Bolalarda ruxiy rivojlanish susayish muammosini yuzaga kelishi
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
28,6 KB
1
Bolalarda ruxiy rivojlanish susayish muammosini yuzaga kelishi
Ruhiy rivojlanishning susayishi muammosi bizda dastlab 1960 yillar oxiri va
1970 yil boshlarida o‘rganila boshlandi. 1979 yillargacha bunday bolalar ruhiy
rivojlanishining susayishi vaqtinchalik, o‘tib ketadigan holat deb hisoblangan. Bir
qator tekshirishlar (M.S.Pevzner, K.S.Lebedinskaya, V.I.Lubovskiy) ruhiy
rivojlanishining susayishi nisbatan turg‘un xarakter kasb etishni ko‘rsatadi.
K.S.Lebedinskayaning 1980 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy maktab
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5,8 % ni ruhiy rivojlanishi susaygan (RRS)
bolalar tashkil etgan.
Bizga ma’lumki, maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun asosiy faoliyat o‘qish va
o‘yindir.
O‘qish faoliyatida muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, doimo o‘zining yomon
o‘zlashtirishini anglashi natijasida, RRS o‘quvchilarning shaxsi va xulq-atvorida
salbiy hislatlar shakllana boshlaydi, bu esa ta’lim-tarbiya jarayonlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bunday o‘quvchilar o‘zlarining ruhiy, jismoniy xususiyatlariga ko‘ra,
ommaviy maktab barnomasini, ommaviy maktab sharoitida yetarlicha o‘zlashtira
olmaydilar.
Barnoma materiallarini to‘liq egallamasdan, ko‘r-ko‘rona ravishda sinfdan-
sinfga ko‘sirish natijasida, ularning aqliy darajasi o‘rtasidagi tafovut ortib boradi.
Shu sababli bunday bolalarni mumkin qadar erta yoshligidayoq aniqlab, maxsus
maktablarga o‘tkazish lozim.
Bu toifadagi bolalarga nisbatan e’tiborning kuchayishi maktablardagi
o‘zlashtirmaslik masalasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
2
O‘quvchilarga qalbaki tarzda qoniqarsiz baho o‘rniga, qoniqarli baho qo‘yib
kelingan. Bunday hol maktab rahbarlari yuqori tashkilotlar oldida yomon
ko‘rinmaslik uchun hamda ularning o‘rta majburiy ta’limni barcha yoshlaga berish
kerak, degan noto‘g‘ri tasavvurlari asosida yuzaga kelgan edi.
Shu bilan bir vaqtda, ular bolalarning ayrimlari o‘qishna xohlamasliklarini,
ayrimlari xohish bo‘lsada, turli nuqsonlari borligi oqibatida barnoma materiallarini
yetarli egallay olmasliklarini hisobga ham olishmagan. Bizningcha, majburiy o‘rta
ta’limni ommaviy tarzda barchaga yoyish shart emas. Buning uchun jamiyat hamma
sharoitlarni yaratgan bo‘lsa-da, barcha bolalarni majburan sudrab, unga erishmaslik
kerak.
Ommaviy maktablardagi o‘zlashtrimaslik sababalarining doirasi juda
kengdir. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
ijtimoiy yoki pedagogik qarovsizlik, nazoratsizlik asosida yuzaga
keladigan maktab ta’limiga umuman tayyor emaslik;
-
maktabgacha yoshdagi turli xil surunkali davom etadigan kasalliklar
natijasida bolaning jismonan zaifligi;
-
makabgacha yoshdagi to‘g‘irlanmagan turli nutq kamchiliklari;
-
ko‘rish va eshitish a’zolaridagi turli xil kamchiliklar;
-
aqli zaiflik (aqli zaif bolalarning bir qismi ommaviy maktab I-sinfiga
kelib, bir yil davomida muvaffaqiyatsiz o‘qigach tibbiy-pedagogik komissiya orqali
yordamchi maktabga yuboriladi);
-
o‘quvchilar hamda sinfdoshlar orasidagi ko‘ngilsiz holatlar.
Ammo,
yuqorida
qayd
qilib
o‘tilgan
qiyinchilik,
sabablar
bilan
o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning bir qismini belgilash mumkin. Qolgan qismini esa
RRS bolalar tashkil etadi.
Ruhshunoslar, tarbiyashunoslar tomonidan RRS bolarni izchil ravishda
o‘rganish mamlakatimizda 60-yillardan keyin boshlandi.
Dastlab bu bolalar fanda boshqa yo‘nalishlarda o‘rganilar edi. 70- yillargacha
bo‘lgan ruhshunoslik, tarbishunoslik ishlari umumiy yo‘nalish asosida amalga
3
oshirlgan. Bular ichiga asosan o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning keng guruhi
kiritilib, RRS bolalar esa kichik bir guruh sifatida o‘rganilgan.
Mavjud chet el adabiyotlarini tahlil qilganda, bizni qiziqtirayotgan bolalar
ta’lim-tarbiyasi muammosida 4 ta turli xil yondoshish borligini ko‘ramiz. Ayrim
hollarda bu yondoshish bir-birlariga yaqinlashib ketadi.
Birnchi yo‘nalish-g‘arb mamlakatlarida keng yoyilgan bo‘lib, ular asosan
muammoni sof pedagogik jihatdan o‘rganadilar. Bu yo‘nalish tarafdorlari
izlanishlarida bunday bolalar ta’limga yetarli, tayyorlanmagan qobiliyatsiz yoki
ta’limda qiynaladigan bolalar deb yuritiladi. Ular ta’limda turli sabablar asosida
qiynaladigan bolalarning barchasini bir guruhga kiritadilar. Markaziy nerv
sistemasining zararlanishidan tortib, ayrim analizatorlar nuqsonlarini, hatto
pedagogik qarovsizlarni ham shu guruhga kiritadilar.
Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari ta’limdagi qiyinchiliklarni oiladagi nohush
tarbiya sharoitlari bilan bog‘laydilar. Bunday sharoit bolada sensor tajribalarning
chegaralanib qolishga olib keladi, shuning oqibatida bolaning aqliy taraqqiyotida
orqada qolish yuzaga keldi, shaxsning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.
Noxush
oila
sharoitlarini
yaxshilashni
talab
qiladigan
bolalarni
“moslashmaganlar”, pedagogik qarovsizlar deb nomlaydilar.
Rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar ta’limi AQSh va Angliyada shunday
nuqtai-nazardan qaraladi.
Uchinchi yo‘nalish tarafdorlarini asosan Germaniya defektologlari tashkil etib,
ular rivojlanishda orqada qolib, maxsus ta’lim-tarbiyaga muhtoj bolalarni ahloqi
buzilgan bolalar deb qaraydilar. Ma’lum yoshdagi ta’lim-tarbiya bevosita ahloqni
shakllantirish shaklida amalga oshiriladi.
To‘rtinchi yo‘nalish tarafdorlari A.Shtraus va L.Letinen tomonidan taklif
etilgan oqimlarni rivojlantirayotgan ruhiyat doktorlari, ruhiyat-asab doktorlari va
ruhshunoslarini o‘z ichiga oladi. Bu oqimga asosan ta’limdagi barcha qiyinchiliklar
ma’lum darajadagi markaziy nerv sistemasida bo‘lgan rezidual qoldiq holatlar
asosida yuzaga kelib, bu holatlar bolaning ilk rivojlanish davrlaridagi qo‘pol
4
bo‘lmagan buzilishlar asosida kelib chiqadi deb ko‘rsatadilar. Bunday bolalar
guruhini miyasi minimal buzilgan bolalar deb nomlaydilar.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida mamlakatimiz defektologlari
ishlarida ham bu masalaning turli tomonlari e’tiborga olinadi. RRS tushunchasi aqli
zaiflik singari ruhiy – pedagogik tushuncha bo‘lib, bolaning ruhiy rivojlanishining
orqada qolishini ifodalaydi. Bunday orqada qolishning asosiy sabablariga bosh
miyaning minimal, yuzaki, yengil zararlanishi, tug‘ilish vaqtidagi, homila davrida
yoki go‘dakning ilk yoshidagi zararlanishlari kiradi.
Rivojlanishning orqada qolishi, susayishi deganda, ruhiy rivojlanishning bola
yoshiga to‘g‘ri kelmasligi tushuniladi. Bunday nomutanosiblik o‘z vaqtida tashkil
etilgan, mos keluvchi adekvat yordam natijasida bartaraf etilishi mumkin.
Bunday
hol
bolaarda
maktab
ta’limiga
tayyorlik
darajasining
shakllanmaganligida ko‘riladi. Ta’limga tayyorgarlik o‘z ichiga jismoniy,
fiziologik, ruhiy va pedagogik shakllanishlarni oladi.
Ruhiy tayyorgarlik boshqa turlardan ajralib turadi va u quyidagi
ko‘rsatkichlarni oladi:
1. Tashqi dunyo haqida bolalardagi bilim va tasavvurlar darajasi;
2. Aqliy harakatlar, jarayonlar, malakalar;
3. Nutq taraqqiyoti, yetarli lug‘at boyligiga ega bo‘lishi, bog‘liqli, ma’noli,
monologik nutq elementlari;
4. Ma’lum qiziqish va intilishlarda namoyon bo‘ladigan bilish aktivligi;
5. O‘z xulqini boshqara bilish, o‘z irodasiga bo‘ysindira olish.
Ruhiy rivojlanishi susaygan bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligida,
yuqoridagi barcha me’zonlar bo‘yicha tayyor bo‘lmaydilar.
Ommaviy maktab o‘qituvchilari bunday bolalarning xususiyatlarini yaxshi
bilmasliklari natijasida ular orasida noto‘g‘ri munosabatlar yuzaga keladi.
Sinfdoshlari orasida ular haqida “tentak”, “ahmoq” kabi haqoratli so‘zlar paydo
bo‘ladi.
Bularning barchasi RRS bolalarda maktabga, ta’limga nisbatan salbiy
munosabatlarning shakllanishiga olib keladi. Buning natijasida ular tartib buzar
5
bo‘ladilar, turli antiijtimoiy ishlar qilishga boradilar. Bunday salbiy holatlar
faqatgina RRS bolaning o‘zigagina tegishli bo‘lib qolmasdan, balki boshqa
sinfdoshlariga, bolalarga ham ta’sir etadi.
RRSning bolalar orasida qanchalik tarqalganligini turlicha belgilaydilar.
Bundan tashqari, RRS bolalarning miqdori ruhiy rivojlanishda orqada
qolishningtabiatga ham bog‘liqdir.
Turli olimlarning ko‘rsatishicha, bunday bolalar umumiy bolalarning 5... II %
ini tashkil qilar ekan. Bunday holat tabiiyki, RRS bolalar uchun maxsus muassasalar
ochish lozimligini taqazo etadi. Ammo, 50-yillar oxirlari 60-yillar boshlarida
bunday maxsus muassasalarning biror turi yo‘q edi. Rivojlanishida orqada
qolishining oldini olish uchun birinchi tajribalar tashkil qilinadi. AQSh va Angliyada
maxsus maktab-klinikalar yuzaga keldi. AQShda bunday bolalar uchun maxsus
“ilgarilab ketish” barnomalari ishlab chiqildi. Bu barnoma maktab ta’limiga tayyor
bo‘lmagan, yuqori bog‘cha yoshidagi bolalarga tegishli bo‘lib, asosan bir yilga
mo‘ljallangan. Buning uchun ommaviy maktab qoshida maxsus sinflar, guruhlar
tashkil etilgan. AQShning Koliforniya shtatida maxsus ta’lim sistemasi juda ham
takomillashgan shtat hisoblanadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, rivojlanishida orqada qolib, maxsus ta’limga
muhtojlar umumiy maktab bolalarning qolganlarini ommaviy maktab sharoitida
o‘qitish mumkin.
Mamlakatimizda RRS bolalarga tegishli pedagogik ishlar 50- yillar oxiri, 60-
yillar boshida kichik tajriba guruhlari ochish bilan boshlandi. Bu bolalar ommaviy
maktablarda o‘qib yurib, qo‘shimcha tayyorgarlik olar edilar.
Tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvida bu bolalarning ko‘pchiligini
yordamchi maktabga yuborishga to‘g‘ri kelar edi. Chunki, RRS bolalar uchun
maxsus maktablar yo‘q edi. Shundan so‘ng RRS bolalar ko‘proq klinik tomondan
tekshirila boshlandi.
RRS turli xil ruhiy-fizik va ruhiy infantilizm shakllari, hamda erta yuzaga
kelgan serebrastenik holatlar bilan bog‘liqligi haqidagi ta’limot yuzaga keldi
(M.S.Pevzner, 1966 y; T.A.Vlasova, M.S.Pevzner, 1967 yil).
6
Ruhiy tavsifnomalar klinik va pedagogik tekshirishlar asosida berilgan.
Tavsifnomada o‘qish, yozish, hisoblash va arifmetik masalalar yechishdagi
qiyinchiliklar ko‘rsatilgan, hamda bolalardagi qaysarlik, hissiy noturg‘unlik,
diqqatning torligi, tez charchashi, tez chalg‘ishi kabi salbiy shaxsiy sifatlar bayon
etilgan. RRS bolalarning xususyaitlari haqidagi batafsil, kengoq materiallar ular
ustida izchil tekshrishlar olib borilgandan keyingina qo‘lga kiritildi. Ayniqsa, RRS
bolalar nerv sistemasini harakat shartli-reflektor metodiksi bilan o‘rganish asosida
qimmatli materiallarga ega bo‘ldik. Bu metodikani so‘z bilan mustahkamlash, so‘z
bilan ko‘rsatma berish asosida yanda yaxshi natijalarga erishish mumkinligini
ko‘rsatish lozim. Shu bilan birga bu metodika asosida oligofren bolalarga xos
bo‘lgan: nerv jarayonlari kuchining pasayganligi, bu jarayonlarning irradiatsiyaga
moyilligini, inertlik belgilarini ko‘rish mumkin.
Yuqoridagi bilan birga yana shu narsa aniqlangandiki, RRS bolalarda normal
bolalar singari, shartli bog‘lanishlarning yuzaga kelishida so‘zli ko‘rsatmalar aktiv
rol o‘ynar ekan.
RRS bolalar oliy nerv faoliyatlarining yuqorida aytib o‘tilgan barcha
xususiyatlai neyrodinamikaning yaxshi rivojlanmaganligidan darak beradi. Bunday
holat normal bolalarda ilk yoshlarida, yoki bog‘cha yoshlariga to‘g‘ri keladi.
Keyingi izchil ruhiy tekshirishlarda faqatgina RRS bolalarning umumiy
xususiyatlarini o‘rganib qolmasdan, balki ularning bilish faoliyatlari ham
tekshirilgan.
Bunday
tekshirishlar
PFA
defektologiya
ilmiy-tekshirish
institutidagina bo‘lib qolmasdan, boshqa qator ilmiy muassasalar tomonidan ham
amalga oshirildi.
Bu ishlarda RRS bolalarning idrok, xotira, tafkkur, nutq, diqqat hamda ularning
aqliy ish qobiliyatlari o‘rganilgan. RRS bolalarning shaxsiy xislatlarini o‘rganish
nisbatan yaqindan boshlandi.
Klinik kuzatishlar va ruhiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, RRS bolalarda
iroda-hissiyot sohasi yetarli rivojlanmagan ekan. Ba’zi olimlar bunday
rivojlanmaganlik RRS bolalarning asosiy belgisidir degan fikrni bildiradilar. Shu
bilan birga, ular RRS bolalarda intellekt saqlanganligini ta’kidlaydilar. Ammo,
7
bunday fikrlar RRS bolalarni chuqurroq o‘rganish asosida to‘la va aniq emasligini
ko‘rdik.
RRS bolalarda bosh miya, peshona qismlar rivojlanishining orqada qolishi,
buning natijasida ularning hissiyot-iroda sohalarining yetarli shakllanmaganligi
aniqlangan bo‘lsada, mukammal emas.
Bular orasida ko‘rish-harakat, eshitish-harakat va ko‘rish eshitishning
bog‘liqligi ham yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa o‘qish va yozish malakalarining kech
yuzaga chiqishiga olib keladi. Bu bog‘liqliklar, rivojlanishidagi kamchiliklar
V.I.Nasonova (1979 y.) tomonidan juda yaxshi ochib berilgan.
RRS bolalarda “Birlamchi intellekt saqlangan” degan fikr ham atamashunoslik,
ham amaliy tomondan tanqidiy holdir. Intellekt murakkab ruhiy jarayon bo‘lganligi
sababli, yo saqlangan bo‘ladi, yoki pasaygan bo‘ladi. Bu fikr ba’zi bir chet el
testologlarining fikrlariga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, bu fikrlar L.Termen (1916 y.)
ishlarida o‘z ifodasini topgan.
Hozirgi kundagi chet el adabiyotlarida bu masalaga turli xil munosabat ustunlik
qilmoqda (A.Anastazi, 1982 y.). Haqiqatan ham, ruhiy funksiyalar individning
rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Intellekt ham bundan istisno emas.
Rivojlanishdagi orqada qolish o‘z navbatida aqliy funksiyalar (jarayon, malaka,
ko‘nikmalar) ning ham kechikib shakllanishiga sabab bo‘ladi. “Birlamchi intellekt
saqlangan” deganda, bevosita aqli zaiflarga nisbatan, RRS bolalar diagnostik
metodikalarni bajarish vaqtlaridagi yaxshi natijalar ko‘rsatishlari nazarda tutiladi.
RRS bolalarning bunday yaxshi natijalarga erishilari, ularda aqli zaif bolalarga
nisbatan, ma’lum darajada bilimlar borigidan darak beradi.
Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, RRS bolalarda aqliy jarayonlardan:
taqqoslash, umumlashtirish, tahlil yetarli darajada shakllanmagan ekan. Bu
jarayonlar aqliy faoliyatning asosiy bazasini tashkil etadi. RRS bolalarga aqli zaif
bolalarga nisbatan yuqori darajadagi o‘rganuvchanlik xos belgilardan biridir. Shu
sababli RRS bolalar rivojlanishida potensial imkoniyatlar, aqli zaif bolalardan bir
muncha yuqoridir. Ba’zi adabiyotlarda RRS vaqtinchalik xarakterga ega deb
ko‘rsatilgan. Buni M.S.Pevzner, T.A.Vlasova va boshqa mualliflar tomonidan chop
8
etilgan ba’zi adabiyot nomlaridan ko‘rish mumkin. Bu fikr juda ham to‘g‘ri emas.
Chuni, RRS bolalarning bir qismi boshlang‘ich ta’lim jarayonida ommaviy
maktabga qaytsalar, qolgan bolalar maxsus maktabni oxirgacha davom ettiradilar.
A.G.Asafova, M.G.Reydiboym katamnestik tekshirishlarning ko‘rsatishicha,
RRS bolalarning ko‘pchiligi hayotga moslashib, o‘z o‘rinlarini topib keta olar
ekanlar.
Bu borada maxsus sharoitlarda olib borilgan ta’lim-tarbiya ishlari yaxshi
natijalar beradi. RRS bolalardagi nuqsonlarni tuzatish ularni hayotga sotsial
moslashtirish maxsus maktablarning asosiy vazifasidir.
RRS bolalarning diagnostika qilish bir muncha murakkab masaladir.
Diagnostika bizningfikrimizcha, asosan ruhiy-pedagogik rejada amalga oshirilishi
kerak. Birinchidan, RRS bolalarda yaqqol ko‘ringan nevrologik belgilarning
yo‘qligi bo‘lsa, ikkinchidan ulardagi yuzaki nevrologik holatlar, ba’zan yengil
darajadagi debil bolalarni eslatadi.
Qoldiq nevrologik belgilar differensial diagnostika uchun asos bo‘la olmaydi.
Chunki bunday belgilar serebral asteniyadagidek yoshligida markaziy nerv
sistemasiga tegishli bo‘lgan biror kasallikni boshidan kechirgan, normal bolalarda
ham uchraydi.
Bu holda psixologik metodikalar natijalariga asoslangan differensial
diagnostika yaxshi samara beradi. Ammo, bular ham RRS bolalarni, qisqa vaqt
oralig‘idagi tekshirishda xatolarsiz diagnostika qilishdan holi emas.
Yakuniy xulosa chiqarish, maxsus maktabdagi birinchi yilda olib borilgan uzoq
muddati klinik ruhiy-pedagogik o‘rganishdan keyin qilindi. Bu diagnostik ishlardagi
xatoliklarning oldini olishga yordam beradi.
RRS bolalarni differensiya qilish shu sababli ruhiy pedagogik yo‘nalishida olib
borilishi lozim.
RRS bolalarni ruhiy-pedagogik diagnostika qilish, faqatgina rivojlanishida
orqada qolayotganlikni aniqlash emas, balki uning xususiyatlarini ham ochib beradi.
Yuqorida
aytib
o‘tilgandek
RRS
bolalar
ruhiy
jarayonlarining
asosiy
9
xususiyatlaridan biri getrogenlik (holatlarning har xilligi) va getroxronligi
(holatlarning har xil vaqtda yuzaga kelishi) dir.
Korreksion rivojlantirish, to‘g‘irlash ta’limi jarayonida bola taraqqiyotidagi
notekislikni, uning tuzilishi aniqlash, har bir bola bilan individual ish dasutri
tuzishga yordam beradi.
Shuning uchun diagnostika vaqtida bolalar bilimlaridagi asosiy kamchiliklarni
aniqlab qolmasdan, balki ulardagi aqliy jarayonlardan foydalana olish, uquvchanlik
darajalarini ham aniqlash va e’tiborga olish kerak.