BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MOSLASHUV MUAMMOLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

13

File size

Fayl hajmi

37,7 KB


BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MOSLASHUV MUAMMOLARI
REJA:
1. Insonning tabiat ekologik holatiga salbiy ta’siri
2. Inson tiriklikni tiklovchi kuch
3. Biosfera turg‘unligini saqlashiing ekologik chora-tadbirlari
Insonning tabiat ekologik holatiga salbiy ta’siri
Inson o‘z faoliyati bilan atrof-muhitning holatiga qadimdan ta’sir qilib kelgan. U
ovchilik  qilib,  tabiat  komponentlarini  o‘ldirgan,  qancha-qancha  turlarning  yo‘qolib
ketishiga  sabab  bo‘ldi,  o‘t  qo‘ydi,  o‘rmonzorlarni  kuydirdi,  dehqonchilik  uchun
o‘rmonlarni kesib, o‘tloqzorlarni buzib er ochdi. Erlarni tekisladi, qishloq va shaharlar,
yo‘llar va kanallar qurdi. Tabiat bularning hammasini ko‘tarib keldi. Lekin, tabiatningtezlik
bilan buzilishi, zaharlanishi, tabiiy boyliklarning haddan ziyod isrof bo‘lishi jamoatchilik
tomonidan inobatga olindi va tabiiy muhit, uning ichidagi biologik aloqalarni saqlash
borasida olimlar, mutaxassislar, jamoattashkilotlari harakat boshladi. Masalan, 1971 yil
Tabiiy  muhitni  saqlash  Evrupo  yili  deb  e’lon  qilindi,  atmosfera,  suv,  tuproqning
ifloslanishi,  o‘simlik  va  hayvonlarning  yo‘qolib  ketish  sabablari  ko‘rsatib  berildi.
Ulartabiatni tashkil qiluvchi va birdan-bir ajralmas komponentlari, inson hayotining asosi
ekanligi gazeta, ro‘znomalar, radio va televideniyada ko‘plab axborotberildi.
Agar qadimgi zamonlarda erlardan yuqori hosil olish uchun insonlar tez-tez ekin
maydonlarini o‘zgartirib turish bilan tabiiy muhitga ta’sir qilgan bo‘lsa, texnika asrining
kelishi sababli tabiiy ekosistemalarga qishloq xo‘jaligi va sanoatning ta’siri o‘sib ketdi,
tabiat in’omlarini ekspluatatsiya qilish keng ko‘lam yoydi. Hozir, jahon bo‘yicha har kuni
tabiip muhitdan 110-130 gektar er tortib olinpb, shu erlarga yo‘llar, sanoat ob’ektlari,
qishloq va shaharlar qurilmoqda. Sanoat rivojlangan joylarga juda oz mikdorda o‘simlik,
buta, daraxt va hayvonlar moslashgan.
Logotip
BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MOSLASHUV MUAMMOLARI REJA: 1. Insonning tabiat ekologik holatiga salbiy ta’siri 2. Inson tiriklikni tiklovchi kuch 3. Biosfera turg‘unligini saqlashiing ekologik chora-tadbirlari Insonning tabiat ekologik holatiga salbiy ta’siri Inson o‘z faoliyati bilan atrof-muhitning holatiga qadimdan ta’sir qilib kelgan. U ovchilik qilib, tabiat komponentlarini o‘ldirgan, qancha-qancha turlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ldi, o‘t qo‘ydi, o‘rmonzorlarni kuydirdi, dehqonchilik uchun o‘rmonlarni kesib, o‘tloqzorlarni buzib er ochdi. Erlarni tekisladi, qishloq va shaharlar, yo‘llar va kanallar qurdi. Tabiat bularning hammasini ko‘tarib keldi. Lekin, tabiatningtezlik bilan buzilishi, zaharlanishi, tabiiy boyliklarning haddan ziyod isrof bo‘lishi jamoatchilik tomonidan inobatga olindi va tabiiy muhit, uning ichidagi biologik aloqalarni saqlash borasida olimlar, mutaxassislar, jamoattashkilotlari harakat boshladi. Masalan, 1971 yil Tabiiy muhitni saqlash Evrupo yili deb e’lon qilindi, atmosfera, suv, tuproqning ifloslanishi, o‘simlik va hayvonlarning yo‘qolib ketish sabablari ko‘rsatib berildi. Ulartabiatni tashkil qiluvchi va birdan-bir ajralmas komponentlari, inson hayotining asosi ekanligi gazeta, ro‘znomalar, radio va televideniyada ko‘plab axborotberildi. Agar qadimgi zamonlarda erlardan yuqori hosil olish uchun insonlar tez-tez ekin maydonlarini o‘zgartirib turish bilan tabiiy muhitga ta’sir qilgan bo‘lsa, texnika asrining kelishi sababli tabiiy ekosistemalarga qishloq xo‘jaligi va sanoatning ta’siri o‘sib ketdi, tabiat in’omlarini ekspluatatsiya qilish keng ko‘lam yoydi. Hozir, jahon bo‘yicha har kuni tabiip muhitdan 110-130 gektar er tortib olinpb, shu erlarga yo‘llar, sanoat ob’ektlari, qishloq va shaharlar qurilmoqda. Sanoat rivojlangan joylarga juda oz mikdorda o‘simlik, buta, daraxt va hayvonlar moslashgan.
YUqorida qayd qilinganidek, insonlarning er va uning boyliklari bilan aloqasi
ming-ming yillar oldin boshlangan. Bu munosabatning ilk qadamlarida insonning katta
landshaftlar  - ekosistemalarga  ta’siri  chegaradan  chiqmagan,  sezilarli  bo‘lmagan.
Texnikaning o‘sishi bilan er osti qazilmalaridan foydalanishni  boshlab yubordi. Bu
jarayonlar talabini qondirish uchun juda katta maydonlardagi jo‘ka, grab, zarang, qarag‘ay
o‘rmonlari yo‘qolib ketdi. Qalin o‘rmonlar dashtga aylandi, u erlarni begona o‘tlar bosdi.
Bundan taxminan 150 yillar avval rivojlangan mamlakatlar sanoatida va qishloq
xo‘jaligida turli mashinalarning qo‘llanilishi inson xo‘jaligini tubdan o‘zgartirib yubordi.
Qishloq  xo‘jaligida  monokultura  hukmron  bo‘ldi,  tuproqning  tabiiy  va  biologik
xususiyatlari buzildi, atrofdagi tabiiy ekosistemalar ham ishdan chiqdi, ularning ekologik
holatlari, turg‘unligiga putur etdi.
Inson o‘z faoliyati davomida o‘simlik va hayvonlar olamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
bilvosita ta’sir qilib kelgan, ularning yashash joylari buzilgan, foydali formalari kamayib,
zararkunandalar, parazitlar yoki yirtqich turlar ko‘paygan.
Tabiiy Er fondi insonlar tomonidan asosan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi hamda
sanoat ishlab chiqarishi, qurilishlarda foydalaniladi. Ayniqsa, turli korxonalarning qalin
joylashishi sababli o‘simliklar qoplami buziladi, er ustida suvning foydasiz oqishi ortadi,
tuproqda namlik to‘planmaydi, uning suv rejimi, er osti sizot suvlarining sathi, bug‘lanish
jarayonlari, mahalliy joy iqlimi katta maydonlarda o‘zgaradi, buziladi.
Sanoat, kommunal xo‘jalik va qishloq xo‘jaligidan chiqqan kimyoviy oqava suvlar
ochiq suv havzalariga (daryo, ko‘l, suv omborlariga) tushib, toza ichimlik suvlarini
ifloslaydi, tarkibini buzadi, ya’ni suvda kislorod mikdori kamayadi, mineral va organik
moddalar miqdori ortadi, zararli organizmlar ko‘payadi, suvning biologik tozalanish
qobiliyati yo‘qoladi, foydali o‘simliklar va hayvonlar turlari yo‘qoladi. Masalan, sobiq
Itgifoqdavrida radioaktiv moddalar Oq dengizga, Novaya Zemlya, Sibir, O‘rta Osiyoning
ayrim  erlariga  tashlangan,  ko‘milgan.  Bu  esa  hech  kimga  sir  emas,  Oq  dengizda
radioaktivlikdan  zaharlanib  dengizda  million-million  dengiz  yulduzlari  o‘lmoqda,
Qozog‘istoniing  2  mln. gektar o‘tloqzori  yadro qurollari  sinovidai  keyin radioaktiv
changlar bilan ifloslanib, keraksiz holda yotmoqda, O‘zbekistonda 12 000 t. dan ortiq
zaharli gerbitsidlar, pestitsidlar dala shiyponlarida ochiq qolgan.
Hozirgi kunda jahondagi turli korxonalardan 300 xildan ortiq gazsimon va
qattiq  zarrachalar  atmosferaga  chiqarilib,  havo  ifloslanib,  uningtarkibini  va
Logotip
YUqorida qayd qilinganidek, insonlarning er va uning boyliklari bilan aloqasi ming-ming yillar oldin boshlangan. Bu munosabatning ilk qadamlarida insonning katta landshaftlar - ekosistemalarga ta’siri chegaradan chiqmagan, sezilarli bo‘lmagan. Texnikaning o‘sishi bilan er osti qazilmalaridan foydalanishni boshlab yubordi. Bu jarayonlar talabini qondirish uchun juda katta maydonlardagi jo‘ka, grab, zarang, qarag‘ay o‘rmonlari yo‘qolib ketdi. Qalin o‘rmonlar dashtga aylandi, u erlarni begona o‘tlar bosdi. Bundan taxminan 150 yillar avval rivojlangan mamlakatlar sanoatida va qishloq xo‘jaligida turli mashinalarning qo‘llanilishi inson xo‘jaligini tubdan o‘zgartirib yubordi. Qishloq xo‘jaligida monokultura hukmron bo‘ldi, tuproqning tabiiy va biologik xususiyatlari buzildi, atrofdagi tabiiy ekosistemalar ham ishdan chiqdi, ularning ekologik holatlari, turg‘unligiga putur etdi. Inson o‘z faoliyati davomida o‘simlik va hayvonlar olamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir qilib kelgan, ularning yashash joylari buzilgan, foydali formalari kamayib, zararkunandalar, parazitlar yoki yirtqich turlar ko‘paygan. Tabiiy Er fondi insonlar tomonidan asosan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi hamda sanoat ishlab chiqarishi, qurilishlarda foydalaniladi. Ayniqsa, turli korxonalarning qalin joylashishi sababli o‘simliklar qoplami buziladi, er ustida suvning foydasiz oqishi ortadi, tuproqda namlik to‘planmaydi, uning suv rejimi, er osti sizot suvlarining sathi, bug‘lanish jarayonlari, mahalliy joy iqlimi katta maydonlarda o‘zgaradi, buziladi. Sanoat, kommunal xo‘jalik va qishloq xo‘jaligidan chiqqan kimyoviy oqava suvlar ochiq suv havzalariga (daryo, ko‘l, suv omborlariga) tushib, toza ichimlik suvlarini ifloslaydi, tarkibini buzadi, ya’ni suvda kislorod mikdori kamayadi, mineral va organik moddalar miqdori ortadi, zararli organizmlar ko‘payadi, suvning biologik tozalanish qobiliyati yo‘qoladi, foydali o‘simliklar va hayvonlar turlari yo‘qoladi. Masalan, sobiq Itgifoqdavrida radioaktiv moddalar Oq dengizga, Novaya Zemlya, Sibir, O‘rta Osiyoning ayrim erlariga tashlangan, ko‘milgan. Bu esa hech kimga sir emas, Oq dengizda radioaktivlikdan zaharlanib dengizda million-million dengiz yulduzlari o‘lmoqda, Qozog‘istoniing 2 mln. gektar o‘tloqzori yadro qurollari sinovidai keyin radioaktiv changlar bilan ifloslanib, keraksiz holda yotmoqda, O‘zbekistonda 12 000 t. dan ortiq zaharli gerbitsidlar, pestitsidlar dala shiyponlarida ochiq qolgan. Hozirgi kunda jahondagi turli korxonalardan 300 xildan ortiq gazsimon va qattiq zarrachalar atmosferaga chiqarilib, havo ifloslanib, uningtarkibini va
xususiyatlarini  o‘zgartirib  yubordi.
 Atmosferadagi  iflos  zararli  gaz  va
qattiqzarrachalar yog‘in bilan yomg‘ir kislotasi holida erga tushib o‘simlik, hayvon
va inson sa-lomatligiga salbiy ta’sir qilmokda.
Ma’lumki, tabiiy ekosistemalarda o‘simliklar oziqa turlari-ning boyligi va
xilma-xilligi Er usti muhitidagi hayvonlar populyasiyasining zichligini belgilaydi,
o‘simliklar bilan hayvonlar o‘rtasidagi tenglikni keltirib chiqaradi. Lekin keyingi
50-60 yil ichida 76 dan ortiq hayvon turlari yo‘qolib ketgan, 600 ga yaqin turlar esa
yo‘qolish arafasidadir. Bunga asosiy sabab, turlarning yashash joyining buzilishi,
qisqarishi, ovlash, tutish, shovqin, zaharlanish va h.k.
CHo‘l, dasht zonalar ekosistemalari ham inson faoliyatidan chetda  qolgani
yo‘q. Masalan, Qizilqumda olib borilgan qidiruv ishlari, uning bag‘rini ilma-teshik
qilib yubordi, er beti esa turli mashina izidan qovun po‘stlog‘i kabi to‘rlab ketdi,
o‘t  o‘simliklar  payhon  qilinib,  uning  ustiga  Orolning  qurigan  qismidan
ko‘tarilayotgan  tuzli  qumlar  1,5  mln.  gektardan  ortiq  o‘tloqzorlarning
sho‘rlanishiga olib keldi. Natijada butun tirik turlarning tarkibi, miqdori, ularning
mahsuldorligi o‘zgardi.
Tog‘, tog‘ yonbag‘irlarida o‘rmon daraxtlarining ayovsiz kesilishi, suvning
oqib ketishi, namlikning kam to‘planishi, o‘simliklar qoplamining siyraklanishidan
hayvonlar  va  qushlarning  shu  erdan  ketib  qolishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Turli
sayyohlar,  dam  oluvchi  sayyohlar,  chang‘i  uchuvchilar  buta  daraxtlarini  kesib,
sindirib, noyob o‘simliklarni yulib, tabiatni payhon qilmoqda.
Insonlarning asosiy vazifalari - bu o‘z hayotini saqlash, kelajak avlodini
saqlab  qolish  uchun  tabiiy  sistemalarni  buzmaslik,  ifloslantirmaslik,
zaharlamasligi,  tabiatbilan  ittifoqda,  uning  qonunlarini  inobatga  olgan  holda
yashashi kerak.
Organik dunyo bir necha evolyusion rivojlanish davrlarini o‘tgan,  ya’ni:  1)
biologik moddalar aylanishi va biosferaning yuzaga kelishi.  2)  ko‘p hujayrali
organizmlarning paydo bo‘lishi va hayotning siklik tuzilishining murakkablashishi.
Bu ikki holat b i o g e n e z deb aytiladi. 3) Evolyusion rivojlanishning uchinchi
bosqichi  - bu  insonlar  jamiyatining  yuzaga  kelishi  va  uning  ta’sirida  biosfera
evolyusiyasiningdavom etishi va aqliy sfera – noosfer a ga aylanishi.
Logotip
xususiyatlarini o‘zgartirib yubordi. Atmosferadagi iflos zararli gaz va qattiqzarrachalar yog‘in bilan yomg‘ir kislotasi holida erga tushib o‘simlik, hayvon va inson sa-lomatligiga salbiy ta’sir qilmokda. Ma’lumki, tabiiy ekosistemalarda o‘simliklar oziqa turlari-ning boyligi va xilma-xilligi Er usti muhitidagi hayvonlar populyasiyasining zichligini belgilaydi, o‘simliklar bilan hayvonlar o‘rtasidagi tenglikni keltirib chiqaradi. Lekin keyingi 50-60 yil ichida 76 dan ortiq hayvon turlari yo‘qolib ketgan, 600 ga yaqin turlar esa yo‘qolish arafasidadir. Bunga asosiy sabab, turlarning yashash joyining buzilishi, qisqarishi, ovlash, tutish, shovqin, zaharlanish va h.k. CHo‘l, dasht zonalar ekosistemalari ham inson faoliyatidan chetda qolgani yo‘q. Masalan, Qizilqumda olib borilgan qidiruv ishlari, uning bag‘rini ilma-teshik qilib yubordi, er beti esa turli mashina izidan qovun po‘stlog‘i kabi to‘rlab ketdi, o‘t o‘simliklar payhon qilinib, uning ustiga Orolning qurigan qismidan ko‘tarilayotgan tuzli qumlar 1,5 mln. gektardan ortiq o‘tloqzorlarning sho‘rlanishiga olib keldi. Natijada butun tirik turlarning tarkibi, miqdori, ularning mahsuldorligi o‘zgardi. Tog‘, tog‘ yonbag‘irlarida o‘rmon daraxtlarining ayovsiz kesilishi, suvning oqib ketishi, namlikning kam to‘planishi, o‘simliklar qoplamining siyraklanishidan hayvonlar va qushlarning shu erdan ketib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Turli sayyohlar, dam oluvchi sayyohlar, chang‘i uchuvchilar buta daraxtlarini kesib, sindirib, noyob o‘simliklarni yulib, tabiatni payhon qilmoqda. Insonlarning asosiy vazifalari - bu o‘z hayotini saqlash, kelajak avlodini saqlab qolish uchun tabiiy sistemalarni buzmaslik, ifloslantirmaslik, zaharlamasligi, tabiatbilan ittifoqda, uning qonunlarini inobatga olgan holda yashashi kerak. Organik dunyo bir necha evolyusion rivojlanish davrlarini o‘tgan, ya’ni: 1) biologik moddalar aylanishi va biosferaning yuzaga kelishi. 2) ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi va hayotning siklik tuzilishining murakkablashishi. Bu ikki holat b i o g e n e z deb aytiladi. 3) Evolyusion rivojlanishning uchinchi bosqichi - bu insonlar jamiyatining yuzaga kelishi va uning ta’sirida biosfera evolyusiyasiningdavom etishi va aqliy sfera – noosfer a ga aylanishi.
V. I. Vernadskiyningfikricha, XX asrda biosfera  rivojlanib, fan rivoji va
sotsial tuzum asosida no os f e r a  yuzaga keladi. Inson tirik orgaiizm, tirik modda
va  u  biosferaning  ma’lum  funksiyasini  bajaradi,  biosferaning  buzilishida
qatnashadi.
B i osferan i n g  t a b i i y  qi sm i  ekoosfera, uni ong sferasi - noosferaga
aylanishini  tubandagicha  izohlash  mumkin,  ya’ni:  1)  inson  evolyusiyasining
boshlanish davrida u yashash uchun biosferadan kerakli hayotiy mahsulotlar oldi,
qoldiqlarini  biosferaga  qaytaradi,  undan  esa  boshqa  organizmlar  foydalanadi.
Insonning  bu  faoliyati  uni  boshqa  organizmlardan  ajratib  turadi;  2)  inson
jamiyatining rivojlanishi bilan u tabiat qonunlarini inobatga olmay biosferaning
turg‘unligini ekologik buzishga kirishdi;  3)  hozirgi kunda inson atrof-muhitga
salbiy ta’sir qilganini tushunib etdi va tabiat qonunlari bilan hisoblashadigan, uning
imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanadigan bo‘ldi; 4) biosferadan noosferaga o‘tishda
inson jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni aqp-idrok bilan boshqarishni
boshladi;  5)  faqat ma’lum maqsadlarga va aql-idrok bilan yo‘naltirilgan inson
faoliyatigina tabiat bilan jamiyatning uzoq vaqt garmonal rivojlanishiga olib kelishi
mumkinligini angladi.
Har qanday tirik organizm, shu jumladan inson ham biosferaning biologik
elementi, lekin tabiatning muhofazasi - faqat insonning qo‘lida, chunki, uning
madaniyatsizligi tufayli tabiat muhofaza qilishga muhtoj bo‘lib qoldi. Tabiat o‘zini
o‘zi buzgan emas, buzmaydi ham. Uni inson buzdi va buzmoqda.
Ma’lumki, dunyo bo‘yicha 100 mlrd. t xom ashyo qazib olinadi, shundan 2
mlrd. t. turli mahsulotlar olinib qolgani chiqindi sifatida biosferaga tashlanadi. Har
bir tonna ishlab chiqarilgan mahsulotga 20-50 t chiqindi to‘g‘ri keladi, hattoki 20-
22 g oltin olish uchun 1 t rudaga ishlov berish kerak.
Turli  mamlakatlar  tomonidan  dunyo  okeaniga  yiliga  6-7  mlrd.  t.  qattiq
chiqindilar tashlanadi, gidrosfera 90-100 mln. t. neft, neft mahsulotlari, shundan 19-
20  mln. t. Er usti ekosistemasiga,  60-70  mln. t atmosferaga tushadi. SHunday
texnogen sabablarga ko‘ra  keyingi  130  yil ichida atmosferada SO2 ning miqdori
0,03% dan 0,05% ga ortib, harorat 1-1,5°S ga ko‘tarilgan.
Evropa mamlakatlaridagi sanoat va transportdan ajratilgan zaharli gazlar erga
«yomg‘ir» kislotasi sifatida tushmoqda, havoda zaharli gazlar miqdori ortgan,
Logotip
V. I. Vernadskiyningfikricha, XX asrda biosfera rivojlanib, fan rivoji va sotsial tuzum asosida no os f e r a yuzaga keladi. Inson tirik orgaiizm, tirik modda va u biosferaning ma’lum funksiyasini bajaradi, biosferaning buzilishida qatnashadi. B i osferan i n g t a b i i y qi sm i ekoosfera, uni ong sferasi - noosferaga aylanishini tubandagicha izohlash mumkin, ya’ni: 1) inson evolyusiyasining boshlanish davrida u yashash uchun biosferadan kerakli hayotiy mahsulotlar oldi, qoldiqlarini biosferaga qaytaradi, undan esa boshqa organizmlar foydalanadi. Insonning bu faoliyati uni boshqa organizmlardan ajratib turadi; 2) inson jamiyatining rivojlanishi bilan u tabiat qonunlarini inobatga olmay biosferaning turg‘unligini ekologik buzishga kirishdi; 3) hozirgi kunda inson atrof-muhitga salbiy ta’sir qilganini tushunib etdi va tabiat qonunlari bilan hisoblashadigan, uning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanadigan bo‘ldi; 4) biosferadan noosferaga o‘tishda inson jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni aqp-idrok bilan boshqarishni boshladi; 5) faqat ma’lum maqsadlarga va aql-idrok bilan yo‘naltirilgan inson faoliyatigina tabiat bilan jamiyatning uzoq vaqt garmonal rivojlanishiga olib kelishi mumkinligini angladi. Har qanday tirik organizm, shu jumladan inson ham biosferaning biologik elementi, lekin tabiatning muhofazasi - faqat insonning qo‘lida, chunki, uning madaniyatsizligi tufayli tabiat muhofaza qilishga muhtoj bo‘lib qoldi. Tabiat o‘zini o‘zi buzgan emas, buzmaydi ham. Uni inson buzdi va buzmoqda. Ma’lumki, dunyo bo‘yicha 100 mlrd. t xom ashyo qazib olinadi, shundan 2 mlrd. t. turli mahsulotlar olinib qolgani chiqindi sifatida biosferaga tashlanadi. Har bir tonna ishlab chiqarilgan mahsulotga 20-50 t chiqindi to‘g‘ri keladi, hattoki 20- 22 g oltin olish uchun 1 t rudaga ishlov berish kerak. Turli mamlakatlar tomonidan dunyo okeaniga yiliga 6-7 mlrd. t. qattiq chiqindilar tashlanadi, gidrosfera 90-100 mln. t. neft, neft mahsulotlari, shundan 19- 20 mln. t. Er usti ekosistemasiga, 60-70 mln. t atmosferaga tushadi. SHunday texnogen sabablarga ko‘ra keyingi 130 yil ichida atmosferada SO2 ning miqdori 0,03% dan 0,05% ga ortib, harorat 1-1,5°S ga ko‘tarilgan. Evropa mamlakatlaridagi sanoat va transportdan ajratilgan zaharli gazlar erga «yomg‘ir» kislotasi sifatida tushmoqda, havoda zaharli gazlar miqdori ortgan,
masalan, bir odamga 47 g oltingugurt to‘g‘ri keladi. Atmosferadagi oltingugurtning
70%  i SHvetsiya  va  80%  i esa «Norvegiya» oltingugurti sifatida shamol bilan
boshqa  qo‘shni  hududlarga  tarqaladi.  Ovrupoda  hosil  bo‘ladigan  kislotali
yomg‘irlarning 20% i SHimoliy Amerikadan keladi.
Bundan  150-170  yillar avval Evropa erlariga atmosferadan yog‘in bilan
kadmiy elementi tushgan emas, lekin keyingi vaqtda gektariga 5,4-5,5 g kadmiy
tushmokda. Hozirgi kunda uning odam bezlarilagi mikdori 1900 yilga qaraganda
75-80 barobar ortgan. Yirtqich qushlarda esa 29 mkg/g yoki 132 barobar ko‘paygan.
Hattoki, keyingi 100 yil ichida Pomir-Oloy muzliklarida kadmiy miqdori 5-6 marta
oshgan.
Biosferada 4,5 mln. t. ga yaqin DDT zaharli moddasi ishlatilgan, u o‘rtacha
Erdagi har bir odam boshiga  1  kgdan bo‘lsa, uning qishloq  xo‘jaligida ko‘plab
ishlatgan regionlarda odam boshiga 5-6 kg dan to‘gri keladi. AQSH da eng katta
kimyoviy zavod Los-Anjeles atrofida joylashgan bo‘lib, u har kuni  150-250  kg
DDTga o‘xshash kimyoviy birikmani Santa-Monika bo‘g‘oziga tashlab turgan,
buning natijasida shu bo‘g‘ozda uchraydigan baliqlarning to‘qimalarida 57 mg/kg,
jigarlarida esa  1026  mg/kg DDT yig‘ilgan, oziqa  zanjirlarining oxirgi halqasida
DDT juda ko‘p to‘plangan. Pelikanlar tanasida  2600  mg/kg, chag‘alaylarda  805
mg/kg,  g‘arbiy  pogankilarda  192-292  mg/kg,  dengiz  kaliforniya  sherida  911
mg/kg, uning miya to‘qimalarida esa 12 mg/kg DDT to‘plangan.
CHiqindilar ko‘l, daryo va dengizlarga tushadi, suvdan fito - zooplankton,
ulardan esa katta-kichik baliqlarga, ulardan - insonlar tanasiga o‘tib shu erda katta
konsentratsiyada yig‘iladi.
Agar Aristotel davrida insoniyatga hammasi bo‘lib 5 ta element aniq bo‘lgan
bo‘lsa, hozirgi kunda odamzot 70 mingdan ortiq kimyoviy birikmalar yaratdi, u har
yili 1000 dan ortiq yangisini yuzaga keltirmokda. SHulardan 7000 gi konserogenlik
xislatiga ega bo‘lib, ularning faqat  1500  tasigina hayvonlarda sinab ko‘rilgan.
Oziqa, suv va havo orqali inson tanasiga o‘tgan moddalar uning genetik fondini
buzib, undan turli anomaliyaga uchragan majruh bolalar tug‘ilmoqda. Inson ijod
qilgan moddalarning tiriklikning genetik sistemasiga salbiy ta’siri juda kattaligi
ko‘rinmoqda.
Logotip
masalan, bir odamga 47 g oltingugurt to‘g‘ri keladi. Atmosferadagi oltingugurtning 70% i SHvetsiya va 80% i esa «Norvegiya» oltingugurti sifatida shamol bilan boshqa qo‘shni hududlarga tarqaladi. Ovrupoda hosil bo‘ladigan kislotali yomg‘irlarning 20% i SHimoliy Amerikadan keladi. Bundan 150-170 yillar avval Evropa erlariga atmosferadan yog‘in bilan kadmiy elementi tushgan emas, lekin keyingi vaqtda gektariga 5,4-5,5 g kadmiy tushmokda. Hozirgi kunda uning odam bezlarilagi mikdori 1900 yilga qaraganda 75-80 barobar ortgan. Yirtqich qushlarda esa 29 mkg/g yoki 132 barobar ko‘paygan. Hattoki, keyingi 100 yil ichida Pomir-Oloy muzliklarida kadmiy miqdori 5-6 marta oshgan. Biosferada 4,5 mln. t. ga yaqin DDT zaharli moddasi ishlatilgan, u o‘rtacha Erdagi har bir odam boshiga 1 kgdan bo‘lsa, uning qishloq xo‘jaligida ko‘plab ishlatgan regionlarda odam boshiga 5-6 kg dan to‘gri keladi. AQSH da eng katta kimyoviy zavod Los-Anjeles atrofida joylashgan bo‘lib, u har kuni 150-250 kg DDTga o‘xshash kimyoviy birikmani Santa-Monika bo‘g‘oziga tashlab turgan, buning natijasida shu bo‘g‘ozda uchraydigan baliqlarning to‘qimalarida 57 mg/kg, jigarlarida esa 1026 mg/kg DDT yig‘ilgan, oziqa zanjirlarining oxirgi halqasida DDT juda ko‘p to‘plangan. Pelikanlar tanasida 2600 mg/kg, chag‘alaylarda 805 mg/kg, g‘arbiy pogankilarda 192-292 mg/kg, dengiz kaliforniya sherida 911 mg/kg, uning miya to‘qimalarida esa 12 mg/kg DDT to‘plangan. CHiqindilar ko‘l, daryo va dengizlarga tushadi, suvdan fito - zooplankton, ulardan esa katta-kichik baliqlarga, ulardan - insonlar tanasiga o‘tib shu erda katta konsentratsiyada yig‘iladi. Agar Aristotel davrida insoniyatga hammasi bo‘lib 5 ta element aniq bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda odamzot 70 mingdan ortiq kimyoviy birikmalar yaratdi, u har yili 1000 dan ortiq yangisini yuzaga keltirmokda. SHulardan 7000 gi konserogenlik xislatiga ega bo‘lib, ularning faqat 1500 tasigina hayvonlarda sinab ko‘rilgan. Oziqa, suv va havo orqali inson tanasiga o‘tgan moddalar uning genetik fondini buzib, undan turli anomaliyaga uchragan majruh bolalar tug‘ilmoqda. Inson ijod qilgan moddalarning tiriklikning genetik sistemasiga salbiy ta’siri juda kattaligi ko‘rinmoqda.
Hozirgi  kunda  dunyo  bo‘yicha  ko‘p  miqdorda  turli  kimyoviy  moddalar
to‘plangan.  Ular  tirik  organizm  tanasida  oksidlanish,  tiklanish,  parchalanish  va
qo‘shilish jarayonlarida organizmning genetik  belgisini o‘zgartiradi, ya’ni bolalar
majruh, qo‘l-oyoqlari uzun-kalta yoki yo‘q, ayollar homiladorligining buzilishi,
kam qonlik,  bola tashlash, bolalar o‘limining ortishi, yurak-qon tomirlar, osh-
qozon, jigar, buyrak, rak, uyqusizlik kabi kasalliklar ko‘payadi.  Rivojlanayotgan
mamlakatlarda pestitsidlarni qo‘llash natijasida har yili 375 ming odam zaharlanadi,
ulardan  10 mingdan ortig‘i  o‘ladi. Zaharli gerbitsid va pestitsidlar qushlar va suv
hayvonlariga ham salbiy ta’sir qiladi. Masalan, suvda ayrim og‘ir metallar juda oz
miqdorda ham tirik organizmlarga ziyon keltiradi, ya’ni ularga simob (0,05 mg/l),
mis (0,05), kadmiy (0,2), fenol (0,5), ammoniy (1 mg/l), sianid (0,05 mg/l) kabilar
organimzlar harakatini buzadi va ko‘p baliqlar qirilib ketadi. 
Inson tiriklikni tiklovchi kuch. Inson o‘z hayot faoliyatida tinimsiz tabiatga va
uning elementlariga ta’sir qilib kelmokda. Uning salbiy harakati  natijasida  Er
yuzidan ko‘plab flora va fauna vakillari yo‘qolib ketdi, jumladan, 1600 yildan to
shu kunlargacha dunyo bo‘yicha qushlarning 162 turi va tur vakillari yo‘qolgan,
yana 381 tur esa yo‘qolib ketish xavfida, sutemizuvchilarning 255 turi, avstraliya
xaltali hayvonlarining 42% yo‘qolish xavfi ostida qolgan. Bu holatga ayrim misollar
keltirib o‘tamiz, ya’ni, 1827 yili Polshada hozirgi muguzli hayvonlar ajdodi - oxirgi
tur (Bos primigentus) o‘ladi. 1681 yili Mavrikiya orolida dront yo‘qoladi. Bu erga
XVII asrda kolonizatorlar kelishi bilan oroldagi qushlarning  28  turidan  24  tasi
yo‘qoladi.  1765  yili Uzoq SHarqning Kommandor orollaridan oxirgi  dengiz sigiri
yo‘qoladi.
1870-1880 yillar Janubiy Afrikaning ikki zebra turi - burchella va kvachcha
zebralari Er yuzidan yo‘qoladi. Tasodifan Hindistonda bizon va zubrlar oz miqdorda
saqlanib qoladi. BMT qoshidagi YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra hozirda har kuni 1
tadan biologik tur yo‘qolmoqda.
Har xil ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Er yuzida  2-3  mln. organizmlar turlari
bo‘lib, ulardan 1,5 mln. hayvon va 350 (500)000 o‘simliklar turlari mavjud. Ba’zi
ma’lumotlarga ko‘ra, faqat hasharotlarning soni 8-12 mln. turni tashkil qilar ekan.
Ularning ko‘plari fanga kirgan emas.
Logotip
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ko‘p miqdorda turli kimyoviy moddalar to‘plangan. Ular tirik organizm tanasida oksidlanish, tiklanish, parchalanish va qo‘shilish jarayonlarida organizmning genetik belgisini o‘zgartiradi, ya’ni bolalar majruh, qo‘l-oyoqlari uzun-kalta yoki yo‘q, ayollar homiladorligining buzilishi, kam qonlik, bola tashlash, bolalar o‘limining ortishi, yurak-qon tomirlar, osh- qozon, jigar, buyrak, rak, uyqusizlik kabi kasalliklar ko‘payadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda pestitsidlarni qo‘llash natijasida har yili 375 ming odam zaharlanadi, ulardan 10 mingdan ortig‘i o‘ladi. Zaharli gerbitsid va pestitsidlar qushlar va suv hayvonlariga ham salbiy ta’sir qiladi. Masalan, suvda ayrim og‘ir metallar juda oz miqdorda ham tirik organizmlarga ziyon keltiradi, ya’ni ularga simob (0,05 mg/l), mis (0,05), kadmiy (0,2), fenol (0,5), ammoniy (1 mg/l), sianid (0,05 mg/l) kabilar organimzlar harakatini buzadi va ko‘p baliqlar qirilib ketadi. Inson tiriklikni tiklovchi kuch. Inson o‘z hayot faoliyatida tinimsiz tabiatga va uning elementlariga ta’sir qilib kelmokda. Uning salbiy harakati natijasida Er yuzidan ko‘plab flora va fauna vakillari yo‘qolib ketdi, jumladan, 1600 yildan to shu kunlargacha dunyo bo‘yicha qushlarning 162 turi va tur vakillari yo‘qolgan, yana 381 tur esa yo‘qolib ketish xavfida, sutemizuvchilarning 255 turi, avstraliya xaltali hayvonlarining 42% yo‘qolish xavfi ostida qolgan. Bu holatga ayrim misollar keltirib o‘tamiz, ya’ni, 1827 yili Polshada hozirgi muguzli hayvonlar ajdodi - oxirgi tur (Bos primigentus) o‘ladi. 1681 yili Mavrikiya orolida dront yo‘qoladi. Bu erga XVII asrda kolonizatorlar kelishi bilan oroldagi qushlarning 28 turidan 24 tasi yo‘qoladi. 1765 yili Uzoq SHarqning Kommandor orollaridan oxirgi dengiz sigiri yo‘qoladi. 1870-1880 yillar Janubiy Afrikaning ikki zebra turi - burchella va kvachcha zebralari Er yuzidan yo‘qoladi. Tasodifan Hindistonda bizon va zubrlar oz miqdorda saqlanib qoladi. BMT qoshidagi YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra hozirda har kuni 1 tadan biologik tur yo‘qolmoqda. Har xil ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Er yuzida 2-3 mln. organizmlar turlari bo‘lib, ulardan 1,5 mln. hayvon va 350 (500)000 o‘simliklar turlari mavjud. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, faqat hasharotlarning soni 8-12 mln. turni tashkil qilar ekan. Ularning ko‘plari fanga kirgan emas.
Hozirgi vaqtda 25-30 ming gulli o‘simliklar turlarining (yoki dunyoda ma’lum
turlarning 8-10% i) Er yuzidan yo‘qolib ketish xavfi bor. Sobiq Ittifoqning «Qizil
kitobiga» (1984 yil) 603 ta gulli o‘simlik, moxlar (90 tur), lishayniklar (70 tur),
zamburug‘lar  (50  tur)  kiritilgan.  Angliya  qirg‘oqlarida  uchraydigan  dengiz
suvo‘tlarining  uch  qismi,  Fransiyada  uchraydigan  zamburug‘larning  42%  i
yo‘qolish arafasida turadi.
Hayvon  turlari  ham  katta  xavf  ostidadir.  Jumladan,  Gavay  orollarida
uchraydigan  1061  endemik mollyuskalarning  600  turi yo‘qoldi,  400  turi esa xavf
ostida. SHimoliy Amerikada uchraydigan mingdan ortiq mollyuskalar turlarining
40-50% i o‘lib ketgan yoki yo‘qolib ketish arafasidadir. Evropa kapalaklarining 2/3
qismi  yo‘qolish  xavfida  bo‘lsa,  Germaniya  hududida  keyingi  50  yil  ichida
kunduzgi kapalaklarning 27% i o‘lib ketgan. O‘rta Osiyoning tog‘li rayoni G‘arbiy
Tyan-SHanda  uchraydigan  150  kunduzgi  kapalaklar  turidan  12  tasi  (8%)
yo‘qolgan,  18%  i juda noyob bo‘lib qolgan. Jahon «Qizil kitobiga» baliqlarning
168  tur va  25  kichik tur vakillari kiritilib, ular yo‘qolib ketish xavfida bo‘lsa,
Evropa chuchuk suvlarida uchraydigan baliq turlarining  52,3%  i ham yo‘qolish
arafasida qolgan. Tojikiston hududida aniqlangan baliqlarning 10,5% i, Rossiyaning
Gorkiy viloyatining 36,8% i baliqlari, 60% dumli va 13 tur dumsiz amfibiyalar ham
noyobligi  tufayli  qizil  kitobga  kiritilgan.  Evropada  uchraydigan  408  qushlar
turining 294 tasi noyob bo‘lib qolgan. Keyingi 15 yil ichida sobiq Ittifoqda monax
tyuleni, Osiyo gepardi, Turon arsloni, jayron, qizil bo‘ri va 10 dan ortiq baliqlar
yo‘qolib ketdi.
Tirik  turlar  yo‘qolishining  asosida:  ovchilik  (otish,  tutish),  organizmlar
yashash  joyining  buzilishi  (yong‘in,  o‘rmonlarning  kesilishi,  erlarning
o‘zlashtirilishi),  boshqa  joylardan  olib  kel-tirilgan  turlarningta’siri,  to‘g‘ridan-
to‘g‘ri turni o‘ldirish, erlarning suv bosishi (suv omborlari), ko‘l, botqoq va daryo
etaklariiing qurib qolishi, tasodifan o‘lish, kasallik, tabiiy ofatlar  va antropogen
omillar (gerbitsidlar, pestitsidlar, zaharlanish, chiqindilar bilan muhitni ifloslanishi)
ta’siri kabi sabablar yotadi.
O‘zbekistonning  o‘zida  lolalar,  shiroch,  o‘lmas  o‘t,  shafron,  kiyik  o‘t
kabilar,  butalar,  daraxtlar  borgan  sayin  insonlarning  salbiy  ta’siri  natijasida
yo‘qolib bormoqda. Ulardan 300 dan ortiq o‘simlik va 70 ga yaqin turli hayvonlar
Logotip
Hozirgi vaqtda 25-30 ming gulli o‘simliklar turlarining (yoki dunyoda ma’lum turlarning 8-10% i) Er yuzidan yo‘qolib ketish xavfi bor. Sobiq Ittifoqning «Qizil kitobiga» (1984 yil) 603 ta gulli o‘simlik, moxlar (90 tur), lishayniklar (70 tur), zamburug‘lar (50 tur) kiritilgan. Angliya qirg‘oqlarida uchraydigan dengiz suvo‘tlarining uch qismi, Fransiyada uchraydigan zamburug‘larning 42% i yo‘qolish arafasida turadi. Hayvon turlari ham katta xavf ostidadir. Jumladan, Gavay orollarida uchraydigan 1061 endemik mollyuskalarning 600 turi yo‘qoldi, 400 turi esa xavf ostida. SHimoliy Amerikada uchraydigan mingdan ortiq mollyuskalar turlarining 40-50% i o‘lib ketgan yoki yo‘qolib ketish arafasidadir. Evropa kapalaklarining 2/3 qismi yo‘qolish xavfida bo‘lsa, Germaniya hududida keyingi 50 yil ichida kunduzgi kapalaklarning 27% i o‘lib ketgan. O‘rta Osiyoning tog‘li rayoni G‘arbiy Tyan-SHanda uchraydigan 150 kunduzgi kapalaklar turidan 12 tasi (8%) yo‘qolgan, 18% i juda noyob bo‘lib qolgan. Jahon «Qizil kitobiga» baliqlarning 168 tur va 25 kichik tur vakillari kiritilib, ular yo‘qolib ketish xavfida bo‘lsa, Evropa chuchuk suvlarida uchraydigan baliq turlarining 52,3% i ham yo‘qolish arafasida qolgan. Tojikiston hududida aniqlangan baliqlarning 10,5% i, Rossiyaning Gorkiy viloyatining 36,8% i baliqlari, 60% dumli va 13 tur dumsiz amfibiyalar ham noyobligi tufayli qizil kitobga kiritilgan. Evropada uchraydigan 408 qushlar turining 294 tasi noyob bo‘lib qolgan. Keyingi 15 yil ichida sobiq Ittifoqda monax tyuleni, Osiyo gepardi, Turon arsloni, jayron, qizil bo‘ri va 10 dan ortiq baliqlar yo‘qolib ketdi. Tirik turlar yo‘qolishining asosida: ovchilik (otish, tutish), organizmlar yashash joyining buzilishi (yong‘in, o‘rmonlarning kesilishi, erlarning o‘zlashtirilishi), boshqa joylardan olib kel-tirilgan turlarningta’siri, to‘g‘ridan- to‘g‘ri turni o‘ldirish, erlarning suv bosishi (suv omborlari), ko‘l, botqoq va daryo etaklariiing qurib qolishi, tasodifan o‘lish, kasallik, tabiiy ofatlar va antropogen omillar (gerbitsidlar, pestitsidlar, zaharlanish, chiqindilar bilan muhitni ifloslanishi) ta’siri kabi sabablar yotadi. O‘zbekistonning o‘zida lolalar, shiroch, o‘lmas o‘t, shafron, kiyik o‘t kabilar, butalar, daraxtlar borgan sayin insonlarning salbiy ta’siri natijasida yo‘qolib bormoqda. Ulardan 300 dan ortiq o‘simlik va 70 ga yaqin turli hayvonlar
turi  yangi  «Qizil  kitobga»  kiritildi.  Tabiatdagi  qushlar,  sudralib  yuruvchi,
sutemizuvchi hayvonlar, samolyotlarga, mashinalarga urilib, otilib, tutilib nobud
bo‘lishi natijasida atrof-muhitdan tirik organizmlarning soni borgai sayin kamayib,
tabiat go‘zalligi buzilib, uning boyliklari kamayib bormoqda.
SHunga qaramasdan biosfera va uning asosiy elementlari bo‘lmish suv, havo,
tuproq, o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish eng katta muammo sifatida kun
tartibiga qo‘yildi. Buning uchun insonning ijobiy f)aoliyatlarining natijalari aktiv
amalga oshirilishi kerak. Ko‘pchilik hollarda inson biosferani buzgani, ifloslagani
belgilarini ko‘rmoqda, sezmoqda, buzilgan tabiatni tiklashga majbur bo‘lmoqda.
Tabiatni,  uning  boyliklarini  muhofaza  qilish  qadimdan  ma’lum,  tarixiy
qo‘lyozmalar  toshdagi  bitiklar  va  eng  muhim  ko‘rsatma
 va  qoidalar
musulmonlarning «Qur’oni Karim» tabarruk kitobida  va boshqa diniy kitoblar -
Injil, Tavrot, Zaburda ham qayd qilingan.
Dunyoning  hamma  davlatlarida  tabiatni,  uning  suvi,  tuprog‘i,  havosi,
o‘simlik va hayvonini muhofaza qilish bo‘yicha qonun va  qoidalar bor. YOsh
O‘zbekiston Respublikasi  9.  XII.  1992  yili: «Tabiatni muhofaza qilish» qonunini
qabul qildi. Bu mukammal zamonaviy va eng zarur hujjat Vatanimiz tabiatini
saqlashda, uni boyitishda katta rol o‘ynaydi.
Biosferadagi tirik organizm vakillarini saqlash, ularni kelajak avlodlarga
qoldirishning  asosiy  yo‘llari:  turlarni  tutish  va  otishni  to‘xtatish,  ularning
yashaydigan joylarini buzmaslik va muhofaza qilish, qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar
tashkil qilish va noyob turlarni ko‘paytirish, boshqa tabiiy maydonlarga tarqatish
kabi ishlarni amalga oshirishdan iborat.
SHu vaqtda yovvoyi hayvonlarni ov qilish, noyob o‘simliklarni yulish qonun
bo‘yichataqiqlangan.  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  o‘nlab  qo‘riqxonalar  tashkil
qilingan, ularga Dashti-Jum, Amudaryo, Bad-kiz, Kopetdog‘, CHotqol, Nurota,
Aksu-Jabag‘li,  Sari-CHelak  kabi  CHo‘riqxonalar  kiradi.  Bunday  qo‘riqxonalar
dunyoning hamma dav-latlarida bor. Faqat sobiq Ittifoq hududida  170  dan ortiq
qo‘riqxona bo‘lgan, masalan, Hindistonda oldingi Kazirang qo‘rig‘i asosida milliy
bog‘ tashkil qilinib. SHu hududida 45 mingdan ortiq o‘simlik turlari va ko‘plab turli
hayvonlar muhofaza qilinadi.
Logotip
turi yangi «Qizil kitobga» kiritildi. Tabiatdagi qushlar, sudralib yuruvchi, sutemizuvchi hayvonlar, samolyotlarga, mashinalarga urilib, otilib, tutilib nobud bo‘lishi natijasida atrof-muhitdan tirik organizmlarning soni borgai sayin kamayib, tabiat go‘zalligi buzilib, uning boyliklari kamayib bormoqda. SHunga qaramasdan biosfera va uning asosiy elementlari bo‘lmish suv, havo, tuproq, o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish eng katta muammo sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Buning uchun insonning ijobiy f)aoliyatlarining natijalari aktiv amalga oshirilishi kerak. Ko‘pchilik hollarda inson biosferani buzgani, ifloslagani belgilarini ko‘rmoqda, sezmoqda, buzilgan tabiatni tiklashga majbur bo‘lmoqda. Tabiatni, uning boyliklarini muhofaza qilish qadimdan ma’lum, tarixiy qo‘lyozmalar toshdagi bitiklar va eng muhim ko‘rsatma va qoidalar musulmonlarning «Qur’oni Karim» tabarruk kitobida va boshqa diniy kitoblar - Injil, Tavrot, Zaburda ham qayd qilingan. Dunyoning hamma davlatlarida tabiatni, uning suvi, tuprog‘i, havosi, o‘simlik va hayvonini muhofaza qilish bo‘yicha qonun va qoidalar bor. YOsh O‘zbekiston Respublikasi 9. XII. 1992 yili: «Tabiatni muhofaza qilish» qonunini qabul qildi. Bu mukammal zamonaviy va eng zarur hujjat Vatanimiz tabiatini saqlashda, uni boyitishda katta rol o‘ynaydi. Biosferadagi tirik organizm vakillarini saqlash, ularni kelajak avlodlarga qoldirishning asosiy yo‘llari: turlarni tutish va otishni to‘xtatish, ularning yashaydigan joylarini buzmaslik va muhofaza qilish, qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar tashkil qilish va noyob turlarni ko‘paytirish, boshqa tabiiy maydonlarga tarqatish kabi ishlarni amalga oshirishdan iborat. SHu vaqtda yovvoyi hayvonlarni ov qilish, noyob o‘simliklarni yulish qonun bo‘yichataqiqlangan. Markaziy Osiyo davlatlarida o‘nlab qo‘riqxonalar tashkil qilingan, ularga Dashti-Jum, Amudaryo, Bad-kiz, Kopetdog‘, CHotqol, Nurota, Aksu-Jabag‘li, Sari-CHelak kabi CHo‘riqxonalar kiradi. Bunday qo‘riqxonalar dunyoning hamma dav-latlarida bor. Faqat sobiq Ittifoq hududida 170 dan ortiq qo‘riqxona bo‘lgan, masalan, Hindistonda oldingi Kazirang qo‘rig‘i asosida milliy bog‘ tashkil qilinib. SHu hududida 45 mingdan ortiq o‘simlik turlari va ko‘plab turli hayvonlar muhofaza qilinadi.
Hozirgi davrda jahonning turli mamlakatlarida b o t a n i ka b o g‘ l a r ida
o‘simliklar  olamining  ancha  vakillari  o‘sadi.  Masalan,  Janubiy  Afrikaning
Pretoriyadagi Botanika bog‘ida erli floraning 25% o‘sadi. Kaliforniyaning Rancho
Santo-Ana  Botanika  bog‘ida  1500  o‘simlik  turlari,  Toshkentnnng  O‘z  FA
qoshidagi Botanika bog‘ida esa  2000  dan ortiqdunyo florasi vakillari (o‘t o‘sim-
liklar, butalar, daraxtlar) rivojlanadi. Jahonning botanika bog‘larida  40  mingga
yaqin o‘simliklar turlari (yoki dunyo florasining 15-16% i) o‘stiriladi, saqlanadi.
Dunyoning ancha mamlakatlarida o‘simliklar fondini asrash bo‘yicha  milliy
saqlash  joylari  tashkil  qilingan.  Bunday  joylar  SHveysariya,  AQSH,  Rossiya,
O‘zbekiston va boshqadavlatlarda bor. O‘simliklarning urug‘ini saqlash banklari
jahondagi o‘simliklar olami vakillarini saqlab qolishning bir yo‘lidir.
O‘zbekiston,  Bolgariya,  Rossiyadagi  kabi  mamlakatlarda  160  dan  ortiq
o‘simliklar  turlari  meditsina  maqsadlari  uchun  ko‘paytiriladi.  O‘simliklar
parfyumeriya, oziq-ovqat va texnika yo‘nalishlarda keng foydalaniladi.
SHu  kunlarda  noyob  hayvonlar  turlarini  saqlab  qolish  uchun,  ularni
ko‘paytiradigan maxsus markazlar, pitomniklar tashkil qilingan. Masalan, Buxoro
jayron pitomnigi, Oka turna pitomnigi kabilar. Ularda ko‘paytirilgan jayron va
turnalar balog‘atga  etgandan keyin tabiatga qo‘yib yuboriladi. Ko‘pchilik sun’iy
baliq  pitomniklarida  etishtirilgan  mayda  baliqlar  (masalan,  O‘zbekistonning
Oqqo‘rg‘on baliqchilik pitomnigi) tabiiy suv havzalariga qo‘yib yuboriladi. Kaspiy
vohasida joylashgan sun’iy baliqchilik pitomnigi har yili 100 mln. osetra balig‘ining
malkilarini dengizga tashlab, baliq fondini boshqarib turadi.
Evropa  davlatlarida  reabilitatsiya  «markazlari»  tashkil  qilinib,  ularda
jarohatlangan  hayvonlar  davolanib,  tabiat  qo‘yniga  qo‘yib  yuboriladi,  bunday
markazlar  Fransiya,  Germaniya,  SHvetsiya  kabi  mamlakatlarda  bo‘lib,  yiliga
minglab qushlar, hayvonlar davrlanadi.
 Hozirgi  kunda  ekologik  injeneriya  metodi  keng  qo‘llanilib,  noyob
hayvonlar turlarini, jumladan, gepard, madagaskar lemuri, araviya oriksi, oddiy
silovsin, oqlaylak, kichik kazirok, janubiy Afrika kondorasi kabilarni saklash, bir
joydan  ikkin-chi  xavfsizroqjoyga  ko‘chirish  yo‘llari  bilan  ularni  muhofazasi
rejalashtirilgan.
Logotip
Hozirgi davrda jahonning turli mamlakatlarida b o t a n i ka b o g‘ l a r ida o‘simliklar olamining ancha vakillari o‘sadi. Masalan, Janubiy Afrikaning Pretoriyadagi Botanika bog‘ida erli floraning 25% o‘sadi. Kaliforniyaning Rancho Santo-Ana Botanika bog‘ida 1500 o‘simlik turlari, Toshkentnnng O‘z FA qoshidagi Botanika bog‘ida esa 2000 dan ortiqdunyo florasi vakillari (o‘t o‘sim- liklar, butalar, daraxtlar) rivojlanadi. Jahonning botanika bog‘larida 40 mingga yaqin o‘simliklar turlari (yoki dunyo florasining 15-16% i) o‘stiriladi, saqlanadi. Dunyoning ancha mamlakatlarida o‘simliklar fondini asrash bo‘yicha milliy saqlash joylari tashkil qilingan. Bunday joylar SHveysariya, AQSH, Rossiya, O‘zbekiston va boshqadavlatlarda bor. O‘simliklarning urug‘ini saqlash banklari jahondagi o‘simliklar olami vakillarini saqlab qolishning bir yo‘lidir. O‘zbekiston, Bolgariya, Rossiyadagi kabi mamlakatlarda 160 dan ortiq o‘simliklar turlari meditsina maqsadlari uchun ko‘paytiriladi. O‘simliklar parfyumeriya, oziq-ovqat va texnika yo‘nalishlarda keng foydalaniladi. SHu kunlarda noyob hayvonlar turlarini saqlab qolish uchun, ularni ko‘paytiradigan maxsus markazlar, pitomniklar tashkil qilingan. Masalan, Buxoro jayron pitomnigi, Oka turna pitomnigi kabilar. Ularda ko‘paytirilgan jayron va turnalar balog‘atga etgandan keyin tabiatga qo‘yib yuboriladi. Ko‘pchilik sun’iy baliq pitomniklarida etishtirilgan mayda baliqlar (masalan, O‘zbekistonning Oqqo‘rg‘on baliqchilik pitomnigi) tabiiy suv havzalariga qo‘yib yuboriladi. Kaspiy vohasida joylashgan sun’iy baliqchilik pitomnigi har yili 100 mln. osetra balig‘ining malkilarini dengizga tashlab, baliq fondini boshqarib turadi. Evropa davlatlarida reabilitatsiya «markazlari» tashkil qilinib, ularda jarohatlangan hayvonlar davolanib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi, bunday markazlar Fransiya, Germaniya, SHvetsiya kabi mamlakatlarda bo‘lib, yiliga minglab qushlar, hayvonlar davrlanadi. Hozirgi kunda ekologik injeneriya metodi keng qo‘llanilib, noyob hayvonlar turlarini, jumladan, gepard, madagaskar lemuri, araviya oriksi, oddiy silovsin, oqlaylak, kichik kazirok, janubiy Afrika kondorasi kabilarni saklash, bir joydan ikkin-chi xavfsizroqjoyga ko‘chirish yo‘llari bilan ularni muhofazasi rejalashtirilgan.