BILISH NAZARIYASI, YO‘NALISHLARI VA ASOSIY MUAMMOLARI (Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari, Gnoseologiyaning mazmuni, Empirizm, ratsionalizm va epistemologiyaning uyg‘unligi, Bilishning asosiy turlari va shakllari)
Yuklangan vaqt
2024-04-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
56,2 KB
Ilmiybaza.uz
BILISH NAZARIYASI, YO‘NALISHLARI VA ASOSIY MUAMMOLARI
Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari.
Gnoseologiyaning mazmuni
Biz oldingi mavzularimizda insonning bilish jarayoni murakkab ziddiyatli
dialektik jarayon ekanligini, bilishning asosi va kriteriyasi amaliyot ekanligini
hamda bilishimizning ana shu xususiyatlarini ochib beruvchi dialektikaning
metodologik tamoyillarini ko‘rib chiqqan edik. Falsafaning gnoseologiya masalasi,
ya’ni dunyoni bilish mumkinmi yoki yo‘qmi? masalasini ham tahlil qilgan edik.
Falsafa bilish nazariyasi, obyektiv voqelik, rivojlanish qonunlarining kishi ongidagi
in’ikosi to‘g‘risidagi masalani o‘z ichiga oladi. Voqelik hodisalarini bilish oddiy
hayotiy tirikchilik uchun yo‘l topish emas, balki ilmiy tadqiqot yo‘li bilan izlanishlar
natijasida yangi fan yutuqlariga ega bo‘lish, yangi bilimlarni vujudga keltirishdan
ham iboratdir. Ma’lumki bilim insonning tarixiy amaliy faoliyati negizida vujudga
keladi. Tabiat va jamiyatning murakkab, xilma-xil, rang- barang hodisalarining
haqiqiy mazmunini, mohiyatini, rivojlanish qonunlarini bilishning aniq usullari
mavjud bo‘lib, ular ilmiy tadqiqot va izlanishning aniq yo‘nalishini ifodalaydi.
Har bir fan obyektini o‘rganuvchi predmetning aniq izlanish usuli mavjud
bo‘lib, bu xususiy, umumiy va eng umumiy usullardir. Ilmiy bilish masalasida usul
muammosi bilan falsafa tarixida Aristotel shug‘ullangan. Lekin, birinchi marta fanni
usul sistemasi asosida ingliz faylasufi F.Bekon ilgari surgan. U ilmiy bilishning
induktiv va empirik usuliga asos solgan. Dekart esa obyekt bilan subyekt munosabati
masalasida tafakkurning o‘ziga xos xusu- siyatlarini ko‘rsatgan, I.Kant bilishni
Ilmiybaza.uz
alohida shakllarga ega bo‘lgan o‘ziga xos faoliyat sifatida tahlil qilishga asos solgan.
Bu masalani hal etishda, ayniqsa, Gegel qarashlari alohida ahamiyat kasb etdi. U
bilishning, umuman ma’naviy faoliyatning umumiy uslubi– dialektikaning rolini
ko‘rsatib bergan.
Falsafa dialektikaning bu rolini saqlab qolib qayta ishlab chiqdi. Dialektika
ilmiy bilishning, obyektiv voqelikni bilishning asosi, umumiy metodologiyasidir.
Bu metod bilimlarning aniq, tarixiylik nuqtai nazaridan oldinni ko‘ra bilish
funksiyalariga ega bo‘lgan usulidir. Falsafa obyektivlik prinsipiga e’tibor berishni
ta’kidlaydi. U voqelikka har qanday yondoshish, yaqinlashishning son–sanoqsiz
turlari, har bir ayrim turdan o‘sib butunga aylanuvchi sistemasi borligini ifodalaydi.
Bilishda metafizik tafakkur usuli hukmronlik qilgan davrda bilishning shakl
va usullari bir–biriga bog‘liq bo‘lmagan holda olib qaralgan. Bilishning empirik va
nazariy tomonlari, ular orasidagi munosabat masalasi ham bir tomonlama hal
qilingan. Falsafa uslubi asosida tabiat, jamiyat tafakkur hodisalarining eng umumiy
qonuniyatlari ochiladi. Ilmiy bilish jarayonida turli xil uslub va uslullarni qo‘llash
asosida bilim vujudga keladi va rivojlanadi. Bu masala gnoselogik xarakterdagi
masala bo‘lib, amaliy va nazariy faoliyatning murakkab dialektik munosabatlarini
o‘z ichiga oladi. Hayotdagi bilishning aniq shakl va usullaridan foydalanish orqali
ilmiy bilim rivojlanadi.
Bizni o‘rab turgan dunyoning hodisa va predmetlari ko‘p qirrali, ko‘p sifatlilik
xususiyatiga ega. Ularni bir vaqtda tushunish, bilish mumkin emas. Shuning
uchun bilish metodologiyasi bilishning umumiy uslubi va tafakkur usulining
rivojlanish qonunlarini asoslab berdi. Bu umumiy metod asosida har bir aniq fan
o‘zining usul va usullarini ishlab chiqadi. Aniq fanlar usuli xususiy usul hisoblanadi.
Falsafa usuli eng umumiy uslub yoki ilmiy bilish metodolo- giyasidir.Bilish
jarayoni subyekt – inson bilan bog‘liq jarayon. Insonsiz bilish jarayoni bo‘lishi
mumkin emas. Subyektning ilmiy bilish jarayonidagi faoliyati quyidagi sxemaga
asoslanadi: masa-
laning qo‘yilishi, hal qilinishi, natijaning to‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligini tekshirish, yangi masalaning qo‘yilishi yoki eski masala qaytadan
tekshirilishi kabilardir. Bu jarayon spiralsimon taraqqiyot yo‘li bilan davom etadi.
Ilmiybaza.uz
Bilish
jarayoni spiralni
tashkil
etuvchi xalqalar yig‘indisi
bilan bog‘liqdir. Har bir xalqa ma’lum masalaning to‘g‘ri qo‘yilishi, hal qilinishi
bilan aniq va noaniq bilimlar to‘plami yoki tizimini ifodalaydi. Bu tizimlar
muammosi masalalarning qo‘yilishi va hal etganligini ifodalaydi. Har bir muammo
yoki masalalar tarixiy aniq bilish jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. Shuning
uchun har bir fanning o‘z predmeti va tadqiqot usuli mavjud. Har bir fan o‘zi
o‘rganayotgan obyektga nisbatan amaliy va nazariy tadqiqot usuli orqali
yondoshadi. Lekin, ba’zi bir fanlar bir–biriga yaqin bo‘lgani uchun ularning
tushuncha va qonunlari ham bir–biriga yaqindir. Shu jihatdan ularning izlanish
usullari ham o‘zaro yaqin. Aniq usullar asosida ularning bilim tizimi chuqurlashib
borsa, umumiy usul orqali bilish doirasi kengayib boradi. Masalan, fizika, kimyo,
biologiya singari fanlar o‘zlarining maxsus usullari orqali izlanishi bilan bilim
chuqurlashsa, izlanishning umumiy uslubi (masalan, modda tuzilishiga ko‘ra,
energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish nazariyasiga ko‘ra)
orqali bilim kengayadi. Fan tarixida vujudga kelgan, tabiat, ijtimoiy va texnik fanlar
tizimi va har bir tizimni tashkil etuvchi aniq predmetlar tizimi vujudga kelgan ekan,
ularning har biri aniq tadqiqot usuliga ega. Ularning tadqiqot usullarida esa umumiy
o‘xshash tomonlar bo‘lishi mumkin. Bilishning barcha fan uchun umumiy tadqiqot
usuli quyidagicha izohlanadi. Ilmiy bilishning fan uchun umumiy uslubi: analiz va
sintez, induksiya va deduksiya, analogiya mantiqiylik va tarixiylik abstraktidan
aniqlikka yoki aksincha.
Ilmiy bilishning bu uslublari fan taraqqiyotida garchi umumiy hisoblansa
ham, eng umumiy falsafiy dialektik uslubga nisbatan xususiy bo‘lishi mumkin.
Lekin bu uslublar (xususiy holda) falsafiy yoki umumiy usul bilan bog‘langandir.
Xususiylik bilan umumiy- likning bog‘lanishi qonuniy jarayondir. Biz uni
dialektikaning kategoriyalari mavzusini o‘tganda tahlil qilgan edik.
Har qanday masalani hal qilinishi mantiqda universal, ilmiy tafakkur uslubi
mavhumlikdan aniqlikka qarab borish uslubidir.
Bu uslub didaktikaning eng asosiy tamoyiliga aylangandir. Har bir uslub aniq
ilmiy bilish jarayonida bir–biri bilan bog‘liq yoki bir– biriga zid bo‘lishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
Shuning uchun har bir uslubning vazifasi bilimning haqiqiy aniq bilim ekanligini
isbotlashidir. Shu usul orqali bilim yanada chuqur va keng mazmun asosida boyib
boradi. Masalan, klassik fizikaning rivojlanishi natijasida nisbiylik nazariyasi, Kvant
mexanikasi, elementar zarralar fizikasi kelib chiqdi. Mikrofizika qonunlarini
o‘rganish va tahlil qilinishi natijasida uni klassik fizikaga tatbiq etishning o‘ziga xos
xususiyatlari aniqlandi.
Shunday qilib, biz xususiylik va umumiylik dialektikasiga asoslangan holda
falsafiy usul bilan xususiy fan usullarining o‘zaro munosabatini ko‘rib chiqdik.
Falsafiy uslub real olamni ilmiy bilishning eng umumiy uslubi bo‘lib, u barcha fanlar
uchun metodologiyadir. Falsafiy uslub xususiy fanlar, erishgan yutuqlardan
foydalanib, ularning uslublari bilan birgalikda rivojlanadi. Ular bir– birini to‘ldiradi
va boyitadi. Xususiy, umumiy va eng umumiy uslublar tadqiqotning yaxlit
sistemasini tashkil etadi. Uslub bilim harakati, yangi bilimga borish usulidir.
Empirizm, ratsionalizm va epistemologiyaning uyg‘unligi.
Bilimning asosiy, haqiqiy, aniq mazmunini ifodalashda bir– biridan farq
qiluvchi, sifat jihatidan o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan darajalariga e’tibor
berish kerak. Ular empirik va nazariy bilim darajalaridir.
Bilimning empirik darajasi asosan tajriba bilan bog‘langan. Kuzatish va
eksperimentlardan asbob orqali olingan ma’lumotlar empirik bilim asosi bo‘lib, u,
shu asosda vujudga keladi va rivojlanadi. Eksperimentlar fizika, biologiya,
fiziologiya, psixologi- ya, sotsiologiyada ham keng qo‘llanilmoqda. Nazariy bilim
empirik darajadan farq qiladi, u nazariy tafakkur orqali vujudga keladi. Lekin shuni
aytish kerakki, bu ikki bilim darajasi o‘zaro bog‘langan nazariy bilim empirik
bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi. Ammo hamma vaqt nazariya
bevosita tajribadan kelib chiqmay, balki boshlang‘ich asos sifatida foydalanish bilan
mavjud tushuncha va nazariyalar asosida kelib chiqishi mumkin. Masalan, nisbiylik
nazariyasi Lobachevskiy va Riman geometriyasining sintezi sifatida kelib chiqqan.
Ilmiybaza.uz
Bu ayrim nazariy bilimlarga nisbatan misol bo‘lishi mumkin. Lekin umuman nazariy
bilimlarni oladigan bo‘lsak, albatta u empirik bilim darajasi bilan bevosita yoki
bilvosita bog‘liqdir.
Nazariy bilimlar tajriba ma’lumotiga nisbatan o‘zib ketishi mum- kin. Masalan,
nazariy fizikada antizarralar haqidagi fikr tajriba yo‘li bilan emas, balki nazariy
hisoblashlar orqali topilgan. Ba’zan kutilmaganda tajriba nazariyani isbotlashi yoki
isbotlamasligi mumkin. Bu holda tajriba yangi nazariya uchun manba bo‘lib qoladi.
Tajribaning qimmati ham mana shundadir – degan edi akademik S.I.Vavilov.
Empirizm (yunon.empeiria – tajriba) hissiy tajribani bilishning asosiy yoki
birdan bir manbai deb e’tirof etuvchi oqim. Tajriba va hissiy bilishning
ahamiyatini barcha bilish jarayonlaridan ustun qo‘yib, aqliy jihatlarga e’tibor
bermaydi. Ya’ni ratsional bilishdagi tushunchalar nazariyalarning roliga salbiy
munosabatda bo‘ladi. Empirizm oqimi XVII-XVIII asrlarda paydo bo‘lgan.
Empirizmni F.Bekon, T.Gobbs, J.Lokk, J.Berkli, D.Yum kabi faylasuflar targ‘ib
qilganlar. Ularning fikricha, tajriba inson sezgi organlariga predmet va hodisalar
ta’sir etadi. Faqat shu doirada bilish namoyon bo‘ladi. Tajriba sof subyektiv
xarakterga ega bo‘lib, har qanday odam o‘z tajribasidan chetga chiqa olmaydi, deb
tushuntiradilar. Demak, bu ta’limotning kamchiligi shundaki, insonning
ijodkorligiga e’tibor bermaydi. Hissiy tajriba bilishda yagona emas, balki bilish
nazariy tafakkurdan ham iboratdir. Hozirgi paytda empirizmning tarafdorlari
pozivitizm,neopozivitizm oqimlarida ko‘rinadi, ular empirizmning davomchilaridir.
Bilish muammosini tushuntirishda ratsionalizm oqimining ham o‘rni bor.
Ratsionalizm (lotincha rationalis – aqllilik,vatio – aql) bilishning asosiy vositasi bu
kishilarning xulq-atvoridir deb tushuntiradi. Bilish jarayonida aqlni hissiy sezgi,
idrok, tasavvur orqali tushunish mumkin. Ya’ni bilishda sezgi, idrok, tasavvur
ustuvordir. XVII-XVIII asrlarda yashab o‘tgan R.Dekart, B.Spinoza, G.Leybnitslar
o‘rta asrlar sxolastikasiga qarshi chiqganlar. Ularning fikricha haqiqiy ilmiy bilishga
aql vositasidagina erishiladi. Insonning hissiyotlari hamma vaqt ham predmet va
hodisalar to‘g‘risida to‘la ma’lumot bera olmaydi. Ratsionalizmning mohiyati
falsafiy kategoriyalar orqali ochib beriladi. Gnoseologiyada ratsionalizm keng va tor
Ilmiybaza.uz
ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’noda u, irratsionalizmga qarshi, tor ma’noda esa
empirizm va sensualizmga qarshi deb qaraydi.
So‘nggi yillarda falsafaga epistemologiya so‘zi ham kirib keldi. Aslida bu so‘z
ham bilish nazariyasi sifatida qaraladi. Epistemologiya so‘zi yunon tilidan olingan
bo‘lib episteme – bilim va logos –ta’limot demakdir. Falsafani bo‘limi hisoblanadi.
Gnoseologiya singari bilish jarayonining mazmun va mohiyati bilishning voqealikka
bo‘lgan munosabati, bilish jarayonining umumiy asoslarini, uning haqi- qatliligi,
shart-sharoitlari kabi muammolarni o‘rganadi. Epistemo- logiyaning asosiy
muammolari: bilishning tuzilishi, turlari, qoidalari, o‘zgarishlari va rivojlanishi,
ilmiy nazariy va amaliy faoliyatda uning xosiyatliligi va hayotga joriy etish holatlari
hisoblanadi. Antik dunyo davridayoq shularga e’tibor qaratilgan. Epistemologiya
bilish jarayonidagi obyektiv hisoblangan narsa va hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarga
ega bo‘lish yo‘llarini xarakterlab beradi.
Bilishning asosiy turlari va shakllari
Demak, nazariyalar asosida empirik bilim umumlashtirildi, tizimlashtirildi,
natijada yangi nazariyalar kelib chiqadi yoki eskisi to‘ldiriladi. Bu yerda bir narsani
unutmaslik darkor: empirik va nazariy bilim darajasi haqida fikr yuritar ekanmiz,
hissiy (konkret) va mantiqiy (abstrakt) bilim haqida gapirishda ularni bir–biriga
aralashtirmaslik kerak. Empirik bilim darajasi ham nazariy bilim darajasi ham aniq
va abstraksiya metodi vositasi bilan voqelikni bilishga olib kelishini e’tirof etish
zarur. Empirik bilish darajasi voqelikni yaxlit ichki, chuqur aloqalarini bilib olishga
emas, aksincha, tashqi munosabat va aloqalarni bilishga olib keladi. Empirik bilim
obyektning yaxlit ichki va tashqi mohiyatini, nazariy bilim darajasi bog‘lanishini aks
ettirishga intiladi. Inson hech qachon voqelikni, to‘la qamrab olishga erisha olmaydi.
Uni har tomonlama bilib olishga intiladi. Empirik bilish darajasining usullari
shunday qilib quydagicha bo‘ladi: priborlar, asboblar yordamida kuzatish,
Ilmiybaza.uz
eksperiment o‘tkazish, taqqoslash, modellashtirish, formallashtirish, matematik
hisoblash, sistemali, strukturali yondoshish.
