BIOGEN ELEMENTLAR (BIOGENIC ELEMENTS)
I. Reja:
1. Elementlarning er qobig‘ida tarqalishi
2. Atrof-muhitda tarqalgan makro- va mikroelementlar va ularning odam
organizmidagi roli
3. Odam va biosfera
4. Endemik kasalliklarning biogeoximiya bilan bog‘liqligi
5. Texnika progressii va atrof-muhit muhofazasi
1. Elementlarning er qobig‘ida tarqalishi
Er qobig‘ining 80% miqdorini 8 ta element tashkillaydi. Eng ko‘p tarqalgan
element bu O – kisloroddir. U er qobig‘ining 475 ini tashkillaydi. Ikkinchi o‘rinni
Si – kremniy egallaydi (20,5%), keyin alyuminiy, temir, kalsiy, natriy, kaliy va
magniy. Elementlar miqdori haqida ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
Tirik tabiatga aytilgan elementlar asosan tashkillasa, lekin asosiy hayot elementi
bo‘lib uglerod hisoblanadi.
Er qobig‘ida asosan kislorodli birikmalar tarqalgan. Asosan tog‘ manbalari:
silikatlar, karbonatlar, sulfidlar va sulfat minerallari.
2. Atrof-muhitda tarqalgan makro- va mikroelementlar va ularning odam
organizmidagi roli
Tirik organizmlardagi organik va anorganik moddalar elementlardan qurilgan.
Bu elementlar biogen elementlar deyiladi. Organik va anorganik moddalar odam
organizmida asosiy funksiyalarni bajaradi.
Hozirgi vaqtgacha 108 ta elementdan 80 tasi organizm hayotida aniq rol
o‘ynaydi. Odam qoni tarkibida 30 ta element, suyaklarda 30 ta atrofida, sigir
sutida 20 ta element bor.
Odam tanasining 6,3% ini 6 ta element, ya’ni makroelementlar tashkillaydi. Bu
O, C, H, N, Ca yoki S, P. Bularning miqdori har biriniki 1% dan yuqoriroqdir. Bu
elementlar oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, nuklein kislotalar molekulalarini quruvchi
asosiy qurilish materiallaridir.
Odam tanasida 4 ta element atomlari tananing 0,04 dan 1% gacha tashkillaydi.
Ularni oligobiogen elementlar deyiladi.
0,01% dan kam miqdorda bo‘lgan elementlar mikrobiogen elementlar deyiladi.
Bular hayot uchun kerakli 8 ta elementlar: Mn, Co, Cu, Zn, F, Br, J.
Mikrobiogen elementlarga barcha og‘ir metallar kiradi. B, Cs, U, Fe, Cu, Zn,
Mo, Co, Se kabi elementlar biofillar, ya’ni organizmda albatta uchraydigan
elementlardir.
SHunday qilib, Mendeleev davriy sistemasining 2/3 qismi tirik moddalar
tarkibiga kiradi.
Ularning ayrimlari organizmda asosiy funksiyalarni bajaradi, ya’ni
katalizator, u yoki bu jarayonlarni tug‘diruvchi vazifani bajaradilar. Masalan, Cd –
kadmiy qon tarkibidagi shakar miqdorini tartibga solib turadi, Se – selen esa qurish
qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bir element organizmda, konsentratsiya, ya’ni miqdoriga qarab foyda yoki zarar
keltirishi mumkin.
3. Odam va biosfera (15 min)
Biosfera bu er yuzasidagi hayotiy jarayonlar sodir bo‘ladigan katta bo‘lmagan
qism.
Biosfera haqidagi fanni va evolyusiyani asoslagan inson bu V. I. Vernadskiydir.
Biosfera asosini suyuq faza, quyosh radiatsiyasi, karbonat angidrid va boshqa
elementlar birikmalari tashkillaydi.
Mikroorganizmlar havoda, suvda va erda har xil sharoitda yashaydilar.
Masalan:
SHunday bakterialar borki, suyuq vodorodda (252oS) 20 s turishi yoki yashashi
mumkin.
Ayrim qo‘ziqorinlar sulemaning to‘yingan eritmasida, 10% sulfat kislota
eritmasida yashashlari mumkin.
Mikroorganizmlar er tagi suvlarida yoki pastlikda ham uchraydi. Erning tepa
qismida ozon oqimigacha yashaydilar (ultrabinafsha nurlari uradi).
Biokimyoviy jarayonlarning asosiy reaksiyalari 0oS dan 50oS gacha oraliqda
yashaydi. Tirik moddalar miqdor jihatdan oz joyni egallamasalar ham, biosfera
shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi. Erda yashadigan zeln tur tirik organizmlardan
300 ming miqdori o‘simliklarga to‘g‘ri keladi. Quruqlikda biomassaning 0,7-0,8%
ini o‘simliklar tashkillasa, qolgan 2-3% i hayvon va mikroorganizmlarga to‘g‘ri
keladi. Planeta tirik moddalarning million qismini egallaydi.
4. Endemik kasalliklarning biogeoximiya bilan bog‘liqligi
Hayot er qobig‘ining ximiyasi bilan qattiq bog‘langan. Organizmda
moddalarning konsentratsiyalari normativi juda katta ahamiyatga ega.
Konsentratsiya o‘zgarishi u yoki bu organlarning ishlash qobiliyatiga, modda
almashinuviga, umuman organizmning noto‘g‘ri ishlashiga olib keladi. SHuning
uchun elementlarning konsentratsiyalarini bilish zarur. Element konsentratsiyalari
sezonga qarab o‘zgarib turadi.
1)
Masalan: F – ftor atmosferada, erda, suvda, tog‘ manbalarida,
o‘simlik va hayvon to‘qimalarida mavjud bo‘ladi. Asosan dunyo okeanida ko‘p.
Suv sachrashi bilan ftor atmosferaga va erga tushadi. O‘simliklar erdan ozuqa
oladi, odamlar esa suvdan va oziq-ovqatdan ozuqa oladi. Agar ichimlik suvida
ftorning miqdori 0,5 g/l dan kamayib ketsa, odamning tishlari buzilishni boshlaydi.
Bu kariesga olib keladi. Lekin ftor ortib ketishi ham tishning buzilishiga,
flyuorazga olib keladi.
2)
Masalan: buqoq kasalligi organizmda yodning etishmasligidan kelib
chiqishini 1851 yili fransuz ximigi A. SHaten isbotlab bergan. Asosan tog‘li
rayonlardagi suvlarda, erda, o‘simlik va hayvon oziq-ovqatlarida yod miqdori kam
bo‘ladi. SHuning uchun tog‘ yaqinida yashaydigan odamlar enedemik buqoq
kasalligiga chalinadilar. Bunda odamlar tarkibiga yod qo‘shilgan osh tuzi iste’mol
qiladilar. (1 kg shundaytuz tarkibida 10 g KJ bo‘ladi.), bu juda ham oz miqdor.
3)
Masalan: suyak tarkibida Sr – stronsiyning ortib ketishi ham kasallikka
olib keladi. Uning miqdorining oshishi organizmda Sa defitsiti (ozayib ketishi) ga
bog‘liq. Sr Ca elementiga o‘xshaydi, u suyakda Sa ning o‘rniga tortiladi. Sr juda
harakatchanligi tufayli suyak to‘qimasida uzoq ushlanib turmaydi, shuning uchun
suyakning tez maydalanishiga va ularning deformatsiyasiga olib keladi.
4)
Masalan: Sa etishmasligi raxit kasalligiga olib keladi.
5)
Ishlab chiqarish rivojlangan sari atrof-muhit ifloslanishi ham ortib
bormoqda. Bu odam organizmi, atrof-muhitga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Atmosferaning ifloslanishi nafaqat odam, tabiatga ham katta zarar etkazyapti.
5. Texnika progressii va atrof-muhit muhofazasi
Ishlab chiqarish korxonalaridan har xil zararli tashlandiqlar, neft mahsulotlari,
radioaktv moddalar va boshqalar okean va daryolarga tashlanmoqda
Metall quyilayotganda (rudalardan) ularni changlash protsessi sodir
bo‘ladi. Bu changlar tarkibida (Fe, Ca, Mg, Mn, Pb, Hg, Cu, As va boshqalar)
bo‘ladi. 1 t Cu (mis) dan 2,00 t chang chiqadi. Ishlab chiqarilgan metallar
ishlatilish davomida korroziyaga uchraydilar. Ifloslanishning yana bir manbai bu
transportdir. Avtomobildan chiqayotgan tutunning tarkibida SO, NO va Pb
mavjud. Benzin tarkibida detonatsiyaga qarshi tetroetil qo‘rg‘oshin (CH3-CH2) Pb
ko‘p qo‘shiladi. 1 l benzin yonishidan 200-400 mg Pb tashlanadi. Amerika
mutaxassislarining aniqlashlaricha, shaharda, qishloq aholisidan ko‘ra 20 marotaba
ko‘proq Pb mavjud. Pb ni o‘simliklar bilan (orqali) hayvonlar iste’mol qiladi,
odamlar mevalar, sut va havodan oladi.
Bularni inobatga olib butun dunyo bo‘yicha bizning mamlakatimizda ham
atrof-muhitning muhofazasi uchun ko‘p ishlar qilinayapti. Ifloslanishning oldini
olib ularning ko‘payishiga qarshi ishlab chiqarishda tozalash ishlari olib
borilmoqda. CHiqindisiz texnologiyalar ishlab chiqilyapti va insonning yashashi
uchun optimal gioximiyaviy sharoitlar ishlab chiqilmoqda.
s - Biogen elementlar
Sodium is widely distributed in all organs, tissues and body fluids of the human
body. In contrast potassium, most of the sodium is in the extracellular fluids - about
50%, in the bones and cartilage - about 40% and less than 10% - within cells.
S – biogen elementlar
Natriy va kaliyning organizmda to‘planishi va axamiyati.
Natriy qon plazmasi, limfada, oshqozon shirasida mavjud.
Organizmda umumiy 0.25% massa jihatdan bordir.
Sutka davomida natriyga bo‘lgan ehtiyoj 4-7 gramm ga teng.
Organizmda natriy eruvchan tuzlar – xloridlar, fosfatlar va bikarbonatlar sifatida
uchraydi.
Qon tarkibida 0.32%, suyaklarda 0.6%, muskullarda 0.6-0.5% bo‘ladi.
Natriy hujayra tashqarisidagi suyuqlikning eng muhim komponentidir,
u organizmdagi hujayralar tashqi suyuqligining osmotik bosimini regulyasiya qilib
turadi. Bu erda Na+ ning o‘rnini egallaydigan ion yo‘qdir, shuning uchun Na+
ozayib ketishi hujayra tashqarisidagi suyuqlik osmotik bosimi pasayib, umumiy
hajmi kamayishiga olib keladi.
SHunday qilib natriy hujayra tashqarisidagi suyuqlkning hajmini ham
regulyasiya qilib turadi. SHuning uchun Na+ ortib ketishi suyuqlikni hujayralardan
chiqishiga olib keladi, aksincha ozayib ketishi suvning hujayraga qarab o‘tishiga
olib keladi.
Natriy odam organizmining barcha organ va tukimalarida keng tarkalgan.
Natriyning ko‘p miqdori, ya’ni 50% xujayra tashqarisidagi suyuqlik tarkibiga
kiradi, suyaklarda 40%, xujayra ichkarisida 10%.
Natriyning organizmdagi roli:
Osmotik bosimni doimiyligini saqlash
Suyuqlikning xajmini doimiyligini saqlash
organizmning kislota-asos balansini ushlab turadi
Sutka davomida odam 10-12 g osh tuzi istemol qiladi. Bundan tashqari natriy non
va sof oziq – ovqat orqali organizmga tushib turadi.
Lekin olimlar ko‘p miqdorda osh tuzi ist’emol qilish zararligini takidlab
o‘tishmoqda, ya’ni gipertonik kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Siydik va ter orqali natriy ionlari organizmdan ajralib turadi, shuning uchun og‘ir
mexnat, o‘ta issiq sharoitda asosan natriyga bo‘lgan extiej sutkasida 20 g ga
ortadi.
Natriyning organizmda etishmasligini sabablari: (giponatriemiya)
Organizmga etarlicha natriyning tushib turmasligi (tuzsiz ovqatlanish va boshq.),
Buyrak orqali ko‘p miqdorda natriyning ajralishi (buyrak kasalliklari),
Teri orqali ko‘p miqdorda natriyning ajralib chiqishi (ko‘p va uzoq vao‘t terlash,
terining kuyishi),
Natriyning suyuqlik orqali yo‘qotilishi (qayd qilish, ich ketish va boshq.),
Organizmga ortiqcha miqdorda suvning tushib turishi yoki uning patologik
xolatlarda organizmda ko‘p qolishi (yurak kasalliklari, jigar sirrozi va boshq.)
Kaliy organizmning barcha to‘qimalarida mavjud. Sutka davomidagi K+ ga
bo‘lgan ehtiyoj 2-3 g. K+ ning ko‘p miqdori odam uchun zaharli hisoblanadi. 80 g
KCl odamni o‘limga olib keladi.
SHu aniqlanganki, kaliy tuzlari o‘rnini boshqa birorta tuz egallay olmaydi.
K+ asosan qon va hujayra protoplazmasida va jigarda mavjud. K+ tuzlari tez hazm
bo‘ladi va buyrak yordamida ajralib chiqadi.
K+ - hujayraning ichidagi ion 98% miqdori hujayra ichida oqsillar, uglevodlar,
kreatinin va fosfor bilan birikkan tinin va fosfor bilan birikkan holda uchraydi.
Og‘ir kuyish vaqtida hujayralardan K+ yo‘qolishiga olib keladi.
Na+ va K+ buyrakda to‘planadi. Ular fosfat, sulfat va organik kislotalar bilan
hosil qilgan tuzlari sifatida siydik orqali chiqarib yuboriladi.
Kaliyning organizmdagi roli:
organizmda oqsil va uglevod almashinuvini regulyasiya qiladi
organizmdagi barcha muskullarining (asosan yurak muskullari) faol (normal)
ishlashini ta’minlaydi.
ortiqcha natriy miqdorini ajralib chiqishini ta’minlaydi (organizmdan ortiqcha
suvni ajratib turadi).
Ca2+ - kalsiyning organizmda uchrashi va axamiyati.
Organizmda eng muhim element ioni kalsiy bo‘lib, u oqsillar va lipidlar
bilan bog‘langan holda uchraydi. Ca2+ o‘simlik va sut yordamida organizmga
tushadi. Modda almashinuvida doim ishtirok etadi.
Odam tanasining 2% (massa jihatdan) ini kalsiy egallaydi. (70 kg odamda
1400 ga Sa bor.) 99% miqdori suyak va tish to‘qimalaridadir. Ca2+ ning ham
o‘rnini egallaydigan boshqa kation yo‘q. Ca2+ qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ovqat
hazm bo‘lishi osonlashadi. YUrak ish faoliyatini regulyasiya qiladi. Qonni
ivishida ahamiyati katta. Ca2+ nerv impulslarini o‘tkazib berish jarayonida,
muskullarning qisqarishida, yurak muskullarining qisqarishida, suyak
to‘qimalarining paydo bo‘lishida, fermentlar ishining regulyasiyasida va boshqa
organ va sistemalarning normal ishlashida katta rol o‘ynaydi va uning biokimyoviy
jarayonlarining kechishida ahamiyati katta.
Organizmga bir kunda kerak bo‘ladigan miqdori 1 g. Uning etishmasligi
qonga ta’sir qiladi va qon suyaklardagi Sa ni ola boshlaydi va suyaklar mo‘rtlashib,
qiyshayishiga olib keladi. Sa ortib ketsa, o‘t pufak, siydik yo‘llarida kalsiy
tuzlarini to‘planib, toshga aylanishiga olib keladi.
Kalsiy
suyak to‘qimasi, tish va (soch,tirnoq) asosini tashkillaydi.
- Sa yurak muskullari ishlash (miokard) jarayonida ishtirok etadi. SHu bois
yurak ko‘rsatqichlariga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni puls, bosim va boshq.
- Bundan tashqari kalsiy markaziy nerv sistemasi ish faoliyatida va oziq – ovqat
xazm bo‘lish jaraenida ishtirok etadi.
Kalsiy normasi:
Deyarli barcha kalsiy miqdori, ya’ni — 1kg dan -1,5 kg gacha — bu suyak va
tishlardir.
1% kalsiya miqdori qon zardobida mavjud.
Qonda kalsiy elementi uch xil formada uchraydi:
1.Organik va noorganik kislotalar kompleksida.
2. Oqsillar bilan bog‘langan formada.
3. Ionlangan xolda.
Kalsiyning birikmalari:
— kalsiy laktat, kalsiy fosfat va boshq.
— albumin bilan bag‘langan kalsiy
Kalsiyning biologik roli:
YUrak ish faoliyatini yaxshilaydi,
Organizmda temir almashinishida ishtirok etadi, fermentativ aktivlikni
regulyasiya qiladi,
nerv sistemasini normal ishlashini ta’minlaydi,
fosfor bilan birga suyaklarni mustaxkamlaydi va tishlarni sog‘loml bo‘lishini
ta’minlaydi,
qon ivishida ishtirok etadi, immun sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi,
Endokrin sistemasi ishlashini normallashtiradi
muskullar normal ishlashini ta’minlaydi,
xar xil infeksiyalarga qarshi kurashadi
O‘saetgan organizmda kalsiy fosfor bilan birgalikda
suyak
mustaxkamlashishini ta’minlaydi.
Bu jaraenni vitamin D regulyasiya qilib turadi..
Kalsiyning
organizmga
etishmasligi:
(Gipokalsiemiya):
o‘t suyuqligining etarlicha xosil bo‘lmasligi,
ichaklarda so‘rilish jaraening buzilishi
Gipokalsiemiya:
nerv sistemasining qo‘zg‘olishining ortib ketishi,
oyoq va qo‘llar tomirining tortishi,
soch to‘kilishi,
tishlarning rangi o‘zgarishi,
uyqusizlik
Kalsiy etishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklar:
raxit (vitamina D defitsiti)
osteoporoz
osteomalyasiya
buqoq
Surunkali buyrak kasalliklari
Magniy defitsiti
pankreatit
Mexanik sariq kasalligi
Kalsiyning organizmda ortib ketishi
ko‘p miqdorda kalsiy tuzlariningorganizmga yuborilishi,
Ichaklarda so‘rilishning zo‘rayib ketishi,
buyrak orqali kalsiyning ajralib chiqishining susayishi,
Vitamin D ko‘p ist’emol qilinishi va boshk
(giperkalsiemiya) simptomlari:
o‘sishning susayishi,
Ishtaxaning buzilishi,
Qayd qilish
CHanqash, ich qatishi
siydik ko‘p ajaralishi
Muskullar tonusining pasayishi
Refleks ortishi
Xotiraning yomonlashishi,
buyrak tomirlarida to‘planishi
Kalsiy xususiyatlari:
Kalsiyning organizmda so‘rilishi juda qiyin, chunki uning birikmalari suvda
erimaydi, shuning uchun kalsiy oziq - ovqat orqali organizmga tushib, oshqozon
suyuqligi va ingichka ichak ishqoriyliligi ta’sirida qisman parchalanadi.
Ko‘p miqdorda so‘rilishi mumkin bo‘lgan kalsiy formasi sut tarkibida bo‘ladi.
SHuning uchun sutka davomida 0,5 l dan kam bo‘lmagan miqdordagi sut ist’emol
qilinishi lozim. (sut, tvorog, qatiq va x.k.)
Kalsiy tutgan oziq – ovqatlar va antogonistlar.
Quyidagi oziq-ovqat maxsulotlarida kalsiydan tashqari u bilan birga ta’sir etadigan
fosfor va D vitamini bor maxsulotlar:
tvorog, sut, sut maxsulotlari, pishloq.
