BOG‘LANISHLI NUTQ. OG‘ZAKI HIKOYA VA YOZMA INSHO

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

31

File size

Fayl hajmi

40,9 KB


BOG‘LANISHLI NUTQ. OG‘ZAKI HIKOYA VA YOZMA INSHO.
Reja:
1. Bog’lanishli nutq haqida umumiy tushuncha. 
2. Bog’lanishli nutqdan mashq turlari. 
3. Bog’lanishli nutqqa oid aniq ko’nikmalar. 
4. Matn turlari.
Fikrni  bayon  etish  ehtiyojini  amalga  oshirishga  qaratilgan,  tugallangan
mavzuni ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil,
tugallangan  va  o‘zaro  bog‘langan  ma‘noli  qismlarga  bo‘linadigan  nutq
bog’lanishli nutq deyiladi. 
Bog‘lanishli nutq birligi sifatida hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad,
hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o‘qituvchi bergan savolga o‘quvchilarning
keng, mukammal og‘zaki javobini, yozma bayon va inshoni olish mumkin. 
Boshlang‘ich sinflar metodikasida bog‘lanishli nutqqa oid mashq turlariga
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) berilgan savolga keng, mukammal javob; 
2) o‘qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o‘rganish; o‘quvchilar
lug‘atini faollashtirish bilan bog‘liq holda har xil matnli mashqlar; 
3) muntazam o‘tkazilgan kuzatishlarni yozish, ob-havo kundaligini yuritish; 
4) o‘qilgan matnni turli variantda og‘zaki qayta hikoyalash; 
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshlab berilgan yoki oxiri berilgan
hikoya, reja yoki syujet asosida o‘quvchilarning og‘zaki hikoyasi; 
Logotip
BOG‘LANISHLI NUTQ. OG‘ZAKI HIKOYA VA YOZMA INSHO. Reja: 1. Bog’lanishli nutq haqida umumiy tushuncha. 2. Bog’lanishli nutqdan mashq turlari. 3. Bog’lanishli nutqqa oid aniq ko’nikmalar. 4. Matn turlari. Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tugallangan va o‘zaro bog‘langan ma‘noli qismlarga bo‘linadigan nutq bog’lanishli nutq deyiladi. Bog‘lanishli nutq birligi sifatida hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad, hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o‘qituvchi bergan savolga o‘quvchilarning keng, mukammal og‘zaki javobini, yozma bayon va inshoni olish mumkin. Boshlang‘ich sinflar metodikasida bog‘lanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) berilgan savolga keng, mukammal javob; 2) o‘qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o‘rganish; o‘quvchilar lug‘atini faollashtirish bilan bog‘liq holda har xil matnli mashqlar; 3) muntazam o‘tkazilgan kuzatishlarni yozish, ob-havo kundaligini yuritish; 4) o‘qilgan matnni turli variantda og‘zaki qayta hikoyalash; 5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshlab berilgan yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki syujet asosida o‘quvchilarning og‘zaki hikoyasi;
Bu  mashqlarning  hammasi  nazariyasiz,  amaliy  tarzda  beriladi.  Bunday
mashqlarni  takroriy  ishlatmaslik  yoki  asosiylarini  tushirib  qoldirmaslik  uchun
nutqiy mashqlarning aniq rejasi tuzib olinadi. 
Bog‘lanishli  nutqdan  mashqlarning  turli  xil  bo‘lishida,  avvalo,  material
manbaiga, tematikaga, shuningdek, janriga, til xususiyatiga, mashq turiga rioya
qilinadi. 
Bog’lanishli nutqqa oid asosiy ko‟nikmalar 
O‘quvchilar nutqini o‘stirish ularga aniq ko‘nikmalarni singdirish demakdir.
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  mustaqil  mashq  sifatida  bog‘lanishli  nutqni
o‘stirishdan quyidagi ko‘nikmalarni bilib oladilar: 
1. Mavzuni tushunish, chegarasini aniqlash va uni nisbatan to‟liq yoritish
ko‟nikmasi. Masalan, «Biz uy ishlarida ota-onamizga qanday yordamlashamiz?»
mavzusi berilsa, o‘quvchilar aniq bajargan ishlari haqida hikoya qiladilar. Ular
mavzuni yaxshi tushunishlari uchun bayon matni qayta hikoya qildiriladi, inshoda
esa berilgan mavzu yuzasidan mustaqil hikoyalash mashq qilinadi. 
2. Inshoni asosiy fikrga bo‟ysundirish ko‟nikmasi.  Bolalar ishi ma‘lum
fikrni  (tabiatning  ajoyib  tasvirini  idrok  etish,  o‘zlarining  baxtli  hayotidan
g‘ururlanish, mehnatga va mehnatkash insonlarga muhabbatni) ifodalaydi. 
3. Hikoya, insho uchun mavzuga taalluqli, uni yoritishga zarur bo‟lgan
materialni  yig‟ish.  Bu  bayonga  ham  taalluqli  bo‘lib,  namunaviy  matn  tahlil
qilinadi, mazmunini to‘g‘ri tushunish ustida ishlanadi, asosiy mazmun ajratiladi. 
O‘qituvchidan o‘quvchini navbatdagi inshoga tayyorlashda shu mashqning
pedagogik  maqsadini,  o‘quvchilarni  nimaga  o‘rgatishni,  tafakkuri  va  nutqini
qanday boyitishni, shuningdek, mashqlar izchilligida shu inshoning tutgan o‘rnini
aniq ko‘z oldiga keltirish talab etiladi. SHuning uchun o‘quvchilarning bog‘lanishli
nutqini o‘stirishga oid mashq turlarining bir yillik rejasini  tuzib olish tavsiya
etiladi. Rejada o‘quvchilar yoshiga mos bayon va inshoning barcha turlari hisobga
olinishi zarur. 
Metodik  an‘anaga  ko‘ra  matnli  mashqlar  tasvirlash,  hikoya  qilish  va
muhokamaga  bo‘linadi.  Boshlang‘ich  sinflarda  bular,  asosan,  tasvir  yoki
muhokama elementlari bo‘lgan hikoya tarzida uchraydi. 
Logotip
Bu mashqlarning hammasi nazariyasiz, amaliy tarzda beriladi. Bunday mashqlarni takroriy ishlatmaslik yoki asosiylarini tushirib qoldirmaslik uchun nutqiy mashqlarning aniq rejasi tuzib olinadi. Bog‘lanishli nutqdan mashqlarning turli xil bo‘lishida, avvalo, material manbaiga, tematikaga, shuningdek, janriga, til xususiyatiga, mashq turiga rioya qilinadi. Bog’lanishli nutqqa oid asosiy ko‟nikmalar O‘quvchilar nutqini o‘stirish ularga aniq ko‘nikmalarni singdirish demakdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil mashq sifatida bog‘lanishli nutqni o‘stirishdan quyidagi ko‘nikmalarni bilib oladilar: 1. Mavzuni tushunish, chegarasini aniqlash va uni nisbatan to‟liq yoritish ko‟nikmasi. Masalan, «Biz uy ishlarida ota-onamizga qanday yordamlashamiz?» mavzusi berilsa, o‘quvchilar aniq bajargan ishlari haqida hikoya qiladilar. Ular mavzuni yaxshi tushunishlari uchun bayon matni qayta hikoya qildiriladi, inshoda esa berilgan mavzu yuzasidan mustaqil hikoyalash mashq qilinadi. 2. Inshoni asosiy fikrga bo‟ysundirish ko‟nikmasi. Bolalar ishi ma‘lum fikrni (tabiatning ajoyib tasvirini idrok etish, o‘zlarining baxtli hayotidan g‘ururlanish, mehnatga va mehnatkash insonlarga muhabbatni) ifodalaydi. 3. Hikoya, insho uchun mavzuga taalluqli, uni yoritishga zarur bo‟lgan materialni yig‟ish. Bu bayonga ham taalluqli bo‘lib, namunaviy matn tahlil qilinadi, mazmunini to‘g‘ri tushunish ustida ishlanadi, asosiy mazmun ajratiladi. O‘qituvchidan o‘quvchini navbatdagi inshoga tayyorlashda shu mashqning pedagogik maqsadini, o‘quvchilarni nimaga o‘rgatishni, tafakkuri va nutqini qanday boyitishni, shuningdek, mashqlar izchilligida shu inshoning tutgan o‘rnini aniq ko‘z oldiga keltirish talab etiladi. SHuning uchun o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga oid mashq turlarining bir yillik rejasini tuzib olish tavsiya etiladi. Rejada o‘quvchilar yoshiga mos bayon va inshoning barcha turlari hisobga olinishi zarur. Metodik an‘anaga ko‘ra matnli mashqlar tasvirlash, hikoya qilish va muhokamaga bo‘linadi. Boshlang‘ich sinflarda bular, asosan, tasvir yoki muhokama elementlari bo‘lgan hikoya tarzida uchraydi.
Har uchala janr uchun foydalaniladigan material xarakterida ham, qurilishida
ham, til vositalarini tanlashda ham o‘z xususiyatlari mavjud. Insho yoki bayonga
tayyorlanayotganda  o‘qituvchi  (yoki  o‘quvchi)  matnning  janr  xususiyatlarini
hisobga oladi. 
Hikoya boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi, chunki u
jo‘shqin, jonli, ta‘sirchan bo‘ladi. «O‘qish kitobi»da bunday hikoyalar ko‘plab
berilgan. 
Tasvirda syujet, qatnashuvchi shaxslar bo‘lmaydi; unda tabiat, ayrim predmet
va hodisalar tasvirlanadi. O‘quvchilar «O‘qish kitobi»da berilgan ko‘pgina tasviriy
matnlarni  o‘qiydilar,  ularni  qayta  hikoya  qiladilar,  bayon,  ayrim  narsa  yoki
hodisalarni tasvirlab insho ham yozadilar. Masalan, «Bizning sinfimiz», «Bahor
keldi» kabi. Tasvirga xos xususiyatlar shundan iboratki, unda sifatlash, taqqoslash,
metaforalar ko‘p bo‘ladi. Tasvir o‘quvchilar uchun hikoyaga nisbatan qiyin janr
hisoblanadi,  shuning  uchun  boshlang‘ich  sinflarda  ko‘proq  tasvir  elementlari
bo‘lgan hikoya tarzidagi bayon va insho yozdiriladi. 
Muhokama  bog‘lanishli  matnning  anchagina  qiyin  shakli  hisoblanadi,
shuning uchun boshlang‘ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish
tavsiya  etilmaydi;  o‘quvchilar  inshoda  muhokama  elementlaridangina
foydalanadilar. Masalan, «Qushlar uyasini nima uchun buzish mumkin emas»,
«Paxta − bizning milliy boyligimiz» mavzularida og‘zaki hikoya tuzdirilsa yoki
insho yozdirilsa, muhokama elementi, albatta, bo‘ladi. 
O‘qituvchi bog‘lanishli nutqni rejalashtirganda, turli janrda mashq qilishni
ko‘zda tutadi va o‘quvchilarga hikoya, tasvir va muhokama elementlarini o‘rgata
boradi.  Bunda  ko‘proq  hikoya  tarzidagi  matn  tuzdirishga  ahamiyat  beradi.
Bolalarning  bog‘lanishli  nutqni  egallash  darajasiga  qarab,  matnga  tasvir  va
muhokama elementlari kiritib boriladi.
Og`zaki va yozma qayta hikoyalashga qo`yiladigan talablar.
Namunaviy matn og`zakiva yozma qayta hikoya qilinadi. O`qish darslarida
asosan og`zakiqayta hikoyalash mashq qilinsa, ona tili darslarida u ko`proq yozma
tarzda o`tkaziladi. 
Bayon  o`qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma‘lum tayyorgarlikdan
so`ng yozma qayta hikoyalashdir. O`qish darslarida matn ustida ishlash, o`qilgan
Logotip
Har uchala janr uchun foydalaniladigan material xarakterida ham, qurilishida ham, til vositalarini tanlashda ham o‘z xususiyatlari mavjud. Insho yoki bayonga tayyorlanayotganda o‘qituvchi (yoki o‘quvchi) matnning janr xususiyatlarini hisobga oladi. Hikoya boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi, chunki u jo‘shqin, jonli, ta‘sirchan bo‘ladi. «O‘qish kitobi»da bunday hikoyalar ko‘plab berilgan. Tasvirda syujet, qatnashuvchi shaxslar bo‘lmaydi; unda tabiat, ayrim predmet va hodisalar tasvirlanadi. O‘quvchilar «O‘qish kitobi»da berilgan ko‘pgina tasviriy matnlarni o‘qiydilar, ularni qayta hikoya qiladilar, bayon, ayrim narsa yoki hodisalarni tasvirlab insho ham yozadilar. Masalan, «Bizning sinfimiz», «Bahor keldi» kabi. Tasvirga xos xususiyatlar shundan iboratki, unda sifatlash, taqqoslash, metaforalar ko‘p bo‘ladi. Tasvir o‘quvchilar uchun hikoyaga nisbatan qiyin janr hisoblanadi, shuning uchun boshlang‘ich sinflarda ko‘proq tasvir elementlari bo‘lgan hikoya tarzidagi bayon va insho yozdiriladi. Muhokama bog‘lanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi, shuning uchun boshlang‘ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish tavsiya etilmaydi; o‘quvchilar inshoda muhokama elementlaridangina foydalanadilar. Masalan, «Qushlar uyasini nima uchun buzish mumkin emas», «Paxta − bizning milliy boyligimiz» mavzularida og‘zaki hikoya tuzdirilsa yoki insho yozdirilsa, muhokama elementi, albatta, bo‘ladi. O‘qituvchi bog‘lanishli nutqni rejalashtirganda, turli janrda mashq qilishni ko‘zda tutadi va o‘quvchilarga hikoya, tasvir va muhokama elementlarini o‘rgata boradi. Bunda ko‘proq hikoya tarzidagi matn tuzdirishga ahamiyat beradi. Bolalarning bog‘lanishli nutqni egallash darajasiga qarab, matnga tasvir va muhokama elementlari kiritib boriladi. Og`zaki va yozma qayta hikoyalashga qo`yiladigan talablar. Namunaviy matn og`zakiva yozma qayta hikoya qilinadi. O`qish darslarida asosan og`zakiqayta hikoyalash mashq qilinsa, ona tili darslarida u ko`proq yozma tarzda o`tkaziladi. Bayon o`qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma‘lum tayyorgarlikdan so`ng yozma qayta hikoyalashdir. O`qish darslarida matn ustida ishlash, o`qilgan
matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida og`zaki qayta
hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi. 
Qayta hikoyalashning turlari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qilingan
matn  yuzasidan  bayon  yozish  mumkin,  ammo  bayon  yozish  og`zaki  qayta
hikoyalashga  nisbatan  qiyin  va  murakkab  faoliyatdir.  Bundan  tashqari,
boshlang`ich sinf o`quvchilarining yozish sur‘ati sekin, shunga ko`ra bayon uchun
kichik hajmdagi, kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi.
Bayon  matni  asta-sekin  murakkablashtira  boriladi:  avval  hikoya  tarzidagi  bir
lavhani ifodalovchi matn tanlansa, unga yana lavhalar, tasvir elementlari kiritila
boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari ham qo`shiladi;
keyinroq shaxsini o`zgartirib bayon yozishga o`tiladi. SHunday qilib, bayon asta-
sekin ijodiy tus ola boradi. 
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturiga ko`ra, 2-sinfda katta bo`lmagan (30-40
so`zli) matn yuzasidan o`qituvchi yordamida so`roqlar asosida bayon yozish, 3-
sinfda 40 - 60 so`zdan iborat matnning mazmunini jamoa bo`lib tuzilgan 3-5 ta reja
asosida bayon yozish, 4 - sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida (70-90 so`zli)
bayon yozish ko`zda tutiladi. 
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy nutqni
to`g`ri  shakllantirishga  yordam  beradi,  nutq  madaniyatini  yaxshilaydi,  badiiy
uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi. 
Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayotini, ona tabiat tasvirini,
fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlarni aks ettiradigan yuksak g‘oyali matn
tanlanishi, bayon mavzusi o`quvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning
dunyoqarashini shakllantirishi zarur. 
Qayta hikoyalash va bayonda bolaning tabiiy nutqi eshitilishi, ya‘ni berilgan
namunani tushunmasdan yodlamasligi, namuna leksikasidan, nutq oborotlaridan,
sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur. 
Til vositalari matnni o`qish, suhbat, matn tahlili davomida o`zlashtiriladi;
matndagi so`zlar va nutq oborotlari bolalarning «o`ziniki» bo`lib qoladi. Qayta
hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushirishga harakat qiladi,
o`zlashtirgan mazmunni to`liqroq, aniqroq berish uchun gaplar tuzadi. Bu bilan
Logotip
matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida og`zaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi. Qayta hikoyalashning turlari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish og`zaki qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari, boshlang`ich sinf o`quvchilarining yozish sur‘ati sekin, shunga ko`ra bayon uchun kichik hajmdagi, kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni asta-sekin murakkablashtira boriladi: avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi matn tanlansa, unga yana lavhalar, tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari ham qo`shiladi; keyinroq shaxsini o`zgartirib bayon yozishga o`tiladi. SHunday qilib, bayon asta- sekin ijodiy tus ola boradi. Boshlang`ich sinflar ona tili dasturiga ko`ra, 2-sinfda katta bo`lmagan (30-40 so`zli) matn yuzasidan o`qituvchi yordamida so`roqlar asosida bayon yozish, 3- sinfda 40 - 60 so`zdan iborat matnning mazmunini jamoa bo`lib tuzilgan 3-5 ta reja asosida bayon yozish, 4 - sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida (70-90 so`zli) bayon yozish ko`zda tutiladi. Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy nutqni to`g`ri shakllantirishga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi. Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayotini, ona tabiat tasvirini, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlarni aks ettiradigan yuksak g‘oyali matn tanlanishi, bayon mavzusi o`quvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur. Qayta hikoyalash va bayonda bolaning tabiiy nutqi eshitilishi, ya‘ni berilgan namunani tushunmasdan yodlamasligi, namuna leksikasidan, nutq oborotlaridan, sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur. Til vositalari matnni o`qish, suhbat, matn tahlili davomida o`zlashtiriladi; matndagi so`zlar va nutq oborotlari bolalarning «o`ziniki» bo`lib qoladi. Qayta hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushirishga harakat qiladi, o`zlashtirgan mazmunni to`liqroq, aniqroq berish uchun gaplar tuzadi. Bu bilan
o`quvchining  mustaqillik  darajasi  va  bilish  faolligi  o`sadi,  ijodiy  elementlar
qo`shila boradi. 
Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bog‘liqlik saqlanishi, asosiy faktlar
berilishi, ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim o`rinlar to`liq
bayon qilinishi zarur. 
Vaqti-vaqti  bilan  ilgari  eshitilgan,  o`qituvchi  o`qib  bergan  yoki  radio,
televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, o`quvchi bir marta ovoz
bilan yoki ichda o`qigandan so`ng qayta hikoyalatishdan foydalanishni tajribada
qo`llab turish ham mumkin. Bu ishni turli xil uslublarda olib borish imkoniyatini
yaratadi va uni jonlantiradi. 
Ko`pincha  qayta  hikoyalashga  maxsus  tayyorgarlik  ko`riladi,  bunda
quyidagilarga rioya qilinadi: 
1. Qayta hikoyalash va uning turi haqida o`quvchilar ogohlantiriladi: to`liq,
detallari  bilan,  tilning  tasviriy  vositalaridan  foydalanib  matnga  yaqin  qayta
hikoyalash;  tanlab  (masalan,  bir  qatnashuvchi  shaxsga  tegishli  o`rinlarinigina)
qayta hikoyalash, qisqartib qayta hikoyalash. 
2. Suhbat, matn mazmunini tahlil qilish, matn tili ustidagi xilma-xil ishlar,
qayta hikoyalashda zarur bo`lgan so`z, nutq oborotlari va gaplarni ajratish va
aniqlash. 
3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni berish uchun ifodali o`qishni puxtalash. 
To`liq yoki matnga yaqinlashtirib 
qayta hikoyalash va bayon 
Qayta  hikoya  qilish  va  bayonning  bu  turi  boshqa  turlariga  nisbatan
boshlang`ich sinflarda ko`p o`tkaziladi, chunki bu o`qilgan matnni butun detallari
va  bog`lanishlari  bilan  bolalar  yodida  mustahkamlash,  namunaviy  matnning
mazmuni va tilini o`zlashtirish vositasi bo`lib ham xizmat qiladi. 
Bolalar tez yodlab oladigan kichik matnni, she‘riy misralarni buzmaslik uchun
she‘rni, ayniqsa, butun bir poetik obrazni tasvirlovchi lirik she‘rni hikoya qilish
tavsiya etilmaydi. 
To`liq hikoya qilish uchun dastlab aniq syujetli, hikoya uslubida yozilgan
matn tanlanadi, keyin bolalar hikoyaga tasviriy (tabiat tasviri, kishilar va boshqa
Logotip
o`quvchining mustaqillik darajasi va bilish faolligi o`sadi, ijodiy elementlar qo`shila boradi. Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bog‘liqlik saqlanishi, asosiy faktlar berilishi, ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim o`rinlar to`liq bayon qilinishi zarur. Vaqti-vaqti bilan ilgari eshitilgan, o`qituvchi o`qib bergan yoki radio, televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, o`quvchi bir marta ovoz bilan yoki ichda o`qigandan so`ng qayta hikoyalatishdan foydalanishni tajribada qo`llab turish ham mumkin. Bu ishni turli xil uslublarda olib borish imkoniyatini yaratadi va uni jonlantiradi. Ko`pincha qayta hikoyalashga maxsus tayyorgarlik ko`riladi, bunda quyidagilarga rioya qilinadi: 1. Qayta hikoyalash va uning turi haqida o`quvchilar ogohlantiriladi: to`liq, detallari bilan, tilning tasviriy vositalaridan foydalanib matnga yaqin qayta hikoyalash; tanlab (masalan, bir qatnashuvchi shaxsga tegishli o`rinlarinigina) qayta hikoyalash, qisqartib qayta hikoyalash. 2. Suhbat, matn mazmunini tahlil qilish, matn tili ustidagi xilma-xil ishlar, qayta hikoyalashda zarur bo`lgan so`z, nutq oborotlari va gaplarni ajratish va aniqlash. 3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni berish uchun ifodali o`qishni puxtalash. To`liq yoki matnga yaqinlashtirib qayta hikoyalash va bayon Qayta hikoya qilish va bayonning bu turi boshqa turlariga nisbatan boshlang`ich sinflarda ko`p o`tkaziladi, chunki bu o`qilgan matnni butun detallari va bog`lanishlari bilan bolalar yodida mustahkamlash, namunaviy matnning mazmuni va tilini o`zlashtirish vositasi bo`lib ham xizmat qiladi. Bolalar tez yodlab oladigan kichik matnni, she‘riy misralarni buzmaslik uchun she‘rni, ayniqsa, butun bir poetik obrazni tasvirlovchi lirik she‘rni hikoya qilish tavsiya etilmaydi. To`liq hikoya qilish uchun dastlab aniq syujetli, hikoya uslubida yozilgan matn tanlanadi, keyin bolalar hikoyaga tasviriy (tabiat tasviri, kishilar va boshqa
predmetlarning  tashqi  ko`rinishi  tasviri)  va  muhokama  elementlarini  kiritishni
o`rganadilar. 
Hikoya qilishga o`rgatish vaqtida o`quvchilarni «Bu fikr yozuvchi matnida
qanday ifodalangan?» savoliga javob berishga o`rgatish maqsadga muvofiqdir. 
Bola hikoya qilishga qiziqsa, agar hikoyani o`qituvchigina emas, sinfdagi
barcha bolalar eshitsa, bunday hikoyalash jonli va qiziqarli bo`ladi. Hikoya qilishga
o`quvchilarning qo`shimchasi, ma‘lum qismini qayta hikoya qildirish, hikoyachini
rag‘batlantirish sinfda ijodiy muhitni vujudga keltiradi. 
Matnga yaqin hikoya qilishda savollar matn mazmunigagina qaratilmasligi,
o`quvchilar  mustaqillik  darajasini  pasaytiradigan  matn  mazmuni  yuzasidan
beriladigan savollarni asta-sekin kamaytira borish, bolalarni kengroq, umumiyroq
savollarga javob berishga o`rgata borish zarur. 
To`liq  hikoya  qilishda  hikoyani  qanday  boshlashni  bilmaslik,  ya‘ni
boshlanishi berilgan matn mazmunini davom ettira olmaslik, to`liq bayon qila
olmaslik  yoki  noto`g`ri  bayon  qilish,  bayon  tilining  kambag‘alligi  kabi
kamchiliklar uchraydi. Hikoya qilishdagi ikkinchi kamchilikni yo`qotish, uning
oldini olish uchun matn butunicha puxta tahlil qilinadi, ko`pincha asosiy mazmunni
ifodalaydigan qismi alohida tahlil qilinadi. Bunday kamchilikni yo`qotishga matnni
qismlarga bo`lish, har bir qismga sarlavha topib, matn rejasini tuzish va reja
asosida hikoya qilish ham yordam beradi. Bunda tanlab hikoya qilish (hikoya
qilishning  o`zaro  uzviy  bog`langan  boshqa  turlari  ham)  yordamchi  vazifani
bajaradi. Tilda kambag`allikka yo`l qo`ymaslik uchun lug`at, tasviriy vositalar va
gap ustida izchil ishlab borish talab etiladi. To`liq yoki matnga yaqin bayon yozish
savod o`rgatish davridanoq boshlanadi va barcha sinflarda o`tkaziladi. 
Bolalarni  o`z fikrini  mustaqil  yozishga  (o`qilgan matnni  hikoya qilishga)
o`rgatishni,  iloji  boricha,  erta  boshlash  ma‘qul.  Buning  uchun  o`quvchilar
og`zakihikoya qilayotganda qo`llagan alohida so`zni yozishdan gapni yozishga,
so`ng matn qismlarini yozishga va 2-sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik
matn asosida bayon yozishga o`rgatiladi. 
Ish quyidagicha uyushtiriladi: bayon uchun tanlangan matnni o`quvchilar bir-
ikki marta o`qiydilar (o`qituvchi o`qib berishi ham mumkin); bolalarning matn
mazmunini to`g`ri tushunganliklarini aniqlash, o`qilgan matnni, uning g‘oyaviy
Logotip
predmetlarning tashqi ko`rinishi tasviri) va muhokama elementlarini kiritishni o`rganadilar. Hikoya qilishga o`rgatish vaqtida o`quvchilarni «Bu fikr yozuvchi matnida qanday ifodalangan?» savoliga javob berishga o`rgatish maqsadga muvofiqdir. Bola hikoya qilishga qiziqsa, agar hikoyani o`qituvchigina emas, sinfdagi barcha bolalar eshitsa, bunday hikoyalash jonli va qiziqarli bo`ladi. Hikoya qilishga o`quvchilarning qo`shimchasi, ma‘lum qismini qayta hikoya qildirish, hikoyachini rag‘batlantirish sinfda ijodiy muhitni vujudga keltiradi. Matnga yaqin hikoya qilishda savollar matn mazmunigagina qaratilmasligi, o`quvchilar mustaqillik darajasini pasaytiradigan matn mazmuni yuzasidan beriladigan savollarni asta-sekin kamaytira borish, bolalarni kengroq, umumiyroq savollarga javob berishga o`rgata borish zarur. To`liq hikoya qilishda hikoyani qanday boshlashni bilmaslik, ya‘ni boshlanishi berilgan matn mazmunini davom ettira olmaslik, to`liq bayon qila olmaslik yoki noto`g`ri bayon qilish, bayon tilining kambag‘alligi kabi kamchiliklar uchraydi. Hikoya qilishdagi ikkinchi kamchilikni yo`qotish, uning oldini olish uchun matn butunicha puxta tahlil qilinadi, ko`pincha asosiy mazmunni ifodalaydigan qismi alohida tahlil qilinadi. Bunday kamchilikni yo`qotishga matnni qismlarga bo`lish, har bir qismga sarlavha topib, matn rejasini tuzish va reja asosida hikoya qilish ham yordam beradi. Bunda tanlab hikoya qilish (hikoya qilishning o`zaro uzviy bog`langan boshqa turlari ham) yordamchi vazifani bajaradi. Tilda kambag`allikka yo`l qo`ymaslik uchun lug`at, tasviriy vositalar va gap ustida izchil ishlab borish talab etiladi. To`liq yoki matnga yaqin bayon yozish savod o`rgatish davridanoq boshlanadi va barcha sinflarda o`tkaziladi. Bolalarni o`z fikrini mustaqil yozishga (o`qilgan matnni hikoya qilishga) o`rgatishni, iloji boricha, erta boshlash ma‘qul. Buning uchun o`quvchilar og`zakihikoya qilayotganda qo`llagan alohida so`zni yozishdan gapni yozishga, so`ng matn qismlarini yozishga va 2-sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga o`rgatiladi. Ish quyidagicha uyushtiriladi: bayon uchun tanlangan matnni o`quvchilar bir- ikki marta o`qiydilar (o`qituvchi o`qib berishi ham mumkin); bolalarning matn mazmunini to`g`ri tushunganliklarini aniqlash, o`qilgan matnni, uning g‘oyaviy
mazmunini, qismlari orasidagi bog`lanishni to`liq bilib olishga qaratilgan suhbat
o`tkaziladi; matn rejasi tuziladi (reja suhbat vaqtida tuzilishi ham mumkin); lug`at
ishi o`tkaziladi (so`zning ma‘nosi va yozilishi tahlil qilinadi), muhimroq sintaktik
tuzilmalarga va tilning tasviriy vositalariga diqqat jalb qilinadi. Ayrim gaplar, hatto
matn qismlari tuzdiriladi; o`quvchilar bayon matnini mustaqil yozadilar, o`qituvchi
esa  ular  ishini  kuzatadi,  sinfdagi  boshqa  o`quvchilarga  xalaqit  bermay  ayrim
bolalarga  individual  yordam  beradi;  bolalar  yozgan  bayonlarini  o`zlari
tekshiradilar,  takomillashtiradilar  va  daftarni  tekshirish  uchun  o`qituvchiga
topshiradilar. 
O`quvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan matnni
bayon matniga qiyoslash maqsadga muvofiq bo`lib, bu ish mazmunda va bolalar
bayoni tilida yo`l qo`yilgan kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. 
Tanlab hikoya qilish va bayon 
Tanlab hikoya qilish matndan tor mavzuga, kichik so`roqqa oid qismini tanlab
qayta  hikoyalashdir.  Masalan,  o`qilgan  matndan  faqat  personajning  tashqi
ko`rinishi tasvirlangan qismnigina qayta hikoya qilish, faqat ikki personajning
uchrashish manzarasini qayta hikoyalash, faqat tabiat tasvirini hikoya qilish va
boshq.Tanlab qayta hikoyalashning quyidagicha turlari mavjud: 
1. O`qilgan matn qismini yoki bir voqeani unga chizilgan rasm asosida hikoya
qilish. 
2. O`qituvchi topshirig‘i yoki berilgan savol asosida alohida lavhani hikoya
qilish. 
Tanlab hikoya qilish uchun o`quvchi matnni boshidan oxirigacha qayta o`qib
chiqishga  yoki  yodga  tushirishga,  kerakli  materialni  yig‘ishga  to`g`ri  keladi.
Buning uchun o`quvchilarga matnni ichda o`qish topshiriladi yoki ovoz bilan
tanlab o`qish topshirig‘i beriladi. Bunday tanlab hikoya qilish ba‘zan yozma bayon
sifatida ham o`tkaziladi. 
Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon 
Matn mazmunini qisqartirib qayta hikoyalash va bayon yozish murakkab
mantiqiy usullardan foydalanishni talab qiladi, shuning uchun ham u to`liq yoki
matnga yaqin qayta hikoyalash va bayonga nisbatan qiyin. Bunda matndan ikkinchi
darajali o`rinlarni tushirib qoldirib, asosiy, muhim o`rinlar tanlab olinib, hikoya
Logotip
mazmunini, qismlari orasidagi bog`lanishni to`liq bilib olishga qaratilgan suhbat o`tkaziladi; matn rejasi tuziladi (reja suhbat vaqtida tuzilishi ham mumkin); lug`at ishi o`tkaziladi (so`zning ma‘nosi va yozilishi tahlil qilinadi), muhimroq sintaktik tuzilmalarga va tilning tasviriy vositalariga diqqat jalb qilinadi. Ayrim gaplar, hatto matn qismlari tuzdiriladi; o`quvchilar bayon matnini mustaqil yozadilar, o`qituvchi esa ular ishini kuzatadi, sinfdagi boshqa o`quvchilarga xalaqit bermay ayrim bolalarga individual yordam beradi; bolalar yozgan bayonlarini o`zlari tekshiradilar, takomillashtiradilar va daftarni tekshirish uchun o`qituvchiga topshiradilar. O`quvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan matnni bayon matniga qiyoslash maqsadga muvofiq bo`lib, bu ish mazmunda va bolalar bayoni tilida yo`l qo`yilgan kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. Tanlab hikoya qilish va bayon Tanlab hikoya qilish matndan tor mavzuga, kichik so`roqqa oid qismini tanlab qayta hikoyalashdir. Masalan, o`qilgan matndan faqat personajning tashqi ko`rinishi tasvirlangan qismnigina qayta hikoya qilish, faqat ikki personajning uchrashish manzarasini qayta hikoyalash, faqat tabiat tasvirini hikoya qilish va boshq.Tanlab qayta hikoyalashning quyidagicha turlari mavjud: 1. O`qilgan matn qismini yoki bir voqeani unga chizilgan rasm asosida hikoya qilish. 2. O`qituvchi topshirig‘i yoki berilgan savol asosida alohida lavhani hikoya qilish. Tanlab hikoya qilish uchun o`quvchi matnni boshidan oxirigacha qayta o`qib chiqishga yoki yodga tushirishga, kerakli materialni yig‘ishga to`g`ri keladi. Buning uchun o`quvchilarga matnni ichda o`qish topshiriladi yoki ovoz bilan tanlab o`qish topshirig‘i beriladi. Bunday tanlab hikoya qilish ba‘zan yozma bayon sifatida ham o`tkaziladi. Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon Matn mazmunini qisqartirib qayta hikoyalash va bayon yozish murakkab mantiqiy usullardan foydalanishni talab qiladi, shuning uchun ham u to`liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash va bayonga nisbatan qiyin. Bunda matndan ikkinchi darajali o`rinlarni tushirib qoldirib, asosiy, muhim o`rinlar tanlab olinib, hikoya
qilinadi. Buning uchun o`quvchining o`zi matnning asosiy mazmunini aniqlashi,
bog`lanishli, izchil qayta hikoyalashi, uning hikoyasi matnni qisqartish tarzida
bo`lmasligi, o`zlashtirilgan matnning asosiy mazmunini o`z so`zlari bilan bera
olishi zarur. Qisqartirib qayta hikoyalashga o`rgatish uchun bayon mazmunini
qisqartirib  tuzish  oson  bo`lgan  hikoya  tarzidagi  matn  tanlash  tavsiya  etiladi.
Qisqartirib qayta hikoyalash elementlari 1-sinfdan kiritiladi. O`qilgan matnni tahlil
qilish jarayonida o`quvchilardan uning bir qismini qisqa − bir gap bilan aytish
so`raladi.  Keyin  o`quvchilarga  matnning  ikki  qismini,  nihoyat,  butun  matnni
qisqartib qayta hikoyalash tavsiya etiladi. 
O`quvchilar matnni to`liq qayta hikoya qilishga o`rganganlaridan so`nggina
matnni qisqartib qayta hikoyalashga o`rgatiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash, o`z
navbatida, matn rejasini tuzish, ya‘ni matn qismlariga sarlavha topish bilan bog‘liq,
asarning  asosiy  mazmunini  qisqa  ifodalash  esa  matn  ustidagi  analitik-sintetik
ishlarning natijasidir. Ba‘zan o`quvchilar asarning asosiy mazmunini (g‘oyasini)
qisqa, bir gap bilan ifodalashga o`rgatilgach, matn rejasini tuzishga, keyin matnni
qisqartib qayta hikoyalashga, undan so`ng matn mazmunini to`liq qayta hikoya
qilishga o`rgatilishi ham mumkin. 
Qayta  hikoyalash  bog`lanishli  nutqni  o`stirishning  zaruriy  bosqichidir.
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturiga ko`ra, matn mazmunini qisqartirib bayon
yozishni 3-sinfda o`rgatish ko`zda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga tayyorgarlik
matn qismlariga sarlavha topish, matn rejasini jamoa bo`lib tuzish bilan bog‘liq
holda 2-sinfdan boshlanadi. 
Qisqartirib bayon yozish uchun o`qituvchi yoki o`quvchilarning o`zlari matnni
bir-ikki marta o`qiydilar, so`ng matn mazmuni yuzasidan suhbat o`tkaziladi va
yoziladigan asosiy fikr hamda tushirib qoldiriladigan o`rinlar ajratiladi. Qisqartirib
bayon yozishga og`zakitayyorgarlik jarayonida matn rejasi tuziladi, lug`at ustida
ishlanadi,  gap  va  matnning  ayrim  qismlari  tuzdiriladi.  Og`zakiqisqa  qayta
hikoyalashdan matnni qisqartib bayon yozishga o`tiladi. Qisqartib bayon yozishga
og`zakitayyorgarlik mashqlari asta kamaytirilib boriladi. 
Savol va topshiriqlar 
1. Qayta hikoyalash va qisqartirib qayta hikoyalashni tushuntiring. 
Logotip
qilinadi. Buning uchun o`quvchining o`zi matnning asosiy mazmunini aniqlashi, bog`lanishli, izchil qayta hikoyalashi, uning hikoyasi matnni qisqartish tarzida bo`lmasligi, o`zlashtirilgan matnning asosiy mazmunini o`z so`zlari bilan bera olishi zarur. Qisqartirib qayta hikoyalashga o`rgatish uchun bayon mazmunini qisqartirib tuzish oson bo`lgan hikoya tarzidagi matn tanlash tavsiya etiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash elementlari 1-sinfdan kiritiladi. O`qilgan matnni tahlil qilish jarayonida o`quvchilardan uning bir qismini qisqa − bir gap bilan aytish so`raladi. Keyin o`quvchilarga matnning ikki qismini, nihoyat, butun matnni qisqartib qayta hikoyalash tavsiya etiladi. O`quvchilar matnni to`liq qayta hikoya qilishga o`rganganlaridan so`nggina matnni qisqartib qayta hikoyalashga o`rgatiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash, o`z navbatida, matn rejasini tuzish, ya‘ni matn qismlariga sarlavha topish bilan bog‘liq, asarning asosiy mazmunini qisqa ifodalash esa matn ustidagi analitik-sintetik ishlarning natijasidir. Ba‘zan o`quvchilar asarning asosiy mazmunini (g‘oyasini) qisqa, bir gap bilan ifodalashga o`rgatilgach, matn rejasini tuzishga, keyin matnni qisqartib qayta hikoyalashga, undan so`ng matn mazmunini to`liq qayta hikoya qilishga o`rgatilishi ham mumkin. Qayta hikoyalash bog`lanishli nutqni o`stirishning zaruriy bosqichidir. Boshlang`ich sinflar ona tili dasturiga ko`ra, matn mazmunini qisqartirib bayon yozishni 3-sinfda o`rgatish ko`zda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga tayyorgarlik matn qismlariga sarlavha topish, matn rejasini jamoa bo`lib tuzish bilan bog‘liq holda 2-sinfdan boshlanadi. Qisqartirib bayon yozish uchun o`qituvchi yoki o`quvchilarning o`zlari matnni bir-ikki marta o`qiydilar, so`ng matn mazmuni yuzasidan suhbat o`tkaziladi va yoziladigan asosiy fikr hamda tushirib qoldiriladigan o`rinlar ajratiladi. Qisqartirib bayon yozishga og`zakitayyorgarlik jarayonida matn rejasi tuziladi, lug`at ustida ishlanadi, gap va matnning ayrim qismlari tuzdiriladi. Og`zakiqisqa qayta hikoyalashdan matnni qisqartib bayon yozishga o`tiladi. Qisqartib bayon yozishga og`zakitayyorgarlik mashqlari asta kamaytirilib boriladi. Savol va topshiriqlar 1. Qayta hikoyalash va qisqartirib qayta hikoyalashni tushuntiring.
2. 3-sinf darsligidan mavzu tanlab bayon yozishga tayyorlaning. 
3. 2-sinf ―o`qish‖ darsligidan mavzu tanlab, to`liq hikoya qilish uchun reja
tuzing. 
Logotip
2. 3-sinf darsligidan mavzu tanlab bayon yozishga tayyorlaning. 3. 2-sinf ―o`qish‖ darsligidan mavzu tanlab, to`liq hikoya qilish uchun reja tuzing.
OG’ZAKI HIKOYA VA YOZMA INSHO. 
Insho turlari 
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo`lib, maktabda alohida o`rin tutadi;
barcha nutqqa oid mashqlar ma‘lum mazmunda inshoga bo`ysunadi. 
Insho 1-sinfda kichik og`zaki axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o`z
fikrini ifodalashga, o`quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta`lim-
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. 
Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo`lib, his-hayajon uyg‘otadi,
aqliy  mustaqillikka,  fikrlashga,  ko`rgan-kechirganlari  va  o`zlashtirganlarini
baholashga,  kuzatuvchanlikka,  voqea-hodisalar  o`rtasidagi  sabab-natija
bog`lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga o`rgatadi. Insho fikrni
tartibga soladi, o`quvchilarda o`ziga, o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug‘diradi.
“Insho”  asli  arabcha  so`z  bo`lib,  ma‘nosi  ―yaratish‖,  ―bino  qilish‖,
―boshlash‖  demakdir.  Bu  co`zning  ma‘nosi  hozirda  ancha  torayib,  asosan,
o`quvchi  va  talabalar  tomonidan  yoziladigan  ijodiy  yozma  ish  ma‘nosida
qo`llanadi. 
Insho − ijodiy ish bo`lib, u o`quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab
qiladi. Material  tayyorlash, uni tartibga solish,  insho kompozitsiyasi  va rejasi
haqida o`ylash, mantiqiy bog`lanishni belgilash, so`z, so`z birikmasini tanlash, gap
tuzish va uni  o`zaro bog`lash,  imloni  tekshirish kabi  barcha murakkab  ishlar
o`quvchidan aqliy kuchini to`la ishga solish bilan birga, o`z ma‘naviy faoliyatini
boshqarish ko`nikmasini ham talab etadi. 
Inshoda  til  nazariyasi  nutq  tajribasi  bilan  qo`shiladi.  O`quvchi  inshoni
mustaqil,  ijodiy  xarakterda  bo`lgani  uchun,  «o`ziniki»ni  yozgani  uchun  ham
sevadi. 
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi
−  inshoga  alohida  ahamiyat  berilgan.  Maktablar  yangi,  o`quvchilar  nutqini
o`stirish, aqliy, ijodiy o`sishiga mo`ljallangan dasturga o`tishi munosabati bilan
uning ahamiyati yanada o`sdi. 
Og`zaki  va  yozma  inshoga  o`rgatish  jarayonida  o`quvchilarda  mavzuni
tushunish va yoritish, o`z inshosini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni
tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va
Logotip
OG’ZAKI HIKOYA VA YOZMA INSHO. Insho turlari Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo`lib, maktabda alohida o`rin tutadi; barcha nutqqa oid mashqlar ma‘lum mazmunda inshoga bo`ysunadi. Insho 1-sinfda kichik og`zaki axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o`z fikrini ifodalashga, o`quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta`lim- tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo`lib, his-hayajon uyg‘otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko`rgan-kechirganlari va o`zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o`rtasidagi sabab-natija bog`lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga o`rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o`quvchilarda o`ziga, o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug‘diradi. “Insho” asli arabcha so`z bo`lib, ma‘nosi ―yaratish‖, ―bino qilish‖, ―boshlash‖ demakdir. Bu co`zning ma‘nosi hozirda ancha torayib, asosan, o`quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma‘nosida qo`llanadi. Insho − ijodiy ish bo`lib, u o`quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o`ylash, mantiqiy bog`lanishni belgilash, so`z, so`z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o`zaro bog`lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o`quvchidan aqliy kuchini to`la ishga solish bilan birga, o`z ma‘naviy faoliyatini boshqarish ko`nikmasini ham talab etadi. Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo`shiladi. O`quvchi inshoni mustaqil, ijodiy xarakterda bo`lgani uchun, «o`ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi. Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi − inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o`quvchilar nutqini o`stirish, aqliy, ijodiy o`sishiga mo`ljallangan dasturga o`tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o`sdi. Og`zaki va yozma inshoga o`rgatish jarayonida o`quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o`z inshosini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va
nutq  vaziyatiga  mos  ravishda  til  vositalaridan  foydalanish,  yozgan  inshosini
takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar
ham amalga oshiriladi, ya‘ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e‘tibor
berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal
qilinadi. 
Og`zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash
usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. 
Insho material manbaiga ko`ra quyidagi uchga bo`linadi: 
1) o`quvchining o`zi ko`rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, ya‘ni mehnat,
kuzatishlar,  ekskursiyalar,  o`yinlar,  o`z  tajribasi  va  boshqa  jonli  materiallar
asosidagi insho; 
2) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o`qituvchi hikoyasi va boshqa
manbalar asosidagi insho; 
Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko`rish metodiga ko`ra  insho ikki
turli bo`ladi: 
1)  sinf  o`quvchilari  uchun  umumiy  bir  mavzu  asosida  jamoaviy
tayyorgarlikdan so`ng yoziladigan insho; 
2)  alohida  mavzu  asosida  individual  tayyorgarlikdan  so`ng  yoziladigan
individual insho. 
Janriga ko`ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga bo`linadi. 
Boshlang`ich  sinflarda  tasvir  va  muhokama  elementlari  mavjud  bo`lgan
hikoya tarzidagi inshodan ko`proq foydalaniladi. 
Inshoni tasnif qilish ta`limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni
tanlashga,  shuningdek,  ish  turlarini  zaruriy  yo`nalishda,  baravar  taqsimlashga
yordam beradi. 
Boshlang`ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik
yoshdagi o`quvchilarning shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir. 
Rasm asosidagi insho  maktablarda tez-tez o`tkaziladi, chunki rasm bolalar
nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta‘sir
etadi,  hayotning  bola  tajribasida  hali  uchramagan  tomonlarini  ochadi.  Rasm
o`quvchilarga tanish bo`lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi. 
Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor: 
Logotip
nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar ham amalga oshiriladi, ya‘ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e‘tibor berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Og`zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. Insho material manbaiga ko`ra quyidagi uchga bo`linadi: 1) o`quvchining o`zi ko`rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, ya‘ni mehnat, kuzatishlar, ekskursiyalar, o`yinlar, o`z tajribasi va boshqa jonli materiallar asosidagi insho; 2) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o`qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho; Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko`rish metodiga ko`ra insho ikki turli bo`ladi: 1) sinf o`quvchilari uchun umumiy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan so`ng yoziladigan insho; 2) alohida mavzu asosida individual tayyorgarlikdan so`ng yoziladigan individual insho. Janriga ko`ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga bo`linadi. Boshlang`ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo`lgan hikoya tarzidagi inshodan ko`proq foydalaniladi. Inshoni tasnif qilish ta`limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni tanlashga, shuningdek, ish turlarini zaruriy yo`nalishda, baravar taqsimlashga yordam beradi. Boshlang`ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o`quvchilarning shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir. Rasm asosidagi insho maktablarda tez-tez o`tkaziladi, chunki rasm bolalar nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta‘sir etadi, hayotning bola tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm o`quvchilarga tanish bo`lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi. Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor:
1) rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho;
2)  syujetli,  o`quvchilarni  o`ylashga,  faraz  qilishga  undaydigan  bir  rasm
asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 
O`quvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, so`ng bir rasm asosida, undan
so`ng tasviriy insho yozish (rasmni tasvirlash)ga o`rgatiladi. 
Dasturga  ko`ra,  1-sinf  o`quvchilari  o`yinlari,  mehnatlari,  voqea-hodisalar
haqidagi  taassurotlari  asosida  o`qituvchi  rahbarligida  hikoya  tuzishlari  va  uni
ma‘lum tayyorgarlikdan so`ng yozishlari, 2 - sinfda rasmlar seriyasi asosida kichik
hikoya tuzish va uni jamoa tarzda tuzilgan reja asosida yozish, tabiatni kuzatish va
mehnat  jarayoni  haqida,  bolalarning  o`yinlari,  ishlari,  sayillari  haqida,  avval
o`qituvchi rahbarligida, keyin mustaqil ravishda kichik hikoya tuzish va uni yozish,
shaxsiy ishlari haqida xat yoza olishlari, 3 - sinfda rasmlar (bir mavzuga oid bir
necha  rasm,  syujetli  bir  rasm,  rasmni  tasvirlash)  asosida  hayotiy  tajribalari,
kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan taassurotlari asosida rejani, avval jamoaviy
ravishda, keyin mustaqil tuzib hikoya qilish va uni yozishlari talab etiladi. 
Boshlang`ich  sinflarda  insho  ta`limiy  xarakterda  bo`ladi,  3-sinfdagina
tekshiruv insho o`tkazish mumkin. Rag‘batlantirish maqsadida ta`limiy insholar
ham baholanadi, lekin salbiy baho qo`yish tavsiya etilmaydi. 
O`quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati 
Inshoning  tarbiyaviy  ahamiyati  tanlanadigan  mavzuga,  shuningdek,  insho
ustida o`quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g‘oyasiga ham
bog‘liq. 
Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil
fikrlashga o`rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini o`stiradi. Bolalar eng
qiziqarli va o`zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar,
ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o`stiradi, ommaviy faollikni oshiradi. 
Tanlangan mavzuning g‘oyaviy yo`nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal
qilishga  imkon  beradi.  Bu  jihatdan  mehnat,  mehnat  qahramonlari  haqidagi,
bolalarning hayoti, maktab, tug‘ilib o`sgan qishlog‘i yoki shahri haqidagi, urush
qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay. Bu mavzulardagi insholar mehnat
kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi. 
Logotip
1) rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 2) syujetli, o`quvchilarni o`ylashga, faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; O`quvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, so`ng bir rasm asosida, undan so`ng tasviriy insho yozish (rasmni tasvirlash)ga o`rgatiladi. Dasturga ko`ra, 1-sinf o`quvchilari o`yinlari, mehnatlari, voqea-hodisalar haqidagi taassurotlari asosida o`qituvchi rahbarligida hikoya tuzishlari va uni ma‘lum tayyorgarlikdan so`ng yozishlari, 2 - sinfda rasmlar seriyasi asosida kichik hikoya tuzish va uni jamoa tarzda tuzilgan reja asosida yozish, tabiatni kuzatish va mehnat jarayoni haqida, bolalarning o`yinlari, ishlari, sayillari haqida, avval o`qituvchi rahbarligida, keyin mustaqil ravishda kichik hikoya tuzish va uni yozish, shaxsiy ishlari haqida xat yoza olishlari, 3 - sinfda rasmlar (bir mavzuga oid bir necha rasm, syujetli bir rasm, rasmni tasvirlash) asosida hayotiy tajribalari, kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan taassurotlari asosida rejani, avval jamoaviy ravishda, keyin mustaqil tuzib hikoya qilish va uni yozishlari talab etiladi. Boshlang`ich sinflarda insho ta`limiy xarakterda bo`ladi, 3-sinfdagina tekshiruv insho o`tkazish mumkin. Rag‘batlantirish maqsadida ta`limiy insholar ham baholanadi, lekin salbiy baho qo`yish tavsiya etilmaydi. O`quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida o`quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g‘oyasiga ham bog‘liq. Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o`rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini o`stiradi. Bolalar eng qiziqarli va o`zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar, ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o`stiradi, ommaviy faollikni oshiradi. Tanlangan mavzuning g‘oyaviy yo`nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti, maktab, tug‘ilib o`sgan qishlog‘i yoki shahri haqidagi, urush qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay. Bu mavzulardagi insholar mehnat kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi.
Insho jamiyat hayotini tushunishga o`rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning
yaxshilikka  intilishlari  va  harakatlariga,  mehnatga  va  mehnat  mahsuliga
muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga,
hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda o`quvchilarga yordam beradi. 
Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish
talab etiladi: 
1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og`zakiva yozma inshoni
muntazam  o`tkazib  borish  bilan  o`quvchilarda  mustaqillikni  tarbiyalash.
Mustaqil insho o`quvchilar faolligini o`stiradi. 
2. Inshoni hayot bilan bog`lash. Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik
yuritish, qilingan ishlar yuzasidan «hisobot» tarzidagi insho, xat, maqola, o`qilgan
kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. 
―Vatan‖ so`zini aytish bilan kishining bolalikda o`sib-ulg‘aygan joyi tasviri
ko`z oldida paydo bo`ladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat
haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarni ochib beradi: unda bolalar ishlab
chiqarishdagi  muvaffaqiyat  va  qiyinchiliklar,  ilg‘or  kishilar  haqidagi,  kasb  va
mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi ma‘lumotlardan foydalanadilar. Ishlab
chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog‘liq holda kasb haqida
suhbatlashishga to`g`ri keladi va bu inshoda o`z aksini topadi. Mehnat haqidagi
insho gazetaga maqola shaklida yozilishi mumkin. Mehnat yoki ishlab chiqarish
haqidagi  insho  mavzulariga  «Bizning  qishloq»,  «Karam  uzish»,  «Bog‘da»,
«Bizning  jamoa  xo`jaligimiz»,  «Pochtada»,  «Do`konda»,  «Paxtakorlarga
yordamimiz», «Bizning hashar», «Maktab yer uchastkasida», «Daraxt o`tqazish»
kabilar kiradi. 
«Men nimalarni bilaman?»  mavzusidagi tanlovga bolalar juda qiziqadilar.
Tanlov  bolalarning  mehnat  ko`nikmalarini  aniqlabgina  qolmay,  ularni  uyda,
polizda, bog‘da ishlashga rag‘batlantiradi. Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi
mehnatga  hurmatni  tarbiyalashdir.  Qishloq  maktab  o`quvchilari  ota-onalariga
sabzavotlar  ekish,  hosilni  yig‘ish,  o`tin  tayyorlash  kabi  ishlarda  qanday
yordamlashganliklari haqida yozadilar. Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama
qilinadi. Bolalar foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini
tushuntiradilar. Ular har qanday mehnat e‘zozlanishini aytadilar. 
Logotip
Insho jamiyat hayotini tushunishga o`rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda o`quvchilarga yordam beradi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: 1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og`zakiva yozma inshoni muntazam o`tkazib borish bilan o`quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash. Mustaqil insho o`quvchilar faolligini o`stiradi. 2. Inshoni hayot bilan bog`lash. Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik yuritish, qilingan ishlar yuzasidan «hisobot» tarzidagi insho, xat, maqola, o`qilgan kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. ―Vatan‖ so`zini aytish bilan kishining bolalikda o`sib-ulg‘aygan joyi tasviri ko`z oldida paydo bo`ladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarni ochib beradi: unda bolalar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilg‘or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi ma‘lumotlardan foydalanadilar. Ishlab chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog‘liq holda kasb haqida suhbatlashishga to`g`ri keladi va bu inshoda o`z aksini topadi. Mehnat haqidagi insho gazetaga maqola shaklida yozilishi mumkin. Mehnat yoki ishlab chiqarish haqidagi insho mavzulariga «Bizning qishloq», «Karam uzish», «Bog‘da», «Bizning jamoa xo`jaligimiz», «Pochtada», «Do`konda», «Paxtakorlarga yordamimiz», «Bizning hashar», «Maktab yer uchastkasida», «Daraxt o`tqazish» kabilar kiradi. «Men nimalarni bilaman?» mavzusidagi tanlovga bolalar juda qiziqadilar. Tanlov bolalarning mehnat ko`nikmalarini aniqlabgina qolmay, ularni uyda, polizda, bog‘da ishlashga rag‘batlantiradi. Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga hurmatni tarbiyalashdir. Qishloq maktab o`quvchilari ota-onalariga sabzavotlar ekish, hosilni yig‘ish, o`tin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari haqida yozadilar. Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama qilinadi. Bolalar foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini tushuntiradilar. Ular har qanday mehnat e‘zozlanishini aytadilar.
Kelajak  haqida  «Kim  bo`lishni  xohlayman?»  mavzusida  tayyorgarliksiz
hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. 
Juda  yaxshi  yozilgan  inshoni  sinfda  ifodali  o`qib  berish  va  tahlil  qilish
bolalarni tarbiyalaydi. Ba‘zi maktablarda bolalar inshosi va hatto bolalar she‘rlari
to`plami tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov e‘lon qilinadi. 
Insho mavzusi va uni yoritish 
Mavzu insho predmeti bo`lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab
inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri
va  to`liq  bo`lishi  o`qituvchi  mavzuni  qanday  shakllantirishi,  o`quvchilar  uni
qanday tushunishlariga bog‘liq. 
Insho ustida ishlashda  mavzu tanlash, uni  rejalashtirishda esa og`zaki  va
yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rolь o`ynaydi. 
O`quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o`rganadilar. Ular mavzuga
oid gap tuzadilar. Masalan, bahor havosi haqida, ona qishlog‘i (shahri) haqida,
qo`rqoq  quyon,  ayyor  tulki  haqida  gap  tuzadilar.  Keyin  savollar  asosida  bir
mavzuga oid bir necha gap tuzib, uni yozadilar. Insho uchun iloji boricha tor − aniq
chegaralash  mumkin  bo`lgan  mavzuni  tavsiya  qilish  foydali.  «Kuz»  mavzusi
o`quvchilar uchun juda keng mavzu bo`lib, bunda o`quvchi umuman kuz haqida,
kuzda qilinadigan ishlar haqida yozishi mumkin, u yozadi − gaplarining aniq
chegarasini bilmaydi. O`quvchilarga kuzga oid  «Paxta terimiga yordam», «Kuz
kunlarining birida», «Bog‘da olma terdik», «Pomidor terishga yordamlashdik»,
«Kech kuzda bog‘ manzarasi» kabi mavzularni tavsiya qilish mumkin. 
Og`zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab
qilishdan tashqari, avval material to`plash va shu yig‘ilgan materiallar asosida
mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin. Masalan, kech kuzda tabiatni
kuzatish va material yig‘ish tavsiya qilinadi, kuzatishlar «Kech kuzda» mavzusida
insho yozish bilan yakunlanadi. Bunda o`quvchilar mavzuni to`liq yoritadilar. 
Insho rejasini tuzish 
Reja har qanday og`zaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy pog‘onasi,
uning «loyihasi»dir. Kishi o`z nutqi haqida o`ylab, asosiy gaplarini belgilab oladi.
Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1-sinfda reja rolini o`qituvchi
savollari,  ya‘ni  so`roq  gaplar  tarzidagi  reja  bajaradi;  2-sinfda  reja  o`qituvchi
Logotip
Kelajak haqida «Kim bo`lishni xohlayman?» mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali o`qib berish va tahlil qilish bolalarni tarbiyalaydi. Ba‘zi maktablarda bolalar inshosi va hatto bolalar she‘rlari to`plami tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov e‘lon qilinadi. Insho mavzusi va uni yoritish Mavzu insho predmeti bo`lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri va to`liq bo`lishi o`qituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o`quvchilar uni qanday tushunishlariga bog‘liq. Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og`zaki va yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rolь o`ynaydi. O`quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o`rganadilar. Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, bahor havosi haqida, ona qishlog‘i (shahri) haqida, qo`rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar. Keyin savollar asosida bir mavzuga oid bir necha gap tuzib, uni yozadilar. Insho uchun iloji boricha tor − aniq chegaralash mumkin bo`lgan mavzuni tavsiya qilish foydali. «Kuz» mavzusi o`quvchilar uchun juda keng mavzu bo`lib, bunda o`quvchi umuman kuz haqida, kuzda qilinadigan ishlar haqida yozishi mumkin, u yozadi − gaplarining aniq chegarasini bilmaydi. O`quvchilarga kuzga oid «Paxta terimiga yordam», «Kuz kunlarining birida», «Bog‘da olma terdik», «Pomidor terishga yordamlashdik», «Kech kuzda bog‘ manzarasi» kabi mavzularni tavsiya qilish mumkin. Og`zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab qilishdan tashqari, avval material to`plash va shu yig‘ilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin. Masalan, kech kuzda tabiatni kuzatish va material yig‘ish tavsiya qilinadi, kuzatishlar «Kech kuzda» mavzusida insho yozish bilan yakunlanadi. Bunda o`quvchilar mavzuni to`liq yoritadilar. Insho rejasini tuzish Reja har qanday og`zaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy pog‘onasi, uning «loyihasi»dir. Kishi o`z nutqi haqida o`ylab, asosiy gaplarini belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1-sinfda reja rolini o`qituvchi savollari, ya‘ni so`roq gaplar tarzidagi reja bajaradi; 2-sinfda reja o`qituvchi
rahbarligida  jamoaviy  tarzda  tuziladi;  3-4-sinflarda  esa  mustaqil  tuziladi.
Boshlang`ich sinflarda 3 - 5 talik oddiy reja tavsiya qilinadi. 
Bolalar avval o`qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta
hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, so`ng bir mavzuga oid bir necha
rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, ya‘ni rasmli reja tuzadilar, inshoga
sarlavha topadilar. SHundan so`ng tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan,
reja tuzishga qulay bo`lgan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho rejasini
tuzishga o`tiladi. 
Reja tuzishga o`rgatishda oldin nima haqida to`xtalish, keyin uni qanday
davom ettirish, undan so`ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani qanday tugatish
kerakligini o`quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi. Reja avval so`roq
gap tarzida, keyin darak gap, oxiri nominativ gap tarzida tuziladi. 
Reja ko`pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida (rasm
asosida  yoziladigan  insho  rejasi  kabi)  tuziladi.  Ba‘zan  rejani  ekskursiya,
kuzatishdan  oldin,  unga  tayyorgarlik  jarayonida  tuzish  maqsadga  muvofiq.
Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu ishlar bajarilishidan oldin
yoki ular yuzasidan material to`plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga
solish jarayonida tuziladi. Bunday reja insho yozishdan oldin ko`rib chiqilib, unga
ayrim aniqliklar kiritiladi. 
Inshoni yozishga tayyorlash 
Og`zaki yoki yozma inshoning turi va vazifasiga qarab unga tayyorgarlik
ko`riladi. 
Inshoga tayyorgarlikni o`qituvchi boshqaradi, bunga o`quvchilarni ishtirok
ettiradi,  ularning  o`ta  faolligi  va  mustaqilligiga  erishadi.  Tayyorlik  deganda,
birinchidan,  o`quvchilarda  nimanidir  tasvirlashga,  hikoya  qilishga  talab
uyg‘otadigan  vaziyat  yaratish;  ikkinchidan,  insho  uchun  yetarli  bo`lgan  zarur
material  yig‘ish;  uchinchidan,  mavzuga  oid,  uni  yoritishga  mos  bo`lgan  til
vositalarini tanlash tushuniladi. 
Inshoga tayyorlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan
tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi. 
Og`zaki yoki yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo`linadi: 
Logotip
rahbarligida jamoaviy tarzda tuziladi; 3-4-sinflarda esa mustaqil tuziladi. Boshlang`ich sinflarda 3 - 5 talik oddiy reja tavsiya qilinadi. Bolalar avval o`qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, so`ng bir mavzuga oid bir necha rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, ya‘ni rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. SHundan so`ng tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan, reja tuzishga qulay bo`lgan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho rejasini tuzishga o`tiladi. Reja tuzishga o`rgatishda oldin nima haqida to`xtalish, keyin uni qanday davom ettirish, undan so`ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani qanday tugatish kerakligini o`quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi. Reja avval so`roq gap tarzida, keyin darak gap, oxiri nominativ gap tarzida tuziladi. Reja ko`pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida (rasm asosida yoziladigan insho rejasi kabi) tuziladi. Ba‘zan rejani ekskursiya, kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu ishlar bajarilishidan oldin yoki ular yuzasidan material to`plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga solish jarayonida tuziladi. Bunday reja insho yozishdan oldin ko`rib chiqilib, unga ayrim aniqliklar kiritiladi. Inshoni yozishga tayyorlash Og`zaki yoki yozma inshoning turi va vazifasiga qarab unga tayyorgarlik ko`riladi. Inshoga tayyorgarlikni o`qituvchi boshqaradi, bunga o`quvchilarni ishtirok ettiradi, ularning o`ta faolligi va mustaqilligiga erishadi. Tayyorlik deganda, birinchidan, o`quvchilarda nimanidir tasvirlashga, hikoya qilishga talab uyg‘otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo`lgan zarur material yig‘ish; uchinchidan, mavzuga oid, uni yoritishga mos bo`lgan til vositalarini tanlash tushuniladi. Inshoga tayyorlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi. Og`zaki yoki yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo`linadi:
1) material yig‘ish, ya‘ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko`rib
chiqish, kinofilьm, spektaklni ko`rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o`qish; 
2)  mavzuga  va  uni  yoritishga  mos  material  tanlash,  uni  tartibga  solish,
joylashtirish, ya‘ni suhbat, muhokama qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish,
lug`at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo; 
Birinchi  va  ikkinchi  bosqichdagi  ishlar,  odatda,  darsdan  tashqari  vaqtda
bajariladi.  Masalan,  ekskursiya  asosidagi  insho  uchun  material  yig‘ish  uni
yozishdan ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto
undan ko`proq davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko`riladi. 
Shunday qilib, insho yozish yoki og`zaki hikoya qilish darsi ilgari bajarilgan
ishlarning yakunidir. Insho darsining umumlashtiruvchilik roli bog`lanishli nutq
sohasidagi ko`nikmalarni egallash me‘yoriga qarab ortib boradi. 
Insho  darsining  qurilishi  tayyorlov  bosqichining  xarakteriga  bog‘liq.
Tayyorlov bosqichida qancha ko`p ishlansa, insho darsida matn ustida shuncha
chuqur  ishlash  imkoniyati  yaratiladi.  Insho  yozishdan  oldin  yoki
og`zakihikoyalashda yig‘ilgan materiallarni o`quvchilar yodiga tushirish, ularda
qiziqish uyg‘otish, yozishga yoki hikoya qilishga xohish uyg‘otish zarur. 
Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi: 
1. Mavzuni,  inshoning  vazifasini  e‘lon qilish  (yoki  yodga  tushirish), uni
o`quvchilar bilan muhokama qilish. 
2. Kuzatish davrida to`plangan materialni tartibga solish yoki material yig‘ish
(masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko`rish) maqsadida suhbat
o`tkazish. 
Keyingi  ona  tili  darsining  ikkinchi  qismidan  15-25  minut  vaqt  ajratib,
tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy mashg‘ulot o`tkaziladi (insho tahlil qilinib,
xatolar ustida ishlanadi). 
O`qituvchi har bir insho turi uchun o`quv vazifasini belgilab oladi. Masalan,
rasmlar  seriyasi  asosida  birinchi  marta  yozdiriladigan  insho  uchun  quyidagi
vazifalar belgilab olinadi: 
1. O`quvchilarni inshoning yangi turi bo`lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho
bilan tanishtirish. 
2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish. 
Logotip
1) material yig‘ish, ya‘ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko`rib chiqish, kinofilьm, spektaklni ko`rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o`qish; 2) mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, joylashtirish, ya‘ni suhbat, muhokama qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish, lug`at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo; Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material yig‘ish uni yozishdan ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto undan ko`proq davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko`riladi. Shunday qilib, insho yozish yoki og`zaki hikoya qilish darsi ilgari bajarilgan ishlarning yakunidir. Insho darsining umumlashtiruvchilik roli bog`lanishli nutq sohasidagi ko`nikmalarni egallash me‘yoriga qarab ortib boradi. Insho darsining qurilishi tayyorlov bosqichining xarakteriga bog‘liq. Tayyorlov bosqichida qancha ko`p ishlansa, insho darsida matn ustida shuncha chuqur ishlash imkoniyati yaratiladi. Insho yozishdan oldin yoki og`zakihikoyalashda yig‘ilgan materiallarni o`quvchilar yodiga tushirish, ularda qiziqish uyg‘otish, yozishga yoki hikoya qilishga xohish uyg‘otish zarur. Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi: 1. Mavzuni, inshoning vazifasini e‘lon qilish (yoki yodga tushirish), uni o`quvchilar bilan muhokama qilish. 2. Kuzatish davrida to`plangan materialni tartibga solish yoki material yig‘ish (masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko`rish) maqsadida suhbat o`tkazish. Keyingi ona tili darsining ikkinchi qismidan 15-25 minut vaqt ajratib, tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy mashg‘ulot o`tkaziladi (insho tahlil qilinib, xatolar ustida ishlanadi). O`qituvchi har bir insho turi uchun o`quv vazifasini belgilab oladi. Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi: 1. O`quvchilarni inshoning yangi turi bo`lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan tanishtirish. 2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish.
O`quvchilarning mustaqillik darajasi o`sib borgani sayin, inshoga talab ham
orta boradi. 
O`quvchilar inshosini tahlil qilish 
Nutq o`stirish metodikasida o`quvchilar inshosi uchun baho me‘yori muhim
masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya
qilinadi. 
O`quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi: 
1.  Insho  mavzusining  yoritilishi  (Mazmun  mavzuga  mosmi,  ya‘ni  yetarli
yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?). 
2. Reja,  kompozitsiya,  izchillik (reja to`g`ri  tuzilganmi, materialni  bayon
qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo`qmi, zarur o`rinlar tushib
qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?). 
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari
bormi, uslubda xatoga yo`l qo`yilmaganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish
vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?). 
4. Insho hajmi (so`z, gap soni; lakonizm yoki ko`p so`zlilik). 
O`quvchilar  inshosiga  qo`yilgan  bunday  talablar  uni  baholashda  real
yondashishga imkon beradi. 
Nutqiy  xatolarga  noto`g`ri  (noo`rin)  tanlangan  so`zlar,  noto`g`ri  tuzilgan
gaplar, morfologik shakllarni noto`g`ri ishlatish kiradi. 
Boshlang`ich  sinflarda bunday  xatolar  ustida  ishlash  ancha  qiyin, chunki
ularni to`g`rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy
ma‘lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam
ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy
xatolarni  o`rganish,  shuningdek,  ularning  kelib  chiqish  sabablarini  tekshirish
xatolarni to`g`rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi. 
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi:  lug‟aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy,
sintaktik-uslubiy. 
Boshlang`ich  sinflarda  lug‘aviy-uslubiy  xatolar  ko`proq uchraydi.  Bunday
xatolarga quyidagilar kiradi: 
1. Bir so`zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab,
birinchidan, o`quvchi so`zni ishlatishga kam e‘tibor beradi va faol lug`atidagi
Logotip
O`quvchilarning mustaqillik darajasi o`sib borgani sayin, inshoga talab ham orta boradi. O`quvchilar inshosini tahlil qilish Nutq o`stirish metodikasida o`quvchilar inshosi uchun baho me‘yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi. O`quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi: 1. Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya‘ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?). 2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to`g`ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo`qmi, zarur o`rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?). 3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo`l qo`yilmaganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?). 4. Insho hajmi (so`z, gap soni; lakonizm yoki ko`p so`zlilik). O`quvchilar inshosiga qo`yilgan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi. Nutqiy xatolarga noto`g`ri (noo`rin) tanlangan so`zlar, noto`g`ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto`g`ri ishlatish kiradi. Boshlang`ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to`g`rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma‘lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o`rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to`g`rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi. Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug‟aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy. Boshlang`ich sinflarda lug‘aviy-uslubiy xatolar ko`proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi: 1. Bir so`zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab, birinchidan, o`quvchi so`zni ishlatishga kam e‘tibor beradi va faol lug`atidagi
so`zdan  takroriy  foydalanadi;  ikkinchidan,  o`quvchining  so`z  boyligi  kam,
sinonimlarni  bilmaydi,  takrorlanadigan  so`zlar  o`rniga  olmoshlardan  foydalana
olmaydi. 
Agar  o`qituvchi  bir  so`zni  qayta-qayta  ishlatmaslik  uchun  uning
ma‘nodoshlaridan  yoki  shu  so`z  o`rniga  olmoshlardan  foydalanish  kerakligini
yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o`quvchi matnni e‘tibor bilan o`qib, takrorlarini
nisbatan tez tuzata oladi. 
2. So`zning ma‟nosini yoki ma‟no qirrasini tushunmaslik natijasida uni
aniq  ma‟nosida  ishlata  olmaslik.  Bunday  xato  bolaning  nutqi  yaxshi
rivojlanmaganligi, so`z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi. 
Leksik xatolar xilma-xil bo`lgani uchun uni to`g`rilash va tushuntirish usullari
ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo`li bor: bu
yaxshi  nutqiy  sharoit  yaratish,  o`qilgan  va  qayta  hikoya  qilingan  matnni  til
tomondan tahlil qilish, matndagi so`zlarning ma‘no qirrasini tushuntirishdir. 
Morfologik-uslubiy xatolarga so`z shaklini, so`z o`zgartuvchi va so`z yasovchi
qo`shimchalarni noto`g`ri qo`llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi. 
Sintaktik-uslubiy xatolarga so`z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi.
Bunday xatolar juda xilma-xildir. 
Kompozitsion,  mantiqiy  va  dalillarni  noto`g`ri  bayon  qilish  nutqiy  xato
hisoblanmaydi. 
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos
kelmasligi, ya‘ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi. 
Inshoga tayyorgarlik vaqtida o`quvchilar kuzatish, material to`plash, dalillarni
tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar
haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko`z oldilariga keltira olmaydilar,
natijada kompozitsion xatoga yo`l qo`yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini
to`liq qamrab ololmaslik, materialni o`z o`rniga joylashtira olmaslik natijasidir.
Inshoni rejali, izchil yozish ko`nikmasi murakkab ko`nikma bo`lib, u o`quvchilarda
muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi. 
Mantiqiy xatolar: 
1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo`lgan so`z, ba‘zan zarur
lavha,  dalil  tushirib  qoldiriladi.  Bunday  xatoning  sababini  tushunish  uchun
Logotip
so`zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o`quvchining so`z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so`zlar o`rniga olmoshlardan foydalana olmaydi. Agar o`qituvchi bir so`zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma‘nodoshlaridan yoki shu so`z o`rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o`quvchi matnni e‘tibor bilan o`qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi. 2. So`zning ma‟nosini yoki ma‟no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma‟nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, so`z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi. Leksik xatolar xilma-xil bo`lgani uchun uni to`g`rilash va tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo`li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o`qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi so`zlarning ma‘no qirrasini tushuntirishdir. Morfologik-uslubiy xatolarga so`z shaklini, so`z o`zgartuvchi va so`z yasovchi qo`shimchalarni noto`g`ri qo`llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi. Sintaktik-uslubiy xatolarga so`z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir. Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto`g`ri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi. Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos kelmasligi, ya‘ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi. Inshoga tayyorgarlik vaqtida o`quvchilar kuzatish, material to`plash, dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko`z oldilariga keltira olmaydilar, natijada kompozitsion xatoga yo`l qo`yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini to`liq qamrab ololmaslik, materialni o`z o`rniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish ko`nikmasi murakkab ko`nikma bo`lib, u o`quvchilarda muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi. Mantiqiy xatolar: 1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo`lgan so`z, ba‘zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun
o`quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin
yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya‘ni u hikoya mazmunini biladi,
ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o`rinlar yozuvda aks etmay
qoladi. 
2.  Mantiqiy  izchillik  buziladi.  Masalan,  Zavodda  paxtadan  ip  qilinadi.
Terimchi  paxtani  paxta  terish  mashinasida  teradi.  Bunday  mantiqiy xatolarni
o`quvchilar matnni qayta o`qish va tahlil qilish jarayonida oson to`g`rilaydilar. 
Xatolarni to`g`rilash va ularning oldini olish 
O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va
har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o`rganish asosida nutqqa oid xatolarni
to`g`rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi: 
1) nutqqa oid xatolarni o`quvchilar daftarida to`g`rilash; 
2) sinf o`quvchilari uchun umumiy bo`lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda
ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan
insho va bayon tahlil qilinadi, o`quvchilarning yo`l qo`yilgan xatoni mustaqil
ravishda topishga va uni to`g`rilashga imkon beriladi); 
3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni
topish, tushuntirish va to`g`rilash; 
Ko`rsatilgan  yo`nalishlarning  hammasi  har  bir  sinf  o`quvchilari  uchun,
ayniqsa, III va IV sinf o`quvchilari uchun muvofiq keladi. 
Nutqiy xatolarni to`g`rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog`lab,
maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi. 
Nutqiy  xatolarni  to`g`rilash.  O`quvchilar  og`zakiva  yozma  nutqida  yo`l
qo`ygan nutqiy xatolarni o`z vaqtida to`g`rilab borish zarur. O`quvchi yo`l qo`ygan
xatosining to`g`ri variantini o`zlashtirsin, imkoni bo`lsa, xatoning kelib chiqish
sababini tushunsin. Xatoni to`g`rilashning eng foydali usuli yo`l qo`ygan xatosini
o`quvchining o`zi to`g`rilashi hisoblanadi, agar o`quvchi xatosini to`g`rilay olmasa,
uni o`qituvchi to`g`rilaydi. Xato turiga qarab to`g`rilanadi: gap yoki so`z birikmasi
qayta tuziladi, so`z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so`z qo`shiladi, ortiqchasi
ustidan chiziladi. 
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun
darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O`qituvchi o`quvchilar insho
Logotip
o`quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya‘ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o`rinlar yozuvda aks etmay qoladi. 2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip qilinadi. Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o`quvchilar matnni qayta o`qish va tahlil qilish jarayonida oson to`g`rilaydilar. Xatolarni to`g`rilash va ularning oldini olish O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o`rganish asosida nutqqa oid xatolarni to`g`rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi: 1) nutqqa oid xatolarni o`quvchilar daftarida to`g`rilash; 2) sinf o`quvchilari uchun umumiy bo`lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi, o`quvchilarning yo`l qo`yilgan xatoni mustaqil ravishda topishga va uni to`g`rilashga imkon beriladi); 3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushuntirish va to`g`rilash; Ko`rsatilgan yo`nalishlarning hammasi har bir sinf o`quvchilari uchun, ayniqsa, III va IV sinf o`quvchilari uchun muvofiq keladi. Nutqiy xatolarni to`g`rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog`lab, maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi. Nutqiy xatolarni to`g`rilash. O`quvchilar og`zakiva yozma nutqida yo`l qo`ygan nutqiy xatolarni o`z vaqtida to`g`rilab borish zarur. O`quvchi yo`l qo`ygan xatosining to`g`ri variantini o`zlashtirsin, imkoni bo`lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to`g`rilashning eng foydali usuli yo`l qo`ygan xatosini o`quvchining o`zi to`g`rilashi hisoblanadi, agar o`quvchi xatosini to`g`rilay olmasa, uni o`qituvchi to`g`rilaydi. Xato turiga qarab to`g`rilanadi: gap yoki so`z birikmasi qayta tuziladi, so`z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so`z qo`shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi. Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O`qituvchi o`quvchilar insho
yoki bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan
matnni o`qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va
nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo`l qo`yilgan xatoni to`g`rilash yo`li tushuntiriladi.
SHundan so`ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o`qituvchi yo`l qo`yilgan xatoning
bir  turini  to`g`rilash  yuzasidan  topshiriq  beradi:  «Noo`rin  ishlatilgan  so`zni
boshqasi  bilan  almashtiring».  Xatosi  bor  matnni  o`qib  yoki  yozib  beradi,
o`quvchilar  yo`l  qo`yilgan  xatoni  topadilar,  maqsadga  muvofiq  so`z  bilan
almashtirib, uni to`g`rilaydilar va tushuntiradilar. 
Ayrim o`quvchilar yo`l qo`ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda,
qo`shimcha  mashg‘ulot  jarayonida  to`g`rilanadi.  O`quvchi  bilan  individual
suhbatda ham, sinfda jamoa bo`lib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy
faolligiga, ya‘ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to`g`rilashi
va tushuntirishiga erishish muhimdir. 
Grammatikaga oid mavzuni o`rganishda o`quvchilar yo`l qo`yishi mumkin
bo`lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar
yaratishi  tushuntiriladi.  Masalan,  «Olmosh»  mavzusini  o`rganganda,  kishilik
olmoshlarining  takrorlangan  so`zlar  o`rnida  qanday  ishlatilishi  o`quvchilarga
misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya
qiladilar. 
O`quvchilarning og`zakiva yozma nutqini o`stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi
uch asosiy omilga bog‘liq: 
1) so`zga e‘tibor bilan munosabatda bo`lish, o`quvchilarning ko`p mutolaa
qilishi, atrofidagi kishilarning to`g`ri va ifodali nutqi, ya‘ni nutqiy sharoit; 
2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi; 
Savol va topshiriqlar 
1.  O`quvchilar  nutqini  o`stirish  sohasida  maktab  va  o`qituvchi  oldiga
qo`yilgan asosiy vazifalarni ayting. 
2.  Boshlang`ich  sinf  o`quvchilaridan  biri  nutqining  asosiy  xususiyatlarini
tekshiring. 
3. Maktabda lug`at ustida ishlashning asosiy yo`llarini tushuntiring. 
4. «Lug`at ustida ishlashda o`quvchilarning bilish faolligi va mustaqilligini
oshirish» mavzusida axborot tayyorlang. 
Logotip
yoki bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o`qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo`l qo`yilgan xatoni to`g`rilash yo`li tushuntiriladi. SHundan so`ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o`qituvchi yo`l qo`yilgan xatoning bir turini to`g`rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo`rin ishlatilgan so`zni boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o`qib yoki yozib beradi, o`quvchilar yo`l qo`yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so`z bilan almashtirib, uni to`g`rilaydilar va tushuntiradilar. Ayrim o`quvchilar yo`l qo`ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, qo`shimcha mashg‘ulot jarayonida to`g`rilanadi. O`quvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bo`lib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, ya‘ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to`g`rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir. Grammatikaga oid mavzuni o`rganishda o`quvchilar yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o`rganganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan so`zlar o`rnida qanday ishlatilishi o`quvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya qiladilar. O`quvchilarning og`zakiva yozma nutqini o`stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi uch asosiy omilga bog‘liq: 1) so`zga e‘tibor bilan munosabatda bo`lish, o`quvchilarning ko`p mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning to`g`ri va ifodali nutqi, ya‘ni nutqiy sharoit; 2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi; Savol va topshiriqlar 1. O`quvchilar nutqini o`stirish sohasida maktab va o`qituvchi oldiga qo`yilgan asosiy vazifalarni ayting. 2. Boshlang`ich sinf o`quvchilaridan biri nutqining asosiy xususiyatlarini tekshiring. 3. Maktabda lug`at ustida ishlashning asosiy yo`llarini tushuntiring. 4. «Lug`at ustida ishlashda o`quvchilarning bilish faolligi va mustaqilligini oshirish» mavzusida axborot tayyorlang.
5. Izohli lug`atlar, sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug`atlardan foydalanib,
I, II, III, IV sinf uchun ikkitadan leksik mashq tuzing. 
6. Boshlang`ich sinflarda sintaktik ishlar haqida gapiring. 
7. Fe‘llarda shaxs-son va zamonni o`rganishga bog‘liq holda so`z birikmasi
ustida ishlashga oid bir necha mashq tayyorlang. 
8. «Ot» mavzusini o`rganishga bog‘liq holda gap ustida ishlashga doir to`rtta
mashq tayyorlang. 
9. Bog`lanishli  nutqni o`stirish jarayonida o`quvchilarda hosil  qilinadigan
asosiy ko`nikmalarni ayting. 
10. «O`quvchilar bog`lanishli nutqini o`stirishda namunaviy matnning o`rni»
mavzusida axborot tayyorlang.
NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI
Nutqiy  xatolarga  noto‘g‘ri  (noo‘rin)  tanlangan  so‘zlar,  noto‘g‘ri  tuzilgan
gaplar, morfologik shakllarni noto‘g‘ri ishlatish kiradi.  
Boshlang‘ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki
ularni to‘g‘rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy
ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam
ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy
xatolarni  o‘rganish,  shuningdek,  ularning  kelib  chiqish  sabablarini  tekshirish
xatolarni to‘g‘rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug‘aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy,
sintaktik-uslubiy.
Boshlang‘ich sinflarda lug‘aviy-uslubiy xatolar ko‘proq uchraydi. Bunday
xatolarga quyidagilar kiradi:
1.  Bir  so‘zni  qayta-qayta  ishlatish. 
Bunday  xatoning  kelib
chiqishiga sabab, birinchidan, o‘quvchi so‘zni ishlatishga kam e’tibor beradi va
faol  lug‘atidagi  so‘zdan  takroriy  foydalanadi;  ikkinchidan,  o‘quvchining  so‘z
boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so‘zlar o‘rniga olmoshlardan
foydalana olmaydi.
Agar  o‘qituvchi  bir  so‘zni  qayta-qayta  ishlatmaslik  uchun  uning
ma’nodoshlaridan  yoki  shu  so‘z  o‘rniga  olmoshlardan  foydalanish  kerakligini
Logotip
5. Izohli lug`atlar, sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug`atlardan foydalanib, I, II, III, IV sinf uchun ikkitadan leksik mashq tuzing. 6. Boshlang`ich sinflarda sintaktik ishlar haqida gapiring. 7. Fe‘llarda shaxs-son va zamonni o`rganishga bog‘liq holda so`z birikmasi ustida ishlashga oid bir necha mashq tayyorlang. 8. «Ot» mavzusini o`rganishga bog‘liq holda gap ustida ishlashga doir to`rtta mashq tayyorlang. 9. Bog`lanishli nutqni o`stirish jarayonida o`quvchilarda hosil qilinadigan asosiy ko`nikmalarni ayting. 10. «O`quvchilar bog`lanishli nutqini o`stirishda namunaviy matnning o`rni» mavzusida axborot tayyorlang. NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI Nutqiy xatolarga noto‘g‘ri (noo‘rin) tanlangan so‘zlar, noto‘g‘ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto‘g‘ri ishlatish kiradi. Boshlang‘ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to‘g‘rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o‘rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to‘g‘rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi. Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug‘aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy. Boshlang‘ich sinflarda lug‘aviy-uslubiy xatolar ko‘proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi: 1. Bir so‘zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab, birinchidan, o‘quvchi so‘zni ishlatishga kam e’tibor beradi va faol lug‘atidagi so‘zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o‘quvchining so‘z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so‘zlar o‘rniga olmoshlardan foydalana olmaydi. Agar o‘qituvchi bir so‘zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma’nodoshlaridan yoki shu so‘z o‘rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini