BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODIY
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK MULOQOTNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FUNKSIYALARI.
REJA:
1. Pedagogik muloqotda muomala inadaniyati.
2. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri.
3. Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari va omillari.
Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari.
4. O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari.
5. O‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatiga muomala madaniyati.
Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-harakatlari
o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi haqidagi
qarashlari, uning xatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos
kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar
bermaydi. O‘qituvchi subekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom
ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada o‘quvchining ichki
hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng
muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga
asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos
ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l
topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan
o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.
2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.
3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi
qalbiga yo‘l topadi.
Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan pedagogik
imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o‘qituvchi quyidagi
faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim:
- o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy jarayonga oid
so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi;
- muomala ob’ekti bo‘lmish o‘quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat,
imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi;
- o‘quvchilarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga
jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy muloqotga
tayyorlashi;
- o‘quvchilarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usul-larini bilishi.
O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi.
Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u
o‘quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni turli
vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan
dalillardan va o‘quvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining
o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiravchi
hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida
sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir
bo‘ladi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatiga erishishi
natijasida quyidagi holatlar paydo bo‘ladi:
- pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi tarbiyalanuvchi ob’ekt bilan o‘ziga xos muomala
muhitini yaratadi. Bunday muhitda o‘qituvchi o‘zining psixologik, mimik, pantomimik,
notiqlik san’ati, ta’sir o‘tkazish kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi;
- o‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, samimiy muomalasi muloqotda
ijobiy natijalarga erishish kalitidir;
- o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada o‘qituvchining doimo psixologik bilimlarga
tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi;
- o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqotga kirishar ekan, yaxshi
muomalasi bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik qatlamlarni ham anglab olishga
qodir bo‘ladi.
Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida ob’ekt va subektning
ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro
uyg‘unlashuvni yuzaga keltiradigan muomalaning asosiy bog‘lovchisi so‘zdir. So‘z -
mazmunan o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklaratsiyalarida
o‘z ifodasini topadi.
2. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri
Ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so‘z, xalq tilining
tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda
Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy,
Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb donishmandlarining boy
meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida
targ‘ib qilingan. Ular so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb
bilishgan hamda har bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘zdan
kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor - elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri
mo‘jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va
shogirdlaming samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol
va tarbiyalangan insonning o‘nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan:
- birinchisi: xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb qaramaslik;
- ikkinchisi: yoshlikdan o‘z nafsiga erk bermaslik;
- uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;
- to‘rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo‘yish;
- beshinchisi: agar gunohkor uzr so‘rasa, uzrini qabul qilish va kechirimli bo‘lish;
- oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;
- ettinchisi: doimo el g‘amini eyish;
- sakkizinchisi: aybini tan olish;
- to‘qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo‘lish;
- o‘ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo‘lish. Muloqot Sharqona
tarbiyada axloq ko‘rki sanalgan. Muallim har bir o‘quvchining qanday dunyoqarashga
egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o‘zaro
muloqotida namoyon bo‘lishini uqtirishgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot -
azaldan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi bo‘lgan. Muloqotning asosiy quroli til
hisoblangan. Shuning uchun ham til - aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.
Alisher Navoiy "Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘li-shini, uning
nasihatidan chiqmaslikni" o‘z asarlarida bayon etgan. Shuning uchun til shirinligi va
notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir
o‘qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. Ta’lim-tarbiya
jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O‘qituvchining tili, nutqiy
qobiliyati o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-atvori va fikr yuritishlariga
ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O‘qituvchining "til boyligi va notiqlik san’ati
barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan" (A.P.Chexov). Uning his tuyg‘usi,
intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan o‘quvchilarda
xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish
hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o‘qituvchi "tilning xalq
o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka
aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita" (K.D. Ushinskiy)
ekanligini unutmasligi kerak.
Kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarida shirin-suxanlik, go‘zallik,
so‘zlashuv ohangidagi muloyimlik muosharat odobi deyiladi. Muosharat odobi
insonning go‘dakligida ota-ona bag‘rida, oilada shakllantirilishi kerak. "Qush uyasida
ko‘rganini qiladi" deyiladi xalq maqollarida. Oilada o‘rganilgan muosharat odobining
poydevori mustahkam bo‘ladi. Bola maktabda, ulg‘aygach esa, ijtimoiy muhitda
ko‘nikma hosil qilish jarayonida oilasida o‘rganilgan muosharat odobining kuch-
qudratini doimo his qiladi.
Insonning eng ulug‘, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar
orasida, ya’ni jamiyatda o‘z o‘rnini topib yashashidir. Bu faoliyatning murakkabligi
shundaki, ko‘pchilikka qo‘shilish, ular bilan ahil bo‘lib yashash uchun insonda shunga
yarasha muomala va munosabat bo‘lishi kerak. Muomala va munosabatda
o‘quvchilarning diliga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol va dilozor muloqot olib boruvchi
o‘qituvchilarni hech kim yoqtirmaydi. O‘quvchilar xushfe’l, shirinsuxan, adolatparvar,
muomalasi shirin o‘qituvchi va tarbiyachilarni dildan yoqtirishadilar va hurmat-e’tibor
qilishadi. Insonlar orasida munosib o‘rinini topish, inoq va hamjihat bo‘lib yashash
shartlaridan biri odamning kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon o‘zining yutug‘i
bilan, badavlatligi bilan, ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda
bo‘ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo‘lmog‘i zarur.
Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda biz kim
bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. O‘qituvchining qanchalik bilimli, aql-
zakovatli ekanligi o‘quvchilarning bir-birlari bilan va ota-onalari bilan olib boradigan
muloqoti orqali namoyon bo‘ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-birlariga
so‘z yordamida etkazadilar, amalga oshiradilar. Shu tufayli so‘zlashuv munosabatlari
nihoyatda go‘zal va muloyim bo‘lishini hayot taqozo etadi. So‘zga boy, shirinsuxan
kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo‘ladi. Bunday kishilarni
yoqtiradilar, hurmat qiladilar. So‘zlashuv ham o‘ziga xos san’atdir. Bu san’atning ildizi
muosharat odobi bo‘lib, uni mukammal o‘rganish har bir inson uchun zarur. Shu bilan
birga, ona tilini mukammal o‘rganmoq va sof adabiy tilda o‘quvchilar bilan muloqot
qilish o‘qituvchining notiqlik qobiliyatidir.
3. Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari va omillari.
Inson o‘z qadr-qimmatini va o‘zligini umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya
jarayonida anglay boshlaydi. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi tomonidan o‘zaro
muloqot asosida olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida o‘quvchilarda muloqot
orqali ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari (O.Musurmonova) ifodalangan:
• har bir insonning qiziqishlarini ko‘ra bilish, his etish va hurmat qilish;
• milliy-ma’naviy madaniyat manbalarini o‘rganish, o‘zligini anglashga ehtiyoj;
• inson hayotida mehnatning o‘rnini to‘g‘ri tushunish;
• insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon, e’tiqod, milliy qadriyatlarni e’zozlash;
• Vatanga muhabbat, sadoqat, o‘z manfaatlarini jamiyat, xalq man-faatlaridan yuqori
qo‘ymaslik;
• ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nisbatan muruvatli,
sahovatli bo‘lish.
Ma’naviy madaniyatning muhim belgilarini shakllantirishda, ta’iim-tarbiya tizimini
ma’naviy muhit, ma’naviy faoliyat va ma’naviy anglash bosqichlaridan iborat andozalar
asosida tashkil etishda ushbu mezonlar talablariga rioya qilish belgilangan maqsadni
samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bunda o‘qituvchining muloqoti asosida
o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta’sir etuvchi quyidagi
millar ham muhim ahamiyatga ega:
1.O‘quvchi ma’naviy faoliyat asosida o‘zligini anglashni shakllantirish uchun ma’lum bir
muhitda ma’naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz
muhit va faoliyat bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun o‘quvchilar ma’naviy
madaniyatini shakllantirish samaradorligini ma’naviy harakat omili ta’minlaydi.
2.2. Ma’naviy qadriyatlarning mohiyati, ma’naviy-axloqiy tajriba, o‘qituvchining
ta’sirchan nutqiy muloqoti vositasida o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Nutqiy aloqalar
tarbiya jarayoni ob’ektlari va subektlari orasida kechadi va o‘quvchi ma’naviy
madaniyatini shakllantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchining xulq namunasi,
ma’naviy harakati, nutqiy aloqalar samaradorligi o‘qituvchi va o‘quvchining muloqoti
asosidagi faoliyat munosabatlari bilan belgilanadi.
3. Ma’naviy qadriyatlarning tarbiyaviy imkoniyatidan ta’sirlanish va amaliy faoliyatda
ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilishini ta’minlab, o‘quvchi
ma’naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyatini yanada takomillashtirish ta’lim-
tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o‘qituvchi va o‘quvchi) doimiy ijodkorlikni
talab alladi. Ijodkorlik - milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchi ma’naviy
madaniyatini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
O‘qituvchi ta’iim-tarbiya jarayonida uning imkoniyatlaridan keng va samarali
foydalanadi.
4. O‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muvaffaqiyati o‘qituvchining
muloqot olib borish psixologik taktikasi omillariga ham bog‘liq. Ushbu omilni
harakatlantiruvchi sharoitlar:
- o‘qituvchining pedagogik-psixologik va maxsus fanlar integratsiyasi bo‘yicha chuqur
bilimga ega bo‘lishi;
- mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy mahorati;
- o‘quvchilar bilan o‘zaro do‘stona muloqot madaniyati;
- o‘quvchilarning ruhiy holatini tez bilib olishi;
- o‘qituvchi ma’naviy madaniyatining shakllanganlik darajasi;
- ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usul va metodlarini tanlay bilishi:
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari to‘g‘risida chuqur ma’lumotlarga ega
bo‘lishi;
- o‘qituvchining pedagogik jamoa orasidagi hurmat - e’tibori.
5. O‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilarda ham ijodkorlik omilini takomillashtirib
boradi. O‘quvchida uning sifatlari quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:
- ma’naviy qadriyatlarni, an’analarni o‘zlashtirishga qiziqishda ehtiyoj va talabning
kuchliligi;
- o‘rganilayotgan fanlar asoslarini egallashga ijobiy munosabat;
- ma’naviy madaniyat saviyasi, dunyoqarashi;
- o‘z-o‘ziga nisbatan talabchanlik;
- tabiatga, atrof-muhitga ongli munosabat;
- yangiliklarni va axborot texnologiyalarini o‘rganishga qiziqish;
- ijtimoiy va shaxsiy faolligi;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi;
- tashabbuskorligi va ijodkorligi.
O‘quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi
ta’lim mazmuniga asoslanib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi
faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish saviyasiga bog‘liq. Bu quyidagi faoliyat turlarini
mukammal bilishni taqozo etadi:
Birinchidan. o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’u-liyatni, faollikni va eng
asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni taiab qiladi.
Ikkinchidan. har bir darsda o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham belgilangan maqsadni aniq
qo‘ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab olishi lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchilligi va
tarbiyaviy xarakteri, o‘qituvchining notiqlik san’ati asosida bayon etish shaklining
mukammalligi, qiziqarliligi o‘quv-chilarda ta’limiy va tarbiyaviy tomondan
o‘rganiladigan qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va
diniy xarakterdagi milliy qadriyatlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish
ishtiyoqi rivojlanadi.To‘rtinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va
uslubiy tayyorgarligi, o‘z kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan darsi andozasini va
uning natijasini oldindan ko‘ra bilish, har bir dars samaradorligini ta’minlovchi texnik va
texnologik belgilardan biridir.
Beshinchidan, dars jarayonida o‘quvchilar jamoasiga erkin fikr yuritish, o‘z fikr-
mulohazasini erkin bayon etishga imkoniyat yaratish, o‘quvchilar jamoasi fikriga
tayanish, ularning fikr-mulohazalari, istak-xohishlarini e’tiborga olish, o‘quvchilarning
mustaqil ishlaridan keng foydalanish zarur.
Oltinchidan, o‘quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va adolatli
bo‘lishi barcha ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etilishiga ijobiy ta’sir
etuvchi omil ekanligini unutmaslik kerak.
Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari. Muloqot -
yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv
ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo
bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar,
axloqiy me’yorlar g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs
sifatida kamolotga yetadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik-psixologik
fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo
munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi hamda
hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro
munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi,
usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, ta’lim va
tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon
bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
• muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun
ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
• o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib,
motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol
o‘ynaydi;
• pedagogikada muloqot - o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish asosida o‘zaro
munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga
oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo
munosabat rivojlarushining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;
• noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonchsizlik
paydo bo‘ladi, ularning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi
buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedasogik muloqot - bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari
faoliyatda o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy
iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;
• o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish
• o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fikr-mulohazalarini cho‘chimasdan bayon
qilib unga tayanishga o‘rgatish;
• o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.
O‘qituvchining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, quyidagi
funksiyalar bilan xarakterlanadi:
PEDAGOGIK MULOQOT FUNKSIYALARI
- o‘zaro axborot almashishni yo‘lga kuyish;
- ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni birgadikda tashkil etish:
- o‘quvchilarni erkin fikr-muloxaza yuritishga o‘rgatish:
- salbiy xolatlarni sinf jamoasi bilan birgalikda bartaraf
- do‘stlar uchun kaygurish va ularga yordam berishga erishish:
- uzligini anglash. O‘quvchilar bilan muloqotda qoniqish xis etish.
Muloqot jarayonida o‘qituvchi qisqa muddatda o‘zining psixologik bilimlariga tayanib
o‘quvchilarning psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim.
O‘quvchilarning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli
tarbiyaviy jazolar qo‘llash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o‘quvchilar bilan
o‘zaro muloqotni tuzatib bo‘lmas darajada buzilishiga, o‘quvchilarning yashirin holatga,
o‘z qobig‘iga kirib olishiga sabab bo‘ladi.
O‘qituvchilarning o‘zaro axborot almashishi bilan bog‘liq xususiyatlari, uning sinf
jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog‘liq. Sinf jamoasida ro‘y berayotgan har
qanday voqea va hodisalar o‘qituvchilar nazoratida bo‘lishi, ularning oqibatini
o‘qituvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat faol o‘quvchilar
bilan axborot almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, o‘qituvchining
o‘quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratiladi va ijobiy natijalar
beradi.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o‘qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir.
Pedagog olimlar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotiga ko‘plab tavsiflarni ilmiy
asarlarida bayon etsalarda, muloqot, avvalo, o‘qituvchining shaxsiy psixologik
xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Olimlar esa, muloqot uchun o‘qituvchiga yo‘nalish
beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A. Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining
pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Prognostik bosqich (modellashtirish): O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan
bo‘lajak
muloqotni modellashtirish.
2.Kommunikativ aloqa: O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv jarayonida bevosita
muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon: O‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita
muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni
xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun modellashtirish.
Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo‘nalishlarini quyidagicha ta’riflash
mumkin?
Modellashtirish bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir
o‘quvchining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi
mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko‘ra olish va bartaraf etish,
muloqotning o‘zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot o‘qituvchi shaxsiga
emas, balki o‘quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta’minlash zarur.
Kommunikativ aloqa bosqichida sinf jamoasini o‘zaro muloqotga tez jalb etadigan
suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qizi-qishlariga javob bera olish, erkin
fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli
usullarini qo‘llash metodlarini egallash lozim.
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan yaxshi munosabatni
tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi
kerak. Pedagogik muloqot esa, bu o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib,
bunda ta’lim va tarbiya muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining
boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda
o‘qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo‘ladi hamda uning o‘zi baho oluvchi
hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon
bo‘ladi:
Kommunikativ muloqot.
Interaktiv muloqot.
Perseptiv muloqot.
1. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o‘z ichiga
hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvini qamrab olgan
bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir
- birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til
va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etishdir. Muloqotga
kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga
nafaqat so‘z orqali, balki fikr almashinuv, xatti - harakat va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir
o‘tkazishi tushuniladi.
3. Perseptiv muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi,
anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish
asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak
tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro hamkorlik faoliyatini
tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilaming munosabatlari yaqqol
namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o‘qituvchi
o‘quvchilar bilan hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har
tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi
lozim.
Ishonchini qozonish usuli nafaqat o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida, balki ta’lim-
tarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham o‘quvchiga ta’sir qiladi. O‘quvchi
ishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy natijalar paydo qilishi ham mumkin. O‘qituvchi
ishontirish bilan o‘quvchida ijobiy hislatlarni uyg‘otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z
o‘rnida qo‘llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir o‘quvchining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Chunki bir xil yoshdagi o‘quvchilar psixik jihatdan
turli xarakterga ega bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlari,
qiziqishlari, irodaviy hislatlari har xil bo‘lgani uchun bir o‘quvchiga nisbatan foydali
bo‘lgan ishonchini qozonish usuli, boshqasiga zararli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun
har bir o‘quvchining ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini o‘qituvchi muntazam
o‘rganib borishi, o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarbiyalanuvchi
temperamentining umumiy tiplarini o‘rganish metodikasini bilish lozim. Masalan,
ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglashi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki
vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki
tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yoki ishga tez khishib ketishi kabilar nerv
faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilar ishonchini qozonishi uchun
ularni bilishi va zarur bo‘lgan xulosalarni ishlab chiqishi shart.
O‘quvchilar ishonchini qozonishning yana bir muhim xususiyati o‘quvchilarni shaxs
sifatida rivojlanishida o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchining
o‘zini o‘zi idora qilishi, o‘zida erkinlikni, ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va
mustaqillikni shakllantirishdir. O‘quvchining yashirin qobiliyatlari o‘z-o‘ziga ishonch
orqali yuzaga chiqadi. O‘quvchi uchun o‘z-o‘zini baholash qiyin jarayon. O‘quvchi
ta’lim-tarbiya berayotgan o‘qituvchilarga ishonch bilan ergashib, o‘ziga nisbatan
ishonch ruhida tarbiyalanar ekan, unda avvalo, mustahkam iroda shakllanadi, o‘z
burchini to‘g‘ri tushunadi, bilish va o‘rganishga qiziqishi kuchayadi, o‘z-o‘zini har
tomonlama takomillashtirishga intiladi, o‘ziga atrof-muhitdagi o‘rtoqlari ko‘zi bilan
xolisona baho beradi, o‘ziga ishonadi va unda qoniqish hissi paydo bo‘ladi.
Xarakteridagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni tez anglab, ularni yo‘qotish va bartaraf
etishga intiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan pedagogik muloqotni har tomonlama mukammal
tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat
talablariga mos keluvchi yetakchi tamoyillaridan o‘rinli foydalanishi lozim:
1. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv. Muloqot jarayonida
o‘qituvchi o‘quvchini ijtimoiy qadriyat deb tan olishi, har bir bola, o‘smir va
o‘spirinning betakror va o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va
erkinligini e’zozlashi lozim. Zero, ta’limni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada
demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish,
tarbiyachi va tarbiyalanuvchining bir-birlariga o‘zaro ishonchi, hamkorlik asosida
pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy tomonga yo‘naltirish demakdir. Muloqotni
demokratik uslubda tashkil etishdan maqsad, ta’lim-tarbiyani insonparvarlashtirish,
pedagogik faoliyat markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan
bebaho boylik sifatida munosabat tuyg‘ularini o‘quvchilarda ham shakllantirish vazifasi
bajariladi.
2. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat. Aslida muloqotdan maqsad o‘quvchilar bilan
do‘stona munosabatni ro‘yobga chiqarishdir. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish
o‘qituvchining insonparvarlik tuyg‘u-laridan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat
qilish, ularga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Bolalarga
nisbatan hurmat tuyg‘usi ularning kuchiga kuch qo‘shadi, o‘z imkoniyatlariga ishonch
tuyg‘usini shakllantiradi, tarbiyaning samaradorligini oshiradi. O‘quvchi shaxsini hurmat
qilish va munosabatni adolatli talabchanlik mezonlari asosida qurishdir. Do‘stona
muloqot o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobi o‘qituvchilarning axloqiy
madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. O‘qituvchining o‘ziga va o‘z kasbiga,
o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati uning muloqotida yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.
4. Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lab olib borish. Yosh avlodning o‘sib
ulg‘ayishi va shakllanishiga hayot, ijtimoiy muhit qonuniyatlari ham muntazam ta’sir
etadi. Muhit ijtimoiy omillarning eng muhim xususiyati bo‘lib, u shaxsga ijobiy yoki
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Muhit deganda, shaxsning tarbiyalanib, shakllanishiga
ta’sir etuvchi tashqi olam voqealari, hodisalar majmui tushuniladi. Muhit tushunchasi
o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit xususiyatlarini ifodalaydi. Ayniqsa,
oila, maktab, do‘stlar davrasi, tengqurlar kabilarni o‘z ichiga oladigan mikromuhit
shaxsni tarbiyalash jarayoniga muhim ta’sir etishi pedagog va psixolog olimlar
tomonidan e’tirof etilgan. Oila muhiti o‘quvchining tarbiyasi va barkamol inson sifatida
shakllanishida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shuning uchun o‘qituvchi
muloqotni tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari, o‘quvchilar jamoasi faollari,
uchastka nozirlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ular bilan birgalikda faoliyat olib borishi
kerak. Muloqotda ijtimoiy hayot qonuniyatlarini hisobga olish, o‘quvchilarni maqsadli
tarbiyalashda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zamin yaratadi.
4. Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o‘rni. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi
mehnat faoliyati bilan o‘z qobtliyati va iste’dodini namoyon qiladi. Mehnat - yosh
avlodni yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvorini namoyon qiluvchi, kasbiy
qobiliyatlarini uyg‘otuvchi, tarbiyaviy jarayonning eng qadimiy va sinalgan vositasidir.
O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki
faoliyat birligi bolani jismonan chiniqtiradi va faollashtiradi, xulq mukammalligini
ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qilib shakllantiradi. Shunday ekan, o‘qituvchi
o‘quvchilar bilan muloqotni ularning mehnatsevarligiga yoki dangasaligiga qarab
belgilasa ham bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida bolalarni ilk yoshidan boshlab
mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat qiluvchilarga hurmat ruhida
tarbiyalashda o‘zaro muloqotning o‘rni cheksiz. Ta’lim muassasalarida o‘qishning o‘zi
ham mehnatdir. Muloqotdan maqsad, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda muvaffaqiyatlarga
erishish uchun u mehnat tarbiyasi bilan aloqadorlikda olib borilishi lozim.
5. Qo‘rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi. Bunday muloqot uslubiga odatda
yosh, tajribasiz o‘qiruvchilar tushib qolishi mumkin. Ushbu uslub asosida boshlangan
muloqot, ko‘pincha, o‘quvchilarni tez-tez ogohlantirish, ularni qattiqqo‘llik bilan
tarbiyalashga harakat qilish, o‘qituvchi yoqtirmagan o‘quvchilar xatti-harakatini ta’qiq-
lash vaziyatida olib boriladi. O‘quvchilar faolligi, tashabbuskorligi inkor etiladi. Natijada
o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida ko‘z ilg‘amas qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi.
O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari. Pedagogik mahorat
bolajak o‘qituvchilarda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun mas’uliyat hissini
shakllantiradi. O‘qituvchi bunday murakkab vazifalarni amalga oshiruvchi, davlat va
jamiyatning ishonchli vakilidir. O‘quvchilar jamoasini birlashtiruvchi sinfda ta’lim-
tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchining bilimi, pedagogik
mahorati va psixologik xususiyatlari ochiq namoyon boladi. Avvalo, o‘qituvchi va
o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik va bir-birlariga nisbatan ishonch tuyg‘ulari bo‘lishi
hamda o‘qituvchi o‘z kasbiy bilimlaridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta
egallagan bo‘lishi lozim.
Zero, sinf jamoasini boshqarish - pedagogik jamoa, ota-onalar oldi-da o‘qimvehining
obro‘-e’tibori qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi mezon. O‘qituvchining axloqiy
saviyasini, bilimini muloqot asosida sinf jamoasini boshqarishda erishayotgan yutuqlari
belgilaydi. Odatda, o‘qituvchilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab:
tashabbuskor, ijodkor, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, barcha ishlarga befarq
qarovchilar toifasiga ajratishadi. Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p yillik ilmiy
izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan holda o‘qituvchilarning
rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishida qo‘llaydigan muloqot uslublari quyidagicha
tavsiflanadi:
1. Avtoritar uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
2. Demokratik uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
3. Liberal uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
Avtoritar uslubda faoliyat olib boradigan o‘qituvchi ish faoliyati va xarakterida quyidagi
xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi:
- o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi;
-o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi;
- ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
-o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi;
-qattiq intizom asosida ish olib boradi;
-topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi;
-gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;
- aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol;
- o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq rushuntirmasdan talab qiladi.
Avtoritar uslublarda pedagogik faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi "Mening
aytganim aytgan, deganim degan" shaklidagi prinsip asosida pedagogik faoliyat olib
boradi. U sinf jamoasi bilan muloqotga kirishishda quyidagi uslublarni qo‘llaydi:
buyruq, ko‘rsatma berish, qattiqqo‘llik bilan ishlash, tarbiyaviy jazo turlarini tez-tez
qo‘llash. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayoniga qo‘pol, dag‘al, do‘q-po‘pisa,
majbur etish, qo‘rqitish, cho‘chitish orqali kirishadi. Ushbu uslub o‘qituvchi asab
tizimini doimiy taranglashib yurishiga sabab bo‘lib, uning sog‘ligiga putur etkazishi
mumkin. Natijada o‘qituvchi tez charchaydi. Avtoritar usulning ijobiy tomonlari ham
bor: ya’ni, ular faqat favqulodda vaziyatlar jarayonida ishlatilishi (yong‘inda, suv
toshqinida, aholini evakuatsiya qilishda) mumkin. O‘qituvchi muloqotining ushbu
uslubda boshqarilishi sinf jamoasini tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi.
Demokratik uslub asosida faoliyat olib boradigan o‘qituvchining bosh shiori
‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini va ongli intizomni hosil
qilishdan iborat. O‘qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida quriladi.
Zero, «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib
tarbiyalanadi. Ushbu uslubni mukammal egallagan o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyati va
xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi:
- pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib ta’lim-tarbiyaviy
ishlarni tashkil etadi;
- sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, rivojlantiradi, o‘quvchilarning erkin fikr
bildirishlariga imkoniyat yaratadi;
- muloqot jarayonida o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik
faoliyatida
qo‘llaydi;
- muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala.
Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o‘qituvchi hozirgi zamon talablariga,
ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga javob bera
oladi. O‘qituvchining vazifasi barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor
sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan
tengdoshlariga namuna bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli, aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli
o‘quvchilarni tarbiyalash uchun qizg‘in pedagogik faoliyat olib borishi lozim. Muloqot
jarayonida o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda o‘zaro yordam tuyg‘usini
o‘stirishga xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi
a’zolarining qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqaradi, o‘quvchining jamoada har
tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O‘quvchilar bilan
muloqotning erkin demokratik asosda tashkil etilishi sinfning ahil jamoa bo‘lib birlashib,
tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi.
Yaxshi uyushgan jamoada har bir o‘quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega.
Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi xususiyatlariga sho‘rolar
zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan.
O‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:
- tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;
- sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi;
- ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi;
- o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi;
- o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi;
-o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi;
-o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi.
Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy talablaridan
kelib chiqib, o‘qituvchining xulq-atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z
kasbiy faoliyatiga nisbatan muno-sabati, pedagogik va axborot informatsion
texnologiyalarini puxta o‘z-lashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. Shu sababli,
o‘qiruvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini
boshqarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamoasining har
qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil etiladi. Muloqotdan
kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va
o‘zgartirishdir.
O‘qituvchining sinf jamoasini muloqot asosida boshqarish bosqichlari.
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fikrlarga asoslanib, muloqot asosida sinf jamoasini
boshqarishda o‘qituvchi uchun lozim bo‘lgan quyidagi bosqichlarni tavsiya etamiz:
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning birinchi bosqichi.
Mazkur bosqichda talab faqat o ‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu sinf jamoasi
shakllanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrda o‘quvchilar jamoasi hali
tarbiyalanuvchi jamoa bo‘lmay, balki «birlikni tashkil etuvchi» guruh hisoblanadi.
Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga
e’tiborsiz qarashi tabiiy bir holat. O‘qituvchi tashkilotchi sifatida jamoa a’zolarining
uzluksiz ijodiy faoliyatlarini tashkil qilishi va ularni yagona maqsad atrofida birlash-
tirishga erishishi lozim, shundagina jamoa qaror topadi. O‘qituvchi muloqoti asosida
o‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi faollashadi, faoliyat natijasini birgalikda
muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat,
javobgarlik, faoliyat birligi jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib
keladi. O‘quvchilarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi tajribalarga ega
emasliklari bois o‘qituvchining asosiy maqsadi muloqot asosida jamoa a’zolarini oddiy
tarzda uyushtirishdan iborat.
Ushbu bosqichda o‘qituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday
talabni qo‘ya olishi, u tomonidan qo‘yilayotgan talabning qat’iyligi, izchilligi hamda
murosasizligi muhim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o‘qituvchining muloqotda
«hukmdorlik» qilishi uzoq davom etishi mumkin. Jamoa hayotining birinchi bosqichida
jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir.
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqichda
jamoa faollarining o‘qituvchi muloqotidan kelib chiquvchi talablarni qo‘llab-quvatlashi
hamda o‘z navbatida bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi.
O‘qituvchi jamoada paydo bo‘ladigan muammolarni yo‘lg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Jamoa
faollari bilan qizg‘in muloqot natijasida tarbiyaviy ishlarni olib boradi.
O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur
davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi muloqotni
jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishiga,
tadbirlarni o‘tkazishga, faoliyat natijalarini muhokama qilishga, jamoa faoliyatining
ijodiy xususiyat kasb etishini ko‘rsatuvchi omillariga tayanib tashkil qiladi.
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faollarining roli beqiyosdir.
Ammo jamoa faollari, jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna
bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelaridan noo‘rin
foydalanmasliklari kerak.Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning uchinchi
bosqichi. Sinf jamoasi faliyatida bu bosqich sermahsul hisoblanadi. Endilikda jamoa
ishiga faqat faollargina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotida
ijtimoiy va erkin fikrlash vujudga keladi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda muloqotni
maqsadga muvofiq va izchil pedagogik faoliyat olib borgan sharoitdagina o‘quvchilarda
erkin fikr yuritish va ongli intizomni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda
o‘qituvchi muloqot asosida u yoki bu tadbir rejasini, jamoaning birgalikdagi faoliyatini
va uning a’zolari xatti-harakatini jamoa bo‘lib muhokama qiladi, turli mavzularda
suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari
yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo