BOLALAR KITOBXONLIGI VA UNING BOLALAR ADABIYOTIGA MUNOSABATI
Yuklangan vaqt
2024-09-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
35
Faytl hajmi
67,6 KB
BOLALAR KITOBXONLIGI VA UNING BOLALAR ADABIYOTIGA
MUNOSABATI
Reja:
1. Bolalar kitobxonligi tushunchasi haqida ma’lumot.
2. Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi.
3. Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari.
4. Bolalar kitobatchiligining o’ziga xosligi.
5. Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi.
6. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari
7. Kichik yoshdagi o’quvchilarga mo’ljallangan asarlarga oid xususiyatlar.
8. O’smirlarga oid badiiy asarlarga qoyilgan talablar.
Bolalar kitobxonligi ifodasi o’z ma’nosida umuman kitob o’qish hodisasini anglatsa-da,
keng ma’noda necha ming yilliklar davomida aslida kattalar didi, hayotiy tajribasi,
dunyoqarashiga mos holda yaratilib kelingan bo’lib, bolalarning ham o’qishi doirasida
amal qilgan va yaxlit tizim tarzidagi ma’naviy-axloqiy hodisa darajasiga ko’tarilgan
hammabop diniy, diniy-axloqiy, diniy-tarixiy, didaktik, badiiy, ilmiy, shuningdek, XX
asr boshlaridan esa, professionallik kasb eta boshlagan o’zbek bolalar adabiyotiga doir
asarlar silsilasini o’qish va o’qitishni anglatadi.
Bolalar kitobxonligida bolalar yoshi,saviyasini hisobga olish nisbiy mohiyatga ega.
Maktab darsliklari, o’quv-didaktik xarakterdagi asarlar va bolalar adabiyoti
namunalarigina bundan istisno bo’lib, ularda bolalar yosh xususiyatlari va saviyasining
inobatga olinishi qat’iydir. Qolaversa, bolalar adabiyotida obrazli badiiy tafakkur amal
qilsa, bolalar kitobxonligida mantiqiy tafakkur ustivorligi sezilarlidir. Zero, bolalar
adabiyoti adabiy-estetik hodisa bo’lsa, kitobxonlik, jumladan, bolalar kitobxonligi undan
farqli o’laroq ijtimoiy-estetik hodisa sanaladi. Bolalar kitobxonligi jamiyatning o’z
bolalari haq-huquqlarini anglashi va ularni o’ziga voris sifatida tushuna borishi negizida
yuzaga kelgan bo’lib, jamiyat uning vositasida yosh avlodni o’z hayotiy tajribalaridan
chiqargan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-estetik va axloqiy saboqlari asosida tarbiyalashni
ko’zlaydi.
Yozma
adabiyot
paydo
bo’lguniga
qadar
bu
xalq
didaktikasi-
etnopedagogikashaklida1 harakatda bo’lgan. Biroq islomiy ehtiqodni qaror toptirish
yo’lidagi izlanishlar davomida diniy-axloqiy yo’singa kira borgan va chinakam ehtiqodiy
mohiyat kasb etib muqaddaslashgan. Shu sababli o’tmishda boshlanib, so’ngra undagi
mazmun va g’oyalarni iymon asoslari darajasida anglash, qabul qilish va amaliy faoliyat
mezoniga aylantirishga alohida e’tibor berishgan. O’tmishdagi o’zbek bolalar
kitobxonligi mazmun-mundarijasi shu mantiq asosida shakllangan. Bunda Qur’oni karim
va hadisi shariflar ta’siri belgilovchi rol oynagan. Jumladan, Qur’oni karimning 36-yosin
surasining 69-oyatida shunday zikr qilinadi: «Va mo allamnoxushshihra va mo yanbagi
laxu in juva illo zikrun va qur’onun mubin». Mazmuni: «Biz u kishiga
(payg’ambarimizga) she’r o’rgatmadik va bu u zotga loyiq ham emas. Bu (ya’ni she’r)
faqat Ollohning zikri va qur’oni mubin uchun xosdir»1 Bu oyatning qudrati shundaki,
uning asosida butun islomiy olamda ollohning zikri va qur’on mavzulariga yaqqol va
ramziy aloqasi bo’lmagan barcha badiiy va ilmiy asarlar inkor etiladi. Shu vajdan barcha
islomiy mamlakatlarda istalgan turdagi asarning bosh g’oyasi qur’on yoki hadislardan
olinmog’i shart qilib qoyilgandi. Shu zaylda din axloq va tarbiyaning asosiy vositasiga
aylanib qoldi. Qur’oni karim oyatlarini va hadislarni badiiy sharhlash va talqin qilish
ehtiyoji mumtoz adabiyot tarkibida didaktik mohiyatga ega diniy-axloqiy asarlar
1 Didaktika grikcha “lilaktikos» so’zidan olingan bo’lib, o’git, nasihat, pand ma’nolarini anglatadi;
etnopedagogika - grekcha «etnos» -xalq, «pedagogike» -yosh avlodni tarbiyalash va o’qitish haqidagi fan.
U xalqning tarbiya haqidagi qarashlarini ifodalaydi..
Bu oyat Alouddin Mansur tarjimasida tubandagicha: «60-70. (Муҳаммадга) шеър ўргатмадик ва
(шоирлик) унинг учун дуруст эмасдир». Қаранг: Қуръони Карим. Т.»Чўлпон», 1992, 323-б.
silsilasini yuzaga keltirdi. Bu, o’z navbatida, o’zbek mumtoz adabiyoti tarixida didaktik
adabiyot nomi ostida alohida bosqich va yo’nalishni tashkil etadi
O’zbek bolalar kitobxonligi doirasidagi asarlarni vazifasiga ko’ra tubandagi ikki toifaga
bo’lish mumkin:
Birinchi toifaga, yuqorida eslatilganidek xalq pedagogik tafakkuriga yo’g’rilgan va
aksaran bolalarga nasihat shaklida bitilgan esa-da, asoson, kattalarning hayotiy-axloqiy
tajribalarini ular tili, didi va nuqtai nazarlaridan ifodalagan hammabop mumtoz
nasihatnomalar, diniy-axloqiy manoqiblar va hikmatlar kirsa, ikkinchi toifaga ma’lum
qismi hammabop va ma’lum qismi bolalar yoshi, didi va saviyasiga muvofiqlashtirilgan
ilmiy-ma’rifiy (poznavatelnoy) yo’nalishdagi asarlar kiradi. Qolaversa, bolalar badiiy
adabiyoti ham ular o’qishiga mo’ljallanganligi tufayli bolalar kitobxonligi tarkibida
harakatda bo’lada. Shu uch jarayon yagona oqimga aylangan holda bolalar kitobxanligi
mundarijasini tashkil etadi va uning uzluksiz davomiyligini ta’minlamoqda.
Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi. Bolalar adabiyoti umumbadiiy
adabiyotning ajralmas tarkibiy qismi sifatida o’zaro qator mushtarakliklarga va farqli
xususiyatlarga ega. Ular o’rtasidagi mushtarak xususiyatlar tubandagilardan iborat:
1. Bolalar adabiyoti ham, umuman badiiy adabiyot singari so’z san’ati hisoblanadi. So’z
uning uchun ham asosiy material bo’lib, voqelikni obrazli ifodalash vositasidir.
Binobarin, bolalar uchun g’oyaviy-badiiy barkamol asarlar yozadigan ijodkorlar ham so’z
san’atkori sanaladilar. Ular ham umumadabiyotni yaratuvchi yozuvchilar bilan teng
nufuzga egadirlar. Qolaversa, bolalar adabiyoti bilan kattalar adabiyoti o’zaro taqdirdosh
ham.
2. Bolalar adabiyoti ham umumbadiiy adabiyot ish ko’radigan xalqchilik haqqoniylik va
yuksak badiiylik umda (prinsip)lariga tayanadi.
Bolalar adabiyotining xalqchilligi shundaki, u avvalo, xalqning asrlar davomida
yaratgan eng ilg’or qarashlari va hayotiy tajribalari ruhida farzandlarini tarbiyalashni
ko’zlaydi. Xalq hamma zamonlarda mehnatkashlikni, halollikni, rostgoylikni,
to’g’rilikni, Vatanni sevishni, kattani hurmat qilib kichikka shafqatli bo’lishni sharaflab
kelgan, ishyoqmaslik, tekinxo’rlik, subutsizlik, yolg’onchilik, o’g’rilik, shafqatsizlik,
toshbag’irlik, xoinlik, g’iybatkashlik kabi insoniylikni tahqirlovchi xislatlarni qoralagan.
Bolalar adabiyoti xalqni o’z kelajagi bo’lgan yosh avlodga ana shu sohadagi dono
aqidalar va ijodiy an’analarini singdirishda xizmat qilmog’i darkor.
Bu-olijanob maqsad. Uni amalga oshirish yuksak burch va mas’uliyatni talab qiladi.
Binobarin, bolalar uchun yoziladigan asarlar ham yuksak badiyatga ega bo’lmog’i shart.
Ularda hayot haqqoniy ko’rsatilmog’i, insoniylikni, mehnatni sharaflovchi, bolalarda
kelajakda kim bo’lmoqlarini belgilab olishlarida ko’maklashuvchi g’oyaviy-badiiy
barkamollik ufurib turmog’i zarur. Xom-xatala, hayotni boyab-bezab bayramdagiday
tantanavor qilib ko’rsatuvchi bitiklar bolalar ma’naviy olamiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Realizm-bolalar adabiyotining ham asosiy ijodiy metodi sanaladi. Biroq bolalar uchun
yoziladigan asarlarda voqelikning haqqoniy va aniq ifodasi goho romantika, goho
fantastik boyoqqa sug’orilgan holda aks etishi mumki.Bu asarning qiziqarliligini,
emocionaligini kuchaytiradi va o’qimishligini ta’minlaydi. Umuman, bolalar adabiyoti
realizmida umuminsoniylikni qadrlash, ijtimoiy adolatni, ezgulikni sharaflash ruhi
ustivor bo’ladi.
3. Bolalar adabiyoti ham umumbadiiy adabiyotda mavjud barcha turlar (proza, poeziya
va dramaturgiya ) va janrlarda ish ko’radi. Shuni ta’kidlash joizki,badiiy adabiyot
janrlarga qanchalik boy bo’lmasin, bolalar adabiyotida ularning bolalar dunyoqarashi va
estetik idealiga muvofiq keladiganlaridangina foydalaniladi. Bolalar nasrida roman,
qissa, hikoya; poeziyasida she’r, masal, doston; dramaturgiyasida esa drama va komediya
janrlari faol bo’lsa-da, mumtoz sheriyatdagi muxammasot namunalari, ruboiy, fard, qit’a,
shuningdek, dramaturgiyadagi tragediya janrlariga murojaat qilinmaganini qayd qilishga
to’g’ri keladi. Buning sababini bu janrlarda ifodalanadigan voqelik kattalar turmushi va
dunyoqarashiga xos murakkabliklarga daxldorligi bilan izohlanadi.Aksincha xalq
nasrining shakli bo’lgan ertak janri bolalar adabiyotiga ayricha qimmat kasb etgan. U
bolalar nasrida adabiy ertak-novella,ertak-qissa, ertak-roman; poeziyasida she’riy adabiy
ertak, naql-ertak, topishmoq-ertak va nihoyat dramaturgiyasida ertak-drama, ertak-
kamediya, ertak-opera va ertak-film singari talay xilma-xil oraliq janrlarning yuzaga
kelishi va qaror topishiga ta’sir ko’rsatgan. Bu hol bolalar adabiyoti genetik asoslarini
belgilashda, folklor nechog’li rol oynaganini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Ammo bolalar adabiyotining umumbadiiy adabiyotdan ayri xususiyatlari ham borki,
bular uning mustaqil hodisa-alohida adabiy saltanat sifatidagi mohiyatini belgilaydi.
Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari. Bolalar uchun ham, kattalarga bo’lgani
singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish mumkin.
Bolalar va kattalar adabiyotlari o’rtasidagi bunday mushtaraklik zamirida ular orasidagi
farqni oydinlashtiruvchi xususiyat ham mavjud. Bu farqli xususiyat mohiyatini
A.A.Makarenko bolalar uchun yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday
qilib yozishning muhimligida deb ko’rsatgan edi. Aytaylik, kattalar turmushining
murakkab qirralarini ifodalovchi asarlarni bolalar o’qishi man’ qilingani holda xuddi
shunday mavzuda bolalarbop qilib yozilgan Q.Muhammadiyning «Qo’ng’izoy bilan
Sichqonboy» she’riy adabiy ertagi tipidagi asarlarni bolalar o’qishiga tavsiya etiladi.
Bunda muddao shundaki, bolalar adabiyoti ijtimoiy ong shakli sifatida bolalarning
borliqqa qarashlarini, voqealarni baholashda esa, o’zlarigagina xosliklarini, demakki,
navqiron avlodning borliqqa estetik munosabatlarini ifodalaydi.
Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini ham
bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u «kattalar»-ijod ahli
tomonidan bunyodga keltirilsa-da, bolalar olamini aynan-o’zligicha, faqat bolalargagina
xos nuqtai nazardan badiiy tadqiq qiladi, aslida xuddi shu nuqtada ijodkor voqelikka o’z
munosabatini bolalar didiga, nuqtai nazariga muvofiqlashtirib ifoda etadi, shu nuqtada
kattalar va bolalar olamlari o’zaro kesishadi, kattalarning kuzatishlari, mushohadalari va
baholari bolalarnikiga aylanadi, bolalarning voqelikka munosabatlari tusini oladi,
bolalarcha in’ikos shaklida zuhur topadi. Bolalar adabiyotining bosh xususiyati ana
shunda: narsa-hodisalarga bolalar ko’zi bilan qaray bilishida, ularni bolalarcha idrok eta
bilishida, ularga bolalarcha munosabat ko’rsata olishida, ulardan bolalarcha hayratlana
bilishida. A.P.Chexov masalaning shu tomonini teran anglab, «Uyda» hikoyasining
qahramoni-prokuror Evgeniy Petrovich oylari tarzida o’z mulohazalarini shunday bayon
etgan edi: «Buning (besh yashar o’g’li Seryoja nazarda tutilayotir-) miyasida fikrlar bor.
Buning o’z dunyosi bor, qaysi narsa muhim, qaysisi muhim emas-buni o’zicha hal qiladi.
Buning diqqatini va ongini jalb etish uchun bolalarga o’xshatib gapirish kifoya qilmaydi,
ular kabi oylashni ham bilish kerak.» Bolalarni onalardan yaxshiroq tarbiyalaydigan
odam yo’q, chunki ular bolalar his qilgan narsani his etadilar, ular bilan birga kuladilar,
yig’laydilar.» Bunday ijodiy fazilat nafaqat bolalar adabiyotiga, balki uning
bunyodkorlariga ham xos xususiyat bo’lib,har qanday yozuvchiga ham nasib
qilavermaydi. Buni chuqur his etgani bois K.I.Chukovskiy «bolalar-bizning ustozimiz»
degan edi. Chindan ham bolalarni ustoz darajasida anglamoq-bu, avvalo, ularga yuksak
ehtirom ko’rgazmoq, ularning xarakterlarini, qiziqish va intilishlarini, kishilarga, narsa
va hodisalarga munosabatlarini, quvonch va iztiroblarini sinchkovlik bilan o’rganmoq,
ayni zamonda shu jarayonni bolalarcha his etish, idrok qilish asosida ular uslubiga
muvofiqlashtirish badiiyat sintezidan o’tkazmoqdan iborat san’atkorlikdir. Rost, inson
ulg’aygani sari o’z bolaligidan yiroqlashadi, bolalik tabiatidagi xos xususiyatlarni yo’qota
boradi. Bu hammaga ayon haqiqatdir. Biroq bolalar yozuvchisi bundan mustasno, u inson
sifatida har qancha ulg’aymasin, baribir, bolalik tabiatini saqlab qolmog’i, uni tobora
teranlashtirmog’i, bolalarcha sinchkov va qiziqsinuvchi bo’lib, ular ko’ngliga yo’l
topmog’i, ruhiy dunyosiga kira bilmog’i shart. Shundagina u chinakkam bolalar
yozuvchisiga aylana oladi. V.G.Belinskiy «bolalar yozuvchisi bo’lib tug’ilmoq kerak»,
deganida xuddi shuni ko’zda tutgan edi. U yozadi: «Bolalar bilan obrazlar vositasida
gapirmoq uchun ularni bilmoq kerak, o’zing bola bo’la olishing lozim, yomon
ma’nodamas, balki to’g’ri ma’noda bolalarcha soddadil xarakter egasi sifatida qayta
tug’ilmog’ing darkor» Bu o’zicha bir iste’doddir. Buning uchun faqat talantgina emas,
balki yana o’ziga xos baho ham bo’lmoq talab qilinadi. Ehtimol, bolalarni seva bilish,
ularning ehtiyojlarini, yosh xususiyatlarini va o’zliklarini chuqur, anglamoq-buning eng
muhim shartlaridandir.» Ana shu shartlarga mukammal amal qiladigan ijodkorgina
bolalarning haqiqiy sevimli yozuvchisi, shoiri va dramaturgi bo’la oladi. Aks holda
bunday baxtdan benasib qolish hech gapmas.
Bolalar adabiyoti-ikki yo’nalishli adabiyotdir. U bolalarga muljallangan ekan, avvalo,
shularning adabiyoti. Shu bilan birga kattalarning, demakki, ota-onalarning ham
adabiyoti hisoblanadi. Chunki bolalar adabiyoti xalq axloqiy qarashlarini badiiy aks
ettiruvchi pedagogik xrestomatiyadir. Bu jihatdan buyuk ertaknavis H.K.Andersenning
tubandagi fikri diqqatga sazovor: «Men nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun
yozayotganimni ham doim esda tutaman». Bolalarni ertaklarning fabulasi hammadan
ko’proq qiziqtirsa, kattalarni ularga singdirilgan g’oya qiziqtiradi». Chindan ham bolalar
uchun asar syujeti muhim, shu syujet qancha qiziqarli bo’lsa, bolalar uni shunchalik
zavqlanib o’qiydilar. Kichkintoylar asar g’oyasini ilg’ab olishga qiynaladilar. Chunki u
yoki bu asar g’oyasini ilg’ab olmoq uchun o’sha asar qaysi zamonda yozilgani va unda
ifodalangan tarixiy sharoit xarakterini bilish, demakki, asarni davr kontekstida o’qib-
o’rganish zaruriyatga aylanadi, bu murakkab jarayon, kichkintoylarning imkoniyatlari esa
uni hazm qila olmaydi. Chunonchi, Sharl Perroning mashhur «Qizil shapkacha» ertagi
har qancha sodda va quvnoq syujet asosida qurilgan bo’lmasin, ham bolalarni, ham
kattalarni qiziqtirgani holda unda ifodalangan «Qizil shapkacha» li go’zallarni (qizil
shapkacha-go’zallik ramzi, unda francuz qizlarining umumlashma obrazlari ko’zda
tutilgan) francuz burjuaziyasining shahvoniyatparastligidan (Bo’ri qiyofasida fahshga
mukkasidan ketgan burjuylar ko’zda tutilgan) ogohlantirishdan iborat g’oyani faqat asar
ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan uqa olgan kattalargina ilg’ashlari mumkin. Shu
ma’noda bolalarga mo’ljalangan badiiy asar, avvalo, hammabopdir. Bunda hammaboplik
mohiyatini V.G.Belinskiy shunday ta’riflagan edi: «...bolalar uchun kitob yozish kerak
va zarur, biroq bolalar uchun shunday yaxshi va foydali asarlar yozmoq zarurki, ular
kattalarni faqat bolalarga atalganligi tufayligina emas, balki chinnakam badiiy asar
sifatida hammaga mo’ljalanganligi bilan qiziqtira olsin».
Bolalar adabiyotida voqelik bolalarga badiiy tafakkur sintezining natijasi tarzida
tasvirlanadi. Bunda tasvirning o’ziga xos jihatlari, asosan, quyidagilardan iborat:
a) badiiy obrazning ham, voqelikning ham aniq-tiniqligi, qo’rimliligi. Bu xususiyat
bolalar tafakkurining predmetliligi, aniqligi va ko’rimlilikka asoslanishi natijasidir.
K.Chukovskiyning «Ikkidan beshgacha» kitobida keltirilgan tubandagi misol,jumladan,
xarakterlidir: Dashtni ilk bor ko’rgan bola uning qanday atalishini so’rasa, otasi
«pusto’nya» deb javob beribdi. «Hech vaqosiz, ship-shiydon maydon» ma’nosidagi bu
tushunchani bola idrok qilolmabdi. Chunki bu mavhum tushuncha bo’lganligidan bola
uni anglashga qodir emasdi. Har qanday mavhumlik bola idrokiga, tasavvuriga
sig’maydigan hodisadir. Buning ustiga otasi dasht deb atagan maydon har xil o’simliklar
bilan qoplangan, ularning butalari yo erga yopishgan, yo erdan tikkasiga ko’tarilgan. Bola
ularni ko’rib turibdi, shu zahotiyoq o’z tushunchasiga moslashtirib, analogiya usulida
o’zicha so’z yasab, ko’rib turgan maydonini «kusto’nya»-«butazor», deb atabdi. Bola
fikrlashiga xos bunday aniqlik va predmetlilik badiiy obrazning ham aniqligini,
predmetlilik asosida ko’rimli va ko’zda chalinarli bo’lishini taqozo etadi. K. Chukovskiy
e’tirof etganidek, bolalar uchun yozilgan har bir satr mazmuni asosida rasm chizish
mumkin bo’lmog’i shart. G’afur G’ulomning «Oylashni o’rganamiz» she’rida eng
mavhum hodisa ham oyin shaklida o’ziga xos ko’rimlilik kasb etgan, shu vajdan bu she’r
har bir kichkintoyni zavqlantira oladi, eng muhimi, tushunarlidir. S.Jo’ra,
Q.Muhammadiy, A.Muxtor, Sh.Sa’dulla, H.Nazir, X.To’xtaboev, T.Adashboev,
S.Barnoev, M.A’zam, A.Obidjon va boshqalarning bolalarga atagan aksariyat asarlari ana
shunday fazilatga ega.
b) Hikoya qilishda lirik yoki komik maylning kuchliligi. V.G.Belinskiy bolalar
adabiyotining asosiy xususiyati-uning emotsionalligi, deb ko’rsatib, bolalar kitobi
«samimiy hislarga to’lib-toshmog’i» lozimligini qayta-qayta ta’kidlagan edi.
Hissiyotning samimiyligi faqat lirika uchungina emas, balki yumorga ham xos fazilatdir.
Zotan, «quvnoq yumor», «beozor yumor» iboralari zamirida yumorga xos samimiyat
tuyg’usi zuhur topgandir. N.G.Chernishevskiy ana shularni hisobga olib, bolalarga
mo’ljallangan badiiy asarda «O, qanday dahshat?!» yoki «Bay-bay, muncha yaxshi!»
Yoinki, «Ey, muncha kulgili!?» kayfiyatlarini qo’zg’ovchilik alomatlari bo’lmasa, yosh
kitobxonlarni to’lqinlantira olmaydi, deb hisoblar edi. Ruhshunos olimlar o’tkazgan
tajribalar ham bugungi kunda bolalar xotirasida lirik ko’tarinkilik yoki quvnoq yumorga
sug’orilgan holda tasvirlangan voqealar mustahkam muhrlanishini, uzoqroq yashay
olishini tasdiqladi. Zotan,hikoya qilishda lirizm qancha chuqur yoki yumor qancha yorqin
va quvnoq bo’lsa, estetik ta’sirchanligi, hayajonbaxshligi ham shuncha chuqur va
samimiy bo’ladi. G’. G’ulomning «Shum bola» asarini kulmay turib, o’qib bo’lmasligi
siri shundadir. H.Nazirning «Yonar daryo», X.To’xtaboevning «Besh bolalik yigitcha»
asarlarida lirik mayl ustun bo’lsa, «Sariq devni minib» va «Sariq devning o’limi»
dilogiyasida, «Sehrgarlar jangi, yoxud, «shirin qovunlar mamlakati» romanida,
shuningdek, Anvar Obidjonning quvnoq she’rlari, qissalari va pesalarida yumoristik
ruhning ustuvorligi sezilarlidir.
v) Xarakter va hodisalar ifodasida dinamikaning yorqinligi. Ruhshunoslar bolalar
narsa va hodisalarning harakati, yoshi, nimaga mo’ljallanganligiga, keyinroq ularning
paydo bulishi sabablariga qiziqishlarini uzoq tajribalar va kuzatishlar asosida
tasdiqlashdi. O’z-o’zidan ravshanki, bu-hikoya qilishda qiziqarlilik (zanimatelnost)ni
taqozo etadi. Negaki, qiziqarlilik-shiddatli harakatchanlik zamirida vujudga keladi.
Bunday harakatchanlik hikoya qilinayotgan voqelik uchun tanlangan konfliktning o’tkir
bo’lishini, syujetning tez taraqqiy etishini, xarakterlarning yorqinligini va boshqa
shunday ifodaviy usullarni taqozo etadi, shularda namoyon bo’ladi. Sirasini aytganda, bu
voqea yoki hodisalarni, qahramonlarni tashqi bir vaziyatda harakatlantiruvchi,
rivojlanishda ko’rsatuvchi mohiyatga ega bo’lib, kichkintoylar tabiatiga mos keladi, uni
sodda va aniq qilib, voqelikning zohiriy rivojlanishi deyish mumkin. Quddus
Muhammadiyning «Temirlar oyini» yoki «Harflar oyini» she’rlarida barcha narsalar yoki
harflarning shiddatli harakati ularninggina emas, balki voqeani ham ko’rimli, ham
zavqovar qilgan: Temirlar jarang-jurung,
Oynashib diring-diring,
Deyishar: «Yuring-yuring!»
Tushdilar qiziq tansa,
Sayrashib assa-assa.
Siniq pero dikillab,
Buzuq ruchka likkillab,
Uzuq zanjir, kaltasim:
-Biz qochon bo’lamiz «zil?»
Chir aylanar g’ildirak,
Ortidan eski chelak.
Cho’loq ketmon oqsoqlar,
Oshpichoqni quchoqlar.
Dumalar pachoq banka,
Irg’ir puchuq voronka.1
1 Қуддус Муҳаммадий. Темирлар уйини. М.Рейх расмлари. Тошкент: «Ёш гвардия»
нашриёти, 1960, 3-5-б.
Har narsa o’ziga xos va o’ziga mos harakatda. Bu shunday harakatki, unda o’sha
harakatlanayotgan narsaning sazosi ham jaranglab turibdi. Bu hol she’rning quvnoq ruhini
va engil o’qilishini ta’minlagan. Kichkintoylar bu harakat va ovoz zamirida o’sha
narsalarning o’zlarini ko’rib turganday sezadilar. «Sholg’om», «Bo’g’irsoq», «Qarg’avoy»
singari xalq ertaklari syujetlari ham shiddatli harakat zamirida qurilganligidan g’oyat
qiziqarlilik kasb etgan va necha asrlardirki, bolajonlar ularni qiziqib tinglashdan sira
toliqmayotirlar. Sh.Sa’dullaning «Ayyor chumchuq» she’riy ertagi syujeti ham shu xildagi
shiddatli dinamizm asosida voqe’ bo’lganligidan g’oyat qiziqarlidir. Bola ana shu xildagi
harakat zamirida sodir bo’luvchi voqelikni tez ilg’aydi, chunki bunda voqealar
almashinuvi uning ko’z o’ngida sodir bo’ladi. Binobarin, syujetdagi harakat qahramonlar
xarakteri rivojini ham belgilab turadi. Shunday bir vaziyatda syujet o’quvchi oson
o’zlashtiradigan axborot materiali vazifasini o’taydi.
Shuni ham aytish joizki, bolalar ulg’aygani sari ularga atalib yoziladigan asarlarda
syujet tabiatida o’zgarishlar sodir bo’la beradi, avvalo, undagi batafsillikda ramziylik va
majoziylik unsurlari chuqurroq singa boradi, harakat syujetning ichki oqimiga aylanib,
qahramonlar esa ruhiy kechinmalarda namoyon bo’la boshlaydiki, buni voqelikning
botiniy yoki axloqiy-ruhiy rivojlanishi deyish mumkin. Bu xususiyat ko’pincha
o’smirlarga mo’ljallangan asarlarga xos bo’lib, u yoki bu badiiy asarning qiziqarliligini
susaytirmaydi, balki aksincha o’smirlar shiddatli harakat zamirida kechuvchi voqelikni
ifodalovchi ilmiy-badiiy fantastika hamda detektiv-sarguzasht tipidagi asarlar qatorida
mo’ljallangan va aksaran ichki harakatchanlik asosida voqelikni real ifodalovchi asarlarni
ham o’qiy boshlashga shu zaylda tayyorlana boradilar, binobarin, badiiy asar syujeti va
qahramonlari harakat shiddatli yoki sokin, zohiriy yoki botiniy kechishidan qat’iy nazar,
o’sha asar mavjudligininng o’ziyoq o’quvchi qiziqishini ta’minlovchi vositaga aylanadi.
Bunday qiziquvchanlikni bolalar adabiyoti sohasida ishlovchi barcha iste’dodli
namoyondalari sezganlar va qayta-qayta ta’kidlaganlar: «Borliqni va barcha mavjudotni
harakatga keltirmoq zarur,-deb yozgan edi ulug’ munaqqid V.G Belinskiy ,-toki soqov tosh
ham, dala-tuzdagi xas-xashaklar ham shivirlab, oqayotgan ariqcha ham, sokin esayotgan
shamol ham, parvoz qilib guldan-gulga qo’nayotgan kapalak ham muhabbat va hayot tilida
so’zlashga majbur bo’lsin».
g) Tilning aniqligi, ravonligi, tushunarliligi va emocionalligi. Bolalarga atalgan
badiiy asarning tili umumbadiiy tilning normalariga va grammatik qurilishiga amal qilgani
holda bolalarcha tafakkur qilishning o’ziga xos ifodaviy vositasi bo’lmog’i, shu bilan
birga, bola nutq boyligini muttasil oshirib borishga xizmat qilmog’i shart. Bunda nuqul
bolaga moslashib qolmay, balki uni ergashtirib borishga intilib, bolaga notanish so’z va
iboralarni izohtalab qilib qoymay, kontekstdayoq anglashilarli etib ifodalashga e’tibor
bermoq lozim. Eng muhimi, N.G.Chernishevskiy ta’kidlaganidek: «Bolalarga juda ko’p
narsalarni osongina qilib tushuntirish mumkin, bunda avvalo o’sha tushuntiruvchining o’zi
nimani gapirmoqchiligini o’zi anglab etkan va uni inson tilida ravshan ifodalay ololsin».
Yozuvchi qaysi yoshdagi bolani mo’ljallab asar yozayotganini hisobga olib, o’sha
yoshdagi kichkintoy lug’at boyligi imkoniyatlarini ko’zda tutgan holda ish tutmog’i lozim.
Aks holda uning asari adresatini tayinlash mumkin bo’lmay qoladi. Chunonchi,
Sh.Sa’dullaning «Yil fasllari» she’ridagi:
Milt etib chiqdi quyosh,
Dedi:-Do’stlar, qish odosh,-
satrlariga boqqan zahoti-ularning maktabgacha yoshdagi bolalarga mo’ljallanganini
sezish qiyin emas. Chunki mazkur satrlardagi so’zlar maktabgacha yoshdagi bolalar
nutqiga xos lug’at aks etgan. Shoir bunday ekspressiv nutq zamirida bahor faslining shu
yoshdagi kichkintoylar hali sezishga ulgurmagan ikki xususiyatini-bahor qishdan so’ng
kelib, qishga xotima («qish odosh») yasashini hamda endilikda haroratli kunlar («quyosh
chiqishi»ni) boshlanishini, aniqrog’i, bahor fasli tabiatining belgili xossalarini saviyaga
muvofiqlashtirib ma’lum qilmoqda. Bolalar lug’at boyligi-ular saviyasining mezoni.
Bolalar ulg’aygani sayin voqelikni o’zlashtirish imkoniyatlari ham kengaya boradi,
binobarin, ular so’zni o’zlashtirish evaziga ularning saviyalari ham ko’tariladi,didlari o’sa
va dunyoqarashlari shakllana va to’lisha boradi. So’zni tushunish va o’zlashtirish
bolalarda tasavvurni chuqurlashtiradi, narsa va hodisalar haqida o’z fikrini tug’diradi.
Bolalar uchun ijod etuvchilar ana shu holat bilan hisoblashmoqlari shart. Zotan, bolaga
atalgan asarning tili qancha aniq, ifodalari teran, qisqa va obrazli bo’lsa voqea ham,
ifodasi ham ixcham, yorqin va sodda bo’lsa asar shuncha ta’sirchan bo’ladi, unda ilgari
surilgan g’oya xotiraga mustahkam o’rnashgan syujetni idrok qilish asosida yosh
kitobxonning intellektual dunyosi mahsuliga aylanadi.
Bolalar murakkab qurilmali gaplardagi mazmunni ilg’ashga qiynaladilar, xususan,
bunday gaplarda izohtalab arxaik so’zlar qalashib kelsa-taqatlari toq bo’ladi. Binobarin,
gaplar ham sodda, mantiqdor, jonli, hayajanbaxsh va savodli qurilmog’i, g’ashga
teguvchi qaytariqlar va mavhum iboralardan xoli bo’lmog’i lozim. Poetik obrazlar
mavhum yoki qalashib ketgan sifatlashlar (epitetlar) asosida qurilmasligi darkor, bolalar
kitobida har bir ifoda tabiiy, yorqin ma’noli va zavqovar bo’lishi-uni tushunib o’qish va
uqib olishning muhim sharti hisoblanadi.
Bolalar kitobatchiligining o’ziga xosligi. «Uchdan o’n ikki yoshgacha har qanday
bolada o’z fikrini grafik usulda ifodalash malakasi etarli bo’ladi,-deb yozgan edi mashhur
kitob bezovchi musavvir I.Kuzmin uzoq yillik tajribalariga tayanib,-keyin ijod
psixologiyasida nimadir kechadi-da, murakkab kompozicion vazifalarini ham erkin
bajara oladigan o’shal kechagi ijodkor aylana yoki kvadratni chizish uchun pargor va
chizg’ichga yopishib oladi». Binobarin, ana shu davrdayoq jajji qo’llariga kitob tutib, uni
o’zicha varaqlashga intilmagan, rasmlarga qarab undan ma’no ilg’ash malakasi kurtak
yozmagan bola kitobga befarq bo’lib ulg’ayadi. Holbuki, bolalar kitobatchiligi-bolalar
kitobxonligining asosi bo’lib, uyda ham, bog’chada ham, maktabda ham bolalar o’qishiga
mo’ljallangan rang-barang mazmun va shaklga ega kitoblar chop qilinishiga erishmoq
lozim. Bunda kitoblarning aksaran oyinchoq timsolida bo’lmog’i muhim ahamiyatga ega.
Shaklan esa mazmuni yoki maqsadiga muvofiq bichimga-chidamli qalin qog’oz yoki
kartondan foydanilgan taxlamga ega bo’lmog’i, suvratli kitobchalar, oyinchoq
kitobchalar, yig’ma kitobchalar, animal kitobchalar,1 kesma kitobchalar kabi turlarda
yaratilmog’i darkor. Bu xildagi kitoblar komikslar2 deb yuritilib, badiiy matni adib yoki
1 Анимал китобчалар ҳайвонлар, қушлар, ҳашаротлар расмлари асосида тартиб берилган
рангли китоблар.
2 Комикс силсилали расмлардан иборат китоблар былиб, гощ матнли, гощ матнсиздир,
АҚШда асримизнинг 20-йилларидан бошлаб кенг анъанага айланган бундай китобларда зўравонлик
shoirga taalluqli bo’lsa, taxlamini bichishda noshir (poligrafist) va badiiy bezatilishida
musavvir ishtirok etadi, binobarin, ularning bunyodga keltirilishida shoir yoki adibga
musavvir va noshir teng huquqli hammuallif sanaladilar. Ularning hamjihatlikdagi ijodiy
faoliyatlari tufayli bolalar kitobi ko’rimli, sevimli va o’qimishli mo’’jizaga aylanadi.
Bunda shunisi muhimki, musavvir ham, noshir ham yozuvchi yo shoir yaratgan matnni
aynan ifodalabgina qoya qolmaydilar, balki o’sha matnni to’ldiruvchi, muallif aytolmay
qolgan nuqtalarni ilg’agan holda ifodalay olishlari lozim. Bu nozik ijodiy jarayondir,
uning mohiyatini S.Y. Marshak musavvir va noshirning «qo’shimcha badiiy iztirob
chekishi» deya to’g’ri ta’riflagan.
Rost, bolalar kitobida yozuvchi yoki shoir yaratgan badiiy matn etakchi bo’lib, musavvir
va noshirni boshqarib turadi. Noshir kitob shakl-shamoyilini, harflari, hoshiyalari,
sarlavhalari, taglavhalari, yonlavhalari, qismlari va boblarini ajratib ko’rsatuvchi
belgilarni matn mazmuni va kitob bichimiga muvofiqlashtirsa, musavvir yuksak
mas’uliyat bilan asar matnini chuqur o’rganishi, uning ruhigagina emas, balki asar
yaratilgan zamon ruhiga, asar qahramoni va uning muhiti ruhiga, asar muallifi ruhiga
kirgan holda bolalar yosh xususiyatlarini, saviyasini, olamni idrok qila bilish iqtidori va
malakalarini imkoniyat va darajalarini hisobga olib rasm va bezaklar chizmog’i darkor.
U yozuvchi matnda aytmagan va aytolmagan, ko’rsatmagan va ko’rsatolmagan, lekin
ham aytilishi, ham ko’rsatilishi shart bo’lgan nuqtalar, ruhiy holatlarni ifodalash orqali
qahramon xarakterini yaratishi, ham qahramon, ham asar, ham yozuvchi ruhiga mos
manzaralar chizib, ularda takrorlanmas milliy koloritni singdirishi va shu asosida
kitobning mazmun-mundarijasini to’ldirishi lozim. Musavvir kitobdagi har bir personaj
tashqi qiyofasini faqat o’zigagina xos xarakterini gavda a’zolari qanday taqozo etsa, shu
xilda ko’rsatishi, bunda matn mazmuni mantiqidan kelib chiqishi lozim. Matn mazmunini
ifodalovchi manzaralarni chizganda ham shunday yo’l tutmog’i darkor. Bordiyu
musavvir kitobni grafik usulda bezashga kirishda, unda grafikadagi obrazlari to’g’ri, siniq
va to’lqinli chiziqlarda, naqshlarda, shriftlarda, turfa ranglarda jilolanuvchi fon va
soyalarda, dog’larda, kontr suvratlarda yorqin ifodalab, jozibadorlikda erishmog’i va
qalblarni yashnatmog’i zarur. Toki bunday illyustraciyalar o’quvchi fantaziyasi-
ақидалари тарғиб қилинади.
taxayyulotini harakatga keltirsin. «...bolaga mo’ljallangan suvrat-unga tushunarli
bo’lmog’i shart,-deb yozgan edi bolalar kitoblarining mashhur bezovchisi V.V.Lebedev,-
lekin u shunday suvrat bo’lsinki, bola musavvirning bu ishiga kira bilsin, aniqrog’i, suvrat
qanaqa tirgaklarga turganligini va uning qurilishining qanday kechganlagini tushuna
olsin». Shundagina bolalar kitobidagi rasm va bezaklar bolaning matn mazmunini
teranroq tushunishi va fikrini harakatga sola bilishiga yo’l ochadi. Shundagina bolalar
kitobi o’z oldiga qoyilgan ijtimoiy-estetik va axloqiy- tarbiyaviy vazifasini to’la-to’kis
bajaradi va yosh avlodning ma’nan sog’lom bo’lib chiniqishiga ta’sir ko’rsata oladi.
Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi. Bolalar
adabiyotining kamolotida uning barcha fanlar bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega.
Bu M.Gorkiyning «Mavzular to’g’risida» maqolasida yorqin ifodalangan bo’lib, bolalar
adabiyotining rang-barang mavzular hisobiga boyib, xilma-xil obrazlar hisobiga to’lishib
borishini ta’minlashdan tashqari ma’lum darajada o’zligiga daxldor xossalarini ham
oydinlashtiradi. Shu ma’noda, aytish mumkinki, bolalarga o’zlarini qurshagan olam va
uning sirlaridan voqif bo’lishda, narsa va hodisalar mohiyatini idrok etishda, ularni
anglash va bilib olishda, o’rganish va o’zlashtirishda bolalar adabiyoti o’ziga xos hayot
darsligi vazifasini o’taydi.
Aytaylik,
elektr
nima?
Quyosh-chi?
Oy-chi?Yulduzlar
nega
faqat
kechasi
ko’rinadi?Momaqaldiroq nimadan paydo bo’ladi? Yashin-chi? Suv nima? Shamol
nimadan hosil bo’ladi? Tuproq nima? Yomg’ir nima? Qor nima? O’simliklar, hasharotlar
nega xilmma-xil? Xullas, bunday savollarning cheku-chegarasi yo’q. Lekin bolalar
bularning barchasini bilishidan iborat ehtiyojlarini qondirmay qoymaydilar. Ularning
ma’naviy ulg’ayishlari ana shu istakni qondirish evaziga amalga oshadi. Binobarin,
bolalar adabiyoti ana shu savollarga javob berish maqsadida fizika, astranomiya,
geologiya, geografiya, kimyo, matematika, botanika, biologiya, qoying-chi kishilik
jamiyati yaratgan barcha bilimlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Bunda u mazkur bilimga
xos sovuq ilmiy muhokama va mantiqiylikni emas, balki har qanday ilmiy tushunchaning
insonni sharaflovchi badiiy obrazli ifoda etilishi orqali erishadi. Bunday obrazli ifoda
pirovard-oqibatda uning qiziqarliligini (zanimatelnost) va ma’rifiyligini (poznavatelnost)
ta’minlaydi. «Qiziqarli botanika», «Qiziqarli fizika», «Qiziqarli biologiya», «Qiziqarli
geologiya», «Qiziqarli kimyo» yoki «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh
fizik» qomuslari singari bolalarbop rang-barang kitoblar, shuningdek, turli-tuman kasb-
korlar, aniqrog’i, shishapazlik, chinnisozlik, yog’och va ganch oymakorligi, misgarlik va
mis oymakorligi, temirchilik, kulolchilik, boyraboflik, gilamboflik, temirchilik,
haykaltaroshlik, kashtachilik, zargarlik, zardo’zlik, rangpazlik, qog’oz tayyorlash va
hokazolarning kelib chiqishi tarixiga oid zavqovar badia va hikoyalar yosh avlodning ular
haqidagi bilimlarini chuqurlashtiribgina qoymaydi, balki ularda ajdodlar tajribalari va
an’analarini o’zlashtira turib e’zozlashni, demakki, qadriyatlarni anglash jarayonida
o’zliklarini anglashlariga, eng muhimi, kelajakda kim bo’lishdan iborat havaslarini
uyg’otibgina qoymaydi, balki shu havasning qat’iyatga aylanishida yordam beradi.
Shu mantiqqa muvofiq bolalarni yosh xususiyatlariga ko’ra uch guruhga bo’lish
an’anaga aylanganki, bu ularga mo’ljallab badiiy asarlar yozishda ham rost keladi:
1). Maktabgacha tarbiya bosqichi: tug’ilgandan to 6-7 yoshgacha;
2). Kichik yoshdagi o’quvchilik davri: 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha yoki muchalni
to’ldirguncha;
3). O’smirlik davri yoki o’rta va katta yoshdagi o’quvchilik bosqichi: 12-13 yoshdan 17-
18 yoshgacha.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari. Bola yetti
yoshga to’lguniga qadar atrofdagi yangiliklarni tez ilg’aydigan bo’lib o’sa baradi. Bu
jarayonni bolaning kelajakka tayyorlanishi tarzida tushunish kamlik qiladi, albatta.
Negaki, inson shaxsiyatidagi barcha ijobiy va salbiy xususiyatlar xuddi shu davrda
shakllana boshlaydi, xarakteriga singa baradi. «Axir men hozir nimalarda
yashayotganimni o’shanda kashf qilmaganmidim?,-deya xotirlagandi Lev Tolstoy
yetmish yillik umriga sarhisob qila turib.-Shuncha ko’p, shuncha tez kashf etgan
narsalarimning yuzdan birini ham, qolgan butun umrim davomida kashf eta oldimmi?
Aslo! Besh yashar boladan mengacha-faqat bir qadam, yangi tug’ilgan chaqaloqdan besh
yashar bolagacha-dahshatli masofa!» Chindan-da, chaqaloq besh yoshga to’lguniga qadar
til chiqaradi, ongi kurtak yoza boshlaydi, tuyg’ulari shakllanish jarayoniga kiradi, oyoq
chiqarib mustaqil yura boshlaydi-keyingi butun umri davomida, asosan, shu jarayonlar
takomillashadi. Shuning uchun bolalarni juda kichkinaliklaridanoq, so’z san’ati sehrida
tarbiyalash beqiyos ijtimoiy-estetik qimmatga molik. Bu xalqning asriy tajribasida
sinalgan haqiqatdir. Xalq ijodiyotidagi erkalash motivlariga limmo-lim aytim-olqishlar,
allalar, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, qaytarmachoqlar, ermaklar asrlar
davomida ana shunday vazifani ado etib kelayotgani barchaga ayon. Ularda xalqimizning
bolalarparvarlik mehri tovlanib turadi, murg’akkina jonlarni so’z ohanglarida ardoqlash
an’analari yorqin namoyon bo’lgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o’qiy olmaydi, ular uchun olam noma’lumlik
sirlarini bilishga, o’zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo’ladi. Yozuvchining vazifasi
uning xuddi shu intilishini hisobga olib, qiziqishini alangalatishga qaratilgan holda ish
tutishdan iborat. Bunda u maktabgacha yoshdagi kichkintoy tabiatiga xos taqlidchilik
xususiyatini ko’zda tutib, hayotdagi xarakterli voqea va hodisalarni uning tasavvuriga
mos badiiy obrazlarda ifodalovchi asarlar yaratmog’i lozim.
Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi kichkintoylar tevarak-atrofidagi har bir narsaga taqlid
qilishdan charchashmaydi. Ular taqlidchilik vositasida hayotni o’zlashtiradilar. Shu
boisdan ularga atalgan asarlarning personajlari-hayvonlar, qushlar, hasharotlar,
o’simliklar va boshqa narsalar bo’lishsa-da, odamlarga taqlidiy sifatlarga ega:
Odamlarday gapirishadi, fikr yuritishadi. Shu taqlidda ularning har biri o’z xislatlari
xususidagi oddiy ma’lumotlar bilan kichkintoylarning intellektual dunyosiga aylanadi,
ularda hayotga qarashning o’ziga xos kurtaklari vazifasini o’tashga kirishadi.
«Bolada so’zni tushunishdan ko’ra tovush yoki ohangni sezish ancha erta boshlanadi,
aslida xuddi shu tovush yoki ohangni sezish-uni so’zni-tushunchani anglash sari
etaklaydi, binobarin, u sog’lom o’ssa, 7-9 oylardaligidayoq ayrim so’zlar ifodalagan
ma’noni anglay boshlaydi: «ashshalom», qo’lingni ber», «o’tir» kabi so’zlarga harakati
bilan javob qaytaradi. Bir yoshga to’lganida esa, o’ntacha so’zni tushunadi va ayta oladi.
Ikkinchi yoshi davomida bola anglaydigan va ayta oladigan so’zlar miqdori 300 tagacha
etadi. Bu davrda u ochlikni, chanqoqlikni, issiq-sovuqni, og’riqni tuyadigan bo’ladi, shu
tuyg’ularni ifodalash ehtiyoji tovush tiliga ko’chadi: g’udranadi, ingshayadi, xullas,
allaqanday tovushlar yig’indisidan iborat so’qma so’zlar vositasida «gapirgan» bo’ladi.
Shu jarayonda nutq organlari rivojlana boradi va yangi-yangi tovushlarni aytishga
chog’lanadi yoki aytishni o’zlashtiradi. Tasavvur qila bilasizmi-chaqaloq dunyoga
kelganida «ing’a» yoki «inga» deya yig’laganida nutq a’zolari atigi uchtagina tovushni
aytishga qodir bo’lgani holda endilikda 300 tacha so’zni ifodalash qadar nutq tovushlarini
o’zlashtirishga erishadi! Ular lug’atidagi so’zlarning aksariyati bir yoki ikki bo’g’inli
bo’lib, asosan, unli tovushlarning faolligi bilan ajralib turadi. Buning sababi-unli
tovushlarning cho’ziluvchanligi va musiqiyligida. Bola dastlab u yoki bu unli tovushni
cho’zibroq ayta turib, o’z nutq a’zolarining shakllanishini ta’minlaydi, shu yo’l bilan
inson nutqiga xos boshqa tovushlarni jumladan, undoshlarni ham o’zlashtira boradi. Shu
asnoda nutq tovushlarini insoniy mantiqdorlik qonuniyati taqozosi bilan bir-biriga ulab,
o’zi idrok eta olgan u yoki bu tushunchani ifoda etuvchi so’zga aylantira boradi, boshda
u hech qanaqa ma’no anglatmaydigan so’qma so’z bo’lishi mumkin, lekin bora-bora
ma’no anglatuvchi so’zga aylanib qoladi, shu zaylda u so’zlar tushunchalar olamini zabt
eta boshlaydi. Bu hol, o’z navbatida, uning ongiga ravnaq yo’lini ochadi-tasavvuri, idroki
va yana talay sezgilarini jumbishga keltiradi. Ana shu harakat mantiqi bola lug’at
xazinasidagi har bir so’zga, dastlabki paytlarda, asosan ot va fe’l anglatuvchi ma’nolarni
birato’la mujassamlashtira boradi, natijada so’zlar bola nutqida atov gap shaklida
namoyon bo’la boshlaydi. Bola «mamm» yoki «mama» deganda «ko’krak ber» yoki
«ovqat ber», «buv» yoki «buvva» deganda «suv ber» talabini ifoda etganday bo’ladi. Shu
tariqa chaqaloq nutqida otlar o’z ma’nosiga omuxtalashgan harakatni ham ifoda etadi.
Ikki-uch yoshlardagi bolalar lug’at jamg’armasidagi so’zlarning aksariyati hayvonlar
yoki aniq narsalarning tovushlariga taqlidiy xarakteriga ega: «qu-qu» yoki «av-av» kabi.
Bola tovushlarni har xil qabul qilganidan taqlidiy so’zlarning sinonimik qatori yuzaga
kelgan: «av-av//hav-hav//hav// baba» yoki «bi-bib// dit// bi-bib// du-dut» kabi. Bu
bolalarning o’zlari ko’rgan narsalar tovushlarni turlicha eshitishlari va idrok qilishlari
zamirida vujudga kelgan so’zlarning badiiy shakllaridir. «Qariyb har bir oila so’zlashuvi
taomilida aslida kichkina bolalardan o’tgan va boshqalarga ma’lum bo’lmagan o’z
so’zlari bor. Kattalar nutqiga bolalar ta’siri ma’lum hodisa. Bunday hodisani to’g’risi,
kamdan-kam hollardagina kichkintoylar tajribasiga suyanib she’r yozganda va katta
bolalar yoki oilaning katta a’zolari nutqida uchratish mumkin». Shunisi e’tiborliki,
bolalar kashf etgan ayrim so’zlar termin darajasigacha etgan, buni «alla» so’zi misolida
ko’rsa bo’ladi; bu so’z o’z lug’aviy ma’nosidan tashqari yana folklordagi qo’shiqning bir
janrini ifodalaydi. Ko’rinadiki, bolalar ham o’z ona tillarining lug’at boyligini oshirishga
munosib hissa qo’sha olganlar.
So’z o’rganish, so’zni anglash va aytish ehtiyoji, ayniqsa, bola uch yasharligida jiddiy
tus oladi, «Uch yashar bola, - deb yozgandi K.Chukovskiy, - har bir narsa u yoki bu
belgilangan harakatga mo’ljallanganligiga, binobarin, bunday harakatdan tashqarida
noaniq narsaga aylanishiga ishonadi». Natijada u bu davrda o’rganganadigan va
tushunadigan so’zlar 1200-1300 tagacha etib boradi. Bola hech qanaqa grammatik
qoidadan xabarsiz bo’lsa-da, so’zlarni mantiqan to’g’ri aloqaga kiritib, o’z fikri va
istagini izhor qila boshlaydi, hatto qay bir tushunchalarni ifodalovchi so’zni hali bilmasa-
da, o’zicha so’z yasab uni ifodalagan bo’ladi, shu tariqa o’z lug’atini aks ettiruvchi tili
yuzaga keladi. Xuddi shunday bir vaziyatda bolaga hayvonlar, qushlar va hasharotlarning
yorqin rasmlari, ularga daxldor voqelikni ifodaluvchi voqeaband rasmlardan tashkil
topgan pishiq kartondan ishlangan animal kitobchalar, hayvonlar haqidagi ertaklar
mazmunini ifodalovchi dekorativ kitobchalar, kesma yoxud yig’ma kitobchalar
berilmog’i, u bu rangli kitobchalarni o’zi ochib varag’lamog’i rasmlariga qarab,
tasvirdagi narsalarni, ularning holatlarini, rangini, shaklini, a’zolarini, aytmog’i yoxud
kattalar yordamida shularni o’rganib qayta so’lamog’i shart. Bunday kitobchalar bolada
hajm, shakl va rangni his qilishda muhim rol oynaydi. Xususan, «O’zing boya» ruknidagi
kontur suratli kitobchalar bu jarayonni yanada faollashtiradi, bolalar bu kitoblarni boyab
turib konturlarda ifodalangan ma’nolarni, shakllar va ularning hammalarini ranglar
garmoniyasida o’qib idrok qiladigan bo’ladilar. Bu holat ularda so’zga, so’zlashga
rag’batni yanada kuchaytiradi. Natijada ular 4-5 yoshga etganlarida 2000-2500 tacha
so’zni iste’mol qila boshlaydilar, bu davrda so’z ular uchun o’z ma’nosidagina
anglashiladigan bo’ladi, ko’chma ma’nosini hali ular anglay olmaydilar. Endilikda
nisbatan aniq harakatni ifodalovchi fe’l turkumiga mansub so’zlar miqdori orta boradi,
og’riqni, quvonchni, xafalikni ifodaluvchi undov so’zlar ham bola nutqida o’zlasha
boshlaydi. Biroq bularning barchasi bola tasavvurining aniqligiga mavhumlikni ko’tara
olmasligiga boysungan holda namoyon bo’ladi. Bolalar hayvonlar haqidagi ertaklarni
hayajon bilan tinglab, ular mazmunini ifodalovchi rasmlarga hayrat bilan qarashadi,
rasmlar ma’nosini o’zlaricha tushunadi va tushuntirishga intiladi. Bunday intilish
zamirida kichkintoy nutqida o’zgacha emocionallashuv jarayoni sezila boshlanadi.
Bolalardagi bunday insoniy sezgirlikdan hayratlangan L.Tolstoy ayrim noshud
yozuvchilarning tildagi no’noqliklariga ta’na qilib: «Bola so’z yasash qonunlarini sizdan
ko’ra yaxshiroq anglaydi, chunki hech kim uningchalik tezlik bilan yangi so’z yasay
olmaydi,» –degan edi. Bolalar tilini uzoq kuzatgan K.Chukovskiy ham bu fikrni
tasdiqlaydi: «Ikki yoshidan boshlab har qanday bola qisqa muddat ichida «daho tilchi»
darajasiga ko’tariladi,» - deya e’tirof etgan edi. Bolalar uchun asar yozganda ana shu
fazilatlarini inobatga olib, ularga atroflarini o’rab olgan hayotni anglab olishlariga,
hayotsevarlik tuyg’ularini shakllantirishga, narsalar haqida o’z tushunchalarining qaror
topishiga, shularni imkoniyatlari ko’taradigan darajaga xizmat qiladigan so’z zaxiralarini
muttasil boyitishga ko’maklashish maqsadi ko’zlanmog’i shart. Shundagina asarni o’z
vazifasini muvaffaqiyatli bajargan deb hisoblash mumkin.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga mo’ljallangan asarlarga oid xususiyatlar. Bu
yoshdagi bolalarning ichki olami ancha murakkab. Ular hali ko’p narsalarni bilmaydi,
lekin bilishdan iborat ichki jarayonni kechishga kirishadi; bilish-ular uchun o’ziga xos
ma’naviy ehtiyojga aylana boradi. Yanush Korchak ular tabiatiga xos ana shu
xususiyatini ta’riflab yozgan edi: «Bolalarga o’zlari sezgan va oylaganlarini gapirib
berish g’oyat qiyin, chunki ularni so’zda ifodalashga to’g’ri keladi. Bundan ham
og’irrog’i esa-yozish. Lekin bolalar shoir va faylasufdirlar.» Chindan ham shunday.
Bolalar tabiatidagi «shoirlik»-ularning hamma narsadan hayratlanishlari, har bir
hodisadan hayajonlanishlari bo’lsa, «faylasuflik» - hayratni va hayajonni qo’zg’agan shu
narsalar va hodisalarning asl mohiyatiga qiziqishlaridir. «Bu nima?», «Bu nega bunaqa?»,
«U nima deydi?», «U nega katta yoki nega kichik?», «U qanday o’sadi?», «Nega qattiq?»,
«Nega yumshoq?», «Suv nega qotadi?», «Quyosh qanday qizitadi?», xullas, shu xildagi
sanoqsiz savollar bu yoshdagi bolalarning qiziqishlari hosilasi bo’lib, ana shu savollarga
topgan va topolgan javoblari-olamni o’zlashtirish yo’llaridir. Olam ular uchun jumboqqa
aylanarkan, ularning o’zlari ham «nimavoy»ga aylanishlari tabiiydir. Shu ma’noda N.
Nosov yaratgan Pochemuchka (Nimavoy-o’zbek tilida Bilmasvoy tarzida tarjima
qilingan)-bu yoshdagi bolalarning umumlashma obrazi darajasiga ko’tarilgan. Bunday
umulashma obrazni Q.Muhammadiyning «Tabiat alifbesi» turkumiga kiruvchi lirik
qahramon timsolida ham ko’rish mumkin. U ham butun vujudi bilan «Yong’oqni nega
yong’oq deymiz?» yoki «Yong’oqning qobig’i nega qattiq?» «Olcha nega qip-qizil?»,
«O’rik nega sarg’ayib pishadi?», «Jiydaning shoxi nega egig?», «Shaftolining bargi nega
achchiq?», «Sada nega meva qilmas?», « Dada, bog’bon nega tokni qirqib turadi?» yoki
«Tok daraxti bir xilu uzumlari nega har xil?», «Mol nega kavsh qaytaradi?», «Chittak
nega chittak?», singari son-sanoqsiz savollarga aylangan. Kimgadir bular g’ayritabiiy
tuyulishi mumkin, shu boisdan ularning g’ashlari qo’zg’ab «katta bo’lganingda bilasan»,-
deya bolani hatto jerkishgacha borishlari mumkin. Bunday qilish bola qiziqishlariga
to’g’on solishga teng bo’lib, unda hamma narsaga befarq qarash maylini kuchaytiradi.
Befarqlik esa bora-bora bolani ijtimoiy lanjlikka giriftor qiladi.
Bola ma’naviy ehtiyoji hosilasi sifatida tug’ilgan mazkur savollariga ilmiy javobni ham
u idrok qila olmaydi, aksincha, yana savoldan savol chiqaradi. Buning ijobiy tomoni
shundaki, bolalardagi qiziqish so’nmaydi, bilaks yana rivojlanadi. Q.Muhammadiy bu
savollarga poetik javob berish maqsadida «nima to’g’risida asar yaratmasin, nima haqda
gapirmasin, doim o’sha narsadan inson hayotini ko’zda tutib, ma’no izlaydi. Shoir shu
ma’noni topadi ham. Bu ma’no doim bolalarning hayotdan oladigan birinchi
taassurotlarini izohlaydi, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladi.» Eng muhimi,
bolada insonni sevish, kasbu koriga rag’bat bilan qarash, shu asosda hayotni anglash va
sevish tuyg’usini ardoqlab o’stiradi. Buning yorqin dalili sifatida «Tok daraxti bir xilu
uzumlari nega har xil?» savoliga javob tarzida bitilgan she’rni ko’zdan kechirish kifoY.
Bolam, tok ham bog’boni biladi.
Xizmatiga yarasha uni hurmat qiladi.
Lekin rahmat aytmoqqa tokning tili yo’q,
Tili tugul, hatto og’iz, dili yo’q.
Yaproqlari shildirar, gaplari duduq.
Shildirar-shildirar so’zlolmas aniq.
Shuning uchun hosiliga zo’r berar,
Mayiz, shinni, sharbatiga zeb berar.
Tok oshiga kovatok yaproq tizimi,
Rango-rang ajoyib ming xil uzumi...
Xuddi bizning «rahmat» so’zimiz kabi.
«Yasha», «tashakkur», «ofarin», «balli»,
«Qoyil», «tasanno» deganday bari
Husayni, hasayni, sohibi degan,
Qirmizka, echkiemar, toifi degan,
Charosu, buvaki, shakarang guli,
Kishmish, shivirg’oni, yakdona xili,
Daroyi, chillaki, naychasi ham bor;
Bir-biriga o’xshamas, raxmati-ming bol.
Shunday, o’g’lim, toklarning uzumi har xil,
Bu-tokning bog’bonga rahmatlari, bil!
Shoir tokka insonga xos fazilatlarni ko’chirarkan, bog’bon mehnatini
sharaflashi, pirovard – natijada esa bolalarda shu kasbga muhabbat uyg’otishni ko’zlaydi.
Bu-masalaning axloqiy tomoni. Uning ma’rifiy tomonida esa, jonlantirilgan tok
yaproqlari-yu uzum turlari va ulardan tayyorlanadigan mayiz, shinni, sharbatlar,
qolaversa, «tok oshiga kovatok yaproq tizimi» haqidagi ma’lumotlar turadi. Shularning
bari birgalikda bolakay ma’naviy dunyosiga aylana boradi. Ko’rinadiki, maktab
yoshidagi kichkintoylar tabiatiga xos «shoirlik va faylasuflik» ular uchun yoziladigan
asarlar mavzu doirasining keng, g’oyaviy-badiiy jihatdan sodda va tabiiy bo’lishini
taqozo etadi, bu jarayon bola ulg’ayishi bilan oddiylikdan murakkablik tomon yo’g’rilib
bormog’i darkor. Negaki, ruhshunoslarning ma’lumotlarga ko’ra, bu yoshdagi bolalar
dastlabki bosqichda 3600 tacha so’zdan foydalanishadi. Etti-to’qqiz yasharliklarida
hayvonlar, qushlar, hasharotlar, nobotot va boshqa narsalarga oid ertaklarga qancha
qiziqishsa, insonlar va ularning o’zaro munosabatlarini ifodalovchi asarlarga qiziqishlari
ham shuncha orta boradi. Bolalar yozuvchilarning vazifasi shu ishtiyoqni alangalatishdan
iborat.Bunda shu yoshdagi o’quvchilarning hayot tajribalarini umumlashtirish negizida
ijtimoiy voqelik mohiyatini ochib berish ular dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir
qo’rsatuvchi vosita sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu yoshdagi bolalar folklordan kengroq bahramand bo’la boshlaydilar: tez
aytishlar mashqi bilan nutq tovushlari talaffuzini ravonlashtirsalar, chandish oynab
so’zlar ohangdoshligini idrok qiladilar; guldur-guplar vositasida so’z va harakat
uyg’unligini his etsalar, topishmoqlarni echish jarayonida zehnlarini charxlay boradilar.
Hayvonlarga oid ertaklarga qiziqishlari sehrli-fantastik va hayotiy-maishiy ertaklarga
omuxtalashib, ular hisobiga to’lisha boradi va xayollariga parvoz bag’ishlay boshlaydi.
Hayotiy-maishiy ertaklarni o’qish jarayonida real hayot hodisalariga qiziqishlari uyg’ona
boradi. Ertakka bu xildagi ma’naviy chanqoqlik turli xalqlar ertaklarini ham, shuningdek,
yozma adabiy ertaklarni ham sevib o’qishga chog’laydi: Sharl Perro, aka-uka Grimmlar,
Hans Kristian Andersen, Petr Ershov asarlarini, ayniqsa, bolalarga moslashtirib tabdil
qilingan «Ellada qahramonlari», E. Rapsening «Baron Myunxauzenning sarguzashtlari»,
shuningdek, A. Tolstoyning «Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari»,
Leonid Solovevning «Nasriddin afandi sarguzashtlari», Sh.Sa’dullaning «Yog’och
qo’g’irchoq yoki Kachal polvon sarguzashtlari» ertak-qissalarini, Turg’unboy
/oyibovning adabiy-nasriy ertaklarini zavqu shavq bilan o’qiydilar. Multfilmlarga va
qo’g’irchoq teatrlari spektakllariga o’chliklari zamirida ham aslida ertakka extirosli
qiziqishlari yotadi. Shu zaylda ular /./ulom, H.Olimjon, S.Jo’ra, Z.Diyor,
Q.Muhammadiy,
Sh.Sa’dulla,
I.Muslim,
A.Rahmat,
Q.
Hikmat,
P.Mo’min,
T.Adashboev, M.A’zam, A.Obidjon va boshqalarning quvnoq she’r va qo’shiqlarini,
dostonlari va she’riy ertaklarini; H. Nazir, X.To’xtaboev, N.Fozilov, M.Osim, T.Malik,
H.Shayxov, S.Barnoev, F.Musajon, O.Husanov va boshqalarning hikoya, qissa va
ramanlarini o’qib, hayot hodisalari mohiyatini anglashga intiladilar, maktab turmushi,
o’qish va mehnatning bola shaxsini shakllantirishi va toblashi, bolalar va kattalar
munosabatlari asoslaridan badiiy zavq oladilar.
Bu yoshdagi kichkintoylarga, ayniqsa, harbiy vatanparvarlik va Vatan tarixi
haqidagi badiiy asarlar behad zarurdir. Ularga xorijdagi tengqurlari hayoti haqidagi
asarlar ham alohida qiziqish uyg’otadi. Bu jihatdan ham milliy adabiyotda yaratilgan
«Qonli barmoqlar», «Zafar va Zahro» (Oybek), «Dunyo bolalari» (A.Muxtor),
«Mo’g’tilal» (Mirmuhsin), «Afg’on hikoyalari» (S.Barnoev) qatorida mashhur italyan
bolalar adibi Janni Rodarining «Chipollinoning boshidan kechirganlari» , «Jelsomino
yolg’onchilar mamlakatida», «Muzqaymoqdan qurilgan shahar», shved bolalar adibasi
Astrid Lindgrenning «Mittivoy va tomda yashovchi Karlson haqila ikki qissa», polyak
Yanush Korchakning «Qirol Matiush birinchi», shuningdek, qardosh xalqlar bolalar
adabiyotlarining eng sara namunalari alohida qimmat kasb etadi. Bu xildagi asarlar
bolalarda baynalmilal hamkorlik va hamdardlik tuyg’ularini tarbiyalaydi, ularning olam
va
odamlar
haqidagi
bilimlarini
boyitadi,
lug’at
boyliklarini
oshiradi,
dunyoqarashlarining
shakllanishiga,
insoniy
fazilatlarining
tarkib
topishiga,
xarakterlarining toblanishiga ta’sir ko’rsatadi, qisqasi, badiiy adabiyot ular uchun
chinakamiga «hayot darsligi»ga aylana boradi.
O’smirlarga oid badiiy asarlarga qoyilgan talablar. O’smirlik kattalar
olamiga nomzodlik bosqichi bo’lib, bolalik bmlan xayrlashish va kattalarga ergashishdan
iborat oralig’dir. U birinchi muchalni to’ldirib, ikkinchisiga qadam qoyish bilan
boshlanadi va o’rta yasharlik-o’smirlik pallasiga kirishning ilk bosqichi hamda katta
yasharlik-yoshlikka tayyorlanish tarzida namoyon bo’ladi. Binobarin, o’smirlik ham
jismoniy, ham ma’naviy-axloqiy balog’atga etishuv bo’sag’asidir.
O’rta yosh boshlanishi bilan o’g’il va qiz bolalarda jinsiga daxldor xislatlar
shiddat bilan rivojlana boshlaydi, avvalo, ovozlari farqlana boshlaydi: o’g’il bolalarda-
erkaklik va qizlarda ayolikka xos biologik unsurlar ko’zga tez tashlana boshlaydi. Bu
jarayon ma’naviy rivojlanishdan o’zadi, natijada o’smirlar hatti-harakatida, yurish-
turishida o’zgachaliklar, aniqrog’i, beqarorlik, oqibatini oylamay ish qilish,
mulohazasizlik, o’ziga bino qoyish holatlari uchray boshlaydi. Aslini olganda, bunday
holat asosini bolalik olami bilan xayrlashish va kattalar olamiga da’vogarchilikdan iborat
murakkabliklar tashkil etadi, o’smirlarda sodir bo’luvchi ma’naviy o’sishning jismoniy
va biologik rivojlanishdan bir muddat orqada qolishi goho ularga pand beradi, ular
bunday vaziyatda o’zlarini aql bilan boshqarolmay qoladilar, shu bois o’smirlar tarbiyasi
og’ir kechadi. O’smirlarga mo’ljallangan badiiy adabiyotning vazifasi, avvalo, ana shu
murakkab jarayonni chuqur va beran badiiy tadqiq etib, ularning ma’naviy kamoloti
ehtiyojlarini qondirish, ularda chinakam insoniy fazilatlarning tarkib topishida faolroq
ta’sir ko’rsata bilishdan iborat. Eng muhimi, o’smirlarga mo’ljallanib yozilgan badiiy,
ma’rifiy, fantastik va publicistik asarlar ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashi,
dunyoqarashlarini shakllantirishi, yuksak axloqiy fazilatlarni singdirishga xizmat
qilmog’i shart. Necha asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan boy madaniyat, mehnatkash
xalqning o’z erki, Vatan mustaqilligi uchun olib borgan kurashlari, mehnatning barcha
farovonliklar omili ekanligi, halollik, do’stlik, rostgoylik, qo’rqmaslik, fidoiylik va
boshqa insoniy fazilatlar o’smirlar adabiyotining asosiy mavzulari bo’lishi mumkin.
O’smirlik-o’ziga sig’a bilmaslik, jussaning to’lisha borayotgan kuchini racional
boshqara olmaslik davri. Ha, goyo qo’lini cho’zsa, narvonsiz ham yulduzga etguday his
etadi, goho o’smirlar o’zini. Ularga ana shu jarayonni ongli ravishda anglay olishlarida
sehrli-fantastik ertaklarga bo’lgan rag’batlarini ilmiy-badiiy fantastikaga yo’g’irish
samarali natija beradi. Aytaylik, Jyul Vernnning «Kapitan Grant bolalari», «Ostin-ustun»,
«Havo sharida besh hafta», «Sirli orol», «g’aroyib sarguzashtlar», A.Tolstoyning
«Injener Garinning mo’’jizasi», «Aelita», A.Belyaevning «Jahongir», «Prafessor
Douelning boshi», A.Kazancevning «Yonuvchi orol», I.Efremovning «Odam-amfibiya»,
«Andromeda tumanligi», ilmiy-fantastik romanlari qatorida o’zbek fantastikasi
namunalarini tavsiya etish mumkin.
O’zbek ilmiy-badiiy fantastikasi 20-yillarda Abdurauf Fitrat va Abdulla
Qodiriylar ijodida kurtak yozgan bo’lsa-da, asosan, 60-yillardan e’tiboran chinakam
jonlanish jarayoniga kirdi. Bugungi kunda o’zbek fantastikasining «Rene jumbog’i»,
«Ajdodlar xotirasi», «/aroyib ko’lanka», « Jodugarning eli», «Telba dunyo», «Ikki jahon
ovorasi», «Tutash olamlar», (H.Shayxov), «Hikmat afandining o’limi», «Somon yo’li
elchilari», «Falak», «Chorrahada qolgan odamlar» (T.Malik), «Men- men emas»,
«Mangu kuy izlab», «Teskari ko’zlilar sayyorasi», «Rayhondagi zarpechak»,
(M.Mahmudov), «Ming bir qiyofa», «Ko’zgu oldidagi odam» (O.Muxtor) singari
e’tirofga sazovor qissa va romanlardan iborat namunalari paydo bo’ldi. Bu asarlar
o’smirlar tafakkurini teranlashtiradi, dunyoqarashlarining shakllanishiga, xayol qila
bilish salohiyatlarining takomillashuviga, taxayyullotlarining uchqurlashuviga kuchli
ta’sir ko’rsatadi.
O’smirlar tabiatiga xos ilmiy-badiiy fantastikaga o’chlik, o’z navbatida,
ma’rifiy-badiiy (poznavatelnoy) asarlarga qiziqishlarini inkor etmaydi, balki bu jarayon
bir-biriga omuxta holda kechgandagina katta natijalar beradi. Taassufki, o’zbek bolalar
yozuvchilari mahrifiy-badiiy asarlar yaratishda qarzdor bo’lib qolmoqdalar. Fan va
badiiyat sintezidan iborat holda asarlar ijod etishda rus o’smirlar adabiyoti katta tajriba
to’plagan, ularda ma’rifiy-badiiy asarlar alohida yo’nalishni tashkil etadi va turli-tuman
mavzulardagi ko’rinishlarga ega adabiyot sifatida shakllangan. Kishilik bilimlarining
barcha tarmoqlarida qiziqarli hikoyalar, qissalar va romanlar yaratilgan bo’lib, ularni
mazmun-mundarijasiga
ko’ra:
tarixiy-badiiy,
fizikaviy-badiiy,
kimyoviy-badiiy,
geologik-badiiy, biologik-badiiy va hokazo ko’rinishdagi asarlar guruhlariga bo’lish
mumkin. Bu silsilaga mansub asarlardan dunyoda turli xildagi elatlar va xalqlarning
paydo bo’lish sabablarini hikoya qiluvchi R. Podolniyning «Xalqlarning yo’llari», turli-
tuman tillarning yuzaga kelish tarixini bayon etgan L.Uspenskiyning «Til yo’llari va
so’qmoqlarida», Ed. Vartanyanning «So’zning tug’ilishi», jangovar harbiy san’at
sabog’idan iborat V.Abchukning «Buyuk sarkardalar sinoati», Irina Uvarovaning
«Tuproq, suv va olov», Viktor Komarovning «O’zligim bilan olishuv», Eduard Shimning
«Yog’och kitob», G.Elizavetinning «Pulnoma», Viktor Drachukning «Yozuvlar-o’tmish
sirlari shohidi» kabi o’nlab ko’rkam namunalarini ko’rsatish mumkin. Shuningdek,
fanning turli tarmoqlarida o’smirlarbop qilib yaratilgan xilma-xil qomuslar, qiziqarli
kitoblar va hatto maxsus «O’rgan va bajar» ruknida uzluksiz chop etilayotgan
S.Gazaryanning «Go’zallik o’z qo’llarimizda» N. Kolpakovaning «Qo’shiq ovchilari»
singari ma’rifiy-adabiy kitoblar hayot haqidagi ilmiy tasavvurlarini chuqurlashtirishdan
tashqari kelajakda kim bo’lishlarini ham oylab ko’rishga undaydi. Shunisi ajablanarliki,
o’zbek bolalar adabiyotida ma’rifiy-badiiy yo’nalishida ijod etish hamon oqsab kelayotir,
bu sohadagi boshqa xalqlar adabiyotlaridagi ilg’or tajribalar sekinlik bilan
o’zlashtirilayotir.
O’smirlar hayotga mustaqil nazar solishga intiladilar. Ular hayotdagi har bir
voqea va hodisaning ijtimoiy-axloqiy mohiyatini anglashga, undan o’zlariga saboq
chiqarishga harakat qiladilar. Shu jarayonda ularda fuqarolik tuyg’ulari teranlasha va
takomillasha boradi, jamiyat va Vatan oldidagi burch va mas’uliyatlarini anglash istagi
uyg’ona boshlaydi. Bunda ularga S.Ayniy, Oybek, A.Qahhor, N.Safarov, O.Muxtor,
T.Malik va boshqalar yozgan biografik va avtobiografik asarlar, memuarlar ayricha ta’sir
ko’rsatadi. Shu tahsir chuqurlashgani sayin o’smirlar tabiat va jamiyat sirlaridan ogoh
bo’lishni, jamiyat taraqqiyotiga sezilarli mehnati singgan kishilar hayotini o’rganishni
xohlab qoladilar. O’smirlardagi bu ma’naviy ehtiyojni o’z zamonidayoq payqagan
Maksim Gorkiyning XX asrning 30-yillarida «Ajoyib kishilar hayoti» ruknida badiiy-
biografik asarlar ijod etish tashabbusi bilan chiqqan edi. Shu munosabat bilan ulug’
tabiatshunos olim K.Timiryazevga-Charlz Darvin, Romen Rollanga-Betxoven, Fritof
Nansenga-Kolumb, Gerbert Uellsga-Edisson, Alfons Shatobrionga-Janna-d’ Ark, Ivan
Buninga-Servantes biografiyalarini aks ettiruvchi ilmiy-badiiy badialar yozishni so’rab
murojaat qilgan edi. O’zi esa Italiyaning milliy qahramoni Garribaldi haqida shunday asar
yaratmoqchi bo’ldi. 1933-yilda qaror topgan bu ruknda mashhur yozuvchilar, olimlar,
bastakorlar, davlat arboblari, harbiy sarkardalar, mashhur razvedkachilar, jahon
urushlarining qahramonlari, mohir hunarmandlar, mehnat qahramonlari hayoti va ijod
yo’lining badeasimon tadqiqotidan iborat mingga yaqin asar yuzaga keldi. Shunisi
quvonchliki, yakunlangan asrning etmishinchi yillariga kelib, bu ruknda asarlar ijod etish
an’anasi o’zbek ijodkorlari faoliyatida ham ko’rina boshladi.Endilikda Aziz
Qayumovning «Alisher Navoiy», «Abu Rayhon Beruniy», «Abu Ali ibn Sino»; Laziz
Qayumovning «Hamza»; Naim Karimovning «Hamid Olimjon», «Oybek», «Cho’lpon»,
«Usmon Nosir»; Adham Akbarovning «G’afur G’ulom»; Ozod Sharafiddinovning
«Abdulla Qahhor»; Bo’riboy Ahmedovning «Mirzo Ulug’bek», «Amir Temur»;
B.Reskov va G.Sedovlarning «Usmon Yusupov»; Radiy Fishning «Jaloliddin Rumiy»;
Otayorning «Mirtemir», «Islom shoir»; Habib Karimovning «O’ral Tansiqboev» singari
asarlari shu yo’nalishdagi izlanishlarning samaralari bo’lib, o’zbek voqeligini ilmiy-
ma’rifiy asosda badiiy tadqiq etganligi bilan e’tibor qozonib borayotir. Bunday asarlar
o’smirlarni insonparvarlik ruhida, tarixiy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalaydi,
ularning kasb tanlashlariga ko’maklashadi, ajdodlar jasoratidan iftixor qilish tuyg’ularini
qo’zg’atadi, chinakam vatanparvar va mehnatkash inson sifatida kamol topishlariga ta’sir
ko’rsatadi.
O’smirlik-qizlar va o’g’il bolalar o’rtasida bir-birlariga nisbatan o’rtoqlik, havas
va muhabbat bilan talpina boshlash pallasi. Binobarin, ularda sevish-sevilish mavzuidagi
asarlarni o’qishga alohida rag’bat bilan qarash kuchayadi. Shu rag’batni qondirishda H.
Nazirning «Lochin qanotlari», «Kenjatoy», «Tohir-Zuhra qissasi», shuningdek,
A.Aleksinning «Akam klarnet chaladi», «Kolya Olyaga yozadi, Olya Kolyaga yozadi»
singari asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu asarlar o’smirlikka xos tuyg’ularning
yuksak axloqiy ideal darajasida kamol topishiga tahsir ko’rsatadi.
Modomiki, o’smirlar kattalar safini to’ldiruvchi avlod sifatida tarix sahnasiga
chiqib borisharkan, kattalar olamiga xos ma’naviy fazilatlarini kasb etmoqlari zaruriyatga
aylanadi. Shu ma’naviy zaruriyat tufayli ular o’qishi doirasiga kattalar adabiyoti
namunalari ham kira boradi va o’smirlar kitobxonligi doirasini kengaytiradi. Bunda
nafaqat o’zbek adabiyoti vakillari, balki jahon adabiyotining barcha zabardast
namoyandalarining kishilik ma’naviyati taraqqiyotida muhim qimmat kasb etgan
asarlarini o’qish, ulardan saboq va zavq olish, shu asosda jahon xalqlari turmushi, orzu-
intilishlari, kurashi va mag’lubiyatlaridan ogoh bo’lish – o’smirlar dunyoqarashi
o’sishining asosiy omiliga aylanadi.
Har bir avlod farzandlariga o’z tajribalarini singdirishga intilishi ayon haqiqat,
binobarin, o’smirlar ham o’z ota-onalari to’plagan hayotiy tajriba va an’analardan
oziqlanib yashaydilar, biroq har bir avlodning yangi tarixiy sharoitda yashashiga,
o’sishiga va kurashishiga to’g’ri keladi. Shunday bir jarayonda navqiron avlod ajdodlari
hayotiy tajribalaridan nimalarnidir o’zlashtiradi, nimalarnidir rad etadi va o’zi ham
nimalardir yaratishga intiladi, shu zaylda kattalarning murakkab olamida o’z mavjudligini
tan oldirish uchun kurashishiga to’g’ri keladiki, bu jamiyatda avlodlar almashinuvi
jarayoniga xos abadiy muammo-«otalar va bolalar» muammosini har bir zamonning
o’zigagina xos qilib kun tartibiga qoyaveradi. Bu esa, o’smirlar adabiyoti oldiga yosh
avlodni kelajakka ishonch bilan qaray bilishga, hayotda o’z o’rnini topa olishga o’rgatish
vazifasini qoyadi, natijada bolalar adabiyotida ham zamonaviylik dolzarb muammoga
aylanadi; zamonaviylik uning ham qalbi darajasida mohiyat kasb etadi. Bolalar
adabiyotidagi zamonaviylik tarixiylikni inkor etmaydi. Bolalar adibi xalq va Vatan
o’tmishi haqida hikoya qila turib, bugunning haqiqatini tasdiqlaydi, shu fazilati bilan
zamonaviylik tarixiylik zamirida voqe bo’ladi. U bolalarning qobiliyatini nazarda tutib
o’tmishni ham, bugunni ham, kelajakni ham keng va aniq ko’rsatadi, teran ifoda etadi.
Yuqoridagi mulohazalar shuni ko’rsatayotirki, bolalarga mo’ljallangan «kitob
bir-biridan ajralib turuvchi uch tilda yaratilmog’i darkor, ne uchunki bola besh
yasharligida bir tilda gapirsa, o’n yasharligida boshqacha bir tilda va o’n besh
yasharligida uchinchi bir tilda so’zlaydi.» Shu bois kitob qaysi yoshdagi bolaga
mo’ljallangan bo’lsa, o’sha yoshdaligida o’qilganda ijtimoiy-estetik ta’siri kutilgan
darajada bo’ladi, kechikib o’qilganda esa bunday ta’sir kuchiga ega bo’lmaydi, aniqrog’i,
ta’siri zaiflashadi.
Bolalar adabiyotining yoshga nisbatan mo’ljallanganligi qotib qolgan hodisa
ham emas, u zamon va insonlar o’zgarishi bilan didaktik mohiyat kasb eta boradi.
Binobarin, bolalar kitobining adresliligi doimiy harakatda bo’ladi: aytaylik,ijtimoiy-
estetik taraqqiyot chuqurlasha borishi bilan bolalarning yosh xususiyatlari ham
o’zgaradi,davr o’zgarishi bilan avlodlar o’zgaradi, insoniyat mutassil to’lishib, yasharib
borarkan, uning qiziqishlarida ham bu zuhur topadi. Natijada qachonlardir kattalar
ma’naviy mulki sanalgan ertaklar va topishmoqlar endilikda, asosan, bolalar ma’naviy
ehtiyojlari qondirgichiga aylangani kabi yozma adabiyotda ham aslida kattalarda
mo’ljallanib yaratilgan Ubayd Zokoniyning «Mushuk ila sichqon qissasi», Sayido
Nasafiyning «Kim zo’r» kabi asarlari, shuningdek, A.S.Pushkinning qotor she’riy adabiy
ertaklari bolalar o’qishi doirasiga kirib borgani tabiiydir.
Rost, bolalarga atalgan kitoblar orasida shunday namunalari ham borki, bir
o’qigandayoq vazifasini o’tab bo’ladi, ularni ikkinchi o’qishga ehtiyoj qolmaydi; biroq
shunday namunalari ham mavjudki, belgilangan adresati yoshiga nisbatan ma’naviy
o’sish sari yo’naltira biladigan imkoniyati cheksiz. Bunday asarlar ko’p qatlamli bo’lib,
qaysi yoshdalikda o’qilishidan qathiy nazar, o’quvchiga g’oyaviy-estetik zavq bag’ishlay
oladi. Bunday kitoblar yuksak talant bilan yaratilgan ma’naviy obidalar sifatida
bolalarning yangi va yangi avlodlarini to’lqinlantiravervdi, shu zaminda avlodlarni bir-
birlariga tutashtiruvchi ma’naviy ko’prikka aylandi.
O’zbek bolalar adabiyoti-bolalar hayotining o’ziga xos qomusi, unda
bolalarning oilada, bog’chada, maktabda va tengqurlar davralarida, shuningdek,
oyinda,o’qishda, mehnatda, tengqurlari yoki kattalar bilan munosabatdan iborat jo’shqin
hayoti aks etgan. Binobarin, u xalq turmushining ham ko’zgusidir. Chunki bolalar taqdiri
xalq va Vatan taqdiri bilan uzviy bog’langan. Bolalar adabiyoti shu aloqadorlikni butun
go’zalligi va murakkabligi bilan ifodalaydi, bu esa uninig mahrifiy qimmatini belgilaydi.
Bolalar adabiyoti muayyan g’oyalarni mavhum tushunchalarda emas, balki bolalarning
«predmetli» tafakkuriga va tasavvuriga mos badiiy obrazlarda ifodalab, ular ongiga his
tuyg’ulariga va xayolotiga ta’sir ko’rsatadi, ularning kelajagi buyuk ozod va obod
Vatanning, erkin va demokratik jamiyat qurayotgan xalqning bunyodkor va kurashchi
farzandlari qilib tarbiyalashga xizmat qilaveradi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Bolalar adabiyoti istilohi dastlab qaerda va qachon qo’llanila boshlandi?
Fan sifatida-chi?
2. O’zbek bolalar adabiyotiga oid darsliklar haqida fikr yuriting.?
3. O’zbek bolalar adabiyotining paydo bo’lish omillarini bosqichma-bosqich
tavsiflang?
4. Bolalar adabiyotining paydo bo’lishidagi ijtimoiy voqelikning roli
deganda nimani tushunasiz? Genezis , deganda-chi?
5. Bolalar adabiyoti va kitobxonligi tushunchalari haqida nimalarni bilasiz?
6. Bolalar kitobxonligiga doir keng va tor ma’nolar mohiyati nimalarda
zuhur topgan?
7. Ulug’ munaqqid V.G.Belinskiy quruq pand-nasihatdan iborat didaktik
adabiyotga qanday munosabat bildiradi?
8. Bolalar adabiyotining asosiy maqsad va vazifalari haqida nimalarni
bilsiz?
9. Bolalar adabiyoti va umumbadiiy adabiyot o’rtasidagi farqli va mushtarak
xususiyatlar nimalardan iborat?
10. Bolalar adabiyotining ikki yo’nalishdaligi nimada ko’rinadi?
11. Bolalar adabiyotidagi tasvirning o’ziga xosligini qanday izohlaysiz?
12. Korney Chukovskiyning «Ikkidan beshgacha» asari qanday munosabat
bilan yozilgan? Asar g’oyaviy mundarijasi haqida fikr yuriting?
13. Lirik yoxud komik maylning kuchliligi asarlarda qanday ko’rinadi?
14. Bolalarbop asarlardagi xarakter va hodisalar ifodasida dinamikaning
yorqinligini misollar asosida tushuntiring?
15. Bolalar kitobatchiligi haqida nimalarni bilasiz?
16. Animal kitob nima? Komikslar-chi?
17. Bolalar kitoblarini bezashda musavvir qanday mas’uliyatga ega? Noshir
va adiblarchi?
18. Bolalar adabiyoti boshqa fanlar bilan o’zaro qanday munosabatda
bo’ladi?
19. Ilmiy-ma’rifiy adabiyot haqida nima deya olasiz?
20. Bolalar adabiyotidagi adreslilikni qanday izohlaysiz?
21. Pedagogika va psixologiyada bolalarning yosh xususiyatlariga ko’ra
guruhlanishini tushuntiring?
22. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi haqida nimalarni
bilasiz?
23. Kichik maktab yoshidagi bolalarga mo’ljallangan badiiy asarlar qanday
specifik xarakterga ega?
24. O’smirlar kitobxonligida qaysi yo’nalishdagi asarlar yetakchi ahamiyat
kasb etadi?
25. O’zbek bolalar adabiyotining yetuk nazariyotchilari, tadqiqotchi
olimlaridan kimlarni bilasiz va ularning qanday asarlari sizga ma’lum?
26. O’zbek bolalar adabiyoti tarixi fanining dolzarb ahamiyati to’g’risida
mulohaza yuriting?
MAVZUGA DOIR TEST SAVOLLARI:
1.«Bolalar adabiyoti» istilohi dastlab qachon va qaerda qo’llanilgan?
A. eng qadimgi davrlarda, xalq ijodida;
B. o’rta asrlarda, yozma adabiyotda;
C. XX asrning 20-yillarida,davriy matbuot maqolalarida;
D. mustaqillik yillarida, tadqiqotchilar ishida.
2. O’zbek bolalar adabiyotining fan sifatida takomillashuvi va unga doir
darsliklarning chop qilinishi to’g’ri qayd etilgan javobni aniqlang?
A. XX asrning o’rtalari, 1953, 1967, 1973, 1976,1978, 1981,1989;
B. XX asr boshlari.1905,1910,1937,1953,1981,1989;
C. X1X asr oxiri.1889,1898,1900,1913,1917.
D. to’g’ri javob yo’q.
3. O’zbek bolalar adabiyotining paydo bo’lish omillari qaysi javobda
bosqichma-bosqich to’g’ri ifodalangan?
A. folklor, jahon adabiyoti, rus adabiyoti, mumtoz adabiyot, jadid
adabiyoti,mustaqillik davri adabiyoti;
B. ijtimoiy voqelik, xalq og’zaki badiiy ijodi, o’zbek mumtoz
adabiyoti,yangi realistik o’zbek adabiyoti, jahon va rus xalqlari bolalar
adabiyotini o’rganish va o’zlashtirish, ilk maktab darsliklari;
C. yozma yodgorliklar,xalq og’zaki ijodi, sho’ro davri mafkurasi,
mustaqillik davri adabiyoti;
D. barcha javoblar to’g’ri.
4. Bolalar kitobxonligi haqidagi tushuncha qaysi javobda batafsilroq qayd
etilgan?
A. umuman, kitob o’qish hodisasi,kattalar didi,hayotiy tajribasi
dunyoqarashiga mos holda yaratilib, bolalarning ham o’qish doirasida
amal qilgan hammmabop badiiy - ilmiy hamda professional bolalar
adabiyoti;
B. bolalarning o’zlari tomonidan ijod etilgan adabiyot namunalari;
C. kattalar uchungina daxldor badiiy adabiyot;
D. faqat bolalarga ixtisoslashgan, ulargagina mo’ljallangan adabiyot
namunalari.
5. Bolalar kitobxonligi va adabiyoti orasidagi tafovut qaysi javobda to’g’ri
ko’rsatilgan?
A. bolalar kitobxonligi og’zaki, adabiyoti esa yozma shaklda bo’lishi;
B. bolalar
kitobxonligi
kattalarga,
adabiyoti
bolalargagina
mo’ljallanganligi;
C. bolalar kitobxonligida didaktikaning ustivorligi, adabiyotida esa uning
ko’zga tashlanmasligi;
D. bolalar kitobxonligi ijtimoiy-estetik hodisa sanalib unda mantiqiy
tafakkurning ustivorligi, bolalar adabiyotida esa obrazli badiiy tafakkur
amal qilib, adabiy-estetik hodisa hisoblanishi.
5. boshdan-oxirigacha pand-nasihat asosida bitilgan asarlar bolalarni
kichkina keksalarga aylantirib qoyadi, bu ularni mustaqil fikrlash, tashabbuskor
bo’lishlari va ijodkorliklariga salbiy ta’sir qiladi,» -degan fikrni qaysi munaqqid
ilgari surgan?
A. V.G.Belinskiy;
B. N.L.Chernishevkiy;
C. N.A. Dobrolyubov;
D. P.Shermuhammedov.
6. Bolalar kitobxonligi mundarijasi qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan?
A.bolalar she’riyati, prozasi, dramaturgiyasi;
B. hammabop mumtoz nasihatnomalar,hikmatlar, ilmiy-
ma’rifiy yo’nalishdagi asarlar, bolalar badiiy adabiyoti;
C. xalq pedagogikasi , diniy-axloqiy adabiyot namunalari, bolalar o’qishiga
mo’ljallangan asarlar;
D. to’g’ri javob yo’q.
7. Badiiy adabiyotda obraz yaratuvchi yagona vosita qaysi javobda to’g’ri
ko’rsatilgan?
A. yozuv;
B. so’z ;
C. til;
D. tovushlar.
8. «Bolalar adabiyoti bu..» ushbu mulohaza qaysi javobda to’g’ri davom
ettirilgan
A. bolalarning o’zlari o’qishlari mumkin bo’lgan adabiyot;
B. ota-onalar o’qishiga mo’ljallangan adabiyot;
C. sodda mazmunga ega rasmli kitoblar majmui;
D. bolalarning yosh xususiyatlariga ko’ra ularga ixtisoslashgan professional
badiiy adabiyot namunalari;
9. Bolalar adabiyoti fanining ob’ekti qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. bolalar uchun yozilgan yuksak badiiy ijod namunalari va adiblar ijodi;
B. maktab darsliklari;
C. bolalar matbuoti;
D. kichkintoylar psixologiyasi.
10.Bolalar badiiy adabiyotining umumbadiiy adabiyot bilan munosabati
qaysi javobda o’z ifodasini topgan?
A. ular bir-biri bilan mutlaqo bog’liq emas, har biri alohida hodisa;
B. ularning har ikkalasi bir hodisa, alohida xususiyatlari yo’q;
C. bolalar adabiyoti umumbadiiy adabiyotning ajralmas tarkibiy qismi;
D. to’g’ri javob yo’q.
11. Bolalar adabiyotining umumbadiiy adabiyot bilan mushtarak
xususiyatlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?
A. so’z san’ati;
B. adabiy tur va janrlarning amal qilishi;
C. xalqchillik, haqqoniylik principlarining mavjudligi,
yuksak badiiylik;
D.barcha javoblar to’g’ri.
12.Bolalar badiiy adabiyotining umumbadiiy adabiyotdan tafovuti to’g’ri
ko’rsatilgan javobni aniqlang?
A. narsa va hodisalarga bolalar ko’zi bilan qaray bilish;
B. voqelikni bolalarcha idrok eta olish;
C. ularga bolalarcha munosabat ko’rsatish, hayratlanish;
D. barcha javoblar to’g’ri.
13. «..bolalarni ertaklarning fabulasi hammadan ko’proq qiziqtirsa,
kattalar uchun ularga singdirilgan g’oya muhimdir». Ushbu mulohaza muallifi
hamda u qanday munosabat bilan aytilganligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. A.P.Chexov. «Uyda» hikoyasining qahramoni misolida;
B. K.I.Chukovskiy. «Ikkidan beshgacha» asarida;
C. V.G.Belinskiy, rus bolalar adabiyoti namunalarini kuzatishi munosabati
bilan;
D. X.K.Andersen, bolalar adabiyotining ikki yo’nalishligini asoslash
munosabati bilan.
14.Bolalar adabiyotida tasvirning o’ziga xos xususiyatlari qaysi javobda
to’g’ri qayd etilgan?
A. badiiy obraz, voqelikning aniq va ko’rimliligi;
B. lirik va komik maylning kuchliligi;
C. tilning aniq va ravonligi, emocionalligi;
D. barcha javoblar to’g’ri.
Foydalanilgan asosiy adabiyotlar:
1. Arzamasceva I.N., Nikolaeva S.A. Detskaya literatura.M.:Akademiya, 2000.
2. Barakaev R. Abdulla Avloniy va bolalar adabiyoti. T.: Fan, 2004.
3. Barto A. O literature dlya detey. Detskaya literatura- 1970.-M.,1970.-S.3-28.
4. Belinskiy V.G., Chernishevskiy N.G., Dobrolyubov N.A. O detskoy literature.M.:
Det.lit.1983.
5. Ibragimova Z. Ideyno-xudojestvenno’e osobennosti uzbekskoy detskoy prozo’
doshkolnogo vozrasta: AD KFN. –T.,1990, s.27
6.Zubareva E.E.Stanovlenie teorii i kritiki detskoy literaturo’ v Rossii. V kn: «Detskaya
literatura»,M.,1985, str.75-87.
7.Safarov O. O’zbek bolalar adabiyotining specifik xususiyatlari.Kitobda:O’zbek bolalar
adabiyoti va adabiy jarayon.T.:Fan, 1989, 4-18-betlar; Yana: Oliy o’quv yurtida «Bolalar
adabiyoti» fani muammolari. «Til va adabiyot ta’limi» j.,1994, 2-3-son,4-6-betlar.Yana:
O’zbek bolalar adabiyoti tarixi mundarijasini belgilashga doir.-O’TA, 1998, 6-son, 63-
66-b., yana: Bolaning tili chiqdi.-Maktabgacha tarbiY. 1992, 1-son, 40-41-b.; yana:
Bolalar kitobatiga bir nazar. –Sog’lom avlod uchun.1997, 11-son, 22-24-b.
8.Svetlovskaya N.N., Piche-ool T.S. Detskaya kniga i detskoe chtenie. M.,1999.
9.Suyumov A.,Jumaboev M. Bolalar adabiyoti .Qo’llanma. T.:O’qituvchi, 1995.
10.Chukovskiy K. «Ot dvux do pyati», M., 1979.
11.Shermuhamedov P., Tursunov J., Safarov O., Egamov X. O’zbek bolalar adabiyoti.
Darslik- xrestomatiY.T.:O’qituvchi, 1976.
12. Qo’shjonov M. Katta hayot va jo’shqin lirika.-Kitobda:Quddus Muhammadiy. Tabiat
alifbesi. She’rlar. T.:Yosh gvardiya,1971, 3-b.