BILISH NAZARIYASI YO‘NALISHLARI ASOSIY MUOMMOLARI (Gnoseologiya (emistemologiya)ning mazmuni va mohiyati, Bilishning asosiy turlari va shakllari. Hissiy, empirik, nazariy. mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o‘ziga xosligi va aloqadorligi)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
20,6 KB
BILISH NAZARIYASI YO‘NALISHLARI ASOSIY MUOMMOLARI
Gnoseologiya (emistemologiya)ning mazmuni va mohiyati
Gnoseologiya sub’ektning bilish faoliyatining prinsiplari, qonuniyatlari,
shakllari, bosqichlari va darajalarini, shuningdek, shu prinsip va qonunlardan kelib
chiqadigan, haqiqiy bilimga erishilishini ta’minlaydigan talablar va mezonlarni
o‘rganadi. Bilish nazariyasi bilish jarayonining oddiy, kundalik darajasini ham,
bilishning umumiy ilmiy shakllari va metodlarini ham tadqiq qiladi.
Skeptiklar bilishning mumkinligiga e’tiroz bildirmaganlar, lekin bizning
bilimlarimizning ishonchliligini, ularning tashqi dunyo hodisalariga muvofiqligini
shubha ostiga qo‘yganlar.
Agnostitsizm – bu shunday ta’limotki, unga ko‘ra dunyo haqida haqiqiy,
ishonchli bilimlarga erishib bo‘lmaydi. Agnostitsizm bilishni faqat biluvchi aqlning
faoliyati deb biladi.
Konvensionalizm (lotincha konvensio – shartnoma, kelishuv, bitim) – bu
falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy nazariyalar va tushunchalar tashqi dunyoning,
uning tomonlari va xossalarining real tafsifi emas, balki olimlar o‘rtasidagi kelishuv
mahsulidir.
Bilishning asosiy turlari va shakllari. Hissiy, empirik, nazariy. mantiqiy va
intuitiv bilish darajalari, ularning o‘ziga xosligi va aloqadorligi
Hissiy bilish. Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr
hissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Sezgi hissiy
bilishning eng oddiy shakli, ob’ektivlik bilan sub’ektivlikning qorishmasidir, u manbai
jihatidan ob’ektiv va u yoki bu sezgi a’zolarining tuzilishiga bog‘lik holda shakli
jihatidan sub’ektivdir.
Idrok – bu bir sezgi emas, u turli xil sezishlarning jamul-jami,
kombinatsiyasidir. Biz idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki
uni yaxlit holda aks ettiramiz. Tasavvur – bu hissiy idrok bilan tushuncha o‘rtasidagi
oraliq bosqichdir. Sezish va idrok qilishdan farqli o‘laroq, tasavvur endi sub’ekt bilan
ob’ektning bevosita o‘zaro ta’siri bo‘lib chiqmaydi.
Hissiy bilishdan keyingi bosqich ratsional bilishdir, abstrakt-mantiqiy
tafakkurdir. Ratsional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha – bu
tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish natijasidir, dunyoni o‘rganish yakunidir. Hukm
tafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida
ifodalaydi. Gnoseologik nuqtai nazardan, hukm – bu biron bir narsani tasdiqlash yoki
inkor etish yo‘li bilan voqelikni aks ettirish shaklidir. Aqliy xulosaning, mantiqiy
natijaning chinakam to‘g‘ri bo‘lishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida
asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bo‘lmog‘i, ya’ni voqelikka mos
kelmog‘i lozim. Ikkinchisi: boshlang‘ich asoslardan aqliy xulosa chiqarish
jarayonining o‘zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.
Insonning g‘ayrishuuriy bilish faoliyati intuitiv bilish nomini oldi,
intuitsiyaning o‘zi esa - bu bilish ob’ektining muayyan sharoitda boshqacha yo‘l bilan
asoslab berish mumkin bo‘lmagan xossalarini bevosita, g‘ayrimantiqiy tarzda xaqiqat
deb bilishdir.
Bilishning bosh vazifasi xaqiqat izlashdir. Xaqiqat masalasi butun bilish
nazariyasining eng muhim vazifasidir. Faylasuflar orasida xaqiqat va uning bilishdagi
roli to‘g‘risida yagona fikr yo‘q.
Xaqiqat, bu – bizning dunyo to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning
dunyoning o‘ziga, ob’ektiv reallikka muvofiq kelishidir.
Ong-tafakkur va borlikning birligi
Ong – falsafaning sub’ektiv reallikni ifodalovchi g‘oyat keng kategoriyasidir;
odamning, uning miyasi va psixikasining tashqi dunyoni ideal aks ettirishidir;
insonning ma’naviy dunyosidir, o‘zining dunyoda borligini anglab yetishidir; uning
tashqi dunyoga munosabatidir.
Ong muammosi – bu psixologik, fiziologik va sotsial holatlarning o‘zaro
nisbati, munosabati masalasidir: agar inson aqli materiya evolyutsiyasining natijasi
bo‘lsa, fikr fikrlovchi materiyaning, inson bosh miyasining, miya katta yarim sharining
oliy xossasidir.
Ongning kelib chiqishi muammosi bo‘yicha quyidagi falsafiy-nazariy
yondashuvlar tarixan tarkib topdi.
Diniy yondashuv. Diniy nuqtai nazardan ong (jon) Xudo tomonidan
yaratilgandir, ya’ni u ilohiy xilqatdir.
Idealistik yondashuv. Idealizm ideal narsaning, ruhiy mohiyatning moddiy
voqelikdan tashqarida va ungacha mavjud bo‘lganligini e’tirof etadi.
Materialistik yondashuv. Materializm doirasida ham ongning kelib chiqishiga
turlicha yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Ongga, birbutun bog‘langan tizim sifatida, uning sezgi, fikr, emotsiya, iroda va
xotira kabi ajralmas elementlari kiradi.
Sezgi. Inson sezgilari tashqi dunyo haqidagi axborotlarni asosiy yetkazib
beruvchilardir. Ko‘rib, ushlab, hidlab, eshitib va ta’mga qarab sezishlar sub’ektga
dunyoni bilishga, o‘zini qiziqtirgan ob’ektni topishga, u turgan joyni aniqlashga, uning
rangi, hidi, ta’mi, qattiq yo yumshoqligi, xarorati va boshqa sifatlari haqida axborot
olishga imkon beradi.
Idrok – sub’ektning axborotni qayta ishlashida sezgidan keyingi bosqichdir. Bu
bosqich davomida ob’ekt, uning zamon va makoniy tavsifi yaxlit holda anglab olinadi
va ideal obraz unga taalluqli moddiy ob’ektning o‘zi bilan, ya’ni idrok ob’ektining o‘zi
bilan taqqoslanadi.
Emotsiya. Ong tuzilishining emotsional komponenti hodisalar va voqealarga
ijobiy yoki salbiy munosabat (umid, quvonch, qo‘rquv, umidsizlik va sh.k.) yoki
loqaydlikni keltirib chiqaradi.
Irodaning ishtirokisiz ong hech bir ish qilolmaydi, iroda odamning
xattiharakatini tartibga solib turadi, uni istalgan maqsadga erishishga yo‘naltiradi.
Xotira - kishining yoki kishilik jamiyatining o‘zining yoki o‘zganing o‘tgan
zamondagi faoliyatini hozirgi zamonda saqlab qolish va tiklash layoqatidir.
Tafakkur odamning dunyoqarashini, uning dunyoni his qilishi va idrok etishini,
odamning o‘z borlig‘iga, o‘z qilmishlariga, orzu-umidlariga o‘zi bergan bahoni doimo
kengaytirib boradi.
Ong muayyan shakllarda, ya’ni fikr, shubha, e’tiqod, bilim va ishonch
shakllarida mavjud bo‘lib, bular «ongning epistemik shakllari (grekcha episteme –
bilim) nomini olgan.
Kishining yoki kishilar guruhining fikri ularning u yoki bu masala bo‘yicha
nuqtai nazarlarini bildiradi va sub’ektning hayot yo‘liga, dunyoni his qilishga,
dunyoqarashiga asoslangan.
Shubha shunday ma’lumotlarni, axborotlarni o‘z ichiga oladiki, ularning
haqiqiyligi, ishonchliligi va foydaliligiga sub’ekt oxirigacha ishonmaydi, unda shu
ma’lumotlar to‘g‘risida qat’iy fikr va bilim bo‘lmaydi.
Shaxsning sub’ektiv e’tiqodi negizida quyidagi sabablar yotadi: muayyan
ma’lumotlar, axborotlar va faktlarni isbotsiz, aksiomatik tarzda ishonchli deb qabul
qilish hamda hamma tomonidan e’tirof etilgan fikrlarni va obro‘li, hurmatli
shaxslarning fikrlarini tanqid va tahlilsiz qabul qilish.
Bilim dunyoning sub’ektga ma’lum bo‘lgan, uning tomonidan o‘rganilgan va
bilib olingan ob’ektiv xossalari va aloqalarining ideal ifodasidir.
Ishonch ongning bilimga qarama-qarshi tomonidir. Bilim odamga ishonch
bag‘ishlaydi, uni e’tiqodli qiladi, ishonch esa, garchi bilimning ko‘rinishi bo‘lmasa-da,
e’tiqodning oliy darajasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bilishda xaqiqat va amaliyot uyg‘unligi
Dunyoni bilish – bu nafaqat nazariy, balki hayotiy, amaliy jarayondir. Falsafiy
nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning amaliyoti – bu insoniyatning tabiatni ongli
ravishda va maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatidir, bu
insoniyatning ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga qaralgan mehnat jarayonidir.
Amaliyot – bu voqelikni insoniyat oldida turgan maqsadlarga muvofiq tarzda uzluksiz
o‘zgartirish jarayonidir. Agar jamiyatda biron-bir amaliy ehtiyoj paydo bo‘lsa, bu
bilish jarayoniga o‘nlab universitetlarga qaraganda ko‘proq asos bo‘ladi, chunki
amaliyot ehtiyojlari ilmiy bilishning o‘zini olg‘a siljitadi.