BIOLOGIK FAOL BIRIKMALAR: VITAMINLARNING
KLASSIFIKATSIYASI VA ULARNING TUZILISHI, FUNKSIYASI.
REJA:
1. Vitaminlar haqida tushuncha, ularni biologik ahamiyati.
2. Nomenklatura va tasnifi.
3. Ayrim vitaminlarning hossalari.
4. Vitaminsimon moddalar va aktiv vitaminlar.
Tayanch iboralar: Vitaminsimon moddalar, Epiteliy qavati, Тokoferol, αβλ -
izomer.
ХХ asrning boshlariga qadar ayrim olimlarning fikricha tirik organizmning
normal xayoti uchun ovqat tarkibidagi oqsillar, yog’lar, uglevodlar va mineral
moddalar va suv yetarli deb hisoblangan. Lekin keyingi ko’pchildik tekshiruvlarni
natijalari organizmning sog’lom yashashi o’sishi va mehnatga qobilyatli bo’lishi
uchun ozuqa tarkibida yuqoridagilradan tashqari yana qandaydir moddalar ham
bo’lishi zarurligi aniqlangan. Bunday muhim hulosaning chiqarilishida rus olimi
N.I.Luininning 80 yillardagi ilmiy kashfiyotlari katta ahmiyatga ega bo’ldi. U
sichqonlar ustida tajriba o’tkazib bu ishlarni ilmiy asosladi va uning hulosalarini
rus olimi K.A.Sosnin o’zining ilmiy kashfiyotlarida yana bir tasdiqlagan yapon
olimi Тanaki 1882 yil 9 oy davomida yapon dengizlari orasida kuzatish ishlari olib
borib beri-beri kasalligini davolashga erishdi. 1885 yilda rus olimi I.V.Pashutin esa
singa va skorbus kasali yashil o’simlik mahsulotlari yetishmagan paytlarda paydo
bo’lishini a ytib o’tdi. 1882 yilda rus olmi M.V.Sovelev shapkurlik kasalligini
asosiy sabalaridan biri inson yog’li oziqning kam istemol qilishidan kelib
chiqishini aytib o’tdi. Chunki shapkurlik kasalligiga hozirda vitamin A deb
qaralayotgan vitamin sababchi bo’lib bu vitamin boshqa ba’zi to’qima va
organldardan ko’ra yog’ to’qimalarida ko’proq bo’ladi. Gollandiyalik vrach
Eyikman 1897 yilda ko’pgina tozalangan gurunch bilan ovqatlangan tovuqlarda
beri-beri kasalligini belgilari paydo bo’la boshlaganligini kuzatgan va ularga
guruch kepagini qo’shib berilganda tuzalgan.
Vitaminlar haqidagi gipotezani ta’rifini Londonda yashagan polyak olimi
K.Funk tomonidan berilgan. U gurunch kepagidan beri-beri kasalligini davolovchi
moddani kristal hoda ajratib olib uning ximyaviy tarkibini o’rgangan. Aniqlashicha
bu modda tarkibida aminogruppa holatida azot elementi borligini aniqladi va bu
modda uchun zarur bo’lgan yangi bir kimyoviy brikma deb qarab unga «vitamin»
nomini berdi. Keyinchalik tarkibida aminogruppasi va umuman azot elementi
mutloqo uchramaydigan ko’pgina vitaminlar ham aniqlangan. Lekin Funk
tomonidan berilgan bu nomga fanda va turmushda mustahkam moslashinib qolgani
uchun o’zgartirilmadi. Vitaminlarning birinchi marta aniqlashga katta hissa
qo’shgan olimlar N.I.Lunin, K.Funk, Eykmanlar bo’lib keyinchalik bu sohada rus
olimlari P.V.Pashutin, S.A.Sosin va amerikalik olim Gonkinlarning hizmatlari
katta. Hozirda 30 yaga yaqin vitaminlar aniqlangan bo’lib ularni ko’pchiligi tabiiy
ozuqaviy mahsulotlar va kimyoviy yo’l bilan hosil qilingan ular har-hil kimyoviy
taiatli organik brikmalar bo’lib ular odam va hayvonlar organizmining hayot
faoliyati uchun zarur bo’lgan jarayonlarda katta rol o’ynaydi. Ular asosan o’simlik
va mikroorganizmlar hujayralarida sintezlanadi. Hayvonlar vitaminlarining
ko’pchiligini tayyor holda ozuqaviy mahsulotlar bilan qabul qiladi chunki ularning
ko’pchiligi hayvonlar organizmida sintezlanmaydi. Ayrim V gruppa vitaminlari
kavish qaytaruvchi hayvonlar medasidagi mikrorganizmlarning faoliyati natijasida
hosil bo’lishi aniqlangan. Hayvonlar organizmida vitaminlar oz miqdorda bo’lsada
ayrim to’qimalarning tarkibiga kirib ularning fermentlar bilan ham juda
mustahkam bog’liqligi ma’lum. Ular bir necha fermentlarni (karboksilaza flavin,
kodegidraza) tarkibiga prolstetik guruh koferment qismi sifatida kiradi. Shuning
ham hayvonlar organizmida modda almashinuvi jarayonida aktiv ishtirok etadigan
murakkab fermentlarning sintezlanishi uchun ham vitaminlarning yetarli bo’lishi
shart.