Nazariy darajaning usuli tarixiy va mantiqiylikdir. Tarixiylik usul voqelikni
aniq shakllarda butun borlig‘i bilan yoritishning zaruratidir. Mantiqiylik esa
obyektning eng muhim aloqalarini abstraksiya sistemasida qayta hosil qilish orqali
uning mohiyatni ochib berishdir. Bu usul predmetning strukturasini, uning tarixini
o‘rganish orqali tushunish imkonini beradi. Mantiqiylik tarixiylik bilan dialektik
bog‘langandir.
Demak, bilimning nazariy darajasining usuli tarixiylik, man- tiqiylik
mavhumligidan aniqlikka tizimli, strukturali yondoshishdir. Har ikki darajaning
umumiy usuli: analiz va sintez, induksiya va deduksiya, analogiya va
matematikalashtirish. Bu usullar har ikki bilim darajalarining vujudga kelishi va
rivojlanishini ifodalaydi. Bu usullar
empirik
yoki
nazariy
bilimlarni
rivojlantirishning muayyan tipidir. Mazkur usullar yordami bilan yangi bilim hosil
qilinadi yoki mavjud bilim yangi mazmun bilan boyitiladi.
Bilishda empirik va nazariy darajalar ilmiy tadqiqotning turli usuli
hisoblanadi. Bilishning hissiy xususiyati sezgi, idrok va tasavvur shakllaridan iborat
in’ikos shakli bo‘lsa, empirik darajasi eksperiment o‘tkazish asosida yangi dalillarni
tizimlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan bilishning faoliyati hisoblanadi. Bu daraja
nazariya bilan bog‘liqdir.
Bilimlarimizning haqiqiy ekanligini isbotlashning birdan bir o‘lchovi
kishilarning moddiy ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy
faoliyatdir. Ilmiy bilishning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan ilmiy tadqiqotning
yangi usullari, tafakkur uslubi va unga xos til vujudga keladi. Bilish jarayoni
ziddiyatli jarayondir. Hamma vaqt eskirib borayotgan bilim yangisini keltirib
chiqaradi, degan edik. Bu ikki tomon orasidagi ziddiyatli musbatning hal qilinishi
bilan yangi qonunlar, nazariyalar tushuncha va tamoyillar, ya’ni yangi bilim tizimi
kelib chiqadi. Demak, bilimlarimiz tizimi aniq tarixiy bo‘lishi bilan birga ma’lum
chegaraga ham ega. Bu tamoyil ya’ni tarixiylik, ma’lum aniq tarixiy davrda subyekt
tomonidan obyektning qanday darajada aks etganligini ifodalaydi. Bilim
Ilmiybaza.uz
darajalarining empirik va nazariy darajasi o‘zaro bog‘liq. Nazariy tizimlar kuzatish,
eksperiment natijasida vujudga kelgan bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga
keladi. Bu, albatta, hamma nazariy bilim tizimi bevosita empirik bilish natijasi,
degan ma’noni bildirmaydi. Empirik bilim mavjud nazariy bilimlar asosida vujudga
kelishi mumkin. Nisbiylik nazariyasi o‘zining kelib chiqish jihatidan hech bir fizik
yoki astronomik natijasidan emas, balki nisbiylik nazariyasi, Lobachevskiy va
Riman geometriyasining sintezi sifatida vujudga kelgan. Nazariy bilim empirik
bilim bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liqdir.
Ba’zida nazariy bilim empirik bilimdan o‘zib ketishi mumkin. Masalan,
nazariy fizika antizarradan eksperimental yo‘l bilan topilishidan ilgari ularning
mavjudligini keltirib chiqargan. Ba’zida, degan edi fizik olim S.I.Vavilov, tajriba
muayyan bilim tizimlarini to‘g‘ri yoki xatoligini tekshirish uchun ham o‘tkaziladi.
Ba’zida mana shunday tajriba yangi nazariyaning kelib chiqishiga kutilmaganda
sabab bo‘ladi. Masalan, radioaktivlik haqidagi ta’limot shu tariqa yuzaga kelgan.
Demak, bilimlarning rivojlanishi ma’lum darajada asoslab berilgan nazariyalarga
bog‘liq ekan. Hozirgi zamon adabiyotshunoslik va jamiyatshunoslikning ko‘p
sohalarida empirik material to‘plangan, ular fundamental nazariyalarga ehtiyoj
sezmoqda. Fan–texnika taraqqiyotining muhim yo‘nalishlarida rivojlanishni
jadallashtirmoq barcha ilg‘or sohalarni tez va keng ko‘lamda o‘zlashtirmoq, ishlab
chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan o‘zgartirmoq demakdir.
Hozirgi vaqtda davlatimiz fan–texnika taraqqiyoti aosida ijtimoiy iqtisodiy
rivojlanishni jadallashtirishning tarixiy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib
berayotir. Bu masalani hal qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan,
respublikamiz chinni zavodi uchun keramika tashib kelinardi. Buni endi o‘z fanimiz
rivoji asosida ishlab chiqarish vaqti keldi.
Fan va texnikani jadal sur’atlar bilan rivojlantirishda mazkur bilimlarni
umumlashtirish, tizimlashtirish talab etiladi. Bu esa yangi bilimlar uchun yo‘l
ochadi. Fan taraqqiyotida, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda parallelizmga yo‘l
qo‘yish mumkin emas. Ilmiy tadqiqot muammolari, ularning yechimlari fan
taraqqiyoti uchun samarali bo‘lishi kerak. Davlatimizning fan sohasidagi siyosati
Ilmiybaza.uz
bilimning barcha tarmoqlarining jadal ravnaq toptirish uchun qulay shart–sharoitlar
yaratishga, xodimlarni, moddiy va ma’naviy resurslarni mo‘ljallanilayotgan
iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarga erishish, jamiyatning ma’naviy rivojlanishini
jadallashtirish, mamlakatning ishonchli mudofaa qudratini ta’minlash lozim bo‘lgan
eng istiqbolli natijalarni jamlashga qaratilgandir.
Bilish jarayonida olimning ijodiy faoliyati qanday qonunlarga amal qilishni,
ya’ni uning harakati ma’lum qonun shaklga egami yoki yo‘qmi, degan savol
tug‘iladi. Bu savolga javob berish uchun ilmiy bilishning aniq usullari bilan birga
shakllari ham bor ekanligini ko‘rib chiqamiz. Ilmiy bilishning shakllari: ilmiy
muammo, dalil, nazariya, gipoteza, qonun, g‘oyadir.
Bilishning bu shakllari bir–biri bilan dialektik munosabatda bo‘lib, biri
ikkinchisini to‘ldiradi. Bir bilim sistemasidan ikkinchi sistemaning kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi.
Bilishning rivojlanishi jarayonida bu shakllarning har biri o‘z mohiyatiga
ko‘ra ma’lum vazifani bajaradi. Biz ularning alohida–alohida olib o‘rganish bilan
ularning bilishdagi o‘rni, mohiyati va vazifasini to‘la tushunishimiz mumkin.
Bilishda subyekt va obyektning o‘zaro aloqasi
Inson o‘z aql va idroki bilan amaliy faoliyati jarayonida voqelik hodisalari va
ularning mohiyatini bilishga intiladi. Bilish jarayonida insonning ijodiy faoliyati
ma’lum qonuniyatga bo‘ysunadimi yoki yo‘qmi degan savol qo‘yiladi. Bu savolga
javob berish bilishning shakli orqali amalga oshadi. Shakllardan biri bo‘lgan dalillar
kishilarning bilimidagi amaliy faoliyatining natijasi, voqelikning, bilishning asosiy
bosqichidir. Nazariyotchi uchun bilib olingan nazariya bilan yangi dalil orasida kelib
chiqqan ziddiyatdan boshqa qiziqarliroq narsa bo‘lishi mumkin emas. Demak,
izlanuvchi uchun muhim narsa, dalil bilan eski nazariy bilim orasidagi ziddiyatli
bog‘lanishni aniqlashdan iborat. Bu ziddiyatli munosabat esa izlanuvchi oldiga
yangi hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifani qo‘yadi. Bu ziddiyatli vazifa yangi
Ilmiybaza.uz
masalani, ya’ni muammo(ilmiy muammo)ning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu
muammo amaliy yoki nazariy muammo bo‘lishi mumkin. Sub’yekt, obyektiv
borliqning asosiy tomonlarini, ko‘rinishlarini bilish jarayonida o‘z bilimi bilan yangi
dalillar bilan boyitadi, chuqurlashtiradi. Bilimning chuqurlashishi jarayonida yig‘ilgan
aniq dalillar bir–biri bilan taqqoslanadi va mantiqan izchil sistemaga solinadi. Bunday
tizimlar bilimning biror sohasiga (fizika, kimyo, geologiya, meditsina), jamiyatga yoki
umuman borliqqa tegishli bo‘lishi mumkin. Demak, nazariyalar konkret fan, ijtimoiy
fan nazariyalariga ajratiladi. Har bir nazariya tarixiy taraqqiyot jarayonining muayyan
davrida mavjud bo‘lgan bilimlarni o‘z doirasida sistemalashtiradi. Lekin
insoniyatning bilim doirasi kengayib chuqurlashib borgan sari eski nazariyalar yangi
kashf etilgan qonunlar, topilgan yangi dalillarning xususiyatlarini tushuntirib bera
olmaydi va nazariyaga o‘z o‘rnini bo‘shatadi. Demak, eski nazariya dialektik tarzda
yangisiga o‘rin bo‘shatadi.
Ba’zilar nazariyani qotib qolgan, o‘zgarmas, abadiy deya da’vo qiladilar. Bu
bilimning dialektik taraqqiyotiga zid qarashdir. Nazariya azaldan mavjud, borliq esa
shu azaliy nazariyalarning namoyon bo‘lishidir, deb da’vo qiladilar. Bu noto‘g‘ri.
Biz nazariya haqida gapirar ekanmiz, gipoteza haqida ham tushuncha
beramiz. Chunki nazariyaning boshlang‘ich shakli gipoteza. Amaliyotda, amaliy
tekshirish jarayonida gipotezaning to‘g‘ri haqiqat ekanligi isbotlansa, yangi nazariya
yuzaga kelishi mumkin. Hali ilmiy asosda tasdiqlanmagan faraz gipotezadir. Faraz
oddiy kuzatish yo‘li bilan isbot qilinmaydi. Gipoteza hodisalarni izohlab berganligi
uchun to‘g‘ri deb, hisoblanadi. Lekin u ilmiy xarakterdagi nazariyadan farqlanadi.
Gipoteza uzoq izlanish, tajriba, eksperiment o‘tkazish natijasida yuzaga keladi.
Fanda gipotezaning roli katta. U obyektiv qonunlarni topishga qaratilgan, fikrga
ma’lum yo‘nalish beradi. Har qanday ilmiy nazariya avvalo gipoteza shaklida
vujudga kelib, so‘ng bir necha bor isbotlanishi jarayonida nazariyaga aylanishi
mumkin. A.I.Oparinning yerda hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi gipotezasini
hozirgi fan taraqqiyoti asoslamoqda. Gipoteza-ilmiy turtki vazifasini bajaradi, desak
ham bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot jarayonida yangi gipotezalar vujudga keladi va haqiqatni
aniqlash, ilmiy tadqiqotni yanada kengaytirish uchun katta imkoniyat ochib beradi.
Ilmiybaza.uz
Masalan, hozir quyosh tizimidagi sayyoralarda hayotning mavjudligi kabi
gipotezalar borki, ular isbotlanib ilmiy nazariyaga aylanishi mumkin. Nazariya o‘z
o‘rnida yangi ilmiy tadqiqotlarga yo‘l ko‘rsatadi, ularning yo‘nalishini aniqlashga
yordam beradi. Bu tadqiqotlar esa o‘z navbatida yangi nazariya va qonuniyatlarning
shakllanishiga olib keladi.
Demak, bilishning rivojlanishida shakllarining ahamiyati kat- tadir. Ilmiy
bilishda shakllarning metodologik ahamiyatini ko‘pgina faylasuflar asarlarida
ko‘rsatib, ularning bilish rivojlanishidagi o‘rni, o‘zaro aloqadorligi dialektik
munosabatini ilmiy asoslab berganlar.
Ilmiy bilishning yana bir shakli qonundir. Qonun–narsa va hodisalar
o‘rtasidagi zaruriy, muhim, barqaror takrorlanuvchi munosabatlarini ifodalovchi
dialektikaning kategoriyasidir. Bu joyda qonunni ilmiy bilishning shakli sifatida
ko‘ramiz. Ilmiy bilish jarayonida qonun–obyektiv xarakterga ega bo‘lgan
narsalarning real munosabatlarini, shuningdek ularning real in’ikosini ifodalashni,
tabiat, jamiyat va tafakkurdagi sodir bo‘ladigan jarayonlarni bilish mumkinligini va
bilishning rivojlanishidagi uning yo‘nalishiga ozmi– ko‘pmi ta’sir etish
mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Qonun umuman narsa va hodisalarning mohiyatini ifodalaydi. Ularning
ochilishi va tatbiq etilishi ma’lum darajada fanning, ijtimoiy taraqqiyotning ilgarilab
borishiga ta’sir etadi. Kelajakni bashorat qilishga yordam beradi. Qonunlarning
to‘g‘riligini amaliyot isbot qiladi. Har bir ijtimoiy hayot sohasida ma’lum qonunlar
ochiladi. Eski qonunlar yangi qonunlarga o‘rin bo‘shatadi. Moddiy olam cheksiz,
undagi hodisalar, narsalar, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar murakkabdir. Mana shu
murakkab ko‘p qirrali bog‘lanishlarni bilish orqali yangi–yangi qonunlar ochiladi.
Masalan, hozirgi fizikaning taraqqiyoti mikrodunyo qonunlarini bilishga olib keladi.
Nazariya singari qonun ham qotib qolgan emas. Shuningdek, qonun ham nazariya
singari bilimning nisbatan tugallangan tizimidir. Bu tizim taraqqiyot jarayonida
o‘zgarib turadi. Yangi dalillar, nazariy bilimlari bilan birga ularni ifodalovchi
qonunlar ham kelib chiqishi kerak. Yangi qonunlar eski qonunlar zaminida,
ziddiyatli vaziyatda vujudga keladi.
Ilmiybaza.uz
Yuqorida ko‘rsatilganidek, bilim subyektning tarixiy amaliy faoliyati asosida
paydo bo‘ladi, rivojlanadi va unga xizmat qiladi. Shuning uchun ham bilish
bilimning muayyan shakllari asosida ro‘yobga chiqadi va tizimlashtiriladi. Bilim
to‘liq, obyektiv, aniq yuqori darajaga erishgani bilan, yangi g‘oyani, ideyani keltirib
chiqaradi. Demak, yangi bilimning kelib chiqishida g‘oyaning roli katta. G‘oyani
kishilar moddiy vosita bilan emas, insonning ma’naviy kuchlari yordami bilan
ro‘yobga chiqaradilar. Subyekt o‘z faoliyati bilan obyektni o‘zgartirishga azm
qiladi.
Subyektning azmi qarori tafakkur beradigan bilimga asolanadi. g‘oyaning
amalga oshishida esa ishonchkatta ahamiyat kasb etadi. g‘oyalar inson dunyosini
boyitmoq uchun o‘zi moddiylashmog‘i kerak. Buning ikki tomoni bor: 1) ijtimoiy
tomoni; 2) gnoseologik (bilish) tomonidir. G‘oya voqelikda mujassamlashgan
uning haqiqatligi aniqlanadi. g‘oyaning predmetlashuvi tadqiqotning bir davrasini
yakunlab, ikkinchisini keltirib chiqaradi.
Ilmiy bilishni qisqacha ko‘rib chiqilgan shakllari - dialektik tafakkur
taraqqiyotining falsafiy asosda tushunishlikni talab qiladi. Ilmiy bilishning metod va
shakllari voqelikning inson ongidagi in’ikosi jarayoni bilan bevosita bog‘liq holda
qarashning zarurligini taqozo qiladi. Bu jarayon dialektik jarayon bo‘lib,
falsafaning qonunlari asosida hal qilinadi. Ilmiy bilishning usul va shakllari ham
dialektik munosabatda bo‘lib, uni ilmiy asosda tushuna bilishni talab qiladi.
Ma’lumki, ilmiy bilish shakllarini o‘rganish bilan logika (mantiq)
shug‘ullanadi. Falsafa obyektiv olam taraqqiyotining eng umumiy qonunlari
ahamiyatini, mohiyatini ochib berib, haqiqat to‘g‘risidagi fanga aylanadi. Falsafa
bilish nazariyasining metodologiyasi bo‘lishi bilan dialektik logika sifatida
maydonga chiqadi. Dialektik logika tafakkur shakllarining tuzilishinigina olib
qaramaydi, balki ularning aloqadorligi munosabati, harakatida olib qaraydi.
Hozirgi ilmiy texnik jarayon davrida jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti
jadallashib borayotgan bir vaqtda, fan rivoji ayniqsa zarurdir.
Mutafakkirlarning ijtimoiy jarayonlar qonuniyatlari haqida qimmatliroq
fikrlarni italiyalik olim Viko va nemis faylasufi Gegel aytganlar. Vikoning
Ilmiybaza.uz
aytishicha, jamiyat tarixi tabiat tarixidan shu bilan farq qiladiki, birinchisi biz
tomonimizdan, ikkinchisi esa bizning ishtirokimizsiz yaratilgan. U ijtimoiy
hodisalarni bilishning prinsipial imkoniyatlarini asoslab berishga harakat qilgan edi.
Viko tarixda odamiylikning o‘zida zaruriy o‘zaro kelishuvlari bilan
belgilanadigan fuqarolik dunyosini keng umumiy va doimiy tartibini ko‘radi. Biroq,
tarixni, oqilona olg‘a borishni e’lon qilgan holda, Viko insoniyat tarixini doimiy bir
xil bo‘lgan mexanik qaytarilishdan iborat qilib qo‘yadi. Jamiyat alohida odamdek
uch bosqichni: bolalik, yoshlik va yetuklikni bosib o‘tadi. “Bolalik” davriga xudolar
asri (davlatning bo‘lmasligi, koxinlar kastasining absolyut hokimligi), yetuklik
davriga esa “odam asri” (demokratiya respublika yoki demokratik ozodliklarga ega
bo‘lgan vakolatli monarxiya) to‘g‘ri keladi. Jamiyat rivojlanishi mana shu uch
bosqichni bosib o‘tib, boshlang‘ich nuqtasi qaytib keladi va o‘z tadrijotini o‘sha
aylana bo‘ylab davom ettirishga majburdir.
Gegelning qarashlariga muvofiq, tarixda ilohiy, absolyut, har bir xalq, har bir
individni pirovard maqsadga erishishiga majburlovchi, har bir davr uchun
qaytarilmas o‘ziga xoslikni ta’minlab turuvchi, shu bilan birga uni insoniyatning
umumiy taraqqiyotida zaruriy bosqichga aylantiruvchi ilohiy, absolyut aql
hukmronlik qiladi. Gegel jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlarini tarixni
o‘zidan qidirmagan edi. Aksincha, bu kuchlarni tarix sohasiga-chetdan, falsafiy
mafkuradan keltirib chiqargan edi.
Viko ham, Gegel ham ijtimoiy bilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqqanlar.
Ular ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini tushuntirishda idealistik pozitsiyada turib
tahlil qildilar.
Marksistik ta’limot ham ijtimoiy hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini
ochib beruvchi ijtimoiy bilishning ilmiy nazariyasini yaratishga yordam berdi.
Ularning fikricha, moddiy hayot, ishlab chiqarish usuli, umuman hayotning ijtimoiy,
siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi bo‘ladi. Paydo bo‘lgan barcha ijtimoiy
muno- sabatlarni va davlat munosabatlarini, barcha diniy va huquqiy tizimlarni,
barcha nazariy qarashlarni har bir tegishli davrdagi hayotning moddiy sharoitidan
keltirib chiqargan vaqtidagina tushu- nish mumkin.
Ilmiybaza.uz
Marksizm ta’limotida u yoki bu jamiyat nima ishlab chiqargani emas, balki
qay usulda ishlab chiqarishi bilan, uning asosida qanday ishlab chiqarish usuli
yotgani bilan tavsiflanadi. Moddiy boyliklar ishlab
chiqarish
usulining
rivojlanishi
almashinuvi
tabiiy
tarixiy tavsifga egadir. Ya’ni o‘z ichki
qonuniyatlariga asosan amalga oshib, uni o‘zgarishi esa ijtimoiy bilishning asosiy
masalasini tashkil qiladi. Ijtimoiy bilishning obyekti jamiyat, uning predmeti esa
inson hamda uning faoliyati va madaniyati hisoblanadi. Insoniyat jamiyati tabiat
qonunlaridan farq qiladigan o‘ziga xos alohida qonunlar asosida rivojlanadi. Inson
hayoti, hayvon hayotidan farqlanib, ijtimoiy qonuniyatlar tomonidan boshqariladi,
ularning o‘ziga xos belgilari esa birinchi navbatda mehnat faoliyati, ularning
moddiy hayotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarish bilan bog‘liq.
Jamiyat tarixi subyektning o‘z maqsadiga erishishidagi faoliyatdan boshqa
narsa emas. Jamiyat tarixi ongli mavjudotlar, insonlarning o‘zaro ta’sirlari
mahsulidir.
Kishilar tarixiy dramaning aktyorlari bo‘lib qolmasdan mualliflari hamdir.
Ular
iste’mol
vositalari
sifatida
tabiat
bergan
tayyor
narsalardangina
foydalanmasdan, o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun
zaruriy vositalarni mehnat qurollari yordamida ishlab chiqaradilar. Mehnat faoliyati
asosida va jarayonida inson tafakkuri va tili, ma’naviy dunyosi, uning madaniyati
kelib chiqadi va rivojlanadi.
Ma’lumki, obyektiv olamni bilishda tafakkur ham katta ahamiyatga ega.
Tafakkur deganda predmet va hodisalarning inson ongida mavhumlashgan, ya’ni
abstraksiyalashgan holda aks etishi tushuniladi. Tafakkur obyektiv olamning
in’ikosini oliy shaklidir. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g‘oya, faraz,
o‘ylash kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushuncha, hukm, xulosalar
shaklida ifodalanadi. Tafakkurni paydo bo‘lishi tevarak- atrofdagi shart-sharoitlarga
ham bog‘liq. Tafakkur ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli bo‘lib, bilim jarayonining
asosiy vositasi hamdir. Tafakkur bilish jarayonida nutq bilan aloqada bo‘ladi. Nutq
tafakkur unsurlarini bayon qilish usulidir. Demak, tafakkur va nutq o‘zaro aloqada,
bog‘lanishda, dialektik munosabatdadir. Ilmiy bilishda yuqorida aytganimizdek,
Ilmiybaza.uz
tafakkur o‘zining shakllariga ega. Ular: tushuncha, muhokama, (hukm) xulosalardir.
Inson tafakkuri fiziologiya, mantiq, psixologiya, gnoseologiya, falsafa, pedagogika,
informatika, kibernetika, iqtisodiyot, san’atshunoslik va boshqa fanlar tomonidan
turli usullar ishtirokida o‘rganiladi. Badiiy, ijodiy mahsullar, kashfiyotlar, ixtirolar,
takliflar inson tafakkurining natijasi hisoblanadi. Shu sababli ham bilish jarayoni
tafakkursiz ro‘y bermaydi.
Moddiy boyliklar ishlab chiqarish subyekt va obyektning o‘zaro ta’siridan
iborat bo‘lib, bu ta’sir natijasida subyekt ham, obyekt ham o‘zgaradi. Subyekt va
obyektning o‘zaro ta’siri jarayonida ularning bir-biriga o‘tishi sodir bo‘ladi,
subyekt obyektivlashadi, obyekt subyektivlashadi. Obyektivlashtirish jarayonida
subyektdan ma’lum miqdorda subyektiv energiyaning ajralishi sodir bo‘lib,
individning o‘z individualligini ma’lum bo‘lakning ajralishi va uni mahsulotda
o‘tirib qolishi yuz beradi. Demak, inson mehnat jarayonida subyektning ma’lum
qismini obyektiv mavjud predmetga aylantiradi. Obyektning subyektivlashishi ishlab
chiqarish jarayonida obyekt subyekt xususiyatlariga ega bo‘la borishida namoyon
bo‘ladi. Inson o‘z orzu niyatiga muvofiq narsa shaklini o‘zgartiradi. Unga o‘z
ehtiyojlariga muvofiq keladigan xususiyatlar bag‘ishlaydi. Bularning hammasi
jamiyatning organik birligini tashkil qilgan subyekt va obyektdan iborat ekanligidan
dalolat beradi.
Tabiatdan farq qiluvchi jamiyat, faqat bilish obyekti bo‘lmasdan, balki, uning
subyekti hamdir. Inson o‘zini o‘rab turgan dunyodan, chunonchi, hayvonot
olamidan ajralib chiqib subyektga voqelikni o‘zgartirish yo‘liga o‘tishi bilan ham
bog‘liq. Mehnatdagina “insonning shakllanishi” vujudga keladi.
Ijtimoiy bilish, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari amal qilishning o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqadigan qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy bilishda
jamiyatni (hodisalarni) tahlil qilganda, mikroskopdan ham, kimyoviy tahlildan ham
foydalaib bo‘lmaydi, unisini ham, bunisini ham inson abstraksiyasi egallaydi.
Haqiqatan ham ijtimoiy munosabatlar beqiyos turli tumanligi bilan tavsiflanadi.
Uning barcha garmoniyalarini bilib olishga doimo intiluvchi inson buning uddasidan
to‘la chiqa olmaydi. Insoniyatning eng oliy vazifasi xo‘jalik evolyutsiyasining mana
Ilmiybaza.uz
shu obyektiv mantig‘ini umumiy va asosiy belgilarida qamrab olishi va imkoniyati
boricha aniq, yorqin tanqidiy, o‘z ijtimoiy onglari bilan mam- lakatlardagi ilg‘or
ongga moslashtirmoq kerak. Ijtimoiy jarayonlarni bilishdagi qiyinchiliklar jamiyat
qonuniyatlari faoliyatidan kelib chiqadi.
Birinchidan, tabiat qonunlari olamidagi predmet va hodisalarni ojiz, stixiyali
kuchlarning o‘zaro ta’siri shaklida namoyon bo‘lsa, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari
esa ongga ega bo‘lgan kishilarning faoliyati orqali namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, uzoq amal qiluvchi tabiat qonunlaridan farq qiluvchi jamiyat
qonunlari ichida qisqaroq vaqt amal qilish xususiyatiga ega bo‘lganlari ham mavjud.
Ijtimoiy jarayonlarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri – ularning biologik
populyat- siyalar va barcha organik dunyo hodisalariga qaraganda yuqori tezlikda
rivojlanishidir. Tabiatda sharoit o‘zgarishi bilan yangi qonunlar kelib chiqishi
odatda uzoq davr mobaynida, million yoki milliard yillarda amalga oshadi. Ijtimoiy
hayotda esa ahvol boshqacha bo‘lib bu sharoitlar nisbatan tez o‘zgaradi.
Kishilik jamiyatining ko‘pgina qonunlari tabiat qonunlaridan farqli o‘laroq
ma’lum tarixiy davrdagina amal qiladi, keyin ular o‘z o‘rnini boshqa yangi
qonunlarga bo‘shatib beradilar. Bu hol insonlar ularni bekor qilganliklari uchun
emas, balki bu qonunlar amal qiluvchi sharoit o‘zgarganligi uchun amalga oshadi.
Uchinchidan, tabiatda yangi qonunning kashf qilinishi va qo‘llanishi ancha
tekis amalga oshadi va bevosita ijtimoiy larzalarga olib kelmaydi. Tabiat
qonunlarining kashf qilinishi va foydalanishi ishlab chiqarishning rivojlanishi va
texnika takomillashuvi ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shuning uchun turli e’tiqodli
kishilar tabiat qonunlarini ochishlari va o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishlari
mumkin.
Aksincha, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari kishilarning, jamiyatdagi guruhlar
munosabatlarini qamrab olib to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita ma’lum guruhlari
manfaatlariga ta’sir qilmasdan qola olmaydi. Guruhlar buni anglash yoki
anglamasligidan qat’iy-nazar, ular ijtimoiy taraqqiyot qonunlari talabini bajaradilar-
bunda ularning faoliyati tarixiy qonuniyatga mos keladi va ular o‘z maqsadlariga