Bola va shaxs kamoloti
“Dunyo
shiddat
bilan
o‘zgarib,
barqarorlik
va
xalqning
mustahkam
rivojlanishiga
rah-
na
solayotgan
turli
yangi
tahdid
va
xavflar
paydo
bo‘layotgan bugungi kunda
ma’naviyat
va
ma’rifatga,
axloqiy tarbiya, yoshlarning
bilim
olish,
kamolga
yetishga
intilishiga
e’tibor
qaratish
har
qachongidan
ham muhimdir”.
Shavkat Mirziyoyev
Bugungi kunning talabiga ko‘ra, agar mendan inson
hayotidagi eng katta boylik nima deb so‘rasalar, men ertangi kun
haqida o‘ylovchi, aqlli, bilimdon va yuksak ma’naviyatli farzandi,
deb javob bergan bo‘lardim. Bilamizki, dunyoga kelgan go‘dak
ma’lum yoshga qadar individ hisoblanadi. “Individ” lotincha
“individium”
so‘zidan
kelib
chiqqan
bo‘lib,
“bo‘linmas”,
“alohida”, “yagona” ma’nolarini anglatadi. Individ biologik turga
kiruvchi alohida tirik va doimiy harakatlanuvchi mavjudotdir. Shu
bois harakat shaxsning shakllanishida o‘ziga xos omil sanaladi.
Go‘dak
(chaqaloq)
ham
turli
harakatlar
qiladi.
Biroq,
bu
harakatlar keyinchalik shartli reflekslar bo‘lib, ongli ravishda
emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida
yuz beradi.
Bolada
nutqining
hosil
bo‘lishi,
shuning-
dek, uning harakatlari ongli ravishda sodir bo‘la
boshlashi
va
ijtimoiy
munosabatlar
jarayonidagi
ishtirokining
ro‘y
berishi
shaxs
shakllanishining
dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bu vaqtda bolaning
ma’naviy
olami,
tarbiyaning
ilk
ko‘rinishlari
namoyon bo‘la boshlaydi.
Bola
ham
o‘z
xati-harakatla-
ri bilan jamiyatga ta’sir ko‘rsatib,
jamiyatning kelajagiga daxldorligini
ko‘rsatadi. Bolaga nutqning shakl-
lanishi
jarayonida
so‘zlashish
madaniyati
bilan
birga
millat
qadriyatlari
bo‘lgan
Vatanga
mu-
habbat,
ota-onaga
muhabbat,
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat,
do‘stlariga
mehr-oqibat
va
mehmondo‘stlik
hamda
boshqa
ko‘plab ko‘nikmalarni misollar orqali
asta-sekinlik
bilan
tushun-tirib,
singdirib hosil qilib borish lozim.
Shu
bois
mamlakatimizda
bolalarning barkamol va sog‘lom
bo‘lib yetishi uchun eng qulay
maskan hisoblangan maktabga-
cha ta’lim muassasalariga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Aynan bog‘-
chada
bolalar
nutqi
to‘la
shakllanadi,
shuningdek,
o‘z
hayotining
ilk
saboqlarini
ola
boshlaydi.
Bog‘cha
farzandla-
rimizning ilk etik-estetik mada-
niyati va ta’lim-tarbiyasi shaklla-
nadigan muassasadir.
Har bir bog‘cha tarbiyalanuvchisi bir-biridan o‘z
xarakteri bilan birga qiziqishlari, bilimi va odobi
orqali
farqlanadi.
Shuning
uchun,
ularni
milliy-
an’anaviy
qadriyatlar
va
zamonaviy
pedagogik
tafakkur uyg‘unligida mushtarak ezgu g‘oya asosida
tarbiyalash har bir tarbiyachining burchi hisoblanadi.
Avvalo, bolaga milliy g‘oyani singdirish
orqali, uning taraqqiyotga ilk qadamini
qo‘yishiga zamin yaratish lozim.
Ozod
va
obod
Vatan,
erkin va farovon hayot
g‘oyasi:
Birinchidan, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan, kindik qonimiz
to‘kilgan joyning daxlsizligi, xavfsizligini ta’minlash;
ikkinchidan, ruhiy jihatdan milliy o‘zligimizni anglash va uning ifodasi
bo‘lgan qadriyatlarni saqlash, boyitish;
uchinchidan,
erksevar
asriy
orzulari
bo‘lgan
mustaqillikni
mustahkamlashga barchani safarbar qilish;
to‘rtinchidan, har bir kishining farovonligi davlat, millat farovonligining
asosi
ekanligini
anglagan
holda
tashabbuskorlik,
tadbirkorlik
bilan
fidokorona mehnat qilishga asoslangan;
beshinchidan, bu g‘oya kelajakka qara-
tilgan bo‘lib, xalqni uyushtirish,safarbar
qilish vazifasini bajaradi;
oltinchidan, bu g‘oyada mamlakatimizda
yashayotgan
barcha
millat
vakilla-
rining
pirovard
maqsadlari
ifodalangan
bo‘lib, u kishilarni kelajakka chorlovchi
ulug‘vor va jozibali shior tarzida namoyon
bo‘ladi.
Shu bois bugungi kunning talabidan kelib chiqib,
milliy g‘oyaning bosh maqsadini har bir maktabgacha
ta’lim
muassasasi
bitiruvchilari
yoddan
bilishi
va
ma’nosini to‘la anglashi, bu ularning xotirasida doim
saqlanib qolishi bilan birga, tinchlik, barqarorlik va
yuksaklik g‘oyalariga da’vat etishi muhimdir. Chunki,
yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdir.
Farzandlar tarbiyasiga e’tiborni, avvalo, ularning
muomala madaniyatini shakllantirishdan boshlash
lozim. El orasida shunday gap bor: joningni oladigan
ham so‘z, joningga rohat bo‘ladigan ham so‘z.
Bolalarning
yoshlikdan
tarbiyasini
shakllantirib, ularga hayot murakkab-
liklarini ro‘y-rost aytib, o‘z haq-huquqi
uchun
kurashadigan,
irodali
qilib
tarbiyalashimiz kerak. Haq-huquqi u-
chun
kurashish
deganda,
albatta,
janjalkash, behayo, to‘polonchilar emas,
balki hayot haqiqatlarini to‘g‘ri qabul
qilib, aqlu idrok bilan yengib o‘tadigan
kishi nazarda tutiladi.
Bolaning rivojlanishi, avvalo, unda shaxsiy
xislatlarning shakllanishi bilan boshlanadi.
Rivojlanish
bolaning
jismoniy,
aqliy
va
boshqa xislatlarining takomilini namoyon
etadigan
jarayon
bo‘lib,
bunday
xislatlar
tug‘ma,
ba’zilari
keyinchalik
eri-
shilgan
bo‘ladi.
Lekin
bolaga
berilgan
to‘g‘ri
tarbiya undagi tug‘ma xis-
latlarning ijobiysini rivoj-
lantirib,
salbiylarni
yo‘q
qiladi.
Bilamizki,
inson
hayoti
davomida
jismoniy
va psixik jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik
va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi.
Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan
o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi,
bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi
natijasida
bola
jamiyat
a’zosi
sifatida
kamol
topib,
murakkab
ijtimoiy
munosabatlar
sistemasida
o‘ziga
munosib o‘rin egallaydi. Shu boisdan maktabgacha ta’lim
muassasalarida
tarbiya
ta’limdan
hamisha
ustuvor
bo‘lmog‘i diqqat markazimizda turishi maqsadga muvofiq.
Zero,
ma’naviy-ahloqiy
barkamol
yosh
avlod
jamiyat
taraqqiyotini yuksaltiruvchi qudratli kuch va shu bilan
birga porloq millat kelajagi garovidir.
Targ‘ibot ishlarini metodik ta’minlash bo‘limi