BIOLOGIK KIMYO FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI,
METODLARI VA RIVOJLANISH TARIXI
REJA:
1. Biokimyoning o’rganish ob’ekti uning ahamiyati va boshqa fanlar bilan
aloqadorligi.
2. Fanning rivojlanish tarixi va uning sohalari.
3. Hujayraning tuzilishini o’rganish va uning a’zolari haqida ma’lumot.
Tayanch iboralar: biologik kimyo, Organik ximiya, hujayrasi mag’iz,
sitoplazma, hujayra posti, plastidalar, plazmodesta, hujayra oraliqlari,
mitoxondriya.
Nazariy qism:
Hujayra komponentlarining fraksiyalarga bo’lish va uning ximyaviy
tarkibi.Bioximiya tirik organizmlarning rivojlanib borishi va funksiyalarning ado
etib turishiga asos bo’lgan molekulyar protseslarini o’rganadi. Bioximiya
«molekulyar» fanlar, ximiya, fizik-ximiyaviy, molekulyar fizik metodlaridan
foydalanadi va shu jihatlariga ko’ra bioximiyaning o’zi ham molekulyar fan bo’lib
hisoblanadi. Lekin bioximiya fani o’rganib chiqish ob’ekti asosan biologiya faniga
tallauqlidir va fanning keyingi yillarda erishgan yutuqlaridan biologiyani ayrim
yangi sohalari molekulyar biologiya va genetika biotexnologiyada keng
foydalanilmoqda. Demak, fanning asosiy vazifasi tirik organizmlarning ximyaviy
tarkibi hamda ularda o’tadigan va ularning hayotchanligi uchun muhim ahamiyatga
ega bo’lgan ximyaviy jarayonlarni o’rganishdan iborat. Bu jarayonlarni asosini
organizm va uning tarkibiy strukturalaridagi moddalar va energiya almashinuvi
tashkil etadi. Ma’lumki har qanday tirik organizm xayotini asosini modda
almashinuvi jarayoni tashkil etadi. Bu jarayon ozuqaviy mahsulotlar va
moddalardan shu organizmga hos bo’lgan yangi organik sintezlanish assimlyatsiya
va organizmdagi organik moddalar bir vaqtning o’zida qayta parchalanish
dissimlyatsiyadan iborat. Bular organizmda bir vaqtning o’zida sodir bo’lib
moddalar aomashinuvini ajralmas ikki tomonini tashkil qiladi. Bioximiya fani
boshqa fanlarga nisbatan ancha yosh fan bo’lib XIX asrning oxiri va XX asrning
boshlarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqgan. Shu davrgacha bioximiyaga oid
masalalarni organik ximiya va fiziologiya fanlari har tomonlama o’rganib kelgan.
Organik ximiya tarkibida uglerod elementinini tutuvchi brikmalarning
hususiyatlarini tuzilishi va sintez qilish yo’llarini o’rgatadi. Bu moddalar esa
asosan tirik organizmlarda tarqalgan. Fiziologiya esa organizmda va uning ayrim
qismlari organlarida, to’fqima va hujayralarida o’tadigan hayotiy jarayonlar bilan
birga moddalar almashinuviga aloqadaor bo’lgan ximyaviy reaksiyalarni biologik
ahamiyatini ham o’rganadi. Shunday qilib bioximiya organik ximiya bilan
fiziologiya fani taraqqiyoti yoki hosilasidir. Hozirgi kunda esa u o’zining alohida
tekshirish usullariga ega bo’lgan fandir.
Bioximiya fani o’z harakteri jihatdan tibbiyot faglari jumlasiga ham kiradi.
Bioximiya ma’lumotlariga ega bo’lmasdan turib tirik organizmdagi moddalar
almashinuvini patologik o’zgarishlarini anglab bo’lmaydi. XX asrning o’rtalariga
qadar meditsinaning nazariy negizini asosan morfologik va fiziologik fanlar tashkil
etardi. Hozirda bularga meditsina bioximiyasi qo’shildi. U barcha
umumbioximiyaviy yo’nalishlarni asosan inson salomatligi va kasalliklarga
aloqadjor qismini o’z ichiga oladi. Bioximiya fani fiziologiya, organik ximiya,
farmokologiya, mehnat gigenasi, fizkultura, mikrobiologiya, veterinariya, genetika
fanlari bilan chambar-chas bog’liqdir. Bioximiya sohasida keyingi yillarda
erishilgan natijalar va yutuqlar asosida molekulyar biologiya va gen injineriyasi
kabi biologiyani yosh sohalari paydo bo’ldi.
2. Bioximiya tarixini ba’zi birikmalar mochevina, limon kislota, olma kislota
va boshqa moddalar organizmlarda birinchi marta sof holda ajratib olingan paytdan
XVIII asrning ohirlaridan boshlangan deb hisoblash mumkin. O’sha zamonlarda bu
moddalar haqida ularning organizmda paydo bo’lish tartibi haqida tasavvurlar yo’q
edi.
Bioximiya taraqqiyotining uzoq to XX asr o’rtalarigacha davom etgan davri
tirik tabiati yangidan-yangi moddalarni kashf etish ularning tuzilishini va
organizmlarda qanday o’zgarishlarga uchrashini tekshirish bilan o’tdi. Shu davrda
oqchilldar va nuklein kislotalarning umumiy tuzilishi plani va moddalarning
organizmda ximyaviy o’zgarishlarga uchrashi yo’lini do’rganish katta ahamiyatga
ega bo’ldi. O’sha darvda bioximiya sohasida erishilgan natijalarni qo’llashni
oshishi sababli fan yanada tabaqalashda: Organizmlarning ximyaviy tarkibini
o’rganadigan statik bioximiya; metobolizmni o’rganadigan dinamik bioximiya;
ximyaviy protseslarning fiziologik fnuksiyalari bilan bog’lanishini o’rganadigan
funksional bioximiya ajratila boshladi. ХХ asrning o’rtalari bioximiya tarixida
o’zgarish yasagan bosqich bo’ldi. Bu davrda oqsillar va nuklein kislotalar yakka
vakillarining tuzilishi bilan hossalarini har tomonlama o’rganishga tirik
hujayradagi har bir yakka oqsil va nuklein kislota funksiyasini aniqlashga o’tishdan
iborat bo’ldi. Funksional bioximiya oldingi davrda yuzaga kelib endigina rivojlana
boshlagan bo’lsa hozirgi kunda bu bioximiyada yetakchi yo’nalish bo’lib
qolmoqda. Organik ximiya bilan aloqalari avvalgidek saqlanib mustahkamlanib
bormoqda. Lekin shu bilan birga bir vaqda bioximiyaning boshqa biologiyani
sohalari sitologiya, fiziologiya, genetika bilan aloqalarining ahamiyati keskin ortib
bormoqda. Hayoi faoliyatini fizik-kimyoviy va molekulyar fizik aoslarini
o’rganadigan bioximiya sohasi fizik-ximyaviy biologiya deb ataladi.
1921 yilda akdemik A.N.Bax rahbarligida birinchi bo’lib sog’liqni saqlash xalq
kamissarligiga qarashli biokimyo ilmiy tekshirish instituti tashkil qilindi va bu
institut hozirda uning nomi bilan ataladi. Keyinchalik 1925 yilda A.V.Palladin
rahbarligida Ukraina Respublikasi fanlar akademiyasida bioximiya instituti tashkil
qilindi. Chet el olimlaridan D.J.Uotson, F.Sendjer, E.Chargaff, F.Krik kabilarning
bioximiya sohasidagi ilmiy kashfiyotlari fanning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Chet ela va rossiya olimlari bilan birga bir qatorda O’zbekistonda bioximiya faning
turli sohalarini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan olimlarimiz jumlasiga
Yo.Х.Тo’raqulov, K.Х.Хojiyev, Т.S.Soatov, D.Х.Hamidoa, A.K.Mirhamidov
kabilardir.
O’z.R.F.A akademigi Yo.Х.Тo’raqulov birinchi bo’lib O’zbekistonda
bioximiya institutini ochilishiga (1967) rahbarlik qilgan va uning birinchi direktori
bo’lgan olimlarimizdandir. Olimning qalqonsimon bez garmonlari bioximiyasini
hamda yod moddasini almashinuvi jarayonlari haqidagi qilgan kashfiyotlari
dunyoga mashhurdir.
O’z.R.F.A muhbir a’zosi professor Т.S.Soatovning lipidlar bioximiyasining
o’rganish sohasida ilmiy izlanishlari katta ahamiyatga ega. Olimning membrana
lipidlarini hujayra aktivligini boshqarish mehanizmidagi rolini o’rganish turli
holdagi linosomalarning hosil bo’lishi va ularning organizmdagi dorivor
moddalarnini tashishida transport rolini bajarish sohasidagi ilmiy izlanishlari
diqqatga sazovordir. Molekulyar genetika sohasida O’z.Res.FA muxbir a’zosi
professor A.Ibrohimov paxta oqsillari hamda ular genomlarning funksional
aktivligini va ximyaviy tuzilishlarini o’rganish sohasida amalga oshirgan ishlari
bioximiya fanidagi katta yutuqlaridir.
Hujayralardagi organoidlar hajmi nixoyatda kichik bo’lishiga qaramay ular
juda murakkab tuzilgan ХХ asrning 40 yillarigacha o’simlik hujayrasi mag’iz,
sitoplazma, hujayra posti, plastidalar, plazmodesta, hujayra oraliqlari, mitoxondriya
va vakuoladjan tashkil topgan deb kelingan edi.
Elektr mikroskop kashf etilgandan keyin buyumni bir necha o’n va yuz ming
marta kattalashtirib ko’rsatadigan imkoniyatga ega bo’lindi. Buning uchun dastlab
hujayra organoidlarini bir biridan ajoratib olish zarur bo’lib qoldi. Bu masalani hal
etishda minutiga bir necha ming marta tezlik bilan aylanadigan ultratsentrafugalar
yaratildi. Elektron mikroskopda kuzatiladigan bumni juda nozik va millimikron bir
o’lchamdagi organoid kesiklar tayyorlaydigan ultramikrotonlar kashf etildi. Elektr
mikroskop ultiratsenrtafuga va ultramikrotonlar ishlatila boshlagandan keyin
hjuayra tarkibida endoplazmatik to’r, retikulim ribasoma, diktasoma, Golji
apparati, lizosoma, sferasoma va boshqa mayda tanachalarning borligi ularning
tashqi va ichki tuzilishlari funksiyalvari aniqlandi.
Metrik sistema bo’yicha bir mm 1 m ning mingdan biri (10-3m) bir mm ning
mingdan bir mikron mikrometr (mkm 10-6m) 1 mkmning mingdan biri 1 nonometr
(nm 10-9m) deb belgilandi. Juda kichik ob’ektlar atom molekulalar kattaligi ular
orasidagi masofalar yanada kichikroq o’lcham angistrom (A) belgisi bilan ham