: «Oxirigacha bilishga ojizlik ham bilishdir; kishilarga Uni bilish yo‘lini faqat Uni bilishga ojizlik orqali yaratib bergan Zotga sharaflar bo‘lsin»1. Yangi zamon falsafasida skeptitsizm pozitsiyasini Yum izchilik bilan himoya qilib chiqdi. Yum tashqi dunyoning realligini shubha ostiga oldi. Faqat o‘z sezgilarimizning realligiga shubhalanish mumkin emas, deydi shotlandiyalik bu mutafakkir. Sezgi organlarining bu taassurotlari yo ularga tashqi dunyo ta’siri tufaylik yoki inson aqlining alohida energiyasi tufayli kelib chiqishi mumkin. Bu yerda tajriba sezgilarimizning haqiqiy manbaini aniqlashga ojizdir. Yum dunyoni bilish mumkinligini inkor etibgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, sub’ektning xissiy taassurotlari doirasidan tashqarida biron-bir real narsaning mavjudligi to‘g‘risidagi masalani ochiq qoldirdi. Falsafiy ta’limotlardan biri bo‘lgan agnostitsizm2 vakillari esa inson dunyoni bila olmaydi, bilishga qodir emas, degan g‘oyani ilgari suradi. Masalan, ingliz 1 Антология мировой философии. М, 1969. Ч.II. 748-б. 2 агностицизм - юнонча: «а» ва «gnosis» - ўзбекча: билишни инкор киламан.  
 
agnostik faylasufi D.Yum ta’limotiga ko‘ra, bilish ob’ekti, bizning bilimlarimizning 
manbai ob’ektiv borliq emas, balki sub’ektiv sezgi va idroklarimizdir, biz o‘z sezgi 
va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz, deyiladi.  
Nemis faylasufi I. Kant esa insondan va uning ongidan tashqarida ob’ektiv 
borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni 
«narsalar biz uchun» va «narsalar o‘zida» ga bo‘ladi. Uning qarashicha, «narsalar 
biz uchun» ni inson bila oladi, «narsalar o‘zida»ni esa inson bila olmaydi. Kantning 
«narsalar biz uchun» bu insonni qurshab to‘rgan predmetlar va hodisalar, shu 
jumladan, tabiat ham. «Narsalar o‘zida» esa bular: erkinlik, o‘lmaslik, g‘ayritabiiy 
kuchlar, xudo va shu kabilardir. Ularni inson hech qachon to‘liq bila olmaydi. Kant 
fikricha, biz biladigan narsa (fenomen) va o‘z holicha mavjud bo‘lgan narsa 
(noumen) mutlaqo har xildir. Biz hodisalar olamini qanchalik anglamaylik, bizning 
bilimimiz o‘zicha mavjud narsalardan farq qiladi. Bizning ongimiz, hissiyotimiz, 
tafakkurimizga bog‘liq bo‘lmagan narsalar olami mavjud va u “narsalar o‘zida”dir. 
Bilish jarayoni “narsalar o‘zida”ning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’siri ostida his-
tuyg‘uning uyg‘onishidan boshlanadi. Vaholanki, his-tuyg‘ular, tushuncha va 
mulohazalar o‘z holicha “narsalar o‘zida” haqida haqqoniy nazariy bilim bo‘la 
olmaydi. Kant o‘z bilish nazariyasida e’tiqodga o‘rin qoldirish, uni mustahkamlash 
uchun aqlni tanqid qiladi  va cheklaydi. U inson aqlini nazariy va amaliy aqllarga 
bo‘ladi: amaliy aql, uningcha, cheklangan. Uning qarashicha, inson tajriba va 
amaliyot bilan har qanday bilimga ham ega bo‘lavermaydi. Inson bilishida insonning 
tajribasiga bog‘liq bo‘lmagan aprior (lotincha aprior so‘zidan olingan bo‘lib 
o‘zbekchaga: tajribadan oldin, azaldan degani) bilimlar bo‘ladi. Bu aprior bilimlar 
tug‘ma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega bo‘lgan bo‘ladi.  
Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior bilimlardan iborat. 
Kant ilmiy bilimning ishonchliligi va haqiqatliligi uning eng umumiyliligi va 
zaruriyligi bilan belgilanadi, deydi. Xullas, Kant o‘z falsafasida bilish nazariyasini 
birinchi bo‘lib falsafiy muammo sifatida atroflicha, har tomonlama qarab chiqqan 
faylasufdir.  
agnostik faylasufi D.Yum ta’limotiga ko‘ra, bilish ob’ekti, bizning bilimlarimizning manbai ob’ektiv borliq emas, balki sub’ektiv sezgi va idroklarimizdir, biz o‘z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz, deyiladi. Nemis faylasufi I. Kant esa insondan va uning ongidan tashqarida ob’ektiv borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni «narsalar biz uchun» va «narsalar o‘zida» ga bo‘ladi. Uning qarashicha, «narsalar biz uchun» ni inson bila oladi, «narsalar o‘zida»ni esa inson bila olmaydi. Kantning «narsalar biz uchun» bu insonni qurshab to‘rgan predmetlar va hodisalar, shu jumladan, tabiat ham. «Narsalar o‘zida» esa bular: erkinlik, o‘lmaslik, g‘ayritabiiy kuchlar, xudo va shu kabilardir. Ularni inson hech qachon to‘liq bila olmaydi. Kant fikricha, biz biladigan narsa (fenomen) va o‘z holicha mavjud bo‘lgan narsa (noumen) mutlaqo har xildir. Biz hodisalar olamini qanchalik anglamaylik, bizning bilimimiz o‘zicha mavjud narsalardan farq qiladi. Bizning ongimiz, hissiyotimiz, tafakkurimizga bog‘liq bo‘lmagan narsalar olami mavjud va u “narsalar o‘zida”dir. Bilish jarayoni “narsalar o‘zida”ning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’siri ostida his- tuyg‘uning uyg‘onishidan boshlanadi. Vaholanki, his-tuyg‘ular, tushuncha va mulohazalar o‘z holicha “narsalar o‘zida” haqida haqqoniy nazariy bilim bo‘la olmaydi. Kant o‘z bilish nazariyasida e’tiqodga o‘rin qoldirish, uni mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi va cheklaydi. U inson aqlini nazariy va amaliy aqllarga bo‘ladi: amaliy aql, uningcha, cheklangan. Uning qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ham ega bo‘lavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasiga bog‘liq bo‘lmagan aprior (lotincha aprior so‘zidan olingan bo‘lib o‘zbekchaga: tajribadan oldin, azaldan degani) bilimlar bo‘ladi. Bu aprior bilimlar tug‘ma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega bo‘lgan bo‘ladi. Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior bilimlardan iborat. Kant ilmiy bilimning ishonchliligi va haqiqatliligi uning eng umumiyliligi va zaruriyligi bilan belgilanadi, deydi. Xullas, Kant o‘z falsafasida bilish nazariyasini birinchi bo‘lib falsafiy muammo sifatida atroflicha, har tomonlama qarab chiqqan faylasufdir.  
 
Agnostitsizm – bu shunday ta’limotki, unga ko‘ra dunyo haqida haqiqiy, 
ishonchli bilimlarga erishib bo‘lmaydi. Agnostitsizm bilishni faqat biluvchi aqlning 
faoliyati deb biladi. 
Agnostitsizm g‘oyasi XIX-XX asr falsafasida ham rivojlandi. Masalan, nemis 
fizigi va fiziologi G.Gelmgolsning (1821-1894) «simvollar nazariyasi» yoki 
«ierogliflar nazariyasi» o‘z mohiyatiga ko‘ra agnostik xarakterda edi. Gelmgols 
qarashlarining mazmuniga ko‘ra, sub’ektning sezgilari  real predmetning obrazi 
emas, balki simvollar,  shartli belgilar, ierogliflardir. U xissiy obrazning uni keltirib 
chiqargan timsol, «original», real narsa bilan aloqasini, o‘xshashligini inkor etgan. 
XIX-XX asrlar chegarasida agnostitsizmning yana bir turi – konvensionalizm 
shakllandi. Konvensionalizm (lotincha konvensio – shartnoma, kelishuv, bitim) – bu 
falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy  nazariyalar va tushunchalar tashqi 
dunyoning, uning tomonlari va xossalarining real tafsifi emas, balki olimlar 
o‘rtasidagi kelishuv mahsulidir. Konvensionalizmning  eng yirik vakili fransuz 
matematigi va filosofi Anri Puankaredir (1854-1912). 
Gnoseologik relyativizm esa borliq hodisalari va voqealari to‘g‘risidagi 
bilimlarning 
o‘zgaruvchanligi, 
o‘tkinchiligi, 
haqiqatning 
nisbiyligini 
mutloqlashtiruvchi agnostik va skeptik qarashlarning yo‘nalishlaridan biridir. 
Umuman, insonning borliqni bilishi masalasida izchil agnostitsizm skeptitsizm 
bilan birikib ketib, nigilizmga olib keladi.  
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va informatsion sivilizatsiya davrida  hozirgi 
zamon gnoseologiyasida shuni hisobga olmoq muhimki, bilish sub’ekti bilan ob’ekt 
orasida ko‘pincha vositachi pribor, tadqiqot qurilmasi turadi. Bu o‘ziga xos 
gnoseologik vaziyatni vujudga keltiradi. Pribor ob’ektni adekvat, aynan aks ettirish 
jarayoniga muayyan uzluksiz va tasodifiy xatolar kiritishi sababli, tadqiqotchi ularga 
zarur korrelyatsiya qilmog‘i lozim. Biroq bu agnostitsizmning tantanasini 
bildirmaydi, balki bizning bilish usullarimiz, metodlarimiz, vosita va shakllarimiz 
doimiy takomillashtirilib turishga muhtoj ekanligini ko‘rsatadi. Bizni qurshab 
turgan dunyoni bilish mumkin, bilish esa – sub’ektning haqiqatni anglash va uni o‘z 
Agnostitsizm – bu shunday ta’limotki, unga ko‘ra dunyo haqida haqiqiy, ishonchli bilimlarga erishib bo‘lmaydi. Agnostitsizm bilishni faqat biluvchi aqlning faoliyati deb biladi. Agnostitsizm g‘oyasi XIX-XX asr falsafasida ham rivojlandi. Masalan, nemis fizigi va fiziologi G.Gelmgolsning (1821-1894) «simvollar nazariyasi» yoki «ierogliflar nazariyasi» o‘z mohiyatiga ko‘ra agnostik xarakterda edi. Gelmgols qarashlarining mazmuniga ko‘ra, sub’ektning sezgilari real predmetning obrazi emas, balki simvollar, shartli belgilar, ierogliflardir. U xissiy obrazning uni keltirib chiqargan timsol, «original», real narsa bilan aloqasini, o‘xshashligini inkor etgan. XIX-XX asrlar chegarasida agnostitsizmning yana bir turi – konvensionalizm shakllandi. Konvensionalizm (lotincha konvensio – shartnoma, kelishuv, bitim) – bu falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy nazariyalar va tushunchalar tashqi dunyoning, uning tomonlari va xossalarining real tafsifi emas, balki olimlar o‘rtasidagi kelishuv mahsulidir. Konvensionalizmning eng yirik vakili fransuz matematigi va filosofi Anri Puankaredir (1854-1912). Gnoseologik relyativizm esa borliq hodisalari va voqealari to‘g‘risidagi bilimlarning o‘zgaruvchanligi, o‘tkinchiligi, haqiqatning nisbiyligini mutloqlashtiruvchi agnostik va skeptik qarashlarning yo‘nalishlaridan biridir. Umuman, insonning borliqni bilishi masalasida izchil agnostitsizm skeptitsizm bilan birikib ketib, nigilizmga olib keladi. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va informatsion sivilizatsiya davrida hozirgi zamon gnoseologiyasida shuni hisobga olmoq muhimki, bilish sub’ekti bilan ob’ekt orasida ko‘pincha vositachi pribor, tadqiqot qurilmasi turadi. Bu o‘ziga xos gnoseologik vaziyatni vujudga keltiradi. Pribor ob’ektni adekvat, aynan aks ettirish jarayoniga muayyan uzluksiz va tasodifiy xatolar kiritishi sababli, tadqiqotchi ularga zarur korrelyatsiya qilmog‘i lozim. Biroq bu agnostitsizmning tantanasini bildirmaydi, balki bizning bilish usullarimiz, metodlarimiz, vosita va shakllarimiz doimiy takomillashtirilib turishga muhtoj ekanligini ko‘rsatadi. Bizni qurshab turgan dunyoni bilish mumkin, bilish esa – sub’ektning haqiqatni anglash va uni o‘z  
 
amaliy, yaratuvchilik, o‘zgartiruvchilik faoliyatida qo‘llash maqsadida tashqi 
dunyoni ongli ravishda aks ettirishidir. 
Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar esa insonning dunyoni  va o‘zini 
bilishini doimo e’tirof etib kelganlar. Faylasuflarning bunday qarashlari gnoseologik 
optimizmdir.       
Bilish – bu ob’ektiv, moddiy olamning inson ongida in’ikos, aks etish 
jarayonidir. Dunyoning moddiy va ob’ektivligini, ob’ektiv voqelik rivojlanishi 
qonunlarining inson ongida in’ikos etishini e’tirof qilish gnoseologik optimizm 
bilish nazariyasining asosidir. Bu quyidagilarga asolanadi:   
 
ob’ektiv olam bizning sezgi va hissiyotlarimizga, tasavvur va 
tushunchalarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda va undan tashqarida mavjud. Ob’ektiv 
olam – inson sezgi va tasavvurlarining, barcha bilimlarining manbaidir. 
 
inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishi mumkin, u o‘z 
sezgi, tasavvur va tushunchalarida tashqi ob’ektiv olam hodisalarining mohiyatini 
in’ikos ettiradi, g‘oyaviy obrazini gavdalantiradi. 
Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga 
qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit 
to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib amaliy faoliyatning biron-bir turi 
bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, 
har qanday kasb-hunarni egallash faqat ilm orqali amalga oshadi. Shuningdek, bilish 
insongagina xos ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir. Inson bilish faoliyatining 
xilma-xil turlari mavjud. Inson bilishining kundalik-odatiy bilish, badiiy bilish, diniy 
bilish, ilmiy-falsafiy bilish, g‘oyibona bilish, oldindan bilish, intuitiv bilish kabi 
ko‘rinishlarini farqlaymiz. Inson bilishining xilma-xil ko‘rinishlari bilimning ham 
turli shakllarini hosil qiladi. Bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan 
ishonchdir. Bilim obrazlar va belgilar shaklida mavjud bo‘ladi va amaliy 
faoliyatga asos bo‘ladi. Bilimning gnoseologik talqini quyidagi uch shartni taqozo 
etadi: haqiqiylik, ishonchlilik, asoslanganlik.  
Bilim esa bilishning natijasidir. Bilimlar tizimining muayyan mezonlari 
mavjud. 
amaliy, yaratuvchilik, o‘zgartiruvchilik faoliyatida qo‘llash maqsadida tashqi dunyoni ongli ravishda aks ettirishidir. Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishini doimo e’tirof etib kelganlar. Faylasuflarning bunday qarashlari gnoseologik optimizmdir. Bilish – bu ob’ektiv, moddiy olamning inson ongida in’ikos, aks etish jarayonidir. Dunyoning moddiy va ob’ektivligini, ob’ektiv voqelik rivojlanishi qonunlarining inson ongida in’ikos etishini e’tirof qilish gnoseologik optimizm bilish nazariyasining asosidir. Bu quyidagilarga asolanadi:  ob’ektiv olam bizning sezgi va hissiyotlarimizga, tasavvur va tushunchalarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda va undan tashqarida mavjud. Ob’ektiv olam – inson sezgi va tasavvurlarining, barcha bilimlarining manbaidir.  inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishi mumkin, u o‘z sezgi, tasavvur va tushunchalarida tashqi ob’ektiv olam hodisalarining mohiyatini in’ikos ettiradi, g‘oyaviy obrazini gavdalantiradi. Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib amaliy faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-hunarni egallash faqat ilm orqali amalga oshadi. Shuningdek, bilish insongagina xos ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir. Inson bilish faoliyatining xilma-xil turlari mavjud. Inson bilishining kundalik-odatiy bilish, badiiy bilish, diniy bilish, ilmiy-falsafiy bilish, g‘oyibona bilish, oldindan bilish, intuitiv bilish kabi ko‘rinishlarini farqlaymiz. Inson bilishining xilma-xil ko‘rinishlari bilimning ham turli shakllarini hosil qiladi. Bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir. Bilim obrazlar va belgilar shaklida mavjud bo‘ladi va amaliy faoliyatga asos bo‘ladi. Bilimning gnoseologik talqini quyidagi uch shartni taqozo etadi: haqiqiylik, ishonchlilik, asoslanganlik. Bilim esa bilishning natijasidir. Bilimlar tizimining muayyan mezonlari mavjud.  
 
Birorta bilim tizimi muayyan mezonlarga javob beradigan bo‘lsagina o‘sha 
bilimlar tizimi ilmiy bilim deb tan olinadi. 
Mifologik va diniy bilimlarga tabiatdan tashqarida sodir bo‘ladigan hodisalarga 
ishonch-e’tiqod  xosdir. Bunday e’tiqod  fanda mavjud emas.  
Ilmiylik mezonlari asosan quyidagilarda ko‘rinadi:  
1) ob’ektivlik tamoyili. Ilmiy bilimlar tabiiy ob’ektlar mazmunini u qanday 
bo‘lsa shundayligicha ochib berishi bilan bog‘liqdir.  
2) ratsionallik, aqliy tarzda asoslanganlik, isbot qilinganlik. Ilmiy 
bilimlarda biror narsa haqida shunchaki xabar berilmaydi, balki keltirilgan fikrning 
ma’nosi, mazmunini tasdiqlaydigan zarur negiz, asoslar ham keltiriladi. Bu yerda 
yetarli asos keltirish tamoyili amal qiladi.  
3) Bilimning ob’ekt mohiyati, uning qonuniyatlarini qayta tiklashga 
qaratilganligi. 
4) Bilimning o‘ziga xos hodisa sifatida uyushtirilishi, uning alohida 
tizimliligi: bu yerda gap kundalik oddiy bilimlarni shunchaki tartibga solish  
to‘g‘risida emas, balki chuqur anglab yetilgan tamoyillarga ko‘ra tartibga solish 
haqida; nazariy tizim haqida bormoqda. 
5) Sinab ko‘rish, tekshirib borish: bu yerda gap ilmiy kuzatuv, amaliyotda 
mantiq orqali sinab ko‘rish to‘g‘risida boradi. Ilmiy haqiqat amalda tekshiruvdan 
o‘tgach va tasdiqini topgach hamma tomonidan e’tirof etiladi.  
Bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy 
rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‘zining har xil shakllarida namoyon 
bo‘ladi. Bilish va bilimning bu shakllari, garchi o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, lekin bir-
biriga o‘xshamaydi va har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.  
 
