BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY MAQOMI
Yuklangan vaqt
2024-02-20
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
22,4 KB
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHASI VA UNING
HUQUQIY MAQOMI
Bugungi kunda blokcheyn texnologiyalari yangi inovatsion texnologiya
yo‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan bir qator ijtimoiy sohalarga kirib borib, o‘z
o‘rnini egallagan. Insonlarning intellektual ijodi mahsuli yaratilishining
jadallashishi bilan bir qatorda, ulardan foydalanish, muhofazasini ta’minlash
masalasi ham dolzarblashib bormoqda. Qolaversa, internet tarmog‘ining
jamiyatimiz hayotida kirib kelishining takomillashishi oqibatida ma’lumotlar
olish, axborot almashish hamda mulkka bo‘lgan huquqlarning ruxsatsiz
foydalanish ham oshib bormoqda. Ushbu holatda yaratilayotgan intellektual
mulk
obyektlarini
shaffof,
ishonchli
himoyasini
tashkillashtiruvchi
texnologiyalarga talab ortib bormoqda. Sababi, intellektual mulk obyektlaridan
foydalanishda, ularni fuqarolik huquqiy munosabatlar muomalasiga tatbiq
etishda, ularning muhofazasi, nazorati va himoyasini ta’minlashda bir qator
texnik usullarni amalda qo‘llanilishi bugungi kunda barchamizga ma’lum.
Hozirgi kun jamiyatining yashash sharoitlarini yengillashtirish vositasi sifatida
qaralayotgan internet tarmog‘i o‘z o‘rnida, intellektual mulk siyosatida
yaratilgan obyektlarni muhofazasini ta’minlashda ishonchlilik nuqtai
nazaridan emas, balki, ularning muhofazasini buzilishiga sababchi
bo‘layotganligini kuzatishimiz mumkin. Shu o‘rinda, jamiyatimizning ijtimoiy
munosabatlarining barcha sohalarini axborotlashtirish dolzarbdir. Har bir
jamiyat va davlatning rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarning
ahamiyatini oshirmog‘imiz, uning jamiyatimizning barcha jabhalariga kirib
borishini ta’minlashimiz darkor. Barcha ma’lumotlarni saqlashning eng qulay
usuli – bu uni taqsimlab qayd etishdir. Taqsimlangan ma’lumotlarning reyestri
sifatida, bugungi kunda blokcheyn texnologiyasi namoyon bo‘lishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, blokcheyn tushunchasiga, uning kelib chiqish doirasiga
aniqlik kiritadigan bo‘lsak, ushbu tushuncha borasida, bir qator ta’riflar
mavjud bo‘lib, ularga birma bir to‘xtalib o‘tsak. Avvalombor, “blokcheyn”
so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “bloklar zanjiri” ma’nosini anglatadi.
Boshqa bir adabiyotda keltirilgan ta’rifga asosan, “Blokcheyn – bu
markazlashtirilmagan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u o‘zida undan ro‘yxatdan
o‘tgan barcha ishtirokchilar ma’lumotlari (o‘tkazmalari) haqida ma’lumotlarni
alohida “zanjir” shaklida saqlash imkonini beradi”1 . Angliya bankining
fikricha, “blokcheyn – bu bir-birini bilmaydigan insonlarga ishonchli tarzda va
birgalikda foydalanish imkonini beradigan texnologiyadir”2 . Bir so‘z bilan
aytganda, Blokcheyn – ma’lum qoidalar asosida tuzilgan ma’lumotni o‘z
ichiga olgan bloklarning doimiy ketma-ket zanjiridir.
Shu o‘rinda, blokcheyn texnologiyasi bilan bog‘liq, uning faoliyatini tashkil
etishdagi asosiy tushunchalarga, ya’ni mazkur texnologiyalarni ushbu
tushunchalardan ayro ravishda tasavvur etishning imkoniyati mavjud
emasligidan kelib chiqqan holda, aniqlik kiritib ketishimiz maqsadga
muvofiqdir. Ta’kidlangani kabi, blokcheynni tizimlashtirilgan reyestrlar
texnologiyasi sifatida ham atashadi, sababi bir qator mustaqil foylanuvchilar
tomonidan zanjir ko‘rinishida ma’lumotlar saqlash imkoniyati mavjud. Xatto,
virtual kompyuterlardan biri ishdan chiqib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda ham
tizimga kiritilgan ma’lumotlar yo‘qolmaydi, ya’ni saqlanib qolinadi. Shu bilan
bir qatorda, e’tiborimizni asosiy tushunchalarga qaratadigan bo‘lsak, birinchi
asosiy tushuncha – bu aktiv. Aktiv tushunchasi ostida, qardli, muhim
ma’lumotlarni tushunishimiz lozim. Misol uchun, pul, mol-mulk, qimmatli
qog‘ozlar, axborotlar. Aktivlar ashyoviy: uy, mashina ko‘rinishida yoki
butunlay raqamlashtirilgan holda ham bo‘lishi mumkin. Keyingi asosiy
tushuncha – bu tranzaksiya hisoblanadi. Aktivlarni bir shaxsdan ikkinchisiga
o‘tkazish jarayoni tranzaksiya deb ataladi. Masalan, A shaxs o‘ziga mulk
huquqi asosida tegishli bo‘lgan ashyoni B shaxsga sovg‘a qilmoqchi yoki
sotmoqchi bo‘ldi. A shaxs tomonidan ushbu jarayonning amalga oshirilishi
tranzaksiya deb ataladi. Tranzaksiyada fakat ashyoni berish emas balki unga
bo‘lgan mutlaq mulk huquqini ham berilishi mumkin.
Navbatdagi tushuncha – bu tranzaksiyalarni hisobga olishdir. Tranzaksiyalarni
hisobga olish o‘z o‘rnida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tgan barcha aktivlar
yoki aktivlarga bo‘lgan mulk huquqlarini qayd etish hisoblanadi. Masalan, A
shaxs chet davlatda bo‘lgan B shaxs do‘stiga tegishli miqdordagi summani
o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Bank emitentlari tizimi bilan bog‘liq muammolar,
xakerlik atakalari, firibgarlik va boshqa bir qator vujudga kelishi mumkin
bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar o‘tkazmalarning o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga
sababchi bo‘lishi mumkinligi barchaga ayon holatdir. Bu kabi operatsiaviy
holatlardanning oldini olish mumkin emas, sababi barcha ma’lumotlar va
jarayonlar bitta markaziy tizimda saqlanadi. Biroq blokcheyn texnologiyasi bu
kabi holatlarning vujudga kelishini qisqartiradi, sababi ushbu texnologiya
taqsimlangan reyestr asosida ishlaydi.
Taqsimlangan reyestr – ma’lumotlarning bitta tashkilotning reyestrida
saqlanmasligidi namoyon bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarning nus'halari bir
vaqtning o‘zida internet tarmog‘i orqali ulangan virtual kompyuterlarning
sonidan qat’i nazar yangilanadi. Blokcheyn texnologiyasida mavjud bo‘lgan
ma’lumotlar reyestrini o‘z o‘rnida qalbakilashtirib bo‘lmasligi bilan ham
xarakterlanadi.
Kompyuterlarda
saqlanayotgan
ma’lumotlar
barcha
foydalanuvchilarda to‘liq va ishonchli bo‘lishida, blokcheyn texnologiyasida
konsensus tushunchasini tatbiq etishgan. Bir qator foydalanuvchilar agar
kompyuterlari o‘chirilgan bo‘lsa ham, agar ular tomonidan kiritilgan
ma’lumotlar haqiqiy bo‘lmasa, ishonchsiz ma’lumotlar foydlanuvchilarda aks
etmaydi hamda kompyuterlarning ishlash faoliyatiga ta’sir qilmaydi.
Konsensus jarayoni, ya’ni rozlikni olish bosqichi, haqiqiy ma’lumotlarni
tiklashdir.
Blokcheyn
texnologiyasida
barcha
ma’lumotlarning
tranzaksiyasilari haqidagi axborotlar bitta blokka joylashtiriladi.
Blok – bu taqsimlangan reyestrda amalga oshirilgan tranzaksiyalar haqidagi
qaydlar hisoblanadi. Unda, bir shaxs boshqa shaxsga qancha miqdordagi
aktivlar o‘tkazmalari aks etgan bo‘ladi. Barcha bloklar o‘z o‘rnida bitta
zanjirga ulangan bo‘ladi.
Blokcheyn zanjiri uzilmasdir, sababi har bir blok oldingi blokka havola qiladi.
Bloklarn o‘zgartirib yoki o‘chirib bo‘lmaydi, faqat unga yangi bloklarni
qo‘shish mumkin. Ushbu holat bilan, har qanday holatda muayyan aktivlarning
o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tarixini tiklab, uning olgingi
egasini aniqlash imkoniyati mavjud. Blokcheyn zanjiridagi bloklarni
maynerlar ko‘shishadi.
Mayner blokcheynda bir qator funksiyalarni amalga oshiradi:
• Blokcheyn nusxalarini saqlaydi, shu bilan bir qatorda ma’lumotlarni
yo‘qolishidan yoki qalbakilashtirilishidan himoya qiladi; • Tranzaksiyalarni
tasdiqlaydi; • Boshqa maynerlar tomonidan kiritilgan tranzaksiyalarni
tekshiradi.
Qoidaga ko‘ra, maynerlarning soni cheklanmagan. Maynerlar soni ko‘p
bo‘lishi, tizimning ishonchliligini taqozo etadi. Har qanday shaxs mayner bo‘la
olishi mumkin. Buning uchun ularga ixtisoslashtirilgan kompyuterlar hamda
dasturiy ta’minot kerak. Maynerlarni yangi tranzaksiyalarni ro‘yxatdan
o‘tkazishni ta’minlashiga mukofot olishadi.
Mukofot sifatida bloklarda qayd etilgan tranzaksiyalardan kelib tushuvchi
kommision to‘lovlar namoyon bo‘ladi. Muayayan algoritm asosida tizim
mukofotlarni taqsimlaydi. Mukofotni olish uchun ta’kidlangani kabi maynerlar
tomonidan muayyan masalani yechishi kerak. Qaysi mayner birinchi bo‘lib
matematik masalani yechadigan bo‘lsa, omadli hisoblanib, birinchi bo‘lib
tranzaksiyalarni tizimga joylashtiradi. Bu esa o‘z navbatida, maynerlarning
kompyuterlarining ishlash tezligiga bog‘liq hisoblanadi. Olingan mukofotlar
tegishli tartibda virtual hamyonga mukofot tegishli tartibda tushadi.
Mavjud masalalarni yechish jarayoni alohida bir fan doirasida o‘rganilib,
ushbu fan – kriptografiya deb ataladi. Shifrlash tushunchasi ham blokcheyn
texnologiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Kriptografiyani metodlaridan biri ham
shifrlash hisoblanadi. Blokcheyn tizimida foydalanuvchilar o‘rtasida amalga
oshirilgan aktivlarning tranzaksiyalarini tegishli kriptografik kalitlar, ya’ni
maxsus noyob raqamli kalitlar orqali amalga oshiriladi. Raqamli kodlarning
ketma-ketligini bilib olish deyarli imkonsiz hisoblanadi. Ushbu holat o‘z
o‘rnida blokcheyn texnologiyalarni bu turdagi texnologiyalar ichida
yaxshilardan biri bo‘lishiga olib keladi3 . Tranzaksiyalar amalga
oshirilayotganda virtual hamyonni internetga ulangan holda ishlatish, qolgan
vaziyatlarda internet tarmog‘idan o‘chirilgan holda saqlash tavsiya etiladi, bu
esa o‘z navbatida ma’lumotlarni xakerlar atakasidan muhofaza etishiga yordam
beradi.
Shu bilan bir qatorda, texnologiyaning intellektual mulk himoyasidagi
axborotlarni saqlashida, ishlash tartibiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bir necha bora
aytilganidek, blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami
bo‘lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan
bo‘ladi. Ushbu zanjirlar, ya’ni bloklar doimiy ravishda o‘sib boradi va uning
o‘sib boruvchi ro‘yxati tizimda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va
bundan oldingi blokka havolaga ega bo‘ladi. Shifrlashni qo‘llash shuni
kafolatlaydiki, foydalanuvchilar nafaqat ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni
bo‘lmagan yopiq kalitlar mavjudligi ma’nosida «egalik» qiladigan bloklar
zanjirlari qisminigina o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, shifrlash barcha
foydalanuvchilarda
bloklar
taqsimlangan
zanjirlari
nusxalarini
sinxronlashtirishni ta’minlaydi. Ba’zida blokcheyn texnologiyasi «qadriyatlar
interneti» deb ataladi. Bloklar orasidagi aloqa nafaqat raqamlash bilan balki,
har bir blokda o‘zining va o‘zidan oldingi blokning xesh qiymati bilan
ta’minlanadi. Blokdagi ma’lumotni o‘zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni
tahrirlash kerak bo‘ladi. Ko‘pincha blok zanjirlarining nusxalari bir-biridan
mustaqil ravishda turli kompyuterlarda saqlanadi. Bu esa o‘z navbatida
bloklarga o‘zgartirish kiritishni qiyinlashtiradi.
O‘z o‘rinda, blokcheyn bir qator mutaxassilar tomonidan kelajak texnologiyasi
sifatida qaralib, uning asosiy vazifasi tizimlashtirilgan ma’lumotlarni
saqlashdan
iborat.
Ushbu
texnologiya
bir
so‘z
bilan
aytganda,
markazlashtirilmagan ma’lumotlar ba’zasi hisoblanib, mazkur texnologiyadan
o‘tgan foydalanuvchilarning ma’lumotlari yoki o‘tkazmalarini o‘zida zanjir
ko‘rinishida saqlaydi. Mazkur texnologiya o‘z o‘rnida, minglab virtual
kompyuterlarni jamlagan bo‘lib, foydalanuchilar ushbu o‘zlari uchun alohida
yaritilgan tegishli kalit bilan tranzaksiyalarini amalga oshiradilar. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil avgust oyining o‘rtalarida, mazkur texnologiya,
ya’ni blokcheyn hamyoniga ega bo‘lgan 75.6 milliondan ortiq foydalanuvchi
butun dunyo bo‘ylab ro‘yxatga olingan4 .
Bevosita, texnologiyaning yaratilish tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak,
blokcheyn texnologiyasi XXI asrning eng yirik kashfiyotlaridan biri desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’lum qoidalarga muvofiq qurilgan, ma’lumotlarni
o‘z ichiga olgan uzluksiz ketmaket bloklar zanjirining kelib chiqish tarixi
o‘tgan asrning 90 yillari boshiga borib taqalishi ko‘pchilikka ma’lum emas.
Blokcheynning rivojlanishi, yildan-yilga takomillashib kelayotganligi sababli,
raqamli iqtisodiyotdagi izlanishlar natijasida blokcheynga ta’sir ko‘rsatadigan
bir nechta dasturlar paydo bo‘ldi. 1991 yilda AQSH olimlari Styuart Xaber va
V. Skott Stornettalar o‘sha davrda ko‘pchilik insonlar blokcheyn deb nomlagan
tizimni
yaratishadi.
Ularning
ilk
tadqiqotlari
kriptografik
jihatdan
himoyalangan bloklar zanjirini yaratish ustida bo‘lgan. Mazkur tizim
yordamida
hujjatlarga
qo‘yilgan
vaqtinchalik
belgilarni
hech
kim
qalbakilashtira olmagan. 1992 yilda ular o‘z tizimini Merkle daraxtlarini o‘z
ichiga olgan holda takomillashtiradilar, bu esa samaradorlikni oshirdi va bitta
blokda ko‘proq hujjatlarni to‘plash imkonini berdi. Biroq, blokcheyn
texnologiyasining konseptsiyasi 2008 yilda Satoshi Nakomoto tomonidan
taklif qilingan bo‘lib, butun dunyoga birinchi marotaba 2009 yilda realizatsiya
qilingan.
Satoshi
Nakamoto
blokcheyn
texnologiyasining
asoschisi
hisoblanadi. Nakamoto Bitcoin tranzaksiyalarini amalga oshirish maqsadida
ushbu texnologiyani ishlab chiqqan deb taxmin qilinadi. Bitcoin esa raqamli
hisob-kitob texnologiyasining birinchi ko‘rinishlaridan edi. Nakamoto mazkur
texnologiyaning imkoniyatlaridan faqatgina kriptovalyutalar uchungina emas
balki turli boshqa yo‘nalishdagi dasturlarda ham foydalanish mumkinligini
bildirdi. Satoshi Nakamoto mazkur texnologiya bo‘yicha birinchi texnik
reglamentni 2009 yilda yaratdi. Unda Nakamoto blokcheyn texnologiyasining
markazlashmagan aspektini hisobga olgan holda raqamli ishonchni oshirish
uchun qanchalik yaxshi jihozlangan ekanligini va bu hech kim hech narsani
nazorat qila olmasligini batafsil yoritib bergan. Oddiy qilib aytganda,
blokcheyn – bu xavfsiz va ko‘plab kompyuterlar bo‘ylab tranzaksiyalarni
amalga oshirish uchun ishlatiladigan taqsimlangan raqamli hisob-kitoblar
tizimidir. Mazkur hisob-kitoblarning mohiyati – faqat oldingi blokga tegishli
boshqa blokni qo‘shish orqali yangilanadigan tizimdir. Buni Internet orqali
ishlaydigan P2P (Peer-toPeer – shaxsdan shaxsga) tarmog‘i sifatida ham
tasavvur qilish mumkin. Ta’kidlangani kabi, blokcheynning birinchi shakli
bitkoin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning asosiy va umumiy reyestri
sifatida namoyon bo‘lgan. Dastavval, blokcheyn texnologiyasi moliya va bank
sektorlarida jadal foydalanilgan. Hozirgi kunda ushbu texnologiyaning
qo‘llanish sohalari ijtimoiy munosabatlarning rivoji bilan bevosita bog‘liq
bo‘lib, deyarli barcha sektorlarda, xususan, transport, ta’lim, meditsina, jinoyat
protsessi, davlat xizmatlari, turizm, qishloq xo‘jaligi, ko‘chmas mulk va h.k5 .
Blokcheyn
texnologilarining
jamiyat
hayotida
qo‘llanish
sohasi
chegaralanmagan6 . Ushbu texnologiya kasallik tarixi yozuvlaridan tortib
saylov jarayonlariga kabi jamiyatimizning kup tarmoqlaridagi ma’lumotlarni
yozib olish, saqlash va ularni kuzatish uchun foydalanishi mumkin.
Ta’kidlaganimiz kabi, blokcheyn texnologiyasi ilk bora bitkoin to‘lov
vositasini tartibga solish uchun ishlab chiqilganligi sababli, avvalo, ushbu
jihatdan tahlil etishimiz maqsadga muvofiqdir. Bitkoin – pulning
raqamlashtirilgan shaklidir, biroi muomaladagi fiat valyutalardan farqli
o‘laroq, bitkoin Markaziy bank nazorati ostida emas 7 . Muomaladagi
valyutalardan farqli ravishda, bitkoinning moliyaviy boshqarish tizimi sifatida
butun dunyo bo‘ylab tarqalgan minglab kompyuterlar namoyon bo‘ladi. Har
bir shaxs mazkur ekotizimning ish jarayonini tashkil etilishida bevosita, ochiq
kodli dasturiy ta’minotni o‘rnatgandan so‘ng ishtirok etishi mumkin. Bitkoin
o‘z o‘rnida birinchi kriptoaktiv sifatida qaralib, uning o‘ziga xos xususiyati:
o‘zgartirishning, nazorat qilishning imkoniyatining mavjud emasligi, ko‘p
marotaba foydalanishning imkonsizligi hamda istalgan vaqtda va istalgan
joydan tranzaksiyalarning amalga oshirishning imkoniyati mavjudligi bilan
ifodalanadi. Bitkoin, boshqa har qanday raqamli valyuta kabi, biron joyda
faylda saqlanmaydi, u blokcheynda yozilgan tranzaksiyalar bilan ifodalanadi.
Blokcheyn yuqorida ta’kidlangani kabi kriptovalyutavning bir ko‘rinishi
hisoblanadi. Kriptovalyuta blokcheyn texnologiyasiga asoslangan har qanday
raqamli valyutadir. Qolaversa, kriptovalyuta kriptografik usullar va uni
yaratgan va targ‘ib qiluvchi jamiyatning ishonchi bilan belgilanadigan
valyutasi sifatida qaraladi. Blokcheyn texnologiyasi orqali, shaxs tomonidan
dunyoning istalgan burchagidan ma’lumotlar joylashtirilib unga nisbatan
ulanish, ulardan foydalanish imkoniyatini kiritadi. Bitkoinlar holatida kalitlar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qimmatni ifodalaydigan valyutadagi ayrim
summalar saqlanadigan manzillarga ulanish uchun foydalaniladi. Ushbu
tizimdan foydalanuvchilariga kriptografik algoritm bo‘yicha yaratilgan yopiq
kalit yaratiladi. Kalit egalari o‘zlarining tranzaksiyalarini amalga oshirish
uchun mazkur kalitdan foydalanishadi. Yopiq kalit agar boshqa shaxsga taqdim
etilsa, mohiyatan bu shaxsga bloklar zanjirining mos keluvchi bo‘limida
saqlanadigan pul mablag‘larini kalit taqdim etilgan shaxsga berilgan deb
hisoblanadi. Bu bilan mablag‘larni o‘tkazishni qayd qilish funksiyasi amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, texnologiyadagi eng muhim funksiyalardan biri –
bu Blokcheynda vujudga keladigan munosabatlarda foydalanuvchining
shaxsini aniqlash hamda tasdiqlashni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Qolaversa, tizimda maxsus yopiq kalit bilan tasdiqlanmagan o‘zgarishlar
hamda ma’lumotlar kiritilishi avtomatik ravishda rad etiladi. Naqd pulsiz
hisob-kitoblar o‘z-o‘zidan yangi to‘lov tizimlarini yaratilishiga olib keldi.
Banklar hisobraqamlaridagi pullar hamda kriptovalyuta o‘rtasida farq unchalik
katta emas. Farqi shundaki birini nazorat qilib bo‘ladi, ikkinchisini esa nazorat
qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda moliya bozorida 2000 dan ortiq turli xil
kriptografik valyutalarning katta tanlovi mavjud bo‘lib, ularning soni har yili
ortib
bormoqda.
Buning
sababi,
raqamli
pullar
bozorining
jadal
rivojlanayotgan segmentiga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan keng
jamoatchilik va yirik investorlar soni ko‘paymoqda. Mazkur kriptovalyutalar
orasida eng katta muvaffaqiyat qozongani bu shubhasiz “Bitcoin”dir. Shunga
qaramay boshqa turdagi kriptovalyutalar ham raqamli pullar bozorida o‘z
o‘rniga ega. Misol tariqasida Ethereum, XRP, Binance coin, Solana, Tether,
Cardano, Polkadot va boshqalarni aytish mumkin8 .
E’tiborimizni Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada namoyon
bo‘lishiga qaratishimiz lozim. Hozirgi kunda odamlar tomonidan o‘zlariga
tegishli bo‘lgan nomoddiy axborotlarni interaktiv jarayonlarni amalga
oshiruvchi internet platformasi orqali amalga oshirish jadallashgan. Ammo
fuqarolar tomonidan pul bilan bog‘liq munosabatlarda, shaxslar ko‘proq bank
emitentlariga murojaat qilishi barchaga ma’lum holatdir. Oddiy misol, bugungi
kunda mamlakatimizda ommalashgan pul tranzaksiyalarni amalga oshirishda,
“Click”, “Payme”, “Apelsin” kabi ilovalar mavjud bo‘lib, ushbu ilovalar orqali
elektron pul mablag‘larini bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish imkoniyati
mavjud. Xususan, “Apelsin” ilovasida pul mablag‘larini viza, master karta
orqali boshqa davlat valyutasiga erkin konvertatsiya qilish imkoniyati
yaratilgan. Bir ko‘rinishda, shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan elektron
pul mablag‘larini o‘tkazish bevosita, shaxslar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri
amalga oshirilayotgandek ko‘rinsa ham, ushbu vaziyatda markazlashtirilgan
moliyaviy muassasalar (banklar) o‘rtada vositachi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni
ular orqali o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Bevosita, butun dunyoda amalga
oshiriladigan pul mablag‘larining o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi to‘lov
usullaridan biri hisoblanmish – RauPulning mohiyatiga ham e’tiborimizni
qaratadigan bo‘lsak, unda ham qoidaga ko‘ra, bank hisob raqami yoki kredit
kartasi bilan integratsiya talab qiladi. Blokcheyn texnologiyasi esa o‘z
navbatida, “ortiqcha bo‘g‘in”dan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. U
an’anaviy ravishda moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uch muhim rolni
o‘z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxs
haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish.
Bugungi kunda, banklar tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning
bir qismini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazilishi, banklarda mijozlar bilan
munosabatlarda, xizmat ko‘rsatishda muayyan muddatda uzilishiga olib
kelishiga qaramasdan, moliya tashkilottda ish hajmining kamayishiga,
xizmatlarning samaradorligiga imkoniyat yaratadi. Ushbu jarayon ulkan
ahamiyatga ega bo‘ladi, sababi butun dunyoda moliyaviy xizmatlar bozori –
bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng katta bozordir.
Bu texnologiyaning uchinchi ehtimoliy roli (shartnomalar tuzish) moliya
sektoridan
tashqarida
ham
juda
foydali
bo‘lib
chiqishi
mumkin.
Blokcheynning
ishlab
chiqilishining
asosi
hisoblanmish
Bitkoin
kriptovalyutasining muomalaga kiritilishi bilan, blokcheyn texnologiyasi
raqamli iqtisodiyotning har qanday turini, jumladan, kompyuter kodini saqlash
uchun foydalanilishi mumkin bo‘ldi. Bu kod fragmentini shunday dasturlash
mumkinki, u ikkala kelishuvchi tomon o‘z kalitlarini kiritgan va shu tariqa
shartnoma tuzishga rozilik bildirgan holda bajariladi. Xuddi shu kod tashqi
ma’lumot oqimlaridan axborot olishi (aksiyalar narxi, meteorologiya
ma’lumotlari, yangiliklar sarlavhalari va kompyuter tahlil qilishi mumkin
bo‘lgan boshqa narsalar) va ma’lum bir shartlar bajarilganda avtomatik
ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar tuzishi mumkin. Ushbu
mexanizm «aqlli shartnomalar» (smartshartnomalar) deb ataladi va uni
qo‘llash imkoniyatlari amalda cheklanmaydi. Smartshartnomalar o‘z o‘rnida
aqlli shartnomalvr sifatida nomlanib, u o‘z – o‘zidan bajariladigan shartnoma
hisoblanib, uning xulosasi virtual muhitda, ya’ni blokcheynda amalga
oshiriladi.
Yirik banklar va ayrim davlat strukturalari «blokcheyn»dan yoki hatto
taqsimlangan registrlar sifatida oddiy «blokcheyn»dan axborot saqlash va
tranzaksiyalar amalga oshirish usulini keskin o‘zgartirish uchun foydalanadi.
Ular maqtovga loyiq maqsadlarni ko‘zlaydi: tezlik va xavfsizlikni oshirish,
qiymatni pasaytirish, xatolar sonini kamaytirish, ishdan chiqish va zaiflik
markaziy nuqtalarini bartaraf qilish. Bu modellar to‘lovlarni amalga oshirish
uchun kriptovalyuta qo‘llashi shart emas. Har qanday blokcheyn, Bitkoindan
foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’iy nazar, taqsimlangan hisoblanadi:
u butun dunyo bo‘ylab ko‘ngillilar kompyuterlarida ishlaydi, shunday ekan,
unda buzib kirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar markaziy to‘plami yo‘q.
Blokcheyn ommaviy: uni istalgan kishi istalgan payt ko‘rib chiqishi mumkin,
chunki u tranzaksiyalar auditi va hisobi bilan shug‘ullanadigan bironta
tashkilotda emas, tarmoqda joylashgan. Blokcheyn shifrlangan: unda virtual
xavfsizlikni ta’minlash uchun ommaviy va xususiy kalitlar (bank yacheykasi
uchun ikkita kalit tizimi kabi) qo‘llanadigan kuchli shifrlash tizimi
foydalaniladi. Davlat muassasasi yoki moliyaviy korporatsiyaning vijdonsiz
xodimi yoki supermarketlar ulkan tarmog‘ining kuchsiz brandmauyerlari
haqida qayg‘urishga hojat yo‘q. Iqtisodiy tranzaksiyalar yangi raqamli
registrini insoniyat uchun muhim va qimmatli bo‘lgan istalgan axborotni:
tug‘ilganlik haqida, nikoh haqida va o‘lim haqida guvohnomalar, oliy
ma’lumot haqida diplomlar, moliyaviy hisobotlar, tibbiyot kartalari, sug‘urta
to‘lovlari uchun murojaatlar, aylovlardagi ovozlar, mahsulotlarning kelib
chiqishi – kod ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin bo‘lgan istalgan
ma’lumotni saqlashga dasturlab qo‘yish mumkin.
Blokcheyn texnologiyasi faqatgina moliya yoki iqtisodiyot sohasida emas,
balki boshqa bir qator ijtimoiy sohalarda ham o‘z samarasini beradi. O‘z
navbatida tibbiyot sohasida mazkur texnologiyaning tatbiq etilishining
ahamiyatini tahlil etishimiz maqsadga muvofiqdir. Texnologiya tomonidan
axborotning o‘zgarmasligini, o‘zgartirilgan ma’lumotlarni kuzatish hamda
ularning xavfsizligini ta’minlash kabi o‘ziga xos imkoniyatlari blokcheynning
bemorlarning elektron kasallik tarixini saqlash, ularni boshqarish hamda erkin
almashinuvini ta’minlashda ham xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shu o‘rinda, MedVice platformasi Stellar nomli blokcheyn tizimi hamda sun’iy
intellekt yordamida bemorlarning tibbiy ma’lumotnomalari analiz qilish
oqibatida ularni to‘playdi hamda samarali xizmat ko‘rsatish usullarini taklif
etadi. Shu bilan bir qatorda, blokcheyn o‘z o‘rnida tibbiy ko‘riklar haqidagi
ma’lumotlarni saqlashda ham o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi. IBM
kompaniyasi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda yordam beruvchi
MiPasa loyihasi ustida ishlamoqda. Yechim barcha ishtirokchilar uchun
yagona bilim bazasini yaratish maqsadida turli manbalardan tibbiy, ilmiy va
tadqiqot ma’lumotlarini to‘plash, ularni sinxronlashtirish, kamchiliklar va
farqlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. MiPasa – bu Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti, Kasalliklarni nazorat qilish markazi, Isroil Sog‘liqni saqlash
vazirligi va boshqa malakali muassasalardan olingan koronavirus haqida
tasdiqlangan ma’lumotlar uchun ochiq platforma hisoblanadi. Qolaversa,
tibbiyot sohasida qalbaki dori vositalarini ishlab chiqarish hamda ularni
tijoratlashtirish eng keng tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi desak
adashmagan bo‘lamiz. Blokcheyn texnologiyasini tatbiq etish tibbiyot
preparatlari bilan bog‘liq firibgarliklarni profilaktika qilishga ko‘maklashadi.
Xususan, Xitoyning SF Express kurer kompaniyasi COVID-19 pandemiyasi
paytida dori-darmonlarni yetkazib berishni kuzatish uchun blokcheyn
texnologiyasidan foydalanadi. Tibbiyotdagi aqlli qurilmalar doimiy ravishda
shifokorlarga real vaqtda bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot to‘plash
orqali yordam beradi: yurak urishi, kislorod darajasi, tana harorati va boshqa
ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar hamda blokcheyn texnologiyasida bunday
muhim ma’lumotlarni saqlash ularning xavfsizligi va ishonchliligini oshiradi9
. Mazkur yondashuv intellektual mulkdan foydalanishni nazorat qilish uchun
ham to‘g‘ri keladi: u foydalanuvchiga necha marta axborotga ulanish, u bilan
o‘rtoqlashish yoki undan nusxa ko‘chirishga ruxsat berilganini belgilashi
mumkin. Undan yana qalbakilashtirishdan himoya qilingan ovoz berish tizimi
yaratish, axborotni senzura cheklovisiz tarqatish va h.k. uchun foydalanilishi
mumkin
Adabiyotlar:
1. .
https://currency.com/ru/chto-takoe-blockchain
tehnologiya?utm_medium=cpc&utm_source=googledisplay_desktop&utm
_campaign=
CIS_PFM_ETH_FTD_TopCity&utm_term=&gclid=Cj0KCQjw_4-
SBhCgARIsAAlegrWDMm7gzc-
lpAisFr3MU4CXFp8SScYWT_cFKVJBZNkZWNBhjajOckaAknAEALw
_wcB
2. https://academy.binance.com/ru/glossary/blockchain?utm_campaign=goog
leadsxacad
emy&utm_source=googleadwords_int&utm_medium=cpc&gclid=CjwKC
Ajwo8-
SBhAlEiwAopc9WytKvDYbhAjx8rJ7RxM_J1q094rcebDD3Ayrji-
l31rJjP435r1XxoCxdcQAvD_BwE
3. Intellektual mulk. Darslik. Mas’ul muharrirlar: yu.f.d., prof., O.Oqyulov,
yu.f.f.d. (PhD), dotsent N.E.Gafurova // Muallifla jamoasi. – T., TDYU
nashriyoti, 2019. – 588 bet
4. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021 y., 03/21/709/0808-son