Hayvonlar organizmining faoliyati uchun vitaminlarning muhim fiziologik
ahamiyatiga ega ekanligi aniqlash va vitamin sanoatining rivojlantirish maqsadida
sobiq SSSR Sg’liqni Saqlash Vazirligiga qarashli Vitaminologiya instituti 1935
yilda tashkil qilindi. Тadqiqot ishlari shuni ko’rsatdiki ayrim vitaminlar
fermentlarning faoliyatini kuchaytirsa ayrimlari esa susaytiradi. Vitaminlar
fermentlarning tarkibida ozuqaviy modda bilan o’zlashtirilgan holatda emas balki
biologik aktiv moddalarga aylangan holatda ishtirok etadi. Demak vitaminlar
ma’lum darajada tirik organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlarini
boshqarishda ishtirok etadigan biologik aktiv moddalar hisoblanadi. Masalan:
fosfor kislotalarining efirlari holatida ishtirok etadi. Ozuqa tarkibida bir
vitaminning yetishmovchiligi natijasida sodir bo’ladigan kasallik avitaminoz
deyiladi va bu kasallik ham uchraydi. Organizm talabini ozuqa tarkibidagi ayrim
vitaminlar qondira olmasligi natijasida birlamchi gipovitaminoz kasalligi yuzaga
keladi. Organizmda ikkilamchi gipovitaminozning uchrashiga me’da ichaklarning
yo’llari yallig’lanishi kasallanisha natijasida ozuqa tarkibida kerakli moddalarning
so’rib olishi qobilyati yo’qolishi saba bo’ladi. Bunday kasallangan organizmlarga
vitaminni preparatlar ozuqa bilan emas balki teri ostiga muskul to’qimasiga yoki
qonga yuboriladi. Organizmda bir nechta vitaminlarning yetishmovchiligi
natijasida sodir bo’ladigan kasalliklar polivitaminoz deyiladi.
Organizmda vitaminlarning yetishmasligi yoki umuman bo’lmasligiga asosiy
sabalar ozuqa tarkibida vitaminlarningkm yoki umuman bo’lmasligi ba’zilarning
esa ichak devorlari orqali chso’rila olmay qolishi ozuqalar tarkibida vitaminlarning
sintezlanishiga halaqit qiladigan salbiy omillar jumladan antibiotik yoki
sulfanilamid preparatlari bo’lib ularni uzuluksiz qabul qilishdir. Vitaminlarning
yetishmasligini sabablari ba’zi bir vitaminlarga tarkibiy jihatdan o’xshash
brikmalar yani antivitaminlar yoki antogonistlarning ta’sir etishidan ham iborat
bo’ladi. Yuqoridagi antibiotik yoki sulfonilamit preparatlaridan tashqari qator
moddalar dekamroldegan modda vitamin K ning aminoptrin falat kislotaning
dezoksi pridoksin B vitaminning pritiamini B vitaminning antogenistlaridir.
2. Vitaminlar oz miqdorda bo’lishiga qaramasdan moddalar almashinuvi turi
jarayoniga kuchli ta’sir qiladigan biologik aktiv modda bo’lganligi sababli ularning
nomiga ko’pincha davolash hususiyatlariga qarab va fiziologik ta’sirlariga qarab
berilgan hamda ularning lotin alfavitining ayrim harflari bilan belgilash qabul
qilingan keyinchalik ularni ximyaviy tuzilishi aniqlangach ularning qimyaviy
tarkibiga qarab ham nomlangan. Vitaminlarning o’zlari davolaydigan kasalliklarni
nomiga «anti» qo’shimchasini qo’shib yo’li bilan ham hosil qilingan.
Vitaminlarni nomlashga 1913 yilda Max Kallun asos solgan desak ham
bo’laveradi. U hayvonlaprni normal o’sishi uchun yog’da eriydigan A faktor
zarurligini aniqlagan va bu vitaminlar A deb nomlangan.
Yog’da eriydigan vitaminlar.
A vitamin Retinol (antikseroftalmik) uni o’rganish 1882 yildan boshlangan.
Chunki shu yili rus vrachi M.V.Savelev shapko’rlik kasalini davolash uchun bir hil
yog’ ayniqsa baliq yog’i katta ahamiyatga egaligini aniqlagan. A vitaminni siklik
to’yinmagan bir atomli spirti uning tuzilishini birinchi bo’lib shvetsiyalik olim
Krrrel 1931 yilda aniqlagan. A vitamin yetishmaganda turli hil kasalliklar
kseroftalmiya kasalligi uchraydi. Bunda birinchi navbatda ko’z kosasi quriydi.
Epiteliy qavati kserotinizatsiyaga uchraydi. Keratinizaitsya deganda ko’z yoshining
ajralmasligi natijasida ko’z kosasi qo’riy boshlab keratinlar bilan qoplanib qolishi
tushuniladi. Ko’zning shoh pardasi yorilib infeksiya tushish natijasida yiringlab
yumshoq bo’lib qoladi. Bu holatni keratomalyatsiya deb ataladi.
A vitamin kimyoviy strukturasiga ko’ra o’simliklar olamidagi karatinoidlarga
yaqin bo’ladi. Biroq u faqat hayvonlar to’qimasida va ulardan tayyorlangan oziq
ovqat mahsulotlarida uchraydi. A gruppaga mansub vitaminlar och sariq rangli
kristall moddalardir. Hayvonlardan olingan oziq mahsulotlari A vitaminga boydir.
Ammo o’simliklarning yashil qismlari ba’zi ildiz mevali sabzavotlar A vitaminning
manbaidir chunki ularda A vitamin hosil bo’lishida ishtirok etuvchi modda
provitamin hisoblangan karatin ko’p bo’ladi.
Kalsiferol (D vitamin).
Kalsiferlning kashf etilishi uning raxit kasalligini olidni olish va davolashga
bog’liq. Тajribalar asosida baliq moyi tarkibida faqat shapko’rlikni emas balki rahit
kasalligini davolovchi modda borligi aniqlangan. 1931 yilda u suniy yo’l bilan
sintezlandi. Тabiatda ko’p tarqalgan va biologik aktivligi eng yuqori bo’lgan
vitaminlar D2 va D3 dir.