Bolalarga dialogik nutqni o’rgatish. Dialogik nutqni shakllantirish shartlari. Dialogik nutqda qo'llanadigan asosiy usullar. Bolalarning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogning ahamiyati
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
36,3 KB
Bolalarga dialogik nutqni o’rgatish. Dialogik nutqni shakllantirish shartlari.
Dialogik nutqda qo'llanadigan asosiy usullar. Bolalarning ijtimoiy va shaxs
sifatida shakllanishida dialogning ahamiyati
Reja:
1. Diolog nutqning mazmuni va vazifalari
2. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir ishlar tizimi
S.Bolalarm dialogik nutqqa o‘rgatish
Tayanch tushunchalar va iboralar: diologik matn, suhbat metodi,
Maktabgacha ta’lim muassasasi, takrorlovchi suhbat, umumlashtiruvchi
suhbat, nazorat-tekshiruv suhbat, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi nutqi.
Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg‘ulot);
maktabgacha ta’lim muassasasida kun mobaynida bola pedagog va boshqa
bolalar bilan erkin muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli
mavzularda dialogga kirishishlari lozim.
Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida,
ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr
almashish shaklida ro‘y beradi.
Agarda maktabda suhbat bilimlarni yetkazish vositasi sifatida qo‘llanilsa,
suhbat jarayonida bolalar nutqini boyitishda qo‘shimcha ijobiy hodisa
ko‘rinishida qabul qilinadi, maktabgacha ta’lim muassasasida ham suhbat aynan
nutqni rivojlantirish uchun o‘tkaziladi. Biroq, nutq albatta borliq hodisasini aks
ettirishi, kodlashtirishi bois maktabgacha ta’lim muassasasidagi suhbat xuddi
maktabdagi kabi bilim beradi.
Dialog nutqning mazmuni va vazifalari
Suhbatlar mavzusi va mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari hamda
ularning nutqiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda “Ilk qadam” tayanch
dasturi bilan belgilanadi.
Suhbat ta’lim metodikasi sifatida - bu tarbiyachining bolalar guruhi bilan
(yoki alohida har bir bola bilan) aniq maqsadga yo‘naltirilgan, muayyan
mavzuda
oldindan
tayyorlangan
so‘zlashuvidir.
Maktabgacha
ta’lim
muassasasida
takrorlovchi,
umumlashtiruvchi
va
nazorat-
tekshiruv
suhbatlaridan foydalaniladi.
Takrorlovchi va umumlashtiruvchi suhbatlarda tarbiyachi turli usullar
yordamida bolalarga ko‘rgan narsalarni taxlil qilish, taqqoslash, to‘ldirish,
chuqurlashtirish
usullarini
o‘rgatadi,
bolalardagi
mavjud
bilimlarni
tizimlashtiradi, ularni muayyan xulosalarga kelishga undaydi.
Nazorat-tekshiruv suhbatlari pedagog tomonidan biron-bir o‘tilgan mavzu
bo‘yicha bolalarning bilimlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Pedagog savollar
yordamida bolalarning biron-bir mavzuni o‘tish jarayonida olgan bilimlari
darajasini aniqlashi mumkin.
Bolalar bilan ishlash jarayonida pedagog tayyorlanmagan va tayyorlangan
suhbatdan foydalanadi.
Tayyorlanmagan suhbat (buni faqat bolalarga nisbatangina qo‘llash
mumkin, chunki bolalar ular bilan nimalar haqida so‘zlashishlarini, nimalarga
diqqat-e’tiborini jalb qilishlarini bilmaydilar) rejimli jarayonlarni o‘tkazishda,
bolalar faoliyatining har xil turlarida: o‘yinlarda, mexnatda tashkil etilishi
mumkin. Tarbiyachi esa har qanday muloqot turiga tayyor turishi zarur. Zero,
buning uchun u kasbiy ta’lim olgan bilimlarining muhim qismlaridan birini
Dialog - suhbat - bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan
muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.Bolalar bog‘chasida o‘qitish ikki shaklda amalga
oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg‘ulotlarda.Dialog ko‘proq erkin
nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini boyitishning talaffuzga oid
grammatik ko‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko‘nikmalariga
ega bo‘lish bazasi hisoblanadi.Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1-2 ta
mashg‘ulot); Bolalar bog‘chasida bo‘lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda
pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola turli
mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish
odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari
o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi.
bolalar bilan suhbatlashish tashkil etadi. SHuning uchun tarbiyachi bolalar bilan
shunday so‘zlashishi lozimki, toki u o‘z nutqi bilan bolalarga ona tilini o‘rgatsin.
Nutqiy muloqotga bo‘lgan zarurat tufayli to‘satdan yuzaga keladigan
suhbatda tarbiyachi o‘zining til sezgisiga ishongani holda o‘z nutqining
grammatik shaklini va uning jaranglashi (fonologiyasi)ni tayyorlamaydi, ammo
u har bir suhbatning mavzusiga tayyorgarlik ko‘rishi shart.
Tayyorlangan suhbat deb nomlanishining sababi shuki, bunda tarbiyachi
mashg‘ulotdan oldin (mashg‘ulotdan bir necha kun oldin) bolalarni shunday
vaziyatda qoldiradiki, bunda ularning diqqat-e’tibori bo‘lajak suhbat mavzusi
bo‘ladigan atrof-olamdagi hodisalarga jalb qilinadi, chunki faktlarga oid
materiallar bolalarga bungacha tanish bo‘lishi lozim.
Suhbatni tashkil qilish, uning tuzilmasi mavzu va mazmunga, bolalarning
yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir suhbatda quyidagi tarkibiy komponentlarni
ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) kirish (boshlash); 2) asosiy qism (suhbat
mavzusini rivojlantirish); 3) nihoyasiga yetish.
Kirish maqsadi bolalarning diqqat-e’tiborini suhbat mavzusiga jalb qilish,
ularda suhbatda ishtirok etish xohishini paydo qilish, bolalar xotirasida ilgari
olingan taassurotlarni, imkoni boricha obrazli va emotsional taassurotlarni
jonlantirishdan iborat.
Tarbiyachi suhbatlashadigan narsa (hodisa) haqida taklif qilgan topishmoq
ham kirish bo‘lishi mumkin. Suhbatni tegishli mavzudagi she’rni o‘qish yoki
suratlarni ko‘rish bilan boshlash mumkin. Suhbat boshlanishida tarbiyachi
bo‘lajak suhbat mavzusini (maqsadini) shakllantiradi, uning muhimligini
asoslaydi, uni tanlash sabablarini bolalarga tushuntirib beradi.
Asosiy qism maqsadi - bolalar ko‘rgan narsalarni esga olish, qo‘shimcha
bilimlarni taxlil qilish, ularni tushuntirish hisobiga chuqurlashtirish, qo‘shimcha
bilimlarni ma’lum qilish, ularni bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan
iborat.
Suhbatning asosiy qismi mikromavzu yoki bosqichlarga ajratilishi
mumkin. Har bir bosqich - bir mavzuni bo‘g‘in qismlari bo‘yicha taxlil qilishdan
iboratdir. Pedagog mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, barcha bosqichlarni belgilab
olishi lozim.
Suhbat mavzusini rivojlantirish aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi
lozim, tarbiyachi imkoni boricha bolalarning mazkur mavzudan chetga
chiqishlarining oldini olishi zarur (ba’zan ortiqcha faktlarni aniqlash uchun
undan chekinish mumkin, biroq so‘ngra yana asosiy suhbat mavzusiga qaytish
darkor). Tarbiyachi suhbat rejasini oldindan belgilab oladi. Tarbiyachining
qo‘lida reja bo‘lsa, bolalar qanchalik mavzudan chetga chiqmasinlar, u ilgarigi
savol o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, deb hisoblagan paytda o‘z rejasidagi navbatdagi
savolni berish orqali ularni yana mavzuga qaytarish mumkin.
Pedagog unutmasligi lozim, bolalarning fikrlash xususiyati shundayki, ular
suhbat
mavzusini
oson
unutadilar,
har
bir
mayda-chuyda
narsaga
chalg‘iyveradilar. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, u shunchalik tezroq chalg‘iydi,
xozirgina o‘zi aytgan narsalarni tezlik bilan unutadi va boshqa mavzuga o‘tadi.
Mashg‘ulot - suhbat bolalarda mantiqiy fikrlash, boshlagan mavzuni
oxiriga yetkazish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
Bolalar biladigan narsalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni xabar qilish
suhbat asosiy qismining zarur elementi hisoblanadi. Bu bolalar bilimlarini
kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Tarbiyachining qisqa va aniq axboroti
suhbatni aniq maqsadni ko‘zlagan holda yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Suhbat
topishmoq, she’rlar va tarbiyachining tegishli suratga oid sharxlari bilan
tugallanishi mumkin, ammo u ko‘pincha pedagogning ushbu suhbatdan kelib
chiqqan holda bolalarning axloq borasida o‘rganishi lozim bo‘lgan jihatlar
haqidagi mantiqiy xulosasi bilan yakunlanadi. Ayni paytda pedogog o‘z
xulosasida o‘zi suhbat mobaynida bolalarga o‘rgatishi lozim bo‘lgan so‘zlar,
so‘z shakllari va sintaktik tuzilmalarni qo‘llashi lozim.
Suhbatni shunday uyushtirish lozimki, toki unda barcha bolalar ishtirok
etsinlar. Agarda bola faqat tarbiyachining boshqa bolalar bilan suhbatini tinglab
o‘tirsa va o‘zi ushbu fikr bildirishlarda ishtirok etmasa, bu bola
“suhbatlashishni” mashq qilmaydi va uning suhbatdagi ishtiroki faqat
nomigagina bo‘ladi, xolos.
