BOLALARNING JISMONIY VA AQLIY SHAKLLANISHIGA IJTIMOIY MUHITNING TA’SIRI
Yuklangan vaqt
2024-03-11
Yuklab olishlar soni
8
Sahifalar soni
29
Faytl hajmi
73,9 KB
BOLALARNING JISMONIY VA AQLIY SHAKLLANISHIGA IJTIMOIY
MUHITNING TA’SIRI
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki
kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab turgan tabiiy va
ijtimoiy muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo’yicha
maqsadga yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar
kiradi.
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni
hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi.
Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va
xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi
tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya
va xis tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o‘tadi. Bular
insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek
irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi
mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida
muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga
ko‘ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining
namoyon bo‘lishi uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq.Hozirgi paytda
bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo‘lib tug‘ilayogan
bolalar soni ko‘paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat
yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. Shuning uchun ularga o‘qitishning yangi
metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga
yordam
beradi.
Jismoniy
nuqsonli
bolalar
bilan
maxsus
pedagoglar
shug‘ullanishadi. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy
muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini
qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib
borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini
ochishdir.
Inson bo’lib yеtishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o’zi kifoya emas.
Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o’zaro
ta’sirda shaxs bo’lib еtishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy,
psixik rivojlanishi sodir bo’la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni
inson bolasi hayvonlar orasida o’sgani yanada mustahkamlaydi. Ijtimoiylashuv
insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U ayniqsa
bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki, aynan bolalikda
asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni
bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin asosan oilada
rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim
muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar
maskanlarda kechadi. Yosh ulg‘aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi.
Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini
egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni yaxshi
tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi.
Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit bolani
shakllantirishda, uning ijtimoiy tajriba to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun
muhim ahamiyatga ega.
Rivojlanishidagi kritik davrlar
Odam organizmining rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining
barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning
xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari
paydo bo'ladi. Bu davrlarda organizm ketma-ket morfologik biokimyoviy va
fiziologik o'zgarishlarga uchraydi. Bu o'zgarishlar o'sish va rivojlanish bosqichlarini
yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog'langan.Bola organizmi voyaga yetgan
organizmdan bir qator belgilari bilan farq qiladi. Tana vaznining ortishidagi, alohida
a'zolar va to'qimalarning kattalashuvidagi eng jadal o'zgarishlar bola hayotining
birinchi yilida va bolalik davrida yuzaga chiqadi.Voyaga yetgan davrda
organizmning o'sishi to'xtaydi, lekin funksional differensiyalashuvi va reflektor
faoliyati takomillashuvi ichki kortikal aloqalarning rivojlanishi va murakkablashuvi
hisobiga davom etadi. Qarish jarayoni o'ziga xos bo'lib, bir qator qayta rivojlanish
bilan bog'liqdir.Bolaning rivojlanish davrlari tana va a'zolar og'irligi va kattaligi,
skelet suyaklarining qotish darajasi, tishlarning paydo bo'lishi, ichki sekretsiya
bezlaridagi birlashtiruvchi to'qimalarning rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va
boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni
tizimlashtirish uchun asos bo'ladigan universal umumiy biologik funksional va
morfologik belgilarning to'liq ro'yxati aniqlangani yo'q. Yoshga oid davrlar tizimi
N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo'lib tizimlashtirishda bir tomondan
organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va
o'smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan. Shuning
uchun quyidagi: yasli, bog'cha, boshlang'ich, o'rta va yuqori maktab yosh davrlarini
pedagogik
davrlar
deb
ham
yuritsa
bo'ladi.
Bolalik
davrining
tizimi quyidagicha tavsiya etilgan
Yosh - bu shaxsning yashovchan xususiyati bo'lib, u inson hayotining
davomiyligini va uning hayot natijasida olingan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Yosh turlari:
1. Xronologik (pasport)
2. Shartli yosh (yosh normasiga muvofiq insonning rivojlanish darajasi)
Shartli yoshga ajrating: biologik, psixologik (aqliy), ijtimoiy, shaxsiy.
Elkoninning yosh davri
1) Go'daklik (0-1 yosh) - kattalar bilan hissiy aloqa
2) Erta bolalik (1-3 yosh) - subyektiv-manipulyatsion faoliyat
3) Maktabgacha tarbiyachi (3-7 yosh) - rolli o'yin
4) kichik maktab o'quvchisi (7-11 yosh) o'quv faoliyati
5) O'smir (11-15 yosh) bilan shaxsiy shaxsiy aloqa
6) Erta yoshdagi (15-18 yosh) o'quv va kasbiy faoliyat
Boshlang'ich maktab o'quvchilarining yosh xususiyatlari, ularning jismoniy
tarbiya darslarini hisobga olish.
