Bolalar adabiyotining shakllanish tarixi va adresligi

Yuklangan vaqt

2024-09-23

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

40,0 KB


 
 
 
 
 
 
Bolalar adabiyotining shakllanish tarixi va adresligi 
 
 
 
Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi. Bolalar 
adabiyotining kamolotida uning barcha fanlar bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega. 
Bu M.Gorkiyning «Mavzular to’g’risida» maqolasida yorqin ifodalangan bo’lib, bolalar 
adabiyotining rang-barang mavzular hisobiga boyib, xilma-xil obrazlar hisobiga to’lishib 
borishini ta’minlashdan tashqari ma’lum darajada o’zligiga daxldor xossalarini ham 
oydinlashtiradi. Shu ma’noda, aytish mumkinki, bolalarga o’zlarini qurshagan olam va 
uning sirlaridan voqif bo’lishda, narsa va hodisalar mohiyatini idrok etishda, ularni 
anglash va bilib olishda, o’rganish va o’zlashtirishda bolalar adabiyoti o’ziga xos hayot 
darsligi vazifasini o’taydi. 
  Aytaylik, elektr nima? Quyosh-chi? Oy-chi?Yulduzlar nega faqat kechasi 
ko’rinadi?Momaqaldiroq nimadan paydo bo’ladi? Yashin-chi? Suv nima? Shamol 
nimadan hosil bo’ladi? Tuproq nima? Yomg’ir nima? Qor nima? O’simliklar, hasharotlar 
nega xilmma-xil? Xullas, bunday savollarning cheku-chegarasi yo’q. Lekin bolalar 
bularning barchasini bilishidan iborat ehtiyojlarini qondirmay qoymaydilar. Ularning 
ma’naviy ulg’ayishlari ana shu istakni qondirish evaziga amalga oshadi. Binobarin, 
bolalar adabiyoti ana shu savollarga javob berish maqsadida fizika, astranomiya, 
geologiya, geografiya, kimyo, matematika, botanika, biologiya, qoying-chi kishilik 
jamiyati yaratgan barcha bilimlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Bunda u mazkur bilimga 
xos sovuq ilmiy muhokama va mantiqiylikni emas, balki har qanday ilmiy tushunchaning 
insonni sharaflovchi badiiy obrazli ifoda etilishi orqali erishadi. Bunday obrazli ifoda 
pirovard-oqibatda uning qiziqarliligini (zanimatelnost) va ma’rifiyligini (poznavatelnost) 
ta’minlaydi. «Qiziqarli botanika», «Qiziqarli fizika», «Qiziqarli biologiya», «Qiziqarli 
Bolalar adabiyotining shakllanish tarixi va adresligi Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi. Bolalar adabiyotining kamolotida uning barcha fanlar bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega. Bu M.Gorkiyning «Mavzular to’g’risida» maqolasida yorqin ifodalangan bo’lib, bolalar adabiyotining rang-barang mavzular hisobiga boyib, xilma-xil obrazlar hisobiga to’lishib borishini ta’minlashdan tashqari ma’lum darajada o’zligiga daxldor xossalarini ham oydinlashtiradi. Shu ma’noda, aytish mumkinki, bolalarga o’zlarini qurshagan olam va uning sirlaridan voqif bo’lishda, narsa va hodisalar mohiyatini idrok etishda, ularni anglash va bilib olishda, o’rganish va o’zlashtirishda bolalar adabiyoti o’ziga xos hayot darsligi vazifasini o’taydi. Aytaylik, elektr nima? Quyosh-chi? Oy-chi?Yulduzlar nega faqat kechasi ko’rinadi?Momaqaldiroq nimadan paydo bo’ladi? Yashin-chi? Suv nima? Shamol nimadan hosil bo’ladi? Tuproq nima? Yomg’ir nima? Qor nima? O’simliklar, hasharotlar nega xilmma-xil? Xullas, bunday savollarning cheku-chegarasi yo’q. Lekin bolalar bularning barchasini bilishidan iborat ehtiyojlarini qondirmay qoymaydilar. Ularning ma’naviy ulg’ayishlari ana shu istakni qondirish evaziga amalga oshadi. Binobarin, bolalar adabiyoti ana shu savollarga javob berish maqsadida fizika, astranomiya, geologiya, geografiya, kimyo, matematika, botanika, biologiya, qoying-chi kishilik jamiyati yaratgan barcha bilimlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Bunda u mazkur bilimga xos sovuq ilmiy muhokama va mantiqiylikni emas, balki har qanday ilmiy tushunchaning insonni sharaflovchi badiiy obrazli ifoda etilishi orqali erishadi. Bunday obrazli ifoda pirovard-oqibatda uning qiziqarliligini (zanimatelnost) va ma’rifiyligini (poznavatelnost) ta’minlaydi. «Qiziqarli botanika», «Qiziqarli fizika», «Qiziqarli biologiya», «Qiziqarli
 
