Birinchi instansiya sudining hal qiluv qa-rorlari va ajrimlari ustidan apelyatsiya shikoyati berish (protest keltirish)
Yuklangan vaqt
2025-09-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
29
Faytl hajmi
686,1 KB
MAVZU:
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QA-
RORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN APELYATSIYA
SHIKOYATI BERISH (PROTEST KELTIRISH)
REJA:
1. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan
apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish)ning mazmuni va
ahamiyati
2. Birmchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan
shikoyat berish hamda protest keltirish tartibi
3. Apellatsiya instansiyasida ish ko‘rish tartibi va apellatsiya
instansiyasi sudining vakolatlari
Respublikamizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining mantiqiy davomi
sifatida 2000-yil 14-avgustda 0‘zbekiston Respubiikasi Prezidentining «0‘zbekiston
Respublikasining sud tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni'ning e’lon
qilinishi, 2000-yil 14-dekabrda 0‘zbekiston Respuhlikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi
Qonuni3ning qabul qilinishi va shu asosda 2000-yil 14-dekabrda 0‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga apellatsiya, kassatsiya
institutlariga oid yangi bobning vujudga kelishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va
qo‘shimchalar3 ning kiritilishi umumiy yurisdiksiya sudlari tarkibida fuqarolik va
jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ixtisoslashuvi, sud qarorlarini apellatsiya tartibida
qayta tekshirish institutining joriy etilishi, fuqarolarning huquq va qonuniy
manfaatlari hamda erkinliklarini himoya qilinishi kafolatlarini yanada kuchaytirish
maqsadlari va vazifalarini kafolatlaydi.
Apellatsiya tartibida ish ko‘rishning asosiy mazmuni birinchi instansiya
sudining qarorlarini qonunda belgilangan asoslar va mud- datlarga muvofiq,
vakolatli organlar tomonidan apellatsiya tartibida qayta ko'rilishiga aytiladi.
Ushbu faoliyatning ahamiyati shundaki, birinchi instansiya
sudlari tomonidan chiqarilgan sud qarorlarini qayta
tekshirish vositasi hisoblanib, bu bosqich orqali sud
qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli ekanligi tekshiriladi,
shu tariqa fuqarolaming buzilgan huquq va qonuniy
manfaatlarining himoya qilinishiga erishiladi.
Apellatsiya instansiyasida ish yuritish — fuqarolik protsessining mustaqil bosqichi hisoblanib,
bevosita birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan sud qarorlarini qayta tekshirish
vositalaridan biri sanaladi. Apellatsiya instansiyada ish yuritish uchun ikkita asos, ya'ni
apellatsiya protesti va apellatsiya shikoyati berilgan va qonunda belgilangan tartibda
sudlar tomonidan ish yuritish uchun qabul qilingan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya tartibida ish ko‘rishning o‘ziga xos protsessual xususiyatlari sifatida quyidagilarni
ko‘rsatib o‘tish lozim bo‘ladi:
• apellatsiya instansiyasi sudi qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlarini qayta ko‘rish
vositasi ekanligi;
• ishlarni maxsus vakolat berilgan yuqori instansiya tomonidan hay'at tarkibidagi sudyalar
tomonidan ko'rilishi;
• apellatsiya shikoyati (protesti)ni berishda va ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rishda
maxsus muddatlarga rioya qilinishi;
• apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlarini to‘liq tekshirib
chiqishi shartligi;
• apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishning yakuni sifatida qonunda belgilangan
mazmundagi ajrim chiqarishga yo‘l qo'yilishi va h.k.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 37-bobi birinchi instansiya
sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan apellatsiya shikoyati berish (protesti
keltirishjga bag‘ish- langan. 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining
320-moddasiga asosan, sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan e'tiboran, yigirma
kun ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar hal qiluv qarori ustidan
apellatsiya shikoyati berishlari, prokuror protest keltirishi mumkin. Ko'rsatilgan muddat
o‘tganidan keyin berilgan shikoyat (protest) ko'rilmaydi va shikoyat (protest) bergan
shaxsga qaytariladi. 0‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashga yo‘l qo‘yiladi.
Apellatsiya instansiyasida ish yuritish vaqti va joyi to‘g‘risida ishda ishtirok etuvchi
shaxslar xabardor qilinadilar. Biroq, ish ko'riladigan vaqt va joy to‘g‘risida tegishlicha
tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmasligi ishni ko'rish uchun to‘sqinlik
qilmaydi. Sud bunday hollarda kelmaganlik sabablarini uzrli deb topsa, ishni ko'rishni
keyinga qoldirishga haqli. Lekin ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud
majlisiga kelmagan bo‘lsa va u(lar)ni ishni ko'rish vaqti, joyi to‘g‘risida tegishlicha
xabardor qilinganligi to‘g‘risida ishda ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, sud ishni
ko‘rishni keyinga qoldiradi.
ApeUatsiya instansiyasida ish ko'rish vaqtida taraflar ishni kelishuv bitimi tuzish asosida,
da’vogarning da'vodan voz kechish natijasida tugallashlari ham mumkin boMadi.
Bunday hollarda apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv
qarorini bekor qiladigan ajrim chiqaradi va ish yuritishni tugatadi (FPKning 330-
moddasi).
Apellatsiya instansiyasida, shuningdek, javobgar da'voni tan olishi ham
mumkin. Shuni ta'kidlash joizki, da'voni tan olish protsessni da'vogar foydasiga
hal qilish bilan tugallanishi bois, apellatsiya instansiya sudi, ya’ni hal qiluv
qarorining chiqarilishi yoki ish yuzasidan moddiy va protsessual huquq
normalari buzilgan bo'lsa, hal qiluv qarorini qabul qilib, ishni yangidan ko‘rib
chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish, shuningdek, da'voni tan olish
bilan bog‘liq holatlar tekshirilishi mumkin.
Sud jarayonida prokuroryoki advokatning uzrli sabablarga ko‘ra, kelmagan-ligi
to‘g‘risida sud xususiy ajrim chiqaradi va bu haqda tegishlicha yuqori turuvchi
prokurorga yoki malaka komissiyasiga ma'lum qiladi (FPKning 337-moddasi).
Prokuror, agar uning tomonidan apellatsiya protesti berilgan bo‘lsa, apellatsiya
instansiyasi sudida protestni qo‘llab-quvvatlab so'zga chiqadi, agar protest
bilan murojaat qilmagan bo‘Isa, ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlaridan
keyin so‘zga chiqib, hal qiluv qarorining qay darajada qonuniy, asosli va
adolatli ekanligi to‘g‘risida xulosa beradi. Apellatsiya sudi hal qiluv qarorining
qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshira borib, birinchi instansiya sudi
tomonidan dalillarga berilgan baho to‘g‘riligini tekshirishi shart.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 321- moddasiga muvofiq
quyidagilar:
1) Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo'yicha Oliy sudi,
fuqarolik ishlari bo'yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari — tegishli
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv
qarorlari ustidan, Qoraqalpog‘iston Respub- likasi fuqarolik ishlari bo‘yicha
Oliy sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar
sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini
(protestlarini);
2) 0‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — okrug va hududiy harbiy
sudlaming hamda 0‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv
qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini);
3) 0‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov
hay’ati — 0‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan
berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini);
4) 0‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay'ati — 0‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay'atining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan
apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘radi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 322-
moddasiga asosan, apellatsiya shikoyatlari va protestlari
apellatsiya instansiyasi nomiga yoziladi, lekin hal qiluv qarori
chiqargan sudga heriladi.
Vakil tomonidan herilgan apellatsiya shikoyatiga
ishonchnoma yoki vakil huquqlarini tasdiqlaydigan boshqa
hujjat ilova qilinishi lozim. Apellatsiya shikoyati yoki protesti
sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslaming soniga mutanosib
miqdorda nusxalari bilan beriladi. Zarur hollarda sudya,
apellatsiya shikoyati bergan shaxs yoki apellatsiya protesti
keltirgan prokuror zimmasiga apellatsiya shiko- yati yoki
protestiga ilova qilingan yozma hujjatlarning nusxalarini ham
ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga mutanosib miqdorda
topshirish majburiyatini yuklashi mumkin.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining
323- moddasida belgilanganidek, apellatsiya shikoyati yoki
protestida quyidagilar ko‘rsatilgan bo’lishi kerak:
2) shikoyat yoki
protest
keltirayotgan
shaxsning nomi
(fami- liyasi, ismi
va otasining
ismi);
3) shikoyat
qilinayotgan
yoki protest
keltirilayotgan
hal qiluv qarori
va uni
chiqargan
sud;
4) hal qiluv
qarorining
noto‘g‘riligi
nimadan iborat
ekanligi;
5) shikoyat
berayotgan
yoki protest
keltirayotgan
shaxsning
iltimosi;
6) shikoyat yoki
protestga ilova
qilingan yozma
materiallarning
ro‘yxati.
Apellatsiya shikoyati shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan
imzolanadi. Apellatsiya protestini ishda ishtirok etgan- etmaganligidan qat'i
nazar, prokuror yoki uning o‘rinbosari keltiradi va imzolaydi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 324- moddasiga
ko‘ra, agar apellatsiya shikoyati berish yoki protest keltirish paytida FPKning
322 va 323-moddalarining talablari buzilishiga yo‘l qo'yilgan bo‘lsa yoki
davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun boj
to‘lamagan bo'lsa, apellatsiya shikoyati yoki protesti harakatsiz qoldiriladi.
Apellatsiya shikoyati yoki protestini harakatsiz qoldirish to‘g‘ri- sida sudya bu
shikoyat yoki protestning harakatsiz qoldirilishiga asos bo‘lgan kamchiliklarni
va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatib ajrim chiqaradi.
Shikoyat bergan yoki protest kel-tirgan shaxs ajrimda ko'rsatilgan
kamchiliklarni belgilangan muddatda tuzatsa, shi-koyat yoki protest dastlab
sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat yoki
protest berilmagan hisoblanib, shikoyat bergan yoki protest keltirgan
shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining
325- moddasiga asosan, sudya yoki sud raisi apellatsiya
shikoyati yoki protestini olgandan so‘ng:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki
protestning nusxalarini yuborishi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga apellatsiya instansiyada
ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ma’lum qilishi;
3) hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish yoki protest
keltirish uchun belgilangan muddat o‘tgan vaqtdan
e'tiboran, o‘n kun ichida ishni tushgan shikoyat yoki protest
bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish va protest keltirish uchun belgilangan
muddat ichida hech kim ishni suddan talab qilib olishi mumkin emas. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va tushgan shikoyatlar yoki
protest bilan tanishishga haqlidirlar.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 326- moddasiga
muvofiq, protsessda apellatsiya shikoyati bergan taraf tomonida
qatnashayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan
shikoyatga qo‘shilishlari mumkin. Shikoyatga qo'shilish haqida ariza bergan
vaqtda davlat boji olinmaydi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 327- moddasiga
ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat yoki protest yuzasidan sudga
tushuntirish berish (e’tiroz bildirishjga haqlidirlar. Bu tushuntirish (e’tiroz)ni
tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilib topshiriladi. Tushuntirish (e'tiroz) ishda
ishtirok etuvchi shaxslaming soniga mutanosib miqdorda nusxalari bilan
sudga taqdim etiladi. Bu nusxalami sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga
topshiradi (yuboradi).
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual
kodeksining 328- moddasiga ko‘ra, apellatsiya
instansiyasi sudi zarur hollarda:
1) ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga shikoyat yoki
protest yuzasidan
tushuntirish (e’tiroz)
berishni yoki protest
keltirishni tavsiya qiladi.
Tushuntirish (e'tiroz),
shuningdek, ulaiga ilova
qilingan hujjatlar ishda
ishtirok etuvchi
shaxslarning soniga
mutanosih miqdorda
nusxaiari bilan taqdim
etiladi. Bu nusxalarni sud
ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga topshiradi;
2) ishda ishtirok
etuvchi
shaxslarning
iltimosnomasi
yoki o'zining
tashabbusi bilan
dalillarni talab
qilib oladi.
Apellatsiya protesti hildirgan prokuror, shuningdek, yuqori turuvchi prokuror sud maj-
lisi boshlanguniga qadar protestni to'ldirish, o‘zgartirish yoki qaytarib olishga haqli.
Agar hal qiluv qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat bermagan bo‘lsa,shikoyatdan
voz kechish qabul qilinganida va protest qaytarih olinganida, apellatsiya instansiya-
si sudi ajrim chiqarib, apellatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 330- moddasiga muvofiq,
apellatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgandan keyin da'vogarning arz
qilgan talablaridan voz kechishi, javobgaming da'vogar talablarini tan olishi va
taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda bayon etilib, apellatsiya
instansiyasi sudiga topshirilishi Jozim. Agar ishni ko'rish vaqtida da'vogar arz qilgan
talablaridan voz kechsa, javobgar arz qilingan talablarni tan olsa yoki taraflar
kelishuv bitimi tuzsalar, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qo'yiladi va
bayonnomani tegishlicha da'vogar, javobgar yoki har ikki taraf imzolaydi. Sud
da'vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin
da'vogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini
tushuntiradi.
Apellatsiya instansiya sudi da'vogaming arz qilgan
talablaridan voz kechishini qabul qilganida yoki taraflarning
kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv qarorini
bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. Agar da'vogarning arz
qilgan talablaridan voz kechishi yoki taraflaming kelishuv
bitimi qonunga zid bo‘lsa yoxud birovning huquqlari va qonun
bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga xilof bo‘lsa, sud voz
kechishni rad qilib yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlamay,
ishni apellatsiya tartibida ko'radi.
Sud ishni apellatsiya instansiyasi tartibida ko'rayotganda birinchi
instansiya sudining hal qiluv qarori qay darajada qonuniy, asosli va
adolatli ekanligini tekshiradi. U yangi dalillami o‘rganib chiqishi va
yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi
instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq tekshirib chiqishi shart.
Apellatsiya instansiyasida ish ko‘rish tartibi garchi ish hay'at tarkibida
ko‘rilsada, sud majlisi tartibi birinchi instansiya sudi qoidalariga
deyarli o‘xshaydi. Masalan, apellatsiya instansiyasida sud majlisi
ham to‘rt qismdan, ya’ni sud majlisining tayyorlov, sud majlisining
mazmunan ko‘rish, muzokara, ajrim chiqarish bosqichlaridan iborat
bo‘ladi.
Faqat Fuqarolik protsessual kodeksining 339-moddasiga asosan, ish yuzasidan
ma'ruza qilish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ishni apellatsiya instansiyasi sudida
ko‘rish raislik qiluvchi yoki sudyalardan birining ma'ruzasi bilan boshlanadi. Ma'ruzachi
ishning holatini, birinchi instansiya sudi chiqargan hal qiluv qaro- rining mazmunini,
apellatsiya shikoyati yoki protestida keltirilgan dalillarni va ular yuzasidan berilgan
tushuntirishlar (e’tirozlar)ni, keltirilgan yangi dalillarning mazmunini, shuningdek, hal
qiluv qarorining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish uchun sud ko‘rishi zamr
bo'lgan barcha maMumotlarni bayon qiladi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 331-moddasida ko‘ra,
QoraqalpogMston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari
bo'yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, 0‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi
apellatsiya shikoyati yoki protesti bo‘yicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan
e’tiboran, yigirma kundan kechiktirmay ko‘rishi lozim. Ish o‘ta murakkab boMgan yoki
boshqa alohida hollarda tegishli sudning raisi bu muddatni ko'pi bilan yana o‘n kunga
uzaytirishi mumkin.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apellatsiya shikoyati yoki protesti bo‘yicha tushgan ishni u
kelib tushgan kundan e'tiboran, bir oydan kechiktirmay ko‘rib chiqishi lozim. AJohida hollarda
0‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oTinbosari bu muddatni ko‘pi bilan yana
biroyga kechiktirishi mumkin. Ishni apellatsiya instansiyasida koTish muddati kechiktirilgan
taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish ko‘riladigan kun oldindan xabar qilib qo‘yilishi
lozim.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 332- moddasiga ko‘ra, sud ishni
apellatsiya tartibida ko'rayotganda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qay darajada
qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshiradi. U yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi
faktlami aniqlashi mumkin. Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv
qarorini to‘liq tekshirib chiqishi shart.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 333- moddasiga muvofiq,
apellatsiya instansiyasi sudining majlisida raislik qiluvchi FPKning 164, 165 va 166-moddalariga
amal qilgan holda, sud majlisida tegishli tartibni ta'minlash choralarini ko‘radi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 334- moddasiga asosan, raislik
qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati yoki protesti bo‘yicha hamda qaysi sudning
hal qiluv qarori yuzasidan qanday ish ko'rilishini e'lon qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok
etuvchi shaxslaming qaysi biri kelmaganligini, kelmaganlik sabablari to‘g‘risida qanday
ma'lumotlar borligini aniqlaydi, sudga kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek,
mansabdor shaxslar hamda vakillaming vakolatini tekshiradi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 335- moddasiga ko‘ra, raislik
qiluvchi sud tarkibini e'lon qiladi, sud majlisining kotibi, prokuror, ekspert, taijimon sifatida kimlar
qatnashayotganligini ma'lum qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga chetiatish haqida arz
qilish huquqlarini tushuntiradi. Chetlatish uchun asoslar, chetlatish haqidagi anzni hal qilish
tartibi va bunday arzlarni qanoatlantirish oqibatlari ushbu kodeksning 3- bobiga muvofiq
belgilanadi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 336- moddasiga muvofiq, raislik
qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ulaming protsessual huquqlari va majburiyatlarini
tushuntiradi.