Eng yosh maktab yoshi 6 - 7 yoshdan boshlanadi, bola maktabda o'qishni
boshlaganda va 10 - 11 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrning etakchi faoliyati
o'quv faoliyati hisoblanadi. Bolaning jismoniy va ruhiy sog'lig'ini mustahkamlash
davom etmoqda. Ayniqsa ... duruş shakllanishiga e'tibor berish juda muhim, chunki
birinchi marta bola maktab anjomlari bilan og'ir portfelni olib yurishga majbur.
Boshlang'ich maktab yoshida bolalarning intilishlari ko'paymoqda. Shu sababli,
ushbu yoshdagi bolaning faoliyatining asosiy sababi muvaffaqiyatlarga erishish
uchun sababdir. Ba'zida bu motivning yana bir turi mavjud - muvaffaqiyatsizlikka
yo'l qo'ymaslik uchun sabab. Bola ongiga muayyan axloqiy ideallar, xulq-atvor
namunalari qo'yildi. Bola ularning ahamiyati va zarurligini tushunishni boshlaydi.
Ammo bolaning shaxsiyati shakllanishi samarali bo'lishi uchun kattalarga e'tibor va
baho berish muhimdir.
Muskullar faoliyati va bolaning jismoniy imkoniyatlari
Muskul sistemasi. Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta
yoshli odam tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari,
mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari
muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana
shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-
sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi
tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet
muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.
Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va
yurak muskul to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab,
elektron mikroskop ostida ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib
joylashgan. Muskul hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar
va ularning qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida
ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks
taqsimlanganligi bilan farq qiladi.
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi
bo‘lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan
tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda
bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi. Muskullar tolalarining yo‘nalishiga qarab
duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali
bo‘lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan
tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida
muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar
baquvvat bo‘lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan,
dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish
joyiga ko‘ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli, bukuvchi
muskullar va hokazo, ikki boshli va hokazo. Tuzilishiga ko‘ra, yarim payli muskul
va boshqalar; joylashishiga ko‘ra, peshona, yelka muskullari va xokazo; shakliga
kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo.
Muskullar fiziologiyasi. Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga:
ko‘ndalang-targ‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi
qisqarish bo‘lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga
keladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning
faol harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan
tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning
faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon
tomirlarining
kengayib-torayishi
va
hokazo.
Muskullarning tuzilishi. Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o‘ralgan
muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va
qisqaruvchi talaygina ipsimon elementlari-miofibrillari bor. Muskul tolasi
pardasining ustida yadrolari joylashgan. Miofibrillalar muskulning asosiy
funksional elementlaridir. Ko‘ndalang-targ‘il muskul miofibrillalari mikroskop
ostida birin-ketin joylashgan qoramtir va rangsiz disklarga bo‘lingandek bo‘lib
ko‘rinadi, bu disklar A va I harflari bilan ifodalanadi. A disk (anizotrop disk) kuchli
darajada ikki yoqlama nur sindiradigan bo‘ladi, I disk esa (izotrop disk) ikki
yoqlama nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Bu tolalar ikki xil nur sindirganliklari
uchun mikroskop ostida qaralganda ko‘ndalang-targ‘il bo‘lib ko‘rinadi.
Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta’minlasa,
izotrop disklari ularga elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-
biridan farq qiladi. Qizil rangli tolalar sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam
bo‘ladi, oqish rangli tolalarning sarkoplazmasi oz, miofibrillalari esa ko‘p bo‘ladi.
Silliq muskullar ko‘ndalang-targ‘il muskullardan shu bilan farq qiladiki, ular
mikroskop ostiga qo‘yib qaraganda navbat bilan joylashuvi, qoramtir va rangsiz
disklari ko‘rinmaydi. Muskullar ish bajarish darajasiga qarab qon, limfa tomirlari va
nerv tolalari bilan ta’minlangan.
Muskullarning kuchi tolalarining ko‘ndalang kesimiga, ko‘p-ozligiga
bog‘liq. Muskulning har bir santimetri o‘rta hisobda 10 kg yuk ko‘taradi. Ularning
ishi nerv sistemasiniig qo‘zg‘aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga
bog‘liq, muntazam ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat
bo‘ladi, kon tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi, organizmda energiya va moddalar
almashinuvi kuchayadi.
Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bo‘lib, tashqi muhit ta’sirida
cho‘ziladi yoki qisqaradi. Qisqarganda bo‘g‘imlarda harakat vujudga keladi.
Muskullar bo‘g‘imdan o‘tishiga qarab, bir bo‘g‘imli (masalan, deltasimon muskul)
va ko‘p bo‘g‘imli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) bo‘ladi.
Muskullar bo‘g‘imlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va
antagonist muskullarga bo‘linadi. Sinergist muskullar qisqarganda umumiy harakat
vujudga keladi. Masalan, yelka, bilak va yelkaning ikki boshli muskullari
qisqarganda, tirsak bo‘g‘imida bukish harakati sodir bo‘ladi. Antagonist muskullar
qisqarganda qarama-qarshi harakatlar vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak
va yelkaning ikki boshli muskullariga yelkaning uch boshli muskuli antagonistdir.
U qisqarsa, tirsak bo‘g‘imida yozish harakati sodir bo‘ladi.
Muskullar suyaklarni harakatlantirishda richag qonuni asosida ta’sir etadi.
Masalan, birinchi tartib, ya’ni muvozanat richagida tayanch nuqta o‘rtada,
muskulning tortish va og‘irlik kuchi ikki chetda, ulariing yelkasi va yo‘nalishi bir
xil bo‘ladi. Masalan, ensa-atlant bo‘g‘imida kalla muvozanatining saqlanishi. Bu
richagda tayanch nuqta o‘rtada bo‘lib, kalla yuz qismining vazni oldingi yelkada,
ensaga birikkai muskullarning tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga teng
bo‘ladn. Buni quyidagicha ifodalash mumkin.
Bunda m. t. k. – muskulning tortish kuchi; t. n.–tayanch nuktasi; o. k.–
og‘irlik kuchi. Bunday richagda normal muvozanat saqlanadi.Ikkinchi tartib richag
kuch richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, og‘irlik kuchi o‘rtada bo‘ladi.
Mus kulning tortish kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi uzun. Bu richagda
qatnashuvchi muskullarning yelkasi uzun bo‘lgani uchun kuchli ish bajariladi.
Uchinchi tartib richagda ham tayanch nuqta chetda bo‘ladi, lekin og‘irlik
kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi muskul tortish kuchining yelkasidan bir nechta
marta uzun. Muskulning tortish kuchi o‘rtada bo‘lib, yelkasi juda qisqa. Bunday
richagda keng qulochli tez harakatlar bajariladi. Masalan, tirsak bo‘g‘imida qo‘lni
bukib, panjada yuk ko‘tarish.
Bolalarda ikkinchi signal tizimining rivojiga tasir etuvchi omillar
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemasi, hayvonlarda esa faqat birinchi
signal sistemasi mavjud. Odamning oliy nerv faoliyati o’ziga xos anglash, abstrakt
fikrlash; so’zlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliya-tining taraqqiyoti
natijasida voqyelikning ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal
sistemasi so’zlardan iborat bo’lib, predmetlarning ayrim belgilarini farq qilish va
ularni umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni vujudga keltirish
hususiyatiga ega.
Tashqi muhitning ko’rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi
organlari orqali qabul qilinadigan ta’sirlari birinchi signal siste-masi bo’lib, ular
odam va yuksak hayvonlarda deyarli o’xshash. Bu sezgi organlari orqali qabul
qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida
refleks hosil qiladi. Odamning yuksak hayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda
og’zaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi
organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muhit
bilan aloqa bog’lashning yangi shakllari paydo bo’ladi. «Rivojlanib borayotgan
hayvonot dunyosida, - deb yozgan edi I.P.Pavlov, - odam bosqichiga kelib nerv
faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo’shimcha qo’shildi». Bu qo’shimcha
odamda nutq paydo bo’lishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat
bo’ldi. Organik dunyo taraq- qiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa
bog’lashning yangi faqat odamgagina xos bo’lgan ikkinchi signal sistemasi qaror
topdi. «Homo sapens» oilasi paydo bo’lguncha hayvonlar, deb yozgan edi
I.P.Pavlov - atrofdagi dunyoning hayvonlardagi xilma-xil reseptor mexanizmlarga
ta’sir etadigan va markaziy nerv tizimining tegishli hujayralariga yetib boradigan
turliagentlaridan kelib chiquvchi bevosita ta’surotlari orqaligina o’sha dunyo bilan
aloqa qilar edi. Bu taa’ssurotlar tashqi obyektlarning birdan bir signallari edi.
Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali-talaf-fuz
etiladigan, eshitiladigan, ko’riladigan so’zlar ko’rinishda paydo bo’lib, rivojlanib
bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda so’z alohida ahamiyat kasb etdi.
So’z, deb yozadi I.P.Pavlov, birinchi signallarning signali bo’lib, voqyelikning faqat
bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashkil etdi. Nutqning rivojlanishi odamlarning
bir-biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlarini ko’paytirishga, ongning
rivojlanishiga sabab bo’ldi. I.P. Pavlov: «Nutq bizni odam qildi» - degan edi.
Odamda shartli refleks shartsiz ta’ssurot bilan mustahkamlanib borishi asosidagina
emas, balki nutq yordamida ham hosil bo’lishi mumkin.
Masalan, boshlang’ich maktab o’quvchilarida qo’ng’iroq ovoziga javoban
shartli refleks paydo bo’lgandan so’ng, shu ovoz o’rniga og’zaki yoki yozma
shakldagi «qo’ng’iroq» so’zi ishlatilsa, bola qo’ng’iroq ovoziga qanday reaksiya
ko’rsatgan bo’lsa, ko’ng’iroq so’zining o’ziga ham birinchi martadayoq xuddi
o’shanday reaksiya ko’rsatadi. Nutq faoliyati asosida shartli refleks hosil bo’lishi
odam oliy nerv faoliyatining sifat jihatidan o’ziga xos bo’lgan hususiyatidir. Shartsiz
refleks asosida hosil bo’ladigan aloqalar po’stloq prosesslari harakatining qanday
qonunlariga bo’ysunsa, odam bosh miyasi po’stlog’ida nutq asosida yuzaga kelgan
bog’lanishlar ham xuddi o’sha qonunlarga bo’ysinadi. I.P.Pavlov ko’rsatib
o’tganidek, oliy nerv faoliyatining faqat odamga xos bo’lgan hususiyati, ya’ni
birinchi signal sistemasi orqali tushadi- gan signallarni ajratib olib, mulohaza qilish
va umumlashtirish qobiliyati ikkinchi signal sistemasiga bog’liqdir. Mulohaza qilish
va umumlashtirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro ta’sir qilib
turishi natijasidir.
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan
bo’lib, bir-biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zning signal sifatidagi ahamiyati
bir-biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so’zning lug’aviy
ma’nosi bilan bog’liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so’zga yoki jumlaga
javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so’zning
lug’aviy ma’nosiga bog’liq bo’lmasdan, bir-biri bilan qo’shilib kelgan muayyan
tovushlarga bog’liq bo’ladi. Tovushlarning qo’shilib kelishi jihatidan bir-biriga
o’xshash so’zlar tanlab olinadigan bo’lsa, u holda it bunday so’zlarga, signal
ma’nosi garchi boshqacha bo’lsa ham, bir xil reaksiya bilan javob beraveradi.
Bolada ikkinchi signal sistemasi-
ning shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan. Bola
hayotining birinchi yilidagi so’nggi oylari va butun ikkinchi yili nutq qaror topib
boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror topishi prosessi shartli
reflekslar hosil bo’lish qonunlariga muvofiq o’tadi. Bolalarda nutq reflekslari taqlid
yo’li bilan hosil bo’lib boradi, bu reflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning
katta yoshli odamlar bilan doimiy aloqa qilib turishiga, ya’ni ta’lim olishi,
o’rganishiga asoslangan.
Bolada yarim tovush va fonemalar hayotining dastlabki oylarida ham paydo
bo’lsada, lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o’ynamaydi va faqat odamga xos
bo’lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun go’yo tayyor-garlik davri bo’lib
hisoblanadi.
Shartli taassurot bo’lmish so’z avvaliga faqat muayyan vaziyatda ma’lum bir
ohang bilan talaffuz qilinganida ta’sir ko’rsatadi, bola hayoti ikkinchi yilining
birinchi yarmi oxiriga kelganda esa u signallarning signali bo’lib qoladi. Bolaning
ayrim so’zlarni, goho bularning ma’nosini tushunmasada, oson takrorlay olishi va
eslab qolish qobiliyati ham xuddi ana shu davrda rivojlanib boradi. Hayotining
ikkinchi yili davomida lug’at zaxirasi ancha tez ortib boradi, 3 yoshgacha
bo’lgan davr nutq qaror topib, shakllanib boradigan davr hisoblanadi, bu eng optimal
davrdir. Adabiyotda tasvirlangan voqyealar bunga misol bo’la oladi. Emadigan
vaqtida bo’rilar olib qochib ketgan va 7 yoshga kirguncha bo’rilar orasida katta
bo’lgan qizning tabiiyki tili chiqmagan, ya’ni unda nutq yo’q edi. Shu yoshda
bo’rilardan ajratib olingan qiz nutqqa o’rgatildi. 4 yil o’rgatilgandan keyin u 6 ta
so’zni 7 yil o’rgatilganidan keyin esa atigi 45 ta so’zni eslab qoldi. Buni shu bilan
izoxlasa bo’ladiki, nutq egallashning eng optimal davri 3 yoshgacha bo’lgan vaqt
o’tib ketgan edi.
Og’zaki va yozma nutq bosh miya po’stlog’idagi nerv markazlarida shartli
reflekslar hosil qilish xossasiga ega. Nutq, yordamida biz tashqi muhitning rang-
barangligini anglaymiz, boshqalar bilan muloqatda bo’lamiz, atrofdagi voqyealarni
qabul qilib ular haqida fikrlaymiz va fikrimizni boshqalarga bayon qilamiz. Nutq,
yordamida bilim olamiz, hunar o’rganamiz, kasb egallaymiz,
Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bog’liq, chunki boshqalar nutqini
qabul qilib, uning ma’nosiga qarab bizda fikrlash vujudga keladi, o’z fikri-mizni esa
nutq orqali bayon etamiz. Nutq ikkinchi signal sistemasi sifatida bolaning yoshligida
birinchi signal sistemasi asosida paydo bo’lib rivoj-lanadi. Bola bir yoshga kirganda
u 5-10 ta so’zni ayta oladi, ikki yoshda uning so’z boyligi 300 taga, 3 yoshda 1000
taga, 4 yoshda 2000 taga, 5 yoshda 2500 taga etadi, Bolaning so’z boyligi uning
sog’ligiga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga, ular olib boradigan
tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog’liq. Maktab yoshigacha va boshlang’ich sinf
o’quvchilarida hosil bo’lgan shartli reflekslar, o’rgangan so’zlar miya hujayralarida
mustahkam iz qoldirib, uzoq yillar saqlanadi. Shuni alohida qayd qilish kerakki,
bolada nutq qobiliyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun iming markaziy nerv
tizimining tuzilishi va funksiyasi normal rivojlangan bo’lishi zarur. Avvalo uning
eshitish organlari va bosh miya po’stlog’ining chakka qismida joylashgan eshitish
markazi sog’lom bo’lishi kerak. Chunki boshqalarning so’zini eshitish uchun uning
eshitish qobiliyati normal bo’lishi lozim.
Shu bilan birga miya yarim sharlari po’stlog’idagi nutq markazi normal
rivojlangan, sog’lom bo’lishi zarur. Bu ikkala markazning bittasi normal rivojlangan
bo’lmasa, bolada nutq paydo bo’lmaydi. Kar-soqovlarning eshitish qobiliyati
bo’lmaganligi uchun ham ularda nutq yo’q.
Bolaning nutqi tarbiya, o’qish, bilim olish, jarayonida rivojlanadi. Nutqning
rivojlanishida ovoz chiqarib o’qish, she’r aytish, qo’shiq kuylash, mu-siqa tinglash
muhim rol o’ynaydi. Nutqning rivojlanishi o’z navbatida odamning o’qishi, bilim
olishi, hunar o’rganishiga, fikrlash qobiliyatiga va ijodiy ravnaqi yanada
takomillashuviga imkon beradi.
Bolalarda hissiyotlar xususiyatlari
Ko'pgina ota-onalar farzandlari uchun o'zlarining his-tuyg'ularini to'g'ri ifoda
etishlari uchun qanchalik muhimligini bilishadi. Ammo ular ham o'rganishlari
kerak tushunish ularni, ularni talqin qiladilar va hayotlarining va o'zlarining
dunyosining bir qismi sifatida qabul qiladilar. Mantiqan, har bir bola o'zlarining
sevgan odamlari bilan bog'lanishiga va aloqada bo'lishlariga yordam beradigan
hissiy aql darajasiga muhtoj. Bu ularga ko'proq farovonlik, baxt, muxtoriyat va
mas'uliyat keltiradi.
Ammo hissiy jihatdan aqlli bolalarni qanday tarbiyalashimiz kerak? Ushbu
savolga javob berish uchun biz professor Ester Garsiyaning, hissiy intellekt bo'yicha
aspirant professorning ba'zi tavsiyalariga murojaat qilamiz. Barselona universiteti.
Hissiy tarbiyaga oid maslahatlar
Professor Garsiyaning so'zlariga ko'ra, shaxslararo munosabatlar - bu hissiy
farovonlikka ta'sir qiluvchi asosiy omillar. Ham bolalar, ham kattalarning baxt-
saodati ularning munosabatlarida hissiy aql bilan bog'liq qobiliyatlarni rivojlantirish
qobiliyatiga bog'liq.
Tuyg'ularni aniqlash
Professor Garsiyaning hissiy jihatdan aqlli bolalarni tarbiyalash bo'yicha
birinchi taklifi bu onglilikdir. Ota-ona ham, bola ham o'zlarining his-tuyg'ularini,
oqibatlari va ularni qanday qayta ishlashni tushunishlari kerak.
O'zingizning xabardorligingizni oshirish uchun o'zingizdan o'zingizning his-
tuyg'ularingiz haqida savollar bering: nega ularni his qilasiz, qanday paydo bo'lgan
va ularni bartaraf etish yoki undan maksimal darajada foydalanish uchun nima
qilishingiz mumkin. Shundagina siz ularni og'zaki so'zlashingiz va belgilashingiz
mumkin bo'ladi, shunda farzandlaringiz o'zlari bu jarayonni amalga oshirishni
o'rganadilar.
Hissiy boshqaruv
Ikkinchi muhim maslahat hissiyotlarni boshqarish bilan bog'liq. Ularni
aniqlaganingizdan va tushunganingizdan so'ng, ularni qanday boshqarishni
bilishingiz kerak. Ular ijobiy yoki salbiy bo'lishidan qat'iy nazar, siz ularni aniq
belgilashingiz va og'zaki so'zlashingiz uchun ularga ism qo'yishingiz kerak.
Siz shu darajaga etganingizda, his-tuyg'ularingizni qabul qilish vaqti keldi,
chunki ular qonuniy va shaxsiydir. Shu nuqtada, paydo bo'lgan xatti-harakatlar
ustida ishlash kerak bo'ladi. Shunday qilib, siz bolalaringizga bema'ni, majburiy yoki
beparvolik qilmasliklariga yordam bera olasiz.
Hamdardlik
Bolalarga his-tuyg'ularini qanday aniqlash va boshqarish va hissiy jihatdan
aqlli bo'lishni o'rgatish uchun siz doimo hamdard bo'lishingiz kerak. Siz o'zingizni
qanday his qilayotganingizni va ularning yoshida qanday o'zgaruvchan va
boshqarishni qiyinlashtiradigan bu ulkan hissiyotlar va his-tuyg'ular to'lqinini
yo'naltirish uchun qanday mexanizmlarga ega ekanliklarini bilishingiz kerak.
Diqqatning neyrofiziologik xususiyatlari va ontogenezda o'zgarishi.
Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv
markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli
bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini
ta`minlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli
darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga
keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan
ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
Diqqat assotsiatsiya yo`li bilan eslash va uning yangilik bilan farq
qilmaydigan, lekin u ob`ekt favg`ulodda alohida ahamiyat kasb etgan ob`ektlarni
idrok qilish bilan bog`liq bo`lishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv
jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish
uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po`stining bir
joyida maydonga kelgan qo`zg`alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa
joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po`stining ayrim
bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa
joylarida kuchli qo`zg`alish jarayonlarini paydo bo`lishiga olib keladi. Ayni shu
paytning har bir onida miya po`stida ko`zgalish jarayoni uchun optimal, ya`ni
nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo`zg`alish manbai mavjud
bo`ladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo`lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning
ichidagi miya ko`rinadigan bo`lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli
qo`zg`alish uchun eng yaxshi sharoit tug`ilgan nuqtasi miltillab ko`rinadigan bo`lsa,
yangi sog`lom bir narsani o`ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni
miyasini katta yarim sharlarida juda g`alati jimjimador shaklli, surati va hajmi har
damda bir o`zgarib, turlanib, jimir - jimir qilib turgan yorug` narsani u yoqdan bu
yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug` narsa atrofidagi
boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko`rardik”.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham
diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik
tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron
o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda miyaga
ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda
o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning
hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning
hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo`zg`atuvchilarga diqqatning qaratilishi va
ayni chog`da ta`sir qilib turgan boshqa qo`zg`atuvchilardan diqqatning chalg`ishida
ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o`ziga xarakterli bo`lgan tashqi ifodalari bilan
bog`liq bo`ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tiqilib
qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to`xtatish, nafas olishni sekinlashtirish,
diqqat uchun xos bo`lgan yuz harakatlari bilan bog`liq bo`ladi.
3. DIQQAT TURLARI
Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi:
1. Ixtiyorsiz diqqat;
2. Ixtiyoriy diqqat;
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik
faoliyatning yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin.
Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi
bilan odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga,
hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni
bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni
eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz
ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish
lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi
ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni
bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab
o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb
bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda
diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab
sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda
turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy
kuchi muhimroq rol o`ynaydi.
Bolalarda emotsional stresslarni oldini olish.
Bolalarda stress - bu reaktsiya asab tizimi turli xil jismoniy, aqliy va hissiy
stimullarga. Ota -onalar stress belgilarini e'tiborsiz qoldirib, bolada hissiy
beqarorlikni rivojlantiradi. Stress fonida asab kasalliklari paydo bo'ladi, ular
allaqachon ruhiy kasallikka aylanishi mumkin balog'at yoshi. Kattalardagi
buzilishlarning aksariyati bolalikdagi psixologik travma va qo'rquv bilan bevosita
bog'liq. Bolalar va o'smirlarning stressi ko'plab muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin. O'ziga past baho va jiddiy ruhiy kasalliklar, shizofreniyaga qadar
shakllanadi. Boladagi stressni bir necha bosqichlarga bo'lish mumkin. Har bir
bosqich ruhiy tushkunlik holati bilan tavsiflanadi. Uzoq muddatli stress
depressiyaga aylanadi. Xavotir Xavotirlik davrida bola tushunarsiz melankoliya va
tashvish his qiladi. Bola boshidan o'tgan stress haqida hech kimga aytmaydi. Bola
o'zini tutadi, qarindoshlaridan shubhalanadi. Notanish odamlarga nisbatan o'ziga xos
ishonchsizlik paydo bo'ladi. Hech qanday o'zgarish yo'q jismoniy holat bolalar
Qarshilik Bolaning ruhiyati boshdan kechirgan stressga faol qarshilik ko'rsatadi.
Yomon voqea xotiralarini o'chirishga harakat qiladi. Stressli javob doimiy charchoq
va ruhiy charchash hissi bilan birga keladi. Asab tizimi ichki tajribalarga juda ko'p
energiya sarflaydi. Tushkunlik Bola aqliy va jismoniy charchagan, endi stressni
boshdan kechirishga qodir emas. Asab tizimi hissiyotlarni boshqara olmaydi, bu
befarqlik yoki haddan tashqari tajovuzni keltirib chiqaradi. Chaqaloqlar tunda uxlay
olmaydilar, chunki tushlarida dahshatli tushlar ko'rishadi. Maxfiylik oshadi. Doimiy
depressiya natijasida o'z joniga qasd qilish istagi paydo bo'lishi mumkin. Sabablari
Boladagi stressning sabablari yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bir yoshgacha
bo'lgan bolalar onasi bilan xayrlashganda, ovqatlanish usullarini o'zgartirganda,
kasallik va qo'rquvda stressga tushadilar. Chaqaloqlar ota -onasining hissiy holatiga
haddan tashqari sezgir. Ota -onalarning janjallari va janjallari bolaga ta'sir qiladi, u
eng kuchli kuchlanishni sezadi. Chaqaloqlar va o'smirlardagi stressli vaziyatlarning
quyidagi sabablari bor. Ota -onalarning e'tiborsizligi. Bolaning ehtiyojlarini
e'tiborsiz qoldirish, rad etish, sevgining yo'qligi bolada kuchli stressni keltirib
chiqaradi. Doimiy tanbehlar, ayniqsa omma oldida. Bunday tarbiyaviy chora -
tadbirlar bolalarda voyaga etmaganlik tuyg'usini shakllantiradi. Tashqi va ichki
omillar ta'sirida qo'rquv hissi. Tashqi: qaroqchi yoki g'azablangan itga hujum qilish,
qo'rqinchli film tomosha qilish yoki dahshat kitobini o'qish. Ichki: kuchli fantaziya,
oiladagi salbiy muhit, ota -onalar bolalarga kuchli psixologik bosim o'tkazadilar.
Manzaraning o'zgarishi. Qarindoshlar, yaqin do'stlar bilan xayrlashish, yangi
shaharga ko'chish, boshqa maktabga ko'chish, birinchi muhabbat. Bu hodisalarning
barchasi stressli. Komputer o'yinlari. Bolalar o'yinlarni kattalarga qaraganda ancha
real qabul qiladilar. Yo'qotishlar, kechgacha o'yinlar uchun kattalar bilan
janjallashish, uyqusizlik - bularning barchasi stressni keltirib chiqaradi.
Endemik buqoqning kelib chiqish shart sharoitlari va muhitga
bog'liqligi.
Buqoq — qalqonsimon bezning kattalashuvi. Kasallik shu bez funksiyasi
oʻzgarmasdan (eutireoz), funksiyasi susayishi (gipotireoz) yoki kuchayishi
(tireotoksikoz) bilan kechadi. Boʻqoqning bir necha shakli bor. Endemik buqoq
atrof-muhitda (suv, tuproq, havoda) yod oz boʻlgan muayyan geografik
chegaralangan hududlarda (jumladan Oʻzbekistonda) uchraydi. Isteʼmol qilinadigan
oziq-ovqat mahsulotlarida yod yetishmasligi kasallikning asosiy sababi hisoblanadi.
Sogʻlom odamga bir kecha-kunduzda 100—200 mikrogramm yod kerak, shu
miqdor kamaysa, qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin)ning hosil
boʻlishi kamayadi. Oqibatda, qalqonsimon bezning kattalashishi kuzatiladi,
bolalarda boʻy oʻsmay qoladi, ruhiyati oʻzgaradi, aqli ojiz boʻladi (kretinizm),
baʼzan kasallik shish hosil boʻlishi bilan kechadi (qarang Miksedema).
Sporadik (onda-sonda uchraydigan) buqoq — buqoq endemiyasi boʻlmagan
joylarda rivojlanadi, kasallik keng tarqalmaydi. Diffuz toksik buqoq (Bazedov
kasalligi) — bunda qalqonsimon bez kattalashuvi bilan birga funksiyasi kuchayadi.
Diffuz toksik buqoqni 1840-yilda nemis vrachi Karl Bazedov taʼriflab bergani uchun
Bazedov kasalligi deb ataladi. Kelib chiqishida irsiy moyillik, immun sistemadagi
oʻzgarishlar, ruhiy iztirob muhim oʻrin tutadi. Qalqonsimon bez funksiyasi
kuchayishi natijasida muskullar zaiflashib, bemor serzarda, yigʻloqi boʻlib qoladi,
ozib ketadi, koʻzi chaqchayadi (ekzoftalm, oftalmopatiya), koʻp terlaydi, oyoqqoʻli,
baʼzan butun tanasi titraydi, yuragi tez uradi (taxikardiya), uyqusi buziladi, bir oz
isitma chiqadi, tez toliqadi va ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Kasallik ogʻir kechganida
tireotoksik krizisga olib borishi mumkin. Bunda asosiy sistema va aʼzolar faoliyati
izdan chiqadi, tireotoksik koma yuz beradi. Koʻp tugunli toksik buqoq — koʻpincha
bir necha yil davomida koʻp tugunli eutireoid buqoq bilan og`rib kelayotgan 50—60
yashar ayollarda uchraydi. Kasallik belgilari diffuz toksik buqoqqa oʻxshash, ammo
bunda oftalmopatiya va pretibial miksedema kuzatilmaydi.
Buqoqni mutaxassis vrach davolaydi, turli gormonal dorilar buyuriladi.
Baʼzan jarroxlik yoʻli bilan davolanadi. Toksik buqoqni davolashda radioaktiv yod
ham qoʻllaniladi.
Buqoqning ommaviy oldini olish uchun yodlangan osh tuzi ishlatiladi.
Buqoq boʻyicha xavfli guruhlarga (bogʻcha va maktab yoshidagi bolalar, homilador
va emizikli ayollar) tarkibida yod tutuvchi (antistrumin, yodid — 100, 200) dorilar
beriladi. Umumiy sogʻlomlashtirish tadbirlari (bekamu-koʻst ovqatlanish,
sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar) amalga oshiriladi.
Individual rivojlanish davomida immun reaksiyalarni shakllanishi.
Individual rivojlanish yoki entogenez triklikning eng muhum xsusiyatlaridan
biridir.ontogenez tushunchasi 1866-yilga E. Gekkel tomonidan fanga kritilgan bir
hujayralilarda ontogenez ularning hosil bo’lishidan boshlanib bo’linishi yoki o’limi
bilan tugallanadi. Ko’p hujayralilarda ontogenez zigotya hosil bo’lishidan boshlanib
o’lim bilan tugallanadi.
Ointogenezning uchta tipi mavjud:
1. Lichinkali. 2.lichinkasiz. 3. Ona qornida rivojlanish.
Lichinkali ontogenez. Tuxum hujayrada oziq modda kam bo’lgan
organizmlarda kuzatiladi. Ularning lichikkasi yetuk shaklidan o’z tuzulishi bilan
farq qiladi.
Lichinkasiz
ontogenez.Tuxumda
oziq
moddalar
ko’p
bo’lgan organizmlara kuzatiladi, yosh organizmlar O’z tuzulishiga ko’ra yetuk
organizmlarga ancha o’xshaydi. Ona qornioda rivojlanish odam va yuqori
sutemizuvchilarda kuzatiladi.
Ontogenezning ikkita asosiy davri mavjud.
1. Embiriona davr 2. Post embriona davr.
Post embrional rivojlanish tuxum qoyib ko’payiuvchilarda xomilaning
tuxum qobiqlaridan chiqishidan , Ona qornida rivojlanuvchi organizmlarda esa
tug’ulishidan boshlanib, uning o’limigacha davom etadi. Bu davrda organizm tashqi
muhit bilan bevosita aloqada bo’ladi, o’sadi, hujayralar, to’qimalar, azolar
iqtisoshlashadi,umri tugagan yoki jarohatlangan to’qimalar qayta tiklanadi va
organizmning qarishi asta sekin kuzatiladi.
Post embrionalar rivojlanishining ikki turi malum
1. Bilvosta (no to’g’ri) rivojlanish.
2. Bevosita (tog’ri) rivojlanish.
Organizm indivitual rivojlanishiga tashqi muhit omillarining tasiri
kattadir. Tashqi muhit omillarinig tasiri homila davrida ham, undan keyingi davrda
ham kuzatiladi.
Odam homilasining rivojlanishiga zara ko’rsatuvchi omillarga
alkogol, tamaki tarkibidagi nikotin, Giyohvant moddalari kiradi. Bu moddalar
insonning faqat sog’ligiga zara yetkazibgina qolmasdan balki Jinsiy hujayralarning
xromosomalari, genlarida mutatsiyalarida sabab bo’lishi ham mumkin. Bunday
o’zgargan
Mitoz sikli deb hujayraning bo’linishga tayyorgarlik davri hamda mitoz
bosqichlarini davom etishiga aytiladi
Metafaza — xromosomalarning spirallanishi davom etadi. Xromosomalar
ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi.
Ontogenezning davrlari.Amfibiyalarning lichinkalik bosqichi — itbaliqdir
O’pka va ikkita qon aylanish doirasi rivojlanadi. Itbaliq bir qator belgilari (yon
chiziq, yurak tuzilishi, qon aylanish sistemasi, jabra yoriqlari) bilan baliqlarga
o’xshab ketadi.
Tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida inson organizmida sodir bo'ladigan
fiziologik omillar.
Muhit.
Ekologiyada muhit deb
tirik
organizmlarni
o`rab
turgan, uning
holatiga, rivojlanishiga yashab qolishigava ko`payishiga bevosita ta`sir etadigan
jamiki o`lik va tirik tabiat sharoitiga aytiladi.
Muhit
tushunchasi
turli
ma`nolarni
anglatadi.Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar.
Asosan muhit ikki tipga ajratiladi.
Asosan muhit ikki tipga ajratiladi.
1.Tabiiy muhit: havo, suv, tuproq, tirik organizm va hakazo.
2.Sun`iy muhit: inson tomonidan yaratilgan bo`lib, insonning mehnat
mahsulidir.
Tirik organizmlar tarqalgan bizning biosferamizda hayot asosan 4 xil
muhitda mavjud:
Tirik organizmlar tarqalgan bizning biosferamizda hayot asosan 4 xil
muhitda mavjud: