Bioetika va uning vujudga kelishiga olib kelgan holatlar. Universal etika. Bioetikaning xususiyatlari. Bioetikaning tarkibi. Biotibbiy etikaning prinsiplari va qoidalari. Bioetikaning, tibbiy etikaning avvalgi modellardan farqli xususiyatlari.

Yuklangan vaqt

2025-09-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

22

Faytl hajmi

64,6 KB


 
 
 
 
Bioetika va uning vujudga kelishiga olib kelgan holatlar. Universal etika. 
Bioetikaning xususiyatlari. Bioetikaning tarkibi. Biotibbiy etikaning 
prinsiplari va qoidalari. Bioetikaning, tibbiy etikaning avvalgi modellardan 
farqli xususiyatlari. Bioetika ijtimoiy institut sifatida 
 
 
 
Ma’lumki, bioetika falsafa va tibbiyotning qo‘shilishi natijasida yuzaga keldi, 
mohir vrachga hayot va mamot masalalarini hal qilishda katta muvaffaqiyatlarga 
erishish imkonini beradigan amaliy falsafaga (amaliy etikaga) aylandi. Bioetika fan 
sohasi 
sifatida 
sotsiologiya, 
psixologiya, 
ijtimoiy 
psixologiya, 
mantiq, 
huquqshunoslik, menejment, pedagogika hamda boshqa tibbiy va notibbiy 
fanlarning yutuqlarini o‘zida jamladi, amaliy tibbiyotning axloqiy muammolarini, 
vrach va patsient munosabatlarining axloqiy jihatlarini o‘z ob’ekti deb oldi.    
Mamlakatimizda uzoq vaqt tibbiyot etikasiga asosan tibbiyot xodimi o‘zining 
kundalik kasbiy faoliyatida amal qiladigan axloqiy mezonlar majmui deb qarab 
kelindi. Ammo hozirda vaziyat o‘zgardi: insonparvarlik (insonga muhabbat, ya’ni 
mohiyat e’tibori bilan antropotsentrizm) etikasi o‘rnini biologik etika (borliqni 
hurmat qilish, uning betakrorligi va go‘zalligidan hayratlanish, barcha jonzotlarni 
qo‘llab-quvvatlash) – bioetika egalladi. Ko‘pgina mualliflar hozir mazkur 
tushunchalarni sinonimlar sifatida qo‘llamoqdalar. Rossiyada hatto tushunchalar 
gibridi – biotibbiyot etikasi yuzaga keldi (1).  
1990 yilda Strasburgda o‘tkazilgan bioetika masalalari bo‘yicha simpozium 
bergan ta’rifga ko‘ra, bioetika – tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab 
yuzaga keladigan axloqiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi bilim 
sohasi. Boshqacha qilib aytganda, bu borliqqa axloqiy munosabat mezonlari 
Logotip
Bioetika va uning vujudga kelishiga olib kelgan holatlar. Universal etika. Bioetikaning xususiyatlari. Bioetikaning tarkibi. Biotibbiy etikaning prinsiplari va qoidalari. Bioetikaning, tibbiy etikaning avvalgi modellardan farqli xususiyatlari. Bioetika ijtimoiy institut sifatida Ma’lumki, bioetika falsafa va tibbiyotning qo‘shilishi natijasida yuzaga keldi, mohir vrachga hayot va mamot masalalarini hal qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishish imkonini beradigan amaliy falsafaga (amaliy etikaga) aylandi. Bioetika fan sohasi sifatida sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy psixologiya, mantiq, huquqshunoslik, menejment, pedagogika hamda boshqa tibbiy va notibbiy fanlarning yutuqlarini o‘zida jamladi, amaliy tibbiyotning axloqiy muammolarini, vrach va patsient munosabatlarining axloqiy jihatlarini o‘z ob’ekti deb oldi. Mamlakatimizda uzoq vaqt tibbiyot etikasiga asosan tibbiyot xodimi o‘zining kundalik kasbiy faoliyatida amal qiladigan axloqiy mezonlar majmui deb qarab kelindi. Ammo hozirda vaziyat o‘zgardi: insonparvarlik (insonga muhabbat, ya’ni mohiyat e’tibori bilan antropotsentrizm) etikasi o‘rnini biologik etika (borliqni hurmat qilish, uning betakrorligi va go‘zalligidan hayratlanish, barcha jonzotlarni qo‘llab-quvvatlash) – bioetika egalladi. Ko‘pgina mualliflar hozir mazkur tushunchalarni sinonimlar sifatida qo‘llamoqdalar. Rossiyada hatto tushunchalar gibridi – biotibbiyot etikasi yuzaga keldi (1). 1990 yilda Strasburgda o‘tkazilgan bioetika masalalari bo‘yicha simpozium bergan ta’rifga ko‘ra, bioetika – tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab yuzaga keladigan axloqiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi bilim sohasi. Boshqacha qilib aytganda, bu borliqqa axloqiy munosabat mezonlari
to‘g‘risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilm-fan tajovuzidan himoya qiluvchi institut, 
shuningdek tibbiyot sohasidagi axloqiy muammolarni hal qilish metodologiyasidir. 
Bioetikaning asosiy maqsadi – insonni uning hayoti va sog‘lig‘iga tibbiyot va 
biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish.  
Agar tibbiyot etikasi faqat vrachlarga taalluqli bo‘lsa, bioetika qo‘mitalari 
faylasuflar, ekologlar, huquqshunoslar, jamoatchilik vakillari, shahar ma’murlaridan 
tuziladi. Tibbiyot etikasi vrachning majburiyatlari haqida so‘z yuritsa, bioetika 
patsientlarning huquqlarini himoya qiladi. Tibbiyot etikasi rivojlanishining asosiy 
bosqichlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz, chunki bioetika haqida biz faqat tibbiyotda 
1970 yildan keyin sodir bo‘lgan hodisalar nuqtai nazaridan so‘z yuritishga haqlimiz 
(2). 
1-bosqich tibbiyotning shakllanishidan boshlandi (asosiy axloqiy qadriyatlar – 
masalan, Avestoda YAxshilik va YOvuzlik tushunchalari, aximsa prinsipi va sh.k.ga 
tayanildi). Bosqich yunon faylasuflari (Suqrot, Platon, Aristotel) asarlarining, 
ayniqsa, «Gippokrat korpusi»ning paydo bo‘lishi bilan yakunlandi.   
2-bosqich monoteistik dinlar paydo bo‘lishi bilan boshlandi va ularning 
iudaizm, buddizm, xristianlik va islomda shakllanishi doirasida rivojlandi. 
Uyg‘onish davrida Markaziy Osiyoda yashagan va islom diniga e’tiqod qilgan 
tibbiyotchi-olimlarning asarlari: Al-Ruhaviyning «Tabibning amaliy odobi», Ibn-
Abu Useybiyning «Tibbiyot amri», Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va «Firuznoma» 
asarlari tibbiyot etikasi tarixida sezilarli iz qoldirdi. Arab tilida yozilgan mazkur 
asarlar musulmon dunyosidan tashqarida ham e’tirof etildi, lotin tiliga va Evropa 
tillariga tarjima qilindi.  
3-bosqich – X-XII asrlarda va keyingi asrlarda vrachlar uyushmalarining 
tashkil topishi. XII asrda o‘zining ravnaq bosqichiga etgan Salernodagi dunyoviy 
tibbiyot maktabi tibbiyot sohasidagi asarlarni arab tilidan lotinchaga o‘girish bilan 
shug‘ullanar edi. Tibbiyot etikasi rivojlanishining mazkur bosqichiga T.P. Persival 
asarlari («Tibbiyot etikasi», 1803 yil) yakun yasadi. «YAxshilik qil» prinsipi 
muhokama qilindi. 
Logotip
to‘g‘risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilm-fan tajovuzidan himoya qiluvchi institut, shuningdek tibbiyot sohasidagi axloqiy muammolarni hal qilish metodologiyasidir. Bioetikaning asosiy maqsadi – insonni uning hayoti va sog‘lig‘iga tibbiyot va biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish. Agar tibbiyot etikasi faqat vrachlarga taalluqli bo‘lsa, bioetika qo‘mitalari faylasuflar, ekologlar, huquqshunoslar, jamoatchilik vakillari, shahar ma’murlaridan tuziladi. Tibbiyot etikasi vrachning majburiyatlari haqida so‘z yuritsa, bioetika patsientlarning huquqlarini himoya qiladi. Tibbiyot etikasi rivojlanishining asosiy bosqichlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz, chunki bioetika haqida biz faqat tibbiyotda 1970 yildan keyin sodir bo‘lgan hodisalar nuqtai nazaridan so‘z yuritishga haqlimiz (2). 1-bosqich tibbiyotning shakllanishidan boshlandi (asosiy axloqiy qadriyatlar – masalan, Avestoda YAxshilik va YOvuzlik tushunchalari, aximsa prinsipi va sh.k.ga tayanildi). Bosqich yunon faylasuflari (Suqrot, Platon, Aristotel) asarlarining, ayniqsa, «Gippokrat korpusi»ning paydo bo‘lishi bilan yakunlandi. 2-bosqich monoteistik dinlar paydo bo‘lishi bilan boshlandi va ularning iudaizm, buddizm, xristianlik va islomda shakllanishi doirasida rivojlandi. Uyg‘onish davrida Markaziy Osiyoda yashagan va islom diniga e’tiqod qilgan tibbiyotchi-olimlarning asarlari: Al-Ruhaviyning «Tabibning amaliy odobi», Ibn- Abu Useybiyning «Tibbiyot amri», Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va «Firuznoma» asarlari tibbiyot etikasi tarixida sezilarli iz qoldirdi. Arab tilida yozilgan mazkur asarlar musulmon dunyosidan tashqarida ham e’tirof etildi, lotin tiliga va Evropa tillariga tarjima qilindi. 3-bosqich – X-XII asrlarda va keyingi asrlarda vrachlar uyushmalarining tashkil topishi. XII asrda o‘zining ravnaq bosqichiga etgan Salernodagi dunyoviy tibbiyot maktabi tibbiyot sohasidagi asarlarni arab tilidan lotinchaga o‘girish bilan shug‘ullanar edi. Tibbiyot etikasi rivojlanishining mazkur bosqichiga T.P. Persival asarlari («Tibbiyot etikasi», 1803 yil) yakun yasadi. «YAxshilik qil» prinsipi muhokama qilindi.
4-bosqich – «deontologiya bosqichi». Ingliz faylasufi va huquqshunosi I. 
Bentam o‘zining «Deontologiya yoki axloq to‘g‘risidagi fan» kitobida (1834 yil) har 
qanday kasb uchun deontologiyaning zarurligini utilitarizm nuqtai nazaridan 
tasdiqladi. Foyda keltirish, burch prinsiplari muhokama qilindi.  
5-bosqich 1948 yilda Jahon tibbiyot uyushmasining Jenevada bo‘lib o‘tgan 2-
sessiyasida deklaratsiya (XX asr Gippokrat qasamyodi) va Tibbiyot etikasi xalqaro 
kodeksi (1949 yil)ning qabul qilinishidan boshlandi. Mazkur bosqichda vrachning 
ijtimoiy roli juda ortdi, tibbiyot xodimlarini axloqiy tartibga solish esa yangi 
pog‘onaga ko‘tarildi va xalqaro bitimlar tuzish orqali mustahkamlandi. 1970 yilda 
V. 
Potter 
«bioetika» 
atamasini 
ilmiy 
muomalaga 
kiritildi 
(«Perspectivesinbiologyandmedicine»dagi «Bioetika, yashash haqidagi fan» 
maqolasida).  
                  Tibbiyot etikasining prinsiplari va modellari 
Tibbiyot etikasi – amaliy etikaning eng rivojlangan turlaridan biri mingyilliklar 
mobaynida vrachlar bilan azob-uqubatlar chekkan, alohida g‘amxo‘rlik va diqqat-
e’tiborga, ba’zan – nafaqat davoga, balki hayotini saqlab qolishga ham muhtoj 
bo‘lgan bemorlar o‘rtasida yuzaga keluvchi murakkab munosabatlarni tartibga 
solishga ham harakat qilib keldi.  
Tibbiyot etikasining asoschilaridan biri – buyuk Gippokrat vrach xulq-
atvorining asosiy prinsiplarini «Gippokrat qasamyodi»da ta’riflab berdi. Vrach-
patsient munosabatlari hamisha murakkab xususiyatga ega bo‘lgan, zotan, vrach 
bilim va hokimiyatga ega bo‘ladi, bemor esa unga o‘zining eng aziz narsasini (o‘z 
hayotini) ishonib topshiradi. SHuning uchun ham mazkur munosabatlar axloq va 
huquq bilan qat’iy tartibga solinishi kerak. Tibbiyot etikasi – vrach faoliyatiga ta’sir 
ko‘rsatishi lozim bo‘lgan o‘zaro aloqador shaxsiy va ijtimoiy prinsiplar majmui.  
Paternalizm – tibbiyot etikasining dastlabki modellaridan biri. Bu shunday bir 
munosabatlar modeliki, unda vrach bemorga nisbatan nafaqat mehribon ota, balki 
podsho va xudo sifatida ham ishtirok etadi, zero, insonning hayoti, sog‘lig‘i, 
erkinligi va baxti uning qo‘lida bo‘ladi. Professional tibbiyot etikasining mazmuni 
«foyda keltirish», «ziyon etkazmaslik», «bemorning ishonchini qozonish» singari 
Logotip
4-bosqich – «deontologiya bosqichi». Ingliz faylasufi va huquqshunosi I. Bentam o‘zining «Deontologiya yoki axloq to‘g‘risidagi fan» kitobida (1834 yil) har qanday kasb uchun deontologiyaning zarurligini utilitarizm nuqtai nazaridan tasdiqladi. Foyda keltirish, burch prinsiplari muhokama qilindi. 5-bosqich 1948 yilda Jahon tibbiyot uyushmasining Jenevada bo‘lib o‘tgan 2- sessiyasida deklaratsiya (XX asr Gippokrat qasamyodi) va Tibbiyot etikasi xalqaro kodeksi (1949 yil)ning qabul qilinishidan boshlandi. Mazkur bosqichda vrachning ijtimoiy roli juda ortdi, tibbiyot xodimlarini axloqiy tartibga solish esa yangi pog‘onaga ko‘tarildi va xalqaro bitimlar tuzish orqali mustahkamlandi. 1970 yilda V. Potter «bioetika» atamasini ilmiy muomalaga kiritildi («Perspectivesinbiologyandmedicine»dagi «Bioetika, yashash haqidagi fan» maqolasida). Tibbiyot etikasining prinsiplari va modellari Tibbiyot etikasi – amaliy etikaning eng rivojlangan turlaridan biri mingyilliklar mobaynida vrachlar bilan azob-uqubatlar chekkan, alohida g‘amxo‘rlik va diqqat- e’tiborga, ba’zan – nafaqat davoga, balki hayotini saqlab qolishga ham muhtoj bo‘lgan bemorlar o‘rtasida yuzaga keluvchi murakkab munosabatlarni tartibga solishga ham harakat qilib keldi. Tibbiyot etikasining asoschilaridan biri – buyuk Gippokrat vrach xulq- atvorining asosiy prinsiplarini «Gippokrat qasamyodi»da ta’riflab berdi. Vrach- patsient munosabatlari hamisha murakkab xususiyatga ega bo‘lgan, zotan, vrach bilim va hokimiyatga ega bo‘ladi, bemor esa unga o‘zining eng aziz narsasini (o‘z hayotini) ishonib topshiradi. SHuning uchun ham mazkur munosabatlar axloq va huquq bilan qat’iy tartibga solinishi kerak. Tibbiyot etikasi – vrach faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi lozim bo‘lgan o‘zaro aloqador shaxsiy va ijtimoiy prinsiplar majmui. Paternalizm – tibbiyot etikasining dastlabki modellaridan biri. Bu shunday bir munosabatlar modeliki, unda vrach bemorga nisbatan nafaqat mehribon ota, balki podsho va xudo sifatida ham ishtirok etadi, zero, insonning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi va baxti uning qo‘lida bo‘ladi. Professional tibbiyot etikasining mazmuni «foyda keltirish», «ziyon etkazmaslik», «bemorning ishonchini qozonish» singari
prinsiplar bilan belgilanadi, ya’ni vrach faoliyatini tartibga solishga yo‘naltirilgan 
va «tibbiy deontologiya» deb ataladi.  
Tibbiyot – yuksak darajada professionalizmni talab etuvchi va etika 
prinsiplarining izchil tizimini nazarda tutuvchi soha. SHaxsiy darajada tibbiyot 
etikasi vrachning kasbiy erkinligini va muruvvatini o‘z ichiga oladi. Kasbiy erkinlik 
– davolash kursini boshqa shaxslarning aralashuvisiz belgilash huquqi. U 
patsientning o‘z sog‘lig‘i haqida axborot olish huquqi bilan cheklanadi.  
Muruvvat ko‘rsatish – «Gippokrat qasamyodi»ning eng mashhur qoidasi – 
zarur holda boshqalarga yordam ko‘rsatish vrachning kasbiy majburiyati ekanligini 
nazarda tutadi. Tibbiyot etikasi doirasida muruvvat ko‘rsatish va bundan buyon 
ziyon etishining oldini olish (masalan, og‘riqni qoldirish zaruriyati) o‘rtasida 
muvozanatga erishish talab etiladi. YAxshilik prinsipi bilan ziyon etishining oldini 
olish o‘rtasidagi mazkur axloqiy munosabatga ba’zan hayotning muqaddasligi bilan 
hayot sifatining qarama-qarshiligi deb ham qaraladi.  
Ijtimoiy darajada tibbiyot etikasi tibbiy resurslarni taqsimlash, ulardan 
foydalanish imkoniyati va ijtimoiy adolat muammolari haqida so‘z yuritiladi. 
Tibbiyotdan foydalanish imkoniyati deganda har bir patsientning tibbiy yordam 
olish huquqi, tibbiy xizmatlarga haq to‘lash imkoniyati tushuniladi. Mazkur 
majburiyatni jamiyat o‘z zimmasiga olishi lozimligi nazarda tutiladi.  
Adolat – patsientning soxtalik va favoritchilikdan xoli tibbiy yordam olish 
huquqi. Har bir inson o‘z sog‘lig‘ini saqlash abstrakt huquqiga ega ekanligiga 
qaramay, real amaliyotda tibbiyot xodimlarining o‘z kasbiga sovuqqonligi, 
layoqatsizligi va savodsizligi tufayli fojialar va ziddiyatlar yuzaga keladi.  
Vrach – patsient munosabatlari zamirida tengsizlk yotadi: vrachning bilimlari 
unga patsient uchun alohida qimmatli bo‘lgan sohada patsient ustidan hokimiyatga 
ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Patsient esa vrach oldida jismoniy va emotsional 
jihatdan yalang‘och holatda bo‘ladi. Bemor yordamga umid qiladi, u shu jumladan 
noaniqlik va tavakkal bilan bog‘liqo‘ta tobe holatda bo‘ladi. Axloq va huquqning 
vazifasi vrachga ma’lum majburiyatlar yuklash va patsientni ma’lum huquqlar bilan 
himoya qilish orqali yuqorida zikr etilgan tengsizlikni bartaraf etishdan iborat. 
Logotip
prinsiplar bilan belgilanadi, ya’ni vrach faoliyatini tartibga solishga yo‘naltirilgan va «tibbiy deontologiya» deb ataladi. Tibbiyot – yuksak darajada professionalizmni talab etuvchi va etika prinsiplarining izchil tizimini nazarda tutuvchi soha. SHaxsiy darajada tibbiyot etikasi vrachning kasbiy erkinligini va muruvvatini o‘z ichiga oladi. Kasbiy erkinlik – davolash kursini boshqa shaxslarning aralashuvisiz belgilash huquqi. U patsientning o‘z sog‘lig‘i haqida axborot olish huquqi bilan cheklanadi. Muruvvat ko‘rsatish – «Gippokrat qasamyodi»ning eng mashhur qoidasi – zarur holda boshqalarga yordam ko‘rsatish vrachning kasbiy majburiyati ekanligini nazarda tutadi. Tibbiyot etikasi doirasida muruvvat ko‘rsatish va bundan buyon ziyon etishining oldini olish (masalan, og‘riqni qoldirish zaruriyati) o‘rtasida muvozanatga erishish talab etiladi. YAxshilik prinsipi bilan ziyon etishining oldini olish o‘rtasidagi mazkur axloqiy munosabatga ba’zan hayotning muqaddasligi bilan hayot sifatining qarama-qarshiligi deb ham qaraladi. Ijtimoiy darajada tibbiyot etikasi tibbiy resurslarni taqsimlash, ulardan foydalanish imkoniyati va ijtimoiy adolat muammolari haqida so‘z yuritiladi. Tibbiyotdan foydalanish imkoniyati deganda har bir patsientning tibbiy yordam olish huquqi, tibbiy xizmatlarga haq to‘lash imkoniyati tushuniladi. Mazkur majburiyatni jamiyat o‘z zimmasiga olishi lozimligi nazarda tutiladi. Adolat – patsientning soxtalik va favoritchilikdan xoli tibbiy yordam olish huquqi. Har bir inson o‘z sog‘lig‘ini saqlash abstrakt huquqiga ega ekanligiga qaramay, real amaliyotda tibbiyot xodimlarining o‘z kasbiga sovuqqonligi, layoqatsizligi va savodsizligi tufayli fojialar va ziddiyatlar yuzaga keladi. Vrach – patsient munosabatlari zamirida tengsizlk yotadi: vrachning bilimlari unga patsient uchun alohida qimmatli bo‘lgan sohada patsient ustidan hokimiyatga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Patsient esa vrach oldida jismoniy va emotsional jihatdan yalang‘och holatda bo‘ladi. Bemor yordamga umid qiladi, u shu jumladan noaniqlik va tavakkal bilan bog‘liqo‘ta tobe holatda bo‘ladi. Axloq va huquqning vazifasi vrachga ma’lum majburiyatlar yuklash va patsientni ma’lum huquqlar bilan himoya qilish orqali yuqorida zikr etilgan tengsizlikni bartaraf etishdan iborat.
Hozirda tibbiyot etikasi xalqaro prinsiplari mavjud. Ular shu jumladan qiynoqlardan 
va inson qadr-qimmatini kamsitishning boshqa shakllaridan himoya qilish 
to‘g‘risidagi Deklaratsiyada (BMT Assambleyasi 1982 yilda qabul qilgan) bayon 
etilgan. Tibbiyot etikasining mahbuslarni qiynoqlardan va inson qadr-qimmatini 
kamsituvchi munosabat va jazo turlaridan himoya qilishda vrachlarning roliga 
taalluqli asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
1) Sog‘liqni saqlash xodimlari mahbuslarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini 
qo‘riqlashlari, mahbus bo‘lmagan shaxslarni qanday davolasalar, mahbuslarni ham 
shunday sifatli davolash bilan ta’minlashlari shartyu 
2) Vrachlar, agarda ular qiynoqlarda yoki boshqa munosabat va jazoning 
shafqatsiz turlarida ishtirok etsalar yoki ishtirokchilik qilsalar, jinoyat sodir etadilar.  
3) Sog‘liqni saqlash xodimlari yoki vrachlar, agarda ular:  
o‘z bilim va tajribasidan mahbuslarni ularning sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan tarzda so‘roqqilishga ko‘maklashish uchun foydalansalar; 
mahbuslarning sog‘lig‘i ularga nisbatan munosabat yoki jazoning mahbuslar 
jismoniy yoki ruhiy sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday 
shakllarini qo‘llash imkonini berishi to‘g‘risida shohidlik bersalar, jinoyat sodir 
etadilar.  
4) Tiydirish yo‘sinidagi har qanday harakatlarda vrachning ishtirok etishi 
tibbiyot etikasiga zid hisoblanadi, basharti buni mahbusning sog‘lig‘i va 
xavfsizligini saqlash zaruriyati taqozo etgan bo‘lmasa.  
5) YUqorida bayon etilgan prinsiplardan hech qanday asoslarga ko‘ra, shu 
jumladan favqulodda holatda ham chekinish mumkin emas.  
Xullas, tibbiyot etikasida asosiy prinsiplar vrach majburiyatlarida o‘z 
ifodasini topadi. Tibbiy deontologiyada vrachning bemor oldidagi, boshqa 
vrachlar oldidagi, bemorning qarindosh-urug‘lari va yaqinlari oldidagi o‘z 
majburiyatlarini ado etishiga asosiy e’tibor beriladi. Bu majburiyatlar jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
a) barcha muhtojlarga malakali yordam ko‘rsatish; b) yordam ko‘rsatishda 
insonning qadr-qimmatini e’zozlash va hamdardlik qilish; v) vrach sirini saqlash; 
Logotip
Hozirda tibbiyot etikasi xalqaro prinsiplari mavjud. Ular shu jumladan qiynoqlardan va inson qadr-qimmatini kamsitishning boshqa shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi Deklaratsiyada (BMT Assambleyasi 1982 yilda qabul qilgan) bayon etilgan. Tibbiyot etikasining mahbuslarni qiynoqlardan va inson qadr-qimmatini kamsituvchi munosabat va jazo turlaridan himoya qilishda vrachlarning roliga taalluqli asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 1) Sog‘liqni saqlash xodimlari mahbuslarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini qo‘riqlashlari, mahbus bo‘lmagan shaxslarni qanday davolasalar, mahbuslarni ham shunday sifatli davolash bilan ta’minlashlari shartyu 2) Vrachlar, agarda ular qiynoqlarda yoki boshqa munosabat va jazoning shafqatsiz turlarida ishtirok etsalar yoki ishtirokchilik qilsalar, jinoyat sodir etadilar. 3) Sog‘liqni saqlash xodimlari yoki vrachlar, agarda ular: o‘z bilim va tajribasidan mahbuslarni ularning sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tarzda so‘roqqilishga ko‘maklashish uchun foydalansalar; mahbuslarning sog‘lig‘i ularga nisbatan munosabat yoki jazoning mahbuslar jismoniy yoki ruhiy sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday shakllarini qo‘llash imkonini berishi to‘g‘risida shohidlik bersalar, jinoyat sodir etadilar. 4) Tiydirish yo‘sinidagi har qanday harakatlarda vrachning ishtirok etishi tibbiyot etikasiga zid hisoblanadi, basharti buni mahbusning sog‘lig‘i va xavfsizligini saqlash zaruriyati taqozo etgan bo‘lmasa. 5) YUqorida bayon etilgan prinsiplardan hech qanday asoslarga ko‘ra, shu jumladan favqulodda holatda ham chekinish mumkin emas. Xullas, tibbiyot etikasida asosiy prinsiplar vrach majburiyatlarida o‘z ifodasini topadi. Tibbiy deontologiyada vrachning bemor oldidagi, boshqa vrachlar oldidagi, bemorning qarindosh-urug‘lari va yaqinlari oldidagi o‘z majburiyatlarini ado etishiga asosiy e’tibor beriladi. Bu majburiyatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: a) barcha muhtojlarga malakali yordam ko‘rsatish; b) yordam ko‘rsatishda insonning qadr-qimmatini e’zozlash va hamdardlik qilish; v) vrach sirini saqlash;
paternalizm prinsipidan kelib chiqib mustaqil qarorlar qabul qilish; g) ziyon 
etkazmaslik; d) o‘z hamkasblariga vijdonan munosabatda bo‘lish, bemorlarni 
aldaydigan, qallob vrachlarni fosh qilish; e) o‘z bilimlarini oshirib borish; j) 
odamlarda (mahbuslarda) tajriba o‘tkazmaslik; z) boshqa odamlarni qanday 
davolasa, mahbuslarga ham shunday sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash; i) 
qiynoqlarda yoki boshqa shafqatsiz va inson qadr-qimmatini kamsituvchi 
tadbirlarda faol yoki passiv ishtirok etmaslik; k) mahbuslar yoki ushlanganlarga 
nisbatan tiydirish yo‘sinidagi harakatlarda ishtirok etmaslik. 
Bioetikaning asosiy prinsiplari (tibbiyot etikasidagi singari) vrach 
majburiyatlarida emas, balki patsient huquqlarini ta’riflashda o‘z ifodasini topadi: 
1. YOzma tarzda, tushunarli qilib bayon etilgan axborot olish huquqi. Patsient 
tavakkal haqida axborotga ega bo‘lishi kerak. Mazkur prinsip vrach siridan 
farqqiladi, chunki patsientning xabardorligini nazarda tutadi.  
2. Bemor o‘z taqdiri haqida qaror qabul qilish, qaror qabul qilishda ishtirok 
etish huquqiga ega. 
3. Tibbiyot etikasining asosiy prinsipi bo‘lgan paternalizm o‘rnini inson qadr-
qimmatini va bemorning erkin tanlash huquqini e’zozlashga asoslangan shaxs 
erkinligi prinsipi egallaydi.   
4. 
Bioetikaning 
bosh 
prinsipi: 
xabardorlikka 
asoslangan 
rozilik 
(informedconsent). 
5. Rahmdillik. 
Xabardorlikka asoslangan rozilik bemorning holatini unga tushunarli tarzda 
aytishni va bo‘lg‘usi davolash yuzasidan qaror qabul qilishda uning ishtirok etishini 
nazarda tutadi. Bu prinsip tibbiyot etikasining vrach sirini saqlashga chaqiruvchi 
prinsipidan farqqiladi. Bioetika, yangi yo‘nalish sifatida, bugungi kunda insonga 
tahdid solayotgan quyidagi xavf-xatarlar bilan to‘qnash keldi: totalitarizm va 
zo‘ravonlikning yangi shakllari (odamlar ustida tajriba o‘tkazish, inson a’zolarini 
manipulyasiya qilish), odamlar seleksiyasi, nasl qoldirish tabiiy qobiliyatining 
yo‘qolishi, oila inqirozi, erkaklar va ayollar fundamental oppozitsiyasining buzilishi, 
butun tiriklikka xavf solayotgan yangi biologik mavjudotlar (monstrlar)ning paydo 
Logotip
paternalizm prinsipidan kelib chiqib mustaqil qarorlar qabul qilish; g) ziyon etkazmaslik; d) o‘z hamkasblariga vijdonan munosabatda bo‘lish, bemorlarni aldaydigan, qallob vrachlarni fosh qilish; e) o‘z bilimlarini oshirib borish; j) odamlarda (mahbuslarda) tajriba o‘tkazmaslik; z) boshqa odamlarni qanday davolasa, mahbuslarga ham shunday sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash; i) qiynoqlarda yoki boshqa shafqatsiz va inson qadr-qimmatini kamsituvchi tadbirlarda faol yoki passiv ishtirok etmaslik; k) mahbuslar yoki ushlanganlarga nisbatan tiydirish yo‘sinidagi harakatlarda ishtirok etmaslik. Bioetikaning asosiy prinsiplari (tibbiyot etikasidagi singari) vrach majburiyatlarida emas, balki patsient huquqlarini ta’riflashda o‘z ifodasini topadi: 1. YOzma tarzda, tushunarli qilib bayon etilgan axborot olish huquqi. Patsient tavakkal haqida axborotga ega bo‘lishi kerak. Mazkur prinsip vrach siridan farqqiladi, chunki patsientning xabardorligini nazarda tutadi. 2. Bemor o‘z taqdiri haqida qaror qabul qilish, qaror qabul qilishda ishtirok etish huquqiga ega. 3. Tibbiyot etikasining asosiy prinsipi bo‘lgan paternalizm o‘rnini inson qadr- qimmatini va bemorning erkin tanlash huquqini e’zozlashga asoslangan shaxs erkinligi prinsipi egallaydi. 4. Bioetikaning bosh prinsipi: xabardorlikka asoslangan rozilik (informedconsent). 5. Rahmdillik. Xabardorlikka asoslangan rozilik bemorning holatini unga tushunarli tarzda aytishni va bo‘lg‘usi davolash yuzasidan qaror qabul qilishda uning ishtirok etishini nazarda tutadi. Bu prinsip tibbiyot etikasining vrach sirini saqlashga chaqiruvchi prinsipidan farqqiladi. Bioetika, yangi yo‘nalish sifatida, bugungi kunda insonga tahdid solayotgan quyidagi xavf-xatarlar bilan to‘qnash keldi: totalitarizm va zo‘ravonlikning yangi shakllari (odamlar ustida tajriba o‘tkazish, inson a’zolarini manipulyasiya qilish), odamlar seleksiyasi, nasl qoldirish tabiiy qobiliyatining yo‘qolishi, oila inqirozi, erkaklar va ayollar fundamental oppozitsiyasining buzilishi, butun tiriklikka xavf solayotgan yangi biologik mavjudotlar (monstrlar)ning paydo
bo‘lishi, mikroorganizmlar ustida tajribalar o‘tkazish bilan bog‘liq yangi 
kasalliklarning paydo bo‘lishi, tibbiyotga tijoratning kirib kelishi natijasida odamlar 
o‘rtasidagi munosabatlarning beqarorlashishi.  
Bioetika vujudga kelishining shart-sharoitlari: tibbiyotga tijoratning kirib 
kelishiga qarshi, patsientlarning haq-huquqlariga rioya  etish, shuningdek tibbiyot 
xodimlarining manfaatlarini ta’minlash uchun qattiq kurash olib borish, sug‘urta 
tibbiyotini joriy etish, qonun hujjatlari, ruhoniylar va boshqa diniy muassasa va 
tashkilotlar, turli mamlakatlarda yaratilgan axloq kodekslari. Zamonaviy tibbiyot 
yutuqlaridan nomaqbul maqsadlarda foydalanishga bo‘lgan barcha urinishlarga, 
bakteriologik, kimyoviy va yadro qurollaridan foydalanishga to‘sqinlik qiladigan 
bioetika xalqaro qo‘mitalari tashkil etish zaruriyati. 
Bioetika prinsiplarini bayon etishga kirishar ekanmiz, quyidagi holatga 
e’tiborni qaratishni istar edik. Ma’lumki, mavjud etika nazariyalari juda rang-
barangdir. Binobarin, barchani to‘la qoniqtiradigan prinsip yoki prinsiplar majmuini 
topish mumkin emas. SHuning uchun ham biz bu erda o‘z oldimizga bunday 
maqsadni qo‘ymadik. Bioetika bo‘yicha mavjud adabiyotlarda mazkur muammoni 
muayyan prinsiplarni asosiy prinsiplar deb olish nuqtai nazaridan hamda mazkur 
prinsiplarning o‘zaro munosabatlari nuqtai nazaridan hal qilishning juda ko‘p 
variantlari taklif etiladi. (3) 
                                    «Ziyon etkazma» prinsipi 
Bu tibbiyot etikasining eng qadimgi prinsipi. Uning lotincha ta’rifi 
quyidagicha: primumnonnocere. Uni o‘zbekchaga «eng avvalo – ziyon etkazma» 
deb o‘girish mumkin. Bu erda «eng avvalo» so‘zlarini mazkur prinsip vrach 
faoliyatining eng muhim prinsipi hisoblanadi, deb talqin qilish ham mumkin. Ba’zan 
«ziyon etkazma» prinsipida Gippokrat vrachlar etikasining mohiyatini ko‘radilar. 
Vaholanki, uning asarlarida bunday fikr mavjud emas. Gippokrat qasamyodida, 
jumladan, shunday deyiladi: «Men o‘z kuchim va bilimimga qarab bemorlarga foyda 
keltirishga harakat qilaman, ularga har qanday ziyon etkazish va noxolis 
munosabatda bo‘lishdan o‘zimni tiyaman». Ammo, butun qasamyod nuqtai 
nazaridan olib qaraganda, mazkur so‘zlarni uning mohiyatini ifoda etuvchi so‘zlar 
Logotip
bo‘lishi, mikroorganizmlar ustida tajribalar o‘tkazish bilan bog‘liq yangi kasalliklarning paydo bo‘lishi, tibbiyotga tijoratning kirib kelishi natijasida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning beqarorlashishi. Bioetika vujudga kelishining shart-sharoitlari: tibbiyotga tijoratning kirib kelishiga qarshi, patsientlarning haq-huquqlariga rioya etish, shuningdek tibbiyot xodimlarining manfaatlarini ta’minlash uchun qattiq kurash olib borish, sug‘urta tibbiyotini joriy etish, qonun hujjatlari, ruhoniylar va boshqa diniy muassasa va tashkilotlar, turli mamlakatlarda yaratilgan axloq kodekslari. Zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan nomaqbul maqsadlarda foydalanishga bo‘lgan barcha urinishlarga, bakteriologik, kimyoviy va yadro qurollaridan foydalanishga to‘sqinlik qiladigan bioetika xalqaro qo‘mitalari tashkil etish zaruriyati. Bioetika prinsiplarini bayon etishga kirishar ekanmiz, quyidagi holatga e’tiborni qaratishni istar edik. Ma’lumki, mavjud etika nazariyalari juda rang- barangdir. Binobarin, barchani to‘la qoniqtiradigan prinsip yoki prinsiplar majmuini topish mumkin emas. SHuning uchun ham biz bu erda o‘z oldimizga bunday maqsadni qo‘ymadik. Bioetika bo‘yicha mavjud adabiyotlarda mazkur muammoni muayyan prinsiplarni asosiy prinsiplar deb olish nuqtai nazaridan hamda mazkur prinsiplarning o‘zaro munosabatlari nuqtai nazaridan hal qilishning juda ko‘p variantlari taklif etiladi. (3) «Ziyon etkazma» prinsipi Bu tibbiyot etikasining eng qadimgi prinsipi. Uning lotincha ta’rifi quyidagicha: primumnonnocere. Uni o‘zbekchaga «eng avvalo – ziyon etkazma» deb o‘girish mumkin. Bu erda «eng avvalo» so‘zlarini mazkur prinsip vrach faoliyatining eng muhim prinsipi hisoblanadi, deb talqin qilish ham mumkin. Ba’zan «ziyon etkazma» prinsipida Gippokrat vrachlar etikasining mohiyatini ko‘radilar. Vaholanki, uning asarlarida bunday fikr mavjud emas. Gippokrat qasamyodida, jumladan, shunday deyiladi: «Men o‘z kuchim va bilimimga qarab bemorlarga foyda keltirishga harakat qilaman, ularga har qanday ziyon etkazish va noxolis munosabatda bo‘lishdan o‘zimni tiyaman». Ammo, butun qasamyod nuqtai nazaridan olib qaraganda, mazkur so‘zlarni uning mohiyatini ifoda etuvchi so‘zlar
deb aytish qiyin, chunki qasamyodda bayon etish izchilligiga ko‘ra ham, ma’nosiga 
ko‘ra ham birinchi o‘ringa kasbni egallayotgan shaxsning o‘z ustozi oldidagi 
burchlari qo‘yilgan.  
Mazkur prinsip munosabati bilan tug‘iluvchi birinchi savol: bioetika sohasiga, 
avvalambor, vrach faoliyatiga, uning bemorlar bilan o‘zaro munosabatlariga 
tatbiqan, ziyon deganda aynan nima tushunilishini qanday aniqlash mumkin? Bu 
ma’noda, vaziyatga vrach nuqtai nazaridan qaraganda, ziyonning quyidagi 
shakllarini farqlash mumkin: 
- harakatsizlik, yordamga muhtoj odamga yordam ko‘rsatmaslik orqasida 
etkazilgan ziyon; 
- vijdonsizlik, noxolislik yoki yomon niyat orqasida etkazilgan ziyon; 
- noto‘g‘ri, puxta o‘ylanmagan yoki malakasiz harakatlar bilan etkazilgan 
ziyon; 
- ayni vaziyatda ob’ektiv zarur bo‘lgan harakatlar bilan etkazilgan ziyon. 
Ziyonning yuqorida zikr etilgan har bir turi, tabiiyki, har xil baholanadi. 
Ularning birinchisi – yordam ko‘rsatmaslik orqasida etkazilgan ziyon masalasiga 
kelsak, bu erda biz ayrim hollarda huquqbuzarlik, ya’ni qonunda yoki boshqa 
normativ hujjatda belgilangan majburiyatni bajarmaslik bilan to‘qnash kelamiz. 
SHuning uchun ham bunday vaziyatlarda muammo axloqiy ahamiyatdan ham ko‘ra 
ko‘proq yuridik yoki ma’muriy ahamiyat kasb etadi.  
Aytaylik, navbatchilikda bo‘lgan vrach bemorga nisbatan amalga oshirishi 
lozim bo‘lgan harakatlarni bajarmagan. Bu holda u, birinchidan, majburiyatlarini 
bajarmaganligi uchun, ikkinchidan esa, uning mazkur harakatsizligi keltirib 
chiqargan oqibatlarga qarab javobgar bo‘ladi. (Birinchi javobgarlik deontologik, 
ikkinchsi esa - utilitaristik xususiyatga ega bo‘ladi.) Bunda birinchi holat bo‘yicha 
javobgarlik muqarrar bo‘lsa, ikkinchi holat bo‘yicha u ma’lum darajada 
engillashtirilishi mumkin – masalan, vrach yanada og‘ir holatda bo‘lgan boshqa 
bemorga yordam ko‘rsatish uchun vaqt va kuch sarflashiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa. 
SHunga qaramay, yordam ko‘rsatilmagan bemor yoki uning qarindoshlari vrachga 
da’vo bilan hatto sudga ham murojaat etishlari mumkin. Agar vrach o‘z xizmat 
Logotip
deb aytish qiyin, chunki qasamyodda bayon etish izchilligiga ko‘ra ham, ma’nosiga ko‘ra ham birinchi o‘ringa kasbni egallayotgan shaxsning o‘z ustozi oldidagi burchlari qo‘yilgan. Mazkur prinsip munosabati bilan tug‘iluvchi birinchi savol: bioetika sohasiga, avvalambor, vrach faoliyatiga, uning bemorlar bilan o‘zaro munosabatlariga tatbiqan, ziyon deganda aynan nima tushunilishini qanday aniqlash mumkin? Bu ma’noda, vaziyatga vrach nuqtai nazaridan qaraganda, ziyonning quyidagi shakllarini farqlash mumkin: - harakatsizlik, yordamga muhtoj odamga yordam ko‘rsatmaslik orqasida etkazilgan ziyon; - vijdonsizlik, noxolislik yoki yomon niyat orqasida etkazilgan ziyon; - noto‘g‘ri, puxta o‘ylanmagan yoki malakasiz harakatlar bilan etkazilgan ziyon; - ayni vaziyatda ob’ektiv zarur bo‘lgan harakatlar bilan etkazilgan ziyon. Ziyonning yuqorida zikr etilgan har bir turi, tabiiyki, har xil baholanadi. Ularning birinchisi – yordam ko‘rsatmaslik orqasida etkazilgan ziyon masalasiga kelsak, bu erda biz ayrim hollarda huquqbuzarlik, ya’ni qonunda yoki boshqa normativ hujjatda belgilangan majburiyatni bajarmaslik bilan to‘qnash kelamiz. SHuning uchun ham bunday vaziyatlarda muammo axloqiy ahamiyatdan ham ko‘ra ko‘proq yuridik yoki ma’muriy ahamiyat kasb etadi. Aytaylik, navbatchilikda bo‘lgan vrach bemorga nisbatan amalga oshirishi lozim bo‘lgan harakatlarni bajarmagan. Bu holda u, birinchidan, majburiyatlarini bajarmaganligi uchun, ikkinchidan esa, uning mazkur harakatsizligi keltirib chiqargan oqibatlarga qarab javobgar bo‘ladi. (Birinchi javobgarlik deontologik, ikkinchsi esa - utilitaristik xususiyatga ega bo‘ladi.) Bunda birinchi holat bo‘yicha javobgarlik muqarrar bo‘lsa, ikkinchi holat bo‘yicha u ma’lum darajada engillashtirilishi mumkin – masalan, vrach yanada og‘ir holatda bo‘lgan boshqa bemorga yordam ko‘rsatish uchun vaqt va kuch sarflashiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa. SHunga qaramay, yordam ko‘rsatilmagan bemor yoki uning qarindoshlari vrachga da’vo bilan hatto sudga ham murojaat etishlari mumkin. Agar vrach o‘z xizmat
majburiyatlarini ado etmayotgan paytda yuqorida zikr etilgan harakatlarni 
bajarmagan bo‘lsa, boshqa gap. Badiiy asarlarda, kinoda ba’zan shunday syujetga 
duch kelish mumkin: poezdda yoki samolyotda favqulodda tibbiy yordam ko‘rsatish 
zaruriyati tug‘iladi va ekipaj yo‘lovchilarga taxminan shunday so‘zlar bilan 
murojaat etadi: «Orangizda vrach bo‘lsa, yordam ko‘rsatishini so‘raymiz». Bunday 
vaziyatda yo‘lovchilar orasida bo‘lgan vrach yordam ko‘rsatishdan o‘zini tiyishi 
mumkin. Bu holda, hatto atrofdagilar uning kasbi haqida qay tarzdadir xabar topgan 
taqdirda ham, uni jinoiy javobgarlikka tortish juda qiyin bo‘ladi (masalan, 
AQSHqonunlariga binoan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanadigan vrach bunday 
holda umuman yuridik javobgarlikka tortilmaydi). Ammo axloqiy jihatdan bunday 
harakatsizlik qoralanadi. Masalan, AQSH vrachlarining kasaba uyushmasi bunday 
qilmishni sodir etgan shaxsni tibbiy amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini beradigan 
litsenziyadan mahrum qilishi mumkin.  
Ziyonning ikkinchi turi – vijdonsizlik (ya’ni o‘z majburiyatlarini muvofiq 
tarzda bajarmaslik), noxolislik yoki yomon niyat orqasida etkazilgan ziyon ham, 
axloqiy jihatdan qoralashga loyiq bo‘lsa-da, ko‘proq ma’muriy-yuridik javobgarlik 
ob’ekti hisoblanadi.  
Ziyonning navbatdagi turi – vrachning etarli malakaga ega emasligi, o‘z 
majburiyatlarini sifatli bajarishga layoqatsizligi orqasida etkazilgan ziyon ham 
axloqiy tahlil nuqtai nazaridan jiddiy qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu o‘rinda vrach 
malakasi tushunchasi nafaqat sof texnikaviy, balki axloqiy mazmunga ham ega 
ekanligini qayd etib o‘tish lozim. Vrach kasbini egallagan, ammo vrach odatda 
bajaradigan vazifalarni uddalay olmaydigan shaxs, tabiiyki, axloqiy jihatdan 
qoralashga loyiq. Bu erda ko‘p narsa «odatda» so‘zi qanday tushunilishiga bog‘liq: 
oddiy, «o‘rtacha» vrach haqida so‘z yuritilayotgan bo‘lsa – bir gap, yuqori malakali 
mutaxassis haqida so‘z yuritilayotgan bo‘lsa – butunlay boshqa gap. Tabiiyki, 
yuqori malakali vrachga nafaqat kasbiy, balki axloqiy nuqtai nazardan ham nisbatan 
katta talablar qo‘yiladi.  
Nihoyat, vrach bemorga etkazishi mumkin bo‘lgan ziyonning to‘rtinchi turi – 
ob’ektiv zarur bo‘lgan ziyon. Bir qarashda bunday ziyon haqida qo‘yilgan savolning 
Logotip
majburiyatlarini ado etmayotgan paytda yuqorida zikr etilgan harakatlarni bajarmagan bo‘lsa, boshqa gap. Badiiy asarlarda, kinoda ba’zan shunday syujetga duch kelish mumkin: poezdda yoki samolyotda favqulodda tibbiy yordam ko‘rsatish zaruriyati tug‘iladi va ekipaj yo‘lovchilarga taxminan shunday so‘zlar bilan murojaat etadi: «Orangizda vrach bo‘lsa, yordam ko‘rsatishini so‘raymiz». Bunday vaziyatda yo‘lovchilar orasida bo‘lgan vrach yordam ko‘rsatishdan o‘zini tiyishi mumkin. Bu holda, hatto atrofdagilar uning kasbi haqida qay tarzdadir xabar topgan taqdirda ham, uni jinoiy javobgarlikka tortish juda qiyin bo‘ladi (masalan, AQSHqonunlariga binoan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanadigan vrach bunday holda umuman yuridik javobgarlikka tortilmaydi). Ammo axloqiy jihatdan bunday harakatsizlik qoralanadi. Masalan, AQSH vrachlarining kasaba uyushmasi bunday qilmishni sodir etgan shaxsni tibbiy amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyadan mahrum qilishi mumkin. Ziyonning ikkinchi turi – vijdonsizlik (ya’ni o‘z majburiyatlarini muvofiq tarzda bajarmaslik), noxolislik yoki yomon niyat orqasida etkazilgan ziyon ham, axloqiy jihatdan qoralashga loyiq bo‘lsa-da, ko‘proq ma’muriy-yuridik javobgarlik ob’ekti hisoblanadi. Ziyonning navbatdagi turi – vrachning etarli malakaga ega emasligi, o‘z majburiyatlarini sifatli bajarishga layoqatsizligi orqasida etkazilgan ziyon ham axloqiy tahlil nuqtai nazaridan jiddiy qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu o‘rinda vrach malakasi tushunchasi nafaqat sof texnikaviy, balki axloqiy mazmunga ham ega ekanligini qayd etib o‘tish lozim. Vrach kasbini egallagan, ammo vrach odatda bajaradigan vazifalarni uddalay olmaydigan shaxs, tabiiyki, axloqiy jihatdan qoralashga loyiq. Bu erda ko‘p narsa «odatda» so‘zi qanday tushunilishiga bog‘liq: oddiy, «o‘rtacha» vrach haqida so‘z yuritilayotgan bo‘lsa – bir gap, yuqori malakali mutaxassis haqida so‘z yuritilayotgan bo‘lsa – butunlay boshqa gap. Tabiiyki, yuqori malakali vrachga nafaqat kasbiy, balki axloqiy nuqtai nazardan ham nisbatan katta talablar qo‘yiladi. Nihoyat, vrach bemorga etkazishi mumkin bo‘lgan ziyonning to‘rtinchi turi – ob’ektiv zarur bo‘lgan ziyon. Bir qarashda bunday ziyon haqida qo‘yilgan savolning
o‘zi ajablanarli bo‘lib tuyulishi mumkin: bu qanday bo‘ldi, axir bemor vrachga 
ma’lum naf ko‘rish, masalan, og‘riqdan xalos bo‘lish umidida murojaat etadi-ku? 
Ammo masalani diqqat bilan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, vrachga deyarli har bir 
murojaat zamirida bemorga muayyan darajada ziyon etishi ehtimoli yashirinligining 
guvohi bo‘lamiz. Vaziyatga bu tomondan – bemor tomonidan qaraydigan bo‘lsak, 
ziyonning rang-barang turlarini ko‘rishimiz mumkin.  
Avvalambor, vrach huzuriga tashrifning o‘zi ma’lum vaqt sarflashni (hozirda 
ba’zan pul sarflashni) ham taqozo etadi. Vaholanki, patsient bu vaqtni boshqa, o‘zi 
uchun ko‘proq ma’qul bo‘lgan yumushga sarflashi mumkin edi. YOki bo‘lmasa u 
vrach huzuriga tashrif buyurish oqibatida qandaydir muhim ishlarni bajara olmaydi. 
Bordiyu vrach unga ma’lum rejim tayinlagan bo‘lsa, bu erda ziyon patsientning 
imkoniyatlari, uning erkinligini ma’lum darajada, ba’zan jiddiy cheklashda 
namoyon bo‘ldi. Bemor kasalxonaga yotqizilgan taqdirda imkoniyatlarni cheklash 
bilan bog‘liq mazkur ziyon o‘ta jiddiy ahamiyat kasb etadi.  
Ziyonning yana bir shakli bemorga uning holati haqida axborot berish va 
kasallikni prognoz qilish bilan bog‘liq. Bu holda ziyon axborotni yashirish, bemorni 
aldash yoki unga to‘g‘ri axborot berish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bir tomondan 
olib qaraganda, biror kishini aldar ekanmiz, biz bu bilan unga o‘z-o‘zidan ziyon 
etkazamiz, chunki uning qadr-qimmatini kamsitamiz. Boshqa tomondan olib 
qaraydigan bo‘lsa, bemorga uning sog‘lig‘i haqida to‘g‘ri, ammo uni sarosimaga 
solib qo‘yishi mumkin bo‘lgan axborot berish orqali ham ziyon etkazish mumkin.  
Bundan tashqari, bemorga ziyon vrach yoki davolash muassasasining boshqa 
xodimi mazkur bemor haqida tibbiy axborotni uchinchi shaxslarga taqdim etishi 
(vrach sirini saqlash qoidasini buzishi) natijasida etkazilishi ham mumkin. Umuman 
olganda, mazkur axborotni oshkor etish vrach sirini saqlashni nazarda tutadigan 
qonunga zid hisoblanadi va bunday hollarda biz mazkur ziyon etishi muqarrar deb 
ayta olmaymiz. Ammo qonun bunday axborotni oshkor etishga yo‘l qo‘yadigan yoki 
hatto oshkor etishni (faqat qat’iy belgilangan shaxslarga!) talab qiladigan hollarda 
ham bemorga ziyon etkazilishi mumkin. Bu holda boshqa odamlarga ziyon etishi 
(masalan, ularga kasal yuqishi) xavfining oldi olinganligiga qaramay, bemorning 
Logotip
o‘zi ajablanarli bo‘lib tuyulishi mumkin: bu qanday bo‘ldi, axir bemor vrachga ma’lum naf ko‘rish, masalan, og‘riqdan xalos bo‘lish umidida murojaat etadi-ku? Ammo masalani diqqat bilan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, vrachga deyarli har bir murojaat zamirida bemorga muayyan darajada ziyon etishi ehtimoli yashirinligining guvohi bo‘lamiz. Vaziyatga bu tomondan – bemor tomonidan qaraydigan bo‘lsak, ziyonning rang-barang turlarini ko‘rishimiz mumkin. Avvalambor, vrach huzuriga tashrifning o‘zi ma’lum vaqt sarflashni (hozirda ba’zan pul sarflashni) ham taqozo etadi. Vaholanki, patsient bu vaqtni boshqa, o‘zi uchun ko‘proq ma’qul bo‘lgan yumushga sarflashi mumkin edi. YOki bo‘lmasa u vrach huzuriga tashrif buyurish oqibatida qandaydir muhim ishlarni bajara olmaydi. Bordiyu vrach unga ma’lum rejim tayinlagan bo‘lsa, bu erda ziyon patsientning imkoniyatlari, uning erkinligini ma’lum darajada, ba’zan jiddiy cheklashda namoyon bo‘ldi. Bemor kasalxonaga yotqizilgan taqdirda imkoniyatlarni cheklash bilan bog‘liq mazkur ziyon o‘ta jiddiy ahamiyat kasb etadi. Ziyonning yana bir shakli bemorga uning holati haqida axborot berish va kasallikni prognoz qilish bilan bog‘liq. Bu holda ziyon axborotni yashirish, bemorni aldash yoki unga to‘g‘ri axborot berish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bir tomondan olib qaraganda, biror kishini aldar ekanmiz, biz bu bilan unga o‘z-o‘zidan ziyon etkazamiz, chunki uning qadr-qimmatini kamsitamiz. Boshqa tomondan olib qaraydigan bo‘lsa, bemorga uning sog‘lig‘i haqida to‘g‘ri, ammo uni sarosimaga solib qo‘yishi mumkin bo‘lgan axborot berish orqali ham ziyon etkazish mumkin. Bundan tashqari, bemorga ziyon vrach yoki davolash muassasasining boshqa xodimi mazkur bemor haqida tibbiy axborotni uchinchi shaxslarga taqdim etishi (vrach sirini saqlash qoidasini buzishi) natijasida etkazilishi ham mumkin. Umuman olganda, mazkur axborotni oshkor etish vrach sirini saqlashni nazarda tutadigan qonunga zid hisoblanadi va bunday hollarda biz mazkur ziyon etishi muqarrar deb ayta olmaymiz. Ammo qonun bunday axborotni oshkor etishga yo‘l qo‘yadigan yoki hatto oshkor etishni (faqat qat’iy belgilangan shaxslarga!) talab qiladigan hollarda ham bemorga ziyon etkazilishi mumkin. Bu holda boshqa odamlarga ziyon etishi (masalan, ularga kasal yuqishi) xavfining oldi olinganligiga qaramay, bemorning
o‘ziga ziyon etishi muqarrar bo‘lib qoladi. Bemorni aldash bilan bog‘liqholda 
bo‘lgani singari, bu holda ham unga jismoniy emas, balki ma’naviy ziyon etkaziladi. 
Vrach bilan patsient munosabatlari haqida so‘z yuritganda ziyonning yuqorida zikr 
etilgan ikkala toifasini ham e’tiborga olish lozim.  
Vrach tayinlagan davolash usuli og‘riqli protseduralarni o‘z ichiga olishi 
mumkin – demak, vrach (tabiiyki, yaxshi niyatda – kasalni davolash uchun) bemorga 
jismoniy og‘riqlar etkazadi. Ma’lum vaziyatlarda esa vrach bemorga bundan ham 
jiddiyroq ziyon, masalan, shikast etkazishga majbur bo‘ladi va bemor buning 
natijasida nogiron bo‘lib qoladi.   
Nihoyat, bemor kuchli og‘riqlar bilan kechadigan bedavo dardga chalingan 
bo‘lishi va u tez, og‘riqsiz o‘limni bunday azob-uqubatlarning davom etishidan 
afzalroq ko‘rishi mumkin.  
Vrach bemorga etkazishi mumkin bo‘lgan ziyonning ayrim shakllari shunday 
tasniflanadi. O‘z-o‘zidan ayonki, «eng avvalo, ziyon etkazma» prinsipini tom 
ma’noda, ya’ni har qanday ziyon etkazishdan qochish ma’nosida tushunadigan 
bo‘lsa, vrach bemorning holatiga har qanday aralashishdan o‘zini tiyishi lozim 
bo‘lar edi. Tabiiyki, mazkur prinsip bunday ma’noga ega emas.  
Ba’zan vrach etkazadigan ziyon faqat bemorning o‘zigagina tegishli 
bo‘lmasligi mumkin. Masalan, homilador ayolning hayotiga xavf tug‘ilgan taqdirda, 
homila tushirish, ya’ni beayb insonga ziyon etkazish zaruriyati tug‘ilishi mumkin. 
YOki boshqa misol: bir bemorning hayotini quvvatlovchi davolash natijasida 
tegishli resurslar taqchilligi tufayli o‘z hayotini saqlab qolishga qodir apparaturadan 
foydalana olmagan boshqa bemorlarga ziyon etishi mumkin. Bunday vaziyatlarda 
«ziyon etkazma» prinsipi amal qilsa-da, ammo u puxta o‘ylangan, ma’naviy jihatdan 
asoslangan tanlash uchun etarli bo‘lmaydi.  
Xullas, «ziyon etkazma» prinsipini shu ma’noda tushunish kerakki, vrach faqat 
ob’ektiv tarzda muqarrar va mumkin qadar kam ziyon etkazishga haqli, vrach 
faoliyatida axloqiy tanlashni taqozo etuvchi holatlar kam uchraydigan holatlar emas, 
aksincha, ular vrach kundalik faoliyatining ajralmas tarkibiy qismidir.  
Logotip
o‘ziga ziyon etishi muqarrar bo‘lib qoladi. Bemorni aldash bilan bog‘liqholda bo‘lgani singari, bu holda ham unga jismoniy emas, balki ma’naviy ziyon etkaziladi. Vrach bilan patsient munosabatlari haqida so‘z yuritganda ziyonning yuqorida zikr etilgan ikkala toifasini ham e’tiborga olish lozim. Vrach tayinlagan davolash usuli og‘riqli protseduralarni o‘z ichiga olishi mumkin – demak, vrach (tabiiyki, yaxshi niyatda – kasalni davolash uchun) bemorga jismoniy og‘riqlar etkazadi. Ma’lum vaziyatlarda esa vrach bemorga bundan ham jiddiyroq ziyon, masalan, shikast etkazishga majbur bo‘ladi va bemor buning natijasida nogiron bo‘lib qoladi. Nihoyat, bemor kuchli og‘riqlar bilan kechadigan bedavo dardga chalingan bo‘lishi va u tez, og‘riqsiz o‘limni bunday azob-uqubatlarning davom etishidan afzalroq ko‘rishi mumkin. Vrach bemorga etkazishi mumkin bo‘lgan ziyonning ayrim shakllari shunday tasniflanadi. O‘z-o‘zidan ayonki, «eng avvalo, ziyon etkazma» prinsipini tom ma’noda, ya’ni har qanday ziyon etkazishdan qochish ma’nosida tushunadigan bo‘lsa, vrach bemorning holatiga har qanday aralashishdan o‘zini tiyishi lozim bo‘lar edi. Tabiiyki, mazkur prinsip bunday ma’noga ega emas. Ba’zan vrach etkazadigan ziyon faqat bemorning o‘zigagina tegishli bo‘lmasligi mumkin. Masalan, homilador ayolning hayotiga xavf tug‘ilgan taqdirda, homila tushirish, ya’ni beayb insonga ziyon etkazish zaruriyati tug‘ilishi mumkin. YOki boshqa misol: bir bemorning hayotini quvvatlovchi davolash natijasida tegishli resurslar taqchilligi tufayli o‘z hayotini saqlab qolishga qodir apparaturadan foydalana olmagan boshqa bemorlarga ziyon etishi mumkin. Bunday vaziyatlarda «ziyon etkazma» prinsipi amal qilsa-da, ammo u puxta o‘ylangan, ma’naviy jihatdan asoslangan tanlash uchun etarli bo‘lmaydi. Xullas, «ziyon etkazma» prinsipini shu ma’noda tushunish kerakki, vrach faqat ob’ektiv tarzda muqarrar va mumkin qadar kam ziyon etkazishga haqli, vrach faoliyatida axloqiy tanlashni taqozo etuvchi holatlar kam uchraydigan holatlar emas, aksincha, ular vrach kundalik faoliyatining ajralmas tarkibiy qismidir.
Nihoyat, vrach o‘z harakatlari bilan bemorga atayin yoki beixtiyor ziyon 
etkazishi mumkin. Harakatsizlik orqasida ziyon etkazish, qasddan ziyon etkazish va 
ob’ektiv muqarrar ziyon etkazish holatlarida atayin etkazilgan ziyon haqida so‘z 
yuritiladi. Bunday zararni oldindan ko‘ra bilish va uning ko‘lamiga baho berish 
mumkin. Ammo odamlar, shu jumladan vrachlar ko‘pincha o‘z harakatlari bilan 
beixtiyor ziyon etkazadilar. Mazkur ziyonning ham ikki varianti mavjud: oqibatlari 
haqida o‘ylashni istamaslik orqasida ziyon etkazish; nazorat qilib bo‘lmaydigan 
tashqi holatlar ta’sirida ziyon etkazish.  
                                     «YAxshilik qil» prinsipi 
Mazkur prinsip oldingi prinsipni kengaytiradi va davom ettiradi. Bioetika 
sohasidagi ayrim mutaxassislar bu ikki prinsipni hatto birlashtirib ham ko‘rsatadilar. 
Ammo mazkur prinsiplar o‘rtasida ularni alohida ko‘rib chiqishni (ayniqsa, 
bioetikaga tatbiqan) asoslaydigan jiddiy farqlar ham mavjud. «Ziyon etkazma» 
prinsipi tibbiyotdan tashqarida ham mashhur. Garchi biz uni tibbiyot amaliyotidan 
olingan misollarda ko‘rib chiqqan bo‘lsak-da, ba’zan odamlar o‘rtasidagi barcha 
axloqiy munosabatlarda uni asosli ravishda minimal zarur bo‘lgan, ya’ni asosiy talab 
deb hisoblaydilar. Agar men vrach sifatida emas, balki oddiy odam sifatida o‘z 
qilmishim boshqa odamga ziyon etkazishi mumkinligidan cho‘chisam, bunday 
harakatlardan o‘zimni tiyganim ma’qul. «YAxshilik qil» prinsipi esa taqiq emas, 
balki ma’lum ijobiy harakatlarni taqozo etuvchi qoidadir. Uning ma’nosi ba’zan 
mehr-muruvvat, xayriya, rahmdillik so‘zlari yordamida ifodalanadi. Mazkur 
harakatlar birinchi navbatda oqilona mushohada yuritishni emas, balki hamdardlik, 
mehr-shafqat singari his-tuyg‘ularni taqozo etadi. Kuchsizlik, og‘riq va azob-
uqubat, afsuski, muvaqqat, tarixning ma’lum bosqichlariga xos bo‘lgan tushunchalar 
emas, balki inson hayotining doimiy yo‘ldoshlaridir. «YAxshilik qil» prinsipi 
nafaqat ziyon etkazmaslik, balki uning oldini olish va (yoki) uning oqibatlarini 
bartaraf etish uchun faol harakat qilish zarurligiga e’tiborni qaratadi. Bunda faqat 
vrach ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tarzda etkazgan zarargina emas, balki vrach oldini 
olish yoki oqibatlarini bartaraf etishga qodir bo‘lgan har qanday ziyon nazarda 
tutiladi.  
Logotip
Nihoyat, vrach o‘z harakatlari bilan bemorga atayin yoki beixtiyor ziyon etkazishi mumkin. Harakatsizlik orqasida ziyon etkazish, qasddan ziyon etkazish va ob’ektiv muqarrar ziyon etkazish holatlarida atayin etkazilgan ziyon haqida so‘z yuritiladi. Bunday zararni oldindan ko‘ra bilish va uning ko‘lamiga baho berish mumkin. Ammo odamlar, shu jumladan vrachlar ko‘pincha o‘z harakatlari bilan beixtiyor ziyon etkazadilar. Mazkur ziyonning ham ikki varianti mavjud: oqibatlari haqida o‘ylashni istamaslik orqasida ziyon etkazish; nazorat qilib bo‘lmaydigan tashqi holatlar ta’sirida ziyon etkazish. «YAxshilik qil» prinsipi Mazkur prinsip oldingi prinsipni kengaytiradi va davom ettiradi. Bioetika sohasidagi ayrim mutaxassislar bu ikki prinsipni hatto birlashtirib ham ko‘rsatadilar. Ammo mazkur prinsiplar o‘rtasida ularni alohida ko‘rib chiqishni (ayniqsa, bioetikaga tatbiqan) asoslaydigan jiddiy farqlar ham mavjud. «Ziyon etkazma» prinsipi tibbiyotdan tashqarida ham mashhur. Garchi biz uni tibbiyot amaliyotidan olingan misollarda ko‘rib chiqqan bo‘lsak-da, ba’zan odamlar o‘rtasidagi barcha axloqiy munosabatlarda uni asosli ravishda minimal zarur bo‘lgan, ya’ni asosiy talab deb hisoblaydilar. Agar men vrach sifatida emas, balki oddiy odam sifatida o‘z qilmishim boshqa odamga ziyon etkazishi mumkinligidan cho‘chisam, bunday harakatlardan o‘zimni tiyganim ma’qul. «YAxshilik qil» prinsipi esa taqiq emas, balki ma’lum ijobiy harakatlarni taqozo etuvchi qoidadir. Uning ma’nosi ba’zan mehr-muruvvat, xayriya, rahmdillik so‘zlari yordamida ifodalanadi. Mazkur harakatlar birinchi navbatda oqilona mushohada yuritishni emas, balki hamdardlik, mehr-shafqat singari his-tuyg‘ularni taqozo etadi. Kuchsizlik, og‘riq va azob- uqubat, afsuski, muvaqqat, tarixning ma’lum bosqichlariga xos bo‘lgan tushunchalar emas, balki inson hayotining doimiy yo‘ldoshlaridir. «YAxshilik qil» prinsipi nafaqat ziyon etkazmaslik, balki uning oldini olish va (yoki) uning oqibatlarini bartaraf etish uchun faol harakat qilish zarurligiga e’tiborni qaratadi. Bunda faqat vrach ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tarzda etkazgan zarargina emas, balki vrach oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etishga qodir bo‘lgan har qanday ziyon nazarda tutiladi.
«YAxshilik qil» prinsipini tushunish va asoslashda ma’lum muammolar 
mavjud. Masalan, u o‘zini o‘zi qurbon keltirish va ashaddiy altruizm ma’nosida 
talqin qilinishi mumkin. Aytaylik, kimdir mazkur prinsipga amal qilib, o‘z 
buyragini, hatto ikkala buyragini ham boshqa, mutlaqo notanish odamga ko‘chirib 
o‘tkazishni taklif qilishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z hayotini baxshida etishga 
o‘zini burchli deb topdi. O‘z-o‘zidan ayonki, insondan o‘zini bunday qurbon 
keltirishni talab qilishni aqldan deb bo‘lmaydi. SHuning uchun ham «yaxshilik qil» 
prinsipi ba’zan axloqiy majburiyat sifatida emas, balki axloqiy ideal sifatida 
tushuniladi – unga rioya etish ma’qul ish bo‘lsa-da, boshqa birovga yaxshilik 
qilishdan bosh tortgan shaxsni axloqsiz deb aytish va qoralash noto‘g‘ri. Xullas, 
mazkur prinsipni asoslash yaxshilik qilish majburiyati mavjudmi, agar mavjud 
bo‘lsa, u haqda qanday hollarda so‘z yuritish mumkin, degan murakkab masalaga 
borib taqaladi. Masalan, biz suzishni yaxshi bilmaydigan odamdan qirg‘oq yaqinida 
cho‘kayotgan odamni qutqarishni talab qila olamizmi? Boshqa tomondan, suzishni 
yaxshi bilmaydigan odam cho‘kayotgan odamga qutqarish chambaragini uzatish 
uchun atigi ikki-uch metr joydan suzib o‘tishi kerak bo‘lsa, u bunday qilishga 
ma’naviy jihatdan burchli emas, deb hisoblash mumkinmi? 
YAxshilish qilish majburiyati etikaning turli nazariyalarida har xil asoslanadi. 
Utilitaristlar uni foyda keltirish prinsipining bevosita oqibati deb hisoblaydilar: 
boshqalarga yaxshilik qilib biz dunyoda ezgu ishlar sonini ko‘paytiramiz. Kantning 
deontologik etikasida yaxshilik qilish «agar sen boshqalarga yaxshilik qilish 
umumiy qoidaga aylanishini va boshqalar senga yaxshilik qilishini istasang, o‘zing 
ham boshqalarga yaxshilik qil», degan qat’iy qoidadan kelib chiqadigan talab 
hisoblanadi. D. YUm boshqalarga yaxshilik qilish zaruriyatini ijtimoiy 
munosabatlar tabiati bilan asoslaydi: jamiyatda yashar ekanman, men boshqalar 
qilayotgan ishlardan naf ko‘raman, binobarin, men ham ularning manfaatlarida 
harakat qilishim shart. (3) 
YUqorida biz «yaxshilik qil» prinsipini ishtirok etuvchi ikkala tomon hech 
qanday maxsus munosabatlar bilan o‘zaro bog‘lanmagan vaziyatlarga tatbiqan 
ko‘rib chiqdik. Ammo bunday munosabatlar mavjud bo‘lgan hollarda yaxshilik 
Logotip
«YAxshilik qil» prinsipini tushunish va asoslashda ma’lum muammolar mavjud. Masalan, u o‘zini o‘zi qurbon keltirish va ashaddiy altruizm ma’nosida talqin qilinishi mumkin. Aytaylik, kimdir mazkur prinsipga amal qilib, o‘z buyragini, hatto ikkala buyragini ham boshqa, mutlaqo notanish odamga ko‘chirib o‘tkazishni taklif qilishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z hayotini baxshida etishga o‘zini burchli deb topdi. O‘z-o‘zidan ayonki, insondan o‘zini bunday qurbon keltirishni talab qilishni aqldan deb bo‘lmaydi. SHuning uchun ham «yaxshilik qil» prinsipi ba’zan axloqiy majburiyat sifatida emas, balki axloqiy ideal sifatida tushuniladi – unga rioya etish ma’qul ish bo‘lsa-da, boshqa birovga yaxshilik qilishdan bosh tortgan shaxsni axloqsiz deb aytish va qoralash noto‘g‘ri. Xullas, mazkur prinsipni asoslash yaxshilik qilish majburiyati mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa, u haqda qanday hollarda so‘z yuritish mumkin, degan murakkab masalaga borib taqaladi. Masalan, biz suzishni yaxshi bilmaydigan odamdan qirg‘oq yaqinida cho‘kayotgan odamni qutqarishni talab qila olamizmi? Boshqa tomondan, suzishni yaxshi bilmaydigan odam cho‘kayotgan odamga qutqarish chambaragini uzatish uchun atigi ikki-uch metr joydan suzib o‘tishi kerak bo‘lsa, u bunday qilishga ma’naviy jihatdan burchli emas, deb hisoblash mumkinmi? YAxshilish qilish majburiyati etikaning turli nazariyalarida har xil asoslanadi. Utilitaristlar uni foyda keltirish prinsipining bevosita oqibati deb hisoblaydilar: boshqalarga yaxshilik qilib biz dunyoda ezgu ishlar sonini ko‘paytiramiz. Kantning deontologik etikasida yaxshilik qilish «agar sen boshqalarga yaxshilik qilish umumiy qoidaga aylanishini va boshqalar senga yaxshilik qilishini istasang, o‘zing ham boshqalarga yaxshilik qil», degan qat’iy qoidadan kelib chiqadigan talab hisoblanadi. D. YUm boshqalarga yaxshilik qilish zaruriyatini ijtimoiy munosabatlar tabiati bilan asoslaydi: jamiyatda yashar ekanman, men boshqalar qilayotgan ishlardan naf ko‘raman, binobarin, men ham ularning manfaatlarida harakat qilishim shart. (3) YUqorida biz «yaxshilik qil» prinsipini ishtirok etuvchi ikkala tomon hech qanday maxsus munosabatlar bilan o‘zaro bog‘lanmagan vaziyatlarga tatbiqan ko‘rib chiqdik. Ammo bunday munosabatlar mavjud bo‘lgan hollarda yaxshilik
qilish majburiyati jiddiy salmoq kasb etadi. Aytaylik, biror odamga uning qarindoshi 
bo‘lmagan bemorga ko‘chirib o‘tkazish uchun o‘z buyragini berish taklif 
qilinayotgan bo‘lsa, bunday jonbozlik ko‘rsatish mazkur odamning majburiyati deb 
aytish mumkin emas (bizning qonunchiligimiz bunday donorlikni taqiqlaydi). Agar 
ota yoki ona o‘z farzandiga buyragini berayotgan bo‘lsa, mehr-muruvvat 
ko‘rsatishning mazkur shaklini ko‘proq darajada majburiy deb topish mumkin. Ayni 
holda munosabatlar shu ma’noda maxsus hisoblanadiki, ota yoki ona bo‘lish ancha 
jiddiy majburiyatlar yuklaydigan ma’lum ijtimoiy vazifani bajarish demakdir.  
Maxsus munosabatlarning yana bir turi – ma’lum bitim, shartnoma yoki 
kontrakt bilan belgilanadigan (ammo doim ham hujjat shaklida qayd 
etilavermaydigan) munosabatlar. Mazkur bitim, shartnoma yoki kontrakt bilan 
ishtirokchi tomonlarning manfaatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan harakatlar 
belgilanishi mumkin.  
Xizmatlar ko‘rsatuvchi professional bilan mijoz, patsient yoki mazkur 
xizmatlardan foydalanuvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni ham maxsus 
munosabatlarning turlaridan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Professional – bu, 
aytaylik, vrach, yurist, militsioner, o‘qituvchi, murabbiy va sh.k., ya’ni maxsus bilim 
va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, tegishli ijtimoiy vazifani bajaradigan shaxs. Uning 
asosiy vazifasi o‘ziga yordam so‘rab murojaat etuvchi odamlarning hojatini 
chiqarishdan iborat.  
Tabiiyki, alohida vrach ham, butun sog‘liqni saqlash va tibbiyot tizimi ham o‘z 
faoliyatida faqat patsientlarga ziyon etkazmaslik vazifasi bilangina cheklanmaydi. 
Aks holda jamiyat mazkur tizimni qo‘llab-quvvatlash uchun asoslarga ega bo‘lmas 
edi. Sog‘liqni saqlash tizimining vazifasi bemorlarga shunchaki ziyon 
etkazmaslikdan emas, balki barcha patsientlar, demak, barcha odamlar va butun 
jamiyatning manfaatlarini ta’minlash, ya’ni ularga yaxshilik qilishdan iborat. Sariq 
bezgak yoki vabo singari kasalliklarning oldini olish usullari kashf etilganidan so‘ng 
umummilliy miqyosda mazkur og‘ir kasalliklarni profilaktika qilish maxsus 
dasturlarining qabul qilinishiga tabiiy bir hol deb qaraldi. Zotan, mazkur chora-
tadbirlarni amalga oshirmaslik ma’naviy jihatdan mas’uliyatsizlik bo‘lar edi.  
Logotip
qilish majburiyati jiddiy salmoq kasb etadi. Aytaylik, biror odamga uning qarindoshi bo‘lmagan bemorga ko‘chirib o‘tkazish uchun o‘z buyragini berish taklif qilinayotgan bo‘lsa, bunday jonbozlik ko‘rsatish mazkur odamning majburiyati deb aytish mumkin emas (bizning qonunchiligimiz bunday donorlikni taqiqlaydi). Agar ota yoki ona o‘z farzandiga buyragini berayotgan bo‘lsa, mehr-muruvvat ko‘rsatishning mazkur shaklini ko‘proq darajada majburiy deb topish mumkin. Ayni holda munosabatlar shu ma’noda maxsus hisoblanadiki, ota yoki ona bo‘lish ancha jiddiy majburiyatlar yuklaydigan ma’lum ijtimoiy vazifani bajarish demakdir. Maxsus munosabatlarning yana bir turi – ma’lum bitim, shartnoma yoki kontrakt bilan belgilanadigan (ammo doim ham hujjat shaklida qayd etilavermaydigan) munosabatlar. Mazkur bitim, shartnoma yoki kontrakt bilan ishtirokchi tomonlarning manfaatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan harakatlar belgilanishi mumkin. Xizmatlar ko‘rsatuvchi professional bilan mijoz, patsient yoki mazkur xizmatlardan foydalanuvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni ham maxsus munosabatlarning turlaridan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Professional – bu, aytaylik, vrach, yurist, militsioner, o‘qituvchi, murabbiy va sh.k., ya’ni maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, tegishli ijtimoiy vazifani bajaradigan shaxs. Uning asosiy vazifasi o‘ziga yordam so‘rab murojaat etuvchi odamlarning hojatini chiqarishdan iborat. Tabiiyki, alohida vrach ham, butun sog‘liqni saqlash va tibbiyot tizimi ham o‘z faoliyatida faqat patsientlarga ziyon etkazmaslik vazifasi bilangina cheklanmaydi. Aks holda jamiyat mazkur tizimni qo‘llab-quvvatlash uchun asoslarga ega bo‘lmas edi. Sog‘liqni saqlash tizimining vazifasi bemorlarga shunchaki ziyon etkazmaslikdan emas, balki barcha patsientlar, demak, barcha odamlar va butun jamiyatning manfaatlarini ta’minlash, ya’ni ularga yaxshilik qilishdan iborat. Sariq bezgak yoki vabo singari kasalliklarning oldini olish usullari kashf etilganidan so‘ng umummilliy miqyosda mazkur og‘ir kasalliklarni profilaktika qilish maxsus dasturlarining qabul qilinishiga tabiiy bir hol deb qaraldi. Zotan, mazkur chora- tadbirlarni amalga oshirmaslik ma’naviy jihatdan mas’uliyatsizlik bo‘lar edi.
Umuman olganda, patsientlarning sog‘lig‘ini ta’minlash vrachlar hamda 
tibbiyot sohasidagi boshqa professionallarning burchidir. Sog‘liqni saqlash 
tizimining vazifasi sog‘liqni yo‘qotishning oldini olishdan, bemorning yo‘qotgan 
sog‘lig‘ini tiklashdan iborat. Ammo ayrim hollarda kamroq natija bilan, masalan, 
kasallikning rivojlanishini to‘xtatish yoki hatto palliativ tibbiyot bilan 
bog‘liqhollarda o‘layotgan odamning og‘rig‘i va azob-uqubatlarini engillashtirish 
bilan kifoyalanishga to‘g‘ri keladi.  
Gippokrat qasamyodida yaxshilik qilish majburiyati burch sifatida vrachlar 
qatoridan o‘rin egallayotgan shaxsning o‘z ustoziga va hatto uning oilasiga bo‘lgan 
munosabatiga nisbatan amal qiladi. Bemorlarga bo‘lgan munosabat masalasiga 
kelsak, bu ma’noda qasamyod qat’iy majburlovchi xususiyatga ega emas: bu erda 
vrach o‘ziga yordam so‘rab murojaat etishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan ixtiyoriy 
ravishda munosabatlarga kirishayotgan soha yoki muassasa vakili sifatida ishtirok 
etadi. Ular bilan munosabatlarda vrachning ijtimoiy vazifasi mehr-muruvvat 
ko‘rsatishdan, ya’ni yaxshilik qilishdan iborat.  
Hozirgi zamon tibbiyotida esa vrachning jamiyat va o‘z patsientlari oldidagi 
majburiyatlari birinchi o‘ringa chiqadi. Umuman olganda, Gippokrat davridan farqli 
o‘laroq, hozirgi vrach uchun patsientlarga yaxshilik qilish majburiyati ko‘proq 
darajada qoida xususiyatiga ega.  
«YAxshilik qil» prinsipi bilan bog‘liq yana bir muammo mazkur yaxshilikning 
mazmunini kim belgilaydi degan savolga javob topishni nazarda tutadi. (3) 
                                                Paternalizm  
Gippokrat qasamyodida shunday so‘zlar bor: «Men o‘z kuchim va bilimimga 
qarab bemorlarga foyda keltirishga harakat qilaman...» Tibbiyot amaliyotining ko‘p 
asrlik an’anasi shundan iboratki, har bir muayyan holatda bemorga nima foyda 
berishini aynan vrach hal qiladi. Bunday yondashuv paternalistik (lotincha «pater» 
– «ota» so‘zidan) yondashuv deb ataladi, chunki vrach ayni holda nafaqat o‘z 
farzandining foydasi haqida qayg‘uradigan, balki bu foyda nimadan iboratligini ham 
belgilaydigan ota vazifasini bajaradi. «Paternalizm» atamasi o‘z kelib chiqishiga 
ko‘ra ijtimoiy-siyosiy nazariyalar tiliga mansub bo‘lib, davlat bilan fuqarolar 
Logotip
Umuman olganda, patsientlarning sog‘lig‘ini ta’minlash vrachlar hamda tibbiyot sohasidagi boshqa professionallarning burchidir. Sog‘liqni saqlash tizimining vazifasi sog‘liqni yo‘qotishning oldini olishdan, bemorning yo‘qotgan sog‘lig‘ini tiklashdan iborat. Ammo ayrim hollarda kamroq natija bilan, masalan, kasallikning rivojlanishini to‘xtatish yoki hatto palliativ tibbiyot bilan bog‘liqhollarda o‘layotgan odamning og‘rig‘i va azob-uqubatlarini engillashtirish bilan kifoyalanishga to‘g‘ri keladi. Gippokrat qasamyodida yaxshilik qilish majburiyati burch sifatida vrachlar qatoridan o‘rin egallayotgan shaxsning o‘z ustoziga va hatto uning oilasiga bo‘lgan munosabatiga nisbatan amal qiladi. Bemorlarga bo‘lgan munosabat masalasiga kelsak, bu ma’noda qasamyod qat’iy majburlovchi xususiyatga ega emas: bu erda vrach o‘ziga yordam so‘rab murojaat etishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan ixtiyoriy ravishda munosabatlarga kirishayotgan soha yoki muassasa vakili sifatida ishtirok etadi. Ular bilan munosabatlarda vrachning ijtimoiy vazifasi mehr-muruvvat ko‘rsatishdan, ya’ni yaxshilik qilishdan iborat. Hozirgi zamon tibbiyotida esa vrachning jamiyat va o‘z patsientlari oldidagi majburiyatlari birinchi o‘ringa chiqadi. Umuman olganda, Gippokrat davridan farqli o‘laroq, hozirgi vrach uchun patsientlarga yaxshilik qilish majburiyati ko‘proq darajada qoida xususiyatiga ega. «YAxshilik qil» prinsipi bilan bog‘liq yana bir muammo mazkur yaxshilikning mazmunini kim belgilaydi degan savolga javob topishni nazarda tutadi. (3) Paternalizm Gippokrat qasamyodida shunday so‘zlar bor: «Men o‘z kuchim va bilimimga qarab bemorlarga foyda keltirishga harakat qilaman...» Tibbiyot amaliyotining ko‘p asrlik an’anasi shundan iboratki, har bir muayyan holatda bemorga nima foyda berishini aynan vrach hal qiladi. Bunday yondashuv paternalistik (lotincha «pater» – «ota» so‘zidan) yondashuv deb ataladi, chunki vrach ayni holda nafaqat o‘z farzandining foydasi haqida qayg‘uradigan, balki bu foyda nimadan iboratligini ham belgilaydigan ota vazifasini bajaradi. «Paternalizm» atamasi o‘z kelib chiqishiga ko‘ra ijtimoiy-siyosiy nazariyalar tiliga mansub bo‘lib, davlat bilan fuqarolar