Mol jigari
pishmagan tuxum sarig‘i
soya, dukkakli o‘simliklar
baliq
Er yong‘oq, yong‘oq
barcha mevalar
kungaboqar pistasi
Poliz ekinlari(petrushka, karam), chesnok….
Kalsiy antagonistlari (kalsiyning so‘rilishini qiyinlashtiradiganlar: щavel kislota
(shokolad, щavel), ko‘p miqdorda yog‘, bo‘g‘doy tarkibidagi fitin kislota.
Magniyning axamiyati:
-
xlorofillda 2% (fotosintez vaqtida Mg quyosh energiyasini yutadi va u yordamida
SO2 va N2O ni murakkab organik moddaga aylantiradi.)
-
60 kg li odamda 25 g Mg bor.
-
U fermentlarni aktivlashtiradi, adenozintrifosfat kislota parchalanishini
ta’minlaydi.
-
Suyaklarda Sa bilan muhim rol o‘ynaydi.
-
Mg-Ca muvozanati buzilsa, Mg suyaklarga o‘tadi va Sa ni siqib chiqarib
raxitga olib keladi.
-
Nerv sistemasi to‘qimalarida ham bor.
-
Miyada katta rol o‘ynaydi.
-
CHarchagan odamlar qonida Mg2+ kam bo‘ladi, sog‘lom insonga nisbatan.
SHuning uchun yurak ish faoliyatiga ta’siri bor.
Magniy —
-
Fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadi
-
kreatina fosfatni ATF — nukleotidga aylanishida ishtirok etadi.
SHuning uchun magniy organizmning energetikasini regulyasiya qilib turadigan
elementdir.
-
Oqsil sintezining barcha etaplarida ishtirok etadi
Magniy etishmasligi kasalliklari:
-
uyqusizlik ,
-
surunkali charchash,
-
osteoporoz
-
artrit
-
muskullar spazmalari
-
yurak aritmiyasi
Magniy miqdori va manbalari:
bir sutka davomida magniyga bo‘lgan extiyoj — 0,3-0,5 g.
Normal odam organizmida 19 g magniy bor.
Magniyga boy oziq–ovqatlar:
- kunjut
- yong‘oq
Sut va non maxsulotlarida magniy juda kam, shuning uchun sutka davomida
magniyning normal miqdori tushishi (300 mg) uchun 2—3 litr sut yoki 1,5—2 kg
go‘sht ist’emol qilish lozim.
Magniy va kalsiy birikmalari odam va hayvonlarning hamma organlarida
uchraydi. Kishi organizmi uchun zarur bo‘lgan kalsiy va magniyning miqdori juda
osonlik bilan to‘lg‘iziladi, chunki bu elementlar er qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan
sakkizta elementning ikkitaidir. O‘simliklar uchun ko‘k rang beruvchi xlorofill o‘z
tarkibida magniy saqlaydi. Sut va turli sabzavot o‘simliklari o‘zida ko‘p miqdorda
kalsiya saqlaydi. Ichiladigan suv o‘zida ma’lum miqdorda kalsiy saqlaydi.
Suvdagi bu kalsiy ohaktosh CaCO3 ni suv va karbonat agnidrid ta’sirida bikarbonat
kalsiyga aylanishi natijasida hosil bo‘ladi:
CaCO3 + CO2 + H2O = Ca(HCO3)2
Tabiat suvlarida magniy va kalsiy ionlarining bo‘lishi, suvning
qattiqlanuvchanligini tashkil etadi. SHuning uchun ham suv qaynatilsa yoki suvga
sovun qo‘shilsa cho‘kma CaCO3, MgCO3 lar hosil bo‘ladi.
Magniy ionii kishi organizmida nuklein kislotalar bilan turli kompleks
birikmalarini hosil qiladi. Ovqatda magniyning miqdori juda ortib ketsa kishi
sezgirligini yo‘qota boshlaydi.
Kishi uchun kalsiy suyak va tishning o‘sishida zarur. Bir kunda bolalar uchun 1,5
grammgacha, kattalar uchun0,5 grammgacha kalsiy kerak. Emizikli ayollarda
kalsiy sut hosil bo‘lishida aktiv ishtirok etadi. Oshqozonda sutning kazeinini
cho‘ktirishga, yurak urish ritmini normal holatda bo‘lishida va qon ivishida
fibrinogenni fibringa aylantirishda kalsiyning roli kattadir. Agarda qonning ivish
xossasini oshirish kerak bo‘lib qolsa, u holda organizmga qo‘shimcha miqdorda
kalsiy tuzlari yuboriladi, aksincha bo‘lsa, ya’ni ivish xossasini kamaytirish kerak
bo‘lsa, u holda kalsiy ionini bog‘lash uchun natriy yoki kaliy sitrat yuborish
natijasida mustahkam sitratli kompleks hosil bo‘ladi. Agar qonda, kalsiyning
miqdori kamaysa, u holda qon suyakdagi kalsiyni ola boshlaydi. Natijada
osteomalyasiya kasalligi vujudga keladi, ya’ni skeletning suyaklari qiyshayadi.
Qondagi kalsiyning konsentratsiyasini qolqonsimon bez ajratib chiqargan
kalsitonin bilan davolash natijasida qariyalarda osteoporazning oldini olinadi
(suyakning mo‘rtligi). Qon plazmasida kalsiyning etishmasligi mushaklarning
tortishib qolishiga sabab bo‘ladi.
O‘simlik va hayvonlarning turli organlarida stronsiy va bariy juda oz
miqdorda uchraydi, lekin ularning organizmda qanday funksiyani bajarishi ma’lum
emas. Stronsiyning ma’lum birikmalari meditsinada turli teri kasalliklarini
davolashda ishlatiladi. Qonga yuborilgan stronsiy ionii zahardek ta’sir etadi.
Qonga yuborilgan stronsiy ionii zahardek ta’sir qiladi. Bariyning suvda eriydigan
tuzlari juda zaharli. SHuning uchun bariyinng tuzlari turli zaharli hasharotlarga
qarshi kurashda ishlatiladi. Bariy tuzlarining juda ozgina qismi ham organizm
uchun juda zararli, u yurak faoliyatini buzadi.
Magniy oksid MgO (so‘ndirilgan magniy) oshqozonda kislotaning miqdori oshib
ketsa uni neytrallashda ishlatiladi. Bundan tashqari
magniy oksidi turli teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Magniy sulfat yoki
achchiq tuz (ingliz tuzi)MgSO4*7H2O oshqozon kasalliklarini davolashda Mg2+
ionini o‘tkazmasligiga asoslangan. Natijada N2O osmotik hodisasi asosida ichakka
uning devorlaridan o‘tadi. Kalsiy oksid CaO dezinfeksiyalovchi modda sifatida
ishlatiladi. Axlatlarni tashlash uchun maxsus kavlangan chuqurni dezinfeksiya
qilishda qo‘llaniladi. Kalsiy karbonat kislota CaCO3 ni adsorbsiyalovchi va
neytrallovchi modda sifatida ishlatiladi. Kalsiy xlorid CaCl2*6H2O bronxial astma
va sil kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari ko‘p qon
yo‘qotiladigan tushrli operatsiyalardan oldin profilaktika uchun ishlatiladi.
Bariy
ning organizamdagi axamiyati
Bariy ko‘z atrofida topilgan. Uning qonda ko‘payibketishi – leykoz kasalligiga olib
keladi. Bu element odam uchun juda zaxarlidir. U biomolekulalar tarkibidagi
kalsiyni ko‘p miqdorini siqib chiqaradi.
Eruvchan bariy tuzlari juda zaxarli. Bariy sillik muskullarga ta’sir qiladi, qon
bosimini oshiradi.
Bariyning BaSO4 tuzi meditsinada rentgenodiagnostika ishlatiladi. Oshqozon,
qizil lungach va ichaklar tekshiriladi (juda eruvchanligi yomonligi uchun EKBaSO4 =
0,87 ∙ 10-10 ga teng.