 
geologiya», «Qiziqarli kimyo» yoki «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh 
fizik» qomuslari singari bolalarbop rang-barang kitoblar, shuningdek, turli-tuman kasb-
korlar, aniqrog’i, shishapazlik, chinnisozlik, yog’och va ganch oymakorligi, misgarlik va 
mis oymakorligi, temirchilik, kulolchilik, boyraboflik, gilamboflik, temirchilik, 
haykaltaroshlik, kashtachilik, zargarlik, zardo’zlik, rangpazlik, qog’oz tayyorlash va 
hokazolarning kelib chiqishi tarixiga oid zavqovar badia va hikoyalar yosh avlodning ular 
haqidagi bilimlarini chuqurlashtiribgina qoymaydi, balki ularda ajdodlar tajribalari va 
an’analarini o’zlashtira turib e’zozlashni, demakki, qadriyatlarni anglash jarayonida 
o’zliklarini anglashlariga, eng muhimi, kelajakda kim bo’lishdan iborat havaslarini 
uyg’otibgina qoymaydi, balki shu havasning qat’iyatga aylanishida yordam beradi.                      
  Shu mantiqqa muvofiq bolalarni yosh xususiyatlariga ko’ra uch guruhga bo’lish 
an’anaga aylanganki, bu ularga mo’ljallab badiiy asarlar yozishda ham rost keladi: 
   1). Maktabgacha tarbiya bosqichi: tug’ilgandan to 6-7 yoshgacha; 
    2). Kichik yoshdagi o’quvchilik davri: 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha yoki muchalni 
to’ldirguncha;  
  3). O’smirlik davri yoki o’rta va katta yoshdagi o’quvchilik bosqichi: 12-13 yoshdan 17-
18 yoshgacha.    
    Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari. Bola 
yetti yoshga to’lguniga qadar atrofdagi yangiliklarni tez ilg’aydigan bo’lib o’sa baradi. 
Bu jarayonni bolaning kelajakka tayyorlanishi tarzida tushunish kamlik qiladi, albatta. 
Negaki, inson shaxsiyatidagi barcha ijobiy va salbiy xususiyatlar xuddi shu davrda 
shakllana boshlaydi, xarakteriga singa baradi. «Axir men hozir nimalarda 
yashayotganimni o’shanda kashf qilmaganmidim?,-deya xotirlagandi Lev Tolstoy 
yetmish yillik umriga sarhisob qila turib.-Shuncha ko’p, shuncha tez kashf etgan 
narsalarimning yuzdan birini ham, qolgan butun umrim davomida kashf eta oldimmi? 
Aslo! Besh yashar boladan mengacha-faqat bir qadam, yangi tug’ilgan chaqaloqdan besh 
yashar bolagacha-dahshatli masofa!» Chindan-da, chaqaloq besh yoshga to’lguniga qadar 
til chiqaradi, ongi kurtak yoza boshlaydi, tuyg’ulari shakllanish jarayoniga kiradi, oyoq 
chiqarib mustaqil yura boshlaydi-keyingi butun umri davomida, asosan, shu jarayonlar 
takomillashadi. Shuning uchun bolalarni juda kichkinaliklaridanoq, so’z san’ati sehrida 
geologiya», «Qiziqarli kimyo» yoki «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh fizik» qomuslari singari bolalarbop rang-barang kitoblar, shuningdek, turli-tuman kasb- korlar, aniqrog’i, shishapazlik, chinnisozlik, yog’och va ganch oymakorligi, misgarlik va mis oymakorligi, temirchilik, kulolchilik, boyraboflik, gilamboflik, temirchilik, haykaltaroshlik, kashtachilik, zargarlik, zardo’zlik, rangpazlik, qog’oz tayyorlash va hokazolarning kelib chiqishi tarixiga oid zavqovar badia va hikoyalar yosh avlodning ular haqidagi bilimlarini chuqurlashtiribgina qoymaydi, balki ularda ajdodlar tajribalari va an’analarini o’zlashtira turib e’zozlashni, demakki, qadriyatlarni anglash jarayonida o’zliklarini anglashlariga, eng muhimi, kelajakda kim bo’lishdan iborat havaslarini uyg’otibgina qoymaydi, balki shu havasning qat’iyatga aylanishida yordam beradi. Shu mantiqqa muvofiq bolalarni yosh xususiyatlariga ko’ra uch guruhga bo’lish an’anaga aylanganki, bu ularga mo’ljallab badiiy asarlar yozishda ham rost keladi: 1). Maktabgacha tarbiya bosqichi: tug’ilgandan to 6-7 yoshgacha; 2). Kichik yoshdagi o’quvchilik davri: 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha yoki muchalni to’ldirguncha; 3). O’smirlik davri yoki o’rta va katta yoshdagi o’quvchilik bosqichi: 12-13 yoshdan 17- 18 yoshgacha. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari. Bola yetti yoshga to’lguniga qadar atrofdagi yangiliklarni tez ilg’aydigan bo’lib o’sa baradi. Bu jarayonni bolaning kelajakka tayyorlanishi tarzida tushunish kamlik qiladi, albatta. Negaki, inson shaxsiyatidagi barcha ijobiy va salbiy xususiyatlar xuddi shu davrda shakllana boshlaydi, xarakteriga singa baradi. «Axir men hozir nimalarda yashayotganimni o’shanda kashf qilmaganmidim?,-deya xotirlagandi Lev Tolstoy yetmish yillik umriga sarhisob qila turib.-Shuncha ko’p, shuncha tez kashf etgan narsalarimning yuzdan birini ham, qolgan butun umrim davomida kashf eta oldimmi? Aslo! Besh yashar boladan mengacha-faqat bir qadam, yangi tug’ilgan chaqaloqdan besh yashar bolagacha-dahshatli masofa!» Chindan-da, chaqaloq besh yoshga to’lguniga qadar til chiqaradi, ongi kurtak yoza boshlaydi, tuyg’ulari shakllanish jarayoniga kiradi, oyoq chiqarib mustaqil yura boshlaydi-keyingi butun umri davomida, asosan, shu jarayonlar takomillashadi. Shuning uchun bolalarni juda kichkinaliklaridanoq, so’z san’ati sehrida
 
