BOLALAR VA O’SMIRLAR GIGIYENASINING UMUMIY ASOSLARI.

Yuklangan vaqt

2025-09-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

30,3 KB


 
 
 
 
BOLALAR VA O’SMIRLAR GIGIYENASINING UMUMIY ASOSLARI. 
 
 
Ma’ruza rejasi: 
 
1. Mavzuni asoslash - Bolalar va o’smirlar gigiyenasi. O’zbekiston aholisi 
bolalar kontingentining salomatlik ko’rsatkichlari. 
2. Bolalarning jismoniy rivojlanishi, ularni tarbiyalash va o’qitish sharoitlarini 
muvofiqlashtirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqishning asosi ekanligi. 
3. Akseleratsiya, uning gigiyenik ahamiyati, maktabga yetuklik tushunchasi.  
4. Bolalar va o’smirlarga tibbiy xizmat ko’rsatish. Bolalar jamoalaridagi 
vrachlar faoliyatining mazmuni. 
 
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi- bu  profilaktik meditsinaning bir qismi bo’lib, 
bolalar va o’smirlar salomatligiga, jismoniy taraqqiyotiga, organizmning funksional 
holatiga  vа faoliyatiga  ta’sir ko’rsatuvchi muhit sharoitlarini o’rganuvchi, ilmiy 
asoslangan amaliy tadbirlarni ishlab chiquvchi, salomatlikni mustahkamlash va 
saqlashni ta’minlovchi bo’lim hisoblanadi.  
Bizning respublikamizda bolalar va o’smirlar kontingenti aholining asosiy 
qismini tashkil etadi. Mas., O’zbekistonning qishloq aholi yashash joylarida bolalar 
va o’smirlar kontingenti butun aholining 37-40% ni tashkil qilsa, tug’ilish darajasi 
har 1000 aholiga 34-37 ni tashkil etadi. Aholining bu kategoriyasiga 
kiruvchilarining salomatlik holati va jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini qoniqarli 
deb bo’lmaydi, chunki ularning bu ko’rsatkichlari boshqa davlatlardagi 
ko’rsatkichlardan sezilarli darajada yomonroqdir. Bundan tashqari, bolalar 
kattalarga qaraganda yuqumsiz tabiatga ega bo’lgan kasalliklar bilan deyarli 1,5 
Logotip
BOLALAR VA O’SMIRLAR GIGIYENASINING UMUMIY ASOSLARI. Ma’ruza rejasi: 1. Mavzuni asoslash - Bolalar va o’smirlar gigiyenasi. O’zbekiston aholisi bolalar kontingentining salomatlik ko’rsatkichlari. 2. Bolalarning jismoniy rivojlanishi, ularni tarbiyalash va o’qitish sharoitlarini muvofiqlashtirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqishning asosi ekanligi. 3. Akseleratsiya, uning gigiyenik ahamiyati, maktabga yetuklik tushunchasi. 4. Bolalar va o’smirlarga tibbiy xizmat ko’rsatish. Bolalar jamoalaridagi vrachlar faoliyatining mazmuni. Bolalar va o’smirlar gigiyenasi- bu profilaktik meditsinaning bir qismi bo’lib, bolalar va o’smirlar salomatligiga, jismoniy taraqqiyotiga, organizmning funksional holatiga vа faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi muhit sharoitlarini o’rganuvchi, ilmiy asoslangan amaliy tadbirlarni ishlab chiquvchi, salomatlikni mustahkamlash va saqlashni ta’minlovchi bo’lim hisoblanadi. Bizning respublikamizda bolalar va o’smirlar kontingenti aholining asosiy qismini tashkil etadi. Mas., O’zbekistonning qishloq aholi yashash joylarida bolalar va o’smirlar kontingenti butun aholining 37-40% ni tashkil qilsa, tug’ilish darajasi har 1000 aholiga 34-37 ni tashkil etadi. Aholining bu kategoriyasiga kiruvchilarining salomatlik holati va jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini qoniqarli deb bo’lmaydi, chunki ularning bu ko’rsatkichlari boshqa davlatlardagi ko’rsatkichlardan sezilarli darajada yomonroqdir. Bundan tashqari, bolalar kattalarga qaraganda yuqumsiz tabiatga ega bo’lgan kasalliklar bilan deyarli 1,5
marta ko’proq kasallanadi. Buning asosiy sabablaridan biri nomuvofiq ijtimoiy-
gigiyenik sharoit hisoblanadi.. Mas., respublikamizda maktab yoshigacha bo’lgan 
bolalar uchun xizmat ko’rsatadigan muassasalar 30% dan kamni tashkil qiladi, bor 
bo’lganlari esa, qoida bo’yicha sanitar-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Agar 
boshqa regionlarda bolalar va o’smirlar o’rtasida uchraydigan kasalliklarning 
tarkibini asosan nafas olish organlari kasalliklari, turli tabiatga ega bo’lgan 
jarohatlanishlar, ovqat hazm qilish organlari kasalliklari tashkil etadigan bo’lsa, 
O’zbekistonda esa, nafas olish organlaridan keyin ikkinchi o’rinda yuqumli 
kasalliklar egallaydi, shu bilan birga buning asosiy sabablaridan biri aholi yashash 
joylaridagi kommunal obodonlashtirilganlikning past darajada ekanligi, shu 
jumladan maktabgacha va maktab muassasalaridagi nomuvofiq gigiyenik sharoitlar 
hisoblanadi. Erta bolalikdagi o’lim darajasi (1 yoshgacha bo’lgan bolalar) 
respublikamizdagi bolalar o’rtasida har 100 ta tug’ilgan bolaga 33 tani tashkil qiladi 
(Sh.T.Iskandarova,1996 y) va bu ko’rsatkich   eng yomon ko’rsatkichdir 
(Belorussiya va Boltiq bo’yi respublikalarida bu ko’rsatkich 10-11 tani tashkil 
qiladi, Yaponiyada esa har 1000 ta tug’ilgan bolaga 4 tani tashkil etadi). Bu holatda 
ham eng muhim sabalardan biri qoniqarsiz ijtimoiy-gigiyenik sharoit hisoblanadi, 
shu jumladan, tibbiy xizmat ko’rsatishning past darajada ekanligi, maktab va 
maktabgacha bolalar muassasalarining kamligi va gigiyenik talablarga muvofiq 
kelmasligi, bolalar kasalxonalari, ayniqsa onalik va bolalikni muhofaza qilish 
muassasalari va uy-joy hamda yashash sharoitlarining gigiyenik talablar darajasida 
emasligi hisoblanadi. Shu bilan birga, o’suvchi bolalar organizmining o’ziga xos 
xususiyatlari, zararli taassurotlarga juda tez beriluvchanligi va sezgirligi, turmush 
sharoitlarining gigiyenik talablarga yuqori darajada javob berishi lozimligini 
taqozoo etadi. Ko’rsatib o’tilganlarning hammasini qo’shib baholaganda bu 
talablarni ta’minlash bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini 
yaxshilashda, kasallanish darajasini pasaytirish uchun zarur bo’lgan muhim omillar 
hisoblanadi. 