Suhbatni cheklangan sondagi bolalar (6-8 nafar bola) bilan o‘tkazish
maqsadga muvofiqdir. Agarda guruhda 25-30 ta bola bo‘lsa, bu holda
mashg‘ulotni bolalarni uchta-to‘rtta kichik guruhga bo‘lgan holda o‘tkazish
zarur. Belgilangan vaqtdan oshib ketmaslik uchun har bir kichik guruh bilan
suhbat davomiyligini qisqartirish mumkin. Biroq har bir bolaning nafaqat
tinglab o‘tirishini, balki so‘zlashishni mashq qilishiga ham erishishi lozim.
Pedagog yordam uchun ota-onalarni jalb qilishi va ularga tayyorgarlik suhbatini
qanday olib borish lozimligi haqida batafsil ko‘rsatmalar berish zarur. Ota-
onalarning barchasi og‘zaki nutqni yaxshi bilishlari bois ushbu vazifani bajara
oladilar.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat
metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar
ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
• Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
• Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
• To‘g‘ridan-to‘g‘ri - bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdosh
so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda
o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
• Yo‘ldosh - talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum
so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli
usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar
fikrlarini,
ularning
diqqat-e’tiborlarini,
xotiralarini,
emotsiyalarini
faollashtirishga yordam beradi. Ammo suhbat olib borishning yetakchi usuli
savollar hisoblanadi. Bolalar bilan suhbatning muvaffaqiyati va pedagogik
samaradorligi ko‘p jihatdan savollaming to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Savollar berish hamda uning javobining murakkabligi va qiyinligini asta-sekin
kuchaytirib borishni bilish eng asosiy va zarur pedagogik odatlardan biridir.
Savol qo‘yish - bolalar oldiga ularning kuchi yetadigan darajadagi nutqiy
fikrlash vazifasini qo‘yish demakdir. Ayni paytda u xaddan tashqari
osonlashtirib yuborilmasligi lozim, chunki bunday vazifani qo‘yishdan maqsad
- bolalarni fikrlashga, eslashga undashdan iborat. Qanday fikrlash-nutqiy
vazifalarini qo‘yishiga qarab, savollarni reproduktiv, qidiruv va muammoli
savollarga ajratish mumkin.
Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlarning
ahamiyati.
Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlarning ahamiyati
bo‘yicha Ven diagrammasi to‘ldiring.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg’ulotlar suhbat metodi
(suhbat) va imitasiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha
quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitasiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g’ridan-to‘g’ri - bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini
bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib
turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh - talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum
so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan
foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish
jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning
diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Suhbatda ob’ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida xulosa bildirishni,
to‘plangan bilimlardan, taqqoslashlardan foydalanishni hamda Nima uchun?
Nega? Nima tufayli? Ular nimasi bilan o‘xshash? Nima uchun? Qanday qilib?
kabi savollarga javob berishni talab qiluvchi qidiruv va muammo tusidagi
savollar yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Suhbatning har bir bosqichida savollarni taxminan quyidagi ketma-
ketlikda joylashtirish zarur: dastlab bolalar tajribasini jonlantirish uchun
reproduktiv, keyin yangi materialni hazm qilish uchun oz sonli, biroq murakkab
bo‘lgan qidiruv savollari va oxirida 1-2 umumlashtiruvchi savollar. Savollar
aniq va maqsadli bo‘lishi lozim. Noaniq bo‘lgan savollar bolalarga javob
berishni qiyinlashtiradi - ular javob bera olmaydilar yoki noto‘g‘ri javob
beradilar. Savol aniq, shoshmasdan, mantiqiy urg‘ular, mazmuniy pauzalarga
rioya qilgan holda berilishi zarur. Bolaga javob qaytarishga vaqt berish uchun
tarbiyachi pauza saqlab turadi. Agarda savol tez berilsa, bola uning mazmunini
tushunishga ulgurmaydi va tarbiyachi savolini bir necha marta takrorlashiga
to‘g‘ri keladi, bu esa bolaga javobni o‘ylashda xalaqit beradi, uni tarbiyachiga
quloq tutmaslikka o‘rgatib qo‘yadi. Bolaga savolni birinchi martada qabul
qilishni o‘rgatish zarur.
Tarbiyachi suhbat jarayonida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
• Bolalar tomonidan o‘zlashtirilmagan, qo‘shma gaplar yoki bir turdagi
a’zolardan iborat bo‘lgan gaplarning ayrim sintaktik tuzilmalarini aytib turish;
• Gapning
bolalar
o‘zlashtirmagan
mazmunli
bo‘laklarining
intonatsiyasini aytib berish (masalan, ogoxlantirish, xayratlanish, tashvishga
tushish, xursand bo‘lish intonatsiyasi va x.k);
• Bir o‘zakli so‘zlarni hosil qilishni aytib turish: suyuq-suyuqlik, sabzavot-
sabzavotli va boshq.
• Turlanmagan fe’l shakllarini hosil qilishda yordam berish: sepish-
sepilgan, qo‘yish- qo‘yilgan.
Suhbat
jarayonida
bolalarni
savol
berishga
undash,
ularning
qiziquvchanligini rivojlantirish zarur. Bolaning savol bera olishga qodirligi
uning fikrlash faoliyatidan dalolat beradi.