BOLALAR ADABIYOTI FANIGA KIRISH. OʻZBEK BOLALAR ADABIYOTINING YUZAGA KELISHI (O‘zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo‘lishi. O‘zbek bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanish bosqichlari)

Yuklangan vaqt

2024-05-17

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

33,6 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
BOLALAR ADABIYOTI FANIGA KIRISH. OʻZBEK BOLALAR 
ADABIYOTINING YUZAGA KELISHI 
 
 
 
Reja: 
1. O‘zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo‘lishi. O‘zbek bolalar 
adabiyotining fan sifatida shakllanish bosqichlari. 
2. Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi. Maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari.  
3. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan asarlarga oid xususiyatlar. 
O‘smirlarga oid badiiy asarlarga qo‘yilgan talablar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz BOLALAR ADABIYOTI FANIGA KIRISH. OʻZBEK BOLALAR ADABIYOTINING YUZAGA KELISHI Reja: 1. O‘zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo‘lishi. O‘zbek bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanish bosqichlari. 2. Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari. 3. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan asarlarga oid xususiyatlar. O‘smirlarga oid badiiy asarlarga qo‘yilgan talablar Ilmiybaza.uz 
 
 
MAVZUGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR: istiloh, qo‘llanma, 
xrestomatiya, omil, genezis, so‘qma so‘z, munaqqid, muqallid, nasr, nosir, nashr, 
noshir, muharrir, musavvir, matbuot, kitobatchilik, xarakter, tur, janr, dinamizm, 
emotsionallik, lirik, komik, matbaa, realistik, badia, fiziologik, biologik, biografik, 
dialektizm, sujet, publitsistika, detektiv, fantastik, dilogiya, trilogiya, tetralogiya. 
 
O‘zbek bolalar adabiyotining so‘z san’ati sifatidagi ulug‘vor vazifasi va 
tarbiyachilik vositasi istiqlol yillarida alohida e’tiborga tushdi. Respublikamizning 
Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Adabiyotga e’tibor– ma’naviyatga, kelajakka 
e’tibor” yo`riqnomasida adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi 
ekanligi ta’kidlab ko‘rsatilar ekan, jumladan shunday deyilgan: “Ayniqsa, biz uchun 
g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bolalar adabiyotini rivojlantirishga alohida 
e’tibor berishimiz, mustaqil fikrlaydigan shaxslarning shakllanishi, har qanday 
kitobxonlik, mutolaa madaniyati bolalikdan boshlanishini doimo yodda tutishimiz 
lozim”. 
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 
2017 yil 9 sentabrda e’lon qilingan “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 
qarorida 
alohida 
belgilab 
berilganidek, bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, 
didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash haqidagi2, 2017 yil 13 
sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, 
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha 
kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari ham bu fanning maqsad 
mohiyatini oydinlashtirishga yordam beradi.  
Chindan ham bu jiddiy vazifani bajarishda, aniqrog‘i, mustaqil yurtning har 
tomonlama yetuk, barkamol avlodini tarbiyalashda asrlar osha xalq an’analari, 
milliy qadriyatlari, folklor namunalari, milliy adabiyotimiz va jahon xalqlari 
adabiyoti an’analari zaminida voqelikka aylangan o‘zbek bolalar adabiyotining 
beqiyos o`rni bor.  
Ilmiybaza.uz MAVZUGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR: istiloh, qo‘llanma, xrestomatiya, omil, genezis, so‘qma so‘z, munaqqid, muqallid, nasr, nosir, nashr, noshir, muharrir, musavvir, matbuot, kitobatchilik, xarakter, tur, janr, dinamizm, emotsionallik, lirik, komik, matbaa, realistik, badia, fiziologik, biologik, biografik, dialektizm, sujet, publitsistika, detektiv, fantastik, dilogiya, trilogiya, tetralogiya. O‘zbek bolalar adabiyotining so‘z san’ati sifatidagi ulug‘vor vazifasi va tarbiyachilik vositasi istiqlol yillarida alohida e’tiborga tushdi. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Adabiyotga e’tibor– ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” yo`riqnomasida adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi ekanligi ta’kidlab ko‘rsatilar ekan, jumladan shunday deyilgan: “Ayniqsa, biz uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bolalar adabiyotini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz, mustaqil fikrlaydigan shaxslarning shakllanishi, har qanday kitobxonlik, mutolaa madaniyati bolalikdan boshlanishini doimo yodda tutishimiz lozim”. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017 yil 9 sentabrda e’lon qilingan “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida alohida belgilab berilganidek, bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash haqidagi2, 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari ham bu fanning maqsad mohiyatini oydinlashtirishga yordam beradi. Chindan ham bu jiddiy vazifani bajarishda, aniqrog‘i, mustaqil yurtning har tomonlama yetuk, barkamol avlodini tarbiyalashda asrlar osha xalq an’analari, milliy qadriyatlari, folklor namunalari, milliy adabiyotimiz va jahon xalqlari adabiyoti an’analari zaminida voqelikka aylangan o‘zbek bolalar adabiyotining beqiyos o`rni bor. Ilmiybaza.uz 
 
Yarim asrdan oshayotirki, pedagogika oliygohlari va kollejlarining boshlang‘ich 
ta’lim usuliyoti, maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari talabalari ushbu fanni chuqur 
o‘rganib kelmoqdalar. Bu davr mobaynida bolalar adabiyoti fani bo‘yicha chop 
etilib kelingan darslik va qo‘llanmalar tom ma’noda, yosh avlodni tarbiyalashda 
ruhiy va ma’naviy quvvat bo‘lib kelganiga shubha yo‘q. Ammo, XXI asr milliy 
bolalar adabiyoti namunalariga qo`yilgan talablarning ortgani bejiz emas. O`zbek 
bolalar adabiyotining badiiy jihatdan yuksak namunalariga keng e’tibor qaratish, 
yangi asr kichkintoylarining shiddat bilan rivojlanayotgan qiziqishlari, ruhiy, 
ma’naviy olami, ularning ijtimoiy hayotga munosabati masalalari aks etgan asarlar 
tahlili orqali talabalarda estetik, axloqiy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy tarbiyani 
shakllantirish muhim ahamiyatga ega.  
O`zbek bolalar adabiyoti haqidagi fanning yaratilishi XX asr boshlarida 
ma’rifatparvar pedagog va adabiyotshunoslar maqolalarida ko‘zga tashlangan 
bo‘lsa, ilk xrestomatiyalar va o‘quv qo‘llanmalarini tuzish harakati asr o‘rtalariga 
to‘g‘ri keldi. Pedagogika bilim yurti talabalariga mo‘ljallangan, I.Ahmedov, 
A.Suyumovlar tomonidan 1953-yilda birinchi marta tartib berilib, 1967-1978 
yillarda qayta takomillashtirilib, nashr etilgan “Bolalar adabiyoti” xrestomatiyasi, 
1957-yilda e’lon qilingan “Bolalar adabiyoti” o‘quv materiallari qo‘llanmasi shu 
harakatning dastlabki natijasi hisoblanadi. Keyinchalik, 1973-yilda A.Suyumov 
tomonidan maxsus o‘rta o‘quv yurtlari uchun nashrga tayyorlangan “Bolalar 
adabiyoti” qo‘llanmasi o‘zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratish yo‘lidagi dastlabki 
qadam bo‘ldi. Bu qo‘llanma keyinchalik M.Jumaboyev tomonidan qayta ishlanib, 
1995-yildan e’tiboran majmua va darslik sifatida kasb-hunar kolleji o‘quvchilari 
hamda oliy o‘quv yurtlari uchun amalda foydalanib kelinmoqda.  
Bu 
sohada 
P.Shermuhammedov, 
J.Tursunov, 
O.Safarov, 
X.Egamovlar 
muallifligidagi “O‘zbek bolalar adabiyoti” darslik xrestomatiyasi (1976), 
O‘zbekiston FA Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlab nashr etilgan “O‘zbek 
bolalar 
adabiyoti 
tarixi 
ocherklari” 
(1978), 
“Bolalar 
adabiyoti 
va 
zamonaviylik”(1981), “O‘zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon” (1989) kabi 
monografiyalar ham o‘ziga xos hodisa bo‘ldi. Biroq, o‘zbek bolalar adabiyoti va 
Ilmiybaza.uz Yarim asrdan oshayotirki, pedagogika oliygohlari va kollejlarining boshlang‘ich ta’lim usuliyoti, maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari talabalari ushbu fanni chuqur o‘rganib kelmoqdalar. Bu davr mobaynida bolalar adabiyoti fani bo‘yicha chop etilib kelingan darslik va qo‘llanmalar tom ma’noda, yosh avlodni tarbiyalashda ruhiy va ma’naviy quvvat bo‘lib kelganiga shubha yo‘q. Ammo, XXI asr milliy bolalar adabiyoti namunalariga qo`yilgan talablarning ortgani bejiz emas. O`zbek bolalar adabiyotining badiiy jihatdan yuksak namunalariga keng e’tibor qaratish, yangi asr kichkintoylarining shiddat bilan rivojlanayotgan qiziqishlari, ruhiy, ma’naviy olami, ularning ijtimoiy hayotga munosabati masalalari aks etgan asarlar tahlili orqali talabalarda estetik, axloqiy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy tarbiyani shakllantirish muhim ahamiyatga ega. O`zbek bolalar adabiyoti haqidagi fanning yaratilishi XX asr boshlarida ma’rifatparvar pedagog va adabiyotshunoslar maqolalarida ko‘zga tashlangan bo‘lsa, ilk xrestomatiyalar va o‘quv qo‘llanmalarini tuzish harakati asr o‘rtalariga to‘g‘ri keldi. Pedagogika bilim yurti talabalariga mo‘ljallangan, I.Ahmedov, A.Suyumovlar tomonidan 1953-yilda birinchi marta tartib berilib, 1967-1978 yillarda qayta takomillashtirilib, nashr etilgan “Bolalar adabiyoti” xrestomatiyasi, 1957-yilda e’lon qilingan “Bolalar adabiyoti” o‘quv materiallari qo‘llanmasi shu harakatning dastlabki natijasi hisoblanadi. Keyinchalik, 1973-yilda A.Suyumov tomonidan maxsus o‘rta o‘quv yurtlari uchun nashrga tayyorlangan “Bolalar adabiyoti” qo‘llanmasi o‘zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘ldi. Bu qo‘llanma keyinchalik M.Jumaboyev tomonidan qayta ishlanib, 1995-yildan e’tiboran majmua va darslik sifatida kasb-hunar kolleji o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari uchun amalda foydalanib kelinmoqda. Bu sohada P.Shermuhammedov, J.Tursunov, O.Safarov, X.Egamovlar muallifligidagi “O‘zbek bolalar adabiyoti” darslik xrestomatiyasi (1976), O‘zbekiston FA Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlab nashr etilgan “O‘zbek bolalar adabiyoti tarixi ocherklari” (1978), “Bolalar adabiyoti va zamonaviylik”(1981), “O‘zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon” (1989) kabi monografiyalar ham o‘ziga xos hodisa bo‘ldi. Biroq, o‘zbek bolalar adabiyoti va Ilmiybaza.uz 
 
bolalar kitobxonligi mundarijasini o‘zida mujassamlashtiruvchi, XX asr o‘zbek 
bolalar adabiyoti namunalarining g‘oyaviy, janriy, badiiy-kompozitsion jihatidan 
o‘ziga xosligi, ularning kichkintoylar, bolalar va o‘smirlar yosh xususiyatlariga 
ko‘ra ifoda olami kabilarni milliy istiqlol tafakkuri nuqtayi nazaridan chinakam 
tahlil va tadqiqot asosidagi ilmiy tarix hanuzgacha yaratilgani yo‘q. Zotan, ushbu 
qo‘llanma mazkur vazifani qisman ado etish maqsadini ko‘zda tutadi.  
Bunda o‘zbek bolalar adabiyotining bir asrlik tarixi, tadrijiy taraqqiyot xususiyatlari, 
XX asr bolalar adabiyotidgi fenomen yozuvchi va shoirlarning ijodi 
umymlashtirilishga, shuningdek, istiqlol davri bolalar adabiyotining yangi 
tamoyillariga munosabat bildirishga e’tibor qaratildi.  
Bolalar adabiyoti istilohi haqida tushuncha. Tarixning eng qadimgi 
davrlaridanoq inson nafaqat o‘zining tirikchiligi uchun kurasha boshlagan, balki u 
o‘z avlodi bardavomligi haqida qayg‘urgan. Insoniyatni o‘rab turgan dunyo va u 
haqdagi tasavvuri, yig‘ilgan bilimlari, hayotiy tajribasi, hamda bu boradagi dono 
fikrlari, xulosalari bolalarga turli pand-nasihatlar shaklida, tushunarli vositalarda 
anglatilgan. Bu jihat barcha xalqlar og‘zaki adabiyotining mushtarak xususiyatlari 
hisoblanadi.  
Folklor har bir xalqning milliy-adabiy ijodini boshlab berishi ham shundan. Bu 
xususiyat bolalar adabiyoti inkishofida ham muhim rol o‘ynaydi. Qachonlardir 
Ovrupoda aka-uka Grimmlar, X.K.Andersen, Sh.Perro, J.Rodari kabilarning ertak 
to‘plamlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, vaqti kelib, o‘zbek bolalar adabiyotining 
boshlanmasida ham bu hodisa poydevor bo‘la oldi. Inson ruhiyatida o‘z-o‘zini 
anglash davri aynan bolalikda kashf etilishi ham turli xalqlarda turli davrlarda 
kechdi. Negaki, bolalik insondagi bebaho ichki olam sifatida, beg‘uborligu 
ajoyibotlari bilan kattalarni o‘ziga rom etuvchi davr ekani, kattalik davri esa, xuddi 
eng samimiy va bolalarcha beg‘uborlik tark etilgan jarayon sifatida anglay 
boshlanishi uchun jamiyat ma’naviy ongida yangilanish zaruratini yuzaga keltirgan. 
Hamchunin, Yevropa adiblari XVI-XVII asrdayoq nafaqat bolalikni kashf etdi, balki 
uni eng sof mukammallik namunasi va mehr-shafqat timsoli sifatida insoniyatga 
me’ros qilib qoldirdi.  
Ilmiybaza.uz bolalar kitobxonligi mundarijasini o‘zida mujassamlashtiruvchi, XX asr o‘zbek bolalar adabiyoti namunalarining g‘oyaviy, janriy, badiiy-kompozitsion jihatidan o‘ziga xosligi, ularning kichkintoylar, bolalar va o‘smirlar yosh xususiyatlariga ko‘ra ifoda olami kabilarni milliy istiqlol tafakkuri nuqtayi nazaridan chinakam tahlil va tadqiqot asosidagi ilmiy tarix hanuzgacha yaratilgani yo‘q. Zotan, ushbu qo‘llanma mazkur vazifani qisman ado etish maqsadini ko‘zda tutadi. Bunda o‘zbek bolalar adabiyotining bir asrlik tarixi, tadrijiy taraqqiyot xususiyatlari, XX asr bolalar adabiyotidgi fenomen yozuvchi va shoirlarning ijodi umymlashtirilishga, shuningdek, istiqlol davri bolalar adabiyotining yangi tamoyillariga munosabat bildirishga e’tibor qaratildi. Bolalar adabiyoti istilohi haqida tushuncha. Tarixning eng qadimgi davrlaridanoq inson nafaqat o‘zining tirikchiligi uchun kurasha boshlagan, balki u o‘z avlodi bardavomligi haqida qayg‘urgan. Insoniyatni o‘rab turgan dunyo va u haqdagi tasavvuri, yig‘ilgan bilimlari, hayotiy tajribasi, hamda bu boradagi dono fikrlari, xulosalari bolalarga turli pand-nasihatlar shaklida, tushunarli vositalarda anglatilgan. Bu jihat barcha xalqlar og‘zaki adabiyotining mushtarak xususiyatlari hisoblanadi. Folklor har bir xalqning milliy-adabiy ijodini boshlab berishi ham shundan. Bu xususiyat bolalar adabiyoti inkishofida ham muhim rol o‘ynaydi. Qachonlardir Ovrupoda aka-uka Grimmlar, X.K.Andersen, Sh.Perro, J.Rodari kabilarning ertak to‘plamlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, vaqti kelib, o‘zbek bolalar adabiyotining boshlanmasida ham bu hodisa poydevor bo‘la oldi. Inson ruhiyatida o‘z-o‘zini anglash davri aynan bolalikda kashf etilishi ham turli xalqlarda turli davrlarda kechdi. Negaki, bolalik insondagi bebaho ichki olam sifatida, beg‘uborligu ajoyibotlari bilan kattalarni o‘ziga rom etuvchi davr ekani, kattalik davri esa, xuddi eng samimiy va bolalarcha beg‘uborlik tark etilgan jarayon sifatida anglay boshlanishi uchun jamiyat ma’naviy ongida yangilanish zaruratini yuzaga keltirgan. Hamchunin, Yevropa adiblari XVI-XVII asrdayoq nafaqat bolalikni kashf etdi, balki uni eng sof mukammallik namunasi va mehr-shafqat timsoli sifatida insoniyatga me’ros qilib qoldirdi. Ilmiybaza.uz 
 
Har bir mamlakatda bolalar tarbiyasiga oid, ularga bag‘ishlangan yoxud maxsus 
yaratilgan ijod namunalari u haqdagi istilohlarni ham vujudga keltiradi. Jumladan, 
o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida folklordan tashqari, didaktik adabiyot, bolalar 
kitobxonligi, ma’rifatparvarlik adabiyoti, milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti 
tushunchalari uning shakllanishidagi asosiy omillar hisoblanadi. Hodisaning 
maydonga kelishi, uning ilmiy iste’molga olib kirilishi, nihoyat, mustaqil fan 
sifatidagi takomili esa yaxlit tizimni tashkil etadi.  
Bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik 
asarlar majmui tom ma’noda bolalar adabiyotini tashkil etsa-da, asosan, sof badiiy 
asarlar bu tushuncha mohiyatini anglatishi taomilga kirgan. Bolalar o‘qishi uchun 
mo‘ljallangan asarlar barcha xalqlar tarixida qadimdan davom etib kelgan. 
Jumladan, o‘zbek bolalar adabiyoti Sharq yozma adabiyotida “pandnoma”, 
“ma’vizatnoma”, “nasihatnoma”, “axloq kitoblari” singari nomlar bilan tasnif 
qilinuvchi asarlar zaminida voqelikka aylangani, shuningdek, uning shakllanishi 
ma’rifatparvarlik va maktab-maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas 
bog‘liqligi ayon haqiqat. Bolalar adabiyoti avvalo, turli yoshdagi bolalar va 
o‘smirlarga mo‘ljallangan so‘z san’atidir. U voqelikni aynan o‘n olti-o‘n yetti 
yoshgacha bo‘lgan bolalar idroki, tasavvuri, tafakkur obrazlarida gavdalantiruvchi 
badiiy asar namunalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu jihatdan u umumbadiiy 
adabiyot bag‘rida shakllangan. Ayni paytda, u qator xususiyatlariga ko‘ra 
alohidalik kasb etadi.  
Bolalar adabiyoti avvalo:  
– so‘z san’atiga asoslangani va badiiy ijod mahsuli ekanligi jihatdan 
umumadabiyotga hamohang bo‘lsa;  
– unda bolalar ta’lim-tarbiyasi ustuvorligi pedagogika bilan;  
– bolalar va o‘smirlarning murakkab ruhiyati, qiziqishlarini aks ettirishi psixologiya;  
– yosh xususiyatlarini ifodalashi fiziologiya bilan;  
– ona-tabiat, atrof-olam hodisalarini keng aks ettirishiga ko‘ra tabiatshunoslik 
fanlari;  
Ilmiybaza.uz Har bir mamlakatda bolalar tarbiyasiga oid, ularga bag‘ishlangan yoxud maxsus yaratilgan ijod namunalari u haqdagi istilohlarni ham vujudga keltiradi. Jumladan, o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida folklordan tashqari, didaktik adabiyot, bolalar kitobxonligi, ma’rifatparvarlik adabiyoti, milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti tushunchalari uning shakllanishidagi asosiy omillar hisoblanadi. Hodisaning maydonga kelishi, uning ilmiy iste’molga olib kirilishi, nihoyat, mustaqil fan sifatidagi takomili esa yaxlit tizimni tashkil etadi. Bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmui tom ma’noda bolalar adabiyotini tashkil etsa-da, asosan, sof badiiy asarlar bu tushuncha mohiyatini anglatishi taomilga kirgan. Bolalar o‘qishi uchun mo‘ljallangan asarlar barcha xalqlar tarixida qadimdan davom etib kelgan. Jumladan, o‘zbek bolalar adabiyoti Sharq yozma adabiyotida “pandnoma”, “ma’vizatnoma”, “nasihatnoma”, “axloq kitoblari” singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar zaminida voqelikka aylangani, shuningdek, uning shakllanishi ma’rifatparvarlik va maktab-maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog‘liqligi ayon haqiqat. Bolalar adabiyoti avvalo, turli yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan so‘z san’atidir. U voqelikni aynan o‘n olti-o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar idroki, tasavvuri, tafakkur obrazlarida gavdalantiruvchi badiiy asar namunalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu jihatdan u umumbadiiy adabiyot bag‘rida shakllangan. Ayni paytda, u qator xususiyatlariga ko‘ra alohidalik kasb etadi. Bolalar adabiyoti avvalo: – so‘z san’atiga asoslangani va badiiy ijod mahsuli ekanligi jihatdan umumadabiyotga hamohang bo‘lsa; – unda bolalar ta’lim-tarbiyasi ustuvorligi pedagogika bilan; – bolalar va o‘smirlarning murakkab ruhiyati, qiziqishlarini aks ettirishi psixologiya; – yosh xususiyatlarini ifodalashi fiziologiya bilan; – ona-tabiat, atrof-olam hodisalarini keng aks ettirishiga ko‘ra tabiatshunoslik fanlari; Ilmiybaza.uz 
 
– kichkintoylar til xususiyatlarini mujassamlashtirib tilshunoslik fanlari va 
defektologiya;  
– xalqona ohang va jonli so‘zlashuv tilidan foydalanib, xalq og‘zaki ijodi bilan 
uzviylikda namoyon bo‘ladi.  
Bolalarbop barcha asarlarda yosh avlodning dunyoqarashi, tafakkuri, o‘y-
kechinmalari, orzu-istaklari, voqelikka estetik munosabati o‘z ifodasini topadi. 
Ularning aksariyati yozuvchilar (kattalar) tomonidan yaratilsa-da, voqelik bolalar 
dunyoqarashi nuqtayi nazaridan talqin va tadqiq etiladi, bolalar tilidan hikoya 
qilinadi va baholanadi. Binobarin, xuddi shu xususiyatlarni o‘zida namoyon qila 
oladigan o‘zbek bolalar adabiyoti XX asrning 20-30-yillarida to‘liq shakllanib, 
umumadabiyotning alohida tarmog‘i sifatida maxsus yo‘nalish kasb etadi. Bunda 
Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy singari ilk namoyandalari, Shokir 
Sulaymon, G‘ayratiy, Dorjiya Oppoqova, G‘ulom Zafariy, Elbek, Hamid Olimjon, 
G‘afur G‘ulom, Ilyos Muslim, Zafar Diyor, Sulton Jo‘ra, Qudrat Hikmat, Quddus 
Muhammadiy, Shukur Sa’dulla, Hakim Nazir, Po‘lat Mo‘min kabi professional 
yozuvchi-shoirlar o`z ijodi orqali sohaning shakllanishi va taraqqiyot xususiyatlarini 
belgilay oladi. Natijada, bolalar she’riyati, nasri o`tgan asrning ikkinchi yarmidan 
ancha yuksaldi. Bolalar dramaturgiyasi va publitsistikasiga asos solindi. Bolalar 
kinosi va teatri rivojlandi.  
Muhimi, bu istiloh ruscha “detskaya literatura” so‘zining aynan tarjimasi tarzida 
emas, balki real voqelikka aylangan, o‘zbek bolalariga mo‘ljallanib yaratila 
boshlangan, ularga ixtisoslashgan adabiy hodisani ifodalagan holda dunyoga keldi. 
Buning tarixiy-tadrijiy tamoyillari, ilmiy-nazariy umumlashmasi esa “Bolalar 
adabiyoti” deb nomlangan mustaqil fan tarixida o‘z ifodasini topa bordi.  
Bolalar adabiyotining maqsadi va vazifalari. Bolalar uchun maxsus badiiy 
adabiyot yaratish an’anasi jamiyat taraqqiyotining muhim ma’naviy ehtiyoji tarzida 
reallikka aylangach, uning maqsadi va vazifalari aniqlashila bordi. Badiiy adabiyot 
inson ruhiyatini, hatto uning shaxsiyati shakllanishi va rivojidagi o‘rnining 
beqiyosligi bolalar adabiyotida yorqin ko‘rinadi. Badiiy asarning mo‘jizakor ta’sir 
kuchi o‘sib kelayotgan yosh qalblarda ezgulik, vatanparvarlik, elsevarlik, badiiy-
Ilmiybaza.uz – kichkintoylar til xususiyatlarini mujassamlashtirib tilshunoslik fanlari va defektologiya; – xalqona ohang va jonli so‘zlashuv tilidan foydalanib, xalq og‘zaki ijodi bilan uzviylikda namoyon bo‘ladi. Bolalarbop barcha asarlarda yosh avlodning dunyoqarashi, tafakkuri, o‘y- kechinmalari, orzu-istaklari, voqelikka estetik munosabati o‘z ifodasini topadi. Ularning aksariyati yozuvchilar (kattalar) tomonidan yaratilsa-da, voqelik bolalar dunyoqarashi nuqtayi nazaridan talqin va tadqiq etiladi, bolalar tilidan hikoya qilinadi va baholanadi. Binobarin, xuddi shu xususiyatlarni o‘zida namoyon qila oladigan o‘zbek bolalar adabiyoti XX asrning 20-30-yillarida to‘liq shakllanib, umumadabiyotning alohida tarmog‘i sifatida maxsus yo‘nalish kasb etadi. Bunda Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy singari ilk namoyandalari, Shokir Sulaymon, G‘ayratiy, Dorjiya Oppoqova, G‘ulom Zafariy, Elbek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Ilyos Muslim, Zafar Diyor, Sulton Jo‘ra, Qudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sa’dulla, Hakim Nazir, Po‘lat Mo‘min kabi professional yozuvchi-shoirlar o`z ijodi orqali sohaning shakllanishi va taraqqiyot xususiyatlarini belgilay oladi. Natijada, bolalar she’riyati, nasri o`tgan asrning ikkinchi yarmidan ancha yuksaldi. Bolalar dramaturgiyasi va publitsistikasiga asos solindi. Bolalar kinosi va teatri rivojlandi. Muhimi, bu istiloh ruscha “detskaya literatura” so‘zining aynan tarjimasi tarzida emas, balki real voqelikka aylangan, o‘zbek bolalariga mo‘ljallanib yaratila boshlangan, ularga ixtisoslashgan adabiy hodisani ifodalagan holda dunyoga keldi. Buning tarixiy-tadrijiy tamoyillari, ilmiy-nazariy umumlashmasi esa “Bolalar adabiyoti” deb nomlangan mustaqil fan tarixida o‘z ifodasini topa bordi. Bolalar adabiyotining maqsadi va vazifalari. Bolalar uchun maxsus badiiy adabiyot yaratish an’anasi jamiyat taraqqiyotining muhim ma’naviy ehtiyoji tarzida reallikka aylangach, uning maqsadi va vazifalari aniqlashila bordi. Badiiy adabiyot inson ruhiyatini, hatto uning shaxsiyati shakllanishi va rivojidagi o‘rnining beqiyosligi bolalar adabiyotida yorqin ko‘rinadi. Badiiy asarning mo‘jizakor ta’sir kuchi o‘sib kelayotgan yosh qalblarda ezgulik, vatanparvarlik, elsevarlik, badiiy- Ilmiybaza.uz 
 
estetik didni shakllantirish, umuman, hayotga, butun olamga ijobiy va ijodiy 
munosabatda bo‘lishga da’vat etadi. Shu sababli inson “bola chog‘lardan” badiiy 
asarga, kitobga oshno bo‘lib o‘sishini ta’minlaydigan vositalardan biri – bolalar 
adabiyoti hisoblanadi. Bundan qariyb ikki asr ilgari bolalar adabiyotining ulkan 
munaqqidlari V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubov asoslab 
ko‘rsatganidek, yosh kitobxonlarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularga estetik 
zavq uyg‘ota oladigan, qaynoq hayot manzarasini butun borlig‘icha aks ettirgan 
chinakam badiiy asarlar hamon muhim talabligicha qolayotir. Shuningdek, bugun 
bolalar adabiyoti sohasida ham faqat milliy zaminga tayanish ozlik qiladi. 
Zamondosh o‘quvchi o‘z milliy bolalar kitoblarini o‘qish, uqish bilan birga, jahon 
bolalar adabiyoti durdonalarini mutolaa qilmasligi mumkin emas. Endilikda bolalar 
va 
o‘smirlarga 
mo‘ljallanib 
yozilgan 
asarlarda 
ularning 
faqat 
yosh 
xususiyatlarigagina emas, asar janri, mavzusi, uslubi va tasvirda o‘ziga xos 
yondashuvlar bo‘lishini taqozo etayotir. XXI asr bolalarining badiiy asarni qanday 
qabul qilish darajasi ham jiddiy masala. Yosh kitobxonlarga ongi va tafakkurini 
boyitish bilan birga, ularning qalbini, zavqini uyg‘otadigan ya’ni, tuyg‘ulariga ham 
kuchli ta’sir etadigan san’at asarlari zarur. Zotan, bolalar adabiyoti fanining 
predmetini bolalar va o‘smirlarga bag‘ishlangan asarlarning g‘oyaviy-mavzuviy, 
janriy-badiiy xususiyatlari, ularga oid ilmiy-nazariy qarashlar, tadqiqotlar 
umumlashmasi, mualliflar hayoti va ijodini batafsil o‘rganish kabilar tashkil qiladi. 
Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi, jahon bolalar adabiyoti namunalarini tahlil va tadqiq 
etish, bolalar kitobxonligi ko‘rinishlarini oydinlashtirish bundagi muhim 
hodisalardandir.  
Fanning vazifalari esa talabalarni milliy bolalar adabiyoti namunalari bilan 
tanishtirish, u dastavval, ijtimoiy voqelik, xalq og‘zaki ijodining boy an’analariga 
ega milliy o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyoti tajribalarini o‘zlashtirish orqali 
yuzaga kelganini asoslash, nihoyat, bu adabiyotning takomili, tadriji, taraqqiyot 
xususiyatlarini mavjud ijod namunalari misolida ko‘rsatib berishdan iborat.  
“Bolalar adabiyoti,– deb yozgan edi N.Fozilov,– nozik adabiyot. Bolalar adabiyoti 
biz bilgan kattalar adabiyotining boshi... Bolalar yozuvchilari o‘z asarlari bilan katta 
Ilmiybaza.uz estetik didni shakllantirish, umuman, hayotga, butun olamga ijobiy va ijodiy munosabatda bo‘lishga da’vat etadi. Shu sababli inson “bola chog‘lardan” badiiy asarga, kitobga oshno bo‘lib o‘sishini ta’minlaydigan vositalardan biri – bolalar adabiyoti hisoblanadi. Bundan qariyb ikki asr ilgari bolalar adabiyotining ulkan munaqqidlari V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubov asoslab ko‘rsatganidek, yosh kitobxonlarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularga estetik zavq uyg‘ota oladigan, qaynoq hayot manzarasini butun borlig‘icha aks ettirgan chinakam badiiy asarlar hamon muhim talabligicha qolayotir. Shuningdek, bugun bolalar adabiyoti sohasida ham faqat milliy zaminga tayanish ozlik qiladi. Zamondosh o‘quvchi o‘z milliy bolalar kitoblarini o‘qish, uqish bilan birga, jahon bolalar adabiyoti durdonalarini mutolaa qilmasligi mumkin emas. Endilikda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallanib yozilgan asarlarda ularning faqat yosh xususiyatlarigagina emas, asar janri, mavzusi, uslubi va tasvirda o‘ziga xos yondashuvlar bo‘lishini taqozo etayotir. XXI asr bolalarining badiiy asarni qanday qabul qilish darajasi ham jiddiy masala. Yosh kitobxonlarga ongi va tafakkurini boyitish bilan birga, ularning qalbini, zavqini uyg‘otadigan ya’ni, tuyg‘ulariga ham kuchli ta’sir etadigan san’at asarlari zarur. Zotan, bolalar adabiyoti fanining predmetini bolalar va o‘smirlarga bag‘ishlangan asarlarning g‘oyaviy-mavzuviy, janriy-badiiy xususiyatlari, ularga oid ilmiy-nazariy qarashlar, tadqiqotlar umumlashmasi, mualliflar hayoti va ijodini batafsil o‘rganish kabilar tashkil qiladi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi, jahon bolalar adabiyoti namunalarini tahlil va tadqiq etish, bolalar kitobxonligi ko‘rinishlarini oydinlashtirish bundagi muhim hodisalardandir. Fanning vazifalari esa talabalarni milliy bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish, u dastavval, ijtimoiy voqelik, xalq og‘zaki ijodining boy an’analariga ega milliy o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyoti tajribalarini o‘zlashtirish orqali yuzaga kelganini asoslash, nihoyat, bu adabiyotning takomili, tadriji, taraqqiyot xususiyatlarini mavjud ijod namunalari misolida ko‘rsatib berishdan iborat. “Bolalar adabiyoti,– deb yozgan edi N.Fozilov,– nozik adabiyot. Bolalar adabiyoti biz bilgan kattalar adabiyotining boshi... Bolalar yozuvchilari o‘z asarlari bilan katta Ilmiybaza.uz 
 
