BORLIQ FALSAFASI KATЕGORIYALARNING («Materiya» tushunchasi, uning xususiyatlari va namoyosh bo‘lish shakllari haqidagi zamonaviy tasavvurlar)

Yuklangan vaqt

2024-04-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

3

Faytl hajmi

17,1 KB


BORLIQ FALSAFASI KATЕGORIYALARNING 
 
 
Borliqning mohiyati va mazmuni. Borliqning asosiy shakllari 
Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o‘rganuvchi qismi ontologiya 
deb ataladi. Ontologiya so‘zi yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot) 
so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik  haqidagi ta’limot», 
ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi.  
Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa 
lug‘ati»da, so‘ngra, X.Volf (1679 -1754) ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan 
bo‘lsada, ulardan ilgari qadimgi yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini 
ifodalovchi turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni 
nohaqiqiy borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta’limotdir» deb hisoblashgan.            
Borliq o‘ziga ob’ektiv va sub’ektiv reallikni, mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘ladigan 
olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, o‘tmish va kelajakni, o‘limni va haѐtni, ruh 
va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir.  Borliqning asosiy sohalariga 
tabiat, jamiyat va ong kiradi.   
  
«Materiya» tushunchasi, uning xususiyatlari va namoyosh bo‘lish shakllari 
haqidagi zamonaviy tasavvurlar 
 
Borliqning moddiy shakli materiya o‘ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jaraѐnlarni 
va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda 
mavjud bo‘lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi 
umumiy falsafiy tushunchadir. Materialistlar materiyani ob’ektiv reallik, deb 
ta’riflashadi. Ob’ektiv reallik inson sezgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan 
tashqarida mavjud bo‘lgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning sub’ektiv reallikdan 
tashqaridagi qismi hisoblanadi.   
BORLIQ FALSAFASI KATЕGORIYALARNING Borliqning mohiyati va mazmuni. Borliqning asosiy shakllari Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o‘rganuvchi qismi ontologiya deb ataladi. Ontologiya so‘zi yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik haqidagi ta’limot», ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi. Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»da, so‘ngra, X.Volf (1679 -1754) ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan bo‘lsada, ulardan ilgari qadimgi yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini ifodalovchi turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni nohaqiqiy borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta’limotdir» deb hisoblashgan. Borliq o‘ziga ob’ektiv va sub’ektiv reallikni, mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘ladigan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, o‘tmish va kelajakni, o‘limni va haѐtni, ruh va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir. Borliqning asosiy sohalariga tabiat, jamiyat va ong kiradi. «Materiya» tushunchasi, uning xususiyatlari va namoyosh bo‘lish shakllari haqidagi zamonaviy tasavvurlar Borliqning moddiy shakli materiya o‘ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jaraѐnlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bo‘lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Materialistlar materiyani ob’ektiv reallik, deb ta’riflashadi. Ob’ektiv reallik inson sezgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo‘lgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning sub’ektiv reallikdan tashqaridagi qismi hisoblanadi. Materiya moddiy ob’ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda 
materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunѐda materiyaning ayrim predmet ѐki biror konkret 
buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma konkret 
ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy 
tushunchadir. Bu dunѐda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga 
o‘xshash fikrdir.   
Materiya to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotning asosiy tomonlari quyidagilardan 
iboratdir:  
- 
materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umumiyligini tan olish;  
- 
materiya kategoriyasining falsafiy abstraksiya ekanligini tan olish;  
- 
materiya va moddiy sistemalarning ob’ektivligini tan olish;  
- 
materiyaning rivojlanishini va moddiy sistemalarning evolyutsiyasini tan 
olish;  
- 
materiya va moddiy sistemalarning nihoyasizligini, bitmas-tuganmasligini, 
cheksizligini tan olish.  
  
«Harakat» tushunchasi, unin asosiy shakllari va ular orasidagi bog‘liqlik  
Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati 
harakat hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o‘zining strukturaviy yaxlitligini 
saqlay olmaydi.  
Falsafiy adabiѐtlarda moddiy borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib 
ko‘rsatishadi: 1) moddiy harakatning eng sodda shakli - mexanik harakat (uni 
moddiy nuqtalarning fazodagi siljishi deb ta’riflashadi); 2) fizik harakat (elementar 
zarachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental 
kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, ѐrug‘likdan tortib koinotning 
gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) ximiyaviy 
harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, 
moddaning muzlashi va kristallanish jaraѐnlari, ximiyaviy reaksiyalar, ximiyaviy 
sintez va parchalanish, ѐnish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jaraѐnlar kiradi); 
Materiya moddiy ob’ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunѐda materiyaning ayrim predmet ѐki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma konkret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunѐda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Materiya to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotning asosiy tomonlari quyidagilardan iboratdir: - materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umumiyligini tan olish; - materiya kategoriyasining falsafiy abstraksiya ekanligini tan olish; - materiya va moddiy sistemalarning ob’ektivligini tan olish; - materiyaning rivojlanishini va moddiy sistemalarning evolyutsiyasini tan olish; - materiya va moddiy sistemalarning nihoyasizligini, bitmas-tuganmasligini, cheksizligini tan olish. «Harakat» tushunchasi, unin asosiy shakllari va ular orasidagi bog‘liqlik Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o‘zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi. Falsafiy adabiѐtlarda moddiy borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib ko‘rsatishadi: 1) moddiy harakatning eng sodda shakli - mexanik harakat (uni moddiy nuqtalarning fazodagi siljishi deb ta’riflashadi); 2) fizik harakat (elementar zarachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, ѐrug‘likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) ximiyaviy harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jaraѐnlari, ximiyaviy reaksiyalar, ximiyaviy sintez va parchalanish, ѐnish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jaraѐnlar kiradi); 4) biologik harakat (haѐtiy jaraѐnlar); 5) sotsial (ѐki ijtimoiy) harakat (jamiyatdagi 
ijtimoiy jaraѐnlarning namoѐn bo‘lishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati 
hamda axborot jaraѐnlari bilan bog‘liq bo‘lgan ideal, g‘oyaviy, ma’naviy 
ko‘rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir.    
          
«Fazo» va «vaqt» kategoriyalari. Materiya, harakat, fazo va vaqtning birligi  
Fazo - vaqtning muayyan lahzasida bu dunѐni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro 
joylashish tartibini ifodalasa, vaqt esa - fazoning har bir nuqtasida ro‘y beruvchi 
hodisalarning ketma-ketligi, davomiyligi tartibini ifodalaydi. Shu tarzda fazoni vaqt 
bilan, vaqtni fazo bilan belgilash mumkin.   
Fazo va vaqt - borliqning umumiy yashash shakllari bo‘lib, fazo dunѐni tashkil 
etuvchi ob’ektlar va ularning tarkibiy nuqtalarining o‘zaro joylashish tartibi, ko‘lami 
va miqѐsini ifoda etadi, vaqt esa dunѐda sodir bo‘luvchi hodisa va jaraѐnlarning ro‘y 
berish ketma-ketligi tartibi va davomiyligini ifodalaydi.    
 
 
 
 
  
4) biologik harakat (haѐtiy jaraѐnlar); 5) sotsial (ѐki ijtimoiy) harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jaraѐnlarning namoѐn bo‘lishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jaraѐnlari bilan bog‘liq bo‘lgan ideal, g‘oyaviy, ma’naviy ko‘rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir. «Fazo» va «vaqt» kategoriyalari. Materiya, harakat, fazo va vaqtning birligi Fazo - vaqtning muayyan lahzasida bu dunѐni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibini ifodalasa, vaqt esa - fazoning har bir nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalarning ketma-ketligi, davomiyligi tartibini ifodalaydi. Shu tarzda fazoni vaqt bilan, vaqtni fazo bilan belgilash mumkin. Fazo va vaqt - borliqning umumiy yashash shakllari bo‘lib, fazo dunѐni tashkil etuvchi ob’ektlar va ularning tarkibiy nuqtalarining o‘zaro joylashish tartibi, ko‘lami va miqѐsini ifoda etadi, vaqt esa dunѐda sodir bo‘luvchi hodisa va jaraѐnlarning ro‘y berish ketma-ketligi tartibi va davomiyligini ifodalaydi.