 
tarbiyalash beqiyos ijtimoiy-estetik qimmatga molik. Bu xalqning asriy tajribasida 
sinalgan haqiqatdir. Xalq ijodiyotidagi erkalash motivlariga limmo-lim aytim-olqishlar, 
allalar, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, qaytarmachoqlar, ermaklar asrlar 
davomida ana shunday vazifani ado etib kelayotgani barchaga ayon. Ularda xalqimizning 
bolalarparvarlik mehri tovlanib turadi, murg’akkina jonlarni so’z ohanglarida ardoqlash 
an’analari yorqin namoyon bo’lgan.  
  Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o’qiy olmaydi, ular uchun olam noma’lumlik 
sirlarini bilishga, o’zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo’ladi. Yozuvchining vazifasi 
uning xuddi shu intilishini hisobga olib, qiziqishini alangalatishga qaratilgan holda ish 
tutishdan iborat. Bunda u maktabgacha yoshdagi kichkintoy tabiatiga xos taqlidchilik 
xususiyatini ko’zda tutib, hayotdagi xarakterli voqea va hodisalarni uning tasavvuriga 
mos badiiy obrazlarda ifodalovchi asarlar yaratmog’i lozim. 
  Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi kichkintoylar tevarak-atrofidagi har bir narsaga taqlid 
qilishdan charchashmaydi. Ular taqlidchilik vositasida hayotni o’zlashtiradilar. Shu 
boisdan ularga atalgan asarlarning personajlari-hayvonlar, qushlar, hasharotlar, 
o’simliklar va boshqa narsalar bo’lishsa-da, odamlarga taqlidiy sifatlarga ega: 
Odamlarday gapirishadi, fikr yuritishadi. Shu taqlidda ularning har biri o’z xislatlari 
xususidagi oddiy ma’lumotlar bilan kichkintoylarning intellektual dunyosiga aylanadi, 
ularda hayotga qarashning o’ziga xos kurtaklari vazifasini o’tashga kirishadi.  
 «Bolada so’zni tushunishdan ko’ra tovush yoki ohangni sezish ancha erta boshlanadi, 
aslida xuddi shu tovush yoki ohangni sezish-uni so’zni-tushunchani anglash sari 
etaklaydi, binobarin, u sog’lom o’ssa, 7-9 oylardaligidayoq ayrim so’zlar ifodalagan 
ma’noni anglay boshlaydi: «ashshalom», qo’lingni ber», «o’tir» kabi so’zlarga harakati 
bilan javob qaytaradi. Bir yoshga to’lganida esa, o’ntacha so’zni tushunadi va ayta oladi. 
Ikkinchi yoshi davomida bola anglaydigan va ayta oladigan so’zlar miqdori 300 tagacha 
etadi. Bu davrda u ochlikni, chanqoqlikni, issiq-sovuqni, og’riqni tuyadigan bo’ladi, shu 
tuyg’ularni ifodalash ehtiyoji tovush tiliga ko’chadi: g’udranadi, ingshayadi, xullas, 
allaqanday tovushlar yig’indisidan iborat so’qma so’zlar vositasida «gapirgan» bo’ladi. 
Shu jarayonda nutq organlari rivojlana boradi va yangi-yangi tovushlarni aytishga 
chog’lanadi yoki aytishni o’zlashtiradi. Tasavvur qila bilasizmi-chaqaloq dunyoga 
tarbiyalash beqiyos ijtimoiy-estetik qimmatga molik. Bu xalqning asriy tajribasida sinalgan haqiqatdir. Xalq ijodiyotidagi erkalash motivlariga limmo-lim aytim-olqishlar, allalar, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, qaytarmachoqlar, ermaklar asrlar davomida ana shunday vazifani ado etib kelayotgani barchaga ayon. Ularda xalqimizning bolalarparvarlik mehri tovlanib turadi, murg’akkina jonlarni so’z ohanglarida ardoqlash an’analari yorqin namoyon bo’lgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o’qiy olmaydi, ular uchun olam noma’lumlik sirlarini bilishga, o’zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo’ladi. Yozuvchining vazifasi uning xuddi shu intilishini hisobga olib, qiziqishini alangalatishga qaratilgan holda ish tutishdan iborat. Bunda u maktabgacha yoshdagi kichkintoy tabiatiga xos taqlidchilik xususiyatini ko’zda tutib, hayotdagi xarakterli voqea va hodisalarni uning tasavvuriga mos badiiy obrazlarda ifodalovchi asarlar yaratmog’i lozim. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi kichkintoylar tevarak-atrofidagi har bir narsaga taqlid qilishdan charchashmaydi. Ular taqlidchilik vositasida hayotni o’zlashtiradilar. Shu boisdan ularga atalgan asarlarning personajlari-hayvonlar, qushlar, hasharotlar, o’simliklar va boshqa narsalar bo’lishsa-da, odamlarga taqlidiy sifatlarga ega: Odamlarday gapirishadi, fikr yuritishadi. Shu taqlidda ularning har biri o’z xislatlari xususidagi oddiy ma’lumotlar bilan kichkintoylarning intellektual dunyosiga aylanadi, ularda hayotga qarashning o’ziga xos kurtaklari vazifasini o’tashga kirishadi. «Bolada so’zni tushunishdan ko’ra tovush yoki ohangni sezish ancha erta boshlanadi, aslida xuddi shu tovush yoki ohangni sezish-uni so’zni-tushunchani anglash sari etaklaydi, binobarin, u sog’lom o’ssa, 7-9 oylardaligidayoq ayrim so’zlar ifodalagan ma’noni anglay boshlaydi: «ashshalom», qo’lingni ber», «o’tir» kabi so’zlarga harakati bilan javob qaytaradi. Bir yoshga to’lganida esa, o’ntacha so’zni tushunadi va ayta oladi. Ikkinchi yoshi davomida bola anglaydigan va ayta oladigan so’zlar miqdori 300 tagacha etadi. Bu davrda u ochlikni, chanqoqlikni, issiq-sovuqni, og’riqni tuyadigan bo’ladi, shu tuyg’ularni ifodalash ehtiyoji tovush tiliga ko’chadi: g’udranadi, ingshayadi, xullas, allaqanday tovushlar yig’indisidan iborat so’qma so’zlar vositasida «gapirgan» bo’ladi. Shu jarayonda nutq organlari rivojlana boradi va yangi-yangi tovushlarni aytishga chog’lanadi yoki aytishni o’zlashtiradi. Tasavvur qila bilasizmi-chaqaloq dunyoga
 
 
kelganida «ing’a» yoki «inga» deya yig’laganida nutq a’zolari atigi uchtagina tovushni 
aytishga qodir bo’lgani holda endilikda 300 tacha so’zni ifodalash qadar nutq tovushlarini 
o’zlashtirishga erishadi! Ular lug’atidagi so’zlarning aksariyati bir yoki ikki bo’g’inli 
bo’lib, asosan, unli tovushlarning faolligi bilan ajralib turadi. Buning sababi-unli 
tovushlarning cho’ziluvchanligi va musiqiyligida. Bola dastlab u yoki bu unli tovushni 
cho’zibroq ayta turib, o’z nutq a’zolarining shakllanishini ta’minlaydi, shu yo’l bilan 
inson nutqiga xos boshqa tovushlarni jumladan, undoshlarni ham o’zlashtira boradi. Shu 
asnoda nutq tovushlarini insoniy mantiqdorlik qonuniyati taqozosi bilan bir-biriga ulab, 
o’zi idrok eta olgan u yoki bu tushunchani ifoda etuvchi so’zga aylantira boradi, boshda 
u hech qanaqa ma’no anglatmaydigan so’qma so’z bo’lishi mumkin, lekin bora-bora 
ma’no anglatuvchi so’zga aylanib qoladi, shu zaylda u so’zlar tushunchalar olamini zabt 
eta boshlaydi. Bu hol, o’z navbatida, uning ongiga ravnaq yo’lini ochadi-tasavvuri, idroki 
va yana talay sezgilarini jumbishga keltiradi. Ana shu harakat mantiqi bola lug’at 
xazinasidagi har bir so’zga, dastlabki paytlarda, asosan ot va fe’l anglatuvchi ma’nolarni 
birato’la mujassamlashtira boradi, natijada so’zlar bola nutqida atov gap shaklida 
namoyon bo’la boshlaydi. Bola «mamm» yoki «mama» deganda «ko’krak ber» yoki 
«ovqat ber», «buv» yoki «buvva» deganda «suv ber» talabini ifoda etganday bo’ladi. Shu 
tariqa chaqaloq nutqida otlar o’z ma’nosiga omuxtalashgan harakatni ham ifoda etadi.  
   Ikki-uch yoshlardagi bolalar lug’at jamg’armasidagi so’zlarning aksariyati hayvonlar 
yoki aniq narsalarning tovushlariga taqlidiy xarakteriga ega: «qu-qu» yoki «av-av» kabi. 
Bola tovushlarni har xil qabul qilganidan taqlidiy so’zlarning sinonimik qatori yuzaga 
kelgan: «av-av//hav-hav//hav// baba» yoki «bi-bib// dit// bi-bib// du-dut» kabi. Bu 
bolalarning o’zlari ko’rgan narsalar tovushlarni turlicha eshitishlari va idrok qilishlari 
zamirida vujudga kelgan so’zlarning badiiy shakllaridir. «Qariyb har bir oila so’zlashuvi 
taomilida aslida kichkina bolalardan o’tgan va boshqalarga ma’lum bo’lmagan o’z 
so’zlari bor. Kattalar nutqiga bolalar ta’siri ma’lum hodisa. Bunday hodisani to’g’risi, 
kamdan-kam hollardagina kichkintoylar tajribasiga suyanib she’r yozganda va katta 
bolalar yoki oilaning katta a’zolari nutqida uchratish mumkin». Shunisi e’tiborliki, 
bolalar kashf etgan ayrim so’zlar termin darajasigacha etgan, buni «alla» so’zi misolida 
ko’rsa bo’ladi; bu so’z o’z lug’aviy ma’nosidan tashqari yana folklordagi qo’shiqning bir 
kelganida «ing’a» yoki «inga» deya yig’laganida nutq a’zolari atigi uchtagina tovushni aytishga qodir bo’lgani holda endilikda 300 tacha so’zni ifodalash qadar nutq tovushlarini o’zlashtirishga erishadi! Ular lug’atidagi so’zlarning aksariyati bir yoki ikki bo’g’inli bo’lib, asosan, unli tovushlarning faolligi bilan ajralib turadi. Buning sababi-unli tovushlarning cho’ziluvchanligi va musiqiyligida. Bola dastlab u yoki bu unli tovushni cho’zibroq ayta turib, o’z nutq a’zolarining shakllanishini ta’minlaydi, shu yo’l bilan inson nutqiga xos boshqa tovushlarni jumladan, undoshlarni ham o’zlashtira boradi. Shu asnoda nutq tovushlarini insoniy mantiqdorlik qonuniyati taqozosi bilan bir-biriga ulab, o’zi idrok eta olgan u yoki bu tushunchani ifoda etuvchi so’zga aylantira boradi, boshda u hech qanaqa ma’no anglatmaydigan so’qma so’z bo’lishi mumkin, lekin bora-bora ma’no anglatuvchi so’zga aylanib qoladi, shu zaylda u so’zlar tushunchalar olamini zabt eta boshlaydi. Bu hol, o’z navbatida, uning ongiga ravnaq yo’lini ochadi-tasavvuri, idroki va yana talay sezgilarini jumbishga keltiradi. Ana shu harakat mantiqi bola lug’at xazinasidagi har bir so’zga, dastlabki paytlarda, asosan ot va fe’l anglatuvchi ma’nolarni birato’la mujassamlashtira boradi, natijada so’zlar bola nutqida atov gap shaklida namoyon bo’la boshlaydi. Bola «mamm» yoki «mama» deganda «ko’krak ber» yoki «ovqat ber», «buv» yoki «buvva» deganda «suv ber» talabini ifoda etganday bo’ladi. Shu tariqa chaqaloq nutqida otlar o’z ma’nosiga omuxtalashgan harakatni ham ifoda etadi. Ikki-uch yoshlardagi bolalar lug’at jamg’armasidagi so’zlarning aksariyati hayvonlar yoki aniq narsalarning tovushlariga taqlidiy xarakteriga ega: «qu-qu» yoki «av-av» kabi. Bola tovushlarni har xil qabul qilganidan taqlidiy so’zlarning sinonimik qatori yuzaga kelgan: «av-av//hav-hav//hav// baba» yoki «bi-bib// dit// bi-bib// du-dut» kabi. Bu bolalarning o’zlari ko’rgan narsalar tovushlarni turlicha eshitishlari va idrok qilishlari zamirida vujudga kelgan so’zlarning badiiy shakllaridir. «Qariyb har bir oila so’zlashuvi taomilida aslida kichkina bolalardan o’tgan va boshqalarga ma’lum bo’lmagan o’z so’zlari bor. Kattalar nutqiga bolalar ta’siri ma’lum hodisa. Bunday hodisani to’g’risi, kamdan-kam hollardagina kichkintoylar tajribasiga suyanib she’r yozganda va katta bolalar yoki oilaning katta a’zolari nutqida uchratish mumkin». Shunisi e’tiborliki, bolalar kashf etgan ayrim so’zlar termin darajasigacha etgan, buni «alla» so’zi misolida ko’rsa bo’ladi; bu so’z o’z lug’aviy ma’nosidan tashqari yana folklordagi qo’shiqning bir
 
 
janrini ifodalaydi. Ko’rinadiki, bolalar ham o’z ona tillarining lug’at boyligini oshirishga 
munosib hissa qo’sha olganlar.  
  So’z o’rganish, so’zni anglash va aytish ehtiyoji, ayniqsa, bola uch yasharligida jiddiy 
tus oladi, «Uch yashar bola, - deb yozgandi K.Chukovskiy, - har bir narsa u yoki bu 
belgilangan harakatga mo’ljallanganligiga, binobarin, bunday harakatdan tashqarida 
noaniq narsaga aylanishiga ishonadi». Natijada u bu davrda o’rganganadigan va 
tushunadigan so’zlar 1200-1300 tagacha etib boradi. Bola hech qanaqa grammatik 
qoidadan xabarsiz bo’lsa-da, so’zlarni mantiqan to’g’ri aloqaga kiritib, o’z fikri va 
istagini izhor qila boshlaydi, hatto qay bir tushunchalarni ifodalovchi so’zni hali bilmasa-
da, o’zicha so’z yasab uni ifodalagan bo’ladi, shu tariqa o’z lug’atini aks ettiruvchi tili 
yuzaga keladi. Xuddi shunday bir vaziyatda bolaga hayvonlar, qushlar va hasharotlarning 
yorqin rasmlari, ularga daxldor voqelikni ifodaluvchi voqeaband rasmlardan tashkil 
topgan pishiq kartondan ishlangan animal kitobchalar, hayvonlar haqidagi ertaklar 
mazmunini ifodalovchi dekorativ kitobchalar, kesma yoxud yig’ma kitobchalar 
berilmog’i, u bu rangli kitobchalarni o’zi ochib varag’lamog’i rasmlariga qarab, 
tasvirdagi narsalarni, ularning holatlarini, rangini, shaklini, a’zolarini, aytmog’i yoxud 
kattalar yordamida shularni o’rganib qayta so’lamog’i shart. Bunday kitobchalar bolada 
hajm, shakl va rangni his qilishda muhim rol oynaydi. Xususan, «O’zing boya» ruknidagi 
kontur suratli kitobchalar bu jarayonni yanada faollashtiradi, bolalar bu kitoblarni boyab 
turib konturlarda ifodalangan ma’nolarni, shakllar va ularning hammalarini ranglar 
garmoniyasida o’qib idrok qiladigan bo’ladilar. Bu holat ularda so’zga, so’zlashga 
rag’batni yanada kuchaytiradi. Natijada ular 4-5 yoshga etganlarida 2000-2500 tacha 
so’zni iste’mol qila boshlaydilar, bu davrda so’z ular uchun o’z ma’nosidagina 
anglashiladigan bo’ladi, ko’chma ma’nosini hali ular anglay olmaydilar. Endilikda 
nisbatan aniq harakatni ifodalovchi fe’l turkumiga mansub so’zlar miqdori orta boradi, 
og’riqni, quvonchni, xafalikni ifodaluvchi undov so’zlar ham bola nutqida o’zlasha 
boshlaydi. Biroq bularning barchasi bola tasavvurining aniqligiga mavhumlikni ko’tara 
olmasligiga boysungan holda namoyon bo’ladi. Bolalar hayvonlar haqidagi ertaklarni 
hayajon bilan tinglab, ular mazmunini ifodalovchi rasmlarga hayrat bilan qarashadi, 
rasmlar ma’nosini o’zlaricha tushunadi va tushuntirishga intiladi. Bunday intilish 
janrini ifodalaydi. Ko’rinadiki, bolalar ham o’z ona tillarining lug’at boyligini oshirishga munosib hissa qo’sha olganlar. So’z o’rganish, so’zni anglash va aytish ehtiyoji, ayniqsa, bola uch yasharligida jiddiy tus oladi, «Uch yashar bola, - deb yozgandi K.Chukovskiy, - har bir narsa u yoki bu belgilangan harakatga mo’ljallanganligiga, binobarin, bunday harakatdan tashqarida noaniq narsaga aylanishiga ishonadi». Natijada u bu davrda o’rganganadigan va tushunadigan so’zlar 1200-1300 tagacha etib boradi. Bola hech qanaqa grammatik qoidadan xabarsiz bo’lsa-da, so’zlarni mantiqan to’g’ri aloqaga kiritib, o’z fikri va istagini izhor qila boshlaydi, hatto qay bir tushunchalarni ifodalovchi so’zni hali bilmasa- da, o’zicha so’z yasab uni ifodalagan bo’ladi, shu tariqa o’z lug’atini aks ettiruvchi tili yuzaga keladi. Xuddi shunday bir vaziyatda bolaga hayvonlar, qushlar va hasharotlarning yorqin rasmlari, ularga daxldor voqelikni ifodaluvchi voqeaband rasmlardan tashkil topgan pishiq kartondan ishlangan animal kitobchalar, hayvonlar haqidagi ertaklar mazmunini ifodalovchi dekorativ kitobchalar, kesma yoxud yig’ma kitobchalar berilmog’i, u bu rangli kitobchalarni o’zi ochib varag’lamog’i rasmlariga qarab, tasvirdagi narsalarni, ularning holatlarini, rangini, shaklini, a’zolarini, aytmog’i yoxud kattalar yordamida shularni o’rganib qayta so’lamog’i shart. Bunday kitobchalar bolada hajm, shakl va rangni his qilishda muhim rol oynaydi. Xususan, «O’zing boya» ruknidagi kontur suratli kitobchalar bu jarayonni yanada faollashtiradi, bolalar bu kitoblarni boyab turib konturlarda ifodalangan ma’nolarni, shakllar va ularning hammalarini ranglar garmoniyasida o’qib idrok qiladigan bo’ladilar. Bu holat ularda so’zga, so’zlashga rag’batni yanada kuchaytiradi. Natijada ular 4-5 yoshga etganlarida 2000-2500 tacha so’zni iste’mol qila boshlaydilar, bu davrda so’z ular uchun o’z ma’nosidagina anglashiladigan bo’ladi, ko’chma ma’nosini hali ular anglay olmaydilar. Endilikda nisbatan aniq harakatni ifodalovchi fe’l turkumiga mansub so’zlar miqdori orta boradi, og’riqni, quvonchni, xafalikni ifodaluvchi undov so’zlar ham bola nutqida o’zlasha boshlaydi. Biroq bularning barchasi bola tasavvurining aniqligiga mavhumlikni ko’tara olmasligiga boysungan holda namoyon bo’ladi. Bolalar hayvonlar haqidagi ertaklarni hayajon bilan tinglab, ular mazmunini ifodalovchi rasmlarga hayrat bilan qarashadi, rasmlar ma’nosini o’zlaricha tushunadi va tushuntirishga intiladi. Bunday intilish
 
 
zamirida kichkintoy nutqida o’zgacha emocionallashuv jarayoni sezila boshlanadi. 
Bolalardagi bunday insoniy sezgirlikdan hayratlangan L.Tolstoy ayrim noshud 
yozuvchilarning tildagi no’noqliklariga ta’na qilib: «Bola so’z yasash qonunlarini sizdan 
ko’ra yaxshiroq anglaydi, chunki hech kim uningchalik tezlik bilan yangi so’z yasay 
olmaydi,» –degan edi. Bolalar tilini uzoq kuzatgan K.Chukovskiy ham bu fikrni 
tasdiqlaydi: «Ikki yoshidan boshlab har qanday bola qisqa muddat ichida «daho tilchi» 
darajasiga ko’tariladi,» - deya e’tirof etgan edi. Bolalar uchun asar yozganda ana shu 
fazilatlarini inobatga olib, ularga atroflarini o’rab olgan hayotni anglab olishlariga, 
hayotsevarlik tuyg’ularini shakllantirishga, narsalar haqida o’z tushunchalarining qaror 
topishiga, shularni imkoniyatlari ko’taradigan darajaga xizmat qiladigan so’z zaxiralarini 
muttasil boyitishga ko’maklashish maqsadi ko’zlanmog’i shart. Shundagina asarni o’z 
vazifasini muvaffaqiyatli bajargan deb hisoblash mumkin.  
  Kichik yoshdagi o’quvchilarga mo’ljallangan asarlarga oid xususiyatlar. Bu 
yoshdagi bolalarning ichki olami ancha murakkab. Ular hali ko’p narsalarni bilmaydi, 
lekin bilishdan iborat ichki jarayonni kechishga kirishadi; bilish-ular uchun o’ziga xos 
ma’naviy ehtiyojga aylana boradi. Yanush Korchak ular tabiatiga xos ana shu 
xususiyatini ta’riflab yozgan edi: «Bolalarga o’zlari sezgan va oylaganlarini gapirib 
berish g’oyat qiyin, chunki ularni so’zda ifodalashga to’g’ri keladi. Bundan ham 
og’irrog’i esa-yozish. Lekin bolalar shoir va faylasufdirlar.» Chindan ham shunday. 
Bolalar tabiatidagi «shoirlik»-ularning hamma narsadan hayratlanishlari, har bir 
hodisadan hayajonlanishlari bo’lsa, «faylasuflik» - hayratni va hayajonni qo’zg’agan shu 
narsalar va hodisalarning asl mohiyatiga qiziqishlaridir. «Bu nima?», «Bu nega bunaqa?», 
«U nima deydi?», «U nega katta yoki nega kichik?», «U qanday o’sadi?», «Nega qattiq?», 
«Nega yumshoq?», «Suv nega qotadi?», «Quyosh qanday qizitadi?», xullas, shu xildagi 
sanoqsiz savollar bu yoshdagi bolalarning qiziqishlari hosilasi bo’lib, ana shu savollarga 
topgan va topolgan javoblari-olamni o’zlashtirish yo’llaridir. Olam ular uchun jumboqqa 
aylanarkan, ularning o’zlari ham «nimavoy»ga aylanishlari tabiiydir. Shu ma’noda N. 
Nosov yaratgan Pochemuchka (Nimavoy-o’zbek tilida Bilmasvoy tarzida tarjima 
qilingan)-bu yoshdagi bolalarning umumlashma obrazi darajasiga ko’tarilgan. Bunday 
umulashma obrazni Q.Muhammadiyning «Tabiat alifbesi» turkumiga kiruvchi lirik 
zamirida kichkintoy nutqida o’zgacha emocionallashuv jarayoni sezila boshlanadi. Bolalardagi bunday insoniy sezgirlikdan hayratlangan L.Tolstoy ayrim noshud yozuvchilarning tildagi no’noqliklariga ta’na qilib: «Bola so’z yasash qonunlarini sizdan ko’ra yaxshiroq anglaydi, chunki hech kim uningchalik tezlik bilan yangi so’z yasay olmaydi,» –degan edi. Bolalar tilini uzoq kuzatgan K.Chukovskiy ham bu fikrni tasdiqlaydi: «Ikki yoshidan boshlab har qanday bola qisqa muddat ichida «daho tilchi» darajasiga ko’tariladi,» - deya e’tirof etgan edi. Bolalar uchun asar yozganda ana shu fazilatlarini inobatga olib, ularga atroflarini o’rab olgan hayotni anglab olishlariga, hayotsevarlik tuyg’ularini shakllantirishga, narsalar haqida o’z tushunchalarining qaror topishiga, shularni imkoniyatlari ko’taradigan darajaga xizmat qiladigan so’z zaxiralarini muttasil boyitishga ko’maklashish maqsadi ko’zlanmog’i shart. Shundagina asarni o’z vazifasini muvaffaqiyatli bajargan deb hisoblash mumkin. Kichik yoshdagi o’quvchilarga mo’ljallangan asarlarga oid xususiyatlar. Bu yoshdagi bolalarning ichki olami ancha murakkab. Ular hali ko’p narsalarni bilmaydi, lekin bilishdan iborat ichki jarayonni kechishga kirishadi; bilish-ular uchun o’ziga xos ma’naviy ehtiyojga aylana boradi. Yanush Korchak ular tabiatiga xos ana shu xususiyatini ta’riflab yozgan edi: «Bolalarga o’zlari sezgan va oylaganlarini gapirib berish g’oyat qiyin, chunki ularni so’zda ifodalashga to’g’ri keladi. Bundan ham og’irrog’i esa-yozish. Lekin bolalar shoir va faylasufdirlar.» Chindan ham shunday. Bolalar tabiatidagi «shoirlik»-ularning hamma narsadan hayratlanishlari, har bir hodisadan hayajonlanishlari bo’lsa, «faylasuflik» - hayratni va hayajonni qo’zg’agan shu narsalar va hodisalarning asl mohiyatiga qiziqishlaridir. «Bu nima?», «Bu nega bunaqa?», «U nima deydi?», «U nega katta yoki nega kichik?», «U qanday o’sadi?», «Nega qattiq?», «Nega yumshoq?», «Suv nega qotadi?», «Quyosh qanday qizitadi?», xullas, shu xildagi sanoqsiz savollar bu yoshdagi bolalarning qiziqishlari hosilasi bo’lib, ana shu savollarga topgan va topolgan javoblari-olamni o’zlashtirish yo’llaridir. Olam ular uchun jumboqqa aylanarkan, ularning o’zlari ham «nimavoy»ga aylanishlari tabiiydir. Shu ma’noda N. Nosov yaratgan Pochemuchka (Nimavoy-o’zbek tilida Bilmasvoy tarzida tarjima qilingan)-bu yoshdagi bolalarning umumlashma obrazi darajasiga ko’tarilgan. Bunday umulashma obrazni Q.Muhammadiyning «Tabiat alifbesi» turkumiga kiruvchi lirik
 
 
qahramon timsolida ham ko’rish mumkin. U ham butun vujudi bilan «Yong’oqni nega 
yong’oq deymiz?» yoki «Yong’oqning qobig’i nega qattiq?» «Olcha nega qip-qizil?», 
«O’rik nega sarg’ayib pishadi?», «Jiydaning shoxi nega egig?», «Shaftolining bargi nega 
achchiq?», «Sada nega meva qilmas?», « Dada, bog’bon nega tokni qirqib turadi?» yoki 
«Tok daraxti bir xilu uzumlari nega har xil?», «Mol nega kavsh qaytaradi?», «Chittak 
nega chittak?», singari son-sanoqsiz savollarga aylangan. Kimgadir bular g’ayritabiiy 
tuyulishi mumkin, shu boisdan ularning g’ashlari qo’zg’ab «katta bo’lganingda bilasan»,-
deya bolani hatto jerkishgacha borishlari mumkin. Bunday qilish bola qiziqishlariga 
to’g’on solishga teng bo’lib, unda hamma narsaga befarq qarash maylini kuchaytiradi. 
Befarqlik esa bora-bora bolani ijtimoiy lanjlikka giriftor qiladi. 
  Bola ma’naviy ehtiyoji hosilasi sifatida tug’ilgan mazkur savollariga ilmiy javobni ham 
u idrok qila olmaydi, aksincha, yana savoldan savol chiqaradi. Buning ijobiy tomoni 
shundaki, bolalardagi qiziqish so’nmaydi, bilaks yana rivojlanadi. Q.Muhammadiy bu 
savollarga poetik javob berish maqsadida «nima to’g’risida asar yaratmasin, nima haqda 
gapirmasin, doim o’sha narsadan inson hayotini ko’zda tutib, ma’no izlaydi. Shoir shu 
ma’noni topadi ham. Bu ma’no doim bolalarning hayotdan oladigan birinchi 
taassurotlarini izohlaydi, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladi.» Eng muhimi, 
bolada insonni sevish, kasbu koriga rag’bat bilan qarash, shu asosda hayotni anglash va 
sevish tuyg’usini ardoqlab o’stiradi. Buning yorqin dalili sifatida «Tok daraxti bir xilu 
uzumlari nega har xil?» savoliga javob tarzida bitilgan she’rni ko’zdan kechirish kifoY. 
Bolam, tok ham bog’boni biladi. 
  Xizmatiga yarasha uni hurmat qiladi. 
    Lekin rahmat aytmoqqa tokning tili yo’q, 
Tili tugul, hatto og’iz, dili yo’q. 
  Yaproqlari shildirar, gaplari duduq. 
 Shildirar-shildirar so’zlolmas aniq. 
 Shuning uchun hosiliga zo’r berar, 
  Mayiz, shinni, sharbatiga zeb berar. 
 Tok oshiga kovatok yaproq tizimi, 
  Rango-rang ajoyib ming xil uzumi... 
qahramon timsolida ham ko’rish mumkin. U ham butun vujudi bilan «Yong’oqni nega yong’oq deymiz?» yoki «Yong’oqning qobig’i nega qattiq?» «Olcha nega qip-qizil?», «O’rik nega sarg’ayib pishadi?», «Jiydaning shoxi nega egig?», «Shaftolining bargi nega achchiq?», «Sada nega meva qilmas?», « Dada, bog’bon nega tokni qirqib turadi?» yoki «Tok daraxti bir xilu uzumlari nega har xil?», «Mol nega kavsh qaytaradi?», «Chittak nega chittak?», singari son-sanoqsiz savollarga aylangan. Kimgadir bular g’ayritabiiy tuyulishi mumkin, shu boisdan ularning g’ashlari qo’zg’ab «katta bo’lganingda bilasan»,- deya bolani hatto jerkishgacha borishlari mumkin. Bunday qilish bola qiziqishlariga to’g’on solishga teng bo’lib, unda hamma narsaga befarq qarash maylini kuchaytiradi. Befarqlik esa bora-bora bolani ijtimoiy lanjlikka giriftor qiladi. Bola ma’naviy ehtiyoji hosilasi sifatida tug’ilgan mazkur savollariga ilmiy javobni ham u idrok qila olmaydi, aksincha, yana savoldan savol chiqaradi. Buning ijobiy tomoni shundaki, bolalardagi qiziqish so’nmaydi, bilaks yana rivojlanadi. Q.Muhammadiy bu savollarga poetik javob berish maqsadida «nima to’g’risida asar yaratmasin, nima haqda gapirmasin, doim o’sha narsadan inson hayotini ko’zda tutib, ma’no izlaydi. Shoir shu ma’noni topadi ham. Bu ma’no doim bolalarning hayotdan oladigan birinchi taassurotlarini izohlaydi, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladi.» Eng muhimi, bolada insonni sevish, kasbu koriga rag’bat bilan qarash, shu asosda hayotni anglash va sevish tuyg’usini ardoqlab o’stiradi. Buning yorqin dalili sifatida «Tok daraxti bir xilu uzumlari nega har xil?» savoliga javob tarzida bitilgan she’rni ko’zdan kechirish kifoY. Bolam, tok ham bog’boni biladi. Xizmatiga yarasha uni hurmat qiladi. Lekin rahmat aytmoqqa tokning tili yo’q, Tili tugul, hatto og’iz, dili yo’q. Yaproqlari shildirar, gaplari duduq. Shildirar-shildirar so’zlolmas aniq. Shuning uchun hosiliga zo’r berar, Mayiz, shinni, sharbatiga zeb berar. Tok oshiga kovatok yaproq tizimi, Rango-rang ajoyib ming xil uzumi...