BOLALAR FOLKLORI. XALQ OG‘ZAKI BADIIY IJODI HAQIDA MA’LUMOT (Bolalar folklori tabiati va janriy tarkibi, Qo‘shiqlar. Maqollar. Topishmoqlar, Masallar. Tez aytishlar. Ertaklar)
Yuklangan vaqt
2024-05-17
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
31
Faytl hajmi
42,3 KB
Ilmiybaza.uz
BOLALAR FOLKLORI. XALQ OG‘ZAKI BADIIY IJODI HAQIDA
MA’LUMOT
Reja:
1. Bolalar folklori tabiati va janriy tarkibi.
2. Qo‘shiqlar. Maqollar. Topishmoqlar.
3. Masallar. Tez aytishlar. Ertaklar.
Ilmiybaza.uz
MAVZUGA
DOIR
TAYANCH
TUSHUNCHALAR:
aytim-olqish,
erkalama, alla, taqvim, maishiy, etnopedagogik, poetika, tizim, ovutmachoq,
qiziqmachoq, qaytarmachoq, etnografik, deklomatsiya, monoton, repertuar,
kumulyativ, animistik, totemistik, yalinchoq, hukmlagich, cheklashmachoq, verbal,
qiqillama, tegishmachoq, uzv, dialog, monolog, guldur-gup, chandish, arsenal,
alliteratsiya, ritm, tabu, maqol,masal, mashoyix, oqin, hukm, paremik,
paremiografiya, paremiologiya, sintaktik, saj’, fetishstik, gallyutsinatsiya, inonch,
versiya, mif, afsona, rivoyat, uydirma, tugun, sajiya, motiv, sayyor, allegoriya,
antropomorfizm, folklorizm, stilizatsiya, tabdil.
Bolalar folklori tabiati. Xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti xilma-xil adabiy tur va
janrlarda namoyon bo‘lgan hodisa sifatida kishilik jamiyati tarixida ko‘p vazifali
ijtimoiy-estetik mohiyatga ega so‘z san’ati hisoblanadi. U hamma zamonlarda ham
o‘z ijodkori bo‘lgan xalqning orzu-armonlarini ifodalab keldi, qolaversa, xalqning
o‘z-o‘zinigina
emas,
balki
bolalarning
ham
ma’naviy-axloqiy
jihatdan
shakllanishlarida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini bajarmoqda. Bolalar xalq
ijodiyotidan ota-bobolarining hayot tajribasini, mehnat va kurash ilmini o‘rganib
kelayotirlar.
Ular
xalq
qo‘shiqlaridan,
doston-u
ertaklaridan,
afsona-yu
rivoyatlaridan sevish-sevilish, samimiyat, insoniylik, sabr-u qanoat, mehnatda
fidoiylik, eng muhimi, otalari yashab obod etgan Vatan tuyg‘ularini idrok etish
asnosida yurt erki va ozodligi uchun kurashgan buyuk ajdodlari To‘maris, Shiroq,
Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Torobiy va
Amir Temurlarning jasoratlaridan saboq olmoqdalar, yashash va yaratish
romantikasidan surur tuymoqdalar. Binobarin, xalq ijodiyoti qadim zamonlardan
hozirgacha bolalar uchun ham ezgulikni qadrlash va yovuzlikdan nafratlanish
sabog‘i bo‘lib, avloddan avlodga o‘tgani sayin muttasil to‘lishib, mukammalashib,
og‘izdan-og‘izga ko‘chgani sayin tobora sayqallanib, xalq milliy ruhini teranroq aks
ettirgan holda asrlar davomida avlodlar ma’naviy-axloqiy vorisligini ta’minlab
keldi, jamoa ijodi namunasi sifatida xalq zakovatini, iste’dodini va til boyligini
namoyish etdi, xalq uchun o‘zligini anglash, o‘z tarixini sevish vositasiga aylanib
Ilmiybaza.uz
qoldi, eng muhimi, yozma adabiyotning bunyodga kelishida genetik asos vazifasini
bajardi. Bu silsilada bolalarning o‘z folklori ham muayyan rol o‘ynadi.
Binobarin, bolalar folklori – kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining
o‘zaro uyg‘unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o‘yinlar, qo‘shiqlar va musiqiy
poetik janrlarning yaxlit bir tizimiga aylangan xalq og‘zaki ijodiyotining o‘ziga
xos tarmog‘idir.
Shunga qaramay, o‘zbek bolalar folklori namunalarini to‘plash, nashr etish va ilmiy-
estetik qimmatini o‘rganishga uzoq zamonlar e’tibor berilmay kelindi. XX asrning
dastlabki choragi oxirlarida bu ishga kirishilgan bo‘lsa-da, u uzluksiz jarayonga
aylanmadi. Elbek to‘plab, tartib berib 1937-yilda chop ettirgan “Bolalar qo‘shig‘i”
to‘plamidan O.Safarov tartib bergan “O‘zbek xalq ijodi” seriyasida 1984-yilda
bosilib chiqqan “Boychechak” to‘plamigacha kechgan salkam yarim asrlik uzilish
ana shu fikr dalili bo‘la oladi. O‘zbek bolalar folklorini o‘rganish 60-yillardan
e’tiboran izchillasha bordi. Z.Husainovaning “O‘zbek topishmoqlari” (1966),
G‘.Jahongirovning “O‘zbek bolalar folklori” (1975), shuningdek, O.Safarovning
“Bolalarni erkalovchi o‘zbek xalq qo‘shiqlari” (1983), “O‘zbek bolalar poetik
folklori” (1985), “Alla-yo alla” (1999), “Chittigul” (2004), “O`zbek xalq bolalar
o‘yinlari”(2012) Sh.Galiyevning “O‘zbek bolalar o‘yin folklori” (1998) singari
tadqiqotlar tufayli bu izlanishlarning samaralari ko‘zga tashlanadigan bo‘ldi. Shuni
ham aytish kerakki, folklorshunoslar orasida mavsum va marosim qo‘shiqlariga
munosabatda ularning ijodkori har qachon kattalar bo‘lganini e’tirof etish bilan
bolalarning bu sohadagi qo‘shiqchiligini yo cheklash, yo tamoman inkor etish hollari
ham mavjud. To‘g‘ri, marosimlarni kattalar uyushtirganlar. Ularning o‘tkazilish
tartiblarini ham, rasm-rusumlari va qo‘shiqlarini ham kattalar ijod etganlari rost.
Lekin unutmaslik lozimki, shu marosimlarning birortasi ham bolalar ishtirokisiz
o‘tmagan; hech bo‘lmaganda, bolalar tomoshabin sifatida unga qatnashganlar va
kattalar bajargan ishlarni ko‘rgach, o‘sha marosimni keyinroq o‘yinda muqallid qilib
o‘zlari bajarganlar, shu muqallidlariga yarasha qo‘shiqlarni to‘qiganlari ham ayni
haqiqat. Binobarin, bolalarning ham o‘z marosim va mavsum qo‘shiqlari yuzaga
kela boshlagan. Bu jarayon davr o‘tishi, turmush sharoitining o‘zgarishi, yangicha
Ilmiybaza.uz
ijtimoiy munosabatlarning tug‘ila borishitufayli u yoki bu marosimning tamoman
yo‘qolishi, yo shunchaki kattalar o‘rtasida nufuzini yo‘qotishi natijasida o‘sha
marosim bolalar o‘yini yoki ijrochiligida yashash shakliga o‘tishi bilan yanada
chuqurlasha borgan. Bunday holatni “Boychechak”, “Chittigul”, “Binafsha”,
“Oppoqijon” kabi mavsum qo‘shiqlari misolida yaqqolroq ko‘rish mumkin. O‘zbek
bolalar folklori namunalari tabiatidan kelib chiqib, genetik asoslariga ko‘ra uni uch
qismdan tarkib topgan hodisa sifatida kuzatish mumkin:
I. Kattalar hamisha o‘z farzandlarini o‘ylab yashaganlar – mehnat va ijod bilan
shug‘ullangan. Bu jarayon ularda bola va uning taqdiri to‘g‘risida qayg‘urish
majburiyatining tobora chuqurlashuvi tarzida kechib, talay qo‘shiqlarning
to‘qilishiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, chaqaloqni parvarish etish mas’uliyati behad
katta bo‘lgan. Onalar ana shu murakkab mas’uliyatni zimmalariga olganlar: o‘tkir
zakovat, tadbirkorlik, beqiyos insoniy mehribonlik evaziga o‘zlari goho tushunib,
goho tushunmay, “bolalarni tarbiyalab o‘stirish bilan mamlakatning kelajak tarixini,
demakki, dunyo tarixini ham tarbiyalab yetishtirganlar. Bu yo‘lda qo‘shiq ularga
madadkor bo‘lgan: bolalarini qo‘shiq bilan uxlatganlar, yig‘lasa, kuylab ovutganlar,
erkalatganlar, hatto qo‘shiq bilan chaqaloqqa daxldor marosim rasm-rusumlarni
bajarganlar. Shu zaylda allalar, aytim-olqishlar, ovutmachoqlar, erkalamalar,
qiziqmachoqlar va qaytarmachoqlar yuzaga kelgan. Ularda erkalash leytmotiv
bo‘lgan. Shu sababli xalq og‘zaki poeziyasining ana shu namunalarini erkalash
poeziyasi tarzida umumlashtirish va xarakterlash asoslidir.
Erkalash poeziyasi namunalari ijro maqsadi, o‘rni va bola yoshiga munosabatiga
ko‘ra ikki guruhga ajraladi. Birinchi guruhga mansub qo‘shiqlar bolaning
beshikdaligi davri bilan chambarchas bog‘liq, shu vajdan ularni beshik qo‘shiqlari
deyishadi. Allalar va etnografik mazmundagi aytim-olqishlar ana shunday
xarakterga ega.
Beshik qo‘shiqlari chaqaloq uch yoshni to‘ldirgunigacha aytilsa, ikkinchi guruhga
mansub qo‘shiqlar bola tug‘ilganidan to 6-7 yoshga to‘lgunigachaijro etilsa-da,
aslida ular beshik bilan bog‘lanmagan onalik mehri tarovatidan bitilgan badihalardir.
Ilmiybaza.uz
Bular suyish qo‘shiqlari bo‘lib, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar va
qaytarmachoqlardan tarkib topgan.
