«BIZNING KELAJAKDAGI IQLIM» YOKI GEOGRAFIK
O‘ZGARISHLAR
REJA:
1. Kelajakdagi iqlim o‘zgarishlari prognozi
2. Iqlim o‘zgarishlarining eng noqulay oqibatlari
3. iqlim o‘zgarishining foydali imkoniyatlari
Issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasining o‘sishi tabiiy
issqxona effektining kuchayishiga va Er yuzasining isishiga olib keldi. Agar tegishli
chora ko‘rilmasa, kelgusi yuz yillikning har o‘n yilligida harorat 0,3 0S ga ortadi.
Isish o‘z navbatida qutblardagi muzliklarning erishiga va Dunyo okeani
sathining ko‘tarilishiga olib keladi: 2030 yilga borib, dunyo okeani sathi o‘rtacha
20 sm ga, XXI asr oxirida esa 65 sm ga ko‘tariladi.
Prognozlarga ko‘ra, butun dunyoda yog‘in miqdorining ortishi kutiladi,
lekin sho‘nga o‘xshash tendensiyalarning mahalliy miqyosdagi ishonchliligi ancha
past. Ehtimol, XXI asrning ikkinchi yarmida shimoliy yarim sharning o‘rta va
yuqori kengliklarida hamda Antarktikada qishki yog‘inlar miqdori ortadi.
Tropiklarda esa, ishlab chiqilgan modellarga ko‘ra, ayrim hududlarda yog‘in
miqdori ortsa, boshqa joylarda kamayadi. Avstraliya, Markaziy Amerika va
Afrikaning janubiy qismida esa qishki yog‘inlarning kamayishida barqaror
tendensiya kuzatiladi.
YUqori kengliklarda, yilning qish vaqtida yomg‘ir va qorning ko‘p yog‘ishi
tuproqning yuqori darajada namlanishiga olib keladi. Lekin, yozda haroratning
yuqori bo‘lishi tuproq namligining yuqotilishiga sabab bo‘ladi. Tuproq namligining
mahalliy o‘zgarishlari, albatta, qishloq xo‘jaligi uchun juda muhimdir, lekin iqlimiy
modellar yordamida ularni prognoz qilish bugungi kunda ham ancha murakkab
hisoblanadi. Hatto tuproq namligining yoz davrlaridagi global o‘zgarishining
ishorasi — ortishi yoki kamayishi ham noaniq bo‘lib qolmoqda.
Ehtimol, ekstremal ob-havo hodisalarining takrorlanishi va jadalligi ham
o‘zgaradi. Kutilayotganidek, o‘rtacha global haroratning ko‘tarilishi bilan issiq
kunlar va issiq to‘lqinlar ortadi hamda sovuq kunlar soni va sovuq davr kamayadi.
Iqlimiy modellar ham bir- biriga mos ravishda ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik
regionlarda ekstremal ob-havo hodisalari tez- tez takrorlanadi. Bu esa kontinental
rayonlarda yoz mavsumi davomida qurg‘oqchilik xavfining ortishiga olib keladi.
YAna shunday faktlar ham mavjudki, ularning guvohlik berishicha, ayrim
regionlarda kuchli shamol va jala yomg‘irlar bilan birgalikda kechadigan qattiq
bo‘ronlar - dovullar tez-tez qaytariladi.
O‘rta kengliklarda dovullarning takrorlanish tezligi haqida modellar, ma’lum
darajada, qarama-qarshi natijalarni bermoqda. Momaqaldiroq va quyunlar kabi
boshqa hodisalar ham mavjud bulib, ular haqida qandaydir prognozlar tuzish uchun
hozirgi bilimlarimiz etarli darajada emas.
Iqlimning tez va tusatdan o‘zgarishini ham e’tibordan chetda qoldirib
bo‘lmaydi. Lekin, dengiz sathining katastrofik ko‘tarilishiga olib keladigan, G‘arbiy
Antarktika muz qalqonining parchalanishiga o‘xshash juda keskin o‘zgarishlarning
XXI asr davomida bo‘lish ehtimoli juda kichikdir. Regional miqyosda iqlimga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan okean sirkulyasiyalarining o‘zgarishi (masalan,
Evropani isitadigan Golfstrimning susayishi) bir necha o‘n yilliklardan keyin ro‘y
berishi mumkinligi haqidagi faktlar ham mavjud. Lekin, shunga o‘xshash
o‘zgarishlarning issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar ta’siridagi isish sababli ruy
berishi mumkinligi hozircha noma’lum. Golfstrimning kuchsizlanishini
ko‘rsatadigan iqlimiy modellar ham kelajakda butun Evropa miqyosida isish
bo‘lishidan darak bermoqda.
Er iqlimi hozirning o‘zidayoq o‘tmishdagi issiqxona effekti hosil qiluvchi
gazlar chiqindilariga «moslashmoqda». Iqlimiy sistema global energetik balansni
saqlash uchun ham issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasiga
«ko‘nikishi» lozim. Bu degani shuki, iqlim o‘zgarmoqda va bu jarayon issiqxona
effekti hosil qiluvchi gazlar miqdorining o‘sishi mobaynida davom etaveradi.
Bugungi kunda olimlar doimiy ravishda boyib borayotgan ma’lumotlar bazasining
global isishning umumiy ko‘rinishlarini tasdiqlayotganligiga hamda iqlimiy
sistemadagi boshqa o‘zgarishlarga ishonch hosil qilganlar.
O‘lchashlar natijasida olingan ma’lumotlar o‘rtacha havo haroratining XIX
asr oxiridan buyon 0,6 ± 0,2 0S ga ko‘tarilganini qayd etmoqda. Bu kuzatishlar
iqlimning hozirgi kungacha bo‘lgan isish darajasini prognozlashda foydalaniladigan
modellar asosida tuzilgan prognozlar bilan mos tushadi. Ta’kidlash lozimki,
aerozollarning sovituvchi ta’siri hisobga olinganda moslik yanada ortadi. Asosiy
isish 1910 — 1940 yillarda kuzatilgan hamda 1976 yildan shu kungacha davom
etmoqda. Ehtimol, shimoliy yarim sharda (tegishli tahlilni amalga oshirishga imkon
beradigan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan rayonlarda) XX asrdagi isish sur’atlari va
davomiyligi oxirgi ming yildagi har qanday davrga nisbatan katta bo‘ldi. Bundan
tashqari, 1990 yillar ming yillikning eng issiq o‘n yilligi, 1998 yil esa eng issiq yil
bo‘lganga o‘xshaydi.
Bu davrda dengiz sathi o‘rtacha 10—20 sm ga ko‘tarildi. CHunki, okeanlar
yuqori qatlamlarining isishi bilan suv kengayadi, dengiz sathi esa ko‘tariladi.
Modellar asosida taxmin qilish mumkinki, haroratning bugungi kungacha 0,6 0S
isishining o‘zi dengiz sathining hozirgi kundagi ko‘tarilishiga olib kelishi kerak edi.
Lekin boshqa, ya’ni prognozlash uchun ancha murakkab bo‘lgan o‘zgarishlar,
ayniqsa kuchli qor yog‘ishi, Grenlandiya hamda Antarktikadagi muzlarning erishi,
shimoliy materiklarning ko‘p asrli muzliklardan sekin asta «xalos» bo‘la borishi
ham real va tassavur qilinayotgan dengiz sathiga ta’sir ko‘rsatadi.
1960 yillarning oxiridan buyon qor qoplami qalinligi shimoliy yarim
sharning o‘rta va yuqori kengliklarida 10 % ga kamaygan. XX asr davomida ko‘llar
va daryolarda yillik muzlash davri taxminan ikki haftaga kisqarganligi ehtimoldan
holi emas. Mana shu vaqt mobaynida, qutbdan tashqari, ko‘pchilik regionlardagi
mashhur tog‘ muzliklarining deyarli barchasi chekindi. Oxirgi o‘n yillikda
Arktikada bahor va yoz vaqtlarida muz qoplamining davomiyligi 10 — 15 % ga,
muzning qalinligi esa yozning oxiri va kuzning boshida 40 % ga kamaydi.
Dunyoning ko‘plab regionlarida yog‘inlar miqdorining ortishi kuzatilmoqda. Har
o‘n yillikda shimoliy yarim sharning o‘rta va yuqori kengliklaridagi ko‘plab
rayonlarida yog‘in miqdorining 0,5 — 1,0 % ga ortishi kuzatilmoqda. Bu holat
bulut qoplamining 2 % ga ortishi sharoitida ro‘y bermoqda. Quruqlikning tropik
rayonlarida, 100 shimoliy kenglik va 100 janubiy kengliklar oralig‘ida ham, aytish
mumkinki, atmosfera yog‘inlari mikdori har o‘n yillik davomida 0,2 — 0,3 % ga
ko‘paymoqda. Ikkinchi tomondan, XX asr davomida shimoliy yarim sharning
subtropik rayonlarida, ya’ni o‘ninchi va o‘ttizinchi shimoliy parallellar orasida
yog‘in miqdorining har o‘n yillik davomida 0,3 % ga kamayishi qayd etildi.
YUqoridagilar bilan bir qatorda Afrika va Osiyoning ayrim qismlarida
qurg‘oqchilikning takrorlanishi va jadalligi ortdi.
XX asr davomidagi iqlim o‘zgarishi issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar va
aerozollar konsentratsiyasining ortishi bilan bog‘liq holda kutilgan oqibatlar bilan
mos tushadi. Isishning makonda kuzatilayotgan qonuniyatlari modellar asosida
tuzilgan prognozlarga mos kelmokda. Masalan, Er yuzasidagi o‘lchashlar hamda
meteorologik zondlar va sun’iy yo‘ldoshlar yordamida bajarilgan o‘lchashlar ham