BOGʻLANISHLI NUTQ. OGʻZAKI QAYTA HIKOYA QILISH VA YOZMA BAYON (O‘quvchilarni tarbiyalashda inshoning roli, Nutqiy xatolar turlari. Lug‘aviy- uslubiy xatolar)
Yuklangan vaqt
2024-05-17
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
23,3 KB
Ilmiybaza.uz
BOGʻLANISHLI NUTQ. OGʻZAKI QAYTA HIKOYA QILISH VA
YOZMA BAYON
Reja:
1. Namunaviy matnni qayta hikoyalash va bayon yozishga qoʻyiladigan talablar
2. Qayta hikoyalashga tayyorgarlik ishlari.
3.O‘quvchilarni tarbiyalashda inshoning roli.
4. Nutqiy xatolar turlari. Lug‘aviy- uslubiy xatolar.
Ilmiybaza.uz
Tayanch so‘z va iboralar: gap, gap ustida ishlash, gap bo‘laklari, sintaksis,
so‘z birikmasi, morfologiya, gapning bosh bo‘laklari, og‘zaki va yozma insho, insho
yozishga tayyorlash, insho tahlili, qayta hikoyalash, tanlab hikoyalash, qisqartirib
qayta hikoyalash, ijodiy qayta hikoyalash, bayon.
1. Og‘zaki va yozma insho turlari.
Insho ijodiy ishning yuqori shakli. U og‘zaki va yozma shaklda o‘tkaziladi.
Og‘zaki shakli savod o‘rgatish jarayoniga to‘g‘ri keladi, ona tili darslarida ham
davom etadi. Umuman, og‘zaki insho - o‘quvchining o‘qituvchi bergan biror
savoliga javob berishi, biror voqea haqida axboroti, rasm mazmunini hikoyalab
berishi. Bu insho shakli erkin. Demak, turli mazmundagi mashqlar inshoga
bo‘ysunadi. Yozma insho 1-sinfning 2-yarmidan boshlanib, darslikda rasm
yuzasidan berilgan savolga javob yozish shaklida amalga oshiriladi. Lekin bu paytda
insho atamasi ishlatilmaydi. Og‘zaki insho ko‘p o‘tkaziladi.
Insho o‘quvchini aqliy mustahkamlikka, fikrlashga, ko‘rgan, eshitgan,
kuzatganlarni baholashga, kuzatuvchanlikka, voqealarni qiyoslashga, xulosa
chiqarishga, munosabat ildirishga o‘rgatadi, fikrni tartibli ifodalash orqali o‘z
kuchiga ishonch uyg‘otadi. Matn ustida ishlash jarayonida voqealarning sabab natija
bog‘lanishini belgilaydi, reja haqida o‘ylaydi, so‘z tanlaydi, birikma va gap tuzadi,
imlosini o‘ylaydi-bu aqliy faoliyatni talab etadi.
Og‘zaki va yozma inshoga o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda mavzuni
tushunish va yoritish, material to‘plash, tartibga solish, joylashtirish, reja tuzish, reja
asosida yozish, mazmunga xos til vositalarini tanlash, ulardan foydalanish, yozgan
inshosini takomillashtirish ko‘nikmasi hosil qilinadi.
Bulardan tashqari, texnik vositalarni –husnixatga, xat boshiga, hoshiyaga rioya
qilinadi.
Og‘zaki va yozma insho:
1. Material manbaiga ko‘ra 3 xil:
a) o‘quvchilarning ko‘rgan-bilganlari, eshitganlari, mehnat kuzatishlari,
ekskursiya, o‘yinlari asosidagi insho;
Ilmiybaza.uz
b) kitob materiali, rasmlar, filmlar, spektakillar, o‘qituvchi hikoyasi asosidagi
insho;
v) turli manba materiallari asosidagi insho;
2. Mustaqillik darajasiga ko‘ra 2 xil:
a) Umumiy mavzu asosida umumiy tayyorgarlikdan so‘ng yoziladigan
kollektiv insho;
b) alohida mavzu asosida yoziladigan individual insho.
