BIR QAVATLI BO’YLAMASIGA TO’QILGAN BOSH VA HOSILA TRIKOTAJ TO’QIMALARINING TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
246,7 KB
BIR QAVATLI BO’YLAMASIGA TO’QILGAN BOSH VA HOSILA
TRIKOTAJ TO’QIMALARINING TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI
Bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj to’qimalari.
Bir qavatli bo’ylama to’qimalar sepochka, triko va uning hosilalari.
Bir qavatli bo’ylama to’qima atlas va uning hosilalari.
Bo’ylamasiga to’qilgan bir qavatli bosh to’qimalar bitta ignadonli tanda
to’quv mashinalarida ishlab chiqariladi. Bir qavatli trikotaj to’qimalarining old
tomonida xalqa tayoqchalari, orqa tomonida esa to’g’ri protyajkalar va xalqa
boshlari joylashgan bo’ladi. To’qimalar klassifikatsiyasida ko’rganimizdek,
bo’ylamasiga to’qilgan bir qavatli bosh to’qimalarga quyidagi to’qimalar kiradi:
sepochka, triko va atlas. Hosilali to’qimalarga esa hosilali triko yoki sukno, hosilali
atlas kiradi.
Sepochka - bo’ylamasiga to’qilgan bir qavatli to’qima bo’lib, uning xalqalari
bitta ipdan hosil bo’ladi va bitta xalqalar ustunchasini tashkil qiladi. Odatda bir
qavatli sepochkalar, ro’mollar va sharflar uchlarida gajim sifatida, turli bog’ichlar
va krujevalar hosil qilishda, undan tashqari, baliq tutish uchun ishlatiladigan
tugunsiz to’rlarni ishlab chiqarishda ko’llaniladi.
Sepochka xalqalari ochiq va yopiq bo’lishi mumkin. Yopiq xalqali
sepochkada ip xalqa hosil qilish jarayonida ignani aylanib o’rab oladi va u ignaga
har doim bir tomondan qo’yiladi. Ochiq xalqali sepochkalarda esa, ip ignaning uch
tomonidan aylanib o’tadi, ip ignaga goh o’ng tomondan, goh chap tomondan
qo’yiladi.
Buraluvchanlik.
Sepochka
buralmaydi,
chunki
har
bir
xalqa
tayoqchalarining egilgan qismlari protyajkalar bilan muvozanatlashgan bo’lib,
ularning buralishi teskari tomonga yo’nalgan bo’ladi.
Cho’ziluvchanlik. Sepochkaning bo’ylamasiga cho’ziluvchanligi bu
sepochka to’qilgan iplarning elastikligiga bog’liq. Ipning elastikligi qanchalik ko’p
bo’lsa, xalqalar shunchalik yumaloq shaklga ega bo’ladi, demak, sepochka
bo’ylamasiga shunchalik ko’p cho’ziladi, bu esa xalqalarning egilgan qismlarining
to’g’rilanishi hisobiga bo’ladi. Katta zichlikdagi yoki elastikligi kam bo’lgan ipdan
to’qilgan sepochka bo’yiga cho’zilmaydi.
Xalqa ipi uzunligi. Xalqa ipi uzunligi amalda to’qima namunasini tahlil
qilish yo’li bilan, xalqalarni ketma-ket echib o’lchanadi. Xalqa ipining uzunligini
nazariy hisoblash professor A.S.Dalidovich tomonidan taklif qilingan formula
bo’yicha aniqlanadi. 5.3-rasmda xalqa ipi uzunligi quyidagilardan iborat:
Ls = (1 – 2) + (2 – 3 – 4) + (4 – 5) + (5 – 6) + (6 – 7).
Bundan
2-3-4 yoy=
2
P 2 F
5-6 yoy=
P F
F
P
=
2
2
1-2; 4-5; 6-7; kesmalarni taxminan xalqalar qatori balandligi V sifatida qabul
qilish mumkin.
U holda,
Â
P F
F
P
Ls
+
+
=
3
2
3
(5.1)
Juda zich to’qilgan sepochkada:
V = 2F; (5.2)
A = 4F; (5.3)
S = 0,5. (5.4)
Uzunligi 5 sm bo’lgan sepochka yuza zichligi
1000
P LT
m
= v
(5.5)
5.3-rasm. Bo’ylamasiga to’qilgan tsepochka to’qimasi
Sepochka pishiqligi. Sepochka uzilishidagi pishiqligi taxminan 3 ta ipning
pishiqligiga teng, chunki og’irlik kuchi xalqaning ikki tayoqchasi va uning
protyajkasi o’rtasida taqsimlanadi.
5.2. Triko va uning xususiyatlari
Triko - bir qavatli bo’ylamasiga to’qilgan to’qima bo’lib, uning xalqalari bir
ipning o’zidan hosil bo’ladi va ketma-ket ikki yondosh xalqalar ustunchasida
joylashadi. Trikoning har bir xalqa ustunchasi, ikkita turlicha iplardan to’qilgan
xalqalardan tuzilgan bo’lib, bu iplardan hosil qilingan xalqalar, xalqalar
ustunchasida ketma-ket joylashadi. Bitta ipdan olingan xalqa ikkinchi ipdan olingan
xalqa asosiga tashlanadi. Agar ip birinchi xalqalar qatorida o’z xalqasini birinchi
xalqa ustunchasida hosil qilgan bo’lsa, keyingi xalqalar qatorida bu ip xalqasini
ikkinchi xalqalar ustunchasida hosil qiladi. Bu ikki xalqa o’zaro protyajka
yordamida birlashadi. 5.4-rasmda, teshikli igna avval ipni igna 1 ga qo’yadi, ikkinchi
xalqa qatorida esa igna 2 ga qo’yadi.
5.4-rasm. Bo’ylamasiga to’qilgan triko to’qimasi xalqasining tuzilishi
5.5-rasm. Bo’ylamasiga to’qilgan ochiq va yopiq xalqali triko to’qimasining grafikli yozuvi
Triko to’qimasi ochiq va yopiq xalqalardan tuzilgan bo’lishi mumkin (5.5-
rasm). Iplarning elastiklik kuchlari yig’indisi ta’siri ostida, protyajkasi bir taraflama
joylashgan triko xalqalari shu xalqalar protyajkasi joylashishiga teskari yo’nalishda
buralishga harakat qiladi.
Triko to’qimasining protyajkalari har bir xalqa ustunchasida goho o’ng
tomonda, goho chap tomonda joylashishi natijasida uning xalqa ustunchasi siniq
chiziq shakliga (зигзагообразный ega bo’lib, rapporti ikki xalqadan iborat bo’ladi.
Qalinligi. Bo’ylamasiga to’qilgan triko to’qimasi qalinligi ko’ndalangiga
to’qilgan glad’ to’qimasi qalinligidan bir yarim marta kattadir, ya’ni M=3F.
Echiluvchanlik. Bo’ylamasiga to’qilgan matolarni faqat to’quv yo’nalishiga
teskari echish mumkin, lekin bu ancha qiyindir. Agar triko sun’iy ipakdan,
kaprondan yoki ishqalanish koeffitsienti kam bo’lgan boshqa sintetik iplardan
to’qilgan bo’lsa, u xalqa ustunchasi bo’yicha yengil ajralib ketishi mumkin, bu esa
triko to’qimasining kamchiligi hisoblanadi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun trikoni
ishqalanish koeffitsienti katta bo’lgan iplardan to’qish zarur. Triko to’qimali mato
buralmaydi.
Xalqa ipi uzunligi. 5.4-rasmda xalqa ipi uzunligi quyidagilar yig’indisiga
teng:
LT=ab+bvg+gd+de
ipning bvg kesmasi uzunligi, diametri d=3F ga teng bo’lgan yarim aylana
uzunligiga teng, qolgan kesmalar, ga teng bo’ladi.
ab = gd = de = (
)
2
2
5,0
В
A
+
Shunga ko’ra triko xalqasining ipi uzunligi quyidagiga teng bo’ladi:
(
)
(
)
2
2
2
2
5,0
3
,4 76
5,0
3
2
Â
A
F
Â
A
Pd
L
+
+
=
+
+
=
(5.6)
Cho’ziluvchanligi eng kam bo’lgan, ya’ni zichligi eng katta bo’lgan triko
to’qimasi uchun. loyihalashda triko o’lchamlarini quyidagicha olish mumkin:
V = 2F;
S=0,5 bo’lgani uchun, A=2V=4F bo’ladi yoki xalqa ipi uzunligi formulasi
orqali quyidagicha aniqlanadi:
2,2
,4 76
F
L
A
−
=
(5.7)
,4 23
,4 76
F
L
В
−
=
(5.8)
Triko to’qimasining yuza zichligi. Triko to’qimasining yuza zichligi glad’
uchun hisoblab chiqilgan formula bo’yicha aniqlanadi:
1000
4,0
L Pg Pv T
m
=
(5.9)
Triko pishiqligi. Triko to’qimali matoda har bir xalqa, vertikal bo’yicha
uzilishga uchta ipi bilan qarshilik ko’rsatadi, eni bo’yicha esa bitta ipi qarshilik
ko’rsatadi.
Hosilali trikoga uch ignali triko yoki sukno va sharme nomi bilan ataladigan
to’rt ignali trikolar kiradi.
Sukno - bo’ylamasiga to’qilgan bir qavatli to’qima bo’lib, bitta ipdan
navbatma-navbat hosil qilingan xalqalari ikki xalqa ustunchalarida bitta ustuncha
oralab joylashadi (5.9, a-rasm). Sukno to’qimasi triko singari ochiq va yopiq xalqali
bo’lishi mumkin. Sukno to’qimasi triko to’qimasiga qaraganda kam echiluvchan
bo’ladi, chunki yechilishga yondosh ignalarda boshqa iplardan hosil qilingan
xalqalar qarshilik ko’rsatadi.
5.9-rasm. Bo’ylamasiga to’qilgan sukno va sharme to’qimalarini olishda ipni ignaga qo’yish sxemasi
Sukno chetlaridan boshlab buraladi, bunda qatorlari bo’ylab old tomoniga,
ustunchalari bo’ylab esa orqa tomoniga buraladi.
Xalqa ipi uzunligi. Sukno to’qimasining xalqa ipi uzunligi quyidagi formula
orqali aniqlanadi:
F
Ðv
Ðg
L
+
+
=
7,4
118
110
(5.20)
Zichliklar nisbati koeffitsienti S=0,83.
Sukno xalqalar qatori balandligini eng katta zichlikda V=3F ga teng qilib
olish kerak.
Shunga ko’ra xalqa qadami A quyidagiga teng bo’ladi:
Yuza zichligi. Sukno to’qimasining yuza zichligi glad’ to’qimasi uchun
hisoblab chiqilgan formula bo’yicha aniqlanadi:
1000
4,0
L Ðg Ðv T
m
=
(5.21)
bu yerda
A
Ðg
= 50
(5.22)
B
Ðv
= 50
(5.23)
Sharme (ko’p ignali triko). Sharme suknodan protyajkalarining uzunligi
bilan farq qiladi. Bunday to’qima tanda ipini ikki ignaga navbatma-navbat, sukno
to’qimasini olishdagidek bitta igna oralab emas, balki ikki va undan ko’p ignalar
oralab qo’yish yo’li bilan olinadi. Bunda xalqalar ustunchalarini tutashtiruvchi
protyajkalar uzunligi oshadi, demak, trikotaj og’irligi ham ko’payadi (5.9, b-rasm).
Trikotajning bu turida ham uning old tomonida xalqalar siniq chiziq shaklida
joylashadi.
Xalqa ipi uzunligi. Sharme to’qimasining xalqa ipi uzunligi quyidagi formula
bo’yicha aniqlanadi:
F
Ðv
Ðg
L
+
+
=
7,4
118
140
(5.24)
Zichligi:
A
Ðg
= 50
(5.25)
B
Ðv
= 50
(5.26)
Xalqalar qatori balandligi: B = 4F.
Zichliklar nisbati koeffitsienti C=1,16.
Xalqalar qadami:
,116
B
C
B
A
=
=
(5.27)
Yuza zichligi:
1000
4,0
L Ðg ÐvT
m
=
(5.28)
Hosilali atlas. Hosilali atlas turlariga suknoli atlas va sharme atlaslarini
kiritish mumkin.
Hosilali atlas triko atlasidan farq qilib u ikkita yoki uchta triko atlaslari
qo’shilmasidan iborat bo’ladi. Sanoatda sukno atlasi qo’proq qo’llaniladi, chunki u
triko atlasiga qaraganda kam cho’ziladi.
Hosilali atlasning yuza zichligi xalqa ipi uzunligi va trikotaj zichligi, hosilali
triko formulalari bo’yicha hisoblanadi.
Atlas deb, barcha xalqalari ikki tomonli protyajkaga ega bo’lgan
bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj to’qimasiga aytiladi (5.6-rasm). Atlasni to’qilishida
tanda ipi bir qatorda xalqa hosil qilib bo’lib keyingi xalqani qo’shni ignada keyingi
qatorda hosil qiladi.
Atlasni ishlab chiqarish uchun maxsus mashinalar (yassi tanda to’quv
mashinasi “Milanez” va aylana ignadonli mashina “Maratti”) qo’llaniladi. Oddiy
tanda to’quv (rashel’, vertelka) mashinalarida sof atlasni olish mumkin emas.
Chunki atlas to’qimasini to’qish uchun grebenka har doim ignadonga nisbatan bir
yo’nalishda bitta xalqa qadamiga siljishi lozim, buni ushbu mashinalar ta’minlay
olmaydi.
5.6-rasm. Bo’ylamasiga to’qilgan atlas to’qimasining tuzilishi
Vertelka va Rashel’ mashinalarida odatda avval bir necha qator atlas
to’qimasi to’qiladi, so’ngra bir qator triko to’qimasi to’qilib, keyin yana atlas
to’qimasini to’qishga o’tiladi. Mashinaning triko to’qimasini to’qishga o’tishi
grebenkaning siljishdagi yo’nalishini o’zgartirish uchun kerak bo’ladi. Bu holda
mashinada trikotajning aralash (комбинированный) to’qimasi olinadi (5.7-rasm).
To’qima tuzilishidan ko’rinib turibdiki, ikki tomonli protyajkalari bo’lgan xalqa,
o’zining asosi bilan, kiruvchi protyajka tomoniga eguvchi momentlar farqi ta’sirida
yoki iplar elastikligi kuchi ta’sirida buraladi. Atlasning buralishda hosil qilgan
xalqalari (A1, A2, A3, A4) o’z o’qiga nisbatan katta og’ishga ega, bundan tashqari, bu
xalqalar asoslari mato tekisligiga nisbatan ham buralgan bo’ladi (5.7-rasm).
Atlasning vertikal bo’yicha rapporti, har bir teshikli igna tanda ipini barcha
ignalarga qo’yib, o’zining boshlang’ich holatiga qaytib kelish davrida hosil qilgan
xalqalar qatori soni bilan aniqlanadi.
Atlas rapportining gorizontal bo’yicha o’lchami grebenkaning ignadon
bo’ylab siljishiga, ya’ni bitta rapport hosil qilish davrida grebenka o’ngdan chapga
siljigandagi ignalar qadami soniga teng.
Rapport o’lchamiga ko’ra, atlas 4, 6, 8, 12, 24, 48 va hokazo qatorli bo’lishi
mumkin. Atlas rapportining vertikal bo’yicha o’lchami yoki qatorliligi atlasning
kirishi bo’yicha aniqlanishi mumkin, zaxod esa qatorlar soni (qatorlilik) orqali
aniqlanadi.
5.7-rasm. Bo’ylamasiga to’qilgan aralash atlas to’qimasining tuzilishi
Atlasning qatorliligi kirishidagi ignalar sonining ikkilanganiga va undan 2
ning ayirmasiga teng, ya’ni
N= 2I – 2, (5.10)
N - atlasning qatorliligi;
I - grebenkaning kirishi.
5.8, a-rasmdan atlasning qatorliligi quyidagiga tengligi ko’rinib turibdi:
N = 2 · 4 – 2 = 6.
O’z navbatida grebenkaning kirishini atlasning qatorliligidan aniqlash
mumkin, ya’ni grebenka kirishi atlasning qatorliligi yarmisiga va unga 1
qo’shilganligiga teng, yoki:
4
1
2
6
1
2
+ =
=
I = N +
(5.11)
5.8, b-rasmda bitta teshikli ignaning siljishi sxematik ravishda tasvirlangan,
bunda iplarni 2 va 3 ignalarga qo’yishda teshikli ignalarning igna osti siljishi
yo’qligi ko’rinib turibdi. Teshikli igna, ipni igna 2 ga qo’yish uchun siljigandan
keyin u 2 va 3 ignalar orasida igna orqasi tomon tebranma harakat qiladi, shundan
keyin shu oraliqning o’zida 2 va 3 ignalar orasida teshikli igna yana ignalar ilgaklari
tomon tebranma harakat qiladi hamda ignadon bo’ylab igna 3 ga ipni qo’yish uchun
siljiydi.
5.8-rasm. Bo’ylamasiga to’qilgan atlas to’qimasini olishda ipni ignaga qo’yish sxemasi
Qalinligi. Atlas qalinligi ikki ip yo’g’onligiga, ya’ni 2F ga teng.
Buraluvchanlik. Atlas to’qimasining tuzilishi, xalqasi vertikal chiziqqa
nisbatan 60
o ga buralgan glad’ to’qimasini eslatadi, shu sababli atlas to’qimasining
chetlaridan buralishi glad’ to’qimasinikiga o’xshash bo’ladi.
Echiluvchanlik. Atlas to’qimasi xuddi glad’ to’qimasi kabi echiladi. Trikotaj
xalqalari qanchalik zich bo’lsa, uning echiluvchanligi shunchalik kam bo’ladi.
Yopiq xalqali atlas ochiq xalqali atlasga qaraganda kam echiladi.
Yuza zichligi. Atlasning yuza zichligi glad’ to’qimasi uchun hisoblab
chiqarilgan formula bo’yicha aniqlanadi.
Xalqa ipi uzunligi. Ochiq xalqali atlas xalqasi ipi uzunligi, glad’ to’qimasi
xalqa ipi uzunligi formulasi bo’yicha aniqlanadi. Bunda atlas to’qimasi
xalqalarining vertikal chiziqqa nisbatan qiya joylashishini hisobga olish zarur.
P F
P
P
L
vsh
gsh
+
+
=
100
78 5,
(5.12)
Atlas zichligi. Atlas to’qimasining shartli zichligi oddiy glad’ to’qimasining
zichligi formulasi bo’yicha aniqlanadi:
P
P F
L
Ash
−
=
(5.13)
4
P F
L
Bsh
−
=
(5.14)
Bulardan shartli zichliklar nisbati:
4 = ,0 785
= P
À
Â
sh
sh
(5.15)
ga teng bo’ladi.
Juda zich atlaslar uchun: A ≥4F; B ≥2F .
Ochiq xalqali atlasning xaqiqiy zichligi nisbatini aniqlash uchun qiyaligi
taxminan 60
o ga teng bo’lgan xalqalar ustunchalarini e’tiborga olish zarur.
Shunga ko’ra:
a
B
B
sh sin
=
(5.16)
a
A
A
sh sin
=
(5.17)
ya’ni,
a
Ð
Ð
vsh
sh
= sin
(5.18)
a
Ðg
Ðg
sh sin
=
(5.19)
Atlas pishiqligi. Trikotaj uzunasiga cho’zilganda, uzilish kuchiga har bir
xalqada taxminan 2,5ta ip qarshilik ko’rsatadi. Atlasning eni bo’ylab uzilish kuchiga
taxminan har bir qatorda bitta ip qarshilik ko’rsatadi.