BIR KAMERALI MURAKKAB ME’DALARDA OZIQA HAZMI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

20,8 KB


BIR KAMERALI MURAKKAB ME’DALARDA OZIQA HAZMI
Reja:
1. Bir tuyoqli hayvonlarda oziqa hazmi.
2. Cho‘chqalarda oziqa hazmi,
3. Quyonlarda oziqa hazmi.
Tayanch iboralar
Oraliq yoki bir kamerali murakkab oshqozon, zardob, muskul, shilliq parda
osti, shilliq qavat, sekretor bezlar, ko‘r xalta, qizil o‘ngach, qo‘shimcha, asosiy
yoki bosh, qoplama, kordial, fundal, pilorus, pepsin, ximozin, katepsin, kislotali,
jelotinaza,  xlorid  kislota,  V.A,  Basov,  Shumova-Simonovskaya,  I.P.Pavlov,
Gaydengayn,  reflektor,  kimyoviy,  M.N.S.,  retseptor,  simpatik,  adashgan,
proteolitik,  lipolitik,  motor,  grafik,  uzuna,  qiyshiq,  halqasimon,  tonik,  ritmik,
chuvalchangsimon, nerv, muskul, A.Yu.Yunusov, issiq, quyosh. fundal, pilorus, 2
qism, Yellenberger, Sheynert, o‘ng va chap tomonda, N.F.Papov, S.E.Egorov,
V.A.Cheredkov,  I.A.Troyskiy,  A.A.Kudryavsev,  15-16  qobirg‘a.  N.V.Kurilov,
kobolt,  temir,  polizond  usuli,  A.V.Kvasniskiy,  Ye.Z.Tikachev,  kaprofagiya,
Yu.A.Kolugin.
1.Struktura  tuzilishi  birkamerali,  vazifasi  murakkab  oshqozonlar  bir
tuyoqlilarda (otlar, yeshaklar, xachirlar) cho‘chqalar va quyonlarda bo‘lib, ularda
kechadigan hazmlanish jarayonlariga qarab oraliq me’dalar deyiladi.
Bir  tuyoqli  hayvonlar  asosan  dag‘al  oziqalar  va  konsentratlar  bilan
oziqalanishga moslashgan. Oziqalanishga qarab bir tuyoqli hayvonlarning hazm
sistemasi  ham  nisbatan  murakkab  rivojlangan,  ayniqsa  oshqozon  va  yo‘g‘on
ichaklar  sistemasi  har  xil  aralash  ozuqalarni,  shu  jumladan  dag‘al  xashak  va
Logotip
BIR KAMERALI MURAKKAB ME’DALARDA OZIQA HAZMI Reja: 1. Bir tuyoqli hayvonlarda oziqa hazmi. 2. Cho‘chqalarda oziqa hazmi, 3. Quyonlarda oziqa hazmi. Tayanch iboralar Oraliq yoki bir kamerali murakkab oshqozon, zardob, muskul, shilliq parda osti, shilliq qavat, sekretor bezlar, ko‘r xalta, qizil o‘ngach, qo‘shimcha, asosiy yoki bosh, qoplama, kordial, fundal, pilorus, pepsin, ximozin, katepsin, kislotali, jelotinaza, xlorid kislota, V.A, Basov, Shumova-Simonovskaya, I.P.Pavlov, Gaydengayn, reflektor, kimyoviy, M.N.S., retseptor, simpatik, adashgan, proteolitik, lipolitik, motor, grafik, uzuna, qiyshiq, halqasimon, tonik, ritmik, chuvalchangsimon, nerv, muskul, A.Yu.Yunusov, issiq, quyosh. fundal, pilorus, 2 qism, Yellenberger, Sheynert, o‘ng va chap tomonda, N.F.Papov, S.E.Egorov, V.A.Cheredkov, I.A.Troyskiy, A.A.Kudryavsev, 15-16 qobirg‘a. N.V.Kurilov, kobolt, temir, polizond usuli, A.V.Kvasniskiy, Ye.Z.Tikachev, kaprofagiya, Yu.A.Kolugin. 1.Struktura tuzilishi birkamerali, vazifasi murakkab oshqozonlar bir tuyoqlilarda (otlar, yeshaklar, xachirlar) cho‘chqalar va quyonlarda bo‘lib, ularda kechadigan hazmlanish jarayonlariga qarab oraliq me’dalar deyiladi. Bir tuyoqli hayvonlar asosan dag‘al oziqalar va konsentratlar bilan oziqalanishga moslashgan. Oziqalanishga qarab bir tuyoqli hayvonlarning hazm sistemasi ham nisbatan murakkab rivojlangan, ayniqsa oshqozon va yo‘g‘on ichaklar sistemasi har xil aralash ozuqalarni, shu jumladan dag‘al xashak va
konsentratlarni  hazm  qilishga  moslashib  tuzilgan.  Bir  tuyoqli  hayvonlarning
oshqozoni tashqi ko‘rinishidan bir kamerali ya’ni qizil o‘ngach davomi oshqozon
sfinktori ikkiga bo‘linadi (qizil o‘ngachdan kirish va ingichka ichakga chiqish
joyiga). Qizil o‘ngach oshqozonga to‘g‘ri tushmasdan qiyshiq uchburchak hosil
qilib tushadi. Qizil o‘ngach bilan oshqozon orasidagi sfinktorda maxsus burama
bo‘lib, ot va yeshak qusa olmaydi, agar qusmoqchi bo‘lsa, shu buramalar sfinktorni
berkitib qo‘yadi.
Oshqozonning ichki shilliq parda qavati struktura-tuzilishiga ko‘ra to‘rt
qismga bo‘linadi:
1. Kardial qism-qizil o‘ngachga tutashgan joy.
2. Ko‘r xalta qismi.
3. Fundal qism.
4. Pilorus qismlari.
Bu  qismlar  har  xil  hujayralardan  tuzilgan  bo‘lib,  bu  hujayralardan
ishlanadigan shiralar xususiyatini xilma xilligi oshqozon ichida oziqalar tarkibidagi
xilma  xil  moddalarni  parchalanishini  ta’minlaydi.  Oshqozon  shartli  ravishda
tapografik  tuzilishiga  ko‘ra  ikki  qismga  bo‘linadi  ya’ni  kardial  va  ko‘r  xalta
oshqozonni  chap  tomonini,  fundal  va  pilorus  o‘ng  tomonini  tashkil  qiladi.
Oshqozonning chap tomonida oziq-ovqatlar tarkibidagi uglevodlarni parchalanishi
ta’minlanib,  bu  yerda  muhit  ishqoriy  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  so‘lak
tarkibidagi  va  oziqa  tarkibidagi  hamda  mikroorganizm  fermentlari  ta’sirida
kraxmal, kletchatkani va boshqa uglevodlarni parchalanishi ta’minlanadi.
Oshqozonning  o‘ng  tomonida  asosiy  va  qoplama  terma  hujayralarda
ishlanadigan shira tarkibidagi ferment, xlorid kislota ishtirokida, kislotali muhitda
oziqa tarkibidagi  oqsillar, yog‘larning parchalanishi  yuzaga  keladi. Shu tariqa
oshqozonda  oziqalar  aralash  hislatga  yega  ya’ni  oziqalar  joyi  almashinadi,
amilolitik  jarayonlar  lipolitik  va  protiolitik  jarayonlar  bilan  almashinadi.  Bir
tuyoqli hayvonlarning oshqozonida oziqa qat-qat bo‘lib joylanishi aniqlangan. Bu
holatni nemis olimlari Yellenberger va Sheynertlar tajribada aniqlaganlar ya’ni ular
bir  necha  xil  buyoq  bilan  oziqani  bo‘yab  hayvonga  yegizib,  so‘ngra  so‘yib,
oshqozonni muzlatib, kesib ko‘rib o‘rganganlar. Shu vaqtning o‘zida me’daning
o‘rta qismdagi oziqa tarkibida so‘lak va oziqa fermentlari ta’sirida uglevodlar
Logotip
konsentratlarni hazm qilishga moslashib tuzilgan. Bir tuyoqli hayvonlarning oshqozoni tashqi ko‘rinishidan bir kamerali ya’ni qizil o‘ngach davomi oshqozon sfinktori ikkiga bo‘linadi (qizil o‘ngachdan kirish va ingichka ichakga chiqish joyiga). Qizil o‘ngach oshqozonga to‘g‘ri tushmasdan qiyshiq uchburchak hosil qilib tushadi. Qizil o‘ngach bilan oshqozon orasidagi sfinktorda maxsus burama bo‘lib, ot va yeshak qusa olmaydi, agar qusmoqchi bo‘lsa, shu buramalar sfinktorni berkitib qo‘yadi. Oshqozonning ichki shilliq parda qavati struktura-tuzilishiga ko‘ra to‘rt qismga bo‘linadi: 1. Kardial qism-qizil o‘ngachga tutashgan joy. 2. Ko‘r xalta qismi. 3. Fundal qism. 4. Pilorus qismlari. Bu qismlar har xil hujayralardan tuzilgan bo‘lib, bu hujayralardan ishlanadigan shiralar xususiyatini xilma xilligi oshqozon ichida oziqalar tarkibidagi xilma xil moddalarni parchalanishini ta’minlaydi. Oshqozon shartli ravishda tapografik tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi ya’ni kardial va ko‘r xalta oshqozonni chap tomonini, fundal va pilorus o‘ng tomonini tashkil qiladi. Oshqozonning chap tomonida oziq-ovqatlar tarkibidagi uglevodlarni parchalanishi ta’minlanib, bu yerda muhit ishqoriy bo‘ladi. Shuning uchun ham so‘lak tarkibidagi va oziqa tarkibidagi hamda mikroorganizm fermentlari ta’sirida kraxmal, kletchatkani va boshqa uglevodlarni parchalanishi ta’minlanadi. Oshqozonning o‘ng tomonida asosiy va qoplama terma hujayralarda ishlanadigan shira tarkibidagi ferment, xlorid kislota ishtirokida, kislotali muhitda oziqa tarkibidagi oqsillar, yog‘larning parchalanishi yuzaga keladi. Shu tariqa oshqozonda oziqalar aralash hislatga yega ya’ni oziqalar joyi almashinadi, amilolitik jarayonlar lipolitik va protiolitik jarayonlar bilan almashinadi. Bir tuyoqli hayvonlarning oshqozonida oziqa qat-qat bo‘lib joylanishi aniqlangan. Bu holatni nemis olimlari Yellenberger va Sheynertlar tajribada aniqlaganlar ya’ni ular bir necha xil buyoq bilan oziqani bo‘yab hayvonga yegizib, so‘ngra so‘yib, oshqozonni muzlatib, kesib ko‘rib o‘rganganlar. Shu vaqtning o‘zida me’daning o‘rta qismdagi oziqa tarkibida so‘lak va oziqa fermentlari ta’sirida uglevodlar
almashinishi  sodir  bo‘lib  turadi.  Demak  bu  hayvonlar  organizmida  uzluksiz
moddalar  almashinuvi  sodir  bo‘lib,  bu  hayvonlar  sira  to‘ymaydi.  Bir  tuyoqli
hayvonlar  oshqozonining  ayniqsa  o‘ng  tomonidan  ajralidagan  shira  va  uning
xislatlari  bir  kamerali  oshqozonnikiga  o‘xshash  bo‘ladi.  Ularning  oshqozon
shirasining  tarkibida  xlorid  kislota  (0,24%  yerkin,  0,14%  birikkan)  har  xil
fermentlar bo‘ladi. Xlorid kislotaning konsentrasiyasi oz bo‘lib, maksimum 0,3-
0,35%  bo‘ladi,  kislotaligi  dag‘al  oziqaga  o‘tishi  bilan  kamayadi.  Otlarni
oshqozonida oziqa hazm bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun ularning
oshqozoniga naychalar qo‘yish kerak. Lekin bu ancha qiyin. Shunga qaramasdan
1933 yil S.V.Egorov va V.A. Cheredkov me’daga naychalar o‘rnatish usullarini
ishlagan.  I.P.Pavlov  bo‘yicha  kichik  me’dacha  bichish  usulini  yesa  1937  yil
N.F.Papov  (MVA  fiziologiya  kafedrasini  mudiri)  o‘rnatgan.  I.P.Pavlov  usuli
bo‘yicha kichkina me’dacha bichish mushkul bo‘lib, otlarning oshqozoni ancha
yuqorida joylashgan, ya’ni ko‘krak qafasini ostiga kirib ketgan. Operasiya qilish
uchun  o‘ng  va  chap  tomondan  15-16  qabirg‘alar  kesilishi  kerak.  Bizning
shartimizga ko‘ra operasiyani chap tomonda o‘tkazilsa kardial, ko‘r xalta qismiga,
o‘ng tomonda fundal va pilorus qismiga yo‘l ochiladi. Naycha qo‘yish uchun ham
qobirg‘alarni olib tashlab, muskullarni kesmasdan ajratib naycha o‘rnatilishi kerak.
Tekshirishlarda otlarning oshqozonining hajmi yoshiga qarab o‘zgarishi kuzatilgan
bo‘lib, eng katta hajmi 18-20 litrga yetadi, minimal hajmi 5-8 litr, ba’zan uch litrga
yetadi. 
Otlar  oshqozonida  shira  ajralishini  I.T.Troyskiy  va  A.A.Kudryavsevlar
toylarda yezafagotomiya usuli yordamida o‘rgangan. Ularda shira vaqti vaqti bilan,
dag‘al oziqa bilan oziqalanuvchi katta hayvonlarda uzluksiz ajralib, hatto me’da
bo‘sh bo‘lsa ham shira ajralaveradi va sutkasiga 30 litrgacha yetadi. Odatda otlar
me’dasi bo‘sh bo‘lmaydi. 
Shira  ajralishining  xislati,  miqdori,  tarkibi,  fermentasiya,  xususiyati
oziqalarning  xilma  xilligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Masalan:  dag‘al  oziqalar  bilan
oziqalanganda  shira  ko‘p,  suyuq  ajralsa,  konsentraktlar:  kepak,  maydalangan
yarma, arpa, suliga suyuq shira ajratib, lavlagi, achitilgan suli, kartoshka va pichan
oziqalariga kam shira ajratadi. N.V.Kurilovning tekshirishlarida me’daga keladigan
har ikkala adashgan nervni kesilishi to‘liq sekresiyani to‘xtatib qo‘ymasdan, juda
Logotip
almashinishi sodir bo‘lib turadi. Demak bu hayvonlar organizmida uzluksiz moddalar almashinuvi sodir bo‘lib, bu hayvonlar sira to‘ymaydi. Bir tuyoqli hayvonlar oshqozonining ayniqsa o‘ng tomonidan ajralidagan shira va uning xislatlari bir kamerali oshqozonnikiga o‘xshash bo‘ladi. Ularning oshqozon shirasining tarkibida xlorid kislota (0,24% yerkin, 0,14% birikkan) har xil fermentlar bo‘ladi. Xlorid kislotaning konsentrasiyasi oz bo‘lib, maksimum 0,3- 0,35% bo‘ladi, kislotaligi dag‘al oziqaga o‘tishi bilan kamayadi. Otlarni oshqozonida oziqa hazm bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun ularning oshqozoniga naychalar qo‘yish kerak. Lekin bu ancha qiyin. Shunga qaramasdan 1933 yil S.V.Egorov va V.A. Cheredkov me’daga naychalar o‘rnatish usullarini ishlagan. I.P.Pavlov bo‘yicha kichik me’dacha bichish usulini yesa 1937 yil N.F.Papov (MVA fiziologiya kafedrasini mudiri) o‘rnatgan. I.P.Pavlov usuli bo‘yicha kichkina me’dacha bichish mushkul bo‘lib, otlarning oshqozoni ancha yuqorida joylashgan, ya’ni ko‘krak qafasini ostiga kirib ketgan. Operasiya qilish uchun o‘ng va chap tomondan 15-16 qabirg‘alar kesilishi kerak. Bizning shartimizga ko‘ra operasiyani chap tomonda o‘tkazilsa kardial, ko‘r xalta qismiga, o‘ng tomonda fundal va pilorus qismiga yo‘l ochiladi. Naycha qo‘yish uchun ham qobirg‘alarni olib tashlab, muskullarni kesmasdan ajratib naycha o‘rnatilishi kerak. Tekshirishlarda otlarning oshqozonining hajmi yoshiga qarab o‘zgarishi kuzatilgan bo‘lib, eng katta hajmi 18-20 litrga yetadi, minimal hajmi 5-8 litr, ba’zan uch litrga yetadi. Otlar oshqozonida shira ajralishini I.T.Troyskiy va A.A.Kudryavsevlar toylarda yezafagotomiya usuli yordamida o‘rgangan. Ularda shira vaqti vaqti bilan, dag‘al oziqa bilan oziqalanuvchi katta hayvonlarda uzluksiz ajralib, hatto me’da bo‘sh bo‘lsa ham shira ajralaveradi va sutkasiga 30 litrgacha yetadi. Odatda otlar me’dasi bo‘sh bo‘lmaydi. Shira ajralishining xislati, miqdori, tarkibi, fermentasiya, xususiyati oziqalarning xilma xilligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: dag‘al oziqalar bilan oziqalanganda shira ko‘p, suyuq ajralsa, konsentraktlar: kepak, maydalangan yarma, arpa, suliga suyuq shira ajratib, lavlagi, achitilgan suli, kartoshka va pichan oziqalariga kam shira ajratadi. N.V.Kurilovning tekshirishlarida me’daga keladigan har ikkala adashgan nervni kesilishi to‘liq sekresiyani to‘xtatib qo‘ymasdan, juda
ozayib qolishiga sabab bo‘lishini aniqlagan. (Bir tuyoqli hayvonlarda oshqozon
kasalligi tez uchrab, parxez oziqa bilan ta’minlash kerak va oziqa kam, kalloriyasi
yuqori  bo‘lishi  kerak).  Ot  zavodlarida,  sportda  qatnashadigan  otlar  shunday
boqilishi  kerak.  Oshqozondan  shira  ajralishida  shiraning  barcha  xislatlari
oziqalanish sharoitiga qarab o‘zgarib turadi va har xil oziqalarga har xildir. 
2.Cho‘chqalar  oshqozoni  tashqi  ko‘rinishidan  bir  kamerali  ammo  ichki
tuzilishi  va  vazifasi  murakkab.  Cho‘chqa  oshqozoni  ichki  shilliq  qavatini
tuzilishiga qarab 5 qismga bo‘linadi:
1. Qizil o‘ngach qismi.
2. Ko‘r xalta qismi.
3. Kardial qismi.
4. Fundal qismi.
5. Pilorus qismi.
Me’daning oldingi qismlarida ayniqsa kardial, ko‘r xalta qismlarida shilliq
qavatining  tagida  ko‘p  limfa  tugunlari  bo‘ladi.  Bulardan  ishlanadigan  sekret
tarkibida limfatik suyuqlik va limfasitlar bo‘ladi. Shuningdek qon bilan birga juda
ko‘p xildagi qonning shaklli yelementlari (tayoqcha yadrolilar, bazofillar) keladi.
Bu leykosit hujayralari antibakterial ya’ni fagositoz qilib, oziqa tarkibida kelgan
mikroorganizmlarni  o‘ldiradi. Oshqozonda  oziqa hazmi  taxminan  bir  kamerali
oshqozonnikiga  o‘xshasada  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ham  yegadir.  Oziqa
hazmlanishi aralash tipga yega. Oziqa tarkibidagi uglevodli moddalar oshqozonni
yuqori qismlarida hazmlanadi, pastki tub qismlarida oqsil va yog‘lar hazmlanadi.
Oshqozonning hajmi hayvonning yoshiga, oziqaning turiga qarab o‘zgaradi. Oziqa
otlarnikiga  o‘xshab  qatlam-qatlam  bo‘lib,  joyla-shadi.  Cho‘chqalarning
oshqozonining  pastki  qismlarida  ya’ni  uning  tubida  oqsillar  va  yog‘larni
parchalanib  turishi,  yuqori  qismida  ko‘r  xalta  qismidagi  oziqalar  tarkibidagi
kraxmal  va  boshqa  xildagi  uglevodlarni  parchalanib  turishi  ta’minlanadi.
Cho‘chqalarning oshqozonining yuqori qismlarida muhit ishqoriy bu muhit kardial,
ko‘r xalta qismlardan ishlanadigan shira ishqorli, oziqa va so‘lakdagi ishqoriy
xislatlar tufayli kuchsiz ishqoriy muhitda bo‘ladi. Shu ishqoriy muhitda amilolitik
fermentlarni  aktivligi  ta’minlanadi.  Ayniqsa  so‘lak  tarkibidagi  amilolitik
fermentlar, mikrobiologik jarayonlar  oqibatida uglevodlarni  jadal parchalanishi
Logotip
ozayib qolishiga sabab bo‘lishini aniqlagan. (Bir tuyoqli hayvonlarda oshqozon kasalligi tez uchrab, parxez oziqa bilan ta’minlash kerak va oziqa kam, kalloriyasi yuqori bo‘lishi kerak). Ot zavodlarida, sportda qatnashadigan otlar shunday boqilishi kerak. Oshqozondan shira ajralishida shiraning barcha xislatlari oziqalanish sharoitiga qarab o‘zgarib turadi va har xil oziqalarga har xildir. 2.Cho‘chqalar oshqozoni tashqi ko‘rinishidan bir kamerali ammo ichki tuzilishi va vazifasi murakkab. Cho‘chqa oshqozoni ichki shilliq qavatini tuzilishiga qarab 5 qismga bo‘linadi: 1. Qizil o‘ngach qismi. 2. Ko‘r xalta qismi. 3. Kardial qismi. 4. Fundal qismi. 5. Pilorus qismi. Me’daning oldingi qismlarida ayniqsa kardial, ko‘r xalta qismlarida shilliq qavatining tagida ko‘p limfa tugunlari bo‘ladi. Bulardan ishlanadigan sekret tarkibida limfatik suyuqlik va limfasitlar bo‘ladi. Shuningdek qon bilan birga juda ko‘p xildagi qonning shaklli yelementlari (tayoqcha yadrolilar, bazofillar) keladi. Bu leykosit hujayralari antibakterial ya’ni fagositoz qilib, oziqa tarkibida kelgan mikroorganizmlarni o‘ldiradi. Oshqozonda oziqa hazmi taxminan bir kamerali oshqozonnikiga o‘xshasada o‘ziga xos xususiyatlarga ham yegadir. Oziqa hazmlanishi aralash tipga yega. Oziqa tarkibidagi uglevodli moddalar oshqozonni yuqori qismlarida hazmlanadi, pastki tub qismlarida oqsil va yog‘lar hazmlanadi. Oshqozonning hajmi hayvonning yoshiga, oziqaning turiga qarab o‘zgaradi. Oziqa otlarnikiga o‘xshab qatlam-qatlam bo‘lib, joyla-shadi. Cho‘chqalarning oshqozonining pastki qismlarida ya’ni uning tubida oqsillar va yog‘larni parchalanib turishi, yuqori qismida ko‘r xalta qismidagi oziqalar tarkibidagi kraxmal va boshqa xildagi uglevodlarni parchalanib turishi ta’minlanadi. Cho‘chqalarning oshqozonining yuqori qismlarida muhit ishqoriy bu muhit kardial, ko‘r xalta qismlardan ishlanadigan shira ishqorli, oziqa va so‘lakdagi ishqoriy xislatlar tufayli kuchsiz ishqoriy muhitda bo‘ladi. Shu ishqoriy muhitda amilolitik fermentlarni aktivligi ta’minlanadi. Ayniqsa so‘lak tarkibidagi amilolitik fermentlar, mikrobiologik jarayonlar oqibatida uglevodlarni jadal parchalanishi
ta’minlanadi. Shuningdek kardial va ko‘r xalta qismida sut achituvchi bakteriyalar
bo‘ladi. Sut achituvchi bakteriyalar ishtirokida har xil achish jarayonlari sodir
bo‘ladi. Chiritish bakteriyalari ba’zi bir xil oziqalarni chiritadi, vaqtincha ishqoriy
muhitda  chirituvchi  bakteriyalar  rivojlanib,  oqsil-proteinlar  chiritiladi.  Bu
jarayonlarda har xil achish va chirish hisobiga sut kislota, propion, moy, kislotalar
hosil bo‘ladi. Keyingi tekshirishlarga qaraganda bu kislotalar oshqozon devoridan
so‘rilib, moddalar almashinishida qatnashishi aniqlangan. Oldingi, o‘rta, keyingi
qismlardan  I.Siniщekov  laboratoriyasida  kichik  me’dacha  yasab,  so‘rilish
jarayonini  kuzatgan.  Cho‘chqani  operasiya  qilishda  qorin  qismining  yog‘lari
xalaqit beradi. Chunki cho‘chqani oq chiziq bo‘ylab operasiya qilish kerak. Lekin
kerak bo‘lganda cho‘chqani och qoldirib, ozdirib ham operasiya qiladilar.
Cho‘chqalar me’dasini fundal va pilorus qismidagi bezlardan ishlanadigan
shiralar va xlorid kislota konsentrasiyasi ancha yuqori bo‘lib, 0,3-0,45% gacha
yetadi. Ayniqsa fundal qismda xlorid kislota tufayli oshqozon shirasini muhiti
kislotali  bo‘lib,  oshqozonda  kechayotgan  jarayonlar  darrov  o‘zgarib,  yendi
bakterial jarayonlar to‘xtaydi, bakteriyalar o‘ladi va bu jarayon o‘rnini prteolitik va
lipolitik  jarayonlar  yegalaydi,  yendi  yog‘lar  va  oqsillar  parchalanaboshlaydi.
Cho‘chqaning me’da shirasida saqlanadigan fermentlar bir kamerali oshqozondagi
fermentlarga o‘xshash bo‘lib, ular pepsin, ximozin, lipaza va boshqalar. Me’da
shirasida bu fermentlarning saqlanishi cho‘chqaning oziqalanishiga qarab o‘zgarib
turadi. Agar cho‘chqani yog‘li, oqsilli oziqalar bilan boqilsa ularning oshqozon
shirasida  bu  moddalarni  parchalovchi  fermentlar  ko‘payadi.  Agar  cho‘chqa
kraxmalli  oziqa,  un,  un  ortig‘i,  kartoshka,  lavlagi,  kletchatka  boy  o‘simliklar
boshqa  uglevodi  ko‘p  bo‘lgan  o‘simliklar  bilan  oziqalantirilsa  oshqozonda
amilolitik jarayonlar kuchayadi. Bu jarayonlar oshqozonning yuqori qismlarida
kechib, pastga tushishi bilan proteolitik va lipolitik jarayonlar bilan almashinadi.
Cho‘chqalarning  oshqozonida  shu  jarayonlarni  almashinib  turishi  va  har  xil
qismlarda har xil jarayonlar kechishi laboratoriya sharoitida surinkali tajribalarda
o‘rganilgan.  Bu  jarayonlarni  o‘rganishni  eng  qulay  usuli  A.V.Kvasniskiyning
polizond usulidir. Bu usul bir necha yo‘lli naychalar yordamida V.A.Basov usuli
asosida  bajarilib,  naycha  oshqozon  tubiga  qo‘yiladi.  Zondning  har  xil
balandliklarida  kavaklik  bo‘lib,  shu  joydan  alohida-alohida  naycha  yo‘llari
Logotip
ta’minlanadi. Shuningdek kardial va ko‘r xalta qismida sut achituvchi bakteriyalar bo‘ladi. Sut achituvchi bakteriyalar ishtirokida har xil achish jarayonlari sodir bo‘ladi. Chiritish bakteriyalari ba’zi bir xil oziqalarni chiritadi, vaqtincha ishqoriy muhitda chirituvchi bakteriyalar rivojlanib, oqsil-proteinlar chiritiladi. Bu jarayonlarda har xil achish va chirish hisobiga sut kislota, propion, moy, kislotalar hosil bo‘ladi. Keyingi tekshirishlarga qaraganda bu kislotalar oshqozon devoridan so‘rilib, moddalar almashinishida qatnashishi aniqlangan. Oldingi, o‘rta, keyingi qismlardan I.Siniщekov laboratoriyasida kichik me’dacha yasab, so‘rilish jarayonini kuzatgan. Cho‘chqani operasiya qilishda qorin qismining yog‘lari xalaqit beradi. Chunki cho‘chqani oq chiziq bo‘ylab operasiya qilish kerak. Lekin kerak bo‘lganda cho‘chqani och qoldirib, ozdirib ham operasiya qiladilar. Cho‘chqalar me’dasini fundal va pilorus qismidagi bezlardan ishlanadigan shiralar va xlorid kislota konsentrasiyasi ancha yuqori bo‘lib, 0,3-0,45% gacha yetadi. Ayniqsa fundal qismda xlorid kislota tufayli oshqozon shirasini muhiti kislotali bo‘lib, oshqozonda kechayotgan jarayonlar darrov o‘zgarib, yendi bakterial jarayonlar to‘xtaydi, bakteriyalar o‘ladi va bu jarayon o‘rnini prteolitik va lipolitik jarayonlar yegalaydi, yendi yog‘lar va oqsillar parchalanaboshlaydi. Cho‘chqaning me’da shirasida saqlanadigan fermentlar bir kamerali oshqozondagi fermentlarga o‘xshash bo‘lib, ular pepsin, ximozin, lipaza va boshqalar. Me’da shirasida bu fermentlarning saqlanishi cho‘chqaning oziqalanishiga qarab o‘zgarib turadi. Agar cho‘chqani yog‘li, oqsilli oziqalar bilan boqilsa ularning oshqozon shirasida bu moddalarni parchalovchi fermentlar ko‘payadi. Agar cho‘chqa kraxmalli oziqa, un, un ortig‘i, kartoshka, lavlagi, kletchatka boy o‘simliklar boshqa uglevodi ko‘p bo‘lgan o‘simliklar bilan oziqalantirilsa oshqozonda amilolitik jarayonlar kuchayadi. Bu jarayonlar oshqozonning yuqori qismlarida kechib, pastga tushishi bilan proteolitik va lipolitik jarayonlar bilan almashinadi. Cho‘chqalarning oshqozonida shu jarayonlarni almashinib turishi va har xil qismlarda har xil jarayonlar kechishi laboratoriya sharoitida surinkali tajribalarda o‘rganilgan. Bu jarayonlarni o‘rganishni eng qulay usuli A.V.Kvasniskiyning polizond usulidir. Bu usul bir necha yo‘lli naychalar yordamida V.A.Basov usuli asosida bajarilib, naycha oshqozon tubiga qo‘yiladi. Zondning har xil balandliklarida kavaklik bo‘lib, shu joydan alohida-alohida naycha yo‘llari