    Bu muammolarni ijobiy xal qilish uchun bevosita faoliyat ko’rsatadigan tibbiyot 
fanlaridan biri bolalar va o’smirlar gigiyenasi fanidir. Gigiyena fanining bu bo’limi 
Logotip
marta ko’proq kasallanadi. Buning asosiy sabablaridan biri nomuvofiq ijtimoiy- gigiyenik sharoit hisoblanadi.. Mas., respublikamizda maktab yoshigacha bo’lgan bolalar uchun xizmat ko’rsatadigan muassasalar 30% dan kamni tashkil qiladi, bor bo’lganlari esa, qoida bo’yicha sanitar-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Agar boshqa regionlarda bolalar va o’smirlar o’rtasida uchraydigan kasalliklarning tarkibini asosan nafas olish organlari kasalliklari, turli tabiatga ega bo’lgan jarohatlanishlar, ovqat hazm qilish organlari kasalliklari tashkil etadigan bo’lsa, O’zbekistonda esa, nafas olish organlaridan keyin ikkinchi o’rinda yuqumli kasalliklar egallaydi, shu bilan birga buning asosiy sabablaridan biri aholi yashash joylaridagi kommunal obodonlashtirilganlikning past darajada ekanligi, shu jumladan maktabgacha va maktab muassasalaridagi nomuvofiq gigiyenik sharoitlar hisoblanadi. Erta bolalikdagi o’lim darajasi (1 yoshgacha bo’lgan bolalar) respublikamizdagi bolalar o’rtasida har 100 ta tug’ilgan bolaga 33 tani tashkil qiladi (Sh.T.Iskandarova,1996 y) va bu ko’rsatkich eng yomon ko’rsatkichdir (Belorussiya va Boltiq bo’yi respublikalarida bu ko’rsatkich 10-11 tani tashkil qiladi, Yaponiyada esa har 1000 ta tug’ilgan bolaga 4 tani tashkil etadi). Bu holatda ham eng muhim sabalardan biri qoniqarsiz ijtimoiy-gigiyenik sharoit hisoblanadi, shu jumladan, tibbiy xizmat ko’rsatishning past darajada ekanligi, maktab va maktabgacha bolalar muassasalarining kamligi va gigiyenik talablarga muvofiq kelmasligi, bolalar kasalxonalari, ayniqsa onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari va uy-joy hamda yashash sharoitlarining gigiyenik talablar darajasida emasligi hisoblanadi. Shu bilan birga, o’suvchi bolalar organizmining o’ziga xos xususiyatlari, zararli taassurotlarga juda tez beriluvchanligi va sezgirligi, turmush sharoitlarining gigiyenik talablarga yuqori darajada javob berishi lozimligini taqozoo etadi. Ko’rsatib o’tilganlarning hammasini qo’shib baholaganda bu talablarni ta’minlash bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini yaxshilashda, kasallanish darajasini pasaytirish uchun zarur bo’lgan muhim omillar hisoblanadi. Bu muammolarni ijobiy xal qilish uchun bevosita faoliyat ko’rsatadigan tibbiyot fanlaridan biri bolalar va o’smirlar gigiyenasi fanidir. Gigiyena fanining bu bo’limi
o’suvchi organizmga atrof muhitda bor bo’lgan turli omillarning ta’sirini o’rganish 
va olingan ma’lumotlar asosida bolalar va o’smirlar organizmiga moslashtirilgan 
holda ilmiy asoslangan gigiyenik normativlarni, tavsiyalarni ishlab chiqish va 
shunga muvofiq sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqib hayotga tadbiq qilish 
vazifasini bajarishi  lozim.  
 
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi fanining asosiy vazifalari qatoriga: 
1.O’suvchi organizmning o’ziga xos morfologik va funksional xususiyatlarini 
hisobga olib gigiyenik me’yorlar ishlab chiqish va bunda har bir yosh davrlarini 
inobatga olish vazifalari: 
-bolalar va o’smirlarni tarbiyalash va o’qitish sharoitlarini ratsional tashkil 
qilish va muvofiqlashtirish; 
-bolalar va o’smirlar faoliyatini reglamentlash; 
-bolalar va o’smirlarning ovqatlanishini takomillashtirish; 
-bolalar va o’smirlarning shaxsiy gigiyenasi 
2.Bolalar va o’smirlarga tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, jumladan: 
-bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini sifatli nazorat qilishni 
ta’minlash; 
-bolalar va o’smirlarning salomatlik holatlarini nazorat qilish va 
dispanserizatsiyani amalga oshirish; 
-sog’lomlashtirish tadbirlarini amlaga oshirish 
Bolalar va o’smirlar gigiyenasining asosiy muammolari  
• Bolalar va o’smirlarni tarbiyalash va o’qitish gigiyenasi; 
• O’smirlarni mehnat gigiyenasi; 
• Bolalar va o’smirlar muassasalari gigiyenasi; 
• Jismoniy tarbiyalash gigiyenasi; 
• Bolalar va o’smirlar salomatligini o’rganish va korreksiya qilish.  
Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi gigiyenik tadbirlarning asosi 
ekanligi. 
Logotip
o’suvchi organizmga atrof muhitda bor bo’lgan turli omillarning ta’sirini o’rganish va olingan ma’lumotlar asosida bolalar va o’smirlar organizmiga moslashtirilgan holda ilmiy asoslangan gigiyenik normativlarni, tavsiyalarni ishlab chiqish va shunga muvofiq sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqib hayotga tadbiq qilish vazifasini bajarishi lozim. Bolalar va o’smirlar gigiyenasi fanining asosiy vazifalari qatoriga: 1.O’suvchi organizmning o’ziga xos morfologik va funksional xususiyatlarini hisobga olib gigiyenik me’yorlar ishlab chiqish va bunda har bir yosh davrlarini inobatga olish vazifalari: -bolalar va o’smirlarni tarbiyalash va o’qitish sharoitlarini ratsional tashkil qilish va muvofiqlashtirish; -bolalar va o’smirlar faoliyatini reglamentlash; -bolalar va o’smirlarning ovqatlanishini takomillashtirish; -bolalar va o’smirlarning shaxsiy gigiyenasi 2.Bolalar va o’smirlarga tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, jumladan: -bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini sifatli nazorat qilishni ta’minlash; -bolalar va o’smirlarning salomatlik holatlarini nazorat qilish va dispanserizatsiyani amalga oshirish; -sog’lomlashtirish tadbirlarini amlaga oshirish Bolalar va o’smirlar gigiyenasining asosiy muammolari • Bolalar va o’smirlarni tarbiyalash va o’qitish gigiyenasi; • O’smirlarni mehnat gigiyenasi; • Bolalar va o’smirlar muassasalari gigiyenasi; • Jismoniy tarbiyalash gigiyenasi; • Bolalar va o’smirlar salomatligini o’rganish va korreksiya qilish. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi gigiyenik tadbirlarning asosi ekanligi.
    Yuqorida aytib o’tilganidek, gigiyenik tadbirlarning asosini turli yosh 
davrlaridagi bolalar va o’smirlar organizminidagi anatomo-fiziologik xususiyatlarni 
hisobga olish hisoblanadi. 
    Bolalar va o’smirlar organizmining o’sish va rivojlanishi qonuniyatlari 
Tirik jonzodlar ichida inson eng yordamga muhtoj himoyasiz tug’iladi. 
Chaqaloq mustaqil yashashga umuman tayyor emas. U butunlay yetuk bo’lishi 
uchun uzoq muddatli o’sish va rivojlanish davrini o’tishi kerak.  
O’SISH- organizmga tushadigan moddalar hisobiga to’qimalar va organlar 
vaznini miqdoriy ortishi hamda yangi to’qimalarni hosil bo’lishidir.  
RIVOJLANISH - bu to’qima va organlarda kuzatiladigan sifat o’zgarishlar 
bo’lib, buning natijasida to’qima va organlar differentsirovkasi, ularning funksional 
yetilishi hamda yangi funksiyalalarni hosil bo’lishidir.  
Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini V.N.Kardashenkoning ta’rifi 
bo’yicha asosiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Bola organizmi qanchalik kichik bo’lsa, o’sish va rivojlanish jarayoni shunchalik 
jadal ketadi; 
2. O’sish va rivojlanish bolalarda bir tekisda ketmaydi, har bir yosh davri uchun 
o’zining anatomo-fiziologik xususiyatlari mavjud; 
3. O’sish va rivojlanish davomida jinsiy belgilardagi farqlar ham asta-sekinlik bilan 
namoyon bo’la boshlaydi. 
Xalqaro tasnifga muvofiq quyidagi yoshga doir davrlarni ajratish mumkin: 
1.Yangi tug’ilgan davr- tug’ilgan vaqtdan 10 kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga 
oladi. 
2.Ko’krak yoshi davri -10 kundan 1 yilgacha 
3.Ilk bolalik davri - 1-3 yosh 
4.Birinchi bolalik - 4-7 yosh 
5.Ikkinchi bolalik: qizlar -8-11 yosh, o’g’il bolalar 8-12 yosh 
6.O’smirlik davri - qizlar- 11-15 yosh, o’g’il bolalar - 13-16 yosh 
7.O’spirinlik davri: qizlar -16-20yosh, o’g’il bolalar - 17-21 yosh. 
Logotip
Yuqorida aytib o’tilganidek, gigiyenik tadbirlarning asosini turli yosh davrlaridagi bolalar va o’smirlar organizminidagi anatomo-fiziologik xususiyatlarni hisobga olish hisoblanadi. Bolalar va o’smirlar organizmining o’sish va rivojlanishi qonuniyatlari Tirik jonzodlar ichida inson eng yordamga muhtoj himoyasiz tug’iladi. Chaqaloq mustaqil yashashga umuman tayyor emas. U butunlay yetuk bo’lishi uchun uzoq muddatli o’sish va rivojlanish davrini o’tishi kerak. O’SISH- organizmga tushadigan moddalar hisobiga to’qimalar va organlar vaznini miqdoriy ortishi hamda yangi to’qimalarni hosil bo’lishidir. RIVOJLANISH - bu to’qima va organlarda kuzatiladigan sifat o’zgarishlar bo’lib, buning natijasida to’qima va organlar differentsirovkasi, ularning funksional yetilishi hamda yangi funksiyalalarni hosil bo’lishidir. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini V.N.Kardashenkoning ta’rifi bo’yicha asosiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 1. Bola organizmi qanchalik kichik bo’lsa, o’sish va rivojlanish jarayoni shunchalik jadal ketadi; 2. O’sish va rivojlanish bolalarda bir tekisda ketmaydi, har bir yosh davri uchun o’zining anatomo-fiziologik xususiyatlari mavjud; 3. O’sish va rivojlanish davomida jinsiy belgilardagi farqlar ham asta-sekinlik bilan namoyon bo’la boshlaydi. Xalqaro tasnifga muvofiq quyidagi yoshga doir davrlarni ajratish mumkin: 1.Yangi tug’ilgan davr- tug’ilgan vaqtdan 10 kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 2.Ko’krak yoshi davri -10 kundan 1 yilgacha 3.Ilk bolalik davri - 1-3 yosh 4.Birinchi bolalik - 4-7 yosh 5.Ikkinchi bolalik: qizlar -8-11 yosh, o’g’il bolalar 8-12 yosh 6.O’smirlik davri - qizlar- 11-15 yosh, o’g’il bolalar - 13-16 yosh 7.O’spirinlik davri: qizlar -16-20yosh, o’g’il bolalar - 17-21 yosh.
   Sog’liqni saqlash amaliyotida ko’pincha qisqartirilgan sxemadan foydalanib, 
yoshga doir 5 davrni baholanadi. 
1.Yangi tug’ilgan davr 
2.Ko’krak yoshi davri 
3.Ilk maktabgacha bo’lgan yosh davri (1-3)  
4.Maktabgacha bo’lgan yosh davri - 3-7 yosh 
5.Maktab yoshi davri (kichik, o’rta va katta maktab yoshi) 
     Turlicha 
yosh 
davrlaridagi 
bolalar 
organizmida 
anatomo-fiziologik 
xususiyatlarning asosiylarini ta’riflash va har bir yosh guruhi uchun muhim bo’lgan 
gigiyenik tadbirlarni ta’riflashga o’tamiz. 
   Yangi tug’ilgan davrda chaqaloq bolaning organizmi morfologik va funksional 
jihatdan yaxshi takomillashmagan bo’ladi. Bu davrda bola organizmi uchun 
umuman begona bo’lgan muhit, yangi sharoitga moslashish bilan boradi. Bola 
organizmidagi asosiy organlar va sistemalarning yaxshi takomillashmaganligi 
tufayli atrof muhitning nomuvofiq ta’sirotlariga juda sezgir bo’ladi.  
Yangi tugilgan davrda va 30 kungacha bo’lgan muddatda bolalar o’rtasida 
kuzatiladigan o’lim darajasi bolaning 1yoshgacha bo’lgan hamma oylaridagiga 
qaraganda 2-3 marta ko’p kuzatiladi. Bu davrda qayd qilinadigan kasalliklar ichidan 
eng asosiylari qatoriga - nafas yo’llari kasalliklari, pnevmoniya va yiringli-septik 
kasalliklar hisoblanadi.   
Bu davrda uchraydigan kasalliklar darajasini kamaytirish uchun eng muhim 
bo’lgan tadbirlar qatoriga - tug’ruqxona xodimlari tomonidan shaxsiy gigiyena 
qoidalariga rioya qilinishi, bolani parvarish qilishda aseptik sharoitlarni yaratgan 
holda bajarish, bolani emizishdan oldin ona ko’kragini iliq suv bilan yuvish, bola 
badanini toza bo’lishiga e’tibor qaratish, chaqaloq yotgan xonadagi harorat-namlik 
tartibini oqilona bo’lishini ta’minlash, (xona havosining harorati 24-26oC), 
chaqaloqni to’g’ri ovqatlantirish, chaqaloq uchun eng muvofiq kiyimlarni tanlash 
muhim ahamiyatga egadir. 
