BILISH NAZARIYASI YO‘NALISHLARI ASOSIY MUOMMOLARI (Gnoseologiya (emistemologiya)ning mazmuni va mohiyati, Bilishning asosiy turlari va shakllari. Hissiy, empirik, nazariy. mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o‘ziga xosligi va aloqadorligi)

Yuklangan vaqt

2024-04-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

20,6 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
BILISH NAZARIYASI YO‘NALISHLARI ASOSIY MUOMMOLARI 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
BILISH NAZARIYASI YO‘NALISHLARI ASOSIY MUOMMOLARI
 
Gnoseologiya (emistemologiya)ning mazmuni va mohiyati 
Gnoseologiya sub’ektning bilish faoliyatining prinsiplari, qonuniyatlari, 
shakllari, bosqichlari va darajalarini, shuningdek, shu prinsip va qonunlardan kelib 
chiqadigan, haqiqiy bilimga erishilishini ta’minlaydigan talablar va mezonlarni 
o‘rganadi. Bilish nazariyasi bilish jarayonining oddiy, kundalik darajasini ham, 
bilishning umumiy ilmiy shakllari va metodlarini ham tadqiq qiladi.  
Skeptiklar bilishning mumkinligiga e’tiroz bildirmaganlar, lekin bizning 
bilimlarimizning ishonchliligini, ularning tashqi dunyo hodisalariga muvofiqligini 
shubha ostiga qo‘yganlar.  
Agnostitsizm – bu shunday ta’limotki, unga ko‘ra dunyo haqida haqiqiy, 
ishonchli bilimlarga erishib bo‘lmaydi. Agnostitsizm bilishni faqat biluvchi aqlning 
faoliyati deb biladi.  
Konvensionalizm (lotincha konvensio – shartnoma, kelishuv, bitim) – bu 
falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy nazariyalar va tushunchalar tashqi dunyoning, 
uning tomonlari va xossalarining real tafsifi emas, balki olimlar o‘rtasidagi kelishuv 
mahsulidir.  
  
Bilishning asosiy turlari va shakllari. Hissiy, empirik, nazariy. mantiqiy va 
intuitiv bilish darajalari,  ularning o‘ziga xosligi va aloqadorligi  
Hissiy bilish. Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr 
hissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir.  Sezgi hissiy 
bilishning eng oddiy shakli, ob’ektivlik bilan sub’ektivlikning qorishmasidir, u manbai 
jihatidan ob’ektiv va u yoki bu sezgi a’zolarining tuzilishiga bog‘lik holda shakli 
jihatidan sub’ektivdir.  
Idrok – bu bir sezgi emas, u turli xil sezishlarning jamul-jami, 
kombinatsiyasidir. Biz idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki 
uni yaxlit holda aks ettiramiz. Tasavvur – bu hissiy idrok bilan tushuncha o‘rtasidagi 
Gnoseologiya (emistemologiya)ning mazmuni va mohiyati Gnoseologiya sub’ektning bilish faoliyatining prinsiplari, qonuniyatlari, shakllari, bosqichlari va darajalarini, shuningdek, shu prinsip va qonunlardan kelib chiqadigan, haqiqiy bilimga erishilishini ta’minlaydigan talablar va mezonlarni o‘rganadi. Bilish nazariyasi bilish jarayonining oddiy, kundalik darajasini ham, bilishning umumiy ilmiy shakllari va metodlarini ham tadqiq qiladi. Skeptiklar bilishning mumkinligiga e’tiroz bildirmaganlar, lekin bizning bilimlarimizning ishonchliligini, ularning tashqi dunyo hodisalariga muvofiqligini shubha ostiga qo‘yganlar. Agnostitsizm – bu shunday ta’limotki, unga ko‘ra dunyo haqida haqiqiy, ishonchli bilimlarga erishib bo‘lmaydi. Agnostitsizm bilishni faqat biluvchi aqlning faoliyati deb biladi. Konvensionalizm (lotincha konvensio – shartnoma, kelishuv, bitim) – bu falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy nazariyalar va tushunchalar tashqi dunyoning, uning tomonlari va xossalarining real tafsifi emas, balki olimlar o‘rtasidagi kelishuv mahsulidir. Bilishning asosiy turlari va shakllari. Hissiy, empirik, nazariy. mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o‘ziga xosligi va aloqadorligi Hissiy bilish. Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr hissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Sezgi hissiy bilishning eng oddiy shakli, ob’ektivlik bilan sub’ektivlikning qorishmasidir, u manbai jihatidan ob’ektiv va u yoki bu sezgi a’zolarining tuzilishiga bog‘lik holda shakli jihatidan sub’ektivdir. Idrok – bu bir sezgi emas, u turli xil sezishlarning jamul-jami, kombinatsiyasidir. Biz idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki uni yaxlit holda aks ettiramiz. Tasavvur – bu hissiy idrok bilan tushuncha o‘rtasidagi
oraliq bosqichdir. Sezish va idrok qilishdan farqli o‘laroq, tasavvur endi sub’ekt bilan 
ob’ektning bevosita o‘zaro ta’siri bo‘lib chiqmaydi.  
Hissiy bilishdan keyingi bosqich ratsional bilishdir, abstrakt-mantiqiy 
tafakkurdir. Ratsional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha – bu 
tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish natijasidir, dunyoni o‘rganish yakunidir. Hukm 
tafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida 
ifodalaydi. Gnoseologik nuqtai nazardan, hukm – bu biron bir narsani tasdiqlash yoki 
inkor etish yo‘li bilan voqelikni aks ettirish shaklidir. Aqliy xulosaning, mantiqiy 
natijaning chinakam to‘g‘ri bo‘lishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida 
asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bo‘lmog‘i, ya’ni voqelikka mos 
kelmog‘i lozim. Ikkinchisi: boshlang‘ich asoslardan aqliy xulosa chiqarish 
jarayonining o‘zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.  
Insonning g‘ayrishuuriy bilish faoliyati intuitiv bilish nomini oldi, 
intuitsiyaning o‘zi esa - bu bilish ob’ektining muayyan sharoitda boshqacha yo‘l bilan 
asoslab berish mumkin bo‘lmagan xossalarini bevosita, g‘ayrimantiqiy tarzda xaqiqat 
deb bilishdir.  
Bilishning bosh vazifasi xaqiqat izlashdir. Xaqiqat masalasi butun bilish 
nazariyasining eng muhim vazifasidir. Faylasuflar orasida xaqiqat va uning bilishdagi 
roli to‘g‘risida yagona fikr yo‘q.  
Xaqiqat, bu – bizning dunyo to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning 
dunyoning o‘ziga, ob’ektiv reallikka muvofiq kelishidir.  
  
Ong-tafakkur va borlikning birligi 
Ong – falsafaning sub’ektiv reallikni ifodalovchi g‘oyat keng kategoriyasidir; 
odamning, uning miyasi va psixikasining tashqi dunyoni ideal aks ettirishidir; 
insonning ma’naviy dunyosidir, o‘zining dunyoda borligini anglab yetishidir; uning 
tashqi dunyoga munosabatidir.   
Ong muammosi – bu psixologik, fiziologik va sotsial holatlarning o‘zaro 
nisbati, munosabati masalasidir: agar inson aqli materiya evolyutsiyasining natijasi 
oraliq bosqichdir. Sezish va idrok qilishdan farqli o‘laroq, tasavvur endi sub’ekt bilan ob’ektning bevosita o‘zaro ta’siri bo‘lib chiqmaydi. Hissiy bilishdan keyingi bosqich ratsional bilishdir, abstrakt-mantiqiy tafakkurdir. Ratsional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha – bu tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish natijasidir, dunyoni o‘rganish yakunidir. Hukm tafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida ifodalaydi. Gnoseologik nuqtai nazardan, hukm – bu biron bir narsani tasdiqlash yoki inkor etish yo‘li bilan voqelikni aks ettirish shaklidir. Aqliy xulosaning, mantiqiy natijaning chinakam to‘g‘ri bo‘lishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bo‘lmog‘i, ya’ni voqelikka mos kelmog‘i lozim. Ikkinchisi: boshlang‘ich asoslardan aqliy xulosa chiqarish jarayonining o‘zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. Insonning g‘ayrishuuriy bilish faoliyati intuitiv bilish nomini oldi, intuitsiyaning o‘zi esa - bu bilish ob’ektining muayyan sharoitda boshqacha yo‘l bilan asoslab berish mumkin bo‘lmagan xossalarini bevosita, g‘ayrimantiqiy tarzda xaqiqat deb bilishdir. Bilishning bosh vazifasi xaqiqat izlashdir. Xaqiqat masalasi butun bilish nazariyasining eng muhim vazifasidir. Faylasuflar orasida xaqiqat va uning bilishdagi roli to‘g‘risida yagona fikr yo‘q. Xaqiqat, bu – bizning dunyo to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning dunyoning o‘ziga, ob’ektiv reallikka muvofiq kelishidir. Ong-tafakkur va borlikning birligi Ong – falsafaning sub’ektiv reallikni ifodalovchi g‘oyat keng kategoriyasidir; odamning, uning miyasi va psixikasining tashqi dunyoni ideal aks ettirishidir; insonning ma’naviy dunyosidir, o‘zining dunyoda borligini anglab yetishidir; uning tashqi dunyoga munosabatidir. Ong muammosi – bu psixologik, fiziologik va sotsial holatlarning o‘zaro nisbati, munosabati masalasidir: agar inson aqli materiya evolyutsiyasining natijasi
bo‘lsa, fikr fikrlovchi materiyaning, inson bosh miyasining, miya katta yarim sharining 
oliy xossasidir.  
Ongning kelib chiqishi muammosi bo‘yicha quyidagi falsafiy-nazariy 
yondashuvlar tarixan tarkib topdi.  
Diniy yondashuv. Diniy nuqtai nazardan ong (jon) Xudo tomonidan 
yaratilgandir, ya’ni u ilohiy xilqatdir.  
Idealistik yondashuv. Idealizm ideal narsaning, ruhiy mohiyatning  moddiy 
voqelikdan tashqarida va ungacha mavjud bo‘lganligini e’tirof etadi.  
Materialistik yondashuv. Materializm doirasida ham ongning kelib chiqishiga 
turlicha yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.  
Ongga, birbutun bog‘langan tizim sifatida, uning sezgi, fikr, emotsiya, iroda va 
xotira kabi ajralmas elementlari kiradi.  
Sezgi. Inson sezgilari tashqi dunyo haqidagi axborotlarni asosiy yetkazib 
beruvchilardir. Ko‘rib, ushlab, hidlab, eshitib va ta’mga qarab sezishlar sub’ektga 
dunyoni bilishga, o‘zini qiziqtirgan ob’ektni topishga, u turgan joyni aniqlashga, uning 
rangi, hidi, ta’mi, qattiq yo yumshoqligi, xarorati va boshqa sifatlari haqida axborot 
olishga imkon beradi.  
Idrok – sub’ektning axborotni qayta ishlashida sezgidan keyingi bosqichdir. Bu 
bosqich davomida ob’ekt, uning zamon va makoniy tavsifi yaxlit holda anglab olinadi 
va ideal obraz unga taalluqli moddiy ob’ektning o‘zi bilan, ya’ni idrok ob’ektining o‘zi 
bilan taqqoslanadi.  
Emotsiya. Ong tuzilishining emotsional komponenti hodisalar va voqealarga 
ijobiy yoki salbiy munosabat (umid, quvonch, qo‘rquv, umidsizlik va sh.k.) yoki 
loqaydlikni keltirib chiqaradi.  
Irodaning ishtirokisiz ong hech bir ish qilolmaydi, iroda odamning 
xattiharakatini tartibga solib turadi, uni istalgan maqsadga erishishga yo‘naltiradi.  
Xotira - kishining yoki kishilik jamiyatining o‘zining yoki o‘zganing o‘tgan 
zamondagi faoliyatini hozirgi zamonda saqlab qolish va tiklash layoqatidir.  
bo‘lsa, fikr fikrlovchi materiyaning, inson bosh miyasining, miya katta yarim sharining oliy xossasidir. Ongning kelib chiqishi muammosi bo‘yicha quyidagi falsafiy-nazariy yondashuvlar tarixan tarkib topdi. Diniy yondashuv. Diniy nuqtai nazardan ong (jon) Xudo tomonidan yaratilgandir, ya’ni u ilohiy xilqatdir. Idealistik yondashuv. Idealizm ideal narsaning, ruhiy mohiyatning moddiy voqelikdan tashqarida va ungacha mavjud bo‘lganligini e’tirof etadi. Materialistik yondashuv. Materializm doirasida ham ongning kelib chiqishiga turlicha yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ongga, birbutun bog‘langan tizim sifatida, uning sezgi, fikr, emotsiya, iroda va xotira kabi ajralmas elementlari kiradi. Sezgi. Inson sezgilari tashqi dunyo haqidagi axborotlarni asosiy yetkazib beruvchilardir. Ko‘rib, ushlab, hidlab, eshitib va ta’mga qarab sezishlar sub’ektga dunyoni bilishga, o‘zini qiziqtirgan ob’ektni topishga, u turgan joyni aniqlashga, uning rangi, hidi, ta’mi, qattiq yo yumshoqligi, xarorati va boshqa sifatlari haqida axborot olishga imkon beradi. Idrok – sub’ektning axborotni qayta ishlashida sezgidan keyingi bosqichdir. Bu bosqich davomida ob’ekt, uning zamon va makoniy tavsifi yaxlit holda anglab olinadi va ideal obraz unga taalluqli moddiy ob’ektning o‘zi bilan, ya’ni idrok ob’ektining o‘zi bilan taqqoslanadi. Emotsiya. Ong tuzilishining emotsional komponenti hodisalar va voqealarga ijobiy yoki salbiy munosabat (umid, quvonch, qo‘rquv, umidsizlik va sh.k.) yoki loqaydlikni keltirib chiqaradi. Irodaning ishtirokisiz ong hech bir ish qilolmaydi, iroda odamning xattiharakatini tartibga solib turadi, uni istalgan maqsadga erishishga yo‘naltiradi. Xotira - kishining yoki kishilik jamiyatining o‘zining yoki o‘zganing o‘tgan zamondagi faoliyatini hozirgi zamonda saqlab qolish va tiklash layoqatidir.