Bolshevizm, fashizm, natsional-sotsializm falsafasi va diniy ekstremistik
mafkuralar.
Reja:
1. Bolshevizm va fashizmning mafkuralarining vujudga kelishi va ularning
mohiyati.
2. V. Lenin va I. Stalinning siyosiy qarashlari.
3.Sotsializmning siyosiy-huquqiy mafkuralari.
Bol’shevizm mafkurasi - XIX asrning 70-yillarida K.Marksning g’oyalari
Rossiya bo’ylab tarqala boshladi. Bu g’oyalar tarqalishi G.V.Plexanovning ijodiy
faoliyati va u boshqargan «Mehnatni rad qilish» guruxi bilan bog’lik. Rossiyadagi
o’sha davrdagi vaziyat ya’ni iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat kapitalistik rivojlanish
yo’lidan borayotganini ko’rsatardi. Rossiyadagi marksizmga sodiq bo’lgan
guruxlar o’z e’tiborini jamiyatning keyingi hayotida keskin burilish bo’lishiga
qaratdi.
Ularning maqsadi tarixiy-materialistik pozitsiyaga tayanib Rossiyada
islohotlar o’tkazish jamiyat evolyutsiyasi samarasiga erishish edi. Shu bilan birga
ular shakllanib kelayotgan proletariatlar (ishchilar) sinfini g’oyaviy shakllantirib,
uning jamiyat siyosiy hayotidagi mavqei uning qaysi tomonga qarab intilishi o’sha
davrdagi davlat to’zumiga, hukmron sinflarga qarshi qanday kurashishni singdirib
borgan.
XX asrda ham Marksizm tarafdorlari ko’p bo’lmagan Rossiyada g’oyaviy
qarashlar boshqa davlatlardagi marksizm qarashlaridan uncha farq qilmasdi.
Shuning uchun bu bosqichda ular bir tan bo’lib harakat qilishadi. Ularning
birlashishiga birinchi sabab, o’sha davrdagi Rossiyadagi siyosiy-ijtimoiy tartib,
davlatning qirollik boshqaruvi bir xilda yoqmagani bo’lsa, ikkinchisi ularning
mafkuraviy raqiblari ham umumiy edi. Shunday raqiblarga marksizm
revizionistlari (ishchilar sinfi yordamida marksizm g’oyalarini o’zgartirishga
harakat qiluvchilar) narodniklar edi. Narodniklar siyosiy burjuaziya vaqillari
xisoblanadilar. Rus marksistlarini umumiy vazifa ham birlashtirar edi. Bu vazifa
XIX asrning 80-90-yillarida marksizm g’oyalarini Rossiyaning shart-sharoitiga
moslashtirish va bu g’oyalarni tarqatish, singdirishdan iborat edi. Shuningdek bu
vazifalar qatoriga Marksizm sotsializmi ostida radikal (keskin isloxot tarafdorlari)
kayfiyatdagi guruxlarni proletariat ostida birlashtirish, revolyutsion harakatlarni
rivojlantirish va unga tashqiliy ko’rinish berish ham kiradi.
1898 yilda Rossiya Sotsial-Demokratik Ishchilar Partiyasi(RSDRP) 1-
s’ezdida Umumiy Marksistik partiyasi tashqil qilish masalasi qo’yildi. Oradan 5 yil
o’tgach RSDRPning 2-s’ezdida marksizm asosiga qurilgan partiyada o’zgarish yuz
berdi, ya’ni ikkita bir-biridan farq qiluvchi va bir-biridan ancha o’zoq bo’lgan oqim
yuzaga keldi:
1-oqim V.I.Lenin boshchiligidagi Bolshevizm
2-oqim Men’sheviklar oqimidir.
Bolshevizmning asoschisi, nazariyotchisi, g’oyaviy rahbari va rahnamosi
V.U.Ulyanov (Lenin) edi. Bolshevizm V.I.Lenin boshchiligidagi tor doira siyosiy
avatyuristlari va hokimiyatparastlarning o’ta reaktsion, insoniyat uchun zararli va
havfli ta’limotidir. Bu ta’limot Rossiyada bolshevistik partiya rahbarligida siyosiy
hokimiyatni egallab olish va davlat boshqaruvining g’oyaviy, strategik, taktik va
tashqiliy printsiplari va vositalari sifatida amal qiladi.
Fashizm – dastak, bo’lak, degan ma’noni berib, uning asosi millitarizmga,
ya’ni muayyan millatni boshqa millat va irqlardan ustun qo’yish tamoyiliga
asolangan bo’lib, bu g’oyani zo’rlik yo’li bilan amalga oshiradi.
Iosif Vissarionovich Stalin (1879-1953 y.y.) siyosiy qarashlari va
ta’limotlari.
Ctalin kommunistik partiya, sovet hokimiyati raxbari sifatida bolshevistik
mafkura, marksizm-leninizmning targ’ibotchisiga aylandi.
Iosif Vissarionovich Stalin (laqabi Koba, Soso) 1878 yil Gro’ziyaning Gori
shaxridagi etikdo’z oilasida tug’ilgan. Tiflis diniy seminariyasida o’qib, 1898 yil
RSDRP tarkibidagi Gro’ziya “ Mesamedasi” sotsial demokratik tashqilotga kirgan.
U Lenin tarafdori bo’lib, 1903 yildan boshlab bolsheviklarga qo’shiladi. Lenin
tashabbusi bilan 1912 yil RSDRP MK va MK Rus byurosiga kooptatsiya (sirtdan
kiritilgan) qilingan. 1917 yil “Pravda” gazetasida tahrir hay’ati, RSDRP(b) MK
siyosiy byurosi, harbiy inqilobiy markaz a’zosi bo’lgan. 1917-1922 yillarda
Millatlar ishi bo’yicha xalq komissari, 1918 yil Rossiya Harbiy inqilobiy Kengash
raisi, 1922-1953 yillarda esa Partiya MK ning bosh kotibi sifatida faoliyat yuritdi.
20-yillar Partiya apparatidagi siyosiy fitnalardan foydalanib, partiyaga bosh
bo’lib oldi. Hokimiyat teppasiga kelgan Stalin mamlakatda mustabid rejimni
o’rnatdi. U o’z faoliyati davomida mamlakatni jadal indo’strlashtirish va majburiy
qollektivlashtirish siyosatini o’tkazdi. 20-30 yillarda ommaviy terror tashabbuskori
bo’ldi. Terror natijasida minglab odamlar bevaqt halok bo’ldi. Mana shu faoliyati
bilan uning nomi tarixda “qora” nom bilan qoldi. Uning siyosiy qarashlari o’zining
bir qator asarlarida aks etgan, ular: “Marksizm va milliy masalalar” (1912 yil),
“Oktyabr revolyutsiyasi va rus kommunistlarining taktikasi” (1924 yil), “Leninizm
asoslari to’g’risida” (1924 yil), “Buyuk burilish yili” (1929 yil).
1920 yilning o’rtalaridan keyingi uchta o’n yillikgacha Lenin g’oyalarini
asrovchisi va targ’ibotchisi sifatida I.V.Stalin maydonga chiqdi. Oliy Kommunistik
Partiya Sekretari Stalin o’z davrining Lenini sifatida siyosatini davom ettirdi. U o’z
davrining etuk siyosatchisi sifatida ommaning qo’llab kuvvatlashi, u targ’ib
qilayotgan mafkuraning qanchalik partiya bolsheviklari-yu oddiy odamga bir xil
tushunarli va aniq bo’lishiga bog’liqligini u yaxshi tushunardi. Stalin har bir
jamiyat mentaliteti qadriyatlari onglilik darajasiga qarab, o’sha xalqning
qiziqishlariga ahamiyatni kuchaytirib g’oya va mafkura yaratish kerak deb
hisoblardi. Stalin siyosatida xalq ommasi Proletariat diktaturasining tarkibiy qismi
va diktaturaning asosiy belgisi bo’lib qoladi. Stalin tiriklik chog’ida xuddi Lenin
singari qarashlari mutlaqlashtirildi, uning faoliyati va shaxsiy hayoti
iloxiylashtirildi. Stalin o’z siyosiy faoliyatida Turkiston va O’zbekistonda
sotsializm asoslarini zo’ravonlik bilan joriy etish yo’llarini qo’llagan.
Sotsializm – XIX-XX asr siyosiy g’oyalaridagi yo’nalishlardan biri.
Sotsializm (lotincha socialis- ijtimoiy)- xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy)
mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin
deb hisoblovchi ta’limot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yo’l bilan qurilgan
ijtimoiy to’zumni ideal jamiyat deb hisoblaganlar. Sotsializm atamasi Frantsiyada
XIX asr 30-yillarida iste’molga kirgan. Sotsializmda inson xususiy mulkdan
tamoman ajratiladi. Oqibatda inson o’z individual xususiyatlaridan ham maxrum
etilib, ommaga aylanadi va o’z “men”ini yo’qotadi va jamiyatda tobelik,
zo’ravonlik kuchayadi. XX asr 20-yillari oxiri 30-yillar boshida SSSR da, 2-jahon
urushidan keyin boshqa mamlakatlarga yoyildi. Sotsializm davlat mulki
monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, yuqori qatlamning
diktaturasi kabi belgilarda namoyon bo’ladi. Bu g’oya XIX asrda ishchilar sinfi
manfaatlarining ifodachisi sifatida maydonga keldi. Sotsializm tenglik, ijtimoiy
adolat, umumiy manfaatlarning ustunligiga asoslangan jamiyat haqidagi g’oya
sifatida dastavval qadimgi dunyoda paydo bo’lgan.