    Ko’krak yoshining butun muddati davomida bola organizmida jadal tarzda o’sish 
va rivojlanish jarayoni kuzatilib, u endokrin bezlarning ta’sirida bo’ladi 
Logotip
Sog’liqni saqlash amaliyotida ko’pincha qisqartirilgan sxemadan foydalanib, yoshga doir 5 davrni baholanadi. 1.Yangi tug’ilgan davr 2.Ko’krak yoshi davri 3.Ilk maktabgacha bo’lgan yosh davri (1-3) 4.Maktabgacha bo’lgan yosh davri - 3-7 yosh 5.Maktab yoshi davri (kichik, o’rta va katta maktab yoshi) Turlicha yosh davrlaridagi bolalar organizmida anatomo-fiziologik xususiyatlarning asosiylarini ta’riflash va har bir yosh guruhi uchun muhim bo’lgan gigiyenik tadbirlarni ta’riflashga o’tamiz. Yangi tug’ilgan davrda chaqaloq bolaning organizmi morfologik va funksional jihatdan yaxshi takomillashmagan bo’ladi. Bu davrda bola organizmi uchun umuman begona bo’lgan muhit, yangi sharoitga moslashish bilan boradi. Bola organizmidagi asosiy organlar va sistemalarning yaxshi takomillashmaganligi tufayli atrof muhitning nomuvofiq ta’sirotlariga juda sezgir bo’ladi. Yangi tugilgan davrda va 30 kungacha bo’lgan muddatda bolalar o’rtasida kuzatiladigan o’lim darajasi bolaning 1yoshgacha bo’lgan hamma oylaridagiga qaraganda 2-3 marta ko’p kuzatiladi. Bu davrda qayd qilinadigan kasalliklar ichidan eng asosiylari qatoriga - nafas yo’llari kasalliklari, pnevmoniya va yiringli-septik kasalliklar hisoblanadi. Bu davrda uchraydigan kasalliklar darajasini kamaytirish uchun eng muhim bo’lgan tadbirlar qatoriga - tug’ruqxona xodimlari tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, bolani parvarish qilishda aseptik sharoitlarni yaratgan holda bajarish, bolani emizishdan oldin ona ko’kragini iliq suv bilan yuvish, bola badanini toza bo’lishiga e’tibor qaratish, chaqaloq yotgan xonadagi harorat-namlik tartibini oqilona bo’lishini ta’minlash, (xona havosining harorati 24-26oC), chaqaloqni to’g’ri ovqatlantirish, chaqaloq uchun eng muvofiq kiyimlarni tanlash muhim ahamiyatga egadir. Ko’krak yoshining butun muddati davomida bola organizmida jadal tarzda o’sish va rivojlanish jarayoni kuzatilib, u endokrin bezlarning ta’sirida bo’ladi
(qalqonsimon, buqoq, buyrak usti bezlari), asosiy modda almashinuvining ortib 
borishi, birinchi signal sistemasining shakllanishi kuzatiladi. Shu bilan birga bola 
organizmidagi organlar va sistemalarning to’liq takomillashmaganligi tufayli uning 
organizmi turli kasalliklarga nisbatan juda sezgir va tez bu kasalliklarga tez 
beriluvchan bo’ladi, buning natijasida atrof muhitdagi nomuvofiq omillar ta’sirida 
quyidagi kasalliklar tez-tez qayd qilinib turiladi: 
Pnevmoniya, 
otitlar, 
infeksion-toksik 
kasalliklar, 
oshkozon-ichak 
faoliyatining buzilishi kasalliklari. Bu yoshdagi bolalarning kasallanishini oldini 
olish tadbirlari qatoriga - ona tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya 
qilinishi, bolani to’g’ri parvarishlar, bola organizmi uchun muvofiq mikroiqlim 
sharoitlarini yaratish, bolani to’g’ri ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish, toza havoda 
o’ynatish, chiniqtiruvchi tadbirlardan unumli foydalanish, passiv gimnastika, bolani 
kunda cho’miltirish, quyosh nuridan bahramand qilish kabilar juda muhimdir.               
    1-3 yoshlik va 3-7 yoshlik bolalar organizmida o’sish va rivojlanish jarayonlari 
biroz sekinlashadi, bola organizmidagi disproporsiya hanuzgacha saqlanadi, ammo 
shu sharoitda ichki organlarning morfologik strukturasi takomillasha boradi, 
ikkinchi signal sistemasi ham shakllana boshlaydi. 
    Bolaning MNS ham kuchli rivojlanish kuzatilib, uning ongi orta boradi, atrof 
muhitdagi bo’layotgan hodisalar va bolalikka nisbatan tafakkurlash qobiliyati paydo 
bo’la boshlaydi, bolada so’zlash qobiliyati kun sayin orta boradi. Bolalarning bu 
yosh davrlarida harakat faoliyati juda kuchli taraqqiy etadi va ongli faoliyat tez 
taraqqiy etadi, buning natijasida bu yoshdagi bolalarda turli xildagi shikastlanishlar, 
tasodifan yuzaga keladigan hodisalar uchrab turadi, chunki bola beixtiyor ravishda 
qo’liga tushgan buyumlarni og’ziga olib boradi.  
1 yoshdan o’tgan bolalardagi eng ko’p kuzatiladigan kasalliklar qatoriga 
bolalar infeksiyalari va invazion kasalliklar juda ko’plab qayd qilinadi. Shuning 
uchun bu yoshdagi bolalarni gigiyenik tarbiyalash va ular organizmini chiniqtirish 
juda muhim ahamiyatga egadir. Bu tadbirlar faqatgina profilaktik tadbirlar bo’lib 
qolmay, balki organizmni stimullovchi tadbirlar ham hisoblanadi (cheklangan 
Logotip
(qalqonsimon, buqoq, buyrak usti bezlari), asosiy modda almashinuvining ortib borishi, birinchi signal sistemasining shakllanishi kuzatiladi. Shu bilan birga bola organizmidagi organlar va sistemalarning to’liq takomillashmaganligi tufayli uning organizmi turli kasalliklarga nisbatan juda sezgir va tez bu kasalliklarga tez beriluvchan bo’ladi, buning natijasida atrof muhitdagi nomuvofiq omillar ta’sirida quyidagi kasalliklar tez-tez qayd qilinib turiladi: Pnevmoniya, otitlar, infeksion-toksik kasalliklar, oshkozon-ichak faoliyatining buzilishi kasalliklari. Bu yoshdagi bolalarning kasallanishini oldini olish tadbirlari qatoriga - ona tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, bolani to’g’ri parvarishlar, bola organizmi uchun muvofiq mikroiqlim sharoitlarini yaratish, bolani to’g’ri ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish, toza havoda o’ynatish, chiniqtiruvchi tadbirlardan unumli foydalanish, passiv gimnastika, bolani kunda cho’miltirish, quyosh nuridan bahramand qilish kabilar juda muhimdir. 1-3 yoshlik va 3-7 yoshlik bolalar organizmida o’sish va rivojlanish jarayonlari biroz sekinlashadi, bola organizmidagi disproporsiya hanuzgacha saqlanadi, ammo shu sharoitda ichki organlarning morfologik strukturasi takomillasha boradi, ikkinchi signal sistemasi ham shakllana boshlaydi. Bolaning MNS ham kuchli rivojlanish kuzatilib, uning ongi orta boradi, atrof muhitdagi bo’layotgan hodisalar va bolalikka nisbatan tafakkurlash qobiliyati paydo bo’la boshlaydi, bolada so’zlash qobiliyati kun sayin orta boradi. Bolalarning bu yosh davrlarida harakat faoliyati juda kuchli taraqqiy etadi va ongli faoliyat tez taraqqiy etadi, buning natijasida bu yoshdagi bolalarda turli xildagi shikastlanishlar, tasodifan yuzaga keladigan hodisalar uchrab turadi, chunki bola beixtiyor ravishda qo’liga tushgan buyumlarni og’ziga olib boradi. 1 yoshdan o’tgan bolalardagi eng ko’p kuzatiladigan kasalliklar qatoriga bolalar infeksiyalari va invazion kasalliklar juda ko’plab qayd qilinadi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni gigiyenik tarbiyalash va ular organizmini chiniqtirish juda muhim ahamiyatga egadir. Bu tadbirlar faqatgina profilaktik tadbirlar bo’lib qolmay, balki organizmni stimullovchi tadbirlar ham hisoblanadi (cheklangan
miqdorlardagi jismoniy mashqlar, harakatli o’yinlar, bolalar organizmini 
chiniqtirish, mikroiqlim sharoitlarini o’zgartirib turish).  
Bolalar uchun tuzib chiqilgan oqilona kun tartibining ahamiyati juda muhim 
bo’lib, shu bilan birga bu yoshdagi bolalarni to’g’ri ovqatlantirish, sifatli taomlar 
bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. Bu yoshdagi bolalarni atrof muhitda bor 
bo’lgan hodisalarni bilishga juda chanqoqligi sababli, ularni o’qishga bo’lgan 
munosabatlarinini astalik bilan shakllantirish lozim, ammo nerv sistemasining 
yuqori darajadagi  labilligini inobatga olib, ular psixikasini zo’riqtirish maqsadga 
muvofiq emas. 
    Ikkinchi bolalak davrida (kichik maktab yoshi) o’sish tempining yanada 
sekinlashishi kuzatiladi, ammmo mushaklar massasi, yurak mushaklarining massasi 
orta boradi, ichki organlar ham yaxshi rivojlanadi. Badan skeletida suyaklanish 
jarayoni juda jadal ketadi va sut tishlari sekin-asta haqiqiy tishlar almashina 
boshlaydi. MNS uchun qo’zg’alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlikka 
ega bo’ladi, shuning uchun bu yoshdagi bolalarda aqliy ish bilan bo’lgan 
mashg’ulotlar ularni tez toliqishiga sababchi bo’ladi va ayniqsa bir xil turdagi 
mashqlar ularni tez toliqtiradi. Skeletlardagi mushaklar, boshqa turdagi mushak 
guruhlarining umumiy massasini ortib borishi bilan birga ular hanuzgacha 
rivojlanishda va to’liq takomillashmaganligi sababli ayrim mushak guruhlarida 
(qo’l barmoqlarining mushaklari, harakat-tayanch organlarining mushaklarida 
toliqish jarayoni yuzaga keladi va bu holat bolalarning qaddi-qomatini buzilishiga 
asos bo’lib qolishi mumkin. Shuning bolalarni maktablarda partada to’g’ri 
o’tirishiga, partalarning razmerlari bolaning bo’yiga muvofiq tanlanganligiga 
e’tiborni qaratish muhimdir. Bu yosh davrida shaxsiy gigiyena mahoratlarining 
o’zlashtirilishi, badanni chiniqtiruvchi mashqlarga moslasha borishi, to’g’ri 
ovqatlanishga o’rgana borishi bilan bir qatorda optimal kun tartibi va maktabdagi 
dars jadvallarining to’g’ri tuzilganligi, o’quv va jismoniy tarbiya mashqlarini 
dozalarga muvofiq tashkil etilganligi, o’qitish sharoitlarining gigiyenik me’yorlar 
asosida oqilona tashkil etilganligi xonalarning yoritilganligi, mikroiqlim sharoitlari, 
xonalar havosining shamollatilishi, partalarning to’g’ri tanlanganligi, dars jadvali. 
Logotip
miqdorlardagi jismoniy mashqlar, harakatli o’yinlar, bolalar organizmini chiniqtirish, mikroiqlim sharoitlarini o’zgartirib turish). Bolalar uchun tuzib chiqilgan oqilona kun tartibining ahamiyati juda muhim bo’lib, shu bilan birga bu yoshdagi bolalarni to’g’ri ovqatlantirish, sifatli taomlar bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. Bu yoshdagi bolalarni atrof muhitda bor bo’lgan hodisalarni bilishga juda chanqoqligi sababli, ularni o’qishga bo’lgan munosabatlarinini astalik bilan shakllantirish lozim, ammo nerv sistemasining yuqori darajadagi labilligini inobatga olib, ular psixikasini zo’riqtirish maqsadga muvofiq emas. Ikkinchi bolalak davrida (kichik maktab yoshi) o’sish tempining yanada sekinlashishi kuzatiladi, ammmo mushaklar massasi, yurak mushaklarining massasi orta boradi, ichki organlar ham yaxshi rivojlanadi. Badan skeletida suyaklanish jarayoni juda jadal ketadi va sut tishlari sekin-asta haqiqiy tishlar almashina boshlaydi. MNS uchun qo’zg’alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlikka ega bo’ladi, shuning uchun bu yoshdagi bolalarda aqliy ish bilan bo’lgan mashg’ulotlar ularni tez toliqishiga sababchi bo’ladi va ayniqsa bir xil turdagi mashqlar ularni tez toliqtiradi. Skeletlardagi mushaklar, boshqa turdagi mushak guruhlarining umumiy massasini ortib borishi bilan birga ular hanuzgacha rivojlanishda va to’liq takomillashmaganligi sababli ayrim mushak guruhlarida (qo’l barmoqlarining mushaklari, harakat-tayanch organlarining mushaklarida toliqish jarayoni yuzaga keladi va bu holat bolalarning qaddi-qomatini buzilishiga asos bo’lib qolishi mumkin. Shuning bolalarni maktablarda partada to’g’ri o’tirishiga, partalarning razmerlari bolaning bo’yiga muvofiq tanlanganligiga e’tiborni qaratish muhimdir. Bu yosh davrida shaxsiy gigiyena mahoratlarining o’zlashtirilishi, badanni chiniqtiruvchi mashqlarga moslasha borishi, to’g’ri ovqatlanishga o’rgana borishi bilan bir qatorda optimal kun tartibi va maktabdagi dars jadvallarining to’g’ri tuzilganligi, o’quv va jismoniy tarbiya mashqlarini dozalarga muvofiq tashkil etilganligi, o’qitish sharoitlarining gigiyenik me’yorlar asosida oqilona tashkil etilganligi xonalarning yoritilganligi, mikroiqlim sharoitlari, xonalar havosining shamollatilishi, partalarning to’g’ri tanlanganligi, dars jadvali.
    O’smirlik davri eng ahamiyatli va javobgarli davrlardan biri hisoblanadi. Qiz 
bolalarda u 11-12 yoshdan boshlanadi, o’g’il bolalarda esa 1-2 yosh keyinroq. Bu 
yosh davrida bolalarda endokrin bezlarning faoliyati keskin faollashadi va jinsiy 
rivojlanish boshlanib, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’la boshlaydi. Bolalarning 
bo’y ko’rsatkichlari ikkinchi marta juda tez o’sish jarayoniga o’tadi, badanning 
hamma parametrlari tez rivojlana boshlaydi, tana proporsiyasi tez-tez o’zgaradi. Bu 
yosh davrida umurtqa egilmalari shakllana boshlaydi, yurakning umumiy massasi 
ortadi, tomirlardagi arterial bosim 115/75 mm simob ustuniga ko’tarilib, o’pkaning 
tiriklik sig’imi 2700-3200 sm kubgacha ko’tariladi. Bu yoshdagi bolalarda ichki 
tormozlanish jarayoni sekinlashadi, MNS yuqori qo’zg’aluvchanlik holati bilan 
ta’riflanadi, bu esa o’z aksini bolaning hulq-atvorida namoyon bo’la boshlaydi. 
