BOLALAR O‘YININI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGNING O‘RNI (O’YINNING MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGIK JARAYONIDAGI O’RNI, Bolalar o’yinlarida pedagogning rahbarlik qilishi)
Yuklangan vaqt
2024-04-26
Yuklab olishlar soni
7
Sahifalar soni
38
Faytl hajmi
199,0 KB
Ilmiybaza.uz
BOLALAR O‘YININI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGNING O‘RNI
KURS ISHI
Ilmiybaza.uz
1
MUNDARIJA
KIRISH
I
BOB
O’YINNING
MAKTABGACHA
TA’LIM
TASHKILOTI
PEDAGOGIK JARAYONIDAGI O’RNI.
1.1.O’yin faoliyati nazariyasi, bolaning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati.
1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayotini tashkil etishda o’yinning roli.
II BOB BOLALAR O’YINIGA PEDAGOGNING RAHBARLIK QILISHI.
2.1. Bolalar o’yinlarida pedagogning rahbarlik qilishi.
2.2. Pedagogning rahbarligi yordamida o’yinlar orqali jamoa qilib tarbiyalash.
XULOSA VA TAVSIYALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Ilmiybaza.uz
2
KIRISH
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 100-
maqsadida maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish
ustuvor vazifalardan biri etib belgilangani ham katta e'tiborga molik.
Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas qismiga
aylangan. Ta'limning mazkur bo'g'inini rivojlantirish, shu asnoda bolaning
intellektual shaxsini shakllantirish, ta'lim xizmatlarini yaratish orqali sifat
darajasini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani sohadagi izchil islohotlarning
natijasi
bo'lmoqda.
Jumladan,
Prezidentimiz
tomonidan
ilgari
surilgan
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida1 ham
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama, intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy
rivojlanishi
uchun
shart-sharoitlar
yaratish,
bolalarning
sifatli
maktabgacha
taʼlim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish
imkoniyatlarini
taʼminlash,
mazkur
soxada
davlat-xususiy
sherikligini
rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tizimiga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha taʼlimni
boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini
moliyalashtirish shaffofligi va samaradorliginy taʼminlash, maktabgacha taʼlim
tizimiga maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash,
malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni
joriy etish, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning sogʻlom va
balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini taʼminlash kabi bir
qator maqsadlar ilgari surilgan va bugubgi kunga kelib sohada qator o’zgarishlar
amalga oshirilmoqda. Haqiqatdan ham o‘yin har bir yosh bosqichda bolaning
tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har
tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning
1 O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida http://lex.uz//docs/-4327235
Ilmiybaza.uz
3
o‘yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin
doimo o‘zgarib turganligi tufayli bola o‘ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning
atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o‘ziga bo‘lgan turli munosabatlari mazmun
hamda shakl jihatdan har doim o‘zgarib turadigan o‘yin jarayonida namoyon
bo‘ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir
qancha shaxsiy fazilatlari o‘yin jarayonida bevosita rivojlanadi.
O‘yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati
shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o‘yin jarayonida faqat namoyon
bo‘libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o‘zlashtiriladi.
SHuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya’ni to‘g‘ri tashqil qilingan
o‘yin bola shaxsini har tomonlama o‘stiradi va shuning bilan birga bolaning butun
psixik jarayonlarida -sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol va irodani ildam
rivojlanishiga yordam beradi.
O‘yin o‘z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti -harakatlari va xulq-
atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo‘lishi tufayli bolalarda ma’naviy
sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob - axloq qoidalarini bilib olishlari
uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin jarayonida
tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo‘lsa, shu kasbga tegishli barcha
sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o‘yinga juda berilib ketsalar,
bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon
bo‘ladi. Bolalar uchun o‘yin mazmunining hech bir chegarasi yo‘q.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o‘z o‘yinlarida
aks ettira oladilar. O‘yinning ahamiyati bola shaxsining o‘sib kamolotga etishiga
ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. O‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak
atrofdagi dunyoni va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi.
Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o‘z-o‘ziga munosabati o‘zgarayotgan
o‘yinda namoyon bo‘ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (xavas) lari
bevosita o‘yinda ifodalanadi. O‘yin bolalarning xayolparastligi tufaydi narsalar va
Ilmiybaza.uz
4
kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga “o‘zgartirish” imkoniyatini
beradigan faoliyatdir.
Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin maktabgacha
yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim. vositasi, ularning
asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti
sifatida shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar,
pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari
diqqatini o‘ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muamolardan biridir .
Kurs ishining maqsadi: Bolalarni o’yinini tashkil etishda pedagogning o’rni va
ahamiyatini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Bolalar hayotini tashkil etishda o’yinning roli.
Ijodiy o’yinlar va ularning turlari
Bolalar o’yinlarida tarbiyachining rahbarlik qilishi.
Tarbiyachining rahbarligi yordamida o’yinlar orqali jamoa qilib tarbiyalash.
Kurs ishi obyekti: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining
tarbiyalanuvchilar bilan olib boradigan o’yin faoliyati.
Kurs ishi predmeti: Qoidali o’yinlar bolalarga talim berish shakli o’ziga
xosligining mazmuni.
Kurs ishi metodlari: ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan
foydalandik.
1) Kuzatish
2) Suhbat.
3) Savol javob.
4) Tajriba
Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Ushbu ishimizda, O’zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimi konsepsiyasi mohiyatini va uning
ahamiyatini o`rganib chiqamiz va tahlil qilib ma`lumotlar yig`amiz. To`plangan
Ilmiybaza.uz
5
ma`lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo’lajak mudiralar foydalanishlari
mumkin bo’ladi.
Kurs ishi tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va
tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
I BOB O’YINNING MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI
PEDAGOGIK JARAYONIDAGI O’RNI.
1.1.O’yin faoliyati nazariyasi, bolaning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati.
Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya
ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi
yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan boshichma - boshich ta’lim
tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash
zaruriyati yuzaga keladi.
Haqiqatdan ham o‘yin har bir yosh boshichda bolaning tevarak atrofdagi
hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga
qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘yin faoliyati mazmun
jihatdan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin doimo o‘zgarib turganligi
tufayli bola o‘ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga kishilarga,
narsalarga va o‘ziga bo‘lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har
doim o‘zgarib turadigan o‘yin jarayonida namoyon bo‘ladi. Bolalarning turli
ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari
o‘yin jarayonida bevosita rivojlanadi.
O‘yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun
ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o‘yin jarayonida faqat
namoyon bo‘libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi,
o‘zlashtiriladi. Shuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya’ni to‘g‘ri
tashkil qilingan o‘yin bola shaxsini har tomonlama o‘stiradi va shuning bilan birga
bolaning butun psixik jarayonlarida –sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol
va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi.
Ilmiybaza.uz
6
O‘yin o‘z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti–harakatlari va xulq-
atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo‘lishi tufayli bolalarda ma’naviy
sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob – axloq qoidalarini bilib olishlari
uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin jarayonida
tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo‘lsa, shu kasbga tegishli barcha
sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o‘yinga juda berilib ketsalar,
bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon
bo‘ladi. Bolalar uchun o‘yin mazmunining hech bir chegarasi yo‘q.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o‘z
o‘yinlarida aks ettira oladilar. O‘yinning ahamiyati bola shaxsining o‘sib
kamolotga yetishiga ta’sir ko‘rsatishdin iboratdir. O‘yin har bir yosh boshichda
bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni bilib
olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o‘z-o‘ziga munosabati
o‘zgarayotgan o‘yinda namoyon bo‘ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish
(xavas) lari bevosita o‘yinda ifodalanadi. O‘yin bolalarning xayolparastligi tufaydi
narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga “o‘zgartirish”
imkoniyatini beradigan faoliyatdir.
Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin maktabgacha
yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim. vositasi, ularning
asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti
sifatida shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar,
pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari
diqqatini o‘ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muamolardan biridir.
O’yin faoliyati nazariyasi
Go`dakning bir yoshgacha davrdagi psixologik xususiyatlarini o`rganish
bo`yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Dеnisova,
M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Е.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byulеr,
F.I.Fradkinalarning asarlari aloqida ahamiyatga molikdir. S.Fayans tajribasida
go`dakka chiroyli va jozibador o`yinchoqlar 9 sm masofadan ko`rsatilganda u
butun vujudi bilan ularga intilgan, kеyinchalik oraliq 60 sm bo`lganida bolaning
Ilmiybaza.uz
7
intilishi, qo`l cho`zishi, sustlashgan, cho`zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo
so`ngan.
U o`yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday bеfarq
qaragan. Masofaga qanchalik qisharsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik
kuchayib borishini kuzatish mumkin.