II.Kattalar bolalarning tabiatga munosabatini shakllantirishda ham faol ishtirok
etadilar. Buning natijasida bolalar taqvimi va uni ifoda etuvchi marosim qo‘shiqlari
yuzaga kelgan.Bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog‘liq bunday
qo‘shiqlarning bir qismi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko‘ra kattalar
repertuaridagi mavqeini yo‘qota borib, yo tamoman so‘nib ketgan, yo
transformatsiyaga uchrab bolalar repertuariga ko‘chib o‘tib saqlanib qolgan.
“Boychechak”, “Chittigul”, “Yo ramazon” qo`shiqlari va hayitliklar shular
jumlasidan hisoblanadi. Qolaversa, ibtidoiy ajdodlarimizning animistik va
totemistik e’tiqodlari asosida shakllanib, endilikda o‘sha mohiyatini yo‘qotgan
yalinchoq va hukmlagich janrlari bolalar repertuarida hamon faol yashamoqda.
III. Bolalarning o‘z ijodkorligi va ijrochiligi
hosilalari bo‘lgan qo‘shiqlar va o‘yinlar – o‘zbek bolalar folklorining asosini
tashkil etadi.
Bolalar folklorining janriy tasnifi. So‘z va harakatning nisbatiga ko‘ra bularni ikki
katta guruhga bo‘lish mumkin:
1.Bolalarning maishiy qo‘shiqlari.
2. Bolalarning o‘yin folklori.
AYTIM-OLQISHLAR erkalovchi motivdagi rasm-rusum qo‘shiqlari bo‘lib,
asosan, bolalarning beshik davriga oid turli-tuman marosimlarda ijro etiladi:
chaqaloq besh va to‘qqiz kunga to‘lganda, ilk bor cho‘miltirilganda, beshikka ilk bor
va har gal bog‘langanda, yana qayta ochib olinganda, ilk bor tish yoriganida, birinchi
marta mustaqil o‘tirganida, ilk bor oyog‘ida tikka turganida, birinchi marta
odimlaganida, “toy-toy”laganida, har gal yangi kiyim kiygizganda, ilk bor ovqat
yeganida, qizaloq sochini ilk bor yuvganda-taraganda, o‘g‘il bola sochi ilk bor
olinganda, chaqaloq tirnog‘i ilk bor qirqilganda, bolalar sha’niga har gal isiriq
tutatilganda, xullas, urfiyatga aylangan va e’tiqod bilan amal qilinadigan shu xildagi
rasm-rusumlarning har biri mazmuniga yarasha aytim-olqishlar mavjud. Aytaylik,
chaqaloq 7-9 oyligida ilk bor qadam tashlab mustaqil yurishga intila boshlaydi.
Ilmiybaza.uz
Shunda uning qadami qutlug‘ va ravon bo‘lishi uchun oyog‘i chigilini echish
rusumini bajarish an’anaga aylangan. Dastavval, bolakayning oyoqlariga ipak
chilvir solib tushovlaganlar, so‘ngra u yuraboshlaganda boshidabir juft kulcha
ushatila turib, orqa tarafidan bola oyog‘idagi chilvirni qaychilab kesa turib: Adoq-
adoq yurisin,
Tikan shunga kirmasin.
Ko‘zi qattiq bandalar,
Ko‘zi shunga tegmasin,-
deya alqaganlar. Ehtiyot chorasi sifatida darhol is chiqarilib, isiriq tutatilgan.
Kulchalar marosim ishtirokchilariga taqsimlab berilgan. Odatda bu marosim
haftaning xosiyatli kunlari sanalgan chorshanba, yo juma kunlarida nishonlangan.
Bunday marosimlarning ma’lum qismi ijtimoiy taraqqiyot tufayli endilikda
so‘nishga yuz tutgan bo‘lsa-da, ma’lum qismi xalq an’analarining poetik uzvi
sifatida hamon yashamoqda. Aytaylik, bolalarning yangi kiyim kiyishiga oid aytim-
olqishlar yangi ijtimoiy munosabatlar ta’sirida transformatsiyaga uchrab, tug‘ilgan
kunni nishonlash jarayonida bolaga yangi kiyim kiydirish qutloviga aylangan:
San bir yillik,
Man ming yillik.
Kiya-kiya to‘zdiraylik,
Dugonalarimdan o‘zdiraylik.
Bu xildagi aytim-olqishlarning ijrosidagi o‘ziga xoslik shundaki, ularni avval bolaga
kiyim kiydiruvchining o‘zi aytadi, so‘ngra kiyim kiyayotgan boladan uni takrorlash
talab qilinadi. Bola shu talabni ado etadi, xolos.
Aytim-olqishlar
xalqimizda
bolaparvarlik tuyg‘usining
e’tiqod darajasiga
ko‘tarilganligini ko‘rsatuvchi marosimiy qo‘shiqlardir.
ERKALAMA VA OVUTMACHOQlar ham suyish qo‘shiqlarining bir-biridan farq
qiluvchi mustaqil janrlari sanaladi. Ovutmachoqlar kichkintoylar g‘ashlanganda,
chinqirib yig‘laganda, ehtiyojga aylanish oqibatida yuzaga kelsa, erkalamalar uchun
esa, kayfiyatning ko‘tarinkiligi muhimdir. Erkalamalar mehr xuruji jarayonida
Ilmiybaza.uz
yuzaga keluvchi badihalardir. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosi tufayli ehtiyojga
aylansa, erkalamalar kayfiyat taqozosi tufayli yuzaga chiqadi.
ERKALAMALAR xalqning o‘z farzandlariga beqiyos mehr tovlanishlarini aks
ettiradi:
O, shugina, shuginagina,
Munchagina tunchagina.
Shunchagina-kunchagina.
Yashnab turgan g‘unchagina.
Mehr xuruji ona qalbini tug‘yonga keltirganidan u shu so‘zlar tizimi ritmida
arzandasini ardoqlash, erkalash ohangini chuqur tuygan. Erkalamalarda “-gina”, “-
ginagina” qo‘shimchalari faol, ularda kichraytirishdan ko‘ra erkalash ma’nosi
bo‘rtibroq tovlanadi.
Erkalamalarning “Ha, lo‘tti-lo‘tti”, “Ha, do‘rsa-do‘rsa”, “Ha, kishta-kishta-kishta”,
“Kishtala-kishtal” singari taqlidiy va so‘qma so‘zlar tizimidan iborat an’anaviy
qolipga aylangan satrlar bilan boshlanuvchi qator turkumlari borki, faqat 2-3 yashar
bolalarga mo‘ljallangan. Buning sababi – shu yoshdagi bolalar vaznining yengilligi,
ularni havolata-havolata ko‘tarib tushirish o‘ngg‘ayligidir. Erkalama ham xuddi shu
harakat ravishiga mutanosib ohangda shovqin solingan holda aytiladi:
Ha, do‘rsa-do‘rsa-do‘rsa.
Bozorga otasi borsa,
Go‘shtu birinch ketirsa,
Onasi pazanda bo‘lsa.
Bolasi xo‘randa bo‘lsa.
Erkalamalarda kichkintoylar kelajagiga daxldor orzularni kuylash-yetakchi
motivdir. Ular, asosan, yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga aytilsa-da, aslida bolalarni
faol erkalash jarayoni 11-13-yoshga to‘lganlaridagina va hatto undan keyin ham
davom etishi mumkin. Biroq bu davrda erkalash poetik shaklda kechmay, maqtash,
xatti-harakatni ma’qullash va minnatdorchilik izhoridan iborat obrazli iboralar
(“Yasha!”, “Balli!”, “Ofarin!”, “Rahmat”, “Barakalla!”, “Baraka top!” va hokazo)
Ilmiybaza.uz
va olqishlar vositasida amalga oshadi. Erkalamalar bolalarda samimiylik tuyg‘usini
tarbiyalaydi.
OVUTMACHOQLAR
esa
bolani
tinchlantirish
ehtiyojini
qondiruvchi
badihalardir:
Vo‘y-vo‘y, shuginani kim urdi?
Vo‘y-vo‘y, shuginaga kim lab burdi?
Yig‘lama, oppoqqinam,
Boshimdagi qalpoqqinam!
Ko‘rinayotirki, chaqaloqning yig‘isi onada uni tinchlantirish assotsiatsiyasini
uyg‘otgan. Ona shu zaruriyatga ko‘ra so‘zga murojaat qilayotir. U so‘zbozlik
qilayotgani yo‘q, balki so‘zni tashkil etgan tovushlar garmoniyasida tinchlantiruvchi
ohangga urg‘u berib, orom beruvchi, ovutuvchi ma’noni anglatishga, his etishga va
tuydirishga erishayotir. Bunda bolani bag‘riga bosib, beshik yo belanchakda tebrata
turib, unga termulgan holda lablarni cho‘chchaytirib yoxud bolaning yupqagina
lablarini qitiqlab, ovutuvchi ma’noning omuxtalashtirilishiga alohida ahamiyat
berilishini ham unutmaslik darkor. Shundagina so‘zlarda ham, tovushlarda ham
ohang, ma’no va harakatning o‘zaro muvofiqligi ovutmachoqning ritmik mehvariga
aylana oladi. Buni his-hayajonni ifodalovchi so‘zlarning juftlashgan takrori
bo‘rttirib ifodalagan:
Ho‘-ba, ho‘-ba, nega yig‘laysan?
Ho‘-ba, ho‘-ba, nega big‘laysan?
Ho‘-ba, ho‘-ba, big‘-big‘lama
Ho‘-ba, ho‘-ba, san yig‘lama.
Ho‘-ba, ho‘-ba .. jo..o..on, jo..o..on,
Sadqa senga shirin jo..o..on.
“Ho‘-ba, ho‘-ba” taqlidiy so‘zidan tarkib topgan anafora mayin va cho‘zinchoq
ohangda aytiladi. Tovushlar alliteratsiyasi asosida ohangdoshlik kasb etgan
qofiyalar anaforadagi mayin va cho‘zinchoq ohangni to‘ldirib, izchil tarovatlanishini
ta’minlagan. Natijada boladagi injiqlikni elita oladigan jozibali ovituvchi ohang
yuzaga kelgan.
Ilmiybaza.uz
QAYTARMACHOQLAR. Bolalar uchun, asosan, beshik davri tugagandan
keyingi ma’naviy ehtiyoj taqozosiga ko‘ra yuzaga kelgan badihalar bo‘lib, she’riy
namunasi ko‘pincha monolog, nasriy shakli dialog (savol-javob) negizida quriladi.
Uning poetik nutqida bir voqeadan ikkinchisi o‘sib chiqadi, shu zaylda har ikkala
tipdagi qaytarmachoqlarda ham bu xususiyat mushtarak fazilatga aylangan. Har
ikkala holda ham qaytarmachoq sujetini tashkil etgan har bir voqea alohida epizod
tusini oladi, biroq bu epizodlar umumiy bir motiv (g‘oya) atrofida izchil mantiqiylik
asosida birlashgan bo‘ladi. Bunda har bir epizod bir savol shaklida, izohi ham o‘zida
birin-ketin qaytarilaveriladi. Hodisaning qaytarmachoq deyilishi va alohida janr
sifatida e’tirof etilishiga ham xuddi shu xususiyatlari asos bo‘lgan. Masalan,
“Yumalandim yumoq topdim” satri bilan boshlanuvchi qaytarmachoqda lirik
qahramon yumalab yumoq topadi (1), yumaloq ichidan taroq topadi (2), taroqni
momoga beradi (3), momo unga churak (non) beradi (4), churakni cho‘ponga beradi
(5), cho‘pon unga tayoq beradi (6), tayoqni daryoga tashlaydi (7), daryo unga ko‘pik
beradi (8), ko‘pikni tutga surtadi (9), tut unga yaproq beradi (10), yaproqni molga
beradi (11), mol unga sut beradi (12), sutni pishirib turganida qaydagi quyon uni
to‘kib ketadi (13). Shuncha mehnati zoye ketadi. Ko‘rinayotirki, o‘n uchta epizod
bir-biridan o‘sib chiqqan, o‘zaro uzviy mantiqiy ketma-ketlik hosil qilgan. Alohida-
alohida voqealar qaytarilib, bir ipga marjondek tizilgan holda yaxlitlik kasb etgan.
Shu tariqa, xususiylik o‘zaro uyusha turib umumiylikka aylana borgan. Bola uchun
saboqlik xususiyati ham shunda: har bir voqea, yo hodisa o‘zicha mustaqil, biroq
bir-biri bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Bolaga ana shu haqiqat uqtirilmoqda.
“Kun, san nimadan kuchlisan?” qaytarmachog‘i dialog negizida qurilgan. Unda
bolalarni qiziqtirgan “Dunyoda kim kuchli?” savoliga javob narsa va hodisalar bahsi
asosida voqeadan voqeaning o‘sib chiqishi shaklida bola qiziqishi va idrokiga mos
holda bayon qilingan:
– Kun, san nimadan kuchlisan?
– Man kuchli bo‘lsam, bulut bosarmidi?
– Bulut, san nimadan kuchlisan?
– Man kuchli bo‘lsam, yomg‘ir yog‘armidi?
Ilmiybaza.uz
Ko‘rinayotirki, har bir savol o‘zidan keyingi voqeaga mantiqiy maydon hosil qilgan,
shu maydonaro voqealar tizila boradi: yomg‘ir → yerni, yer → o‘tni, o‘t → qo‘zini,
qo‘zi → bo‘rini, bo‘ri → echkini, echki → sichqonni, sichqon → qumursqa
(chumoli)ni o‘zidan kuchli deb biladi va eng e’tiborlisi shundaki, ularning har biri
o‘zlaridagi ojizlikni ham oshkora tan ola borishadi. Voqealar shu xilda mantiqiy
zanjirsimon tizim tusini ola boradi. Antropomorfizm usuli kun, bulut, yomg‘ir,
sichqon va qumursqa singari nabotot hamda hayvonot olamiga mansub jonzotlarni
odamlar singari so‘zlash xususiyatiga ega bo‘lishlarini ta’minlagan, natijada
qaytarmachoqdagi sujet dinamikasi ta’minlangan.
HUKMLAGICHLAR ham qadimgi ajdodlarimizning totemistik e’tiqodlariga
daxldor
marosim
qo‘shiqlarining
ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyot
ta’sirida
transformatsiyaga
uchrab,
bolalar
repertuariga
o‘tgan
va
bolalarcha
mushohadakorlik zamirida qayta sayqallanib, yangi motivlar, yangi obrazlar
hisobiga to‘lishgan badihalar silsilasidir. Totemistik e’tiqod qoldiqlari bolalarning
hasharotlarga munosabati ifodalangan hukmlagichlarda ravshanroq ko‘rinadi.
Chunonchi, bolalar orasida beshiktervatni ko‘rganda uning vositasida fol ochish
an’anasi mavjud:
Beshiktervat, beshiktervat,
Salima xolam nima tug‘adi?
Beshiktervat o‘ng oyog‘ini ko‘tarsa – o‘g‘il, chap oyog‘ini ko‘tarsa – qiz tug‘ilishiga
yo‘yilgan.
Ertapishar xalili uzum xol tashlaganda xonqizi, tillaqo‘ng‘iz hasharotlari ko‘payadi.
Bolalar orasida xalilipazak yoki hasanak nomlari bilan ham yuritiladigan xonqizi
sirtida nuqtasimon xolchalar borligidan unga xol deb murojaat qilishadi:
Xol, xol, xol,
Otang o‘ldi,
Onang o‘ldi,
Borib xabar
Olmaysanmi?
Ilmiybaza.uz
Rivoyatga ko‘ra, xonqizi aslida podsho qizi bo‘lgan-u, qashshoq bir cho‘ponni
sevgani uchun g‘azablangan otasi uni “Iloyo, qumursqaga aylan!”– deya qarg‘agan
emish. Shu qarg‘ish tutib, u hasharotga aylanganmish. Xonqizi deyilishi shundan
qolganmish. Tillaqo‘ng‘iz, kaltakesak, ilonga ham shu xildagi murojaat tarzida
to‘qilgan hukmlagichlarda totemistik qarashlar saqlangan. Qarg‘a, musicha,
to‘rg‘ay, bedana, qaldirg‘och, laylak va boshqa qushlarga oid hukmlagichlarning
ma’lum qismida totemizm ta’siri bir qadar sezilsa-da, taqlidiy so‘zlar faolligida
to‘qilgan aksar namunalarida bu ta’sir, asosan, so‘ngan. Taqlidiy so‘zlar
hukmlagichlarda ma’lum poetik vazifani bajaradi:
– Qurvaqajon, vaq-vaqa,
Ko‘zing nega bundaqa?
– Bugun o‘sma qo‘ymadim,
Shuning uchun shundaqa.
Taqlidiy so‘zlar yordamida yaratilgan bunday hukmlagichlarning ko‘pchiligi
totemistik aqidalar ta’siridan xoli bo‘lib, bevosita bolalar dunyoqarashini, ularning
voqelikka hayratomiz munosabatlarini, idrok va zavqlaridagi o‘zgachalikni aks
ettiradi.
MASXARALAMAlar esa satirik ruhdagi, aniqrog‘i, bolalarning voqelikka sinfiy-
ijtimoiy nuqtayi nazardan tanqidiy munosabatlarini ifodalashi va ijro etilishi
jihatidan tegishmachoqlardan farq qiluvchi badihalardir. Tegishmachoqlar ham,
masxaralamalar ham shovqin solib aytilishlariga ko‘ra o‘zaro o‘xshasalar-da,
birinchisi – bevosita obyektga qaratilgan bo‘lib, ko‘pchilik tomonidan ijro etilsa,
ikkinchisi – ayni ijro jarayonida obyektga qaratilgan bo‘ladi. Masxaralamalar yakka
holda – soloda aytilaveradi, goho deklomatsiya qilinishi ham mumkin.
Masxaralamalarda bolalar sinfiy mavqelarini ayonroq ko‘ra boshlashlari tufayli
sinfiy dunyoqarashlarining kurtak ota borishidan tug‘ilgan tanqidiy munosabatlarini
ifodalash yetakchi tamoyildir. Dastlabki bosqich bo‘lganidan bu jarayon birmuncha
jo‘n va soddaroq kechadi. Bolaning ijtimoiy hodisaga tanqidiy munosabatini
ifodalaovchi sinfiy nazari oddiy tashqi belgilarni ajratib ta’kidlash shaklida zuhur
topadi:
Ilmiybaza.uz
Yomg‘ir yog‘aloq,
Echki sog‘aloq.
Boylar bolasi –
Qorni dumaloq.
“Yomg‘ir yog‘ishi”– tabiatga xos hodisa, jamiyatga esa suv tekin sanaladi. “Boylar
bolasi” mehnatkashlarni “echkiday sog‘ayotgan” otalari hisobidan “qorinlarini
dumalatib” yashayotgani sarkastik parallelizmda fosh qilingan.
Masxaralamalar hamma zamonlarda – o‘tmishda ham, bugun ham yaratilmoqda.
Qaysi zamonda yaratilganidan qat’iy nazar, davrning tarixiy ruhiga muvofiq
yovuzlar qiyofasini konkret an’anaviy ifodalarda fosh etadi. Bunda bolalar
tasavvurining konkretliligi, yovuzlik yoki yovuzlarni badbashara qiyofada aniq
ko‘rishni taqozo etishi obrazlar tasviridagi an’anaviylikka mone’lik qilmagan. Shu
sababli bunday masxaralamalar poetik tavsifnomaga o‘xshaydi:
Otam ketgan urushga,
Dushmanni ko‘p qirishga.
Boshi uzun, ko‘zi ko‘r
Gitlerni o‘ldirishga.
ALLA. “Alla” istilohining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Kimdir uni
arabcha “olloh” so‘zining fonetik o‘zgarishga uchragan shakli desa, kimdir
o‘zbekcha “aldamoq” so‘zidan kelib chiqqan, shunga ko‘ra u bolani aldab-avrab
uxlatish ma’nosiga ega deya izohlashga urinadi. Bu izohlarning soxtaligi va
haqiqatni
aks
ettirmasligi
o‘z-o‘zidan
ayonlashib
turibdi.
L.Z.Budagov
chig‘atoychada “allala” boshning orqasi, ya’ni “ensa”ni anglatishini qayd etgan.
Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda
uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi – allalasi bilan
chalqanchasiga cho‘zilib uxlaydi. Bolaga uyqu chaqirishda qo‘llanishi shu
vazifasidan kelib chiqqan. Bunda “allala”shakli “alla, alla-yo, alla-yo alla”
tarzidagi ko‘rinishlar bilan to‘lishib, uyquga chorlovchilik mohiyatini kasb etgan.
Chaqaloq yoshini to‘ldira borishi jarayonida bu so‘zdagi tovushlarni idrok etishi
tufayli uyqusi kelganda o‘zining ham “alla” so‘zi lug‘aviy jihatdan “bosh orqasi”
Ilmiybaza.uz
va “uxlamoq” ma’nolarini anglatsa, istilohiy ma’nosiga ko‘ra uyqu chaqirmoq,
uxlatmoq asosiy vazifasiga aylangan silsilaviy qo‘shiq turini anglatadi. Abu Ali ibn
Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday e’tirof etgan: “...
bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak: Biri,
bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat bo‘lib qolgan
musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi
bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil qilinadi”. Bu
mulohazadan to‘rt narsa ayonlashadi: birinchisi, allaning bundan ming yil ilgari –
Ibn Sino zamonida ham mavjudligi bo‘lib, janrning genetik asosiga nazar solish
imkonini beradi. Ikkinchisi, allaning ijrosi – sekin-asta tebratishga omixta holda
kechishi, uchinchisi esa, bolani uxlatishgagina xizmat qilishi va nihoyat
to‘rtinchisi, bolaning ham jismoniy, ham ma’naviy chiniqishida muhim ahamiyat
kasb etishi to‘g‘ri ilg‘angan. Alla, odatda, bolaning emizikli davrida – to 3 yoshini
to‘ldirgunigacha aytiladi. Bolalarning shu yoshi bilan bog‘lanishi qat’iy bo‘lib,
beshik qo‘shig‘i sifatida tavsiflanishiga yo‘l ochgan. Allani ona suti bilan bog‘lab
“sutda qorilgan va mehrga yo‘g‘rilgan qo‘shiq” tarzida muqaddaslashtirish sababi
shunda Alla faqat kuylanadi. Uni shunchaki aytish, yo deklomatsiya qilish mumkin
emas. Monoton ohang o‘zbek allalari uchun mushtarak xususiyatdir. Odatda, alla
kuyi bilangina bolaga orom bag‘ishlaydi, uni elitadi. Bola uchun uning so‘zi emas,
balki kuyi muhim. Chunki u hali so‘zni anglamaydi. Alladagi so‘zlar ona uchun
muhim: ular ona qalbining nidolari. Allaning bir maromdagi tebranishga mos mayin
ohangi bola ma’naviy ehtiyojining dastlabki qondirgichi sifatida xizmat eta
boshlaydi. Zero, tadqiqot va kuzatishlarning tasdiqlashicha, chaqaloq tug‘ilgach,
uchinchi kundan e’tiboran kuy va ovozni idrok eta boshlaydi. Birinchi
oydaligidayoq musiqiy idrokni – ritm va ohangni idrok eta olishini namoyon qila
boshlaydi.
Binobarin, so‘z, ohang va harakat birligi, aniqrog‘i, shu uzvlarning o‘zaro mantiqiy
aloqadorligi tufayli allalarning kompozitsion butunligi yuzaga keladi.
Allalarda to‘rtlik band tuzilishi yetakchi bo‘lsa-da, uchlik, beshlik, oltilik, ettilik va
sakkizlik tarzida bir butun tugallangan allalar ham, shuningdek, shu xildagi band
Ilmiybaza.uz
asosida to‘qilgan namunalar ham ancha. Jumladan, Qashqadaryo, Surxondaryo
vohalaridagi allalarning aksariyati, asosan, to‘rtlik, beshlik va sakkizlik shaklida
bo‘lsa, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Farg‘ona vodiysida hajman bir
necha to‘rtlik, yo beshlikdan iborat voqeaband, yo lirik allalar salmog‘i baland.
Bunday strofik xilma-xillik onalarning alla kuylayotgan vaziyatdagi kayfiyatining
natijasi bo‘lib, allada kuylanishi kutilgan g‘oyaviy niyatning salmog‘iga,
ko‘tarinkiligiga, yo‘nalishiga bog‘liq. O‘zbek allalarida shunday bir ichki mantiq
borki, u qaysidir bir ishorada harakat, ohang va mazmun birligini ta’minlab turadi.
Onalar o‘zlari xush yoki noxushliklaridan qat’iy nazar farzandlariga hamisha
mehribonlik bilan kuylaydilar: farzandlarini erkalata turib uyqu chaqirganlarida eng
nafis ranglarni tanlashga, shu ranglarni g‘oyat nazokat bilan ishlatishga e’tibor
beradilar. Bolalari tabiatini toblantirishda doimo tiniqlik va quvnoqlikka aloqador
tuyg‘ularni teran ifodalashga xizmat qiluvchi poetik obrazlarga, sifatlash va
o‘xshatishlarga murojaat qiladilar, shu maqsadda qo‘zichoq, qo‘chqor, olqor,
toychoq, saman, toyloq, bo‘taloq, kiyik(ohu), quralay, serka, bulbul, to‘ti,
lochin, tog‘, shahm, chiroq, qizil gul obrazlarida farzandlari qiyofasi va taqdiriga
xos fazilatlarni umumlashtirib e’zozlaydilar:
Bulbul qushning bolasi,
Alla, qo‘zim-o, alla.
Daraxtda bo‘lar uyasi,
Alla, bolam-o, alla.
Daraxt boshini sel olsa,
Alla, qo‘zim-o, alla.
Shaydolar bo‘lar onasi,
Alla, bolam-o, alla. O‘zbek allalarini kompozitsion tarkibiga ko‘ra ikki turga bo‘lish
mumkin:
1.VOQEABAND (SUJETLI) ALLALAR. Buni allachilikning eng takomillashgan
namunasi sanash mumkin. Bunday allalar yagona, yaxlit sujet (voqea)ga ega, barcha
bandlardagi
poetik
muddao
bir
silsilada
markazlashgan
hayotiy
voqealarningepizodlari uyg‘otgan kayfiyatlar tasviridan iborat bo‘ladi. Ularda
Ilmiybaza.uz
kompozitsiya puxta: ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya va yechim singari uzvlar
mavjud:
Bulbul sayrar yozina, alla-yo alla,
Qulluq qush ovozina, alla-yo alla.
Manim bulbul shu o‘g‘lim, alla-yo alla,
Quloq qo‘ysin ovozima, alla-yo alla.
Bulbul kichkina qushdir, alla-yo alla,
Sahar ovozi xushdir, alla-yo alla.
Bermang bulbula ozor, alla-yo alla,
Bulbul beozor qushdir, alla-yo alla.
Bulbul sayrar chamanda, alla-yo alla,
Shu bag‘ri keng vatanda, alla-yo alla.
Uni aslo cho‘chitmang, alla-yo alla,
Sayrasin shu chamanda, alla-yo alla.
Bulbul uchar qo‘limdan, alla-yo alla,
Har kim qo‘rqar o‘limdan, alla-yo alla.
Shu bulbulim sayrasa, alla-yo alla,
O‘lim qochar yo‘limdan, alla-yo alla.
Allada ekspozitsiya – bulbulning yozda sayragan va maftunkorligining har qanday
minnatdorlikka sazovorligi bo‘lsa, tugun – bulbul obrazidagi o‘g‘ilning kelajakdagi
taqdiri, aniqrog‘i, kim bo‘lishi. Kulminatsiya esa shu bulbul – o‘g‘il taqdirining
o‘limga ro‘para kelmasligi niyatidan tug‘ilgan tuyg‘ular qarama-qarshiligida
ko‘rinadi. Nihoyat, shu o‘g‘il – bulbulning xushxon sayrab qolishi –o‘limni
qochirishidan iborat taskin tugunning optimistik yechimi hisoblanadi.
Voqeabandlik xususiyatini nafaqat lirik, balki yumoristik hamda yig‘i va yo‘qlov
xarakteridagi allalarda, shuningdek, badihaviy allalarda ham kuzatish mumkin.
2. PAROKANDA ALLALAR ham o‘zbek onalari repertuarida serob bo‘lib, ayni
zamonda nisbatan faol yaratilmoqda. Ularning muhim xususiyati – yaxlit va izchil
sujet negizida qurilmaganligidir. Bunday allalarda har bir band o‘zicha mustaqil,
tugal motiv, yo mazmunga ega. Lekin mustaqillik boshqa belgi, xolos. Chunki
Ilmiybaza.uz
mazmun mantiqan, baribir, bolaga qaratilganiligi tufayli bir necha bayt yoki band
yagona bir ipga tizilgan bo‘ladi. Bunda vazn, qofiya, radif va naqarot singari badiiy-
tasviriy hamda kompozitsion-struktural uzvlar kuchayadi. Allada parokandalikning
yuzaga kelishida uni kuylayotgan ona kayfiyatidagi beqarorlik, aniqrog‘i,
sarguzashtlari, hayotiy tashvishlaridagi omad va omadsizliklari, o‘kinchlari,
armonlari girdobiga nechog‘lik chuqur kira borishi, mutaasirligi asosiy rol o‘ynaydi.
Bunday vaziyatlarda “...o‘z mulohazalariga kuchli g‘arq bo‘lib ketish oqibatida ona
chaqalog‘ining kelajak taqdirini va hayotining barcha davrlarini o‘ylay boshlaydi.
Fikri bola atrofida aylanadi-yu, biroq qo‘shiqqa ozmi-ko‘pmi miqdorda onalik
hislari va istaklarini singdirayotganini o‘zi sezmay qoladi” (A.Vetuxov). Natijada,
onaning o‘y-mulohazalari ikki yo‘nalishga bo‘linadi: ham bolani, ham o‘zini
o‘ylashga moyillasha boradi, oqibatda esa, ona o‘y-mulohazalarida parishonlik-
tarqoqlik yuzaga kela boshlaydi. Biroq onaning o‘zi haqidagi o‘y-mulohazalari
aslida bolasi atrofidagi o‘y-mulohazalar zamirida kechadi. Bu esa alladagi sirtdan
parokandaday tuyulayotgan motivga bir butunlik bag‘ishlab turadi.
Bolalar qo`shiqlari. Ota-onalar o‘z bolalarining tabiatga munosabatlarini
shakllantirishda ham faol ishtirok etadilar. Buning natijasida bolalarning taqvimi va
unga aloqador mavsum-marosim qo‘shiqlari yuzaga kelgan. Yil fasllari – bahor, yoz,
kuz, qish mavsumlari bilan bog‘liq bunday qo‘shiqlarning bir qismi ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyot taqozosiga ko‘ra kattalar repertuaridagi mavqeyini yo‘qotgan, yo
tamoman so‘nib ketgan, yo transformatsiyaga uchrab, bolalar repertuaridagina
saqlanib qolgan. “Qo`shiq” keng ma’noda qo‘shiqshunoslikka, tor ma’noda
folklorga oid atamadir. Qo‘shiq – xalq og‘zaki ijodida shakllangan lirik janr sifatida
mashhur. Uning muhim belgisi – ijro uchun mo‘ljallanganlik. Xalq qo‘shiqlari biror
musiqa jo‘rligida (lapar, yor-yor), muayyan ish-harakat ritmi (qo‘sh qo‘shiqlari,
charxchi qo‘shiqlari) yoki ma’lum bir ruhiy holat mohiyatiga (yo‘qlovlar) mos
tarzda ijro qilingan.9 Bu jihatlar bolalar qo‘shiqlarida ham namoyon bo‘ladi. U turli
fasl, holat va vaziyatlarda, yoxud har xil o‘yinlar jarayonida kuylanib, bolalarning
aqliy va jismoniy kamolotga yetishuvida muhim omil sanaladi. Bolalar qo‘shiqlari
Ilmiybaza.uz
orasida bahor va yoz mavsumlariga bag‘ishlangan namunalari ancha faol. Ayniqsa,
bahor fasli katta-yu kichik qalbini quvonchga to‘ldirgan.
“Boychechak” – bolalar kuylaydigan mavsumiy va marosim qo‘shig‘i. Boychechak
qadimda Navro‘z elchisi sifatida bolalar quvonchiga sabab bo‘lgan. Undan
guldastalar yasashgan bolakaylar hovlima-hovli yurib, qo‘shiq kuylab, boychechak
ulashib, bahor xabarini berib, suyunchi olishgan. Uning xush kayfiyatda kuylanishi,
“Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan
boychechak” naqarotining mazmun mohiyati katta-yu kichikka birdek tushunarli.
Biroq qo‘shiqni yod olgan, zavqqa to‘lib kuylagan kichkintoylar uning mazmunini
teran anglaganlaridagina xalq madaniy tarixi, milliy qadriyatlarimizdan voqif
bo‘ladilar. Qo‘shiqning birinchi bandi shunday boshlanadi:
Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondir.
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog‘ing vayrondir.
Qo‘shiqda qadimgi ajdodlarimizning ilk bahor kunlaridagi “qozon to`ldi” marosimi
va bahor kelganiga ishora qilinayotir. Negaki, boychechak bahor elchisi ekan, endi
yaylovda o‘t-o‘lanlar ko‘karadi, sigir-echkilar suti ko‘payadi, issiq boshlanishi bilan
hamma ayronxo‘rlikka o‘tadi. Kishilarning qozon to‘ldirib ayron tayyorlashi va bir-
birlariga ulashishi xayrli udumlardan sanalib, xalqda uni bir-biridan qizg‘anganda
ro‘zg‘orga putur yetishi mumkinligi inonchini paydo qilgan.
Boychechak haqidagi qo‘shiqlarning genezisi juda qadimiy davrlar bilan bog‘liqligi
qo‘shiqning keyingi bandida ko‘rinadi:
Boychechakni tutdilar,
Tut yog`ochga osdilar,
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
Bu tarixan hosildorlik kulti bilan bog‘liqligini zamondosh o‘quvchiga tushuntirish
lozim. Folklorshunos olimlar e’tiroficha, o‘simliklar kultining paydo bo‘lishi
ibtidoiy madaniyat davri bilan bog‘liq bo‘lib, qadim inonchlardan biridir. “Arxaik
Ilmiybaza.uz
dunyoqarashda, – deb yozadi A.Musaqulov,– butun tabiat kabi o‘simliklar ham jonli
va ongli, deb tushunilgan va ko‘pgina xalqlar o‘zlarining ilk ajdodlarini o‘simliklar
totemi bilan bog‘lashgan”
Boychechak – badavlat, muqaddas, ilohiy gul degan ma’nolarga ham ega. Olimlar
ta’kidicha, qo‘shiqlarda boychechak to‘ng‘ich go‘zal qizga o‘xshatiladi. Yuqoridagi
misralar ham shu ma’noda juda qadim davrlarda ko‘klamgi marosimlarda qizlarni
qurbonlik qilish marosimidan nishona ekani e’tirof etilgan.
Qo‘shiqdagi:
Boychechakni tutdilar,
Tut yog‘ochga osdilar.
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
misralari shunday talqinga asos bo‘lgan. Zotan unda ta’riflangan boychechak – erta
bahorda ochilgan gul ekanligi bilan birga tarixiy hodisalarning umumlashma obrazi
hamdir. Qo‘shiq tugagach, boychechakxonlarga sovg‘a-salomlar berishgan. Bolalar
bularni o‘zaro bo‘lishib olgan, hammalari birgalikda mehmonnavozlik qilishib,
xalqimizning mehmondorchilik an’analarini o‘zlashtirishgan. Shu ma’noda:
Boychechagim boylandi,
Ko‘chama-ko‘cha aylandi.
Boychechagim ko`k somsa,
Cho‘ntaklarga joylandi,–
misralari orqali bolalarning ilk boychechakni olib, hovlima-hovli suyunchi so‘rashi,
keksalar uni yuzlariga sutib, “omonlik-omonlik”,– deya yeguliklar, pullar berishlari,
ko‘k somsalar pishirishlari poetik ifodalangan.
Bolalarning qo‘shiqqa bo‘lgan kuchli moyilligi ular faoliyatining asosini tashkil
etuvchi o‘yinlarda ham namoyon bo‘ladi. Ular bir-birlarini o‘yinga qo‘shiq aytib
chaqirish asosida chorlamalar, o‘yinda ishtirok etadigan bolalar tarkibini aniqlashda
cheklashmachoqlar, navbat aniqlashda sanamalar, shuningdek, o‘yin nihoyasida
tarqalmachoqlar kuylashgan. Bularning har biri bolalar folklorining mustaqil poetik
janrlari hisoblanadi.
Ilmiybaza.uz
Albatta, davrlar, avlodlar yangilanishi bilan bunday o‘yin- qo‘shiqlar ham o‘zgarib,
yangicha mazmun-mohiyat kasb etishi tayin. Xususan, turli sport o‘yinlari,
anjomlari va mashg‘ulotlari keng miqyosda ommalashib bormoqda. Shunday bo‘lsa-
da, xalq ijodining ko`pgina namunalari bolalar ma’naviy olamini boyitishda hamon
hissa qo‘shib kelmoqda. Bolalar repertuarida ibtidoiy ajdodlarimizning qadimgi
animistik va totemistik aqidalari asosida shakllanib, endilikda o‘sha mohiyatini
yo‘qotgan yalinchoqlar va hukmlagichlar hamon yashamoqda.
YALINCHOQLAR – ibtidoiy animistik qarashlar zamirida vujudga kelgan tabiat
hodisalariga aloqador mavsumiy marosim qo‘shig‘i. Ular qachonlardir kattalar
repertuarida yuzaga kelgan. Biroq davrlar o‘tishi bilan animistik e’tiqod ham so‘na
borgan, natijada, unga daxldor marosim ham so‘ngan. Lekin shu marosimning
verbal qismi bo‘lgan aytim-qo‘shiqlar, inchunin, quyoshga, oyga, yulduzlarga,
kamalakka, shamolga, yomg‘irga va boshqa tabiat hodisalariga sig‘inishni
ifodalagan qo‘shiqlar ham asta-sekin yalinish-sig‘inishdan iborat animistik
mohiyatini yo‘qota borib, goh parcha (rudiment) holida, goh transformatsiyaga
uchragan holda bolalar repertuariga o‘tib yashay boshlagan. G‘oyat keng tarqalgan
va xilma-xil variantlarga ega “Oftob chiqdi olamga” yalinchog‘i shu jihatdan
e’tiborga ega. Uni qish oxirlab, quyosh bulutni yorib ko‘ringanda, bolalar o‘sha
quyoshga qarata, quvnoq ruhda shovqin solib, sakrab-sakrab birgalikda jo‘rovoz
bo‘lib kuylaganlar:
Oftob chiqdi olamga,
Yugurib bordim xolamga.
Xolam: –Ana yer,– dedi,
Borib o‘tin ter,– dedi.
O‘tin terdim bir quchoq,
Non yopdi o‘choq-o‘choq.
Menga berdi elakday,
O‘ziga oldi g‘elakday.
Otib urdim eshikka,
Boshim tegdi teshikka.
Ilmiybaza.uz
Yalinchoqning quyosh ko‘ringandagina unga qarab kuylanishida ajdodlarimizning
quyoshga sig‘inishdan iborat qadimiy animistik e’tiqodining tarixiy ildizini
fahmlash qiyin emas. Gerodot ma’lumoticha, qadimgi massagetlar eng chopqir otni
qurbon qilib, quyosh chiqishini intizor kutganlar va unga sig‘inish marosimini
uyushtirganlar. To‘marisning quyosh nomi bilan qasamyod qilishida ham shu
e’tiqodga ishora bor. Uning so‘nishi tufayli marosim ham yo‘qolgan, davrlar o‘tishi
bilan bolalar qishki o‘yinda kuylaydigan yalinchoq shaklida saqlanib qolgan. Biroq
endi u animistik mohiyatini ham yo‘qotgan, unda shikoyat motivini ifodalash
ustuvor tus olgan; qishning shafqatsizligi mehrsizlik mohiyatini ochuvchi ijtimoiy
parallelizm (muvoziylik)ni yuzaga keltirgan. Yalinchoqda lirik qahramon muruvvat
ko‘rsatmagan xolasidangina emas, balki o‘tin tersa-da, mehnati munosib
qadrlanmaganidan o‘ksinadi, biroq o‘z qadrini yerga urmaydi. Yalinchoq bolalarga
ana shunday axloqiy saboq beradi.
Maqol, masal, matal, zarbulmasal, naql, hikmat, foyda, hikmatli so‘z, tanbeh,
mashoyixlar so‘zi, donolar yoki donishmandlar so‘zi, oqinlar so‘zi va otalar so‘zi
atamalari bilan el orasida yurgan bu janr namunalari g‘oyat ommaviy bo‘lib,
umumfolklor hodisasi hisoblanadi. Ilmiy taomilda esa maqol atamasi iste’moldadir.
Maqol arabcha “qavolla” so‘zidan olingan va “aytmoq, so‘zlamoq” ma’nolarini
anglatadi. Xalq orasida “qavlida sobit” yoki “qavlida tutruqsiz” iboralari bor:
birinchisida “so‘zida qat’iyatli, bir so‘zli” ma’nolari anglashilsa, ikkinchisida
“so‘zida turmaydigan, o‘z so‘zi ustidan chiqa olmaydigan, so‘zi bilan ishi bir
bo‘lmagan” ma’nolari ifodalangan. Binobarin, “maqol” so‘zi o‘zbek tilida ikki
ma’noda, avvalo, o‘z lug‘aviy ma’nosida “so‘z, nutq”ni anglatsa, ikkinchidan,
istilohiy ma’noda folklorda keng tarqalgan janrni ifoda etadi.
Maqol, masal va naql janrlarining yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan, masal va
naqlning xulosasi, qissadan chiqarilgan hissasiga aylanganligi tufayli ba’zan masal
va ba’zan naql istilohlari bilan ayqashib ketgan. Aslida esa “masal” so‘zi ham
arabcha bo‘lib, “o‘xshamoq” ma’nosini anglatsa-da, o‘zbek tilida maqol va biror
maqsadni izohlashga qaratilgan majoziy hikoya singari ikki ma’noda qo‘llanadi.
Ilmiybaza.uz
Biroq XX asrga kelib uni maqol ma’nosida istifoda etish cheklana borildi. Faqat
tojik folklorshunosligida maqolni masal istilohi bilan atash qaror topdi.
“Naql” so‘zi ham maqol ma’nosida qo‘llansa-da, arabcha so‘z bo‘lib, “ko‘chirmoq”
ma’nosini anglatadi. O‘zbek tilida esa “bayon qilmoq, hikoya qilmoq, rivoyat
qilmoq” singari ikknchi bir ma’noga ega va xalq og‘zaki nasrining mustaqil aforistik
janrini ifodalovchi ilmiy istiloh sifatida qo‘llanadi. “Yaxshi naql-tomiri aql”
maqolida “naql”– maqol ma’nosidadir.
Maqollar xalq donishmandligining nodir namunalari sifatida og‘zaki badiiy ijodning
keng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni xalqona axloq-odob
qoidalari deb atash mumkin. Zero, maqollar xalqning asrlar davomida hayotiy
tajribalarida sinalgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy, axloqiy-falsafaviy
qarashlarining g‘oyat ixcham, lo‘nda, siqiq va obrazli ifodasidan tug‘ilgan hodisadir.
Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma’lum bir sharoit taqozosi tufayli sinalgan
hayotiy tajribadan tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bo‘lib
yuzaga keladi. Har bir xalq maqolida o‘sha xalqning qalbi, milliy sajiyasiga xos
qarashlari
ifodalansa-da,
ulardagi
g‘oya
umumxalqqa
tegishlidir.
Shu
xususiyatlariga ko‘ra, maqollar ham milliy, ham umuminsoniy mohiyat kasb
etganlar.
Maqollar insonning turli sohalardagi faoliyatlari jarayonida uzoq muddatli
sinovlardan o‘tgan turmush tajribalarining hosilasi – barqaror va o‘zgarmas, to‘g‘ri
va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga kelgan.
Maqollar ham she’riy, ham nasriy shakllarda bo‘lib, na lirik, na epik turga mansub.
Shu sababli ular ham, topishmoqlar, irimlar va obrazli iboralar kabi paremik turga
kiritilib, yozib olinishi va to‘planib kitobat qilinishi paremiografiyaga daxldor
bo‘lsa, paydo bo‘lishi, taraqqiyot tamoyillari va qonuniyatlari, badiiyati
paremiologiyada o‘rganiladi. Maqollar shaklan ixcham bo‘lsa-da, badiiyatiga ko‘ra
yuksak obrazlilikka egadir. Ularda fikr sodda, tabiiy, ravon, silliq va tushunarli
bo‘lib, ta’sirchan ifodalanishi ehtiyoji turli narsalar, hayvonlar, o‘simliklar va
hodisalar obrazlaridan g‘oyaviy-badiiy niyatni ifodalashda foydalanishni taqozo
Ilmiybaza.uz
etgan. Natijada, timsoliy obrazlar vositasida hayotdagi ijobiy yo salbiy voqea,
insoniy munosabatlarga axloqiy baho berilib, hukm chiqarilgan.
Maqollar tuzilishiga ko‘ra, bir va bir necha sintaktik butunlik asosida tashkil
topgandir. Bir sintaktik butunlikdan iborat maqollar, odatda bir qismli maqollar
sanalib, ko‘pincha darak gap shaklida bo‘ladi: “Ayol tilini ayol biladi”,
“Arg‘amchiga qil-quvvat”, “Vatanni sotgan er bo‘lmas”, “Gavhar yerda yotmas”,
“Yomon it egasini qopar”, “Ishni ishchandan o‘rgan” kabi. Ko‘p sintaktik
butunlikdan iborat maqollar esa ko‘p qismli, yoki murakkab maqollar deb yuritiladi.
Bunday maqollar bir-biriga o‘xshash, yoki zid fikrlar bayonidan iborat bo‘ladi.
Aksariyat maqollar ikki qismdan tashkil topgan; bir qismi tasviriy mohiyatga ega
bo‘lsa, ikkinchi qismi xulosadan iboratdir: “Aytmas yerda tilingni tiy, mehmonga
borsang nafsingni tiy”, “Bulbulning sayrashi guldir, mehr xazinasi tildir”, “Bug‘doy
noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin”, “Yolqitsa ham yog‘ yaxshi, yondirsa
ham yoz yaxshi”, “Ishonish bilan kasal bo‘lsang – umid qilsang, tuzalasan” kabi
yuzlab maqollarda ikkinchi qism zarbli va asosiy o‘gitni ifodalaydi.
Maqollar jonli so‘zlashuv tilida yaratilgan va shu taxlitda so‘zlanadi. Aksariyati
to‘g‘ri ma’nolarda qo‘llansa, ma’lum qismi ko‘chma (ramziy va majoziy) ma’no
tashiydi: “Avval o‘yla, keyin so‘yla”, “Yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga”,
“Mehnat, mehnatning tagi rohat”, “Vatani borning – baxti bor, mehnati borning –
taxti”, “Vataning tinch – sen tinch” maqollarida to‘g‘ri ma’no ustuvor; “Dunyoni
suv olsa – o‘rdakka ne g‘am?”, “Bo‘rini yo‘qlasang, qulog‘i ko‘rinadi” singari
maqollar ko‘chma ma’nolardagina hikmatlilik kasb etgan.
Maqollarda saj’lar faol bo‘lib, o‘ziga xos ichki qofiyadoshlikni yuzaga keltirgan va
ularning ohangdoshligini ta’minlaydi.
Maqollarni tasnif qilishning xilma-xil ko‘rinishlari mavjud. Jumladan, alifbe
tartibida, mavzulari, sinonimik yoki antonimik mohiyatiga ko‘ra, to‘g‘ri yoki
ko‘chma ma’no tashishiga hamda qaysi ijtimoiy davrda yaratilganligiga –
xronologiyasiga ko‘ra guruhlash, yo tasnif qilish paremiologiyada an’anaga
aylangan. Ammo hozircha o‘zbek maqolshunosligida alifbe tartibi va mavzusiga
ko‘ra tasnif qilish an’anasiga ikki jildlik “O‘zbek xalq maqollari” (1987) va ko‘p
Ilmiybaza.uz
jildlik “O‘zbek xalq ijodi” ruknida “O‘zbek xalq maqollari” (1989) to‘plamini
tuzishda amal qilingan. Shunday bo‘lsa-da, o‘zbek xalq maqollarini yozib olish
tarixi ancha qadimiy bo‘lib, ikki yo‘nalishda davom etganini kuzatish mumkin:
Birinchi yo‘nalish – maqollarni jonli so‘zlashuvda qanday aytilsa, shu holatida
xalqdan yozib olish va kitobat qilish. O‘zbek xalq maqollarini ilk bor yozib olish va
kitobat qilish XI asrning buyuk filologi Mahmud Qoshg‘ariy nomi bilan bog‘liq. U
juda ko‘p turkiy qabila va xalqlar orasida bo‘lib, xalq ijodiyotining boshqa janrlariga
mansub namunalari qatorida anchagina maqollarni ham yozib olib, “Devonu lug‘otit
turk” asarida darj etdi. Shu asosda maqollarni kitobat qilish an’anasini ham boshlab
berdi. Tubandagi maqollar shular jumlasidan bo‘lib, ularni hozirgi nusxalari bilan
yondosh berish asosida har biriga oid transformatsiya jarayoni hamda ma’no
tovlanishlarini kuzatish mumkin:
M.Qoshg‘ariyda:
Kishi olasi ichtin,
Yilqi olasi toshtin.
Hozirgi nusxasi:
Mol olasi – toshida,
Odam olasi – ichida.
Maqol mazmunida hech qanaqa o‘zgarish bo‘lmasa-da, undagi sintaktik bo‘laklar
o‘rin almashgan. Qadimiy o‘zbekcha “kishi” so‘zi arabcha “odam” va turkiy
xalqlarning otga sig‘inishi asosida qo‘llangan “yilqi” so‘zi umumlashtiruvchi
ma’noga ega arabcha “mol” so‘zi bilan almashingan. Bu eski o‘zbek tili so‘z
boyligiga arablashtirish nechog‘li kuchli ta’sir ko‘rsatganini ayonlashtiradi.
Shuningdek, o‘rin-payt kelishigini ifodalovchi–“-tin” qo‘shimchasi “-da” bilan
almashinib, tilning grammatik qurilishiga xos o‘zgarishni namoyon etadi. Bunday
holatni devondagi: “Tog‘ toqqa qovushmas, odam odam bilan qovushur”, “Er so‘zi
– bir” maqollarini hozirgi “Tog‘ tog‘ bilan uchrashmas, odam odam bilan uchrashar”
va “Yigitning so‘zi bir bo‘lar” nusxalari bilan qiyoslaganda ham kuzatish mumkin.
O‘zbek halq maqollarini yozib olish an’anasi XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi
yarmida yashab ijod etgan shoirlar Muhammadsharif Gulxaniy va Sulaymonqul
Ilmiybaza.uz
Rojiylar tomonidan davom ettirildi. Gulxaniy 400 dan ko‘proq, Rojiy esa 450 tacha
xalq maqolini to‘plab, o‘zlarining “Zarbulmasal”larida jamlab berganlar. Albatta,
ular ilmiy maqsadlarni ko‘zlab maqol yig‘maganlar. Bunda, asosan, asarlarida
xalqona jozibani kuchaytirish, personajlar tilini individuallashtirish va tabiiy, sodda
ifodaviylikka erishishni nazarda tutganlar. Shunga qaramay, ularning bu xizmati
o‘zbek paremiografiyasi tarixiy tadrijini ko‘rsatishda ayricha ahamiyatga ega.
XIX asrning 2-yarmidan e’tiboran o‘zbek xalq maqollarini ilmiy asosda yozib olish
va nashr etish harakati izchil tus ola bordi. Venger olimi H.Vamberi 1867-yilda
Leypsigda chop ettirgan “Chig‘atoy tili darsligi”ga 112 ta o‘zbek maqolini kiritdi.
U bu maqollarni o‘zbek tilida arab alifbosida va lotincha transkripsiyada, so‘ngra,
o‘zi amalga oshirgan nemis tilidagi tarjimalari bilan e’lon qildi va ilk bor o‘zbek
xalq maqollarini Yevropa jamoatchiligi e’tiboriga havola etdi. Vamberi e’lon qilgan
maqollar orasida “Ot oriqlikda – yigit g‘ariblikda”, “Aqlli kishi ikki marta bir toshga
qoqilmas”, “Ichda bo‘lgan og‘riqni kesib bo‘lmas”, “Qo‘ling moyli bo‘lsa,
boshingga surt”, “Tilidan kelgani qo‘lidan kelsa, hamma odam gadoy bo‘lmay xon
bo‘lur”, “Oshiqqan oshga shayton qo‘shilur”, “Hayit otliniki, to‘y to‘nliniki” singari
nodir namunalar borki, hanuzgacha biror to‘plamda uchramaydi. Keyingi maqol esa
hozir “To‘y kimniki – tegishliniki, hayit kimniki – barchaniki” shaklini olgan holda
o‘zgargan. “Ichda bo‘lgan og‘riqni kesib bo‘lmas” maqoli o‘z ma’nosida tushunilsa,
ya’ni zamonaviy tibbiyot taraqqiyoti ichdagi har qanday og‘riqli a’zoni kesib, yamab
va yangilab davolay olishi inobatga olinsa, eskirganligi ayonlashadi, biroq ko‘chma
ma’noda qo‘llansa, unda inson ichki olamiga xos murakkab tuyg‘ular anglanadi va
maqol hamon o‘z mohiyatini yo‘qotmagan holda xizmat qilaverishi ravshanlashadi.
Missioner K. P. Ostroumov ham 1888-1890-yillarda chop etilgan “Sirdaryo viloyati
statistikasi uchun materiallar to‘plami”ning birinchi jildida 492 ta va ikkinchi jildida
628 ta, jami – 1120 maqolni o‘zbek va o‘z tarjimasida rus tillarida e’lon qilgan. U
bu maqollarni bevosita o‘zi yozib olgan emas, balki rus-tuzem maktabi talabalari
yordamida to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
O‘zbek xalq maqollarini to‘plash va ommaga yetkazishda o`tgan asrning 70-80-
yillarida jiddiyroq kirishildi. Bu sohadagi dastlabki ish E.Siddiqov tuzgan
Ilmiybaza.uz
“Dengizdan qatralar” (1976) to‘plami bo‘ldi. Unda ikki mingdan ziyodroq o‘zbek
maqollari alifbe tartibida jamlangan edi. Bu davrda T.Mirzayev, B.Sarimsoqov,
A.Musaqulov, M.Madrahimova singari folklorshunoslar g‘ayrati bilan 4 ming
maqoldan tartib berilgan “O‘zbek xalq maqollari (1978, 1981 va 1984) to‘plami
yuzaga keldi. 13 ming maqolni o‘z ichiga olgan ikki jildlik “O‘zbek xalq maqollari”
va “O‘zbek xalq ijodi” ruknidagi ko‘p tomlik tarkibidagi “O‘zbek xalq maqollari”
tomligi nainki o‘zbek paremiologiyasi, balki folklorshunosligi tarixida ham muhim
voqea bo‘ldi. Nihoyat, 1980-yilda Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmedovlar ilk bor
o‘zbek maqollarining izohli lug‘atidan iborat “Hikmatnoma” asarini e’lon qildilar.
Bu asarlar o‘zbek xalq aforistik tafakkurining naqadar boyligini namoyish etdi.
Ertak umumfolklor hodisasi sifatida eng qadimiy epik janrlardan bo‘lib,
M.Qoshg‘ariy o‘z “Devonu lug‘otit turk” asarida turkiy xalqlarda uning “etuk”
atamasi bilan yuritilganini qayd etadi. Unga ko‘ra, etuk “biror voqeani og‘zaki
hikoya qilish”ni anglatadi. Biroq jonli so‘zlashuvda O‘zbekistonning turli joylarida,
chunonchi, Namangan viloyatining Janubiy qismida “ertangi” deb yuritiladigan bu
hodisa – ertangi, bo‘lib o‘tgan, qadimgi zamonlardan qilinajak hikoya ma’nosini
anglatsa, Samarqand, Farg‘ona va Surxondaryoda bu hodisa – matal, Xorazmda –
varsoqi, Buxoroda – ushuk, Toshkentda – cho‘pchak, yana boshqa bir qator
maskanlarda – hikoya, hikoyat, og‘zaki hikoya, o‘trik yoki o‘tirik, afsona deb
yuritilsa-da, folklorshunoslikda ertak ilmiy istilohi qabul qilingan va muhim
muomalada bo‘lib, ruslardagi “skazka” istilohiga teng ekvivalentga aylangan. Zero,
Alisher Navoiy asarlarining qadimgi lug‘ati, sanaluvchi “Abushqa”da ham “ertak”
istilohi uchraydi.
“Ertak” so‘zi “er”, aslida “ir” yo “yir, jir” hamda “tak” so‘zlaridan tarkib topgan.
“Ir” yo “yir” Alisher Navoiy zamonida og‘zaki hikoya, yo doston ma’nolarini
anglatganki, bu xususda u shunday ma’lumotni yozib qoldirgan:
Ey yirov, sen ham ishingni ko‘rguz,
Yotug‘on birla ulug‘ irni tuz
Navoiy tilga olayotgan “ulug‘ ir” aslida doston bo‘lib, uni yotug‘on (hozir do‘mbira)
jo‘rligida yirov ijro etgan. Yirov yoki jirov hozir ham xalq an’anaviy dostonlari
Ilmiybaza.uz
ijrochisini anglatadi. Navoiy zamonasida “ir” dostonni anglatgani bois u ertak
ma’nosida “cho‘rchak” istilohini qo‘llaydi va og‘zaki eposga xos bu ikki hodisani
bir-biridan farqlaydi:
Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim, bo‘lg‘ay,
Qoshingda qissai Yusuf bir uyqu keltirur cho‘rchak. Shuni ta’kidlash joizki, Navoiy
qo‘llagan “cho‘rchak” istilohi hozir Toshkent muzofotida “cho‘pchak” va
uyg‘urlarda
“cho‘chek”
shakllarida
fonetik
o‘zgarishga
uchragan
holda
iste’moldadir. Ertak xalq og‘zaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman
yirik, katta-yu kichiklar uchun baravar qiziqarli bo‘lgan janridir. Ular juda uzoq
o‘tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari,
marosimlari asosida paydo bo‘lgan. Ertaklarda, odatda, xalq maishiy turmushining
insoniy fazilatlari haqidagi orzu-o‘ylari xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida
bayon etiladi.
Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanish jarayonini boshdan kechirgan. Ular
ibtidoiy odamlarning turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya qilishlari asosida
yuzaga kelgan. Davrlar o‘tishi bilan hikoya qilish ham takomillashib borgan, so‘zga
sig‘inish, ilohiy kuchlarga sig‘inish, animistik, totemistik, fetishistik e’tiqodlar,
gallyutsinatsiya va tush ta’sirida fantastik (taxayyuliy) vositalarga to‘lisha borsa,
hayvonlarni ovlash, xonikalashtirish, ular inonchlariga ishonish, hayvon
mahsulotlaridangina emas, balki kuchidan ham foydalanish jarayonlarida hayvonlar
haqidagi ertaklar paydo bo‘la boshladi. Asta-sekin shu xildagi ertaklarda turmush
tajribasini omixtalashtira borish, u yoxud bu xildagi qusur va kamchiliklardan kulish
ertakdagi obrazlarga majoziylik (allegorik) xususiyatni baxsh etdi. Natijada
hayvonlarga oid ertaklar tarkibida majoziy namunalar yuzaga kela boshladi.
Feodal munosabatlar tarkib topib, unda ijtimoiy jarayon takomillasha borgach,
ertaklarda ham shu ijtimoiy munosabatlarni ifodalash tamoyili chuqurlasha bordi,
natijada, hayotiy uydirmalar asosidagi maishiy ertaklar paydo bo‘la boshladi. Shu
zaylda, ertaklar ijtimoiy-estetik hodisa sifatida xalq epik ijodiyotida mustahkam
qaror topdi.
Ilmiybaza.uz
Ertaklarning paydo bo‘lishi. Ertak xalq og‘zaki badiiy ijodining eng qadimiy,
ommaviy, hajman yirik, katta-yu kichiklar uchun baravar qiziqarli bo‘lgan janridir.
Ular juda uzoq o‘tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi,
qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo‘lgan. Ertaklarda, odatda,
xalqning maishiy turmushi va eng olijanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-o‘ylari
xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi.
Ertaklarni ijro etish tartibi. Ertaklar professional ijrochilikka asoslangan.
O‘tmishda ertaklar yilning ma’lum davrida belgilangan paytda ijrochilik
salohiyatiga ega bo‘lgan yoshi ulug‘, dono, hurmatli va e’tiborli kishilar tomonidan
aytilgan. Odatda bunday professional ijrochilar ertakchi, deb yuritiladi.
Ertaklarning ijrosi uch xil usulda tashkil etilishi mumkin:
a) teatrlashtirilgan shaklda;
b) deklamatsion shaklda;
v) ohangga solingan shaklda.
O‘zbek ertaklarining uch ichki turini farqlab o‘rganmoq ma’qul.
1. Sehrli -fantastik ertaklar
2. Hayvonlar haqidagi ertaklar.
3. Maishiy-hayotiy ertaklar.
Ilmiybaza.uz
Ertaklarning janriy tabiati. Ertaklar xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining epik turiga
mansub bo‘lib, o‘ziga xos g‘oyaviy-mavzuviy yo‘nalishga, axloqiy- ta’limiy va
ijtimoiy-estetik vazifalarga ega. Ertaklar ham og‘zaki tarzda jamoa ijodi mahsuli
sifatida anonim ko‘rinishda yaratiladi. Garchi, uning to‘qilish ibtidosi individual
ijodkorga borib taqalsa-da, og‘izdan-og‘izga, urug‘dan-urug‘ga, avloddan-avlodga
o‘tish jarayonida dastlabki ijrochisiga xos belgilarini, obrazlarini, motivlari va
badiiy vositalarini deyarli saqlab qoladi. Shu bilan birga versiya va variantlilik hosil
qilishi mumkin.
Ertaklar, asosan, professional ijrochilikka asoslanadi. Kishilarda cheksiz badiiy zavq
uyg‘ota olish imkoniyatiga egaligi boisidan ko‘p hollarda ta’limiy-tarbiyaviy
maqsadlarda aytiladi.
Ularning sujeti qiziqarliligi, uydirmalarga boyligi, sarguzashtga to‘laligi bilan
diqqatni tez jalb qiladi. Va albatta, o‘z nihoyasida ezgulikning yovuzlik,
oydinlikning qorong‘ulik, haqiqatning nohaqlik, hayotning o‘lim, aqllilikning
nodonlik, adolatning jaholat va to‘g‘rilikning egrilik ustidan g‘alaba qozonishini
tarannum etadi.
Ertaklar o‘z janriy tabiatiga xos badiiy- kompozitsion qurilishga ega. Ular bir xil
badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi va ijro etiladi. Kirish, boshlama, tugun,
epik sarguzasht va tugallama ertak kompozitsion qurilmasining asosini tashkil
etadi.
Ertaklarning an’anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar ertakchiligi
uchun mushtarak xususiyat hisoblanadi. Goho shunchaki kirish, goho an’anaviy
zachin deb yuritiluvchi bu hodisani rus folklorshunosi V.Dal “докучное сказки”
istilohi bilan atab, bolalar folklorining mustaqil janri tarzida tavsiflaydi. Chindan
ham so‘zma-so‘z tarjimada “zeriktiradigan”, yoki “ezma ertak” tarzida ifodalash
mumkin bo‘lgan bu hodisa o‘zbek bolalar folklorida ham ermaklar silsilasini tashkil
etadi. Qolaversa, ular qat’iy bir ertak bilan uzviy mantiqiy bog‘liq holda
yashamaydi, balki istalgan ertakni boshlashdan avval aytilishiga ko‘ra nisbatan
mustaqil bo‘lib, sayyor holda ijro etilaveriladi. Ularga xos bu xususiyatni o‘zbek
ertakshunosi K.Imomov ham “kirish qismi ba’zan sodda, primitiv sujet shaklini
Ilmiybaza.uz
oladi”,– deya qisman tan olsa-da, har qalay uni ertak kompozitsiyasining ajralmas
tarkibiy qismi sifatida qarashni afzal biladi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar. Ertak xalq og‘zaki ijodining qadimiy va keng
tarqalgan janrlaridan biridir. Qadimgi kishilarning tasavvurlari natijasida yuzaga
kelgan afsonalarning zaminida dastlabki ertaklar paydo bo‘lgan. Dastlabki
ertaklarda mifologik obrazlar ko‘p uchraydi.
Bu tipga mansub ertaklarning yaratilishida ibtidoiy insonlarning qadimgi totemistik
qarashlari muhim rol o‘ynagan. Ularda hayvonlar yetakchi personajlar bo‘lib,
insonlar qiyofasida tasavvur etilgan va badiiy jonlantirilgan. Shunga ko‘ra ularning
sujetida inson obrazi keyingi o‘rinda turadi, ko‘p hollarda voqelikka inson
aralashmaydi. Binobarin, ular yaratilish maqsadi, mazmun-mohiyati jihatidan ham
ichki ko‘rinishlarga ega. Bularning birinchisi etiologik ertaklar bo`lib, bularda u
yoki bu hayvon shakli, belgi xususiyatlari haqida ma’lumot berish yetakchi
motivdir. Ikkinchisi, sof hayvonlar haqidagi ertaklar hisoblanib, unda insonlarga
naf keltiruvchi hayvonlar madhi yetakchi motivga aylangan. Uchinchisi esa majoziy
(allegorik) ertaklarda insonlarga xos qusur va kamchiliklarni hayvonlar fe’li va
xatti-harakati timsolida tanqid qilish, fosh etish, yoki kulish yetakchi motiv
darajasidadir
Hayvonlar haqidagi ertaklar dramatik ijroga asoslangan; professional ijrochilar
tomonidan hayajonli qilib aytib beriladi. Aytish jarayonida ijrochi ertakdagi hayvon
– personajlarning turfa harakatlari va ovozlariga taqlid qiladi, ertak tarkibida she’riy
parchalar bo‘lsa, ularni kuyga solib ijro qiladi.
Maishiy-hayotiy ertaklarning mazmuni bevosita real hayotga bog‘liqdir. Ularda
real ijtimoiy voqelik hayotiy uydirma asosida tasvirlanadi, hayotiy real kishilar bosh
qahramon bo‘lib keladi. Maishiy-hayotiy ertaklar taxayyulotdan deyarli xoli bo‘lib,
ayrim hollardagina fantastik detallar uchrashi mumkin.
Hajviy-maishiy ertaklar asosida o‘tkir satira yoki zavqbaxsh kulgi (yumor) yotadi.
Bunday ertaklar hajman ixcham, mazmunan lo‘nda bo‘ladi.
“Ertaklar hech vaqt bekorchi, ermak narsalar emas,– deb yozgandi ulug‘ adib
Muxtor Avezov,– ular hamma vaqt zo‘r ijtimoiy va tarixiy ahamiyatga egadirlar.
Ilmiybaza.uz
Bahaybat maxluqlar haqida hikoya qiluvchi ertak va afsonalar hamda bu boy
janrning boshqa turli ko‘rinishlarida u yoki bu davrning ijtimoiy, hayotiy kurashlari,
xalq manfaatlari badiiy ifodasini topgandir”. Ularda ajdodlarimizning yashash va
kurash sabog‘i ifodalangan.
Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy tajribalarini
umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy qarashlarida,
e’tiqodida kechgan o‘sish-o‘zgarishlarning badiiy tarixi sifatida ayricha ahamiyat
kasb etgan. Shu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib o‘qiladi. Muhimi,
navqiron avlodning ma’naviy-axloqiy kamol topishida ham ertaklar beqiyos ta’sir
ko‘rsatib kelmoqda.
Sehrli-fantastik ertaklar ming yillar davomida insoniyatning turli yovuz kuchlariga
qarshi olib borgan kurashlari davomidagi xulosalari, ulardan kelib chiqadigan
ehtiyojlarning o‘ziga xos yechimi sifatida maydonga kelgan. Inson doimo xayoliy
orzu-istaklar bilan yashaydi. Bunday orzu-istaklarning ro‘yobini sehrli-fantastik
ertaklarda ko‘rish mumkin.
Bu ertaklarda uchadigan otlar va gilamlar, so‘ylaydigan jonzotlar, sehrgar kampirlar,
devlar, osmonda, yer va suv ostida yashaydigan odamlar va boshqalar ishtirok
etadilar. “Ur to‘qmoq”, “Zumrad va Qimmat”, “Yoriltosh” kabi ertaklar shular
jumlasidandir.
Bilim, ko‘nikma va malakani rivojlantirishga yo‘naltiruvchi savollar :
1. O‘zbek bolalar folklorining asosiy janrlari haqida mulohaza yuriting .
2.Qo‘shiq deb nimaga aytiladi va qanday qo‘shiqlar erkalash poeziyasiga daxldor?
3. Bolalarning taqvimiy qo‘shiqlaridan misol keltirib, sharhlab bering.
4. Beshik qo‘shiqlari nima va u bolaning qaysi yoshida aytiladi?
5. Maishiy qo‘shiqlar deganda nimani tushunasiz?
6. “Alla” istilohi va uning kuylanishi haqida ma’lumot bering.
7. Allalarda farzand qiyofasini umumlashtiruvchi qanday poetik obrazlar mavjud?
8.Voqeaband va parokanda allalarning o‘zaro tafovutini tushuntiring.
Ilmiybaza.uz
9. Maqol janri tabiati va uning etnopedagogik ahamiyatini tushuntiring.
10. Paremik tur deganda nimani tushunasiz?
11. Paremiologiya nimani o‘rganadi? Paremiografiya-chi?
12. Ertak istilohi va uning qo‘llanilishi haqida mulohaza yuriting.
13. Xalq ertaklarining janriy tabiati va o‘ziga xos xususiyati nimalardan iborat?
Adabiyotlar:
1.Jumaboyev M. O‘zbek bolalar adabiyoti. -T.: O‘qituvchi, 2002. -290 b.
2. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. -T.: O‘qituvchi, 2011.- 260 b.
3. Safarov O., Barakayev R., Jamilova B. Bolalar adabiyoti. -Buxoro.:
Durdona,2019.- 420 b.