REJA:
1. Ishni sudda ko’rishga tayyorlashning
tushunchasi v ahamiyati.
2. Ishni sudda ko’rishga tayyorlash
bo’yicha sudya tomonidan amalga
oshirildigan protsessual harakatlar.
3. Sud chaqiriqlari va sud xabarlari.
Ishni sudda ko’rishga tayyorlash -
Fuqarolik ishlarini o’z vaqtida va
to’g’ri ko’rib chiqish hamda hl qilishni
ta’minlash maqsadida sud va ishda
ishtirok etuvchi shaxslarning
protsessual harakatlarining majmuini
o’zida ifoda etuvchi birinchi
instansiya sudida ish yuritishning
mustqil bosqichi hisoblanadi.
FPKning 158-moddasida ishni sudda
ko’rishga tayyorlash vazifalari sifatida
quyidagilar ko’rsatiladi:
Taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko’rishda amal qilinishi lozim
bo’lgan qonunni aniqlash;
Taraflarning talab va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek, nizoni
to’g’ri hal etish uchun ahamiyatga ega bo’lgan boshqa faktlarni aniqlash;
Ishni hal etish uchun zarur bo’lgan dalillar doirasini aniqlash va ularning o’z
vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini ta’minlash;
Ishda ishtirok etishi mumkin bo’lgan shaxslar tarkibi.
FPKning 160-moddasida
belgilanishicha, sudya ishni sudda
ko’rishga tayyorlash vaqtida quyidagi
harakatlarni amalga oshiradi:
1.
Ishni uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki
kirishish masalasini hal qiladi va ishda ishtirok
etishga yo’l qo’yilgan uchinchi shaxslarni
FPHning 159-moddasiga muvofiq so’roq qiladi.
2.
Ishni ko’rishda vakillarning qatnashish masalasini
hal qiladi.
3.
Ishda prokurorning ishtirok etishi to’g’risidagi va
tegishli davlat boshqaruvi organini sud
protsessida qatnashishga jalb etish haqidagi
masalani hal qiladi.
4.Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan tashkilot yoki
fuqaroning ish yakunidan manfaatdorligini aniqlasa,
ularga prokurorga yuritilayotgan ishni va uni ko’rish
vaqtini ma’lum qiladi.
5.Guvohlarni sud majlisida nazarda tutilgan tartibda so’roq qilish masalasini hal
qiladi.
6. Tashkilotlar yoki fuqarolardan yozma va ashyoviy dalillarni olib, sudga
taqdim etish uchun ishda ishtirok etuvchi shaxslarga talabnoma beradi.
7. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini hisobga olib, ekspertiza tayinlash
va mutaxassis jalb qilish masalasini hal etadi.
8. Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor
qilib, joyda ko’zdan kechirish o’tkazadi.
9. Boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi.
10. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va
majburiyatlarini tushuntiradi.
Qonunga muvofiq sud chaqiruv qog’ozidan foydalanadi. U
xabar berishning shartlar majmuasiga rioya qilishni nazarda
tutadi:
Sud chaqiriq qog’ozi sudda ishtirok
etayotgan taraflarga sudga kelishi uchun
yetarli asoslar mavjud bo’lgan taqdirdagina
jo’natiladi.
Sudda ishtirok etayotgan shaxslarga xabar
berish uchun sud, sud chaqiruv qog’ozidan
foydalanadi. Shaxslarning kelishi qonun yoki
sud tarafidan nazarda tutilgan holatlar
bundan mustasno.