Tadqiqotchi A.V.Yarmolеnko yarim yoshlik go`daklarda jozibali narsalarning
o`zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma'lumotlarga qaraganda
go`dak bеhisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq,
ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga harakatsiz ko`ruv qo`zqatuvchisiga
diqqatni to`plash 26 sеkundddan 37 sеkundgacha harakat qilmayotgan odamga
bolaning
tikilishi,
34
sеkunddan
38
sеkundgacha,
harakatdagi
ko`ruv
qo`zqatuvchisiga qarashi 41 sеkunddan 78 sеkundgacha, harakatdagi insonga
e'tibor bеrishi 49 sеkunddan 88 sеkundgacha ortgan. Tajribada go`dakning
harakatlanayotgan odamga diqqatini to`plab turishi 4 marotaba ortgani aniqlangan.
Go`dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqaror qaratishi uning
kattalarga munosabati o`zgarganidan emas balki ular bilan aloqaga kirishganda
sust rеtsеptor o`rnini faolrog’i egallaganidandir. Go`dakda fazoviy tassavvurning
boyishida jumlalarning idrok qilishidagi farqlashning takomillashuvi muqim vosita
hisoblanadi. hayotiy tajribasi ortib borishi mashqlar natijasida jismlarning
alomatlari va bеlgilarni o`quvi paydo bo`ladi.
Olimaning fikricha 3- oydan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odamlar bilan
tanlab munosabatda bo`lishi vujudga kеladi. Uch oylik go`dak bеgonalar orasidagi
tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa bеgonalar ichidagi
qarindoshlarini qam farqlay boshlaydi. M.Yu.Kistayakovskaya ma'lumotiga ko`ra,
5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, kеyin yo
kulimsiraydi yoki undan yuzini o`giradi, xatto, qo`rqib yig’lab yuboradi. Bolada
o`zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog’lanib qolishi sodir bo`ladi. Ana
shu sababli onasini yoki enagasini ko`rsa qiyqirib qarshilaydi, unga talpinadi, qo`l-
oyoqini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to`lganda atrofdagi yaqin
kishilari, qarindosh-uruqlariga, xatto qo`ni -qo`shnilarga qam bog’lanib (o`rganib)
Ilmiybaza.uz
8
ko`nikib qoladi. Taxminan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o`yin faoliyatini
boshlaydi. O`yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyg’ulari avval faqat
kattalar ishtirokida namayon bo`ladi, vaqt o`tishi bilan o’yinning o`zi bolaga
quvonch bag’ishlaydi. Go`dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-
harakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sеkin ularning ko`mak bеrish
ishtiyoqi tug’iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi
faoliyatga qam o`ta boshlaydi. Ma'lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko`lamini
kеngaytirishga yordam bеradi.
Bolaning umumpsixologik taraqqiyoti faqat o`yin jarayonidagi (A.Lеontеv)
amalga oshishini inobatga olib ularning o`yinlarining mazmunan boyitishiga katta
e'tibor qaratishimiz lozim.
Boq`cha yoshidagi bolalarning syujеtli va rollarga bo`linib, o`ynaladigan o`yinlari
dеyarli hamma vaqt jamoa holda amalga oshiriladi. Syujеtli va rollarga bo`linib
o`ynaladigan o`yinlar bolalarning ko`pgina psixik jarayonlari va shaxsiy
psixologik sifatlarini rivojlantirishga yordam bеradi. O`yin sharoitining o`ziyoq
bolalar diqqatini atrofdagi narsa va hodisalarga faol yo’naltirishini talab qiladi. Bu
esa, o`yin faoliyati davomida bolalarni nihoyatda faollashtiradi, ya'ni ular
kuzatuvchan, tеz esda olib qoladigan, har bir narsani atroflicha va chuqur tahlil
qiladigan bo`ladilar.
Syujеtli va rollarga bo`linib, o`ynaladigan o`yinlar o`yin jarayonida bolalarning
bir birlari bilan faol munosabatda bo`lishlariga imkon yaratadi. Bu bolalar
nutqining tеz rivojlanishiga olib kеladi. Ma'lumki, syujеtli va rollarga bo`linib
o`ynaladigan o`yinlarning o`z qonun - qoidalari mavjud. Bu qonun –
qoidalarga rioya qilishda bolalar o`z iroda kuchlarini ishga soladilar. Binobarin,
o`yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari ham rivojlanadi. Turli
yoshdagi bog’cha bolalarining o`yin faoliyatlari ularning bog’cha aks ettirish, ya'ni
psixik jarayonlarini, aqliy imkoniyatlarini, shaxsiy psixologik sifatlarini, haraktеr
xislatlarini tarkib toptirib, rivojlantiradi. Shu narsa haraktеrliki, bog’cha yoshidagi
bolalarning turli - tuman o`yin faoliyatlari sеkin - astalik bilan ularni o`qish
faoliyatiga tayyorlaydi.
Ilmiybaza.uz
9
Roli o’yin mazkur yosh davrdagi bolalarning eng muhim faoliyati bo’lib, ular
bunday o’yinda go’yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifali va ishlarni
amalda bevosita bajaradilar. Shu boisdan o’yin voqealari, oilaviy turmush
hodisalari shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat
qiladilar . Bolalar kattalarning turmush tarzi , his-tuyg’u ,o’zaro muomala va
muloqotlarning xususiyatlarni o’ziga va o’zgalarga atrof muhitiga munosabatlarni
yaqol voqelik tarzida ijro etishi uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ularning
vazifasini o’tovchi narsalarda ham foydalaniladi. Bolaning ongida uni qurshab
turgan voqelik to’g’risidagi xilma-xil o’yin faoliyatni takomillashtiradigan
sharoitlarni tadqiq qilgan N.M. Aksarinaning ta’kidlashicha o’yin o’z-o’zidan
vujudga kelmaydi buning uchun kamida uchta sharoit bo’lishi lozim bunga
1) taasurotlar tarkib topish.
har –xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarning muhayyoligi.
bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqatga kirishuvi .Bunda
kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
D.B.Elkonin o’z tadqiqotida rolli o’yinning syujeti bilan bir qatorda ,uning
mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha o’yinda bola kattalar
faoliyatining
asosiy
jihatini
aniqroq
aks ettirishi
o’yinni
mazmunini
A.P.Usovaning
tatqiqotlarida
ta’kidlanishicha,
rolli
o’yin
ishtirokchilarni safi yosh ulg’ayishiga qarab jinsiy tofovutlariga binoan kengayib
boradi. uch yoshli bolalar ichki uchtadan guruhga birlashib , uch besh daqqiqa
birga o’ynab oladilar, 4-5 yoshli guruhi 2-3 tadan ishtirokchidan iborat bo’lib
ularning hamkorligidagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi. O’yin davomida
qatnashchilar soni ham ortib boradi:6-7 yoshli bolalarda rolli o’yini guruh yoki
jamoa bo’lib birga o’ynash istagi vujidga keladi, avval rollar taqsimlanadi o’yining
qoidalari va shartlari tushintiriladi (o’yin davomida bolalar bir –i harakatini qattiq
nazorat qiladilar).
D.B.Elkonin o’z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning
mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha, o‘yinda bola kattalar
Ilmiybaza.uz
10
faoliyatining asosiy jihatini aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil
qiladi.
A.P.Usovaning tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, rolli o‘yin ishtirokchilarining
safi yosh ulgayishiga qarab, jinsiy tafovutlarga binoan kengayib boradi:
uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruhga birlashib, 3-5 daqiqa birga o’ynay oladilar;
4-5 yoshlilar guruhi 2-5 ishtirokchidan iborat bo’lib, ularning hamkorlikdagi
faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi, o‘yin davomida qatnashchilar soni ortib ham
boradi;
v) 6-7 yoshli bolalarda rolli o‘yinni guruh yoki jamoa bo’lib birga o’ynash istagi
vujudga keladi, natijada avval rollar taqsimlanadi, o’yinning koidalari va shartlari
tushuntiriladi (o’yin davomida bolalar bir-birlarining harakatini qattiq nazorat
qiladilar)
D.B.Elkonin harakatli o‘yinning qoidalari mazmuni o‘zaro bog‘liqligidan kelib
chiqib ularni besh guruhga ajratadi: 1) harakatga taqlid qilish; 2) muayyan syujetni
drammalashtirilgan o‘yinlar; 3) syujeti oddiy o‘yinlar; 4) syujetsiz qoidali o‘yinlar;
5) aniq maqsadga qaratilgan mashqlardan iborat sport o‘yinlari.
Bolani o‘yinga undamagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq
to‘g‘risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni o‘z shaxsiy
faoliyatida sinab ko‘rish istagidir, shuningdek, jamoa bo‘lib o‘ynayotgan
tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. Bolalar psixologiyasi
fanida to‘plangan ma’lumotlar tahliliga asoslanib, mazkur yosh davri bo‘yicha
quyidagi xulosani chiqarish mumkin: 1) o‘yin faoliyatida bola turli harakatlarni
to‘laligicha namoyish etishga, ularni bajarish usullarini ko‘rsatishga ishtiyoqmand
bo‘ladi; 2) keyinchalik esa barcha xatti-harakatlarni umumlashtirib aks ettirishga
urinadi.
Bola o‘sib borgan sayin narsalar va o‘yinchoqlarning nomini o‘zgartirish, yangi
nom bilan atash yengillashadi. Shuningdek, faqat yangi vaziyatda jismlar nomini
o‘zgartirish bilan kifoyalanib qolmay, ularni yangi nomga muvofiq qo‘llash
imkoniyati ham vujudga keladi. O‘yin faoliyatida foydalaniladigan narsalarni
yangicha nomlash qator muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi.
Ilmiybaza.uz
11
O‘yin faoliyatida narsalar nomini o‘zgartirish o‘zining psixologik mohiyati bilan
murakkab holat hisoblanadi. Ayniqsa, so‘z bilan predmetning o‘zaro munosabatida
ularga uzviy bog‘liq harakatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi mulohazalar asosida aytish mumkinki, katta kishilar hayoti va
faoliyatining o‘rnini bosuvchi ashyolar ularning harakatini umumlashgan holda
ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o‘yin faoliyatida bola
harakatining rivojlanishi o‘yin mazmuniga ko‘proq bog‘liqdir. Chunki bolaning
xatti-harakati qanchalik ihcham va umumlashgan bo‘lsa, u kattalarning faoliyati
mazmunini aks ettirishdan shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning
narsalarga va bir-biriga munosabatini amalda bajarishga o‘tadi va shuning uchun
narsalar bilan harakat qilishda kattalarning ijtimoiy munosabatlarini to‘g‘ri
ifodalashga intiladi.
Har qanday o‘yinning va o‘yin faoliyatining markazida bola katta
kishilarning faoliyati va o‘zaro munosabatini, muomalasini o‘ziga xos tarzda aks
ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko‘ra o‘yin ijtimoiy ahamiyat kasb
etib, bola insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilgan qimmatli bilimlar,
amaliy ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni o‘rganishga imkon yaratadi, oqibatda
uni shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi.
Shunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi
bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro
muomalasiga qiziqadi;
bolalar rolli o‘yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo‘shqin xis-
tuyg‘uli jihatlarini aks ettiradilar;
rolli o‘yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda
yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;
kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida
namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz
qoldiradi.
Ilmiybaza.uz
12
Bola psixikasining taraqqiy etishda o‘yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning
psixik taraqqiyotini o‘yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki, o‘yin orqali bola
faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O‘yin
orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni
o‘rganibgina qolmay, balki nutq so‘zlashga, mustaqil fikrlashga xayol qilishga,
ijod qilishga, muomala madaniyatiga o‘rganadi.
1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayotini tashkil etishda
o’yinning roli.
O’yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkilotisi hayotini u bilan
boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o’yin bolalar hayotining kun tartibiga
doimiy qilib kiritilgan. O’yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin,
mashg’ulotlardan so’ng, sayrlardan so’ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt
ajratiladi. Ertalab o’ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o’yinlar uchun sharoit
yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko’proq didaktik o’yinchoqlar, stol
ustida o’ynaladigan stol-bosma o’yinlari, syujetli-rolli o’yinlarni o’ynagan ma’qul2.
O’yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o’yinini oqilona
tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A. P. Usova shunday
degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil etish — ularni to’g’ri
tarbiyalash demakdir. Bolalarni 502 tarbiyalashning o’yin shakli shuning uchun
ham samarali natija beradiki, o’yinda bola yashashni o’rgapmaydi, balki o’z hayoti
bilan yashaydi». O’yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan
mashg’ulot o’rtasida bolalar o’yiniga 8—10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar
ko’pincha avval boshlagan o’yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning
o’ynashlari uchun 1 soat—1 soatu 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va
kechki nonushtadan keyin ham bolalar o’yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar
ko’proq syujetli-rolli o’yinlarni, qurilish materiallari, qo’g’irchoqlar bilan, stol usti
o’yinchoqlari o’ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o’yinlardan ham
2 G’afforova T “Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnalogiyalar”
“Boshlang’ich ta’lim jurnali” 2010-2011 yil.
Ilmiybaza.uz
13
foydalaniladi. Ammo o’yin bilan ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik bola ulg’aygan sari
o’zgarib boradi. Kichik guruhda o’yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa,
katta guruhga borganda esa mashg’ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov
guruhiga borganda bolalarning o’zlarida maktabdagi o’qishga ishtiyoq uyg’onib
qoladi. Ammo bolalar uchun o’yinning qadri yo’qolmaydi, balki mazmuni
o’zgaradi. Endi bolalarni ko’proq fikriy faollikni talab etuvchi o’yinlar, sport
tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o’yinlar qiziqtira boshlaydi. Pedagogika fani
o’yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O’yin orqali
bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko’nikmalari, harakat
usullarini, axloq normalari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab
oladilar. O’yinda bolaning o’z tengdoshlari va kattalar bilan bo’ladigan munosabat
usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi. Bolalarning o’yinda birlashishlari
bir necha bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon»
o’yinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir.
Bunday o’yinda bolalar o’rtog’ining o’yiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga
o’ynab, «yonma-yon» o’tirganlaridan xursand bo’ladilar. Bu yoshdagi bolalarning
o’yini kattalar rahbarligida ularning xulqiga ta’sir etish orqali tashkil etiladi.
Ikkinchi bosqichda bolalar o’yin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar.
Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo’ladi. Bu davrga kelib bolalardan kimning
qaysi o’yinga qiziqishi aniq bo’la boshlaydi, bir xil bolalar didaktik o’yinga
qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o’yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy o’yinlar
ma’qulroq bo’ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o’yin bilan
uzoqroq o’ynashga o’rgatishdir. Uchinchi bosqichda o’ynovchi bolalar guruhi bir-
biriga do’stona munosabat va o’zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga
o’ynovchilar soni ko’p bo’lmasa-da, bolalar qiziqib o’ynaydilar.
Bu davrga kelib bir birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu
bosqichda tarbiyachi bolalarning o’yinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga
keltirishi, ularda o’zaro yordam, o’rtoqlik, do’stlik munosabatlarini shakllantirishi
lozim. Bolalarning o’yinlari qiziqarli, mazmunli bo’lishi uchun o’yinning hamma
turlaridan o’rinli foydalanilsa, bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashda ijobiy
Ilmiybaza.uz
14
natijalarga erishiladi. Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodikasini
egallagan bo’lishi o’yinlarni muvaffaqiyatli o’tkazishning asosiy sharti hisoblanadi.
Pedagog o’yin faoliyatiga rahbarlik qilar ekan, bolalarni asta – sekin va
“sezdirmasdan” qiziqarli o’yin vazifalarini bajarishda mustaqillik va topqirlik
ko’rsatish, yuzaga kelgan o’yin vaziyatida chaqqon va intilib harakat qilish,
o’rtoqlik yordami berish, hamma uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga va
bunday quvonishga o’rgatib boradi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol
o’yinga jalb qilish, bolalar o’rtasida do’stlikka, haqqoniylikka, o’rtoqlarini
javobgarlikni sezishga asoslaigan munosabatlar o’rnatishdan iboratdir. O’yinni
bolalar o’z ixtiyorlari bilan o’ynaydilar, ammo boshqa hech bir faoliyatda
o’yindagi singari bolalarning xulqi bilan bog’liq bo’lgan qat’iy qoida yo’q. Bunday
qat’iy qoida ijodiy o’yinga ham, qoidali o’yinga ham, qoidani bolalar o’zlari
o’rnatadigan o’yinga ham tegishlidir.
Sayr davomida harakatli o’yinlarni, qurish-yasash o’yinlarini tashkil etish
foydalidir. Kun tartibida o’yin uchun maxsus vaqt belgilash o’yinning mustaqil
faoliyat sifatida mavjud bo’lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli
sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo’llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
Bolalar o’yinning o’ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni,
kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o’zaro
munosabatlarini aks ettiradi. O’yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o’rmon,
metro, temir yo’l vagoni bo’lishi mumkin.3
Bola hech qachon jim o’ynamaydi, bitta o’zi o’ynasa ham u o’yinchoq bilan
gaplashadi, o’zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o’rnatadi, onasi, bemor,
shifokor xullas hamma- hammaning o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z obrazning
yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
Nutq o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr
almashadi, o’z his-tuyg’u, kechinmalarini o’rtoqlashadi. So’z bolalar o’rtasida
do’stona munosabatlar o’rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda
3 R.Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. 2014-
yil. TDPU Riziografida nashr qilingan.
Ilmiybaza.uz
15
munosabatda bo’lishga yordam beradi.
Bolalarning o’zi yaratgan o’yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan
taklif etilgan o’yinning g’oyasi, mazmuni, o’yin harakatlari, rollar, o’yin qoidalari
uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
O’yinlarning bunday bo’lishi albatta shartli bo’lib, bir o’yinda har xil hayotiy
voqealar aks etishi ham mumkin.
G’oya o’yinning mazmuni, jonli to’qimasi, uning rivojla- nishini, o’yin
harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o’zaro bog’lanishini belgilab
beradi. O’yinning qiziqarli bo’lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari
o’yinning mazmuniga bog’liq. O’yinda bola ijro etadigan rol o’yinning asosiy
o’zagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o’yinlar rolli yoki syujetli-rolli
o’yinlar nomini olgan.
Bolalar o’yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O’yin bolalarning qiziqarli
ermagigina bo’lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va
tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o’yin kattalar tomonidan tashkil
etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e’tibor berishi
zarur: o’yin mazmunining ta’lim- tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo’lishi, aks
ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to’g’ri va to’la bo’lishi, o’yin
harakatlariga faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo’lishi
kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o’yinga
rahbarlik qilish, o’yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga
muvofiq foydalanish, bolalarning o’yinda xayrixoh va xursand bo’lishlarini
ta’minlash lozim.
Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsi- ning hamma
tomonlariga: ongiga, his-tuyg’ulariga, irodasiga, xulqiga ta’sir etishi va bundan
bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi
lozim.
O’yinda
bola
kishilarning
axloq-odob
normalarini,
mehnatga
munosabatlarini bilib oladi.
Tarbiyachi bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham
Ilmiybaza.uz
16
tarbiyalab boradi. O’yin jarayonida bolalar o’z xohishlarini jamoa xohishi bilan
kelishib olishga, o’yinda o’rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o’rganadilar.Ammo
o’yinga to’g’ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o’yindan keng foydalanadi.
Juda ko’pchilik o’yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o’z
navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini
tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to’g’ri o’sishini,
harakatlari chiroyli bo’lishini ham ta’minlaydi. O’yin orqali tarbiyachi bolalarda
quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy,
jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O’yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo’llaniladi.
Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks
ettiradilar.
O’yinda
bolalarning
avval
olgan
taassurotlari
orqali
obraz
yaratishlari - xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko’p o’yinlarda
avval o’rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan
tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
O’yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan
mashg’ulot o’rtasida bolalar o’yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar
ko’pincha avval boshlagan o’yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning
o’ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki
nonushtadan keyin ham bolalar o’yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’proq
syujetli-rolli o’yinlarni, qurilish materiallari, qo’g’irchoqlar bilan, stol usti
o’yinchoqlari o’ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o’yinlardan ham
foydalaniladi.
Ammo o’yin bilan ta’lim o’rtasidagi bog’liqlikbola ulg’aygan sari o’zgarib
boradi. Kichik guruhda o’yin ta’lim berishning .isosiy shakli hisoblansa, katta
guruhga borganda esa mashg’ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga
borganda bolalarning o’zlarida maktabdagi o’qishga ishtiyoq uyg’onib qoladi.
Ammo bolalar uchun o’yinning qadri yo’qolmaydi, balki mazmuni o’zgaradi.
Endi bolalarni ko’proq fikriy faollikni talab etuvchi o’yinlar, sport tarzidagi
Ilmiybaza.uz
17
o’yinlar qiziqtira boshlaydi.
Shunday qilib, pedagogika fani o’yinga bola shaxsini har tomonlama
shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, bolalar jamoasini
shakllantirish vositasi deb qaraydi.
II BOB BOLALAR O’YINIGA PEDAGOGNING RAHBARLIK QILISHI.
2.1. Bolalar o’yinlarida pedagogning rahbarlik qilishi.
O’yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo’lib qolmay, shu bilan bir qatorda u
bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o’yin
kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
Pedagog bolalar o’yinini tashkil etar ekan, quyidagi talablarga e’tibor berishi zarur:
a). O’yin mazmuni ta’lim-tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo’lishi; b). Aks
ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to’g’ri va to’la bo’lishi; v). O’yin
harakatlari faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo’lishi
kerak; g). Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o’yniga
rahbarlik qilish; d). O’yinchoqlar va boshqa kerakli materiallardan maqsadga
muvofiq foydalanish, bolalarning o’yinda xayrixoh va xursand bo’lishlarini
ta’minlash lozim. Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining
hamma tomonlariga: ongiga, histuyg’ulariga, irodasiga, xulqiga ta’sir etishi va
bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda
foydalanishi lozim.
O’yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib
boradi. O’yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o’zining butun diqqatini o’yinga
qaratishi lozim. Bola o’ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari,
munosabatlari to’g’risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning
natijasida kattalarga savol boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga
javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o’yin
bolalardagi bilim va tasavvurlarni mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to’g’ri
Ilmiybaza.uz
18
rahbarligida uning tushunchalari kengayadi. Tarbiyachi o’yin orqali bolalarda ona-
vatanga, o’z xalqiga boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi,
mustahkamlaydi. O’yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to’g’rilik, o’zini tuta
bilishlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O’yin bolalarda ijtimoiy
axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo’lgan munosabatini shakllantiruvchi o’ziga
xos maktabdir. O’yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga
munosabatlarini, jamiyat mulkiga, boshqalarga munosabatlarini bilib oladi.
Tarbiyachi bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib ularni jamoa orqali ham tarbiyalab
boradi. O’yin jarayonida bolalar o’z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib
olishga, o’yinda o’rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o’rganadilar. Ammo o’yinga
to’g’ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o’yindan keng foydalanadi.
Juda ko’pchilik o’yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o’z
navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini
tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to’g’ri o’sishini,
harakatlari chiroyli bo’lishini ham ta’minlaydi. Ammo o’yin pedagogning
rahbarligisiz o’z-o’zidan jismoniy tarbiya vositasi bo’lolmaydi, chunki ortiqcha
harakat qilib yuborish yoki uzoq vaqt bir vaziyatda o’tirish bolaning sog’lig’iga
zarar keltirishi mumkin. Bundan tashqari, o’yin paytida gigienik shart-sharoit
tug’dirish uchun alohida g’amxo’rlik qilish lozim.
O’yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil
qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi. O’yin
bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo’llaniladi. Bolalar
tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar.
O’yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari — xayol
juda katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko’p o’yinlarda avval o’rgangan ashula,
she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda
estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi. Bolalarning o’ynashlari uchun
ma’lum vositalar kerak. Rolli o’yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar,
ulardan asosiylari quyidagilar: bolalarning o’z harakatlari; o’yinchoq va boshqa
Ilmiybaza.uz
19
materiallar; so’z. Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o’zlarining harakatidir.
Masalan, bola ikki oyog’ida sakrab quyonchaga laqlid qiladi. Ikki qo’lini
qimirlatib, pishillab parovoz bo’ladi va h.k.
Bolalarning ko’p harakatlari qurish, yasash bilan bog’liq bo’ladi, ular soatlab
parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o’ziga o’xshatishga urinadilar.
Ko’pincha qurish o’yinning boshlanishi bo’lib xizmat qiladi. Taqlid vositasiga
o’yinchoq ham kiradi. O’yinchoq bola harakatini to’ldiradi, o’ylagan obrazi va
fikrini amalga oshirishga yordam beradi. Kiyimlar va ularning qismlari ham
bolaning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga
imkon t ug’diradi. Bolalar o’yin jarayonida ba’zi bir narsalarni xohlagan narsalari
nomi bilan atab ham xuddi o’sha xohlagan narsalarini laraz qilib juda yaxshi
o’ynaydilar, masalan, taomni “konfet", qumni "shakar”, stulni "mashina” deb
atashlari mumkin. So’z yordamida bolalar qanday o’yin o’ynashlarini kelishib
oladilar. So’z yordamida bir-biri bilan muomalada bo’lib, o’z likrlarini izhor
etishadi. So’z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar hamma
vositalardan ko’pincha bir vaqtda foydalanadilar.4
Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko’p bo’lsa, o’yin mazmuni shunchalik boyroq
bo’ladi hamda tevarak-atrofdagi voqea- lardan taassurot shunchalik to’laroq aks
ettiriladi. O’yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab j,irayon bo’lgan
bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O’yin bolalarning mustaqil faoliyati
bo’lgani uchun uning syujetini bolalar o’zlari o’ylab topishadi va o’zlari tashkil
etishadi. O’yinda bolalar o’zlarining kichkina jamiyatning a’zosi deb hisoblashadi,
o’zaro kelishib harakat qilishga o’rganishadi. Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda
har bir bola o’ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o’z o’rnini topa
olishi va shu jamoada o’rnashib olishi lozim.
Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o’ynay olishi, diqqatini
shunga to’play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-
yon tinch o’ynay olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Bolalar
4 F.Qodirova va boshqalar “Maktabgacha pedagogika” Toshkent 2019 yil
Ilmiybaza.uz
20
birgalikda o’ynashga o’tganlarida bir-birlari bilan ma’lum munosabat o’rnatishlari
lozim bo’ladi. Xudda mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga
tarbiyachi bolalarni kelishib o’ynashga o’rgatish orqali erishadi.
Sahnalashtirilgan o’yinlar ijodiy o’yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o’yinning
quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan
vaziyatning va boshqa elementlarning uyg’unligi, bolalarning mustaqillik va
o’z-o’zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o’yin badiiy asar asosida
quriladi: o’yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti- harakatlari, ularning nutqi asar
matniga ko’ra belgilanadi.
Sahnalashtirilgan o’yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan
tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o’yinlar
bolalarda iroda, intizom, o’z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq
amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi.
Sahnalashtirish bolalarni qayta so’zlashga o’rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir
bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so’zlab berishga xohish ham,
qiziqish ham bo’lmaydi, ammo unga o’yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi rolga
kirib, o’sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.
Bunday o’yinda bola o’zini o’sha asardagi qahramon o’rnida his etib, uning
sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni
qahramonlar tilida so’zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi
va asar qahramonida mavjud bo’lgan ijodiy sifatlarni egallashga intiladi.
Sahnalashtirilgan o’yinda badiiy asarning g’oyaviy mazmuni bolalar tomonidan
chuqurroq anglab olinadi.
Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga
mos, tushunarli bo’lib, bola unga kirishib ketgan taqdirdagina asardagi obraz va
harakatlar to’g’ri aks ettiriladi. Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo’yicha
sahnalashtirilgan o’yin o’tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks
ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik ishini o’tkazishi kerak.
Bu ish oldindan bir qator mashg’ulot va o’yinlar o’tkazish orqali amalga
oshiriladi. Sahnalashtirilgan o’yinga tayyorlanish uchun ma’lum bir vaqt ajratiladi
Ilmiybaza.uz
21
va har bir mashg’ulotda aniq masalalar hal etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil
she’r o’qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so’zlarni, tovushlarni qanday
talaffuz etish kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan
so’zlarni aniq, balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni talab etadi. Bu
mashqlarda matnni eslab qolish uchun o’tkaziladigan liar bir mashg’ulotda
5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar «Sholg’om», «Bo’g’irsoq», «Tulki, xo’roz va
quyon» kabi ertakni sahnalashtirishni juda sevadilar. Ertak va hikoyalarni bolalar
ko’pincha o’zlarining ijodiy rolli o’yinlarida sahnalashtiradilar, bu o’yinlarda tulki,
sichqon,
xo’roz,
quyon
kabi
personajlarni
o’yinlarda
aks
ettiradilar.
Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar
bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o’ziga xos
xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak q.iliramonlarining
o’ziga xos xususiyatlari mana shunday o’rganiladi.
Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar bo’yicha o’tkazish mumkin:
1-bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot tanlaganda
quyidagi talabga rioya qilish kerak:
1.Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchilar ko’p bo’lishi kerak.
2.Asarda mazmun yaxshi bo’lib qolmasdan, harakatlarning xili ham ko’p bo’lishi
kerak.
3.Asar ifodali o’qishga mos kelishi shart.
4.Mazmuni qiziqarli bo’lishi kerak.
5.Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2-bosqich.Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r yoki ertakning
mazmunini o’qib berish yoki qo’g’irchoq, soya teatrida ko’rsatish orqali
tanishtiriladi.
3-bosqich.Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta
o’qib berish, postanovka ko’rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik
o’yinlardan foydalaniladi.
4-bosqich.O’yin qiziqarli o’tishi va uzoq davom etishi uchun o’yinga
kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan birga to’g’ri
Ilmiybaza.uz
22
rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa
tarbiyachi yordamida u bilan birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir
qancha ertakka doir rasmlar ko’rsatadi.
1-Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo’lgan ertaklar, hikoyalar ularga
tanish bo’lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg’om»,
«Bo’g’irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish
davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy
asarlar,
xususan,
she’rlar
ham
olinadi.
Sahnalashtirish
o’yinlariga
guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi. Masalan, tarbiyachi o’rta guruh
uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari
uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning
kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi5.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar
yoqqanini, ular ko’proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi
bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda
bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu
asosda bo’lg’usi sahnalashtiriladigan o’yinlar jonlantiriladi.
Qurilish o’yinlari ham ijodiy o’yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar
atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar,
mustaqil tarzda turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar.Qurish-yasash
o’yinlarida bir xil buyumlarning boshqalari bilan almashinishi yuz beradi.
Kichik va o’rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o’yinlari rolli o’yinlar
bilan bog’lanib ketadi.Qurilish o’yinlari samarali faoliyat hisoblanib,
bolalarda bunyod etilgan inshootni mavjud buyum va narsalar, inshootning
qurilishiga asos bo’lib xizmat qilgan tasavvur bilan qiyoslash, taqqoslash
ko’nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. U bolalarda kuzatuvchanlikni
rivojlantirishga yordam beradi.
Qurilish materiallari turli xildagi geometrik shakllardan iborat. Bolalar
5 T.S. Usraanxodjayev, Sh.X. IsroUov, A.A. Pulatov, Sh.A. Pulatov “Milliy va harakatli o’yinlar” Toshkent
«iqtisod-moliya» 2015 yil
Ilmiybaza.uz
23
har bir shaklning o’ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari lozim, aks
holda hech qanday qurilishni amalga oshirib bo’lmaydi.
Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo’lishi va ulardan
o’yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo’lish kerak.
Bundan bolalarga qurishning asosiy usullarini o’rgatish zarurligi kelib
chiqadi.Qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlarda bolalarning
texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik
jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar. Qurilish o’yinlari
bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin bo’lib, ularni mehnatga tayyorlaydi.
Qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlar bolalar tafakkurini
rivojlantiradi: kuzatilayotgan inshootlarning o’ziga xos xususiyatlarini
ajratib ko’rsatish, tahlil va sintez qilishga, solishtirishga, o’xshash va farq
qiladigan tomonlarini aniqlashga majbur etadi, vazifalarni to’g’ri hal
qilishga o’rgatadi. Qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlar
geometrik jismlarning xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy
nisbatlarni (uzoq-yaqin, baland-past, o’ng-chap, uzun-qisqa, keng-tor)
amalda olib borishga yordam beradi. Bunday o’yin orqali bolalarni
maktabdagi politexnika ta’limiga tayyorlash vazifasi ham amalga oshiriladi.
Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar, natijada
ularning nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari bilan o’ynash bolalarning
ma’naviy dunyosiga ham ta’sir etadi: bolalar bilan biron inshootni kuzata
turib,
davlatimizning
xalq
farovonligi
to’g’risida
g’amxo’rlik
ko’rsatayotganligini tushuntiradi. Qurilish materiallari bilan o’ynash
bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ishga javob-
garlikni his etgan holda munosabatda bo’lishi hamda irodaviy sifatlarni
tarbiyalaydi. O’yinning qizig’i shundaki, u bolalarga zo’r zavq-shavq
bag’ishlaydi.
Bolalarni ba’zi bir qurilish inshootlari bilan tanishtirish orqali estetik
tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik hissiyotni
tarbiyalash uchun faqat bitgan qurilish inshootini kuzatish yetarli emas,
Ilmiybaza.uz
24
balki qurilishning borishi, ishning tashkil etilishini kuzatish, bunda
bolalarning o’zlarini qatnashtirish muhim ahamiyatga ega.
O’yin uchun sharoit yaratish. Qurilish materiallari bilan o’ynashni
rivojlantirish uchun unga muvofiq shart-sharoit yaratish zarur.
1.Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda o’ynashi
uchun yetarli bo’lishi kerak.
2.Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydilar, uni quradigan va
bir necha kungacha saqlab qolishning iloji bo’lgan joy bo’lishi kerak.
Bolalarni qurilish materiallari bilan o’ynashga qiziqtirish uchun
tarbiyachi ular bilan birgalikda o’ynaydi va bu materiallardan hamma
bolalar foydalanishlarini kuzatib turadi. Yirik qurilish materiallari bilan
guruh xonasidagi gilam ustida, yozda esa bog’cha hovlisida qurish mumkin.
Bahorda va kuzda (yer namligida) bolalarning qum o’yinlari maxsus
qirg’og’i ko’tarilgan stollarda tashkil etiladi. Qum bilan o’ynashda
gigiyenik qoidaga rioya qilish kerak. Qum har doim toza va nam bo’lishi,
bolalar jazirama quyosh tagida o’ynamasliklari lozim.
Kichik bolalar qum bilan o’ynaganda oldiga ma’lum maqsad qo’ymaydi.
Tarbiyachi bolalarni qiziqtirish uchun o’zi «quradi» va bolalarga qurishni
taklif qiladi. Masalan, qumni to’plab atrofni tekislashadi, bir yonini teshib
eshik ochishadi. Keyin bu uychani har xil rangdagi mayda bayroqchalar
bilan bezashadi, keyin shu uy oldiga devorlar, bog’lar qurishadi, uyga
qo’g’irchoqlar ko’chib keladi. O’yinni o’zgartirish uchun o’yinchoqlarni
vaqti-vaqti bilan o’zgartirib turish kerak: mashinalar uchun garaj, hayvonlar
uchun hayvonot bog’i va boshqalar. Tarbiyachi o’yinga kichik bolalarning
hammasini jalb etishi kerak.
2.2. Pedagogning rahbarligi yordamida o’yinlar orqali jamoa qilib
tarbiyalash.
O’rta guruhda qum kichik guruhga nisbatan ko’p to’kiladi. Yashik oldiga
buferda ham o’yinchoqlar uchun javoncha bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar
o’yinning mazmuni murakkablashib borishi uchun tarbiyachi yordam
Ilmiybaza.uz
25
beradi:
qumdan
nimalar
qurish
mumkinligini
ko’rsatib,
bolalarga
ko’maklashadi, ularning o’yinlarida qatnashadi.
Katta guruh bolalari qumdan katta inshootlar quradilar. Shuning uchun bu
guruh bolalariningqumiyashikdaemas, balki bog’cha maydonchasining biron
joyiga ancha ko’p miqdorda to’kiladi. Bu bolalar uchun qumdan tashqari
loy ham bo’lishi kerak. O’yinga qo’shimcha materiallar: tabiat materiallari,
ip, yog’och, faner va boshqalar ham zarur. O’ynab bo’lgandan keyin
bularning hammasini maxsus ajratilgan joyga olib borib qo’yish kerak.
Bolalar shahar ko’chalarini, xo’jalik dalasi, hayvonot bog’i, baland
binolarni quradilar. Buning uchun qumdan, loydan va tabiat materiallaridan
foydalanadilar.
Suv bilan o’ynash. Bolalar suvni juda yaxshi ko’rishadi. Ularning suv
bilan o’ynashlari uchun bog’cha hovlisida maxsus suv havzasi tashkil
qilinadi, guruh xonasida esa oyoqli qurilma ustiga vanna o’rnatiladi. Suv
bilan o’ynash uchun sellyuloiddan, rezinadan yasalgan o’yinchoqlar:
baliqchalar, o’rdakcha, g’ozcha, vannasi bor qo’g’irchoqcha, qayiqchalar
(yasalgan va sotib olingan), suvda suzib yuradigan narsalar kerak.
Kichik bolalarning suv bilan o’ynaydigan o’yinchoqlari oddiy bo’lib,
unda o’yinchoqlarning suzishini tomosha qiladilar. Bolalar suv bilan o’ynab
kichkina-kichkina
syujetni
aks
ettiradilar:
baliq
va
o’rdakchalarni
ovqatlantirib,
qo’g’irchoqni
vannada
cho’miltirishadi,
qayiqda
yo’lovchilarni uchirishadi6.
O’rta va katta guruh bolalarining suv bilan o’yini ancha murakkablashadi.
Ular daryoda paroxodlarni yurgizishadi, poraxod to’xtaydigan bandargohlar
qurishadi. Suzadigan o’yinchoqlarni harakatga keltirishadi. Suv bilan
o’ynash natijasida bolalar suvning xususiyatini, nimalar cho’kib, nimalar
suzishini bilib olishadi. Suv bilan o’ynash juda foydali, shuning uchun
bolalarning guruh-guruh bo’lib suv bilan o’ynashlari uchun imkoniyat
6 Pedagogika fanidan izohli lug’at. (Tuzuvchilar: J. Hasanboyev, X. To’raqulov, O. Hasanboyeva, N.
Usmonov).Тoshkent , «Fan va texnologiyalar», 2009 yil
Ilmiybaza.uz
26
yaratib berish kerak.
Qor o’yinlari. Qishda bog’cha maydonchasida qor bilan o’ynash bolalar
uchun eng qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi. liar bir bolada yog’och
belkurakcha va qorni tashish uchun yashikcha bilan chana bo’lishi kerak.
Kichkina
bolalar
kattalar
yig’ib
qo’ygan
qor
uyumini
yog’och
belkurakchalari bilan kovlashadi. Qorni tepaga sochib, uning to’kilishini
kuzatishadi, yashiklarga qor solib, boshqa joyga tashishadi va hokazo.
Har bir xalqda asrlar davomida kattalarning bolalar uchun yaratgan
o’yinlari va bolalarning o’zlari yaratgan ba’zi o’yinlari mavjud. Har qaysisi
ham avloddan avlodga o’tib kelgan va xalq og’zaki ijodining o’ziga xos
shakliga aylangan. Ularning har biri bola shaxsiga ta’sir ko’rsatadi, biroq
o’yinning u yoki bu turiga mansub deyish uning asosiy tarbiyaviy ta’siriga
ko’ra aniqlanadi. Masalan: «Oq terakmi ko’k terak, bizdan sizga kim kerak»
harakatli o’yinida bolalardagi chaqqonlik, zehnlilik, chidamlilik malakalari
rivojlanadi.
Katta guruhda didaktik o’yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni maqsad
qilib qo’yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir biriga taqqoslay
olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, shakli, katta-kichikligi,
materiallarni seza bilish, narsalarning joylanishidagi o’zgarishlarni) aytib
bera olish kabi sensor qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, o’simlik,
transport ta’rif-tavsif qilib berilganda, ularning nomini topa bilish
malakasini o’stirish, bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy
belgilariga qarab guruhlarga bo’lish qobiliyatini rivojlantirish, so’z
faolligini faollashtirish va to’ldirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar,
mozaika va boshqalar)yasash malakasini o’stirish.
Maktabga
tayyorlov
guruhida
didaktik
o’yinlar
hamma
yosh
guruhlaridagi kabi alohida o’rin tutadi va bu guruhda didaktik o’yinlar
orqali quyidagi ta’lim - tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi: bolalarda
didaktik o’yinlarga qiziqish uyg’otish, har bir narsani bilishga havas,
kuzatuvchanlik, diqqat-e’tibor, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal
Ilmiybaza.uz
27
qilish malakasini tarbiyalash. Ularga narsalarni turkumlarga bo’lishda
yordamlashuvchi o’yinlarni, domino, mozaikaning har xil turlarini, shashka,
sakrovchi biryo’lkalarni jumboq o’yinlar, og’zaki o’yinlar ("Dengiz
to’lqillanmoqda”, "Qora va oq"), ranglarni va ulardagi nozik ayirmalarni
bir-biridan farqlashni o’rgatadigan o’yinlar o’tkaziladi.
Musiqaviy-didaktik o’yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga diqqat bilan
quloq solishga ("Tovushlarni takrorla", "Ikki metalafonni galma-gal
chalish" va h.k) ritmik shaklni gavdalantirib berishga ("O’z ritmingni
o’ylab ol”, "Bolalar va filchalar”), dinamik farqlarni bir-biridan ajratishga
("Ovchilar va quyonlar”) o’rgatiladi.
Didaktik o’yinda bolalar har doim o’zlarini o’ynayotgandek his etishlari
kerak.
Narsalar bilan o’tkaziladigan didaktik o’yinlardan tarbiyachi bolalarni
narsalar, ularning xususiyatlari va bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari
bilan,
ularni
ishlatish
usullari
bilan
tanishtirish
vositasi
sifatida
foydalanadi.
Bolalarning
narsalar,
ularning
sifati
to’g’risidagi
bilimlarni
mustahkamlash
uchun
har
xil
o’yinchoqlar,
suratlar,
uy-ro’zg’or
buyumlaridan foydalaniladi. O’yinchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar.
"Xaltachada nima bor?” o’yinning maqsadi, o’yinchoqlarning nomlari bilan
tanishtirish va bu o’yinchoqlar to’g’risida bilimlarni mustahkamlash,
tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir. "Bu nima?" o’yinida bolalar
qo’g’irchoqqa har xil narsalar va ularning ishlatilishi to’g’risida gapirib
beradilar. Bunday o’yin guruhda, bog’cha maydonchasida, uxlash xonasida
o’tkazilishi mumkin.
Didaktik o’yinlarda tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning nomi va ular
nimaga kerakligi bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu narsalarning
shakli, rangi, katta-kichikligi, fazoda tutgan o’rni haqida ham tanishtiradi.
Har bir buyum va o’yinchoq o’zining aniq tashqi ko’rinishiga ega bo’lishi
kerak, o’yinda esa qo’yilgan maqsad narsaning asosiy belgisini ajrata
Ilmiybaza.uz
28
bilishga imkon tug’dirishi lozim.
Bunday talabga xalq o’yinlari o’z shaklining aniqligi, rangining tiniqligi
bilan ko’proq javob bera oladi. Bolalarni o’ylashga, aqliy vazifalarni
bajarishga undaydigan o’yinlar ham katta ahamiyatga ega. Bolalarning rang
haqidagi tushunchalarini mustahkamlash va aniqlash uchun quyidagi
o’yinlar o’tkaziladi: sharlarni rangiga qarab to’plash, "Dumaloqni
dumalatish”, xalqachalarni ipga o’tkazish, "Shu rangdagi dumaloqni
dumalatish”, "Kimda mana bu rangdagi xalqacha bor”, "Kim mana bu
rangdagi haltachani topa oladi” va h.k.
Shakl,
rang
predmetlarning
asosiy
belgisidir.
Shakl
to’g’risida
tushunchalarni "Xaltachada nima bor”, "Nima o’zgardi?”, "O’yinchoqlar
do’koni”, "Qo’g’irchoqni kiyintiramiz”, "Bu nima?" va boshqa o’yinlar
orqali aniqlash va mustahkamlash mumkin.
Qo’g’irchoq bolalarning eng sevimli o’yinchoqlaridan biri. Har bir
bolalar bog’chasida didaktik jihozlangan o’yinchoq bo’lishi kerak.
Qo’g’irchoq jihozlariga kiyim, ichki kiyim, poyabzal, idish-tovoq, mebel
o’yinchoqlar kiradi.
Qo’g’irchoq bilan quyidagi o’yinlarni o’tkazish mumkin: "Qo’g’irchoqni
kiyintiramiz”, "Qo’g’irchoqni sayrga otlantira miz", "Qo’g’irchoqni
mehmon qilamiz”, "Qo’g’irchoqlar bayra- mi”, "Qo’g’irchoqningtug’ilgan
kuni”, "Qo’g’irchoqni uxlatamiz”.
O’yinlar topishmoqlar bilan qo’shib olib borilganda qiziqarli o’tadi.
Masalan, "Qo’g’irchoqni uxlatamiz” o’yinida qo’g’irchoqqa karovat
tayyorlayotganda tarbiyachi "Uzun,yumshoq, yo’l-yo’l
” (matras), "Oq,
toza, to’rt burchak..."(yostiq), "Paxtali issiq..." yoki "junli issiq”(adyol) va
boshqa topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo’g’irchoqning karovati tayyor bo
lgandan keyin qo’g’irchoqni yotqizib, "alia" aytadi.Mebellarning nimaga
ishlatilishi, o’yinchoqlarning nomini mustahkamlash uchun "Qo’g’irchoqqa
xona yasatamiz”, "Qo’g’irchoqqa o’yinchoq sovg’a qilamiz” kabi o’yinlarni
o’tkazish mumkin.
Ilmiybaza.uz
29
Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi sifatlari, nimaga
ishlatilishi bilan tanishtiribgina qolmay, muayyan predmetlar orqali ularni
oddiy
turlarga
ajratishni
o’rgatib
boradi;
ayiq,
qo’g’irchoq,
quyon-o’yinchoqlar; kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq.
O’yinlarni narsa va buyumlarning tasvirli rasmlari orqali ham o’tkazish
mumkin. Bularga "Bu narsa o’zi to’g’risida nima deydi?” "Kim birinchi
bo’lib
aytib
beradi?"
(bolalar
diqqatini
rivojlantirishga
qaratilgan
qo’g’irchoq, narsa va ularning shakli, rangi to’g’risida), "Kim bo’ladi?”,
"Qaysinisi bir xil qaysinisi har xil?” kabi o’yinlarni ko’rsatsa bo’ladi.
Bolalarning tabiat to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash uchun "Hidiga
qarab top”, "Mazasiga qarab top”, "Ushlab ko’rib top”, "Kim nimani
eshityapti” kabi o’yinlarni o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Kichik yoshdagi bolalar bilan so’zli o’yinlar o’tkazilmaydi.
Katta va tayyorlov guruhlarida didaktik o’yinlar o’zining mazmun va
g’oyasi jihatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi bolalar bilan buyum va
rasmlar bilangina didaktik o’yinlar o’tkaza qolmay, so’zli didaktik o’yinlar
ham o’tkaziladi. Buyumlar va rasmlar bilan o’tkaziladigan didaktik
o’yinlarda bolalarning narsalar sifati, xususiyati, nimadan yasalgani,
qayerda qilingani, nima uchun kerakligi va hokazolar to’g’risidagi bilimi
aniqlanadi hamda mustahkamlanadi. Bunday o’yinlarga quyidagilarni misol
qilib keltirish mumkin: "Nima nimadan yasalgan?", "Guruh xonasiga
sayohat", "Ovoziga qarab top” va boshqalar.
Umumlashtirishga o’rgatish bo’yicha turlarga ajratishni o’rgatuvchi
o’yinlar katta o’rin egallaydi. "Qaysi fabrikada nima ishlar bajariladi?”
"Fabrikada nima ish qilinadi, dalada nima yetishtiriladi?", "Kimga nima
kerak?", "Kim nima bilan ishlaydi?” "Qayerda o’sadi?" "Sayohat” (shahar
bo’ylab, dalaga maktabga va hokazo), "Pochta” va boshqalar.
Bolalarda dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlanti- ruvchi didaktik
o’yinlar ham o’tkaziladi. Masalan, "Kim sanashni biladi?", "Yuramiz,
yuramiz-to’xtaymiz”, "Bizning kun”, "Yil fasllari” va boshqalar.
Ilmiybaza.uz
30
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagi o’yinlarni o’tkazish
mumkin: "So’z qo’sh", "Orkestr", "Mana bu tovushga so’z top”,
"So’zlardan hikoya tuz” va h.k.Yuqorida sanab o’tilganlar jamoa
o’yinlaridir. Bular asosida yana bir qancha o’yinlar topish mumkin.
Didaktik o’yinlarga rahbarlik. Boshqa o’yinlar singari, didaktik
o’yinlarga ham tarbiyachi rahbarlik qilishi lozim. Birinchi navbatda
didaktik o’yinni va unga kerakli materialni tanlash kerak. Hamma guruhlar
didaktik jihozlarga, bo’yi 40- 50 sm keladigan qo’g’irchoqqa ega bo’lishi
lozim. Uning jihoziga quyidagilar kiradi:
- ichki kiyim, ko’ylak, ishton, rezinka, uzun paypoq;
- pahmoq, satin, shoyi ko’ylak, fartuk, so’lakcha;
- qishlik palto, kuzlik palto;
-
bosh kiyimlar: shapkacha, panasma, qalqopcha, shlyapacha;
- poyabzal: tufli sandal, yumshoq shippak;
- yotadigan va oshxonada ishlatiladigan narsalar - ko’rpa- yostiq, matras,
adyol, choyshab, ko’rpa jildi, yostiq jildi, sochiq, dasturxon, salfetka.
Bu hamma narsalar o’ziga mos rangda (qizil, pushti, to’q qizil va h.k.)
har xil sifatli gazmoldan tikilgan va nomi har xil bo’lishi kerak.
-
Qo’g’irchoqdan tashqari har xil hayvonlar, qushlar, idish- tovoqlar, va
transportni aks ettiruvchi o’yinchoqlar ham bo’lishi kerak7.
Maktabgacha ta’lim tizimida o’yinlar texnologiyasi.
O’yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta’lim tizimida,
jumladan,
maktabgacha
ta’lim
tizimida
ham
yan
gi
pedagogik
texnologiyalar,
interfaol
usullardan
keng
foy-
dalanilmoqda.
Bu
texnologiyalarning
mazmun-mohiyatini,
asosiy
tamoyillarini,
qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo’llarini amaliyotchi-
tarbiyachi va o’qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan
7 Bekboyeva N.U, YAngiboyeva R “Matematika” Toshkent “O’qituvchi”
“Boshlang’ich ta’lim jurnali” 208-2019 yil, 7-8-12 sonlar
Ilmiybaza.uz
31
dolzarb muammolardan biridir.
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni
oldindan
loyihalashtirilgan
ta’lim
jarayonini
yaxlit
tizim
asosida
bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning
metod, usul va vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik
texnologiyaning
markaziy
muammosi
bola
shaxsini
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
Pedagogik
texnologiyaning
tamoyillari
quyidagilardir:
kafolatlangan
yakuniy
natija,
ta’limning
sama-
radorligi,
qaytuvchan
aloqaning
mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi.
O’yin texnologiyasi ham o’yin metodidan o’zining aniq maqsadi, amalga
oshirish kerak bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o’zaro
bog’liqligi, oldindan belgilangan nati- jalarga erishish kafolati bilan farq
qiladi.
L.S. Vigodskiy o’yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy
buyurtmalarni o’zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
Har qanday o’yin muayyan vazifalarni bajaradi:
- maftunkorlik;
- kommunikativlik;
- o’z imkoniyatlarini amalga oshirish;
- tashxis;
- o’yin ishtirokchilari o’rtasidagi muloqot;
- ijtimoiylashuvlik.
S.A. Shmakovning ta’kidlashicha, o’yinlar quyidagi to’rt asosiy
xususiyatga ega:
- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o’yinni o’zi tanlay- di, unda
faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda, yakuniy natija emas, balki
o’yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
- ijodiy xarakter, ya’ni o’yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta
imkoniyatlar mavjud;
Ilmiybaza.uz
32
- emotsional ta’sir - bola o’yinda markaziy o’rin egallash- ni xohlaydi,
g’olib bo’lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
- asosiy va qo’shimcha qoidalar o’yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-
ketligini belgilaydi.
O’yin
strukturasiga
maqsad,
rejalashtirish,
maqsadga
erishish,
natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O’yinning eng asosiy
xususiyati uning ijodiyligidadir. U o’zaro kurash, musobaqalashish, raqobat
shaklida namoyon bo’ladi.
O’yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga
oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt
sifatida o’z imkoniyatlarini to’la amalga oshiradi.O’yinli faoliyatni
motivatsiyalash o’yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning
o’zini namoyon qila olishi, o’z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini
qondirishdan kelib chiqadi. Jarayon sifatida o’yin tuzilmasi (G.K. Selevko
ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
- o’ynash uchun olingan rollar;
- bu rollarni ijro etish vositasi bo’lgan o’yin harakatlari;
- haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
- o’yinda ishtirok etuvchilarning real o’zaro munosabatlari;
- o’yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o’yin texnologiyalari- da ham, o’quv
maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologi yaning asosiy negizidir.
Maqsad to’g’ri qo’yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o’rgatmoqchi
bo’lganligini bilishi kerak. Bitta mashg’ulotda bitta maqsad qo’yilishi
maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil
fasllari haqida tushuncha berish va h.k.
O’yin texnologiyalari (ayniqsa, bog’cha bolalari uchun) rivoj- lantiruvchi
maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak- kurini rivojlantirish)
amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o’yin jarayonida yakuniy natija
muhimroq bo’ladi.
Ilmiybaza.uz
33
-
Maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik o’yinlarning shakllari va amalga
oshirish metodlari.
-
Pedagogik ijrochilik o’yinlarini bola uch yoshdan boshlab o’zlashtira
boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o’rtasidagi munosabatlar bilan
tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata
boshlaydi, o’zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat
bildiradi.
-
Maktabgacha yoshda bolalar o’yin faoliyatini o’zlashtira borib
ijtimoiy
qadrli
va
ijtimoiy
baholanuvchi
faoliyatga
tayyor-
lana
boshlaydilar. Maktabgacha ta’lim tizimida qo’llaniladigan pedagogik
o’yinlarning quyidagi turlari mavjud:
- Bolalar kayfiyatini ko’taruvchi.
- Hamkorlikka chorlovchi.
- Bolalarni o’zligini namoyon etishga chorlovchi.
- Bolalarda o’ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va
intellektual muammolarni yo’qotishga qaratilgan.
- Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi
(diagnostika).
- Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
- Millatlararo bag’rikenglikni shakllantiruvchi.
- Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o’yinlar.
Pedagogik o’yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va
psixologik o’yinlar.
-
Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbi- yaviy,
rivojlantiruvchi, ijodiy, psixotexnik o’yinlar.
-
O’yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni
tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o’yinlar.
-
Predmetlar
asosidagi
o’yinlar:
matematik,
biologik,
ekologik,
musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi,iqtisodiytejamkor- lik va
Ilmiybaza.uz
34
ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o’yinlar.
-
O’yin vositalari bo’yicha: o’yin vositalari (koptok, pirami- da, kub va
boshq.) bilan amalga oshiriladigan o’yinlar va o’yin vositalarisiz amalga
oshiriladigan o’yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o’ynaladigan
o’yinlar, kompyuter va televizor o’yinlari kabi texnik vositalar.
.
XULOSA
Xulosa o’rnida aytish kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalar o’yin faoliyati
bilan birga ta’limiy mashg’ulotlarda ham ishtirok etadilar. Maktabgacha tarbiya
yoshi davridagi ta’limiy mashg’ulotning asosiy mazmuni bolani atrof muhitdagi
narsa va hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og’zaki nutqni lug’at
boyligi, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, grammatik tomondan to’g’ri
so’zlashlikka o’rgatish, bog’lanishli nutqni shakllantirishdan iborat, elementar
mavhum tushunchalarga ega bo’lish, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, qirqib
yopishtirish, rasm, loy yoki plastilindan turli buyumlar yasash, qurilish materiallar
bilan ishlash, musiqa va boshqa mazmundagi mashg’ulotlarga qaratilgan bo’ladi,
bu esa bolani aqliy jihatdan maktab ta’limini egallashga tayyorlash imkonini
beradi. O’yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkilotisi hayotini u bilan
boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o’yin bolalar hayotining kun tartibiga
doimiy qilib kiritilgan. O’yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin,
mashg’ulotlardan so’ng, sayrlardan so’ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt
ajratiladi.
1.Ertalab o’ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o’yinlar uchun sharoit
yaratish maqsadga muvofiqdir.
2.Mazmunan ko’proq didaktik o’yinchoqlar, stol ustida o’ynaladigan stol-
bosma o’yinlari, syujetli-rolli o’yinlarni o’ynagan ma’qul.
3.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglar o’yinni bolaning jismoniy,
aqliy va estetik qobilyatlarini rivojlantirishiga e’tiboe berishlari maqsadga
muvofiq.
Ilmiybaza.uz
35
4.O’yinda tanlangan o’yinchoqlar bolaning yoshiga mos holda tanlanishi
kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. Sh.M.Mirziyoyev. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash- yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. -Toshkent: “O'zbekiston”, 2017.
2. Sh.M.Mirziyoyev. “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ”. -Toshkent:
“O’zbekiston”, 2022.
3.
O‘zbekiston
Respublikasining
«Ta’lim
to‘g‘risida»gi
Qonuni.
Т.,
«O‘zbekiston», 2020-yil 23-sentabr.
4. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni
595-sonli qonun.2019-22-oktyabr.
5. Vazirlar Maxkamasining 2020yil 22-dekabrdagi 802-sonli qarori Maktabgacha
ta’lim va tarbiyaning davlat standarti
6. “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora
tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-
sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.
7. “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-sonli Qarori.
8. “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ-
3261-sonli Qarori.
9. ’’Ilk qadam’’ davlat o’quv dasturi Toshkent 2022-yil
10. “Ilm yo’li” variativ dastur Toshkent – 2019
Ilmiybaza.uz
36
11. Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada
rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida Toshkent 2020-yil 9-mart
12. Jumayev M.R, Tojiyeva Z.G’ “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish
metodikasi” Toshkent 2015 yil
13. Bekboyeva N.U, YAngiboyeva R “Matematika” Toshkent “O’qituvchi”
“Boshlang’ich ta’lim jurnali” 208-2019 yil, 7-8-12 sonlar
14. G’afforova T “Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnalogiyalar”
“Boshlang’ich ta’lim jurnali” 2010-2011 yil.
15. R.Mavlonova,
N.Rahmonqulova,
B.Normurodova,
K.Matnazarova.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. 2014-yil. TDPU Riziografida nashr qilingan.
16. M.A.Esonova. “ Maktabgacha pedagogika” O’quv uslubiy qo’llanma Toshkent
2022-yil
17. Ezopova S.A. Maktabgacha ta’lim yoki katta maktabgacha yoshdagi bolalarni
tarbiyalash: innovatsiyalar va an’analar // Maktabgacha pedagogika. – 2007 yil
№6.
18. F.Qodirova va boshqalar “Maktabgacha pedagogika” Toshkent 2019 yil
19. T.S. Usraanxodjayev, Sh.X. IsroUov, A.A. Pulatov, Sh.A. Pulatov “Milliy va
harakatli o’yinlar” Toshkent «iqtisod-moliya» 2015 yil
20. Pedagogika fanidan izohli lug’at. (Tuzuvchilar: J. Hasanboyev, X.
To’raqulov, O. Hasanboyeva, N. Usmonov).Тoshkent , «Fan va texnologiyalar»,
2009 yil
Elektron ta’lim resurslari
www. tersu.uz
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
Ilmiybaza.uz
37
www. ziyonet. uz
www.ilmiybaza.uz