3. Janrga ko‘ra uch xil:
a)hikoya tarzidagi insho;
b) tasvir insho;
v) muhokama elementli insho
Boshlang‘ich sinfda shaxsiy hayotiy tarjiba asosidagi insho ko‘p o‘tkaziladi.
Rasm asosidagi insho tez-tez o‘tkaziladi.
Rasm asosdagi insho 3 xil:
1. rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosidagi insho;
2. mazmunli (bir syujet) rasm asosida insho;
3. rasmni tasvirlash - tasviriy insho.
Bularni o‘tkazish ham Shu berilgan tartibda o‘tkaziladi.
2-sinfda seriyali rasmlar bolalar mehnati, o‘yiniga asoslanadi.3-4-sinfda
seriyali, syujet, rasmni tasvirlash xarakteridagi insho o‘tkaziladi.1-sinf Gafforova
darsligida insho yozish hisobiga olinmagan. Boshlang‘ich sinfda insho ta’limiy
xarakterda bo‘ladi. 3-sinfda tekshiruv insho o‘tkaziladi. Ta’limiy insho baholanadi,
lekin salbiy baho qo‘yilmaydi.
2. O‘quvchilarni tarbiyalashda inshoning roli.
Insho bola shaxsini shakllantirish vositasi. Bolalar voqea –hodisalarni
sinchiklab kuzatishni o‘rganadi, fikrini izchil yoritishga o‘rganadi. Adabiy tilni
egallaydi.
Insho mavzusi: qahramonlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, maktab, ilm-
xosiyati, ota-onalarga munosabat, kattalarga hurmat, tabiat, bayramlar, hayvonot
dunyosi, yaxshilik, yomonlik, odob-ahloq mavzularida bo‘lishi o‘quvchilarning
Ilmiybaza.uz
Shunday ahloqiy xulqqa ega bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Inshoning tarbiyaviy
ahamiyatini oshirish uchun:
1. Osondan qiyinga tamoyiliga amal qilish. Inshoni muntazam o‘tkazib borilsa,
o‘quvchilarda mustaqillikni tarbiyalaydi.
2. Inshoni hayot bilan bog‘lash. Kuzatishlar, kundalik yuritish, qilingan ishlar
yuzasidan hisobot, xat, maqola, taqriz shaklida yozishning ahamiyati katta.
3. Insho uchun maktab va o‘qituvchining tarbiyaviy vazifalariga mos mavzu
tanlash. Mehnat, vatan, ahloqiy muammolar haqidagi mavzular kiradi.
4. Insho ustida ishlashda ishning emotsional darajasini oshirish. Tabiatni
qiziqarli, obrazli, ta’sirli qilib tasvirlash.
Mavzular: ”Bizning qishloq”, ”Jamoamiz dalasida”, ”Paxta boyligimiz”,
”Daraxt o‘tqazish”, ”Polizda”, ”Bizning gulzor”, ”Varrak”, ”Kim bo‘lsam ekan?”,
”Onam o‘qituvchi”, ”Bu mening bobom”.
Eng yaxshi insho sinfda o‘qib beriladi. Konkurs e’lon qilinadi. Mavzu
inshoning predmeti, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab material
to‘planadi, faktlar yig‘iladi. Insho mavzusini to‘liq yoritish uchun uni tushunishga
bog‘liq.. Eng asosiy narsa insho uchun mavzu tanlash. Mavzu tartiblangan,
chegaralangan bo‘lishi lozim. Mavzular: “Karam uzish”, “Uzumzorda”, “Paxta
terimi”, “Kuz kunlarining birida”, “Kech kuzda kolxoz bog‘i”, “Qorbo‘ron
o‘ynadik”, “Yozgi ta’tilning bir kunida”...
1. Insho yozishda reja tuzish tartibi
Mavzuni yoritish uchun o‘quvchilarga topshiriqlar beriladi. M: “Uzumzorda”
mavzusida insho yozish uchun: Uzumzor qishloqning qayerida joylashgan? U yerda
kim bog‘bon bo‘lib ishlaydi? Qanday uzum turlari bor? Siz u yerga borganda nima
qildingiz?
Uzumzorni tasvirlovchi so‘z, birikmalar to‘plang. Gaplar tuzing. Boqqa
o‘zingizning munosabatingizni bildiring. Topshiriqlar yozdiriladi, material
to‘planadi. To‘plangan materiallar og‘zkai savol-javob yo‘li bilan aniqlanadi,
kamchiliklar tuzatiladi, reja tuziladi, so‘zlatiladi, so‘ng yozishga ruxsat beriladi.
Reja-bu loyiha. Har bir og‘zaki va yozma hikoya qilishning zaruriy pog‘onasi – reja.
Ilmiybaza.uz
1-sinfda reja so‘roq gap shaklida, o‘qituvchi tomonidan tuzib beriladi. 2-sinfda
o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar bilan jamoa bo‘lib tuziladi. Unda ham asosan
so‘roq gap shaklida bo‘ladi. 3-sinfda jamoa bo‘lib tuziladi, darak gap shaklida
bo‘ladi. 4-sinfda mustaqil tuziladi, darak gap, atov gap (ba’zi qismi) shaklida
bo‘ladi.
Reja 2,3,5 qismli bo‘ladi. O‘quvchilar o‘qigan hikoyasiga reja tuzib, qayta
hikoyalaydilar. So‘ng insho rejasini tuzadilar. So‘ng seriyali rasm asosida reja
tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. So‘ng syujetli rasm va kuzatishlar asosda reja
tuzishga o‘tadilar.
Reja tuzishga o‘rganishdan oldin nima to‘xtatilinadi; keyin qanday davom
ettiriladi, so‘ng nima haqida gapiriladi, nima bilan tugatiladi deb yo‘l-yo‘riq beriladi.
Reja insho yozishga tayyorgarlik davrida tuziladi.
Mavzu e’lon qilingach, ekskursiya kuzatishdan oldin tuzib olinsa, insho
muvaffaqqiyatli yoziladi.
Inshoga tayyorgarlikni o‘qituvchi boshqaradi.
Tayyorgarlik davrida:
1) hikoya qilishga talab uyg‘otadigan vaziyat yaratish;
2) insho uchun material yig‘ish;
3) til vositalarini tanlash.
Tayyorgarlik insho yozilishidan bir necha kun oldin boshlanadi. Darsdan
tashqari vaqtlarda, boshqa dars jarayonida ham tayyorgarlik ko‘riladi. Insho ustida
ishlash 3 bosqichda:
1) material to‘plash; kuzatish, ekskursiya, rasmni ko‘rib chiqish, kinofilm,
spektakl ko‘rish, badiiy adabiyotlar o‘qish;
2) mavzuga doir mos materiallar tanlash, sistema solish joylashtirish, suhbat,
muhokama qilish, zarur materiallarni ajratish, reja tuzish, lug‘at ustida ishlash, imlo
va leksik tomondan tayyorgarlik ko‘rish
3) inshoni nutqiy shakllantirish; insho matnni tuzish, yozish takomillashtirish,
xatolarini to‘g‘rilash, tekshirish.
1-2-bosqichlardagilar darsdan tashqari paytlarda bajariladi.
Ilmiybaza.uz
Tayyorlov bosqichida qancha ko‘p ishlansa, insho sifatli bo‘ladi. Darsda
yig‘ilgan materiallar yodiga tushirilsa, yozishga qiziqish uyg‘otiladi.
1-sinfda insho yozish bir dars, 2-sinfda bir dars keyingi soatdan 15-20 daqiqa,
3-4 sinfda bir-bir yarim, ba’zan 2 dars ajratiladi.
Xatolar ustida ishlashga 20-25 daqiqa ajratiladi.
1) mavzuni e’lon qilish, uni o‘quvchilar bilan muhokama qilish
2) to‘plangan materiallarni sistemaga solish, rasm asosida bo‘lsa, rasmni
ko‘rish, suhbat o‘tkazish.
3) reja tuzish yoki oldin tuzilgan rejaga aniqlik kiritish
4) Matnni nutqiy tayyorlash, zarur so‘zlarni yozish, birikma gap, bog‘lanishli
nutq tuzish, imlosi qiyin so‘zlarni tushuntirish;
5) Inshoni yozish, o‘qituvchi ayrim o‘quvchilarga induvidual yordam beradi.
6) Insho tekshiriladi, o‘quvchilar tuzatishlari bo‘lsa, baho pasaytirilmaydi
(o‘quvchilar tekshiradi).
7) O‘qituvchi 2 kun ichida inshoni tekshiradi.
Inshoni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1) mavzuning yoritilishi
2) reja, kompozitsiya, izchillik, xulosa chiqarilganmi?
3) Janri, uslubi, tasvir muhokama elementlari bormi? Badiiy elementlari
bormi?
4) Insho hajmi
5) Leksikasi
6) Sintaksisi
7) Imloviy, ishoraviy savodxonligi
8) Husnixat, xat boshi, hoshiya.
Test:
1. Rasm asosidagi inshoning nechta turi mavjud?
a) 3 ta turi b) 2 ta turi d) 4 ta turi e) 5 ta turi
2. Og‘zaki yoki yozma insho ustida ishlash necha bosqichga bo‘linadi?
a) 3 bosqichga b) 2 bosqichga d) 4 bosqichga e) 5 bosqichga
Ilmiybaza.uz
3. Insho material manbaiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
a) 3 turga b) 5 turga d) 2 turga e) 4 turga
4. Insho janriga ko‘ra –
a) yuqorida sanalganlarning barchasi b) tasvir tarzidagi insho d)
muhokama tarzidagi insho e) hikoya tarzidagi insho
Asosiy adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matchonov S., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona
tili oʻqitish metodikasi. -T.: “Noshir”, 2009. -163 b.
2. Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H., Masharipova U.,
Sattorova X. Husnixat va uni oʻqitish metodikasi. –T.: TDPU, 2013Ю -70 b.
Qoʻshimcha adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. -Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2016. -56 b.
2. Ona tilidan Milliy oʻquv dasturi. –T.: “Respublika ta’lim markazi”, 2021.
3. Adizova N.B., Jumayev R.X., Qoʻldoshev R.A., Ismatov S.R. Ona tili oʻqitish
metodikasi. -Buxoro: “Durdona”, 2021. - 292 b.
4. Adizova N.B., Adizova N.B. Ona tili oʻqitish metodikasi. -Buxoro: “Durdona”,
2021. -120 b.
5. Jumayev R.X. Ona tili oʻqitish metodikasi. -Buxoro: “Durdona”, 2021. - 120
b.
6. Azimova I.A. va boshq.. Ona tili va oʻqish savodxonligi (2-sinf oʻqituvchilari
uchun metodik qoʻllanma). – T.: “Respublika ta’lim markazi”, 2021. – 128 b.
7. Azimova I.A. va boshq. Ona tili va oʻqish savodxonligi 1-sinf oʻqituvchilari
uchun metodik qoʻllanma. –T.: “Respublika ta’lim markazi”, 2021. - 128 b.
8. Azimova I.A. va boshq. Ona tili va oʻqish savodxonligi 1-2-qism: 1-sinf uchun
darslik. – T.: “Respublika ta’lim markazi”, 2021. – 104 b.
9. Ikromova R. va boshq. Ona tili (4-sinf uchun darslik). –T.: “Oʻqituvchi”, 2020.
-160 b.
Ilmiybaza.uz
10. Mavlonova K. va boshq. Ona tili va oʻqish savodxonligi. 1-2-qism: 3-sinfi
uchun darslik. – Toshkent: “Respublika ta’lim markazi”, 2022. – 144 b.
11. Mavlonova K. va boshq. Ona tili va oʻqish savodxonligi. 1-2-qism: 2-sinf
uchun darslik. – T.: “Respublika ta’lim markazi”, 2021. – 120 b.