Atrof muhitdagi hodisalarga noadekvat reaksiya, dunyoni maksimal adrajada 
tushunish, kayfiyatning tez-tez o’zgarib turishi kuzatiladi. Bu xususiyatlarning 
barchasini hisobga olib, dars jadvallarini tuzish, kun tartibini ishlab chiqish, ish 
joylarini to’g’ri tashkil qilish va jismoniy tarbiya mashqlarini o’tkazishda 
ehtiyotkorlik talab etiladi. 
    Katta maktab yoshidagi bolalarda jinsiy yetilish tugallanadi, qo’zg’alish va 
tormozlanish jarayonlari astalik bilan muvozanatlasha boradi. Shu bilan birga 17 
yoshgacha bo’lgan davrda skeletning rivojlanishi hanuzgacha yakunlanmagan 
bo’ladi, badanning ayrim qismlarida disproporsiya saqlanadi, ya’ni bo’yga nisbatan 
boshqa a’zolarning holati muvofiq bo’lmaydi, umumiy mushak massasi bilan yurak 
mushagining massasi bir-biriga mos kelmaydi. Shuning uchun bu yosh davrida 
yuraklarda funksional shovqin, arterial qon bosimining ko’tarilish holatlari uchrab 
turadi. Ko’pincha yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida tez-tez uchraydigan 
patologiyalar qatoriga miopiyani ham kiritish kerak, hamda bola qaddi-qomatining 
buzilishi, harakat-tayanch organlarining deformatsiyasi kuzatilib, bu patologiyalar 
ish va o’qish joylarining oqilona yoritilmaganligi, noto’g’ri tanlangan maktab 
mebellari, o’quvchilarning partalarda noto’g’ri o’tirishi, portfellarni noto’g’ri 
ko’tarish kabilar asosiy sabablar qatoridan o’rin oladi. Yuqori sinf o’quvchilari 
o’rtasida ko’pincha asab funksional siljishlar qayd qilinib, ular o’quv dasturlarining, 
Logotip
O’smirlik davri eng ahamiyatli va javobgarli davrlardan biri hisoblanadi. Qiz bolalarda u 11-12 yoshdan boshlanadi, o’g’il bolalarda esa 1-2 yosh keyinroq. Bu yosh davrida bolalarda endokrin bezlarning faoliyati keskin faollashadi va jinsiy rivojlanish boshlanib, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’la boshlaydi. Bolalarning bo’y ko’rsatkichlari ikkinchi marta juda tez o’sish jarayoniga o’tadi, badanning hamma parametrlari tez rivojlana boshlaydi, tana proporsiyasi tez-tez o’zgaradi. Bu yosh davrida umurtqa egilmalari shakllana boshlaydi, yurakning umumiy massasi ortadi, tomirlardagi arterial bosim 115/75 mm simob ustuniga ko’tarilib, o’pkaning tiriklik sig’imi 2700-3200 sm kubgacha ko’tariladi. Bu yoshdagi bolalarda ichki tormozlanish jarayoni sekinlashadi, MNS yuqori qo’zg’aluvchanlik holati bilan ta’riflanadi, bu esa o’z aksini bolaning hulq-atvorida namoyon bo’la boshlaydi. Atrof muhitdagi hodisalarga noadekvat reaksiya, dunyoni maksimal adrajada tushunish, kayfiyatning tez-tez o’zgarib turishi kuzatiladi. Bu xususiyatlarning barchasini hisobga olib, dars jadvallarini tuzish, kun tartibini ishlab chiqish, ish joylarini to’g’ri tashkil qilish va jismoniy tarbiya mashqlarini o’tkazishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Katta maktab yoshidagi bolalarda jinsiy yetilish tugallanadi, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari astalik bilan muvozanatlasha boradi. Shu bilan birga 17 yoshgacha bo’lgan davrda skeletning rivojlanishi hanuzgacha yakunlanmagan bo’ladi, badanning ayrim qismlarida disproporsiya saqlanadi, ya’ni bo’yga nisbatan boshqa a’zolarning holati muvofiq bo’lmaydi, umumiy mushak massasi bilan yurak mushagining massasi bir-biriga mos kelmaydi. Shuning uchun bu yosh davrida yuraklarda funksional shovqin, arterial qon bosimining ko’tarilish holatlari uchrab turadi. Ko’pincha yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida tez-tez uchraydigan patologiyalar qatoriga miopiyani ham kiritish kerak, hamda bola qaddi-qomatining buzilishi, harakat-tayanch organlarining deformatsiyasi kuzatilib, bu patologiyalar ish va o’qish joylarining oqilona yoritilmaganligi, noto’g’ri tanlangan maktab mebellari, o’quvchilarning partalarda noto’g’ri o’tirishi, portfellarni noto’g’ri ko’tarish kabilar asosiy sabablar qatoridan o’rin oladi. Yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida ko’pincha asab funksional siljishlar qayd qilinib, ular o’quv dasturlarining,
dars soatlarining noto’g’ri taqsimoti va kun tartibining noto’g’ri tuzilganligi 
oqibatida kelib chiqadi. 
Maktab o’quvchilarining kun tartibini tuzishdagi asosiy prinsiplar: 
- turli faoliyat turlarining optimal davomiyligi (o’quvchilarning ish 
qobiliyatlarini dinamik o’zgarishini hisobga olgan holda). 
- toza havoda maksimal muddatlarda bo’lish bilan dam olishni tashkil etish 
- to’g’ri va to’la qiymatli ovqatlanish 
- yetarlicha va to’la qiymatli uyqu. 
    Bu prinsiplarga to’liq amal qilish, albatta faqat o’quvchilarning ota-onalari va 
maktab pedagoglarining o’zigagina bog’liq bo’lmay, balki ma’lum darajada 
o’quvchilarning o’zlariga ham bog’liqdir. Shuning uchun maktabni tugallovchi har 
bir o’quvchi sog’lom turmush tarzi haqidagi ma’lumotlar haqida to’liq bilimga va 
tushunchalarga ega bo’lishi kerak. 
   Shunday qilib, maktab yoshi davri uchun muhim bo’lgan eng asosiy gigiyena 
tadbirlari quyidagilardan iborat: oqilona tuzilgan kun tartibiga rioya qilish, o’quv 
mashg’ulotlarining to’g’ri tartibi, to’g’ri ovqatlanish tartibini joriy qilish, o’qish, 
jismoniy tarbiya va dam olish soatlarini to’g’ri tashkil etilganligi, qaddi-qomatning 
to’g’ri bo’lishini ta’minlovchi tadbirlar, nozik ko’rish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni 
to’g’ri tashkil qilish, o’g’il va qiz bolalar uchun muvofiqlashtirilgan jismoniy 
tarbiya mashqlarini tanlash, o’quvchilarni gigiyenik tarbiyalash kabilar. 
Akseleratsiyaga doir gigiyenik muammolar. 
    Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishlarini baholash haqidagi 
ma’lumotlarni tahlil qilib, kuzatuvchilar shu narsaga amin bo’ldilar-ki, hozirgi 
populyatsiyaga taalluqli bolalar  va o’smirlarning jismoniy rivojlanish 
ko’rsatkchilari, oldingi avlod bolalarining ko’rsatkichlaridan ancha ilgarilab 
ketganligining guvohi bo’ldilar. Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarining oldingi 
avlod 
bolalaridagi 
rivojlanish 
ko’rsatkichlariga 
qaraganda 
tezlashishini  
akseleratsiya nomi bilan ataldi. Shunga muvofiq holda ikki turdagi akseleratsiyani 
farqlash mumkin: davrga va populyatsiyaga doir akseleratsiyalarga bo’linadi. 
Davriy akseleratsiya  shu kungacha o’tgan barcha avlodlarni o’z ichiga olsa, bir 
Logotip
dars soatlarining noto’g’ri taqsimoti va kun tartibining noto’g’ri tuzilganligi oqibatida kelib chiqadi. Maktab o’quvchilarining kun tartibini tuzishdagi asosiy prinsiplar: - turli faoliyat turlarining optimal davomiyligi (o’quvchilarning ish qobiliyatlarini dinamik o’zgarishini hisobga olgan holda). - toza havoda maksimal muddatlarda bo’lish bilan dam olishni tashkil etish - to’g’ri va to’la qiymatli ovqatlanish - yetarlicha va to’la qiymatli uyqu. Bu prinsiplarga to’liq amal qilish, albatta faqat o’quvchilarning ota-onalari va maktab pedagoglarining o’zigagina bog’liq bo’lmay, balki ma’lum darajada o’quvchilarning o’zlariga ham bog’liqdir. Shuning uchun maktabni tugallovchi har bir o’quvchi sog’lom turmush tarzi haqidagi ma’lumotlar haqida to’liq bilimga va tushunchalarga ega bo’lishi kerak. Shunday qilib, maktab yoshi davri uchun muhim bo’lgan eng asosiy gigiyena tadbirlari quyidagilardan iborat: oqilona tuzilgan kun tartibiga rioya qilish, o’quv mashg’ulotlarining to’g’ri tartibi, to’g’ri ovqatlanish tartibini joriy qilish, o’qish, jismoniy tarbiya va dam olish soatlarini to’g’ri tashkil etilganligi, qaddi-qomatning to’g’ri bo’lishini ta’minlovchi tadbirlar, nozik ko’rish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni to’g’ri tashkil qilish, o’g’il va qiz bolalar uchun muvofiqlashtirilgan jismoniy tarbiya mashqlarini tanlash, o’quvchilarni gigiyenik tarbiyalash kabilar. Akseleratsiyaga doir gigiyenik muammolar. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishlarini baholash haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, kuzatuvchilar shu narsaga amin bo’ldilar-ki, hozirgi populyatsiyaga taalluqli bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkchilari, oldingi avlod bolalarining ko’rsatkichlaridan ancha ilgarilab ketganligining guvohi bo’ldilar. Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarining oldingi avlod bolalaridagi rivojlanish ko’rsatkichlariga qaraganda tezlashishini akseleratsiya nomi bilan ataldi. Shunga muvofiq holda ikki turdagi akseleratsiyani farqlash mumkin: davrga va populyatsiyaga doir akseleratsiyalarga bo’linadi. Davriy akseleratsiya shu kungacha o’tgan barcha avlodlarni o’z ichiga olsa, bir
populyatsiya ichidagi akseleratsiya esa, bir populyatsiyaga taalluqli bo’lgan 20% 
shaxslarni o’z ichiga oladi. 
    Akseleratsiyaga sababchi bo’luvchi 50 dan ortiq nuqtai-nazarlar va nazariyalar 
ilgari surilgan (Geliogen, radioto’lqin, radiatsion, genetik, informatsion va b.q.) 
bo’lib, bu hodisa yoki jarayonning ko’p omilli ekanligidan dalolat beradi, chunki 
hech bir nazariya akseleratsiyaning sabablarini belgilovchi to’liq javobni bera 
olmaydi. Olib borilgan tekshirishlarning yakuniga ko’ra akseleratsiyani yuzaga 
kelishiga asosiy sabab, dunyo aholisining ijtimoiy-turmush, ijtimoiy-gigiyenik 
sharoitlarining yaxshilanishi oqibatida kelib chiqadi degan umumiy xulosaga kelish 
mumkin. 
    Akseleratsiyani faqat ijobiy hodisa yoki jarayon deb bir ma’noli javob bilan 
chegaralanib qolmaslik kerak, aksincha uning o’ziga xos salbiy tomonlari ham 
bo’lishi tabiiydir, chunonchi akseleratsiya bog’liq holda revmatizm, bolalardagi 
yaqindan ko’rish, qandli diabet, gipertoniya kabi kasalliklarning yosharib 
borayotganligini ko’rishimiz mumkin. Ikkinchidan akseleratsiya jarayoni bir qator 
umumbiolgik va gigiyenik muammolarni keltirib chiqardi: 
-bolalarning jismoniy rivojlanishi va salomatligini nazorat qilishni 
takomillashtirishning lozimligi, jumladan jismoniy rivojlanishga doir standartlarni 
muntazam qayta ko’rib chiqishning lozimligi (har 5 yilda bir marta qayta ko’rib 
chiqish talab etiladi); 
-yoshlarni jinsiy tarbiyaga o’rgatishning zaruriyatligi; 
-bolalar kiyimlari, maktabgacha va maktab muassasalaridagi mebellar, oyoq 
kiyimlari standartlarini qayta ko’rib chiqishning lozimligi kabilar. 
     Akseleratsiya bilan bog’liq bo’lgan muhim muammolardan biri bu bolalarni 
maktabda o’qishga yetilganligini aniqlash muammosi hisoblanadi. Ma’lum-ki, juda 
ko’p mamlakatlarda bolalarni maktablarda o’qitish xatto 5 yoshdan boshlanadi. 
Sobiq Ittifoqda ham 1984 yildan boshlab maktablarda islohotlarni o’tkazish 
natijasida bolalarni maktabda o’qitishni yoppasiga 6 yoshdan boshlash kerak degan 
farmon chiqarildi va hayotga tadbiq qilina boshlandi. Ammo, 6 yoshli bolalarni bu 
yoshdan o’qitishni tashkil qilishda bir qator yangi muammolarga duch kelindi.  
Logotip
populyatsiya ichidagi akseleratsiya esa, bir populyatsiyaga taalluqli bo’lgan 20% shaxslarni o’z ichiga oladi. Akseleratsiyaga sababchi bo’luvchi 50 dan ortiq nuqtai-nazarlar va nazariyalar ilgari surilgan (Geliogen, radioto’lqin, radiatsion, genetik, informatsion va b.q.) bo’lib, bu hodisa yoki jarayonning ko’p omilli ekanligidan dalolat beradi, chunki hech bir nazariya akseleratsiyaning sabablarini belgilovchi to’liq javobni bera olmaydi. Olib borilgan tekshirishlarning yakuniga ko’ra akseleratsiyani yuzaga kelishiga asosiy sabab, dunyo aholisining ijtimoiy-turmush, ijtimoiy-gigiyenik sharoitlarining yaxshilanishi oqibatida kelib chiqadi degan umumiy xulosaga kelish mumkin. Akseleratsiyani faqat ijobiy hodisa yoki jarayon deb bir ma’noli javob bilan chegaralanib qolmaslik kerak, aksincha uning o’ziga xos salbiy tomonlari ham bo’lishi tabiiydir, chunonchi akseleratsiya bog’liq holda revmatizm, bolalardagi yaqindan ko’rish, qandli diabet, gipertoniya kabi kasalliklarning yosharib borayotganligini ko’rishimiz mumkin. Ikkinchidan akseleratsiya jarayoni bir qator umumbiolgik va gigiyenik muammolarni keltirib chiqardi: -bolalarning jismoniy rivojlanishi va salomatligini nazorat qilishni takomillashtirishning lozimligi, jumladan jismoniy rivojlanishga doir standartlarni muntazam qayta ko’rib chiqishning lozimligi (har 5 yilda bir marta qayta ko’rib chiqish talab etiladi); -yoshlarni jinsiy tarbiyaga o’rgatishning zaruriyatligi; -bolalar kiyimlari, maktabgacha va maktab muassasalaridagi mebellar, oyoq kiyimlari standartlarini qayta ko’rib chiqishning lozimligi kabilar. Akseleratsiya bilan bog’liq bo’lgan muhim muammolardan biri bu bolalarni maktabda o’qishga yetilganligini aniqlash muammosi hisoblanadi. Ma’lum-ki, juda ko’p mamlakatlarda bolalarni maktablarda o’qitish xatto 5 yoshdan boshlanadi. Sobiq Ittifoqda ham 1984 yildan boshlab maktablarda islohotlarni o’tkazish natijasida bolalarni maktabda o’qitishni yoppasiga 6 yoshdan boshlash kerak degan farmon chiqarildi va hayotga tadbiq qilina boshlandi. Ammo, 6 yoshli bolalarni bu yoshdan o’qitishni tashkil qilishda bir qator yangi muammolarga duch kelindi.
Jumladan, gigiyenik yo’nalishdagi muammolar: o’quv soatlarining nisbatan 
qisqaligi, bolalarga dam berish soatlarini tashkil qilish, bolalarning kunduzgi uyqu 
soatlarini inobatga olinmaganligi, bolalarni oqilona ovqatlantirish muammoalari 
kabilar bo’lib, ularning barchasi shunga muvofiq keladigan sharoitlarni yaratish 
bilan bog’liq bo’lgan muammolar qatoriga kiradi. Bundan tashqari, undagi eng 
muhim muammolardan biri shu bo’ldi-ki, 60% gacha bo’lgan bolalarda jismoniy va 
ruhiy holatlar ularni maktabda o’qishga hali tayyor emasliklarini ko’rsatdi. Bu 
bolalarning ko’pchiligida jismoniy rivojlanish va salomatlik holatlari yaxshi 
emasligi aniqlandi (7 yoshli bolalarga taqqoslaganda). Shuning uchun 6 yoshli 
bolalarni avval maktabda o’qishga tayyor ekanliklarini aniqlash va baholash zarur 
ekanligi ma’lum bo’ldi. Gorkiy tibbiyot institutida olib borilgan tadqiqotlarning 
yakuniga ko’ra ana shunday baholash testlarini 2 bosqichda o’tkazish maqsadga 
muvofiq deb topildi:   
   1 bosqich - o’qitishni boshlashdan 6-8 oy ilgari maktablarda olti yoshlilarni 
chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish va bu maqsadda ko’rik komissiyasi 
tarkibiga  LOR, oftalmolog, psixonevrolog, jarroh, stomatolog kabi tor mutaxassis 
shifokorlarini taklif qilish tavsiya qilindi. Tibbiy ko’rikda bolalarni so’zlarni to’g’ri 
talaffuz qilishlarini tekshirish, psixofiziologik testlarni (Kern-Irasek) o’tkazish   va 
olingan natijalarni bolalarning shaxsiy F 026 /U kartalariga yozib qo’yish, shu bilan 
birga salomatligi va ruhiy holati talabga javob bermaydigan bolalar uchun 
sog’lomlashtirish tadbirlarini belgilash ko’rsatildi. 
   2 bosqich - o’quv yilining aprel-may oylarida ikkinchi marta tibbiy ko’rikni 
tashkil qilish va bunda ayniqsa birinchi ko’rikda salomatligida kamchiligi bo’lgan 
bolalarni chuqurlashtirilgan ko’rikdan o’tkazish lozimligi tavsiya qilingan. Agar 
bunda bola organizmida kasallik va maktabda o’qishga tayyor emasligiga doir 
nuqsonlar topilsa, ular uchun maktabda o’qishga kirishish muddatini yanada 
kechiktirish lozimligi tavsiya qilingan. 
    O’zRda SSV-ning 1991 yildagi maxsus buyrug’iga muvofiq, bolalarni 
maktablarda o’qitishni 7 yoshdan boshlab amalga oshiriladi deb aytib qo’yilgan. 
Bolalar va o’smirlarga tibbiy xizmat ko’rsatish. 
Logotip
Jumladan, gigiyenik yo’nalishdagi muammolar: o’quv soatlarining nisbatan qisqaligi, bolalarga dam berish soatlarini tashkil qilish, bolalarning kunduzgi uyqu soatlarini inobatga olinmaganligi, bolalarni oqilona ovqatlantirish muammoalari kabilar bo’lib, ularning barchasi shunga muvofiq keladigan sharoitlarni yaratish bilan bog’liq bo’lgan muammolar qatoriga kiradi. Bundan tashqari, undagi eng muhim muammolardan biri shu bo’ldi-ki, 60% gacha bo’lgan bolalarda jismoniy va ruhiy holatlar ularni maktabda o’qishga hali tayyor emasliklarini ko’rsatdi. Bu bolalarning ko’pchiligida jismoniy rivojlanish va salomatlik holatlari yaxshi emasligi aniqlandi (7 yoshli bolalarga taqqoslaganda). Shuning uchun 6 yoshli bolalarni avval maktabda o’qishga tayyor ekanliklarini aniqlash va baholash zarur ekanligi ma’lum bo’ldi. Gorkiy tibbiyot institutida olib borilgan tadqiqotlarning yakuniga ko’ra ana shunday baholash testlarini 2 bosqichda o’tkazish maqsadga muvofiq deb topildi: 1 bosqich - o’qitishni boshlashdan 6-8 oy ilgari maktablarda olti yoshlilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish va bu maqsadda ko’rik komissiyasi tarkibiga LOR, oftalmolog, psixonevrolog, jarroh, stomatolog kabi tor mutaxassis shifokorlarini taklif qilish tavsiya qilindi. Tibbiy ko’rikda bolalarni so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishlarini tekshirish, psixofiziologik testlarni (Kern-Irasek) o’tkazish va olingan natijalarni bolalarning shaxsiy F 026 /U kartalariga yozib qo’yish, shu bilan birga salomatligi va ruhiy holati talabga javob bermaydigan bolalar uchun sog’lomlashtirish tadbirlarini belgilash ko’rsatildi. 2 bosqich - o’quv yilining aprel-may oylarida ikkinchi marta tibbiy ko’rikni tashkil qilish va bunda ayniqsa birinchi ko’rikda salomatligida kamchiligi bo’lgan bolalarni chuqurlashtirilgan ko’rikdan o’tkazish lozimligi tavsiya qilingan. Agar bunda bola organizmida kasallik va maktabda o’qishga tayyor emasligiga doir nuqsonlar topilsa, ular uchun maktabda o’qishga kirishish muddatini yanada kechiktirish lozimligi tavsiya qilingan. O’zRda SSV-ning 1991 yildagi maxsus buyrug’iga muvofiq, bolalarni maktablarda o’qitishni 7 yoshdan boshlab amalga oshiriladi deb aytib qo’yilgan. Bolalar va o’smirlarga tibbiy xizmat ko’rsatish.