BORLIQ–FALSAFA KATEGORIYASI (Borliq tushunchasining tahlili, Borliq va yo‘qlik dialektikasi, Falsafa tarixida borliq muammosi, O‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasi, Borliqning ekzistensial-germenevtik konsepsiyasi)
Yuklangan vaqt
2024-04-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
47
Faytl hajmi
127,9 KB
Ilmiybaza.uz
BORLIQ–FALSAFA KATEGORIYASI
Borliq tushunchasining tahlili
Borliq va yo‘qlik dialektikasi
Borliq falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik,
mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi
o‘rganiladi, mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati
aniqlanadi. Dastlab Aristotel’ tomo- nidan asos solingan ontologiya tushunchasi
1736-yilda Kristian Vul’f tomonidan olam haqidagi falsafiy bilimning ifodasi
sifatida ilmiy muamalaga kiritilgan. Rudol’f Goklenius narsalarning mavhumligini
ifodalash uchun “ontologiya” tushunchasidan foydalangan. U uch xil - fizik,
matematik va transnatural mavhumlikni farqlagan. Transnatural mavhumlik Xudo
obrazida o‘z ifodasini topgan.
“On” - yunoncha hozirgi zamoni bo‘lib “bo‘lmoq” va “logos” so‘zidan
nimanidir haqida gapirmoq degan ma’nolarni anglatadi. Shu bois, ontologik
nutqning asosi mazmunini mohiyat tashkil etadi. Shunga ko‘ra falsafa yoki fan
narsalarning mavjudligini o‘rganadi. Maxsus fanlar faqatgina mavjud narsalarni
o‘rganadi. Masalan, fizika fani barcha narsalarning fizik xossasini o‘rganadi.
Biologiya esa, tirik mavjudotlarning tirikligini o‘rganadi. Ontologiya olamdagi
narsalarning barcha jihatlarini o‘rganadi. “Mavjudlik” ontologiyaning asosiy
xossasi va u bor bo‘lmoq fe’lidan tashkil topadi. Shu bois, umum qabul qilingan
falsafa tilida u ontologiya deb ham ishlatiladi.
Hozirgi davrda «Ontologiya» atamasi (yunoncha ontos – borliq, logos – so‘z,
ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’nada foydalaniladi. Ontologiya har
Ilmiybaza.uz
qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga
kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Borliq haqidagi fan – ontologiya qadim zamonlardayoq falsafaning muhim
qismi hisoblangan. Borliq kategoriyasi dunyoda hamma narsaga xos bo‘lgan
xususiyatning o‘ta umumiy tavsifi sifatida vujudga kelgan. Falsafada ontologiya
umumiy jihatlarni obyektlarning fizik xossalarida ham, nofizik (kimyoviy,
biologik, ijtimoiy) xossalarida ham izlaydi. Shunga qaramay har qanday
ontologiya qanoatlantirishi lozim bo‘lgan bir mezon mavjud: insoniyat ijtimoiy-
tarixiy amaliyoti rivojlanishining mazkur bosqichida u mavjud bilimlar bilan
ziddiyatga kirishmasligi kerak. Turli ontologik konsepsiyalar bu mezonni turli
darajada qanoatlantiradi. Sun’iy o‘ylab topilgan, fanga tayanmaydigan ontologik
konsepsiyalar tajriba bilan to‘qnashuvni chetlab o‘ta olmaydi. Mazkur mezonga
materialistik ontologiya ko‘proq mos keladi, zero uning zamirida jamiyat to‘plagan
tajribani umumlashtirish yotadi.
Falsafiy nuqtai nazardan ontologik konsepsiya mavhum tushunchalarni va
borliqning umumiy tamoyillarini spekulyativ tarzda tuzish yo‘li bilan
yaratilmasligi kerak. Bu yo‘l tafakkurning voqelikdan uzoqlashishiga olib boradi.
Tamoyillar va tushunchalar tabiatga muqarrar va shak-shubhasiz haqiqatlar sifatida
bog‘lan- masligi kerak. Aksincha, ular tabiatni o‘rganishdan, fan to‘plagan borliqni
bilish tajribasini umumlashtirishdan keltirib chiqarilishi lozim.
Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy
mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi.
Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni,
falsafa «borliqning nimaligi, u qayerdan paydo bo‘lgani va qayerga yo‘qolishi»ni
oqilona tushuntirish bilan shug‘ullanadi. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida
faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan
to‘qnash kelganlar:
falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
Ilmiybaza.uz
unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning
etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi.
«Borliq» falsafiy kategoriyasi dunyoning ayniqsa keng tarqalgan tillarida
ayni bir ma’no – «bo‘lish», «mavjud bo‘lish», «hozirlik»,
«hozir bo‘lish», «mavjudlik» ma’nolarini anglatadi. Jahonning aksariyat
tillarida yuqorida sanab o‘tilgan va ma’no jihatidan unga yaqin fe’llar negizini
tashkil etadigan «bo‘lmoq» fe’li, o‘zining bevosita ma’nosidan tashqari, yordamchi
fe’l sifatida ham faol ishlatiladi. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud
emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom ma’noda
universal fe’l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o‘zbek tilida -
«bo‘lmoq», «bor», ingliz tilida – is, nemis tilida – ist va h.k.
Shunday qilib, «borliq» va «yo‘qlik» kategoriyalarining o‘ziga xosligi,
betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma’nosi
tavsiflanadigan turli tillarda ular «bo‘lmoq» fe’lidan (yoki uning inkoridan) hosil
bo‘lgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi
yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, stol bor, yomg‘ir yo‘q, oqlik bor, aks yo‘q,
miya bor, g‘oyalar yo‘q va h.k.
Borliq va yo‘qlik dialektikasi
Falsafa tarixida birinchi bo‘lib Parmenid «Borliq bor, yo‘qlik esa –
yo‘q»,degan fikrni ilgari surgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‘g‘ri, noto‘g‘ri,
quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga o‘xshash sifatlar borliqqa
nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar tizimiga
joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda,
borliqni har qanday voqelik ega bo‘ladigan umumiy, universal va betakror
mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina
borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ilmiybaza.uz
«Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan
tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha
aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda
mavjud bo‘lishi
mumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik»
atamasi ayni shu ma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi»,
mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb
bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud. Birinchidan,
dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan
bino bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng
boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin
bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda
hech narsa yo‘q1.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning obyektiv borlig‘i yo‘qlikka
chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa
sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda mavjud bo‘ladi va o‘zining
«ikkinchi» borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki obyektning nusxasi, ideal
obrazi bo‘lib qoladi.
Shunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir. Borliq doim hozirgi
zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti
u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lsa, agar u potensial,
ya’ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‘lishi obyektiv rivojlanish
mantig‘i bilan belgilangan bo‘lsa. Amalda yo‘q bo‘lgan narsa haqida ideal obraz
sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal
borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga tatbiqan biz borliq haqida
faqat shu ma’noda so‘z yuritishimiz mumkin.
Inson o‘zi va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda muayyan narsalar
va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko‘radi. Ayni vaqtda u o‘zini qurshagan dunyoni
sinchiklab o‘rganish va uning butun rang-barangligini tushunib yetish uchun
1 Qarang: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ
века / Онтология, гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93.
Ilmiybaza.uz
muayyan tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-
shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida,
masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o‘rta
asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan
ongli inson amal qilganini ko‘ramiz.
Falsafa tarixida borliq muammosi
Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi
birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi Markaziy Osiyo, hind va qadimgi
xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi
“Avesto”da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning
uyg‘unligidagi mavjudlik deb ifodalanadi.
Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va (ularga diniy-
falsafiy sharhlar) – Upanishadalarda yaxlit ma’naviy substansiya, o‘lmas jon
haqidagi g‘oyalar, shuningdek dunyo haqidagi tasavvurlar o‘z aksini topgan.
So‘nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar
– olov, havo, suv, yorug‘lik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston
mutafakkirlari borliq sirining tagiga yetishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda
qayerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob
topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks
ettirganlar.
Qadimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab mo‘ljal olgan,
unda inson borlig‘iga, shuningdek ijtimoiy borliqqa ko‘proq e’tibor berilgan. Ayni
vqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e’tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish,
xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya
(suv, yer, daraxt, temir, olov) haqidagi ta’limotda o‘z aksini topgan. Keyinroq
“O‘zgarishlar kitobi”da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday
birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi.
Ilmiybaza.uz
Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o‘zaro kurashi haqida
hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va
evolyutsiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga
qadar avvalo, tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunon
falsafasining birinchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o‘z
asarlarini odatda “Tabiat haqida” deb nomlaganlari, ularning o‘zlari esa
naturalistlar, “fiziklar” deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi.
Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun
borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o‘zidan izlaganlar, uni dam suv
(Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va
cheksiz asos – «apeyron» (Anaksimandr taxminan mil. av. 611-545-yillar) deb
tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi
g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga
kelgan va suv o‘tlaridan paydo bo‘lgan. So‘ngra baliqsimon
mavjudotlar
quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. Shunga o‘xshash fikrlarni
Ksenofan (mil. av. 580-490- yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa yer va suvdan
vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham yer va suvdan paydo bo‘lganmiz»,
deb hisoblaydi.
O‘sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima?» degan
savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580-500-yillar)
«hamma narsa sondir», degan xulosaga keladi. U yerning sharsimonligi
haqidagi g‘oyani birinchi bo‘lib ilgari suradi.
Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) faylasuflar orasida birinchi bo‘lib borliqni
kategoriya sifatida tavsiflagan va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirgan.
U haqiqiy borliq mohiyatining o‘zgarmasligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi.
Parmenid fikricha, borliq paydo bo‘lmagan va u yo‘q ham bo‘lmaydi, chunki undan
boshqa hech narsa yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz),
harakatsiz va barkamoldir. U o‘z chegaralariga ega bo‘lib,
«ulkan mutlaqo yumaloq Sharga» o‘xshaydi.
Ilmiybaza.uz
Eleatlar maktabi vakili bo‘lgan (samoslik) Melis «Tabiat yoki borliq haqida»
deb nomlangan asarida borliq chegarasiz deb qayd etadi. Uning fikricha, agar
borliqning chegarasi bo‘lsa, bu borliq yo‘qlik bilan chegaradoshdir. Biroq,
hamonki yo‘qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo‘lishi mumkin emas.
Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo‘lgan davrida
ontologiya sezilarli darajada rivojlangan: o‘sha davr atoqli faylasuflarining deyarli
barchasi borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o‘rganib, uni, boqiy va barkamol
kosmos, «yagona tabiat», ya’ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan,
Empedokl (mil. av. 484-421-yillar) «borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo‘lsa
ham, «barcha narsalarning to‘rt negizi» (olov, havo, suv va yer) haqida so‘z yuritar
ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon ko‘rinishga ega deb hisoblagan, hayot nam va
issiq suv o‘tlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan. Demokrit va Levkipp
atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab, ularni «bo‘shliq» - yo‘qlikka zid o‘laroq,
«to‘la» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan.
Shu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor namoyon
bo‘ladi. Geraklit (mil. av. 544-483-yillar) butun dunyo muttasil harakat va
o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi deb hisoblagan va shu munosabat bilan
«ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deb qayd etgan..
Aristotel (miloddan avvalgi 322-384-yillar). «Borliq nima?» degan savol
qo‘ygan, tafakkur va borliqning bir xilligi g‘oyasini ilgari surgan. Aristotelning
fikricha, «borliq kategorial so‘zlash shakllari orqali ifodalanuvchi barcha narsalarga
o‘z-o‘zidan bog‘lanadi. Zero, bunday so‘zlash usullari qancha bo‘lsa, borliq ham
shuncha ma’noda ifodalanadi. Ayrim iboralar narsaning mohiyatini, ayrimlari -
sifatini, ayrimlari - miqdorini, ayrimlari – nisbatini, ayrimlari – harakati yoki
o‘zgarishini, ayrimlari – «qayerda»ligini, ayrimlari – «qachon»ligini anglatgani
sababli, borliq ularning har biriga mos ma’nolarga ega bo‘ladi»2.
2 Аристотел //Всемирная энциклопедия.-Москва.: Современный литератор, 2001. –С.24.
Ilmiybaza.uz
Aristotel ontologiyasi asosida uchta ta’limot yotadi:
a) borliqning kategorial tahlili (kategoriyalar haqidagi ta’limot);
b) borliqning kauzal tahlili (borliqning sabablari haqidagi ta’limot);
v) borliqning imkoniyat va voqelik munosabati orqali tahlili. (imkoniy
borliqdan voqelikka o‘tish jarayonining tahlili). Demak, Aristotel ontologiyasini
tushunish uchun ana shu uch ta’limot yoki tahlil mazmuniga tayanish kerak.
Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 427-347-yillar) sezilarli darajada
kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega ekanligini
falsafa tarixida birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq» bo‘lishi
«obyektiv mavjud g‘oyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo‘ydi.
Bunda u inson ongida mustaqil mavjud bo‘lgan tushunchalar borlig‘ini ham
ko‘rsatib o‘tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga amalda mavjud
bo‘lgan barcha narsalarni kiritdi.
Borliq muammosiga oid Demokrit va Platon yondashuvi. Birinchi Demokrit
yondashuvi borliqni turli tarzda namoyon bo‘lishi va ongda aks etishi (diskret
situativ-empirik) ko‘rinishida tushunishni nazarda tutadi hamda naturalizm sifatida
namoyon bo‘ladi. Bu holda borliq muayyan empirik harakatlarga bog‘liq bo‘ladi va
insonning har bir kuni nimadan tashkil topsa, shuning o‘zidangina tashkil topadi.
Ikkinchi Platon yondashuvi borliqning mohiyati xususida alohida mushohada
yuritishga yo‘naltiradi, bunda borliq g‘oyaga, erishib bo‘lmaydigan orzuga, amalga
oshmaydigan, noreal jarayonga aylanadi. Borliqning mazkur sxolastik talqini
shiorlar, dasturlar, chorlovlar va deklaratsiyalarda hozirgacha mavjud. Real hayot
jarayonida bu ikki qarama-qarshi yondashuv yakka, xususiy va umumiyning o‘zaro
aloqadorligi bilan barham topadi. Zero, o‘zining yakkaligida o‘z umumiyligini
ifoda etmaydigan, o‘zining mavjudlik holati bilan o‘zgarish va yo‘q bo‘lishni
nazarda tutmaydigan bironta ham narsa va hodisa yo‘q. Voqealar borliqning
mohiyatini namoyon etadi, haqiqiy hayot faoliyatining parchasi tarzida yangi sifat
kasb etadi. Ushbu jarayondagi shakllanish, o‘zgarish, rivojlanish hayot
jarayonining tarkibiy qismlaridir. Keyinchalik falsafa tarixida borliqning ko‘p sonli
Ilmiybaza.uz
har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy va
oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar
rang-barangligi namoyon bo‘ladi.
O‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasi
O‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasida “Haqiqiy borliq” – “Xudoning
borlig‘i” va “haqiqiy bo‘lmagan”, Xudo yaratgan borliq farqlanadi. O‘rta asrlarda
borliqning oliy asosi Xudodir. Barcha barkamolliklar yig‘indisi sifatida Xudo
mavjudlik xususiyatiga ham egadir, chunki mavjud bo‘lmagan mavjudot
nomukammaldir. Binobarin, hamma narsaning mavjudligi Xudoda mujassamdir.
Xudo borligi to‘g‘risidagi ontologik dalilning shiorlaridan biri ana shundan
iboratdir. Unga ko‘ra, butun dunyoni bir joyga bo‘ysunish, quyi va oliyning
subordinatsiyasiga asoslangan iyerarxik tuzilmalar qamrab olgan. Bunda inson ruhi
va ilohiy asosning o‘zaro ta’siri masalasi bosh muammoga aylanadi.
Foma Akvinskiy ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda
mavjud deb qaraladi. Borliq – ayrim narsalarning mavjudligi, ya’ni substansiyadir.
Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda
materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya
imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy
g‘oyalaridan foydalanib, din haqidagi ta’limotni ularga to‘la bo‘ysundiradi.
Materiya shaklsiz mavjud bo‘lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning
shakli» - Xudoga bog‘liqdir. Xudo esa sof ma’naviy mavjudot. Shaklning materiya
bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi
kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi. Foma Akvinskiy «ilohiy borliq»,
hamonki u o‘z-o‘zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir
bo‘lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi zamon katolik
Ilmiybaza.uz
cherkovi ham foydalanuvchi o‘z dalil-isbotini taklif qiladi. Demak, o‘rta asrlarning
borliq muammosi teotsentrik xususiyatga ega.
Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy “Fuqarolik siyosati” va “Fozil shahar
odamlari” asarida borliq va uning ibtidosi masalasi haqida fikr yuritadi. Forobiy
borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o‘zaro
nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha, “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo
bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u
o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi. “Vujudi
mumkin” esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha
narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi.
“vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U “Fuqarolik
siyosati” asarida borliqni olti darajaga bo‘ladi:
1.
Birinchi holatdagi sabab.
2.
Ikkinchi holatdagi sabab.
3.
Uchinchi holatdagi aqli faol.
4.
To‘rtinchi holatdagi instinkt.
5.
Beshinchi holatdagi shakl.
6.
Oltinchi holatdagi materiya. Forobiy dunyoning rang-
barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi
ta’limotidan foydalangan. Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai
sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning
murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli
faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov,
yer, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini
sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obyektiv mavjudligiga urg‘u
beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli
ta’sir ko‘rsatdi.
Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya’ni Allohdir. Vujudi
vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish
Ilmiybaza.uz
noo‘rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma xil jarayonlarning
mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi3. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga
bog‘liq. U yagona, abadiy mohiyat. Unda kamchilik va qusurlar bo‘lishi mumkin
emas. Vujudi vojib doimiy faol, unda toliqish sustlik bo‘lishi mumkin emas.Vujudi
vojibning mavjudligi ukning o‘ziga bog‘liq. Vujudi vojib vujudi mumkinning
yaratuvchisi. Vujudi mumkinning ichki mohiyati harakat bilan bog‘liq. Vujudi
vojib va vujudi mumkin bir biridan karami va sahovati bilan farq qiladi. Ibn Sino
vujudi mumkin, ya’ni yaratilgan jism va harakat doimo bir biri bilan bog‘liq deb
hisoblaydi. Harakat – harakatlantiruvchi, harakatlanuvchi, masofa,ibtido, chegara
va nihoya, vaqt kabi omillar bilan bog‘liq. Harakat va vaqt funksional munosabatda
amal qiladi.
Ibn Sino harakatning uchta turini asoslaydi: Aksidental harakat – bunday
harakatda jism boshqa jism tarkibida bo‘lib, o‘sha obyektlar harakati bilan birga
harakat qiladi, bir joydan boshqa joyga ko‘chadi, lekin jism o‘z tarkibidagi
jismlarga nisbatan o‘z maqomini o‘zgartirmaydi.
Majburiy harakat –bunday harakatning sababi uning o‘zida emas, balki
undan tashqaridadir. Masalan, mashina odam tashiydi.
Tabiiy harakat-bujismning o‘z-o‘zidan harakatidir. Tabiiy harakat to‘g‘ri
chiziq bo‘yicha harakat va aylanma harakat shaklida namoyon bo‘ladi ( chaqmoq,
momaqaldiroq, zilzila).
Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlari keyingi mutafakkirlar ijodiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi.
Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi. Tasavvufda oriflar va oshiqlar
o‘zlarining poetik asarlarida va mifologik g‘oyalarida borliq haqidagi bilimlarini
bayon etganlar. Poetik ontologiyada birinchidan, ramz, majozlar, qiyos va h.k. ko‘p.
Ikkinchidan, ushbu ontologiya inson tafakkuriga emas, ko‘proq tuyg‘ularga
yo‘nalgan. Ayniqsa, musiqa jo‘rligi, tasviriy san’at asarlarida namoyon bo‘lgan,
«Aruz» vaznida bitilgan maqomlarda kuylangan.
3 Ибн Сино Трактат о разделении // Классификации существующих
вещей//Материалы по истории прогрессивной философии.-Москва., 2003. –С. 56
Ilmiybaza.uz
Uchinchidan, poeziya qalb faolligining mahsuli hisoblanadi va u asosan,
tuyg‘ularga ta’sir etadi. Buni anglashning mantiqiy tafakkurdan yuqori shakli,
deyish mumkin. Shu ma’noda poeziyani tushunish uchun ongning mantiqiy
(nazariy) tafakkurdan yuqoriroq shakli – intellektual intuitsiya taqozo etiladi.
Chiziqli (mantiqiy) tafakkurning yolg‘iz o‘zida esa, na intellektual va na estetik
(hissiy) intuitsiya ishtirok etmaydi. Shu ma’noda A.Navoiy aytganidek, majozlar
haqiqatga ancha yaqinroq.
To‘rtinchidan, ramzlar, majozlar hammaga ham aytilishi mumkin bo‘lmagan
ba’zi g‘oyalarni (sirlarni) muayyan odamlargagina yetkazish vazifasini bajargan .
A.Navoiyning badiiy mistik ontologiyasi «Lison ut – tayr» asarida yorqin
ifoda etilgan. Unga butun olamdagi barcha mavjudot bir xil, dastlabki ulug‘ (moya)
yoki javhar – ilohiy substansiyaning zaruratidir. Xudo bu mavjudotlardan
tashqarida emas, balki ularning o‘zida mavjuddir Koinot (kosmos, olam) uning
mir’ati (oynasi, ko‘zgusi) va undagi barcha mavjudot Xudoning zuhurati botinlik
ichki, noayyonlik holatidan ayonlik, tashqi, ko‘rinadigan (seziladigan) holatga
o‘tishidir. Asar muqaddimasidayoq Navoiy Xudoning xillaridan biri bo‘lgan
insonni ilohiyligini va uni olam yaratilishining bosh maqsadi ekani g‘oyasini bayon
etadi.
Jaloliddin
Rumiyning
“Masnaviylar”
asaridagi
tasavvuf
poetik
ontologiyasidan mashhur nemis faylasufi Gegel ta’sirlanib, o‘zining dialektik
ta’limotini ishlab chiqqan. Rumiy «Vahdati Vujud» tushunchasi orqali Vahdati
vujud konsepsiyasi namoyondalari kabi
«birdan – bir mavjud narsa Ollohdir, qolgan hamma narsalar uning nuri,
shu’lasi va «bu dunyo» ham haqiqat lekin u yashirin dunyoning namoyonlik
shaklidir deb hisoblaydi. Shuning uchun inson bu dunyoga emas, balki yagona
Ollohga muhabbat bilan intilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu uning panteizmi (yunon
pan – hamma narsa va theos – Xudo) –ya’ni hamma narsa Xudo ekani haqidagi
ta’limotidir.
Aziziddin Nasafiyning ontologik qarashlari. Nasafiy borliqni «Zubdat ul –
Haqoyiq» «Haqiqatlar qaymog‘i» asarida Olami Kubro (katta, ulug‘ Olam, yunon
Ilmiybaza.uz
falsafasidagi Makrokosm) va Olami sug‘ro (Kichik Olam, inson borlig‘i, yunon
falsafasidagi Mikrokosm) ga ajratadi hamda ular orasidagi uzviylikni ko‘rsatadi.
Asarning birinchi bobi Olami Kubro, (makrokosm, kosmos) uning kelib chiqishi,
strukturasi va boshqa ontologik muammolarni yoritishga bag‘ish- langan.
Nasafiy fikricha, bizni qurshagan Olam (kosmos) zang (javhar, substansiya)
va sifatlarning ismlaridan iboratdir (substansiya va aksidensiya). Olam Olami
g‘ayb (yashirin olam), va Olami shuhud (shohidlik, ya’ni ko‘rinuvchi olam)dan
tashkil topgan. Har ikki olam miqdoriy va umumiy (yaxlit) ma’nolarda turli
nomlarda tilga olinadi. Masalan, holiqiyat (yaralmishlar) olami va amr (yaratuvchi)
olami, mulk (moddiyat) olami va malakut (farishtalar) olami, jism olami va ruh
(jon) olami, his -tuyg‘ular olami va shuur (fikrlar, tafakkur) olami (mintalitet), nur
va soya (zulmat) olami va h.k. Bu nomlar shu ikki olam – yashirin (ko‘rinmas,
g‘ayb) olami bilan ko‘rinuvchi (seziluvchi, shuhud) olamning turlicha nomlaridir.
Yangi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat
qonunlariga bog‘lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin ma’nosini qamrab oladi,
shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko‘rish
muhimdir. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatda tashab- buskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga
asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi.
XVII-XVIII asrlarning faylasuflari Gol’bax, Gel’vetsiy, Lametri borliq
tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari
mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-
ilmiy tasavvur- larini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib
chiqqan.
Nemis klassik falsafasi «substansiya» (dunyoni tushunish zamirida yotuvchi,
nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning erkin,
sof faoliyati» (Fixte), «obyektiv rivojlanuvchi g‘oya» (Gegel) kabi falsafiy
kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun
baxsh etdi.
Ilmiybaza.uz
Jumladan Gegelning «Ruh fenomenologiyasi» asari falsafiy tizimga o‘ziga
xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil
qatorini tahlil qiladi.
XX asrda borliqqa munosabat. XX asr borliqni tushunishni tarixiylik,
insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini kengaytirdi.
Ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblanib,
falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Borliq mohiyatini tushunib yetishda eng yangi qarashning o‘zagini
insonning ijtimoiy ijodi tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida
tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining sur’atlari tobora jadallashib borayotgan
hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash ko‘pincha texnokratik dunyoqarash deb
ataladi.
Noklassik borliq. Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvo- fiqligi,
shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar umuman
ontologiyani
yaratishdan
bosh
tortdilar.
Irratsionalizm,
marksizm
va
ekzistensializmda ontologik konsep- siyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalari
rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida noklassik
falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz.
Borliqning irratsionalistik konsepsiyasi.Falsafiy irratsionalizm asoschisi
A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko‘zi bilan
qaraydi. Uning fikricha, borliqning o‘zi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz
aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur –
bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni aqliy idrok etish mumkin emas.
Shopengauer o‘zining «Dunyo intilish va tasavvur sifatida» deb nomlangan
asarida dunyoning borlig‘ini ikki tarkibiy qismga –
«yashashga intilish sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri sifatidagi
dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish haqiqiy borliqdir. Yashashga
intilish ko‘r-ko‘rona va nooqilonadir, zero uning asosiy niyati – o‘z-o‘zini
asrashdir. O‘z-o‘zini asrash instinkti
Ilmiybaza.uz
– butun tiriklikning tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga
ergashib, yashashga intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman dunyoning
o‘ziga xosdir, deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda
yana ta’riflar va tushunchalar tilida ifodalab bo‘lmaydigan o‘ziga xos tabiiy
stixiyani ko‘rish imkoniyatini beradi.
Fridrix Nitsshe (1844-1900 ) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos
va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu
asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan. yevropa
madaniyati mazkur idealni ro‘yobga chiqara olmadi va inson borliq deganda
stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, o‘z
mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy
harakat va shakllanishdan iboratdir.
Borliqning tarixiy konsepsiyasi. XIX asrda ijtimoiy borliq haqidagi ta’limot
shakllandi. Unga ko‘ra, ijtimoiy borliq individning borlig‘iga nisbatan ham,
ijtimoiy ongga nisbatan ham birlamchidir. Shunday qilib, bu davrda jamiyatga fizik
borliqqa o‘xshash borliq sifatida qaralgan. Ayni shu sababli jamiyat ham tabiat
qonunlariga o‘xshash aniq va shubhasiz qonunlarga bo‘ysunishiga bu davr
mutafakkirlarining ishonchi komil bo‘lgan. Ijtimoiy borliq – bu moddiy borliq. U
individlarning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy borliq
qonunlari uning tarixiy rivojlanish jarayonida namoyon bo‘ladi. Jamiyat tarixi bu
davrda ijtimoiy- iqtisodiy tuzumlar: ibtidoiy jamoa, quldorlik, kapitalizm va
kommunizmning tadrijiy va qonuniy ketma-ketligi sifatida talqin qilgan. Unga
ko‘ra, har bir tuzum ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini
o‘z ichiga olgan tegishli ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi.
Borliqning ekzistensial-germenevtik konsepsiyasi.
Ekzistensialistlar mushohada yuritish orqali anglab yetish mumkin bo‘lgan
mohiyat (essensiya)ni amalda mavjudlik (ekzistensiya)ga qarshi qo‘yadilar. Ular
Ilmiybaza.uz
borliqning mazmuni to‘g‘risidagi masalaga qaytish lozimligini e’tirof etadilar.
Lo‘nda qilib aytganda, borliqning oqilona tavsifi uning asl mazmunini yoritib
berishga qodir emas. Bunday mazmun hayot tajribasida, ya’ni «shu yerda-borliq»
yoki mavjudlik orqali namoyon bo‘ladi. Germenevtika borliq sxemasi yoki
formulasini aniqlashga emas, balki uning mazmunini bilishga qaratilgan. Falsafiy
muammo sifatidagi borliqning mazmuni insonni o‘z mavjudligining pirovardliligi
va tasodifiyligini anglash natijasida yuz bergan shokdan xalos etishi lozim. Bir so‘z
bilan aytganda, bu yerda aristotelcha analitikaga Xaydeggercha germenevtika
qarshi qo‘yiladi.
Borliq va mavjudlik konsepsiyasi. M.Xaydeggerloyihasining tayanch
nuqtasi hisoblanadi (1889-1976. Bu loyihani ishlab chiqish bilan u asosan «Borliq
va vaqt», «Fenomenologiyaning asosiy muammolari» asarlarida shug‘ullanadi).
M.Xaydegger fikricha borliq, mavjudlikning borlig‘i, lekin borliq mavjudlikdan
kelib chiqadigan yo‘qlik emas, ya’ni u mavjudlik hisoblanmaydi. Bu yerda
Xaydegger I.Kantning borliq predikat emas, degan fikriga qaytadi. Ammo bu holda
borliq nima? Keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, mavjud narsalarning barchasi ayni
bir borliq usuli – mavjudlik bilan tavsiflanadi. Shunga muvofiq tabiat va ruh (g‘oya
va narsa, rescogitans va resextensia) farqlanadi. Ammo bu farqlash borliqning
usullari o‘rtasidagi farqni ifodalashga qodir emas. U faqat mavjud narsaning
mohiyatini belgilovchi unsurlar o‘rtasidagi farqni aks ettiradi.
Borliq shakllari: Borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik
tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos piramida hosil bo‘ladi. Borliqning shakllari notirik
tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq, inson borlig‘i va virtual borliq,energik borliq
kabilardir. Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos xususiyatga, o‘zining
betakror mohiyatiga egadir. Borliqning turli shakllarini jonsiz tabiatdan boshlab
mufassalroq ko‘rib chiqamiz, zero u hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan jonli va
ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi.
Tabiat borlig‘i birlamchi (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud
bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan
yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) tabiat borlig‘iga bo‘linadi. Birlamchi
Ilmiybaza.uz
tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig‘i – butun tabiiy va sun’iy
dunyo, shuningdek, tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar,
yer, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va sh.k.)dir.
«Tabiat» tushunchasining maxsus talqinida e’tibor muhokama predmetining
ildizlari, fundamental asoslarini yoritishga qaratiladi. Mazkur
kontekstda,
masalan, inson, u yoki bu ijtimoiy hodisa, elementar zarra yoki sharsimon
chaqmoqning tabiati qanday, degan savol mutlaqo o‘rinli yangraydi. Falsafada
ko‘pincha u yoki bu predmet, jism, mavjudot va shu kabilarning mohiyati, asosiy
mazmunini aniqlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Fanda ham ba’zan muayyan hodisa,
voqeaning xususiyati va yuz berish sabablarini aniqlash talab etiladi. Ayni holda
mazkur obyekt yoki hodisaning tabiati haqida shu ma’noda so‘z yuritiladiki, uning
mohiyati, shuningdek qolgan obyektiv borliq - so‘zning keng ma’nosidagi tabiat
bilan aloqasi aniqlanadi.
Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning
borlig‘iga bo‘linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli
ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a’zosi hisoblanadi. U
boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati
mazkur sotsiumga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy,
iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Virtual borliq (lotincha Virtualis – mumkin bo‘lgan) inson real borliqda
harakat qilayotgani illyuziyasini komp’yuterda yaratish imkonini beruvchi
interfaol texnologiya. Uning zamirida Birinchi marta XX asr 60-yillarining
o‘rtalarida paydo bo‘lgan komp’yuterlar yordamida dunyolar modelini yaratish
mumkin, degan g‘oya yotadi.
«Virtual borliq» atamasi 1970-yillarning oxirida Massachuset texnologiya
institutida Jeron Len’yer tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi
virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama komp’yuterda yaratiladigan muhitda
insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi, amerikalik kinematografchilar
tomonidan muomalaga kiritilgan.
Ilmiybaza.uz
Bunda obyektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini
maxsus interfeys, komp’yuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan
komp’yuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan
tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud
va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki
unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil
harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi. Virtual olam –inson borlig‘ining o‘ziga xos
shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy ifodasidir.
Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu
borliq ta’sirida vujudga keluvchi his-tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas,
balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda
cho‘milishimiz mumkin, ammo bunda paydo bo‘luvchi his-tuyg‘ularimiz bu
dengizni biz qanday idrok etishimizga bog‘liq bo‘ladi. Virtual tarvuz haqiqiy
tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa o‘rnini bosa olmaydi va h.k.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois, virtual borliqda mavjud barcha
narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va
fantaziya chig‘irig‘idan o‘tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq
obyektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki komp’yuterda mavjud bo‘ladi.
Ayni vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u
inson ongidan qat’iy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir
ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda
ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.
Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot
vositalari va telekommunikatsiyalar ajralmas qismi bo‘lgan hozirgi zamon
madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.
Energiya borliq shakli. Fanning fundamental qonunlaridan biri –
energiyaning saqlanishi va o‘zgarishi qonunidir. Energiya moddiy jismlarning o‘z
holatini o‘zgartirish orqali muayyan vazifani bajarish qobiliyati bo‘lib, u yo‘q qilib
bo‘lmaydigan, rang-barang o‘zgarishlarga qodir substansiya sifatida, materiya
atributi sifatida talqin qilinadi.
Ilmiybaza.uz
Qadimda suv, shamol va hayvonlarning muskul kuchi ham energiya
sifatida tan olingan. Qadimgi misrliklar yelkanni yaratib, shamol kuchi va
energiyasidan foydalanganlar, uni namoyish etganlar. Evolyutsiya qonunlari
hamma narsa va jarayonlar nafaqat muskul kuchi bilan yoki fizik energiya ta’sirida,
balki inson miyasi – tafakkur energiyasi yordamida ham amalga oshirilishini talab
qiladi. Yunon
tiliga mansub
«energiya» tushunchasi Aristotel’
tomonidan ko‘p qo‘llanilgan. Dunyoning tabiiy ilmiy manzarasi
doirasida energiya haqidagi tasavvurlar mexanikada shakllangan va bu atama
fanda birinchi marta 1807-yilda qo‘llanilgan. U bilan bir vaqtda «kuch» atamasidan
ham foydalanilgan. G.Leybnits energiya hodisasini «jonli kuch» deb tavsiflagan.
G.Gel’mgol’s ilmiy muomalaga kiritgan potensial energiya haqidagi tasavvurni
«kuchlanish kuchi» deb nomlagan.
XIX-XX asrlar chegarasida fizikaning rivojlanishi harakatning yangi turlari
kashf etilishiga olib keldi, lekin ularda aynan nima harakatlanishi noma’lum bo‘lib
qoldi. Ayrim olimlar bu holatdan foydalanib, materiyasiz harakat mumkin
emasligini isbotlashga urindilar. Elektron tabiat hali yaxshi o‘rganilmagani tufayli,
elektron muayyan «nomoddiy kuch», moddiy tashuvchisiz sof harakat, deb e’lon
qilindi.
Energiyani barcha hodisalarning birinchi negizi deb biluvchi falsafiy
yo‘nalish – energetizm deb nomlanadi. Energetizmning asosiy tezisi «materiya»
tushunchasini ma’lum energiyalar kompleksi bilan almashtirishdan iborat. Materiya
moddaga tenglashtirilgan. Energiya deganda, aksariyat hollarda moddiy harakat
tushunilgan.
Energiya turlarining hozirgi tipologiyasi yo moddiy tashuvchilar – mexanik,
issiqlik, kimyoviy tashuvchilarni hisobga olgan holda, yo ularning o‘zaro ta’sirlari
turi – elektromagnit yoki gravitatsion o‘zaro ta’sirga ko‘ra tuziladi. Mexanik
energiya kinetik (harakatlanuvchi jismlar tezligiga bog‘liq) va potensial (jismlar
holatiga bog‘liq) energiyaga bo‘linadi. Termodinamikada erkin va bog‘liq energiya
farqlanadi. Ba’zan tashqi va ichki energiya to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Tashqi
Ilmiybaza.uz
energiya deganda mexanik energiya, ichki energiya deganda esa to‘liq
energiyaning butun qoldig‘i tushuniladi.
Ruhiy energiya inson tanasining barcha hujayra va a’zolariga singib, u yerda
muayyan tartib, garmoniya yoki disgarmoniya o‘rnatadi, degan ta’limotga
asoslanadi. Bunda inson toliqish his etib, hattoki depressiya holatiga ham tushadi.
Insonning ruhlanishi, hattoki, go‘zalligi ham ruhiy energiya bilan bog‘lanadi.
German Gesse «Sharqqa sayohat» asarida agar odam ahamiyatsiz ishlar bilan uzoq
vaqt shug‘ullansa, bu uni qo‘zg‘atishi va unga kuch berishini qayd etgan.
Binobarin, ahamiyatsiz ishlar bilan shug‘ullanganda hayot energiyasi tiklanadi.
Fanda ba’zilar buni relaksiyalash qonuni deb nomlaganlar. Ammo ruhiy energiya
sohasi hozirgacha fanda yaxshi o‘rganilmagan. Ruhiy energiya dunyo va hayotning
barcha holatlaridan ta’sirlanadi yoki tebranadi.
Bugungi kunda fikr va tasavvur energiyasi ham tan olinmoqda., «Nozik
daraja»dagi rang-barang energiya hodisalarining amal qilish mexanizmlarini
tushuntirishga urinishlar, asosan, ezoterikaga oid adabiyotlarda uchraydi.
Ruh va materiya, hayot va o‘lim, yaxshilik va yomonlik kabi mutlaqo
qarama-qarshi
sohalar
(oliy
ziddiyatlar)ga
duch
kelinganida,
ularni
neytrallashtirish, ya’ni uchinchi bog‘lovchi narsani yaratish imkoniyati nazarda
tutiladi. Shu tariqa «energiya» tushunchasi qadimgi germetizm ta’limotida ruh –
materiya ziddiyatida o‘rtadagi bog‘lovchi sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’naviy
rivojlanish ichki ma’naviyat, inson ma’naviyatini bilish, anglash va namoyon
etishni anglatadi. Ruhiy energiyani sinovchi sabr-toqatli va ezgu niyatli bo‘lishi
kerak. U shikoyat qilishi va tushkunlikka tushishi mumkin emas.
Substansiya (lot. Substantia – mohiyat, birinchi asos), narsalarning yagona
asosga egaligi, ularning kelib chiqishi bilan belgilangan umumiy va uzviy
xossalari esa – atributlar (lot. attributum –xos bo‘lgan, qo‘shib olingan) degan
g‘oyaga asoslanadi. Shunday qilib, biron-bir obyektning borlig‘i deganda
substansial
borliq, ya’ni obyektning substansiyadan vujudga kelishi bilan
belgilangan borliq tushunilsa, bu obyektni mavjud deb hisoblash orqali biz unda
muayyan atributlarning mavjudligini taxmin qilamiz (holbuki «sof borliq»dan
Ilmiybaza.uz
bunday borliqning tabiati haqida biron-bir taxmin kelib chiqmaydi). Masalaga
bunday yondashilganda borliq nima, degan savol substansiya nima, uning
atributlari qanday, degan savolga aylanadi. Falsafa
tarixida
bu
masala
yechimining turli variantlarini aks ettiruvchi ontologik konsepsiyalar taklif
qilingan. Materialistik ontologiya borliqning asosi moddiy narsalar degan ta’limot
bo‘lib, uni antik faylasuflar yaratgan. Qadimgi yunon faylasufi Fales butun
borliqning birinchi asosi deb suvni, Anaksimen – havoni, Geraklit – olovni e’tirof
etgan. Qadimgi ta’limotlar orasida Anaksimandr ontologiyasi alohida o‘rin
egallaydi. Uning fikricha birinchi asos cheksiz va sifat jihatidan nomuayyan
bo‘lishi kerak, chunki unda narsalarning barcha konkret sifatlari (issiq va sovuq,
namlik va quruqlik, achchiq va shirin va h.k.) aralash bo‘lishi lozim. Atomlar, efir,
modda – bularning barchasi materiyani barcha narsalarning substansiyasi sifatida
tushunishning turli variantlaridir.
Idealistik ontologiyasubstansial borliqni «narsalar dunyosi» zamirida
yotuvchi «g‘oyalar dunyosi» sifatida tasavvur qilingan bu g‘oya Platon falsafasida
rivojlantirilgan.
Dualistik ontologik konsepsiyalarda ikki xil borliq va tegishli ravishda ikki
substansiya farqlanadi (Dekart). Leybnits ontologiyasi ko‘p sonli substansial
shakllar (monadalar)ning mavjudligini nazarda tutadi.
Empirik yo‘nalish vakillari substansiya g‘oyasini tajribadan keltirib
chiqarish mumkin emas, deb hisoblaydi. Berkli bizning sezgilarimiz ruhimizdan
tashqarida «idrok etilmagan narsalar» mavjudligidan dalolat berishi mumkin emas,
deb, moddiy substansiyani rad etgan. Yum Berklining ayni shu fikrini ma’naviy
substansiyaga nisbatan ham tatbiq etgan. Uning fikricha, substansiyaning umumiy
(moddiy substansiya ham, ma’naviy substansiya ham) g‘oyasi xayolot mahsulidan
boshqa narsa emas. Biz ayrim narsalarni idrok etamiz, lekin hech qachon ularning
o‘rtasidagi sababiy aloqani idrok etmaymiz. Substansiya shunday bir nomki, uning
ostida biz o‘zaro bog‘lanmagan ro‘yolarni birlashtiramiz. D. Yum substansiyani
umuman borliq tushunchasiga tatbiq etadi. Yum,“Bizning sezgilarimizdan
tashqarida biron-bir narsa mavjud yoki mavjud emasligini so‘rash befoydadir. Biz
Ilmiybaza.uz
tashqi dunyo mavjud, ya’ni bizga bog‘liq bo‘lmagan va uzluksiz borliqqa ega
ekanligiga ishonishimiz mumkin, lekin u mavjud ekanligini isbotlay olmaymiz.
Mavjud bo‘lgan narsa mavjud bo‘lmasligi ham mumkin... Butun mavjudlikning
mavjud emasligi uning mavjudligi kabi aniq va ravshan g‘oyadir»4, deb yozadi.
Ammo Berkli va Yum mohiyat e’tibori bilan shunday bir ontologik konsepsiyani
rivojlantirganki, unda substansiya rolini uning «surrogati» – subyektda tug‘ilgan
sezgilar oqimi o‘ynaydi.
Substansiya deganda barcha narsalarning muayyan umumiy birlamchi asosi
tushuniladi. Turli narsalar va hodisalar vujudga kelishi va yo‘q bo‘lishi mumkin
bo‘lsa, substansiyani yaratish ham, yo‘q qilish ham mumkin emas, u faqat o‘z
borlig‘ining shaklini o‘zgartiradi, bir holatdan boshqa holatga o‘tadi. Substansiya
– o‘z- o‘zining sababi va barcha o‘zgarishlar asosi, borliqning eng fundamental va
barqaror qatlami. Substansiyaning o‘z-o‘zidan amalga oshishi hodisalarning
umumiy, uzviy xossalari – atributlarda va narsalarning muayyan, alohida xossalari
– moduslarda sodir bo‘ladi.
Substansiya g‘oyasidan turli falsafiy ta’limotlar dunyoning birligi va uning
kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari qanday javob berishiga qarab har xil
foydalanadilar.
Substansiyaga oid turli yondashuvlar shakllangan. Dunyodagi narsalar va
hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta’limot «monizm»
(yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi. Substansiya tabiatini tushunishga
nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik
monizmni qayd etish lozim.
Materialistik monizmdunyo yagona va uzviy, u azaldan moddiy va
dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu
konsepsiyalarda ruh, ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib
chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz Fales,
Geraklit, Spinoza, va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz. Shuningdek,
Zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto”ning “Yashtlar”
4 Юм Д. Сочинения. В 2 т.Т.1.–Москва. 1965. –С.167-168
Ilmiybaza.uz
qismidagi ko‘pxudolik aqidalariga zid o‘laroq “Gohlar”qismida yakkaxudolik
g‘oyalari targ‘ib qilingan.
Idealistik monizm materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‘q
bo‘lmasligi va birinchi asosiga ega bo‘lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb
hisoblaydi. Bunda obyektiv- idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o‘lmas
g‘oyalar, zardo‘shtiylikda olov, o‘rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda –
yaratilmaydigan va o‘z-o‘zidan rivojlanadigan «mutlaq g‘oya») va subyektiv-
idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini
«neytral»
asosdan
–
dunyoning
qandaydir
mavhum
konstruksiyalari,
«elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.
Dualizm birinchi asos sifatida ikkita substansiyaning tan oluvchi falsafiy
yondashuv(lot. dualis – ikki yoqlama). XVIII asr boshida nemis faylasufi X.Vol’f
«Dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Vol’f dunyoda barqaror
tartibning shakllanishida tafakkur, g‘oyalar va aql-idrokning alohida o‘rnini
aniqlash hamda ta’kidlashga harakat qilgan. Uning zamondoshlari – ma’rifatli
absolyutizm g‘oyalarining tarafdorlariga ta’siri juda katta bo‘lgan. X.Vol’fning
falsafaga oid qo‘llanmalari barcha o‘quv yurtlarida o‘qitilgan va eskirgan
(sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet ta’limining asosiy manbalari
sifatida amal qila boshlagan. Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin
vakili sifatida o‘rin oldi. R.Dekartning radikal mexanizmi uni materiyaning
butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy
jismoniy substansiya o‘z atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik
ko‘lamigagina ega. U mutlaq bo‘shliqni istisno etadi, harakatlanish, ya’ni jismoniy
zarralarni bo‘lish, joydan-joyga ko‘chirish va o‘zgartirish qobiliyatiga ega.
Plyuralizm (lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik)dunyoning negizida ikkita
emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limot. (Bu atamani
falsafaga X.Vol’f 1712-yilda taklif qilgan).
Leybnitsning «monadologiyasi», ya’ni monadalar haqidagi ta’limoti
plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko‘ra, dunyo son-
sanoqsiz
ruhiy
substansiyalardan
tashkil
topadi.
Ammo,
plyuralistik
Ilmiybaza.uz
yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan,
Empedokl yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik
ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi. Ba’zan plyuralizmga mustaqil
ta’limot sifatida emas, balki dualizmning o‘zgargan ko‘rinishi sifatida qaraladi.
Lekin plyuralistlar o‘z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda
yechimini topmagan ruh va tabiat o‘rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq
qiladi, deb biladilar.
Substansiyani barcha o‘zgarishlarning sababchisi va (causa sui) o‘z-o‘zining
sababchisi sifatida tushunish I.Kant tomonidan qabul qilinib, yuksak baholangan.
U substansiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga
yordam beruvchi o‘zgarmas asos»5, deb ta’riflagan. Uningcha, substansiya har
qanday tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror
holatda bo‘ladi, har qanday mavjudlik va vaqtdagi o‘zgarish uning modusi, ya’ni
o‘zgarmas narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin. Hozirgi
zamon
falsafasida substansiya kategoriyasining ontologik mazmuni o‘zaro ta’sir
sifatida tushuniladi. Chunki aynan o‘zaro ta’sir dunyo yaralishining haqiqiy va
pirovard sababchisi – narsalarning
causafinalisi
hisoblanadi.
Narsalarni
substansiyalilik nuqtai nazaridan o‘rganish ularning mavjudligini ichki sabablar
va o‘zaro ta’sirlar nuqtai nazaridan yoritish, demakdir. Shu ma’noda
substansiyani ichki birlik nuqtai nazaridan, uning cheksiz va rang- barang
o‘zgarishlaridan qat’iy nazar qaraladigan obyektiv borliq sifatida, harakatning
barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida yuzaga keluvchi va yo‘q bo‘luvchi
tafovut va qarama-qarshiliklar nuqtai nazaridan yondashiladigan materiya deb
ta’riflash mumkin.
Falsafada «Substansiya» kategoriyasiga «substrat» (lot. – to‘shama, negiz)
tushunchasi yaqin turadi, deb qaraladi. Substrat borliqning eng quyi va asosiy
qatlami sifatida tushuniladi.Qadimgi atomistik ta’limotlarda atomlar ana shunday
asos hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o‘ziga
xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi talqinda, ma’lum fizik jara- yonlarning
5 Кант И. Критика чистого разума. –Москва., 1996. –С.47
Ilmiybaza.uz
IV bosqich. Hozirgi zamon falsafasi
substrati sifatida elementar zarralar va fundamental (kuchli, kuchsiz, elektromagnit
va gravitatsion) o‘zaro ta’sirlar amal qiladi. Turli moddalarning hosil bo‘lish va
o‘zgarish jarayonlarida o‘zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar
kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo‘ladi. Elementar «hayot
birliklari» sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil
moddalarning molekulalari biologik jarayonlar substrati bo‘lib xizmat qiladi.
Barcha ijtimoiy o‘zgarishlar zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo‘lgan
inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi.
Materiya tushunchasining vujudga kelishi va uning funksiyalari. “Materiya”
atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan ma’noni
anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida “materiya” tushunchasining mazmuni
bir necha marta o‘zgargan, tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga
muvofiq rivoj- langan.
Hamma narsalarning asosi bo‘lgan birinchi modda haqidagi tasavvur
materiya bilan bog‘langan. Materiya yuzaga keluvchi
hamma narsalarning substrati sifatida namoyon bo‘lgan. Materiya haqidagi
tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi.
I bosqich.
Antik
falsafa
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining bosqichlari
Materiya birlamchi
material (suv, olov,
atom va sh.k.)
sifatida
Materiya inson sezgi
a’zolari orqali idrok
etishga qodir bо‘lgan
obyektiv borliq sifatida
Materiya
muayyan
о‘zgarmas
xossalar
yig‘indisi sifatida
III bosqich.
XVIII-
XIXasrlar
II bosqich.
XVI-XVIIasrlar
metafizik materializmi
Ilmiybaza.uz
Empidokl
Qadimgi yunon faylasuflari orasida Anaksimandr o‘zining materiya haqidagi
fikr-mulohazalari bilan alohida ajralib turadi. Uning uchun materiya yoki birinchi
modda sezish mumkin bo‘lgan konkret jism emas, balki ayrim nomuayyan
o‘zgaruvchi mohiyatga ega bo‘lgan apeyrondir. Atomistlarda materiya
tabaqalashgan substrakt ko‘rinishini kasb etadi.
Materiyaning birinchi ilmiy konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda
qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.
Oldingi mavzularning birida ta’kidlanganidek, Demokrit barcha narsalar
oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat, degan g‘oyani ilgari surgan. Uning
tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan to‘qnashib, bir-biriga yopishib va bir-biri bilan
birikib, biz ko‘radigan narsalarni hosil qilgan. Narsalarning xossalari pirovard
natijada ularni tashkil etuvchi atomlar shakli, kattaligi, o‘zaro joylashuvi va
harakatiga bog‘liq. Bu barcha narsalarni tavsiflash va tushuntirishga asos qilib
yagona umumiy sxemani – bilish obyektining har qanday obyektni atomlar
obyektiv borliqni ifodalash uchun mо‘ljallangan falsafiy kategoriya
bо‘lib, uni inson о‘z sezgi a’zolari orqali idrok etadi, uni tushunishi
mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin bunda materiya insondan
qat’i nazar mavjuddir
Materiya haqidagi ilk tasavvurlar
Suv, Havo, Olov, Yer
Olov
Havo
Suv
Materiya
Geraklit
Anaksimen
Fales
Ilmiybaza.uz
birikmasi sifatida aks ettiruvchi modelini olish imkonini beradi. Shunday qilib,
antik faylasuflar nuqtai nazaridan, materiya – bu barcha narsalar asosi. Odatda
bular qadimgi donishmandlarning farazlari bo‘lgan va ularning materializmi o‘ta
sodda xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar borliqni kuzatish natijasi,
tabiatni eksperimental o‘rganish mavjud emasligi mahsuli bo‘lgan. Materiya
falsafiy kategoriyasini ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga
kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga
asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan.
Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik
shakl ko‘- rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.
Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari
(massa, energiya, ko‘lam) bilan bog‘langan va muayyan turlari (modda, atomlar,
korpuskulalar va sh.k.) bilan tenglashtirilgan. Aristotelning materiya haqidagi
tasavvuri o‘rta asr falsafasiga ancha o‘zgargan ko‘rinishda o‘tdi. O‘rta asr
teologlari Aristotelning ilmiy merosidan
foydalanib, uning «morfe»
(shakl)
haqidagi g‘oyasini o‘zlashtirdilar. Ushbu g‘oya boshqa qarashlardan ustun
qo‘yildi, u ma’naviy asos sifatida qarala boshlandi. Mazkur talqin materiyasiz
sof shakllar, chunonchi: xudolar, ruhlar, farishtalar, odamlarning o‘lmas ruhlari
mavjudligini e’lon qilish imkonini berdi. Materiya doimiy, u dunyo yaralgunga
qadar ham mavjud bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari suruvchi «dahriylar» haqida
ma’lumotlar «cherkov rahnamolari» o‘rtasidagi munozaralar orqali bizgacha yetib
kelgan bo‘lsa-da, dunyoning moddiyligini o‘rganish bilan bog‘liq muammolar bu
davrda ham to‘la-to‘kis barham topmadi. Materiyaning tabiati haqidagi masalada
ular bir to‘xtamga kelmagan bo‘lsalar-da, uni yechish fanning rivojlanishida
muhim rol o‘ynashiga, zero bilish qaysi yo‘ldan rivojlanishi lozimligini
belgilashiga ularning ishonchi komil bo‘lgan. Ular avval barcha narsalarning
asosi sanalgan materiyaning nimaligini aniqlash va shundan keyingina bunga
asoslangan holda ayrim narsalarning kelib chiqishi va xossalarini tushuntirish
lozim, deb hisoblaganlar. Jumladan, bu xususda Aristotel’ shunday deb yozgan:
Ilmiybaza.uz
«Avvalo, birinchi asos va sababni bilish kerak, zero ular orqali va ularga muvofiq
qolgan barcha narsalar anglab yetiladi...»6.
Uyg‘onish davri faylasuflari izchil materialistlar bo‘lmasalar- da, o‘rta
asrlarning quruq muhokamaga asoslangan, spekulyativ tafakkurini yakdillik bilan
inkor etdilar. Mustaqil faol asos sifatidagi shakl g‘oyasi chetga surib qo‘yildi,
materiya nafaqat potensial, balki amalda ham mavjud bo‘lgan narsa sifatida
tushunila boshlandi. Shunisi ajablanarliki, alximiya sohasidagi eksperimentlar
amaliyoti ta’sirida shakl-materiya mahsuli, degan yondashuv yuzaga keldi.
Uyg‘onish davrining Bernardino Telezio, Fransiska Patritsiya, Jordano Bruno kabi
faylasuflari ijodida «materiya» tushunchasi yangicha mazmun kasb etdi.
Materiyaning yaralishi g‘oyasi inkor etildi, materiya boqiy deb e’lon qilindi,
harakat tabiiy kuchlar ta’siri natijasi sifatida tushunila boshlandi.
Materiyaga oid turli konsepsiyalar shaklangan. Materiyaning substansional
konsepsiyasi uni yaratib ham, yo‘q qilib ham bo‘lmasligini, uning mavjudligi va
o‘zgarishining tashqi sabablari mavjud emasligini ko‘rsatadi. Ushbu ta’rif barcha
narsalar materiyaning substansiyasi deb bilishga asoslanadi. Materiyaning substrat
konsepsiyasidailk materializm namoyandalari materiyani substrat sifatida
tushunishga asos solganlar: ular materiyani barcha mavjud narsalarni yaratishga
asos bo‘luvchi substrat (lot. substratum – asos, zamin), material, modda sifatida
talqin qilganlar. Bu substrat boqiy, uni yaratib va vayron qilib bo‘lmaydi, deb
taxmin qilingan. Ammo ularning hissiy idrok etiladigan ayrim moddalar (suv, yer
va boshqalar)ga umumiy substrat sifatida qarashga urinishlari juda sodda va
ishonarsiz bo‘lgan.
Materiyaning dialektik konsepsiyasi XIX-XX asrlar chega- rasida shaklandi.
Materiyani dialektik tushunish uni bilishga nisbatan falsafiy va ilmiy
yondashuvlarning birikuvi natijasida vujudga keldi. Zero,bir qator yirik olimlar
(Gel’mgol’s, Darvin, Mendeleyev, Plank, Eynshteyn, Bor va boshqalar)ning
asarlarida materiyaning dialektik talqinini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan
g‘oyalar ilgari surildi.
6 Аристотел В 4-х т.Т.1. –Москва., 1975. -С.68.
Ilmiybaza.uz
Gap shundaki, ularda materiya uning bir (yoki bir nechta) turi – suv, atomlar
va hokazolar bilan bog‘lanadi, materiyaning bu turi dunyoda mavjud bo‘lgan
barcha narsalarning birlamchi, universal, mutlaq asosi deb e’lon qilinadi. Fan
mazkur materiya turining mavjudligi bilan belgilangan hodisalarni o‘rganish bilan
mashg‘ul ekan, ko‘rsatilgan kamchilik sezilmaydi va uning rivojlanishiga jiddiy
moneliklar tug‘dirmaydi. Ammo materiyaning yangi turlari, shakllari va
holatlarining kashf etilishi darhol bu turga narsalarning birdan-bir, umumiy va
universal asosi sifatida qaraydigan substrat konsepsiyasining torligini namoyon
etadi. Shunda uni yangi, kengroq konsepsiya bilan almashtirish zaruriyati tug‘iladi.
Materiyaning har qanday substrat konsepsiyasi o‘z qo‘llanish chegarasiga ega va
fanning rivojlanish jarayonida u ertami-kechmi aniqlanadi. Materiyani dialektik
tushunish uning bitmas-tuganmasligi, ya’ni materiya turlari, shakllari, holatlarining
cheksiz rang-barangligi mavjud ekanligi haqidagi g‘oyaga olib keladi.
XIX-XX asrlar chegarasida atomlarning parchalanishini o‘rganish
materiyaning ilgari ma’lum bo‘lmagan turi – elementar zarralar kashf etilishiga olib
keldi. Shunday qilib, atomlar parchalanganda materiya yo‘q bo‘lmasligi, balki
faqat bir shakldan boshqa shaklga o‘tishi aniqlandi.
Hozirgi zamon fizikasida ham moddiy obyektlarning yangi turlari
aniqlanmoqda. Fiziklar mikrodunyoni o‘rganish jarayonida fizik bo‘shliq, virtual
zarralar, kvarklar kabi g‘ayrioddiy obyektlarga duch kelmoqdalar. Megadunyo
(ulkan kosmik miqyosdagi dunyo) sari harakatlanib, ular bu yerda protoyulduzlar,
kvazarlar, «qora» va
«oq» tuynuklarni kashf etmoqdalar.
Materiya kategoriyasining funksiyalari qo‘yidagilar:
ongga, ma’naviy kuchlarga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv borliqning
mavjudligi haqidagi fikrni ifodalaydi;
barcha narsalarda mavjud bo‘lgan umumiy xossalarni tavsiflaydi;
barcha narsalarni bilishga eltuvchi yo‘lni, ularni bilishda amal qilish lozim
bo‘lgan umumiy dastur yoki strategiyani umumiy ko‘rinishda belgilaydi. Bu
Ilmiybaza.uz
funksiyalarni materiya kategoriyasi falsafaning keyingi rivojlanishi jarayonida
saqlab qoldi.
Olamning chekliligi va cheksizligi. Falsafada olamning chekliligi va
cheksizligi bilan bog‘liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir
konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning cheksiz va chegarasizligi
e’tirof etiladi. Cheksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv)
shakllar mavjudligi ko‘plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan. Intensiv cheksizlik
materiyaning ichdan nihoyasizligi haqidagi tasavvurdir. Intensiv cheksizlikning
mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega bo‘lmagan, mutlaqo elementar obyektlar
yo‘qligini ko‘rsatadi. Intensiv cheksizlik mikrozarralarni o‘rganish jarayonida
mate- riyaning kichikroq qismlarga cheksiz bo‘linishi sifatida qaralishi mumkin
emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega
ekanligidan dalolat beradi.
Ekstensiv cheksizlik ichdan emas, balki sirtdan cheksizlikdir. U mazkur
obyekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda kuzatiladi va obyektdan
tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu yerda obyekt xossalari va sifatlarining
atrofdagi narsalar bilan o‘zaro ta’sirlar tizimiga bog‘liqligi muammosi
muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud bo‘lib, u bilish qaratilgan yo‘nalishdan
kelib chiqadi va intensiv yoki ekstensiv deb tushuniladi. Ekstensiv va intensiv
cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning o‘ziga xos proyeksiyalaridir. Ularni geometrik
shaklning koordinatalar o‘qidagi proyeksiyalariga o‘xshatish mumkin. Dunyoning
chekliligi yoki cheksizligi g‘oyasini isbotlash va inkor etishga Kant
antinomiyalaridayoq harakat qilingan edi. Kant antinomiyalariga, agar dunyo
vaqtda o‘z ibtidosiga ega bo‘lsa, demak, dunyo yaralgunga qadar hech narsasiz sof
vaqt mavjud bo‘lgan, lekin bu «hech narsa»dan dunyo yaralishi mumkin emas.
Agar dunyo makon va vaqtda ibtidoga ega emas, deb taxmin qilinsa, bundan hozirgi
vaqtgacha cheksizlik o‘tgan, ya’ni har qanday voqeadan oldin cheksiz vaqt o‘tgan,
bugun esa u tugadi va olam nimagadir ayni shu vaqtda vujudga keldi, degan xulosa
kelib chiqadiki, bu ham ehtimoldan uzoq bo‘lgan holdir.
Ilmiybaza.uz
Kengayuvchi olam konsepsiyasi. Kosmologiya muammosining taklif
qilingan yechimlariga nisbatan munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar cheksiz
kengayuvchi
Olam
gipotezasini
qabul
qilganlar
va «Katta portlash»
konsepsiyasiga ko‘ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda kichkina hajmda
o‘ta zich singulyar holatda bo‘lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash»
olamning kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu kengayish jarayonida
moddaning zichligi o‘zgargan, maydonning egriligi to‘g‘rilanib borgan. Ayrim
olimlar fikriga ko‘ra, kengayish o‘rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon
takrorlanadi. Shu asosda harakatlanuvchi Olam gipotezasi ilgari surilgan bo‘lib,
unga ko‘ra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan
boshlanadi. Aqlga sig‘maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash»
natijasida
gravitatsion
maydonda
singulyar
holatdan
faqat
bizning
metagalaktikamiz emas, balki ko‘plab metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning
har biri barcha fizik ko‘rsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida
topologiyali (o‘lchovlar miqdori har xil bo‘lgan mahalliy ochiq yoki mahalliy
yopiq) makoni va o‘z kosmologik vaqtiga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi,
degan savol javobsiz qolmoqda. Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda
nurlanish manbai uzoqlashib borayotganini, ya’ni galaktikalar taxminan o‘zigacha
bo‘lgan masofaga proporsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi
umumiy e’tirof etilgan fakt hisoblanadi. 1912-yilda V.M.Slayfer galaktikadan
tashqaridagi tumanliklar nurlanishlarining spektr chiziqlari spektrning qizil uchi
tomonga siljiyotgani - «qizil siljish»ni aniqladi. 1929-yilda Edvin Xabbl tumanlik
kuzatuvchidan qancha uzoqda bo‘lsa, «qizil siljish» kattaligi ham, uning
tumanlikdan uzoqlashish tezligi ham shuncha katta bo‘ladi, degan qonunni va katta
masofalarda galaktikalarning tezligi ulkan ifodalarga yetishini aniqladi. Shunga
qaramay, olamning kengayishi bilan bir qatorda, uning torayishini yoki makonda
cheklangan, lekin vaqtda cheksiz olam navbatma-navbat dam kengayuvchi, dam
torayuvchi harakatlanuvchi olam modelini ham taxmin qilish uchun nazariy
imkoniyat mavjud.
Ilmiybaza.uz
In’ikos nazariyasi. Tabiat obyektlari va hodisalarining umumiy xossasi
sifatidagi in’ikos – avvalo, o‘zaro ta’sirdir. U bir jism boshqa jismga ta’sir
ko‘rsatishini, boshqa jism esa birinchi jism ta’siriga javob berishi yoki undan
ta’sirlanishini nazarda tutadi (A↔V; V↔A). Bunday o‘zaro ta’sir tarzida
namoyon bo‘ladigan in’ikosda, bir jism o‘ziga xos xususiyatlarining boshqa jismda
aks ettirish jarayoni tushuniladi. Binobarin, in’ikos tashqi ta’sirga mos o‘zgarishlar
majmuini ifodalaydi. Bunda o‘zaro ta’sir natijasida aks etuvchi tizimlarning
strukturalaridan go‘yoki «nusxa» ko‘chirib olinadi va aks ettiruvchi tizimlarning
alohida strukturalarida o‘zgartirilgan ko‘rinishda, «izlar», «muhrlar» shaklida aks
ettiriladi. In’ikosni o‘zaro ta’sirga kirishuvchi narsa va hodisalarning o‘z tarkibi
hamda xossalarida ayni shu o‘zaro ta’sirning izlarini qoldirish qobiliyati sifatida
tushunish mumkin.
In’ikosning shakllari. In’ikos jarayonining namoyon bo‘lish xususiyati
materiyaning tuzilish darajasiga bog‘liq. Shu munosabat bilan in’ikosning turli,
chunonchi:
- jonsiz tabiatdagi;
- jonli tabiatdagi;
- jamiyatdagi darajalari farqlanadi.
Materiyaning rivojlanish jarayonida uning tuzilishining murakkablashuvi
yuz beradi. Shu bois materiyaning harakat shakllari qancha bo‘lsa, in’ikos shakllari
ham shuncha bo‘ladi: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik (psixik), ijtimoiy va
hokazo. In’ikos shakllarining evolyutsiyasi jonsiz tabiat narsalarining xossasi
sifatida amal qiluvchi in’ikos yuqoriroq darajadagi in’ikosning elementar negizini
tashkil etishini nazarda tutadi. Bu darajada in’ikos muhit haroratining o‘zgarishiga
qarab oddiy mexanik deformatsiya, qisqarish yoki kengayish ko‘rinishida,
yorug‘lik in’ikosi, elektromagnit to‘lqin- larning o‘zgarishi in’ikosi, ovoz
to‘lqinlari in’ikosi (aks sado), kimyoviy o‘zgarishlar (masalan, lakmus qog‘oz
rangining o‘zgarishi) in’ikosi sifatida amal qilishi mumkin.
Jonsiz tabiatdagi in’ikosga tanlash xususiyati va kumulyativlik, ya’ni oldingi
ta’sirlarning izlarini saqlash xosdir. In’ikosning tanlash xususiyati o‘zaro ta’sirga