Bariyning 0,2 g miqdori o‘limga olib keladi. Uning eruvchan tuzlari kemiruvchi
(sichqon, kalamush) larni zaxarlashda ishlatiladi. Fiziologik tomondan kurilganda
BaCl2 juda kuchli yurak. YUrak uchun zaxardir. BaCO3 va BaSO3 lar xam zaxarli
xisoblanadi. BaSO4 zaxarlimasdir, chunki oshqozondagi NSl uni erita olmaydi.
Rentgenologiyada ishlatilishi shu sababliki, u rentgen nurlarini o‘tkazmaydiva
rentgen kamera devorlarini saqlaydi.
Bariy miqdori organizmda ortishi onkologik kasalliklar paydo bo‘lishiga olib
keladi.
Bariyning toksik (zaxarli) ta’siri uning suyak to‘qimalarida nerv xujayralarida
va miyada erimaydigan fosfat tuzlarini hosil qilishidadir.
Stronsiy
ning axamiyati
Str
ots
iy - er qobig‘ida 4 ∙ 10-2% ni tashkillaydi. U xayvon organizmida skeletda
mavjud. Atom bombalar tarkibini 5% ni egallaydi. Stronsiy zaxarlidir, u juda oson
erga yutiladi va kalsiyni o‘rnini egallaydi. O‘simliklar orqali organizmda tushadi.
U organizmda kalsiy ko‘p va magniy kam organlarda ko‘proq uchraydi. Stronsiy
biosistemalarda kalsiyni o‘rnini egallashi mumkin. Organizmga tushib suyak
to‘qimalarida kalsiyni o‘rnini egallab «stronsiyli raxit» ga olib keladi. Stronsiyni
organizmdan butunlay chiqarib yuborib bo‘lmaydi.
p- va d- BIOGEN ELEMENTLAR.
Asosiy qism.
1. Marganets va rux birikmalarining tibbiyotdagi ahamiyati
Marganets tirik mavjudot va o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan
elementlardandir. U odamning hamm organlarida va to‘qimalarida uchraydi.
Marganets ko‘p miqdorda jigarda hamda odam miyasining kul rang qismining
tarkibida uchraydi. Marganets ionlari oyrim fermentlarning aktivatorlari
hisoblanadi (arginazalar karboksilazalar va boshqalar), xlorofill hosil bo‘lishini
tezlashtiradi, qon hosil bo‘lishini yaxshilaydi va organizmning qarshiligini
oshirishda shitirok etuvchi antitelalar ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Odamning
marganetsga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 8 mg dir. Marganets odam organizmiga
o‘simlik ozuqa mahsulotlari orqali kiradi. O‘simliklardan qizil lavlagi, pomidor,
no‘xat, loviya va kartoshkalar tarkibida Mn ko‘p uchraydi. Bolalar organizmi
marganets elementini ko‘proq talab qiladi, chunki u yosh organizmning o‘sishiga
va normal rivojlanishiga yordam beradi. Marganets qon tarkibidagi qandning
miqdorini kamaytiradi, bu esa diabet bemorlarining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari marganets lipotrot ta’sirotga ega bo‘lganligi sababli arteroskleroz
kasalligining rivojlanishini susaytiradi. MnO2 pirolyuzit saqlovchi havo bilan uzoq
nafas olish natijasida surunkali zaharlanish mumkin. Bu holda asab
sistemalarining buzilishi, jigarda va qalqonsimon bezlarda salbiy o‘zgarishlar
bo‘lishi mumkin.
Kaliy permanganat KMnO4 tibbiyotda ko‘p ishlatiladigan modda bo‘lib,
shifokorlar uni “margansovka” deb ham atashadi, u antiseptik modda sifatida
jarohatlarni, og‘iz va tomoqni chayqash, siydik yo‘llari kasalliklarida va
ginekologiyada yuvish uchun hamda kuygan joylarga surtish, alkaloid, sianid
kislotasi, fosfor bilan zaharlanganda oshqozonni yuvish uchun ishlatiladi. Kaliy
permanganatning 1% li eritmasi ilon, chayon, qora qurt chaqqanda 2-3 ml teri
ostiga yuboriladi va nimtatir eritmasi bilan vanna qilinadi. KMnO4 ishchi eritma