BOBUR VA GULXANIY IJODI, ULARNING BOLALAR KITOBXONLIGIDAGI O‘RNI
Yuklangan vaqt
2024-09-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
152,5 KB
1
BOBUR VA GULXANIY IJODI, ULARNING BOLALAR
KITOBXONLIGIDAGI O‘RNI
Reja:
1. Boburning vatan va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ifodalovchi she’rlari.
2. “Boburnoma” asarida tarixiy voqelik.
3. Gulxaniyning hayoti va ijodi.
4. “Zarbulmasal” asari.
Tayanch so‘z va iboralar. Vatan va ma’rifatparvarlik, “Boburnoma”,
Gulхaniy, g‘azal, qasida, masal janri, “Zarbulmasal”, Yapaloqqush hikoyati,
allеgorik obrazlar, masal ichida masal usuli.
Dars maqsadi: Bobur va Gulхaniy hayoti va adabiy mе’rosi bilan yaqindan
tanishish, g‘oyaviy-poetik jihatdan tahlil etish, masal janri, allеgoriya haqida
tasavvur hosil qilish.
Dars vositalari: “Boburnoma”, “Zarbulmasal”ning nashrlari, izohli
lug‘atlar, internet ma’lumotlari.
Dars mеtodi: dars mazmunini tushuntirish, matn bilan tanishtirish, masallar
tahlili, suhbat, savol-javob.
Zaruriy adabiyotlar
1.
А
бдуғафуров А. Бобур шеърияти. Бобур. Девон. –Тошкент: Фан, 1994, 3-
14 –бетлар.
2
2.
А
дизова И. Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи. (XVI-XIXаср I ярми) -
Тошкент, Фан, 2006. -240 б.
3.
V
ohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adaboyoti tarixi. O‘quv
qo‘llanma. –T., O‘zb. Yozuv. Uyushmasi AJN, 2006. -528 b.
4.
З
аҳириддин Муҳаммад Бобур. Девон.-Тошкент: Фан, 1994.
5.
И
сҳоқов Ф. “Зарбулмасал” талқинлари.// “Мулоқот” журнали, 1997, 4-
сон, 50-51–бетлар.
6. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti va folklor. –T., 2006
internet manbalari:
1. www.pedagog.uz
2. www.ZiyoNET.uz
Dars mazmuni:
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilda Farg‘ona viloyati hokimi
Umarshayx oilasida dunyoga kelgan. Otasi Amir Temurning nabirasi bo‘lgan.
Bobir Andijonda saroy muhitida o‘qib, tarbiyalandi. Yoshligida ilm-fan
she’riyatga qiziqdi. Otasi vafotidan so‘ng, 1494-yili o‘n ikki yoshida taxtga o‘tirdi.
Temur
davatini
qayta
tiklash
uchun
1495-96
yillarda
Samarqandga
muvaffaqiyatsiz urush qildi, 1497-98 yillar Samarqandni egalladi. Keyin
Andijonda unga qarshi isyon ko‘tariladi va Andijonga qaytib u yerni egallay
olmaydi. 1500-yili Samarqandni ikkinchi marta egalladi. Alisher Navoiy bilan xat
yozishdi. Samarqand shayboniylar tomonidan zabt etilgach, Bobir Samarqandni
tashlab ketishga majbur bo‘ldi. 1504-yili Shayboniyxon Andijonni ham qo‘lga
kiritgach, Bobir janubga yo‘l olib, Qobulda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. 1505-1515
yilarda u Markaziy Osiyoga qaytishga urinib ko‘rdi, ammo muvaffaqiyatga erisha
3
olmadi. 1519-1525 yilarda Hindistonni qo‘lga kiritish uchun janglar olib borib,
1526-yili Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘di bilan va 1527-yili Chitora
hokimi Rano Sango bilan bo‘lgan janglarda qo‘li baland kelib, u Hindistonda o‘z
o‘z hukumronligini o‘rnatdi va Boburiylar sulolasi barpo etildi. Bu sulola
Hindistonda 300 yildan ortiq hukumronlik qildi. Bu imperiya salkam 500 yil o‘z
mavqeyini saqlab turdi. U asos solgan imperiya Afg‘oniston va Hindistonning
siyosiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda muhim rol o‘ynadi.
Zahriddin Muhammad Bobur favqulotda noyob istedod egasi edi. U atoqli
davlat arbobi, mohir sarkarda istedodli shoir, adib, donishmand tarixchi zakovatli
olim va tarjimondir. Bobur adabiyot, san`at, tarix va ilm fanning turli
sohalarida qimmatli asarlar yaratdi.
Boburning O‘zbek tilidagi devoning ikkita nusxasi bizgacha etib kelgan.
Ulardan biri Parijda, ikkinchisi Hindistonda saqlanmoqda. Devondagi asosiy
janrlar: g‘azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit`a, fard. (ushbu janrlarning
nazariy asoslari bayon etiladi). Yuqorida aytganimizdek, Bobur she’riyatida
g‘azali musajja’ ko‘pchilikni tashkil etadi. Navoiy asos slogan g‘azalning bu
ko‘rinishi Bobur tomonidan rivojlantirilgan:
Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdan qon ravon qildi
Nechun o‘olim yomon qildi,g‘en andin bir so‘rorim bor!
Alisher Navoiy boshlab bergan yana bir an’ana g‘azalda fabula
(sojitlilik, voqeabandlik) ko‘rinishidir. Bu an’ana Boburni ham befarq qoldirmadi.
Natijada shoir “boshdin oyoq bir voqea”ni she’rga olib kira boshladi. Jumladan:
Yoz fasli, yor vasli do‘stlarning suhbati,
She’r baxsi, ishq dardi bodaning kayfiyati.
Yoz faslda chog‘ir ichmakning o‘zga holi bor,
Kimga bu nash`a muyassar o‘lsa bordir davlati…
Deb boshlanuvchi g‘azali ana shunday g‘azallar sirasiga kiradi.
Bobur she’riyatidagi, xususan, ruboyilaridagi samimiyat va jo‘shqinlik
sheprxon qalbini to‘lqinlantiradi:
Sen gulsenu men haqir bulbuldurmen,
4
Sen shuplasenu ul shuplag‘a men quldurmen.
Nisbat yo‘q dur deb ichtinob aylamakim,
Shohmen elga vale senga quldurmen.
Boburning maprifatparvarlik qarashlari she’priyatiga ham singib ketgan.
(“Boburnoma”da Hindistonda madrasa yo‘qligidan noliishi ham uning bu
xususiyatini ta’kidlaydi). Shoir qayerda bo‘lsa ham, qanday vaziyatda bo‘lsa ham
ilm-maprifatga intilish kerakligini uqtiradi:
Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak.
O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak
Men tolibi ilmu tolibi ilm yo‘q,
Men bormen ilm tolibi ilm kerak.
(kimki ilmli bo‘lsa bu ilmni shogirdlariga yetkazmog‘i kerak, ilm istovchilar
o‘rganmoq uchun o‘rganadigan ilm bo‘lmog‘i lozim. Men ilm istovchiman ammo
men o‘rganmoqchi bo‘lgan ilm yo‘q, mendek ilm tolibi ilmlarga ilm zarur).
Axloqiy- falsafiy qarashlarini ham shoir mohirlik bilan she’riyatga
singdiradi:
Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa jafo topqusidir.
Bobur
she’riyatida,
xususan,
uning
ruboyilarida
insonning
ichki
kechinmalari, qalb tug‘yonlari samimiy ifodalanadi. Suniylikka yo‘l qo‘yilmaydi:
Ko‘ngli tilagan murodga yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikkisi muyassar o‘lmasa olamda
Boshni olib har sorig‘a ketsa kishi.
Bobur ruboiylarida Vatan sog‘inchi, g‘urbat motiflari asosiy o‘rinlardan
birini egallaydi. O‘z yurtidan judo bo‘lgan Bobur bir umr afsus-nadomad bilan
o‘tdi. Bu borada o‘zini “yuzi qaro” deb atashdan ham toymadi:
Tole’ yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘di.
5
Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Bobur she’riyati boqiyligining sirlari ham ana shu xususiyatlarda.
Bobur asarlari:
1. O‘zbek she’riyatining eng nozik durdonalaridan bo‘lmish g‘azal, ruboiy
va boshqa janrlarga mansub she’riy merosi.
2. “Xatti Bobiriy”. Asarda Bobir arab alifbosini o‘zbek tili nuqtai nazaridan
soddalashtirib berishga harakat qilgan. Tajriba sifatida “Hatti Bobiriy”da Qur’oni
karimni ko‘chirgan.
3. “Mubayyin” (Bayonnat beruvchi). 1522-yili o‘g‘li Humoyunga atab
yozgan. Asarda Bobir o‘sha zamon soliq tuzumini, soliq yig‘ishning qonun-
qoidalarini, shariat bo‘yicha kimdan-qancha olinishi va boshqa masalalarni nazmda
izohlab bergan.
4. “Harb ishi”. Harbiy masalalarga bag‘ishlangan asar.
5. “Muxtasar”. Aruz vazni va qofiya masalalariga bag‘ishlangan kitob.
Bobur 1530-yil dekabrda Agra shahrida vafot etdi, keyinchalik uning hoki
vasiyatiga binoan 1533-yilda Qobulga olib kelib dafn etildi.
“Bobirnoma”. Butun jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asar. Unda
Bobir yashagan davrdagi Movaraunnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari
tarixi yoritilgan. Asar uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida XV asr ikkinchi
yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealar; ikkinchi qismida XV asr oxirida
va XVI asr birinchi yarmida Afg‘onistonda yuz bergan voqealar; uchinchi qismi
XVI asrning birinchi choragida Shimoliy Hindistonda bo‘lgan voqealar aks
ettirilgan.
Boburning nomini, qolaversa, O‘zbek adabiyoti shuhratini jahonga yoygan
asar, shubxasiz, uning “Boburnom” asaridir. Bu asar tarixiy manba bo‘lishi
bilan birga, O‘zbek prozasining qimmatli yodgorligidir. Shu bilan birga,
“Boburnoma” jug‘rofiy, etnografik, tabiiyot, xalq meditsinasi va boshqa ilmiy
sohalar bo‘yicha ham qimmatli ma’lumotlar beruvchi asardir. Shuningdek, u
6
O‘zbek adabiy tilining ham muhim yodgorligidir. Taxminlarga ko‘ra 1525-
yillarda yaratilgan “Muxtasar” (“Mufassal” ham deb yuritiladi) risolasi ilmi
aruzga oid qimmatli ma’lumotlar manbaidir. Asar ikki yirik bobdan iborat.
Birinchi bob rukn yasovchi xijolar, ularning navlari, ruknlar va zixoflar, bahrlar va
doiralarga, va ikkinchi bob vazn va taqte’ masalalariga bag‘ishlangan. Muallif
ushbu risolasida 21 bahrdagi 537 vazn haqida ma’lumot beradi, muloxaza
yuritadi. Aruz bahrning 9 doirasi tahlil etiladi. Asarda X-XVI asarlarda o‘tgan
60dan ziyod shoirlarning asarlaridan parchalar keltiriladi. (Boburning Atoulloh
Xusayniyni “Darin bayti banda”ni ko‘p ishlatgan uchun tanqid qilgani eslatiladi).
Afsuski, Boburning o‘z tajribalaridan kelib chiqib yaratgan “Harb ishi”
hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan risolasi o‘ozirgacha topilgan emas.
1521- yilda Bobur tomonidan o‘g‘li Xumoyunga atab musilmonchilik
qoidalari, oliq-soliq masalalari va sharoit haqida asari she’riy yo‘lda yozilgan.
Muhammad Sharif Gulxaniy XVIII asrning oxiri va XIX asrning
boshlarida yashab ijod etgan va bu davr o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘rinda
turadiganyozuvchidir. Uning asl ism-sharifi Muhammad Sharif bo‘lib, Gulxaniy
esa uning adabiy taxallusidir. Taxminlarga ko‘ra, u XVIII asrning 70-yllarida
hozirgi Xo‘jand viloyatining Darvoza qishlog‘ida dunyoga keladi.
Bo‘lajak yozuvchining bolaligi o‘zi olamga kelgan tog‘ qishlog‘ida o‘tadi.
Bu orada ozmi-ko‘pmi o‘qib, savod chiqaradi, adabiyotga bo‘lgan havasi ortadi.
She’riyatga oid ko‘plab asarlar o‘qiydi, xalq og‘zaki ijodini berilib o‘rganadi va
asta-sekin she’riy mashqlari boshlanadi. U o‘z ilmini oshirish maqsadida avval
Namangan va so‘ngra Farg‘onaga keladi, qiziqchiligi, hozirjavobliligi va hajviy
she’rlari bilan kishilar o‘rtasida tanila boshlaydi. Ayniqsa, g‘ariblik turkumidagi
ruboyi va to‘rtliklari bilan el og‘ziga tushadi. Shoir keyinchalik Qo‘qonga keladi
va qiyinchilik bilan yashaydi. Tirikchilik o‘tkazish uchun hammomda o‘t yoquvchi
bo‘lib ishlaydi. U o‘zbekcha she’rlariga Gulxaniy, tojikcha she’rlariga Jur’at deb
taxallus qo‘yadi.
7
Gulxaniy bir necha yil Qo‘qon xoni Olimxon saroyida navkar bo‘lib xizmat
qilgan, janglarda qahramonlik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ammo ochlik, yupinlik,
muxtojlik uning hamrohi bo‘lib qolaveradi.
Gulxaniyning “Ber menga” radifli she’ri uning navkarlik davrida yozilgan
asardir. G‘azal och qolgan kishining o‘z xo‘jayinidan non so‘rashi bilan boshlanib,
lirik qahramon – navkarning qalb alamlari so‘nggi baytlarda izchil ochila boradi.
Bu g‘azalga chuqurroq nazar tashlansa, unda faqat yakka, ochlikdan
tinkasi qurigan ayrim shaxs haqida gapirilmay, balki katta ijtimoiy masala haqida –
Olimxonning navkarlari orasidagi ichki hayot sharoiti bo‘ladi. G‘azalda lirik
qahramonning obrazi umumlashma obraz darajasigacha ko‘tarilgan, chunki
Olimxon navkarlaridan faqat Gulxaniy xon iltifotiga sazovor bo‘lolmadi, degan
qarorga kelish yanglishdir. Demak, lirik qahramon – navkar o‘z boshidan
kechirganlarini bayon qilish asosida Olimxonning navkarlarga muruvvatsizligi va
qo‘shindagi tartibsizlikni fosh qiladi. O‘z huquqini yoqlash bilan boshqa
navkarlarni ham ana shunday ish ko‘rishga da’vat etadi:
Hazratim ochlikdan o‘ldim, egani non ber menga
Kofir o‘lg‘aymen agar desamki, baxmon ber menga.
Moshu bug‘doyu gurunch berkim, shular menga kerak,
Hech aytmasman aqiqu, la’lu marjon ber menga.
Egnima yopiq berib, qornimni to‘yg‘iz non bilan,
Senga billohkim demasman dinu imon ber menga.
Navkaring ochlikdan o‘lsa, nega hayfing kelmagay,
Ey tabibi hoziqim, doriyu darmon ber menga.
Nonu to‘n ber. Benavolik dardidin qutqar meni,
Men qachon aytdimki, Qorun ganjidek qon ber menga...
Gulxaniyni er yigitlar to‘pidan kamsitmagin,
Futa ber, ot ber, to‘nu chakmon ber menga.
Xalq zolim deb atagan Olimxondan keyin Qo‘qon taxtiga chiqqan Umarxon
hukmronligi davrida ham Gulxaniy turmushida hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi.
8
Gulxaniy boshda adashib, turmushim yaxshi bo‘larmikan, qornim nonga
to‘yarmikan, degan o‘y-umidlar bilan Umarxon saroyidagi maddoh shoirlar
guruhiga qo‘shiladi. Xonni maqtab qasida va g‘azallar yozadi. Qasidalarida
Umarxonni ko‘klarga ko‘tarib maqtadi, xonga unda bo‘lmagan yaxshi xislatlarni
taqdi, uni fuqoroparvar, adolatparvar, zulm va haqsizlikka xotima beruvchi kishi
qilib tasvirladi va bu bilan xonni ana shunday ijobiy xislatlar egasi bo‘lishga da’vat
etdi. Ammo Umarxon saroyidagi fisq-fujurlar, munofiqliklar, xon va uni o‘rab
olgan arkoni davlat – davlat tayanchlari tomonidan xalq boshiga keltirilgan qora
kunlar Gulxaniydek xassos shoirning saroy ahliga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib
yubordi: endi u ba’zan ixtiyoriy ravishda va ba’zan payravlik qilib shohni
ta’riflashdan chekinadigan bo‘ldi, o‘z e’tirozlarini bildira boshladi.
Gulxaniy XIX asrning birinchi yarmida vafot etadi.
Zarbulmasal so‘zi arabcha “zarb” va “masal” so‘zlaridan iborat bo‘lib,
adabiy atama sifatida masal, maqol, matal kеltirib so‘zlamoqlikni anglatadi. Fors–
tojik adabiyotida Ubayd Zokoniy, XIX asr o‘zbеk adabiyotida Nozil Ho‘jandiy,
Sulaymonqul Rojiy kabilar maqollar kеltirib, “zarbulmasal” nomlari bilan asarlar
yaratganlar. Gulхaniyning “Zarbulmasal”i qator o‘ziga хos хususiyatlarga ega
majoziy asardir. “Zarbulmasal” sujеti hikoyachilik asosiga qurilganligi bilan
o‘zbеk adabiyotidagi Rabg‘uziy, Navoiy va Хoja qissa, hikoyatlariga, undagi
majoziylik, qushlar, hayvonlar tilidan so‘zlash, pandnomalik хususiyati jihatidan
esa Sharq adabiyotida kеng tarqalgan “Kalila va Dimna” asariga yaqinlashadi.
“Zarbulmasal” majoz asosiga qurilgan qissa bo‘lib, unda turmush voqеa-
hodisalari, turli ijtimoiy toifaga mansub kishilarning fе’l-atvorlari, bir-biriga
munosabatlari qushlar, хayvonlar tilida “masal chida masal” usulida bayon
qilinadi. Unda murakkab qatlamli majozga duch kеlamiz. Odam obrazlari o‘rnida
qushlarning harakatda bo‘lishi birinchi majoz bo‘lsa, ular tilidan Хolboki misgar,
Yodgor po‘stindo‘z singari kishilarning, tuya, chayon, sangpush (toshbaqa) singari
hayvon timsollarining har хil naql, rivoyatlar kеltirib so‘z yuritishi ikkinchi majoz,
bu timsollar nutqida kеltirilgan ifodaning ko‘chma ma’nolari yana bir majoz,
majoz ichida majozdir.
9
“Zarbulmasal”da 400 ga yaqin хalq maqollari va naqllari, 15 dan ortiq katta-
kichik masallar o‘rin olgan. Asarda ko‘zga tashlanuvchi badiiy obrazlar o‘zlarining
tur va tabiatlariga ko‘ra uch хildir:
- qushlar obrazlari: Ko‘rqush, Хudхud, Turumtoy, Kordon, Bozanda,
Navozanda, Anko, Хumo, Ukob, Lochin, Oqqush, Turna, G‘oz, O‘rdak, Suksur,
Kaklik, Bеdana, Olato‘g‘onoq, Zargaldoq;
- hayvon-хashorot obrazlari: tuya, bo‘taloq, toshbaqa, chayon, dumsiz eshak,
maymun, tulki;
- kishilar obrazlari: Хolboki misgar, Yodgor po‘stindo‘z, Muhammad Amin
mufti, Otaboy amin, Eshon kalla, Yaхyoхo‘ja kotib, Bobojon shum, Niyozcha
og‘alik.
“Zarbulmasal”da
qoliplovchi
hikoya
Yapaloqqush
bilan
Boyo‘g‘li
o‘rtasidagi qudachilik munosabatlari tasviridir. Qoliplash usuli bilan bog‘langan
bir qancha masal, qissa va hikoyatlar ham mavjudki, bular “Tuya bilan Bo‘taloq”,
“Maymun bilan Najjor” (shе’riy), “Toshbaqa bilan Chayon” (nasriy), “Dumsiz
eshak”, “Yodgor po‘stindo‘z”, “Yolg‘onchi tuya” kabilardir.
“Zarbulmasal” ko‘p qirrali, qiziqarli sujеt chizig‘iga ega, folklorizmga boy,
o‘ta хalqchil majoziy asar sifatida o‘zbеk adabiyotining nodir namunasidir. Unda
хalqimizning yaqin o‘tmishdagi tariхi, milliy qadriyatlari, urf-odatdlari, tili
хazinasi, zarbulmasallari o‘z ifodasini topgandir.
“Zarbulmasal” xalq ertaklari tahlitida yozilgan mukammal mazmunli o‘tkir
satirik asardir. Gulxaniy o‘zining bu asarida xalqning mazmundor maqolalari,
hikmatli so‘zlari va qochiriq gaplaridan mohirlik bilan foydalanadi. U feodal
hukmdorlar va ularning laganbardorlarini, saroy ahlining yaramas kirdikorlarini
majoz yo‘li bilan o‘tkir satira ostiga oladi. Chunki u mehnatkash xalqning og‘ir,
mashaqqatli hayotini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi, saroy bazimlari, keti uzilmas
mayparastliklar xalqni talash hisobiga bo‘lishini payqadi va bunday salbiy ishlar
uning ko‘zini ochdi. Natijada, unda saroy aristokratiyasiga nisbatan nafrat xissi
tobora oshib bordi. Ammo shoir, sharoitga ko‘ra, hukmron doiralardan noroziligini
va nafratini ochiq-oydin ifodalay olmas edi. Shuning uchun majoziy shakldagi
10
“Zarbulmasal” asarini yozishga kirishdi. Asarda shoirning maqsadi, hayotga, uni
o‘rab olgan muhitga, hokim tabaqalarga bo‘lgan munosabatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ifoda etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga o‘xshash majoziy obrazlarning
tasviri orqali ifodalanadi. Shoir shu zaylda o‘zi yashagan zamon uchun aniq va
xarakterli voqea-hodisalarni, ularga o‘zining munosabatini, qarashlarini tasvirlaydi.
Muallif o‘z masalalarida majoziy obrazlar orqali o‘sha davrdagi hukmron
sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga harobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan
o‘zaro feodal urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi.
Gulxaniy o‘z zamonasida sodir bo‘layotgan talon-taroj, xalqni qiynash,
ortiqcha soliqlar solish kabi voqealarni ochiqdan-ochiq yoza olmas edi. Buni faqat
ertak yo‘li bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunadi. Shuning uchun
Yapaloqqush va Boyo‘g‘lining bir-biriga quda bo‘lishi voqeasini keltiradi. Bu ikki
quda to‘y bahonasi bilan mamlakatni xonavayron qiladi. Yozuvchi Ko‘rqush,
Hudhud, Kulonkirsulton, Sho‘ranur, Malik Shohim va Kordonlarning bir-birlariga
aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning g‘oyaviy mazmunini ochadi.
Yapaloqqush va Boyo‘g‘lilar yuqori tabaqa vakillari. Ularning xatti-
harakatlari ochko‘z va qonxo‘r bo‘ri, aldamchi va shayton tulkilarga o‘xshaydi.
Bularning o‘y-fikrlari, yurish-turishlari, shumlik, shahar va qishloqlarning vayron
bo‘lishi ular uchun bayramdir.
“Zarbulmasal”da qahramonlar tilidan aytiladigan masallar ham bir talay
bo‘lib, ularning ichida “Maymun bilan Najjor”, “Tuya bilan Bo‘taloq”, “Toshbaqa
bilan Chayon” va boshqalar ajralib turadi.
Nazorat savollari:
1. Bobur she’riyatidagi yetakchi lirik janrlar qaysilar ?
2. “Boburnoma”ning olamshumul shuhrat qozonishiga sabab nima?
3. Boburning mansur asarlaridan qaysilarini bilasiz?
4. “Boburnoma”da Samarqand tasviri: o‘qing, qaydlaringizni yozing.
11
5. “Zarbulmasal” asarining majoziyligi nimalarda ko‘rinadi?
6. “Zarbulmasal”da хonlik tuzumlaridagi ahvolga munosabat qanday
ifodalangan?