 
 
 
 
 
Билиш турлари 
Оддий 
Фалсафи
Диний 
Интуитив 
Ғойибона 
Илмий 
Мифо-
логик 
Бадиий 
Birorta bilim tizimi muayyan mezonlarga javob beradigan bo‘lsagina o‘sha bilimlar tizimi ilmiy bilim deb tan olinadi. Mifologik va diniy bilimlarga tabiatdan tashqarida sodir bo‘ladigan hodisalarga ishonch-e’tiqod xosdir. Bunday e’tiqod fanda mavjud emas. Ilmiylik mezonlari asosan quyidagilarda ko‘rinadi: 1) ob’ektivlik tamoyili. Ilmiy bilimlar tabiiy ob’ektlar mazmunini u qanday bo‘lsa shundayligicha ochib berishi bilan bog‘liqdir. 2) ratsionallik, aqliy tarzda asoslanganlik, isbot qilinganlik. Ilmiy bilimlarda biror narsa haqida shunchaki xabar berilmaydi, balki keltirilgan fikrning ma’nosi, mazmunini tasdiqlaydigan zarur negiz, asoslar ham keltiriladi. Bu yerda yetarli asos keltirish tamoyili amal qiladi. 3) Bilimning ob’ekt mohiyati, uning qonuniyatlarini qayta tiklashga qaratilganligi. 4) Bilimning o‘ziga xos hodisa sifatida uyushtirilishi, uning alohida tizimliligi: bu yerda gap kundalik oddiy bilimlarni shunchaki tartibga solish to‘g‘risida emas, balki chuqur anglab yetilgan tamoyillarga ko‘ra tartibga solish haqida; nazariy tizim haqida bormoqda. 5) Sinab ko‘rish, tekshirib borish: bu yerda gap ilmiy kuzatuv, amaliyotda mantiq orqali sinab ko‘rish to‘g‘risida boradi. Ilmiy haqiqat amalda tekshiruvdan o‘tgach va tasdiqini topgach hamma tomonidan e’tirof etiladi. Bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‘zining har xil shakllarida namoyon bo‘ladi. Bilish va bilimning bu shakllari, garchi o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, lekin bir- biriga o‘xshamaydi va har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Билиш турлари Оддий Фалсафи Диний Интуитив Ғойибона Илмий Мифо- логик Бадиий  
 
 
 
 
 
               
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
               
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Олдиндан 
билиш  
Билим 
шакллари 
Ўйин 
воситасидаги 
билим  
Фалсафий 
билим 
Диний 
билим 
Ижтимоий 
билим 
Шахсий 
билим  
Илмий 
билим  
Мифологик  
билим 
Кундалик 
амалий  
билим  
Бадиий-
эстетик 
билим 
Олдиндан билиш Билим шакллари Ўйин воситасидаги билим Фалсафий билим Диний билим Ижтимоий билим Шахсий билим Илмий билим Мифологик билим Кундалик амалий билим Бадиий- эстетик билим  
 
 
 
Bilish dunyoning ob’ekt va sub’ektga bo‘linishini nazarda tutadi. Sub’ekt – bu 
bilish faolligining manbai. Sub’ekt deganda, avvalo, bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan 
individ tushuniladi. Shuningdek, sub’ekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh, sinf, 
jamiyat hamdir, chunki bilim va donishmandlikning oliy yaratuvchisi – butun 
insoniyatdir. 
Ob’ekt – bu sub’ektning bilish faoliyati qaratilgan narsa, hodisa va 
jarayonlardir. Bilish asbobi ham, boshqa individ (insonlar) ham, individning o‘zi 
ham bilish ob’ekti bo‘lishi mumkin. Ob’ekt tushunchasini ob’ektiv borliq bilan 
aynanlashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning xo‘jayralaridagi xromosomalar 
sitologiya va genetikada o‘rganish  “ob’ekti”ga aylanishidan oldin ham ob’ektiv 
mavjud bo‘lgan.  
Shuningdek, hozirgi zamon gnoseologiyasida bilish ob’ekti va predmetini ham 
farqlash lozim. Bilish ob’ekti deganda butun borliqning o‘rganilayotgan amalda 
mavjud bo‘laklari tushuniladi. Bilish predmeti – o‘rganilayotgan ob’ektning 
bilishimiz diqqat markazidan o‘rin olgan muayyan jihatlari, xususiyatlari va 
rivojlanish qonunlaridir.  
Shunday qilib, insonning bilishi, avvalo, rivojlanib boruvchi, faol jarayondir. 
Insonning bilish qobiliyati cheklanmagan, lekin har bir tarixiy davrdagi bilish 
imkoniyatlari cheklangan, xolos. Ikkinchidan, bilish jarayoni harakatining o‘z ichki 
mantiqi (izchilligi) shundaki, bilish oddiy kuzatishdan mavhum tafakkurga, hodisani 
bilishdan uning mohiyatini anglab yetishga yuksalishdan iborat.  
 
2-savol bayoni: Bilish jarayoni bilmaslikdan bilim sari  rivojlanishdan, 
yuksalishdan iborat murakkab dialektik jarayondir. Bu jarayon o‘zining ichki 
mantiqiga ega bo‘lib, u nisbiy mustaqillikka egadir. Bilish jarayonining ichki 
mantiqini anglash tafakkurning ijodiy faolligini, harakat qilish va rivojlanish 
jarayonining ob’ektiv dunyoga nisbatan murakkab munosabatini chuqur 
tushunishga imkon beradi. 
Bilish dunyoning ob’ekt va sub’ektga bo‘linishini nazarda tutadi. Sub’ekt – bu bilish faolligining manbai. Sub’ekt deganda, avvalo, bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan individ tushuniladi. Shuningdek, sub’ekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh, sinf, jamiyat hamdir, chunki bilim va donishmandlikning oliy yaratuvchisi – butun insoniyatdir. Ob’ekt – bu sub’ektning bilish faoliyati qaratilgan narsa, hodisa va jarayonlardir. Bilish asbobi ham, boshqa individ (insonlar) ham, individning o‘zi ham bilish ob’ekti bo‘lishi mumkin. Ob’ekt tushunchasini ob’ektiv borliq bilan aynanlashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning xo‘jayralaridagi xromosomalar sitologiya va genetikada o‘rganish “ob’ekti”ga aylanishidan oldin ham ob’ektiv mavjud bo‘lgan. Shuningdek, hozirgi zamon gnoseologiyasida bilish ob’ekti va predmetini ham farqlash lozim. Bilish ob’ekti deganda butun borliqning o‘rganilayotgan amalda mavjud bo‘laklari tushuniladi. Bilish predmeti – o‘rganilayotgan ob’ektning bilishimiz diqqat markazidan o‘rin olgan muayyan jihatlari, xususiyatlari va rivojlanish qonunlaridir. Shunday qilib, insonning bilishi, avvalo, rivojlanib boruvchi, faol jarayondir. Insonning bilish qobiliyati cheklanmagan, lekin har bir tarixiy davrdagi bilish imkoniyatlari cheklangan, xolos. Ikkinchidan, bilish jarayoni harakatining o‘z ichki mantiqi (izchilligi) shundaki, bilish oddiy kuzatishdan mavhum tafakkurga, hodisani bilishdan uning mohiyatini anglab yetishga yuksalishdan iborat. 2-savol bayoni: Bilish jarayoni bilmaslikdan bilim sari rivojlanishdan, yuksalishdan iborat murakkab dialektik jarayondir. Bu jarayon o‘zining ichki mantiqiga ega bo‘lib, u nisbiy mustaqillikka egadir. Bilish jarayonining ichki mantiqini anglash tafakkurning ijodiy faolligini, harakat qilish va rivojlanish jarayonining ob’ektiv dunyoga nisbatan murakkab munosabatini chuqur tushunishga imkon beradi.  
 
Mavjud falsafiy adabiyotlarda bilish jarayoni asosan ikki bosqichdan: a) 
voqelikning hissiy in’ikosi va b) voqelikning ratsional (aqliy, mantiqiy) in’ikosi 
bosqichlaridan iborat deb ta’kidlanar edi. Keyinchalik, kishilarda voqelikni hissiy 
bilish bosqichida ham aqliy, ratsional jihatlar mavjudligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng, 
bilishning asosiy bosqichlari (yoki darajalari) empirik va nazariy bilishdir, 
voqelikning hissiy va aqliy in’ikosi esa kishilarning bilish qobiliyatlari bo‘lib 
ularning asosida kishilarda empirik va nazariy bilish va bilim shakllanadi, deb e’tirof 
etildi.(Qarang: Alekseev P.V., Panin V.A. Teoriya poznaniya i dialektika. – M.: 
Vыssh. shk., 1991, 132-168 str.).  
Bizningcha, ushbu fikr bilish jarayonini to‘g‘ri tavsiflashiga qaramasdan 
aniqlashtirishga muhtojdir, chunki bilish jarayonining quyi bosqichi – hissiy bilish 
va empirik bilish aynan bir xil emas. Inson bilishining kundalik bilish, badiiy bilish 
singari ko‘rinishlari hissiy bilish bosqichiga ega bo‘lsa, empirik bilish faqat ilmiy 
bilishga xosdir. Qolaversa, ilmiy bilish ham voqelikni hissiy in’ikos etishga 
asoslanadi. Shu bois bilish jarayonining rivojlanishi hissiy bilish va mavhum 
tafakkur bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Ilmiy bilishda esa mavhum tafakkur empirik 
va nazariy bilish darajalaridan iborat.  
Ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning xossa va xususiyatlarini sezgi 
a’zolari orqali sezish va idrok etish natijasida olingan bilimlar hissiy darajadagi 
bilimdir va uning asosiy shakllari: sezgi, idrok, xotira, hayol va tasavvurdir. 
Ma’lumki, hissiy in’ikosning uchta shakli mavjud: sezgi, idrok, tasavvur. Sezgi 
predmetning alohida xususiyatiga mos ksladi, idrok predmetning bir butun xususiyatlari 
sistemasiga mos keladi. Masalan, biron bir meva ta’mini sezish va boshqa tomondan, 
uning shaklini, hidini, rangini sezish bir butunlikda idrok etishga olib keladi. Sezgilar 
idrokdan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin, biroq idrok sezgilarsiz bo‘lishi mumkin 
emas. Idrokning gnoseologik zamini bo‘lgan va mustaqil holda namoyon bo‘lishga 
qodir sezgilar baribir bir butun idrokning bir bo‘lagi, qismi sifatida mavjud bo‘ladi. 
Shuning uchun idrok tashqi predmetning obrazi bo‘lsa, sezgilarga obrazlilikning u yoki 
bu darajasi xos bo‘lishi zarur. To‘liqroq obraz, tabiiyki, idrokda bo‘ladi, chunki idrok 
insonning tashqi muhitga faol munosabatining natijasidir. Amaliy faoliyatda alohida 
Mavjud falsafiy adabiyotlarda bilish jarayoni asosan ikki bosqichdan: a) voqelikning hissiy in’ikosi va b) voqelikning ratsional (aqliy, mantiqiy) in’ikosi bosqichlaridan iborat deb ta’kidlanar edi. Keyinchalik, kishilarda voqelikni hissiy bilish bosqichida ham aqliy, ratsional jihatlar mavjudligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng, bilishning asosiy bosqichlari (yoki darajalari) empirik va nazariy bilishdir, voqelikning hissiy va aqliy in’ikosi esa kishilarning bilish qobiliyatlari bo‘lib ularning asosida kishilarda empirik va nazariy bilish va bilim shakllanadi, deb e’tirof etildi.(Qarang: Alekseev P.V., Panin V.A. Teoriya poznaniya i dialektika. – M.: Vыssh. shk., 1991, 132-168 str.). Bizningcha, ushbu fikr bilish jarayonini to‘g‘ri tavsiflashiga qaramasdan aniqlashtirishga muhtojdir, chunki bilish jarayonining quyi bosqichi – hissiy bilish va empirik bilish aynan bir xil emas. Inson bilishining kundalik bilish, badiiy bilish singari ko‘rinishlari hissiy bilish bosqichiga ega bo‘lsa, empirik bilish faqat ilmiy bilishga xosdir. Qolaversa, ilmiy bilish ham voqelikni hissiy in’ikos etishga asoslanadi. Shu bois bilish jarayonining rivojlanishi hissiy bilish va mavhum tafakkur bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Ilmiy bilishda esa mavhum tafakkur empirik va nazariy bilish darajalaridan iborat. Ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning xossa va xususiyatlarini sezgi a’zolari orqali sezish va idrok etish natijasida olingan bilimlar hissiy darajadagi bilimdir va uning asosiy shakllari: sezgi, idrok, xotira, hayol va tasavvurdir. Ma’lumki, hissiy in’ikosning uchta shakli mavjud: sezgi, idrok, tasavvur. Sezgi predmetning alohida xususiyatiga mos ksladi, idrok predmetning bir butun xususiyatlari sistemasiga mos keladi. Masalan, biron bir meva ta’mini sezish va boshqa tomondan, uning shaklini, hidini, rangini sezish bir butunlikda idrok etishga olib keladi. Sezgilar idrokdan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin, biroq idrok sezgilarsiz bo‘lishi mumkin emas. Idrokning gnoseologik zamini bo‘lgan va mustaqil holda namoyon bo‘lishga qodir sezgilar baribir bir butun idrokning bir bo‘lagi, qismi sifatida mavjud bo‘ladi. Shuning uchun idrok tashqi predmetning obrazi bo‘lsa, sezgilarga obrazlilikning u yoki bu darajasi xos bo‘lishi zarur. To‘liqroq obraz, tabiiyki, idrokda bo‘ladi, chunki idrok insonning tashqi muhitga faol munosabatining natijasidir. Amaliy faoliyatda alohida  
 
sezgilar muhim ahamiyatga ega. Biron-bir iarsa rangining individ tomonidan uni o‘zi 
bilan o‘zaro bog‘likligini anglanishi, masalan, bolaning dunyoni o‘rganishda 
qo‘llarining muayyan narsa sirti bo‘ylab harakatlanishi natijasida shu narsa tuzilishining 
qandayligini his qilishi tufayli shakllanadi. Bunda ko‘zning bevosita faoliyati bo‘lib 
tuyulgan, biroq endi sub’ektdan ma’lum masofada joylashgan narsa bilan bog‘liq holda 
idrok etilayotgan rangni sezish holati sodir bo‘ladi. Ob’ekt strukturasi to‘grisida axborot 
beruvchi boshqa sezgilar ham ushbu holda ko‘rish bilan birgalikda faoliyat yuritadi. O‘z 
xarakteriga ko‘ra idrok ob’ektga nisbatan izomorf holatini ifodalaydi. Shunday qilib, 
sezgilar va idrok tashqi dunyoni hissiy aks ettirish shakllaridir, ularning bilish 
imkoniyatlari turlicha. Ularning qayd etilgan barcha tomonlari va xususiyatlari hissiy 
in’ikosning uchinchi shakli - tasavvurga ham tegishlidir, zero tasavvur ularga asoslanadi.  
Sezgi – bu ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning sezgi organlarimizga bevosita 
ta’sirining mahsuli bo‘lib, ularning alohida, ayrim xususiyatlarining oddiy xissiy 
obrazlaridir. 
Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi buyumlar, ularning xossalari va 
munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit hissiy obrazni  idrok etish deb ataladi. Idrok deganda 
turli sezgi a’zolari ma’lumotlari asosida miyada buyum va hodisaning yaxlit xissiy 
obrazining hosil bo‘lishi tushuniladi. 
Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga kundalik amaliy ta’sir ko‘rsatishi, mehnati 
jarayonida, sezgi a’zolari faol ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi. Bunda inson 
o‘zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish 
jarayonlari o‘zidan keyin miyada “iz” qoldiradi. Bu insonga ayni lahzada ta’sir 
ko‘rsatmayotgan narsalarning obrazlarini gavdalantirish qobiliyatidan iborat. Bu obrazlar 
narsa va hodisalarning avvalgi ta’siri natijasida xotiramizda qolgan taassurotlarning 
qaytadan esga olinishi tbilan bog‘liq. Xotira – jonning kuchi, sezgi va idrok 
ma’lumotlarini qayd etish va saqlashdir. Tashqi ta’sirlarning idrok etilishi va ularning 
xotirada saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg‘onadi. 
Tasavvur – hissiy darajadagi bilimning yuqori shakli bo‘lib, ilgari idrok etilgan 
buyum va hodisalarning xotirada qayta hosil qilingan  hissiy obrazidir. Tasavvur – bu idrok 
etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. 
sezgilar muhim ahamiyatga ega. Biron-bir iarsa rangining individ tomonidan uni o‘zi bilan o‘zaro bog‘likligini anglanishi, masalan, bolaning dunyoni o‘rganishda qo‘llarining muayyan narsa sirti bo‘ylab harakatlanishi natijasida shu narsa tuzilishining qandayligini his qilishi tufayli shakllanadi. Bunda ko‘zning bevosita faoliyati bo‘lib tuyulgan, biroq endi sub’ektdan ma’lum masofada joylashgan narsa bilan bog‘liq holda idrok etilayotgan rangni sezish holati sodir bo‘ladi. Ob’ekt strukturasi to‘grisida axborot beruvchi boshqa sezgilar ham ushbu holda ko‘rish bilan birgalikda faoliyat yuritadi. O‘z xarakteriga ko‘ra idrok ob’ektga nisbatan izomorf holatini ifodalaydi. Shunday qilib, sezgilar va idrok tashqi dunyoni hissiy aks ettirish shakllaridir, ularning bilish imkoniyatlari turlicha. Ularning qayd etilgan barcha tomonlari va xususiyatlari hissiy in’ikosning uchinchi shakli - tasavvurga ham tegishlidir, zero tasavvur ularga asoslanadi. Sezgi – bu ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning sezgi organlarimizga bevosita ta’sirining mahsuli bo‘lib, ularning alohida, ayrim xususiyatlarining oddiy xissiy obrazlaridir. Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi buyumlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit hissiy obrazni idrok etish deb ataladi. Idrok deganda turli sezgi a’zolari ma’lumotlari asosida miyada buyum va hodisaning yaxlit xissiy obrazining hosil bo‘lishi tushuniladi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga kundalik amaliy ta’sir ko‘rsatishi, mehnati jarayonida, sezgi a’zolari faol ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi. Bunda inson o‘zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish jarayonlari o‘zidan keyin miyada “iz” qoldiradi. Bu insonga ayni lahzada ta’sir ko‘rsatmayotgan narsalarning obrazlarini gavdalantirish qobiliyatidan iborat. Bu obrazlar narsa va hodisalarning avvalgi ta’siri natijasida xotiramizda qolgan taassurotlarning qaytadan esga olinishi tbilan bog‘liq. Xotira – jonning kuchi, sezgi va idrok ma’lumotlarini qayd etish va saqlashdir. Tashqi ta’sirlarning idrok etilishi va ularning xotirada saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg‘onadi. Tasavvur – hissiy darajadagi bilimning yuqori shakli bo‘lib, ilgari idrok etilgan buyum va hodisalarning xotirada qayta hosil qilingan hissiy obrazidir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir.  
 
Hayol – esa insonning muhim hossasi bo‘lib, tafakkur oqimida yetishmayotgan 
ko‘rgazmalilik o‘rnini to‘ldiradi. Hayol kuchi ongda mavjud obrazlarni nafaqat qayta 
chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va ularni umumiy tasavvurlar darajasiga 
ko‘taradi. 
Tasavvur sifatidagi voqelikni hissiy in’ikos ettirishning bu shakli bo‘lmasa, inson 
bevosita vaziyatning o‘ziga boglanib qolgan bo‘lardi. Hayotiy tajriba jarayonida inson 
tasavvur qila olish qobiliyatiga ko‘ra o‘zining ixtiyoridagi hissiy material hajmini 
olamni sezish va idrok etish sohasi, shuningdek, ijtimoiy xissiy tajribaga asoslangan 
holda kengaytirib boradi. Tasavvurlar sohasida amaliyot, insonning faoliyati va bu 
bilan bog‘liq qadriyatlar, kishilarning ehtiyoji, maqsad-manfaatlari muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Qisqa ta’rif berilsa, tasavvur ongimizda narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga 
bevosita ta’sir etmagan holda qayta hosil kilinadigan va saqlanadigan hissiy obrazidir. 
Biroz boshqacharoq ta’rif ham bor: tasavvur ilgari idrok qilingan narsa yoki hodisaning 
takroriy obrazidir, xissiy aks ettirishning yaqqol va obrazli ko‘rinishdagi shaklidir. 
Fikrimiz yakunida voqelikni hissiy aks ettirishning inson bilishini 
ta’minlashdagi o‘rni salmoqli ekanligini ta’kidlashimiz lozim. Chunki: 
- sezgi a’zolari insonni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan yagona omildir; 
- sezgi a’zolarisiz inson oddiy anglash, bilish va tafakkur qilishga qodir emas;  
-ba’zi sezgi a’zolarini yo‘qotish bilishni qiyinlashtirib, murakkablashtiradi, 
lekin uning imkoniyatlarini to‘sa olmaydi. Bu shunday izohlanadiki, bunday holda 
bir sezgi a’zosi o‘rniga boshqasining imkoniyatlari ortadi, faoliyat ko‘rsatayotgan 
sezgi a’zolarining zohiriy imkoniyatlari ishga tushadi, individ o‘z diqqat-e’tiborini 
jamlay boshlaydi va boshqalar; 
—aql va tafakkur (ratsionallik) sezgi a’zolari yetkazib bergan dalil va axborotga 
asoslanadi; 
—muayyan jarayon yoki faoliyatni boshqarish, avvalo, sezgi a’zolari tomonidan 
olingan axborot yordamida amalga oshiriladi; 
—sezgi a’zolari ob’ektlarni har tomonlama bilish uchun zarur bo‘lgal dastlabki 
axborotni bilimni rivojlantirish uchun beradi va bu axborotsiz bilishning biron bir 
Hayol – esa insonning muhim hossasi bo‘lib, tafakkur oqimida yetishmayotgan ko‘rgazmalilik o‘rnini to‘ldiradi. Hayol kuchi ongda mavjud obrazlarni nafaqat qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va ularni umumiy tasavvurlar darajasiga ko‘taradi. Tasavvur sifatidagi voqelikni hissiy in’ikos ettirishning bu shakli bo‘lmasa, inson bevosita vaziyatning o‘ziga boglanib qolgan bo‘lardi. Hayotiy tajriba jarayonida inson tasavvur qila olish qobiliyatiga ko‘ra o‘zining ixtiyoridagi hissiy material hajmini olamni sezish va idrok etish sohasi, shuningdek, ijtimoiy xissiy tajribaga asoslangan holda kengaytirib boradi. Tasavvurlar sohasida amaliyot, insonning faoliyati va bu bilan bog‘liq qadriyatlar, kishilarning ehtiyoji, maqsad-manfaatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Qisqa ta’rif berilsa, tasavvur ongimizda narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etmagan holda qayta hosil kilinadigan va saqlanadigan hissiy obrazidir. Biroz boshqacharoq ta’rif ham bor: tasavvur ilgari idrok qilingan narsa yoki hodisaning takroriy obrazidir, xissiy aks ettirishning yaqqol va obrazli ko‘rinishdagi shaklidir. Fikrimiz yakunida voqelikni hissiy aks ettirishning inson bilishini ta’minlashdagi o‘rni salmoqli ekanligini ta’kidlashimiz lozim. Chunki: - sezgi a’zolari insonni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan yagona omildir; - sezgi a’zolarisiz inson oddiy anglash, bilish va tafakkur qilishga qodir emas; -ba’zi sezgi a’zolarini yo‘qotish bilishni qiyinlashtirib, murakkablashtiradi, lekin uning imkoniyatlarini to‘sa olmaydi. Bu shunday izohlanadiki, bunday holda bir sezgi a’zosi o‘rniga boshqasining imkoniyatlari ortadi, faoliyat ko‘rsatayotgan sezgi a’zolarining zohiriy imkoniyatlari ishga tushadi, individ o‘z diqqat-e’tiborini jamlay boshlaydi va boshqalar; —aql va tafakkur (ratsionallik) sezgi a’zolari yetkazib bergan dalil va axborotga asoslanadi; —muayyan jarayon yoki faoliyatni boshqarish, avvalo, sezgi a’zolari tomonidan olingan axborot yordamida amalga oshiriladi; —sezgi a’zolari ob’ektlarni har tomonlama bilish uchun zarur bo‘lgal dastlabki axborotni bilimni rivojlantirish uchun beradi va bu axborotsiz bilishning biron bir  
 
shakli yuzaga kelmaydi.  
Shunday qilib, hissiy darajadagi bilim narsalarning ayrim tashqi tomonlari, hodisa 
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishdir. Narsalarning ichki tabiatini, hodisaning mohiyatini, 
rivojlanish qonuniyatlarini mavhum tafakkur orqali anglab olinadi. 
 Kishilarda voqelikni abstrakt - fikriy aks ettira oladigan qobiliyat asosida 
paydo bo‘ladigan hamda rivojlanadigai in’ikosning dastlabki va yetakchi shakli 
tushunchadir. Bilish jarayonida tushunchaning asosiy vazifalaridan biri shuki, u ma’lum 
guruxdagi narsalarni ba’zan ma’lum, umumiy, muhim belgilariga ko‘ra umumlashgan 
holda ajratib aks ettiradi. Unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: tushuncha abstrakt 
tafakkur shakli (yoki turi) sifatida ba’zi narsalarni umumlashtirish va shu 
narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilar yig‘indisini fikran ajratish 
natijasidir. 
Shunday qilib, voqelikni chuqur aks ettirishi, anglashi va yo‘nalishiga qo‘ra 
tushunchalarni 4 guruxga bo‘lish mumkin: 1) narsalardagi umumiylikni aks ettiruvchi 
tushunchalar; 2) narsalardagi muhim belgilarni qamrab olgan tushunchalar; 3) 
narsalarning mazmun-mohiyati ochilishiga bog‘liq tushunchalar va 4) goya — 
tushunchalar. 
Insonning abstrakt-fikrlash qobiliyati tushunchalar bilan birga voqelikni aqliy 
o‘zlashtirishning boshqa shakllarini ham o‘z ichiga oladi. Klassik formal mantiq 
faniga ko‘ra, tafakkurning muhokama yuritish (hukm) va xulosa chiqarish 
shakllari ham borligi ma’lum. Hukmlarni aytayotib, biz tushunchalardan foydalanamiz. 
Ular hukmlarning elementlari hisoblanadi. 
Narsalarning mohiyatini bilish asosida ular to‘g‘risidagi tushunchalar paydo 
bo‘ladi, yagona hukmga birlashishi mumkin bo‘lgan yakka hukm yoki xukmlar majmuasi 
shakllanadi. Narsalarni anglashda erishilgan bu hukm ham tushuncha o‘rnida qabul 
qilinadi. Bilimlar chuqurlashib borishi bilan ularni umumlashtirish asoslari ham 
o‘zgaradi. Bir tushunchalardan boshqasiga, yanada chuqurroq va aniqroq 
tushunchalarga o‘tishniig mohiyati ana shunda. Psixologiya kursida hukmga biroz 
boshqacharoq ta’rif berilishini ta’kidlash kerak: «Hukm borliqning narsalari va 
shakli yuzaga kelmaydi. Shunday qilib, hissiy darajadagi bilim narsalarning ayrim tashqi tomonlari, hodisa to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishdir. Narsalarning ichki tabiatini, hodisaning mohiyatini, rivojlanish qonuniyatlarini mavhum tafakkur orqali anglab olinadi. Kishilarda voqelikni abstrakt - fikriy aks ettira oladigan qobiliyat asosida paydo bo‘ladigan hamda rivojlanadigai in’ikosning dastlabki va yetakchi shakli tushunchadir. Bilish jarayonida tushunchaning asosiy vazifalaridan biri shuki, u ma’lum guruxdagi narsalarni ba’zan ma’lum, umumiy, muhim belgilariga ko‘ra umumlashgan holda ajratib aks ettiradi. Unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: tushuncha abstrakt tafakkur shakli (yoki turi) sifatida ba’zi narsalarni umumlashtirish va shu narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilar yig‘indisini fikran ajratish natijasidir. Shunday qilib, voqelikni chuqur aks ettirishi, anglashi va yo‘nalishiga qo‘ra tushunchalarni 4 guruxga bo‘lish mumkin: 1) narsalardagi umumiylikni aks ettiruvchi tushunchalar; 2) narsalardagi muhim belgilarni qamrab olgan tushunchalar; 3) narsalarning mazmun-mohiyati ochilishiga bog‘liq tushunchalar va 4) goya — tushunchalar. Insonning abstrakt-fikrlash qobiliyati tushunchalar bilan birga voqelikni aqliy o‘zlashtirishning boshqa shakllarini ham o‘z ichiga oladi. Klassik formal mantiq faniga ko‘ra, tafakkurning muhokama yuritish (hukm) va xulosa chiqarish shakllari ham borligi ma’lum. Hukmlarni aytayotib, biz tushunchalardan foydalanamiz. Ular hukmlarning elementlari hisoblanadi. Narsalarning mohiyatini bilish asosida ular to‘g‘risidagi tushunchalar paydo bo‘ladi, yagona hukmga birlashishi mumkin bo‘lgan yakka hukm yoki xukmlar majmuasi shakllanadi. Narsalarni anglashda erishilgan bu hukm ham tushuncha o‘rnida qabul qilinadi. Bilimlar chuqurlashib borishi bilan ularni umumlashtirish asoslari ham o‘zgaradi. Bir tushunchalardan boshqasiga, yanada chuqurroq va aniqroq tushunchalarga o‘tishniig mohiyati ana shunda. Psixologiya kursida hukmga biroz boshqacharoq ta’rif berilishini ta’kidlash kerak: «Hukm borliqning narsalari va  
 
hodisalari o‘rtasidagi yoki ularning xossalari va belgilari o‘rtasidagi aloqalarni aks 
ettirishdir».  
Tushunchalar va hukmlar asosida xulosa shakllanadi. Biz tafakkurning mantiqiy 
shakliga xos tushunchalar, hukmlar, xulosa chiqarishlarni maxsus qarab chiqmaymiz. 
Bular mantiq fanining tegishli bo‘limlarida yetarlicha yoritiladi. Akliy bilim shakllari 
to‘g‘risida aytilgan fikrlarga qo‘shimcha qilib ta’kidlash mumkinki, agar ilmiy bilishni 
olsak, undagi nisbatan muhimroq shakllarga gipotezalar va nazariyalar kiradi. Bu 
shakllar yordamida sub’ekt murakkab darajada tashkil topgan moddiy tizimlarning 
chuqur mohiyatiga kirib borishga qodirdir. Shunday qilib, abstrakt tafakkurni 
voqelikni hissiy aks ettirishdan farqlanuvchi quyidagi jihatlarini sanab o‘tish mumkin: 
1) narsalardagi umumiylikni aks ettira olish; hissiy aks ettirishda alohida 
narsalardagi umumiy va yakka belgilar ajratilmaydi, balki yagona obraz holida 
namoyon bo‘ladi; 
2) narsalardagi muhimlikni aks ettira olish; hissiy aks ettirishda muhim 
nomuximdan ajratilmaydi; 
3) narsa va voqealarning mohiyatini bilnsh asosida g‘oya shaklidagi 
tushunchalarni yarata olish; 
4) voqelikni 
bevosita 
bilishda 
hissiy 
aks 
ettirish 
orqali 
ham, 
turli 
asbob-uskunalardan 
foydalanish 
yordamida 
ham, 
hukm 
va xulosa chiqarish vositasida ham umumiy natijaga erishish. 
Ushbu barcha holatlar insonning abstraksiyalarni hosil qilish qobiliyatining 
namoyon bo‘lishidir. Bu qobiliyat nomi xam ana shundan kelib chiqqan va u «abstrakt 
fikrlash», deb ataladi. 
Jonli mushohada ba’zi adabiyotlarda «empirik», «jonli mushohada» va «hissiylik» 
tushunchalari aynanlashtiriladi. Hissiylik, biz ko‘rganimizdek, insonning bilish 
qobiliyatlaridan biridir va o‘z navbatida, ratsionallikdan ajralgan hissiylik ham yo‘q. 
Jonli mushohadadan ob’ektlarning ichki mohiyatiga tomon abstrakt tafakkurning 
murakkab yo‘li boshlanadi. Bu muayyan mohiyatning bir tomonini bilishdan 
boshqasiga tomon, uni uzuq-yuluq tasvirlashdan bir butun ifodalashga, sayoz 
mohiyatdan chuqurroq mohiyatga tomon boradigan yo‘ldir. Bu endi jonsiz hissiy 
hodisalari o‘rtasidagi yoki ularning xossalari va belgilari o‘rtasidagi aloqalarni aks ettirishdir». Tushunchalar va hukmlar asosida xulosa shakllanadi. Biz tafakkurning mantiqiy shakliga xos tushunchalar, hukmlar, xulosa chiqarishlarni maxsus qarab chiqmaymiz. Bular mantiq fanining tegishli bo‘limlarida yetarlicha yoritiladi. Akliy bilim shakllari to‘g‘risida aytilgan fikrlarga qo‘shimcha qilib ta’kidlash mumkinki, agar ilmiy bilishni olsak, undagi nisbatan muhimroq shakllarga gipotezalar va nazariyalar kiradi. Bu shakllar yordamida sub’ekt murakkab darajada tashkil topgan moddiy tizimlarning chuqur mohiyatiga kirib borishga qodirdir. Shunday qilib, abstrakt tafakkurni voqelikni hissiy aks ettirishdan farqlanuvchi quyidagi jihatlarini sanab o‘tish mumkin: 1) narsalardagi umumiylikni aks ettira olish; hissiy aks ettirishda alohida narsalardagi umumiy va yakka belgilar ajratilmaydi, balki yagona obraz holida namoyon bo‘ladi; 2) narsalardagi muhimlikni aks ettira olish; hissiy aks ettirishda muhim nomuximdan ajratilmaydi; 3) narsa va voqealarning mohiyatini bilnsh asosida g‘oya shaklidagi tushunchalarni yarata olish; 4) voqelikni bevosita bilishda hissiy aks ettirish orqali ham, turli asbob-uskunalardan foydalanish yordamida ham, hukm va xulosa chiqarish vositasida ham umumiy natijaga erishish. Ushbu barcha holatlar insonning abstraksiyalarni hosil qilish qobiliyatining namoyon bo‘lishidir. Bu qobiliyat nomi xam ana shundan kelib chiqqan va u «abstrakt fikrlash», deb ataladi. Jonli mushohada ba’zi adabiyotlarda «empirik», «jonli mushohada» va «hissiylik» tushunchalari aynanlashtiriladi. Hissiylik, biz ko‘rganimizdek, insonning bilish qobiliyatlaridan biridir va o‘z navbatida, ratsionallikdan ajralgan hissiylik ham yo‘q. Jonli mushohadadan ob’ektlarning ichki mohiyatiga tomon abstrakt tafakkurning murakkab yo‘li boshlanadi. Bu muayyan mohiyatning bir tomonini bilishdan boshqasiga tomon, uni uzuq-yuluq tasvirlashdan bir butun ifodalashga, sayoz mohiyatdan chuqurroq mohiyatga tomon boradigan yo‘ldir. Bu endi jonsiz hissiy  
 
konkretlik emas, balki real abstraksiyalardir. Uning tomonlari faqat oxirgi bosqichda 
tafakkur yordamida yagona bir butunlikka, aniq fikriy xolatga birlashadi. 
Voqelikni abstrakt-fikriy bilish masalasida uning ikki shaklga bo‘linishiga 
duch kelish mumkin: mulohazaviy va akliy shakllar. Bunga muvofiq ravishda inson 
qobiliyatlari mulohaza va aqlga bo‘linadi. Bunday bo‘linish ma’lum asosga ega va u 
bilan biz antik falsafadayoq duch kelganmiz. Bu masalaga nemis mumtoz falsafasida 
ham katta ahamiyat berilgan. Masalan, I. Kant fikricha, “Bizning barcha bilimimiz 
hissiyotdan (sezgilardan) boshlanadi, keyin mulohaza yuritishga o‘tib, aql bilan 
tugaydi. Bundan yuqorida biz uchun mushohada dalillarini o‘rganish va uni oliy 
tafakkurga to‘plash uchun boshqa hech narsa qolmaydi”. 
Sensualizm bilan ratsionalizm o‘rtasidagi munozara butun falsafa tarixi 
davomida mavjud bo‘lib keldi. Epikur, Lokk, Gobss, Berkli va boshqalar ssnsualizm 
tarafdorlari bo‘lishgan. Ular bilishning birinchi asosiy shakli — hissiy shakl deb 
hisoblaganlar, bilishning mazmunini sezgi a’zolari yordamida olinadigan 
ma’lumotlardan iborat kilib qo‘yganlar. Sensualizmning asosiy qoidasi: «Bilimda 
sezgilardan boshqa hech narsa yo‘qdir». Ratsionalizm tarafdorlari, aksincha, 
abstrakt tafakkurni insonning xissiy qobiliyatlaridan ajratib, hissiy in’ikos natijalarini 
mukammal emas, ehtimol, haqiqiy bo‘lmagan bilim sifatida, abstrakt tafakkur 
natijalarini esa umumiy va zaruriy, mantiq qonunlariga qatiy rioya qilinganda haqiqiy 
bilim deb hisoblaganlar. 
Zamonaviy gnoseologiya bilishni tahlil qilganida «individ-tabiat» munosabati 
bilan chegaralanib qolmaydi, balki «individ-jamiyat-tabiat»dan iborat murakkabroq 
tizimni o‘z ob’ekti qilib oladi. Shu nuqtai nazardan olganda, gnoseologik yondashuv 
insonning bilish qobiliyatlarini agnostik tushunish bilan kelisha olmaydi. 
Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in’ikosi 
bo‘lishi mumkin. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida 
unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr 
chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil 
asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki 
hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda 
konkretlik emas, balki real abstraksiyalardir. Uning tomonlari faqat oxirgi bosqichda tafakkur yordamida yagona bir butunlikka, aniq fikriy xolatga birlashadi. Voqelikni abstrakt-fikriy bilish masalasida uning ikki shaklga bo‘linishiga duch kelish mumkin: mulohazaviy va akliy shakllar. Bunga muvofiq ravishda inson qobiliyatlari mulohaza va aqlga bo‘linadi. Bunday bo‘linish ma’lum asosga ega va u bilan biz antik falsafadayoq duch kelganmiz. Bu masalaga nemis mumtoz falsafasida ham katta ahamiyat berilgan. Masalan, I. Kant fikricha, “Bizning barcha bilimimiz hissiyotdan (sezgilardan) boshlanadi, keyin mulohaza yuritishga o‘tib, aql bilan tugaydi. Bundan yuqorida biz uchun mushohada dalillarini o‘rganish va uni oliy tafakkurga to‘plash uchun boshqa hech narsa qolmaydi”. Sensualizm bilan ratsionalizm o‘rtasidagi munozara butun falsafa tarixi davomida mavjud bo‘lib keldi. Epikur, Lokk, Gobss, Berkli va boshqalar ssnsualizm tarafdorlari bo‘lishgan. Ular bilishning birinchi asosiy shakli — hissiy shakl deb hisoblaganlar, bilishning mazmunini sezgi a’zolari yordamida olinadigan ma’lumotlardan iborat kilib qo‘yganlar. Sensualizmning asosiy qoidasi: «Bilimda sezgilardan boshqa hech narsa yo‘qdir». Ratsionalizm tarafdorlari, aksincha, abstrakt tafakkurni insonning xissiy qobiliyatlaridan ajratib, hissiy in’ikos natijalarini mukammal emas, ehtimol, haqiqiy bo‘lmagan bilim sifatida, abstrakt tafakkur natijalarini esa umumiy va zaruriy, mantiq qonunlariga qatiy rioya qilinganda haqiqiy bilim deb hisoblaganlar. Zamonaviy gnoseologiya bilishni tahlil qilganida «individ-tabiat» munosabati bilan chegaralanib qolmaydi, balki «individ-jamiyat-tabiat»dan iborat murakkabroq tizimni o‘z ob’ekti qilib oladi. Shu nuqtai nazardan olganda, gnoseologik yondashuv insonning bilish qobiliyatlarini agnostik tushunish bilan kelisha olmaydi. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in’ikosi bo‘lishi mumkin. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda  
 
tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy 
sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir. 
Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. 
Empirik bilim ikki kuzatish va eksperiment metodlari yordamida shakllanadi. 
Kuzatish – bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash 
maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini 
belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat 
qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim 
xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar 
ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.  
Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi 
mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish 
mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob’ektlarga qaratilgan, maqsadlar va 
vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faol shakli. Biron-bir narsani bilishni 
xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi lozim. Zehnli, 
ijodkor va teran aql narsa va hodisalarning ko‘pchilik e’tibor bermaydigan muhim 
jihatlarini ko‘rish va sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu qobiliyat fan va 
san’atdagi novatorlik omilidir. Kuzatish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. 
Kuzatishlarni tayyorlashda kuzatish vazifalari, u javob berishi lozim bo‘lgan 
talablarni aniqlash, kuzatish rejasi va usullarini oldindan ishlab chiqish muhim o‘rin 
tutadi. Kuzatish tabiatning o‘zida mavjud narsalar va hodisalarni qayd etadi. Biroq 
inson kuzatuvchi roli bilan kifoyalana olmaydi. U eksperimentlar o‘tkazish orqali 
faol sinovchiga aylanadi. Miyada tasavvur qilingan model ustida o‘tkaziladigan 
fikriy eksperiment bilishning alohida shaklini tashkil etadi. Unga xayol va 
tafakkurning uzviy aloqasi xosdir. 
Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob’ekt yo 
sun’iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma’lum shart-
sharoitlarda o‘rganiladi. Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy tadqiqotni o‘tkazish 
shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan bosqichda to‘xtatishi 
mumkin bo‘lib, bu ob’ektni yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi. 
tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir. Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim ikki kuzatish va eksperiment metodlari yordamida shakllanadi. Kuzatish – bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi. Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob’ektlarga qaratilgan, maqsadlar va vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faol shakli. Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi lozim. Zehnli, ijodkor va teran aql narsa va hodisalarning ko‘pchilik e’tibor bermaydigan muhim jihatlarini ko‘rish va sezish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu qobiliyat fan va san’atdagi novatorlik omilidir. Kuzatish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Kuzatishlarni tayyorlashda kuzatish vazifalari, u javob berishi lozim bo‘lgan talablarni aniqlash, kuzatish rejasi va usullarini oldindan ishlab chiqish muhim o‘rin tutadi. Kuzatish tabiatning o‘zida mavjud narsalar va hodisalarni qayd etadi. Biroq inson kuzatuvchi roli bilan kifoyalana olmaydi. U eksperimentlar o‘tkazish orqali faol sinovchiga aylanadi. Miyada tasavvur qilingan model ustida o‘tkaziladigan fikriy eksperiment bilishning alohida shaklini tashkil etadi. Unga xayol va tafakkurning uzviy aloqasi xosdir. Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob’ekt yo sun’iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma’lum shart- sharoitlarda o‘rganiladi. Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy tadqiqotni o‘tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan bosqichda to‘xtatishi mumkin bo‘lib, bu ob’ektni yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi.  
 
Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun’iy tarzda gavdalantirish va nazariy 
yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi. Eksperiment doim, 
ayniqsa hozirgi zamon fanida ba’zan juda murakkab texnika vositalari, ya’ni 
asboblardan foydalanish bilan bog‘liq. Asbob – bu insonning sezgi a’zolari bilishi 
mumkin bo‘lmagan hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo‘ljallangan, 
kerakli xossalarga ega bo‘lgan moslama yoki moslamalar tizimidir. Asboblar 
bizning sezgi a’zolarimizni kuchaytirishi, ob’ekt xossalarining faollik darajasini 
o‘lchashi yoki ularda o‘rganilayotgan ob’ekt qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin. 
Tadqiqot maqsadlariga ko‘ra o‘rganish eksperimenti, yangi narsa yoki hodisani 
kashf etish hamda yangi xossalarni aniqlovchi va ularni namoyish etuvchi tekshiruv 
eksperimenti; (gipotezalarning to‘g‘riligini aniqlash), ob’ektlar yoki ularning 
xossalarini aniqlashga qaratilgan sifat eksperimenti va o‘rganilayotgan ob’ektning 
xossalarini o‘lchash bilan bog‘liq miqdor eksperimenti farqlanadi. 
O‘rganish ob’ektiga ko‘ra tabiiy va ijtimoiy eksperiment, amalga oshirish 
usullariga ko‘ra esa – tabiiy va sun’iy, modelli va bevosita, amaliy va tafakkur 
vositasida amalga oshiriladigan eksperimentlar farqlanadi. Shuningdek ilmiy va 
ishlab chiqarish eksperimenti ham mavjud. Ishlab chiqarish eksperimenti sanoat va 
dala sharoitidagi eksperimentlarni o‘z ichiga oladi. Modelli eksperiment alohida 
ahamiyatga ega. Fizik va matematik modellashtirish farqlanadi. Fizik model 
o‘rganilayotgan ob’ektning noma’lum xossalarini aniqlash uchun uning ma’lum 
xossalarini gavdalantirishni nazarda tutadi (samolyotlar, kosmik kemalar yoki 
neyronlarning modellari va sh.k.). Matematik model har xil ob’ektlarning umumiy, 
funksional bog‘liqligini tavsiflovchi formal (matematik) o‘xshashligi asosida 
tuziladiki, bu ham amalda mavjud ob’ektlarning noma’lum xossalarini aniqlash 
imkonini beradi. 
Kuzatish va eksperiment o‘tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon 
etish yo‘li bilan ifodalanadi. U umumiy qabul qilingan atamalar yordamida tuzilgan 
grafiklar, rasmlar, foto va kinotasvirlar ilova qilingan, matematik, kimyoviy 
formulalar kiritilgan hisobot ko‘rinishida ifodalanishi ham mumkin. 
Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun’iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi. Eksperiment doim, ayniqsa hozirgi zamon fanida ba’zan juda murakkab texnika vositalari, ya’ni asboblardan foydalanish bilan bog‘liq. Asbob – bu insonning sezgi a’zolari bilishi mumkin bo‘lmagan hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo‘ljallangan, kerakli xossalarga ega bo‘lgan moslama yoki moslamalar tizimidir. Asboblar bizning sezgi a’zolarimizni kuchaytirishi, ob’ekt xossalarining faollik darajasini o‘lchashi yoki ularda o‘rganilayotgan ob’ekt qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin. Tadqiqot maqsadlariga ko‘ra o‘rganish eksperimenti, yangi narsa yoki hodisani kashf etish hamda yangi xossalarni aniqlovchi va ularni namoyish etuvchi tekshiruv eksperimenti; (gipotezalarning to‘g‘riligini aniqlash), ob’ektlar yoki ularning xossalarini aniqlashga qaratilgan sifat eksperimenti va o‘rganilayotgan ob’ektning xossalarini o‘lchash bilan bog‘liq miqdor eksperimenti farqlanadi. O‘rganish ob’ektiga ko‘ra tabiiy va ijtimoiy eksperiment, amalga oshirish usullariga ko‘ra esa – tabiiy va sun’iy, modelli va bevosita, amaliy va tafakkur vositasida amalga oshiriladigan eksperimentlar farqlanadi. Shuningdek ilmiy va ishlab chiqarish eksperimenti ham mavjud. Ishlab chiqarish eksperimenti sanoat va dala sharoitidagi eksperimentlarni o‘z ichiga oladi. Modelli eksperiment alohida ahamiyatga ega. Fizik va matematik modellashtirish farqlanadi. Fizik model o‘rganilayotgan ob’ektning noma’lum xossalarini aniqlash uchun uning ma’lum xossalarini gavdalantirishni nazarda tutadi (samolyotlar, kosmik kemalar yoki neyronlarning modellari va sh.k.). Matematik model har xil ob’ektlarning umumiy, funksional bog‘liqligini tavsiflovchi formal (matematik) o‘xshashligi asosida tuziladiki, bu ham amalda mavjud ob’ektlarning noma’lum xossalarini aniqlash imkonini beradi. Kuzatish va eksperiment o‘tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon etish yo‘li bilan ifodalanadi. U umumiy qabul qilingan atamalar yordamida tuzilgan grafiklar, rasmlar, foto va kinotasvirlar ilova qilingan, matematik, kimyoviy formulalar kiritilgan hisobot ko‘rinishida ifodalanishi ham mumkin.  
 
Bilish 
empirik 
metodlarining 
muhim 
unsuri 
– 
taqqoslash, 
ya’ni 
o‘rganilayotgan ob’ektlarning kuzatish yoki eksperimentda aniqlanayotgan 
xossalari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdir. O‘lchash – 
taqqoslashning ayrim ko‘rinishi. Kuzatish va eksperiment natijalari o‘lchash yo‘li 
bilan ifodalangan taqdirdagina ilmiy ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘lchash – ob’ekt 
xossalarining rivojlanish darajasini tavsiflovchi kattalikni aniqlash jarayoni. U 
o‘lchash birligi sifatida qabul qilingan boshqa kattalik bilan taqqoslash shaklida 
amalga oshiriladi. 
Ilmiy dalil. Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki 
dalillar)ni aniqlash ilmiy tadqiqotning zarur shartidir. Dalil – bilimining 
tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy yoki ma’naviy dunyo hodisasi, biron-bir 
hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etishdir. A.Eynshteyn so‘zlari bilan aytganda, 
fan dalillardan boshlanishi va boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida qanday nazariy 
tuzilmalar bo‘lishidan, tuzilishidan qat’i nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim. 
Dalil tushunchasi har xil ma’no-mazmunga ega. «dalil» atamasining ko‘p sonli 
ta’riflari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin. 
Birinchidan, borliq hodisasi, asos qilib olish mumkin bo‘lgan voqea, hodisa, 
holat sifatidagi dalil. Bu inson tomonidan anglangan yoki anglanmaganligidan qat’i 
nazar mavjud bo‘lgan hayot dalillaridir. 
Ikkinchidan, «dalil» tushunchasi borliqning anglab yetilgan voqealari va 
hodisalarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Dalillar murakkab tuzilishga ega. Ular 
borliq haqidagi axborot, dalil talqini, uni olish va tavsiflash usulini o‘z ichiga oladi. 
Ilmiy dalil nazariy tizimga kiradi va ikki muhim xossa: ishonchlilik va bir 
variantlilikka ega bo‘ladi. Ilmiy dalilning ishonchliligi shunday namoyon bo‘ladiki, 
uni tadqiqotchilar tomonidan turli davrlarda o‘tkaziladigan yangi eksperimentlar 
yordamida olish va ifodalash mumkin. Ilmiy dalilning bir variantliligi shundan 
iboratki, u o‘zining ishonchliligini talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar 
saqlab qoladi. Fan dalillari umumlashtirilishi natijasida ular nazariya uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Dalillarni umumlashtirishning oddiy shakllari – ularni tahlil, 
sintez qilish, tiplarga ajratish, birlamchi tushuntirish sxemalaridan foydalanish va 
Bilish empirik metodlarining muhim unsuri – taqqoslash, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektlarning kuzatish yoki eksperimentda aniqlanayotgan xossalari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdir. O‘lchash – taqqoslashning ayrim ko‘rinishi. Kuzatish va eksperiment natijalari o‘lchash yo‘li bilan ifodalangan taqdirdagina ilmiy ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘lchash – ob’ekt xossalarining rivojlanish darajasini tavsiflovchi kattalikni aniqlash jarayoni. U o‘lchash birligi sifatida qabul qilingan boshqa kattalik bilan taqqoslash shaklida amalga oshiriladi. Ilmiy dalil. Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash ilmiy tadqiqotning zarur shartidir. Dalil – bilimining tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy yoki ma’naviy dunyo hodisasi, biron-bir hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etishdir. A.Eynshteyn so‘zlari bilan aytganda, fan dalillardan boshlanishi va boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo‘lishidan, tuzilishidan qat’i nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim. Dalil tushunchasi har xil ma’no-mazmunga ega. «dalil» atamasining ko‘p sonli ta’riflari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin. Birinchidan, borliq hodisasi, asos qilib olish mumkin bo‘lgan voqea, hodisa, holat sifatidagi dalil. Bu inson tomonidan anglangan yoki anglanmaganligidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan hayot dalillaridir. Ikkinchidan, «dalil» tushunchasi borliqning anglab yetilgan voqealari va hodisalarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Dalillar murakkab tuzilishga ega. Ular borliq haqidagi axborot, dalil talqini, uni olish va tavsiflash usulini o‘z ichiga oladi. Ilmiy dalil nazariy tizimga kiradi va ikki muhim xossa: ishonchlilik va bir variantlilikka ega bo‘ladi. Ilmiy dalilning ishonchliligi shunday namoyon bo‘ladiki, uni tadqiqotchilar tomonidan turli davrlarda o‘tkaziladigan yangi eksperimentlar yordamida olish va ifodalash mumkin. Ilmiy dalilning bir variantliligi shundan iboratki, u o‘zining ishonchliligini talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar saqlab qoladi. Fan dalillari umumlashtirilishi natijasida ular nazariya uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Dalillarni umumlashtirishning oddiy shakllari – ularni tahlil, sintez qilish, tiplarga ajratish, birlamchi tushuntirish sxemalaridan foydalanish va  
 
hokazolar asosida amalga oshiriladigan tizimga solish va tasniflashdir. Ma’lumki, 
juda ko‘p ilmiy kashfiyotlar olimlarning dalillarni tizimga solish va tasniflash 
borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga kelgan (masalan, Ch.Darvin 
yaratgan turlarning tabiiy tanlanish yo‘li bilan paydo bo‘lishi nazariyasi, 
D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi). Dalillar ularni talqin 
qiluvchi nazariya, ularni tasniflash metodi mavjud bo‘lgan, ular boshqa dalillarga 
bog‘lab anglab yetilgan holdagina ilmiy ahamiyat kasb etadi. Faqat o‘zaro 
bog‘langan va yaxlit ko‘rinishda dalillar nazariy umumlashtirish uchun asos bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin.  
Nazariy bilim va uning shakllari. Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki 
xil vazifani bajaradi: mavjud nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mustahkamlaydi 
(verifikatsiya qiladi), yo u bilan to‘qnashadi va uning asossizligini ko‘rsatadi 
(falsifikatsiya qiladi). Biroq, boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida 
olingan ilmiy dalillar yig‘indisini shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o‘zi 
yangi ilmiy dalillar olish manbaiga aylanadi. 
Shunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa – ilmiy bilim ikki 
tomonining birligi hisoblanadi. Bu tomonlarning muayyan ilmiy bilish jarayonidagi 
o‘zaro aloqasi va harakati, ularning o‘zaro nisbati nazariy bilimga xos bo‘lgan 
shakllarning izchil qatori yuzaga kelishini belgilab beradi. Nazariy bilimning asosiy 
shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, 
paradigmalardir. 
Ilmiy muammo. Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman 
olganda, inson bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo‘yishdan 
ularni yechishga o‘tish, so‘ngra yangi muammolarni qo‘yish sifatida tavsiflash 
mumkin. Muammo – bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga 
keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan 
masala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi 
nazariy yoki amaliy masala; fanda – biron-bir hodisalar, ob’ektlar, jarayonlarni 
tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal qiluvchi va uni 
yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir. 
hokazolar asosida amalga oshiriladigan tizimga solish va tasniflashdir. Ma’lumki, juda ko‘p ilmiy kashfiyotlar olimlarning dalillarni tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga kelgan (masalan, Ch.Darvin yaratgan turlarning tabiiy tanlanish yo‘li bilan paydo bo‘lishi nazariyasi, D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi). Dalillar ularni talqin qiluvchi nazariya, ularni tasniflash metodi mavjud bo‘lgan, ular boshqa dalillarga bog‘lab anglab yetilgan holdagina ilmiy ahamiyat kasb etadi. Faqat o‘zaro bog‘langan va yaxlit ko‘rinishda dalillar nazariy umumlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Nazariy bilim va uning shakllari. Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil vazifani bajaradi: mavjud nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mustahkamlaydi (verifikatsiya qiladi), yo u bilan to‘qnashadi va uning asossizligini ko‘rsatadi (falsifikatsiya qiladi). Biroq, boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar yig‘indisini shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o‘zi yangi ilmiy dalillar olish manbaiga aylanadi. Shunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa – ilmiy bilim ikki tomonining birligi hisoblanadi. Bu tomonlarning muayyan ilmiy bilish jarayonidagi o‘zaro aloqasi va harakati, ularning o‘zaro nisbati nazariy bilimga xos bo‘lgan shakllarning izchil qatori yuzaga kelishini belgilab beradi. Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir. Ilmiy muammo. Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman olganda, inson bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo‘yishdan ularni yechishga o‘tish, so‘ngra yangi muammolarni qo‘yish sifatida tavsiflash mumkin. Muammo – bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda – biron-bir hodisalar, ob’ektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir.  
 
Muammo to‘g‘ri qo‘yilgan deb hisoblanishi uchun: 
1) o‘rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo‘lgan muayyan 
ilmiy bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo‘lishi; 
2) muammo shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi; 
3) muammo o‘rinli bo‘lishi, ya’ni uning asoslari soxta bo‘lmasligi; 
4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo‘lishi; 
5) yechimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi; 
6) maqbul yechim belgilari hamda yechimning maqbulligini tekshirish 
usullari haqidagi shartlar qabul qilinishi lozim. 
Shunday qilib, pirovard natijada barcha ilmiy muammolar ham o‘z yechimini 
topavermaydi: ayrim muammolar ular qo‘yilganidan keyin uzoq vaqt mobaynida 
yechilmay qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar mobaynida 
yechilmay kelgan), ayrim muammolar o‘z yechimini topmaydi (masalan, aylana 
kvadraturasi, burchak triseksiyasi va kubning ikkilanmasi haqidagi masalalar), ba’zi 
bir muammolar esa olimlarning almashayotgan avlodlari diqqat markazidan 
butunlay yo‘qoladi. 
Muammoli vaziyat va uning ahamiyati. Mavjud faoliyat strategiyalari va 
o‘tmish tajribasi insonga yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etish imkonini 
bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda 
muammoli vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud 
bilim doirasida tushuntirish mumkin emasligini ifodalovchi vaziyatdir. Ilmiy 
kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni ta’riflashdan 
o‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi. 
Gipoteza – yangi dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi 
haqidagi asosli taxmindir. Gipoteza olimlar tomonidan ilmiy muammoning 
qo‘yilishiga sabab bo‘lgan ilmiy dalillarni taxminiy tushuntirish maqsadida ilgari 
suriladi. Gipoteza tekshiriladigan bo‘lishi lozim, u empirik tekshirish imkonini 
beruvchi oqibatlarga olib keladi. Agar bunday tekshirishning iloji bo‘lmasa, 
gipoteza ilmiy jihatdan asossiz hisoblanadi. 
Muammo to‘g‘ri qo‘yilgan deb hisoblanishi uchun: 1) o‘rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo‘lishi; 2) muammo shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi; 3) muammo o‘rinli bo‘lishi, ya’ni uning asoslari soxta bo‘lmasligi; 4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo‘lishi; 5) yechimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi; 6) maqbul yechim belgilari hamda yechimning maqbulligini tekshirish usullari haqidagi shartlar qabul qilinishi lozim. Shunday qilib, pirovard natijada barcha ilmiy muammolar ham o‘z yechimini topavermaydi: ayrim muammolar ular qo‘yilganidan keyin uzoq vaqt mobaynida yechilmay qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar mobaynida yechilmay kelgan), ayrim muammolar o‘z yechimini topmaydi (masalan, aylana kvadraturasi, burchak triseksiyasi va kubning ikkilanmasi haqidagi masalalar), ba’zi bir muammolar esa olimlarning almashayotgan avlodlari diqqat markazidan butunlay yo‘qoladi. Muammoli vaziyat va uning ahamiyati. Mavjud faoliyat strategiyalari va o‘tmish tajribasi insonga yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etish imkonini bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda muammoli vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud bilim doirasida tushuntirish mumkin emasligini ifodalovchi vaziyatdir. Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni ta’riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi. Gipoteza – yangi dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi haqidagi asosli taxmindir. Gipoteza olimlar tomonidan ilmiy muammoning qo‘yilishiga sabab bo‘lgan ilmiy dalillarni taxminiy tushuntirish maqsadida ilgari suriladi. Gipoteza tekshiriladigan bo‘lishi lozim, u empirik tekshirish imkonini beruvchi oqibatlarga olib keladi. Agar bunday tekshirishning iloji bo‘lmasa, gipoteza ilmiy jihatdan asossiz hisoblanadi.  
 
Gipoteza qay darajada asosli bo‘lmasin, u nazariyaga aylanmaydi. Shu sababli 
ilmiy bilishning navbatdagi bosqichi – gipotezaning haqiqiyligini asoslash serqirra 
jarayon bo‘lib, mazkur gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarning mumkin qadar 
ko‘prog‘i o‘z tasdig‘ini topishi lozimligini nazarda tutadi. Shu maqsadda kuzatish 
va eksperimentlar o‘tkaziladi, olingan yangi dalillar gipotezadan kelib chiqadigan 
oqibatlar bilan taqqoslanadi. Empirik darajada qancha ko‘p oqibatlar o‘z tasdig‘ini 
topgan bo‘lsa, ularning boshqa gipotezadan kelib chiqish ehtimoli shuncha kam 
bo‘ladi. Gipotezaning eng ishonarli tasdig‘i – empirik tadqiqot jarayonida 
gipotezada bashorat qilingan oqibatlarni tasdiqlovchi yangi ilmiy dalillarning 
aniqlanishidir. Shunday qilib, har tomonlama tekshirilgan va amalda o‘z tasdig‘ini 
topgan gipoteza nazariyaga aylanadi. 
Nazariya – hodisalarning muayyan turkumi, bu turkumdagi hodisalarning 
mohiyati va ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning 
mantiqiy asoslangan va amaliyot sinovidan o‘tgan tizimidir. Nazariya tarkibiga 
uning asoslari sifatida mavjud bo‘lgan va yuzaga kelishini belgilagan barcha 
elementlar kiradi. Dastlabki nazariy negiz, ya’ni jamuljam holda tadqiqot ob’ekti 
haqida umumiy tasavvurni, ob’ektning ideal modelini tashkil etuvchi ko‘p sonli 
tamoyillar, aksiomalar, qonunlar nazariyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Nazariy model ayni vaqtda asosiy nazariy tamoyillar tizimiga tayanuvchi kelgusi 
tadqiqotlar dasturi hamdir. 
Nazariya tushuntirish, bashorat qilish, amalda sinash va sintez qilish kabi 
muhim funksiyalarni bajaradi. Nazariya ilmiy dalillar tizimini tartibga soladi, ularni 
o‘z tarkibiga kiritadi va o‘zini tashkil etuvchi qonunlar va tamoyillardan oqibatlar 
sifatida yangi dalillarni yaratadi. Puxta ishlab chiqilgan nazariya fanga ma’lum 
bo‘lmagan hodisalar va xossalarni bashorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Nazariya odamlar amaliy faoliyatining negizi bo‘lib xizmat qiladi, ularga tabiiy va 
ijtimoiy hodisalar dunyosida yo‘l ko‘rsatadi. 
Nazariyada ilmiy g‘oyalar, ya’ni unda aks ettirilgan ob’ektlar turkumi doirasida 
amal qiluvchi fundamental qonuniyatlar haqidagi bilimlar markaziy o‘rinni 
egallaydi. Ilmiy g‘oya mazkur nazariyani tashkil etuvchi qonunlar, tamoyillar va 
Gipoteza qay darajada asosli bo‘lmasin, u nazariyaga aylanmaydi. Shu sababli ilmiy bilishning navbatdagi bosqichi – gipotezaning haqiqiyligini asoslash serqirra jarayon bo‘lib, mazkur gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarning mumkin qadar ko‘prog‘i o‘z tasdig‘ini topishi lozimligini nazarda tutadi. Shu maqsadda kuzatish va eksperimentlar o‘tkaziladi, olingan yangi dalillar gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlar bilan taqqoslanadi. Empirik darajada qancha ko‘p oqibatlar o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa, ularning boshqa gipotezadan kelib chiqish ehtimoli shuncha kam bo‘ladi. Gipotezaning eng ishonarli tasdig‘i – empirik tadqiqot jarayonida gipotezada bashorat qilingan oqibatlarni tasdiqlovchi yangi ilmiy dalillarning aniqlanishidir. Shunday qilib, har tomonlama tekshirilgan va amalda o‘z tasdig‘ini topgan gipoteza nazariyaga aylanadi. Nazariya – hodisalarning muayyan turkumi, bu turkumdagi hodisalarning mohiyati va ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy asoslangan va amaliyot sinovidan o‘tgan tizimidir. Nazariya tarkibiga uning asoslari sifatida mavjud bo‘lgan va yuzaga kelishini belgilagan barcha elementlar kiradi. Dastlabki nazariy negiz, ya’ni jamuljam holda tadqiqot ob’ekti haqida umumiy tasavvurni, ob’ektning ideal modelini tashkil etuvchi ko‘p sonli tamoyillar, aksiomalar, qonunlar nazariyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazariy model ayni vaqtda asosiy nazariy tamoyillar tizimiga tayanuvchi kelgusi tadqiqotlar dasturi hamdir. Nazariya tushuntirish, bashorat qilish, amalda sinash va sintez qilish kabi muhim funksiyalarni bajaradi. Nazariya ilmiy dalillar tizimini tartibga soladi, ularni o‘z tarkibiga kiritadi va o‘zini tashkil etuvchi qonunlar va tamoyillardan oqibatlar sifatida yangi dalillarni yaratadi. Puxta ishlab chiqilgan nazariya fanga ma’lum bo‘lmagan hodisalar va xossalarni bashorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nazariya odamlar amaliy faoliyatining negizi bo‘lib xizmat qiladi, ularga tabiiy va ijtimoiy hodisalar dunyosida yo‘l ko‘rsatadi. Nazariyada ilmiy g‘oyalar, ya’ni unda aks ettirilgan ob’ektlar turkumi doirasida amal qiluvchi fundamental qonuniyatlar haqidagi bilimlar markaziy o‘rinni egallaydi. Ilmiy g‘oya mazkur nazariyani tashkil etuvchi qonunlar, tamoyillar va  
 
tushunchalarni mantiqan izchil yaxlit tizimga birlashtiradi. O‘z shakllanish 
jarayonida nazariya mavjud tamoyillar, kategoriyalar va qonunlar tizimiga tayanadi 
va yangi tamoyillar, kategoriyalar va qonunlarni kashf etadi. 
Tamoyillar deganda, asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda 
dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi rahbar g‘oyalar tushuniladi. Tamoyillar sifatida, 
jumladan, isbotlab bo‘lmaydigan va isbot talab qilmaydigan aksiomalar, postulatlar 
amal qilishi mumkin. 
Kategoriyalar 
– 
borliqning 
eng 
muhim 
tomonlari, 
xossalari 
va 
munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Fan kategoriyalariga ham 
shunday ta’rif berish mumkin. Biroq, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan falsafiy 
kategoriyalardan farqli o‘laroq, fan kategoriyalari butun borliqning emas, balki 
borliqning muayyan parchasi xossalarini aks ettiradi. 
Fan qonunlari hodisalar o‘rtasidagi zarur, muhim, barqaror, takrorlanuvchi 
munosabatlarni yoritadi. Bu hodisalarning amal qilishi va rivojlanishi qonunlari 
bo‘lishi mumkin. Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri qonunlarini bilish – fanning 
muhim vazifasi. U o‘rganilayotgan hodisalarning tushunchalar va kategoriyalarda 
qayd etiladigan umumiy va muhim tomonlarini yoritishdan ularning barqaror, 
takrorlanuvchi, muhim va zarur aloqalarini aniqlashga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib 
o‘tadi. Fan qonunlari va kategoriyalari tizimi uning paradigmasini tashkil etadi. 
Paradigma – fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi 
barqaror tamoyillar, umumiy me’yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui. 
U butun ilmiy hamjamiyat tomonidan fanning mazkur darajasida yuzaga keluvchi 
vazifalarni qo‘yish va yechish usullarini belgilaydigan andoza sifatida tan olinadi. 
Paradigma tadqiqotchilik faoliyati, ilmiy eksperimentlarning natijalarini talqin 
qilishga yo‘l ko‘rsatadi, yangi dalillar va nazariyalarning bashorat qilinishini 
ta’minlaydi. U o‘ziga mos kelmaydigan konsepsiyalarni inkor etadi va 
tadqiqotchilik vazifalarini yechish uchun andoza bo‘lib xizmat qiladi. Paradigma 
tushunchasi bilish nazariyasiga amerikalik faylasuf T.Kun tomonidan kiritilgan.  
Intuitsiya va ijod. Yangi bilimni egallashda mantiqiy tafakkur, uning tushunchasi,    
qonunlari, tushunchalarning shakllanish usullari va yo‘llari katta ahamiyatga ega. Lekin 
tushunchalarni mantiqan izchil yaxlit tizimga birlashtiradi. O‘z shakllanish jarayonida nazariya mavjud tamoyillar, kategoriyalar va qonunlar tizimiga tayanadi va yangi tamoyillar, kategoriyalar va qonunlarni kashf etadi. Tamoyillar deganda, asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi rahbar g‘oyalar tushuniladi. Tamoyillar sifatida, jumladan, isbotlab bo‘lmaydigan va isbot talab qilmaydigan aksiomalar, postulatlar amal qilishi mumkin. Kategoriyalar – borliqning eng muhim tomonlari, xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Fan kategoriyalariga ham shunday ta’rif berish mumkin. Biroq, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq, fan kategoriyalari butun borliqning emas, balki borliqning muayyan parchasi xossalarini aks ettiradi. Fan qonunlari hodisalar o‘rtasidagi zarur, muhim, barqaror, takrorlanuvchi munosabatlarni yoritadi. Bu hodisalarning amal qilishi va rivojlanishi qonunlari bo‘lishi mumkin. Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri qonunlarini bilish – fanning muhim vazifasi. U o‘rganilayotgan hodisalarning tushunchalar va kategoriyalarda qayd etiladigan umumiy va muhim tomonlarini yoritishdan ularning barqaror, takrorlanuvchi, muhim va zarur aloqalarini aniqlashga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Fan qonunlari va kategoriyalari tizimi uning paradigmasini tashkil etadi. Paradigma – fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi barqaror tamoyillar, umumiy me’yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui. U butun ilmiy hamjamiyat tomonidan fanning mazkur darajasida yuzaga keluvchi vazifalarni qo‘yish va yechish usullarini belgilaydigan andoza sifatida tan olinadi. Paradigma tadqiqotchilik faoliyati, ilmiy eksperimentlarning natijalarini talqin qilishga yo‘l ko‘rsatadi, yangi dalillar va nazariyalarning bashorat qilinishini ta’minlaydi. U o‘ziga mos kelmaydigan konsepsiyalarni inkor etadi va tadqiqotchilik vazifalarini yechish uchun andoza bo‘lib xizmat qiladi. Paradigma tushunchasi bilish nazariyasiga amerikalik faylasuf T.Kun tomonidan kiritilgan. Intuitsiya va ijod. Yangi bilimni egallashda mantiqiy tafakkur, uning tushunchasi, qonunlari, tushunchalarning shakllanish usullari va yo‘llari katta ahamiyatga ega. Lekin  
 
bilish faoliyati tajribasi shundan dalolat beradiki, ko‘p hollarda ilmiy muammolarni 
hal qilishda oddiy mantiqning imkoniyatlari kamlik qiladi. Yangi axborotning hosil 
bo‘lish jarayonini tafakkurni induktiv va deduktiv tushunishga tenglashtirib bo‘lmaydi. 
Bu jarayonda bilishga yangi kuch, imkon va harakat yo‘nalishi beruvchi intuitsiya 
muhim o‘rin egallaydi. 
Insonning bunday qobiliyati borligini ko‘plab olimlar e’tirof etishadi. Masalan, 
Lui de Broyl ta’kidlaydiki, “intuitsiya bizga qandaydir ichki anglashni to‘satdan ochib, 
murakkab, hech qanday umumiylikka ega bulmagan reallikning serma’noligini 
aniqlashga yordam beradi. Ular organik ravishda inson aqliga xos bo‘lgan imkoniyatlar 
bo‘lib, fanning paydo bo‘lishida muhim rol o‘yiagan va bugungi kunda ham shunday 
rol o‘ynamokda». Ana shu tufayli ilmiy yutuqlarga erishilmoqda. Mana shuning uchun 
inson aqli, pirovard natijada, insonga nisbatan yaxshiroq hisoblayotgan va 
tasniflayotgan, biroq tasavvur ham, bashorat ham qilishga qodir bo‘lmagan barcha 
mashinalar ustidan hukmronlik o‘rnatishga qodir. 
Intuitsiyani eksperimental o‘rganish mumkin va uni eksperiment yordamida 
o‘rganishga bag‘ishlangan ishlar orasida J. Olton, K. Fakuarui asarlarini alohida 
ta’kidlash mumkin. 
Intuitsiyaning umumiyligi va keng tarqalganligini olib borilgan ko‘plab 
kuzatishlar tasdiqlashi mumkin. Kutilmagai vaziyatlarda, axborotlar cheklangan 
sharoitda tez qaror qabul qilish zarur bo‘lganda, o‘z qarorini «oldindan sezganday», 
aynan shunday qilish lozimdek, qabul qiladigan holatlar inson xayotida ko‘p uchraydi. 
Insoniyat tarixida olimlar, konstruktor va rassomlar o‘z sohasida «ilhom kelib 
qolgani» tufayli yoki «to‘satdan esga tushib qolish» oqibatida yangi kashfiyotlarga 
erishilganligi bilan bog‘liq misollar ko‘plab uchraydi. 
Amerikalik matematik Leonardo Yudjin Dikson ajoyib bir hodisani bevosita 
kuzatgan: maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan onasi va onasining singlisi 
geometriyadan bir vazifani yechish uchun bir kechani bedor o‘tkazishgan. Tunda 
onasining tushiga masala kirgan, u masalani baland va aniq ovoz bilan yecha 
boshlagan. Uning singlisi esa buni eshitib qolib, darrov yozib ola boshlagan. Ertasiga 
ertalab xolasining qo‘lida masalaning Diksonning onasiga noma’lum bo‘lgan yechimi 
bilish faoliyati tajribasi shundan dalolat beradiki, ko‘p hollarda ilmiy muammolarni hal qilishda oddiy mantiqning imkoniyatlari kamlik qiladi. Yangi axborotning hosil bo‘lish jarayonini tafakkurni induktiv va deduktiv tushunishga tenglashtirib bo‘lmaydi. Bu jarayonda bilishga yangi kuch, imkon va harakat yo‘nalishi beruvchi intuitsiya muhim o‘rin egallaydi. Insonning bunday qobiliyati borligini ko‘plab olimlar e’tirof etishadi. Masalan, Lui de Broyl ta’kidlaydiki, “intuitsiya bizga qandaydir ichki anglashni to‘satdan ochib, murakkab, hech qanday umumiylikka ega bulmagan reallikning serma’noligini aniqlashga yordam beradi. Ular organik ravishda inson aqliga xos bo‘lgan imkoniyatlar bo‘lib, fanning paydo bo‘lishida muhim rol o‘yiagan va bugungi kunda ham shunday rol o‘ynamokda». Ana shu tufayli ilmiy yutuqlarga erishilmoqda. Mana shuning uchun inson aqli, pirovard natijada, insonga nisbatan yaxshiroq hisoblayotgan va tasniflayotgan, biroq tasavvur ham, bashorat ham qilishga qodir bo‘lmagan barcha mashinalar ustidan hukmronlik o‘rnatishga qodir. Intuitsiyani eksperimental o‘rganish mumkin va uni eksperiment yordamida o‘rganishga bag‘ishlangan ishlar orasida J. Olton, K. Fakuarui asarlarini alohida ta’kidlash mumkin. Intuitsiyaning umumiyligi va keng tarqalganligini olib borilgan ko‘plab kuzatishlar tasdiqlashi mumkin. Kutilmagai vaziyatlarda, axborotlar cheklangan sharoitda tez qaror qabul qilish zarur bo‘lganda, o‘z qarorini «oldindan sezganday», aynan shunday qilish lozimdek, qabul qiladigan holatlar inson xayotida ko‘p uchraydi. Insoniyat tarixida olimlar, konstruktor va rassomlar o‘z sohasida «ilhom kelib qolgani» tufayli yoki «to‘satdan esga tushib qolish» oqibatida yangi kashfiyotlarga erishilganligi bilan bog‘liq misollar ko‘plab uchraydi. Amerikalik matematik Leonardo Yudjin Dikson ajoyib bir hodisani bevosita kuzatgan: maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan onasi va onasining singlisi geometriyadan bir vazifani yechish uchun bir kechani bedor o‘tkazishgan. Tunda onasining tushiga masala kirgan, u masalani baland va aniq ovoz bilan yecha boshlagan. Uning singlisi esa buni eshitib qolib, darrov yozib ola boshlagan. Ertasiga ertalab xolasining qo‘lida masalaning Diksonning onasiga noma’lum bo‘lgan yechimi  
 
turgan. Bu misol «matematik tush» deb ataluvchi anglanmagan hodisa bilan birga inson 
ruhiyatining ongsizlik darajasida sodir bo‘ladigan hodisani izohlaydi. 
Shunday qilib, insonning intuitiv qobiliyatiga:  
1)masalaning kutilmagan yechimi,  
2) uni yechishning anglanmagan yo‘llari va usullari hamda  
3) muayyan masalada haqiqatga erishishning bevositaligi xosdir. 
Bu belgilar intuitsiyani unga yaqin turgan psixik va mantiqiy jarayonlardan 
ajratib turadi.  
Umuman olganda, bilishda intuitsiyaning o‘rnini ortiqcha baholash ham, inkor 
etish ham kerak emas. Mantiqiylik va intuitivlik bilishning maxsus va bir-birini 
to‘ldiruvchi vositalaridir, ularni bir butunlikda, umumiy ijodiy jarayonning bir-biri bilan 
bogliq tomonlari sifatida tushunish va talqin qilish lozim. 
3-savol bayoni: Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U 
borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub’ektdan 
tashqarida va undan qat’iy nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv 
borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir. 
Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab yetilgan tasdiqlovchi 
mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya 
rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi 
lozim. Shu ma’noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va ayni vaqtda omilidir.  
Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi 
davrlardayoq ta’riflangan. “Avesto”da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat 
insoniyat doimo haqiqatga intilgan. Zero haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan 
buyuk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi 
muvofiqlikdir.  
Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal 
mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g‘oyalar dunyosi bilan 
mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan.  
turgan. Bu misol «matematik tush» deb ataluvchi anglanmagan hodisa bilan birga inson ruhiyatining ongsizlik darajasida sodir bo‘ladigan hodisani izohlaydi. Shunday qilib, insonning intuitiv qobiliyatiga: 1)masalaning kutilmagan yechimi, 2) uni yechishning anglanmagan yo‘llari va usullari hamda 3) muayyan masalada haqiqatga erishishning bevositaligi xosdir. Bu belgilar intuitsiyani unga yaqin turgan psixik va mantiqiy jarayonlardan ajratib turadi. Umuman olganda, bilishda intuitsiyaning o‘rnini ortiqcha baholash ham, inkor etish ham kerak emas. Mantiqiylik va intuitivlik bilishning maxsus va bir-birini to‘ldiruvchi vositalaridir, ularni bir butunlikda, umumiy ijodiy jarayonning bir-biri bilan bogliq tomonlari sifatida tushunish va talqin qilish lozim. 3-savol bayoni: Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub’ektdan tashqarida va undan qat’iy nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab yetilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma’noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va ayni vaqtda omilidir. Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq ta’riflangan. “Avesto”da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga intilgan. Zero haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir. Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g‘oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan.  
 
Foma Akvinskiy haqiqat yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, 
har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb 
nomlanishi mumkin, deb qayd etgan.  
Beruniy fikricha haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha 
haqiqatni bilish aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning 
kamolotiga esa faol aqlga qo‘shilish orqali erishiladi. Shuningdek Forobiy va uning 
izdoshlari fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois 
falsafa ham bir nechta bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga 
ishongan va falsafani haqiqatning birdan bir ifodasi deb hisoblagan.1 Naqshbandiy 
haqiqat bu Allohni anglashdir deb hisoblagan. Haqiqat so‘fiylar talqinida shariat 
doirasidan chetga chiquvchi ichki mazmunni anglatadi. Ilk so‘fiylar shariat va 
haqiqat o‘rtasida jarlik yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilganlar. 
Keyingi so‘fiylar, masalan, Abu Bakr az Zakok haqiqat haqidagi fan shariat sari 
yo‘lni oydinlashtiradi deb hisoblaydi.  
Haqiqatni ob’ektiv-idealistik tushunishning o‘ziga xos xususiyati unga 
dunyoning ongda aks etish jarayoniga bog‘lamasdan qarash va uni insonning ob’ekt 
haqidagi bilimi xossasi sifatida emas, balki empirik borliqqa qo‘shimcha tarzda 
ob’ektivlashgan qandaydir vaqtdan tashqaridagi g‘oyaning xossalari sifatida talqin 
qilishda namoyon bo‘ladi.  
Haqiqatni sub’ektiv idealistik tushunish esa inson bilimining xossalari va 
tarkibi bilan bog‘lanadi, biroq mazkur bilim unda tashqi, mustaqil dunyoning aks 
etishiga bog‘lanmaydi, chunki bunday dunyoning mavjudligi inkor etiladi. Haqiqat 
«tafakkurning tejamkorligi» sifatida (Max), foydali natijalarga erishish imkonini 
beruvchi jarayon, tafakkurimiz obrazidagi qulaylik sifatida (Jeyms), inson 
tajribasining mafkuraviy ta’rifni tashkil etuvchi shakli sifatida (Bogdanov) talqin 
qilinadi.  
Hozirgi zamon bilish nazariyasida haqiqiy bilim va uning shakllari haqida turli 
fikrlar mavjud.  
                                                           
1 Қаранг.С.М. Ҳотамий Ислом тафаккури тарихидан. –Т.: Минҳож, 2003.-Б.126 
Foma Akvinskiy haqiqat yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan. Beruniy fikricha haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha haqiqatni bilish aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa faol aqlga qo‘shilish orqali erishiladi. Shuningdek Forobiy va uning izdoshlari fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning birdan bir ifodasi deb hisoblagan.1 Naqshbandiy haqiqat bu Allohni anglashdir deb hisoblagan. Haqiqat so‘fiylar talqinida shariat doirasidan chetga chiquvchi ichki mazmunni anglatadi. Ilk so‘fiylar shariat va haqiqat o‘rtasida jarlik yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilganlar. Keyingi so‘fiylar, masalan, Abu Bakr az Zakok haqiqat haqidagi fan shariat sari yo‘lni oydinlashtiradi deb hisoblaydi. Haqiqatni ob’ektiv-idealistik tushunishning o‘ziga xos xususiyati unga dunyoning ongda aks etish jarayoniga bog‘lamasdan qarash va uni insonning ob’ekt haqidagi bilimi xossasi sifatida emas, balki empirik borliqqa qo‘shimcha tarzda ob’ektivlashgan qandaydir vaqtdan tashqaridagi g‘oyaning xossalari sifatida talqin qilishda namoyon bo‘ladi. Haqiqatni sub’ektiv idealistik tushunish esa inson bilimining xossalari va tarkibi bilan bog‘lanadi, biroq mazkur bilim unda tashqi, mustaqil dunyoning aks etishiga bog‘lanmaydi, chunki bunday dunyoning mavjudligi inkor etiladi. Haqiqat «tafakkurning tejamkorligi» sifatida (Max), foydali natijalarga erishish imkonini beruvchi jarayon, tafakkurimiz obrazidagi qulaylik sifatida (Jeyms), inson tajribasining mafkuraviy ta’rifni tashkil etuvchi shakli sifatida (Bogdanov) talqin qilinadi. Hozirgi zamon bilish nazariyasida haqiqiy bilim va uning shakllari haqida turli fikrlar mavjud. 1 Қаранг.С.М. Ҳотамий Ислом тафаккури тарихидан. –Т.: Минҳож, 2003.-Б.126  
 
Ob’ektiv haqiqat – bilimlarimizning inson va insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan 
mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy 
guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda 
sub’ektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu sababli ob’ektiv hisoblanadigan 
mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob’ektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va 
mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.  
Mutlaq haqiqat – predmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlik 
kiritilishi mumkin bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir. Olam zamon va 
makonda cheksizligi tufayli bunday bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat 
tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan tenglashtirib, biz unga erishib 
bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida gapiramiz. Biroq 
fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki u 
nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. 
Boshqacha aytganda, ob’ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq 
haqiqatdir. Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, ya’ni vaqt 
shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi.  
Nisbiy haqiqat – borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob’ektga uncha 
mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq noto‘liq, 
taxminiy, vaqt va joyning ma’lum tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan 
haqiqatdir.  
Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar 
bilish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z chegarasi bo‘lgan mutlaq haqiqatga 
yaqinlashadi. 
Biroq bilishning tarixiy rivojlanish jarayoni nafaqat nisbiy haqiqatlarning 
mutlaq haqiqatga aylanish jarayoni, balki ayrim mutlaq haqiqatlarning yuzaga kelish 
jarayoni hamdir. Bu fikrni fizikada atom va uning tuzilishi haqidagi tasavvurlarning 
rivojlanishi misolida ko‘rishmumkin. Yuz yil muqaddam fiziklar va ximiklar 
atomlar amalda mavjud va ajralmas sharchalar ko‘rinishida, deb taxmin qilar edilar. 
Bu tasavvur zamirida mutlaq haqiqat unsurlari mavjud edi. Bundan: «Kimyoviy 
elementlarning atomlari amalda mavjud», degan xulosa kelib chiqadi. Fizika va 
Ob’ektiv haqiqat – bilimlarimizning inson va insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda sub’ektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu sababli ob’ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob’ektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi. Mutlaq haqiqat – predmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir. Olam zamon va makonda cheksizligi tufayli bunday bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan tenglashtirib, biz unga erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. Boshqacha aytganda, ob’ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir. Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, ya’ni vaqt shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi. Nisbiy haqiqat – borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob’ektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning ma’lum tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir. Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar bilish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z chegarasi bo‘lgan mutlaq haqiqatga yaqinlashadi. Biroq bilishning tarixiy rivojlanish jarayoni nafaqat nisbiy haqiqatlarning mutlaq haqiqatga aylanish jarayoni, balki ayrim mutlaq haqiqatlarning yuzaga kelish jarayoni hamdir. Bu fikrni fizikada atom va uning tuzilishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi misolida ko‘rishmumkin. Yuz yil muqaddam fiziklar va ximiklar atomlar amalda mavjud va ajralmas sharchalar ko‘rinishida, deb taxmin qilar edilar. Bu tasavvur zamirida mutlaq haqiqat unsurlari mavjud edi. Bundan: «Kimyoviy elementlarning atomlari amalda mavjud», degan xulosa kelib chiqadi. Fizika va  
 
kimyoning keyingi rivojlanishi mutlaq haqiqatning bu elementini bekor qilmadi. 
Biroq bu tasavvurlarda xatolar mavjudligi (taranglik, ajralmaslik va h.k.) aniqlandi.  
XIX asr oxirida elektronlar kashf etilishi natijasida atom tuzilishining yangi 
manzarasi yaratildi. Tomson musbat zarralar va manfiy zaryadli elektronlardan 
tashkil topgan atom modelini yaratdi. Atomning bu nisbatan haqiqiy manzarasida 
mutlaq haqiqatning yangi unsurlari paydo bo‘ldi: Darhaqiqat atom musbat zaryadli 
zarralardan iborat.  
Atom haqidagi tasavvur rivojlanishining uchinchi bosqichi Rezerford-Bor 
modeli bilan bog‘liq. Bu modelda atom yadro va uning atrofida aylanuvchi 
elektronlardan tashkil topadi. Umuman olganda, avvalgi modellardan aniqroq 
bo‘lgan bu modelda mutlaq haqiqat unsurlari mavjud. Hozirgi vaqtda atom tuzilishi 
haqidagi tasavvurlar zamirida kvant mexanikasi va atom yadrosini o‘rganish 
natijalari yotadi. Hozirda elektronlarning atom yadrosi atrofidagi harakatini zichligi 
notekis bo‘lgan bulut harakatiga o‘xshatish mumkinligi, chunki elektronlar 
korpuskulyar va to‘lqin xossalariga ega ekanligi, yadro esa protonlar va 
neytronlardan iborat sistema hisoblanishi va hokazolar ma’lum. Hozirgi zamon 
fizikasida atom manzarasi Bor nazariyasidagiga qaraganda to‘liqroq va aniqroq, 
unda mutlaq haqiqat unsurlari ko‘proq. Biroq atomning hozirgi manzarasi kelajakda 
o‘zgarishi, unga aniqlik kiritilishi, unda yangi haqiqat va xatolar aniqlanishi 
shubhasiz. Haqiqatda nisbiy va mutlaq jihatlar uzviy, o‘zaro bog‘langan: bir 
tomondan, nisbiy haqiqatda doim mutlaq haqiqat unsurlari mavjud bo‘lsa, boshqa 
tomondan, inson bilimlarining rivojlanishi jarayonida nisbiy haqiqatlardan mutlaq 
haqiqat yuzaga keladi.  
Nisbiy va mutlaq haqiqat dialektikasi bizning bilimimiz atrofimizdagi olamni 
har tomonlama va aniq qamrab olishga intilib, qarama-qarshiliklarni yechib, 
ob’ektiv borliqni yanada teranroq va mukammalroq aks ettirishini ko‘rsatadi.  
Haqiqatning korrespondent, kogerent va pragmatik konsepsiyalari mavjud. 
Ularning har biri fanda rivojlanish jarayonida katta qiyinchiliklarga duch keladi.  
Haqiqatning korrespondent konsepsiyasi nazariyaning tajribada olingan 
ma’lumotlarga muvofiq bo‘lishini talab qiladi. Bu talab fanda qabul qilinadi, u taklif 
kimyoning keyingi rivojlanishi mutlaq haqiqatning bu elementini bekor qilmadi. Biroq bu tasavvurlarda xatolar mavjudligi (taranglik, ajralmaslik va h.k.) aniqlandi. XIX asr oxirida elektronlar kashf etilishi natijasida atom tuzilishining yangi manzarasi yaratildi. Tomson musbat zarralar va manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan atom modelini yaratdi. Atomning bu nisbatan haqiqiy manzarasida mutlaq haqiqatning yangi unsurlari paydo bo‘ldi: Darhaqiqat atom musbat zaryadli zarralardan iborat. Atom haqidagi tasavvur rivojlanishining uchinchi bosqichi Rezerford-Bor modeli bilan bog‘liq. Bu modelda atom yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan tashkil topadi. Umuman olganda, avvalgi modellardan aniqroq bo‘lgan bu modelda mutlaq haqiqat unsurlari mavjud. Hozirgi vaqtda atom tuzilishi haqidagi tasavvurlar zamirida kvant mexanikasi va atom yadrosini o‘rganish natijalari yotadi. Hozirda elektronlarning atom yadrosi atrofidagi harakatini zichligi notekis bo‘lgan bulut harakatiga o‘xshatish mumkinligi, chunki elektronlar korpuskulyar va to‘lqin xossalariga ega ekanligi, yadro esa protonlar va neytronlardan iborat sistema hisoblanishi va hokazolar ma’lum. Hozirgi zamon fizikasida atom manzarasi Bor nazariyasidagiga qaraganda to‘liqroq va aniqroq, unda mutlaq haqiqat unsurlari ko‘proq. Biroq atomning hozirgi manzarasi kelajakda o‘zgarishi, unga aniqlik kiritilishi, unda yangi haqiqat va xatolar aniqlanishi shubhasiz. Haqiqatda nisbiy va mutlaq jihatlar uzviy, o‘zaro bog‘langan: bir tomondan, nisbiy haqiqatda doim mutlaq haqiqat unsurlari mavjud bo‘lsa, boshqa tomondan, inson bilimlarining rivojlanishi jarayonida nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqat yuzaga keladi. Nisbiy va mutlaq haqiqat dialektikasi bizning bilimimiz atrofimizdagi olamni har tomonlama va aniq qamrab olishga intilib, qarama-qarshiliklarni yechib, ob’ektiv borliqni yanada teranroq va mukammalroq aks ettirishini ko‘rsatadi. Haqiqatning korrespondent, kogerent va pragmatik konsepsiyalari mavjud. Ularning har biri fanda rivojlanish jarayonida katta qiyinchiliklarga duch keladi. Haqiqatning korrespondent konsepsiyasi nazariyaning tajribada olingan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lishini talab qiladi. Bu talab fanda qabul qilinadi, u taklif  
 
qilinayotgan - gipoteza fan sohasiga taalluqli yoki taalluqli emasligini aniqlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi.  
Kogerent (nazariy) konsepsiya eksperimentga muvofiq bo‘lishi, unga zid 
kelmasligi, uning natijalarini bashorat qilish imkonini berishi lozim.  
Haqiqatning pragmatik konsepsiyasida amaliyot mezoni ko‘pincha 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksperiment tushunchasi bilan bog‘lanadi. Biroq ilmiy amaliyot 
faqat eksperimentdan iborat emas, u fan qo‘llaniladigan butun maydonni, uning 
inson uchun hayotiy ahamiyatini qamrab oladi. Shuni hisobga olganda, insonning 
butun hayoti, uning fandan amalda foydalaniladigan barcha jabhalari fanning 
haqiqiyligini sinash maydoniga aylangan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.  
Isbotlash va rad etish. Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki 
soxtaligi, aniq-ravshan ko‘rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining 
haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi idrokidangina foydalanishni talab qiladi: 
ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati yo‘q.  
Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa 
haqiqatlardan alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga 
bog‘langan holda, ya’ni isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – 
ilmiy tafakkurning muhim vositasi.  
Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli 
mavjud. Haqiqiyligi yoki soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida tezis 
deb ataladi. Tezisning soxtaligini aniqlash rad etish deb ataladi. Isbotlashda 
foydalanilayotgan va isbotlanayotgan tezisning haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha 
qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar ishonchli dalillar 
haqidagi qoidalar, ta’riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil 
topadi.  
Bilish natijalarini baholash. Erishilgan natijani baholash – bilishning zarur 
unsuridir. Baholash yo‘li bilan inson olingan bilimning haqiqiyligi yoki soxtaligi, 
undan amaliy faoliyatda foydalanish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlanadi. 
U olingan bilim keyingi bilish jarayonida ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligini 
belgilaydi, uning insonga va shaxsning ma’naviy faoliyatiga ta’sir o‘tkazish 
qilinayotgan - gipoteza fan sohasiga taalluqli yoki taalluqli emasligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kogerent (nazariy) konsepsiya eksperimentga muvofiq bo‘lishi, unga zid kelmasligi, uning natijalarini bashorat qilish imkonini berishi lozim. Haqiqatning pragmatik konsepsiyasida amaliyot mezoni ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksperiment tushunchasi bilan bog‘lanadi. Biroq ilmiy amaliyot faqat eksperimentdan iborat emas, u fan qo‘llaniladigan butun maydonni, uning inson uchun hayotiy ahamiyatini qamrab oladi. Shuni hisobga olganda, insonning butun hayoti, uning fandan amalda foydalaniladigan barcha jabhalari fanning haqiqiyligini sinash maydoniga aylangan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Isbotlash va rad etish. Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan ko‘rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati yo‘q. Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi. Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi yoki soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning soxtaligini aniqlash rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va isbotlanayotgan tezisning haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta’riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil topadi. Bilish natijalarini baholash. Erishilgan natijani baholash – bilishning zarur unsuridir. Baholash yo‘li bilan inson olingan bilimning haqiqiyligi yoki soxtaligi, undan amaliy faoliyatda foydalanish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlanadi. U olingan bilim keyingi bilish jarayonida ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligini belgilaydi, uning insonga va shaxsning ma’naviy faoliyatiga ta’sir o‘tkazish  
 
imkoniyatlarini aniqlaydi. Shu sababli baholash uchun asos sifatida nafaqat 
gnoseologik, balki amaliy, mafkuraviy va axloqiy mezonlar amal qiladi.  
Olim o‘z faoliyatida nafaqat o‘zining metodlari va ilmiy natijalarini baholaydi, 
balki ularga ilmiy jamoatchilik, hokimiyat, din namoyandalarining munosabatiga 
qarab mo‘ljal oladi. Umuman olganda, har qanday bilish haqiqatni izlashdir. Bu 
inson aqlining azaliy vazifasidir. Bilimlarimizning haqiqiyligi muammosi bilish 
faoliyatining har qanday turlarida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bilimning 
haqiqiyligi uning muhim asosi hisoblanadi. Haqiqat – bilishning mutlaq qadriyati.  
Amaliyot. Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun bilish 
jarayoni sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat 
asosida rivojlanishi, uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va 
yo‘lga solinishini anglatadi.  
Amaliyot mazmuni va shakllariga ko‘ra, moddiy ne’matlar yaratish; ijtimoiy-
siyosiy faoliyat; ilmiy-amaliy faoliyat kabi turlardan iborat. 
Shuningdek amaliyot odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining rang-barang 
shakllarini qamrab oladi.  
Ijtimoiy amaliyot ehtiyojlari doim bilish rivojlanishining negizi va 
harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Yer maydonlarini o‘lchash, vaqtni 
hisoblash, savdoda hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurati matematik bilimlarning 
rivojlanishiga yo‘l ochdi. Binolar, ariqlar, to‘g‘onlar, kemalar, mashinalar va 
hokazolarni qurish ehtiyojlari mexanikaning rivojlanishiga olib keldi.  
Inson tafakkuri doimo oldingi avlodlardan olingan bilimlar majmui va fanning 
oldingi rivojlanish jarayonida qo‘yilgan muammolar bilan ish ko‘radi. Fan bu 
muammolarni yechib, amaliyotdan o‘zishi va unga ongli ravishda yo‘l ko‘rsatishi 
mumkin va lozim.  
Amaliyot – odamlarning tarixan shakllangan ehtiyojlarini qondirish uchun 
u yoki bu ob’ektni o‘zgartirish maqsadida unga ta’sir ko‘rsatish faoliyatidir. 
Bilishga nisbatan amaliyot uch xil vazifani bajaradi. Birinchidan, u bilishning 
manbai, harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi, bilishga umumlashtirish va nazariy 
o‘rganish uchun zaruriy material beradi. Shu tariqa amaliyot bilishni oziqlantiradi, 
imkoniyatlarini aniqlaydi. Shu sababli baholash uchun asos sifatida nafaqat gnoseologik, balki amaliy, mafkuraviy va axloqiy mezonlar amal qiladi. Olim o‘z faoliyatida nafaqat o‘zining metodlari va ilmiy natijalarini baholaydi, balki ularga ilmiy jamoatchilik, hokimiyat, din namoyandalarining munosabatiga qarab mo‘ljal oladi. Umuman olganda, har qanday bilish haqiqatni izlashdir. Bu inson aqlining azaliy vazifasidir. Bilimlarimizning haqiqiyligi muammosi bilish faoliyatining har qanday turlarida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bilimning haqiqiyligi uning muhim asosi hisoblanadi. Haqiqat – bilishning mutlaq qadriyati. Amaliyot. Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun bilish jarayoni sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi. Amaliyot mazmuni va shakllariga ko‘ra, moddiy ne’matlar yaratish; ijtimoiy- siyosiy faoliyat; ilmiy-amaliy faoliyat kabi turlardan iborat. Shuningdek amaliyot odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining rang-barang shakllarini qamrab oladi. Ijtimoiy amaliyot ehtiyojlari doim bilish rivojlanishining negizi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Yer maydonlarini o‘lchash, vaqtni hisoblash, savdoda hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurati matematik bilimlarning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Binolar, ariqlar, to‘g‘onlar, kemalar, mashinalar va hokazolarni qurish ehtiyojlari mexanikaning rivojlanishiga olib keldi. Inson tafakkuri doimo oldingi avlodlardan olingan bilimlar majmui va fanning oldingi rivojlanish jarayonida qo‘yilgan muammolar bilan ish ko‘radi. Fan bu muammolarni yechib, amaliyotdan o‘zishi va unga ongli ravishda yo‘l ko‘rsatishi mumkin va lozim. Amaliyot – odamlarning tarixan shakllangan ehtiyojlarini qondirish uchun u yoki bu ob’ektni o‘zgartirish maqsadida unga ta’sir ko‘rsatish faoliyatidir. Bilishga nisbatan amaliyot uch xil vazifani bajaradi. Birinchidan, u bilishning manbai, harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi, bilishga umumlashtirish va nazariy o‘rganish uchun zaruriy material beradi. Shu tariqa amaliyot bilishni oziqlantiradi,  
 
u real hayotdan uzoqlashishga yo‘l qo‘ymaydi. Ikkinchidan, amaliyot bilimlarni 
tatbiq etish sohasidir. Shu ma’noda u bilishning maqsadidir. Uchinchidan, amaliyot 
bilish natijalarining haqiqiyligini tekshirish mezoni. Bilishning amaliyot sinovidan 
o‘tgan natijalarigina amalda ob’ektiv ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.  
Shunday qilib, amaliyot – barcha bosqichlarda bilishning shakllanish va 
rivojlanish negizi, bilim manbai, bilish jarayoni natijalarining haqiqiyligi mezondir. 
Tajriba tushunchasi har xil ma’noga ega: tajriba (empiriya) mavhum fikr yuritishga 
qarshi qo‘yiladi va shu ma’noda u kuzatish va eksperimentni tushunish hisoblanadi. 
Hayot tajribasi, mashina haydash, ma’ruzalar o‘qish va shu kabilar ma’nosidagi 
bilim va ko‘nikmalar darajasi ham tajriba deb ataladi.  
O‘z-o‘zidan ravshanki, inson borliqni yolg‘iz o‘zi tushunib yetmaydi: haqiqatni 
bilish tajribaga asoslanadi, deganda, ildizlari o‘tmishga, asrlarning yig‘ma va 
jamlanib boradigan tajribasiga borib taqaluvchi vorisiy axborot nazarda tutiladi. 
Individual tajriba, agar u mavjud bo‘lgan taqdirda ham, haqiqatni anglash uchun 
mutlaqo yetarli bo‘lmaydi.  
Amaliyot falsafasi. Inson – faol mavjudot. Yunoncha «praktikos» so‘zi faol 
degan ma’noni anglatadi. Shuningdek amaliyot insonning faoliyatidir.  
Inson faoliyati sifatida amal qiladigan hamma narsa amaliyotdir. Til, madaniyat 
va uning ko‘p sonli tarkibiy qismlari amaliyot turlaridir. Ko‘pincha amaliyot 
deganda moddiy amaliyot, ya’ni vositasi va mahsuli sifatida predmetli moddiy 
dunyo amal qiladigan faoliyat tushuniladi. Biroq moddiy amaliyot ham amaliyot 
turlaridan biri, xolos.  
Antik jamiyatda jismoniy mehnatni bajarish qullar vazifasi hisoblangan. Hatto 
san’atga ham past nazar bilan qaralgan. Dono odamning mushohada qilishi 
faoliyatning eng oliy shakli sifatida tan olingan. Borliqqa nisbatan bunday 
yondashuv amaliyot muammosini inson aqli sohasiga ko‘chirgan. Amaliyot 
haqidagi ta’limot (praksiologiya) axloq, yaxshi xulq haqidagi ta’limot sifatida amal 
qiladi. Axloqni o‘rganish antik falsafaga ham, qadimgi hind falsafasiga ham xos. 
Amaliyotni axloqiy tushunish an’anasi butun jahon falsafasi orqali o‘tadi. Qadimgi 
manbalardan biri “Avesto”da amaliyot inson moddiy va ma’naviy hayotini 
u real hayotdan uzoqlashishga yo‘l qo‘ymaydi. Ikkinchidan, amaliyot bilimlarni tatbiq etish sohasidir. Shu ma’noda u bilishning maqsadidir. Uchinchidan, amaliyot bilish natijalarining haqiqiyligini tekshirish mezoni. Bilishning amaliyot sinovidan o‘tgan natijalarigina amalda ob’ektiv ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, amaliyot – barcha bosqichlarda bilishning shakllanish va rivojlanish negizi, bilim manbai, bilish jarayoni natijalarining haqiqiyligi mezondir. Tajriba tushunchasi har xil ma’noga ega: tajriba (empiriya) mavhum fikr yuritishga qarshi qo‘yiladi va shu ma’noda u kuzatish va eksperimentni tushunish hisoblanadi. Hayot tajribasi, mashina haydash, ma’ruzalar o‘qish va shu kabilar ma’nosidagi bilim va ko‘nikmalar darajasi ham tajriba deb ataladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, inson borliqni yolg‘iz o‘zi tushunib yetmaydi: haqiqatni bilish tajribaga asoslanadi, deganda, ildizlari o‘tmishga, asrlarning yig‘ma va jamlanib boradigan tajribasiga borib taqaluvchi vorisiy axborot nazarda tutiladi. Individual tajriba, agar u mavjud bo‘lgan taqdirda ham, haqiqatni anglash uchun mutlaqo yetarli bo‘lmaydi. Amaliyot falsafasi. Inson – faol mavjudot. Yunoncha «praktikos» so‘zi faol degan ma’noni anglatadi. Shuningdek amaliyot insonning faoliyatidir. Inson faoliyati sifatida amal qiladigan hamma narsa amaliyotdir. Til, madaniyat va uning ko‘p sonli tarkibiy qismlari amaliyot turlaridir. Ko‘pincha amaliyot deganda moddiy amaliyot, ya’ni vositasi va mahsuli sifatida predmetli moddiy dunyo amal qiladigan faoliyat tushuniladi. Biroq moddiy amaliyot ham amaliyot turlaridan biri, xolos. Antik jamiyatda jismoniy mehnatni bajarish qullar vazifasi hisoblangan. Hatto san’atga ham past nazar bilan qaralgan. Dono odamning mushohada qilishi faoliyatning eng oliy shakli sifatida tan olingan. Borliqqa nisbatan bunday yondashuv amaliyot muammosini inson aqli sohasiga ko‘chirgan. Amaliyot haqidagi ta’limot (praksiologiya) axloq, yaxshi xulq haqidagi ta’limot sifatida amal qiladi. Axloqni o‘rganish antik falsafaga ham, qadimgi hind falsafasiga ham xos. Amaliyotni axloqiy tushunish an’anasi butun jahon falsafasi orqali o‘tadi. Qadimgi manbalardan biri “Avesto”da amaliyot inson moddiy va ma’naviy hayotini  
 
yaxshilashga intilishida namoyon bo‘ladi. Jumladan, mehnat qilib, boylik yaratib, 
tashlandiq joylarga ishlov berib, sug‘orib obod qilgan sut, go‘sht, don yetishtirib, 
farovonlikni 
ta’minlagan 
dehqonlar, 
chorvadorlar, 
bog‘bonlar 
ovchilar, 
hunarmandlar ulug‘langan. Asarda“Kimki ham chap qo‘li va ham o‘ng qo‘li bilan 
yerga ishlov bersa, u yerga foyda keltiradi” deb ta’kidlanadi. 
Shunday qilib, amaliyot turli falsafiy yo‘nalishlarda har xil talqin qilinadi. 
Amaliyot kategoriyasi keng va tor ma’noda yo insonning har qanday faoliyati, yo 
uning faqat moddiy faoliyati sifatida tushuniladi.  
Amaliyotning tarkibiy qismlari 1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) 
amaliyot vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar.  
Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga muvofiq ancha 
ko‘p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va fan 
amaliyoti, til amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni 
amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan 
yondashadi.  
Falsafada amaliyot deganda inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘zini 
qurshagan dunyoni yoki uning ayrim qismlarini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat 
tushuniladi. Amaliyotning asosiy shakli mehnat bo‘lib, uni amalga oshirish 
jarayonida inson tabiat bilan to‘qnashadi. Shuningdek, boshqaruv amaliyoti, siyosiy, 
ijtimoiy amaliyot va amaliyotning boshqa shakllari farqlanadi. Xo‘sh, amaliyotning 
bilish bilan aloqasi qanday?  
Birinchidan, amaliyot bilishning sarchashmasi, negizi, uni harakatlantiruvchi 
kuch hisoblanadi. Amaliyotning muayyan ehtiyojlari insoniyatning bilishga bo‘lgan 
ehtiyojlari va vazifalari, umuman faoliyat turi sifatidagi bilishning o‘zi yuzaga 
kelishiga sabab bo‘lgan. Masalan, Qadimgi Misrda ziroatchilik geometriya va 
matematika paydo bo‘lishini rag‘batlantirgan, kemachilik va savdo ishi esa 
astronomiya va boshqa fanlarning rivojlanishiga turtki bergan. Amaliyot jamiyat 
uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi muammolar (masalan, koinotni 
o‘zlashtirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va b.)ga duch kelib, 
yaxshilashga intilishida namoyon bo‘ladi. Jumladan, mehnat qilib, boylik yaratib, tashlandiq joylarga ishlov berib, sug‘orib obod qilgan sut, go‘sht, don yetishtirib, farovonlikni ta’minlagan dehqonlar, chorvadorlar, bog‘bonlar ovchilar, hunarmandlar ulug‘langan. Asarda“Kimki ham chap qo‘li va ham o‘ng qo‘li bilan yerga ishlov bersa, u yerga foyda keltiradi” deb ta’kidlanadi. Shunday qilib, amaliyot turli falsafiy yo‘nalishlarda har xil talqin qilinadi. Amaliyot kategoriyasi keng va tor ma’noda yo insonning har qanday faoliyati, yo uning faqat moddiy faoliyati sifatida tushuniladi. Amaliyotning tarkibiy qismlari 1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar. Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga muvofiq ancha ko‘p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va fan amaliyoti, til amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi. Falsafada amaliyot deganda inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘zini qurshagan dunyoni yoki uning ayrim qismlarini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Amaliyotning asosiy shakli mehnat bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida inson tabiat bilan to‘qnashadi. Shuningdek, boshqaruv amaliyoti, siyosiy, ijtimoiy amaliyot va amaliyotning boshqa shakllari farqlanadi. Xo‘sh, amaliyotning bilish bilan aloqasi qanday? Birinchidan, amaliyot bilishning sarchashmasi, negizi, uni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Amaliyotning muayyan ehtiyojlari insoniyatning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari va vazifalari, umuman faoliyat turi sifatidagi bilishning o‘zi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Masalan, Qadimgi Misrda ziroatchilik geometriya va matematika paydo bo‘lishini rag‘batlantirgan, kemachilik va savdo ishi esa astronomiya va boshqa fanlarning rivojlanishiga turtki bergan. Amaliyot jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi muammolar (masalan, koinotni o‘zlashtirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va b.)ga duch kelib,  
 
bilishning yangi tarmoqlari rivojlanishini rag‘batlantiradi. Masalan, XX asrda 
kosmik tibbiyot, kristallografiya, genetika va boshqa fanlar vujudga keldi.  
Ikkinchidan, amaliyot o‘zining muhim ehtiyojlari bilan birga bilishning 
maqsadi hamdir. Inson bilimlari ulardan o‘z kundalik turmushda foydalanish uchun 
mo‘ljallangandir. Biroq ular buyumlar va tovarlar, mehnat qurollari yaratiladigan 
sanoatda birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, D.I.Mendeleev jadvali va unda 
ifodalangan ma’lumotlarsiz hozirgi kimyo sanoatini tasavvur qilish mumkin emas. 
Kundalik hayotdan mustahkam o‘rin olgan televidenie va radio fizika va boshqa 
fanlarda erishilgan yutuqlar mahsulidir. Agar bilimlarga amaliyotda hojat bo‘lmasa, 
ular o‘z ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Binobarin, amaliyot bilimlar izchil 
qo‘llaniladigan ulkan sohadir.  
Uchinchidan, amaliyot inson bilimlari va tasavvurlarining haqiqiyligi mezoni 
(ko‘rsatkichi)dir. U ilmiy gipotezalar va nazariyalarning (masalan, Quyosh 
sistemasining boshqa sayyoralarida hayot borligi haqidagi farazning) aniqligini 
tekshirishning muhim usuli hisoblanadi. Biroq bunda mazkur mezon o‘zining 
nomukammalligi tufayli universal (umumiy) emasligini e’tiborga olish lozim. 
Zotan, dunyo haqidagi g‘oyalar va taxminlarning barchasini ham amalda sinash 
mumkin emas. Shu sababli fan bilimlarning haqiqiyligini asoslash uchun, masalan, 
mantiqiy isbotlash kabi usullardan foydalanadi.  
Shunday qilib, amaliyot har qanday bilish jarayonining negizi, tayanch nuqtasi 
va tadrijiy yakuni hisoblanadi.  
4-savol bayoni: Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy 
faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi 
ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi 
(fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. 
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va 
usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish 
mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar 
yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. 
bilishning yangi tarmoqlari rivojlanishini rag‘batlantiradi. Masalan, XX asrda kosmik tibbiyot, kristallografiya, genetika va boshqa fanlar vujudga keldi. Ikkinchidan, amaliyot o‘zining muhim ehtiyojlari bilan birga bilishning maqsadi hamdir. Inson bilimlari ulardan o‘z kundalik turmushda foydalanish uchun mo‘ljallangandir. Biroq ular buyumlar va tovarlar, mehnat qurollari yaratiladigan sanoatda birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, D.I.Mendeleev jadvali va unda ifodalangan ma’lumotlarsiz hozirgi kimyo sanoatini tasavvur qilish mumkin emas. Kundalik hayotdan mustahkam o‘rin olgan televidenie va radio fizika va boshqa fanlarda erishilgan yutuqlar mahsulidir. Agar bilimlarga amaliyotda hojat bo‘lmasa, ular o‘z ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Binobarin, amaliyot bilimlar izchil qo‘llaniladigan ulkan sohadir. Uchinchidan, amaliyot inson bilimlari va tasavvurlarining haqiqiyligi mezoni (ko‘rsatkichi)dir. U ilmiy gipotezalar va nazariyalarning (masalan, Quyosh sistemasining boshqa sayyoralarida hayot borligi haqidagi farazning) aniqligini tekshirishning muhim usuli hisoblanadi. Biroq bunda mazkur mezon o‘zining nomukammalligi tufayli universal (umumiy) emasligini e’tiborga olish lozim. Zotan, dunyo haqidagi g‘oyalar va taxminlarning barchasini ham amalda sinash mumkin emas. Shu sababli fan bilimlarning haqiqiyligini asoslash uchun, masalan, mantiqiy isbotlash kabi usullardan foydalanadi. Shunday qilib, amaliyot har qanday bilish jarayonining negizi, tayanch nuqtasi va tadrijiy yakuni hisoblanadi. 4-savol bayoni: Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir.  
 
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim 
mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq 
vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari 
yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson 
yo‘l bilan yetishishga yordam beradi. 
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va 
saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, 
ularga asoslanadi. 
Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga 
ko‘ra, ular keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini 
o‘rganishda y yoki bu ob’ektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy 
metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning 
ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal 
xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu 
metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga 
falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, 
induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar ob’ektning 
qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy 
metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, 
taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal 
qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod ob’ektning alohida tomonini bilishga 
imkoniyat yaratadi. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir 
necha guruhga bo‘linadi. Ular quyidagilar: 
Falsafa metodlari. Eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika 
bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. 
Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik (hozirgi zamon analitik falsafasi), 
intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham 
mavjud.  
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y yoki bu ob’ektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar ob’ektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular quyidagilar: Falsafa metodlari. Eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud.  
 
Fan metodlari umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo tadqiqot metodlaridan 
iborat. Umumilmiy tadqiqot metodlari. Ular falsafa bilan maxsus fanlarning 
fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga 
xos 
«oraliq 
metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha 
«axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», 
«ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.  
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning 
alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga 
«singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) 
matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, 
ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos 
jihatlaridir. Umumilmiy metodlar qatoriga tizimli va strukturaviy-funksional, 
kibernetik, ehtimoliy yondashuvlar, modellashtirish, formalizatsiya hamda 
boshqalar kiradi.  
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan 
muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-
taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar 
fanlarning metodlari shular jumlasidandir. 
Fan metodlari – ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda 
vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir 
fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot 
usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir.  
Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal 
qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida 
yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar 
kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. 
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda kuzatish 
natijalari ko‘p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va 
boshqa sub’ektiv omillarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur fanlarda oddiy (odatdagi) 
kuzatish (faktlar va hodisalar chetdan turib qayd etiladi) va ishtirokchilikka 
Fan metodlari umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo tadqiqot metodlaridan iborat. Umumilmiy tadqiqot metodlari. Ular falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi. Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir. Umumilmiy metodlar qatoriga tizimli va strukturaviy-funksional, kibernetik, ehtimoliy yondashuvlar, modellashtirish, formalizatsiya hamda boshqalar kiradi. Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib- taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Fan metodlari – ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda kuzatish natijalari ko‘p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va boshqa sub’ektiv omillarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur fanlarda oddiy (odatdagi) kuzatish (faktlar va hodisalar chetdan turib qayd etiladi) va ishtirokchilikka  
 
asoslangan (ichdan turib) kuzatish (bunda tadqiqotchi ma’lum ijtimoiy muhitga 
qo‘shiladi, unga moslashadi va hodisalarni «ichdan» tahlil qiladi) farqlanadi. 
Psixologiyada kuzatishning o‘z-o‘zini kuzatish (introspeksiya) va empatiya (boshqa 
odamlarning ruhiy kechinmalariga kirib borish, ularning ichki dunyosi – sezgilari, 
fikrlari, xohish-istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi.  
Etnometodologiya ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo‘lib, u ijtimoiy 
hodisa va voqealarni tavsiflash hamda kuzatish natijalarini ularni tushunish g‘oyalari 
bilan to‘ldirishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv hozirda etnografiya, ijtimoiy 
antropologiya, sotsiologiya va kulturologiyada tobora keng qo‘llanilmoqda.  
Ijtimoiy eksperimentlar tobora rivojlanmoqda, ular ijtimoiy tashkil etish va 
jamiyatni boshqarishni oqilonalashtirishning yangi shakllarini amalga tatbiq etishga 
ko‘maklashmoqda. Ijtimoiy eksperiment ob’ekti odamlarning ma’lum guruhi 
eksperimentning bevosita ishtirokchilaridan biri bo‘lib, ularning manfaatlari bilan 
hisoblashishga to‘g‘ri keladi, tadqiqotchi esa o‘zi o‘rganayotgan vaziyatga bevosita 
qo‘shiladi. 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda falsafiy va umumilmiy vositalar, metod va 
amallardan tashqari, mazkur fanlarning predmeti bilan bog‘liq maxsus vositalar, 
metod va amallardan ham foydalaniladi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi: 
Ideografik metod–alohida tarixiy faktlar va hodisalarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini tavsiflash.  
Dialog («savol-javob metodi»). 
Tushunish va oqilona (intensional) tushuntirish (bu haqda ushbu bobning 
keyingi paragrafida batafsil so‘z yuritiladi). 
Hujjatlarni tahlil qilish–son va sifat jihatidan tahlil qilish (kontent-analiz).  
So‘rovlar o‘tkazish–«yuzma-yuz» so‘rov (intervyu) yoki sirtdan (so‘rovnoma 
yordamida, pochta, telefon orqali va sh.k.) sыrov o‘tkazish. Ommaviy va maxsus 
so‘rovlar farqlanadi. Maxsus so‘rovlarda professional ekspertlar axborot olishning 
bosh manbai hisoblanadi.  
Proektiv metodlar (psixologiyaga xos)–insonning produktiv faoliyati 
natijalariga qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita o‘rganish usuli.  
asoslangan (ichdan turib) kuzatish (bunda tadqiqotchi ma’lum ijtimoiy muhitga qo‘shiladi, unga moslashadi va hodisalarni «ichdan» tahlil qiladi) farqlanadi. Psixologiyada kuzatishning o‘z-o‘zini kuzatish (introspeksiya) va empatiya (boshqa odamlarning ruhiy kechinmalariga kirib borish, ularning ichki dunyosi – sezgilari, fikrlari, xohish-istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi. Etnometodologiya ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo‘lib, u ijtimoiy hodisa va voqealarni tavsiflash hamda kuzatish natijalarini ularni tushunish g‘oyalari bilan to‘ldirishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv hozirda etnografiya, ijtimoiy antropologiya, sotsiologiya va kulturologiyada tobora keng qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy eksperimentlar tobora rivojlanmoqda, ular ijtimoiy tashkil etish va jamiyatni boshqarishni oqilonalashtirishning yangi shakllarini amalga tatbiq etishga ko‘maklashmoqda. Ijtimoiy eksperiment ob’ekti odamlarning ma’lum guruhi eksperimentning bevosita ishtirokchilaridan biri bo‘lib, ularning manfaatlari bilan hisoblashishga to‘g‘ri keladi, tadqiqotchi esa o‘zi o‘rganayotgan vaziyatga bevosita qo‘shiladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda falsafiy va umumilmiy vositalar, metod va amallardan tashqari, mazkur fanlarning predmeti bilan bog‘liq maxsus vositalar, metod va amallardan ham foydalaniladi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi: Ideografik metod–alohida tarixiy faktlar va hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash. Dialog («savol-javob metodi»). Tushunish va oqilona (intensional) tushuntirish (bu haqda ushbu bobning keyingi paragrafida batafsil so‘z yuritiladi). Hujjatlarni tahlil qilish–son va sifat jihatidan tahlil qilish (kontent-analiz). So‘rovlar o‘tkazish–«yuzma-yuz» so‘rov (intervyu) yoki sirtdan (so‘rovnoma yordamida, pochta, telefon orqali va sh.k.) sыrov o‘tkazish. Ommaviy va maxsus so‘rovlar farqlanadi. Maxsus so‘rovlarda professional ekspertlar axborot olishning bosh manbai hisoblanadi. Proektiv metodlar (psixologiyaga xos)–insonning produktiv faoliyati natijalariga qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita o‘rganish usuli.  
 
Testlash (psixologiya va pedagogikada)–standartlashtirilgan topshiriqlar 
bo‘lib, ularni bajarish natijalari ayrim shaxsiy xususiyatlar (bilim, ko‘nikma, xotira, 
zehn va sh.k.)ni o‘lchash imkonini beradi. Testlarning ikki asosiy guruhi farqlanadi–
intellekt testlari (mashhur Q koeffitsienti) va erishilgan (kasbda, sportda va h.k.) 
natijalar testlari. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Zotan, layoqatsiz yoki g‘irrom tadqiqotchining qo‘lida testlar jiddiy zarar keltirishi 
mumkin.  
Sotsiometriya 
metodi–ijtimoiy 
hodisalarni 
o‘rganishda 
matematika 
vositalaridan foydalanish. Undan ko‘pincha «kichik guruhlar»ni va ulardagi 
shaxslararo munosabatlarni o‘rganishda foydalaniladi.  
O‘yin metodlari – boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. 
Imitatsion o‘yinlar (ishbilarmonlik o‘yinlari) va ochiq o‘yinlar (ayniqsa, nostandart) 
vaziyatlarni tahlil qilishda farqlanadi. O‘yin metodlari orasida psixodrama va 
sotsiodrama alohida o‘rin tutadi. Ularda ishtirokchilar tegishincha individual va 
gruppaviy vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar.  
Hozirgi zamon metodologiyasi. «Kumatoid», «case studies», «abduksiya» 
tushunchalari an’anaviy metodologik tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga 
erish tuyulishi mumkin. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur 
bo‘lgan bifurkatsiya, «fluktuatsiya», «dissipatsiya», «attraktor» tushunchalarini, 
shuningdek, «kumatoid» (yunoncha–to‘lqin) degan innovatsion tushunchani kiritish 
mumkin. 
Kumatoid - suzayotgan ob’ektni anglatadi va ob’ektlarning tizimli 
xususiyatini aks ettiradi. 
«Case studies», ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o‘tkazish hozirgi zamon 
metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o‘tkazishda fanlararo 
tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual sub’ektlarni, 
mahalliy, gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o‘rganish nazarda tutiladi. 
«Case studies» atamasi pretsedentning, ya’ni kuzatish ostida bo‘lgan va 
tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan 
ob’ektning mavjudligini aks ettiradi. 
Testlash (psixologiya va pedagogikada)–standartlashtirilgan topshiriqlar bo‘lib, ularni bajarish natijalari ayrim shaxsiy xususiyatlar (bilim, ko‘nikma, xotira, zehn va sh.k.)ni o‘lchash imkonini beradi. Testlarning ikki asosiy guruhi farqlanadi– intellekt testlari (mashhur Q koeffitsienti) va erishilgan (kasbda, sportda va h.k.) natijalar testlari. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, layoqatsiz yoki g‘irrom tadqiqotchining qo‘lida testlar jiddiy zarar keltirishi mumkin. Sotsiometriya metodi–ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda matematika vositalaridan foydalanish. Undan ko‘pincha «kichik guruhlar»ni va ulardagi shaxslararo munosabatlarni o‘rganishda foydalaniladi. O‘yin metodlari – boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Imitatsion o‘yinlar (ishbilarmonlik o‘yinlari) va ochiq o‘yinlar (ayniqsa, nostandart) vaziyatlarni tahlil qilishda farqlanadi. O‘yin metodlari orasida psixodrama va sotsiodrama alohida o‘rin tutadi. Ularda ishtirokchilar tegishincha individual va gruppaviy vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar. Hozirgi zamon metodologiyasi. «Kumatoid», «case studies», «abduksiya» tushunchalari an’anaviy metodologik tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga erish tuyulishi mumkin. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo‘lgan bifurkatsiya, «fluktuatsiya», «dissipatsiya», «attraktor» tushunchalarini, shuningdek, «kumatoid» (yunoncha–to‘lqin) degan innovatsion tushunchani kiritish mumkin. Kumatoid - suzayotgan ob’ektni anglatadi va ob’ektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. «Case studies», ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o‘tkazish hozirgi zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o‘tkazishda fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual sub’ektlarni, mahalliy, gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o‘rganish nazarda tutiladi. «Case studies» atamasi pretsedentning, ya’ni kuzatish ostida bo‘lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan ob’ektning mavjudligini aks ettiradi.  
 
«Abduksiya» fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi 
gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va 
amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini izlashda beixtiyor 
abduksiyaga murojaat etadi. Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning 
sababini, detektiv esa jinoyat izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi shuningdek, 
olim ham sodir bo‘layotgan hodisani tushuntirishda abduksiya metodidan 
foydalanadi. Mazkur atama induksiya va deduksiya singari mashhur, keng e’tirof 
etilgan bo‘lmasa ham, u yangi hamda samarali metodologik strategiyani ishlab 
chiqishda muhim rol o‘ynaydi. 
Shunday qilib, metodologiya ma’lum bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham 
bog‘liq bo‘lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, 
hech qachon o‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi 
kerak»3. Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning «mexanik 
birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat 
sohalari, 
yo‘nalishlari, 
evristik 
imkoniyatlar, 
mazmunlar, 
tuzilmalar 
va 
hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. 
 
 
 
 
                                                           
3 Гейзенберг В. Физика и философия. Часть и целое.–М., 1989. -С. 85.  
«Abduksiya» fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini izlashda beixtiyor abduksiyaga murojaat etadi. Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning sababini, detektiv esa jinoyat izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi shuningdek, olim ham sodir bo‘layotgan hodisani tushuntirishda abduksiya metodidan foydalanadi. Mazkur atama induksiya va deduksiya singari mashhur, keng e’tirof etilgan bo‘lmasa ham, u yangi hamda samarali metodologik strategiyani ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, metodologiya ma’lum bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog‘liq bo‘lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak»3. Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. 3 Гейзенберг В. Физика и философия. Часть и целое.–М., 1989. -С. 85.  
 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
1. 
Bilish muammolarini o‘rganadigan falsafiy fan nima? 
2. 
Bilishning mohiyati nimadan iborat? 
3. 
Falsafiy bilimning boshqa bilim shakllaridan farqi qanday? 
4. 
Ilmiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting? 
5. 
Bilishning asosiy bosqichlari va darajalarini qanday tushunasiz? 
6. 
Hissiy darajadagi bilim va uning shakllari qaysilar? 
7. 
Tafakkurning asosiy shakllariga nimalar kiradi? 
8. 
Empirik bilim va uning shakllarini, empirik tadqiqot usullarini aytib 
bering. 
9. 
Nazariy bilim va uning shakllari qaysilar? 
10.    Intuitsiya nima va uning bilishdagi roli qanday? 
14.    Haqiqat nima? Falsafada haqiqatning qanday konsepsiyalari mavjud? 
15.    Mutlaq va nisbiy haqiqatning o‘zaro nisbati haqida gapirib bering.  
16.    Haqiqatning qanday mezonlari bor? 
17.    Yolg‘on, dezinformatsiya, yanglishish nima? 
18.    Amaliyot tushunchasini qanday ta’riflaysiz? 
19.    Bilish va amaliyotning o‘zaro nisbati qanday? 
20.    Amaliyotning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 
21.    Metod va metologiya tushunchalarini qanday tushunasiz? 
22.    Bilish metodlarini qanday tasniflaysiz? 
23.    Hozirgi zamon metodologiyasini tushuntiring. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Bilish muammolarini o‘rganadigan falsafiy fan nima? 2. Bilishning mohiyati nimadan iborat? 3. Falsafiy bilimning boshqa bilim shakllaridan farqi qanday? 4. Ilmiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting? 5. Bilishning asosiy bosqichlari va darajalarini qanday tushunasiz? 6. Hissiy darajadagi bilim va uning shakllari qaysilar? 7. Tafakkurning asosiy shakllariga nimalar kiradi? 8. Empirik bilim va uning shakllarini, empirik tadqiqot usullarini aytib bering. 9. Nazariy bilim va uning shakllari qaysilar? 10. Intuitsiya nima va uning bilishdagi roli qanday? 14. Haqiqat nima? Falsafada haqiqatning qanday konsepsiyalari mavjud? 15. Mutlaq va nisbiy haqiqatning o‘zaro nisbati haqida gapirib bering. 16. Haqiqatning qanday mezonlari bor? 17. Yolg‘on, dezinformatsiya, yanglishish nima? 18. Amaliyot tushunchasini qanday ta’riflaysiz? 19. Bilish va amaliyotning o‘zaro nisbati qanday? 20. Amaliyotning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 21. Metod va metologiya tushunchalarini qanday tushunasiz? 22. Bilish metodlarini qanday tasniflaysiz? 23. Hozirgi zamon metodologiyasini tushuntiring.