adabiyotga boshlovchi darg‘alar. Bu adabiyot – hurmattalab adabiyot, e’zoztalab 
adabiyot. Chunki, bolalar uchun yozilayotgan har bir asarda o`zing bolaga 
aylanmasang, u jonsiz tana bo`lib qoladi. Bolaning ko‘ngli ham shunday. Uni 
sindirib bo‘lmaydi. Unga hamisha e’tibor darkor. Shundagina uning ko‘ngli to‘lib 
o‘sadi. U – mehrtalab. Shundagina u muhabbatingiz mevasiga aylanadi, izingizni 
bosadi”. 
Bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari. Bolalar uchun ham, kattalarga 
bo‘lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish 
mumkin. Bu farqli xususiyat mohiyatini A.A.Makarenko bolalar uchun 
yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning 
muhimligida, deb ko‘rsatgan edi. Shu jihatdan kattalar turmushining murakkab 
qirralarini ifodalovchi maishiy hayot mavzusida Q.Muhammadiyning bolalarbop 
qilib yozilgan “Qo‘ng‘izoy bilan Sichqonboy” she’riy adabiy ertagi bu fikrga asos 
bo‘la oladi. Bu asar 1940-yilda yozilgan bo‘lib, dastlab “Mushtum” jurnalida 
“Qo‘ng‘iz bikach bilan Sichqonboy” nomi ostida bosilib chiqqan. Asar uchun 
tanlangan voqelik, muammo, g‘oya kattalar hayotiga to‘g‘ri kelsa-da, ammo u 
allegorik obrazlar vositasida tasvirlangani bolalarbop mohiyat kasb etgan.  
Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini ham 
bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u “kattalar”– ijod ahli 
tomonidan yaratilsa-da, bolalar olamini bolalarga xos nuqtayi nazardan badiiy 
tadqiq qiladi. Bolalar adabiyotining bosh xususiyati ham ana shunda: narsa-
hodisalarga bolalar ko‘zi bilan qaray bilish, ularni bolalarcha idrok eta bilish, 
ularga bolalarcha munosabat ko‘rsata olish hamda ulardan bolalarcha 
hayratlanishda. Bolalarni onalaridan yaxshiroq tarbiyalaydigan odam yo‘q, chunki 
ular bolalar his qilgan narsani his etadilar, ular bilan birga kuladilar, yig‘laydilar. 
Bunday ijodiy fazilat nafaqat bolalar adabiyotiga, balki uning bunyodkorlariga ham 
xos xususiyat bo‘lib, har qanday yozuvchiga ham nasib qilavermaydi. Buni chuqur 
his etgani bois K.I.Chukovskiy: “Bolalar – bizning ustozimiz”,– deya iqror bo`lgan 
edi.4 Chindan ham bolalarni ustoz darajasida anglamoq – bu, avvalo, ularga yuksak 
ehtirom ko‘rsatmoq, ularning xarakterlarini, qiziqish va intilishlarini, kishilarga, 
Ilmiybaza.uz adabiyotga boshlovchi darg‘alar. Bu adabiyot – hurmattalab adabiyot, e’zoztalab adabiyot. Chunki, bolalar uchun yozilayotgan har bir asarda o`zing bolaga aylanmasang, u jonsiz tana bo`lib qoladi. Bolaning ko‘ngli ham shunday. Uni sindirib bo‘lmaydi. Unga hamisha e’tibor darkor. Shundagina uning ko‘ngli to‘lib o‘sadi. U – mehrtalab. Shundagina u muhabbatingiz mevasiga aylanadi, izingizni bosadi”. Bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari. Bolalar uchun ham, kattalarga bo‘lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish mumkin. Bu farqli xususiyat mohiyatini A.A.Makarenko bolalar uchun yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning muhimligida, deb ko‘rsatgan edi. Shu jihatdan kattalar turmushining murakkab qirralarini ifodalovchi maishiy hayot mavzusida Q.Muhammadiyning bolalarbop qilib yozilgan “Qo‘ng‘izoy bilan Sichqonboy” she’riy adabiy ertagi bu fikrga asos bo‘la oladi. Bu asar 1940-yilda yozilgan bo‘lib, dastlab “Mushtum” jurnalida “Qo‘ng‘iz bikach bilan Sichqonboy” nomi ostida bosilib chiqqan. Asar uchun tanlangan voqelik, muammo, g‘oya kattalar hayotiga to‘g‘ri kelsa-da, ammo u allegorik obrazlar vositasida tasvirlangani bolalarbop mohiyat kasb etgan. Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini ham bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u “kattalar”– ijod ahli tomonidan yaratilsa-da, bolalar olamini bolalarga xos nuqtayi nazardan badiiy tadqiq qiladi. Bolalar adabiyotining bosh xususiyati ham ana shunda: narsa- hodisalarga bolalar ko‘zi bilan qaray bilish, ularni bolalarcha idrok eta bilish, ularga bolalarcha munosabat ko‘rsata olish hamda ulardan bolalarcha hayratlanishda. Bolalarni onalaridan yaxshiroq tarbiyalaydigan odam yo‘q, chunki ular bolalar his qilgan narsani his etadilar, ular bilan birga kuladilar, yig‘laydilar. Bunday ijodiy fazilat nafaqat bolalar adabiyotiga, balki uning bunyodkorlariga ham xos xususiyat bo‘lib, har qanday yozuvchiga ham nasib qilavermaydi. Buni chuqur his etgani bois K.I.Chukovskiy: “Bolalar – bizning ustozimiz”,– deya iqror bo`lgan edi.4 Chindan ham bolalarni ustoz darajasida anglamoq – bu, avvalo, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatmoq, ularning xarakterlarini, qiziqish va intilishlarini, kishilarga, Ilmiybaza.uz 
 
narsa va hodisalarga munosabatlarini, quvonch va iztiroblarini sinchkovlik bilan 
o‘rganmoq, ayni zamonda shu jarayonni bolalarcha his etish, idrok qilish asosida 
ular uslubiga muvofiqlashtirish, badiiyat sintezidan o‘tkazmoqdan iborat 
san’atkorlikdir. Rost, inson ulg‘aygani sari o‘z bolaligidan uzoqlashadi, bolalik 
tabiatidagi xususiyatlarni yo‘qota boradi. Biroq bolalar yozuvchisi bundan 
mustasno; u inson sifatida har qancha ulg‘aymasin, baribir, bolalik tabiatini saqlab 
qolmog‘i, uni tobora teranlashtirmog‘i, bolalarcha sinchkov va qiziqsinuvchi bo‘lib, 
ular ko‘ngliga yo‘l topmog‘i, ruhiy dunyosiga kira bilmog‘i shart. Shundagina u 
chinakkam bolalar yozuvchisiga aylana oladi. Insonshunoslik adabiyotning bosh 
masalasi ekan, bolalar adabiyoti ham shu makon va zamondan ayri rivojlanmaydi. 
Jamiyat taraqqiyotida ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlar, tarixiy hodisalar, kishilar 
ruhiyatidagi evrilishlarkichkintoylar adabiyotida ham zuhur topadi. Shunday ekan, 
bolalar adabiyotining uzoq yoki yaqin o‘tmishidagi o‘ziga xosliklar hozirgi adabiy 
jarayonda bir muncha yangilanishi tabiiy. Chunki har bir davr o‘z adabiyoti oldiga 
eng dolzarb va g‘oyat muhim talablarni qo‘yadi. Shu ma’noda, o‘tgan asrboshlarida 
bolalar adabiyotining tarbiyaga xizmat qilishi, xalq bolalarini bilimli, ma’rifatli 
qilishga da’vat etishi, ularning qoloq maishiy hayotini ko‘rsatib berishi asosiy 
mezon qilib belgilangan bo‘lsa, sho‘ro mafkurasi davrida asosan, “baxtiyor yosh 
avlod” obrazini tarannum qilish bosh yo‘nalish kasb etdi. Qahramon ruhiyatini 
ochish, bolalar va o‘smirlikdagina kechadigan tuyg‘ular, murakkab ruhiy 
holatlarning badiiy tasviri juda kam asarlarda ko‘zga tashlandi. Bolalar 
adabiyotidagi pedagogik talablar uning so‘z san’ati sifatidagi badiiy ijod o‘zanlariga 
band soldi. Faqat o‘tgan asrning so‘nggi choragi, aniqrog‘i, 80-yillardan boshlab 
bolalar adabiyoti yakranglikdan qutula boshladi. Istiqlol arafasi va mustaqillik 
yillaridagina bolalar adabiyoti mavzu va qahramon, shakl va mazmun, janrlar xilma-
xilligi jihatidan sezilarli darajada o‘zgardi. Binobarin, o‘zbek bolalar adabiyoti o‘z 
taraqqiyotida umumadabiyotga mushtarak va farqli xususiyatlarga hamohang tarzda 
rivojlandi.  
Binobarin, bolalar adabiyoti tabiat va jamiyatdagi barcha mavzularda ijod etish 
jihatdan umumadabiyotga yaqin, “qanday qilib yozish muhim”ligi esa uning o‘ziga 
Ilmiybaza.uz narsa va hodisalarga munosabatlarini, quvonch va iztiroblarini sinchkovlik bilan o‘rganmoq, ayni zamonda shu jarayonni bolalarcha his etish, idrok qilish asosida ular uslubiga muvofiqlashtirish, badiiyat sintezidan o‘tkazmoqdan iborat san’atkorlikdir. Rost, inson ulg‘aygani sari o‘z bolaligidan uzoqlashadi, bolalik tabiatidagi xususiyatlarni yo‘qota boradi. Biroq bolalar yozuvchisi bundan mustasno; u inson sifatida har qancha ulg‘aymasin, baribir, bolalik tabiatini saqlab qolmog‘i, uni tobora teranlashtirmog‘i, bolalarcha sinchkov va qiziqsinuvchi bo‘lib, ular ko‘ngliga yo‘l topmog‘i, ruhiy dunyosiga kira bilmog‘i shart. Shundagina u chinakkam bolalar yozuvchisiga aylana oladi. Insonshunoslik adabiyotning bosh masalasi ekan, bolalar adabiyoti ham shu makon va zamondan ayri rivojlanmaydi. Jamiyat taraqqiyotida ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlar, tarixiy hodisalar, kishilar ruhiyatidagi evrilishlarkichkintoylar adabiyotida ham zuhur topadi. Shunday ekan, bolalar adabiyotining uzoq yoki yaqin o‘tmishidagi o‘ziga xosliklar hozirgi adabiy jarayonda bir muncha yangilanishi tabiiy. Chunki har bir davr o‘z adabiyoti oldiga eng dolzarb va g‘oyat muhim talablarni qo‘yadi. Shu ma’noda, o‘tgan asrboshlarida bolalar adabiyotining tarbiyaga xizmat qilishi, xalq bolalarini bilimli, ma’rifatli qilishga da’vat etishi, ularning qoloq maishiy hayotini ko‘rsatib berishi asosiy mezon qilib belgilangan bo‘lsa, sho‘ro mafkurasi davrida asosan, “baxtiyor yosh avlod” obrazini tarannum qilish bosh yo‘nalish kasb etdi. Qahramon ruhiyatini ochish, bolalar va o‘smirlikdagina kechadigan tuyg‘ular, murakkab ruhiy holatlarning badiiy tasviri juda kam asarlarda ko‘zga tashlandi. Bolalar adabiyotidagi pedagogik talablar uning so‘z san’ati sifatidagi badiiy ijod o‘zanlariga band soldi. Faqat o‘tgan asrning so‘nggi choragi, aniqrog‘i, 80-yillardan boshlab bolalar adabiyoti yakranglikdan qutula boshladi. Istiqlol arafasi va mustaqillik yillaridagina bolalar adabiyoti mavzu va qahramon, shakl va mazmun, janrlar xilma- xilligi jihatidan sezilarli darajada o‘zgardi. Binobarin, o‘zbek bolalar adabiyoti o‘z taraqqiyotida umumadabiyotga mushtarak va farqli xususiyatlarga hamohang tarzda rivojlandi. Binobarin, bolalar adabiyoti tabiat va jamiyatdagi barcha mavzularda ijod etish jihatdan umumadabiyotga yaqin, “qanday qilib yozish muhim”ligi esa uning o‘ziga Ilmiybaza.uz 
 
xos jihatidir. Bu tarixiy tasnif mohiyati ayniqsa istiqlol davri bolalar adabiyotida 
yorqin ko‘zga tashlanadi. Aytaylik, E.Malikning “Shaytonvachchaning nayranglari” 
ma’rifiy qissasida mustaqillik tufayli bolalar adabiyotiga xalq pedagogikasi, milliy 
ta’lim-tarbiya asoslarining singdirilishi, shu bilan birga asarda jamiyat va mamlakat 
taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi ijtimoiy hodisalarning obrazli tasviri namoyon 
bo`lishi ahamiyatlidir.  
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari o`tgan asrning 30-yillarida yozilgan bo`lsa 
ham u haqda “Qilichning damida yurib yaratilgan san’at mo‘jisasidir” (A.Rasulov) 
deyilishida istiqlol mafkurasining ta’siri yaqqol seziladi. Zero, yaratilgan chinakam 
badiiy asarlar zamonlar osha navqiron avlodlarga ham yangicha estetik zavq bilan 
xizmat qilaveradiki, bunday asarlar yosh kitobxonni aslo befarq qoldirmaydi.  
Bolalar adabiyotining ikki yo‘nalishli adabiyot ekanligi hodisaning muhim 
xususiyatlaridan. Chindan-da, u bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangani uchun, avvalo 
shularning adabiyoti, ayni paytda san’at asari bo‘lgani bois kattalarning ham 
diqqatini tortishi tabiiy. Adabiy ertak yozish an’anasini boshlab bergan va uni 
cho‘qqiga ko‘targan X.K.Andersen shuni nazarda tutib yozgan edi: “Men nafaqat 
bolalar uchun, balki kattalar uchun yozayotganimni har doim esda tutaman. 
Bolalarni ertaklarning fabulasi ko‘proq qiziqtirsa, kattalarni ularga singdirilgan 
g‘oya qiziqtiradi”.5 Darhaqiqat, Sharl Perroning mashhur “Qizil shapkacha” ertagi 
har qancha sodda va quvnoq sujet asosida qurilgan bo‘lmasin, ham bolalarni, ham 
kattalarni qiziqtirgani holda unda ifodalangan “Qizil shapkacha”li go‘zallarni (qizil 
shapkacha – go‘zallik ramzi, unda fransuz qizlarining umumlashma obrazlari ko‘zda 
tutilgan) fransuz burjuaziyasining shahvoniyatparastligidan (Bo‘ri qiyofasida 
fahshga mukkasidan ketgan burjuylar ko‘zda tutilgan) ogohlantirishdan iborat 
g‘oyani faqat asar ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan uqa olgan kattalargina 
ilg‘ashlari mumkin. Shuningdek, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Yengil 
adabiyot” darsligida keltirilgan “To‘g‘ri so‘zli bola” she’ri rostgo‘y bolaning ibrati 
ifodasi tarzida taassurot qoldiradi. Ammo, “Meni – deb yozadi adabiyotshunos 
A.Rasulov, – she’rdagi o‘zga masala jalb etdi. Bolaning yo‘lini to‘sgan, qaddi 
qomati kelishgan, tasavvurimcha, bashang kiyingan ikki kishi kim edi? Nega ular 
Ilmiybaza.uz xos jihatidir. Bu tarixiy tasnif mohiyati ayniqsa istiqlol davri bolalar adabiyotida yorqin ko‘zga tashlanadi. Aytaylik, E.Malikning “Shaytonvachchaning nayranglari” ma’rifiy qissasida mustaqillik tufayli bolalar adabiyotiga xalq pedagogikasi, milliy ta’lim-tarbiya asoslarining singdirilishi, shu bilan birga asarda jamiyat va mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi ijtimoiy hodisalarning obrazli tasviri namoyon bo`lishi ahamiyatlidir. G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari o`tgan asrning 30-yillarida yozilgan bo`lsa ham u haqda “Qilichning damida yurib yaratilgan san’at mo‘jisasidir” (A.Rasulov) deyilishida istiqlol mafkurasining ta’siri yaqqol seziladi. Zero, yaratilgan chinakam badiiy asarlar zamonlar osha navqiron avlodlarga ham yangicha estetik zavq bilan xizmat qilaveradiki, bunday asarlar yosh kitobxonni aslo befarq qoldirmaydi. Bolalar adabiyotining ikki yo‘nalishli adabiyot ekanligi hodisaning muhim xususiyatlaridan. Chindan-da, u bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangani uchun, avvalo shularning adabiyoti, ayni paytda san’at asari bo‘lgani bois kattalarning ham diqqatini tortishi tabiiy. Adabiy ertak yozish an’anasini boshlab bergan va uni cho‘qqiga ko‘targan X.K.Andersen shuni nazarda tutib yozgan edi: “Men nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun yozayotganimni har doim esda tutaman. Bolalarni ertaklarning fabulasi ko‘proq qiziqtirsa, kattalarni ularga singdirilgan g‘oya qiziqtiradi”.5 Darhaqiqat, Sharl Perroning mashhur “Qizil shapkacha” ertagi har qancha sodda va quvnoq sujet asosida qurilgan bo‘lmasin, ham bolalarni, ham kattalarni qiziqtirgani holda unda ifodalangan “Qizil shapkacha”li go‘zallarni (qizil shapkacha – go‘zallik ramzi, unda fransuz qizlarining umumlashma obrazlari ko‘zda tutilgan) fransuz burjuaziyasining shahvoniyatparastligidan (Bo‘ri qiyofasida fahshga mukkasidan ketgan burjuylar ko‘zda tutilgan) ogohlantirishdan iborat g‘oyani faqat asar ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan uqa olgan kattalargina ilg‘ashlari mumkin. Shuningdek, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Yengil adabiyot” darsligida keltirilgan “To‘g‘ri so‘zli bola” she’ri rostgo‘y bolaning ibrati ifodasi tarzida taassurot qoldiradi. Ammo, “Meni – deb yozadi adabiyotshunos A.Rasulov, – she’rdagi o‘zga masala jalb etdi. Bolaning yo‘lini to‘sgan, qaddi qomati kelishgan, tasavvurimcha, bashang kiyingan ikki kishi kim edi? Nega ular Ilmiybaza.uz 
 
pul berib yolg‘on sotib olmoqchi bo‘ldilar? Qolaversa, iste’dodli Hamzada 
yolg`onfurushlar qiyofasini yaratish fikri qachon, qanday paydo bo`ldi? Olim 
masalaning shu tomoniga e’tibor qaratgani holda, she’rdagi yangi mazmunni 
inkishof etadi: XX asrda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida yolg‘onning 
urchib ketgani, yolg‘on inqiloblar, yolg‘onni suv qilib ichib yuborgan “dohiylar”, 
yer kurrasining oltidan birida barpo etilajak jannat haqidagi uydirmalar... xullas, 
oxiri sarob “izm”lar munaqqidni mushohadaga undaydi. Ya’ni, bolalar uchun 
yozilgan maktab darsligidagi mazkur she’r ham aslida dolzarb ijtimoiy-siyosiy 
mazmun ahamiyat kasb etgani anglashiladi.  
Sujetning qiziqarliligi bolaga haqiqatan zavq bag‘ishlaydi. Biroq zamondosh 
kichkintoylar uchun buning o‘zi yetarli emas. Shiddat bilan rivojlanayotgan 
davrning navqiron avlodlariga o‘tkir mazmunli fikr hamda g‘oya zarur. Tasavvurga 
boy obraz va teran tasvirli psixologik, falsafiy-ma’rifiy jihatdan o`tkir sujetli asarlar 
hamda badiiy yuksak ijod namunalari yosh kitobxon ma’naviy olamini boyitishga 
xizmat qiladi. Masalan, M.A’zamning inson va zamin muammolariga bag‘ishlangan 
mushohadakor she’rlarini yosh kitobxon diqqat bilan o‘qiydi. Jumladan, uning 
“Yodgоr хоlаning vаhimаsi” shе’ri yumоristik tаbiаti bilаn o‘quvchigа zаvq 
bаg‘ishlаy olgan. Shоir, хаlq tilidаn fоydаlаngаni holda vоqеlikni sujеt tizimigа 
bog`laydi. Shе’r quyidagi muammoli vaziyatdan boshlanadi:  
Yodgоr хоlа to‘sаtdаn  
bir tеpdi-yu qоpqаni,  
chоpа kеtdi dаlаgа  
nеvаrаsin tоpgаni.  
Hоvliqqаn kаmpir chоr tаrаfgа yugurgilаb, nеvаrаsining ismini аytib chаqirаvеrаdi:  
–Аkbаr, Аkbаr, hоv Аkbаr,  
qаygа kеtding, zumrаshа?  
Zumdа g‘оyib bo‘lаsаn  
аriq оshа, yo‘l оshа... –  
Yodgоr хоlа yugurаr  
оyoqlаri lоrsillаb,  
Ilmiybaza.uz pul berib yolg‘on sotib olmoqchi bo‘ldilar? Qolaversa, iste’dodli Hamzada yolg`onfurushlar qiyofasini yaratish fikri qachon, qanday paydo bo`ldi? Olim masalaning shu tomoniga e’tibor qaratgani holda, she’rdagi yangi mazmunni inkishof etadi: XX asrda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida yolg‘onning urchib ketgani, yolg‘on inqiloblar, yolg‘onni suv qilib ichib yuborgan “dohiylar”, yer kurrasining oltidan birida barpo etilajak jannat haqidagi uydirmalar... xullas, oxiri sarob “izm”lar munaqqidni mushohadaga undaydi. Ya’ni, bolalar uchun yozilgan maktab darsligidagi mazkur she’r ham aslida dolzarb ijtimoiy-siyosiy mazmun ahamiyat kasb etgani anglashiladi. Sujetning qiziqarliligi bolaga haqiqatan zavq bag‘ishlaydi. Biroq zamondosh kichkintoylar uchun buning o‘zi yetarli emas. Shiddat bilan rivojlanayotgan davrning navqiron avlodlariga o‘tkir mazmunli fikr hamda g‘oya zarur. Tasavvurga boy obraz va teran tasvirli psixologik, falsafiy-ma’rifiy jihatdan o`tkir sujetli asarlar hamda badiiy yuksak ijod namunalari yosh kitobxon ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi. Masalan, M.A’zamning inson va zamin muammolariga bag‘ishlangan mushohadakor she’rlarini yosh kitobxon diqqat bilan o‘qiydi. Jumladan, uning “Yodgоr хоlаning vаhimаsi” shе’ri yumоristik tаbiаti bilаn o‘quvchigа zаvq bаg‘ishlаy olgan. Shоir, хаlq tilidаn fоydаlаngаni holda vоqеlikni sujеt tizimigа bog`laydi. Shе’r quyidagi muammoli vaziyatdan boshlanadi: Yodgоr хоlа to‘sаtdаn bir tеpdi-yu qоpqаni, chоpа kеtdi dаlаgа nеvаrаsin tоpgаni. Hоvliqqаn kаmpir chоr tаrаfgа yugurgilаb, nеvаrаsining ismini аytib chаqirаvеrаdi: –Аkbаr, Аkbаr, hоv Аkbаr, qаygа kеtding, zumrаshа? Zumdа g‘оyib bo‘lаsаn аriq оshа, yo‘l оshа... – Yodgоr хоlа yugurаr оyoqlаri lоrsillаb, Ilmiybaza.uz 
 
jаvrаb bоrаr o‘zichа  
yo‘l-yo‘lаkаy hаrsillаb…  
Yodgоr хоlа nеvаrаsining ko‘rinmаy qоlgаnidаn vаhimаdа vа sаrоsimаdа. Bunga 
shunchaki, so`roqsiz ketib qolgan bolaning kattalarni xavotirga solishidagi odatiy 
holat deb qarash ham mumkin, albatta. Ammo kampir nevarasini аvvаl yеngilginа – 
“zumrаshа” dеb, kеyin esа g‘аzаbi оrtgach, аchchig‘igа chidоlmаy “qаy go‘rdаsаn”, 
“tirmizаk” dеya urishа bоshlаgani o`quvchi diqqatini oshiradi:  
– O‘tirsа bo‘lmаsmikin  
ko‘milib uy ichidа?  
Tаshqаridа nimа bоr,  
nimа bоr ko‘y-ko‘chаdа?  
Аkbаr, Аkbаr, hоv Аkbаr,  
qаy go‘rdаsаn, tirmizаk?  
Tеz kеlа qоl, jоn bоlаm,  
mоmоngni qilmаy hаlаk.  
Qizig‘i shundаki, nеvаrа hеch qаyoqqа kеtmаgаn edi. Yodgоr хоlа bir оz оldin uni 
erkаlаb, opichlab оlgаn bo‘lаdi. Аmmо kеksаlik tufаyli buni unutаdi. Shuning uchun 
sujеt yеchimidа quyidаgi kulgili vоqеа bеrilаdi:  
... Yodgоr хоlа bo‘ynidаn  
siqib so‘rаr Аkbаrjоn:  
– O‘zi qаysi Аkbаrni  
chаqiryapsiz, mоmоjоn?  
O‘z qilmishidаn o‘zining kulgisi qistаgаn, hаttо nеvаrаsining оldidа mulzаm bo‘lib 
qоlgаn buvi sir bоy bеrmаy, yanа zo‘rаvоnlik ko‘rsаtib dеydi:  
– Hа, bаshаrаng qurmаsin,  
dаrrоv “hа” dеmаysаnmi? 
Lo‘killаtmаy mеni ko‘p,  
tеz оvоz bеrmаysаnmi?  
Аyni pаytdа nеvаrа hаm bo‘sh kеlmаydi. Buvi-nеvаrаning diаlоgi аsоsidа shе’rning 
yumоristik ruhi yanаdа kuchаytirilаdi:  
Ilmiybaza.uz jаvrаb bоrаr o‘zichа yo‘l-yo‘lаkаy hаrsillаb… Yodgоr хоlа nеvаrаsining ko‘rinmаy qоlgаnidаn vаhimаdа vа sаrоsimаdа. Bunga shunchaki, so`roqsiz ketib qolgan bolaning kattalarni xavotirga solishidagi odatiy holat deb qarash ham mumkin, albatta. Ammo kampir nevarasini аvvаl yеngilginа – “zumrаshа” dеb, kеyin esа g‘аzаbi оrtgach, аchchig‘igа chidоlmаy “qаy go‘rdаsаn”, “tirmizаk” dеya urishа bоshlаgani o`quvchi diqqatini oshiradi: – O‘tirsа bo‘lmаsmikin ko‘milib uy ichidа? Tаshqаridа nimа bоr, nimа bоr ko‘y-ko‘chаdа? Аkbаr, Аkbаr, hоv Аkbаr, qаy go‘rdаsаn, tirmizаk? Tеz kеlа qоl, jоn bоlаm, mоmоngni qilmаy hаlаk. Qizig‘i shundаki, nеvаrа hеch qаyoqqа kеtmаgаn edi. Yodgоr хоlа bir оz оldin uni erkаlаb, opichlab оlgаn bo‘lаdi. Аmmо kеksаlik tufаyli buni unutаdi. Shuning uchun sujеt yеchimidа quyidаgi kulgili vоqеа bеrilаdi: ... Yodgоr хоlа bo‘ynidаn siqib so‘rаr Аkbаrjоn: – O‘zi qаysi Аkbаrni chаqiryapsiz, mоmоjоn? O‘z qilmishidаn o‘zining kulgisi qistаgаn, hаttо nеvаrаsining оldidа mulzаm bo‘lib qоlgаn buvi sir bоy bеrmаy, yanа zo‘rаvоnlik ko‘rsаtib dеydi: – Hа, bаshаrаng qurmаsin, dаrrоv “hа” dеmаysаnmi? Lo‘killаtmаy mеni ko‘p, tеz оvоz bеrmаysаnmi? Аyni pаytdа nеvаrа hаm bo‘sh kеlmаydi. Buvi-nеvаrаning diаlоgi аsоsidа shе’rning yumоristik ruhi yanаdа kuchаytirilаdi: Ilmiybaza.uz 
 
– O‘zingiz оpichvоlib,  
o‘zingiz chаqirаsiz.  
Jinnimisiz, mоmоjоn,  
nimаgа bаqirаsiz?  
She’r so`nggida esa shoirning bosh g`oyasi buvining haqiqiy tаshvishi yanglig` 
namoyon bo`ladi:  
– Vоy Аkbаrjоn, bоlаm-а,  
mеning ko‘nglim аlаg‘dа,  
dеpаlаtsа bоshlаndi  
o‘tgаn hаftа dаlаdа.  
Butipоsmi, mutipоs,  
bir bаlоlаr sеpаdi.  
Qаnchа-qаnchа bоlаlаr  
bаlnisаgа kеtаdi.  
Mirzа bo‘lаng yotibdi  
sаriq kаsаlgа uchrаb,  
tinmаsdi,  
yеrgа ursаng,  
оlоvdаy ko‘kkа sаchrаb.  
Uydа o‘tir, jоn bоlаm,  
jоning оmоn bo‘lsа, bаs.  
Sеn hаm dаrdgа chаlinsаng,  
jоnimdаn bittа qоlmаs.  
Anglashiladiki, she’r mazmunidagi yetakchi g`oya o‘tgan asrdagi “paxta 
yakkahokimligi”ning 
turli 
jarohatlari, 
alamli 
azoblaridir. 
Uning 
barcha 
qiyinchiliklarini o`z boshidan o`tkazgan katta avlod – buvi-bobolar, ota-onalar o`z 
farzandlaridan ham xavotirga tushadilar. Bolalar uchun buvining holati kulgi 
qo`zg`atib, she’rdagi komiklikni ta’minlagan bo‘lsa, she’r xotimasi kattalarni jiddiy 
mulohazaga yetaklaydi: yaqin tariximizdagi muammolarni eslab qayg`uradi, istiqlol 
Ilmiybaza.uz – O‘zingiz оpichvоlib, o‘zingiz chаqirаsiz. Jinnimisiz, mоmоjоn, nimаgа bаqirаsiz? She’r so`nggida esa shoirning bosh g`oyasi buvining haqiqiy tаshvishi yanglig` namoyon bo`ladi: – Vоy Аkbаrjоn, bоlаm-а, mеning ko‘nglim аlаg‘dа, dеpаlаtsа bоshlаndi o‘tgаn hаftа dаlаdа. Butipоsmi, mutipоs, bir bаlоlаr sеpаdi. Qаnchа-qаnchа bоlаlаr bаlnisаgа kеtаdi. Mirzа bo‘lаng yotibdi sаriq kаsаlgа uchrаb, tinmаsdi, yеrgа ursаng, оlоvdаy ko‘kkа sаchrаb. Uydа o‘tir, jоn bоlаm, jоning оmоn bo‘lsа, bаs. Sеn hаm dаrdgа chаlinsаng, jоnimdаn bittа qоlmаs. Anglashiladiki, she’r mazmunidagi yetakchi g`oya o‘tgan asrdagi “paxta yakkahokimligi”ning turli jarohatlari, alamli azoblaridir. Uning barcha qiyinchiliklarini o`z boshidan o`tkazgan katta avlod – buvi-bobolar, ota-onalar o`z farzandlaridan ham xavotirga tushadilar. Bolalar uchun buvining holati kulgi qo`zg`atib, she’rdagi komiklikni ta’minlagan bo‘lsa, she’r xotimasi kattalarni jiddiy mulohazaga yetaklaydi: yaqin tariximizdagi muammolarni eslab qayg`uradi, istiqlol Ilmiybaza.uz 
 
zamonidan, inson qadri ko`tarila boshlaganidan shukrona qiladi. Shu tariqa, bu kabi 
she’rlar bolalar va kattalar adabiyotining muhim namunasi hisoblanadi.  
Shunga o`xshash, o`zbek bolalar adabiyotining mustaqillik arafasi va istiqlol 
yillarida yaratilgan ko`pgina asarlar ikki yo`nalishli adabiyot ekanligi bilan diqqatga 
sazovor. Jumladan, A.Obidjonning “Dahshatli Meshpolvon” ertak qissasidagi 
Meshpolvon portreti tasviri (“...ikki lunji nog‘ora, beti oftobday zog‘ora, betida 
eshak tepkisidan naqshlangan chandiq, qorni qirq pudlik sandiq, burni 
mushuknikidek puchuq, yelkasi baayni hurpaygan chumchuq, bo‘yni oldinga 
enkaygan, quloqlari dinkaygan, oyoq bosishi ilang-bilang, boshi Yozyovon 
cho‘lidek yap-yalang, ko‘rinishidan kamgap-u anqov, aslida mahmadana-yu 
mijg‘ov, ko‘zlari boyqushnikiday ola... Xullas rosayam qiziq bola”) va qahramonlik 
sarguzashtlari katta-yu kichikka baravar zavq berishidan tashqari, yozuvchi bu 
orqali xalqona iboralar jilosi, unutilayozgan xalq dostonlari va ertaklari ohangi, 
ruhini bugungi yosh avlod qulog‘iga singdirishni ko‘zlaydiki, bu ham o‘z navbatida, 
hodisaning ikki xil mazmun-mohiyatiga xizmat qila oladi.  
Binobarin, bolalarga mo‘ljallangan badiiy adabiyot kichkintoylardan tashqari 
dastlab, san’at asari sifatida, so‘ngra, g‘oyadorligi jihatdan hammabop bo‘lishi 
mumkin ekan.  
Bolalar adabiyotida voqelikning o‘ziga xos tasviri ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bunda quyidagi xususiyatlar ko`zga tashlanadi:  
1.Badiiy obrazning, voqelikning aniq-tiniqligi, ko‘rimliligi. Bu xususiyat 
aksaran, maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar 
kitobxonligiga xos. Ular uchun yozilgan asarlarning har bir jumlasi asosida rasm 
chizish mumkin. G‘afur G‘ulomning “O‘ylashni o‘rganamiz” she’rida mavhum 
hodisani ko‘rimli qilib tasvirlash yorqin kuzatiladi. Muxtorjon olti yoshli singlisi 
Munisxondan “O‘ylashni bilasanmi?”– deb so‘raganida, uning: “Aka-a, o‘zing ayta 
qol, O‘ylash degan nimadi?”, – deya iqror bo‘lgani bejiz emas. Shunda, 
Muxtorjonning “jiddiy turib”, “qoshini birga yig‘ib” o‘ylashida ham aynan 
kichkintoylarga xos “muzqaymoqdan tog`, nuqul gilos bog`, bir qozon qaymoq, 
Ilmiybaza.uz zamonidan, inson qadri ko`tarila boshlaganidan shukrona qiladi. Shu tariqa, bu kabi she’rlar bolalar va kattalar adabiyotining muhim namunasi hisoblanadi. Shunga o`xshash, o`zbek bolalar adabiyotining mustaqillik arafasi va istiqlol yillarida yaratilgan ko`pgina asarlar ikki yo`nalishli adabiyot ekanligi bilan diqqatga sazovor. Jumladan, A.Obidjonning “Dahshatli Meshpolvon” ertak qissasidagi Meshpolvon portreti tasviri (“...ikki lunji nog‘ora, beti oftobday zog‘ora, betida eshak tepkisidan naqshlangan chandiq, qorni qirq pudlik sandiq, burni mushuknikidek puchuq, yelkasi baayni hurpaygan chumchuq, bo‘yni oldinga enkaygan, quloqlari dinkaygan, oyoq bosishi ilang-bilang, boshi Yozyovon cho‘lidek yap-yalang, ko‘rinishidan kamgap-u anqov, aslida mahmadana-yu mijg‘ov, ko‘zlari boyqushnikiday ola... Xullas rosayam qiziq bola”) va qahramonlik sarguzashtlari katta-yu kichikka baravar zavq berishidan tashqari, yozuvchi bu orqali xalqona iboralar jilosi, unutilayozgan xalq dostonlari va ertaklari ohangi, ruhini bugungi yosh avlod qulog‘iga singdirishni ko‘zlaydiki, bu ham o‘z navbatida, hodisaning ikki xil mazmun-mohiyatiga xizmat qila oladi. Binobarin, bolalarga mo‘ljallangan badiiy adabiyot kichkintoylardan tashqari dastlab, san’at asari sifatida, so‘ngra, g‘oyadorligi jihatdan hammabop bo‘lishi mumkin ekan. Bolalar adabiyotida voqelikning o‘ziga xos tasviri ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda quyidagi xususiyatlar ko`zga tashlanadi: 1.Badiiy obrazning, voqelikning aniq-tiniqligi, ko‘rimliligi. Bu xususiyat aksaran, maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar kitobxonligiga xos. Ular uchun yozilgan asarlarning har bir jumlasi asosida rasm chizish mumkin. G‘afur G‘ulomning “O‘ylashni o‘rganamiz” she’rida mavhum hodisani ko‘rimli qilib tasvirlash yorqin kuzatiladi. Muxtorjon olti yoshli singlisi Munisxondan “O‘ylashni bilasanmi?”– deb so‘raganida, uning: “Aka-a, o‘zing ayta qol, O‘ylash degan nimadi?”, – deya iqror bo‘lgani bejiz emas. Shunda, Muxtorjonning “jiddiy turib”, “qoshini birga yig‘ib” o‘ylashida ham aynan kichkintoylarga xos “muzqaymoqdan tog`, nuqul gilos bog`, bir qozon qaymoq, Ilmiybaza.uz 
 
“tuyaday pishloq” kabi obrazlar ko‘rimlilik – predmetlilik kasb etadi. Bu esa 
kichkintoylar tasavvurini yorqinlashtiradi.  
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarga mo‘ljallab yozilgan asarlarda yana do‘stlik, 
Vatanga muhabbat, iymon, e’tiqod singari mavhum tushunchalar obrazli tasvirda, 
ramziy detallarda tasvirlanadi. A.Obidjonning “Vatan” she’ri bugungi yosh avlod 
tafakkuri, o‘tkir aql-idrokiga monandligi bilan e’tiborga loyiq :  
– Senga bitta savol bor,  
Menga quloq sol, hoy, qush.  
Vayronada yashaysan,  
Noming esa naq Boyqush,  
Ayt-chi, nahot sen boysan?  
– Asl boylik neligin  
Tushunmaysan, chamasi.  
Bu vayrona bo‘lsa ham,  
O‘zimniki hammasi,  
Shuning uchun men boyman!  
Shoirning bolalarga xos tushuncha va tasavvurdan foydalanib, asl muddaoni ayta 
olgani diqqatga sazovor. Boyqushning ko‘rimsizligi, buning ustiga xarobada 
yashashi uning nomiga munosib emasligi bolalarni qiziqtirishi tabiiy. Shoir aniq va 
ko‘rimli timsol – boyqush hamda u yashaydigan vayrona orqali kichik maktab 
yoshidagi kitobxonlar uchun hali mavhum bo‘lgan tushuncha – vatanparvarlik, 
o‘ziga beklik hissini anglatishga erishgan.  
Bu jihat badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotni o‘rganishdagi asosiy vosita ekanligini 
ham oydinlashtiradi. Zotan, S.Jo‘ra, Q.Muhammadiy, A.Muxtor, Sh.Sa’dulla, 
X.To‘xtaboyev, T.Adashboyev, S.Barnoyev kabi ijodkorlarning kichkintoylar 
uchun yaratgan asarlarida aniqlik ustuvor bo‘lsa, N.Fozilov, H.Nazir, M.A’zam, 
A.Obidjon, T.Malik singari adiblar ijodida o`smirlarga xos tasavvur yetakchi.  
2.Hikoya qilishda lirik yoki komik maylning kuchliligi. Bolalar adabiyotining 
asosiy xususiyatlaridan biri – uning samimiy his-tuyg‘ularga boyligi ekani o‘z 
vaqtida V.G.Belinskiy tomonidan qayta-qayta uqdirilgan edi. Quvnoq yumor esa uni 
Ilmiybaza.uz “tuyaday pishloq” kabi obrazlar ko‘rimlilik – predmetlilik kasb etadi. Bu esa kichkintoylar tasavvurini yorqinlashtiradi. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarga mo‘ljallab yozilgan asarlarda yana do‘stlik, Vatanga muhabbat, iymon, e’tiqod singari mavhum tushunchalar obrazli tasvirda, ramziy detallarda tasvirlanadi. A.Obidjonning “Vatan” she’ri bugungi yosh avlod tafakkuri, o‘tkir aql-idrokiga monandligi bilan e’tiborga loyiq : – Senga bitta savol bor, Menga quloq sol, hoy, qush. Vayronada yashaysan, Noming esa naq Boyqush, Ayt-chi, nahot sen boysan? – Asl boylik neligin Tushunmaysan, chamasi. Bu vayrona bo‘lsa ham, O‘zimniki hammasi, Shuning uchun men boyman! Shoirning bolalarga xos tushuncha va tasavvurdan foydalanib, asl muddaoni ayta olgani diqqatga sazovor. Boyqushning ko‘rimsizligi, buning ustiga xarobada yashashi uning nomiga munosib emasligi bolalarni qiziqtirishi tabiiy. Shoir aniq va ko‘rimli timsol – boyqush hamda u yashaydigan vayrona orqali kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun hali mavhum bo‘lgan tushuncha – vatanparvarlik, o‘ziga beklik hissini anglatishga erishgan. Bu jihat badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotni o‘rganishdagi asosiy vosita ekanligini ham oydinlashtiradi. Zotan, S.Jo‘ra, Q.Muhammadiy, A.Muxtor, Sh.Sa’dulla, X.To‘xtaboyev, T.Adashboyev, S.Barnoyev kabi ijodkorlarning kichkintoylar uchun yaratgan asarlarida aniqlik ustuvor bo‘lsa, N.Fozilov, H.Nazir, M.A’zam, A.Obidjon, T.Malik singari adiblar ijodida o`smirlarga xos tasavvur yetakchi. 2.Hikoya qilishda lirik yoki komik maylning kuchliligi. Bolalar adabiyotining asosiy xususiyatlaridan biri – uning samimiy his-tuyg‘ularga boyligi ekani o‘z vaqtida V.G.Belinskiy tomonidan qayta-qayta uqdirilgan edi. Quvnoq yumor esa uni Ilmiybaza.uz 
 
yanada to‘ldiradi. Bu hali-hanuz bolalar adabiyotining o‘ziga xosligini belgilab 
kelmoqda. N.G.Chernishevskiy shu ma’noda, bolalarga mo‘ljallangan badiiy 
asarlarda “Vah... Qanday dahshat?”, “Ey, muncha kulgili!”, “Bay-bay, muncha 
yaxshi!” kayfiyatlarini qo‘zg‘ovchi alomatlari bo‘lmasa, yosh kitobxonlarni 
to‘lqinlantira olmaydi, deb hisoblagan edi. Shu jihatdan qaralsa, o‘zbek bolalar 
adabiyoti tarixida ham lirik ko‘tarinkilik va quvnoq yumorga boy asarlar yosh avlod 
qiziqishiga ko‘proq muyassar bo‘lgan. Zero, G‘afur G‘ulomning “Shum bola”, 
X.To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Sehrgarlar jangi 
yoxud, shirin qovunlar mamlakati”, A.Obidjonnng “Dahshatli Meshpolvon” va 
“Meshpolvonning janglari” kabi asarlarini o‘zgacha zavq bilan o‘qilishining siri 
avvalo shunda.  
Real olam voqealarini xayolot dunyosiga o‘g‘irib, adadsiz orzular tasvirida berish 
bolalar adabiyotining doimiy ehtiyojlaridan. Ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar 
kitobxonligiga xos ertak va hikoyalarni sehrli predmetlar, ajoyib-u g‘aroyib 
sarguzashtlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bolalar adabiyotida X.Andersen, M.Tven, 
R.Kipling, J.Rodari, K.Chukovskiy, X.To‘xtaboyev, A.Obidjon kabi bolalar adiblari 
asarlarida bu sirli tilsimlar asosiy g‘oyani ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. 
“Ayniqsa, Xudoyberdi To‘xtaboyevning Hoshimjoni – deb yozadi A.Rasulov – 
sehrli qalpoqchasini kiyib yarim dunyoni kezib chiqdi, ming-minglab kitobxonlar 
qalbidan joy oldi”6. Olim bunda X.To‘xtaboyevning mahorati, bolalar qalbini rom 
etish san’atini nazarda tutadiki, chindan ham o‘zbek bolalar adabiyotshunosligi 
oldida ularni teran yoritish masalasi hali-namuz ko‘ndalang turibdi.  
Umuman, kichik yoshdagi o‘quvchilarni ham davr taraqqiyotining barcha 
muammolari, mavzulari qiziqtiradi. 8-11 yoshli bolalar, xalq nasri va adabiy 
ertaklar, tabiat, Vatan, vatanparvarlik, ota-onaga muhabbat, axloq-odob va kitob 
o‘qishga da’vat ruhidagi asarlar bilan birga, insonni teranroq o‘rganishga oid she’r 
va hikoyalarni katta qiziqish bilan o‘qiydilar. Binobarin, o‘zbek bolalar adabiyoti 
tarixida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar kitobxonligini G‘.G‘ulom, H.Olimjon, 
S.Jo‘ra, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, Sh.Sa’dulla, I.Muslim, A.Rahmat, Q. Hikmat, 
P.Mo‘min, T.Adashboyev, M.A’zam, A.Obidjon va boshqalarning quvnoq she’r va 
Ilmiybaza.uz yanada to‘ldiradi. Bu hali-hanuz bolalar adabiyotining o‘ziga xosligini belgilab kelmoqda. N.G.Chernishevskiy shu ma’noda, bolalarga mo‘ljallangan badiiy asarlarda “Vah... Qanday dahshat?”, “Ey, muncha kulgili!”, “Bay-bay, muncha yaxshi!” kayfiyatlarini qo‘zg‘ovchi alomatlari bo‘lmasa, yosh kitobxonlarni to‘lqinlantira olmaydi, deb hisoblagan edi. Shu jihatdan qaralsa, o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida ham lirik ko‘tarinkilik va quvnoq yumorga boy asarlar yosh avlod qiziqishiga ko‘proq muyassar bo‘lgan. Zero, G‘afur G‘ulomning “Shum bola”, X.To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Sehrgarlar jangi yoxud, shirin qovunlar mamlakati”, A.Obidjonnng “Dahshatli Meshpolvon” va “Meshpolvonning janglari” kabi asarlarini o‘zgacha zavq bilan o‘qilishining siri avvalo shunda. Real olam voqealarini xayolot dunyosiga o‘g‘irib, adadsiz orzular tasvirida berish bolalar adabiyotining doimiy ehtiyojlaridan. Ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar kitobxonligiga xos ertak va hikoyalarni sehrli predmetlar, ajoyib-u g‘aroyib sarguzashtlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bolalar adabiyotida X.Andersen, M.Tven, R.Kipling, J.Rodari, K.Chukovskiy, X.To‘xtaboyev, A.Obidjon kabi bolalar adiblari asarlarida bu sirli tilsimlar asosiy g‘oyani ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. “Ayniqsa, Xudoyberdi To‘xtaboyevning Hoshimjoni – deb yozadi A.Rasulov – sehrli qalpoqchasini kiyib yarim dunyoni kezib chiqdi, ming-minglab kitobxonlar qalbidan joy oldi”6. Olim bunda X.To‘xtaboyevning mahorati, bolalar qalbini rom etish san’atini nazarda tutadiki, chindan ham o‘zbek bolalar adabiyotshunosligi oldida ularni teran yoritish masalasi hali-namuz ko‘ndalang turibdi. Umuman, kichik yoshdagi o‘quvchilarni ham davr taraqqiyotining barcha muammolari, mavzulari qiziqtiradi. 8-11 yoshli bolalar, xalq nasri va adabiy ertaklar, tabiat, Vatan, vatanparvarlik, ota-onaga muhabbat, axloq-odob va kitob o‘qishga da’vat ruhidagi asarlar bilan birga, insonni teranroq o‘rganishga oid she’r va hikoyalarni katta qiziqish bilan o‘qiydilar. Binobarin, o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar kitobxonligini G‘.G‘ulom, H.Olimjon, S.Jo‘ra, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, Sh.Sa’dulla, I.Muslim, A.Rahmat, Q. Hikmat, P.Mo‘min, T.Adashboyev, M.A’zam, A.Obidjon va boshqalarning quvnoq she’r va Ilmiybaza.uz 
 
qo‘shiqlari, dostonlari va she’riy ertaklari; H. Nazir, X.To‘xtaboyev, N.Fozilov, 
M.Osim, 
T.Malik, 
H.Shayxov, 
S.Barnoyev, 
F.Musajon, 
O.Husanov 
va 
boshqalarning hikoya, qissa hamda romanlari tashkil etib keldi. Istiqlolga erishgach, 
bu yoshdagi kitobxonlarga, ayniqsa, vatanparvarlik va Vatan tarixi haqidagi badiiy 
asarlar behad zarurligi, xorijdagi tengqurlari hayoti haqidagi asarlar ham alohida 
qiziqish uyg‘otishi yaqqolroq anglandi. Bu jihatdan ham o`zbek bolalar adabiyoti 
namunalari hisoblangan “Qonli barmoqlar”, “Zafar va Zahro” (Oybek), “Dunyo 
bolalari” (A.Muxtor), “Afg‘on hikoyalari” (S.Barnoyev) qatorida mashhur italyan 
bolalar adibi Janni Rodarining “Chipollinoning boshidan kechirganlari”, “Jelsomino 
yolg‘onchilar mamlakatida”, “Muzqaymoqdan qurilgan shahar”, shved bolalar 
adibasi Astrid Lindgrenning “Mittivoy va tomda yashovchi Karlson haqida ikki 
qissa”, polyak adibi Yanush Korchakning “Qirol Matiush birinchi”, shuningdek, 
qardosh xalqlar bolalar adabiyotlarining eng sara namunalari alohida qimmat kasb 
etadi. Bu xildagi asarlar bolalarning olam va odam haqidagi bilimlarini 
rivojlantiradi, lug‘at boyligini oshiradi, dunyoqarashining shakllanishiga, insoniy 
fazilat tarkib topishiga, shaxs xarakterining toblanishiga ta’sir ko‘rsatadi, nihoyat, 
badiiy adabiyot ular uchun chinakam “hayot darsligi”ga aylana boradi. 
Bilim, ko‘nikma va malakani rivojlantirishga yo‘naltiruvchi savollar : 
1. Bolalar adabiyoti istilohi nimani anglatadi?  
2. Bolalar adabiyotining ikki yo‘nalishdaligi nimada ko‘rinadi?  
3. Bolalar adabiyotidagi tasvirning o‘ziga xosligini qanday izohlaysiz?  
4. Bolalarbop asarlardagi xarakter va hodisalar ifodasida dinamikaning yorqinligini 
misollar asosida tushuntiring?  
5. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi haqida nimalarni bilasiz?  
6. Kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan badiiy asarlar qanday spetsifik 
xarakterga ega?  
7. O‘smirlar kitobxonligida qaysi yo‘nalishdagi asarlar yetakchi ahamiyat kasb etadi 
 
Adabiyotlar: 
 
1.Jumaboyev M. O‘zbek bolalar adabiyoti. -T.: O‘qituvchi, 2002. -290 b. 
Ilmiybaza.uz qo‘shiqlari, dostonlari va she’riy ertaklari; H. Nazir, X.To‘xtaboyev, N.Fozilov, M.Osim, T.Malik, H.Shayxov, S.Barnoyev, F.Musajon, O.Husanov va boshqalarning hikoya, qissa hamda romanlari tashkil etib keldi. Istiqlolga erishgach, bu yoshdagi kitobxonlarga, ayniqsa, vatanparvarlik va Vatan tarixi haqidagi badiiy asarlar behad zarurligi, xorijdagi tengqurlari hayoti haqidagi asarlar ham alohida qiziqish uyg‘otishi yaqqolroq anglandi. Bu jihatdan ham o`zbek bolalar adabiyoti namunalari hisoblangan “Qonli barmoqlar”, “Zafar va Zahro” (Oybek), “Dunyo bolalari” (A.Muxtor), “Afg‘on hikoyalari” (S.Barnoyev) qatorida mashhur italyan bolalar adibi Janni Rodarining “Chipollinoning boshidan kechirganlari”, “Jelsomino yolg‘onchilar mamlakatida”, “Muzqaymoqdan qurilgan shahar”, shved bolalar adibasi Astrid Lindgrenning “Mittivoy va tomda yashovchi Karlson haqida ikki qissa”, polyak adibi Yanush Korchakning “Qirol Matiush birinchi”, shuningdek, qardosh xalqlar bolalar adabiyotlarining eng sara namunalari alohida qimmat kasb etadi. Bu xildagi asarlar bolalarning olam va odam haqidagi bilimlarini rivojlantiradi, lug‘at boyligini oshiradi, dunyoqarashining shakllanishiga, insoniy fazilat tarkib topishiga, shaxs xarakterining toblanishiga ta’sir ko‘rsatadi, nihoyat, badiiy adabiyot ular uchun chinakam “hayot darsligi”ga aylana boradi. Bilim, ko‘nikma va malakani rivojlantirishga yo‘naltiruvchi savollar : 1. Bolalar adabiyoti istilohi nimani anglatadi? 2. Bolalar adabiyotining ikki yo‘nalishdaligi nimada ko‘rinadi? 3. Bolalar adabiyotidagi tasvirning o‘ziga xosligini qanday izohlaysiz? 4. Bolalarbop asarlardagi xarakter va hodisalar ifodasida dinamikaning yorqinligini misollar asosida tushuntiring? 5. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi haqida nimalarni bilasiz? 6. Kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan badiiy asarlar qanday spetsifik xarakterga ega? 7. O‘smirlar kitobxonligida qaysi yo‘nalishdagi asarlar yetakchi ahamiyat kasb etadi Adabiyotlar: 1.Jumaboyev M. O‘zbek bolalar adabiyoti. -T.: O‘qituvchi, 2002. -290 b. Ilmiybaza.uz 
 
2. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. -T.: O‘qituvchi, 2011.- 260 b.  
3. Safarov O., Barakayev R., Jamilova B. Bolalar adabiyoti. -Buxoro.: 
Durdona,2019.- 420 b. 
 
Ilmiybaza.uz 2. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. -T.: O‘qituvchi, 2011.- 260 b. 3. Safarov O., Barakayev R., Jamilova B. Bolalar adabiyoti. -Buxoro.: Durdona,2019.- 420 b.