Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipining umumiy belgilari. Tashqi tuzilishi:
segmentlashish, tagmozis, sefallashish, bo’g’imlarning o’simtalari. Tana
devori: kiprikchalar va xivchinlar, ekzoskelet. Muskulatura va harakatlanish:
funksional morfologiyasi va fiziologiyasi. Selom va mezodyerma. Ichki
transport. Ekskretsiya. Nafas olish va oziqlanish jarayonlari.
R E J A:
1. Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipining umumiy belgilari. Tashqi tuzilishi:
segmentlashish; tagmozis; sefallashish; bo’g’imlarning o’simtalari.
2. Tana devori: kiprikchalar va xivchinlar; ekzoskelet. Muskulatura va harakatlanish:
funksional morfologiyasi va fiziologiyasi.
3. Bo’g’imoyoqlilarni nafas olish va oziqlanish jarayonlari.
Bo’g’imoyoqlilar tipiga mansub jonivorlar tabiatda juda keng tarqalagan
bo’lib, 2 millionga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ular barcha dengiz okean suvlarida,
chuchuk suv havzalarida, tuproqlarda, o’simlik va hayvonlar hamda odamlar
tanalarida yashashlari aniqlangan. Bo’g’imoyoqlilarnng ayrim vakillari qor,
muzlarda ham uchraydi. Bularni biz issiq va nam tropik iqlimli o’lkalarda, suvsiz
jazirama sahrolarda, Arktika va Antarktidaning qaxraton sovuqlarida ham
uchratamiz.
Bo’g’imoyoqlilarning tabitda bunday keng tarqalishiga ularning gavda
tuzilishidagi bir qator moslanishlari xizmat qiladi. Bu moslanishlar quyidagilardan
iborat:
1. Bo’g’imoyoqlilarnng gavdalari ham xuddi halqali chuvalchanglar gavdalari
kabi bo’g’imlardan tashkil topgan. Bo’g’imlar ko’pchilik vakillarida geteronom
shaklda bo’ladi. Hayvon tanasini hosil qilgan bo’g’imlar soni turli vakillarida
turlicha bo’ladi.
2. Tanasi qattiq va pishiq kutikula bilan qoplangan. Kutikulani tana
devorining gipoderma qavatidagi hujayralar ishlab chiqarib, uning asosiy qismi
xitindan iborat bo’ladi. Kutikula hayvonlar tanasini kimyoviy va mexanik
jarohatlanishdan himoya qilishi bilan birga tana organlari uchun tayanch skelet
vazifasini ham o’taydi.
3. Bo’g’imoyoqlilar tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan. Tana
bo’g’imlarining tuzilishi va o’lchami har-xil bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilarning
oyoqlari halqali chuvalchanglarning parapodiy o’simtalaridan kelib chiqqan bo’lib,
tanasiga xarakatchan birikadi. Oyoqlarning bo’g’imlarga bo’linganligi va tanaga
xarakatchan birikkanligi tufayli bo’g’imoyoqlilar xilma-xil va muskullardan iborat.
Muskullarning bir uchi tana a’zolariga, ikkinchi uchi tana qoplag’ichining
murakkab xarakat qila oladi.
4. Ko’pchilik bo’g’imoyoqlilarning tanasi bosh, ko’krak va qorindan iborat
uchta bo’limga bo’linadi. Evolyutsiya jarayonida tana bo’limlarining o’zaro
qo’shilib ketishi natijasida ular sonining tobora kamayib borishi kuzatiladi.
5. Bo’g’imoyoqlilarning muskullari tanada to’p-to’p bo’lib joylashgan
ko’ndalang targ’il qalinlashgan qismlariga kelib birikadi. Tana bo’shlig’i - aralash,
miksotseldan iborat. Embrional rivojlanish davrida ko’p hollarda dastlab
segmentlarga ajralgan ikkilamchi tana bo’shligi selom shakllanadi. Lekin
keyinchalik uning devori yemirilib selomik xaltalar bir-biri va birlamchi tana
bo’shlig’i qoldiqlari bilan aralashib ketib aralash tana bo’shligi, ya’ni miksotselni
hosil qiladi.
6. Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi, o’rta va orqa ichakdan hamda ovqat
hazm qilish fyermentlari ishlab chiqaradigan bir qancha bezlardan iborat.
7. Kon aylanish sistemasi ochiq bo’lib, tanasining orqa tomonida joylashgan
uzunchoq yoki pufakka o’xshash yurakdan boshlanadi. Qon yurakka klapanli
teshiklar-ostiylar orqali o’tib, to’g’ridan-to’g’ri yoki bir necha qon tomirlari
(arteriyalar) orqali tana bo’shlig’iga chiqib ketadi.
8. Nafas olish a’zolari jabra, o’pka yoki traxeyalardan iborat. Jabralar faqat
birlamchi suvda yashovchi birmuncha yirik bo’g’imoyoqlilar uchun xos bo’lib,
halqali chuvalchanglar parapodiylarining o’zgarishidan kelib chiqqan. Traxeya va
o’pka quruqlikda hayot kechirishga moslashgan bo’g’imoyoqlilar uchun xos
bo’lgan nafas olish a’zolari hisoblanadi.
9. Suvda hayot kechiruvchi bo’g’imoyoqlilarning ayirish sistemasi halqali