Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan kasatsiya shikoyati berish (protest keltirish)
Yuklangan vaqt
2025-09-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
91,0 KB
MAVZU:
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari
va ajrimlari ustidan kasatsiya shikoyati
berish (protest keltirish)
REJA:
1. Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv
qarorlari va ajrimlarini kassatsiya tartibida
qayta tekshirish institutining vazifasi va mohiyati
2. Kassatsiya tartibida shikoyat va protest keltirish
huquqi va tartibi
Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlarini
kassatsiya tartibida qayta tekshirish institutining vazifasi
respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining
mazmun- mohiyatini ro‘yobga chiqarish, sudlar tomonidan odil
sudlovni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolik
ishlarini hal qilishda moddiy va protsessual huquq normalariga
qat'iy rioya qilinishini ta'minlash va shu orqali sud qarorlarini
qonuniy, asosli va adolatli chiqarilishiga erishish, fuqarolarning
qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmini yanada
kuchaytirish kabilarga qaratilgan.
Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlarini
kassatsiya tartibida qayta tekshirish institutining mohiyati ushbu
institutning vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi:
• birinchidan, Fuqarolik protsessual kodeksida sud qarorlarini qonuniy,
asosli va adolatli bo‘lishini ta'minlashga qaratilgan qayta tekshirish
bosqichining mavjudligi;
• ikkinchidan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish
mexanizmining (shikoyat berish, protest keltirish orqali) yaratilganligi;
• uchinchidan, kassatsiya instansiyasi sudining ishni ko‘rish doirasi,
muddatlari va sudning vakolatlarining keng qamrovli ekanligi va boshq.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual
kodeksining 348'-moddasiga ko‘ra, qonuniy kuchga
kiigan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv
qarorlari ustidan sudning hal qiluv qarori chiqqan
kundan e’tiboran, bir yil ichida taraflar va ishda
ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar tomonidan
kassatsiya shikoyati berilishi va prokuror tomonidan
protest keltirilishi mumkin.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining3482-moddasiga
asosan, quyidagilar:
1) QoraqalpogMston Respublikasi fuqarolik ishlari bo'yicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo'yicha
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tegishli fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar)
sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan, Qoraqalpog‘iston Respub- likasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy
sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari
ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini);
2) 0‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi okrug va hududiy harbiy sudlarning hamda 0‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (pro-
testlarini);
3) 0‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — 0‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini);
4) 0‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’ati — 0‘zbekiston Respublikasi OJiy sudi Harbiy
hay'atining hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘radi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3483-
moddasiga ko'ra, kassatsiya shikoyatlari va protestlari kassatsiya
instansiyasi sudi nomiga yoziladi, lekin hal qiluv qarori chiqargan
sudga beriladi.
Vakil tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatiga ishonchnoma yoki
vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ilova qilinishi
lozim.
Kassatsiya shikoyati yoki protesti ishda ishtirok etuvchi shaxs- larning
soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga beriladi. Sudya,
zarur hollarda, kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki kassatsiya
protesti keltirgan prokuror zimmasiga kassatsiya shikoyati yoki
protestiga ilova qilingan yozma materiallaming nusxalarini ishda
ishtirok etuvchi shaxslar soniga mutanosib miqdorda taqdim etish
majburiyatini yuklashi mumkin.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3484- moddasiga
binoan, kassatsiya shikoyati yoki protestida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) shikoyat berilayotgan yoki protest keltirilayotgan sudning nomi;
2) shikoyat berayotgan yoki protest keltirayotgan shaxsning nomi
(familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) shikoyat berilayotgan hal qiluv qarori va uni chiqargan sud;
4) hal qiluv qarorining noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi;
5) shikoyat berayotgan yoki protest keltirayotgan shaxsning iltimosi;
6) shikoyat yoki protestga ilova qilingan yozma materiallaming ro'yxati.
Kassatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili
imzolaydi. Kassatsiya protesti ushbu ishda qatnashganligidan qat’iy
nazar prokuror yoki uning o‘rinbosari tomonidan keltiriladi va
imzolanadi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3485-
moddasiga muvofiq, agar kassatsiya shikoyati berish yoki protesti
keltirish paytida FPKning 3483va 3484-moddalari talablari buzilishiga
yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan
shaxs shikoyat berganlik uchun boj toMamagan bo‘lsa, kassatsiya
shikoyati yoki protesti harakatsiz qoldiriladi. Kassatsiya shikoyati yoki
protestini harakatsiz qoldirish to‘g‘risida sudya bu shikoyat yoki
protestning harakatsiz qoldirilishiga asos bo’lgan kamchiliklami va
ulami tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatib ajrim chiqaradi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3486- moddasiga ko'ra,
sudya yoki sud raisi kassatsiya shikoyati yoki protestini olgandan so‘ng:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protestning nusxalarini yuborishi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslaiga ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rish vaqti va joyi
to‘g‘risida maMum qilishi;
3) sud qarori ijrosini (agar u ijro etilmagan boMsa) ish kassatsiya tartibida ko'rilguniga
qadarto'xtatib qo‘yishi va bu xususda manfaatdor shaxslar, tashkilotlarni xabardor etishi;
4) kassatsiya shikoyati yoki protesti kelib tushgan kundan e'tiboran, yigirma kunlik muddat
ichida ishni tushgan shikoyat yoki protest bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishi
shart.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va tushgan shikoyatlar yoki protestlar
bilan tanishishga haqli.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3487- moddasiga binoan,
protsessda kassatsiya shikoyati bergan taraf tomonida qatnashayotgan sherik ishtirokchilar
va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qo‘shilishlari mumkin. Shikoyatga qo‘shilish
haqida ariza bergan vaqtda davlat boji undirilmaydi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 348fl-moddasiga muvofiq, ishda
ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat yoki protest yuzasidan sudga tushuntirish berish (e'tiroz
bildirishjga haqli, bu tushuntirish (e'tiroz)ni tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilib topshiriladi.
Tushuntirish (e'tiroz) ishda ishtirok etuvch shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi
nusxalari bilan sudga taqdim etiladi. Bu nusxalami sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga
topshiradi (yuboradi).