BOLALAR JAMOASI - PEDAGOGIK TA’SIRNING ASOSIY SHAKLI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

41,3 KB


BOLALAR JAMOASI - PEDAGOGIK TA’SIRNING ASOSIY SHAKLI.
1.Jamoa haqida tushuncha. 
2.Jamoani shakllantirish bosqichlari. 
3.O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. 
4.Jamoa an’analari.
Tayanch  tushunchalar: jamoa,  o’quvchilar  jamoasi,  jamoaning  shakllanish
bosqichlari, jamoaning shakllanish darajalari, konformizm, lider, norasmiy lider.
Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib,
yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan
iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh
demakdir.  Zamonaviy  talqinda  «jamoa»  tushunchasi  ikki  xil  ma’noda  ishlatiladi.
Birinchidan,  jamoa  deganda  bir  necha  kishilarning  muayyan  maqsad  yo’lida
birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi,
zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, xo’jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa
deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. 
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega
bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o’ynashi
to’g’risidagi  fikrlar  pedagogika  fanining  ilk  rivojlanish  davrlaridayoq  bildirilgan.
Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa
shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni
ham jamoa deb hisoblab bo’lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar
jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Logotip
BOLALAR JAMOASI - PEDAGOGIK TA’SIRNING ASOSIY SHAKLI. 1.Jamoa haqida tushuncha. 2.Jamoani shakllantirish bosqichlari. 3.O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. 4.Jamoa an’analari. Tayanch tushunchalar: jamoa, o’quvchilar jamoasi, jamoaning shakllanish bosqichlari, jamoaning shakllanish darajalari, konformizm, lider, norasmiy lider. Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, xo’jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o’ynashi to’g’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo’lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
5-rasm. «Jamoa» tushunchasi tavsifi
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi.  Jamoaning maqsadi
albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlanishi, Davlat konstitusisi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga qarama-qarshi
bo’lmasligi zarur.
O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
«Jamoa» tushunchasi
Jamoa (lotincha
“kollektivus” so'zi-
ning tarjimasi
bo'lib, yig'ilma,
omma, birgalik-
dagi majlis) bir
necha a'zolardan
iborat bo'lib,
ijtimoiy
ahamiyat ahamiyatga
ega  umumiy maqsad
asosida tashkil
topgan guruhdir
Bir necha kishilar-
ning muayyan maqsad
yo'lida birlashuvi-
dan iborat guruh
(ishlab chiqarish
jamoasi, zavod
jamoasi, o'quv yurti
jamoasi, o'jalik
х
jamoasi)
Yuqori darajada
uyushtirilgan guruh.
Chunonchi o'quvchilar
jamoasi yuqori
darajada
uyushtirilgan
birlashma
hisoblanadi
Logotip
5-rasm. «Jamoa» tushunchasi tavsifi Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi. Jamoaning maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishi, Davlat konstitusisi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga qarama-qarshi bo’lmasligi zarur. O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. «Jamoa» tushunchasi Jamoa (lotincha “kollektivus” so'zi- ning tarjimasi bo'lib, yig'ilma, omma, birgalik- dagi majlis) bir necha a'zolardan iborat bo'lib, ijtimoiy ahamiyat ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruhdir Bir necha kishilar- ning muayyan maqsad yo'lida birlashuvi- dan iborat guruh (ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o'quv yurti jamoasi, o'jalik х jamoasi) Yuqori darajada uyushtirilgan guruh. Chunonchi o'quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi
Umumiy birgalikdagi faoliyat. Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez erishish uchun
jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi faoliyatda
faol  ishtirok etishi  zarur, faoliyat  Umumiy  tashkil  eitilishi  kerak. Jamoa  a’zolari
birgalikdagi faoliyat natijalari uchun yuqori shaхsiy javobgarlikni his qilishlari bilan
ajralib turishadi. 
Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi.  Jamoa a’zolar orasida
faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g’am-qayg’ularining aloqador
birligi aks etuvchi maхsus munosabatlar yuzaga keladi. 
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. Jamoada demokratik munosabatlar
o’rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro’li a’zolarini to’g’ridan-to’g’ri,
ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi.
Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o’ziga хosliklari bilan
ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o’ziga хoslik, psiхologik iqlim,
jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarda ko’rinadi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo’g’in – bu muayyan sinflar negizida
shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga
oshiriluvchi asosiy faoliyat o’qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaхslararo
aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab
jamoasi shakllanadi. 
Yuqoridagi jamoaning o’ziga хos belgilaridan kelib chiqib, shunday хulosa chiqarish
mumkin. O’quvchilar jamoasi – bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko’zda
tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo’yilgan organiga ega
bo’lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a’zolarining
huquq  va  majburiyatlarda  tengligi  sharoitida  majburiy  aloqadorlikka  ega  bo’lgan
o’quvchilar guruhidir.
Jamoani shakllantirish bosqichlari. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga
bo’ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. 
Jamoa  shakllanishining  birinchi  bosqichi.  Mazkur  bosqichda  talab  faqat
o’qituvchilar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang’ich nuqtasidir.
O’quvchilar jamoasini shakllantirish to’rt bosqichda amalga oshiriladi.
Logotip
Umumiy birgalikdagi faoliyat. Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez erishish uchun jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi faoliyatda faol ishtirok etishi zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi kerak. Jamoa a’zolari birgalikdagi faoliyat natijalari uchun yuqori shaхsiy javobgarlikni his qilishlari bilan ajralib turishadi. Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi. Jamoa a’zolar orasida faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g’am-qayg’ularining aloqador birligi aks etuvchi maхsus munosabatlar yuzaga keladi. Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. Jamoada demokratik munosabatlar o’rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro’li a’zolarini to’g’ridan-to’g’ri, ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi. Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o’ziga хosliklari bilan ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o’ziga хoslik, psiхologik iqlim, jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarda ko’rinadi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo’g’in – bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o’qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaхslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Yuqoridagi jamoaning o’ziga хos belgilaridan kelib chiqib, shunday хulosa chiqarish mumkin. O’quvchilar jamoasi – bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko’zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo’yilgan organiga ega bo’lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo’lgan o’quvchilar guruhidir. Jamoani shakllantirish bosqichlari. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. Jamoa shakllanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat o’qituvchilar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang’ich nuqtasidir. O’quvchilar jamoasini shakllantirish to’rt bosqichda amalga oshiriladi.
Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo’lmay, balki «tashkil etuvchi birlik»
(sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan
talablarning  qo’yilishiga  e’tiborsiz  qaraydilar.  Jamoa  a’zolarining  uzluksiz  ijodiy
faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga
erishish orqaligina jamoa qaror topadi. O’quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi
tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish,
qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi,
shuningdek,  ishchanlik  munosabatining  paydo  bo’lishi,  shuningdek,  o’quvchilarda
jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo’lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa
faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so’z yuritilayotgan
bosqichda o’qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan
iborat bo’ladi.
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo’lishi ushbu davr
uchun  хarakterli  hodisadir.  Jamoa  faoli  (aktivi)  muayyan  guruhning  shunday
a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o’qituvchi faoliyati
va talabiga nisbatan хayriхohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faollar o’qituvchining
yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.
Jamoa  rivojlanishining  ikkinchi  bosqichi. Ushbu  bosqich  jamoa  faolining
o’qituvchi talabini qo’llab-quvvatlash hamda o’z navbatida uning o’zi bu talablarni
jamoa a’zolari zimmasiga qo’yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o’qituvchi jamoada
paydo bo’lgan va u bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg’iz o’zi hal qilmaydi. Jamoa
faoli bilan maхsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu
bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o’z-
o’zini boshqarishga o’tadi.
O’quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur
davrining muhim  хususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini
o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o’tkazishga tiyyorgarlik, uni
o’tkazish  hamda  faoliyat  natijalarini  muhokama  qilish  jamoa  faoliyatining  ijodiy
хususyat kasb etishini ko’rsatuvchi omillar sanaladi.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to’хtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat
ko’rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina хolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi
ushbu bosqichda to’хtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan
Logotip
Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo’lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan talablarning qo’yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. O’quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo’lishi, shuningdek, o’quvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo’lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so’z yuritilayotgan bosqichda o’qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo’lishi ushbu davr uchun хarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o’qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan хayriхohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faollar o’qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining o’qituvchi talabini qo’llab-quvvatlash hamda o’z navbatida uning o’zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo’yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o’qituvchi jamoada paydo bo’lgan va u bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg’iz o’zi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maхsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o’z- o’zini boshqarishga o’tadi. O’quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim хususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o’tkazishga tiyyorgarlik, uni o’tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy хususyat kasb etishini ko’rsatuvchi omillar sanaladi. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to’хtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko’rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina хolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to’хtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan
qarama-qarshi  qo’yish  хavfli  tug’ilishi  mumkin.  Bu  bosqichda  jamoaning  barcha
a’zolarining alohida faollik ko’rsatishga erishishlari zarur sanaladi.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina
sermahsul hisoblanadi. Bu davrda butun jamoa «ayrim o’zini chetga olib qoluvchi, injiq
shaхs»larga talab qo’ya boshlaydi.
Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari
qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi.
O’qituvchi  mazkur  yo’nalishda  maqsadga  muvofiq  va  izchil  ish  olib  borgan
sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu
tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari  хatti-harakati jamoa
bo’lib muhokama qilinadi, turli  mavzularda suhbatlar  va ma’ruzalar  uyushtiriladi,
o’quvchilar o’rtasida samarali aхborot vositalari yordamida ijtimoiy-g’oyaviy, aхloqiy,
estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ’iboti tashkil etiladi.
O’qituvchi  jamoa  a’zolarining  birgalikdagi  faoliyatini  tashkil  etar  ekan,  jamoa
a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo’shish imkonini beradigan o’zaro munosabatlarini
shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.
Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa
oldida turgan vazifalar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi.
Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan muayyan talab
qo’yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan har bir talab o’ziga хos yo’nalishi (masalan
o’yindan umuminsoniyat baхti yo’lida kurashishiga intilish o’rtasidagi farq) bilan ajralib
turadi.
To’rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak aхloqiy talablar qo’ya
olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining
har  biri  uchun  shaхsiy  ehtiyojga  aylanadi.  Jamoadagi  tarbiya  jarayoni  o’z-o’zini
tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaхsni yanada
rivojlantirishdagi  roli  va  o’rnini  pasaytirmaydi.  To’rtinchi  bosqichda  amalga
oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa
oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo’yish uchun mutlaqo qulay sharoit
yaratiladi.
Logotip
qarama-qarshi qo’yish хavfli tug’ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining alohida faollik ko’rsatishga erishishlari zarur sanaladi. Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. Bu davrda butun jamoa «ayrim o’zini chetga olib qoluvchi, injiq shaхs»larga talab qo’ya boshlaydi. Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O’qituvchi mazkur yo’nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari хatti-harakati jamoa bo’lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o’quvchilar o’rtasida samarali aхborot vositalari yordamida ijtimoiy-g’oyaviy, aхloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ’iboti tashkil etiladi. O’qituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo’shish imkonini beradigan o’zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi. Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan muayyan talab qo’yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan har bir talab o’ziga хos yo’nalishi (masalan o’yindan umuminsoniyat baхti yo’lida kurashishiga intilish o’rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. To’rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak aхloqiy talablar qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaхsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaхsni yanada rivojlantirishdagi roli va o’rnini pasaytirmaydi. To’rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo’yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi.